Farrukh Saliev @farrukhsaliev Channel on Telegram

Farrukh Saliev

@farrukhsaliev


Ishim, hayotim va fikrlarim...

Instagram bo’yicha darslarim:
https://t.me/+gcti64ej1TdlMTQy

Murojaatlar uchun @farrukhde

Farrukh Saliev (Uzbek)

Farrukh Saliev kanali - Ishim, hayotim va fikrlarim... Bu kanalda, o'zbek tilida turli mavzular bo'yicha fikrlarim va tajriba qilib o'tgan hayotim bilan sizlarni tanishtiraman. Menda o'zimning o'z fikrlari va tajribalarimni siz bilan baham bo'lishni istayman. Agar sizda ham mening fikrlarimni eshitmoqchi bo'lsangiz, menga @farrukhsaliev orqali murojaat qilishingiz mumkin. Farrukh Saliev kanali - bu siz uchun yangi, qiziqarli va foydali ma'lumotlar bilan to'ldirilgan o'zbek tilidagi kanal. Hemmangizni kutib olishaman!

Farrukh Saliev

19 Nov, 15:52


Oyiga $10,000 topishning 5 ta qadami

1️⃣ Eng avvalo sotish uchun biror produkt tayyorlash kerak bo'ladi.

Bu jismoniy mahsulot yoki biror xizmat bo'lishi mumkin. Sizda sotiladigan produkt bo'lmasa, bu natijaga chiqish ancha qiyin.

Produktingiz nechpul? Agar $100 bo'lsa, $10,000 uchun 100 ta sotuv qilish kerak ekan. Demak, 100 ta mijoz topishimiz kerak.

2️⃣ Produktni tayyorladik, endi qancha pul topishni maqsad qilsangiz, shuning kamida 20% qismini reklamaga tikishingiz shart.

Demak, biz $10,000 uchun $2000 ni (sarflashimiz) investitsiya qilishimiz kerak ekan.

3️⃣ Investitsiya miqdorini aniqladik lekin qayerga? Masalan, bloggerlarda reklamaga, targetga yoki blogingizga.

Bu endi holatga qaraladi. Sizni hozirgi holatingizda qayer siz uchun ko'proq foydali? O'ylang. Tahlil qiling.

4️⃣ Siz kerakli investitsiyani qildingiz va endi mijozlar uchun kadrlar tayyorlash.

Sifatli xizmat/mahsulot uchun albatta professional jamoa muhimdir. Zarur jamoa a'zolarini jalb qilasiz.

5️⃣ Sizda produkt va jamoa ham paydo bo'ldi. Endi davomiy sotuv qilishingiz kerak.

Sotuv qilish juda muhim. Sotuv qilmas ekansiz, mijozlar kelmaydi. Mijozlar kelmas ekan, $10,000 ham bo'lmaydi deganidir.

Izoh: Imkon boricha soddalashtirdim. Aslida har bir qadamning o'zi katta mavzu.

@farrukhsaliev

Farrukh Saliev

13 Nov, 20:46


Rejasiz ish bitmaydi, rejadagidek ish bo'lmaydi

Ustozimning ushbu gaplari doim xayolimda turadi. Bu gapning ma'nosini tushuntirishga harakat qilaman:

Agar siz ishlaringizni reja qilsangiz baribir rejadagidek hamma ishni muvaffaqiyatli eplay olmaysiz lekin rejasiz bo'lsangiz, butunlay qila olmasligingiz mumkin.

Shu sababli har doim maqsadlaringizni yozib rejalashtirib yuring.

To'g'ri, baribir hammasini qila olmaysiz lekin rejalashtirmasangiz hech qaysi birini qilolmasligingiz mumkin.

Iloji bo'lsa har yil/oy/hafta/kun oldindan rejalashtiring.

"Qayerga ketayotganingizni bilmasangiz, boradigan manzilingiz yoqmasligi mumkin".

@farrukhsaliev

Farrukh Saliev

12 Nov, 20:31


Muammodan qochish emas, hal qilish kerak!

Ba’zida jamoamizdagilar biror muammoga duch kelishsa, asosiy e’tiborni muammoga kim sababchi bo’lganiga qaratishadi.

Shunday vaziyatlarda doim aytaman…

Aslida muammoning sababchisi ahamiyatli emas. Bunday vaziyatlarda doim muammoni hal qilishga harakat qilish kerak.

Muammoni kim yaratgani, qachon sodir bo’lgani, nima uchun bo’lgani va hokazolar muhim emas. Muammodan qochganingiz bilan u hal bo’lib qolmaydi. Shunchaki, tezroq uni hal qilish kerak xolos.

Aslida muammo sizni fikrlashingizda.

Haqiqiy muvaffaqiyatli insonlar ham muammolardan qochganlar emas, muammolarni hal qilgan insonlardir!

@farrukhsaliev

Farrukh Saliev

04 Nov, 17:19


Men Xorazmlikman va bundan doim faxrlanaman. Agar qayta tug'ilish tanlovi bo'lganda ham Xorazmlik bo'lib tug'ilishni xohlardim.

Kecha Instagramga Xorazmcha shevada gapirgan videoyimni joylagan edim.

Videoda mashinamning nomeri 01 ekani ko'ringan ekan. Shunga ba'zi "toshkenlila" nega men 01 taqib olganimni so'rab yozishibdi.

Shaxsan o'zim bir yoshimda Toshkentga kelganman va 25 yildan beri shu yerda yashayman. Atrofimdagi do'stlarim, tanishlarimning 90%+ qismi Toshkentliklar.

Lekin...

To'g'risi, hech sezmagan ekanman. Nahotki viloyatliklarni ajratish shu darajada bo'lsa?

Yoki faqat mening atrofimdagi insonlar farosatli insonlarmi?

Rosti, shunaqangi asabim buzildi. Sizni fikrlaringiz...?

Farrukh Saliev

03 Nov, 07:07


2022-yil. Matiz olishni rejalashtirib pul yig'ib yurdim...

2023-yil. Birato'la Spark oldim. Bir yil Sparkda yurdim.

2024-yil. Sparkni sotib Gentra oldim. 6 oy Gentrada yurdim.

2024-yil. Qachonlardur orzu qilgan mashinam BYD HAN ni o'zimga sovg'a qildim!

P.S. 1-rasmni Sparkda yurgan paytim BYD saloniga kirib aynan shu HAN mashinasiga o'tirib o'zim uchun rasmga olib saqlab qo'ygandim. Qachonlardur shu mashinani olaman deb... Niyatim xolis ekan. 😊

Farrukh Saliev

02 Nov, 15:20


🎉 Alhamdulillah! Yana bir maqsadimga erishdim...

Farrukh Saliev

09 Oct, 09:18


💸 $400,000 lik maslahat

Bir biznes egasi biznesida daromad kamligidan, hayoti juda betartibligidan va umuman unumdorligi pastligidan qiynaladi.

Keyin bir insondan konsultatsiya oladi va konsultatsiyadagi qoidalarni hayotida qo’llay boshlaydi.

Oradan sanoqli oylardan keyin ishida va hayotida karra-karra o’sish bo’lganligini aytib, u insonga $400,000 pul jo’natadi.

O’sha qoidalar quyidagilar edi:

1. Har doim ish tugashidan oldin ertangi kun uchun 6 ta muhim ishlarni tuzing;

2. Har bir ishni muhimligi bo'yicha tartiblang;

3. Ertalabdan eng muhimlarini birinchi boshlang;

4. Birinchisi tugamaguncha keyingisiga o'tmang;

5. Bu qoidalarni har kuni takrorlang.


🙌 Men yaqinda shu qoidalarni o’z hayotimda qo’llashni boshladim. Sizga ham tavsiya qilaman!

@farrukhsaliev

Farrukh Saliev

08 Oct, 17:16


U eslatmasa telegram blogim borligini unutib qo'yibman... 😅

Yana avvalgidek muntazam postlar yozgim kelayapti. 😌

Ko'proq nimalar haqida yozishimni xohlaysiz?

Farrukh Saliev

21 Sep, 18:35


😷 Eng muhimi - salomatlik

Bugun mazam yo'qligi sababli deyarli umuman ish qila olmadim. Ko'chaga ham chiqolmadim.

Bir kun ishlamasligim menga qimmatga tushishini anglab yetdim.

To'g'ri, men deyarli jismoniy mehnat qilmayman. Ishim asosan strategik muammolarni hal qilish, jamoadagilarga to'g'ri vazifalar berishdan iborat. Buning uchun esa tinch, hotirjam va sog'lom 🧠 kerak.

Yaxshiyam turmush o'rtog'im deyarli "doktor". Menga bir narsa bo'lsa davolash ishlarini boshlab yuboradi.

Xullas, sog'liqning qadriga yetaylik!

@farrukhsaliev

Farrukh Saliev

21 Sep, 01:20


Turishga turib oldim. Lekin endi uxlamasligim kerak. 😅

Kechasi 0:00 larda uxlamoqchi edim lekin kichkintoy qizim sababli 3:00 larda uxladim. 😁

Shunga ertalabdan ma'noliroq post yozishga 🧠 ishlamayapti hali... Muhimi bajarildi!

Farrukh Saliev

20 Sep, 17:59


5:00 chellenji boshlandi (+post yozish)

Ertadan boshlab toki 30-sentabrgacha har kuni ertalab 5:00 da turaman.

✍️ Soat 6:00 gacha kanalimga post yozaman.

Ertalabgi 3-4 soat vaqtimni faqat o'zimning shaxsiy rivojlanishim uchun sarflayman: hayotiy maqsadlarim, missiyalarim, rejalarim, kitob o'qish va hokazolar.

🤩 Agar ushbu chellenjni muvaffaqiyatli tugata olsam, butun hayotimga tatbiq qilaman Xudo xohlasa.

🔜 Agar siz ham ushbu chellenjga qo'shilsangiz, ertadan boshladik unda...

Farrukh Saliev

20 Sep, 17:46


Yangi odat iloji boricha oson bo'lishi kerak.

Mayli, 30 kun deb miyani qo'rqitmaymiz. Atigi 10 kun xolos! 21-30-sentabrgacha! 😃

Menda oxirgi paytlar uyqu rejimi juda tartibsiz bo'lib ketgan edi. Endi to'g'irlaymiz!

Armiyada paytim bir oy davomida majburan 5:30 larda turardim. Kechasi 22:00 da qotib uxlab qolardim.

O'sha rejimni tiklay olamanmi? Menimcha, ha! Shunchaki boshqa tanlov bo'lmasligi kerak.

Shunchaki vaqtli turish emas, ertalabgi 3-4 soatni faqat o'zim uchun sarflamoqchiman: rejalarim, maqsadlarim va hk.

Nima deysiz? Birga qilamizmi? 😌

Farrukh Saliev

20 Sep, 17:33


🤔 30 kun ertalab 5:00 da uyg'onish va uxlamaslik chellenji?

Farrukh Saliev

06 Sep, 19:03


Eng mazza qiladigan holatlardan biri inson o'ziga bergan va'dasi ustidan chiqishidir. Xoh kichik xoh katta bo'lsin...

Blogimga har kuni post qo'yishni maqsad qilgandim. Esingizda bo'lsa, 31-avgustgacha dedlayn qo'ygan edim va buni uddaladim.

Ko'pchilik shaxsiy xabar orqali chellenjni buzganim haqida yozishibdi. Do'stlar, chellenj buzilmadi. 🙃

Endi yana yaxshiroq va foydaliroq chellenj qilmoqchiman. Men bilan birga bo'lasizmi?

@farrukhsaliev

Farrukh Saliev

31 Aug, 18:54


👋 Xayr Dubay...

Xullas, Dubay bo'ylab sayohatlarimiz o'z nihoyasiga yetdi.

Bir hafta davomida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay, Abu-Dabi va Sharja shaharlarida bo'ldim.

Xulosa qiladigan bo'lsam, sayohat menga yoqdi. Zamonaviy shahar, boylar, qimmat mashinalar, katta bizneslar...

Ob-havosini inobatga olmasak, zo'r joylar ekan. Chunki havo juda issiq va dim. Hatto kechasi ham ko'chada yurish qiyin. Bu havoga ko'nikish oson emas.

Ertaga Alloh nasib qilsa Toshkentda bo'laman. Rosti, uyimni va oilamni sog'indim.

✈️ Toshkent meni kut...

@farrukhsaliev