أحدث المنشورات من FILOLOG KUNDALIGI 📚 (@dunyo_klassikasi) على Telegram

منشورات FILOLOG KUNDALIGI 📚 على Telegram

FILOLOG KUNDALIGI 📚
Eng yaxshi kitoblarning oʻzi seni tanlaydi...

Murojaat va reklama uchun – @filolog_kundaligi_bot
2,048 مشترك
836 صورة
28 فيديو
آخر تحديث 11.03.2025 18:18

قنوات مشابهة

Usmonip
2,706 مشترك
Dildora_bookaholic
2,206 مشترك
Xushnudbek's blog)
2,072 مشترك

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة FILOLOG KUNDALIGI 📚 على Telegram

FILOLOG KUNDALIGI 📚

08 Mar, 11:47

531

Qishloq sharoiti ilm olishingiz uchun toʻsiq boʻla olmaydi.

Bolalar yangi narsa oʻrganishingiz uchun toʻsiq boʻla olmaydi.

Qachonki oʻzingizda "nimadir" boʻlsa. Yuqoridagi maqola Gulasal haqida. "Yosh kitobxon" respublika bosqichi ishtirokchisi, "Urfon" bookkafesi asoschisi, kun.uz kolumnisti boʻlgan "oddiy" qishloq ayolining hikoyasi bu.

Orzularingizga erishishda sizga hech kim, hech nima toʻsiq boʻlishi mumkin emas))

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

08 Mar, 11:39

490

https://xabar.uz/jamiyat/bookca
FILOLOG KUNDALIGI 📚

07 Mar, 09:38

618

Osima,
Laylaklar qaytdilar ortga,
Adirlar qatiga yashrindi bahor.
Tinmay yogʻayapti biz yoʻq oʻlkada,
Pagʻa-pagʻa yomgʻir, tomchi-tomchi qor.


Abduvali Qutbiddin

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

06 Mar, 18:09

599

Agar doktoranturada o‘qish davomida yig‘lamagan bo‘lsang, demak, astoydil ishlamagansan.
Instagramdan.

Bu rasmni komil ishonch bilan ulashayotganimdan taxmin qilishingiz mumkinki, men yig‘laganman. Garchi ilmiy rahbarimning ishimning qoralamasini o‘qiganlarida "kalla bormi o‘zi?", "tipichniy kishlakskiy dissertatsiya bo‘pti" degan gaplarida yig‘lagim kelsa-da, g‘ururim yo‘l qo‘ymagani uchun o‘zimni tutgan bo‘lsam, ishimni uch yilda yozib, yana ikki yildavomida qayta ishlab, to‘qqizinchi marta tahrir qilib, mana oxirgi versiyasi deb domlamga beraman deb turganimda, ilmiy rahbarim yana bitta eʼtiroz bildirganlar. Bu shunday eʼtiroz ediki, u tufayli men boshqatdan tajriba o‘tkazishim kerak edi. O‘shanda yig‘lab yuborganman. Ustozim kutmagan ekanlar, shekilli, meni yupatishga tushib ketganlar.
O‘sha kuni hafsalalarim pir bo‘lib yig‘lab-yig‘lab uxlaganman. Ammo ertalab turiboq domlamga qo‘ng‘iroq qilib "Uzr, kecha ko‘ngli bo‘shlik qildim. Qayta ishlab topshiraman" deganman. Yana 2 oy ketgan.

@psixolingvist
FILOLOG KUNDALIGI 📚

05 Mar, 16:53

740

Bizni unutqonni unutmoq kerak, deb ketgandi oʻz vaqtida Bobur.
FILOLOG KUNDALIGI 📚

01 Mar, 14:28

1,273

Bu jamiyat tinchgina introvert boʻlib yashashingga ham qoʻymaydi. :))))

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

25 Feb, 07:18

1,529

- Фузулий яхши китоб, - деди Кумуш, - мен ҳам ёлғиз қолған кезларимда бу китобдан бошимни ололмас едим, сизамми?
... Отабек гарангсиб қолған, ўзини овутмоқчи бўлган бу олийжаноб гўзалга нима дейишини билмас, қайердан сўз бошлашқа ҳайрон эди:
- Ким йиғлатди сизни?
- Йиғлабманми?
- Кўзингиз, киприкингиз...
- Ўзи шунақа...
- Йиғлатған мен эмасми?
- Китобни нега ёпдингиз? Очиб ўқинг, мен эшитай.
- Ота-она ризолиғини бир томчи кўз ёшингизга арзитдимми?
- Мен рози, мен кўндим,- деди дафъатан Кумуш, бу сўзни нимадандир қўрқғандек шошиб айтди.
- Кўндингиз... нега, а?
Отабек ҳайрат ва таажжуб ичида эди.
- Негаки, - деди Кумуш,- мен сизга ишонаман...
- Шунинг учун...
- Шунинг учун кўндим...
- Кўнглингиз фаришталар кўнглидек.
- Сизнинг ҳам кўнглингиз...
Икки жон, икки юрак гўёки биттадек бир-бирисини онглаб, бирисидан-бирисига ўтиб юрар эди шу аралаш бир табассум билан:
- Ўзим... - деди ва кейинидан ўзининг ҳамма тилак ва шартлари маъносини жамъи бўлған,- МЕНИ УНУТМАЙСИЗМИ? - деган сўроғини берди.

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

13 Feb, 16:31

2,439

Yuy Xua – "Yashamoq"

"Yashamoq" Yuy Xuaning oʻzbek tiliga oʻgirilgan ilk asari. Muallif ushbu romanda qismatning achchiq sinovlariga duch kelgan, ogʻir musibatlarga giriftor boʻlgan inson haqida hikoya qiladi.

Qahramonimiz Fugui ajdodlariga munosib farzand boʻlishni emas, ular toʻplagan boyliklarni sovurishni,yallo qilib yashashni afzal koʻradi. Aysh-u ishratga berilib ketadi. Zalolat botqogʻiga sekinlik bilan botib boradi.Bir kuni hammasidan ayrilganida esa Fugui uchun haqiqiy hayot boshlanadi. Yashash uchun kurash qanday boʻlishini shundagina tushunib yetadi. Uning ahvoli kun sayin qiyinlashib boraveradi. Yoʻqchilik sillasini quritadi. Judoliklar uni ado qiladi.Yig'layverib koʻzlarining yoshi quriydi.Xullas,koʻrmagan qiyinchiligi qolmaydi. Mana shu baxtsizliklari ichida unga quvonch ulasha olgan,baxtni bera olgan faqatgina oilasi ekanligini tushunib yetadi.

Bugun biz deyarli unutgan, eskilik sarqitiga chiqargan qadriyat deb atalmish bir tushuncha bor. Aslida oila qadriyatlar maskani boʻlishi lozim. Bir paytlar farzand ota-onasining koʻziga tik boqishga uyalardi. Bugun esa baʼzi farzandlar bemalol ota-onasining yuziga sapchiydi, zahrini sochadi. Avvallari aka-ukalar oʻrtasida mehr-oqibat kuchli edi,odamlar oʻz jigarlari uchun kerak boʻlsa jonini fido qilardi. Bugun arzimagan yerni deb, mol-mulkni deb osongina bir-birlaridan yuz oʻgiryotgan begonalashib ketayotgan aka-ukalar qancha? Ilgari ayollar juda sabrli edilar, turmush oʻrtogʻi topganiga doim qanoat qilardi, hurmati va itoati oʻzgacha edi.Hozirchi, ayrim ayollar falonchining uyi unday ekan, toʻyi bunday oʻtdi, qachongacha shunaqa yashaymiz, degan diydiyodan,nolishlardan boʻshamayapti. Shukronalik hissi tobora soʻnib boryapti.Qachondir doʻstlik tuygʻusi juda samimiy edi, qiyomatli ogʻa-inilar hammaga oʻrnak edi. Bugun odamlar puliga, obroʻ-e'tiboriga, mansabiga qarab doʻst orttirishyapti.Qo'ni-qo'shnichilik degan tushuncha bor edi, ikki qoʻshni oʻrtasida u hovlidan bu hovliga oʻtadigan eshik boʻlardi, xuddi qarindoshlardek yaqinlik,bordi-keldi bor edi. Bugun koʻpchilik qoʻshnilarini tanimaydi hisob. Qadriyatlardan voz kechish bizni koʻpgina odamiylik tuygʻularidan ayirdi. Faqat tan olgimiz kelmaydi, xolos. Asarda ana oʻshanday qadriyatlar mahorat bilan koʻrsatib berilgan. Asar kitobxonga milliy qadriyatlar, ajdodlardan qolgan urf-odatlar insonlar baxti uchun naqadar zarur ekanligini beixtiyor eslatadi. Oʻzimizga, atrofimizdagi insonlarga koʻzgu tutadi.

Dunyo mashaqqat va tashvishlarga toʻla. Inson umri davomida turli sinovlarda toblanadi. Yaqin insonlaridan ayriladi.Qismatining achchigʻi-yu chuchugini totib koʻradi.Oʻtmishini eslab, gohida yigʻlaydi,gohida huzurga toʻladi. Qalbidagi boʻshliq borgan sari kattalashib boradi.Boshqa chidab boʻlmaydi, hammasi tugadi,deydi. Baribir chidab, koʻnib yashashda davom etaveradi.Hayot insonlarga yashash uchun berilgan axir!

Bizni oʻylaydigan, yoʻqligimizda sog'inadigan,eng og'ir kunlarda ham yelkama-yelka biz bilan kurasha oladigan ham aslida oilamiz. Oila insonga haqiqiy baxtni bera oladi. Butun boshli oila doim birga boʻlsa,ahil yashasa,pul,boylik ahamiyatsiz bir narsaga aylanadi. Hayotga boʻlgan intilish, tashnalik kuchayadi.

Asar menga biroz tushkunlik kayfiyatini berdi. Shunga qaramay zavq bilan oʻqidim. Qahramonlarning his-tuygʻulari oʻzining taʼsirini oʻtkaza oldi. Muallifning yozish uslubi oʻziga xos. Asar tili ravon, balandparvoz soʻzlardan holi. Syujeti qiziqarli va juda taʼsirli. Badiiy qiymati ham anchagina yuqori ekanligi sezildi.

@biroz_adabiyot
FILOLOG KUNDALIGI 📚

09 Feb, 09:32

2,787

* * *

Навоийни ўқимасак ҳам бўлаверади дегувчиларга

Беш юз йилки ҳазрат дилни ҳайрон қилгай,
Жоҳил каслар бор ҳайратни вайрон қилгай.
Бу жаҳонда шундай ажиб миллат бордир –
Навоийни ўқимас, лек байрам қилгай!

2025.09.02

© Насрулло Эргаш

👉 @xayol_soyasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

06 Feb, 19:22

2,921

“Бир ёқларга кетмаймизми?” – деди аёл.
“Қаёққа?”
“Би-и-ир ёқларга…”
“Бир ёқлар қайси тарафда? – деди эркак.
– Номи борми бир ёқларнинг?
У ёқларга қандай борса бўлади?”
“Билмайман, – деди аёл.
– Фақат бир ёқларга кетгим келгани-келган"

Усмон Азим

@dunyo_klassikasi