أحدث المنشورات من FILOLOG KUNDALIGI 📚 (@dunyo_klassikasi) على Telegram

منشورات FILOLOG KUNDALIGI 📚 على Telegram

FILOLOG KUNDALIGI 📚
Eng yaxshi kitoblarning oʻzi seni tanlaydi...

Murojaat va reklama uchun – @filolog_kundaligi_bot
2,048 مشترك
836 صورة
28 فيديو
آخر تحديث 11.03.2025 18:18

قنوات مشابهة

Mahin's World
6,281 مشترك
Zabarjad Mediа
3,303 مشترك
Mutolaa olami
2,023 مشترك

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة FILOLOG KUNDALIGI 📚 على Telegram

FILOLOG KUNDALIGI 📚

06 Feb, 18:43

2,466

Hayatımı, zamanımı, üreyimi
naçarını sana verdim
İstedim sevilen olum yolunu gözledim
Sevgine ihtiyacım vardır görseydin
Mana gelseydin,
atrini duysaydım bir...

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

31 Jan, 14:35

2,970

İnsanların pisliğinden, bayağılığından, sahteliğinden bıktım!Artık çevremde gerçek arkadaşlarım yok.
Keşke kimsenin olmadığı yerlere gidebilseydim! ✈️
FILOLOG KUNDALIGI 📚

14 Jan, 08:47

3,897

YO’LDADIRMAN

Yigirma yil o‘tdi intizorlikda.
Andrey Voznesenskiy


Siz kutasiz. Menam boraman.
Uchib borodurman xuddi o‘q.
Faqat... oldin xat yuboraman,
O’sha xatni yozganimcha yo‘q.

Ko‘ngil ichga to‘kib borini,
Bir yil, o‘n yil o‘tdi, bu ko‘pmi?
Ayriliqning alafzorini,
Birgalashib o‘ramiz, xo‘pmi?

Yigirma yil, o‘ttiz yil o‘tdi,
Ko‘zingizga malol inmasmi?
O’ttiz yillab g‘ovlagan o‘tni,
O’rar chog‘i chalg‘i sinmasmi?!

Qirq yil o‘tdi. Men tez boraman,
Ranjimangiz, guvoh yeru ko‘k!
Faqat... oldin xat yuboraman,
Xatni... hali yozolganim yo‘q.

Uchib borodurman xuddi o‘q,
Bu holatni qanday sharhlayman.
Borgan sari o‘rmonzor quyuq,
Men kuyinib chalg‘i charxlayman.

Siz kutasiz. Menam boraman.

©Halima Xudoyberdiyeva

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

10 Jan, 14:01

160

Ilm va ijod – har ishda najot...
FILOLOG KUNDALIGI 📚

10 Jan, 11:25

3,475

Kelin boʻlgin-u, kasal boʻlma.

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

08 Jan, 16:04

3,274

«Jinoyat va jazo» asarida Raskolnikovning tilidan aytilgan shunday jumla bor: «Men kampirni emas, o‘zimni o‘ldirdim».
Naqadar oddiy... haqiqat!
Axir o‘zingizga yomonlik qilmasdan o‘zgaga yomonlik qilishning imkoni bormi? O‘zini sotmay sotqinlik qilgan, vijdonini toptamay xiyonat qilgan, sha’nini yerga urmasdan birovni haqoratlagan bittagina mardumni ko‘rsating menga?!
Ko‘rsatolmaysiz...
Ko‘rsatolmaymiz...
Eng yomoni nima, bilasizmi? Eng yomoni - ba’zan bolta xato ketib kampirlar tirik qolishi mumkin, ammo zarba bergan Raskolnikovlar baribir o‘ladi!

Bayram ALI

@Fyodor_Dostoyevskiy_Iqtiboslar
FILOLOG KUNDALIGI 📚

08 Jan, 05:25

2,467

Yangi bilim olish uchun, haftasiga 3-4 soat vaqt ajrata olmagan inson abadiy qora ishchi nomiga mutlaq munosib.

Alisher Usmanov – o‘zbek millatiga mansub rossiyalik milliarder va tadbirkor.

@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

08 Jan, 05:24

2,070

Asta oʻlib boradi, kimki sayohat qilmasa,
Kimki oʻqimasa,
Kimki musiqa tinglamasa,
Kimki oʻzligini topolmasa.
Asta oʻlib boradi
Kim oʻziga ishonchini yoʻqotsa,
Kim oʻziga yordam bermasa.
Asta oʻlib boradi, kim sevgini yanchib oʻtsa,
Omadsiz yoki tinmayotgan yomgʻir haqida soʻzlab
Kunlarini tinimsiz shikoyat-la oʻtkazsa.
Asta oʻlib boradigan odam rejalarin boy berar,
Hatto urinib koʻrmas boshlashga,
Kim oʻziga nomaʼlum dalillar haqda savol bermasa,
Va kim undan bilganlari haqida soʻrasa indamasa.
Asta oʻlib boradi, kim odatlar quliga aylansa,
Har kuni bir xil yumushni bajarsa
va ishga qatnasa aynan bir yoʻnalishda
Hech qayerga burilmasa,
Libosi rangini oʻzgartirishga qoʻrqsa,
Begonalar bilan gaplashmasa.
Asta oʻlib boradi, kim ehtirosdan qochsa,
Kulish oʻrniga esnasa.
Oq rang ichida qorani va “i” harfi ustidagi nuqtani koʻrsa,
Hislar bilan birga boʻlish oʻrniga
Koʻzlaring porlashiga va yurak tez urishiga
Sabab boʻlgan odamdan nari boʻlsa
Xatolar va tuygʻulardan uzoqlashsa.
Asta oʻlib boradi, kimki stolni aylantirmasa,
Ishxona yoki muhabbat bobida omadsiz boʻlgan payt 
taqdir zarbalarini yengmasa,
nomaʼlum narsa uchun oʻzini xavf ostiga qoʻymasa
orzular ortidan bormasa,
kimki hayotida biror marta ham
nasihatlardan bezmasa...
Oʻlimdan mayda qadamlar bilan uzoqlashishga harakat qilamiz,
tirik ekanimizni hamisha yodda tutib,
katta quvvat talab qiladi
nafas olish uchun harakat qilish.
Bugun bilan yasha!
Bugun tavakkal qil!
Bugun bajar!
Asta-sekin oʻlib borma!
Baxtli boʻlish uchun oʻzingga toʻsiq qoʻyma!

Pablo Neruda
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori


@dunyo_klassikasi
FILOLOG KUNDALIGI 📚

31 Dec, 19:02

2,311

💥💥💥 01.01. 2025 💥💥💥
FILOLOG KUNDALIGI 📚

30 Dec, 11:46

2,503

Va nihoyat, kanal sarhisobi. Yil davomida yaxshigina jonlanish boʻldi. Tolstoy hamda Dostoyevskiy oyligi eng manfaatli kontent ulashilgan davrlar boʻldi. Eng koʻp koʻrilgan post shubhasiz, Anna Dostoyevskayaning "Xotiralar" kitobiga yozgan taqrizim.
1yil mobaynida 100 dan ortiq kitob sotib oldim.

Obunachilarga birgina tavsiyam bor: koʻp oʻqimang, saralab oʻqing.
Oʻtgan kundagidan koʻra bugun aqlliroq, kuchliroq va baxtliroq boʻling!

@dunyo_klassikasi