Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi @boshlangich_talim_metodlari Channel on Telegram

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

@boshlangich_talim_metodlari


Kanal boshlang'ich sinf o'qituvchilari, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari va qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Urganch davlat universiteti o'qituvchisi, tayanch doktarant @tayanch_doktarant_13_00_02 tomonidan yuritiladi.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi (Uzbek)

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi nomli kanalimiz boshlang'ich sinf o'qituvchilari, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari va qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Kanalimizda Urganch davlat universiteti o'qituvchisi, tayanch doktorant @tayanch_doktarant_13_00_02 tomonidan yuritiladigan foydali ma'lumotlar va yangliklar joylashtiriladi. Ushbu kanal orqali o'qish va o'qitish jarayonlariga oid eng so'nggi yangliklarni olishingiz mumkin. Sizga boshlang'ich ta'limda muvaffaqiyatli bo'lish uchun kerak bo'lgan barcha qurollar va tavsiyalardan foydalanishingiz mumkin. Kanalga a'zo bo'lib, yangiliklardan xabardor bo'ling va o'z bilim va ko'nikmalaringizni oshiring. Sizni kanalimizda ko'rishni va qiziqarli vaqt o'tkazishni kutib qolamiz!

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

30 Jan, 09:47


⚡️ QAT’IY ESLATMA!

Hurmatli xorijiy tillardan dars beruvchi ustozlar!

✍️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq:

2025/2026-oʻquv yiliga qadar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʻlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi lozim.

❗️ Shu munosabat bilan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi mazkur talabdan kelib chiqqan holda, barcha xorijiy til ustozlarining 2025/2026-oʻquv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishi lozimligini qatʼiy eslatib oʻtadi

Ilm ahli shu yerda
👇👇👇👇👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

21 Jan, 11:24


Kanalga joylagan metodlarim, didaktik o'yinlardan va pedagogik texnologiyalardan foydalangan ko'pchilik o'qituvchilarning darslari respublika miqyosida ommalashganidan xursand bo'ldim. Ba'zi o'qituvchilar rahmat dil izhorlarini smslarini o'qib izlanganlarim befoyda ketmabdi, dedim.
Aziz ustozlar, ommalashtirish - hech qanday muammo yoki juda katta ish emas. Ozgina izlanib, kreativ yondashib tajribangizni qog'ozga qoralasangiz bas. Sizning respublika miqyosida tajribangiz ommalashadi.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

12 Jan, 14:32


⚡️Yil nomlari 1991-yildan 2025-yilgacha!

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

2025-yil — Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

07 Jan, 21:27


"O‘zingizni ko‘paytirish ustasi kabi ko‘rsating"

Har qanday raqamni 5 ga ko‘paytirish:

Masalan, 48 × 5.


1. Raqamni 2 ga bo‘ling: 48 ÷ 2 = 24.


2. 24 ning oxiriga 0 qo‘shing: 240.



Bu usulni tezda boshqa raqamlarda ham qo‘llashingiz mumkin.
#matematiktryuk
Ilm ahli shu yerda
👇👇👇👇👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

07 Jan, 21:27


"Sehrli kvadrat" (tez kvadrat topish)

Misol: 25² = ?

1. Oxirgi raqamni (5 ni) kvadratlang: 5² = 25.


2. Oldingi raqamni (2 ni) birga ko‘paytiring va keyingisiga qo‘shing: 2 × (2 + 1) = 6.


3. Javob: 625.
#matematiktryuk
Ilm ahli shu yerda
👇👇👇👇👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

07 Jan, 21:27


"Tez hisoblash" (ko‘paytirish tryuki)

Har qanday sonni 11 ga ko‘paytirishning oson usuli:

Masalan, 32 × 11.


1. Birinchi va oxirgi raqamni ajrating: 3 va 2.


2. Ularni qo‘shing: 3 + 2 = 5.


3. Natija: 352 (3, 5, 2 raqamlarini birlashtiring).
#matematiktryuk
Ilm ahli shu yerda
👇👇👇👇👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

07 Jan, 21:24


Sehrli javob" (ko‘paytirish siri)

1-qadam: O‘quvchidan 37 raqamiga biror 3 xonali sonni ko‘paytirishini so‘rang (faqat 3 barobar sonlar, masalan, 111, 222, 333 kabi).
Misol:

37 × 111 = 4107

37 × 222 = 8214

37 × 333 = 12321


Sir: Javob doim o‘sha raqamlarning 3 barobariga mos keladi!
#matematiktryuk
Ilm ahli shu yerda
👇👇👇👇👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

07 Jan, 21:18


Sirli raqamni toping" (9 ga bog‘liq tryuk)

1-qadam: O‘quvchidan biror bir 1 xonali raqamni o‘ylashni so‘rang (masalan, 5).
2-qadam: O‘sha raqamni 9 ga ko‘paytirishini ayting (masalan, 5 × 9 = 45).
3-qadam: Chiqqan javobning raqamlarini qo‘shishni so‘rang (masalan, 4 + 5 = 9).

Sir: 9 ga ko‘paytirilgan har qanday raqamning raqamlar yig‘indisi har doim 9 bo‘ladi!
#matematiktryuk
Ilm ahli shu yerda
👇👇👇👇👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

19 Dec, 11:32


🧐🧐BOSHQA KISHI O’YLAGAN SONNI TOPISH🤷‍♀🤷‍♂

Bu kishini chalg’ituvchi “fokus” ko’pchilikka tanish, lekin u yosh bolalarga taqdim etilsa, ular hayratlanmay qolmaydi, buning uchun: Bir son o’ylang, unga keyingi o’rinda keluvchi sonni qo’shing. Natijaga 7 ni qo’shing, 2 ga bo’ling. Endi hosil bo’lgan sondan o’ylagan soningizni ayirib tashlang. Javobi 4 chiqdi, shundaymi?
Bu qanday bajariladi:
➡️Bitta son o’ylang: masalan, 52
➡️O’ylagan soningizga keyingi o’rinda keluvchi sonni qo’shing: 52 + 53 = 105
➡️Unga 7 ni qo’shing: 105 + 7 = 112
➡️2 ga bo’ling: 112 / 2 = 56
➡️O’ylagan soningizni ayirib tashlang: 56 – 52 = 4 (javob 4)
Bu “fokus”ning mohiyatini hali ham tushunmagan bo’lsangiz, bu misolda kishi qanaqa son o’ylamasin, javob siz qo’shing degan songa 1 qo’shilib (bizning namunada bu 7 soni), o’sha sonning ikkiga bo’lingani chiqadi, agar kishi o’ylagan songa 9 ni qo’shing desangiz yakuniy javob 5 chiqadi ((9+ 1) / 2), 3 qo’shing desangiz, javob 2 va shu tariqa davom etadi.🧮🧮🧮🧮🧮🧮🧮🧮🧮🧮

📌📌📌 Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun matematik tryuklar

Kuzatishda davom etamiz😉😉😉

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

19 Dec, 11:31


📚MATEMATIK TRYUK👩‍🏫

Matematik tryukning mazmuni shundan iboratki, oyoq kiyimingiz oʻlchamidan
👠/👟
yoshingiz kelib chiqadi. 👧👩‍🦳👵
Bu qanday degan savol tugʻulishi mumkin.🤷‍♀🤷‍♂
Buning uchun
quyidagi ketma-ketlikni bajarib bilib olishimiz mumkin.
🔴1 – qadam: Oyoq kiyimingiz oʻlchamini 5 ga koʻpaytiring;
🔴2 – qadam: Koʻpaytmaga 13 ni qoʻshing;
🔴3 – qadam: Yigʻindini 20 ga koʻpaytiring;
🔴4 – qadam: Koʻpaytmadan tugʻilgan yilingizni ayiring;
🔴5 – qadam: Ayirmaga 1762 sonini qoʻshing;
🔴6 – qadam: Natijani oʻrtasidan chiziq tortsangiz, oʻng tomoni yoshingiz, chap
tomoni oyoq kiyimingiz oʻlchami hosil boʻladi.
Masalan mening oyoq kiyimim oʻlchami 38. Qani hisoblaylikchi yoshim nechida
ekanligi kelib chiqarkanmikin?

38*5=190
190+13=203
203*20=4060
4060-1994=2066
2066+1762=3828
38/28
Yoshim 28 va oyoq kiyimim oʻlchami 38 ekanligi kelib chiqdi.
Keling endi tekshirib koʻraylik:
2022 yil – 1994 yil=28 yosh
Demak toʻgʻri chiqdi deb xulosa qilamiz.
Izoh: 5-qadamdagi 1762 soni faqat 2022 yil uchun yil ortgan sari bu son ham
ortib boradi. Masalan kelasi yili 2023-yilda tryukda 1763 sonini ishlatish zarur.

🔵 Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun qiziqarli fokuslar

Kuzatishda davom etamiz☺️☺️☺️

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

17 Dec, 05:04


https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

17 Dec, 05:04


🌈Boshlang'ich ta'lim📚

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

17 Dec, 05:04


🌼Kasrlar🌼

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

17 Dec, 05:04


Geometrik shakllar

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

04 Dec, 10:23


Sizga berilgan talaba nomini hamisha oqlang. Kurs ishi ilmiy ishning kichik shaklidir. Kichik ilmiy ishni mustaqil bajara olmas ekansiz, Siz o'zingizga kelgusida pedagogik faoliyatga tayyor emasman va magistratura bosqichini davvom ettira olmayman degan qarorni chiqarib qo'yavering.

Haqiqat achchiq bo'ladi, shuning uchun pul evaziga ta'limni oyog'idan chalmang, "hurmatli talaba"

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

04 Dec, 10:17


‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️
Kurs ishi yozayotgan talabalar diqqatiga‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️


1997-yilda qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Ta'lim to'g'risida"gi qonunlar iste'moldan chiqdi. Yangi qonunlardan va Milliy o'quv dasturidan foydalanishingizni tavsiya qilaman. Yuqoridagi qonunosti hujjatlarini tahlil qilish maqsadida foydalansangiz bo'ladi. Internet ma'lumotlaridan qochib, mavzungizga mos ijodiy fikrlang. Ta'limda islohotlar bo'layotgan bir paytda ta'limga oid yangi hujjatlarni o'qib,tahlil qilib o'z ishingizda bayon etsangiz maqsadga muvofiq.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

04 Dec, 10:17


Kurs ishi yozayotgan talabalar diqqatiga❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
Bosma O'o' va bosma G'g' hamda tutuq belgisidagi imloga e'tiborli bo'ling. Kurs ishi ham kichik ilmiy ishning shakli hisoblanadi. Unda mazmun va mohiyati bilan birgalikda imloviy savodxonlik ham alohida ahamiyatga egadir.

Tarqating
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

04 Dec, 10:15


Kurs ishini yozish uchun quyidagi bosqichlarga e'tibor berish kerak:

1. Mavzuni tanlash va aniqlash

Mavzu aniq va o'rganishga arziydigan bo'lishi lozim. Tanlagan mavzu talablar, soha, va sizning qiziqishlaringizga mos kelishi kerak.

2. Adabiyotlarni o'rganish

Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy adabiyotlarni, maqolalarni, kitoblarni o'rganish orqali mavzu bo‘yicha nazariy asoslarni shakllantiring.

3. Reja tuzish

Kurs ishining umumiy rejasini tuzing. Reja quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin:

Kirish

Asosiy bo‘limlar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar


4. Kirish bo‘limi

Kirish qismini yozish jarayonida quyidagilarga e'tibor qarating:

Mavzuning dolzarbligi

Maqsad va vazifalar

Tadqiqot obyekti va predmeti

Tadqiqot metodlari


5. Asosiy bo‘lim

Bu bo‘limda nazariy materiallar, tajriba natijalari yoki o‘rganilgan ma’lumotlar keltiriladi. Har bir bo‘lim mantiqan bir-biriga bog‘langan bo‘lishi kerak.

Nazariy qism: mavzuga doir asosiy tushunchalar va nazariyalar

Amaliy qism: tadqiqot yoki o‘rganilgan tajribalar, natijalar


6. Xulosa

Kurs ishingiz natijalari va ulardan kelib chiqadigan umumiy xulosalar. Bu yerda ishning yutuqlari, qo‘llanish imkoniyatlari haqida qisqacha yozasiz.

7. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kurs ishingizda foydalanilgan barcha manbalar to‘liq va to‘g‘ri ko'rsatilishi kerak.

8. Tahrirlash va tekshirish

Ishingizni tugatgach, matnni tekshiring: grammatik va uslubiy xatolarni tuzating, ishni yaxlit ko‘rinishda ko‘rib chiqing.

Agar sizga kurs ishingizning ma'lum qismi bo‘yicha yordam kerak bo'lsa, aniqroq ma'lumot bering!

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

20 Nov, 21:33


Илм-фанни 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

20 Nov, 21:30


Илмий тадқиқотчилар фаолиятида қўлланиладиган норматив ҳужжатлар қайсилар?

👉ПФ–4958-сон 16.02.2017й (Олий ўқув юртидан кейинги таълим тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида)
👉ПФ–5847-сон 08.10.2020й (Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида)
👉ПФ–6097-сон 29.10.2020 й (Илм-фанни 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш тўғрисида)👉ПҚ–5047-сон 01.04.2021й (Илм-фан соҳасидаги давлат сиёсати ва инновацион ривожлантиришдаги давлат бошқарувини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида)
👉ПФ–6198-сон 02.04.2021й (Илмий ва инновацион фаолиятни ривожлантириш бўйича давлат бошқаруви тизимини такомиллаштириш тўғрисида)
👉ВМҚ–226-сон 13.10.2008й (Ўзбекистон иқтидорли ёшларини тақдирлаш ва моддий рағбатлантириш тўғрисида)
👉ВМҚ–365-сон 28.12.2012й (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссияси тўғрисида низом)
👉ВМҚ–36-сон 02.03.2015й (Магистратура тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақида)
👉ВМҚ–304-сон 22.05.2017й (Олий таълимдан кейинги таълим тўғрисидаги низом)
👉ВМҚ–937-сон 22.11.2017й (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссиясида илмий даражалар олиш юзасидан диссертацияларни экспертизадан ўтказиш билан боғлиқ сарф-харажатларни тўлаш тартиби тўғрисида низом)
👉ВМҚ–606-сон 19.07.2019 й (Олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрларни мақсадли тайёрлаш тизимини такомиллаштириш тўғрисида)
👉ВМҚ–133-сон 09.03.2020й (Илмий-тадқиқот ишларига давлат буюртмаси тўғрисидаги низом; «Стартап» лойиҳаларни танлаб олиш ва молиялаштириш тартиби тўғрисидаги низом)
👉ВМҚ–545-сон 27.08.2021й (Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги тўғрисида низом)
👉2443 25.03.2013й (Эксперт кенгаши тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида)
👉2665 14.04.2015й (Докторлик диссертацияси ва диссертация авторефератини расмийлаштириш қоидалари)
👉2666 14.04.2015й (Диссертациялар илмий натижаларининг амалиётга жорий қилинишини баҳолаш бўйича)
👉2764 17.02.2016й (Малакавий имтиҳонларни ўтказиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида)
👉2793 03.06.2016й (Илмий унвонлар бериш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида)
👉2893 23.06.2017й (Илмий даражалар берувчи илмий кенгаш тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида)
👉2894 23.06.2017й (Илмий даражалар бериш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида)

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

15 Nov, 09:31


10

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

13 Nov, 08:11


🏢Sinkveyn metodini òrganamiz👩‍🏫

Kanalga dòstlaringizni taklif qiling

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

13 Nov, 08:11


📚 #sinkveyn #metod ini amalda qòllab kòramiz.

Kalit sòz: Gazlama
2 ta sifat: qalin, yupqa
3 ta fe'l: bichsa bòladi, tiksa bòladi, dazmollasa bòladi.
Yoyiq gap: Yupqa gazlamani dazmollasa bòladi.
Sinonim: material, mato

Kanalga dòstlaringizni ham taklif qiling👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

13 Nov, 08:11


Insert jadvali metodi

Ushbu belgi ostiga o'quvchilar fikrlarini yozishadi

✅️ Men bilgan ma'lumotlarga mos
➖️Men bilgan ma'lumotga zid
➕️ Men uchun yangi ma'lumot
❓️Men uchun tushunarsiz yoki ma'lumot to'ldirish talab etiladi

Ko'plab fanlarda ushbu Insert jadvalini dars yakunida bersangiz bo'ladi.

Bizni kuzating va ma'lumotlarni ulashing
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

13 Nov, 08:11


Mental xaritasi yoki Aql xaritasi metodi - bu bitta markaziy g'oyadan kelib chiqqan fikrlarning tabiiy oqimining vizual tasviri. Hatto ushbu diagrammaning tashqi ko'rinishi ham aqliy hujumni samarali o'tkazish, eslatmalarni olish, ma'lumotlarni o'zlashtirish va taqdimotlar qilishda yordam berishini aniq ko'rsatib turibdi. Aql xaritalari murakkabligi jihatidan farq qiladi va ular qo'lda yoki kompyuterda tuziladi. Loyihaning maqsadlari va vaqt doirasiga qarab, aql xaritasi axborot yukiga ega bo'lgan ijodiy elementlar bilan to'ldirilishi mumkin, masalan, fotosuratlar, chizmalar yoki turli qalinlikdagi va turli rangdagi egri chiziqlar.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

13 Nov, 08:10


📑SWOT – tahlil #metod 📈

Ta’lim tizimida eng ko’p qo'llanadigan va yaxshi samara beradigan uslublardan biri hisoblanadi.
🔴S- strength - kuch
🔴w-weakness - zaiflik
🔴o-opportunity - imkoniyat
🔴t-threat - xavf

Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilim va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholash, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ushbu texnologiyani dars jarayonida munozarali masalalarni hal etishda, baxs –munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv seminari yakunida, yoki o‘quv rejasi asosida biron bir bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin. Bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrlarini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga , ochiq holda bahslashishga , o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Bu texnologiyani darslarda qo’llash yaxshi samara beradi.

Kuzatishda davom etamiz😉😉😉

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

13 Nov, 08:10


#metod

FSMU texnologiyasi:

(F) – Fikringizni bayon eting.

(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko'rsating.

(M) – Ko'rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring

(U) – Fikringizni umumlashtiring

Ushbu texnologiya tinglovchilarni o'z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o'z fikrini boshqalarga o'tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o'rgatadi.

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

13 Nov, 08:10


#metod
“Zinama-zina” texnologiyasi:

O'qituvchi o'quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta bo'lgani ma’qul); o'quvchilar mashg'ulotning maqsadi va uning o'tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qog'ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo'lgan varaqlar tarqatiladi; o'qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog'ozdagi bo'sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma(yoki rasm, yoki chizma) ko'rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo'yicha imkon boricha to'laroq ma’lumot berishlari kerak bo'ladi. Tarqatma materiallar to'ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi;

O'qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg'ulotni yakunlaydi.

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

13 Nov, 08:10


#metod
Ha-yo'q mashqi

O'qituvchi bir nima (raqam, predmet, adabiy yoki tarixiy qahramon va sh. o'.) ni o'ylab qo'yadi. O'quvchilar esa unga savol berib, u nimani o'ylab qo'yganligini topishga harakat qiladilar. O'qituvchi ularning savollariga faqat “Ha”, “Yo'q”, “Ham ha, ham yo'q” so'zlari bilan javob beradi. Savol nojo'ya berilgan yoki o'qituvchi didaktika maqsadlaridan kelib chiqib, savolga javob berishni xohlamaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Shunda u oldindan belgilangan ishora bilan javob berishdan voz kechadi. Mashq yakunlanganidan so'ng albatta qanday savollar kuchli, qandaylari kuchsiz va nima uchunligi yuzasidan qisqa muhokama o'tkazish shart.

Mashqning maqsadi – bolalarni savollarni tartibsiz berishga urintirmasmasdan, ularni izlash strategiyasini ishlab chiqishga o`rgatishdan iboratdir.

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

11 Nov, 22:10


Kabisa yili haqida bilasizmi?

pog'ona yili qo'shimcha bir kunni o'z ichiga olgan kalendar yili deb ataladi (odatdagi 366 o'rniga 365).
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida qabul qilingan Grigoriy taqvimiga ko'ra, 29 fevral qo'shimcha kun hisoblanadi. Shunga ko'ra, oddiy (kabisa bo'lmagan) yillarda xuddi shu oy 28-kun tugaydi.
Kabisa yili har 4 yilda sodir bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, 29-fevralda tug'ilganlar tug'ilgan kunini rasman nishonlaydilar, shuningdek, har to'rt yilda bir marta, garchi ko'pchilik, albatta, bayramni 1 martga o'tkazadi.
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

11 Nov, 22:10


KABISA YIL TEKSHIRUVI

Grigoriy kalendariga ko'ra, kabisa yili:
ularning soni 400 ga karrali;
soni 4 ga karrali, lekin ayni paytda 100 ga karrali emas.

Masalan, 2024 yilni tekshiramiz:
2024 / 400 = 5,06
2024/4 = 506, 2024/100 = 20,24
Ikkinchi nuqta to'liq bajariladi, ya'ni 2024 yil kabisa yilidir.

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

11 Nov, 22:10


Kabisa yillari jadvali
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

22 Oct, 17:11


#metod
Ushbu Fotima va Zuhra metodi o'quvchilarga fonemalarni ya'ni tovushlarni farqlashga o'rgatishda qo'l keladi.
Buning uchun o'qituvchi doskaga fonemaga uchraydigan so'z yozadi. Masalan: sabr so'zini yozadi, shundan so'ng o'quvchilardan ko'zlarini yumishlarini so'raydi. Sabrdagi s harfini o'chiradi va jabr deb yozadi. O'quvchilar ko'zini ochgach, qaysi harf almashganini ikkala so'zning ma'nosini va qaysi savolga javob bo'ladi? Shularni aytishi kerak bo'ladi. Fonemalar so'z boshida, o'rtasida yoki oxirida kelishi mumkin. Doskaga ikkita o'quvchi olib chiqib ham ushbu metodni o'tkazsa bo'ladi. Fotima Zuhraga aylandimi yoki Zuhra Fotimaga? Shu zaylda davom ettiriladi.

Ilm ahli shu yerda
👇👇👇👇👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

22 Oct, 17:10


#metod

Afsona va haqiqat metodi
Bu metoddan qoidalarni tushuntirishda va ularni yodda saqlashda foydalanasa bo'ladi. O'qituvchi ma'lum bir qoidalarni chalkashtirib aytishi kerak. O'quvchi chalkash yoki xato ma'lumot berilganini bilsa afsona deydi. Agar haqiqatda o'qituvchi ma'lumotni to'g'ri aytgan bo'lsa haqiqat deydi. Masalan, o'qituvchi doskaga 2 o'quvchi chiqaradi.
O'qituvchi:
4 tomoni teng bo'lgan figuraga to'rtburchak deyiladi.
O'quvchi: Afsona. Haqiqat shuki, 4 tomoni teng bo'lgan figura kvadrat hisoblanadi.
O'qituvchi:
Perimetrni topishda eni va bo'ynini bir biriga ko'paytiramiz.
O'quvchi: Afsona. Haqiqat shuki, perimetrni topishda eni va bo'ynini qo'shib, 2 ga ko'paytiramiz.
Shu galda davom etadi.
Bu metod o'quvchilarning:
- xotirasini sinovdan o'tkazadi;
- ziyraklikni oshiradi;
- hozirjavoblikni rivojlantiradi.
Ushbu metodni hamma fanda qo'llasa bo'ladi. Savollar orasida haqiqat ham bo'lishi kerak.
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

22 Oct, 17:03


Kurs ishini yozish uchun quyidagi bosqichlarga e'tibor berish kerak:

1. Mavzuni tanlash va aniqlash

Mavzu aniq va o'rganishga arziydigan bo'lishi lozim. Tanlagan mavzu talablar, soha, va sizning qiziqishlaringizga mos kelishi kerak.

2. Adabiyotlarni o'rganish

Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy adabiyotlarni, maqolalarni, kitoblarni o'rganish orqali mavzu bo‘yicha nazariy asoslarni shakllantiring.

3. Reja tuzish

Kurs ishining umumiy rejasini tuzing. Reja quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin:

Kirish

Asosiy bo‘limlar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar


4. Kirish bo‘limi

Kirish qismini yozish jarayonida quyidagilarga e'tibor qarating:

Mavzuning dolzarbligi

Maqsad va vazifalar

Tadqiqot obyekti va predmeti

Tadqiqot metodlari


5. Asosiy bo‘lim

Bu bo‘limda nazariy materiallar, tajriba natijalari yoki o‘rganilgan ma’lumotlar keltiriladi. Har bir bo‘lim mantiqan bir-biriga bog‘langan bo‘lishi kerak.

Nazariy qism: mavzuga doir asosiy tushunchalar va nazariyalar

Amaliy qism: tadqiqot yoki o‘rganilgan tajribalar, natijalar


6. Xulosa

Kurs ishingiz natijalari va ulardan kelib chiqadigan umumiy xulosalar. Bu yerda ishning yutuqlari, qo‘llanish imkoniyatlari haqida qisqacha yozasiz.

7. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kurs ishingizda foydalanilgan barcha manbalar to‘liq va to‘g‘ri ko'rsatilishi kerak.

8. Tahrirlash va tekshirish

Ishingizni tugatgach, matnni tekshiring: grammatik va uslubiy xatolarni tuzating, ishni yaxlit ko‘rinishda ko‘rib chiqing.

Agar sizga kurs ishingizning ma'lum qismi bo‘yicha yordam kerak bo'lsa, aniqroq ma'lumot bering!

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

19 Oct, 12:48


Insert jadvali metodi

Ushbu belgi ostiga o'quvchilar fikrlarini yozishadi

✅️ Men bilgan ma'lumotlarga mos
➖️Men bilgan ma'lumotga zid
➕️ Men uchun yangi ma'lumot
❓️Men uchun tushunarsiz yoki ma'lumot to'ldirish talab etiladi

Ko'plab fanlarda ushbu Insert jadvalini dars yakunida bersangiz bo'ladi.

Bizni kuzating va ma'lumotlarni ulashing
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

19 Oct, 12:44


A N D R O G O G I K A
Bu tushunchani ta'lim sohasidagi har bir inson bilishi kerak, menimcha.

Ko‘pchilik uchun yangilik ekan. Hozir Andragogika janoblari haqida qisqacha ma'lumot beraman. 😁
(janob deganimga, birorta shaxs ekan deb o‘ylamang! Shunchaki hazillashdim 🤭)

Androgogika Pedagogikaning akasi. 😄

1833-yilda nemis pedagog-tarixchisi A.KAPP fanga kiritgan ekan. So‘zma-so‘z tarjima qilganda, grekcha "andros-erkak, odam; agogeyn-yetaklash" degan ma'noni anglatadi.

Pedagogika atamasidan farqli ravishda "katta odamni yetaklash" sifatida qabul qilinadi.

Ya'ni "Kattalar ta'limi"

Ilm ahli shu yerda
👇👇👇👇👇
https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

19 Oct, 03:22


Tembr – bu tovushning sifat jihatlari yoki tovush ohangidir, ya'ni bir xil balandlik va kuchga ega tovushlarni bir-biridan farqlash imkonini beradigan xususiyat. Nutq tembri esa gapiruvchining ovozidagi ohangni, o‘ziga xosligini ifodalaydi. Har bir insonning ovoz tembri noyob bo‘lib, u ovoz chiqarayotgan tovushlarning boyligi, chuqurligi va ohangi bilan belgilanadi.

Tembr nutqda odamning kayfiyati, his-tuyg‘ulari va ovozning iliq, qattiq, yumshoq yoki qattiqroq ekanligini anglatadi. Masalan, bir xil so‘zlarni turli tembrlarda talaffuz qilish orqali gapiruvchi qo‘pol, samimiy yoki hazilomuz bo‘lishi mumkin.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

19 Oct, 03:21


Ritm – Nutqning marom va takrorlanuvchi ohang tizimi. U so‘zlar va bo‘g‘inlarning o‘zaro bog‘lanish tartibi, urg‘u va pauzalar orqali shakllanadi. Ritm musiqada bo‘lgani kabi nutqda ham har xil bo‘g‘in va so‘zlarning muntazam yoki notekis intervalda ta’kidlashidan hosil bo‘ladi. Ritm, odatda, nutqning emotsional tusini va tinglovchiga ta’sir qilishini kuchaytiradi.


Tempo – Nutqning tezligi, ya’ni gapirilayotgan so‘zlar qanchalik tez yoki sekin talaffuz qilinayotganini bildiradi. Tez tempo – shoshilinch, ishtiyoqli yoki hayajonli nutqda qo‘llaniladi, sekin tempo esa jiddiy, sokin yoki o‘ychan nutq uchun xos. Tempo suhbat mavzusi, tinglovchilar va vaziyatga qarab o‘zgaradi.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

19 Oct, 03:20


#esga_olamiz
Pauza – Nutq paytida qisqa to‘xtash yoki tanaffus. Pauzalar to‘g‘ri qo‘yilsa, nutq ravon va tushunarli bo‘ladi.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

19 Oct, 03:19


#esga_olamiz
Aktsent – So‘zda bir bo‘g‘inni boshqalariga nisbatan ko‘proq urg‘u bilan aytish. Masalan, "o‘qituvchi" so‘zida urg‘u "chi" bo‘g‘inida bo‘ladi.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

19 Oct, 03:18


#esga_olamiz
Intonatsiya – Nutqning ohang va baland-pastlik darajasi, u gapning mazmunini to‘g‘ri anglatishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, so‘roq gapda intonatsiya yuqori nuqtada tugaydi.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

19 Oct, 03:17


#esga_olamiz
Diksiya – bu odamning nutq paytida tovushlarni aniq va to‘g‘ri talaffuz qilishi, so‘zlarni izchil va ravon aytishi. Diksiya yaxshi bo‘lganda nutq ravon, tushunarli va quloqqa yoqimli bo‘ladi. Diksiya nutq madaniyatining muhim qismidir va nutq texnikasini oshirish uchun maxsus mashqlar qilinadi.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

18 Oct, 11:41


Biz taklif etayotgan interfaol o‘yin “EVEREST” ham o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘tgan darslar davomida egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazishga xizmat qiladi. Ushbu o‘yinda o‘quvchilardan tezkorlik, ziyraklik va xotira mustahkamligi talab etiladi. O‘yin savol-javobga asoslangan. Boshqa savol-javoblardan farqi shuki, savollar O‘zbek alifbosidagi harflar qiymati bilan teng, ya’ni 28, 29 ta. Javoblarning bosh harfi alifbo tartibidagi harflar bilan boshlanadi. Bu o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otib diqqatini yaxshilashga, intellektual salohiyati rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Ushbu o‘yinni 4-sinf misolida ishlab chiqdik:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi she’ri kimning qalamiga mansub? (Abdulla Oripov)
2. She’rlarida Vatan so g‘inchi aks etgan shoh va shoir bobomiz? (Bobur Mirzo)
3. U yerning naqqoshidir. Ular borki bog‘lar yashnab turadi. Dalalaridan hosil olib dasturxonimizga taqdim etadi. U? (Dehqon)
4. Xalq og‘zaki ijodi turlaridan biri. Uning maqsadi barchani yaxshilikka yetaklaydi? (Ertak)
5. Boy va badavlat so‘zi ma’nosiga qarama-qarshi so‘z toping. ( Faqir)
6. Bizlar mitti yulduz gulg‘unchalarmiz,Dilimizda jo‘shar quvnoq tarona. Ushbu she’rning sarlavhasini toping. (Gul g‘unchalarmiz)
7. Navbat keldi o‘zimga, Sen ham meni keltirding. Men otamga ne qilsam, Endi menga sen qilding. Bu she’rning sarlavhasini eslang. (Har kim ekkanin o‘rar)
8. Maktab nima o‘cho g‘idir? (Ilm)
9. Savollarga nima izlaysiz? (Javob)
10. Oltin oqar dalada, Tong yorishgan pallada. Shoir qaysi fasl haqida aytyapti? (Kuz)
11.Birdan tushib qoldi sovuq, Itning ko‘rpa yostig‘i yo‘q. Bu satrlar qaysi she’rdan olingan? (Laqma it)
12. “Xarita” hikoyasida Rasul qaysi fanni yaxshi o‘qirdi? (Matematika)
13. Ingliz tilida hozir so‘zi qanday tarjima etiladi ( Now)
14. O‘rdak tomdan tushmay, cholga bir hovuch gavhar tashlab ketgan ertak nomi nima? (Ochko‘z boy)
15. Sevimli bolalar shoirlaridan biri? (Po‘lat Mo‘min)
16. Zahiriddin Muhammad Boburning onasining ismi? (Qutlug‘ Nigorxonim)
17. Shahmat bo‘yicha O‘zbekiston nomini dunyoga tanitgan sportchi kim?(Rustam Qosimjonov)
18. Salomatlik tilayman ma’nosini beruvchi so‘z bu? (Salom)
19. “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak” da bo‘ri yoniga tomog‘i og‘rib qaysi hayvon keladi? (To‘ng‘iz)
20. “Eng ulu g‘ fazilat” hikoyasida ota kenja o‘ g‘liga nima sovg‘a qiladi? (Uzuk)
21. Nimadan unumli foydalanmasak baxtimiz va imkonimizni boy beriz? (Vaqtdan)
22. Devoriy gazeta muharriri Muhabbatni xafa qilgan Qosimjon qaysi hikoyada berilgan? (Xatosini tushungan bola)
23. Qachon olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir? ( Yoshlikda)
24. Tuyaning izi diqqatini tortgan uch aka-uka haqidagi ertak nomini ayting? (Ziyrak aka-uka)
25. “Xarita” hikoyasida Rasul o‘zi chizgan xaritaga qanday nom beradi? ( O‘zbekiston)
26. G‘ harfi bilan boshlanadihan tez aytishga misol keltiring. ( G‘ani g‘ildirakni g‘ildiratib g‘ildiratdi)
27. “Bo‘rining tabib b o‘lgani haqida ertak” da qaysi hayvon bir haftadan beri ishtahasi yo‘qligi bilan shikoyat qiladi? (Sher)
28. Mehnatsevar deb qaysi hasharotga ta’rif beriladi?( Chumoli)
29. Qaysi harf so‘zning boshida kela olmaydi? (Ng harfi)
Ushbu o‘yin Everest deb nomlanishiga sabab siz yuqoridagi savollarga to‘g‘ri javob berganingiz sayin bilim cho‘qqisiga shunchalik tez va oson chiqasiz. Dunyodagi eng baland cho‘qqi Everest bo‘lgani uchun ham o‘yin shunday nomlangan. Savollarga ahamiyat bersangiz, o‘qish fanidan o‘tilgan darslarni mustahkamlashga, savollar ona tili, ingliz tili, tabiatshunoslik va tarbiya fanlariga oid oson va qiziqarli savollar doirasi o‘quvchilarning “Inson va jamiyat”ga oid bilimlari ham sinaladi. Savol-javobga 4-5 daqiqa ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

#metod

Kanal havolasini barcha òqituvchilarga yetkazing👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

18 Oct, 11:23


📚 #sinkveyn #metod ini amalda qòllab kòramiz.

Kalit sòz: Gazlama
2 ta sifat: qalin, yupqa
3 ta fe'l: bichsa bòladi, tiksa bòladi, dazmollasa bòladi.
Yoyiq gap: Yupqa gazlamani dazmollasa bòladi.
Sinonim: material, mato

Kanalga dòstlaringizni ham taklif qiling👇👇👇👇👇👇👇

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi

14 Oct, 11:37


#yangimetod

https://t.me/boshlangich_talim_metodlari

1,890

subscribers

2,163

photos

324

videos