Xorazm | Ta'lim Yangiliklari @otm_xorazm Channel on Telegram

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

@otm_xorazm


Reklama: @Ilhom_Babajanov

🏛Ushbu kanalda Xorazm viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari haqida eng so‘nggi ma'lumotlarni berib boramiz!

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari (Uzbek)

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari kanali Xorazm viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari haqida eng so'nggi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan Telegram kanalidir. Bu kanal orqali Xorazm viloyatidagi ta'lim yangiliklari, yangi dars jadvalidan xabarlarni tezda va to'liq olishingiz mumkin. Agar siz Xorazm viloyatida ta'lim olgan yoki olayotgan bo'lsangiz, bu kanal siz uchun ideal manba bo'ladi. Kanalda oliy ta'lim muassasalariga oid yangiliklar, o'qituvchilar va talabalar uchun muhim axborotlar, va ko'plab boshqa foydali ma'lumotlar o'rin oladi. Siz ham Xorazm viloyatidagi ta'lim sohasidagi eng so'nggi va eng muhim yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Xorazm | Ta'lim Yangiliklari kanaliga obuna bo'ling! Reklama: @Ilhom_Babajanov 🏛

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

17 Feb, 05:59


⚡️Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 18 mln 750 ming so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Ariza berish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilish, yoshlardaftari.uz sayti orqali onlayn ariza yoki 1093 raqami orqali bogʻlanish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

✔️ Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (18.750.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarga amal qilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

17 Feb, 05:52


https://t.me/ilmiyishlanmalar2025

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

17 Feb, 03:47


OTMda o‘qiyotgan xodimga ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tillari berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Mehnat kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Yangi tahrirga ko’ra, 385-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda o’zgartirilishi belgilandi:

Oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:

birinchi va ikkinchi kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida o‘n kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida o‘ttiz kalendar kun;

uchinchi va undan yuqori kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida – kamida yetti kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida – kamida yigirma kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa – kamida qirq kalendar kun muddatga haq to‘lanadi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

16 Feb, 16:29


Nodavlat oliygohni bitirib magistraturada o'qib bo'lmaydimi?

Ko'pchilikni shu kabi savollar qiynaydi yoki ikkilanishiga sabab bo'ladi.

Qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishini tamomlagandan so'ng davlat oliygohining MAGISTRATURAsida tahsil olish mumkin. Bu bo'yicha hech qanday cheklov va havotirlanishga asos yo'q.

Bundan tashqari, nodavlat oliygohning magistraturasini tamomlagandan keyin davlat oliygohining doktorantura (tayanch doktorantura)ga o'qishga bemalol topshirish mumkin. Bunda ham hech qanday cheklov mavjud emas.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

14 Feb, 10:50


⚡️O‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi

Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega boʻlgan yoshlar tashabbus koʻrsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochsa, ularga 120 million soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi.

Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini ragʻbatlantirish uchun xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi.

Bunda oʻquv xarajatlarining dastlabki 2 oyi oʻquvchilarning oʻz mablagʻidan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan toʻlab beriladi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

14 Feb, 07:03


#Bobur_542

🗓 14-fevral - Shoh va shoir, davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

12 Feb, 09:43


3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlari OTMlarga grant asosida qabul qilinadi – Prezident farmoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi kabi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilandi.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida “sirkulyar iqtisodiyot” taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga biriktiriladigan “yashil texnikumlar” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlaridagi davlat oliy taʼlim tashkilotlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va oʻquv dasturlari kiritiladi.

Oliy taʼlimda grant oʻrinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkaziladi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi taʼlim dasturlari asosida taʼlim olish uchun stipendiya tanloviga 20 tagacha kvota ajratib boriladi.

Respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktabi faoliyati tashkil etiladi.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi.

👉@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

12 Feb, 08:45


#Oʼzbekiston_24 | #Maxsus_reportaj

Urganch davlat pedagogika institutida talabalarning tashqi ko‘rinishlari, ularning milliy liboslar bilan uyg‘unlik borasidagi tajribasi "O‘zbekiston 24" telekanalining Maxsus reportaj dasturi orqali yoritildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

12 Feb, 04:08


Urganch davlat universitetida qish ziynati

Ayni kunlarda Urganch davlat universiteti oppoq libosga burkangan ertaknamo maskanga aylandi. Universitet binolarining nafis me’moriy qiyofasi qorlarga chulg‘anib, yanada muazzam ko‘rinish kasb etmoqda. Shu lahzada universitet nafaqat bilim maskani, balki tabiat bilan uyg‘unlikda ro‘y beruvchi sehrli bir mo‘jizaga aylangan.

Aziz talabalar, qadrli ustozlar! Barchangizga yuqori kayfiyat tilaymiz. Boshlangan kuningiz xayrli oʻtsin!

©️UrDU Matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

11 Feb, 07:06


ҚИЗЛАРНИ ЎҚИТСАНГИЗ...

Бир зал тўла эркак кириб келган аёлнинг чиройи, бойлиги, насаби ё лавозими учун ўрнидан тургани йўқ. У малика ҳам, дунё гўзали ҳам эмасди.

У биринчи Нобель олган аёл эди. У полоний ва радийни кашф қилди. Унинг эри, қизи ва куёви ҳам Нобель мукофоти лауреатлари бўлди.

Бир зал эркак аёлдаги илм, тажриба, жасорат учун оёққа қалқди ва бош эгди.

Ўрнингиздан туринг, мадам Мария Кюри ташриф буюрдилар!

Тасаввур қилинг, сизнинг қизингиз ҳам шу даражада. Сиз эса уни кузатиб турибсиз...

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

11 Feb, 06:44


Ilmli ayol jamiyat ko‘zgusi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida 11-fevral - Ilm-fan sohasidagi ayollar kuni munosabati bilan “Ilmli ayol jamiyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va viloyatimiz OTMlarda faoliyat yuritayotgan ustoz olimalar, fan doktorlari, tadqiqotchilar, doktorant va magistrlar ishtirok etdilar.

Mehmonlar ishtirokidagi ma’ruzalar davomida mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilgan keng imkoniyatlar, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ilmiy hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yaratish borasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytirishga chaqirildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

09 Feb, 05:35


9-fevral - buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

09 Feb, 04:06


⚡️Ilmiy ish qilayotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:

🔹falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga – 3 oygacha;

🔹fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun – 6 oygacha.

❗️Ushbu ta’tillarning berilishi xodimlarning yillik ta’tilidan foydalanishiga to‘sqinlik qilmaydi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

09 Feb, 03:59


🔥 Abduqodirning goliga klubimizning reaksiyasi

Ajoyib xushxabar bo‘ldi o‘ziyam. Husanovning gol urishini ko‘pchilik xohlasa ham, bu yaqin orada bo‘lmaydigandek tuyulardi

@zakovat_anagramma

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

08 Feb, 06:00


⚡️Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 18 mln 750 ming so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Ariza berish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilish, yoshlardaftari.uz sayti orqali onlayn ariza yoki 1093 raqami orqali bogʻlanish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

✔️ Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (18.750.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarga amal qilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

07 Feb, 17:17


UrDPI tajribasi namuna sifatida eʼtirof etilmoqda

Talabalarning tashqi ko‘rinishlari, ayniqsa milliy liboslar bilan uyg‘unlik borasidagi Urganch davlat pedagogika instituti tajribasi namuna sifatida e’tirof etildi.

Shu munosabat bilan, bugun Xorazm viloyatidagi barcha davlat va nodavlat OTMlarining birinchi prorektorlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa tegishli masʼullar UrDPIga kelib o‘quv va to‘garak jarayonlarini ko‘rdilar. Mehmonlar institut tajribasidan o‘z faoliyatlarida foydalanish uchun namunalar oldilar.

Talabalarning milliylik bilan uyg‘un holatdagi tashqi ko‘rinishlari har bir fakultet kesimida alohida ma’no va mazmun kasb etadi. O‘quv jarayonlarida ta’lim va tarbiyani uzviy bog‘liqligi aks etadi. Shuningdek, mehmonlar institutda "Jadidlar bog‘i" bilan tanishdilar, ular uchun milliy liboslar ko‘rgazmasi va madaniy dastur namoyish etildi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

05 Feb, 15:59


Нима бўлса ҳам ҳеч қачон ортга қайтманг ва олдинга интилинг!

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

05 Feb, 14:44


#Giyohvandlik_asr_vabosi

🟢Bugun, 5-fevral kuni Ma'mun universitetida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish" oyligi munosabati bilan giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni uning zararli oqibatlaridan xabardor qilish maqsadida "Giyohvandlik - asr vabosi" mavzusida tadbir o'tkazildi.

⚡️Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshqarma boshlig'i o'rinbosari Polkovnik A.S.Matlubov, Xorazm viloyati jinoyat qidiruv boshqarma boshlig'i o'rinbosari Mayor M.Sherjanov, tyutorlar va universitet talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

🟢So‘zga chiqqan maʼruzachilar narkotik moddalar, ularning salbiy ta’siri natijasida turli a’zolarning shikastlanishi, hayot uchun muhim funksional tizimlarning izdan chiqishi hamda yoshlar ruhiyati va ongiga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

05 Feb, 12:46


🤩 VIDEOREPORTAJ: Urganch davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori Feruza Madraximova Boshlang‘ich ta’lim fakultetidagi talabalarning Ota-onalari bilan uchrashdi.

* Institut rektorining endilikda Pedagogika fakulteti hamda Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabalarining Ota-onalari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

02 Feb, 15:28


Турк ижодкорлари томонидан олинган таъсирли видео ролик.

Бир ўқитувчининг биринчи ва охирги иш куни.


👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

30 Jan, 09:19


⚠️ Golden Study O'quv Markazimizda yangi 3 oylik Grammatika guruhlariga qabul ochildi.

Biz bilan tayyorlanib 130 dan ortiq B2 va C1 daraja olgan talabalarimiz safiga qoʻshiling!

📝 Ertalabki guruh soat 9:00 da
Tushdan keyingi guruh soat
14:00 da

💬 Mo'ljal: Urganch davlat universiteti

☎️ +998996005797 @N1GoldenStudy

Telegram | Instagram

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

26 Jan, 03:57


#Ustama

O‘qituvchilarga ustama belgilashda hisobga olinadigan fan olimpiadalari tadbirlar va tanlovlar ro‘yxati tasdiqlandi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

25 Jan, 13:20


⚡️Erkaklarga ham dekretga chiqish huquqi berilmoqda

Mehnat kodeksiga mehnat jarayonlarida tazyiq va zo‘ravonliklarni taqiqlash, ularning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga hamda farzandi tug‘ilishi munosabati bilan erkaklarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda, qo‘shimcha ta’til berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

25 Jan, 12:08


Omon School boshqa maktablardan nimasi bilan ajralib turadi?

Kelajak Liderlarini Tarbiyalaymiz
Bizning maktab nafaqat bilim beradi, balki o‘quvchilarni liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishga, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.

🔹 Bizning Yo'nalishlarimiz:

1️⃣ Biznes fakulteti – Bu yerda o'quvchilar maktabni bitirguncha real biznesni boshlash va rivojlantirish tajribasini egallaydilar.

2️⃣ Tibbiyot fakulteti – Kelajakdagi shifokorlar uchun mukammal bilim va amaliy ko'nikmalar.

3️⃣ Huquq fakulteti – Huquqiy bilimlar va sud amaliyoti asoslari bilan tanishib chiqish imkoniyati.

Kelajakka Investitsiya:
Farzandingiz ta’limini ishonchli qo‘llarga topshiring va uni yorqin kelajakka tayyorlang.

Omon School – Siz ishonadigan ta’lim muassasasi!

🎓 Omon School – Kelajak Liderlari Shu Yerdan Boshlanadi!

INSTAGRAM I TELEGRAM I YOUTUBE

Biz bilan bog'lanish: +998918661100

Menejer:@omonschoolmenejer

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

24 Jan, 12:54


#Bilasizmi?

📌 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati

Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Daliyev Shohrux Hojiakbarovich
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

Mahkamov Otabek Muxtorovich
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

24 Jan, 12:14


#Oʼzbekiston_24 | #Dual_taʼlim

Urganch davlat pedagogika institutida nazariya va amaliyot uyg'unligi
.

Talabalar "4+2" shaklida - haftaning toʼrt kuni institutda o‘quv jarayonida nazariya, haftaning qolgan ikki kunida umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim muassasalarida amaliyot oʼtamoqdalar.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

24 Jan, 05:20


#TOP1000 #Reyting

⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

20 Jan, 16:36


⚡️Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

🎓 Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

👉 erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

👉 dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

🔅 Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

✔️ Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq - 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

📃 Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

20 Jan, 16:27


🌊 Bulutlarga tegib turgan toʻlqin

• Dengiz tubsizligining qudrati va ulug'vorligi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

20 Jan, 14:58


SHARQ O'QUV MARKAZIDA navbatdagi  General English(0 dan ingliz tili 4 oylik) kursi 22-Yanvardan boshlanadi.

Darslar haftaning toq kunlari  soat 15:00 da.

Teacher:
Jamshid Matyakubov IELTS 7.0.
2 yillik tajriba.

Birinchi dars: 22-Yanvar-Chorshanba soat 15:00 da.

Qo'shimcha ma'lumot va kursga yozilish uchun  +998505791240  @Jamshid1240
Kurs narxi: Talabalar uchun 450 ming 350 ming
Manzil: SHARQ O'QUV MARKAZI
Mo'ljal: Eski Jaloladdin Manguberdi haykali yoni.

Location
👇👇👇👇👇👇
https://maps.app.goo.gl/PvAXfsdNtjgXwRTVA

Telegram channel:
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/sharq_learningcentre

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

20 Jan, 09:08


23-24 январь кунлари тунда шимолий ҳудудларда ҳаво ҳарорати -13 даражагача, тоғларда -15 даражагача, республиканинг бошқа ҳудудларида эса -7 даражагача совуқ бўлади – Ўзгидромет

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

18 Jan, 15:25


#foydali_eslatma #abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma! Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi

🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

18 Jan, 13:55


Do'stlar, buxgalteriya o'rganishni xohlaysizmi yoki karyerangizni professional darajaga ko'tarishni istaysizmi?

28-29-30-yanvar kunlari soat 21:00 da Yuldoshbek Yuldoshev bilan jonli efirda BEPUL vebinar o'tkaziladi! Mavzu: “Buxgalteriya va muvaffaqiyatli karyera qurish”.
🔥 Bu vebinarda siz:
✔️ Buxgalteriyaning eng muhim sirlarini bilib olasiz
✔️ Moliyaviy muvaffaqiyat sari yo'l ochasiz
✔️ O'z sohangizda yetakchi bo'lishni o'rganasiz!

📢 Joylar cheklangan, tezroq qo‘shiling!

🌐 Havola mana:
https://t.me/+f6NG3rg7Zw5hMmVi
https://t.me/+f6NG3rg7Zw5hMmVi
https://t.me/+f6NG3rg7Zw5hMmVi

🎯 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, o'zingiz uchun birinchi qadamni tashlang!

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

18 Jan, 08:03


⚡️Urganch davlat universitetiga Abu Rayhon Beruniy nomi berildi

Abu Rayhon Beruniy – jahon ilm-fanining yetuk namoyondalaridan biri bo‘lib, u matematika, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa ko‘plab fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning ilmiy asarlari nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyo miqyosida yuqori qadrlanadi. Universitetga uning nomi berilishi yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://t.me/OTM_XORAZM/4395

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

18 Jan, 08:01


#Rasmiy_xabar

🔷🕧Urganch davlat universitetiga Abu Rayhon Beruniy nomi berildi

Qadrli yurtdoshlar, hurmatli universitetimiz jamoasi!


Barchangizga Urganch davlat universitetiga buyuk alloma va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy nomi berilganini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz. Ushbu muhim qadam universitetning ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi, talaba va professor-o‘qituvchilar jamoasining yutuqlari hamda mamlakatimizda Beruniy merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida qabul qilindi.

Abu Rayhon Beruniy – jahon ilm-fanining yetuk namoyondalaridan biri bo‘lib, u matematika, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa ko‘plab fanlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning ilmiy asarlari nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyo miqyosida yuqori qadrlanadi. Universitetga uning nomi berilishi yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xorazm vohasidagi oʻzining uzoq shonli tarixiga ega boʻlgan koʻhna va nufuzli oliy taʼlim muassasasiga Abu Rayhon Beruniy nomining berilishi nafaqat universitet obro‘sini oshiradi, balki talabalarga, yosh olimlarga ulug‘ allomaning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilishda katta mas’uliyat yuklaydi.

Qolaversa, oliygohning xalqaro maydondagi oʻrnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Beruniy nomi ostida universitet dunyoning yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishi, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Urganch davlat universitetiga Abu Rayhon Beruniy nomining berilishi yoshlarga ilmiy izlanishlarda yangi marralarni zabt etishlariga ruhlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz!

🎊Xorazm ahlini hamda koʻp ming sonli oliygohimiz jamoasini Urganch davlat universitetiga Abu Rayhon Beruniy nomi berilganligi bilan samimiy qutlaymiz!

Mamnuniyat bilan,
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti maʼmuriyati


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

18 Jan, 03:53


Bir saxiy inson do‘stidan so‘rabdi.
- Bir odamga 10 000 $ ehson qilmoqchiman, nima deysan?
- Yo‘g‘-ye, do‘stim, bu ko‘p. Shuncha ham ehson qilasanmi?
- Ha, unda, 1 000 $ bersamchi?
- Bu ham ko‘p, do‘stim.
- 100 $ bersamchi?
- Qo‘ysangchi, 100-200 ming so‘m bersang ham yetadi.
- Eh, do‘stim-a, o‘sha pulni senga bermoqchi edim. Baxilliging sabab, meni ehson qilishdan, o‘zingni esa ne’matdan mahrum qilding.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

15 Jan, 06:43


⚡️UrDU talabalari uchun xushxabar!

Urganch davlat universiteti hududidagi bosh oshxona o‘z faoliyatini qayta boshladi.

❗️Talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida barcha taomlar 25 ming so'm qilib belgilangan.


👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

14 Jan, 12:39


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni' muborak bo’lsin!

🟢Bugun erta tongdan Psixologiya, tibbiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti binosida Vatan himoyachilarini madh etuvchi kuy-qo‘shiq sadolari yangradi.

Bayram munosabati Psixologiya, tibbiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi va fakultetning bir guruh faol talabalari barchaga bayromona kayfiyat ulashib, jamoaning bir guruh er yigitlariga esdalik sovg‘alari taqdim etdilar. Samimiy tilak va istaklarini bildirdilar.


©Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

14 Jan, 11:54


UrDPIda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib o‘tdi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 33 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirda institut rektori Feruza Madraximova ishtirok etib, institut jamoasini bayram bilan tabrikladi.

Tadbir davomida bir guruh jamoa a’zolari, xususan, qator huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ishlab, nafaqaga chiqqan hozirda UrDPIda faoliyat olib borayotgan xodimlar taqdirlandilar. Shuningdek, institutning profilaktika inspektori va Afg‘onistondagi harbiy jarayonlar ishtirokchilari e’tirof etilib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

07 Jan, 16:10


⚡️Rasman: 8-yanvardan darslar boshlanadi

— Qishki ta’til 7-yanvar kuni tugaydi. 2025-yilning 8-yanvaridan boshlab barcha oliy va professional ta’lim muassasalarida darslar davom etadi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va professional ta’lim muassasalaridagi talabalar va o‘quvchilar uchun joriy o‘quv yili uchun qishki ta’til 2024-yil 25-dekabrdan boshlanib, 2025-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi. Shu jumladan, 7-yanvar kuni ham ta’til kuni hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, maktab o'quvchilari uchun qishki ta'til 11-yanvargacha (shu kuni ham) davom etadi. Darslar esa 13-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

Talabalarga eslatib qo'ying!

👉@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

06 Jan, 17:01


Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

06 Jan, 14:04


«Najot ta'lim» markazining yangi loyihasi bo'lgan «Robbit» akademiyasi IT sohasida bilimga ega Xorazmlik yoshlarni o'z jamoasiga qo'shishga tayyor

Kimlarni qidiryabmiz?
- Bolalar bilan yaxshi ishlay oladigan;
- Kuchli muloqot ko'nikmasiga ega bo'lgan;
- Ta'lim berishga qiziqadigan;
- Yangi narsalarni tez va mustaqil o'rganadigan;
- Stressga chidamli;
- Tashabbuskor.

Dasturga qabul talablari
- Kelajakda ustozlik sohasida o'zini ko'ra olishi;
- O'zbek tilida erkin muloqot qila olish;
- Ingliz tili yoki Rus tilidan birini bilish;
- Shaxsiy noutbukka ega bo'lish;
- IT, Matematika yoki Informatika sohasida ta'lim olgan bo'lish.

Bizning takliflarimiz
- Ham sohaviy ham pedagogik darslar;
- Najot Ta'lim kurslari uchun chegirma;
- Kuchli mutaxassislar bilan teambuilding va networking.

Soha bo'yicha bepul amaliyot dasturi mavjud*

Ariza qoldirish uchun so'rovnomani to'ldiring.

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

05 Jan, 16:36


❗️Xitoyda chiqqan metapnevmovirus shiddat bilan DUNYOGA tarqala boshladi

Kasallik odatda yengil kechsa-da, chaqaloqlar, keksalar va immuniteti zaif odamlarda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, ushbu virus Koronavirusdan ancha xavfli ekani aytilmoqda.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

05 Jan, 15:18


😌 Siz ham shu yerda qayerdadir turibsiz...

Barcha muammo va tashvishlaringizdan dam oling, shunchaki Yerning go'zal manzaralaridan bahramand bo'ling.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

05 Jan, 10:42


⚡️20 foizlik ustama to‘lanadigan mentor-o‘qituvchilar qanday tanlab olinadi?

Prezidentning 21.06.2024-yildagi qarori PQ-231-son qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab barcha maktablarda “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari joriy etiladi.

Ushbu tadbirlarni tashkil etish har bir tuman (shahar)da yuqori malakali oʻqituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab mentor-oʻqituvchilariga asosiy ish joyi boʻlgan maktab direktor jamgʻarmasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.

Tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan oʻquv yilining boshlanishiga qadar:

Maktablarda fanlar (yoki fanlar bloki) kesimida “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etishga masʼul boʻlgan yetakchi oʻqituvchilar roʻyxati shakllantiriladi.

fanlar (yoki fan bloklari) kesimida har biri 25-30 nafar yetakchi oʻqituvchilardan (imkoniyatdan kelib chiqqan holda tegishli fandan dars beruvchi barcha oʻqituvchilardan) iborat ishtirokchilar guruhlari shakllantiriladi va tasdiqlanadi;

malakali oʻqituvchilar orasidan tanlab olish asosida har bir guruh uchun 1 nafardan mentor-oʻqituvchilar tarkibi shakllantiriladi va tasdiqlash uchun hududiy ishchi guruhga taqdim etiladi.

Mentor-oʻqituvchini tanlashda uning kasbiy mahorati, faolligi va liderlik xususiyatlari hisobga olinadi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

03 Jan, 16:41


ГЕНЕТИКА

1. Интеллект отадан ўғилга ўтмайди. Яъни, агар сиз даҳо бўлсангиз, унда сизнинг ўғлингиз 100% генларингизни мерос қилиб олмайди.

2. Идиотизм отадан ўғилга ўтмайди. Aгар сиз мутлақо қобилиятсиз бўлсангиз, унда ўғлингиз сиз билан бир хил аҳмоқ бўлмайди(бу билан сизни табриклаймиз).

3. Интеллект отадан фақат қизга ўтиши мумкин. Ва фақатгина ярим қисмигина ўтади холос (сизнинг интеллектингиз 88 бўлса шунинг 50% и ўтади).

4. Интеллектни эркак фақат ўз онасидан мерос қилиб олиши мумкин, она эса ўз навбатида отасидан мерос қилиб олган бўлади.

5. Доҳийнинг қизи отаси каби ярим-ақлли бўлади, аммо қизнинг ўғли даҳо бўлади. Aгар унинг отаси аҳмоқ бўлса, унда қизи отасига қараганда ярим аҳмоқ бўлади.

Эркаклар учун хулосалар:

1. Ўғлингизнинг ақлий қобилиятларини тахмин қилишингиз учун, хотинингизнинг отасига қаранг (агар у академик бўлса, ўғлингиз ҳам ақлли бўлади).

2. Сизнинг қизингиз ақлингизнинг ярмини олади. Aммо сизнинг аҳмоқлигингизни ҳам ярмини олади. Интеллект тарафдан у сизга яқинроқ бўлади. Унинг ўғли сизнинг барча ақлий қобилиятингизни олади. Aқлли авлод истасангиз - қиз фарзанд орзу қилинг.

3. Сизнинг ақлий қобилиятларингиз онангиздан, аниқроғи бобонгиздан ўтган.

Aёллар учун хулосалар:

1. Ўғлингиз ақл тарафдан - отангизнинг нусхасидир ва уни "сен отанг каби аҳмоқсан" деб ҳақорат қилишингиз умуман тўғри эмас.

2. Қизингизнинг тарбияси сизники каби бўлади, лекин ақли бўйича отасига тортади. Унинг ўғиллари эса сизнинг эрингизнинг ақлий нусхалари бўлади.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

03 Jan, 14:02


TURK TILI – SIZNING YUTUQLARINGIZ KALITI!

🎓 Ahmedova Ra'no bilan Turk tili kurslari!
📌 Turk tilini noldan C1 darajasigacha o‘rganing!
💬 Gapirish, yozish, tinglash va o‘qishni tez va oson o‘zlashtiring!

NEGA BIZNI TANLASHINGIZ KERAK?
Zamonaviy va qiziqarli metodlar
Har bir talabaga individual yondashuv
Imtihonlariga mukammal tayyorgarlik
Kutilgan natijaga qisqa vaqt ichida erishing

SIZ UCHUN IMKONIYATLAR:
🌍 Darslar 13-yanvardan 2 smenada tashkil qilinadi va yuzma-yuz offlayn tarzda olib boriladi
📚 Qiziqarli mashg‘ulotlar va foydali materiallar
🚀 Turk tilini bilib, o‘zingizni yangi darajaga olib chiqing!

Qo‘shimcha ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
📞 +998937521122
Telegram: @azamatovna_0823
🎯 Joylar soni cheklangan.
Kelajagingizni bugundan boshlang! 🌟
Manzil: Urganch shahar "Ogahiy" o'quv markazi

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

03 Jan, 04:51


#sertifikat

Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

02 Jan, 17:04


Oʻrtacha va keraksiz narsalarni koʻp bilgandan kam boʻlsa ham yaxshi va kerakli bilimga ega boʻlgan afzal.

©Lev Tolstoy

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

02 Jan, 16:32


❗️ESLATMA: ertaga barcha uchun ish kuni!

Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlari o’z nihoyasiga yetdi.

Ertaga — 3-yanvar (juma) hamda ertadan keyin — 4-yanvar (shanba) kunlari barcha xodimlar uchun (besh kunliklarga ham, olti kunliklarga ham) ISH KUNI hisoblanadi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

01 Jan, 14:17


2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi

Mazkur vazifaning to‘liq, sifatli va so‘zsiz bajarilishi uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova shaxsan javobgar etib belgilangan.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1012

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

01 Jan, 06:49


⚡️ Barcha yillar nomi bilan quyida tanishish mumkin:

1991-yil — Alisher Navoiy yili
1992-yil — Hamshiralar yili
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili
1995-yil — Ibn Sino yili
1996-yil — Amir Temur yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili
1998-yil — Oila yili
1999-yil — Ayollar yili
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Onalar va bolalar yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2004-yil — Mehr-muruvvat yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2008-yil — Yoshlar yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2013-yil — Obod turmush yili
2014-yil — Sog‘lom bola yili
2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili
2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2020-yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yil — Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
2023-yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
2024-yil — Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili
2025-yil — Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

31 Dec, 20:33


🇺🇿 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

31 Dec, 19:00


Yangi 2025-yil bilan!

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

31 Dec, 14:27


Ушбу сўзим яқинларим,
Барча, барча, барчага!
Оилангизни олиб,
Боринг сиз ҳам арчага!

Аждодлардан ҳеч бири,
Қолган эмасдир дири,
Яна бир эслатайин,
Пул даган қўлнинг кири!

Пул даган топилади,
Хотин ҳам қопилади,
Амалларнинг китоби
Бир куни ёпилади!

Уйда хотинга арсиз,
Ишда катта раҳбарсиз,
Безак бериб арчага,
Ташкил беринг барчага!

Қисинтириб ҳаммани,
Уйга қўйманг таммани,
Афзал билиб ҳар онни,
Яхши кутинг меҳмонни!

Уни, буни сиз қўйинг,
Улли хўрозни сўйинг,
Осма шўрвани осинг,
Паловни дама босинг!

Газ бўлмаса, бўлмасин,
Чойни қўйинг танқада,
Яхши сўзлар сўзлашиб,
Ўтирали Хонқада!

Чопонни ямоқ қилманг,
Дўстларни томоқ қилманг,
Ғовушни ўтоқ қилманг,
Ташкилни чатоқ қилманг!

Alisher Yakhshimuratov

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

27 Dec, 11:35


🏛Ma'mun universitetining Madhiyasi yaratildi.🎶🎶

Madhiyani Iste'dodli xonandalar Akbarbek Sapoyev, Komronbek Soburov, Farrux Komilovlar ijro qilishdi.👏👏👏👏

🎶Qo'shiq matni muallifi Zubayda Otaxonova.

©Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

👉@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

27 Dec, 09:21


#Yil_sarhisobi | #VIDEOREPORTAJ

🤩 UrDPIda 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar boʼyicha nutq soʼzladi. Tadbirda oʼtayotgan yil davomida institut rivojiga hissa qoʼshgan professor-oʼqituvchilar va xodimlar taqdirlandilar.

Shu bilan birga, institut rahbariyati tomonidan barcha professor-o‘qituvchilar va barcha xodimlarga Yangi yil sovgʼalari tarqatildi, bayram munosabati bilan pul mukofotlari berildi. Tadbir soʼnggida kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

27 Dec, 09:17


#Yil_sarhisobi

🤩 UrDPIda 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar boʼyicha nutq soʼzladi. Tadbirda oʼtayotgan yil davomida institut rivojiga hissa qoʼshgan professor-oʼqituvchilar va xodimlar taqdirlandilar.

Shu bilan birga, institut rahbariyati tomonidan barcha professor-o‘qituvchilar va barcha xodimlarga Yangi yil sovgʼalari tarqatildi, bayram munosabati bilan pul mukofotlari berildi. Tadbir soʼngida kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

08 Dec, 11:18


Дунёда бор учта чин дўстим:
Отам,
Онам. . .
Яна аллаким.
Учинчисин айтмоқ қийин иш,
Хотиним ҳам шунчаки таниш.

✍️ Анвар Обиджон

👉@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

07 Dec, 16:28


Work and Travel каби дастурлар доирасида талабаларнинг йўлкира харажатлари учун ссуда ажратилади

Президент топшириғига кўра, Ташқи ишлар вазирлиги Буюк Британия, Германия, Канада, Словакия, Австралия, Янги Зеландия каби мамлакатларда ўқиш ва малака ошириш, замонавий корхоналарда ишлаш истагида бўлган фуқароларга енгиллик бўлиши учун виза тартибини соддалаштириш бўйича зарур чоралар кўради.

Келгуси йилдан Ёшлар ишлари агентлиги томонидан “Work and Travel” каби дастурлар доирасида талабаларнинг йўлкира харажатлари учун ссуда ажратиш йўлга қўйилади.

👉@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

07 Dec, 14:23


Urganchda ❄️❄️❄️

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

05 Dec, 05:50


Талабалар учун қишки таътил 25 декабрдан бошланади

Олий таълим муассасалари талабалари, техникум, коллеж ва академик лицей ўқувчилари учун қишки таътил 25 декабрдан бошланади ва 2025 йилнинг 7 январига қадар давом этади - вазирлик

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

04 Dec, 13:20


⚡️"Breyn-ring" intellektual o'yini bo‘yicha UrDU "Rektor Kubogi" turniri FINAL o‘yini:

YouTubeda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=OLnVf3ANnt4

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

04 Dec, 09:38


🚝Хоразмга илк бор тез юрар поезд кириб келди.

Эндиликда 7 декабрдан Тошкент-Урганч-Хива йўналишида ҳаракати бошланади.


👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

04 Dec, 06:54


Maktablarda qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanadi.

Dam olish kunlari 2025-yil 10-yanvargacha davom etadi.

Barcha maktablarda uchinchi chorak 2025-yil 11-yanvarda boshlanadi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

03 Dec, 02:44


❗️9-dekabr, dushanba dam olish kuni bo’ladimi?

Qisqa javob: ha, dam olish kuni.

📋 Batafsil javob: Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kuniga to’g’ri kelib qolsa, unda dam olish kuni keyingi ish kuniga ko’chiriladi. Jaydari tilda aytganda, bayramlar yakshanba to’g’ri kelib qolsa, dushanba kuni ham dam olish kuni bo’ladi.

Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Shu sababli dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida ham belgilangan.

Demak, besh kunliklar uchun 7, 8 va 9-dekabr kunlari (3 kun), olti kunliklar uchun esa 8 va 9-dekabr kunlari (2 kun) dam olish kuni bo’ladi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

02 Dec, 13:00


#UrDU_Rektor_Kubogi

⚡️Bugun soat 18:30da "Xorazm TV" telekanali JONLI efirida "Breyn ring" intellektual o'yinini bo‘yicha "Rektor Kubogi"ning FINAL bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

FINAL bahsida quyidagi fakultetlar jamoalari kuch sinashadi:
1️⃣ Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetining "Zulfiqor" jamoasi;
2️⃣ Xorijiy filologiya fakultetining "Algoritm" jamoasi;
3️⃣ Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakultetining "Jayhun" jamoasi;
4️⃣ Fizika-matematika fakultetining "Koʻragoniy" jamoasi.


❗️Agar "Xorazm TV" telekanalini ko'rish imkoniyati bo'lmasa, quyidagi havola orqali o‘yinni JONLI EFIRda kuzatishingiz mumkin: https://t.me/XorazmTELEKANAL?livestream

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

02 Dec, 12:58


Belarus elchixonasidan O‘zbekiston yoshlari uchun imtiyozli grant dasturi!

Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakatimiz yoshlari uchun 2025/2026-o‘quv yili uchun Belarusdagi oliy ta'lim muassasalariga bakalavr va magistratura bosqichlari uchun imtiyozli grant dasturini taklif qiladi.

Dastur doirasida quyidagi ta'lim yo‘nalishlari taklif qilinmoqda:

Bakalavr darajasi uchun:

➡️ Axborot tizimlari va texnologiyalari;
➡️ Dasturlashtiriladigan mobil tizimlar;
➡️ Kompyuter fanlari va dasturlash texnologiyalari;
➡️ Tibbiyot;
➡️ Dorixona va farmatsevtika;
➡️ Biotibbiyot fani;
➡️ Elektr va avtonom transport;
➡️ Texnologik mashinalar va uskunalar.

Magistratura darajasi uchun:
➡️ Agrosanoat majmuasida texnik xizmat ko‘rsatish;
➡️ Jahon iqtisodiyoti.

🎓 Grant dasturi stipendiya, ilmiy ishlar uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, yotoqxona bilan ta'minlashni o‘z ichiga oladi.

💳 Batafsil ma'lumot va zaruriy hujjatlar namunalarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin!

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

01 Dec, 08:00


Уч кун дам олинади

Қонунчиликка кўра, жорий йил 8 декабрь — Конституция куни якшанба — дам олиш кунига тўғри келиши муносабати билан ушбу дам олиш куни 2024 йил 9 декабрь — душанба кунига кўчирилади.

Шундай қилиб, ўзбекистонликлар шанба, якшанба ва душанба кунлари — уч кун дам олади.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

01 Dec, 07:54


⚡️"Breyn-ring" intellektual o'yini bo‘yicha UrDU "Rektor Kubogi" turniri guruh bahsi o‘yinlarining navbatdagi soni:

YouTubeda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=uKL8c3ZT0Dg

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

30 Nov, 19:02


“Қиш кириб келди” деган ёзувни биринчи шу ерда ўқиган бўлсангиз битта лайк сиздан)❄️

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

27 Nov, 11:02


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-400-son qarori

✈️"Madaniyat va san'at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida"

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

25 Nov, 10:22


⚡️"Breyn-ring" intellektual o'yini bo‘yicha UrDU "Rektor Kubogi" turniri guruh bahsi o‘yinlarining navbatdagi soni:

YouTubeda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=B0EHMNs3c9w

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

25 Nov, 10:19


❗️8-dekabr - Oʻzbekiston konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan necha kun dam beriladi?

Dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi. (MK 208-modda 2-q . Bu yil 8-dekabr yakshanba kuniga toʻgʻri kelayotgani munosabati bilan bayram uchun dam olish kuni dushanba kunga koʻchiriladi. Shu sababli:

👉 Haftada 5 kun ishlovchilar uchun 7-8-9-dekabr kunlari dam olish kuni.

👉  Haftada 6 kun ishlovchilar uchun 8-9-dekabr kunlari dam olish kuni hisoblanadi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

23 Nov, 14:45


"Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlaganlarga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi

Prezidentning tegishli (PQ-393-son, 15.11.2024) qaroriga ko‘ra, har bir tuman (shahar)da bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

“Jasorat maktablari”da:

matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi;

oʻqish uchun oʻquvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshiriladi;
robototexnika, kelajak oʻyinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkaziladi;

oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib boriladi.

❗️2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Taʼlim tashkilotlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda “Turon” maktab teatri tanlovi oʻtkazib boriladi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

23 Nov, 10:45


📢 Yoshlar uchun muhim XABAR ⚠️
🌟 Katta motivatsion taqdimot
🔆

🎯 Mavzu: "Har bir yosh bitta kasb professionali bo'lishi kerak"
🎤 Spiker: Yuldoshbek Yuldoshev – moliya va tadbirkorlik sohasi mutaxassisi
📍 Joy: Ogahiy nomidagi Xorazm musiqali drama teatri
🗓 Sana: 8-dekabr
Vaqt: 11:00

🚀 Nega bu tadbirda ishtirok etishingiz kerak?

💼 Kasb tanlash va professional rivojlanish bo'yicha real ko'rsatmalar
📚 Yangi bilim va tajribalar bilan boyish imkoniyati
🎯 O'z maqsadlaringizni aniq belgilash yo'llari
🎁 Sovg'alar ham ulashiladi

🌟 Kelajak sari qadam tashlang va yangi imkoniyatlarni kashf qiling! 🌟

📌 O'rinlar soni 400ta. Shoshiling!

Ro'yxatdan o'tish uchun:
https://yoshbuxgalter.uz/8dekabrkattataqdimot
https://yoshbuxgalter.uz/8dekabrkattataqdimot
https://yoshbuxgalter.uz/8dekabrkattataqdimot

👉 DO'STLARINGIZNI HAM TAKLIF QILING VA BIRGALIKDA RIVOJLANING!

@sakkizinchidekabr_kattataqdimot
@sakkizinchidekabr_kattataqdimot
@sakkizinchidekabr_kattataqdimot

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

23 Nov, 06:12


⚡️ Sport maktablarida ommaviy sport bo‘yicha yangi lavozim joriy etiladi

Prezident 21-noyabr kuni yoshlarni sportga keng jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taklifga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilanadi. Jalb qilingan yoshlar soni hamda erishilgan natijalarga qarab, sport maktablari xodimlariga ustama beriladi.

Shuningdek, infratuzilmadan kelib chiqib, muassasalar muayyan sport turlariga ixtisoslashtirib boriladi.

Tizim maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimini joriy etilib, ularga beshtagacha mahalla va ta’lim muassasalari biriktiriladi.

Mahallalarda to‘garaklar tashkil etgan trenerlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

21 Nov, 11:14


UzAuto Motors компанияси эртага 10:00да Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS ва GX-MIDNIGHT AT автомобиллари учун контрактация бошланишини маълум қилди.

Автомобилларни харид қилиш учун шартномани savdo.uzavtosanoat.uz сайти орқали олиш мумкин.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

19 Nov, 13:43


🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Baxrom Ismoilovich Abdullayev - Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

19 Nov, 13:41


#qutlov

⚡️Urganch davlat universiteti rektori, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdullayev Baxrom Ismoilovich “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Oliy Majlis Senati a‘zoligiga saylandi.


🎊Ustozni ushbu sharafli senatorlik maqomi bilan chin dildan tabriklagan holda, yurtimiz farovonligi hamda davlatimiz ilm-fani taraqqiyoti yoʻlida shijoat bilan faoliyat yuritishdan hech qachon tolmasligini, hamisha kuch-quvvat, matonat, muvaffaqiyat yor boʻlishini tilaymiz!

©️UrDU Matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

19 Nov, 13:35


❗️Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 20-dekabrdan boshlanadi

Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

▪️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
▪️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:

▪️ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
▪️ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
▪️ pasport nusxasi;
▪️yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar

Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to‘ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

19 Nov, 04:13


❗️O'qituvchi kech qolgan talabani darsga kirtimaslikka haqlimi?

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘qish dasturlarini ta’lim tashkilotlari joriy etishi belgilangan.

O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar, attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar va ularga ajratilgan soatlar hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.

Qonundan ko‘rinib turibdiki, ichki tartib-qoidalarni va dars vaqtlarini oliy ta’lim muassasalarining o‘zi belgilaydi. Demak darsga kiritish yoki kiritmaslik, davomat masalalari har bir oliy ta’lim muassasalarida ichki qoidalarga asosan amalga oshiriladi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

18 Nov, 11:58


Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari endi toifa olish uchun ham test, ham amaliy imtihon topshiradi

Endilikda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/954

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

18 Nov, 08:49


🇺🇿Rekord darajada kattalikdagi O‘zbekiston bayrog‘i Xorazmga olib kelindi

Bugun, 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan rekord darajada — 100 metr kattalikdagi bayrog‘imiz 14-noyabr kuni Xorazmga keldi.

Bayrog‘imiz bir necha kun davomida Xorazmning Urganch shahri, "Ichan qal'a"si, Buxoro Arki va Samarqanddagi Registon maydonida bir guruh harbiylar, yoshlar va boshqa vatandoshlarimiz qo‘llarida hilpirab, poytaxt tomon harakatlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

18 Nov, 08:48


#Oʻzbekiston_24 | #Maxsus_reportaj

Urganch davlat pedagogika instituti tomonidan “Globallashuv sharoitida pedagogika sohasidagi tadqiqotlar: muammo va yechimlar” mavzusida o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman "O'zbekiston 24" telekalining "Maxsus reportaj" dasturi orqali batafsil yoritildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

17 Nov, 13:13


⚡️ Keyingi yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

🏛 Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

✉️ Abituriyentlarga tarqating.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

17 Nov, 06:44


📆 Bugun 17-noyabr – "COVID-19" virusi ilk bor qayd etilgan kun

➡️ COVID-19 virusi 2019-yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida avj oldi. Ammo, u ilk marta noyabr oyining 17-sanasida qayd etilgan edi. Xubey hududida yashovchi 55 yoshli fuqaro koronavirusga chalingan birinchi odam hisoblanadi. U 17-noyabr kuni shifokorga murojaat qilgan, shundan keyin har kuni bemorlar soni koʻpayib boravergan. Dekabr oyining oʻrtalarida ularning soni 30 taga yaqinlashib qolgan, 20-dekabr kuni esa koronavirusga chalingan bemorlar soni 60 dan oshgan edi.

❗️2020-yilning 30-yanvar kuni JSST koronavirus epidemiyasi tufayli sogʻliqni saqlash sohasida favqulodda holat eʼlon qiladi. 2020-yilning 11-mart sanasida esa pandemiya rasman tan olinadi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

17 Nov, 05:47


🎓17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin!

📝Hurmatli talaba-yoshlar sizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, o‘qishlaringizda muvaffaqiyatlar, so‘nmas kuch-g‘ayrat, ilhom, yorqin xotiralar, omad va zafarlar tilab qolamiz!

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

16 Nov, 03:25


⚡️Xorazm | Ta'lim yangiliklari kanaliga a'zo bo‘ling: 👉 @OTM_XORAZM

❗️Do‘stlaringizga ulashing!

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

16 Nov, 03:13


⚡️O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan ketma-ket uch kun dam olishi kutilmoqda

Bu yilgi dam olish kunlari quyidagilar bo‘lishi kutilmoqda:
• 7-dekabr (shanba)
• 8-dekabr (yakshanba)
• 9-dekabr (dushanba)

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

16 Nov, 03:09


Vazirlik yangicha baholash tizimi haqida turli tomonlar fikrlari aks etgan videoni e'lon qildi

Xabaringiz bor, 2023-2024-o’quv yilidan boshlab 500 ta umumtaʼlim maktablarida yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgandi. 2024/2025-o'quv yilidan esa yangi baholash tizimi yana 1000 ta maktabda joriy qilingandi.

Ma'lumot uchun, xalqtaliminfo.uz ushbu mavzuga tez orada yana qaytadi va yangicha baholash tizimi bo‘yicha fikrlarni chuqurroq tahlil qilgan holda kengroq yoritishni rejalashtirmoqda.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

15 Nov, 12:29


🟢17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Ma’mun universitetida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🏛Universitetda bo‘lib o‘tgan tadbirda 17 noyabr – Xalqaro talabalar kunini bayram qilish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ma’mun universiteti tashabbusi bilan talabalarning “Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida talaba-yoshlarning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman ham o‘z ishini boshladi.

©Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

14 Nov, 17:19


O'qituvchilarni qanday yangiliklar kutmoqda?

Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha yangi qaror loyihasi tayyorlanmoqda. Unga ko'ra, C1 sertifikatiga ega bo'lgan boshqa o'qituvchilarga ham attestatsiyada 80 ball berilishi hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama joriy qilinishi ko'zda tutilmoqda.

Xo'sh, bu tizim qanday ishlaydi, bu yangilik qachon amaliyotga joriy etiladi?

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev gapirib berdi.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/nbjK-3_pk5I

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

05 Nov, 13:41


⚡️"Breyn-ring" intellektual o'yini bo‘yicha UrDU "Rektor Kubogi" turniriga start berildi.

YouTubeda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=7ejM_fd_Fho

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

05 Nov, 13:39


❗️Sirtqi taʼlim va super-kontraktdagilar uchun taʼlim krediti ajratilmoqda

Oʻzmilliybank oʻz mablagʻlari hisobidan kechki va sirtqi ta'lim shakli hamda superkontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun tijoriy ta'lim kreditini taklif qilmoqda.

Kredit shartlari:

👉 bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun
36 oygacha yillik 22%;
60 oygacha yillik 24%;
imtiyozli davr – 12 oy;

🧑‍🎓 Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun
muddati – 36 oygacha;
foiz stavkasi – 22%;
kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida.

☎️ Call-markazi raqami: 1344

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

05 Nov, 03:57


❗️Kecha Urganch davlat universiteti talabalari o‘rtasida "Xorazm TV" telekanali JONLI efirida namoyish etilgan "Breyn ring" intellektual o'yinini bo‘yicha "Rektor Kubogi" guruh bahsi takroran namoyish etilmoqda.

Agar "Xorazm TV" telekanalini ko'rish imkoniyati bo'lmasa, quyidagi havola orqali o‘yinni kuzatishingiz mumkin: https://t.me/XorazmTELEKANAL?livestream

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

04 Nov, 16:02


⚡️Yosh bolali xotin-qizlar OTMda onlayn tahsil olishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 – yildagi 344 – son qarorining 11 – bandiga ko‘ra talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

Bunda Oliy ta’lim muassasasida ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda talabaning o‘qishi arizasiga ko‘ra belgilangan muddatga onlayn ta’lim shakliga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 – yildagi 344 – son qarorining talaba surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarda qatnasha olmasa, o‘zi, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan OTM rektori nomiga akademik ta’til olish uchun ham ariza bilan murojaat etishi lozim.

Ushbu qarorga ko‘ra quyidagi hollarda talaba akademik ta’til olishi mumkin.

salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tug‘ish uchun;
va boshqa holatlarda.

Demak, yuqoridagi asoslar bo‘lganda va OTMda masofaviy ta’lim shakli bo‘lganda o‘qishni onlayn shaklga o‘zgartirilishi mumkin.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

04 Nov, 15:00


💎 Assalom Alaykum, XM Global Xorazmda Birinchi Trading Grand Seminarini O'tkazyapdi.

9-Noyabr Kuni XIvada Farovon Mehmonxonasida 16:00 dan 20:00 gacha bo'lib o'tadi:

- XM Global Vakillari bilan uchrashuv
- Esdalik Savg'olar
- Trading Uchun Bonuslar
- Trading Seminar/Training
- Coffee break
- Mutlaqo Bepu
l

Shoshiling joylar soni cheklangan. Tradingga qiziquvchi do'stlarga jo'natib qo'yamiz.

👉 Brokerda Ro'yxatdan O'tish Bo'yicha Qo'llanma

Instagram | Telegram | Brokerda account ochish va Deposit $ bonus olish

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

04 Nov, 13:08


#UrDU_Rektor_Kubogi

⚡️Bugun soat 18:30da "Xorazm TV" telekanali JONLI efirida "Breyn ring" intellektual o'yinini bo‘yicha "Rektor Kubogi" guruh bahsi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu bahsda quyidagi fakultetlar jamoalari kuch sinashadi:
1. Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi;
2. Texnika fakulteti jamoasi;
3. Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi;
4. Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi.

❗️Agar "Xorazm TV" telekanalini ko'rish imkoniyati bo'lmasa, quyidagi havola orqali o‘yinni JONLI EFIRda kuzatishingiz mumkin: https://t.me/XorazmTELEKANAL?livestream

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

04 Nov, 09:02


🌨🌧 Ayniq daqiqalarda Urganchda 🌨🌧🌧

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

03 Nov, 21:13


⚡️Sirtqi taʼlim va super-kontraktdagilar uchun taʼlim krediti ajratilmoqda!

Oʻzmilliybank oʻz mablagʻlari hisobidan kechki va sirtqi ta'lim shakli hamda superkontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun tijoriy ta'lim kreditini taklif qilmoqda.

Kredit shartlari:

👉 bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun
36 oygacha yillik 22%;
60 oygacha yillik 24%;
imtiyozli davr – 12 oy;

🧑‍🎓Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun
muddati – 36 oygacha;
foiz stavkasi – 22%;
kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida.

☎️ Call-markazi raqami: 1344

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

03 Nov, 16:04


📣 EʼLON!

Talaba-yoshlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 4-noyabr, dushanba kunidan boshlab UrDPIda dars mashg'ulotlari ertalab 8:30 dan boshlanadi.

Dars mashgʻulotlarining vaqtlari birinchi smena

1-para: 8:30-9:50
2-para: 10:00-11:20
3-para: 11:30-12:50


Dars mashgʻulotlarining vaqtlari ikkinchi smena

1-para: 13:00-14:20
2-para: 14:30-15:50
3-para: 16:00-17:20


©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

03 Nov, 14:32


✏️✏️✏️✏️✏️  ✏️✏️✏️✏️

📺 Ertaga, 4-noyabr, soat 18:20 da "Xorazm TV" telekanalida "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm Zakovat klubi va Xorazm teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tasvirga olinayotgan "Breyn ring" intellektual o'yinining navbatdagi soni bo'lib o'tadi.

🟥🟥🟥🟥 Ushbu sonda siz JONLI EFIRda Urganch davlat universiteti talabalari oʻrtasidagi "Rektor Kubogi"ning guruh bahsiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

⭐️Ushbu bahsda quyidagi jamoalar kuch sinashadi:
1️⃣ Xorijiy filologiya fakulteti jamoasi;
2️⃣ Texnika fakulteti jamoasi;
3️⃣ Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi;
4️⃣ Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi.


👤Bir-biridan qiziqarli savollar va bahslarga boy bo'lgan o'yinni o'tkazib yubormang!

🟡 Agar sizda "Xorazm TV" telekanalini ko'rish imkoniyati bo'lmasa, quyidagi havola orqali bemalol JONLI EFIRda kuzatishingiz mumkin:
https://t.me/XorazmTELEKANAL?livestream

😎  Agar o'yinlarni ko'rishga ulgurmagan bo'lsangiz, http://youtube.com/@azamatmatkarimov4847 youtube kanalidan barcha o'yinlar videosini tomosha qilishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lishni unutmang!

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🏆

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

03 Nov, 09:54


❗️Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar

1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (13,5%) ko'ra ajratiladi.

2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi.

3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.

4. Joriy yildan Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.

5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin.

7. “Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin.

9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi

10. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin boʻladi.

11. Imtiyozli ta'lim krediti haqida eng so'nggi ma'lumotlarni @OTM_XORAZM sahifasidan topishingiz mumkin.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

02 Nov, 17:48


⚡️Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi terminlar:

bakalavr va magistr – bu akademik daraja;

PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;

dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

▫️Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.

❗️Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

31 Oct, 05:03


⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabulga ruxsat berilgan. Kimga murojaat qilish kerak?

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

👉@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

31 Oct, 03:42


🔥🔥🔥 Urganch, kutib ol!

💸 Oqtepa Lavashdan 20 000 so’mdan yuqori foyadaga ega takliflar!

🌯 1. Vrap master set bor-yo’g’i 35 000 so’mga.
Unga Pepsi, kartoshka fri, yumshoq naggetslar, sous va xushxo’r nachinkali ishtahabop vrap kiradi.

🍗 2. Looonger set 30 000 so’mga. Pepsi, kartoshka fri, naggetslar, sous va qirsillama tovuq go’shtili xushxo’r longer kiradi.

🌭3. Qirsillama set bor-yo’g’i 25 000 so’mga!
Uning ichiga Pepsi, kartoshka fri, 2 ta qirsillama hot-dog kiradi.

🚀Yetkazib berish
☎️78 150 00 30

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

30 Oct, 17:20


#VIDEOLAVHA | #UrDPI

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida o'tgan qisqa davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi.

▶️ HD formatda tomosha qilish

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

30 Oct, 17:19


❗️Kredit-modul tizimida talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan-kursga o‘tkazish mexanizmlari qanday!?

 BILASIZMI? 🧑‍🎓Talabalar OTMlardan quyidagi hollarda chetlashtiriladi:

Bir o'quv semestrida 74 soatdan oshiq dars qoldirgan talabalar yuqoridagi Nizom asosida universitet rektori buyrug'i bilan o'qishdan chetlatiladi.

👉 o‘z xohishiga binoan;
👉 o‘qishning boshqa oliy ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
👉 o‘quv intizomini va OTMlar tomonidan o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalar hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
👉 shartnoma asosida o‘qiyotgan ta’lim oluvchilar shartnoma bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmaganligi uchun;
👉 sud tomonidan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanganligi sababli;
👉 sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
👉 vafot etganligi sababli.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi "393-son qarori" dan koʻchirma

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

29 Oct, 17:21


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim tashkilotlarining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshishi munosabati bilan oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari miqdori qayta tasdiqlandi.

👉@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

28 Oct, 18:32


❗️Magistraturani qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagidagi talabgorlar qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

28 Oct, 15:29


⚡️ Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

📌 Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

28 Oct, 12:52


Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

28 Oct, 11:13


Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr, dushanba kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.

II chorak darslari 11-noyabr, dushanba kunidan boshlanadi.


👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

28 Oct, 07:18


Сайловнинг дастлабки натижалари

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

26 Oct, 16:28


⚡️Talaba-qizlar diqqatiga!

Urganch davlat universitetining isteʼdodli, iqtidorli va har jabhada faol talaba-qizlari uchun universitetimiz tomonidan ta'sis etilgan olima Munavvara Salayeva nomidagi stipendiyaning navbatdagi tanlovi eʼlon qilinadi!

Munavvara Salayeva nomidagi stipendiyaning miqdori universitet talabalari uchun oliy ta’lim muassasalari talabalariga belgilangan bazaviy stipendiyaning bir yarim baravari miqdorida, akademik litsey o‘quvchilariga esa talabalarga belgilangan bazaviy stipendiya miqdorida belgilanadi.

🟢Hujjatlar UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi xonasi (asosiy bino, 221- xona)da soat 10.00 - 12.30 gacha qabul qilinadi.Shuningdek, qo'shimcha ma'lumot olish uchun UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Atajonova (+998999604505)ga murojaat etishlaringiz so'raladi.

©️UrDU Matbuot xizmati

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

26 Oct, 11:50


🔥🔥🔥 Urganch, kutib ol!

💸 Oqtepa Lavashdan 20 000 so’mdan yuqori foyadaga ega takliflar!

🌯 1. Vrap master set bor-yo’g’i 35 000 so’mga.
Unga Pepsi, kartoshka fri, yumshoq naggetslar, sous va xushxo’r nachinkali ishtahabop vrap kiradi.

🍗 2. Looonger set 30 000 so’mga. Pepsi, kartoshka fri, naggetslar, sous va qirsillama tovuq go’shtili xushxo’r longer kiradi.

🌭3. Qirsillama set bor-yo’g’i 25 000 so’mga!
Uning ichiga Pepsi, kartoshka fri, 2 ta qirsillama hot-dog kiradi.

🚀Yetkazib berish
☎️78 150 00 30

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

25 Oct, 16:05


❗️Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Maktabgacha ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
👉 Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi;
👉 Ixtisoslashtirilgan bolalar
maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachisi;
👉 Oilaviy tarbiyachi;
👉 Mehribonlik uyi tarbiyachisi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

25 Oct, 09:54


⚡️Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari toifasi tarbiya hamda informatika fanlariga ham tatbiq etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 03.10.2024-yildagi 03-14-2632-sonli Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuborgan xatida boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha berilgan malaka toifasi tarbiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlariga ham tatbiq etilishi maqsadga muvofiq ma'lum qilingan.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

25 Oct, 08:17


🤩 Noyabr oyiga qabul ochiq...

⁉️Nega Excel Pro kursini aynan Finlite Akademiyasida o'qishingiz kerak?

• Excel bo'yicha 12 yildan ortiq tajribaga ega Shahzod Sayfulla ustozimizni shahsan o'zlari dars beradilar;

📌 Pastdagi havolani bosib ro'yxatdan o'ting va kurs haqida to'liqroq ma'lumot oling!
Excel Pro kursi haqida ma'lumot!
https://yoshbuxgalter.uz/excelpro
https://yoshbuxgalter.uz/excelpro

Bizning kursimiz esa sizning shaxsiy ehtiyojlaringizga moslashgan va amaliyotga asoslangan ta'lim bilan kafolatlangan natijalarga olib keladi;

• Natijada excelda ancha tezkor bo'lasiz! N1 xodim;

Bizning kursimiz sizni boshlang'ich bosqichdan professional darajaga olib chiqadigan aniq o'quv dasturiga ega. Har bir dars bir-biriga bog'liq va sizning bilimlaringizni bir-biriga mos ravishda oshirishga yordam beradi;

👨‍🏫 Bizda siz har bir savolingizga javob olishingiz va murakkab joylarni tushunmaguningizcha o'qituvchidan maslahat olishingiz mumkin;

📌 Pastdagi havolani bosib ro'yxatdan o'ting va kurs haqida to'liqroq ma'lumot oling!
Excel Pro kursi haqida ma'lumot!
https://yoshbuxgalter.uz/excelpro
https://yoshbuxgalter.uz/excelpro

📝 Bizning kursimizda har bir dars amaliy mashqlar bilan boyitilgan va sizning bilimlaringiz real vaziyatlarda qanday qo'llanilishini o'rganasiz;

Biz tayyor va mukammal rejalashtirilgan kursni taqdim etamiz, natijalarga esa qisqa vaqt ichida erishasiz;

📅 Bugunoq ro'yxatdan o'ting va Excel bo'yicha yuqori darajadagi bilimlarga ega bo'ling!

📌 Pastdagi havolani bosib ro'yxatdan o'ting va kurs haqida to'liqroq ma'lumot oling!
Excel Pro kursi haqida ma'lumot!
https://yoshbuxgalter.uz/excelpro
https://yoshbuxgalter.uz/excelpro

‼️ Eslatib o'tamiz faqat 10 nafar o’quvchi qabul qilinadi. Shuning uchun shoshiling!

Savollaringiz bo'lsa shu yerga yozing:
@finlite_administrator_3

☎️ Tel: 78 113 93 33

Instagram | Telegram | YouTube

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

25 Oct, 04:10


❗️Boshlang’ich ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
➡️ boshlang’ich sinf o’qituvchisi;
➡️ o'qituvchi-tarbiyachi;
➡️ qo'shimcha ta'lim pedagogi;
➡️ uslubiy ish rahbari;
➡️ o'qituvchi-psixolog;
➡️ direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari;
➡️ direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;
➡️ mahallada yoshlar yetakchisi;
➡️ pedagog-targ'ibotchi;
➡️ maktabgacha va maktab ta'lim vazirligida metodist.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

24 Oct, 09:50


🔥🔥🔥 Urganch, kutib ol!

💸 Oqtepa Lavashdan 20 000 so’mdan yuqori foyadaga ega takliflar!

🌯 1. Vrap master set bor-yo’g’i 35 000 so’mga.
Unga Pepsi, kartoshka fri, yumshoq naggetslar, sous va xushxo’r nachinkali ishtahabop vrap kiradi.

🍗 2. Looonger set 30 000 so’mga. Pepsi, kartoshka fri, naggetslar, sous va qirsillama tovuq go’shtili xushxo’r longer kiradi.

🌭3. Qirsillama set bor-yo’g’i 25 000 so’mga!
Uning ichiga Pepsi, kartoshka fri, 2 ta qirsillama hot-dog kiradi.

🚀Yetkazib berish
☎️78 150 00 30

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

24 Oct, 05:39


#xalqaro_mukofot #ta’sis

Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi


Mukofot ikki yilda bir marotaba sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvorli loyihalarga beriladi.

G‘oliblar mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi e’tirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.

Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.


👉@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

23 Oct, 12:45


“Dekret”dan erta qaytgan pedagoglarning malaka toifasi muddatini uzaytirish imkoni yaratildi

"UzASBO-2" tizimiga o‘tilgach, "dekret" ta’tilidan erta qaytgan pedagog xodimlarning malaka toifasi sertifikatlarining muddati tugashi bilan bog‘liq qator muammolar yuzaga kela boshlagandi.

Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/912

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

23 Oct, 11:26


"Golden Study" O‘quv Markazida tayyorlanib 120 dan ortiq Ingliz tilidan B2 va C1 daraja Sertifikatlar olgan o‘quvchilarimiz safiga siz ham qo‘shiling.

❇️ 0 dan 3 oylik Ingliz tili Grammatikasi guruhiga qabul ochildi.

✳️ Darslarni Ingliz tili o'qitish bo'yicha 10 yillik tajribaga ega IELTS va CEFR imtihonidan C1 darajaga ega o'qituvchi Dilshod Niyozmatov o'tadi.

Kurslarga yozilish uchun
+998996005797  @N1GoldenStudy

Telegram | Instagram

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

22 Oct, 15:21


⚡️ O‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi

➡️ Milliy sertifikat olgan uchinchi kursdan yuqori talaba-o‘qituvchilarga ham boshqa o‘qituvchilarga to‘langani kabi sertifikat uchun ustama to‘lanadi. Talaba bo‘lgani uchun ularga alohida qoida qo‘llanilmaydi.

Demak, sertifikat abituriyentlardan tashqari ped yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalarga ham foyda berishi mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz, umumta'lim fanlaridan milliy sertifikatlar uchun o‘qituvchilarga 20 foiz, xalqaro sertifikatlar uchun esa 50 foiz ustama to‘lanadi.

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

22 Oct, 11:47


❗️Microsoft Word дастурларида фойдаланиш учун керак бўладиган 50 та қисқа клавиш:

1. Ctrl + C - Nusxalash (Ko‘chirish)
2. Ctrl + X - Kesish
3. Ctrl + V - Pastga joylashtirish
4. Ctrl + Z - Bekor qilish
5. Ctrl + S - Saqlash
6. Ctrl + O - Faylni ochish
7. Ctrl + N - Yangi hujjat yaratish
8. Ctrl + P - Chop etish oynasini ochish
9. Ctrl + A - Hujjatni barchasini tanlash
10. Ctrl + F - Izlash oynasini ochish
11. Ctrl + B - Matnni qalin qilib qo‘yish (bold)
12. Ctrl + I - Matnni italic qilib qo‘yish
13. Ctrl + U - Matnni pastki chiziq bilan yozish
14. Ctrl + L - Matnni chap tomondan surish
15. Ctrl + R - Matnni o‘ng tomondan surish
16. Ctrl + E - Matnni markazlash (center)
17. Ctrl + J - Matnni ikki tomondan surish (justify)
18. Ctrl + K - Hyperlink qo‘yish
19. Ctrl + Y - Keyingi harakatni bekor qilish
20. Ctrl + F4 - Hujjatni yopish
21. Ctrl + W - Hujjatni yopish (yangi Word versiyalarida ishlatiladi)
22. Ctrl + Shift + S - Saqlash oynasini ochish
23. Ctrl + Shift + Z - Qaytadan amalni bajarish (bir necha martalik)
24. Ctrl + Home - Hujjatning boshiga o‘tish
25. Ctrl + End - Hujjatning oxiriga o‘tish
26. Ctrl + Backspace - So‘zning boshidan o‘chirish
27. Ctrl + Delete - So‘zning oxiridan o‘chirish
28. Ctrl + Space - Format o‘chirish
29. F7 - Imlo tekshirish
30. F12 - Saqlash oynasini ochish
31. Ctrl + F12 - Faylni saqlash
32. Alt + F4 - Dasturni yopish
33. Ctrl + 1 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1-qat)
34. Ctrl + 2 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (2-qat)
35. Ctrl + 5 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1.5-qat)
36. Ctrl + [ - Aktiv qatordagi suzuvorlarni kichik qilish
37. Ctrl + ] - Aktiv qatordagi suzuvorlarni katta qilish
38. Ctrl + Shift + > - Matnni katta qilish
39. Ctrl + Shift + < - Matnni kichik qilish
40. Alt + Enter - Yangi qatordan boshlash
41. Ctrl + Shift + N - Yangi bo‘lim yaratish
42. Ctrl + F1 - Yordam oynasini ochish
43. Ctrl + W - Hujjatni yopish (versiya 2019 va keyingilar uchun)
44. Ctrl + F6 - Ochilgan hujjatlardan o‘tish
45. Alt + F8 - Makroni boshlash
46. F4 - O‘rtacha amalni takrorlash
47. Ctrl + Shift + F - Shaylarni tuzatish
48. Ctrl + Space - Formatni olib tashlash
49. Alt + Ctrl + S - Sahifani saqlash oynasini ochish
50. Ctrl + Shift + G - Elementni qutisiz majmualash

👉 @OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

22 Oct, 08:50


🔥🔥🔥 Urganch, kutib ol!

💸 Oqtepa Lavashdan 20 000 so’mdan yuqori foyadaga ega takliflar!

🌯 1. Vrap master set bor-yo’g’i 35 000 so’mga.
Unga Pepsi, kartoshka fri, yumshoq naggetslar, sous va xushxo’r nachinkali ishtahabop vrap kiradi.

🍗 2. Looonger set 30 000 so’mga. Pepsi, kartoshka fri, naggetslar, sous va qirsillama tovuq go’shtili xushxo’r longer kiradi.

🌭3. Qirsillama set bor-yo’g’i 25 000 so’mga!
Uning ichiga Pepsi, kartoshka fri, 2 ta qirsillama hot-dog kiradi.

🚀Yetkazib berish
☎️78 150 00 30

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

22 Oct, 05:27


Dunyo asli 3 kundir:

1. Kecha, biz uni yashab boʻldik, qaytib kelmaydi.
2. Bugun yashayapmiz, bizda faqat bori shu.
3. Ertaga bilmaymiz qanday boʻlishini.

Bizda faqat hozir va shu vaqt bor. Undan samarali foydalanib qolishimiz, mazmunli oʻtkazishimiz zarur.

Boshlagan kuningiz xayrli bo'lsin!

👉@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

21 Oct, 07:46


Президент фармони билан касбий таълим ташкилотларининг амалдаги турлари мақбуллаштирилиб, ягона техникумлар тармоғи ташкил этилади.

Касбий таълим тизимида ягона давлат сиёсатини юритиш бўйича масъул орган этиб Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги белгиланди.

👉@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

20 Oct, 11:21


So‘nggi 2 yilda 2 ta OTMga litsenziya berilgan, 7 tasining litsenziyasi bekor qilinganvazirlik

2023-yilda 6 ta, 2024-yilda 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli Sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.

Sud jarayonlarida 2023-yilda jami 6 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilindi. 2024-yilda esa 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan. 4 ta holatda tegishli Sudlar tomonidan vazirlik kiritgan davo arizalarni qanoatlantirmasdan qoldirgan.

@OTM_XORAZM

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

20 Oct, 10:03


🔥🔥🔥 Urganch, kutib ol!

💸 Oqtepa Lavashdan 20 000 so’mdan yuqori foyadaga ega takliflar!

🌯 1. Vrap master set bor-yo’g’i 35 000 so’mga.
Unga Pepsi, kartoshka fri, yumshoq naggetslar, sous va xushxo’r nachinkali ishtahabop vrap kiradi.

🍗 2. Looonger set 30 000 so’mga. Pepsi, kartoshka fri, naggetslar, sous va qirsillama tovuq go’shtili xushxo’r longer kiradi.

🌭3. Qirsillama set bor-yo’g’i 25 000 so’mga!
Uning ichiga Pepsi, kartoshka fri, 2 ta qirsillama hot-dog kiradi.

🚀Yetkazib berish
☎️78 150 00 30

Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

17 Oct, 15:19


⚡️ Keyingi yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

🏛 Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

✉️ Abituriyentlarga tarqating.

@OTM_XORAZM