Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati @ayol_baxti_uchun_ku Channel on Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

@ayol_baxti_uchun_ku


Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazining rasmiy kanali:

Biz ayollarni himoya qilamiz

Telefon: 1146

ayol_baxti_uchun_ku (Uzbek)

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashganlik Respublika markazi Axborot xizmatining eng so'nggi yangiliklari bilan aloqada bo'ling! Kanalimizda ayollarga zarar kiritadigan muammolar, ularni himoya qilish va ularning huquqlarini himoya qilish bo'yicha eng foydali maslahatlar va ko'rsatmalar mavjud. Bizning maqsadimiz - ayollarga yordam qilish va ularni himoya qilishda eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etish.

Respublika markazi Axborot xizmatining rasmiy kanalida siz ayollarni himoya qilish va ularning yaxshilash masalalariga oid eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Bizning kanal orqali siz bilim olgan holda ma'muriy va ma'rifiy yordam olishingiz va ayollarga qanday qilib yordam etishingizni o'rganishingiz mumkin.

Bizning telefon raqamimiz: 1146. Agar sizning savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, bizga murojaat qilishingizdan mamnun bo'lamiz! Ayollarni muhofaza qilishda bizning kanalimiz sizga ko'mak beradi!

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Feb, 16:44


Ҳомиладорлиги сабабли ходимни ишдан бўшатишга тақиқ жорий этилди

Меҳнат кодексига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Унга кўра, ҳомиладорлиги ёки фарзанди борлиги сабабли ходимни ишдан бўшатишга тақиқ жорий этилмоқда.

👉 https://kun.uz/kr/94227838

Kun.uz расмий канали

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Feb, 10:47


🌿Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Farg‘ona  viloyati hududiy markazida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanib reabilitatsiya dasturini o‘tayotgan xotin-qizlarga  psixologik  xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

🍀Xotin-qizlardagi psixologik muammolarni bartaraf  etish  maqsadida hamda  ayollarni ruhiy holatini barqarorlashtirish va stressga bardoshliligini oshirish uchun nafas olish  hamda “To‘lqin” texnikalaridan foydalangan holda psixologik trening o‘tkazildi.

☘️Shuningdek trening davomida stressga qarshi kurashish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun shaxsiy resurslardan foydalanish bo‘yicha psixologik taʼlim berildi.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Feb, 10:33


⚜️Markaz psixologi faoliyatidan

💠Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markaz psixologi Nargiza Shermetova markazning vaqtincha boshpanasiga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan psixologik mashg‘ulotlar, konsultatsiyalar o‘tkazib boradi. Bugungi mashg‘ulotda bolajonlar bilan art-terapiya mashg‘uloti o‘tkazildi.

💠Mashg‘ulot davomida "Men borishni xohlagan joy" mavzusida rasm chizdirildi. Bundan asosiy maqsad ularning ruhiy ahvolini yaxshilashdan iborat bo‘ldi

💠Xorazm viloyati hududiy markaz psixologi Nargiza Shermetova markazning vaqtincha boshpanasiga joylashtirilgan xotin-qizlar bilan "Tayoqcha va soyabon" metodikasi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

💠Bundan psixolog ularni diqqatini jamlashga yordam berib, pozitiv kayfiyat paydo qilish va ruhiy ahvolini yaxshilashdan iborat bo‘ldi. Psixolog N.Shermetova o‘z faoliyatida yangi uslublarda ishlashga intiladi

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Feb, 08:36


👩🏻‍🦽🏃🏻‍♀️Harakat - bu hayot demakdir ️!

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Feb, 08:30


🔰Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Buxoro viloyati hududiy markaz direktori va yuriskonsulti bilan  Qorako‘l tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limidagi Birlamchi ko‘mak xonasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida birlamchi ko‘mak xonasiga qo‘yilgan minimal talablari asosida biriktirilgan masʼul xodim bilan birga talablarga javob berishi o‘rganildi, qo‘yilgan xato kamchiliklar bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek shoshilinch qabul bo‘limlaridagi birlamchi ko‘mak xonalarida ko‘rsatilgan tibbiy yordamlar bo‘yicha mazkur bo‘lim shifokorining xulosasi va himoya orderi asosida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq ariza talab etmagan holda hududiy markazlarga joylashtirilishi taʼkidlab o‘tildi.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Feb, 06:12


🔹 O‘zbekona milliy liboslarimiz o‘z jozibasi, ko‘rki va betakror jilosi bilan ko‘zlarni qamashtiradi, nigohlarni maftun etadi.

🔹 Qadimiy va qadrli, navqiron va muhtasham!

🔹 Jozibangga jahon maftun, xalqimning o‘zi qadar boqiy liboslari!

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Feb, 06:09


Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari milliy liboslar targ‘ibotida faol ishtirok etishga chorlab qolishadi…

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

13 Feb, 08:49


🎭Sirdaryo viloyati hududiy markazining vaqtincha boshpanasiga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan va joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning farzandlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda dunyoqarashini oshirish maqsadida markazning ijtimoiy xodimi Sirdaryo viloyati drama teatrida sahnalashtirilgan “Insonlikka nomzod” nomli spektakl namoyishiga olib borildi.

🎭Namoyish davomida ayollar madaniy xordiq olish bilan birga hayotda oilaning roli, o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri shakllantirish, shukronalik hisi ahamiyatlari muhim ekkanligi to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘ldilar.

🎭Namoyishdan so‘ng ayollar Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

04 Feb, 18:38


🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika Komissiyasining navbatdagi majlisida ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, bandligiga ko‘maklashish borasidagi ishlar hamda 2025 yildagi ustuvor vazifalarni muhokama qildik.

O‘tgan davr mobaynida har bir xonadon, mahalla o‘rganilib, ayollarimiz uchun o‘quv kurslari tashkil etildi hamda biznes loyihalari ishlab chiqildi, hududlar va tarmoqlar kesimida aniq rejalar ijroga qaratildi.

Biroq masala bir martalik tashabbus emas, balki tizimli yondashuvni taqozo etadi. Ayniqsa, ayollarga nafaqat an’anaviy kasblarni o‘rgatish, balki ularga daromad keltiradigan zamonaviy hunarlarni egallashiga ko‘maklashish ham muhimdir.

Ustuvor islohotlarimizdan biri – "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishda ayollarning iqtisodiy-ijtimoiy holatini yanada yaxshilashning ahamiyati katta.

Shu bois bu borada davlat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari, banklar va jamoat tashkilotlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo’yish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

@tanzilanarbaeva

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

04 Feb, 18:08


Kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan xususiy tadbirkorlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

Unga ko'ra, 2025-yil 1-martdan boshlab, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kunduzgi parvarish xizmati faoliyatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga:

Bolalar uchun davlat subsidiyalari

3-7 yoshli bolalar uchun – har bir kunlik tashrifga bazaviy hisoblash miqdorining 25%;
7-18 yoshli bolalar uchun – har bir kunlik tashrifga bazaviy hisoblash miqdorining 27% subsidiya ajratiladi. 
↗️Bunda, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston va viloyatlar markazlarida subsidiya miqdori 1,1 baravar ko‘paytiriladi. 
👫 Kambag‘al oilalar bolalari uchun subsidiya yana 30% oshiriladi. 

💵 Transport xarajatlari uchun kompensatsiya

Agar bola kunduzgi parvarish markazidan 3 km uzoqda yashasa va xususiy sherik transport tashkil qilsa,  har bir qatnash kuniga qarab, bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 75% gacha kompensatsiya to‘lanadi. 

🤝 Tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar

2027-yil 1-iyulga qadar kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

😲 Bunda, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida ishtirok etayotgan banklarga imtiyozli kredit ajratish uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt past stavkada 30 milliard so‘mgacha miqdorda resurs ajratiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

04 Feb, 18:08


Ushbu yo‘nalishda  ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni tashkil etish jarayonlarini raqamlashtiriladi

😯 2025-yil 1-martgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimi doirasida “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli va uning mobil ilovasi yaratiladi. 
Ushbu tizim: 

  Davomatni biometrik identifikatsiya orqali yuritadi; 
  Subsidiyalarni avtomatik hisoblab chiqadi. 

↗️ 2025-yil 1-sentyabrga qadar “Bolalar salomatligi” axborot tizimi joriy etiladi. 
Ushbu tizim esa: 

Bolalarning rivojlanishidagi muammolarni erta aniqlaydi;
Tibbiy, reabilitatsiya, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni birlashtiradi. 

👫 Qolaversa, qarorda belgilangan muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi  hamda Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda “Imkon” ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 

❗️ Shuningdek, 2025-yil 1-iyulga qadar Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib quyidagi imtiyozlar beriladi:

Kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030-yilgacha barcha soliqlardan (ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi. 
Ota-onalar tomonidan kunduzgi parvarish xizmatiga to‘langan oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ soliq solinmaydigan daromad sifatida tan olinadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

04 Feb, 18:08


#qaror_sharh
#kunduzgi_parvarishlash

🧠 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini ta’minlash, ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi omillarni bartaraf etish va oila a’zolariga mehnat qilishiga sharoit yaratish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalarning oila qaramog‘ida qolishini ta’minlash va ijtimoiy yetimlikning oldini olish maqsadida yangi tizim ishga tushiriladi.

🖋 Bu to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

1️⃣ Yangi tizimga muvofiq, 2025-yil 1-martdan boshlab, tajriba-sinov tariqasida, bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida,

😲 2025-yil 1-oktyabrga qadar respublikaning qolgan hududlarida 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

☺️ Bunda, nogironligi bo‘lgan bolalar kunduzgi parvarish xizmatiga ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari o‘rtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilangan tartibda berilgan xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

04 Feb, 18:08


Qonunga muvofiq ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalarining bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish borasidagi vakolatlari quyidagicha belgilangan:

Xabardor qilish – ta’lim muassasalari bolalarning hayoti, sog‘lig‘i yoki rivojlanishiga tahdid soluvchi har qanday holatlar, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi faktlari haqida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari va tashkilotlarini o‘z vaqtida xabardor qiladi.

Aniqlash va hisobga olish – og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan, ta’lim muassasalariga bormayotgan yoki darslarni muntazam qoldirayotgan, ta’lim jarayonida himoyaga va qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezayotgan bolalarni aniqlash va ro‘yxatga olish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash – zo‘ravonlikka uchragan yoki zo‘ravonlik sodir etilish xavfi ostida bo‘lgan bolalarga psixologik, pedagogik va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatiladi, ularga ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda yordam beriladi.

Ota-onalar va mutaxassislar bilan ishlash – nafaqat jabrlangan bolalarga, balki ularning ota-onalariga va bolalar huquqlarini himoya qilishga jalb qilingan mutaxassislarga ham psixologik va pedagogik yordam ko‘rsatiladi.

Zo'ravonlikni oldini olish va nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish – ta’lim muassasalari bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va ulardan himoya qilish bo‘yicha nizom va ichki tartib-qoidalarni ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish hamda ularning ijrosini nazorat qilish bilan shug‘ullanadilar.

O’qituvchilarni maxsus kurslarda o‘qitish – ta’lim muassasalari xodimlari bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va ularga tezkor munosabat bildirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslaridan o‘tadilar hamda bolalarni himoya qilish yo‘nalishida malakalarini oshiradilar.

Asosiy maqsad – bolalar uchun xavfsiz ta’lim muhitini yaratish, ularni har qanday zo‘ravonlikdan himoya qilish va mehr-oqibat, qo‘llab-quvvatlash va hurmat muhitida tarbiyalashdir.
______________

В соответствии с принятым
Законом определены полномочия органов государственного управления в сфере образования и образовательных учреждений в области защиты детей от всех форм насилия:

Информирование – образовательные учреждения должны своевременно сообщать государственным органам и организациям, занимающимся защитой детей от насилия, о выявленных угрозах жизни, здоровью или развитию ребенка, а также о фактах нарушения его прав, свобод и законных интересов.

Выявление и учет – принимаются меры по обнаружению и регистрации детей, оказавшихся в трудной жизненной ситуации, не посещающих образовательные учреждения или систематически пропускающих занятия, а также тех, кто нуждается в защите и поддержке в процессе обучения.

Поддержка пострадавших детей – детям, пережившим насилие или находящимся в зоне риска, оказывается психологическая, педагогическая и социальная поддержка, направленная на адаптацию и полноценное усвоение образовательных программ.

Работа с родителями и специалистами – обеспечивается психологическая и педагогическая помощь не только детям, но и их родителям, а также специалистам, участвующим в межведомственном взаимодействии по защите прав ребенка.

Разработка и контроль превентивных мер: образовательные учреждения создадут внутренние правила и механизмы для предотвращения насилия и защиты детей, а также будут следить за их соблюдением.

Обучение педагогов – сотрудники образовательных учреждений проходят специализированное обучение по выявлению случаев насилия и своевременному реагированию, а также повышают квалификацию в вопросах защиты детей.

Главная цель – создать безопасную образовательную среду, в которой дети будут защищены от любых форм насилия и смогут развиваться в атмосфере заботы, поддержки и уважения.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

04 Feb, 13:12


#mahalla_yangiliklari

Ayollar va bolalar davlat himoyasida.

🗓 30.01.2025

@mahalla_yangiliklari_tv

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

04 Feb, 12:28


🔰Ayollarni reabilitatsiya qilish Respublika markazi va UNICEF bolalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda loyiha doirasida 2025 yil 28-30 yanvar kunlari hududiy markazlarining rahbarlari va yuriskonsultlari uchun seminarl tashkil etildi.

🔰Treningda turli xil zo‘ravonlik turlariga duchor bo‘lgan psixoemotsional jarohatlanish holatidagi benefitsiar bilan ishlashda yagona yondashuvni tizimlashtirish, idoralararo ushbu holatlar va ularning oqibatlari ustida ish olib borishni maqsad qilib olingan edi.

🔰Treningda ishtirokchilar xotin-qizlar va bolalarni reabilitatsiya qilish xizmatlarini tashkil etish; boshqarishga oid bilimlarini oshish; axloqiy meʼyorlar tushunchasini mustahkamsh; jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirishdi; mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmalariga ega bo‘ldi.

🔰Seminar yakunida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, UNICEF masʼul vakillari seminar ishtirokchilarga sertifikatlarni topshirdi.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish Respublika markazi, matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

03 Feb, 16:44


Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik: muammo va huquqiy asoslar

👫 Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik – bu ularning sog‘lig‘i, jismoniy va aqliy rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazadigan har qanday harakatdir.

🖋 UNICEF va Statistika agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, oxirgi ikki yilda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 69% tarbiyaviy jarayonda zo‘ravonlikka duch kelgan, ulardan 29% jismoniy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan.

🎖 Global miqyosda: 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan har uch boladan ikkitasi shafqatsiz tarbiya usullaridan aziyat chekadi, har to‘rtinchi bola esa maktabda bulling (kamsitish va zulm o‘tkazish) qurboniga aylanadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi" Qonuni bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning quyidagi 6 ta shaklini belgilaydi hamda ularni sodir etishni taqiqlaydi.

Jismoniy zo‘ravonlik – urish, tan jarohati yetkazish, bolani jismoniy azobga duchor qilish.
Ruhiy zo‘ravonlik – haqoratlash, tahqirlash, tahdid qilish, bolani kamsitish.
Jinsiy zo‘ravonlik – bolalarning jinsiy daxlsizligiga tajovuz qilish, barcha shahvoniy xatti-harakatlar kiradi.
Ekspluatatsiya – bolalarni majburan ishlatish, odam savdosi, mehnatga yoki nikohga majburlash.
G‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik – bolani e’tiborsiz qoldirish, uning asosiy ehtiyojlarini qondirmaslik.
Bulling (ta’qib etish) – bolalarni maktab yoki jamiyatda kamsitish, ruhiy bosim o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlarda tahqirlash.

Zo‘ravonlik qurbonlari yoki unga duch kelish xavfi bo‘lsa, darhol quyidagilarga murojaat qilishlari lozim:

Huquqni muhofaza qilish organlar raqami "102" ga;
Ishonch telefoni "1146"ga;
"Inson" ijtimoiy hizmatlar markazlariga.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

29 Jan, 13:26


📊Seminar-trening jarayonida Xosiyat Radjapova Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼul xodimi ishtirokchilarga "Aholini ijtimoiy himoya qilish. ijtimoiy xizmatlar. tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun reabilitatsiya xizmatlari" O‘zbekiston Milliy Standarti haqida tushunchalar berib o‘tdi.

🤝Shuningdek seminarda Ayollarni reabilitatsiya qilish Respublika markazining doimiy ijtimoiy hamkori “Dialog” NNT direktori m.Bekmirzayev hududiy markazlarga joylashtirilgan jabrlangan xotin-qizlarni kasbga yo‘naltirish borasida hamkorlikda olib boriladigan ishlar bilan o‘rtoqlashdi. m.Bekmirzayev seminar ishtirokchilari bilan davra suhbatini o‘tkazib, 2025 yilda kasbga yo‘naltirish, ish bilan taʼminlash masalalarni muhokama qilib oldi.

Bizni kuzatishni davom eting...


✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

29 Jan, 13:13


🔰Seminar davom etmoqda

💠Trener M.Maxmudova tomonidan 4 mini sessiyalar o‘tkazilib, Keys menejment, Oila tizim sifatida. Reabilitatsiya markazlari faoliyatida oilaviy omillarni ahamiyati, Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirishda superviziyaning roli kabi katta mavzular qamrab olindi.

💠Ishtirokchilar keys menejment bosqichlari, ijtimoiy xizmatlarning sohalararo va bo‘linmalararo amaliyoti, oilani tizim sifatida tushunish, oila dinamikasi, oilaning xususiyatlari, oila aʼzolarining o‘zaro harakatlari o‘ziga xosliklari, oilaga tizim sifatida xizmat ko‘rsatish, keyslar bilan ishlash, bo‘linmalararo yondashuvni inobatga olgan holda xizmat ko‘rsatish, keyslar bilan ishlash, bo‘linmalararo yondashuvni inobatga olgan holda xizmat ko‘rsatish, superviziyaning vazifalari, reabilitatsiya markazlarida superviziyani tashkil etish kabi masalalarga eʼtiborni qaratdi.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

28 Jan, 17:41


Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ёрдамларнинг манзиллилигини ошириш, ногиронлиги бўлганларни парваришлашнинг янги тизимига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по повышению адресности социальной помощи и внедрению новой системы ухода за лицами с инвалидностью.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #parvarish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

28 Jan, 17:40


Ахborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi
#28jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

28 Jan, 17:40


Ахборот 24 | Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией, посвященной повышению адресности социальной помощи и внедрению новой системы ухода за лицами с инвалидностью
#28jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

28 Jan, 08:05


Kitob o‘qishga muhabbat ajoyib sarguzashtlar va yangi bilimlar dunyosiga eshiklarni ochadi, nutq va lug‘at boyligini oshirish kabi asosiy til ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Kitob o’qish farzandingiz bilan muloqot qilib, birgalikda vaqt o’tkazish uchun alohida lahzalarni yaratishga imkon beradi.

Kuniga atigi 10-15 daqiqa kitob o‘qish kichkintoyingizning qiziqishini uyg‘otishi mumkin. Bolaning adabiyotga mehr qo‘yishiga qanday yordam berish haqida ko‘proq ushbu maqolada bilib oling:

👉 https://uni.cf/42rDiI0

****

Любовь к чтению открывает двери в удивительный мир приключений, новых знаний и способствует развитию ключевых языковых навыков, таких как речь и пополнение словарного запаса. Проведение времени за книгами также помогает создать особенные моменты для общения с вашим ребенком и наслаждения обществом друг друга.

Всего 10-15 минут в день, проведенные за книгой, могут разжечь интерес вашего малыша. Делимся советами о том, как помочь ребенку полюбить литературу:

👉 https://uni.cf/3CoWCuW

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

28 Jan, 07:23


"Zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabatdan jabr ko‘rgan bolalar va xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish borasida hududiy markazlar mutaxassislarining faoliyatini yana-da kuchaytirish dasturi" loyihasi doirasida treningni malakali trener boshladi.

Treningda turli xil zo‘ravonlik turlariga duchor bo‘lgan psixoemotsional jarohatlanish holatidagi benefitsiar bilan ishlashda yagona yondashuvni tizimlashtirish, idoralararo ushbu holatlar va ularning oqibatlari ustida ish olib borishni maqsad qilib olgan.

Treningni Maxmudova Munira UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan jalb etilgan milliy trener olib bormoqda.

Trener tomonidan ishtirokchilarga ijtimoiy menejment tushunchasi, ijtimoiy menejment kategoriyalari, ijtimoiy menejment vazifalari, ijtimoiy xizmatda rahbarning roli va funksiyalari kabi tushunchalar va mavzular o‘tildi

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

28 Jan, 06:56


🔰Rahbarlar va yuriskonsultlar uchun trening start oldi

❇️Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish Respublika markazi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabatdan jabr ko‘rgan bolalar va xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish borasida hududiy markazlar mutaxassislarining faoliyatini yana-da kuchaytirish dasturi” loyihasi doirasida 28-30 yanvar kunlari hududiy markazlarning direktorlari va yuriskonsultlari uchun trening o‘z ishini boshladi.

❇️Treningni Respublika markazi direktori М.Rasulova hamda YUNISEFning Bolalar huquqlarini himoya qilish” dasturi rahbari Antonia Luedeke ochib berdilar.

✍🏼Ayollarning reabilitatsiya qilish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

27 Jan, 12:34


https://uza.uz/uz/posts/onalar-maskani-xizmati-yolga-qoyiladi_681971

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

27 Jan, 12:32


https://telegram.me/poytaxt_uz/36509

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

27 Jan, 07:41


⚡️Паралимпия чемпиони Асила Мирзаёрова турмушга чиқди

Франция пойтахти Париж шаҳрида ўтказилган Паралимпия ўйинларида терма жамоамизнинг илк олтин медалларни қўлга киритган Асила Мирзаёрова турмушга чиқди.

Асила Мирзаёровани табриклаш учун Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги директори ўринбосари Мухторхон Махсудович Ташходжаев Қашқадарёга ташриф буюрди.

@nasafnewsuz расмий саҳифаси

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

26 Jan, 09:16


🎤 Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayol yana o‘sha xonadonda qoldirilmaydi
🔹 Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarga qaramay, afsuski, jamiyatda oilaviy-maishiy zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlanayotganlar ham bor. Zo‘ravonlikka uchragan ayollarga himoya orderi beriladi, ammo ayol yana zo‘ravonning uyida qolishga majbur bo‘lardi.

🌎 Batafsil: https://uza.uz/posts/681206

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

22 Jan, 08:00


#statistika
#himoya
#ayollar

“1146” Ishonch raqami operatorlarining 2024-yilda ko‘rsatgan xizmatlari bo‘yicha sarhisob

2024-yilda “1146” Ishonch raqami operatorlari tomonidan Respublika bo‘ylab tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan
19 088 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatildi.

Jumladan:
• 3 055 nafar shaxsga yuridik maslahat berildi,
• 480 nafar shaxs psixologik xizmatlardan foydalandi,
• 5 160 nafar shaxsga esa boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha maslahatlar taqdim etildi.

Eng ko‘p murojaatlar noyabr va dekabr oylarida, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” targ‘ibot tadbirlari davomida kelib tushdi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar psixologik yoki yuridik maslahat olish uchun “1146” Ishonch raqamiga, tumaningizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki ijtimoiy xodimga murojaat qilishingiz mumkin. Sizning murojaatingiz maxfiyligi to‘liq ta’minlanadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

22 Jan, 02:47


#Siz_himoyadasiz_
#Psixolog_xizmati

Yetti yil davomida 5 marotaba o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan Oqila hayotga boshqacha ko'z bilan qarashni o'rgandi

😮 Buxorolik Oqila nomiga mos ravishda aqlli bo'lib kamolga yetdi. Xususiy korxonada ishlab yurgan vaqtida qaynonasi yoqtirib kelin qildi. Boshida hammasi yaxshi bo'lsa-da, keyinchalik qaynona va qaynsingil aralashuvi sabab oilaga darz keta boshladi.

↗️ 7 yillik oilaviy hayoti davomida oila a'zolari, turmush o'rtog'idan doimiy ravishda kaltak yeyish, ketma-ket uch farzandning onasi bo'lib, qaynona va qaynsingil tomonidan berilayotgan ruhiy zarbalar, umr yo'ldoshining himoya qilmasligi Oqilani hayotdan bezdirdi.

😯 O'tgan yillar mobaynida 4-5 marta o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan Oqila faqatgina qizlari sabab o'zini to'xtata oldi. Biroq, eng dahshatlisi farzandlari ko'z oldida o'zini mashina ostiga tashlaganidan so'ng, qahramonimiz hayotini o'zgartirish maqsadida ijtimoiy xodimga murojaat qildi.

👥 "Inson" markazi psixologi ko'magi bilan, o'tkazilgan meditatsiya mashg'ulotlari, interaktiv usullarni qo'llash orqali bugungi kunda Oqila o'zini hayotini iziga solyapti. Oilasidagi voqealarga aralashmasdan, shunchaki o'z baxti va bolalari kamoli uchun ham hayotga boshqacha qarashni o'rganyapti.

🎬 Qahramonimiz kechinmalari bilan batafsil video-lavhada tanishing.

📝telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

21 Jan, 18:39


21.01.2025/09.00

#Andijon

"ZORAVONLIKKA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ"

Muxbir: Akmal MO'YDINOV🎤

BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING👇
https://t.me/bukun_murojaat

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Jan, 04:20


#Statistika
#Himoya

2024 yil davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumot

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida vaqtinchalik boshpanalarga jami 2711 nafar zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxs joylashtirilgan. Ulardan:
• 1257 nafari ayollar,
• 1454 nafari ularning voyaga yetmagan farzandlari.

Markazlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar va amalga oshirilgan ishlar:
• Psixologik yordam – 1434 nafar shaxsga xizmat ko‘rsatilgan;
• Bandlikni ta’minlashda ko‘maklashish – 76 nafar;
• Kasb-hunarga yo‘naltirilganlar – 185 nafar;
• Yuridik xizmatlar ko‘rsatilganlar – 1198 kishi;
• Sud va boshqa idoralarda vakillik bilan qatnashish – 39 holat;
• Jarrohlik yo‘li bilan davolanganlar – 30 nafar;
• Ijtimoiy uy-joy bilan ta’minlanganlar – 27 nafar;
• Vaqtinchalik maktablarga joylashtirilgan voyaga yetmagan bolalar – 139 nafar;
• Maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirilgan bolalar – 95 nafar.

Mazkur raqamlar ijtimoiy himoya tizimining aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qayta ijtimoiylashtirish va moslashtirish yo‘nalishida olib borayotgan samarali faoliyatini namoyon etmoqda.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

18 Jan, 16:24


IJTIMOIY KARTA NIMA? 💳

Sulaymonov Farruh Saidovich - Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas'ul xodimi, ijtimoiy kartaning funksiyalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Videoni tomosha qiling va ko‘proq ma’lumotga ega bo'ling!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

18 Jan, 16:24


ЧТО ТАКОЕ СОЦИАЛЬНАЯ КАРТА? 💳

Беков Баходир Сафаралиевич — начальник управления по совершенствованию системы социальной поддержки населения Национального агентства социальной защиты, подробно рассказал о функциях социальной карты.

Посмотрите видео и узнайте больше информации!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Jan, 20:23


Munosabat
#13dec #uzbekiston

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Jan, 09:11


Studiya 24 | Ijtimoiy himoya: amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar
#6jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Jan, 09:11


Axborot 24 | Ijtimoiy himoya tizimidagi o‘zgarishlar
#6jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Jan, 09:11


Maxsus reportaj | Ijtimoiy himoya tizimi takomillashmoqda
#9jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Jan, 09:11


Maxsus reportaj | Ijtimoiy himoya: sarhisob va rejalar
#9jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Jan, 09:11


Axborot 24 | Ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar samaradorligi
#10jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Jan, 09:11


Axborot 24 | Ijtimoiy himoya: bandlikni ta'minlash choralari
#11jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Jan, 09:11


Maxsus reportaj | Aholini ijtimoiy himoya qilishga doir qonunlar ijrosi nazorat qilinmoqda
#11jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Jan, 09:11


Axborot 24 | Ijtimoiy himoya: bandlikni ta’minlash choralari
#12jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Jan, 09:11


Maxsus reportaj | Aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari
#15jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

16 Jan, 18:16


XALQ REYTINGI: BU BIZNING JAMOA G‘ALABASI!

Agentligimiz Xalq reytingida 98% ovoz bilan birinchi o‘rinni egallaganini faxr bilan e’lon qilamiz!

Ammo bu mukofot har bir xodimimizning fidokorona mehnatisiz va professionalligisiz amalga oshmagan bo‘lardi. Har bir muvaffaqiyatimiz ortida ularning g‘ayrati va ishga bo‘lgan sadoqati turibdi.

💬 Jamoamizga katta rahmat! Sizning g‘oyalaringiz, energiyangiz va mehnatingiz bu yutuqning ajralmas qismidir.

Va albatta, rahbarlarimizga, bizga bo‘lgan ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun cheksiz minnatdorchilik bildiramiz!

Birgalikda biz olg‘a qadam tashlashda davom etamiz!

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

16 Jan, 13:22


❗️1-июльдан 17 турдаги ҳужжатларнинг электрон шакли расман тан олинади

Булар қаторида паспорт ва ID-карта, ҳайдовчилик, пенсия ҳамда талабалик гувоҳномалари, шунингдек, ишончнома ва диплом кабилар бор.

Банклар, нотариал идоралар, ички авиа ҳамда темир йўл қатновларида уларнинг қоғоз нусхалари талаб этилмайди.

@Militsiya_Uzb👈🏽

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

16 Jan, 11:42


🔰Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazida bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida tahsil olayotgan kursant qizlari uchun “Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni huquqlarini himoya qilish” o‘quv dasturi bo‘yicha tanishuv darsi bo‘lib o‘tdi.

🔰O‘tkazilgan darsda Respublika markazi direktori: xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha hukumat tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar; Markazi faoliyatini takomillashtirish va tartibga solish borasida qabul qilingan huquqiy hujjatlar; Markazidagi vaqtincha boshpanada joylashtirilgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan xizmatlar; tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish idoralararo muvofiqlashtirish tizimi bilan tanishtirdi.

🔰Tashrif buyurgan kursant qizlar markaz faoliyati va markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

26 Dec, 09:55


2024-yil davomida "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan fuqarolarga ko'rsatilgan ijtimoiy xizmat va yordamlar va ushbu yo‘nalishdagi yil #sarhisobini taqdim etamiz.

☺️ 208 ta tuman (shahar)lardagi “Inson” markazlari tomonidan jami 1,622 mingta ariza qabul qilingan. Ulardan:

957 mingta (59 %) arizaga xizmat ko‘rsatilgan;
483,8 mingta (29,8 %) ariza rad etilgan;
181,5 mingta (11,2 %) ariza jarayonda.

🏃 Quyidagi xizmatlarga talab yuqori bo‘lgan:

👫 Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga ariza berish (jami arizalarning 31 foizi 503,2 mingta ariza);

🎅Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi sanatoriylarga yo‘llanmalar ajratish (16,2 foizi yoki 262 mingta ariza);

💵 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish (5,7 foizi yoki 92,4 mingta ariza).

🖋 Shu bilan birgalikda, 2024-yilning yanvar oyida fuqarolardan 14 turdagi xizmat va yordamlar uchun ariza olingan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich oylar davomida oshib, yil yakuniga kelib, 103 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar uchun arizalar qabul qilingan.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

25 Dec, 15:38


🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi
____
Состоялось очередное заседание Национальной комиссии по вопросам противодействия торговле людьми и достойного труда

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

25 Dec, 14:05


“Prezident sovg‘asi” Surxondaryo viloyatiga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va e’tiborning yorqin ifodasi bo‘lgan “Prezident archasi” bayram tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan.

Tadbirlarni mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tegishli vazirliklar va hokimliklar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, shu kunlarda Respublika bo‘ylab Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, 15 yoshgacha chin yetim(ota onasi vafot etganlar) shuningdek, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 turdagi o‘quv qurollar va 15 xil shirinlikdan iborat bo‘lgan 630 dona Prezident sovg‘alari Surxondaryo viloyatiga ham yetib bordi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

25 Dec, 14:04


O‘zbekistonda ijtimoiy himoya bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar #Sarhisobi

🧠 So‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasi tizimini takomillashtirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan:

☺️ 2024-yilda Respublikadagi 208 tuman va shaharlarda "Inson" markazlari va mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tadbirlar doirasida 12 toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatish tizimi yaratildi.

🎅 Yolg‘iz yoki yakka yolg‘iz shaxslarni qo‘llab-quvvatlash uchun reyestr shakllantirilib, unga 2 429 nafar shaxs kiritildi. Ularga pullik ijtimoiy xizmatlar tashkil etildi. Shuningdek, 10 169 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza orqali nogironlik guruhlari aniqlandi.

🦽Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilib, ular uchun 30 turdagi protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari taqdim etiladi.

👂 Elektron savdo maydonchalari orqali 85 mingdan ortiq shaxslarga vaucherlar tarqatilib, ularning aksariyati buyurtma qilingan vositalarni olish imkoniga ega bo‘ldi.

👫 2021-yildan buyon hozirgi kunga qadar Yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 490 nafar bola davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlandi.

💵 Ijtimoiy nafaqalarni taqsimlash tizimi raqamlashtirilib, 1,7 milliondan ortiq oilalarga onlayn rejimda nafaqa tayinlash imkoniyati yaratildi. Kam ta’minlangan oilalar uchun avtomatik hisoblash tizimi yo‘lga qo‘yildi, bu nafaqa ajratish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirdi.

🎬 Batafsil videoda…

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

25 Dec, 13:06


🧠Namangan viloyati hududiy markazi tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga psixologik mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

‼️Markazning vaqtincha boshpanasiga joylashtirilgan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga trening doirasida meditatsiya mashg‘uloti o‘tkazildi, maqsad mijozni stress, depressiya, tashvish holatlarini sezilarli darajada kamaytirish, o‘zini anglash va farovonlikni oshirish

Qum terapiya mashg‘uloti o‘tkazildi, maqsad ichki stressni yengillashtirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, o‘zini chuqur anglash, aqliy yaxlitlikni tiklash.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

25 Dec, 13:00


Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazi vaqtincha boshpanasiga joylashtirilgan ayollarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ozodalikka va mehnat qilishga o‘rgatish maqsadida tozalik aksiyasini muntazam ravishda o‘tkazib kelmoqda.

Ayollar markaz hududini tozalik ishlariga o‘z hissalarini doimiy ravishda qo‘shib kelishmoqda

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

25 Dec, 12:56


🎬Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga ishonch bag‘ishlayotgan markaz

🔰Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati hududiy markazida yil boshidan buyon 113 nafar ayolga jami 556 xizmatlar ko‘rsatilgan.

Shundan:

🟢302 psixologik xizmat;

🟢156 yuridik xizmat;

🟢89 tibbiy xizmat;

🟢9 boshqa yordamlar tashkil etadi.


✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

25 Dec, 12:48


🔰Buxoro viloyati hududiy markazi psixologi tomonidan Buxoro viloyat Soliq Texnikumi talabalari hamda ishchi xodimlari bilan “Zo‘ravonliksiz farovon hayot" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-175-sonli Qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Seminar ishtirokchilaridan sovuqqon bo‘lmaslik, atrofimizdagi bo‘lib o‘tayotgan hodisalarga eʼtiborli bo‘lib, tazyiq va zo‘ravonlikka birgalikda kurashishga ham talab, ham iltimos sifatida so‘raldi. Seminar-trening so‘ngida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, tazyiq va zo‘ravonlikdan aziyat chekkang texnikum ishchi xotin-qizlari bilan individual suhbat o‘tkazildi.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

21 Nov, 09:08


«Каждая женщина, пережившая насилие — чья-то мама, сестра или дочь». Выставка NeUyat проходит в Ташкенте

До 14 декабря продлена выставка NeUyat в Ташкенте. Её сильная сторона — в том, что видимыми в экспозиции становятся не только виды насилия в отношении женщин, но и люди, которые его не приемлют, пишет Виктория Абдурахимова. Фото.

https://www.gazeta.uz/ru/2024/11/21/neuyat/

Telegram | Instagram | YouTube

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

21 Nov, 05:11


‼️⚖️ Гулистонда хотинини аёвсиз калтаклаб, сочини калга олиб ташлаган зўравон эркакка нисбатан суд ҳукми ўқилди (2,6 йилга қамалди) 🚨👇🏽

@Militsiya_Uzb👈🏽

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Nov, 09:13


⚡️Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Nov, 09:13


Президент ижтимоий соҳада муҳим ўзгаришлар рўй берганини таъкидлади

Батафсил: https://uza.uz/posts/659071

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Nov, 09:13


Kelgusi yilda bir million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish asosiy vazifa etib belgilanmoqda

Batafsil: https://uza.uz/posts/659092

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Nov, 09:13


Bugun Butunjahon bolalar kuni

Ushbu kun, bolalar huquqlari, ularning xavfsizligi va farovonligi uchun mas'uliyatni eslatadi. Har bir bola ta'lim olish, sog'likni saqlash, hurmat va g'amxo'rlik muhitida o'sish huquqiga ega. Bizning burchimiz – bolalarimizni zo'ravonlikdan himoya qilish, ularning orzu-istaklarini qo'llab-quvvatlash va ularni teng imkoniyatlar bilan ta'minlashdir.

Bugungi kunda bolalarimiz – bizning kelajagimizning tayanchi. Keling, har bir bolaga mehr-oqibat, g'amxo'rlik va hurmat ko'rsatib, ularning huquqlarini himoya qilish yo'lida birgalikda harakat qilaylik.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Nov, 09:10


⚡️Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Kanalga ulanish: https://t.me/IPCUzbekistan

📱pressklub.uz|📱Instagram| 📱YouTube| 📱 Facebook

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Nov, 09:02


Minbar 14.11.2024

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Nov, 09:02


https://www.gazeta.uz/uz/2024/11/19/save-children/

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Nov, 09:02


2024-yilning 6 oyida 1100dan ortiq bola zo‘ravonlikning turli ko‘rinishi...
https://youtube.com/watch?v=jHo5CqAOJYI&si=ly0f0huIbL4adeFC

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Nov, 09:02


ZO‘RAVONLIK QURBONLARI FAQAT AYOLLARMI? I Renessans minbari 158-son
https://youtube.com/watch?v=sa7pB4irxUM&si=VLJaHjIiu9I3no2p

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Nov, 09:02


“Маҳалла” телеканали “Минбар” кўрсатувининг навбатдаги сони “ГЕНДЕР ЗЎРАВОНЛИККА ҚАРШИ КУРАШ УЧУН 16 КУНЛИК ФАОЛЛИК: ҲАР БИРИМИЗ ЗЎРВОНЛИКСИЗ ҲАЁТГА ҚАНДАЙ ҲИССА ҚЎША ОЛАМИЗ?” мавзусида тайёрланади

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Nov, 15:16


Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис Сенати ялпи мажлисидаги нутқидан энг муҳим иқтибослар

Facebook|Instagram|X

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Nov, 15:16


Келгуси йилда ижтимоий хизмат ва ёрдам кўлами янада кенгайтирилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Nov, 15:16


Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис Сенати ялпи мажлисидаги нутқидан энг муҳим иқтибослар

Facebook|Instagram|X

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

17 Nov, 16:40


𝐙𝐎’𝐑𝐀𝐕𝐎𝐍𝐋𝐈𝐊𝐊𝐀 𝐐𝐀𝐑𝐒𝐇𝐈 𝐂𝐇𝐎𝐑𝐀

BOLALAR AYRIM TOIFADAGI OTA-ONALARDAN OLIB QO'YILISHI MUMKIN

🚀 Yanada ko‘proq yangiliklar bilan tanishib boring:
👉 @markaziytv 👈

📲 Hoziroq obuna bo'ling va do'stlaringizga ham ulashing.


📱 Telegram | 📱 Instagram

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

16 Nov, 10:25


Manzilli o‘rganishlar – ijtimoiy taraqqiyotning muhim asosi

🧠Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoya tizimi faoliyatini o‘rganish va takomillashtirish maqsadida qator uchrashuv va tahlillar o‘tkazdi.

👮‍♂️ Ishchi guruh dastlab, Surxondaryo viloyati tbbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi foliyatidagi nogironligi bor shaxslarni zamonaviy reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hamda tizimda bo‘layotgan o‘zgarishlar, duch kelinayotgan muammolar haqida soha mutaxassislari bilan fikr almashildi.

🫰 Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda reabilitatsiya markazining ishlash jarayonlari bilan tanishildi. Ayollarni qo‘llab-quvvatlash tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

↗️ Termiz shahrida qurilayotgan hududiy boshqarma binosiga tashrif davomida uning nogironligi bo‘lgan shaxslar harakatlanishi uchun moslashtirilganligi o‘rganildi. Ishlar sifatini yaxshilash va talablarni to‘liq bajarish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

🔮 Shundan so‘ng, ishchi guruh Angor tumanidagi oilaviy mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. Samimiy ruhda o‘tkazilgan suhbatda bolalarning manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, ularning oilaviy uylarda tarbiyalanishi ahamiyati, salohiyatini yuzaga chiqarish borasidagi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

🇺🇿 Hududlarda o‘tkazilayotgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda. O‘rganish natijalari asosida ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va aholining farovonligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 08:26


🔰Samarqand viloyati hududiy markazning vaqtincha boshpanasiga joylashtirilgan ayollarning bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazish maqsadida, viloyati Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda qo‘l mehnati uchun kerakli bo‘lgan jihozlar va mahsulotlar olib berildi.

🔰Ayollar bo‘sh vaqtlarida ko‘l mehnati bilan mashg‘ul bo‘lib, shu bilan birga iqtisodiy jihatdan ham o‘zlarini taʼminlashga harakat qilishmoqda.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 08:21


Navoiy viloyati hududiy markazi tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga ijtimoiy yordamlar berilib kelinmoqda.

Markazning ijtimoiy xodimi markazning vaqtincha boshpanasiga joylashtirilgan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni Navoiy shahardagi MONOmarkaziga olib borildi. Monomarkazdagi qanday kasblarga o‘qitilishi, o‘quvlar muddatlari bo‘yicha borgan xotin-qizlar tanishdi.

MONOmarkazni o‘zida 2 nafari kashtachilik, 2 nafari esa sartaroshlik, 1 nafari bolalar massajiga qiziqish bildirib, o‘qish uchun ro‘yxatga olindi.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 08:11


🌿Agar siz tushkunlik holatingizni o‘z kuchingiz bilan yengishga qaror qilgan bo‘lsangiz, bu sog‘ayishning yaxshi belgisidir. Demak, siz noxush vaziyatni adekvat baholay olasiz va uni bartaraf etish choralarini ko‘rishga tayyorsiz. Klinik psixologlar depressiyani yengish bo‘yicha quyidagi maslahatlarni berishadi:

Uyquga to‘yish: uyqu - ajoyib dori va tananing o‘zini tartibga solish usulidir. Haddan tashqari charchatmang o‘zingizni. Bunda o‘z-o‘zingizni dori-darmonlar yoki spirtli ichimliklar bilan davolashga harakat qilmang. Bu holingizni yomonlashtirishi mumkin.

Sport. Har qanday jismoniy mashq tanangizga boshqa faoliyat turiga o‘tishda yordam beradi, bu esa stress va taranglikni yengishga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Agar imkoniyatingiz bo‘lsa, faoliyat turini o‘zgartiring yoki hech bo‘lmaganda o‘zingizga vaqt ajratib, biror qiziqarli mashg‘ulot toping.

Yolg‘iz qolib ketmang. Muammolaringizni do‘st yoki yaqinlaringizga aytib, dilingizdagi og‘riqni ularga to‘kib soling. Agar atrofingizda bunday odamlar bo‘lmasa, eng yaxshisi psixologga murojaat qilishdir.

Vaqtincha bo‘lsada, vaziyatni o‘zgartirishga harakat qiling: sayohat qilish, uydan tashqarida dam olish, hatto uyni taʼmirlash - diqqatingizni chalg‘itadigan har qanday narsa to‘g‘ri keladi.

To‘g‘ri ovqatlanishga eʼtibor bering! Oddiy shokolad va bananlar tarkibida ruhiy holatga ijobiy taʼsir ko‘rsatadigan endorfinlar mavjud. Shuningdek, tiamin moddasiga boy yong‘oqlar, pista, ayrim nonlar (parxezli), grechka va suli bo‘tqasi ham foydali. To‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha yeb yubormaslik va umuman ovqatdan voz kechmaslik uchun ovqatlanish tartibingizga rioya qiling.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 06:15


🚲 Velosipedda sayr qilishning afzalliklari:

🚲 Velosipedda do‘stlar va yaqinlar bilan sayr qilish depressiyaga chalinishdan himoya qiladi. Buning uchun haftasiga 3-5 marta o‘rtacha 45 daqiqadan haydash mumkin;

🚲 Velosiped haydash umrni uzaytiradi va hujayralar qarishini sekinlashtiradi. Buning uchun haftasiga o‘rtacha 1 soat velosiped haydash kifoya;

🚲 Haftada 3 marta 45 daqiqadan velosiped uchish bosh og‘rig‘idan xalos etadi va migren kasalligi rivojlanish xavfini kamaytiradi.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 05:46


‼️Patologik affekt– shaxs o‘z qilmishining xususiyatini anglay olmaydi va ularni boshqara olmaydi, yaʼni shaxsning o‘z qilmishiga javob bera olmaydigan holati.

Bu holat jinoiy javobgarlikni istisno etadi.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi yuriskonsulti

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 05:43


Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.

☝️Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi yuriskonsulti

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 05:40


‼️Yarashuv instituti nima va uni qo‘llashning afzalligi

🔹 Yarashuv instituti - bu jabrlanuvchining yarashuv to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra, shaxsning aybdorligi masalasini hal etmay turib jinoyat ishini tugatish.

Yarashuv institutini qo‘llash afzalliklari:
a) jabrlanuvchilarning buzilgan huquqlarini to‘la va samarali tiklash;
b) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortmagan holda qayta tarbiyalash;
v) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni samarali va tezkor hal etish.
g) jinoyat sodir etgan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgani bois sudlanmagan hisoblanishi.

‼️Yarashuv instituti barcha jinoyat turlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

‼️Faqat yarashtirilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 66-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs:

agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa,

jabrlanuvchi bilan yarashsa va

yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi yuriskonsulti

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 05:34


‼️Bizga yordam beradigan ranglar!

🌿Rang terapiyasi usuli stress, yomon kayfiyat, uyqusizlik va hatto bosh og‘rig‘iga ijobiy taʼsir qilishi mumkin.

Turli xil ranglar bizga har xil taʼsir etadi, baʼzilari tinchlantiradi va pozitiv kayfiyatni uyg‘otadi, boshqalari aksincha, his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va ularni kuchaytiradi!

🔥 Olov rang - bu rang hayot maqsadlarini jonlantiradi, depressiyadan chiqaradi, aqliy faoliyatini rivojlantiradi!

🍀 Yashil - bu rang salbiy his-tuyg‘ularni yo‘qotadi, ijobiy tomonga moslashadi!

💦 Moviy - tinchlantiruvchi taʼsirga ega, qon bosimini pasaytiradi!

🌹 Qizil - qon aylanishini yaxshilaydi va adrenalinni oshiradi. Optimizm ortib boradi!

🌸 Pushti - rohatlanish hisi, xotirjamlik, bu rangi rang terapiyasi usuli sifatida ishlatib, bosimni bartaraf etish imkonini beradi!

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 05:29


Fikrlab ko‘rish uchun

🍀Halollik

Ko‘chamizga qatiq sotuvchi keldi. Kolyaskada chaqaloq, yonida 5-6 yoshlardagi qizchasi. Bankalar kolyaska tagiga joylashtirilgan. Bir banka qatiq besh ming so‘m ekan. Shu payt onasi ham, qizcha ham qo‘shnilarning darvozasini taqillatgani ketishdi. Men sekin bildirmay kolyaska cho‘ntagiga o‘n ming soldim. Yana bir banka qatiq olib, qizchani qo‘liga besh ming berdim. Ertasiga ular yana kelishdi. Mabodo siz adashib pul bermadingizmi, hisob kitobimizdan o‘n ming so‘m ortiqcha chiqyapti, deyishdi.

Titrab ketdim.

Dunyoni go‘zallik emas, halollik qutqarsa kerak...

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 05:24


⚜️Qashqadaryo viloyati hududiy markaziga birlamchi ko‘mak xonasidan tuman “Inson” markazi orqali turmush o‘rtog‘i tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchragan Lola (ismi o‘zgartirilgan) farzandi bilan joylashtirildi.

🔶Lola bilan markaz mutaxassislari reabilitatsiya dasturi birgalikda tuzildi. Lekin Lola o‘zidan ko‘ra ko‘proq farzandiga yordam kerakligini taʼkidlar, oilasidagi notinchlik, iqtisodiy yetishmovchilik sabab farzandini davolata olmaganligini yig‘lab aytib berardi.

🔶Bolada urologik kasallik aniqlandi, reabilitatsiya dasturi doirasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga markazning talabnomasi kiritildi.

🔶Tuman tibbiyot birlashmasidan yo‘llanma olinib, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga davolanish uchun yotqizildi. Lolaga farzandi imtiyozli tarzda davolanishi, jarrohlik yo‘li bilan urologik operatsiya o‘tkazilishiga ko‘maklashildi.

🔶Hozirda Lola bilan ishlar davom etmoqda

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

14 Nov, 05:19


Assalomu alaykum

Xayrli kun!


🌿Mehrning rangi yo‘q, hidi yo‘q, hatto o‘zi ham ko‘rinmas...
Ammo hammaga yoqadi:
Choy kabi
Yomg‘ir kabi
Siz kabi
Odamlarga nimani yuborsangiz, o‘zingizga qaytadi...
Mehr yubordim guldan...
Choy yubordim mehrdan...
Dengizni yubordim!

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

13 Nov, 07:29


#Тезкор
⚡️Энди Шаръий никоҳ ўқиган имомлар 50 млн сўмгача жарима тўлашлари мумкин.

Никоҳ ёшига етмаган шахсларни никоҳлаш ёки қонуний никоҳ бўлмай туриб шаръий никоҳ ўқиган домлалар БҲМнинг 15 бараваридан 30 бараваригача жарима тўлаши мумкин.

БОШҚАЛАРНИ ХАМ ОГОҲЛАНТИРИБ ҚЎЙИНГ.

@Militsiya_Uzb👈🏽

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

08 Nov, 15:43


Долгожданный закон «О защите детей от всех форм насилия» подписан президентом. Он расширяет понятие насилия, включая в него отсутствие заботы и буллинг. В интервью «Газете.uz» эксперты Агентства соцзащиты и ЮНИСЕФ рассказали, что изменит закон, и как поменять убеждения людей, что насилие не норма.

https://www.gazeta.uz/ru/2024/11/08/interview/

Telegram | Instagram | YouTube

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

07 Nov, 13:01


📹 Sahar guruhining “Ayol” qo‘shig‘i

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

07 Nov, 12:53


‼️Fikrlab ko‘rish uchun

📹 Oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish va ularga ko‘mak berish barchamizning burchimizdir

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

07 Nov, 11:49


⚜️Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazi Xorazm viloyati IIB XPB hamkorlikda ochiq muloqot tashkil etdi.

⚜️Markazning vaqtincha boshpanasiga joylashtirilgan ayollar bilan Xorazm viloyati IIB XPB boshlig‘i o‘rinbosari kapitan Z.Ahmedova ayollarning huquq va majburiyatlari, davlatimiz tomonidan qabul qilingan Qonunlar, hukumatimiz tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ochiq muloqot o‘tkazdi.

⚜️Suhbat davomida har bir ayolning muammosi atroflicha o‘rganilib yechim topish choralari ko‘rildi. Ayollar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Ularning muammolar yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

07 Nov, 11:41


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi 175-son qarori asosida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslar uchun shifoxonalarda tunu-kun ishlaydigan “Birlamchi ko‘mak xonalari”ni tashkil etish, u yerda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari va Jarqo‘rg‘on tuman mahallalar ijtimoiy xodimlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Surxondaryo viloyat hududiy markazi bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati reabilitatsiya markazida o‘tkazilib, suhbatdan so‘ng ishtirokchilar markazdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

06 Nov, 14:14


#statistika
#ayollar

2024-yilning 9 oy davomida "1146 Ishonch telefoni"ga 1832 nafar zo'ravonlikdan jabrlangan fuqarolar murojaat qilgan


👥 Zo‘ravonlik turlari bo‘yicha murojaatlar:

- 936 ta jismoniy zo‘ravonlik;
- 731 ta ruhiy zo‘ravonlik;
- 96 ta jinsiy zo‘ravonlik;
- 60 ta iqtisodiy zo‘ravonlik.

🖋 Murojaatlarning barchasiga tegishli organlar bilan hamkorlikda tezkor huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilib, jabrlanganlarga zarur ko‘mak berilgan.

⚖️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi jabrlanuvchilarga nafaqat yordam ko‘rsatib, balki ularning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikni oldini olish va bu muammoning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

05 Nov, 15:58


Болаларни оила камбағаллиги туфайли Меҳрибонлик ва Болалар уйига жойлаштириш амалиёти бекор қилинади

Президент Шавкат Мирзиёев 5 ноябр куни ижтимоий ҳимояга муҳтож болаларни тарбиялаш, ногиронлиги бўлган шахсларни спортга жалб этишга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

👉 https://kun.uz/kr/86620831

Kun.uz расмий канали

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

05 Nov, 15:56


https://t.me/uza_uz/104043

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

05 Nov, 15:56


https://t.me/OPER_UZ/88643

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

05 Nov, 15:54


https://uz24.uz/uz/articles/pasport-11-5

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

05 Nov, 15:54


https://uz24.uz/ru/articles/pasport-11-5

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

05 Nov, 13:48


Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ҳимояга муҳтож болаларни тарбиялаш, ногиронлиги бўлган шахсларни спортга жалб этишга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по поддержке детей, нуждающихся в социальной защите, а также вовлечению людей с инвалидностью в спорт.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #bolalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

05 Nov, 07:54


https://telegram.me/jamoatchilikNazoratibu/3444

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

05 Nov, 04:06


Бугун АҚШ ҳам Ўзбекистоннинг Жаҳон савдо ташкилотига аъзолигини расман қўллаб-қувватлаган давлатлар қаторига қўшилди. Аъзолик жараёни борасида президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева иштирокидаги гуруҳ фаолият юритмоқда. Бугун – Мирзиёеванинг таваллуд куни ҳамдир. Таҳририят мамлакатимизда сўз эркинлиги ҳимоячиларидан бири бўлган Саида Мирзиёевани қутлаб, масъулиятли лавозимдаги фаолиятида янги зафарлар тилаб қолади.

Kun.uz расмий канали

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

01 Nov, 05:33


Rostini ayting
Ayollar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi O‘zbekistonda qanday ishlaydi: “Inson” ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarining roli
Qo’mita mas’ul xodimi Aziza Mahmudova ishtirokida

🌐Veb sayt |🌐Facebook |
🌐Instagram |🌐Youtube

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

31 Oct, 17:49


⚡️Сайловнинг дастлабки натижаси эълон қилинди

Telegram |Instagram | You Tube | Facebook | X

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

31 Oct, 17:49


📝 O'zbekiston tarixida ilk bor Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizi xotin-qizlarni tashkil etdi.

Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning gender tarkibi haqida bizning infografikamizda bilib oling.

📱 Saylov2024

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

31 Oct, 17:46


#againstviolence
#statistika

❗️ Bilarmidingiz? ....

Soʼnggi yillarda bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zoʼravonliklar soni oshib bormoqda...


💵 Bolalarga nisbatan jismoniy, psixologik va jinsiy zo‘ravonlikning oqibatlari tufayli kelib chiqadigan global iqtisodiy ta’sirlar va xarajatlar $7 trilliongacha bo‘lishi mumkin. Bu ulkan mablag‘ning ko‘p qismi zo‘ravonlikning oldini olishga sarflanishi mumkin bo‘lgan sarmoyadir.

🫰 Butun dunyo bo‘ylab, taxminan 15 million 15-19 yoshli o‘smir qizlar o‘z hayoti davomida majburiy jinsiy aloqa yoki boshqa majburiy jinsiy harakatlarni boshdan kechirgan. Zo‘ravonlikka duch kelgan o‘smir qizlarning faqat 1 foizi mutaxassislardan yordam so‘ragan.

⚠️ Butun dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning har to‘rtinchisi — 177 million oilada turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikka duch kelgan ona bilan yashaydi.

😯 Zo‘ravon jazo turlari orasida taxminan 60 foiz bola psixologik agressiyaga duch kelgan bo‘lsa, 29 foizi jismoniy jazoni boshdan kechirgan va 4.2 foizi og‘ir jismoniy jazoni ko‘rgan.

👫64 foiz o‘g‘il bolalar jismoniy jazoga duch kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qiz bolalar orasida 60 foizni tashkil qiladi.

❗️ Qishloq joylarida bolalar shaharlarga qaraganda ko‘proq zo‘ravon jazoga duch keladi, qishloqlarda bu ko‘rsatkich 65 foizni, shaharlarda esa taxminan 59 foizni tashkil qiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

28 Oct, 14:50


#Тезкор

‼️ИИВ ОГОҲЛАНТИРАДИ

Болага нисбатан оилавий (маиший) зўравонлик учун жавобгарлик белгиланди.

@Militsiya_Uzb👈🏽

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

28 Oct, 10:10


Бу йилги сайловда аёл номдозлар сони рекорд даражада кўп бўлмоқда

Жорий йил 27 октябрь куни Олий Мажлис Қонунчилик палатаси сайловларида жами номзодларнинг 44,7 фоизини аёллар ташкил этади. Шунингдек, маҳаллий Кенгашлар сайловларидаги аёл номзодлар улуши 42,5 фоизга тенг.

Бундай кўрсаткич ҳозиргача кузатилмаган эди. Умуман олганда бу галги сайловларда аёл номзодларнинг сони олдингидек 30 фоиз эмас, камида 40 фоизни ташкил этиши кераклиги белгилаб қўйилди ҳамда ушбу ҳолат халқаро кузатувчилар томонидан ижобий баҳоланди.

Номзодлар рўйхатига эътибор берсак, уларнинг орасида вазир ва ҳокимлар, уларнинг ўринбосарлари, университет ректорлари ва бошқа ташкилотларда раҳбарлик қилаётган аёлларни учратиш мумкин.

#sаylоv24
👉@yuristkadr

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

28 Oct, 09:21


09:00  28.10.2024

HAR BIR AYOL JAMIYAT VA DAVLAT HIMOYASIDA

#Surxondaryo

muxbir: Sobit Qaynarov

https://t.me/zamon_lavhalar

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

27 Oct, 15:47


🎬Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Namangan viloyati hududiy bo‘limidagi tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning saylov jarayonida faol ishtirok etishlari uchun “Inson” markazi tomonidan ko‘maklashildi.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

27 Oct, 15:37


🇸🇱Bugun O‘zbekiston tashkil topganiga 100 yil bo‘ldi

🔰1924 yil 27 oktyabrda SSSRda milliy-hududiy demarkatsiya deb ataluvchi qarorga asosan O‘zbekiston tashkil topgan.

🔰O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda SSSR tarkibidan chiqib, mustaqil O‘zbekiston deb eʼlon qilingan.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

27 Oct, 15:16


🔰Sirdaryo hududiy markazining vaqtincha boshpanasida joylashtirilgan 4 nafar ayollar, saylovda ishtirok etdi va o‘zlari tanlagan nomzodlarga 21 va 65-saylov uchastkalari orqali ovoz berishdi.

🔰Navoiy viloyati hududiy markazi boshpanasida  joylashtirilgan 8 nafar xotin-qizlar bugungi saylov jarayonidan chetda qolmadi. Ular nomzodlarga Navoiy shahar 30-saylov uchastkasi, Karmana tuman 57-saylov uchastkasi, Konimex tuman 4-saylov uchastkasi va Xatirchi tuman 42-saylov uchastkalaridan ovoz berishlari uchun hududiy markaz avtomashinasida saylov uchastkalariga olib borildi.

🔰Qashqadaryo viloyat hududiy markazidagi 3 nafar ayol saylov jarayonida nomzodlarga Qarshi  shahar 35- sonli ko‘chma saylov uchastkasida o‘z ovozlarini berishga muvaffaq bo‘ldi.

‼️Hududiy markazlarda jami 73nafar saylovchi qatnashdi.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

27 Oct, 14:58


🔰Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy markazining vaqtincha boshpanasida joylashtirilgan 4 nafar ayollar saylovda ishtirok etib, 12-saylov uchastkasi orqali ovoz berdi.

🔰Buxoro viloyati hududiy markazining vaqtincha boshpanasida joylashtirilgan 3 nafar ayollar saylovda ishtirok etib, 74-saylov uchastkasi orqali ovoz berdi.

🔰Andijon viloyat hududiy markaziga joylashtirilgan 3 nafar ayollar saylovda ishtirok etib, saylov uchastkasi orqali ovoz berdi.

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

27 Oct, 11:32


🔰 Jizzax viloyat hududiy markazining vaqtincha boshpanasiga joylashtirilgan 5 nafar ayollar o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalangan holda Jizzax shahar 15-son saylov uchastkasidan masʼul vakillar olib kelingan saylov qutilariga markazdagi saylovchilar o‘z byulletenlari orqali ovoz berishdi.

🔰Farg‘ona viloyat hududiy markazida boshpanasiga joylashtirilgan 2 nafar ayol 187-saylov uchastkasidan kelgan vakillar ishtirokida o‘zlari tanlagan munosib nomzodlar uchun ovoz berdilar.

‼️Hozirgi vaqtgacha 48 nafar saylovchi o‘z ovozini berdi

✍🏼Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

27 Oct, 11:21


🌿🌿Kun hikmati

Nabiralarga o‘qib bering...
Bir hakim zot nabirasiga:

- Bugun senga hayot haqiqatlaridan bir haqiqatni sirini ochaman, - dedi.

Nabira:
- Qulog‘im sizda bobojon, - dedi.

Hakim:
- Har bir inson ichida doimiy jang kechadi. Bu xuddi ikki bo‘rining olishuviga o‘xshaydi. Ulardan biri - yovuzlik, hasad, g‘ayirlik, yolg‘on va xudbinlikning timsolidir...

Nabira boshini tebratib:
- Boshqasi-chi? - dedi.

Donishmand bobo:
- Boshqasi esa - ezgulik, tinchliksevarlik, mehr-muhabbat, adolat va ixlos timsolidir.

Nabira bu so‘zlardan taʼsirlandi, tushunish qiyin bo‘lsa ham anglab yetdi, biroz o‘ylanib turib, bobosidan so‘radi:

- Oxir oqibat qaysi bo‘ri g‘olib keladi???

Donishmand bobo aqlli nabirasining boshidan silab, tabassum ila:

- Sen qaysi bo‘rini boqib, oziqlantirsang ana o‘shanisi hamisha ustun chiqadi. Agar yovuz bo‘rini boqsang yovuzlik ustun keladi. Agar yaxshi bo‘rini parvarishlasang, ezgulik g‘olib chiqadi. Nimani eksang, o‘shani o‘rasan.

Siz ezgulikni tanlan. Yaqinlaringizga ulashing, hasaddan uzoqlashsin!

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

23 Oct, 17:29


Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya milliy agentligi maxsus vakili bo‘ldi

Paralimpiya chempioni endi nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/htqA67Xp

Aʼzo boʻling 👉 @Daryo_Sport24

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

23 Oct, 16:35


💪 Ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish maqsadida tashkil qilingan ijodiy tanlov muddati uzaytirildi!

🏆 Sizni posterlar, fotosuratlar va qisqa video lavhalar tanlovimizda ishtirok etishga taklif qilamiz. Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar planshetlar bilan taqdirlanadi, shuningdek, ijodiy ishlaringiz jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyasida namoyish etilishi mumkin.

Tanlov ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishga o‘z hissangizni qo‘shish uchun katta imkoniyatdir. Bu yilgi xalqaro "Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar" kampaniyasida ishtirok eting va o‘z asarlaringiz orqali odamlarni xabardor qiling!

📅 Tanlovda 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan har bir ijodkor ishtirok etishi mumkin. Ijodingizni 2024-yil 25-noyabrgacha topshirishingiz kerak. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va ayollarni himoya qilishda o‘z ovozingizni qo‘shing!

🔗 Qo‘shimcha ma'lumot va baholash mezonlari haqida ma'lumot: https://go.undp.org/oor

🇺🇳🇺🇳🇺🇳

💪 Сроки творческого конкурса, направленного на борьбу с насилием по отношению к женщинам и девочкам, продлены!

🏆 Мы приглашаем вас участвовать в нашем конкурсе постеров, фотографий и коротких видеороликов. Победители в каждой номинации будут награждены планшетами, а также ваши творческие работы могут быть представлены в кампании по информированию общественности.

Конкурс — это отличная возможность внести свой вклад в прекращение насилия по отношению к женщинам и девочкам. Примите участие в международной кампании "16 дней активных действий против гендерного насилия" в этом году и информируйте людей через свои произведения!

📅 В конкурсе могут участвовать творцы в возрасте от 16 до 35 лет. Вы должны представить свои работы до 25 ноября 2024 года. Не упустите эту возможность и добавьте свой голос в защиту женщин!

🔗 Дополнительная информация и критерии оценки: https://go.undp.org/oor

#GenderEquality

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

23 Oct, 12:20


#Билиб_қўйган_яхши

Каналга уланиш👇👇👇
📱https://t.me/advice_uz

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг👇
🌐Advice.uz |✈️ Telegram | ™️Facebook |🟥Youtube

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

23 Oct, 04:26


#Полезно_знать

⚡️Защита женщин от притеснения и насилия

Жертва притеснения и насилия имеет право на:

🔸обращение в соответствующие уполномоченные органы и организации или суд с заявлением о совершении в отношении нее притеснения и насилия или угрозе их совершения;
🔸получение бесплатной правовой консультации, экономической, социальной, психологической, медицинской и иной помощи в специальных центрах, а также посредством бесплатной телефонной линии;
🔸обращение в органы внутренних дел с требованием о выдаче охранного ордера, а в случае нарушения условий охранного ордера информирование их об этом; подробно.

Подключиться к каналу👇
https://t.me/advice_uz

Следите за нами в социальных сетях 👇
Advice.uz | Telegram | Facebook | Youtube

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

23 Oct, 04:26


#Билиб_қўйган_яхши

⚡️Аёлларни тазйиқ ва зўравонликдан ҳимоя қилиш

Тазйиқ ва зўравонликдан жабрланувчи қуйидаги ҳуқуқларга эга:

🔸ўзига нисбатан тазйиқ ва зўравонлик содир этилганлиги ёки уларни содир этиш таҳдиди тўғрисидаги ариза билан тегишли ваколатли органларга ҳамда ташкилотларга ёхуд судга мурожаат этиш;
🔸махсус марказларда, шунингдек бепул телефон линияси орқали текин ҳуқуқий маслаҳат, иқтисодий, ижтимоий, психологик, тиббий ва бошқа ёрдам олиш;
🔸ички ишлар органларига ҳимоя ордери бериш тўғрисидаги талаб билан мурожаат қилиш, ҳимоя ордери шартлари бузилган тақдирда эса, уларни бу ҳақда хабардор қилиш; батафсил.

Каналга уланиш👇
https://t.me/advice_uz

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг👇
Advice.uz | Telegram | Facebook | Youtube

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

22 Oct, 09:58


🌏Toshkent shahrida joylashgan Renessans Hall zalida “Yangi O‘zbekiston: gender tenglik siyosati” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Ushbu anjumanda gender tengligi, ayollarni davlat va jamiyatdagi o‘rni haqida bo‘lib, ushbu tadbirda chet davlatlaridan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

🔰Xalqaro konferensiya ishida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi rahbari M.Rasulova ishtirok etmoqda.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

22 Oct, 09:47


🌿Qo‘rquvga “yo‘q!”-deng va orzular sari qadam tashlang! Hech qachon kech emas!

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

21 Oct, 17:02


Саида Мирзиёева UNFPA’нинг Ўзбекистондаги ваколатхонаси раҳбари билан учрашув ўтказди

Учрашув давомида томонлар бачадон бўйни ва кўкрак бези саратонига қарши курашиш бўйича амалга оширилаётган давлат дастури мавзусини муҳокама қилди.

👉 https://kun.uz/kr/13367060

Kun.uz расмий канали

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

21 Oct, 09:20


⚖️Markaz yuriskonsulti tomonidan navbatdagi hujjat olib berildi.

🔶Sevinch (ismi o‘zgartirilgan) sharʼiy nikohdagi turmush o‘rtog‘i tomonidan doimiy jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlikka uchraganligi bois, 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Jizzax hududiy markaziga joylashtirilgan edi.
🔶Sevinch bilan o‘tkazilgan dastlabki holatini baholashda farzandi 7 yoshda bo‘lsada, shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligi, shu kunga qadar hujjat olib bermaganligini maʼlum bo‘ldi.

🔶Hududiy markaz yuriskonsulti tomonidan RIOBSIATM Jizzax filiali, Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi, Jizzax shahar FHDYO bo‘limlariga bo‘lgan murojaati natijasida ayolning farzandi uchun hamkorlikda tug‘ilganlik haqida guvohnoma olib berildi.

🔶Hozirda Sevinchning farzandi hududiy markaz ijtimoiy xodimi saʼyi harakati bilan Jizzax shahar umumtaʼlim maktabining 1-sinfiga joylashtirildi.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

21 Oct, 06:46


⚖️Аёлларни реабилитация қилиш ва мослаштириш Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий маркази юрисконсульт Эльмира Ембергенова жавоб берди

Савол:

⁉️Ота-оналар томонидан болаларга нисбатан жинсий зўравонлик уларни ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум қилишга асос буладими?

Жавоб:

‼️Ўзбекистон Республикаси Оила кодексининг 79-моддасига асос, ота-оналик ҳуқуқини суиистеъмол қилса, болаларга нисбатан шафқатсиз муомалада бўлса, жумладан жисмоний куч ишлатса ёки руҳий таъсир кўрсатса, ота-оналик ҳуқуқидан маҳрум қилиниши мумкин.

✍🏻Аёлларни реабилитация қилиш ва мослаштириш Республика маркази матбуот хизмати

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

21 Oct, 05:00


Bir kun keladi. Erta tongda uyg‘onasiz.
Tarixga- ortga qaraysizda, bajarolmagan ishlaringizni eslab, chuqur xo‘rsinasiz.
"Endi u damlar ortga qaytmaydi", deb ham qo‘yasiz. Kelajakdan turib ortga qaraganda o‘sha kunning nomi BUGUN deb ataladi.
🔹 Bugun boshlang !
🔹 Bugun urinib ko‘ring!
🔹Bugun qadam tashlang!
Ertaga kech bo‘lishi mumkin.


Paulo Koelo

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

21 Oct, 04:56


🌿Psixologik fikr

🍀Inson ruhi ilm olish, ezgu amallar, savob ishlar va ibodat qilish bilan oziqlanadi...

Mana shu fazilatlar kamayib ketsa, ruhiy tushkunlik бошланади....

Inson ruxi eng katta quvvatni boshqa bir insonni g‘amxo‘rligi orqali oladi...

Doimo bir birimizga g‘amxo‘rlik qilishda bardavom bo‘laylik....

Chunki g‘amxo‘rlik qalbdan chiqib qalbga боради....

🍀Qalbni keraksiz his tuyg‘ular bilan qiynab qo‘yman aks holda qalb xotirjamligi йўқолади....

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

21 Oct, 04:40


Til qadri...

Ssenariy muallifi va rejissyor: Shohruh Norqulov
Operator: Jasur Yusupov
Rassom: Erkin Xushmatov
Maslahatchi: Xurshid Abdurashid

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

21 Oct, 04:31


“Qadring baland boʻlsin, Ona tilim!”

Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Bu yorug‘ olamda o‘zbek tili ham millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositasidir.


Prezidentimiz tomonidan 21-oktabr sanasining “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi, yangi taraqqiyot yo‘lini jahonga bor bo‘y-basti bilan baralla so‘zlamoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi Siz azizlarni samimiy muborakbod etadi!

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

20 Oct, 06:17


Studiya 24 tok shou | Tazyiq va zo'ravonlik: Yuz berish sababi va uni bartaraf etish chora-tadbirlari
#19oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 10:24


🔰Dilnoz (ismi o‘zgartirilgan) 2019 yilda turmushga chiqdi. Avvaliga baxtli hayot kechirardi, 2-farzandi dunyoga kelgandan so‘ng hayotida tazyiq boshlandi

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 10:10


🔰Buxoro davlat tibbiyot instituti, tibbiyot fakultetida ”Yoshlar va ota-onalar o‘rtasida nikoh yoshi, aliment to‘lash shartlari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

🔰Ushbu seminarni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudi sudyasi O.Shomurodov va “Rahmatov And. Lav” advokatlik byurosi advokati A.I.Rahmatov hamda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi Buxoro viloyati hududiy markazning yuriskonsult Q.Yuldashova olib bordi.

🔰Seminarning maqsadi yoshlar huquqiy madaniyati va huquqiy ongni shaklantirish. Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish.

🔰Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar oldilar .

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 10:01


⁉️Qo‘shxotinlikka qonun ruxsat berganmi?
⚖️Jinoyat kodeksida qo‘shxotinlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Xususan, mazkur kodeksning 126-moddasi ko‘p xotinli bo‘lish deb nomlanadi. Unda,
⚖️Ko‘p xotinli bo‘lish, yaʼni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
⚖️Bundan tashqari, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan, nikoh tuzishga monelik qiladigan holat ko‘rsatilib, unda, loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi deyilgan.
‼️P.S. Shaxs qachon qo‘shxotinlikda ayblanadi. Qachonki nikohida bo‘lgan ayoldan tashqari bir yoki bir necha ayol bilan sharʼiy yoki fuqarolik nikohi asosida umumiy ro‘zg‘or yuritgan holda yashab kelsa.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 09:57


Huquqingizni bilasizmi?

⁉️Bezorilik bu huquqbuzarlikmi yoki jinoyat?

🔹Bezorilik - jamiyatdagi axloq qoidalarini mensimaslik, buzish. Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik deganda, normativ-huquqiy hujjatlar, odob va axloq normalari, urf-odat, anʼanalar bilan belgilangan jamoat tartibini (odamlararo munosabatlar, yurish-turish qoidalari, shakllangan ijtimoiy turmush tarzini) qo‘pol tarzda buzish tushuniladi.

Uning mayda bezorilik (maʼmuriy huquqbuzarlik) va bezorilik (jinoiy) turlari mavjud.

Mayda bezorilik tushunchasi -  O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida berilgan bo‘lib, uning mazmuniga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik jamoat joylarida uyatli so‘zlar aytish, behayo qiliqlar ko‘rsatish, fuqarolarga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini boshqacha tarzda buzish kabi jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslikda ifodalanadi.

Bezorilik - esa jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyat bo‘lib,  jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlar shaxsni urish-do‘pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki o‘zganing mulkiga ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud uni ancha miqdorda nobud qilish bilan bog‘liq holda sodir etiladi (jinoyat kodeksi  277-moddasi).

Qonunchilikda mayda bezorilik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘linsa, quyidagicha jinoiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda ( 37 500 000 so‘mgacha) jarima;

uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari;

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari.

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️P.S. Jamiyatdagi qoidalarni buzish va jamoat tartibiga rioya qilmaslik jiddiy javobgarliklarni keltirib chiqarishi muqarrar !

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 09:53


🧠Psixolog maslahati

‼️Xotira pasayishini oldini olish...

🔹Xotira pasaymasligi uchun bir qator oddiy usullar bor. Ular asab tizimini sog‘lom holatda saqlashga va xotirani kuchaytirishga yordam beradi. Profilaktik chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:

- Bir kunda kamida 2 litr suv ichish (suyuq ovqatlardan tashqari);

- Ovqatlanish ratsioniga eʼtibor qaratish;

- Har kuni xotirani mustahkamlash uchun mashqlarni bajarish;

- Har kuni toza havoda sayr qilish (kamida 10-20 daqiqa);

- Zararli odatlardan voz kechish (asabiylashish,chekish, ko‘p ovqatlanish h.k);

- Sutkasiga kamida 8 soat uxlash;

- Vaqti-vaqti bilan dam olib turish;

- Stresslardan maksimal darajada qochish.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 09:50


⚜️Art-terapiya

🔷Xorazm viloyati hududiy markazining vaqtincha boshpanasiga tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab joylashtirilgan ayollar uchun art-terapiya usulida psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi

🧠Art-terapiya  odatda mijozning psixo-emotsional holatiga taʼsir ko‘rsatishga qaratilgan terapiya hisoblanib, hissiy rivojlanishdagi qiyinchiliklar, stress, , shaxslar aro nizolar, oilaviy munosabatlardan norozilik, xavotirning kuchayishi, qo‘rquv holatlaridan chiqishda samarali yordam beradi.

🧠Psixologik mashg‘ulotlarda ayollar avvalam bor o‘zlarini stress va depressiyalarini rasm chizish. qum terapiya orqali chiqarishga harakat qildilar

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 09:44


🌿Har qanday munosabatga faqat yaxshilik bilan javob qaytaring... Hatto yomonlikka ham... yoki umuman javob qaytarmang. Bu ham yaxshilikdir...

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 09:42


⁉️SIZ UCHUN AYOL KIM?

Erkaklar davra qurib o‘tirardilar. Ulardan biri:

— Ayol bu poyabzaldir, uni istagancha almashtirish mumkin, — dedi.

O‘tirganlar, shu davrada o‘tirgan dono odamdan so‘radilar:

— Bu gapga nima deysiz?

Dono kishi shunday javob berdi:

— Ha, to‘g‘ri aytyapti, bu odamga malomat qilmanglar, shunchaki u o‘zini oyoq hisoblamoqda, uning shu gapidan aslida kimligini bilib olsa bo‘ladi. O‘zini shoh deb hisoblaydigan har qanday erkak uchun esa ayol bu toj kabidir!

P.S.: Qadri baland erkak uchun ayolining ham qadri baland bo‘ladi!

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 09:39


‼️Buxoro viloyati hududiy markazining vaqtincha boshpanasiga joylashtirilgan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar uchun “Men o‘zimda bittaman va o‘zimni sevaman" mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

treningda:

Hayotimizni anglash

Ichki dunyo va tashqi dunyo

Bo‘lib o‘tgan muammolarda o‘zimizni ayblamaslik

Hamma muammoda ham yechim bor va ular bir qancha

O‘zimizni sevish va hurmat qilishni o‘rganamiz

Hayotimiz uchun tanlov bizning qo‘limizda degan mavzular qamrab olindi


✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 09:34


🩺Tibbiy maslahatlar

⁉️Kuzda immunitetni ko‘tarish uchun nimalar yeyish kerak?

C, A vitaminiga boy pomidor va bodring;

Foliy kislotasi hamda kaliyga boy qovoq;

Temir, magniy va sinkni o‘z ichiga olgan qovoqcha (kabachok).

▪️Pyure-sho‘rvalar kuz uchun maqbul taom. Sabzavotli sho‘rva vitaminlarga boy bo‘ladi.

▪️Ichimliklar orasida choy va qahvadek foydali muqobil mahsulot yo‘q.

▪️Shakar isteʼmolini kamaytirish kerak, aks holda organizm viruslarga qarshi kurashishda zaiflashib qolishi mumkin.

✍🏻Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish Respublika markazi Axborot xizmati

19 Oct, 09:29


Farzand bilan qanday qilib to‘g‘ri gaplashish kerak

1. Baqirma!

Pastroq gapir, iltimos.

2. Tez yema!

Ovqatingni yaxshilab chayna.

3. Yana tartibsizlikmi?

Yig‘ishtirib qo‘y, iltimos.

4. Yiqilasan!

Ehtiyot bo‘l.

5. Sirpanib ketasan!

Oyog‘ing tagiga eʼtiborli bo‘l.

6. Ho‘l bo‘lib ketasan!

soyabon olib ol, etigingni kiyib ol.

7. Yugurma!

Sekin ohista xotirjam qadam bilan yur.

8. Shoshilma!

Sen ulgurasan.

9. Yetar endi!

Tugatish vaqti keldi.

10. Nima karmisan?

Meni eshit, iltimos.

11. Uyalmayapsanmi?

Sening ishing meni juda xafa qildi.

12. Kim senga bunday gaplashishga ruxsat berdi?

Bizning oilada bunday gaplashmaydi.

13. Men senga aytmaganmidim!

O‘zing uchun xulosalar chiqar va bu xatolaringni boshqa qaytarma.

14. Senda hech narsa o‘xshamaydi!

Sinab ko‘r, bo‘lmasa nima bo‘lishini bilmaysan.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi matbuot xizmati

1,382

subscribers

12,381

photos

1,202

videos