O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥 @davlat_tili_archives Channel on Telegram

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

@davlat_tili_archives


O'qituvchi va murabbiylar – yangi O'zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir
Shavkat Mirziyoyev


📥 @Davlat_tili_bot

📩 @UZBadministratorbot

O‘zbek tili – Davlat tili ARXIV (Uzbek)

O'zbek tili – Davlat tili ARXIV kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanal o'zbek tili va davlat tili bo'yicha arxiv ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Kanalimizda O'zbekistonning tili va davlat tili mavzusidagi kitoblar, darsliklar, maqolalar, audio va video materiallar, elektron kutubxonalar va boshqa ko'rsatmalar mavjud. Kanalimizda o'zbek tili va davlat tili sohasida eng yangi va foydali ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. O'zbekistonning rivojlanishida o'zbek tili va davlat tili o'quvchilari va o'qituvchilari uchun muhim ahamiyatga ega. Kanalimizda o'zbek tili va davlat tili sohasida faol ishtirok etish va o'z bilim va ko'nikmalarini ulashish istagan barcha odamlar uchun mo'ljallangan. Siz ham O'zbek tili – Davlat tili ARXIV kanalimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

22 Jan, 11:49


#Kayfiyat_uchun

...Ba‘zi-bir holatlarda shunday ish tutsangiz yutib chiqasiz.😁

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

22 Jan, 07:30


📚 5-sinf
📋 O'zbek tili
🎙 11-audiomatn: Anvarning hikoyasi

🔗 Quyidagi havola orqali tinglang: 👇
https://novdaedutainment.uz/media/5481

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

22 Jan, 03:33


🔉AUDIO MATN

6-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar (2-qism)

🎧Sehrli tomchilar
🎧Kelajak energiyasi
🎧Shamol energiyasi
🎧Yashil binolar
🎧3D printer
🎧Kindl kitob
🎧Globus
🎧Alisher Navoiy
🎧Observatoriya
🎧Algoritm
🎧Ginnes rekordlari
🎧Internet
🎧Favqulodda vaziyatlar
🎧Taomlanish
🎧Dori-darmon
🎧Begona odamlar bilan munosabatlar
🎧Hayvonlarga g'amxorli
🎧Loyiha turlai
🎧Irodaning loyighasi
🎧Yosh tadiqiqotchi
🎧Ko'ngil ko'zi
🎧Maktabdagi aksiya
🎧Barakasini bersin
🎧Bolalarga bering dunyoni
🎧Maktabda kimoshdi
🎧Kimoshdi savdosi tarixi
🎧Qimmatbaho kitoblar
🎧Kimoshdi musobaqasi
🎧Mening loyiham
🎧Loyiham reklamasi
🎧Milloner tengdoshlarim
🎧Ishtiyoq

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

22 Jan, 03:33


📗O'zbek tili 7-sinf
🔊 III chorak audio matnlari


🎧Xush ko'rdik 83-bet
🎧Mahalla guzari 84-bet
🎧Mehmondo'stlik 86-bet
🎧Yon qo'shni–jon qo'shni 88-bet
🎧Mahalla bo'ylab 90-bet
🎧hashar elga yarashar 92-bet
🎧 Frenkining kundaligi 95-bet
🎧 Mening yurtim 97-bet
🎧Transportlar 100-bet
🎧 Festivallar 101-bet
🎧 Navro'z sayli 103-bet 🎧 Yoqimli ishtaha 105-bet 🎧 Ilm fan inshootlari 107-bet 🎧 Yurtimizdagi teatrlar 109-bet 🎧 Bizning sayyora 112-bet 🎧 Yetti iqlim 116-bet 🎧 Dunyo xalqlari 118-bet 🎧 Dunyodagi tengdosh...122-bet
🎧 Dunyo kutubxonalari 124-bet
🎧 Muzeylar 126-bet 🎧 Nobel mukofoti sovrin.. 128-bet

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

22 Jan, 03:33


10-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar (2-qism)

🎧Temperament
🎧Jism va ruh
🎧Kamalak
🎧Rang-barang olam. Musiqa rangi.
🎧Xromofobiya.
🎧Daltonizm.
🎧Dunyodagi eng sevimli rang – moviy.
🎧Ijtimoiy odoblar. Odob – inson ziynati.
🎧Fazilat. Mutolaa haqida. Herman Hesse.
🎧Salomatlik va gigiyena. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti haqida.
🎧Sog‘lom mahsulotlar. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nizomi va tamoyillari.
🎧Talab va taklif. Parfumeriya
🎧Mening kunim. Gigiyena
🎧Sanitariya
🎧Tabobat.
🎧Parhez.
🎧“Avitsenna usuli”.
🎧Bu qiziq! Faktlar.
🎧Baxshichilik. Dutorning yaratilish afsonasi
🎧Sharq taronalari
🎧Musiqa va men
🎧Sato Do‘mbira haqida afsona
🎧O‘zbekcha kuylayman
🎧Adabiyot
🎧Bizning kino
Mehmondo‘stlik
🎧Teatr san’ati
🎧Nabiramga xat
🎧O‘zbekcha o‘zgacha
🎧Topib gapir
🎧Qiziq gaplar
🎧Ibora
🎧Idiomalar
🎧Jargonlar
🎧Mening sarguzashtlarim
🎧Do‘stimga xat
🎧Antiqa sport turlari
🎧Zehn g‘alabasi
🎧Milliy kurash
🎧Ko‘pkari
🎧Olimpiada
🎧Muvaffaqiyatli biznes
🎧Dunyoga tanilgan ishbilarmonlar
🎧Zamon qahramonlari
🎧Antiqa mashg‘ulotlar
🎧O‘zgaruvchan dunyo
🎧Startap
🎧Inson huquqlari
🎧Ombudsman
🎧Kuch – adolatda
🎧Mening huquqlarim
🎧Qonunlar nima uchun kerak?
Xammurapi qonunlar
🎧Men haqimda
🎧Iste’molchi huquqi
🎧Raqamlar
🎧Turfa olam Sovun pufagi shakli nega dumaloq?
🎧Bermuda uchburchagi
🎧Muzeylar

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

21 Jan, 11:57


⚡️ Ҳар тонг кунимни синф гуруҳига хабар ёзишдан бошлардим. "Илтимос, бугун ҳамма дарсга келсин!"

Кўпчилик ўқувчилар қўшимча машғулотларга боргани сабабли, кеч келар, тун ярмигача дарс тайёрлаб, телефон ўйнаб, тонгга яқин ухлаб қоларди. Уни энди мен бу ёқда қолиб, ота-онаси ҳам замбарак отиб уйғотолмайди!

Фақат битта ўқувчим дарсга кеч қолмайди, қочиб кетмайди.

Шу ўқувчим  нуфузли олийгоҳга ўқишга кирибди. Ҳамма хайрон. Ахир у ҳеч қачон қўшимча машғулотларга бормаган, мактабда ҳам аълочи ўқувчилардан эмасди-ку?!

Ҳамма дунёни ўз қаричи билан ўлчайди. Ҳамманинг ўз эътиқоди бор. Аммо ҳеч ким унинг ўқишга киргани сабабини тополмади.
Бунинг сабабини фақат мен билардим.

Ҳар тонг юрагимни ҳовучлаб ишга келарканман "Бугун нечта ўқувчим дарсга келмас экан? Қайси бири виждонлироқ эди? Қўнғироқ қилсам кўтарармикан?" -деган ҳадик билан хонамнинг эшигини очарканман, ортимдан ўша ўқувчим кириб келарди.
—Ассалому алайкум, устоз!
Кўнглим ёришиб кетарди. Иш кунимни  бир марта ҳам сабабсиз дарс қолдирмаган ўқувчимни дуо қилишдан бошлардим. " Ё, Аллоҳ шу ўқувчимнинг йўлларини  оч, ўзи истаган ўқишга кириб кетсин, нима ният қилса орзусига етсин!"

Ҳамма  ўзича сабаб қидираётган шу кунларда мен дуоларим ижобатини кўриб турганимдан бахтиёрман.

Устозларнинг дуоси саодат калитидир

©Феруза Салходжаева

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

21 Jan, 06:55


Dunyo bo'ylab kutubxonalarning aniq sonini aniqlash qiyin, chunki ular turli xil shakl va ko'lamlarda mavjud (milliy, jamoat, universitet, maktab va boshqa maxsus kutubxonalar). Ammo taxminlarga ko'ra, dunyo bo'ylab 2,5 milliondan ortiq kutubxona faoliyat yuritadi.

Ular quyidagilarga bo'linadi:

1. Jamoat kutubxonalari – aholi uchun ochiq va ko'pchilik foydalanadi.

2. Universitet va ilmiy kutubxonalar – ilmiy-tadqiqotlar va talaba-o'qituvchilar uchun.

3. Maxsus kutubxonalar – muayyan sohaga ixtisoslashgan, masalan, tibbiyot yoki texnika.

4. Maktab kutubxonalari – o'quvchilar uchun mo'ljallangan.

Eng katta kutubxonalardan biri bu AQShdagi Kongress Kutubxonasi bo'lib, unda 170 milliondan ortiq kitob va materiallar mavjud.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

21 Jan, 05:31


#Bahor_elchisi

Boychechak – bahorning ilk gulidir. Uning paydo bo‘lishi qishning ortga chekinib, tabiatning uyg‘onishidan darak beradi. Boychechak boshqa gullardan farqli ravishda sovuq havodan ham cho‘chimaydi. U muzlagan yerlarni yorib chiqadi va bahorning yaqinlashganidan xushxabar beradi.

Bir hikoyada aytilishicha, boychechak juda sodda va jasoratli gul bo‘lib, uzoq yillar oldin tabiat hukmdori tomonidan bahor elchisi qilib tanlangan ekan. Biroq uning vazifasi oson emas edi, chunki qishning sovuq shamollari va qalin qorlarida chiqib, o‘zining go‘zalligini namoyon qilishi kerak edi.

Bir kuni qattiq qish hukmronlik qilayotgan paytda, boychechak o‘zining yumshoq barglarini qor ostidan chiqarib, quyosh nurlariga yuzlandi. Shu onda qishning sovuq shamollari uning ustiga hujum qildi, ammo boychechak taslim bo‘lmadi. "Bahor yaqinlashmoqda, va men bu xushxabarni butun dunyoga yetkazaman," dedi u. Uning sabr-toqati va mardonavorligi tufayli tabiat uyg‘ona boshladi.
Boychechakning bu harakati boshqa gullarga ham kuch berdi, va ular birin-ketin ochila boshladi. Shu sababli boychechak nafaqat bahorning boshlanish ramzi, balki jasorat va qat’iyatlilik timsoliga aylandi.

P.S. Boychechak qishning sovuq zahri chekinmasdan bu yil bahordan darak berishini xabardor qilmoqda, balkim eng ulug‘ ramazon oyi bahorning ilk kunlaridan kelishi kutilayotganligini xushxabar deya erta kelganday go‘yo.

Bekoriga momolarimiz seni ilk ko‘rganida, "elchinoyim" keldinmi deya dimog‘iga totib, ko‘ziga quchmas ekanda.

Qadaming qutlug‘ kelsin elchinoyim!


2025-yil 21-yanvar
✍️ Umurzoq Abdukarimov

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

21 Jan, 03:54


⚡️METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA TO‘LASH BO‘YICHA YANGI BAHOLASH MEZONI TASDIQLANDI.

2023-yil 22-avgust 02-02/1-1347-son

(Fan oyliklarini o‘tkazgani uchun ball beriladigan bo‘limi chiqarib yuborildi.)

⚡️METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILGAN ISHLARI UCHUN BERILADI.

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.


Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

21 Jan, 02:36


#Xayrli_tong
Assalomu alaykum. Seshanba tongi muborak bo‘lsin.

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli, manfaatli, omadli va barokatli bo‘lsin.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 15:46


Erkin Bozorovga "Podkast gurungda korrupsion defua" reklamasidagi obrazga kanalimiz obunachilari tomonidan o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
O‘zbek tili o‘qituvchilariga tayyorlanayotgan keyingi she‘riy masal obrazingizni kutamiz!

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 15:31


PODKAST GURUNGDA KORRUPSION DEFUA

Muallif va rejissor: Erkin Bozorov
Tasvirchilar: Hojiakbar Nurmuhammedov, Samijon Sunnatillayev
Ovoz rejissori: Elbek Hamdamov
Colorist: Bahriddin Shavqiyev
Podkastga mezbon: PickMediauz

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 14:03


📱#plut_2025
(Saqlab qo'yishni unutmang!)

📚 O‘ZBEK TILI

2024-2025 o‘quv yili uchun amaldagi darsliklar ro‘yxati

🕐2- sinf 1–2-qism darslik

🕐3-sinf 1–2-qism darslik

🕐4-sinf 1–2-qism darslik

🫥5-sinf darslik

🕐5-sinf YANGI darslik

🕐6-sinf darslik

🕐7-sinf darslik

🕐8-sinf darslik

🕐9-sinf darslik

🕐10-sinf darslik

🕐11-sinf 1–2-qism darslik

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 14:03


📘Fan: O'zbek tili 11-sinf
💻 Elektron yangi darslik

✳️ 2020-yil
📖 2-qism
(3-chorakdan boshlab o'tiladi)
Izoh

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 12:48


​​

TAJOHILUL ORIF

Qish edi. O‘ttiz jon sovuq xonada,
Adabiyot darsin tinglar edik jim.
Muallim savollar berar gohida:
"Xamsa"ni kim yozgan,
"Jangchi Tursun" kim?

Qo‘llar ko‘tarilar basma-basiga,
Aytmasang, ko‘ksingdan chiqib ketar jon.
O‘ttiz ovoz yangrar qasdma-qasdiga,
"Navoiy", "Navoiy", "Hamid Olimjon!"

Shunday chanqoq edik, darsdan qolmasdik,
"Paskal"ni bilardik, daho "Nyuton"ni.
Ammo ba’zi do‘stlar topa olmasdi,
Dunyo kartasidan O‘zbekistonni.

Ular ko‘p pand yedi ko‘z o‘ngimizda,
Bosh egib, burchakda tik turdi mag‘rur.
Biz esa maqtandik o‘z-o‘zimizcha,
Buning-chun jo‘ralar, ming bora uzr.

Eslayman, bu e’lon "Uchinchi "B"ga:
– Ertaga o‘n so‘mdan keltiring, tamom.
Parta jildga denglar, keyin "bayram"ga,
Yana "kraska"ga, so‘ngra "metallom".

O‘shanda pulim yo‘q, ichim yonardi,
Nazoratchi qistar, qarab ro‘yxatga.
Adabiyot. Ustoz ta’rif berardi,
"Tajohilul orif" degan san’atga.

Uyimda qolgandi o‘sha kun ovqat,
Qornim och, so‘mkamda non yo‘q yegani.
Ustoz takrorlardi tinmay bu san’at:
"Bilib bilmaslikka olish" degani.

Yodimdan o‘chmaydi hech qachon bu hol,
Muallim yelkamga asta qo‘ydi qo‘l.
Hech kimga bildirmay, hech kimga, alhol,
Cho‘ntagimga buklab soldi o‘n so‘m pul.

O‘ttiz qora ko‘zga izza bo‘lish, voh,
Sezdingiz, ko‘nglimni yomon o‘rtardi.
Do‘stlar, urib turgan yuragim guvoh,
Bir inson o‘ksishdan meni qutqardi.

O‘sha dars haliyam berar ko‘p saboq,
Qornim och, so‘mkamda non yo‘q yegani.
"Tajohilul orif" – ey aziz ustoz:
"Bilib bilmaslikka olish degani".

Garchi o‘zingiz ham maoshga yashab,
Ba’zan yetkazolmay bo‘lgansiz abgor.
Yurmas edingiz hech to‘kinga o‘xshab,
Sizda yo‘q edimi bolalar, ro‘zg‘or?

Na ehson edi u, na qarz edi u,
O‘ylasam, bu holning yo‘qdir javobi.
Bir murg‘ak qalbiga sajda edi bu,
Bir ko‘ngil uyining pinhon tavofi.

She’r bitdi. Men hamon qidirib taskin,
Olis maktabimga yo‘l olaman jim.
Bilmayman, bu yurtda ustoz sharafin
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim?

©️Bobur Elmurodov.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 11:37


#ПКА_2025_Энг_долзарб_саволларга_жавоблар

Савол: Тўғридан-тўғри олий малака тоифасини умрбод сақлаш учун ариза юбормоқчи эдим. Лекин,
pedagog.uzedu.uz - тизимида менинг педагогик стажим 18 йил кўринмоқда. Аслида эса ҳозирги кунга қадар 27 йиллик пед стажга эгаман. Бундай ҳолатда нима қилсам бўлади?

Жавоб: Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрлари малака тоифалари олиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юборишда жорий этилган
pedagog.uzedu.uz - платформаси бир қанча электрон тизимлар билан интеграция қилинган ҳамда педагоглар тўғрисидаги маълумотларни шу тизимлардан автоматик тарзда олинади. Жумладан, педагогларнинг иш фаолияти билан боғилиқ маълумотлар Ягона миллий меҳнат тизими (ЯММТ) — my.mehnat.uz - сайтидан олинади. Юқоридаги савол ҳолатга ўхшаш вазиятларда қуйидагиларни амалга ошириш тавсия этилади:

биринчи қадам:-Таълим ташкилотида педагогларнинг иш фаолияти тўғрисидаги маълумотларини Ягона миллий меҳнат тизими (ЯММТ) —
my.mehnat.uz -сайтига киритишга масъул бўлган шахс (кадрлар бўйича мененжер ёки шу масалага масъул қилиб бириктирилган директор ўринбосари ва ҳ.к.з) томонидан маълумотлар тўлиқ ва тўғри киритилганлиги текшириб кўрилади.

иккинчи қадам: - педагог томонидан
ONE ID -тизими орқали pedagog.uzedu.uz - платформасидаги шахсий кабинетга кирилади ва "педагог маълумотларини янгилаш" тугмачаси босилади.

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 06:23


#DAVLAT_TILI_FANIDAN_ATTESTATSIYA

NATIJA KAFOLATLANADI👍👍👍
Assalomu alaykum aziz ustozlar🔊

So‘ngi guruhimizda dars mashg‘ulotlarimizni boshlaymiz👌

Ilohim🤲 alloh boshlagan ishimizni hayrli qilsin, ko‘zlagan maqsadimizga yetaylik🤲

Darslar kech soat 20-00 da boshlanadi. Menimcha hammaga qulay vaqt bo‘lsa kerak☺️

Demak, dars vaqtida daftar ruchkangizni tayyorlab, shu vaqtda online bo‘linglar👋

HAMMANGIZDAN DARSNI QOLDIRMASLIKNI VA VAZIFALARNI O‘Z VAQTIDA TOPSHIRISHINGNI TALAB QILAMAN‼️

ALLOHDAN HAMMANGIZGA KUCHLI ZEHN VA SOG‘LIK SO‘RAB QOLAMAN🤲

Hammangiz bilan darsda uchrashamiz, sizlarni yaxshi ko‘rib qoluvchi - Qodirova Gulmira

To‘lov uchun karta
6262570152370690
Kurs narxi 150 ming

Kursimizda ishtirok etishni istaganlar ushbu karta raqamiga to‘lovni amalga oshirib chekini @trening_admin ga yuborish kerak bo‘ladi.

Safimizga qo‘shiling va maqsadlaringizga biz bilan birgalikda erishing!

@uzbek_tili_trening

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 06:12


#iqtibos

Ulug’ bobolarimizdan biri Ibrohim Marg’inoniy: “Quloq anglag’oni ilmdur, fahm anglag’oni hikmatdur” – deb aytganlar. Sovet davrida bizni ma’lum ma’noda ilmga yaqinlashtirdilar, ammo hikmatdan uzoq tutdilar. Hikmat yo’q ekan na ilm bor, na adabiyot bor. Hikmat uqmagach fahm ham zaiflashadi. Qadimda falsafani sharqliklar “hikmat ilmi” deb atagani bejiz emas. Biz mana shu hikmat ilmidan bebahra o’sdik. Na Islom, na G’arb falsafasini bilamiz. Gegeldanmi, Nitshedanmi yoki G’azzoliydanmi, uch-to’rt gapni yodlab olganmizu davralarda shu gapni aytib “faylasuflik” qilamiz. Yurtdosh bobolarimiz: Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Xoja Ahmad Yassaviy, Hazrat Naqshband, Hazrat Navoiy hikmatlarini quloq bilan ham anglagan emasmiz. Oqibatda na yuqori ma’naviy kamolot bor, na falsafiy mushohada…

© Xurshid Davron

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 06:12


ONA TILI HAQIDA BALLADA

— Nima istar bizdan bu odamlar, ayt,
Ota, ular bilan borma… ota… o-ta-a, qayt.
Nega, ayt, otamning ko‘kraklari qon,
Nega, ayt qo‘lingda kishan, onajon?!
Bola o‘ksib yig‘lar, yov o‘qi uchar…
Ota boshi og‘ib, tuproqni quchar.
Bola yig‘lar, ona qo‘lida kishan –
Onaning tilini kesadi dushman.
So‘ng uchqur otiga qamchi urar sho‘x,
Yulduzni qulatar ko‘kka uchgan o‘q.
Bola tilsiz ona yonida omon,
Dushman yelib borar qichqirib shodmon.
Qichqirar: "Hech qachon endi bu bola
Boshida onasi aytolmas alla.
Hech qachon ocholmas ona dilini
Va go‘dak unutar ona tilini".
Tilin unutgandan qo‘rqmaydi dushman,
Tilin unutganning farqi yo‘q toshdan.
Ammo dushman bilmas: bor ekan Vatan,
Bu daryo, bu dala, bu tog‘ bor ekan,
Ona tili aslo bo‘lmagay unut,
Agar ishonmasang, qulog‘ingni tut:
Onaning qayg‘uga to‘lgan ko‘zlari –
Ona tilining eng buyuk so‘zlari.
Tingla, bog‘da daraxt shu tilda gullar,
Dashtda bo‘rilar shu tilda uvillar.
Yalpizlar, buloqlar, ko‘kda yulduzlar
Bola bilan ona tilida so‘zlar…
Otasining qoni, vayron qal’alar
Tunlari bolani kelib allalar…

Xurshid Davron

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 05:01


#Kun_hikmati

Ilmdan mahrum bo‘lish olti sababdan bo‘ladi:

–Birinchisi, savol so‘ramaslik, bilmaganni so‘rab o‘rganmaslik.
–Ikkinchisi, jim turishning yomon ko‘rinishda ekani, berilib tinglash, quloq tutishni yo‘qligi. 
–Uchinchisi, yaxshi tushunmaslik, fahmlamaslik.
–To‘rtinchisi, xotiraning sustligi, yodlab qolishning bo‘shligi.
–Beshinchisi, ilmni tarqatmaslik, uni ta’lim bermaslik. Kimki ilmni jamlasa-yu, uni tarqatmasa, Alloh taolo u ilmini unutib qo‘yish bilan muvofiq jazolab, balolab qo‘yadi.
–Oltinchisi, u ilmiga amal qilmaslik. Chunki bilgan ilmiga amal qilish eslash, zikr qilish, tadabbur qilish, rioya qilishni talab etadi, vojib qiladi. O‘ylab qaralsa, ilmga amal qilishga beparvolik qilinsa, u unutiladi.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 04:49


 Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan)oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchi, yozuvchisi va tarjimoni.

Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshg'ariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro "Oltin qalam" mukofoti (2009), Ozarbayjonning Mikoyil Mushfiq mukofoti (2013) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputatı (2000). «Do'stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).
    Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-o‘rta maktabda tahsil olgan (1959-1969).1969-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni o‘tagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat yuritgan. 1996-2014 yillar O‘zbеkiston Milliy teleradiokompaniyasi O'zTV Bosh muharriri, "Toshkent", "Yoshlar", "O‘zbekiston" telekanallari direktori vazifasida ishladi.
    Dastlabki sheʼrlar toʻplami — "Qadrdon quyosh" (1979). "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983) "Toʻmarisning koʻzlari" (1984) , "Bolalikning ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987) va "Bahordan bir kun oldin" (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat xissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.D. soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.
    Xurshid Davron 90-yillarda she’riyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Samarqand xayoli' (1989), 'Sohibqiron nabirasi' (1995), 'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari' (1998,2008) , 'Bibixonim qissasiʼ (2006), kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va 'Algʻul' (1995), 'Boburshoh sogʻinchi' (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi.
    Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Tеmurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, 'Odeonʼ teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 'Temurnomaʼ, 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssenariylari muallifi. Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat 'Qirq oshiq daftari' (1989) va yapon shoirlarining she’rlaridan tarkib topgan 'Dengiz yaproqlari' (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
    Xurshid Davron she'rlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va she'rlari Azarbayjon, Pol`sha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Frantsiya, Ispaniya, AQSH, Yaponiya, Mo‘g‘iliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston,Qirg'iziston,Turkmaniston va boshqa davlatlarda nashr etilgan. Rus tilida 2 kitobi ( "Древний напев молодого дождя". Москва., Молодая гвардия, 1982 va "Полет одинокой птицы". Toshkent., 1989 ) nashr etilgan. Xurshid Davron 1993 yilda Turkiyaning Bursa shahrida bo‘lib o‘tgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida, 1996 yilda Vashingtonda bo‘lib o'tgan Osiyo adiblari kongressida,Rossiya, Polsha, Bolgariya, Janubiy Koreyada o'tkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 03:01


6-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar (2-qism)

🎧Sehrli tomchilar
🎧Kelajak energiyasi
🎧Shamol energiyasi
🎧Yashil binolar
🎧3D printer
🎧Kindl kitob
🎧Globus
🎧Alisher Navoiy
🎧Observatoriya
🎧Algoritm
🎧Ginnes rekordlari
🎧Internet
🎧Favqulodda vaziyatlar
🎧Taomlanish
🎧Dori-darmon
🎧Begona odamlar bilan munosabatlar
🎧Hayvonlarga g'amxorli
🎧Loyiha turlai
🎧Irodaning loyighasi
🎧Yosh tadiqiqotchi
🎧Ko'ngil ko'zi
🎧Maktabdagi aksiya
🎧Barakasini bersin
🎧Bolalarga bering dunyoni
🎧Maktabda kimoshdi
🎧Kimoshdi savdosi tarixi
🎧Qimmatbaho kitoblar
🎧Kimoshdi musobaqasi
🎧Mening loyiham
🎧Loyiham reklamasi
🎧Milloner tengdoshlarim
🎧Ishtiyoq

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 03:01


📗O'zbek tili 7-sinf
🔊 III chorak audio matnlari


🎧Xush ko'rdik 83-bet
🎧Mahalla guzari 84-bet
🎧Mehmondo'stlik 86-bet
🎧Yon qo'shni–jon qo'shni 88-bet
🎧Mahalla bo'ylab 90-bet
🎧hashar elga yarashar 92-bet
🎧 Frenkining kundaligi 95-bet
🎧 Mening yurtim 97-bet
🎧Transportlar 100-bet
🎧 Festivallar 101-bet
🎧 Navro'z sayli 103-bet 🎧 Yoqimli ishtaha 105-bet 🎧 Ilm fan inshootlari 107-bet 🎧 Yurtimizdagi teatrlar 109-bet 🎧 Bizning sayyora 112-bet 🎧 Yetti iqlim 116-bet 🎧 Dunyo xalqlari 118-bet 🎧 Dunyodagi tengdosh...122-bet
🎧 Dunyo kutubxonalari 124-bet
🎧 Muzeylar 126-bet 🎧 Nobel mukofoti sovrin.. 128-bet

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 03:01


10-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar (2-qism)

🎧Temperament
🎧Jism va ruh
🎧Kamalak
🎧Rang-barang olam. Musiqa rangi.
🎧Xromofobiya.
🎧Daltonizm.
🎧Dunyodagi eng sevimli rang – moviy.
🎧Ijtimoiy odoblar. Odob – inson ziynati.
🎧Fazilat. Mutolaa haqida. Herman Hesse.
🎧Salomatlik va gigiyena. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti haqida.
🎧Sog‘lom mahsulotlar. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nizomi va tamoyillari.
🎧Talab va taklif. Parfumeriya
🎧Mening kunim. Gigiyena
🎧Sanitariya
🎧Tabobat.
🎧Parhez.
🎧“Avitsenna usuli”.
🎧Bu qiziq! Faktlar.
🎧Baxshichilik. Dutorning yaratilish afsonasi
🎧Sharq taronalari
🎧Musiqa va men
🎧Sato Do‘mbira haqida afsona
🎧O‘zbekcha kuylayman
🎧Adabiyot
🎧Bizning kino
Mehmondo‘stlik
🎧Teatr san’ati
🎧Nabiramga xat
🎧O‘zbekcha o‘zgacha
🎧Topib gapir
🎧Qiziq gaplar
🎧Ibora
🎧Idiomalar
🎧Jargonlar
🎧Mening sarguzashtlarim
🎧Do‘stimga xat
🎧Antiqa sport turlari
🎧Zehn g‘alabasi
🎧Milliy kurash
🎧Ko‘pkari
🎧Olimpiada
🎧Muvaffaqiyatli biznes
🎧Dunyoga tanilgan ishbilarmonlar
🎧Zamon qahramonlari
🎧Antiqa mashg‘ulotlar
🎧O‘zgaruvchan dunyo
🎧Startap
🎧Inson huquqlari
🎧Ombudsman
🎧Kuch – adolatda
🎧Mening huquqlarim
🎧Qonunlar nima uchun kerak?
Xammurapi qonunlar
🎧Men haqimda
🎧Iste’molchi huquqi
🎧Raqamlar
🎧Turfa olam Sovun pufagi shakli nega dumaloq?
🎧Bermuda uchburchagi
🎧Muzeylar

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Jan, 01:06


Assalomu alaykum

Kuningiz osuda va mazmunli o‘tsin, Ollohim samimiy insonlarni, yaxshilarni doimiy hamrohingiz qilsin!..


* * * * * * * * * * * *

Sen tongda uyg‘onding. Gazga qo‘yding choy.
Bu mehr men uchun emas,
hoynahoy.

Sen oppoq ko‘ylakka urasan dazmol.
Bu ishni men uchun qilmog‘ing - mahol.

Uyni supirasan, poklaysan changdan.
Supirib otmaysan meni bu g‘amdan.

Ovqat pishirasan. Mo‘l-ko‘l dasturxon...
Ovqatingni maqtar o‘zga bir inson.

Bolangning ko‘ziga boqib to‘ymaysan.
Sen mening bolamni o‘pib qo‘ymaysan.

Ammo yolg‘iz qolsang egilar boshing -
Ko‘zingdan so‘ramay oqadi
yoshing.

Meni sog‘indingmi. Kuydingmi?..
Rahmat!..
Ko‘z yoshing meniki, ko‘z yoshing faqat...

USMON AZIM

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

19 Jan, 08:47


""Agar dengizdagi bir tomchi sening rizqing bo‘lsa, bil-ki Razzoq shu tomchini sen uchun dengizdan chiqarib beradi...!""

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

19 Jan, 08:30


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

19 Jan, 08:30


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

19 Jan, 08:30


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

08 Dec, 04:30


⚡️1992 yil 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, ya’ni erkimiz, huquqimiz mustaqilligi mustahkamlangan, davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilab olingan kun.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi. Bayram muborak aziz yurtdoshlar!!!


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

07 Dec, 03:46


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

07 Dec, 03:46


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

07 Dec, 03:39


Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

06 Dec, 17:16


📚 ADABIYOT SABOQLARI📚
Shodiyona maktabda ish boshlaganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq.Yoshi ulug,tajribali hamkasb ustozlariga havas qiladi.Ularning darslariga kirib,dars oʻtish uslublarini,bolalar ruhiyatiga qanday yoʻl topishni oʻrganib boradi,intiluvchan,izlanuvchan yoshlardan.
Ustozining oʻquvchisi tuman olimpiadasida gʻolib boʻlganida juda havas qilgan edi.Nasib ekan, Mashhura opa umra safariga ketgani uchun Shodiyona u kishining oʻquvchisini viloyat olimpiadasiga olib keldi.
Oʻquvchilarni ichkariga kiritib boʻlgach,ustozlar skameykalardan joy oldilar.Kimdir kursdosh dugonasini uchratgan, allaqachon u bilan qizgʻin suhbatga kirishib ketgan.Kimdir anchadan buyon koʻrmagan tanish hamkasbini uchratib qolgan.Kimdir kitob mutolaasini boshlab yuborgan.Kimdir doʻkonlarni aylanish uchun taraddudlangan. Axir oʻquvchilar sinovlardan oʻtib chiqquncha allaqancha vaqt bor,qaysidir yoʻl bilan vaqtni oʻtkazish kerak-da.
Shodiyona bunday olimpiadalarga birinchi bor kelishi,avvaliga nima qilsam ekan,deb turib qoldi.Nariroqda skameykada boʻsh oʻrin bor ekan,oʻtirgan ustozlarga salom berib asta ularning yonidan joy oldi.Yonida oʻtirgan muallima ayol yoshi ellikdan oshgan,qandaydir muloyim,xokisordek tuyuldi Shodiyonaga.Ayol kitob oʻqib oʻtirar edi.Shodiyona sekingina koʻz qirini tashladi:qanday kitob ekanligi unga juda qiziq edi,chunki oʻzi ham kitob oʻqishni juda yoqtirar ,sevimli mashgʻuloti kitob mutolaasi edi.
--"Oʻtgan kunlar",--dedi jilmaygancha kitobdan bosh koʻtarib u ayol.--Yigirmanchi marta oʻqiyapman ,shekilli.
Shodiyona ham tabassum qildi:"Bu kitobni qancha oʻqisangiz,shuncha maʼno topaverasiz".
--Ha,toʻgʻri aytasiz.Yangi ish boshladingizmi?
--Ha,shunday.
---Yaxshi,omadingizni bersin.
Shu payt ular tarafga ikki ustoz kela boshladi.Yoshi kattarogʻi bilan tanish ,shekilli,qadrdonlardek quyuq soʻrashishdi.Davralari ancha kengaydi.--"Oʻtgan kunlarmi?"--dedi u ham kitobga qarab.Shu bilan adabiyot,sheʼriyat,oʻzbek va chet el yozuvchilari,shoirlari xususidagi qizgʻin suhbat boshlanib ketdi.Shodiyona esa ulardan yosh boʻlgani uchun odob yuzasidan hadeb gapga qoʻshilavermas,ularni zavq bilan tinglab oʻtirardi.
Har ikki ustoz ham milliy sertifikat olishga erishibdilar.
--Oʻqituvchini oʻqitib,oyligini oshiryaptilar,--dedi kulib ular.Ha,bu haq gap edi.Harakat qilganga,intilganda toleʼ yor deb bejiz aytishmagan.
Mukarram opa(muallima ayolning ismi shunday edi)milliy sertifikatga tayyorlanish jarayonida qancha-qancha biʻlmaganlarini oʻrganganini ,dunyoqarashi yanada kengayganini tan oldi.--Tirikchilik,roʻzgʻor deb oʻz ustimda ishlamay qoʻygan ekanman.Milliy sertifikat qaysidir maʼnoda mening koʻzimni ochdi,--dedi ustoz obrazli qilib.Hammalariga bu gap nashʼa qilib kulishib oldilar..
Adabiyotning sehrli olami bu mehridaryo ,qalblari quyoshdek iliq,mehnatkash,samimiy ustozlarni ,garchi masofalar olis boʻlsa ham,bir joyga --nafis majlisga jamlagan edi.Bu majlisda gʻiybat,fusq-u fasod,hasad yoʻq edi,unda samimiyat,oʻzaro hurmat,begʻaraz havas bor edi...
Birin-ketin oʻquvchilar chiqa boshladilar.Shodiyona Mukarram opa va boshqa ustozlar bilan yana koʻrishmoq umidida doʻstona xayrlashdi.
Shodiyona yoʻl davomida boʻlib oʻtgan ajoyib suhbatni tahlil qilar ekan,Mukarram opaning --zamon siz--yoshlarniki,oʻqinglar,izlaninglar,berilgan barcha imkoniyatlardan foydalaninglar,bizning davrimizda bunday boʻlmagan ,--deganlarini eslab keldi.--Albatta,harakat qiladi,oʻqiydi,izlanadi,bilmaganlarini oʻrganadi,eng yaxshi adabiyot oʻqituvchisi boʻladi,bolalarga odamiylikdan saboq beradi,ularni adabiyotning sehrli olamiga boshlaydi.Inshaolloh,bu harakatlari zoye ketmaydi,qachondir bir kun samara beradi.Shodiyona bunga qattiq ishonadi!
📖📖📖📖📖📖📖📖📖📖📖📖📖📖📖📖

Munojot Muhammad qizi.Andijon.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

06 Dec, 09:37


#Xulosa

Oʻquvchining taʼlim va tarbiyasi toʻrt kishining koʻtarishiga moʻljallangan va bir manzilga olib borilishi kerak boʻlgan katta zambilga oʻxshaydi. Bu toʻrt kishi : oʻquvchi, oʻqituvchi, ota va ona.
Agar bu zambilni koʻtarish bilan bu toʻrtovlondan faqat bir nafari shugʻullansa, zambilni deyarli koʻtara olmaydi. Agar ikki kishigina shugʻullansa zambilni koʻtara olishi mumkin, lekin bunda muvozanat baribir saqlanmaydi va albatta toʻrt kishiga moʻljallangan zambil ikki kishini hech qancha yoʻl bosmasidan charchatadi va manzilga yeta olishmaydi. Agarda zambilni uch kishi koʻtarsa, holat nisbatan yaxshilanadi. Lekin baribir bir kishining kuchi ishtirok etmayotgani uchun boshqalarga yuk biroz ogʻirlik qilishi mumkin. Oʻsha bir kishining zambilni koʻtarmayotgani sababli qolgan uch kishi yoʻlni toʻxtab-toʻxtab bosib oʻtishga majbur. Berilgan muddatda manzilga yeta olmasliklari ham mumkindir, balki. Xullas yetishmayotgan bir kishining evaziga qolgan uch kishi koʻproq kuch sarflashi kerak. Agar toʻrt kishining barchasi zambilni birgalikda koʻtarishsa, ularning hech biriga ortiqcha yuk tushmaydi va bu holatda uzoqlarga ortiqcha qiyinchiliklarsiz borish mumkin...

Sizlar nechtasizlar? Zambilni necha kishi koʻtaryapti?

Ozoda HABIBULLAYEVA

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

06 Dec, 08:29


Aktyor Mehriddin Rahmatov o‘qituvchilar va ota-onalar to‘g‘risida achchiq haqiqatlarni aytdi.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

05 Dec, 14:55


#diqqat

‼️O‘zbekistonda maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

👉 Dam olish kunlari 2025-yil 10-yanvargacha davom etadi.
⚡️ Barcha maktablarda uchinchi chorak 2025-yil 11-yanvarda boshlanadi

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

05 Dec, 14:55


❗️Talabalar uchun qishki ta’til muddati e’lon qilindi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, texnikum, kollej va akademik litsey o‘quvchilari uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi va 2025-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi - vazirlik

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

05 Dec, 11:18


📌 5-sinf o‘zbek tili taqvim reja
📆 2024-yil

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

05 Dec, 11:13


#Tarbiya

Cho‘ponni o‘g‘li qanday qilib fan olimpiadasida g‘olib bo‘lganini tekshirishibdi... Xulosani eshiting!

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

04 Dec, 13:26


4-12-2024

Olimpiada topshiriqlari (III bosqichi) O‘ZBEK TILI (Davlat tili) 11-sinflar uchun test savollari

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

04 Dec, 13:18


4-12-2024

11-sinf olimpiada savollarining JAVOBLARI

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

03 Dec, 14:38


Asosiy fan olimpiadasida esseni baholash mezoni

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

03 Dec, 14:14


3-12-2024

10-sinf olimpiada savollarining JAVOBLARI

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

03 Dec, 14:14


3-12-2024

Olimpiada topshiriqlari (III bosqichi) O‘ZBEK TILI (Davlat tili) 10-sinflar uchun test savollari

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

03 Dec, 13:34


"O'quvchiga bog'liq bo'lmagan sabablar uning bahosiga ta'sir qilishi mumkin" — ekspert fikri

Mezonlarga asoslangan baholash tizimi yuzasidan ta'lim masalalari bo'yicha ekspert Komil Jalilov ayrim e'tirozlarini bildirdi. Uning aytishicha, hozirgi tizimda o'quvchiga bog'liq bo'lmagan sabablar uning baholariga ta'sir o'tkazishi mumkin.

Xo'sh, yangi baholash tizimi bo'yicha sizning fikringiz qanday? Bu haqda video ostidagi izohlarda albatta yozib qoldiring.

▶️ To'liq video — https://youtu.be/hH_B1k1Va-U

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

03 Dec, 08:24


#kayfiyat

Adminlar bizni aytishyapti))😁

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Nov, 12:24


Bugun @xalqtaliminfo kanalida ovozli chat o'tkaziladi

Mavzu: Ishni ta’lim bilan birga olib boruvchi pedagog xodimlar uchun kafolat va kompensatsiyalar.

🎙 Ovozli chatda quyidagi savollarga javob beriladi:

O'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchilar ish jarayonida ma'lumotini oliy qilib olsa bo'ladimi?

Sirtqi ta'limda o'qiyotgan pedagoglarga qanday kafolat va imtiyozlar bor?

Maktabda ishlab, ikkinchi mutaxassislikka o'qiyotganlarga imtiyozlar bormi?

Qayta tayyorlovda o'qiyotgan o'qituvchilarning oylik maoshi saqlanadimi?

Ham maktabda ishlab, ham magistraturada o‘qiyotgan pedagoglar ish vaqti qanday yuritiladi?

O‘qituvchilik qilayotgan talabalarga qanday kafolatlar bor?

👤Ovozli chat mehmoni: Muhammadamin Karimjonov — @mehnathuquqi bo'yicha mutaxassis.

👤Spiker: Ulug'bek Po'latov — xalqtaliminfo.uz tahririyati direktori.

Ovozli chat o'tkaziladigan sana: 30-noyabr, shanba soat 20:00.

❗️Mavzuga oid savollaringiz bo'lsa, izohlarda yozib qoldiring.

🎤 Ovozli chatda qatnashish

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Nov, 05:50


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Nov, 05:50


#Slayd
5-sinf ONA TILI DARSLARI UCHUN IBORALAR MAVZUSIDA SLAYD.


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Nov, 05:50


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Nov, 05:50


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Nov, 05:27


Daryo boʻlib yashang

Ustoz hamisha hayotdan nolib yuradigan, oʻzini baxtsiz hisoblaydigan shogirdiga piyolada suv uzatdi-da, unga bir siqim tuz aralashtirib, tatib koʻrishni buyurdi. Yigit aytilgan ishni qildi.
– Taʼmi qanaqa ekan? – soʻradi ustoz.
– Shoʻrligidan tilni oʻyaman, deydi-ya!
Ustoz shogirdini daryo boʻyiga olib bordi. Yana bir siqim tuz uzatar ekan, dedi:
– Endi buni daryoga tashlab, suvning mazasini totib koʻr.
Yigit bu safar suvni huzur bilan ichdi.
– Xoʻsh, shoʻrligi sezildimi? Mazasi qanaqa ekan?
– Ajoyib. Shoʻri yoʻq boʻlib ketibdi, umuman sezilmadi.
Bu soʻzlardan mamnun boʻlgan ustoz nasihat qildi:
– Hayot qiyinchiliklari bir siqim tuzdek gap. Qalbingni keng qilsang, bilinmay ketadi. Hayotda misoli bir piyola suv emas, daryo boʻlib yashashni oʻrgan!..

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Nov, 05:24


Rus tildan erkin tarjima
HAYOT GOʻZAL!
Chorlovimga keldi bir goʻzal,
Pech yoniga iliq suhbat-chun.
Derazadan boqardi fevral,
Daraxtlarni burkab bulduruq bilan.
- Dugonajon,ishlaring qanday?
Qay taxlitda yashamoqdasan?
Hayot soʻrar choydan hoʻplarkan.
Ob-havoga zimdan boqarkan.
-Qanday yashayapman?!
Qoʻldan kelgancha...
Sevdim,xato qildim.
Ishondim Allohga!
Gʻam chekdim,nafratlandim,
Baʼzan chiqish yoʻlin topa olmadim.
Quyosh -la quvondim,
Koʻz yosh toʻkdim yomgʻir bilan.
Mehrga ishondim,omadni tutdim.
Odamlar dardiga darmon boʻloldim,
Dilozorga javob qaytara oldim.
-Shunday ekan.Mendan neni xohlaysan?
soʻradi Hayot boqib muloyim.
El qatori yashayapsan,
Koʻngil - xotirjam.
Nega norozidek koʻrinmoqdasan?-
Hayot soʻrar piyolaga choydan quyarkan.
Men tomonga kelib yaqinroq,
Elkamdan ohista qucharkan.
Shunda...
Ajib bir sokinlik sezdim yurakda.
-Ayt-chi, menga Hayot,rostini,
Tugʻilgandan bilasan meni.
Odil boʻldingmi menga hamisha,
Baʼzida tushdi-ku oshimga pashsha?!
Nelardandir etding mosuvo,
Zaharlar ichirding kosalab goho.
Mening qalbim ozorlanganda,
Qaro koʻzlar namlanganida,
Qayda eding,ozorvash Hayot?!
Sen tarafdan yoʻq edi najot!
Eʼtirozim tingladi Hayot.
Koʻzlarimga boqdi jilmayib:
-Men doimo sevganman seni,
Asrab,avayladim seni har mahal.
Sen mensiz emasding hamisha,har vaqt,
Senga farishtalar hamroh edilar,
Koʻrinmas,qanotli,oppoq parilar.
Mudom sen-la boʻldilar ular,
Yigʻlasang - yigʻlab,kulsang. - kuldilar.
Ranjishlaring bekordir mendan.
Sening uchun shafqatsiz boʻlgandayinman,
Baʼzan koʻrinmadim najotkor boʻlib...
Agarki...
men shunday yoʻl tutmaganimda,
Sen toblanmas eding bu zarbalardan!
Kim boʻlib qolarding yorugʻ dunyoda?---
Kuzak shamoliga "chirt"uziluvchi moʻrt bir barg!
..................................................
--Haa!Jimsan!Demak,men haqman !
Men sening-chun tinmadim mudom.
Eng muhimi shuki:meni sev!,
Senga qayta berilmasman men.
Uzoq-uzoq suhbatlashdim maʼsum boladek,
Hayot quchogʻida qish oqshomida...
Yonimda-chi...Farishta kuylar,
Harir qanotlari-la meni allalab.
Asta shivirlar ,asta shivirlar:
--Hayot goʻzaldir!Hayot goʻzaldir!

Munojot Muhammad qizi.
💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥
Я пригласила Жизнь свою на чай
Поговорить со мною у камина...
А за окном кружил февраль
Деревья разукрасил иней...
-Ну что ж,подружка, как дела?
Как проживаешь свои годы?
спросила Жизнь и чаю отпила,
взглянув в окно на непогоду...
-Как я живу?,Да как умею..
Люблю,грущу и ненавижу,
Я Солнцу радуюсь,с дождем я плачу.
Я верую в добро,ловлю удачу.
Умею людям сострадать,
Обидчику могу я сдачу отдать.
-Так что ж ты хочешь от меня?
спросила Жизнь у меня.
-Живеш как все и вроде всем довольна,
Так почему волнуешься невольно?
Добавив в чашку кипятка,
Жизнь подошла ко мне поближе,
За плечи нежно обняла
И стало на душе потише...
-Скажи мне,Жизнь,но только не тая,
Ведь знаешь ты с рождения меня
Всегда ли ты со мною справедлива?
Быть может,часто ты меня корыла?
Быть может что-то не дала?
Быть может,просто не хотела
Со мною рядом быть тогда,
Когда душа моя болела?
И заглянув в мои глаза,
Мне Жизнь с улыбкой отвечала:
-,Всегда любила я тебя...
Всегда тебя оберегала.
Ты без присмотра не была
К тебе я Ангела прислала -
невидимые два крыла.
С тобою шли все время рядом.
Ты на пеняй,подружка,на меня,
Быть может,я строга излишне
Но,если б таковой я не была,
Что у тебя тогда бы вышло?,
Ну вот,молчишь.А значит я права.
Я для тебя всегда старалась .
Ты главное люби меня
Ведь я твоей не буду дважды.
И долго я ещё шепталась с ней,
притихнув у нее в объятиях
А рядом.Ангел напевал,
обняв крылом,тихонечко:
что Жизнь прекрасна !
Жизнь прекрасна!,

Ольга Конькова Мороз
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Nov, 04:02


6. Qaysi so'zda birdan ortiq so'z yasovchi qo'shimcha mavjud?

A) o'lik
B) to'plam
C) taram
D) o'rim

7. Qaysi gap ega bilan boshlangan?

A) Har bir yaxshi va puxta ish kelajakda katta rivojlanishlarga sabab bo'ladi.
B) Insoniyat faqat sen kabilarning obdan o'ylab amalga oshiradigan pishiq, puxta ishlari tufayli yuksaladi.
C) O'rgimchakning shoshib bajargan ishi sifatsiz.
D) Yillar o'tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi.

8. Faqat yuklamalar berilgan qatorni toping.

A) hatto, -mi, -yu
B) kabı, negaki, sababli
C) yo'q, mayli, aslo
D) taq, jizillamoq, sayramoq

9. Ergashgan qo'shma gap berilgan javobni toping.

A) Kim gunoh ish qilsa, albatta, jazosini oladi.
B) Qancha qon yig'ladim, ammo farzand dog'i yomon ekan.
C) Kelajakda qaysi hokimiyatda ishlashni xohlar edingiz?
D) Keting va bu ishlaringizni yig'ishtiring.

10. Opam // ham tikuvchi.

Qo'yilishi kerak bo'lgan tinish belgisini toping

A) ikki nuqta
B) tire
C) qo'yilmaydi
D) qavs

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Nov, 03:54


#Diagnostik_test

1. Qaysi so'zda lab undoshi ishtirok etgan?

A) shavkatli
B) huquqshunos
C) qadriyat
D) jadidchilik


2. Qaysi so'z turkumi otlasha olmaydi?

A) sıfat
B) ravish
C) son
D) sof fe'l

3. Qaysi so'zlar talaffuzida a aytiladi, ammo imloda o unlisi yoziladi?

A) okean, konsert
B) Pomir, tonna
C) direktor, tormoz
D) orden, termos

4. Saqlay desang o'zingni, yomondan yum ko'zingni.

Ushbu gapdagi to'ldiruvchilar hokim bo'lakka qanday vositalar yordamida
bog'langan?

A) kelishiklar yordamida
B) shaxs-son
C) egalik qo'shimchalari yordamida
D) ko'makchi yordamida

5. Quyidagilardan sodda sifat qatnashgan gapni toping.

A) Asarni mashhur tarjimon Asil Rashidov o'zbek tiliga o'girgan.
B) Temiryo'lchilarning bolalari uchun Qumbelda ochilgan maktabga joylashtirganlari yodida.
C) Kazangapning o'g'li bo'lsa ham mayli edi.
D) Atrofda yer ko'p, albatta, istaganingcha topiladi.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

29 Nov, 13:24


Yangi baholash tizimi — yangi muammo…mi?

2024-2025-o‘quv yilidan mamlakatimizdagi 1500 ta maktabda yangi baholash tartibi joriy qilindi, bu esa ta’lim tizimida yangi muammolarni keltirib chiqardi, deya ta'kidlanmoqda.

Bu orada yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga ham murojaat yo‘lladi.

Xo‘sh, yangi baholash tizimidan nega ko‘pchilik norozi bo‘lmoqda? Qayerda xatolarga yo‘l qo‘yildi?

Bu mavzudagi muhokamalarga chek qo‘yish maqsadida xalqtaliminfo.uz vazirlik, ta’lim bo‘yicha ekspert va o‘qituvchini “Tanaffus” podkastida bir nuqtaga jamladi.

“Tanaffus” podkastning bu galgi soni juda ham bahslarga boy bo‘ldi. Podkastni YouTube sahifamizda hoziroq tomosha qiling!

▶️ To'liq video — https://youtu.be/hH_B1k1Va-U

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

28 Nov, 16:07


Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilish boshlandi

📝 2024-yil 2-3-noyabr kunlari o‘tkazilgan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilish boshlandi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

28 Nov, 12:26


Yozgan maqolangizni bizga joʻnating 👉 @ochiqdarsad

#tarjimaMaqola

@ochiqdarsuz

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

28 Nov, 07:15


#Kun_hikmati

Bir narsa bor bepul tarqata olasan, lekin qimmatligi bo'yicha oltindan qimmat turadi uning nomi Mehr.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

28 Nov, 07:03


💥 Bugun, 28 —noyabr "Xalqaro mehr-shafqat kuni"

Shu munosabat bilan, bugun Ota-Onalarimiz, aka-uka, opa-singillarimiz va umuman jigarlarimizga mehr-etiborli bo‘lib, shirin so‘zlarimiz bilan erkalaylik, ko‘ngillarini olaylik!


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

28 Nov, 03:27


#Rost_hikmatlar

Nimanidir o‘rganishga bo‘lgan kuchli istak, bu — allaqachon ellik foiz muvaffaqiyatdir.

✍️ Deyl Karnegi


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

27 Nov, 16:47


#Samimiyat_sarhadlari

BOGʻBONIM OTAM

Bolalik chogʻlarimni sogʻinib yodga olaman.Otam rahmatlik mirishkor bogʻbon edi.Tomorqamiz toʻla turli xil mevali daraxtlar barq urib oʻsar edi.Jannati olma, shaftolining har turli navlari, tuyatish anorlar deysizmi, barchasidan bor edi. Kelinbarmoq ,husayniy uzumlar eng quyi bandidan meva solar ediki,otajonim ularni atayin qoʻyib qoʻyar, kichkina ukalarim uzib yeyishsa, xursand boʻlar edi. Bola ekanman-da, bir shaftoli tanasida ikki yoqqa qarab ikki xil nav shaftoli oʻsgani meni juda hayratlantirar edi: buning siriga yosh aql-u shuurim bilan yetolmaganman oʻsha damlar. Botanika darslarida koʻchatlarni shunday ulash usullari haqida oʻqib bilganimdan soʻng bir haqiqatni kashf qildim: otam zoʻr oʻsimlikshunos, meva koʻchatlarining bilimdoni boʻlgan ekanlar-da.
Jannati olmalarimiz mevasi koʻpligidan shoxlari bukilib qolar edi.Men esa oʻsha olmalar tagida oʻtirib olib Abdulla Oripovdan, Erkin Vohidovdan, Muhammad Yusufdan sheʼrlar yodlar edim. Qanday goʻzal, bebaho damlar edi oʻshal chogʻlar... Mening sheʼriyatga,adabiyotga oshno eng masrur,goʻzal orzularga limmo-lim onlarim. Xuddi kinolardagidek. "Shum bola" kinofilmidagi bogʻdagi olmalarni koʻring-u, bizning uyimizdagi jannati olmalarni koʻring. U betashvish, begʻubor bolalik kunlarimni oʻzgacha orziqish, shirin entikish bilan eslayman har gal.
Talabalik chogʻlarimda paxta terish uchun Boʻz (hozirgi Boʻston) tumaniga borar edik. Kuz.Ayni pishiqchilk vaqti. Onamlar koʻrgani borsalar,savatlarni toʻlatib otam yetishtirgan jannati olmalar,tuyatish anorlar,uzum va yongʻoqlardan olib borar edilar. Oʻrtoqlarim bilan anchagacha maza qilib yeb yurar edik. Qanday gashtli, topilmas damlar edi u chogʻlar...
Yillar oʻtib turmushga chiqdim.Har gal ota uyimga kelsam, otam tomorqada yumushlar bilan band boʻlib yurganini koʻrar edim:hali uzumlarni parvarish qilar, bir qarasam, koʻchat taglarini yumshata yotgan boʻlar, bir safar borsam, ekinlarni sugʻorib yurgan boʻlar edi.
-Bu ishlarni qoʻying endi, ota, ukalarim qiladi, - desam,koʻnmas edi. - Ukalaringning oʻz ishi bor.Bekorchidan xudo bezor,bekor oʻtirguncha u-bu ishlarni qilib yuraman-da,- der edi.
Otamning bora -bora qaddi bukildi, koʻzlari koʻrmas boʻldi,biroq shu holida ham baholi qudrat tomorqani aylanib,oʻzicha nimalardir qilib yurar edi. Katta ukam ham har safar borganida - ota, qoʻying endi bu ishlarni,- der edi. Otam esa qaysarlik qilib hech kimning gapiga kirmay, daraxtlari bilan "tillashib" yurar edi.
Kunlardan bir kun qoʻqqisdan uyga chaqirib qolishdi: - Otam kasal boʻlib qoldi! Men hayron-u lol edim :Nega kasal boʻladi?! Axir soppa-sogʻ edilar-ku, yurgan edi-ku tomorqada "kitir-kitir"qilib. Uyga qanday yetib borganimni bilmayman. Uyimiz atrofida kishilar turardi. Koʻnglim qandaydir noxushlikni sezdi, biroq yomonlikni oʻylamay, uy tomonga yurdim,biroq, afsuslar boʻlsinki, bogʻbon otajonim -men yaxshiman-deya -deya bizlarni aldab -aldab ketmas safarga otlangan ekanlar. Eh, otajonim-a, oxirgi soʻzingizni eshitish, rozi-rizochilk soʻrash ham nasib etmadi. Tomorqangiz ham, olma-yu anorlar,duv-duv ishkomlarda uzumlar Sizsiz bizlardek yetim boʻlib qoldi.
Oradan yillar oʻtdi. Ota uyimga borar ekanman, otam borida boʻlgandek fayzni topa olmayman. Mevali daraxtlar ham negadir qurib ketdi. Juda koʻp oʻylayman:otam uyimizning barakasi, xonadonimiz fayzi ekan. Afsuslar boʻlsinki, biz - nodon farzandlar buni juda kech, juda ham kech anglab yetar ekanmiz
BOGʻBONIM OTAM! Bogʻlaringiz Sizsiz huvillab qoldi.

©Munojot Iminova.Andijon.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

27 Nov, 15:11


Meni yig’latgan dars🥹

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

27 Nov, 06:07


Янги баҳолаш тизимига доир 3 саволга 3 жавоб

Хабарингиз бор, 2024-2025 ўқув йилида мамлакатимиздаги 1500 та мактабда янги баҳолаш тартиби жорий қилинди ва айни вақтда ушбу таълим муассасаларида ўқувчиларнинг билим даражаси мазкур тизим асосида баҳоланмоқда.

Шу ўринда янги баҳолаш тизими бўйича педагоглар ва ота-оналардан келиб тушаётган айрим саволларга жавоб бериб ўтсак.

1. Савол: Биз турли ижтимоий тармоқ саҳифалари орқали ЧСБ тест саволларини оляпмиз, аммо ушбу саволларда турли тафовут ва ноаниқликларни кузатяпмиз. Бунинг сабаби нимада?

❗️ Жавоб: Янги баҳолаш тизими жорий этилган мактаб ўқувчилари билимини баҳолаш учун Педагогик маҳорат ва халқаро баҳолаш илмий-амалий маркази томонидан намунавий тест саволлари ишлаб чиқилган ҳамда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг
e-maktab.uz платформасига жойлаштирилган.

Педагоглар ва ота-оналардан янги баҳолаш тизими бўйича барча фанларга тегишли намунавий тест саволларини фақат
e-maktab.uz платформасидан юклаб олишларини сўраймиз. Бошқа турдаги ахборот каналлари ва ижтимоий тармоқ саҳифаларидаги саволларнинг тўғрилиги ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга мос эмас.

2. Савол: ЧСБ имтиҳонлари учун сарфланаётган қоғоз ва босмахона харажатлари қайси маблағлар ҳисобидан қопланяпти? Бунинг учун ота-оналардан маблағ талаб этиладими?

❗️ Жавоб: Йўқ, ота-оналардан маблағ талаб этилмайди.

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг 2024 йил 17 октябрдаги тегишли буйруғига асосан, 2024 йил I ва II чорак имтиҳонлари Тошкент шаҳар, Хоразм ва Тошкент вилоятларидаги танлаб олинган ва янги баҳолаш тизими жорий этилган 168 та мактабда
e-maktab.uz платформаси орқали онлайн, қолган 1332 та мактабда анъанавий тарзда ташкил этилиши белгиланган.

Анъанавий тарзда имтиҳон ўтказиладиган 582 та мактаб учун ажратиладиган (6400 та ўрам) қоғоз маҳсулотлари Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳузуридаги Таълим соҳасида ислоҳотларга кўмаклашиш жамғармаси маблағлари ҳисобидан қопланади. Шунингдек, ушбу мактабларнинг назорат материаллари ҳудудий бошқармаларга махсус ажратилган принтер қурилмаларида чоп этилади.

Қолган 750 та мактабга ажратиладиган назорат материаллари ўрнатилган тартибда вазирлик тизимидаги Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйида чоп этиб келинмоқда.

Мазкур харажатлар учун ота-оналардан пул маблағлари талаб этилиши мумкин эмас.

3. Савол: Агар имтиҳон кунлари фарзандим касал бўлиб қолганлиги сабабли синовларда қайта иштирок этса, имтиҳон баллари тушиб кетар экан, шу тўғрими?

❗️Жавоб: Мактабгача ва мактаб таълими вазирининг 2024 йил 7 августдаги тегишли буйруғи билан тасдиқланган “Мезонларга асосланган баҳолаш тизимини умумий ўрта таълим мактабларига жорий этиш бўйича тартиб”да бу ҳақида батафсил айтиб ўтилган.

Унга биноан, асосли сабаблар (касал бўлганлиги, яқин қариндошларидан бирининг вафоти, турли олимпиада ва танловлардаги иштироки)га кўра баҳолаш жараёнида қатнаша олмаган ўқувчилар учун синовлар алоҳида ўтказилади. Бунда ўқувчиларга амалдаги баҳолаш мезонлари (максимал 40 балл)га кўра олган баллари қўйилади.

Узрсиз сабабларга кўра баҳолашда қатнашмаган, ички тартиб-қоидаларни бузгани учун жараёндан четлаштирилган ёки 12 баллдан паст натижа қайд этган ўқувчиларнинг максимал бали 26 баллдан ошиши мумкин эмас.


©️ Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги

Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

27 Nov, 02:46


DOSTONLARING BOR

Yurtim ado bo‘lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor,
O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim,
Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor.

Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor...

Yurtim ko‘nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor,
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor.

Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og‘ir olma so‘zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,
Ana, yurishibdi kiyganlari zar,
Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar –
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor.

Qurboning bo‘layin, ey onajonim,
Sening faryodlaring – mening fig‘onim,
O‘tmishingni o‘ylab qiynalar jonim,
Aytsam ado bo‘lmas dostonlaring bor.

©Muhammad Yusuf

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 14:47


#ibrat

Kobra pitonni tishlagan, piton esa kobrani bo‘g‘gan.Kobra bo‘g‘ilib, piton esa zahardan o‘ladi.

Odamlar ham xuddi shunday. Biri nafratini sochsa, biri g‘azabini ko‘rsatadi. Natija esa bir xil...

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 07:19


🇺🇿8-dekabr Konstitusiya kuniga katta baza

P.S.: Faylda quyidagilar mavjud:
senariylar
emblema
moddalar
bo'limlar
diktantlar tanlovi uchun shablonlar
videoroliklar
she'rlar va boshqalar fayllar
💾 Format: Rar

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 07:19


Ushbu jadvalda qo‘shimchalarning qaysi turkumdan qaysi turkum yasashi ham, shakldoshligi ham misollar yordamida berilgan

❗️Milliy sertifikatning 7-savoli uchun qo‘l keladi.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 07:18


⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari 👉 https://t.me/uztdi/8938

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:54


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:54


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:54


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:54


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:53


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:53


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:53


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:53


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:52


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:52


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:52


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:52


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:52


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

26 Nov, 06:52


O‘zbek (davlat) tili BSB-2

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

25 Nov, 03:57


6-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🎧 Alisherning Maksga yo‘llagan xati 6-bet

🎧Ulug‘bek rasadxonasi haqida. 13-bet

🎧 Alisher va uning do‘stlarining Samarqandga sayohati. 15-bet

🎧 Buxoro haqida Alisher va uning onasining o‘zaro dialogi. 17-bet

🎧 Xiva shahri haqida. 21-bet

🎧 Savitskiy muzeyi haqida. 24-bet

🎧Toshkent shahri tarixi haqida. 26-bet

🎧“Toshkanim onam qo‘shig‘i”. 32-bet

🎧Zardo‘zlik san’ati haqida. 37-bet

🎧Do‘ppi haqida. 39-bet

🎧Milliy liboslar haqida. 41-bet

🎧Danil va onasining zargarlik buyumlari haqidagi suhbati. 45-bet

🎧Yog‘och o‘ymakorligi haqidagi suhbat. 47-bet

🎧O‘zbekistondagi qadimiy minoralar haqida ma’lumot. 52-bet

🎧Alisher va uning do‘stlarining sayohatdagi xotiralari. 56-bet

🎧Kitob qahramonlarining poyezdlar haqidagi subati. 60-bet

🎧Nurota chashmasi. 65-bet

🎧Ikki qavatli avtobuslar tarixi. 58-bet

🎧Samolyotlar haqida qiziqarli faktlar. 68-bet

🎧Turli mamlakatlardagi qiziqarli yo‘l qoidalari haqida  75-bet

🎧Yo‘lda harakatlanish madaniyati haqida. 80-bet

🎧Shokirga berilgan imkoniyat. 84-bet

🎧Robototexnika haqida qiziqarli ma’lumotlar. 88-bet

🎧Dronlar haqida ma’lumot. 90-bet

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

25 Nov, 03:57


6-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar (2-qism)

🎧Sehrli tomchilar
🎧Kelajak energiyasi
🎧Shamol energiyasi
🎧Yashil binolar
🎧3D printer
🎧Kindl kitob
🎧Globus
🎧Alisher Navoiy
🎧Observatoriya
🎧Algoritm
🎧Ginnes rekordlari
🎧Internet
🎧Favqulodda vaziyatlar
🎧Taomlanish
🎧Dori-darmon
🎧Begona odamlar bilan munosabatlar
🎧Hayvonlarga g'amxorli
🎧Loyiha turlai
🎧Irodaning loyighasi
🎧Yosh tadiqiqotchi
🎧Ko'ngil ko'zi
🎧Maktabdagi aksiya
🎧Barakasini bersin
🎧Bolalarga bering dunyoni
🎧Maktabda kimoshdi
🎧Kimoshdi savdosi tarixi
🎧Qimmatbaho kitoblar
🎧Kimoshdi musobaqasi
🎧Mening loyiham
🎧Loyiham reklamasi
🎧Milloner tengdoshlarim
🎧Ishtiyoq

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

25 Nov, 03:57


7-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🎧O‘zbekiston sporti  haqida ma’lumotlar 6-bet

🎧Bahodir Jalolov  7-bet

🎧Paralimpiya oʻyinlari. 9-bet

🎧Maqsad va  harakat. 11-bet

🎧Ishtiyoqni aniqlash. 13-bet

🎧Muvaffaqiyatli odamlarning odatlari-15-bet

🎧Olimpiada oʻyinlari tarixi-18

🎧Tabiat va biz-20-bet

🎧Dorivor  oʻsimliklar-22-bet

🎧Asalari haqida qiziqarli ma’lumotlar. 24-bet

🎧Xongul. 26-bet

🎧Gʻaroyib qushlar. 28-bet

🎧Ibn Sino. 30-bet

🎧Sog`lom ovqatlanish. 32-bet

🎧Hunarmandchilik. 35-bet

🎧Me’morchilik. 37-bet

🎧Kiyimlar haqida. 39-bet

🎧Atlas tarixii. 41-bet

🎧Karving. 43-bet

🎧Plastik  mahsulotlar. 45-bet

🎧Boris Aleksandrovdan muvaffaqiyatli biznesmenning  5 qoidasi: 49-bet

🎧Kelajakning top 10 kasblari:51-bet

🎧Yoʻqolayotgan kasblar :53-bet

🎧Kelajakning top 10 kasblari:55-bet

🎧AT kelajak sohasi:57-bet

🎧Yigitlar:59-bet

🎧G‘aroyib kasblar haqida. 62-bet

🎧Genri Ford  63-bet

🎧Kelajakdagi texnikalar. 66-bet

🎧Dazmol tarixi. 68-bet

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

25 Nov, 03:57


7-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar (2-qism)

🎧Alo, alo 70-bet
🎧Aqlli uylar 76-bet
🎧Dronlar 74--bet
🎧Festivallar 101-bet
🎧hashar elga yarashar 92-bet
🎧Mahalla guzari 84-bet
🎧Mening vatanim 97-bet
🎧Parvozga shaylaning 72-bet
🎧Transportlar 99-bet
...
...

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

25 Nov, 03:57


10-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar (2-qism)

🎧Temperament
🎧Jism va ruh
🎧Kamalak
🎧Rang-barang olam. Musiqa rangi.
🎧Xromofobiya.
🎧Daltonizm.
🎧Dunyodagi eng sevimli rang – moviy.
🎧Ijtimoiy odoblar. Odob – inson ziynati.
🎧Fazilat. Mutolaa haqida. Herman Hesse.
🎧Salomatlik va gigiyena. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti haqida.
🎧Sog‘lom mahsulotlar. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nizomi va tamoyillari.
🎧Talab va taklif. Parfumeriya
🎧Mening kunim. Gigiyena
🎧Sanitariya
🎧Tabobat.
🎧Parhez.
🎧“Avitsenna usuli”.
🎧Bu qiziq! Faktlar.
🎧Baxshichilik. Dutorning yaratilish afsonasi
🎧Sharq taronalari
🎧Musiqa va men
🎧Sato Do‘mbira haqida afsona
🎧O‘zbekcha kuylayman
🎧Adabiyot
🎧Bizning kino
Mehmondo‘stlik
🎧Teatr san’ati
🎧Nabiramga xat
🎧O‘zbekcha o‘zgacha
🎧Topib gapir
🎧Qiziq gaplar
🎧Ibora
🎧Idiomalar
🎧Jargonlar
🎧Mening sarguzashtlarim
🎧Do‘stimga xat
🎧Antiqa sport turlari
🎧Zehn g‘alabasi
🎧Milliy kurash
🎧Ko‘pkari
🎧Olimpiada
🎧Muvaffaqiyatli biznes
🎧Dunyoga tanilgan ishbilarmonlar
🎧Zamon qahramonlari
🎧Antiqa mashg‘ulotlar
🎧O‘zgaruvchan dunyo
🎧Startap
🎧Inson huquqlari
🎧Ombudsman
🎧Kuch – adolatda
🎧Mening huquqlarim
🎧Qonunlar nima uchun kerak?
Xammurapi qonunlar
🎧Men haqimda
🎧Iste’molchi huquqi
🎧Raqamlar
🎧Turfa olam Sovun pufagi shakli nega dumaloq?
🎧Bermuda uchburchagi
🎧Muzeylar

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

24 Nov, 09:53


Ekologik fojeyalar nafaqat atrof-muhitni, balki odamlarning salomatligini ham tahdid qiladi. Bu muammolarga qarshi turish uchun global hamkorlik, yashil texnologiyalarni joriy etish va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan choralar muhimdir.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

23 Nov, 17:16


❗️#Mulohaza 

Ilm va jaholat orasidagi qiyos

Jaholat + faqirlik = jinoyat
Jaholat + boylik = buzgʻunchilik
Jaholat + hurriyat = beboshlik
Jaholat + kuch = istibdod
Jaholat + din = terrorizm.

Endi jaholatni ilmga almashtirib, bir mulohaza qilib koʻring:

Ilm + faqirlik = qanoat
Ilm + boylik = kashfiyot
Ilm + hurriyat = baxt
Ilm + kuch = adolat
Ilm + din = toʻgʻri yoʻl.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

23 Nov, 11:08


📚 O‘zbek tilining amaliy gramatikasi
Nargiza Erkaboyeva


I-KITOB
✳️Fonetika
✳️Orfografiya
✳️Leksikologiya
✳️Morfemika
✳️Morfologiya


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

23 Nov, 06:30


Hurmatli qadrdon ustozlar!

O‘zbek tili(Davlat tili) fanidan attestatsiyada imtihonlariga tayyorlov kurslarimizga START beramiz.

Dekabr oyidan boshlanadigan kurslarimizga hammani taklif etamiz.

Tayyorlov kursimiz trener Gulmira Qodirova tomonidan olib boriladi.

Kurs uchun oylik to‘lov 150 ming so‘m.

To‘lov uchun karta
6262570152370690

Kursimizda ishtirok etishni istaganlar ushbu karta raqamiga to‘lovni amalga oshirib chekini @trening_admin ga yuborish kerak bo‘ladi.

Safimizga qo‘shiling va maqsadlaringizga biz bilan birgalikda erishing!

@uzbek_tili_trening

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

23 Nov, 06:30


👤 Gyote
📚 Hikmatlar xazinasi

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

23 Nov, 06:29


📗RAVISH SO'Z TURKUMI📗

⛹‍♂Harakatning bajarilish tarzi, payti, o'rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bilduruvchi va qanday? qachon? qayer(-ga, -da, -dan)? qancha? kabi so'roqlariga javob bo'luvchi so'zlar

📘TUB RAVISHLAR—tarkibi asos va yasovchi qismga bo'linmaydigan ravishlar

📙YASAMA RAVISHLAR—tarkibi asos va yasovchi qismga bo'linadigan ravishlar:

a) Affiksatsiya yoki morfologik usul ‐ so'z yasovchi qo'shimchalar yordamida ravish yasash usuli

📕RAVISH YASOVCHI QO'SHIMCHALAR:

🖊 -a: shartta, tappa
🖊 -an: ruhan, majburan
🖊 -in: qishin-yozin
🖊 -lab: oylab, misqollab
🖊 -larcha: bolalarcha, mardlarcha
🖊 -layin: tiriklayin, butunlayin
🖊 -lay: butunlay
🖊 -ligicha: xomligicha, butunligicha
🖊 -ona: mardona, xalqona
🖊 -cha: yangicha, o'zicha
🖊 -siz: to'xtovsiz
🖊 -chasiga: erkakchasiga, yigitchasiga
🖊 be- : betinim
🖊 bar- : barvaqt

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

22 Nov, 12:41


#Eslab_qoling

📚IBORALAR VA ULARNING IZOHLARI

aravangni tort
– jo‘nab qol, harakat qil;
aravani quruq olib qochmoq – uddalay olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq;
arpasini xom o‘rmoq – nima yomonlik qilmoq;
baland oxurdam yem yemoq – hayot darajasi, maishati yuqori bo‘lmoq;
boshi osmonga yetmoq – nihoyatda xursand bo‘lmoq;
boshi yostiqqa tegmoq – kasal bo‘lmoq;
boshini aylantirmoq – esankiratmoq;
bo‘yniga olmoq – e’tirof qilmoq, biror holatga rozi bo‘lmoq;
ipidan ignasigacha – butun tafsiloti bilan, mayda-chuydagacha, batafsil;
es-hushini yo‘qotmoq – 1) behush bo‘lmoq; 2) esankiramoq;
gap sotmoq – 1) bo‘lar bo‘lmas, keraksiz gaplarni gapirmoq; 2) gapirmoq, so‘zlamoq;
gullab qo‘ymoq – sirni fosh qilmoq, g‘ayrishuuriy ravishda oshkor qilmoq, sirini aytib qo‘ymoq;
ilon po‘st tashlaydi – chiday olmaslik, toqat qilib tura olmaslik;
ishtahasi karnay – 1) ishtahasi juda yaxshi; 2) xohishi zo‘r;
ichi qora – yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan;
kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq – haydab yubormoq;
ko‘kka ko‘tarmoq – ortiq darajada maqtamoq;
ko‘kragini yerga bermoq (ko‘kragini zaxga bermoq) – tushkunlikka tushmoq, qiynalmoq, azob chekmoq;
ko‘zi yetdi – ishondi, ishonchi hosil bo‘ldi;
ko‘nglini yozmoq – xafachiligini tarqatmoq;
loy bo‘lmoq – uyatdan mulzam bo‘lmoq, xijolatli ahvolga tushmoq;
me’dasiga tegmoq – 1) yoqmay qolmoq; 2) tanasi qabul qilmay qo‘ymoq;
misi chiqmoq – soxtaligi, yolg‘onligi fosh bo‘lmoq;
oyoq qo‘ymoq – biror ishga kirishmoq;
og‘zi ochilib qolmoq – hayron bo‘lmoq;
og‘ziga tolqon solmoq – mutlaqo gapirmaslik;
og‘zining tanobi qochmoq – juda xursand bo‘lmoq, suyunib ketmoq, iljaymoq;
og‘zi qulog‘iga yetmoq – behad suyunmoq, xursandchiligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaslik;
pixini yorgan – o‘taketgan uddaburon, quv;
podadan oldin chang chiqarmoq – ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqib gapirib yubormoq;
po‘stagini qoqmoq – ayovsiz tanqid qilmoq;
qildan qiyiq axtarmoq – deyarli aybi yo‘q odamni faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq;
quloq solmoq –1) eshitib e’tiborini qaratmoq; 2) quloq tutib eshitmoq, tinglamoq; 3) diqqat bilan tinglamoq, uni hisobga olmoq, amal qilmoq;
qulog‘iga tanbur chertmoq – tinglovchining befarqligi, loqaydligidan norozi bo‘lmoq;
qo‘li dard ko‘rmasin – qo‘li gul ijrochiga, o‘z kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan maqtov;
qo‘li egri – o‘zgalarning haqini, mulkini o‘g‘irlaydigan, mayda o‘g‘ri;
qo‘yi mingga yetmoq – behad sevinmoq;
so‘z bermaslik – 1) gapirishga imkon bermaslik; 2) va’da bermaslik;
taqdirga tan bermoq – 1) o‘z qismatiga, ko‘rguliklariga xudoning irodasi, xohishi deb rozi bo‘lmoq; 2) umuman ko‘nikmoq, chidamoq;
tegirmonga tushsa butun chiqadi – har qanday noqulay, yomon holatdan qutulishni yo‘lini topadi;
tepa sochi tikka bo‘lmoq – g‘oyat achchiqlanmoq, g‘azabga kelmoq;
tishini tishiga qo‘ymoq – bor kuch imkoniyati bilan o‘zini tutmoq, chidagan holda tutmoq;
tulki qiziga to‘y berdi – laylakqor yoqqanda, yerda qordan nishona bo‘lmagan holat;
tuyog‘ini shiqillatmoq – jo‘nab qolmoq, yo‘qolmoq, ketmoq; to‘n bichmoq – xulosa qilmoq;
yaxshi ko‘rmoq – 1) biror narsani, kishini yaxshi ko‘rmoq, ma’qul ko‘rmoq; 2) muhabbat qo‘ymoq;
yer bilan yakson qilmoq – yo‘q qilmoq; terisiga sig‘maslik – nihoyatda xursand bo‘lmoq;
yer ostida ilon qimirlasa bilmoq – nihoyatda ziyrak, sezgir;
yerga urmoq – qadrini kamsitmoq, tahqirlamoq;
yerga ursa ko‘kka sapchimoq – o‘taketgansho‘x, o‘taketgan betinim;
yulduzni benarvon uradigan– o‘taketgan olg‘ir;
yuragi orqaga tortmoq – qattiq cho‘chish holatiga tushmoq;
yuragi toza – pok, yuragida kiri yo‘q, birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan, dili pok, dali-g‘uli;
o‘pkasini cho‘pga ilmoq – shoshilib yurmoq, hovliqmoq (o‘pkasini qo‘ltiqlamoq ko‘rinishida ham qo‘llanadi);
o‘takasi yorilmoq – nihoyatda qo‘rqmoq.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

21 Nov, 06:19


Биз ишлаяпмиз...

Техника, технология, сунъий интеллект шу даражада ривожланиб кетдики ўқитувчиларга чексиз қулайликлар яратиляпти.
Масалан, кеча "Янги педагогик технологиялар" мавзусида онлайн семинар ташкил этилди.
Зуум орқали ташкил этилиши режалаштирилган онлайн семинарга тумандаги барча она тили муаллимлари туман марказидаги 59-мактабга соат 9.00 да етиб келишлари ҳақидаги буйруқни эшитиб "нодонлик" ва "аҳмоқлик"нинг чегараси йўқлигига яна бир бор ишондим.
Номард, онлайн семинар зуумда бўлса, ҳаммани бир жойга тўплашдан мақсад нима? Туманнинг энг чеккасидан устозлар 80 чақирим  узоқдаги мактабга бориб зуумда қатнашиши мантиқнинг қайси мантиғига тўғри келади???
Майли, зуумга бормаса, қатнашмаса таълим ривожланмай қолади дейдиганларга саволим - нега айнан онлайн семинар соат 9.00 да? Нега дарс вақтида?
Шу саволларни "каааатта"ларнинг каттасига берсам, "Буйруқ муҳокама этилмайди, ақлингиз етмаган ишларга аралашманг, биз ишлаяпмиз"-деб дўқ урди...
Олға д....лар.
Осмондан тушганим рост.
Асосийсини айтмабман - зуум бошланганда свет ўчиб қолганини ҳеч ким билмасин.😁
P.S. Зуумга кетган она тиличи муаллимларнинг дарсларини мен ўтдим. Мазза бўлди. Ўқувчилардан интернетнинг янги имкониятларини ўрганиб олдим.

©Qishloqlik o‘qituvchi

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

21 Nov, 05:30


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

21 Nov, 05:30


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Nov, 17:38


⚡️⚡️⚡️#ПКА_2024_Долзарб_саволларга_жавоблар

Янги олинган тоифа қачондан бошлаб кучга киради?

Савол:
Мен август-декабрь ойлари аттестациясида биринчи тоифани олдим. Янги тоифам бўйича қачондан бошлаб ҳақ тўланади?

❗️Жавоб: Низомнинг 48-банди: Педагог кадрларнинг базавий тариф ставкалари миқдори, уларнинг малака тоифаси ёки лавозими сертификат асосида белгиланади ҳамда уларнинг иш ҳақлари сертификат генерация қилинган кундан бошлаб қайта ҳисобланади.

P.S. 2024 йил август-декабрь ойлари аттестацияси учун Сертификатларни генерация қилиш декабрь ойининг охириги иш кунларида амалга оширилиши режалаштирилмоқда!
Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Nov, 09:40


#RASMAN

⚡️2025-yil "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e’lon qilindi.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Nov, 03:46


Odamzod...

"Yomg‘irni yaxshi ko‘raman" deysiz, lekin u yog‘ib boshlasa, darrov zontik ostiga panalaysiz.

"Oftobni yaxshi ko‘raman" deysiz-u, lekin u salgina qizdirib boshlasa, shoshilib soya-salqinga yashirinasiz.

"Shamolni yaxshi ko‘raman" deysiz, lekin u esgan zahoti eshik-derazalarni mahkamlaysiz.

Shuni uchunam ba’zan "Sizni yaxshi ko‘raman" desangiz, biroz o‘ylanib qolaman, janobi Odamzod...

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

19 Nov, 18:48


Ma‘nodosh so‘zlarning qo‘llanishi

Ma'nodosh so'zlar (sinonimlar) — bu ma'nosi bir-biriga yaqin yoki bir xil bo'lgan so'zlardir. Ular tilni boyitadi, so'z boyligini oshiradi va matnni takrorlashdan qochishga yordam beradi. Ma'nodosh so'zlar, shuningdek, so'zning ma'no rang-barangligini ko'rsatadi, nutqni ifodali va ta'sirli qiladi.

Ma'nodosh so'zlarning qo‘llanishi:

1. Takrorlanishni oldini olish:

Ma'nodosh so'zlar bir xil ma'no ifodalashda takrorlanishdan saqlanish uchun ishlatiladi. Masalan:

"Yaxshi" va "a'lo" so'zlari, "yaxshi"ni takrorlamasdan, o'zgarish kiritish imkonini beradi.

2. Nuanslarni ko‘rsatish:

Ba'zi sinonimlar ma'lum bir holat yoki kontekstga qarab aniq nuanslarni ifodalashda farq qiladi. Misol:

"Baxtli" va "quvnoq" so'zlari bir-biriga yaqin, ammo "baxtli" ko'proq ichki holatni, "quvnoq" esa tashqi ko'rinish yoki kayfiyatni bildirishi mumkin.

3. Badiiy ifodalarni kuchaytirish:

Adabiyotda va san'atda sinonimlar ko'pincha tasvirni yanada boyitish va his-tuyg'ularni kuchaytirish uchun ishlatiladi. Masalan:

"Chiroyli" va "go'zal" so'zlari o'rtasidagi farq badiiy asarlarda muayyan kontekstdagi ta'sirni kuchaytirish uchun qo'llanadi.

4. Turli kontekstlarda ishlatish:

Biror so'zning sinonimlari ba'zan turli xil kontekstlarda ishlatiladi. Misol:

"Muvaffaqiyat" va "yutuq" so'zlari hammasi bir xil ma'noni anglatadi, lekin "muvaffaqiyat" ko'proq umumiy, "yutuq" esa ko'proq ma'lum bir vaziyatga doir bo'lishi mumkin.

5. Tayyor iboralar va idiomatik ifodalar:

Ko'pincha ma'nodosh so'zlar birgalikda idiomatik iboralarda yoki tayyor ifodalarda ishlatiladi. Masalan:

"Ko'z ochib yumguncha" (tezda) va "bir zumda" (tezlik bilan).

Misollar:

Yaxshi — zo'r — a'lo: O'xshash ma'noda ishlatilsa ham, har bir so'zning o'ziga xos kontekstlari bor.

Hushyor — ogoh — boshqaruvchi: Hamma so'zlar diqqat va ehtiyotkorlikni ifodalaydi, lekin kontekstdan qarab ularning ishlatilishi farq qilishi mumkin.

Tez — charchamagan — qisqa: O'zbek tilida sinonimlar turli holatlar va uslublarda ifodalanadi.

Ma'nodosh so'zlar to'g'ri ishlatilganida, ular matnni boyitadi, unga mazmunan chuqurlik kiritadi va nutqni yanada aniqroq va ta'sirchan qiladi.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

19 Nov, 18:48


Ko‘chma ma‘noli so‘zlarning qo‘llanishi

Ko'chma ma'noli so'zlar — bu biror tushuncha yoki obrazni ifodalash uchun biror so'z yoki iboraning boshqa ma'noda ishlatilishidir. Ko'pincha bunday so'zlar haqiqiy, to'g'ridan-to'g'ri ma'nolardan tashqari, boshqa ma'nolarni anglatadi va badiiy yoki nutqning ta'sirchanligini oshiradi.

Ko'chma ma'noli so'zlarning qo'llanishi quyidagi shakllarda bo'lishi mumkin:

1. Metafora (tasviriy taqqoslash) — bu biror narsani boshqa narsaga o'xshatish yoki uning o'rnida ishlatish. Misol: "Hayot — bu yo'l", bunda hayotning o'zgaruvchanligi va davomiyligi yo'lga o'xshatilgan.

2. Metonimiya — biror narsani uning atributi yoki yaqin aloqasi asosida ifodalash. Misol: "Kamalakdagi ranglar" (kamalak o'zida ranglarni anglatadi).

3. Synecdoche — butun bir narsani uning bir qismini yoki aksincha, qismini butun narsaga tenglashtirib ifodalash. Misol: "Bir qo'l yordam berdi" (bu yerda qo'l odamni bildiradi).

4. Iboralar — ba'zan kengaytirilgan ma'no yoki ifoda orqali biror tasavvurga nisbatan o'zgarish yuz beradi. Misol: "Yuragi to'lib ketdi" (bu yerda yurak hissiyotlarni bildiradi, jismoniy holat emas).

Ko'chma ma'noli so'zlar o'zbek adabiyotida, shuningdek, kundalik nutqda ham keng qo'llaniladi. Ular ijodkorlikni, tilni rang-barang qilishni, nutqni yanada jonli va ta'sirchan qilishni ta'minlaydi.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

19 Nov, 18:45


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

19 Nov, 18:38


https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

19 Nov, 09:14


#Esse

Bugungi yangi darsliklarning afzalliklari va qo‘llanilish tartibi

Bugungi kunda darsliklar ta'lim tizimining ajralmas qismi bo‘lib, ta'limning sifatini belgilovchi eng muhim omillardan biridir. Yangi darsliklar nafaqat an'anaviy bilimlarni o‘rgatish, balki zamonaviy texnologiyalar va pedagogik yondashuvlar asosida yaratilgan, shuning uchun ular talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularning ijodiy yondashuvini oshirish va zamon talablariga moslashishni ta'minlashda katta rol o‘ynaydi.

Yangi darsliklarning asosiy xususiyatlari

Bugungi yangi darsliklar bir qator o‘zgarishlar bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular interaktiv va innovatsion bo‘lishi kerak. Oldingi darsliklar ko‘pincha faqat ma'lumotni taqdim etish va ularni yodlashga asoslangan edi. Hozirgi darsliklar esa o‘quvchilarga bilimni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratishga qaratilgan. Masalan, zamonaviy matematika darsliklari murakkab masalalarni yechishda o‘quvchilarga ilg‘or texnologiyalarni (ilovalar, onlayn testlar, video darslar) qo‘llashni taklif etadi. Bu esa o‘quvchilarning tushunishini yaxshilaydi va ta'lim jarayonini yanada qiziqarli qiladi.

Ikkinchidan, yangi darsliklar multimedia vositalarini keng qo‘llaydi. Hozirgi vaqtda videolar, animatsiyalar, interaktiv mashqlar va o‘yinlar orqali bilim berish odatiy holga aylandi. Bu vositalar o‘quvchilarni faqat matn bilan emas, balki tasvir va audio materiallar orqali ham bilim olishga undaydi. Masalan, biologiya darsliklarida organizmlar va hujayralar tuzilmasini 3D modellarda ko‘rish imkoniyati taqdim etiladi, bu esa o‘quvchilarga mavzuni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Ta'limni shaxsiylashtirish

Yangi darsliklarning yana bir muhim jihati bu ta'limni shaxsiylashtirishga qaratilganligi. Har bir o‘quvchi o‘z tezligi bilan o‘rganishi, o‘zining kuchli va zaif tomonlariga mos ravishda o‘quv materiallarini tanlashi mumkin. Buning uchun darsliklarda turli darajadagi mashqlar, qo‘shimcha materiallar va izohlar mavjud. Masalan, o‘quvchilarga bir xil mavzu bo‘yicha turli xil qiyinchilik darajasidagi masalalar beriladi, bu esa o‘quvchilarning o‘z bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi va ta'lim jarayonini yanada samarali qiladi.

Yangi darsliklarning ijtimoiy va madaniy ta'siri

Zamonaviy darsliklar faqat ilmiy bilimlarni o‘rgatish bilan cheklanmaydi, balki ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni ham muhokama qiladi. Masalan, adabiyot va tarixi fanlaridagi darsliklarda dunyo xalqlari o‘rtasidagi multikulturalizm, inson huquqlari, ekologik masalalar va global muammolar kabi mavzular keng yoritilmoqda. Bu esa o‘quvchilarda dunyoqarashni kengaytiradi va ularni jamiyatga mas'uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalaydi.

Xulosa

Bugungi yangi darsliklar ta'lim jarayonining sifatini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Ular faqat bilim berishdan tashqari, o‘quvchilarning fikrlash, ijodkorlik va jamiyatdagi o‘rnini anglash kabi muhim jihatlarni rivojlantiradi. Darsliklarning interaktivligi, multimedia vositalaridan foydalanish, shaxsiylashtirilgan yondashuv va ijtimoiy mas'uliyatni targ‘ib qilish kabi xususiyatlar ta'lim tizimini yanada samarali va zamonaviy qiladi. Shu sababli, yangi darsliklar nafaqat o‘quvchilarning akademik bilimlarini oshiradi, balki ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

18 Nov, 08:46


O‘zbek tili grammatikasini o‘rganish uchun samarali va oson yo‘llar quyidagicha:

1. Asosiy tushunchalarni o‘rganish

Grammatikani o‘rganishni boshlashda asosiy tushunchalarni bilish juda muhim. Bu tushunchalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

So‘z turkumlari (fe’l, ot, sifat, predikat, olmosh, bog‘lovchi, qo‘shimchalar va h.k.)

So‘zning tarkibi va tuzilishi (yakka va ko‘plik, shaxs, zamon, qo‘shimchalar)

Gap va uning qismlari (predikat, subyekt, obyekt va h.k.)


2. Oddiy gaplarni tuzish

Oddiy gaplarni o‘rganish bilan boshlang. Bu dastlabki bosqichda so‘z turkumlarining qanday ishlashini tushunishga yordam beradi. Masalan:

Fe’lni, otni va sifatni birlashtirgan oddiy gaplar bilan mashq qiling.

Men kitob o‘qiyman. (fe’l: o‘qiyman, ot: kitob)

Yaxshi bola o‘qiydi. (sifat: yaxshi, ot: bola)



3. Grammatik qo‘llanmalar va darsliklardan foydalanish

Yaxshi grammatik qo‘llanma yoki o‘quv kitoblari yordamida so‘z turkumlari, gap tuzilishi, qo‘shimchalar, zamonlar va boshqalarni o‘rganing. O‘zbek tilining grammatikasi haqida yozilgan darsliklar hammasi amaliy mashqlar bilan bo‘lishi lozim, shuning uchun o‘quv qo‘llanmasini tanlashda bu jihatni inobatga oling.

4. Grammatik mashqlarni muntazam bajarish

Grammatika o‘rganishda mashqlar qilish juda muhim. Oddiy grammatika mashqlarini (gap tuzish, fe’lni to‘g‘ri ishlatish, qo‘shimchalar bilan ishlash va h.k.) kundalik ravishda bajaring. Har bir grammatik qoidani o‘rganib, uni amalda qo‘llashga harakat qiling.

5. Sodda matnlarni o‘qish

O‘zbek tilidagi oddiy hikoyalar, maqolalar yoki she’rlarni o‘qish grammatika qoidalarini tushunishga yordam beradi. O‘qigan matningizdagi so‘zlar va grammatik strukturalarni tahlil qiling:

Har bir gapni ajratib, qanday grammatik elementlardan foydalanilganini aniqlang.

O‘qiganlaringizni qayta yozing, grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishiga e'tibor qarating.


6. Tilni gapirish va yozish mashqlarini qilish

Grammatikani o‘rganishda tilni faqat o‘qish orqali emas, balki gapirish va yozish orqali ham mustahkamlash kerak. O‘zingizni grammatik jihatdan aniq ifodalash uchun tilni amaliyotda qo‘llang:

Kichik hikoyalar yoki kundalik yozing.

O‘zaro suhbatlarda grammatik qoidalarni to‘g‘ri ishlatishga harakat qiling.


7. O‘rganayotgan materiallarni qayta ko‘rib chiqish

Grammatika o‘rganishda doimiy takrorlash va o‘rganilgan materiallarni qayta ko‘rib chiqish juda muhim. O‘rganilgan qoidalar va mashqlarni vaqt-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqib, ularni mustahkamlang.

8. O‘rganish uchun mobil ilovalar va veb-saytlar

Hozirgi kunda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish uchun ko‘plab mobil ilovalar va onlayn resurslar mavjud. Ularni foydalanib, interaktiv tarzda o‘rganish oson va samarali bo‘ladi.

9. Doimiy mashqlar va sabr-toqat

Grammatikani o‘rganish vaqtni oladigan jarayon bo‘lishi mumkin, shuning uchun sabrlik va doimiy mashqlar orqali uni mustahkamlash muhimdir. Yaxshi natijalarga erishish uchun tilda doimiy ishlash kerak.

10. Tillarni o‘rganish guruhlari yoki darslari

Agar imkoniyatingiz bo‘lsa, o‘rganayotgan tilingizni boshqalar bilan birga o‘rganing. Tilingizni o‘rganish guruhlariga yoki darslariga qatnashish sizga motivatsiya beradi va grammatikani tezroq o‘rganishga yordam beradi.

Grammatikani o‘rganishda eng muhim narsa — o‘rganish jarayonida qat'iyatli bo‘lish, xatolarni tuzatish va har bir yangi ma'lumotni sinchiklab o‘zlashtirishdir.

https://t.me/Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

12 Nov, 12:19


#qaqnus

🎙 Farrux Amirov

📺 "Qaqnus"

Madaniyat va maʼrifat telekanali⬇️

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

12 Nov, 04:25


#maksimal_ulashing


Pedagogik mahorat bo'yicha
29.10.2024 ya'ni bugun tushgan testlar
.

Javobi bilan
Manbasi bilan
Fayl holatda chiqarib olsa bo'ladi

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

11 Nov, 06:03


#Yangi_darslik

📘O‘zbek tili
📌5-sinf darsligi 2024

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

11 Nov, 05:20


6-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🎧 Alisherning Maksga yo‘llagan xati 6-bet

🎧Ulug‘bek rasadxonasi haqida. 13-bet

🎧 Alisher va uning do‘stlarining Samarqandga sayohati. 15-bet

🎧 Buxoro haqida Alisher va uning onasining o‘zaro dialogi. 17-bet

🎧 Xiva shahri haqida. 21-bet

🎧 Savitskiy muzeyi haqida. 24-bet

🎧Toshkent shahri tarixi haqida. 26-bet

🎧“Toshkanim onam qo‘shig‘i”. 32-bet

🎧Zardo‘zlik san’ati haqida. 37-bet

🎧Do‘ppi haqida. 39-bet

🎧Milliy liboslar haqida. 41-bet

🎧Danil va onasining zargarlik buyumlari haqidagi suhbati. 45-bet

🎧Yog‘och o‘ymakorligi haqidagi suhbat. 47-bet

🎧O‘zbekistondagi qadimiy minoralar haqida ma’lumot. 52-bet

🎧Alisher va uning do‘stlarining sayohatdagi xotiralari. 56-bet

🎧Kitob qahramonlarining poyezdlar haqidagi subati. 60-bet

🎧Nurota chashmasi. 65-bet

🎧Ikki qavatli avtobuslar tarixi. 58-bet

🎧Samolyotlar haqida qiziqarli faktlar. 68-bet

🎧Turli mamlakatlardagi qiziqarli yo‘l qoidalari haqida  75-bet

🎧Yo‘lda harakatlanish madaniyati haqida. 80-bet

🎧Shokirga berilgan imkoniyat. 84-bet

🎧Robototexnika haqida qiziqarli ma’lumotlar. 88-bet

🎧Dronlar haqida ma’lumot. 90-bet

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

11 Nov, 03:38


7-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🎧O‘zbekiston sporti  haqida ma’lumotlar 6-bet

🎧Bahodir Jalolov  7-bet

🎧Paralimpiya oʻyinlari. 9-bet

🎧Maqsad va  harakat. 11-bet

🎧Ishtiyoqni aniqlash. 13-bet

🎧Muvaffaqiyatli odamlarning odatlari-15-bet

🎧Olimpiada oʻyinlari tarixi-18

🎧Tabiat va biz-20-bet

🎧Dorivor  oʻsimliklar-22-bet

🎧Asalari haqida qiziqarli ma’lumotlar. 24-bet

🎧Xongul. 26-bet

🎧Gʻaroyib qushlar. 28-bet

🎧Ibn Sino. 30-bet

🎧Sog`lom ovqatlanish. 32-bet

🎧Hunarmandchilik. 35-bet

🎧Me’morchilik. 37-bet

🎧Kiyimlar haqida. 39-bet

🎧Atlas tarixii. 41-bet

🎧Karving. 43-bet

🎧Plastik  mahsulotlar. 45-bet

🎧Boris Aleksandrovdan muvaffaqiyatli biznesmenning  5 qoidasi: 49-bet

🎧Kelajakning top 10 kasblari:51-bet

🎧Yoʻqolayotgan kasblar :53-bet

🎧Kelajakning top 10 kasblari:55-bet

🎧AT kelajak sohasi:57-bet

🎧Yigitlar:59-bet

🎧G‘aroyib kasblar haqida. 62-bet

🎧Genri Ford  63-bet

🎧Kelajakdagi texnikalar. 66-bet

🎧Dazmol tarixi. 68-bet

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

11 Nov, 03:24


10-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar (2-qism)

🎧Temperament
🎧Jism va ruh
🎧Kamalak
🎧Rang-barang olam. Musiqa rangi.
🎧Xromofobiya.
🎧Daltonizm.
🎧Dunyodagi eng sevimli rang – moviy.
🎧Ijtimoiy odoblar. Odob – inson ziynati.
🎧Fazilat. Mutolaa haqida. Herman Hesse.
🎧Salomatlik va gigiyena. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti haqida.
🎧Sog‘lom mahsulotlar. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nizomi va tamoyillari.
🎧Talab va taklif. Parfumeriya
🎧Mening kunim. Gigiyena
🎧Sanitariya
🎧Tabobat.
🎧Parhez.
🎧“Avitsenna usuli”.
🎧Bu qiziq! Faktlar.
🎧Baxshichilik. Dutorning yaratilish afsonasi
🎧Sharq taronalari
🎧Musiqa va men
🎧Sato Do‘mbira haqida afsona
🎧O‘zbekcha kuylayman
🎧Adabiyot
🎧Bizning kino
Mehmondo‘stlik
🎧Teatr san’ati
🎧Nabiramga xat
🎧O‘zbekcha o‘zgacha
🎧Topib gapir
🎧Qiziq gaplar
🎧Ibora
🎧Idiomalar
🎧Jargonlar
🎧Mening sarguzashtlarim
🎧Do‘stimga xat
🎧Antiqa sport turlari
🎧Zehn g‘alabasi
🎧Milliy kurash
🎧Ko‘pkari
🎧Olimpiada
🎧Muvaffaqiyatli biznes
🎧Dunyoga tanilgan ishbilarmonlar
🎧Zamon qahramonlari
🎧Antiqa mashg‘ulotlar
🎧O‘zgaruvchan dunyo
🎧Startap
🎧Inson huquqlari
🎧Ombudsman
🎧Kuch – adolatda
🎧Mening huquqlarim
🎧Qonunlar nima uchun kerak?
Xammurapi qonunlar
🎧Men haqimda
🎧Iste’molchi huquqi
🎧Raqamlar
🎧Turfa olam Sovun pufagi shakli nega dumaloq?
🎧Bermuda uchburchagi
🎧Muzeylar

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

11 Nov, 03:24


6-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar (2-qism)

🎧Sehrli tomchilar
🎧Kelajak energiyasi
🎧Shamol energiyasi
🎧Yashil binolar
🎧3D printer
🎧Kindl kitob
🎧Globus
🎧Alisher Navoiy
🎧Observatoriya
🎧Algoritm
🎧Ginnes rekordlari
🎧Internet
🎧Favqulodda vaziyatlar
🎧Taomlanish
🎧Dori-darmon
🎧Begona odamlar bilan munosabatlar
🎧Hayvonlarga g'amxorli
🎧Loyiha turlai
🎧Irodaning loyighasi
🎧Yosh tadiqiqotchi
🎧Ko'ngil ko'zi
🎧Maktabdagi aksiya
🎧Barakasini bersin
🎧Bolalarga bering dunyoni
🎧Maktabda kimoshdi
🎧Kimoshdi savdosi tarixi
🎧Qimmatbaho kitoblar
🎧Kimoshdi musobaqasi
🎧Mening loyiham
🎧Loyiham reklamasi
🎧Milloner tengdoshlarim
🎧Ishtiyoq

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

11 Nov, 03:24


7-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matnlar (2-qism)

🎧Alo, alo 70-bet
🎧Aqlli uylar 76-bet
🎧Dronlar 74--bet
🎧Festivallar 101-bet
🎧hashar elga yarashar 92-bet
🎧Mahalla guzari 84-bet
🎧Mening vatanim 97-bet
🎧Parvozga shaylaning 72-bet
🎧Transportlar 99-bet
...
...

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

11 Nov, 03:18


🔔MAKTAB

Baxtga narvon, bilimga kon erur maktab,
Zakovat doniga xirmon erur maktab.
O'g'il-qizlar, o'qing ulkan murod ko'zlab,
Ziyo topmoq uchun imkon erur maktab.
O'qing, minglab ahli dono kerak yurtga,
Yana Bobur, ibn Sino kerak yurtga.

Navoiy so'zni zar etdi ilm istab,
Buxoriy el kezib o'tdi ilm istab.
Riyoziyot shohi bo'ldi Xorazimiy,
Ulug'bek yulduzga yetdi ilm istab.
O'qing, Farg'oniy, Huvaydo kerak yurtga,
Beruniy, Termiziy, Kubro kerak yurtga.

Necha yovdan qaqshagan bu aziz tuproq,
Qadim janglar guvohi har dala, so'qmoq.
Buyuk yurt tarixin anglab g'urur to'plang,
Mard bobongiz Temurbekdek turing ogoh.
O'qing, idrokli posbonlar kerak yurtga,
Shiroq yanglig' pahlavonlar kerak yurtga.

Surib davron, Vatanda xon bo'ling doim,
Qadoqqo'l bu elga darmon bo'ling doim.
Shahar tiklang, oching dunyo sari yo'llar,
Nomi besh qit'ada doston bo'ling doim.
O'qing, ongli qizu o'g'lon kerak yurtga,
Qodiriy, Nodira, Cho'lpon kerak yurtga.

Qunt ila qirq hunar olmoqqa shahd aylang,
Shamoldan ham shakar olmoqqa shahd aylang.
Zamondan-da yurib ilg'or, bo'lib koshif,
Har ilmdan samar olmoqqa shahd aylang.
O'qing, qudrat ila shuhrat kerka yurtga,
Ma'rifatga tashna millat kerak yurtga.

Ma'rifatsiz elat maqsadda jam bo'lmas,
Ma'rifatli o'lka yotga qaram bo'lmas.
Agar maktab quyosh ersa, ilm nurdir,
Fikrsiz bosh ichra hattoki sham bo'lmas.
O'qing, fikri yorug' avlod kerak yurtga,

Va ertangi taraqqiyot kerak yurtga.

✍️Anvar Obidjon

2-chorak barchamizga hayirli kelsin!


@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

10 Nov, 08:34


#10fakt

Jahon tarixidagi eng qudratli va yirik imperiyalardan biriga asos solgan, o‘zi ishtirok etgan janglardan birontasida mag‘lub bo‘lmagan, 27 davlat hududini zabt etgan buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqida 10 ta fakt bilan tanishing!

Aziz yoshlar, sun’iy intellekt yordamida yaratilayotgan mazkur loyiha orqali siz yana kimlar haqida ma’lumot olishni xohlar edingiz?


@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

10 Nov, 08:30


⚡️PEDAGOG VA XODIMLAR JORIY YIL TUGAGUNGA QADAR MALAKA OSHIRISH KURSIDA O‘QIB TEGISHLI SERTIFIKAT OLISHLARI SHART.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qaroriga ko‘ra: 👇👇

Xodim asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda (joriy yil davomida) malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Mazkur xodimning ta’lim muassasasida o‘z lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirgan bo‘lishi talab qilinadi.

Yuristga savolingiz bo‘lsa👇
@yuridikxizmatmurojaat

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

10 Nov, 06:45


10.11.2024 🍂

Umr o‘tkazishning ikkita usuli bor. Birinchisi, go‘yo hech qanday mo‘jiza yo‘qday yashab o‘tish. Ikkinchisi, hayotdagi hamma narsa mo‘jiza ekaniga ishonib yashab o‘tish.

✍️ Albert Eynshteyn

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

09 Nov, 05:29


📚 2-sinf O'zbek tili 2-chorak 2024-2025

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

05 Nov, 12:49


🎲Attestatsiya 2024/2025 2.11.2024 tushgan Pedagogik savollar” testi
🖊 20 ta savol · 45 soniya

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

05 Nov, 09:03


#Ikki_kunlik_profil_rasmi_va_madhiyasi

Assalomu alaykum ustozlar bu yilgi attestatsiya testiga "gap yo‘q" o‘qituvchiga nisbatan eng osonlashtirilgan testlarni taqdim etibdi. Buning uchun testni taqdim qilgan ma‘sul hodimlarga o'z minnatdorligimizni bildiramiz. Tan olib aytishim mumkin yopiq guruhlarda tayyorlangan ustozlar 80–90% o‘tkanligiga kafolat beraman. Sababi test oddiy tahlil asosidagi ishlanadigan testlar bandidan edi. Nima bo‘lganda ham attestatsiyadan toifa olgan ustozlarni chin qalbimdan tabriklayman🎉

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

01 Nov, 17:24


1-oktabrdan sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?
Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun to‘lovlar o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (1 155 000 so‘m) nisbatan foiz hisobida to‘lanadi.
infdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:

– 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz (304 490 so‘m);

– 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz (364 980 so‘m);

– 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz (426 195 so‘m);

– 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz (486 255 so‘m);

– 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (609 840 so‘m).
Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz (104 640 so‘m), 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz (203 280 so‘m).


Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (203 280 so‘m).

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

01 Nov, 17:04


#attestatsiya

Ayrim testlarni ulashyapman, ishlab koʻrishingiz mumkin. Qayta-qayta ishlash orqali toʻgʻri javoblarni miyangizga joylasangiz ham boʻladi.

Pedagogikadan test 1

Pedagogikadan test 2

Pedagogikadan test 3

Kasb standartidan testlar

1-repetitsiyada tushgan testlar

P.S. testlar oʻtgan galgi attestatsiya vaqti tuzilgan. Testlarni oʻzim dars oʻtgan guruh uchun tuzganman, ularning ruxsati bilan eʼlon qilyapman. Rahmatni ularga aytishingiz kerak.
©birgap

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

01 Nov, 15:53


#DIQQAT

‼️⚡️Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida 2025-yilni Alisher Navoiy yili deb e’lon qilishni taklif etdi

Ayni paytda, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

01 Nov, 15:37


Attestatsiya test sinovi o'tkaziladigan sanalarda o'zgarish bo'ldi

Attestatsiyada ishtirok etuvchi nomzod pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlarni xatlovdan oʻtkazish natijasida ayrim fanlardan oʻtkaziladigan malaka sinov kunlari boshqa kunga ko'chirildi.

❗️Attestatsiya test sinovi sanalariga oʻzgartirish kiritilgan fanlar

11-12-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Nemis tili, Fransuz tili fanlari sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

13-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Musiqa madaniyati fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

14-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Jismoniy tarbiya fani sinov jarayonlari 18-noyabr kuniga;

15-noyabrda oʻtkazilishi belgilangan Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlari sinov jarayonlari 19-noyabr kuniga ko’chirildi.

***

Quyidagi fanlarda test sinovi sanalarida hech qanday oʻzgarish bo'lmagan

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun);

Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun);

Boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);

Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);

Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);

Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);

Ingliz tili, Koreys tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);

Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi — oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, Oʻqituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog — 15-noyabr kuni (1 kun);

San'at va madaniyat fanlaridan (umumiy nom ostida yozildi) — 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

📍Attestatsiya test sinovlari o'tkaziladigan manzillar

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

01 Nov, 15:27


❗️Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazilish sanalari o‘zgardi

Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi hamda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi.

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

01 Nov, 15:26


Olimpiada sanalari boshqa kunga o‘zgartirildi 👇

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

01 Nov, 14:54


#olimpiada2024

Olimpiadaning Tuman, shahar va viloyat (2-3-bosqich) bosqichlari buyrug'i

MMTVning 2024-yil 11-oktabrdagi 331-sonli buyrug'i

P.S.: Barcha ilovalar, olimpiada o'tkazish tartibi va baholash mezonlari bilan birga

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

01 Nov, 06:19


#10_fakt

160 dan ortiq asarlar muallifi Abu Nasr Farobiy haqida 10 fakt

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

31 Oct, 17:17


#Uyga_vazifa

Esse yozish varaqasi

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

31 Oct, 16:54


O‘qituvchiga ham, o‘quvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

31 Oct, 16:18


#Esse_yozish_qoidasi

Endi o‘quvchilarimizni olimpiada viloyat bosqichiga esse yozish tartibini oson yo‘li bilan mashq qildiramiz.

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

31 Oct, 16:02


Suratdagi ushbu odam 1837-yilda barchamiz uchun muhim bo‘lgan maktabdagi 3 oylik yozgi ta’tilni o‘ylab topgan o‘qituvchi Goratsiy Mann bo‘ladi.

Bu shaxsga xurmat bajo keltiringlar, aziz o‘qituvchi va o‘quvchilar!

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Oct, 15:02


Жорий йилнинг 28 октябрь куни каналимиз ходимлари иштирокида навбатдаги онлайн мулоқот ўтказилди.

📌 Мулоқот давомида:

Тест синовларида иштирок эта олмаса қандай йўл тутилади?

Тест синовлари топшириш муддатларини ўзгартириш мумкинми?

Тест топшириш ҳудудини ўзгартириш мумкинми?

Саволларга апелляция бериш тартиби қандай бўлиши ва бошқа кўплаб саволарга атрофлича жавоб берилди.

❗️🎙Кўпчилик педагоглар томонидан ушбу мулоқотда иштирок эта олмаганликлари сабабли, мулоқотнинг аудио-шаклида тақдим этиш сўралган.

‼️Аттестацияда иштирок этаёган педагогларга мулоқотни тўлиқ эшитишни тавсия қиламиз!

P.S. Мулоқот давомидаги узилишлар ва техник носозликлар учун узр сўраймиз.

Murojaatlar uchun: 👉
@pkatdi_bot

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

30 Oct, 08:26


Аттестация жараёнларини онлайн кузатиб бориш учун махсус сайт ишга туширилди

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан педагог кадрларни аттестациядан ўтказиш жараёнларини шаффоф ташкил этиш мақсадида тест синовларини тўғридан-тўғри эфир (реал вақт режимида) орқали кузатиб бориш имконияти яратилди.

Бугун, 30 октябрь куни мазкур жараёнларга Математика ва Физика фанлари ўқитувчилари иштирок этмоқдалар.


Жараёнларни қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри кузатиб боришингиз мумкин:

https://cams.uzedu.uz/

©️ Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги

Murojaatlar uchun: @pkatdi_bot

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

29 Oct, 14:54


@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

24 Oct, 17:09


KUZ

Chori Avaz she’ri

Xazonlar raqsiga ma’yus termulib,
O‘tgan kunlarimdan mantiq axtardim.
Ilhom kelayotir do‘stimday kulib,
Munis kuzga ifsho etgali dardim.

Men quchoq ochgayman, do‘sti mehribon
Poyiga to‘shayman nigohlarimni.
Ul bilan sirlashmoq naqadar oson,
Hayotdan orttirgan gunohlarimni.


Ma’sum kuz ming yoshli donishmand sifat
Ohista g‘udranar ko‘zlarin yumib.
Har bir lahzasida go‘zal bir hikmat,
Unga to‘ymayapman tinglab, tikilib.

Yoshman-ku, ne uchun asov yurakni
Yuvosh torttiradi bu keksa navo?
Sevaman bahorni, qo‘ng‘ir kurtakni,
Kuzni ham sevmasdan bo‘lurmi ammo?!


Mening umrim nima? Mezondek daydib
Haq uchun kurashga hamroh istadim.
Ammo kimlargadir dardlarim aytib
Faqat she’rlar bitmoq bo‘ldi qismatim.

Mana, xazonlarning tilida navo,
Raqs etib yo‘qlikka qilmoqda safar.
Poklandimi she’rim bilan bu dunyo,
Axir, bitilgan she’r emas-ku zafar.

Huvillab yotibdi qorachiqlarim,
Hayhot, men ularni to‘ldirolmadim.
Jangga tayyor turgan najotkor qalbni
She’rdan boshqasiga ko‘ndirolmadim.

Kuz esa ming yoshli donishmand sifat
Ohista g‘udranar ko‘zlarin yumib.
Bu qanday afsungar, bu qanday xilqat,
Nechun to‘ymayapman unga tikilib?!

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

24 Oct, 05:21


@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

24 Oct, 03:42


7-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🎧O‘zbekiston sporti  haqida ma’lumotlar 6-bet

🎧Bahodir Jalolov  7-bet

🎧Paralimpiya oʻyinlari. 9-bet

🎧Maqsad va  harakat. 11-bet

🎧Ishtiyoqni aniqlash. 13-bet

🎧Muvaffaqiyatli odamlarning odatlari-15-bet

🎧Olimpiada oʻyinlari tarixi-18

🎧Tabiat va biz-20-bet

🎧Dorivor  oʻsimliklar-22-bet

🎧Asalari haqida qiziqarli ma’lumotlar. 24-bet

🎧Xongul. 26-bet

🎧Gʻaroyib qushlar. 28-bet

🎧Ibn Sino. 30-bet

🎧Sog`lom ovqatlanish. 32-bet

🎧Hunarmandchilik. 35-bet

🎧Me’morchilik. 37-bet

🎧Kiyimlar haqida. 39-bet

🎧Atlas tarixii. 41-bet

🎧Karving. 43-bet

🎧Plastik  mahsulotlar. 45-bet

🎧Boris Aleksandrovdan muvaffaqiyatli biznesmenning  5 qoidasi: 49-bet

🎧Kelajakning top 10 kasblari:51-bet

🎧Yoʻqolayotgan kasblar :53-bet

🎧Kelajakning top 10 kasblari:55-bet

🎧AT kelajak sohasi:57-bet

🎧Yigitlar:59-bet

🎧G‘aroyib kasblar haqida. 62-bet

🎧Genri Ford  63-bet

🎧Kelajakdagi texnikalar. 66-bet

🎧Dazmol tarixi. 68-bet

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

24 Oct, 03:42


6-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🎧 Alisherning Maksga yo‘llagan xati 6-bet

🎧Ulug‘bek rasadxonasi haqida. 13-bet

🎧 Alisher va uning do‘stlarining Samarqandga sayohati. 15-bet

🎧 Buxoro haqida Alisher va uning onasining o‘zaro dialogi. 17-bet

🎧 Xiva shahri haqida. 21-bet

🎧 Savitskiy muzeyi haqida. 24-bet

🎧Toshkent shahri tarixi haqida. 26-bet

🎧“Toshkanim onam qo‘shig‘i”. 32-bet

🎧Zardo‘zlik san’ati haqida. 37-bet

🎧Do‘ppi haqida. 39-bet

🎧Milliy liboslar haqida. 41-bet

🎧Danil va onasining zargarlik buyumlari haqidagi suhbati. 45-bet

🎧Yog‘och o‘ymakorligi haqidagi suhbat. 47-bet

🎧O‘zbekistondagi qadimiy minoralar haqida ma’lumot. 52-bet

🎧Alisher va uning do‘stlarining sayohatdagi xotiralari. 56-bet

🎧Kitob qahramonlarining poyezdlar haqidagi subati. 60-bet

🎧Nurota chashmasi. 65-bet

🎧Ikki qavatli avtobuslar tarixi. 58-bet

🎧Samolyotlar haqida qiziqarli faktlar. 68-bet

🎧Turli mamlakatlardagi qiziqarli yo‘l qoidalari haqida  75-bet

🎧Yo‘lda harakatlanish madaniyati haqida. 80-bet

🎧Shokirga berilgan imkoniyat. 84-bet

🎧Robototexnika haqida qiziqarli ma’lumotlar. 88-bet

🎧Dronlar haqida ma’lumot. 90-bet

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

24 Oct, 03:42


10-sinf Oʻzbek tili darsligi uchun tayyorlangan audio matn

🔰Renessans.
🎧Renessans. 8-bet

🔰Muzeylar.
🎧Muzeylar. 28-bet

🔰Bu nimani anglatadi?
🎧Bu nimani anglatadi? 20-bet

🔰Sharq bozorlari.
🎧Sharq bozorlari. 11-bet


🔰Donolar bisotidan.
🎧Donolar bisotidan. 14-bet.

🔰Nechta do‘stim bo‘lishi kerak?
🎧Nechta do‘stim bo‘lishi kerak? 23-bet

🔰Olam mo‘jizalari.
🎧Olam mo‘jizalari. 27-bet.

🔰Yurtimiz muzeylari.
🎧Yurtimiz muzeylari. 30-bet

🔰Ko‘hna va navqiron shaharlar. 
🎧Ko‘hna va navqiron shaharlar. 34-bet

🔰Tarixiy kutubxonalar.
🎧Tarixiy kutubxonalar. 35-bet

🔰Kitob va mutolaa.
🎧Kitob va mutolaa. 37-bet

🔰To‘maris.
🎧To‘maris. 41-bet

🔰Shiroq.
🎧Shiroq. 42-bet

🔰Baobab daraxti.
🎧Baobab daraxti. 44-bet

🔰Rivoyatlar.
🎧Rivoyatlar. 47-bet

🔰Savdo yo‘llari.
🎧Savdo yo‘llari. 48-bet

🔰Afsonaviy qush.
🎧Afsonaviy qush. 50-bet

🔰Bermud uchburchagi.
🎧Bermud uchburchagi. 52-bet

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

23 Oct, 12:12


Олти йилда от янги,
Ўн йилда уюр янги.
Ўттизда ўтов янги,
Қирқ йилда қозон янги.
Эллик йилда эл янги,
Тўқсон йилда тил янги.

Нурали Қобул,
Халқаро Чингиз Айтматов академияси академиги.

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

23 Oct, 12:12


Дарвоқе, кечмишда уч мингга яқин йил мобайнида ота-боболаримиз ўн олтита дунёвий салтанат, империялар икки юзга яқин бекликлар барпо этдилар. Туркия жумҳурияти президентининг тамғасидаги ўн олти юлдуз – ана шу давлатлар рамзидир. Республика президенти давлат раҳбарлари мусофирларини кутиб олганда ана шу – ўн олти давлат аскари либосини кийиб, қурол яроғини таққан пиёдалар саф тортганча қўноқни қаршилайдилар.
Биз бугунги кундаги ҳаётимизни кечмишнинг элагидан ўтказиб кўра олсак ва тадқиқ эта билсакгина, келажакнинг йўлини ойдинлата оламиз.
Лондон, Париж, Нью-Йорк, Москва, Рим, Истанбул, Рио де-Женейро ва Мехико каби буюк дунё шаҳарларида кўчага чиқиб сайр этган ҳар қандай киши бир кун мобайнида ўн тўққиз-йигирмата ўзининг бевосита қон-қариндош, хешу ақрабосини учратар экан.
Мен Деҳли, Таллин, Рига, Истанбул ёки Нью-Йоркда юрганимда юзи жуда менга таниш, қариндошларим каби кишиларга кўзим тушганда ҳайрон бўлган эдим...
Сабаби барча қадимий битикларда қайд этилганидек биз бир ота-онанинг, яъни Одам Ато ва Момо Ҳавонинг авлодларимиз.
Тилимиз, динимиз, ирқимиз, машрабимиз ва рангимиз турлича бўлиши мумкин. Бироқ қонимиз, жонимиз ва шаклу шамойилимиз бир хил.
Минг, миллион балки миллиард йиллар бурун ота-оналаримиз бир бўлган. Замон силсилалари бизни турли қитъа, мамлакат ва ўлкаларга бўлиб ташлаган ҳамда ўша география бизнинг қисмату қадаримизни белгилаган.
Демак ҳали бу хусусда мутахассислар яна узоқ ва мукаммал тадқиқотлар олиб бориб сўнг хулосага келмагунга қадар биз масалага шу тарзда ёндошамиз.
Илмий изланишлар шуни ҳам кўрсатмоқдаки биз ота ва онамиз деб билган бу икки улуғ зот дунёда пайдо бўлган илк инсонлар эмас экан.
Шундай экан, инсониятнинг келиб чиқиши, унинг улусу халқлар, миллатлару элатларга бўлиниб, тил ва маданиятлари шаклланиши ҳақидаги афсона ва ривоятларни ўрганган ҳолда илмий йўлдан кетмоқ ва амал қилмоқ тўғридир.
Дейлик юнон қавмидан Александр Македонский, мўғул улусидан Чингизхон, туркий элидан Амир Темур, французлардан Наполеон, яҳудийлардан Альберт Эйнштейн, гуржилардан Иосиф Сталин, олмонлардан Адольф Гитлер, Туркия туркларидан Мустафо Камол Отатурк ёки ҳиндлардан Махатма Ганди, Россиядан Владимир Ленин, Африкадан Нельсон Мандела каби дунё тарихида у ёки бу тарзда из қолдирган кучли ва даҳшатли шахсиятлар етишиб чиқди.
Бу ҳолат шу халқларнинг ўзга эл-улуслардан қадимийроқ, ақллироқ ва маданийроқ эканлигини кўрсатмайди. Бу фактор шу халқларнинг ўша давр ва замондаги интилишу ҳаракатлари курашу енгишга бўлган муждалаларини намоён этади.
Дунёдаги барча тиллар қатори бизнинг она туркий тилимиз ҳам мана неча минг йилларки ўзининг зарофати, латофату тароватини сақлаб, асраб-авайлаб келмоқда.
Мисрда истеъмолдан чиқиб кетган эски бир араб тилидаги сўзни топсалар, газеталар кунлаб биринчи бетларида шиор қилиб берар экан.
Еревандаги Ачмеадин диний қароргоҳида арман алифбосига ҳар бири бир неча килограммдан келадиган олтин-ёмбиларда ёдгорлик қўйилган. Бу ишни дунё арманилари пул тўплаб, ўзларининг узук сирға ва билакузукларини топшириб, Совет тузуми пайтида амалга оширганлар.
Бизнинг турк халқи ҳам ўз алифбосига эга эди. Эндиликда бу имлодан фойдаланмасакда, унга юқорида тилга олингани каби бир ёдгорлик қўйиб имлосиз эл бўлмаганимизни оламга кўрсатсак қандай гўзал иш бўлур эди.
Зотан она тилимиз ва она Ватанимиз барчамизнинг қисмату қадаримиз экан, бу хусусда табиийки имону эътиқотида бу ҳис-туйғулар мавжуд кишилар тилимизга бефарқ эмаслар.
Юрт, улус, Ватан учун бирор фойдали иш қилмоқ, маънавияту маърифат йўлида фидокорлик кўрсатмоқ, элнинг кўзи очиқ ойдини учун фарзу қарздир.
Бежизга номи чиқмаган йигитдан, номи чиққан тепа афзал демайдилар.
Юрту улуснинг оғиру енгил юкини кўтармоқ, кўтара билмоқ – имонида Ватан ҳис-туйғуси жўш урган ҳар бир миллатдошимизга насиб этсин!
Бизни бир-биримиз билан меҳр-муҳаббатлашувимиз, воситаси, адабиёту санъатимиз, маданияту маърифатимизнинг пойдевори бўлган она тилимиз эса сўнгсиз мангу яшаяжак! Уни яшатмоқ ва яшнатмоқ, сизу бизга боғлиқдир. Зотан дили тўғрининг тили тўғридир...
Халқ айтувига айланган ота сўзига қайтсак.

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

21 Oct, 03:44


21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

1989-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuni qabul qilingan. Ushbu qonun o‘sha davrda xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘lgan, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Qonun moddalarida "O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili" ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi belgilanganligi muhim ahamiyat kasb etgan.

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

21 Oct, 03:15


🎉Bugun, 21 Oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni

Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni millatimiz aslini aks ettiruvchi, Ona tilimiz bayrami bilan tabriklaymiz, sizlarga baxt-saodat, sihat-salomatlik, oilangizga qut-baraka tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Oct, 15:01


#2024_yil_20_oktyabr

O‘ZBEK TILI FANIDAN MALAKA TOIFASI SINOVLARI
TOPSHIRIQLARINING MAVZULARI VA QO‘LLANILGAN
ADABIYOTLAR RO‘YXATI

@Davlat_tili_archives

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Oct, 15:01


Тест жараёнларидан олдин ташкил этилаётган онлайн-репетицияларга қуйидаги ҳавола орқали кириш мумкин:

https://demotest.uzedu.uz

Онлайн репетициялар давомида - намунавий тест саволлари, шунингдек дастурнинг техник томонлари ва маълумотларнинг тўғри ҳамда тўлиқ киритилганлиги билан танишиш имкони бўлади.

Сизнинг маълумотларингизда ноаниқликлар аниқланиб қолса (иш жойингиз, амалдаги тоифанги, аттестация тури ва ҳ. к. з), зудлик билан
вилоят ишчи гуруҳига ёзма мурожаат қилишни тавсия қиламиз.

Мурожаатингиз 10 октябрга қадар қабул қилган бўлса-ю, онлайн репетицияларга киришда "маълумотлар топилмади" -деган ёзув чиқаётган бўлса, текшириб кўршимиз учун мурожаатингиз рақами ва ЖШШИР рақамингизни каналимизнинг
@pkatdi_bot -ига ёзиб юборинг

Тест саволлари спецификацияси ва адабиётлар рўйхати билан қуйидаги ҳавола орқали танашиб кўринг
https://t.me/pka_tdi_uz/7323
https://t.me/pka_tdi_uz/7324
https://t.me/pka_tdi_uz/7325

O‘zbek tili–Davlat tili🇺🇿📚📒📕📃🎧🎥💽ARXIV📥

20 Oct, 14:34


“Yil o‘qituvchisi” g‘olibiga 3 xonali uy beriladi

Xabaringiz bor, yaqinda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan uchrashuvda endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy berilishi aytilgandi.

Mazkur uchrashuvda ta'limga oid boshqa ko'plab masalalarga ham e'tibor qaratilgandi.

“MY5” telekanalining "Gapiring" tok-shousida ta'lim sohasida olib borilayotgan ijobiy o'zgarishlar haqida so'z boradi.

▶️ To'liq ko'rsatuv — https://www.youtube.com/watch?v=gOoYPwHYjaE

©Xalq ta’limi info

@Davlat_tili_archives