Ajdar uyi @ajdar_uyii Channel on Telegram

Ajdar uyi

@ajdar_uyii


Ajdaho uyi — fantastik dramatik teleserial. "Taxtlar o'yini"ning prekveli bo'lib, bu Deneyris Targaryen tug'ilishidan 172 yil oldin Targaryenlar uyidagi ichki vorislik urushlari haqida hikoya qiladi.

Ajdar uyi (Uzbek)

Salom! Sizni "Ajdar uyi" kanaliga taklif qilamiz - bu kanalda fantastik dramatik teleserial o'qiladi. Ajdaho uyi — fantastik dramatik teleserial. "Taxtlar o'yini"ning prekveli bo'lib, bu Deneyris Targaryen tug'ilishidan 172 yil oldin Targaryenlar uyidagi ichki vorislik urushlari haqida hikoya qiladi. Kanalda sizning sevimli teleserialingizni qidirishga va yangi hikoyalarni o'rganishga imkoniyat beriladi. Agar siz fantastik dramalarni yaxshi ko'rasiz va uni o'qishdan baxtli bo'lsangiz, "Ajdar uyi" kanaliga a'zo bo'ling va yangi dunyolarga ochiq bosing. Ajdar uyi - bu sizning uchun!

Ajdar uyi

31 Aug, 09:41


MOMAQALDIROQ.


Erkak Ajdar Momqaldiroq 129-yilda Eygen III ni Ajdarlar raqsi urushi boshlanishidan avval olib ketishga majbur bo‘ldi. Ajdartoshga olib ketish vaqtida uni shunchalar ko‘p o‘qlar va chayon o‘qlaridan yaralashdiki. Natijada Ajdar egasini manziliga yetkazib o‘sha yerni o‘zida vafot etdi.



@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:41


KULRANG ARVOX.


Kulrang Arvox Ajdartoshdagi vulqonining sharqiy tomonida istiqomat qiluvchi Ajdar edi. U insonlarga kam-ko‘ringani va terisining kulrang-oq rangi bilan Kulrang Arvox nomini olgan edi. Kulrang Arvox yolg‘iz yashashni afzal ko‘rgan bo‘lsada Ajdarlar raqsi urushining eng havfli Ajdarlaridan edi. U Ajdarlar bilan jangda deyarli yengilmagan.

@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:41


SO‘NGI AJDAR.


So‘ngi Ajdarning nomi keltirilmagan u Eygen III davrida yashab o‘tgan so‘ngi urg‘ochi Ajdar. Deyenerisning ajdarlari tug‘ilishidan bir yarim asr oldin yashab o‘tgan so‘ngi Ajdar bo‘lgan. Undan keyin Targaryenlar xonadonida boshqa Ajdarlar dunyoga kelmadi.

Yuqorida keltirganimizdek Ajdarlarning qirilib ketishiga xo‘jayinlari Targaryenlarning o‘zlari aybdor bo‘lishdi. Ularning Temir taxtga bo‘lgan ishtiyoqi ularning yuz yillar davomida yonida do‘st bo‘la olgan yagona mavjudotlarni ularning istaklari yo‘lida qurbon bo‘lishiga olib keldi.
Kelayotgan 21-avgust kuni Targaryenlar va ularning yuqorida sanab o‘tgan Ajdarlari haqida ilk tassarotlarni beruvchi "AJDAR UYI" serialining birinchi mavsumi taqdim etiladi. Birinchi mavsum albatta ular o‘rtasidagi urushlarni birinchi mavsumda kutmaslik kerak. Serialning kamida 6 mavsum bo‘lishini taxmin qilsak. Ularning to‘qnashuvlarini ko‘rishimizga hali ancha bor.


AJDAR UYI serialiga bag‘ishlangan ushbu postim oz bo‘lsada sizlarga yoqdi deb umid qilaman. Xato yoki kamchilik bo‘lsa uzr.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:41


QIZIL QIROLICHA.

Qizil Qirolicha laqabini olgan Ajdar Meleys Ajdarlar raqsi urushi vaqtida juda keksa edi. Uni urushdan oldin Alissa Targaryen urush davrida Renisa Targaryen mingan edi. Qizil qirolicha urushning birinchi yilida halok bo‘lgan ilk qora ajdar edi.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:41


QONLI ILON KARAKS.

Deymon Targaryenning Ajdari bo‘lgan Karaks Ajdar raqsi urushining eng jangavor Ajdarlardan biri bo‘lgan. Karaks Ajdarlar raqsi urushi davrida 130-yilda eng katta Ajdar Vhagarni mag‘lub eta olgan ammo o‘zi ham Vhagardan olgan jarohatlari tufayli Harrenhel ostonasida vafot etgan.

@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:41


OY RAQQOSI.

Oy raqqosi laqabini olgan urg‘ochi Ajdar chindan ham o‘zgacha jozibaga ega Ajdar edi. Fuqarolar urushining yosh Ajdarlaridan biri edi. Uning chavondozi Baela Targaryen edi. 130-yilda Baela va Oy Raqqosi jangda Quyosh olovi laqabli Ajdar bilan birga dushmanlarga qarshi jangda o‘ldirilgan.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:41


ARRAKS

Arrax lord Luseris Velaryonning Adari edi. 129-yilda urush boshlanganida ilk halok bo‘lgan Ajdarlardan biridir. Uni Vhagar o‘ldirgan.

@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:41


QUYOSH OLOVI/OLTIN AJDAR


Eygen II ning Ajdari bo‘lgan Quyosh Olovi ajoyib va nihoyatda go‘zal Ajdar uning teri rangi oltindek sariq bo‘lgan Quyoshda nihoyatda go‘zal ko‘ringan. Ajdarlar raqsi urushida 130-yilgacha ko‘plab janglarda qatnashgan. Ammo o‘sha yili bir nechta Ajdar bilan bo‘lgan jangdan keyin og‘ir jarohatlar olishi natijasida halok bo‘ldi.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:41


DENGIZ TUMANI.

Dengiz tumani bilan Vesterosdagi Fuqarolar urushi qatnashchisi bo‘lgan bu Ajdar o‘z chavondozlari o‘lganidan so‘ng yovvoyi bo‘lib ketgan yosh yovuz Ajdar edi. U 130-yilda Ajdar Vermitor bilan jangda halok bo‘lgan.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:40


SIMOB

Qizil rangdagi katta Ajdarning laqabi Simob edi. U 43-yilda Eygon I ga qarshi ko‘tarilgan isyonda isyonchilar Mayegorning Ajdari bo‘lgan u ham Harrenholda Balerion bilan jangda halok bo‘lgan.

@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:40


AJDAR SIRAKS


Reyeneyra Targaryenning birinchi va yagona Ajdari sariq rangli ulkan Ajdar jangavor ko‘rinishda bo‘lgan 130-yilda Ajdarlar raqsi vaqtida Ajdar o‘rasi yaqinida to‘rtta Ajdarni mag‘lub etib qaytayotganida isyonchilar tomonidan urib tushiriladi va boshi uzib olinadi.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:40


KANNIBAL

Kannibal Ajdarlar raqsi urushi paytida yovvoyi ajdar bo'lgan chunki u o'lik yoki yangi tug'ilgan ajdarlar va ajdar tuxumlari bilan oziqlangani uchun shunday nomlangan.

Kannibal odamlarni ham iste‘mol qilgan ammo baribir sevimli taomi boshqa ajdarlar edi.
Kannibal boshqa ajdarlarni, asosan tuxum va tuxumni yer edi
Sirli o'tmish: hech kim uni qaysi ajdaho tug'ganini va qachon tug'ganini aniq bilmaydi. Ba'zi oddiy odamlar hatto Targaryenlar orolga kelgunga qadar bu ajdar Ajdar toshida yashagan deb ishonishgan garchi Meysterlar bunga shubha qilsalar ham.
Kannibal ajdarlar raqsi urushidan omon qoldi lekin urushdan so‘ng sirli ravishda g‘oyib bo‘ldi.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:40


DREAMFIRE

Dreamfire ko‘k-kumush rangli Ajdar bo‘lib u dastlab Reyna Targaryenning Ajdari bo‘lgan keyinchalik u Helenna Targaryenning sevimli jonzotiga aylandi.
Ma‘lum bo‘lishicha Deyeneris Targaryenning uch Ajdari Drogo, Reygel va Vizeresning onasi Dreamfire bo‘lgan. Dreamfire Ajdar toshda yashaganida uchta Ajdar tuxumi qo‘ydi ammo noma‘lum kimsalar tomonidan tuxumlar olib ketildi va Essosga sotib yuborildi. Bir yarim asrdan ko‘proq tuxumlar Essosda yashan kelishdi.
Dreamfire keyinchalik tartibsizliklarni bostirish vaqtida Chayon o‘qidan halok bo‘ldi.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:39


MEYELS


Meyels nomli Ajdar Renis Targaryen va undan oldin uning xolasi Alissa Targaryen tomonidan minilgan keksa Ajdar edi. Shuningdek uni Qizil Qirolicha deb atashardi.
Meyels juda ulkan qora rangli Ajdar edi. U olomonni qo‘rqitishda foydalinishar edi. Meyels Ajdar raqsi urushida halok bo‘lgan ilk Ajdar edi.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:39


KUMUSH QANOT


Kumush qanot laqabli ajdar qirolicha Alisanna Targaryen tomonidan minilgan Ajdar edi. Ajdarlar raqsi urushi vaqtida Vermitor bilan birga insonlarni himoya qilishda yordam bergan. U ushbu buyuk jangda omon qolgan yoki yo‘q bu noma‘lum.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:39


VERMITOR BRONZA G‘AZABI


Qirol Jayehaers I tomonidan minilgan Ajdar. Qirol o‘limidan so‘ng u Ajdarlar raqsi fuqarolar urushida qatnashgan insonlarni himoya qilish uchun o‘zining vaxshiy turdoshlarini o‘ldirgan va o‘zi ham Ajdarlar bilan jangda kuchli jarahotlardan halok bo‘lgan. Vesteros tarixchilari qaydiga ko‘ra Vermitor insonlarga nisbatan nihoyatda mexribon va itoatkor bo‘lgan.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:39


VHAGAR

Vhagar Targaryenlar xonadonining Baleriondan keyingi eng katta hajmdagi so‘ngi Ajdari bo‘lgan.
Vhagar Ajdarlar Raqsi urushining eng katta va eng qo‘rqinchili Ajdari bo‘lgan. Shunday bo‘lsada u 130-yilda Ajdar Karaks bilan Harrenhel yonidagi jangda halok bo‘lgan. Uning bosh suyagi Qizil qo‘riqxonada saqlanadi.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:39


AJDAR MERAXES.

Qirolicha Renis mingan Kumush rangli Ajdar Meraxes Vesteros istilosidan keyin 10-yilda Renis Dornni zabt etish maqsadida janubga uchib ketdi biroq ajdaho ham chavandoz ham Dornnda Meraxesning ko‘ziga chayon o‘qi teshilganida halok bo‘lishdi.‌‌ Meraxes Dorn bosqinining befoydaligini ko‘rsatish uchun o‘lgan birinchi ajdar edi. Uning bosh suyagi Qizil qo‘riqxonada saqlanadi.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:38


Balerion kamida 208 yoshda edi u Targaryenlar birga Eygen Vesterosni zabt etishidan 114 yil oldin Valeriyadan Ajdar toshiga ko'chib o'tganlarida mavjud edi. U 94-yili uyqusida vafot etgan. Shuni ta'kidlash kerakki u o'zining tabiiy hayotini oxirigacha yashay olgani ma‘lum bo‘lgan yagona ajdar edi. Boshqa barcha ajdarlar (shu jumladan uning sheriklari Meraxes va Vhagar) jarohat yoki kasallikdan vafot etdi.
Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra Balerion nihoyatda qarib qolgan va bir kuni u uxlab qoldi va boshqa ko'zlarini ochmadi. Uning bosh suyagi Qizil qo‘riqxonada saqlanadi.


@Ajdar_uyii

Ajdar uyi

31 Aug, 09:38


BALERION.

Ulkan qora ajdar Vesteros tarixchilariga ma'lum bo'lgan eng kattasi, Balerion bosqinchi Eygen I ning shaxsiy otidir. Balerion Targaryenlar Valeriyadan Ajdar toshiga ko'chib o'tganlarida o'zlari bilan olib kelgan beshta ajdardan biri va Eygen zabt etish paytida tirik qolgan yagona ajdar bo'lib uni eski Valeriya ulug'vorligini boshdan kechirgan so'nggi tirik mavjudotga aylantirgan.

Dahshatli: Ajdarlar odatda shunday bo'lishadi lekin Balerion ayniqsa, o'zining ajoyib o'lchami va olov rangi tufayli "Qora dahshat" nomi bilan mashhur edi.
Balerion Jayehaerys I hukmronligining oxirida keksalikdan vafot etgan.
Balerion shunchalik aql bovar qilmaydigan darajada katta ediki u tepadan uchib o'tayotganda butun shaharlar uning soyasi ostida qolardi. Biroq qarigan chog‘ida u shunchalik katta bo‘lib qoldiki havoda zo‘rg‘a ko‘tarilar edi.