E.Ph.T faculty news channel️ @iftfakulteti Channel on Telegram

E.Ph.T faculty news channel️

@iftfakulteti


Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti rasmiy kanali.

Instagram:https://instagram.com/english_philology_translation?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Facebook:https://www.facebook.com/groups/345247947296201/?ref=share

Reklama: @Dinnura_Anvarovna

E.Ph.T faculty news channel️ (Uzbek)

Salom, Aziz Oqituvchilar va O'qituvchilar! Sizning ehtirosingizni jalb qilish uchun, Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal orqali, fakultetimizdagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin bo'ladi. Qaysi o'qituvchilar qaysi fanlar bo'yicha yangiliklarni o'z ichiga olgan ekanligini barchaga ma'lum eting! Bu fakultetda ma'naviy biznesda yo'nalishlar bo'yicha harakat qilayotgan o'qituvchilarning hammasi sizga bir mahalliy yangiliklar berishadi. Agar siz o'z bilim yo'nalishingizni rivojlantirishni xohlaysiz, ilmiy maqolalar o'qishni yoki fakultetimizdagi yangiliklar bilan xabarlashmoqchi bo'lsangiz, to'g'ri manzilga keldingiz! Sizga yangiliklarni eng tez, eng to'g'ri va eng ishonchli shaklda taqdim etishimiz uchun imkoniyatlarni hech qachon yo'qotmang! Ayniqsa, Instagram va Facebook sahifalarimizni ham obuna bo'ling va bizning kanalimizni do'stlaringizga ham tavsiya qiling! Yana boshqa savollar bormi? Ma'lumotlar uchun reklama qilingan manzilga yozing. Keyinroq yangiliklar olish uchun biz bilan bog'laning! @iftfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

12 Feb, 12:31


#Kafedra_faoliyati
#Chorshanba_togaragi


Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o'qituvchisi B. A. Abdirasulov tomonidan talabalarga "Art of translation" to'garagining 2-smestr uchun dastalbki darsi tashkil qilindi. Bunda talabalar tomondan qilingan badiiy asar tarjimalar tahlili qilinib, keyingi boblarni tarjima qilish talabalarga vazifa qilib berildi.


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

12 Feb, 10:14


Ingliz filologiyasi oʻqituvchilari va xodimlari tomonidan 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalari uchun oshga tayyorgarlik jarayoni.

E.Ph.T faculty news channel️

12 Feb, 07:12


#Kafedra_faoliyati


Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi 4-kurs 2126-guruh talabalari kafedra katta o'qituvchisi A.R.Yusupov rahbarligida 20 haftalik malakaviy amaliyot o'tashdi. 11-fevral kuni mas'ullar tomonidan amaliyot himoyasi tashkil etildi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

12 Feb, 06:34


🎙 "MUNOZARA" KLUBI OCHILISHIGA TAKLIF ETAMIZ! 🎙

Siz o‘z fikringizni aniq va ishonch bilan bildirishni, har qanday mavzuda ishonch bilan gapirishni va mantiqiy fikrlashni o‘rganmoqchimisiz? Unda "Munozara" klubi aynan siz uchun!

🔥 Bu yerda siz:
Tanqidiy va strategik fikrlashni o‘rganasiz
Jamoaviy muloqot va notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirasiz
Eng dolzarb mavzularda bahslashasiz
Yangi do‘stlar topasiz va fikr almashasiz

📅 Sana: 14-fevral soat 13:00 da
📍 Joy: Samarqand davlat chet tillar instituti, Sharq tillari fakulteti, 4-qavat, faollar zalida

🌟 Kimlar qatnashishi mumkin?
Barcha qiziquvchilar – talabalar, ijodkorlar, fikrini dadil bildiradigan va bahs san’atini o‘rganmoqchi bo‘lganlar!

💬 Munozara – bu shunchaki bahs emas, balki fikrlar jangi! Fikringizni kuchaytirishga tayyormisiz? Unda bizga qo‘shiling!

📞 Bog‘lanish uchun: [@Zamirovna06]

📢 Kelajak yetakchilari aynan shu yerda shakllanadi! 🚀

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

E.Ph.T faculty news channel️

11 Feb, 18:09


#tyutorlar_faoliyati

Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor M. Ilyasova va Z. Valiyev boshchiligida 3-son talabalar turar joyida talaba qizlar tomonidan kichik sport kuni tashkil etildi. "Sog‘lom tanada sog‘ aql" shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tadbirda qizlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida birlashib, turli yengil sport mashg‘ulotlarini amalga oshirishdi.

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

E.Ph.T faculty news channel️

30 Jan, 11:16


#Tyutorlar_faoliyati

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor M.Yallayev, Z.Valiyevlar, T. Qurbanov tashabbusi bilan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Tennis musobaqasi tashkil etdi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

30 Jan, 10:34


#Tyutorlar_faoliyati

Institutning Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori U Bozorov 2-sonli TTJ talabalariga kiber xavfsizlik sohasida yoshlarning bilim darajasini oshirish, dunyoda yuz berayotgan tendensiyalarni muhokama qilish bo‘yicha suhbat va tushuntirish ishlarini olib bordi.

Suhbatda axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o'z vaqtida va munosib qarshilik ko'rsatish haqida talabalarga tushuncha berildi.

Shuningdek, plastik kartalarni boshqarishda va har qanday internet orqali bajariladigan faoliyat sohalarida ehtiyotkorlikni yuqori darajada tashkil etish kerakligi uqtirildi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

30 Jan, 07:43


#tyutorlar_faoliyati

Samarqand davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor M. Ilyasova boshchiligida 3-son talabalar turar joyida talaba qizlar tomonidan kichik sport kuni tashkil etildi. "Sog‘lom tanada sog‘ aql" shiori ostida o‘tkazilgan ushbu tadbirda qizlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida birlashib, turli yengil sport mashg‘ulotlarini amalga oshirishdi.

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

E.Ph.T faculty news channel️

29 Jan, 17:32


Iqtodor Akademiyasi jamoasiga qo'shilish uchun ajoyib imkoniyat!

O'z kasbini fidoiylari uchun  taklif!
Siz kuchli bilim va tajribaga ega ustozmisiz?
Unda bizni safimizga qo'shilish imkoniga egasiz!

Bizda:
📗 Ingliz tili  (Y.O' uchun minimal talab 6-6.5-7   A.O' uchun 7.5-8-8.5)
📗 Ona tili   (MS  90 % yoki A , A+  bo'lishi lozim)
📗 Matematika    (MS  90 % yoki A , A+  bo'lishi lozim)
📗 Kimyo   (MS  90 % yoki A , A+  bo'lishi lozim)
📗 Biologiya    (MS  90 % yoki A , A+  bo'lishi lozim)
📗 Fizika   (MS  90 % yoki A , A+  bo'lishi lozim)
📗 Tarix     (MS  90 % yoki A , A+  bo'lishi lozim)
Agar sizda shunaqa daraja va tajriba bo'lsa, biz bilan bog'laning!

Maosh:  Yordamchi o'qituvchi uchun  3 mlndan-12 mlngacha
                 Bosh o'qituvchi uchun 9 mlndan-36 mln gacha
Ish turi: oflayn
Manzil: Samarqand shaxar
Ish beruvchi: Iqtidor akademiyasi

📎 Sizdan kutamiz:

– O‘qitish uslublarini bilish va har bir bolaga individual yondashuv topa olish;
– Mas’uliyatlilik va puxtalik;
– Aniq reja asosida o'z vaqtida darslarni o'tish;

📎 Sizga bera olamiz:

– Do‘stona jamoa va qulay ish sharoitlari;
– Moslashuvchan ish jadvali;
– Kasbiy o‘sish imkoniyatlari.

🔈 Murojaat uchun:  
  @SIA_S7   
  @SIA571M   
  +998972450225
  +998995466707
  +998942895004

https://t.me/IQTIDOR_AKADEMIYASI

E.Ph.T faculty news channel️

29 Jan, 12:26


Institut rektorining 2024-yil “17”-dekabrdagi 299-sonli buyrug‘iga asosan, 2025 yil 27-28-yanvar kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida 70230101-Lingvistika (ingliz tili), va 70230104-Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) mutaxassisliklari (qishki qabul) bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalari himoyalari o‘tkazildi.

Magistrlik dissertatsiyalari himoyalarini o‘tkazish bo‘yicha YADA komissiyasi tarkibiga komissiya raisi, Buxoro davlat universiteti, Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, PhD., Tursunov M.M., komissiya raisi o‘rinbosari sifatida, SamDChTI, Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani, f.f.n., dotsent, Ismailov A.R. hamda 11 nafar komissiya a’zolaridan tashkil topgan tarkib ro’yxati shakllantirildi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

28 Dec, 07:10


#Diqqat_muhim

TALABALAR KONFERENSIYASI TO'LIQ TO'PLAMI❗️

Samarqand davlat chet tillar institutida 2024-yilning 20-noyabr kuni "Yangi O'zbekistonda ilm-fan taraqqiyoti yosh olimlar nigohida" mavzusida ilmiy-amaliy talabalar konferensiyasi o'tkazildi!

Yuqorida Konferensiya to'plamini yuklab olishingiz mumkin❗️

https://t.me/SamDCHTI_RO

E.Ph.T faculty news channel️

28 Dec, 06:20


‼️Qabul boshlandi‼️

Samarqandda Silk Road Travel Academy gidlarni tayyorlash bo'yicha yangi guruhga qabul e'lon qiladi

O'zbekiston Respublikasi bo'yicha gid ekskursant
Samarqand va Shahrisabz bo’yicha gid ekskursant

Kursning davomiyligi -4️⃣ oy

Sizni nima kutmoqda

Barcha ob'ektlarda eng yaxshi gid ekskursantlar bilan amaliyot
Eng yaxshi mutaxassislardan konfliktologiya va psixologiya kursi
Amaliy aktyorlik kursi
EastGuidesWest asoschilaridan maxsus kurs (Niderlandiya)

❗️Kurs yakunida davlat namunasidagi diplom beramiz va ishga joylashishda yordam beramiz✔️

Roʻyxatdan oʻtish uchun @SRTASTUDENTS ga murojat qiling yoki +998913170940 raqamiga qo'ng'iroq qiling

E.Ph.T faculty news channel️

26 Dec, 10:06


#Kafedra_faoliyati


Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetining "Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari Radjabov J.T., Mamatkulova Sh.A., Bahriddinova Z.B.lar Nurobod tumanida joylashgan 26- va 29-umumta'lim maktablarida bo‘lishdi.

Jarayon davomida kafedra o'qituvchilari maktablarda chet tilini o'qitish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Bundan tashqari, yuqori sinf o'quvchilariga "Student-centered learning" mavzusida interaktiv mashg'ulot ham tashkil etildi.

E.Ph.T faculty news channel️

25 Dec, 12:01


Assalomu alaykum hurmatli talabalar
Abdullayev Asqar Abduhakimovichga ovoz berib, fakultetimizni qo'llab-quvvatlaymiz🗣🗣🗣

E.Ph.T faculty news channel️

24 Dec, 16:13


#Talabalari_karnavali

Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi BT Kengashi tashabbusi bilan O'zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi hamkorligida Yangi yil bayrami munosa
bati bilan tashkil etilgan "Talabalar karnavali"dan videolavha.

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

E.Ph.T faculty news channel️

24 Dec, 07:03


#Kafedra_faoliyati

SamDChTI rektori tomonidan imzolangan institutda pedagog va xodimlar uchun oʻtkaziladigan amaliy seminar-treninglar jadvaliga muvofiq, 2024-yil 23-dekabr kuni soat 10:00 da 208-auditoriyada Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri A.A.Shermatov Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti professor-oʻqituvchilari uchun “Seminar mashg’ulotlarni noan’anaviy usullarda olib borishni yo’lga qo’yish” mavzusida seminar-trening oʻtkazdi.
Ma’ruzachi oʻz nutqida seminar nazariy fanni chuqur o‘rganish, ilmiy bilimlar metodikasini o‘zlashtirish uchun mo‘ljallanishi, seminarlarning asosiy maqsadi - talabalarga nazariy bilimlarni o‘rganilayotgan fan sohasining xususiyatlari bilan bog‘liq holda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini egallash imkoniyatini berishdan iboratligi haqida gapirb oʻtdi.


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

23 Dec, 08:55


📣 APOSTIL va TARJIMONLIK Xizmatlarini taklif etamiz!

📌 Bizning SamTranslator  Tarjimonlik va Apostil markazimiz endi 30 dan ortiq tillarda sizning har qanday diplom, sertifikat va boshqa shu kabi xujjatlaringizni tarjima qilib beradi, va shu bilan birga barcha hujjatlarga "APOSTIL" qo'yib beradi. 

Agar sizga bu borada yordam kerak bo'lsa Tarjimonlik va Apostil markazi sizga o'zining ishonchli xizmatlarini taklif etadi.
Bundan tashqari online hizmatlarimiz ham mavjud.

🎯 Sifatli, ishonchli va tezkor xizmatimizdan foydalanib o'z vaqtingizni tejang!

☎️ Murojaat uchun tel: +998 88 9296469
Telegram: @Tarjimon99

📍Manzil: Samarqand shahar, Amir Temur ko'chasi 150
      Mo'ljal: Samarqand Saroy restorani ro'parasida

E.Ph.T faculty news channel️

22 Dec, 18:29


#yangi_yil_chellenji



Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida e’lon qilingan “Tilaklar archasi” nomli chellenjda ishtirok etish maqsadida 2403-guruh talabalari  va Til va tarjima kafedrasi o'qituvchisi  Gulshirin Sa'dullayeva bilan birgalikda  tayyorlangan videorolik


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

22 Dec, 03:01


#Tugilgan_kun

Bugun 22-dekabr Gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Jabborova Xabiba Quvandikovnaning tug’ilgan kuni. Qadrli ustoz tug’ilgan kuningiz bilan sizni chin qalbimizdan butun fakultet nomidan muborakbod etamiz! 😇 Martabangiz ulug' bo'lsin!🤲 Kelgusida bundanda yuqori cho’qqilarni zabt etish nasib qilsin!💥 Doimo sog’-salomat bo’ling! Shogirdlaringiz yutuqlarini ko'rib yurish nasib qilsin!🥳

Hurmat bilan IFT fakulteti jamoasi!

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

08 Dec, 03:01


#Tugilgan_kun

Bugun 8-dekabr Gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Ashurova Xursheda Sagdullayevnaning tug’ilgan kuni. Qadrli ustoz tug’ilgan kuningiz bilan sizni chin qalbimizdan butun fakultet nomidan muborakbod etamiz! 😇 Martabangiz ulug' bo'lsin!🤲 Kelgusida bundanda yuqori cho’qqilarni zabt etish nasib qilsin!💥 Doimo sog’-salomat bo’ling! Shogirdlaringiz yutuqlarini ko'rib yurish nasib qilsin!🥳

Hurmat bilan IFT fakulteti jamoasi!

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

07 Dec, 12:08


Tarjimonlik va Apostil sohasida faoliyat olib borayotgan "Tarjimonlik va Apostil Markazi" 

Sizlarga quyidagi xizmatlarni taklif etamiz..

📌Tarjimonlik xizmati;
📌Notarial tasdiqlash;
📌Apostil xizmatlari;
📌 Diplom, Ilova, Shahodatnoma va boshqa turdagi xujjatlar;

Professional jamoamiz sizga xizmat ko’rsatishdan mamnun ✔️

Bizning maqsadimiz yurtdoshlarimiz og'irini yengil qilish va arzon,sifatli va tezkor xizmat koʻrsatishdir.

Murojaat uchun:
📞 +998 88 929-64-69
🙂 Online murojaat uchun
@Tarjimon99 👈

📍Manzil: Samarqand shahar A. Temur ko'chasi, Sanoat Qurilish bank yoni

🔍  Mo'ljal: Samarqand Saroy restarani ro'parasida

SamTranslator!  Biz bilan barchasi tez va oson  ❗️

E.Ph.T faculty news channel️

07 Dec, 04:12


#Tyutorlar_faoliyati

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar M.Yallayev, Z.Valiyev, M.Ilyasovalar boshchiligida talabalar bilan "Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik-kelajak taraqqiyotining muhim omili" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda mavzu yuzasidan barchaga ibratli sahna ko'rinishi ham taqdim etildi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

07 Dec, 03:38


#Tyutorlar_faoliyati

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar M.Yallayev, Z.Valiyev hamda M.Ilyasovalar tomonidan talabalar ishtirokida "Pirotexnika- umr zavoli" mavzusida davra suxbati o`tkazishdi.Ushbu yigʻilishda pirotexnika vositalardan foydalanmaslik, jinoiy ishlar, shaxsiy daxlsizlik haqida ma'lumot berildi. Talabalar o'zlari qiziqqan savollarga javob oldilar.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

07 Dec, 03:00


#Tugilgan_kun

Bugun 7-dekabr Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi Ashurov Shaxobiddin Saidovichning tug’ilgan kuni. Qadrli ustoz tug’ilgan kuningiz bilan sizni chin qalbimizdan butun fakultet nomidan muborakbod etamiz! 😇 Martabangiz ulug' bo'lsin!🤲 Kelgusida bundanda yuqori cho’qqilarni zabt etish nasib qilsin!💥 Doimo sog’-salomat bo’ling! Shogirdlaringiz yutuqlarini ko'rib yurish nasib qilsin!🥳

Hurmat bilan IFT fakulteti jamoasi!

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

07 Dec, 03:00


#Tugilgan_kun

Bugun 7-dekabr Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi Abdirasulov Baxodir Abdimital o‘g‘lining tug’ilgan kuni. Qadrli ustoz tug’ilgan kuningiz bilan sizni chin qalbimizdan butun fakultet nomidan muborakbod etamiz! 😇 Martabangiz ulug' bo'lsin!🤲 Kelgusida bundanda yuqori cho’qqilarni zabt etish nasib qilsin!💥 Doimo sog’-salomat bo’ling! Shogirdlaringiz yutuqlarini ko'rib yurish nasib qilsin!🥳

Hurmat bilan IFT fakulteti jamoasi!

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

06 Dec, 09:32


#Nurobod

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o’qituvchilari T.Nasrullayeva, P.To’ychiyeva hamda Ch.Qozoqovalar Nurobod tumanidagi 46- hamda 43-maktablarda bo'lishdi.

Unda mavjud muammolar va takliflar o’rganildi. Shuningdek, institut o’qituvchilari tomonidan bitiruvchi sinf o’qivchilari ishtirokida master-klass mashg'ulotlari tashkil etilib, yoshlarning ingliz tili savodxonligini oshirish bo'yicha to'rt ko'nikma asosida dars o'tildi hamda xorijiy tillarni puxta o’zlashtirish bo’yicha bilim va ko’nikmalar berildi.

SamDCHTI yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi
👉
@samdchtieduuz👈

E.Ph.T faculty news channel️

30 Nov, 03:56


Dekan A.R.Ismailov talabalar turar joyida bo'ldi

Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar bilan ishlash, ularning holidan xabar olish va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish ishlari davom etadi.

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani A.R.Ismailov, dekan o'rinbosari A.Abdullayev birgalikda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari bilan  yaqindan tanishib chiqishdi.

Unda talabalar holidan xabar olinib, ular yashayotgan xonalar, shart-sharoitlar o'rganilib, isitish tizimi, qishki  mavsumga tayyorgarlik holati chuqur  tekshiruvdan o‘tkazildi hamda kerakli ko'rsatmalar berildi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

30 Nov, 03:55


Xayrli kun, aziz talabalar!

1-dekabr, yakshanba kuni Silk Road Travel Academy o‘quv markazining bo‘lajak gidlari uchun Shahrisabz shahriga ekskursiya bo‘lib o‘tadi. Avtobusda bo'sh o'rindiqlar mavjudligi sababli, barcha ishtirok etishni xohlovchilarni ushbu tarixiy shaharga qiziqarli ekskursiyaga taklif qilamiz.

Jo'nash: 7:00  viloyat hokimiyati qarshisidagi biznes sentr binosi oldida joylashgan ofisimizdan jo'nab ketiladi.
Qaytish: 18:00 gacha. Qaytishda Konigilga ham tashrif buyuramiz.

Safar professional gid bilan qulay avtobusda amalga oshiriladi.
Ishtirok etish narxi: 130 000 so'm.

Avtobusda joylar soni cheklanganligi sababli, ishtirok etishni xohlovchilar https://t.me/SRTASTUDENTS telegrami orqali ismingiz, familiyangiz va telefon raqamingizni qoldirishingizni so'raymiz.
Murojat uchun telefon: +998913170940

E.Ph.T faculty news channel️

28 Nov, 17:57


Qadrli ilmga chanqoq talabalar!

Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi BT tomonidan tashkil qilingan "Science and innovation" klubi o'z faoliyatini boshlaydi

🔏Ma'lumot uchun: klubning 1 mashg'uloti 29.11.2024 yil soat 12:30da Ingliz tili fakulteti 74-auditoriyada bo'lib o'tadi.

☎️📞Murojaat uchun @shirin_iskanderova

https://t.me/science_and_innovation_club

https://forms.gle/aiNwcZjsWpoxCQHz7

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

E.Ph.T faculty news channel️

28 Nov, 17:54


⚡️⚡️⚡️Diqqat e’lon!!!
Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan 8-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Huquq bilimdoni" tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov shartlari quyidagicha:
🥇-shart yangi konstitutsiya va qonunchiligimizga oid 30ta test.
🥈-shart muammoli vaziyat (kazus) huquqqa oid.

Tanlovda institutimizning barcha fakultet talabalari ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok etish uchun quyidagi profilga murojaat qilib, roʻyhatdan oʻtishingiz so'raladi. @kholiqov_salokhiddin
Roʻyhatdan oʻtmagan talabalar ishtirok eta olmaydi.
Roʻyhatdan oʻtishning oxirgi muddati 3-dekabr 23:59 gacha

G‘oliblar institut tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
O‘z bilimingizni sinab ko‘rish va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
Telegram | Instagram | Facebook

E.Ph.T faculty news channel️

28 Nov, 16:34


#fotolavha
#chorshanba_tògaragi


Xabaringiz bor, haftaning har chorshanba kuni institutimizda "Mustaqil ta'lim kuni" deb belgilangan. Shu munosabat bilan Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Abdirasulov B tomonidan talabalarga "Art of translation" to'garagi muntazam ravishta o'tkazilib kelinmoqda.


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

27 Nov, 16:21


#fotolavha
#chorshanba_tògaragi

"Listening club" to'garagi
O'qituvchilar: Xasanova D
Axmedjanova N

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

27 Nov, 11:30


Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas'ullari tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutida yong‘in xavfsizligi bo'yicha tashkil etildi.

"Yong‘in xavfsizligi talablari, favqulodda yong‘in sodir bo‘lganda, boshlang‘ich yong‘inni zudlik bilan bartaraf etish” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida Samarqand viloyat FVB YTM boshlig'i podpolkovnik S.Slovadinov, kapitan R.Mirzayevlar tomonidan texnogen vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Tadbir davomida xonadonlar, binolar va insitut binosida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi, yashash xonadonlarida mavjud bo‘lgan gaz va elektr moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazish kabi zaruriy tushunchalar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

E.Ph.T faculty news channel️

26 Nov, 07:19


Samarqanddan Toshkentga sayohat .
1 - dekabr
Bizning xizmatlar
Transport
Gid yo'lboshlovchi
Sayohat joylari
Gʻofur G'ulom parki
Xasti Imom masjidi
Timuriylar Tarixi muzeyi
Magic city
Toshkent city
Ice City
Sayohat narxi:
50 kishilik avtobus : 150⁰⁰⁰ so'm
17 kishilik : 190⁰⁰⁰ so'm
Murojat uchun tell:
+998906032818
@sarbon2125
Bizning klub
@Orzutravelunion

E.Ph.T faculty news channel️

25 Nov, 09:35


Samarqand Davlat Chet tillar instituti talabalari uchun bepul Ingliz tilini o'rganish va bilimlarini mustahkamlash imkoniyati.
Klubga a'zo bo'lish bepul faqat qunt va ishtiyoq bo'lsa bas.
Darslar har kuni soat 15:00 da Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 201-xonada
IELTS Instructors
Ergashov Jasur IELTS 6
Do'smonov Jasurbek IELTS 6.5 tomonidan tashkil etiladi.

Shuningdek, qo'shimcha ma'lumotlarni telegram kanal orqali olishingiz mumkin.

https://t.me/languagepartyclub

E.Ph.T faculty news channel️

25 Nov, 06:15


Siz ham darslarimizga bugunoq qo'shilishingiz mumkin

E.Ph.T faculty news channel️

25 Nov, 06:15


🇬🇧🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🇬🇧

🔈Darslarimiz davom etmoqda...

🗓 KUNI: Dushanba/Chorshanba/Juma
🔜Vaqti: 15:00-17:00
📈Talab qilinadigan daraja B1+
💵Kurs narxi: 350 ming (bir oy uchun)
👨‍🏫 O'QITUVCHI: Muslimbek Rajabov C1 2X

➡️Natijani biz bilan tezroq qo'lga kiriting

📍MANZIL: SamDChTI qoshidagi Language Zone o'quv markazi (Gagarin 43-uy)
🎯MO'LJAL: TENGE BANK

📞+99895 650 95 55
😎https://t.me/Language_Zone_Official

😎MUROJAAT UCHUN: @Language_zone_0

E.Ph.T faculty news channel️

24 Nov, 19:28


📌 Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari:

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt muddatlari quyidagicha belgilandi:

belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini to'lash muddati barcha kurs talabalari uchun davlat komissiyasi tomonidan 2024-yil 1-dekabrgacha etib belgilangan;

Shuningdek: barcha kurs talabalari uchun to'lov miqdorining 50 foizini to'lash muddati 2025-yil 1-yanvar etib belgilanganini eslatib o'tamiz.

Belgilangan muddatlarda to'lov-kontrakt mablag'larini o'z vaqtida amalga oshirmagan talabalar, Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt va undan tushgan mablag'larini taqsimlash tartibi to'g'risidagi 2431-sonli Nizomning 3-bob 27-bandiga binoan, o'qitish uchun belgilangan to'lov-kontrakt mablag'ini o'z vaqtida amalga oshirmaganli sababli talabalar safidan chetlatilishi haqida ma’lum qilamiz.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

E.Ph.T faculty news channel️

22 Nov, 08:23


#Diqqat

‼️
Qadrli talabalar, siz musiqa asboblarini chalishga, qo’shiq aytishga qiziqasizmi? 🎶Siz uchun bizda ajoyib yangilik bor

🇺🇿Samarqand Davlat Chet tillari institutida “Ijodkor talabalar” klubi tashkil etilmoqda.
🇺🇿Klubga a’zo bo’lish uchun biz bilan bog’laning @farzona_sherzodovna

Ijtimoiy sahifalarimiz⬇️
🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook

E.Ph.T faculty news channel️

21 Nov, 06:36


#kafedra_faoliyati


Kuni kecha Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi assitent o'qituvchisi Sh Norkulova tomonidan 2218-guruh talabalari uchun "Til ko'niklamalari integratsiyasi" fanidan ochiq dars tashkil qilindi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

21 Nov, 06:34


#kafedra_faoliyati


Talabalar o'rtasida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi assistent o'qituvchisi Sh Norkulova boshchiligida 2429-guruh talabalari bilan birgalikda Goʻri Amir, Registon ansambli hamda Bibixonim maqbaralariga sayohat amalga oshirishdi.


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

21 Nov, 03:47


#SamDCHTI_30_yoshda

Samarqand davlat chet tillar instituti tashkil topganining 30 yilligi munosabati bilan institutda Madaniyatlar festivali o’tkazildi

Batafsil...

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

E.Ph.T faculty news channel️

20 Nov, 16:43


Samarqanddan Toshkentga sayohat .
24 - noyabr
Bizning xizmatlar
Transport
Gid yo'lboshlovchi
Sayohat joylari
🚩Gʻofur G'ulom parki
🚩Xasti Imom masjidi
Noyob Qur'on kitobi
🚩Kosmanavtlar Metrosi
🚩Magic city
🚩Toshkent city
🚩Seoul Mun
Sayohat narxi:190⁰⁰⁰ so'm
Murojat uchun tell:
+998906032818
@sarbon2125
Bizning klub
@Orzutravelclub

E.Ph.T faculty news channel️

20 Nov, 01:38


Kuni kecha Samarqand Davlat Chet tillar institutida akademik litsey o'quvchilarini institut rahbariyati, instutdagi ta'lim tizimi, dars jarayonlari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat hamda shart sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Jarayon davomida litsey o'quvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

19 Nov, 15:22


🔖Ilmiy yoki publitsistik maqola (Ingliz, o‘zbek tillarida)
🔖 Kurs ishi (Ingliz, o‘zbek tillarida)
🔖 Prezentatiya va slaydlar tayyorlash xizmati

📌Tezkor
📌Sifatli,
📌Hamyonbop,
📌 Ishonchli xizmat uchun @matnchi01 ga yozing

❗️ 300 + mamnun mijozlar fikrlaridan ayrim misollar va ishlardan namunalar uchun 👉 @Matn_yoz ni ko‘ring

E.Ph.T faculty news channel️

19 Nov, 06:20


#Diqqat_tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-noyabrdagi 426-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari oʻrtasida


👉 “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi,
👉 “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi
videoroliklar” tanlovi,
👉 Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi bo'yicha ko'rik-tanlovlar o'tkaziladi.

Ushbu yo'nalishlar bo'yicha tayyorlagan materiallaringizni joriy yilning 27-noyabr kuniga qadar fakultet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosarlariga yuborishingiz mumkin.

Eslatma: Joriy yilning 29-noyabr kuni yuqoridagi 3 ta yo'nalish bo'yicha taqdim etilgan materiallar ko'rib chiqilib, g'oliblar aniqlanadi va dekabr oyida respublika bosqichida ishtirok etishi uchun yo'llanma, diplom hamda qimmatbaho sovg'alarga ega bo'ladi.

Respublika bosqichida ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritganlar

👉 “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi bo'yicha

1-o'rin 6 000 000
2-o'rin 5 000 000
3-o'rin 4 000 000

👉 “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi bo'yicha

1-o'rin 6 000 000
2-o'rin 5 000 000
3-o'rin 4 000 000

👉 Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi bo'yicha

1-o'rin 6 000 000
2-o'rin 5 000 000
3-o'rin 4 000 000 miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

E.Ph.T faculty news channel️

19 Nov, 03:45


#Tyutorlar_faoliyati

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor Z.Amonova ijara joylarida istiqomat qiluvchi o'ziga biriktirilgan talabalar holidan xabar oldi.

Jarayon davomida talabarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi.


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

18 Nov, 15:15


#Tyutorlar_faoliyati

18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori L.Toshpulatova tashabbusida Turizm va mehmondo'st 2431- guruh talabalari ishtirokida ma'naviy-madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlab kelingan ma‘lumotlar va she‘rlar yig'ilganlarni e'tiboriga havola etildi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

11 Nov, 10:43


#Tyutorlar_faoliyati

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida "Ajdodlarga munosib farzand bo'laylik" shiori ostida "Bir asar muhokamasi" mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbir fakultet tyutori Mehroj Yallayev rahbarligida tashkil etildi.

Bunda talabalar o'zlari o'qib kelgan asarlar yuzasidan qizg'in bahs-munozara olib borishdi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

11 Nov, 10:37


#SamDCHTI_30_yoshda
#Tyutorlar_faoliyati


Kuni kecha Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori U Bozorov tomonidan 2323-guruh talabalariga " Inson va Tabiat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbati davomida inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xoʻjalik, sogʻliqni saqlash va gigiyena, turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi kabi fikrlar muhokama qilindi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

11 Nov, 10:36


#Tyutorlar_faoliyati

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutorlar Qorayev.B, Yallayev.M, Ilyasova.M, Bozorov.U tashabbuslari bilan talabalar ishtirokida ''Biz giyohvandlikka qarshimiz'' shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish bo'yicha tushuntirishlar berib o'tildi.


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

11 Nov, 10:28


#Tyutorlar_faoliyati

Ingliz filologiyasi va tarjimashunostlik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor G.Jonuzoqova ijara joylarida istiqomat qiluvchi o'ziga biriktirilgan talabalar holidan xabar oldi.

Jarayon davomida talabarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

11 Nov, 10:27


#SamDCHTI_30_yoshda
#Tyutorlar_faoliyati

Kuni kecha Samarqand Davlat Chet tillar instituti 2-sonli talabalar turar joyida "Tejamkorlik - farovonlik garovi" mavzusida Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori U Bozorov hamda Z Amonovalar boshchiligida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbati davomida tejamkorlik haqida so‘z yuritilib: vaqtni tejash, umrni behuda ishlarga sarflamaslik, bizga berilgan barcha ne’matlarni qadrlashimiz, ularni tejab-tergab ishlatishimiz shu bilan birga berilgan ne’matlarni g‘animat bilib behuda sarf bo‘lishini oldini olishimiz zarurligi borasida fikrlar yuritildi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

02 Nov, 02:37


#Tyutorlar_faoliyati

Ingliz filologiyasi va tarjimashunostlik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor Sh Valiqulov ijara joylarida istiqomat qiluvchi o'ziga biriktirilgan talabalar holidan xabar oldi.

Jarayon davomida talabarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

01 Nov, 15:45


#Tyutorlar_faoliyati

Ingliz filologiyasi va tarjimashunostlik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor G.Jonuzoqova ijara joylarida istiqomat qiluvchi o'ziga biriktirilgan talabalar holidan xabar oldi.

Jarayon davomida talabarning yashash joyidagi ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ovqatlanish joylari, dars xonalari, yotoqxonalari ko’zdan kechirildi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

01 Nov, 15:38


#Tyutorlar_faoliyati


Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida faoliyat olib borayotgan tyutor G. Jonuzoqova hamda SamDChTI yoshlar inspektori M Xudoyberdiyevalar ishtirokida 2408, 2422, 2423 va 2424-guruh talabalari uchun yigʻilish o'tkazildi. Ushbu yigʻilishda pirotexnika vositalardan foydalanmaslik, jinoiy ishlar, shaxsiy daxlsizlik, himoya ordeni va h.k haqida ma'lumotlar berildi va talabalar o'zlari qiziqqan savollarga javob oldilar.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

01 Nov, 15:28


#Tyutorlar_faoliyati


Kuni kecha Samarqand Davlat Chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori B Qorayev o'ziga biriktirilgan ijarada turuvchi talabalar holidan xabar olib, ularning yashash xonadonlari qish mavsumiga qay darajada tayyor holatda ekanligini ko‘zdan kechirdi va talabalarga tegishli tavsiya va tushunchalar berdi.


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

01 Nov, 15:23


#Xalqaro

Qozog’iston Respublikasining E.Buketov nomidagi Karaganda universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti oʻrtasidagi hamkorlik doirasida Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida tilshunoslikning muhim yo’nalishlaridan bo’lgan lingvodidaktikaga bag’ishlangan davra suhbati tashkil qilindi.

Professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etgan tadbirda Karaganda universiteti Xorijiy filologiya kafedrasi mudiri, professor А.Kitibaeva ishtirokchilarga tadbirning maqsad va vazifalarini tushuntirdi. Shundan so’ng lingvodidaktikaning nazariy asoslari, fanni oʼqitishdagi oʼrni va undan oliy taʼlim tizimida qanday foydalanish mumkinligiga oid maʼlumotlar berdi. Shuningdek, Lingvodidaktikada foydalaniladigan interaktiv va innovatsion taʼlim metodlari, ularning samaradorligi va oʼquv jarayonidagi ahamiyati muhokama qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi

E.Ph.T faculty news channel️

24 Oct, 07:18


#Tyutorlar_faoliyati


Talabalar turar joyida talabalarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutorlari Z.Valiyev hamda L.Toshpulatova tashabbusida 21-oktabr o`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Ona tilim-jonu dilim ” mavzusidagi” madaniy-ma’naviy tadbir tashkil etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari tadbir shukuhiga shukuh bagʻishladi.

https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

23 Oct, 19:12


#fotolavha
#chorshanba_tògaragi

Xabaringiz bor, haftaning har chorshanba kuni institutimizda "Mustaqil ta'lim kuni" deb belgilangan. Shu munosabat bilan Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Yusupov A tomonidan talabalarga "Sinxron tarjimon" to'garagi muntazam ravishta o'tkazilib kelinmoqda.


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

23 Oct, 19:10


#fotolavha
#chorshanba_tògaragi

Oliy ta’lim tizimiga chet ellik mutaxasislarni jalb qilish ta’lim sifatini, talaba yoshlarning bilim salohiyatini oshirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Samarqand Davlat Chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti o‘quv mashg‘ulotlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun xorijlik mutaxassislarni jalb qilib kelmoqda.
Xususan, bugun ham fakultetimizda tashkil etilgan "Integrated study skills" to'garagini tashkil etish uchun xorijlik o'qituvchi Jennifer Musser taklif qilindi.


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

23 Oct, 19:09


#fotolavha
#chorshanba_tògaragi

Xabaringiz bor, haftaning har chorshanba kuni institutimizda "Mustaqil ta'lim kuni" deb belgilangan. Shu munosabat bilan Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o'qituvchisi Bakiyev F tomonidan talabalarga "Art of translation" to'garagi muntazam ravishta o'tkazilib kelinmoqda.


https://t.me/IFTfakulteti

E.Ph.T faculty news channel️

23 Oct, 19:08


#Tyutorlar_faoliyati


Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 2405-guruh talabalari tomonidan O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag'ishlangan " Qalamidan dur to'kilgan shoir" mavzusida she'riy kecha uyushtirildi.
Ushbu o'tkazilgan tadbirda talabalar she'riy va musiqiy chiqishlar bilan faol ishtirok etishdi.


https://t.me/IFTfakulteti