𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya @yuridik_birinchi Channel on Telegram

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

@yuridik_birinchi


🏛️ «@𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆_𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄»™️ mustaqil loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi.

🏢 Yuridik taʼlim muassasalari talabalari hamda abituriyentlari uchun maxsus kanal
Kerakli kanal @HUQUQCHIMIZ

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya (Uzbek)

Yuridik Birinchi is the official Telegram channel for all legal enthusiasts in Uzbekistan. Whether you are a law student, a practicing lawyer, or simply someone interested in the legal field, this channel is the perfect place for you. Yuridik Birinchi provides daily updates on the latest legal news, important court cases, and changes in legislation in Uzbekistan. Who is it? Yuridik Birinchi is a dedicated platform for anyone interested in law and legal matters in Uzbekistan. From students to professionals, this channel caters to a wide range of audiences who share a passion for the legal field. What is it? Yuridik Birinchi is a one-stop destination for all things legal in Uzbekistan. Stay informed about the latest legal developments, discuss interesting court cases, and connect with like-minded individuals who are passionate about law. Join Yuridik Birinchi today and become part of a vibrant community of legal enthusiasts in Uzbekistan!

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

21 Nov, 13:20


Huquqiy abbreviatura nima ?!

Huquqiy abbreviatura — bu qonunchilik tilining oʻziga xos birligi boʻlib, u soʻz birikmasiga kiruvchi soʻzlarning bosh harflaridan iborat boʻlgan qisqartirishdir.

📊 Huquqiy abbreviaturalarni kelib chiqishiga koʻra, ikkita katta guruhga boʻlish mumkin: sof huquqiy (OʻzR IIV, OʻzR FK, OʻzR JPK va boshq.) va oʻzlashtirilgan huquqiy abbreviaturalar (NNT, OʻzMU, TDYU).

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

20 Nov, 13:28


⚡️Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

19 Nov, 14:36


📕 Huquqshunoslik fanidan namunaviy test topshiriqlari

© Muallif: BMBA

⚠️Tarqatamiz

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

19 Nov, 14:34


Qonundagi xatolik!

"Mualliflik va turdosh huquqlar togrisida" gi Qonunning 46-moddasida turdosh huquqning muhofaza belgisi sifatida aylana ichiga olingan lotincha "R" harfi keltirilgan. Aslida esa bu xato. Turdosh huquqlarning muhofaza belgisi aylana ichidagi "P" belgisi bolishi kerak. Xuddi shu qonunning krillcha va inglizcha tajrimalarida bu togri yozilgan. Ya'ni lotincha "P" bolishi kerak deyilgan.

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

19 Nov, 14:32


Narbayeva Tanzila Kamalovna Oliy Majlisi Senati raisi etib saylandi.

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

19 Nov, 12:48


⚡️ Vazirlar Mahkamasi iste’foga chiqdi

Vazirlar Mahkamasining 19-noyabrdagi tegishli qarori bilan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

O‘z navbatida, Prezidentning tegishli Farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi ma’lum qilinadi.

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

18 Nov, 17:55


"Bilim va malakalarni baholash agentligi 2024

Siz uchun eng muhim ma'lumot!

Tushgan savollar

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

18 Nov, 17:53


#11sinf. #huquq

125-modda. Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish

Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

https://lex.uz/docs/-111453

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

18 Nov, 17:53


#11sinf #huquq

47-modda. Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish

Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish,
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish,
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

https://lex.uz/acts/-97664

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

18 Nov, 17:50


Ismoilov Nuriddin Mo‘ydinxonovich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri lavozimiga saylandi.

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

18 Nov, 15:33


18 noyabr – O'zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonuni qabul qilingan kun. Bayrog'imiz – g'ururimiz, faxrimiz. Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug' sanaladi. Chunki u xalqning o'tmishi, buguni va kelajagini o'zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

16 Nov, 14:54


💻 Talaba nechanchi kursdan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi mumkin?

💼 OTMning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

📥Ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Bundan tashqari, Yurisprudensiya talabalariga ham o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3-kursdan ishlashga ruxsat beriladi.

📊 Boshqa yo'nalish talabalari ham ishlay oladi. Ularga taqiq yo‘q. Faqat darsdan bo‘sh vaqtida ishlashi talab etiladi. Ya’ni talaba dars vaqtida o‘qishga bormasdan ishga bora olmaydi.

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

16 Nov, 14:49


🇺🇿 Prezident Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 9 nafar a’zolari tayinlandi.

Ro‘yxat:

Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori

Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori

Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori

Safoyev Sodiq Solixovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari

Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori

Turdiyev Sodiqjon – O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

15 Nov, 14:51


Ma’muriy sud tomonidan hal etiladigan ishlar.

Ma’muriy sudlar:

1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

3) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;

5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;

6) investitsiya nizolari bo‘yicha;

7) raqobat to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi.

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

14 Nov, 07:16


⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:30)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

13 Nov, 14:03


Shaxsni yaqin qarindoshlari sudlanganligi uchun — Prokuraturaga ishga qabul qilmasliklari toʻgʻrimi?

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 28-moddasida shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emasligi mustahkamlangan.

Shuningdek, Prokuratura toʻgʻrisidagi qonun 43-moddasiga koʻra prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish oʻrganuvchilar lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari boʻlgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.

Ushbu qonunda shaxsning yaqin qarindoshlari sudlanganligi holati uning mazkur organga xizmatga kirishiga cheklov qoʻyish haqidagi biror qoida belgilanmagan.

Shunday ekan, talabgor yuqoridagi qonunning 43-moddasi talablariga javob bersa, ushbu organga ishga qabul qilinishingiz mumkin.


▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

𝙔𝙐𝙍𝙄𝘿𝙄𝙆 𝘽𝙄𝙍𝙄𝙉𝘾𝙃𝙄/ Rasmiy kanal /Yurisprudensiya

12 Nov, 19:14


📝SAVOLLARGA JAVOB YOZING

1.Mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega bo‘lib bevosita amal qiladigan hujjat qanday nomlanadi?
2.O‘zbekistonning davlat tili qaysi til?
3.O‘zbekistonning poytaxti qaysi shahar?
4.Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari qay tartibda ko'rib chiqiladi?
5.O‘zbekiston xalqi nomidan kim ish olib borishi mumkin?
6.O‘zbekiston davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va … hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.
7.O‘zbekistonning davlat ramzlaridan biri bu - ?
8.Konstitutsiyamizga ko‘ra, O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, dunyoviy va qanday davlat hisoblanadi?
9.O‘zbekistonning davlat chegarasi va …. daxlsiz va bo‘linmasdir.
10. ….. o‘z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshiradi.

▪️|Obuna bo'ling👇
@YURIDIK_BIRINCHI

1,040

subscribers

281

photos

96

videos