BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓 @bilimdon_huquqshunos Channel on Telegram

BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓

@bilimdon_huquqshunos


Kanalimizda siz quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin:
Huquqshunoslik fanidan ma'lumotlar
Quiz testlar
BMBA darajasidagi Online testlar
BLOK TESTLAR
Va boshqa eng muhim xabarlar
Murojaat uchun @Xoliqov_Hayotjon

BILIMDON HUQUQSHUNOS (Uzbek)

BILIMDON HUQUQSHUNOS Telegram kanali sizni huquqshunoslik sohasidagi eng so'nggi yangiliklar bilan ta’minlaydi. Kanalimizda siz quyidagi ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin: Huquqshunoslik fanidan ma'lumotlar, quiz testlar, BMBA darajasidagi online testlar, blok testlar, va boshqa eng muhim xabarlar. Bu kanal huquqshunoslik sohasidagi yangiliklar va ma'lumotlar bilan doimiy ravishda sizni ta’minlaydi. Agar siz huquqshunoslik sohasida o'z bilim va ko'nikmalaringizni oshirishni istasangiz, shuningdek onlayn testlardan o‘zingizni sinab ko‘rishni xohlasangiz, BILIMDON HUQUQSHUNOS Telegram kanali siz uchun eng yoqimli manba bo'ladi. Murojaat uchun @Xoliqov_Hayotjon ga murojaat qiling va huquqshunoslik sohasidagi yangiliklardan doimiy xabardor bo'ling!

BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓

19 Nov, 02:58


⚡️⚡️⚡️⚡️

✔️2024-yilgi na'muna testi.
📣 Fan:
Davlat va huquq asoslari
©Bilim va malakalarni baholash agentligi

@bilimdon_huquqshunos

BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓

18 Nov, 04:38


🇺🇿 Bugun vatanimiz bayrog‘i qabul qilingan kun!!!

1991-yil 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!

@bilimdon_huquqshunos

BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓

13 Nov, 16:33


👨‍⚖Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar:

🔰Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish o‘rganuvchilar lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo‘lgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.

Alohida hollarda, prokuratura organlaridagi xizmatga iqtisodiyot, moliya, sotsiologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida va boshqa sohalarda oliy ma’lumotga, zarur bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar qabul qilinishi mumkin.


🔰O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek tumanlar, shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanadi.

Prokuratura organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.

Prokuratura organlari xodimlariga ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.


@BILIMDON_HUQUQSHUNOS

BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓

13 Nov, 06:14


#Adliya_xabari

Adliya vaziri Fargʻonada huquq fani oʻqituvchilari va mediatorlar bilan uchrashdi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov yoshlarning maʼnaviyati va tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish masalalari yuzasidan Fargʻonada huquqshunoslik fani oʻqituvchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda huquq fanining oʻqitishdagi mavjud muammolar va ularning yechimi, huquq taʼlimini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Oʻqituvchilar tomonidan maktablarda huquqshunoslik fanini chuqurroq oʻrgatish va oʻquvchilarning huquqiy ongini yanada oshirish boʻyicha takliflar berildi.

Shu kunning oʻzida adliya vaziri Fargʻona viloyatida faoliyat olib boruvchi professional mediatorlar bilan uchrashdi. Ishtirokchilar mediatsiya institutining bugungi holati hamda istiqboli, professional mediatorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Bugungi kunda Fargʻona viloyatida 125 nafar professional mediator faoliyat olib bormoqda. Mediatorlarning 102 nafari xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar, 13 nafari advokat va 10 nafari turli sohalarda faoliyat olib boruvchi fuqarolardan iboratdir.

Uchrashuv davomida mediatsiya sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni rivojlangan davlatlar qonunchiligi bilan uygʻunlashtirish boʻyicha takliflar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish

BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓

13 Nov, 04:27


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi boʻlish uchun talablar:

♻️Oʻttiz besh yoshga toʻlgan boʻlishi

♻️oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlishi

♻️ yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 15 yillik ish stajiga, shu jumladan qoida tariqasida, sudya sifatida kamida 7 yillik ish stajiga ega boʻlishi

♻️ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi


Asos: Oʻzbekiston Respublikasi "Sudlar toʻgʻrisida"gi qonunning 67-68-moddalar

@BILIMDON_HUQUQSHUNOS

BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓

10 Nov, 17:14


#Bilib_oling

Sudyaning vakolatlari tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori bilan quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi:

🔰sudya o‘z lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa;

🔰sudyaga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan bo‘lsa;


🔰sudya sudning hal qiluv qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;

🔰sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;

🔰sudya davlat hokimiyati vakillik organlari saylovida deputatlikka nomzod sifatida ishtirok etayotgan bo‘lsa.


Sudyaning vakolatlari ularni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lgunga qadar to‘xtatib turiladi.

Sudya qonunda belgilangan tartibda tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.

Sudyaning vakolatlari to‘xtatib turilishi unga ish haqi to‘lashni to‘xtatishga yoki ish haqi miqdorini kamaytirishga, uning ta’minoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda belgilangan daxlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab bo‘lmaydi, bundan ehtiyot chorasi sifatida sudyaga nisbatan qamoqqa olish chorasi tanlangan hollar mustasno.

Sudyaning vakolatlarini qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turgan tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan qabul qilinadi.


Asos: http://lex.uz//docs/-5534923
Oʻzbekiston Respublikasi "Sudlar toʻgʻrisida" gi qonunning 79-moddasi


@BILIMDON_HUQUQSHUNOS

BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓

09 Nov, 09:44


Attestatsiyadan oʻtganlarni tabriklayman! Qalban birgamiz 🙌

BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓

09 Nov, 04:49


Fargʻonaga boradigan ustozlarimiz bilan nasib qilsa koʻrishib qolamiz

BILIMDON HUQUQSHUNOS👨‍🎓

09 Nov, 04:48


Bugungi attestatsiyada barcha ustozlarimizga omad yuzlaring yorugʻ boʻlsin!!!