Xorazm viloyatining Xonqa tumanida 2 600 dan ortiq baliq nobud bo‘lgani aniqlandi
Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali Xonqa tumani, “Madir” qishlog‘i hududida ichki zaxkashda baliqlar o‘lib qolgani to‘g‘risida tarqalgan videomurojaat yuzasidan Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, “Madir” qishlog‘i va “Ilg‘or” mahallasida joylashgan “Xonqa billur salt” tuz va yodlangan tuz mahsulotlari ishlab chiqarish xususiy korxonasi tomonidan tuzlarni qayta ishlash jarayonida hosil bo‘ladigan tarkibida ifloslantiruvchi moddalari bo‘lgan oqava suvlar zaxkashga oqizilgan.
Oqibatda 2 370 ta karas, 240 ta gambus, 46 ta shamayka, 5 ta lesh, 3 ta ilon bosh va 1 ta oq amur, jami 2 665 ta turli xildagi baliqlar nobud bo‘lgan va hayvonot dunyosiga 223 million 380 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Канал - @Xorazmliklar