8- sinf ona tili
17-dars
INSHOGA EPIGRAF TANLASH
Darsning rejasi:
1.Uy vazifasi tahlili.
2.Yangi mavzu bilan ishlash.
3.Grammatik o’yin.
4.Mustahkamlash.
5.Dars yakuni va uyga topshiriq.
Ta`limiy maqsad: inshoga epigraf tanlash va uning ahamiyati haqida o’quvchilarda tasavvur hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni so’zni anglash va o’rinli qo’llash odobiga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: mantiqiy fikrlash orqali inshoga epigrafni to’g’ri tanlash ko’nikmasini
shakllantirish..
Darslikda berilgan rasm asosida «Buyuk Ipak yo‘li va z amonamiz» mavzusida
yozilgan uy inshosi tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida insho mazmun-mundarijasi
bo’yicha o‘tkazilgan suhbat savollaridan foydalanish mumkin. Insho mazmuni
bo‘yicha fikr yuritilar ekan, o’quvchilarning «O‘zbekiston tarixi» fani orqali Buyuk
Ipak yo‘li haqidagi taassurotlarini zamonaviy omillarga bog‘lab qay darajada izchil
yoritganliklariga e’tibor qaratiladi imlo va uslubiy tomonlari inobatga oliadi.
Yangi mavzuni bayon qilishdan oldin quyidagi savollarni berish tavsiya qilinadi:
1. A. Qahhorning “O’g’ri” va “Bemor” hikoyalariga sarlavhadan keyin berilgan
maqollarni eslay olasizmi? (“Otning o’limi – itning bayrami”, “Osmon yiroq – yer
qattiq”)
2. Ushbu maqollar bilan hikoya mazmuni orasida qanday bog’liqlik bor
3. Muallif qanday maqsadda maqollarni qo’llagan
Mulohazalar tinglangach, o’qituvchi fikrlarni umumlashtirib, bir tizimga
keltiradi Inshoning mazmuniga mos keluvchi hikmatli so'z, maqol, ibora yoki
badiiy parcha epigraf deyiladi. Epigraf rejadan keyin, insho matnidan oldin
sahifaning o'ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo'lgan matndan so'ng (so'roq yoki
undov gap bo'lmasa) nuqta qo'yiladi. Muallifi qavs ichida yozilib, hech qanday
tinish belgisi qo’yilmaydi.
Inshoda epigraf bo'lishini qat'iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman
ixtiyoriydir. Lekin mavzuga va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf
tanlansa, inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining mahoratini
ko'rsatadi. Qolip namunasi:
52-mashqda berilgan jadvalning 1-ustunida insho mavzulari, 2-ustunida
muayyan mavzularning mazmunini ochib beruvchi fikr (maqol, mashhur bayt)
keltirilgan. Insho mavzulariga mos keluvchi fikrlar tanlanadi va bir-biriga
bog‘lanadi. Yechim:
T/r Insho mavzusi Mos keluvchi epigraf
1 Muxtasar nutq – go’zal nutq Qisqa yozishga vaqti yo’q kishi uzun
xat yozadi.(Paskal)
2 Tuproqlaring ko’zga aylay to’tiyo... Ona yurting omon bo’lsa,
Rang-u ro’ying somon bo’lmas.(Maqol)
3 Mehnat baxt keltirar Emgak ekinda qolmas.
(Mahmud Koshg’ariy)
4 Obi hayot – tiriklik manbayi Suv – zar, suvchi – zargar.
(Maqol)
Sarlavha
Epigraf matni.
(Muallif)
Reja:
14-topshiriqda keltirilgan insho mavzulariga mos keluvchi epigraf topib yoziladi.
Namuna:
T/r Insho mavzusi Mos keluvchi epigraf
1 Alisher Navoiyning
«Topmadim» g‘azali tahlili Aytkim, tutqil xabar mendin yo’q ersa,
topmagung,
Olam ichra istabon nom-u nishonimdin
xabar.(Alisher Navoiy)
2 Muhammad Yusuf she’rlarida
samimiylik va haqqoniylikning
tarannum etilishi Bir vaqtlar ilhomning o‘tli tig‘ida,
Falakni ko‘zlardi mening ham sozim.
Lekin ikki daryo oralig‘ida,
Qolib ketdi mening o‘sha ovozim.(Abdulla Oripov)
3 Abdulla Qodiriy – tarixiy
romanlar ustasi. Adolat kuchga bo’ysungan yurt – vayron
yurt,
Kuch adolatga bo’ysungan yurt – bo’ston
yurt.(Muhammad Yusuf)
4 «O‘tkan kunlar» romanidagi
Zaynab timsoliga tavsif Otang senga sabr yediradir, qayin onang bo’lsa kundashing duosida, sen bo’lsang
yig’i quchog’ida
(Abdulla Qodiriy)
53-mashq ham yuqoridagi topshiriq kabi bajariladi.
Namuna
T/r Insho mavzusi Mos keluvchi epigraf
1 O‘zbekistonimning ertasi Daryo kabi doimo uyg‘oq
Intilishim tog‘ qadar baland.
Olis yo‘lga otlandim, biroq
Senga bo‘lgan sadoqat bilan,
Ey ko‘nglimga yo‘g‘rilgan Vatan.(Rauf Parfi)
2 Yangi asr orzulari Istiqlol, ketma yurt peshonasidan,
Tole, tark etmagin bizni ilohim.
Mana, yangi asr ostonasidan
O’tdim. Bismillahir rohmanir rohiym.(Abdulla Oripov)
3 O‘tkir Hoshimov asarlarini
sevib o‘qiyman. Insoniyat orol emas, qit’a bo’lib
https://t.me/+NE3m63fi0AJmOTk6