UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy @urdpianiqfanlar Channel on Telegram

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

@urdpianiqfanlar


🏛/UrDPI
Aniq va amaliy fanlar fakulteti

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy (Uzbek)

🏛 UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti Telegram kanali - Bu kanal Uzbekiston Respublikasi Davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti tomonidan yaratilgan rasmiy kanaldir. Kanalda, fakultet haqida so'ngi yangiliklar, o'quv jarayoni bo'yicha maqolalar, tadbirlar va ko'p boshqa foydali ma'lumotlar sizni kutmoqda. Bu kanal fakultet talabalari, o'qituvchilari va barcha qiziqarli shaxslar uchun mo'ljallangan. Agar siz ham fakultetimiz haqida so'ngi yangiliklardan xabardor bo'lishni xohlaysiz, ushbu Telegram kanaliga obuna bo'lishni unutmang!

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

18 Jan, 06:04


📌 Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?

Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.

Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.

Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.  

Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

17 Jan, 09:08


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#Besh_tashabbus_olimpiada

Urganch davlat pedagogika instituti talabalari oʻrtasida "Besh tashabbus" doirasida sport musobaqalari oʻtkazildi.

Talaba-yoshlarning sogʻlom turmush tarziga rioya qilish va jismonan sogʻlom boʻlishiga hamda sportga boʻlgan qiziqishini yanada rivojlantirish maqsadida fakultetlar oʻrtasida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida "Valeybol" sport turlari boʻyicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabalari munosib ishtirok etishdi.

Shuningdek, "Besh tashabbus olimpiadasi" hamda "Talabalar ligasi" doirasi ostida muntazam ravishda sport musobaqalari tashkil etilib kelinmoqda.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

16 Jan, 10:59


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#zakovat

Urganch davlat pedagogika instituti "Zakovat" intellektual klubi tomonidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Talabalar ligasi" doirasi ostida "Zakovat" o'yinlari bo'lib oʻtdi.

Zakovat intellektual o'yinida Aniq va amaliy fanlar fakultetidan jami 8 ta jamoa ishtirok etishdi.

Manzil:@UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

15 Jan, 14:14


📌 Sessiya bu - ...

🔸 Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib, shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...

🔸 Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi

🔸 Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...

🔸 Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varoqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...

🔸 Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...

🔸 Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...

🔸 Sessiya bu - 12 varoqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...

🔸 Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...

🔸 Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...

🔸 Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...

🔸 Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...


P/S: Siz uchun sessiya nima?

Manzil:@UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

15 Jan, 10:29


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#Talabalar_ligasi

Urganch davlat pedagogika instituti talabalari oʻrtasida "Talabalar ligasi" doirasida sport musobaqalari oʻtkazildi.


Talaba-yoshlarning sogʻlom turmush tarziga rioya qilish va jismonan sogʻlom boʻlishiga hamda sportga boʻlgan qiziqishini yanada rivojlantirish maqsadida fakultetlar oʻrtasida tashkil etilgan “Talabalar ligasi” doirasida sportning shaxmat-shashka sport turlari boʻyicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabalari munosib ishtirok etishdi.

Shuningdek, "Talabalar ligasi" hamda "Besh muhim tashabbus" doirasi ostida muntazam ravishda sport musobaqalari tashkil etilib kelinmoqda.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

14 Jan, 11:47


UrDPIda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Bayram tadbirlaridan soʼng kechki payt Talabalar turar joyidagi talabalar uchun ehson oshi tarqatiladi.


©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

14 Jan, 10:21


🤩 #davomi / #boshi_avvalgi_postda

🇺🇿 Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib o‘tdi

Yurtimizning tobora rivojlanib borayotganligida har bir fuqarolar qatorida sarhadlarimizni koʻz qorachigʻiday asrayotgan mard va jasur yurtimiz himoyachilarining ham oʻrni beqiyosdir.

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 33 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirda institut rektori Feruza Madraximova ishtirok etib, institut jamoasini bayram bilan tabrikladi.

Tadbir davomida bir guruh jamoa a’zolari, xususan, qator huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ishlab, nafaqaga chiqqan hozirda UrDPIda faoliyat olib borayotgan xodimlar taqdirlandilar. Shuningdek, institutning profilaktika inspektori va Afg‘onistondagi harbiy jarayonlar ishtirokchilari e’tirof etilib, “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bugungi Vatan himoyachilari kuni nafaqat Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotganlar, balki har birimizning bayramimizdir. Koʻksi qalqon, zabardast Vatanimiz yigitlariga, posbonlariga doimo zafarlar yor boʻlsin. Oilaviy sogʻlik va xotirjamlik, omonlik hamrohingiz boʻlsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin.

** Ayni damda institutning fakultet va kafedralari kesimida bayram tadbirlari davom etmoqda.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

13 Jan, 11:02


#ekskursiya
#hamkorlik

🏢 UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti tyutorlari A.Vaisov hamda U.Xudaybergenovlar boshchiligida "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Xorazm viloyat filiali bilan hamkorlikda Urganch shahridagi "Lobar-Akbar" MChJga "Biznes Sayohat" tashkil etildi.

⚡️Biznes sayohat davomida tikuvchilikka qiziquvchi talaba-yoshlar ish jarayonlarini bevosita yaqindan kuzatishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olishdi.

Bunday sayohat tashkillashtirishdan maqsad talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va kelajakda kasb-hunar oʻrganishlari uchun talabalarda qiziqish uygʻotishga qaratilgan.

Manzil:@UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

11 Jan, 17:21


#Sport_musobaqalari

🇺🇿 🤩 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Urganch davlat pedagogika instituti erkak professor-oʻqituvchilari va rektorat xodimlari oʻrtasida voleybol musobaqalari o‘tkazildi.

Institut Sport klubining tashabbusi bilan oʻtkazilgan hamda jamoalar oʻrtasida qizgʻin bahslarga boy oʻtgan musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra Aniq va amaliy fanlar fakulteti jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

11 Jan, 16:50


#Kredit_modul
#Talabalar_diqqatiga

📌 1- va 2-bosqich talabalar qanday holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi!?

1️⃣- HOLAT: Agar talaba bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizi va undan ortiq hajmini sababsiz qoldirsa;

2️⃣ - HOLAT: Fan yakunida joriy nazorat bo‘yicha to‘plagan o‘rtacha bali 60 dan kam bo‘lgan talaba;

3️⃣ - HOLAT: Agar talaba fan yakuni bo`yicha oraliq (ON) yoki yakuniy nazorat (YaN) imtihonlaridan 60 dan kam bal to'plasa.(Bunda talabaga ONni qayta topshirish uchun 2 marta (dekanat ruxsati va koordinatsion kengash qarori asosida), YaNni qayta topshirish 2 marta (1-marta dekanat ruxsati bilan, 2-marta koordinatsion kengash qaroriga binoan pullik asosida attestatsiya davrida amalga oshiriladi, bunda to‘lov qiymati yozgi semestr uchun to‘lanadigan pul miqdorining 30%ni tashkil qiladi) imkoniyat beriladi.

Akademik qarzdor talabalarga o‘z xohishiga ko‘ra, yozgi ta’til vaqtida o‘rnatilgan tartibda to'lovni amalga oshirgandan so‘ng qayta ta'lim olishi imkoniyati beriladi.

ASOS

Manzil:@UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

11 Jan, 16:07


🇺🇿O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari sonini bilarmidingiz?

➡️1940/1941-o‘quv yilida O‘zbekistonda 30 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 19.061 nafar talaba o‘qigan.
➡️Keyinchalik, jahon urushi o‘qishga salbiy taʼsir qilib, taʼlim oladigan talabalar soni keskin kamayib ketgan.

↪️Mustaqillik arafasida O‘zbekistonda 41 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ulardan: 3 tasi universitet, 15 tasi pedagogika, 7 tasi texnika, 5 tasi tibbiyot, 3 tasi iqtisod, 4 tasi qishloq xo‘jaligi, 3 tasi sanʼat, 1 tasi jismoniy tarbiya va sport instituti.

↪️2002-yil O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari soni 61 tani tashkil etdi. Bulardan 18 tasi universitet bo‘lib, 2001/2002-o‘quv yilida 61 ta oliy o‘quv yurtlarida 207,2 ming nafar talaba taʼlim oldi.

↪️Bugungi kunga kelib esa O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalari soni 213 taga yetdi. Bulardan: 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Manzil:@UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

10 Jan, 12:15


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#vatanparvarlik
#ekskursiya

🏢14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni ” munosabati bilan UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti tyutorlari boshchiligida fakultet talabalari Urganch shahrida joylashgan “Jasorat bogʻi”ga tashrif buyurdilar
.

Ushbu sayohatdan koʻzlangan maqsad yoshlar ongida vatanparvarlik va insoniylik hislarini yanada kuchaytirish.

Shuningdek, sayohat davomida talaba yoshlarga bogʻdagi harbiy texnikalar va oʻqotar qurollar haqida tushuntirildi. Talabalarning fikr-mulohazalari eshitilib, bebaho ne’matimiz boʻlgan mustaqilligimizning qadriga yetib shu zaminga loyiq farzand boʻlish tushunchalari berildi.

Manzil:@UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

28 Dec, 14:14


🤩 UrDPIda iqtidorli talaba-qizlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Aniq va amaliy fanlar fakultetida tashkil etilgan mazkur uchrashuv davomida Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sirojbek Allanazarov, "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni sohibasi, "San’atshunoslik" kafedrasi v.b dotsenti Maya Nurmatova, Aniq va amaliy fanlar fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Aziza Raximova hamda ota-onalar so‘zga chiqib, talab-qizlarning ortda qolayotgan yil davomida erishgan yutuq va natijalarini e'tirof qilgan holda, yoshlarning kelgusidagi faoliyatiga ham omad va zafarlar tiladilar.

Uchrashuv yakunida yil davomida yutuqlarga erishgan iqtidorli talaba-qizlarning ota-onalari "Tashakkurnona"lar bilan taqdirlandi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

27 Dec, 11:46


#Yil_sarhisobi | #Badiiy_qism

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida yil sarhisobiga bagʻishlangan tadbirda institut rektori Feruza Madraximova oʻtayotgan yil sarhisobi va kelgusi yil vazifalari xususida nutq soʻzladi. Tadbirda yil davomida samarali mehnat qilgan bir guruh professor-oʻqituvchilar va xodimlar taqdirlandilar.

Tadbir yakunida institutning Musiqa taʼlimi yoʻnalishi professor o‘qituvchilari va talabalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Barchaga bayramona koʻtarinki kayfiyat ulashildi.

#Boshi_avvalgi_postlarda

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

27 Dec, 11:46


🎄🎊 #Yil_sarhisobi | #VIDEOREPORTAJ

🤩 UrDPIda 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar boʼyicha nutq soʼzladi. Tadbirda oʼtayotgan yil davomida institut rivojiga hissa qoʼshgan professor-oʼqituvchilar va xodimlar taqdirlandilar.

Shu bilan birga, institut rahbariyati tomonidan barcha professor-o‘qituvchilar va barcha xodimlarga Yangi yil sovgʼalari tarqatildi, bayram munosabati bilan pul mukofotlari berildi. Tadbir soʼnggida kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

▶️ HD formatda tomosha qilish

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

27 Dec, 11:46


#Yil_sarhisobi | #taqdirlash

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida yil sarhisobiga bagʻishlangan tadbirda institut rektori Feruza Madraximova oʻtayotgan yil sarhisobi va kelgusi yil vazifalari xususida nutq soʻzladi. Shuningdek, yil davomida samarali mehnat qilgan bir guruh texnik xodimlar taqdirlandilar.

**Davomi keyingi postda

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

27 Dec, 11:46


#Yil_sarhisobi | #taqdirlash

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida yil sarhisobiga bagʻishlangan tadbirda institut rektori Feruza Madraximova oʻtayotgan yil sarhisobi va kelgusi yil vazifalari xususida nutq soʻzladi.

Tadbirda yil davomida oʻz iqtidorini namoyon etgan talabalar va nomdor Davlat stipendiyasi boʻlgan talabalar va ularning Ota-onalari rektor tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

**Davomi keyingi postda

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

23 Nov, 04:45


#xushxabar
#Oʻzbekiston_sport_faxriysi

🤩 UrDPI oʻqituvchisi "Oʻzbekiston sport faxriysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.


Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti "Jismoniy madaniyat" kafedrasi katta oʻqituvchisi Nurjamol Osmonbekova Maqsudkonova Oʻzbekiston Sport tashkilotlari faxriylar kengashining "Oʻzbekiston sport faxriysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Ustozimizni eʼtirof va muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz va yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

23 Nov, 04:44


#Bilasizmi?

📌 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati

👉 Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri

👉 Daliyev Shohrux Hojiakbarovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

👉 Mahkamov Otabek Muxtorovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

👉 Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

22 Nov, 04:10


Prezident yoshlarni sportga keng jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

▫️Jamoaviy sport turlari boʻyicha “Mahalla ligasi” va “Maktab ligasi” musobaqalarini yoʻlga qoʻyish taklif etilmoqda. Davlat OTMlarida sport klublari tashkil qilish, ular oʻrtasida “Talabalar ligasi”, “Vazir kubogi” va “Rektor kubogi” kabi musobaqalar oʻtkazib borish koʻzda tutilmoqda.

▫️Mahalliy hokimliklar huzurida hududiy sport klublari tuziladi. “ERP Sport” elektron tizimida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va seleksiya qilish joriy etiladi.

▫️Taklifga koʻra, haftaning har payshanba kuni “jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilanadi. Jalb qilingan yoshlar soni hamda erishilgan natijalarga qarab, sport maktablari xodimlariga ustama beriladi.

▫️Tizim maktablarida ommaviy sport boʻyicha trener-seleksioner lavozimini joriy etilib, ularga beshtagacha mahalla va taʼlim muassasalari biriktiriladi. Mahallalarda toʻgaraklar tashkil etgan trenerlar qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

21 Nov, 07:21


#DIQQAT_ELON
#Ochiq_dars

23-noyabr kuni soat 8:30 da Aniq va amaliy fanlar fakulteti "Jismoniy madaniyat" kafedrasi Jismoniy madaniyat yoʻnalishi 224,225,226-guruh talabalariga AKT zalida o'qituvchi S.J.Muratovning "Kurash va uni o'qitish metodikasi" fanidan "Kurash va belbog'li kurash da musobaqalar o'tkazish" mavzusidagi ochiq dars mashgʻulotiga barcha xohlovchi professor-oʻqituvchilarni taklif qilamiz.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

21 Nov, 07:14


#Texnologik_talim_kafedrasi
#Amaliyot
#Tadbir

Bugun 19.11.2024 kuni
4+2 amaliyotda Texnologik ta'lim yo'nalishi 231- guruh talabalari va amaliyot rahbari O'.Qalandarova tomonidan 6- son umumiy o'rta ta'lim maktabida 8-sinf o'quvchilari bilan "Balli qizlar" tadbiri o'tkazildi.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

21 Nov, 06:37


#Amaliyot

4+2 amaliyot dasturi bo'yicha Urganch shahridagi 16-maktabda UrDPI o‘qituvchisi Ibragimov Sherzod rahbarligida Texnologik taʼlim yo‘nalishining 232-guruh talabalari amaliyot olib bormoqdalar.

Amaliyot davomida talabalar tashabbusi bilan 5-e sinf o‘quvchilari ishtirokida "Kuz malikasi" koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida oʻquvchilar oʻzlarining iqtidorini namoyon qilishib faol ishtirok etishdi. Tadbir oʻquvchilarga estetik zavq bagʻishlab yaxshi xotiralar bilan oʻquvchilar qalbiga muhrandi.

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

21 Nov, 05:01


#xushxabar
#besh_tashabbus_olimpiadasi

🇺🇿 UrDPI jamoasi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan stritbol musobaqalari g‘olibi bo‘ldi

🏐 Kuni kecha Urganch shahar “Yoshlik” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning stritbol turi bo‘yicha musobaqalarning hududiy bosqichi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va unda institutimizning o‘g‘il bolalar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Ma’lumot uchun, 2-o‘rin Ma’mun-universiteti nodavlat oliy ta’lim muassasi hamda 3-o‘rin Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali jamoalariga nasib etdi.

Jamoamiz Xorazm viloyati sport boshqarmasi tomonidan Sport vazirligining diplom va sport epikirovkalari bilan taqdirlandi.


©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

16 Nov, 17:13


#kredit_modul
#Aniq_va_amaliy_fanlar

🧑‍🎓Talabalar OTMlardan quyidagi hollarda chetlashtiriladi:

👉 Bir o'quv semestrida 74 soatdan oshiq dars qoldirgan talabalar Nizom asosida institut rektori buyrug'i bilan o'qishdan chetlatiladi.

👉 o‘z xohishiga binoan;
👉 o‘qishning boshqa oliy ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
👉 o‘quv intizomini va OTMlar tomonidan o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalar hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
👉 shartnoma asosida o‘qiyotgan ta’lim oluvchilar shartnoma bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmaganligi uchun;
👉 sud tomonidan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanganligi sababli;
👉 sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
👉 vafot etganligi sababli.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi "393-son qarori" dan koʻchirma

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

16 Nov, 14:43


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#Kafedra_kuni

Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti Fizika Matematika kafedrasi oʻqituvchilari talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.

Fizika Matematika kafedrasi oʻqituvchilar M.Saidov va M.Jumaniyazovlar ishtirokida Kafedra kuni oʻtkazildi.

Shuningdek, talablar turar joyida joylashgan talabalarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar hamda odob-axloq qoidalari haqida ham bir qator tushunchalar berib oʻtildi.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

16 Nov, 06:55


#PISA | #Xalqaro_baholash_dasturi

Shu kunlarda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining Ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining asoschisi va rahbari Andreas Shlyaxer amaliy tashrif bilan Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi.

Bugun, 16-noyabr kuni Andreas Shlyaxer ishtirokida uchrashuv tashkil etilmoqda. Uchrashuvda Urganch davlat pedagogika instituti dekanlari va professor-o'qituvchilari ishtirok etmoqdalar.

🌐 @UrDPI_UZ

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

16 Nov, 05:56


#18_noyabr
#bayrogʻim_faxrim
#chellenj

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

16 Nov, 04:53


#Bagʻrikenglik_haftaligi

🤩 “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik — umrboqiy qadriyatlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi


Urganch davlat pedagogika institutida “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida O‘zbek-turkman do‘stlik jamiyati raisi, “Ulli hovli” turistik markazi direktori Davlatnazar Rajabov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.Xo‘jamuratov ochib berdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yashayotgan 130 dan ortiq millat vakillari bir osmon ostida tinch va totuv yashayotganligi, hozirda Urganch tumani G‘oybu qishlog‘ida yashayotgan turkman millatiga mansub aholining hayoti misolida yurtimizda turli millat va elatlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

15 Nov, 09:03


#DIQQAT_ELON
#Ochiq_dars

16-noyabr kuni soat 16:00 da Aniq va amaliy fanlar fakulteti "Jismoniy madaniyat" kafedrasi o'qituvchisi X.Kurbonboyevning Jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi 234-guruh talabalariga 2-smena 3-juftlikda A.L Sport maydonida "Sakrash turlari texnikasini o'rgatish metodikasi" mavzusidagi amaliy ochiq dars mashgʻulotiga barcha professor-oʻqituvchilarni taklif qilib qolamiz.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

15 Nov, 08:11


#kitob_tavsiya #Frans_Kafka #Jarayon

📚 20-asr boshlarida Frans Kafka tomonidan yaratilgan “Jarayon” asari butun bir asr davomida adabiyotshunoslar va kinorejissyorlarni hayajonga solib kelmoqda. Modernizm, “sehrli realizm” va ekzistensializmning o‘ziga xos adabiy uslubida yozilgan asarda zamonaviy jamiyatning klassik muammosi – inson va tuzum o‘rtasidagi qarama-qarshilik tahlil qilinadi.

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

15 Nov, 08:01


#OAVda_biz | #TV

Xorazm MTRK “Ma’rifatnoma” ko‘rsatuvining navbatdagi soni Urganch davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida, institut hududida tashkil etildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

15 Nov, 08:00


#yil_talabasi

🤩 “Eng faol yil talabasi” tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi

Joriy yil davomida o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda faollik ko‘rsatib, yuqori natijalarga erishayotgan talabalar faoliyatini munosib rag‘batlantirish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Eng faol yil talabasi” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda talabalarning tanlagan nominatsiyasi bo‘yicha tayyorlagan taqdimotlari tanlov komissiyasi tomonidan nizom asosida baholanib, nomzodlarning yig‘ma jildlari tahlil etildi. Shuningdek, komissiya tomonidan nomzodning darslardagi faolligi, fanlarni o‘zlashtirish darajasiga ham alohida e’tibor qaratildi. G‘oliblar aniqlanib, 1-o‘rin sohiblariga respublika bosqichiga yo‘llanmalar berildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

15 Nov, 07:44


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#Ochiq_dars

18-noyabr kuni soat 10:00 da  Aniq va amaliy fanlar fakulteti "Texnologik taʼlim" kafedrasi Texnologik ta'lim yo'nalishi 241-guruh talabalariga 102-xonasida (tikuvchilik xonasida) M.Ismailovaning "Gazlamalarga ishlov berish praktikum" fanidan "Ayollar milliy koʻylagi namunasini tayyorlash" mavzusidagi ochiq darsga barcha xohlovchi professor-o'qituvchilar taklif qilinadi.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

15 Nov, 02:49


#Kun_hikmati

"Kitob – bu mangulikka yo‘l olgan donolik yodgorligidir. Bu alfa va omega kabi yuksak bilim va bu har bir ilmning boshlanishiga poydevordir. Kitob – odamning jonsiz ustozidir."

© Stefan Sveyg


Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

14 Nov, 15:06


#yoshlarittifoqi

🎉Students party 🎉

17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan
Barchani "Students party"
ga taklif qilamiz 🎉

⚡️Dastur:
🔵Musiqa va raqslar
🔵Jonli chiqishlar
🔵Qiziqarli o‘yinlar va sovg‘alar
🔵Coffee break

🗓Sana: 15-Noyabr
Vaqt: 18:00
📍Manzil: Institut "Sport zali "

Barcha talabalarni bu kechaga qo‘shilishga chorlaymiz!

@UrDPIYoshlarittifoqi

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

14 Nov, 14:46


🏟 Bugungi bahs uchun Milliy terma jamoamizning taxminiy tarkibi.
Milliy terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlaymiz

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

14 Nov, 09:52


Qaysi tizimda, qaysi tashkilotda faoliyat olib borishingizdan qat'i nazar, shu tashkilotga foydam tegsin, uning rivojiga o'z hissamni qo'shay deb ishlash kerak. Shundagina o'zingiz ham rivojlanasiz.

Vaqti kelib ortingizga qaraganingizda, sizning hissangiz qo'shilgan har bir foydali ishlar oppoq durdek tizilgan bo'ladi. Buni his qilish zavqi boshqacha.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

14 Nov, 09:22


#Aniq_va_amaliy_fanlar_fakulteti
#Millatlararo_totuvlik_va_bagrikenglik_umrboqiy_qadriyatlar

Bugun, 14-noyabr kuni Aniq va amaliy fanlar fakulteti Texnologik ta'lim va Musiqa ta’limi yo'nalishi talabalari fakultet tyutorlari bilan birgalikda Xorazm viloyat Do‘stlik va nodavlat-notijorat tashkilotlari uyiga tashrif buyurishdi. Markazda Millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik — umrboqiy qadriyatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalar Koreys milliy-madaniy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U yerda talabalarimizga Xorazm viloyati Koreys milliy-madaniy markazi rahbari Antonina Kim Esevna markazda mavjud ashyolar hamda koreys milliy madaniyatiga oid qimmatli ma’lumotlar bilan ulashdi.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

12 Nov, 16:55


#TTJ_oqshomi

🎬VIDEOREPORTAJ:
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti, Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabalar turar joyida "TTJ oqshomi"ni tashkil etishdi.

Manzil:
@UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

12 Nov, 16:38


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#TTJ_oqshomi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti, Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabalar turar joyida "TTJ oqshomi"ni tashkil etishdi.

Bundan asosiy maqsad talabalar turar joylarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning yashash sharoitini yanada yaxshilash hamda iste'dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlashdir.

"Sanʼatshunoslik" kafedrasi hamda fakultet tyutorlari tashabbusi bilan tashkil etilgan "TTJ oqshomi" kechasida qiziqarli oʻyinlar, go'zal kuy qo'shiqlar barcha talaba-yoshlarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

12 Nov, 14:27


#Xalqaro_konferensiya

Ertaga, 13-noyabr sanasida Urganch davlat pedagogika instituti tomonidan “Globallashuv sharoitida pedagogika sohasidagi tadqiqotlar: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Xitoy, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston va boshqa davlatlardan 15 nafarga yaqin xorijlik rektorlar va olimlar tashrifi kutilmoqda.

Barchani soat 10.00 da viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bo'lib oʻtadigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanimizga taklif etamiz!

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

12 Nov, 14:20


Mini-futbol bo’yicha Oliy ta’lim talabalar o’rtasida “Besh tashabbus Olimpiadasi” Xorazm viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. G’olib va sovrindorlar Viloyat sport boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.

🥇”Urganch Davlat Universiteti” jamoasi
🥈”Urganch Davlat Pedagogika instituti” jamoasi
🥉”Ma'mun Universiteti” jamoasi

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

12 Nov, 08:04


🏁Ayni damda Urganch shahar Yoshlik sport majmuasida viloyatimizdagi OTMlar oʻrtasida Besh tashabbus loyihlari doirasida Sportning mini futbol turi boʻyicha musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.
🌐Shuningdek, musobaqada institutimizning mini futbol jamoasi ham maydonda toʻp surmoqda.
⚽️ Institutimiz jamoasiga oʻyin davomida omad tilab qolamiz.


https://t.me/leaders_club_1

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

01 Nov, 16:36


📣 EʼLON!

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida dars mashgʻulotlarining vaqtlari oʻzgartilmoqda

Ayni kunlarda kuz-qiz mavsumi sababli kunlar qisqarib, qorongʻu tushayotganligi hamda oʻquv jarayonlarining ikki smenada tashkil qilinganligi munosabati bilan talaba-yoshlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 4-noyabr, dushanba kunidan boshlab UrDPIda dars mashgʻulotlari ertalab 8:30 dan boshlanadi.

Dars mashgʻulotlarining vaqtlari birinchi smena uchun quyidagicha tashkil qilinadi:

1-para: 8:30-9:50
2-para: 10:00-11:20
3-para: 11:30-12:50


Dars mashgʻulotlarining vaqtlari ikkinchi smena uchun quyidagicha tashkil qilinadi:

1-para: 13:00-14:20
2-para: 14:30-15:50
3-para: 16:00-17:20


©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

01 Nov, 12:52


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#Ochiq_dars

Aniq va amaliy fanlar fakulteti Texnologik taʼlim kafedrasi oʻqituvchisi Sh. Ibragimov 28.10.2024 kuni 242 - guruh "Texnologik” ta’lim yo‘nalishi talabalariga "Metall va metallmas buyumlarga ishlov berish texnologiyasi” fanidan “Yogʻochlarga kuydirib ishlov berishda ishlatiladigan materiallar va asboblar” mavzusidagi amaliy ochiq darsi o'tdi.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

01 Nov, 12:18


#DIQQAT_ELON
#Ochiq_dars

2-noyabr kuni soat 09:00 da Aniq va amaliy fanlar fakulteti "Jismoniy madaniyat" kafedrasi Jismoniy madaniyat yoʻnalishi 223-guruh talabalariga Akademik Litseyi sport zalida o'qituvchi stajyor U.A.Baxramovning "Sport o'yinlari va uni o'qitish metodikasi (Voleybol)" fanidan "Voleybol o'yinida to'pni boshqarishning texnik usullarini o'rgatish.To'pni o'yinga kiritish" mavzusidagi ochiq dars mashgʻulotiga barcha xohlovchi professor-oʻqituvchilarni taklif qilamiz.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

01 Nov, 12:16


#Uchrashuv

Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakultetida “O‘zbekiston An’anaviy karate-do” federatsiyasi prezidenti Sh.Kushmuratov bilan sportchi talaba yoshlarning o‘qishdan keyin bandligini ta’minlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Aniq va amaliy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari S.Qutlimuratov, fakultet tyutori A.Vaisov hamda talabalar ishtirok etdi. Sh.Kushmuratov “Karate sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilinganligi, qarorga ko‘ra, 2023–2026-yillarda karate sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilanligini tushuntirib oʻtdi.Shu munosabat bilan Xorazm viloyatida ham karate assotsiatsiyasi va sport maktablarida jami yuz nafar yoshlarga bo‘sh ish o‘rin mavjudligini aytib, ushbu sport turi bo‘yicha shug‘ullanib kelayotgan talaba yoshlarga bu imkoniyatdan unumli foydalanib, o‘qish jarayoniga halaqit bermagan holda ishlash istagi bo‘lgan yoshlarni ishga taklif qildi.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

01 Nov, 11:47


#DIQQAT_ELON
#Ochiq_dars

2-noyabr kuni soat 10:30 da Aniq va amaliy fanlar fakulteti "Sanʼatshunoslik" kafedrasi Musiqa taʼlim yoʻnalishi 242-guruh talabalariga 103-xonada o'qituvchi stajyor O.Jumaniyazovning "Musiqa nazariyasi. Solfedjio" fanidan "Minor ladi va turlarini tovushdan tuzib kuylash" mavzusidagi ochiq dars mashgʻulotiga barcha xohlovchi professor-oʻqituvchilarni taklif qilamiz.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

01 Nov, 08:11


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#Ochiq_dars
#DIQQAT_ELON

6-noyabr kuni soat 15:30 da Aniq va amaliy fanlar fakulteti "Fizika-matematika" kafedrasi Fizika va astranomiya yoʻnalishi 231-232-guruh talabalariga Faollar zalida kafedra o‘qituvchisi G’.Ibadullaevning "Nazariy fizika" fanidan " Relyativistik mexanikaga kirish. Lorens almashtirishlari " mavzusidagi ochiq dars mashgʻulotiga barcha xohlovchi professor-oʻqituvchilarni taklif qilamiz.

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

01 Nov, 07:50


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#besh_tashabbus_olimpiada

Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti tyutorlarining tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sport musobaqalari oʻtkazildi.

Talaba yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishini yanada rivojlantirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil qilingan musobaqalar yuqori saviyada o‘tkazildi. Ushbu bellashuvlarda Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabalari munosib ishtirok etishdi.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

01 Nov, 07:11


#davra_suhbati

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida "O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari, diniy va dunyoviylik uyg‘unligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabalari ishtirok etgan davra suhbatini Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.Xo‘jamuratov ochib berdi hamda o‘z nutqida mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Davra suhbatida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Qutlimurodov hamda "Milliy g‘oya va falsafa" kafedrasi o‘qituvchisi O.Madraximov so‘zga chiqib, hozirgi globallashuv davridagi mafkuraviy tahdidlar, internet tarmoqlaridagi yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmaslik haqida gapirib o‘tdi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐 Sayt Telegram💬Facebook 🌐 Instagram 🎞 YouTube

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

23 Oct, 17:32


TALABALAR UCHUN HUJJATLI FILM NAMOYISH ETILDI.

Bugun, belgilangan rejaga muvofiq talabalarga hujjatli film namoyish etildi.

Film namoyishi dastavvalida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i S.Allanazarov filmni namoyishini tashkil etishdan koʻzlangan maqsad haqida talabalarga qisqacha tushuntirish berib oʻtdi.

Shundan so’ng talabalar e’tiboriga ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, vatanparvarlik va diniy bag‘rikenglik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan film namoyish etildi.

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

23 Oct, 17:24


#Debat_Hall
#Saylov_2024

18.10.2024

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

23 Oct, 17:24


#anons | #intervyu

Tafakkur yo’li bizni birlashtirsin!

Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova yoshlar va kitobxonlik yo'nalishida institutning faoliyati bo'yicha "Yoshlar" telekanalining "Tafakkur yo'li" ko'rsatuviga bergan intervyusi anonsi.

Telegram


🌐
@UrDPI_UZ

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

23 Oct, 16:03


#Ijara_xavfsizligi
#Urganch_shahar_FVB

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti tyutori B.Ismailov va Urganch shahar FVB boʻlimi masʼul xodimi F.Qalandarov bilan birgalikda Texnologik taʼlim, Fizika, Matematika, Musiqa hamda Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi talabalarining ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi.


Tashrif davomida talabaning qish mavsumiga tayyorgarligi va ijara xonadonidagi yaratilgan shart-sharoitlari hamda mavjud muammolar atroflicha oʻrganildi. O'rganish jarayonida talabaga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish boʻyicha ko'rsatma va tavsiyalar ham berib oʻtildi. Shuningdek, talabalarga gaz moslamalaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar

UrDPI Aniq va amaliy fanlar fakulteti/Rasmiy

23 Oct, 13:59


#Aniq_va_amaliy_fanlar
#Talabalar_ligasi

Urganch davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” doirasida sport musobaqalari qizg‘in ruhda davom etmoqda.

Talaba-yoshlarning sogʻlom turmush tarziga rioya qilish va jismonan sogʻlom boʻlishiga hamda sportga boʻlgan qiziqishini yanada rivojlantirish maqsadida fakultetlar oʻrtasida tashkil etilgan "Talabalar ligasi" doirasida sportning stol tennisi hamda badminton sport turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Tashkil etilgan sport musobaqalarida Aniq va amaliy fanlar fakulteti talaba-yoshlari faol ishtirok qilishdi.

Manzil: @UrDPIaniqfanlar