BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️ @baxtiishod Channel on Telegram

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

@baxtiishod


🌏 Koʻproq sayohat, manzillar va fikrlar!
🧳 Sayohatchi indeksi 17/4 - 🇺🇿🇸🇦🇻🇳🇰🇿

💰 Reklama: @baxtishodmv

Boshqa tarmoqlarda ham kuzating ↙️
→ instagram.com/baxtiishod
→ youtube.com/@baxtishod
→ tiktok.com/@baxtiishod

🫀 Shaxsiy sahifa: @bakhtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️ (Uzbek)

BAXTISHOD | SAYOHAT kanali sizni unutmagan sayohatga olib ketishga taklif etadi! Bu kanalda koʻproq sayohat orzulari, manzillar va fikrlar ma'lumotlari topsiz! Agar siz sayohatga qiziqqan bo'lsangiz, bu kanal siz uchun! Sayohatchi indeksiga ko'ra joylashgan 17 ta mamlakat manzillari bilan tanishing: 🇺🇿 🇸🇦 🇻🇳 🇰🇿. Kanalda hamkorlik va reklama uchun @hamkorli bilan bog'laning. Boshqa tarmoqlarda ham bizi kuzating: ↙️ instagram.com/baxtiishod, youtube.com/@baxtishod, tiktok.com/@baxtiishod. Shaxsiy sahifamiz: @bakhtiishod. BAXTISHOD | SAYOHAT kanalida sizga eng yangi sayohat ma'lumotlari, yaxshi fikrlar va jiddiy manzillar yuzaga chiqadi! Qo'ng'iroqni kuting va sayohatga olib ketishni boshlang!

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

14 Jan, 04:10


Armiyaga bormagan bo‘lsa ham shu yerda xizmat qilgan barchani tabriklab qolamiz 😂

PUBG va KONTRchilarga jo‘natib qo‘yamiz!
@mustafomashrab

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

13 Jan, 11:17


Biz Mars sayyorasida iz qoldirishga ulgurganmiz

@magnitofficial

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

11 Jan, 19:39


Reklamadan keyin hech narsa joylamapman uzrli 👄

Ertaga yangi video chiqishi kerak harakatdaman, InShaAlloh 🤲🏻

Kutayotganlar reaksiyalarni ayamang 🔥

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

10 Jan, 13:36


Esingizda boʻlsa yaqinda, 10-yanvardan boshlab, Chorvoqqacha olib boradigan “Toshkent-Hojikent” yoʻnalishidagi yangi tezyurar elektropoyezdlar endi Janubiy vokzaldan harakatlanishi haqida yozgan edim 👄

Shu mavzuda yanada tushinarliroq boʻlishi uchun videokontent ham qildim. Koʻring va albatta yaqinlaringizga ham yuborib qoʻyishni unutmang ➡️

Chiptalarni kassa yoki saytdan olmasdan, vagonni ichida toʻlov qilishingiz ham mumkin 🎫

Janubiy vokzal manzili pastda 🔽

⬛️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

06 Jan, 08:54


Mana bu goʻzallikka bir qarang!🍉

Toshkentdagi aholi yashaydigan koʻp qavatli uylardan biriga shunday ajoyib san’at asarini chizishibdi. Tasannolar!

E’tibor bergan boʻlsangiz, Toshkent ayniqsa qishda rangsiz shaharga aylanib qoladi va bu albatta inson kayfiyatiga ham yomon ta’sir qilmay qolmaydi 🥲

Shuning uchun Toshkentdagi va oʻzi umuman Oʻzbekistonning barcha shaharlarida koʻp qavatli uylarning yon qismlarini shu kabi san’at asarlari bilan bezatish kerak deb, oʻylayman. Ana oʻshanda shaharlarimiz yana ham goʻzallashadi 🇺🇿

Uyning lokatsiyasi post ostida 👇

🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

05 Jan, 09:14


Sizga sayohat, taomlar, manzillar, mem, yumor, ilm-fan, kino, san’at, faktlar, qiziqarli ma’lumotlar, foto va videografiya, animatsiya kabi yoʻnalishlar qiziqmi? 😷

Unda hoziroq pastdagi havola orqali oʻtib, barchamizning sahifalarimizni faol kuzatib boring 👄

⬛️ — https://t.me/addlist/JqUqWMwCDhZiZmM6

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

03 Jan, 19:13


20 ming so’mga yangi elektropoyezdda Chorvoqqa bordik 🚆

Chipta narxlari:
👤 Kattalarga — 20 ming soʻm
👥 Bolalarga — 11 ming 500 soʻm

Ulashing 🟢 @mustafomashrab

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

03 Jan, 13:57


Finlandiyada saunalar, Turkiyada kabobxonalar, AQShda McDonald, Oʻzbekistondachi? 🤔

Sizda qanday tahminlar bor, izohlarda javoblaringizni kutaman 🤓

🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

02 Jan, 14:27


Yaqin bir necha kun koʻchaga, ayniqsa kechki payt oilaviy aylanishga chiqmaslikni tavsiya qilgan boʻlardim 🙂

Bayram sababli Toshkent koʻchalarida nisbatan odam koʻpaygan. Shuni hisobiga farzandlaringiz ham qiynalishi mumkin 🥲

Eng yaxshisi kelayotgan yakshanba yoki keyingi hafta oxirlarida chiqing, menimcha bayram shukuhi yanvarni oʻrtlarigacha choʻziladi va bemalol aylanishga ulgurasizlar 😉

🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

02 Jan, 10:13


Olmaota shahri, Qozogʻiston. Yangi yil kechasi

🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

02 Jan, 03:59


Menimcha deyarli har bir inson uchuvchi boʻlishni orzu qilgan toʻgʻrimi? ✈️

Bizda ham videodagidek joy ochilsa zoʻr boʻlar edi menimcha. Istagan odam borib, bir marta boʻlsada oʻzini uchuvchilardek his qilib koʻrishi uchun 👨🏻‍✈️

🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

01 Jan, 11:55


2025-yildan boshlab Beta avlodi tug‘ilishni boshladi. Bu alfa avlodining o‘rinbosarlari sifatida tug‘iladigan avloddir.

Beta avlodi sun’iy intellekt takomillashgan, inson hayoti bilan qo‘shilib ketgan davrda hayot kechirishadi.

Bu vaqtda esa hukumatda 1965-yildan 1980-yillar oralig‘ida tug‘ilgan insonlar bo‘ladi. Beta avlodining asosiy muammolaridan biri ob-havo iflosligi bo‘ladi va ular biz boshdan kechirgan pandemiya haqida maktablarda tarix kitoblaridan o‘qishadi.

Ma’lumot uchun alfa avlodi 2010-2024 yillar oralig‘ida dunyoga kelgan avlod hisoblanadi. Beta avlodini o‘rinbosarlari esa 2040-yilda dunyoga keladi.

@magnitofficial

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

29 Dec, 16:47


Toshkentda yangi — High Town Mall koʻngilochar savdo markazi ochildi 🎉

🏢 High Town Mall Yunusobod tumanida joylashgan va kirish mutlaqo bepul hamda soat 10:00 dan 22:00 gacha ochiq boʻladi

Aniq lokatsiyasi post ostida 👇

Yaqinlarga yuboring @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

29 Dec, 05:57


Ozarbayjon samolyotining Aktauda qulashi, bundan tashqari yaqinda Janubiy Koreyada ham yoʻlovchi samolyotning qoʻnish paytidagi halokati tufayli kamida 28 kishi qurbon boʻlgani 💔

Bunaqa baxtsiz hodisalar koʻpayotgandek goʻyo va bu kabi xabarlardan soʻng, insonlarda samolyotga nisbatan fobiya kuchayib ketayotgan boʻlsa ajabmas 🛬

Tinchlik boʻlsin-da… 🕊️

@bakhtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

27 Dec, 19:30


Eshitdingizmi? Toshkent - Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilibdi 🚍

Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi 28-dekabrdan 5-yanvargacha davom etadi 📆

Transportlar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da jo‘naydi, Chorvoqdan (Xumson) esa 12:00 va 18:00 da harakatlanadi 🕗

Yo‘lkira narxi - 20 000 so‘m 💵

Yaqinlarga yuboring @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

26 Dec, 18:54


Humo Arena hududidagi bayram atmosferasi 🎄

😱 Batafsil ma’lumot

Yaqinlarga yuboring ✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

26 Dec, 06:49


Siz qachon oxirgi marta yaqinlaringizga bayramni ulashdingiz?

Oilangizni baxtli qilish endi yanada osonroq - Safia bayram kunlari buyurtmangizni bepulga yetkazadi🎁

Meni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish uchun havolani bosing👇

Telegram | Instagram | YouTube

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

25 Dec, 20:11


Toshkentning eng chiroyli bayram archasi ochildi 🎄

Kirish pullik:
✈️ Kattalarga — 30 ming soʻm
✈️ Bolalarga — 15 ming soʻm

Sanasi:
✈️ 25-dekabrdan 12-yanvargacha

Soati:
✈️ 18:30 dan 22:00 gacha

✈️ Manzil: Humo Arena
✈️ Metro: Oʻzbekiston

Yaqinlarga yuboring ✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

23 Dec, 16:01


Oʻzgarish bormi? 😅
👉🏼 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

22 Dec, 14:23


Tashkent city’da “Yangi yil” bayrami atmosferasi 🎄

Yaqinlarga yuboring 👉🏼 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Dec, 15:52


Rasmga tushish uchun bayramona bezatilgan bepul manzillar — 2 🚗

Eng yaqin metro bekatlar — Xalqlar doʻstligi, Alisher Navoiy, Oʻzbekiston, Paxtakor

Lokatsiyani post ostida qoldiraman 👇

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Dec, 04:09


Eshitdingizmi? ✈️

Endilikda poyezda ichimlik suvi bepulga berilar ekan. Aniqrogʻi yoʻl davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi ☕️

Bundan tashqari iste’molchilarga aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, imkoniyati cheklangan insonlar uchun aravachalar hamda kutish zalida Wi-fi’dan bepulga foydalanish mumkin boʻladi 📱

Manba

Yaqinlarga yuboring ✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

20 Dec, 07:58


“Doʻstlik” bogʻi tahminan qanday koʻrinishga kelishi haqida: 🌳

🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

27 Nov, 03:24


MILLIY PARTY davom etadi! 🎉

Bugun, Olmazor tumanidagi "Yoshlik" talabalar shaharchasi hokimligi binosi oldida"Milliy Party" konsert dasturi boʻlib oʻtadi 🪩

🟢 Vaqti: 27-noyabr, soat 17:30 da
🟢 Manzil: Beruniy metro, avtoturargoh
🟢 Kirish bepul

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

25 Nov, 17:14


“Mana sanga oʻsha kayf!” — 💸

Bugun kanalim guruhida bekorga bu mavzu muhokama boʻlmagan ekan-da… 📌

Xullas doʻstlar, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, Toshkentda avtobus va metro yoʻlkira narxlari 3000 soʻm boʻlar ekan 📈

Yana bir ma’lumot, Toshkent shahrini oʻzida avtobusda yoʻlkira haqini naqd pulda olishdan voz kechilib, faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etilar ekan 💳

💳 Batafsil: https://kun.uz/kr/91728729

Yaqinlarga yuboring ➡️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

25 Nov, 11:49


Hi-Tech uslubida qurilgan Hasanxon qori jome masjidi 🌙

🗺 Toshkent sh., Lutfiy va Qatortol 1-tor koʻchalari kesishmasi

➡️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

25 Nov, 09:01


Mem, hazillar, premium emojilar, faktlar, tarix, geografiya, ilm-fan, kino, foto va videografiya hamda sayohatsevarlar uchun oʻzimiz bilgan eng yaxshilarini tanladik 🍸

Siz bu sahifalarni albatta kuzatib borishingiz kerak 😳

Bu roʻyxat hali kengayadi:
😏 https://t.me/addlist/PQq9eGwYEbsxYjMy

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

24 Nov, 17:20


Toshkentda Yangi yil bayrami shukuhi oldingilarga qaraganda ancha vaqtli boshlandi 🎄

Endi avvalgidek bir zumda oʻtib ketmaydi shekilli 🦌🧑‍🎄

➡️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

24 Nov, 04:41


Tanishing - bu Sulton Uvays tog‘ tizmasi, Qoratog‘ tog‘lari 🏔️

Qoratogʻ togʻlari Qoraqalpogʻistonda, aniqrogʻi Xorazm viloyatiga yaqinroq hududda joylashgan 🗺

Togʻ toʻliq qora rangda boʻlib, atrofi yanada yashil boʻlsa Islandiya orolidan farq qilmay qolar ekan 😍

➡️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

24 Nov, 03:09


Janubiy Koreya respublikasi davlat bayrogʻining yillar davomidagi oʻzgarishlari 🇰🇷

➡️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

23 Nov, 08:54


Dubay tumanlari haqida: sayyoh qaerda yashashi va qaerga borishi kerak

➡️ O'qib chiqish

👉@zebo_xomidova

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

23 Nov, 08:06


🕊10 oyda O‘zbekistonga olti yarim milliondan ortiq xorijlik sayyoh kelibdi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 951,3 ming nafar (17,2 %) ga oshgan 🔝

Qancha tez-tez yaxshi oʻzgarishlar boʻlsa, shuncha koʻp sayyohlar oqimi oshib boraveradi. Davlatimizning rivojlanishida turizmning ham hissasi katta deb, hisoblayman 💼

👉🏼 Batafsil

➡️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

22 Nov, 12:54


Bugun, High Town Mall’ni ichiga kirdim 🤩

Agar, esingizda boʻlsa 2 kuncha avval “Toshkentda ochilishi kutilayotganlar yirik Mall’lar” haqida video chiqargan edim 📱

Bilishimcha, video High Town Mall rahbariyatigacha yetib borgan va ularga bu yoqqan. Shu sababli ham, bugun meni ofisiga taklif qilishdi 🤝

Borgach, High Town Mall’ni ichiga kirdim, qurilish jarayoniga guvoh boʻldim, deyarli hamma qavatini aylandim va eng muhimi qachon ochilishini bilib oldim (hozircha sizlarga aytmayman) 🤫

Biroq, tayyor turing - High Town Mall oilaviy tashriflar uchun eng yaxshi koʻngilochar savdo markazlardan biri boʻladi 🦝

➡️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Nov, 15:41


Mem, hazillar, faktlar, tarix, geografiya, ilm-fan, kino, foto va videografiya hamda sayohatsevarlar uchun oʻzimiz bilgan eng yaxshilarini tanladik 🍸

Siz bu sahifalarni albatta kuzatib borishingiz kerak 😳

Bu roʻyxat hali kengayadi:
😏 https://t.me/addlist/AatsBohgnmYwZjEy

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Nov, 11:25


🇻🇳 Fukuokda ENG QULAY NARXLARDA dam oling😮

📆 Uzbekistan Airways ✈️ bilan 7 kecha / 8 kunlik sayohat sanalari:

✈️Uchish sanasi-26.11.2024

Hotel Phu Quoc Sun and Sea, 431$
Sonaga Beach Resort & Villas Phu Quoc 4*, 583$
Vinpearl Resort & Spa Phu Quoc 5*, 761$

Narx ichida:


✈️—Aviabilet
🚄—Transfer
🌇—Mehmonxonada turar joy
🤩—Tanlangan kontseptsiyaga muvofiq ovqatlanish
💊—Tibbiy sug'urta
🎁—Bagaj  

📢Narxlar E'lon qilingan vaqtda amal qiladi va 1kishi uchun 2kishilik joylashuv asosida hisoblangan❗️

Batafsil ma'lumot uchun:

☎️ +998 94 876 99 66
      @Dilsora_StarTravel

☎️ +998 97 069 99 66
       @Bobir_StarTravel

TELEGRAM | INSTAGRAM

📍Manzil:  Сергели 2-45-7

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Nov, 08:16


Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va «yashil” iqtisodiyot yili» deb eʼlon qilish taklifini beribdi 🌳

Nima deysizlar?

✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Nov, 06:24


Qamchiq davoni 📸

Obuna bo'lish tekin:
😉👉🏻 @mukhammadman

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

20 Nov, 19:16


Yaqin muddatda Toshkent shahrida ochilishi kutilayotgan Mall (Savdo Markaz)lar haqida 🗺

Bularning rasmiy ochilish kuni haqida bilishim bilan, video tayyorlayman yoki boʻlmasa kanalga matn koʻrinishida post yozib qoldiraman. Kuzatib boring 🤝

Yaqinlarga yuboring ✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

20 Nov, 07:49


Ayni payt Anhor boʻyidagi vibe 🍂
🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

19 Nov, 14:32


Bu joyni qayer ekanligini topa oladiganlar bormi? 😎

Hozirgi holati, avvalgidan ancha farq qiladi va eski holatida saqlanib qolmaganiga achinaman 🥲

🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

19 Nov, 10:41


Haqiqatku to'g'rimi?

@magnitofficial

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

19 Nov, 04:52


🟢 Eshitdingizmi? Toshkentning Yakkasaroy tumanida joylashgan “Askiya dehqon bozori” yangidan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy koʻrinishga keltirishar ekan

🟢 Bozorning yonginasida 4 yulduzli mehmonxona ham boʻlarkan. Xullas, “Askiya dehqon bozori”ni xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrif buyurib, aylanadigan bozor qilishmoqchi

🟢 Bundan tashqari, bozor hududida velosipedlar uchun joy, zamonaviy oʻrindiqlar, hojatxonalar, yashil hudud, Wi-Fi zonalar, aholi uchun koʻngil ochar hududlar barpo etiladi va eskalator hamda imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus panduslar oʻrnatiladi.

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

18 Nov, 12:08


Toshkent teleminorasi 🚀

iPhone 11 smartfonimda suratga oldim va Hypic ilovasida ishlov berdim
📱

✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

13 Nov, 16:08


Birinchi qoringiz bilan ❄️

Istasangiz bu videoni instagram storieslaringizga qoʻyib meni belgilashingiz mumkin 🤣

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

12 Nov, 17:26


Toshkentning Yangi hayot tumanida ochilishi kutilayotgan yangi turistik va gastronomik maskandan foto lavhalar 🌳

Yaqinlarga yuboring ✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

12 Nov, 14:55


Eshitdingizmi? Toshkentda yana bir yangi gastronomik koʻcha ochilar ekan. Bu galgi manzil - Yangi hayot tumani 🗺

✈️ Rasmiy ochilish marosimi keyingi haftaga moʻljallanibdi, aniq boʻlgach kanalimda xabar beraman

✈️ Mazkur koʻcha va u yerdagi kafe-restoranlar ham 24/7 faoliyat olib boradi

✈️ Manzil: Yangi hayot tumani, Yangi turmush mahallasi, Mehrigiyo koʻchasi

✈️ Moʻljal: Sergeli metro bekatidan chiqqanda

✈️ Kirish tekin

Yaqinlaringizga ham yuborib qoʻyishni
unutmang ✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

12 Nov, 11:20


Sayohatchilar! Bugun, poytaxtimiz Toshkentda ochilishi kutilayotgan yana bir gastronomik va turistik koʻcha haqida video chiqadi ⭐️

Unga qadar, reaksiyalar bilan qoʻllab-quvvatlab turing ⚡️

🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

12 Nov, 06:10


Eslatma post: “Qashqirlar makoni” seriali saundtreklarini jonli tarzda eshitishni xohlaysizmi? 🤩

Nafaqat “Qashqirlar makoni”, balki “Chuqur”, “Sevgi iztirobi” hamda “Muhtasham 100 yil” seriallarining saundtreklarini ham tinglashingiz mumkin boʻladi 🫢

O‘zbekiston milliy simfonik orkestri konserti 15-noyabr, soat 19:00da, “Turkiston” san’at saroyida boʻlib oʻtadi 🎼

Narxlar 80 ming soʻmdan boshlanar ekan 💵

👉 Chipta xarid qilish uchun: https://iticket.uz/ru/events/concerts/mir-tureckih-serialov2024/29919

Turk seriali shinavandalariga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

11 Nov, 14:02


Bu musiqa menga yoqib qoldi ✌️

Shu kunlarda asosan TikTok’da trendga aylanayotgan bu musiqani koʻpchilik qidirayotgan boʻlsa kerak 🟢

Instagram’da ham ommalashib ketsa ajabmas, saqlab oling 🟢

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

11 Nov, 10:49


Abdurahmon akaga ham havasim kelyapti, ham hasad qilayapman 🥲

Akamiz eng katta sayohatlardan birini amalga oshirdi - Antarktidaga bordi. Oʻzbekiston bayrogʻini u yerga oʻrnatdi va ortidan qoʻshnilarimiz — Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Turkmaniston bayroqlarini ham yerga qadadi 👏

Antarktidaga sayohat qilish orzusi menda ham bor. Hasad qilganim boʻlsa - bu albatta hazil edi. Bizga ham shunday katta-katta sayohatlar qilish nasib etsin 🤲

✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

11 Nov, 08:48


Bugun, poytaxtimiz Toshkent havosi iflos shaharlar 5 taligiga kiribdi. Ayni paytda hattoki Mumbay Toshkentdan keyingi oʻrinni egallagan 😷

AirVisual ilovasi esa koʻchaga maska taqib chiq demoqda 😷

Sogʻligʻingizni asrang!

Yaqinlarga yuboring ✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

11 Nov, 06:32


Eshitdingizmi? Yandex Maps ilovasiga Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi diqqatga sazovor joylarning 3D modellari joylanibdi ⤴️

Kompaniya Oʻzbekistondagi jami 27 ta obidaning 3D modelini ishlab chiqibdi 🕌

Men, oʻzim tahminan 16 tasini topdim va sizlarga taqdim etayapman, qolganlarini topa olsangiz, shu post izohida “screenshot”ini yuklang ✈️

Yaqinlarga yuboring ✈️ @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

09 Nov, 14:16


🌲 Yana bir tabiiy yoʻlaklarga ega oʻrmoncha, bu joy boʻlsa umuman alohida, videoda ham chiqmagan

Agar bunisi ham kerak boʻlib qolsa, aniq lokatsiyasini post ostida qoldiraman 👇

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

09 Nov, 14:10


✈️ 5-manzil: Botanika bogʻi. Kirish kattalarga 15 ming soʻm. Eng yaqin metro bekat - bu Bodomzor. Metrodan chiqqach yoʻlning narigi tarafiga oʻtib, avtobusda yana yurasiz.

Aniq lokatsiyasi post ostida 👇

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

09 Nov, 09:09


✈️ 4-manzil: A.Qodiriy koʻchasidagi 1 kilometrli sayilgoh. Kirish tekin. Eng yaqin metro bekat - bu Gʻafur Gʻulom.

Aniq lokatsiyasi post ostida 👇

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

09 Nov, 08:40


✈️ 3-manzil: Anhor boʻyi. Kirish tekin. Eng yaqin metro bekat - bu Mustaqillik maydoni.

Aniq lokatsiyasi post ostida 👇

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

09 Nov, 07:48


✈️ 2-manzil: Elbek bogʻi. Kirish tekin. Eng yaqin metro bekat - bu Toshkent.

Aniq lokatsiyasi post ostida 👇

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

28 Oct, 05:09


Eshitdingizmi? Kecha tunda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Langar tog‘li hududlarida qor yog‘ib o‘tibdi va erta tongdan bulutsimon tuman hodisasi ham kuzatilibdi 🌨️

Bu goʻzallikni qarang, oʻz koʻzi bilan borib koʻrgisi keladi-ya odamni 😍

Manba: UzHydromet

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

26 Oct, 20:55


Eshitdingizmi? 🟢

🟢 Toshkentda portretingizni TEKIN-
ga chizib beradigan qahvaxona ochilibdi.

☕️ Siz, istagan kofeni buyurtma qilasiz, u yerdagi qoʻli gul rassom oʻgʻil-qizlar boʻlsa sizni suratga olib, 5 daqiqada kofe stakaningizga portretingizni chizib berishadi va baristaga topshiradi

☕️ Barista esa siz buyurtma qilgan kofeni portretli stakaningizga quyadi va sizga taqdim qiladi

🟢 Narxlari kelsak, 20 ming soʻmdan boshlanib, ichimlik turiga qarab oʻsib boraveradi

🟢 Manzil: Seoul Mun, 2-qavat, Salom kafe

Yaqinlarga ulashing 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

26 Oct, 13:14


Kuzda trendga aylanayotgan trek 🍃

Yaqinlarga ulashing
🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

26 Oct, 02:49


Eshitdingizmi? 🟢

🛣️ Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi, Bobur koʻchasidagi yangi yoʻl oʻtkazgich, toʻliq ochilibdi

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

25 Oct, 15:27


🟢 Mana bunaqa animatsiyani qanday qilasiz, qaysi saytdan olsa boʻladi, deb koʻp soʻrashyapti

🟢 Sayt nomi: videoeffects.com

🟢Ushbu saytda nafaqat instagram, balki boshqa ijtimoiy tarmoqlar uchun ham shu kabi animatsiyalar yasasa boʻladi, men esa shunisini tanlaganman. Saytda turlari koʻp, oʻzingiz tanlab tayyorlab olaverasiz

Foydali boʻlgan boʻlsa, yaqinlarga ham ulashing 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

25 Oct, 15:03


🇸🇦 2025-yil sayohatingizni Saudiadan boshlang!

📌 Hozirgi kunda har taraflama rivojlanib borayotgan Saudiya Arabistoni 2025-yil yanvar oyida bo’lib o’tadigan Leadership forum haqida e’lon qiladi!

Forum qatnashuvchilar esa 1 kunlik Makka shahrini ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar

☎️ Agarda siz ham ushbu forumda qatnashmoqchi bo’lsangiz, sizda atiga 2 hafta vaqt bor! Pastda ko’rsatilgan raqam orqali murojaat qiling 👇

📌Deadline: 6-noyabr

+998949997933

@globusgroup_agency

Telegram | Instagram

Reklama faoliyatimni davom ettirishimga yordam beradi 🤝🏻

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

25 Oct, 14:08


O‘zbekiston tog‘laridan Ipak yo‘li davriga oid ikkita qadimiy shahar topildi

Arxeologlar O‘zbekiston tog‘larida dengiz sathidan ikki kilometrdan ortiq balandlikda yo‘qolgan ikkita o‘rta asr shaharini topdilar. Ular Ipak yo‘lidagi muhim markazlar bo‘lib, VI asrdan XI asrgacha gullab-yashnagan.
Katta shahar hisoblanmish To‘g‘onbuloqda o‘n minglab odamlar yashagan va bu shaharni Samarqand bilan taqqoslash mumkin edi. Arxeologlar bu yerda metallurgiya ishlab chiqarishini ko‘rsatuvchi pech va o‘choqlar qoldiqlarini topdilar.

Ikkinchi shahar - Toshbuloq o‘n barobar kichikroq edi. U tadqiqotchilarni yuzlab erkaklar, ayollar va bolalar qabrlari bo‘lgan katta qabriston, shu jumladan mintaqadagi eng qadimgi musulmon qabrlaridan biri bilan qiziqtirgan.

Qiziqarlisi bu haqida xali bironta o‘zbek OAVi ma'lumot bermadi.

@magnitofficial

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

25 Oct, 10:22


👍👍👍 👍👍👍

Esingizda boʻlsa, telegram kanalimda oʻz e’lonlaringizni joylash 1-noyabrga qadar 50 ming soʻm qilib qoʻygandim

Bugun, 25-oktabr, oy oxiriga qadar QULAY NARX’dan foydalanib qolishni eslatmoqchiman!

Bu masalasida, shaxsan oʻzim bilan bogʻlanishingiz mumkin - @baxtishodmv

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

25 Oct, 09:02


Eshitdingizmi? 🟢

Ertaga, 26-oktabr kuni, Toshkentda ochilgan yangi Taras Shevchenko gastronomik koʻchasining tantanali rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtar ekan 🎆

Bu haqida Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi hamda barchani taklif etdi 🟢

🟢 Tadbir boshlanish vaqti: 18:00
🟢 Manzil: T.Shevchenko koʻchasi
🟢 Eng yaqin metro: Ming Oʻrik
🟢 Kirish mutlaqo bepul

Yanada aniqroq manzil (location)ni post ostida qoldirdim 🟢

Yaqinlarga ulashing 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

25 Oct, 07:51


Eshitdingizmi? 🟢

Yaqinda Toshkentda ochilgan yangi gastronomik koʻchadan tashqari, poytaxtimizning deyarli barcha tumanlarida huddi shu asnoda faoliyat olib boradigan koʻchalar ochilar ekan 🟢

Toshkentning bir tumanida ochilishi kutilayotgan gastronomik koʻchalar haqida batafsil ma’lumotlarni tez fursatlarda sizlar bilan boʻlishaman, kuzatib boring 🟢

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

24 Oct, 13:09


Eshitdingizmi? 🟢

Toshkentda, Turkiyaning mashhur oshpazi Burak Özdemirning CZN Burak Gurme restorani ochilibdi 🇹🇷

Restoran Magic city’da joylashgan, kunduzgi 11:00 dan tungi 00:00 gacha ishlar ekan 🕕

Narxlari boʻyicha ma’lumotlarim yoʻq, agar restoran haqida videokontent tayyorlashimni istasangiz shunchaki reaksiya qoldiring 🎉

Yaqinlarga yuboring 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

22 Oct, 15:17


✈️ Bu qiz tayyorlagan koʻrsatuv, oʻzbek televideniyesidagi istalgan Travel shou-
lardan yaxshiroqdir!


🟢 Tanishing — Zebo Xomidova, ijodini instagramda boshlagan bu oʻzbek qizi, YouTube’da ham faoliyatini davom etib kelmoqda.

🇹🇷 Zebo Istanbulga sayohat qilib, oʻzining YouTube kanaliga shahar haqida koʻrsatuv tayyorlagan. Eng qizigʻi deyarli hammasini telefonda tasvirga olgan (drone kadrlardan tashqari), lekin oʻzbek televideniyesidagi travel shou’lardan anchagina aqlli, qiziqarli va sifatli chiqqan.

🟢 Oʻzim koʻrsatuvni bir nafasda koʻrib chiqdim, xullas sizlarga ham koʻrishni tavsiya qilaman.

🔗Quyidagi havola orqali oʻtib, koʻrsatuvni tomosha qilishingiz mumkin. Sayohatchi oʻzbek qizini qoʻllab-quvvatlang:

➡️ TOMOSHA QILISH UCHUN

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

22 Oct, 13:37


🍁 Kuz faslida aylanish uchun Toshkentdagi top manzillar

▫️ Elbek bogʻi - manzil
▫️ Botanika bogʻi - manzil
▫️ UzEkspoMarkaz bogʻi - manzil
▫️ Romanovlar saroyi - manzil
▫️ Anhor boʻyi - manzil
▫️ Eco park - manzil

Kuzni yaxshi koʻradiganlar - 😍
Kuzni yomon koʻradiganlar - 🤨

Yaqinlarga yuborishni va obuna boʻlishni unutmang @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

22 Oct, 12:00


Oʻzbek milliy qoʻgʻirchoq teatri 🎞️

🟢 Aniq vaqti yodimda yoʻq, ammo oxirgi marta bu maskanga chamasi boshlangʻich sinfda oʻqiyotganimda, maktab tomonidan sinfdoshlarim bilan birga borgan edik.

🟢 Oʻshanda adashmasam qish fasli edi, havo sovuq boʻlgan, menimcha yangi yil arafasi borganmiz. Hali ham oʻsha kunni sogʻinaman va albatta hozirgi maktab bolalari ham borishini xohlayman, chunki teatr boshqa, televizordagi multfilimlar boshqa.

🟢 Ota-onalarga iltimosim, agar hozirgi paytda, maktablarda bolalarni olib borishmayotgan boʻlsa, oʻzingiz tashkillashtiring, bolajonlaringizni televizor va telefonlardan biroz dam oldiring.

🟢 Bilmaganlar uchun bu joy haqida, qachon qanaqa spektakllar qoʻyilishi, narxlari, e’lonlari qayerlarga joylashi haqida alohida kontent tayyorlashga harakat qilaman.

🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

22 Oct, 11:06


🇨🇳 Talabalar uchun Xitoyda maxsus 2 haftalik kurs!

O’zbekiston OTMlari talabalari uchun Xitoyning Zhengzhou universiteti tomonidan maxsus 2 haftalik madaniy kurs tashkil qilinmoqda!

📌 Kutib olish xizmati, Yotoqxona, ovqatlanish, universitet tashqarisiga sayohat va 2 haftalik kurs barchasi 500$

❗️ Birinchi hujjat topshirgan 10 kishi uchun 500$ emas 370$

☎️ Batafsil ma’lumot uchun:
+998949997933

@globusgroup_agency

Telegram | Instagram

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Oct, 14:01


📚 40 dan ortiq kitoblarga yozilgan taqrizlarni o'qishni istaysizmi?

✍🏻 Talabaning fikrlari, iqtiboslar, kitoblar haqida qiziqarli ma'lumotlar hammasi shu kanalda!

🟢 Obuna bo'ling - https://t.me/+ZVINydIdPlgxNjdi

Reklama ijodimni davom ettirishim uchun yordam beradi! 🤝

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Oct, 12:00


✈️ Kechagi hafta mobaynida kanalga yozgan eng asosiy mavzularim:

🔍Toshkentdagi Mall’lar - link

🔍Yangi Toshkentda nima quriladi? - link

🔍Yangi gastronomik koʻcha - link

Kuzatishda davom eting — @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Oct, 08:30


Eshitdingizmi? 🟢

🟢 “Chilonzor” metrosi yaqinidagi bekatlaridan birida rekonstruksiya ishlari boshlanibdi

🌳 Avtobekatning ikkinchi qavatida kafe joylashgan terassa boʻlishi va ichkarisiga boʻlsa daraxt ham ekish rejalashtirilibdi ekan

Yaqinlaringizga ham yuborishni unutmang 🟢 @baxtiishod

BAXTISHOD | SAYOHAT 🗺️

21 Oct, 04:40


4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir 🇺🇿

@bakhtiishod