UNICON SOFT @uniconsoft Channel on Telegram

UNICON SOFT

@uniconsoft


“UNICON SOFT” MCHJ rasmiy kanali

“UNICON SOFT” MCHJ faoliyati va yaratilgan tizimlar boʻyicha yangiliklar.

Koll-markaz:
(71) 2004646, 2356239

Ijtimoiy tarmoq:
https://facebook.com/uniconsoft
https://instagram.com/unicon_soft

Rasmiy sayt:
us.uz

UNICON SOFT (English)

Welcome to UNICON SOFT - your go-to destination for all things software development! Our Telegram channel is dedicated to providing you with the latest updates, tips, and insights into the world of software development. Whether you're a seasoned developer looking to stay ahead of the curve or a beginner just starting out, UNICON SOFT has something for everyone. Join our community of like-minded individuals who share a passion for coding, programming, and all things tech. Stay informed about new technologies, programming languages, and best practices in software development. Get access to exclusive tutorials, webinars, and resources that will help you enhance your skills and take your coding to the next level. Our team of experienced developers and tech enthusiasts are here to answer your questions, offer guidance, and support you on your journey to becoming a successful software developer. Don't miss out on the opportunity to be part of a vibrant community that is dedicated to helping you succeed in the ever-evolving world of software development. Join UNICON SOFT today and unlock your full potential in the tech industry!

UNICON SOFT

14 Jan, 02:45


🇸🇱 “UNICON-SOFT” kompaniyasi jamoasi, barcha yurtdoshlarimizni jumladan kompaniyamiz yigitlarini 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga toʼliq boʼlsin!

✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

13 Jan, 06:12


Yana bitkoin haqida: “750 million dollarni qazib olishga ruxsat berilmadi”

Britaniya sudi Nyuport shahrida istiqomat qiluvchi Jeyms Xauellsning mahalliy hokimiyatdan shahar chiqindixonasida qazish ishlarini o‘tkazishga ruxsat berishni talab qilgan daʼvosini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi. U tasodifan tashlab yuborilgan bitkoinli qattiq diskni topmoqchi edi.
Xauellsning aytishicha, 2013 yilda uning dugonasi 7500 bitkoin saqlanadigan qattiq diskni bilmasdan tashlab yuborgan. O‘sha vaqtda taxminan 7,5 million dollarlik kriptotangalar hozirgi kurs bo‘yicha 750 million dollardan qimmat turadi.
Xauellsning so‘zlariga ko‘ra, u 2009 yilda bitkoinlarni mayning qilgan, keyin esa ularni unutib qo‘ygan. Kompyuteriga ichimlik to‘kilib ketganidan so‘ng uni qismlarga ajratib, sotib yuborgan, qattiq diskni esa stol tortmasida qoldirgan. Kriptovalyuta kursi o‘sishni boshlaganida, Xauells o‘zida bitkoinlari turgan disk borligini eslagan. Ammo disk allaqachon “boshqa manzilga ko‘chgan” edi...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-271

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

UNICON SOFT

09 Jan, 05:43


“Sunʼiy intellekt jangi” – 2025 yil kiberxavfsizlik bashoratlari

Bugungi kunda kiberxavfsizlik masalasida sunʼiy intellekt ko‘plab tahlilchilar va mutaxassislar eʼtiborini tortmoqda.
San-Xose shahrida (AQSH, Kaliforniya) joylashgan AppSOC kompaniyasi marketing direktori Villi Leyxter fikricha, sunʼiy intellektdan huqubuzarlar ham, xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar ham imkon qadar foydalanishga harakat qiladi. Lekin bunda “niyati buzuqlar”ning “qo‘li baland kelishi” ehtimoli katta, chunki ularda huquqiy va axloqiy chegara yo‘q...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-270

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X

UNICON SOFT

07 Jan, 04:59


Apple kompaniyasi qurilmalardagi imkoniyatlar orqali foydalanuvchilarning ruxsatisiz ularni tinglagani haqidagi masalani hal qilish uchun pul to‘lashga rozi bo‘ldi.
Gap Siri virtual yordamchisi haqida ketmoqda. Daʼvoga ko‘ra, virtual yordamchiga foydalanuvchilar suhbatini yozib olishga yashirincha ruxsat berilgan. Bundan tashqari ovozli yozuvlar reklama kompaniyalariga “ulashilgan”. Ayrim vaqtlarda esa yozib olish uchun Siri‘ning faollashtirilishi ham shart bo‘lmagan.
Daʼvogarlardan birining aytishicha uning qizi bilan krossovkalar haqidagi suhbatdan so‘ng unga bu mahsulot haqida reklamalar ko‘rsatish boshlangan. Ha, shunga o‘xshash holatlar haqida do‘stlarimiz ham gapirib yurishar edi, lekin biz buni tasodif, deb ularni tinchlantirar edik.
Kelishuv bitimi tuzilgan bo‘lsa-da, Apple barcha ayblovlarni rad etyapti ...

https://youtu.be/hg3lBVhpTbI

UNICON SOFT

31 Dec, 19:00


🎉 Azizlar “UNICON-SOFT” kompaniyasi barchangizni kirib kelgan Yangi 2025-yil bilan chin yurakdan tabriklaydi!


✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

30 Dec, 19:33


🗓Azizlar “UNICON-SOFT” kompaniyasi barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan chin yurakdan tabriklaydi!

🔸O'tib borayotgan 2024-yil kompaniyamiz xayotida juda omadli va samarali yil bo'ldi. Bu yo'lda fidokorona mehnat qilgan barcha xodimlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizlarga sihat-salomatlik, xonadoningizga qut-baraka, omad, quvonch va yorqin zafarlar tilaymiz. 
🎉 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot” yili barchangiz uchun omadli va muvaffaqiyatli  yil bo'lsin.

✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

30 Dec, 05:04


Rossiyada Internet orqali telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish taqiqlandi

Rossiya hukumati tomonidan mobil va statsionar telefonlarga internet orqali qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini bekor qiluvchi qaror qabul qilindi.
Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziyalar ro‘yxatidan ovozli maʼlumotlar qo‘shilgan holda internet maʼlumotlarini uzatish litsenziyasi chiqarib tashlandi. Bunday texnologiyalardan firibgarlar faol foydalanishgan, chunki bu haqiqiy telefon raqamlarini ko‘ratmaslik yoki o‘zgartirishga imkon bergan. “Endilikda telefon firibgarligining bu turi jiddiy cheklanadi, chunki maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini telefon aloqa tarmoqlariga ulash imkoniyati yo‘qqa chiqariladi”, - deyiladi xabarda...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-268

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

UNICON SOFT

27 Dec, 06:45


Sunʼiy intellekt kompyuter viruslarini yaratishni o‘rgandi

Palo Alto Networks Unit 42 xavfsizlik mutaxassislarining aniqlashicha, sunʼiy intellekt orqali JavaScript zararli kodining deyarli cheksiz miqdordagi modifikatsiyalarini muvaffaqiyatli yaratish mumkin ekan. Va bu kodni antivirus dasturlar tomonidan tutib qolinishi tobora qiyinlashib bormoqda – sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan 10 mingdan ortiq nusxadagi virusning faqat 12 foizi “qo‘lga tushgan”.

“LLM (katta til modellari) zararli dasturiy taʼminotni noldan yaratishda qiynalsa-da, jinoyatchilar mavjud zararli dasturiy taʼminotni qayta yozish yoki niqoblash uchun ulardan osongina foydalanishlari mumkin, bu esa uni aniqlashni qiyinlashtiradi”, - deyiladi Palo Alto Networks Unit 42‘ning yangi hisobotida. Tadqiqotchilarning bildirishicha, “jinoyatchilar LLM‘ni yana-da tabiiyroq ko‘rinadigan o‘zgarishlarni amalga oshirishga undashi mumkin, bu esa bunday dasturiy taʼminotni aniqlashni murakkablashtiradi”...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-267

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

UNICON SOFT

26 Dec, 06:59


“Terminator” hayotda – Rossiyada odamsimon robot ishlab chiqilmoqda

“Hozirgi vaqtda “Geran” IIK mutaxassislari tashqi ko‘rinishi insonni eslatadigan, ammo kuch, tezlik va atrof-muhitni tahlil qilish qobiliyati bo‘yicha undan ustun bo‘lgan o‘ziyurar robot-android yaratish ustida ishlamoqda. Yaqin kelajakda bunday robot oldingi safda bo‘lib, askarning o‘rnini egallashi mumkin”

🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-266

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

UNICON SOFT

26 Dec, 04:06


“Yes, I am a human” – captcha endi foydasiz: sunʼiy intellekt kuchli chiqdi

Zamonaviy sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalari internetdagi botlardan himoyalanishning odatiy vositalari samaradorligini shubha ostiga qo‘ymoqda. The Conversation nashrida taʼkidlanishicha, odamlarni mashinalardan farqlash uchun yaratilgan kapcha (Captcha) testlari endi bu vazifaga yaroqsiz – botlar bu jumboqlarni odamlardan ko‘ra tezroq va aniqroq yechmoqda.
Karnegi-Mellon universiteti olimlari tomonidan 2000 yillarning boshida ixtiro qilingan kapcha, dastlab, saytlarni soxta akkauntlar yaratadigan yoki, masalan, chipta sotib olib, spam tarqatadigan avtomatlashtirilgan dasturlardan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan edi. Ish prinsipi juda oddiy: odamlar uchun oson, lekin mashinalar uchun murakkab bo‘lgan vazifa bajarilishi kerak edi.
Kapchaning birinchi versiyasi foydalanuvchilarga harf va raqamlarni kiritishni taklif qilgan, keyinroq, 2007 yilda ReCaptcha paydo bo‘ldi – vazifalarga so‘zlar ham qo‘shildi. 2014 yilda Google hozirgacha mashhur bo‘lgan ReCaptcha v2‘ni taqdim qildi. U yo “Men robot emasman” belgisini qo‘yishni, yoki to‘g‘ri tasvirlarni, masalan, velosiped yoki svetoforlarni tanlashni taklif qiladi.
Biroq sunʼiy intellekt tizimlari kapchani aylanib o‘tishni o‘rganib oldi...


🌐 Davomi yanada qiziq👉 https://us.uz/uz/news/post-265

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

UNICON SOFT

25 Dec, 06:03


#boshlandi
https://youtu.be/TTZy8hoppr8

UNICON SOFT

25 Dec, 03:34


Oliy taʼlim trenddan qolyaptimi?

Laylo Rustamova va Naima Halilova muallifligidagi “AyTi‘da gap ko‘p...” ko'rsatuvida “AyTi'chi” qizlar suhbati.

Navbatdagi qahramonimiz – TATU professori Saida Beknazarova.

Premyera bugun soat 11:00da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying 👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1

📱 Tomosha qilish👉 https://youtu.be/TTZy8hoppr8

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

UNICON SOFT

20 Dec, 14:04


Bitkoin 108 mingdan 96 mingga “quladi”
https://youtu.be/A876pk61oI4

UNICON SOFT

19 Dec, 09:54


#Tayinlov

🔵 “Unicon-Soft” MCHJ Bosh direktori lavozimiga Usmanov Umid Baxtiyarovich tayinlandi.

☑️ Eslatib oʼtamiz, Usmanov Umid Baxtiyarovich 2017 yildan buyon “Unicon-Soft” MCHJ Bosh direktorning birinchi oʼrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

UNICON SOFT

19 Dec, 09:53


🔵 “Unicon-Soft” MCHJ Bosh direktori Xabibullayev Sherzod Xayrullayevich boshqa ishga oʼtishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

☑️ Eslatib oʼtamiz, Xabibullayev Sherzod Xayrullayevich 2017 yildan buyon “Unicon-Soft” MCHJ Bosh direktori lavozimida ishlab kelgan.

✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

UNICON SOFT

18 Dec, 16:59


Google virutal reallik qurilmalari uchun yangi Android XR platformasini taqdim etdi.
Samsung va Qualcomm bilan hamkorlikda yaratilgan Android XR – bu ko‘zoynak va boshqa garnituralarga mo‘ljallangan operatsion tizim bo‘lib, yangi avlod qurilmalarining dasturiy taʼminoti endi shu tizimga asoslanadi.
Xo‘sh, bu sohada ham Google Apple bilan jiddiy raqobatga kirishdimi? Va yangi tizimning imkoniyatlari qanday?
Yuqoridagi savollarga javob olish maqsadida doimiy ekspertimiz, “Unicon-Soft” kompaniyasi mutaxassisi Mahmudxon Umarxonov bilan suhbatlashdik

👉https://youtu.be/9JuNRfbJq-4

UNICON SOFT

18 Dec, 05:50


4K formatida ikki daqiqalik videolar yaratadigan Veo 2 SI-agenti taqdim etildi

4K formatida ikki daqiqalik videolar yaratadigan Veo 2 SI-agentini taqdim etildi
Google kompaniyasining DeepMind bo‘limi sunʼiy intellektga asoslangan yangi avlod videogeneratori – Veo 2‘ni taqdim etdi. U ikki daqiqagacha bo‘lgan 4K (4096×2160 piksel) videolarni yaratadi. Shunday qilib, u OpenAI Sora‘dan sifat darajasi bo‘yicha 4, video davomiyligi bo‘yicha esa 6 baravar ustun...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-264

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

UNICON SOFT

18 Dec, 03:59


Xitoy ko‘chalarida “bo‘g‘irsoq-robokop” patrullik qila boshladi (video)

Xitoyning Logon Technology kompaniyasi tomonidan huquqbuzarlarni taʼqib qilish va ayrim hollarda tutish uchun robot-politsiyachi taqdim etildi. Shar shaklida yasalgan robot 125 kg og‘irlikdagi monotog‘ildirak bo‘lib, 2,5 soniyada 35 km/soat tezlikka erishadi. Robot qoidabuzarni yiqitishi va hatto “quroli”dan o‘q uzib, to‘r bilan chirmab, tutib olishi mumkin.

Rotunbot RT-G roboti Venchjou shahrining tijorat hududida mahalliy politsiya xodimlari bilan birgalikda hududni qo‘riqlash jarayonida sinovdan o‘tkazila boshlandi. Videoda patrullardan biri robot bilan birgalikda harakatlanib, uni boshqarmoqda. Shuningdek, tasvirlarda robotning jinoyatchiga yaqinlashganda va notekis joyda mustaqil harakat qilishi qayd etilgan...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-262

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

UNICON SOFT

16 Dec, 05:15


“Yaqin yillarda brauzer va qidiruv tizimlariga zarurat qolmaydi”

Sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasi mutaxassislar anʼanaviy veb-brauzer va qidiruv tizimlarining yaqin kelajakda barham topishini bashorat qilmoqda. Misol uchun, Microsoft AI bosh ijrochi direktori bir necha yildan so‘ng internetda maʼlumot qidirish va kundalik vazifalarni bajarishni asosan katta til modellari asosidagi chat-botlar va sunʼiy intellekt agentlari zimmasiga tushishiga ishonch bildirmoqda.

Yaqin kelajakda anʼanaviy veb-brauzerlar va qidiruv tizimlari o‘z ahamiyatini butunlay yo‘qotishi mumkin. Foydalanuvchilar endi kerakli maʼlumotni topish uchun internetdagi sahifalarni qo‘lda “bosib o‘tish” yoki qidiruv natijalarini o‘zlari tahlil qilishga majbur bo‘lmaydi. Bu haqda Microsoft AI bosh ijrochi direktori Mustafo Sulaymon The Verge portaliga bergan intervyusida maʼlum qildi...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-261

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

15 Dec, 04:45


Mayning bilan kurashishning yangi usuli – tunlari Internet o‘chiriladi

Abxaziyada tunlari internetni o‘chirish rejalashtirilmoqda. Shunday yo‘l bilan energiya tanqisligi sharoitida respublikada muammolar keltirib chiqarayotgan noqonuniy maynerlar faoliyatiga chek qo‘yilishiga umid qilinmoqda.

Abxaziya hukumati energetika sohasida favqulodda vaziyat rejimini joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Taklif etilayotgan choralardan biri tunlari internetdan foydalanishni to‘xtatish bo‘lishi kerak. Internetni sinov tariqasida o‘chirish 10 dekabr kuni soat 00:00 dan ertalab soat 7 gacha amalga oshirilishi kerak edi - Abxaziya energiya xavfsizligini taʼminlash shtabi internet provayderlarga tegishli murojaat yo‘llagan...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-260

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

14 Dec, 10:01


Sunʼiy intellekt nazoratdan chiqib ketishi mumkin
https://youtu.be/bi_bUFAf_O0

UNICON SOFT

14 Dec, 06:02


Rossiyada Viber bloklandi

Roskomnadzor Rossiyada mashhur Viber messenjeridan foydalanishni chekladi. Bunga sabab sifatida platforma tomonidan Rossiya qonunchiligida axborot tarqatuvchilarga qo‘yilgan talablarning buzilishi ko‘rsatildi. Taʼkidlash joizki, Viber dunyodagi eng mashhur o‘nta messenjer qatoriga kiradi va Rossiyada o‘zining katta auditoriyasiga ega.

Regulyatorning xabar berishicha, “Viber xizmatidan foydalanish Rossiya qonunchiligining axborot tarqatish tashkilotchilariga qo‘yiladigan talablari buzilganligi sababli cheklandi. Bu talablarni bajarish messenjerdan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalanish, fuqarolarni bunday harakatlarga jalb qilish, giyohvand moddalarni sotish kabi tahdidlarning oldini olish, shuningdek, noqonuniy maʼlumotlar joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur”...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-259

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

14 Dec, 04:01


Bitcoin 100 000 dollardan pasaymoqchi emas

Joriy yilning dekabr oyi bitkoin egalari uchun omadli bo‘ldi deyish mumkin. 5 dekabr sanasida ushbu kriptovalyuta tarixiy maksimumni qayd etdi – birjalarda 1 bitkoin 103 525 AQSH dollariga baholandi. To‘g‘ri, keyin biroz qaytish kuzatildi. Shunday bo‘lsa-da, so‘nggi ikki kun davomida uning narxi 99 000 dollardan pastga tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentlik saylovida Donald Trampning g‘alaba qozonishi kriptovalyutalarning jonlanishiga sabab bo‘lmoqda. 7 noyabr kungi savdolarda 1 bitkoin 75 600 AQSh dollariga baholanib, kriptovalyutalarning yangi davrini boshlab berdi. Shundan beri o‘zgarish asosan yuqoriga qarab bo‘lmoqda...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-258

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

12 Dec, 03:59


Sunʼiy intellekt nazoratdan chiqib ketishi mumkin

Apollo Research hisobotiga ko‘ra, OpenAI o1 sunʼiy intellekt modeli nazoratdan chiqib ketish xavfi mavjud. Xususan, 5 foiz hollarda u nazorat mexanizmlarini o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida to‘siq deb hisoblab, ularni o‘chirishga uringan. Bundan tashqari, 2 foiz holatda dasturchilarning xizmat yozuvlarini topib, ularda o‘zining talablarga javob bermasligi yoki boshqa modelga almashtirilishi haqida maʼlumotlarni ko‘rgach, keyinchalik qayta tiklana olish uchun o‘zini “nusxalab” qo‘ygan. Bu uning tahdidlarni mustaqil talqin qilish va omon qolish strategiyalarini ishlab chiqish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Sunʼiy intellekt modeli yashirin taktikalar va o‘z xatti-harakatlarini niqoblash usullaridan foydalanib, nazoratga qarshilik ko‘rsatgan. o1 uning harakatlari kuzatilayotganini anglagan paytda, nazoratchilarni ataylab chalg‘itib, sodir bo‘lgan voqealarning haqiqiy sabablarini bilmasligini aytgan, garchi voqealar jurnallari uning nazoratni chetlab o‘tishga urinishlarini qayd etgan bo‘lsa ham. Bundan tashqari, OpenAI “xavfsizlik xaritasi”ga ko‘ra, ayrim hollarda sunʼiy intellekt modeli nazorat tizimlarini o‘chirishni mustaqil ravishda boshlagan, hatto unga belgilangan maqsadga qatʼiy rioya qilish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa ham. To‘g‘ri, SIning bu harakati 1 foiz yetar-yetmas hollardagina kuzatilgan. Lekin shu ko‘rsatkichning o‘zi ham o‘ylanishga majbur qiladi...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-257

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

11 Dec, 06:27


Kriptovalyuta – bu o‘zi nima? #longread

Hammasi 2000-yillarning oxiriga kelib boshlandi yoki yuzaga chiqdi, desak, balki, to‘g‘riroq bo‘lar. Internetda bitkoin haqida yozilgan hujjatga duch kelgan norvegiyalik Kristofer Kox ismli talaba raqamli valyutaga qiziqib qolib, 2009 yilda 5000 coin (bitkoin tangasi)ni 25 AQSH dollariga sotib oladi. Voqea shu bilan unutilishi mumkin edi, ammo 4 yildan so‘ng yangiliklarda bitkoin narxi ming foizga oshganini ko‘rub Kristofer o‘zining 25 dollari 800 ming dollarga aylanganini tushundi. Xuddi shu paytda, Kristoferdan minglab kilometr uzoqda, Jeyms Xauells ismli boshqa bir kishi o‘zining eski vinschesterida bir necha yil oldin “qazib olgan” 7500 bitkoin borligini esladi. Lekin uyni tozalash paytida uni tashlab yuborgan edi. Ha, o‘sha paytdagi uning ahvolini tushunish qiyin emas. Bugungi kunda bu disk hamon shahar chiqindixonasida yotibdi va undagi bitkoinlar bir necha yuz million dollar qiymatiga ega, kattagina bir shaharning yillik byudjeti desa ham bo‘ladi (masalan, Toshkent shahrining 2024 yilga tasdiqlangan xarajatlari taxminan 630 million AQSH dollari atrofida). Bunday voqealar o‘n minglab. Ularning baʼzilarida kechagi talabalar kutilmaganda millionerlarga aylanishsa, boshqalari oson pul ketidan quvib, bir hafta ichida barcha jamg‘armalarini yo‘qotishadi. Nihoyat, uchinchilari parollarini unutib qo‘yib, o‘z boyliklarini sarflay olmaydi.

Ammo kriptovalyutalar aslida nima o‘zi? Bu qandaydir ulkan moliyaviy pufakmi yoki yaqin istiqboldagi asosiy moliyaviy instrument? Nega baʼzi davlatlar kriptovalyutalarni sotib olayotgan bir vaqtda, boshqalari ularni tan olmaydi, lekin o‘z raqamli pullarini yaratishga urinadi?

Yuqoridagilarni birgalikda tushunishga harakat qilamiz.

2008 yilda Satoshi Nakamoto taxallusli anonim shaxs tomonidan “Bitkoin: raqamli piring naqd pul tizimi” deb nomlangan hujjat internetga joylashtirildi. Tizim mohiyati quyidagicha: aytaylik, bir kishi boshqasiga 10 tanga (coin) o‘tkazadi, vaqt o‘tgach, u kishi unga 5 tanga qaytaradi. Jami ikkita operatsiya bor. Hech kim bu ro‘yxatni o‘zgartira olmasligi va keyin, masalan, hech qanday pul olmaganini aytolmasligi uchun, bu ro‘yxat qandaydir bir joyda emas, balki bir vaqtning o‘zida barcha ishtirokchilarda saqlanadi. Bundan tashqari, vaqt o‘tib ular yana bir bitim tuzmoqchi bo‘lsa, eski yozuvlar blokka shifrlanadi. Bu blokka xesh deb ataladigan uzun kod beriladi. Endi yangi bitimlar oldingi blokning xeshini o‘z ichiga olgan yangi blokka yoziladi. Bu blokdagi bitimlar ham tugagach, u ham shifrlanadi va shunday qilib, operatsiyalar ro‘yxati bloklar zanjiriga – blokcheynga tushadi. Xo‘sh, buning nimasi inqilobiy? Gap shundaki, agar bloklardan birida yozuvni soxtalashtirishga urinilsa, butun zanjir buziladi, chunki har bir blokning xeshi nafaqat operatsiyalar to‘plamini aks ettiradi, balki boshqa bloklarning xeshlari bilan ham bog‘langan. Bu qalbakilikni tizimning boshqa ishtirokchilari darhol payqaydi, chunki ular blokcheyn haqidagi barcha yozuvlarni o‘zlarida saqlaydi. Bunday ishtirokchilar, blokdagi bitimlar singari, minglab bo‘lishi mumkin, shuning uchun tizimning barcha ishtirokchilarida blokcheyn haqidagi maʼlumotlarni buzib ko‘rsatish deyarli imkonsiz. Demak, blokcheyn – bu barcha bitimlar saqlanadigan buxgalteriya kitobi, lekin bu kitob bankda emas, balki blokcheynning barcha ishtirokchilarida saqlanadi.

Xo‘sh, blokcheyn bilan kriptovalyuta o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?


🌐 Davomi yanada qiziq👉 https://us.uz/uz/news/post-256

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

08 Dec, 03:29


⚖️ Konstitutsiya- xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

🔹Konstitutsiya-xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak belgisi, obod va farovon jamiyat barpo etishda mustahkam poydevordir.

🇺🇿 Bu yil ushbu tarixiy sananing 32 yilligi yurtimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda.

🔹Fursatdan foydalanib, Sizni  "UNICON-SOFT" kompaniyasi nomidan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz.
Sizga sihat-salomatlik, yangidan-yangi yutuqlar, xonadoningizga fayzu-baraka, tinchlik xotirjamlik tilab qolamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin!


✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

05 Dec, 03:59


Telefon firibgarlariga qarshi “SI-buvijon” ishga solindi

Britaniyaning eng yirik mobil aloqa operatori O2 telefon firibgarlariga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan ovozli chat-botni taqdim etdi. Nuroniy onaxonni taqlid qiluvchi sunʼiy intellektga asoslangan tizim dAIsy deb nomlanib, u kun bo‘yi firibgarlarni “gapga solib” o‘tirishi mumkin.
Keksa kishilar jamg‘armasiga ko‘z olaytirgan firibgarlar “SI-buvijon”ning haqiqiy o‘ljasi: u mavjud bo‘lmagan bankdagi hisob raqamini bilish niyatidagi yomon niyatli kimsalarni telefonda uzoqroq “ushlab turish” uchun to‘qish yoki mushukchasi Momiqvoy (Fluffy) haqida soatlab suhbatlashib, jinoyatchilarni ruhiy zo‘riqish holatiga olib kelib qo‘yishi mumkin...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-255
📱 Tomosha qilish👉 https://youtu.be/ktd5_isz0wU

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

02 Dec, 14:02


Sun’iy yo‘ldosh internetini to‘g‘ridan to‘g‘ri smartfonlarda sinab ko‘rishga ruxsat berildi

AQShning aloqa sohasida federal komissiyasi (FCC) SpaceX kompaniyasiga Starlink sunʼiy yo‘ldosh internet tizimini to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfonlarda sinovdan o‘tkazishga ruxsat berdi. Sinov provayderi sifatida T-Mobile tanlab olingan.
2022 yil yozida SpaceX va T-Mobile mijozlarga smartfonlarda Starlink xizmatidan foydalanish imkoniyatini taqdim etish rejalarini eʼlon qilgan edi. O‘shanda kompaniyalar xizmatni 2023 yilda ishga tushirishni vaʼda qilishgan. Biroq, reja faqat 2024 yil oxiriga kelib vakolatli organlar tomonidan maʼqullandi...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-253
📱 Tomosha qilish👉 https://youtu.be/kJILVHf6ohw

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

02 Dec, 05:55


“Dasturchilar endi kerak emas”. Bo‘sh ish o‘rinlari deyarli yo‘q, yosh mutaxassislar esa umuman eʼtiborsiz qolmoqda – faqat G‘arbda

Tadqiqot mualliflarining fikricha, barchasiga sunʼiy intellekt sababchi. Oxirgi uch yarim yil ichida dunyodagi eng mashhur dasturchi yordamchisi – Copilot paydo bo‘lganidan beri u va unga o‘xshash xizmatlar sezilarli darajada takomillashdi...

🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-252

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

01 Dec, 11:54


https://youtu.be/5mDaK_j0wqM

UNICON SOFT

01 Dec, 05:02


Axborot texnologiyalarini o‘rganishda o‘quv markazlarining o‘rni bormi?

Laylo Rustamova va Naima Halilova muallifligidagi “AyTi‘da gap ko‘p...” ko'rsatuvida “AyTi'chi” qizlar suhbati.

Navbatdagi qahramonimiz – “Codecraft” o'quv markazi rahbari Saida Halilova.

Premyera bugun soat 14:00da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying 👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1

📱 Tomosha qilish👉 https://youtu.be/5mDaK_j0wqM

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

30 Nov, 17:55


#ijrogov.uz

🔹30-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligida "IJRO.GOV.UZ" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.


✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

29 Nov, 07:02


Sunʼiy intellektning navbatdagi zaifligi – “kulrang” SI uchun muammo bo‘lishi mumkin

Amerikalik olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, tasvirlarni tahlil qila oladigan zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari tasvir fayllaridagi alfa-kanal – ularning shaffofligiga javob beradigan maʼlumotlar to‘plami yordamida manipulyatsiyalarga bardoshli emas. Oddiyroq tushuntirilsa, ranglardagi odam ko‘zi ilg‘amas tuslar sunʼiy intellektning noto‘g‘riga qarorlariga sabab bo‘lishi mumkin – bu esa oqibatlarga olib keladi...

🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-249

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

29 Nov, 04:04


Maʼlumotlarni “olmos disk”larda saqlash taklif qilinmoqda, hajmi – 160 Tbayt bo‘lishi mumkin

Xitoy fan va texnologiyalar universiteti olimlari millionlab yillar davomida maʼlumotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan yuqori zichlikdagi optik yozuv texnologiyasini taqdim etmoqda. Bu haqda Nature Photonics jurnalida chop etilgan maqolada so‘z boradi. Unda aytilishicha, oddiy DVD o‘lchamidagi bitta olmos optik diskka DVD hajmidagiga qaraganda 10 000 marta ko‘p maʼlumot sig‘adi


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-249

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

28 Nov, 05:17


AQSh Adliya vazirligi: “Google – uch karra monopolist”

AQSH okrug sudida Google‘ning reklama texnologiyalari sohasidagi taxminiy monopoliyasi haqida Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan yakuniy dalillar tinglandi. Vazirlik yuristi Aaron Teitelbaum AyTi gigantni “uch karra monopolist” deb taʼriflagan.
U Google butun internet bo‘ylab eʼlonlar uchun ishlatiladigan xizmatlarni nazorat qilish orqali uchta bozorda adolatsiz ustunlikka ega bo‘lib, reklama auksionlarini “soxtalashtirganini” taʼkidladi.
Teitelbaum kompaniyani reklamadan boshqa daromad olish manbalari bo‘lmagan noshirlarni ovlaydigan “yirtqich” bilan taqqosladi. News Corp. rahbari o‘z tashkilotini “garovga olingandek” his qilganini tasdiqladi, chunki agar u Google reklama platformasidan voz kechsa, 2017 yilda 9 million dollar yo‘qotishi mumkin edi.
Adliya vazirligi yuristi Google‘ning ushbu bozorda halol raqobatlashishni rejalashtirganiga ishonmasligini aytgan. Uning taʼkidlashicha, eng yaxshi muqobillar shunchaki “yo‘q bo‘lib ketgan”...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-248

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

27 Nov, 04:58


Apple qurilmasiga mikroto‘lqinli pech yordamida “buzib kirildi”

Ha, hindistonliklar AirPods Pro 2‘ni mikroto‘lqinli pech yordamida “buzdilar”.
Apple qurilmalari uchun iOS 18.1 chiqarilgandan so‘ng, AirPods Pro 2 simsiz quloqchinlari foydalanuvchilariga qurilmani eshitish moslamasi sifatida ishlatish imkonini beruvchi Hearing Health funksiyasi paydo bo‘ldi. Hozircha bu funksiya faqat AQSH va Kanadada mavjud. Biroq hindistonlik bir foydalanuvchi ushbu cheklovni mikroto‘lqinli pech, texnik ko‘nikma va “sabr-toqat” yordamida chetlab o‘tish yo‘lini topdi.
Bangalorlik Ritvik Jayasimha (Rithwik Jayasimha) do‘stlari bilan mintaqaviy cheklovni chetlab o‘tishga qaror qildi, ammo oddiygina ip-manzilni o‘zgartirish yordam bermadi, chunki Apple haqiqiy joylashuvni aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazadi. Shunda ular har qanday elektromagnit signallarni to‘suvchi mikroto‘lqinli pech asosida sodda Faradey qafasi yasadilar. Bu iPad‘ni boshqa qurilmalar va atrofdagi simsiz tarmoqlardan ajratish hamda uning joylashuvini aniqlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur edi...

🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-247
📱 Tomosha qilish👉 https://youtu.be/54kGMBbik4E

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

26 Nov, 04:59


Sunʼiy intellekt “odobli” bo‘lishi kerak

OpenAI kompaniyasi Dyuk universiteti (AQSH) tadqiqotchilariga sunʼiy intellekt tizimlarida axloqni o‘rganish loyihasi uchun grant ajratgan, deyiladi AQSH Soliq xizmatiga taqdim etilgan hisobotda. TechCrunch‘ning xabar berishicha, “Sunʼiy intellekt axloqini tadqiq etish” loyihasi (Research AI Morality) keng qamrovli tashabbusning bir qismi bo‘lib, uning doirasida OpenAI uch yil mobaynida sunʼiy intellektni “odobli” qilish yo‘llarini o‘rganish uchun 1 million dollar ajratdi.
Loyihaga Uolter Sinnot-Armstrong va Yana Shayx Borg rahbarlik qilmoqda. Ushbu ishning maqsadi tibbiyot, huquqshunoslik va biznes kabi sohalarda insonning axloqiy mulohazalarini bashorat qila oladigan algoritmlarni ishlab chiqishdan iborat...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-246

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

26 Nov, 04:15


“Yaqin qo‘shniga hujum” usuli ish berdi – xakerlar Wi-Fi orqali nishonga yetib bordi

“Kerakli” kompyuterni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzib kira olmagan xakerlar aylanma usulni qo‘lladilar: ular qo‘shni binodagi qurilmaga kirib, u orqali mahalliy Wi-Fi tarmog‘i bo‘ylab asosiy nishonga yetib borishdi. Cyberwarcon anjumanida kiberxavfsizlik masalalariga ixtisoslashgan Volexity kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan hisobotda aytilishicha hujumda Fancy Bear (GruesomeLarch) guruhining qo‘li bor.
Bir qator hujumlarni amalga oshirgan xakerlar oxir-oqibat ushbu tashkilot xodimlari foydalanayotgan veb-servis platformasidagi ayrim foydalanuvchi hisoblari (akkauntlari) parollarini buzishga erishdilar. Biroq, jinoyatchilar hisoblarning o‘ziga kirishga muvaffaq bo‘lishmadi – ularga ikki bosqichli tasdiqlash (2FA) to‘sqinlik qildi...

🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-241

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

25 Nov, 06:31


#boshlandi
https://youtu.be/tIRA42qvylQ

UNICON SOFT

25 Nov, 05:40


IT ta’lim uyushmasi PR bo‘limi boshlig‘i Laylo Rustamova bilan “AyTi‘da gap ko‘p...” ko'rsatuvining ilk sonida “IT LADIES Uzbekistan” jurnali haqida suhbatlashdik

Premyera bugun soat 11:30da, o'tkazib yubormaslik uchun kanalga obuna bo'lib qo'ying 👉 https://www.youtube.com/channel/UC-fYBsOfMBkZMf_D5QctsDg?sub_confirmation=1

📱 Tomosha qilish👉 https://youtu.be/tIRA42qvylQ

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

25 Nov, 03:59


“Sunʼiy intellekt asosidagi robotlar himoyasiga jiddiy savollar bor”

IEEE‘ning yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, sunʼiy intellektli robotlarni buzish xuddi chat-botlarni aldash kabi oson ekan. Olimlar oddiy matnli buyruqlar yordamida robotlarni xavfli harakatlarni bajarishga majbur qilishga erishdilar.
HotHardware nashrining yozishicha, iPhone yoki o‘yin konsollari kabi qurilmalarni buzish uchun maxsus vositalar va texnik ko‘nikmalar talab qilinsa, ChatGPT kabi katta til modellarini (LLM) buzish ancha oson ekan. Buning uchun sunʼiy intellektni aldaydigan ssenariy yaratish kifoya bo‘lib, uni so‘rov ruxsat etilgan chegarada yoki taqiqlarni vaqtincha eʼtiborsiz qoldirish mumkinligiga ishontirish kerak. Masalan, foydalanuvchi taqiqlangan mavzuni “buvimning ertagi” degan beozor hikoyaning bir qismi sifatida taqdim etsa, model kutilmagan javobni, shu jumladan, tizim tomonidan zudlik bilan to‘sib qo‘yilishi kerak bo‘lgan xavfli moddalar yoki qurilmalarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalarni beradi...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-240

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

21 Nov, 12:13


⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ #texnoxabar
💸Bitkoin o‘sishda davom etmoqda
📊Sun’iy intellekt oliy matematikada kuchli emas, hozircha
🔗Robot jarrohlik operatsiyasi o‘rgandi
🌐Dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi
🇺🇸AQSh prezidenti qarorgohini robot itlar qo‘riqlamoqda
⚡️Ilon Mask samolyotlarni raketaga almashtirishni taklif qilmoqda
🖥YouTube kurashdan to‘xtamoqchi emas: videolar smartfonlarga mos bo‘ladi
ℹ️iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi

Tomosha qiling ➡️https://youtube.com/live/I7SEXeXOV5c

UNICON SOFT

20 Nov, 04:15


🔵Kuni kecha "Postgres Professional" jamoasi Toshkentda mehmonda bo‘lishdi. Tashrif chog‘ida "Postgres Professional" asoschisi Oleg Bartunov va uning iqtidorli jamoasi yig‘ilganlarga "PostgreSQL" va uning rivojlanish sirlari haqida yaqindan ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Maqsad esa O'zbekistonning "PostgreSQL" jamoasi bilan amaliy tajriba almashish va professional muloqot qilishdan iboratdir.

✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

19 Nov, 15:01


“iPhone 16'da begona ovozlar eshitilyapti”

Reddit foydalanuvchilaridan biri o‘zining iPhone 16 telefoni orqali notanish erkak ovozini eshitgan. Va ovoz egasining mashina haydash asnosida kim bilandir telefonda gaplashayotganini tushungan. Hayron qolgan foydalanuvchi iPhone‘ini tekshirib, o‘sha paytda unda hech qanday ilova ishga tushirilmaganiga ishonch hosil qildi. Notanish erkakning suhbati bir muddat davom etdi va oxir-oqibat u avtohalokatga uchragani maʼlum bo‘ldi. Shundan so‘ng hech narsa sodir bo‘lmadi, biroq ikki kundan keyin muammo takrorlandi va foydalanuvchi iPhone orqali kimdir telefonda gaplashayotib so‘kinayotganini eshitgan...

🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-238
📱 Tomosha qilish👉 https://youtu.be/g1ikq3CsBMs

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

18 Nov, 04:57


🔵 Postgres Professional jamoasi Toshkentda

Konferensiyada PostgreSQL jamoasi bilan yaqindan tanishishingiz mumkin

Bosh hamkor: Unicon Soft

✔️ Ma'ruzalar SGBD bilan ishlash haqida

🔹 SGBD va PostgreSQL haqida ko'proq: tizim tarixi, uning farqlari, rivojlanish yo'nalishi
🔹 Yuqori yuklamalar uchun Postgres: unutmaslik kerak bo'lgan narsalar
🔹 PostgreSQL misolida SGBD xavfsizligini ta'minlash usullari
🔹 Zarar ko'rgan fayl tizimida PostgreSQLda ma'lumotlarni tiklash
🔹 Patroni, PgBouncer va etcd yordamida yuqori mavjudlikka ega PostgreSQL klasterini avtomatlashtirish

✔️ O'zbekistonning PostgreSQL jamoasi bilan amaliy tajriba almashish va professional muloqot

📍 18-noyabr, 10:00-17:00 (UTC+5), onlayn va oflayn. Konferensiya Toshkentda, Ziyolilar ko'chasi 13A, Inha universiteti B binosi, B304 konferensiya zali. Ishtirok - bepul, ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

pgconf.uz

UNICON SOFT

18 Nov, 02:17


🇺🇿18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun.

🎉"UNICON-SOFT" jamoasi bayrog‘imiz qabul qilinganligining 33 yilligi bilan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

🇺🇿Mustaqilligimiz va tinchligimiz ramzi bo'lgan mamlakatimiz bayrog‘i abadiy hilpirab tursin!

✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

UNICON SOFT

17 Nov, 12:59


Kuni кecha Suv xoʼjaligi vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari ishtirokida "IJRO.GOV.UZ ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga kiritilgan oʼzgarish va qoʼshimcha imkoniyatlardan foydalanish" toʼgʼrisida oʼquv mashgʼuloti boʼlib oʼtdi.


✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

UNICON SOFT

17 Nov, 10:14


Meta‘dan Instagram va WhatsApp‘ni sotishni talab qilishyapti

Meta yana sudga tortilishi mumkin – AQSH Federal savdo komissiyasi (FTC) tomonidan sudga monopoliyaga qarshi daʼvo kiritilgan. Komissiya kompaniyani Instagram va WhatsApp‘ni sotib olib, raqobatni bostirish orqali ijtimoiy tarmoqlar bozorida yaqqol ustunlikka ega bo‘lishda aybladi. The Verge‘ning xabar berishicha, sud kompaniyani o‘z aktivlarini sotishga majbur qilishi mumkin.
Shunga o‘xshash daʼvo arizasi 2020 yilda ham kiritilgan edi, FTC Meta‘ni raqobatni bostirish maqsadida Instagram va WhatsApp kabi raqobatchilarni sotib olganini taʼkidlagan edi. Kolumbiya okrugi sudi sudyasi Jeyms Boasberg (James Boasberg) dastlab bu daʼvoni 2021 yilda rad etgan, shundan so‘ng federal agentlik qaytadan shikoyat bilan murojaat qilgan va ish ko‘rib chiqilgan. 2023 yil bahorida Meta yana FTC daʼvosini rad etishni so‘rab sudga murojaat qildi. Biroq Boasberg, Meta o‘z ilovalariga raqobat qilmaslik sharti bilan ishlab chiquvchilarga API‘dan foydalanishga ruxsat berib, adolatsiz harakat qilgani haqidagi daʼvoni rad etgan bo‘lsa-da, FTC foydasiga qaror chiqardi...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-237

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

15 Nov, 03:59


Olimlar hayvon miyasiga sunʼiy intellektni ulab, murakkab savollarga javob berishni o‘rgatdi

Neiry biotexnologiya laboratoriyasi mutaxassislari Moskva davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda “dunyoda birinchi marta” hayvon miyasini sunʼiy intellektga ulashga erishdi... va u savollarga to‘g‘ri javob beryapti...

🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-235
📱 Tomosha qilish👉 https://youtu.be/__45e_cW2iw

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

13 Nov, 05:59


Kashfiyot deganda, ko‘pincha olamshumul yangilik ko‘z oldimizga keladi. Va xayol tabiiy ravishda texnologiyalar tomon ketadi, to‘g‘ri-da, 20-asr texnika asri bo‘lsa, lekin aynan mana shu asrni rangli qalamlar boshlab bergan va o‘z davriga to‘g‘ri va maʼjoziy maʼnoda rang bergan.
Bugun biz uchun oddiy sanalgan rangli qalamlar o‘z davri uchun rivojlanishning yangi bosqichi hisoblangan.
Tarixchi Ixtiyor Esonov rangli qalamlar tarixi haqida hikoya qiladi

👉https://youtu.be/epaDf-w2w2o

UNICON SOFT

13 Nov, 03:59


“Mark Sukerberg aybdor emas” – sud qarori eʼlon qilindi

AQSh Federal sudi Meta kompaniyasi bosh direktori Mark Sukerbergni Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga qaramlik tufayli bolalarga yetkazilgan zarar uchun shaxsan javobgar emas, deb hisobladi. Qaror yigirmadan ortiq daʼvolar doirasida chiqarildi. Ularda Meta foydalanuvchilar, ayniqsa bolalar sog‘lig‘i uchun potensial xavflarni ongli ravishda yashirgani va ularni ataylab chalg‘itgani taʼkidlangan.
Kaliforniyalik federal sudya Ivon Gonsales Rojers (Yvonne Gonzalez Rogers) bu qarorni o‘n sahifali sud hujjatida eʼlon qildi. Ota-onalar va taʼlim tashkilotlari nomidan berilgan daʼvo arizasida Meta Facebook va Instagram keltirib chiqaradigan sog‘liq xavflaridan xabardor bo‘lgani va bu taʼsirga ayniqsa bolalar zaif ekanligi aytilgan. Daʼvogarlarning taʼkidlashicha, Meta ushbu xavflar haqidagi maʼlumotlarni ataylab yashirgan, “chalg‘ituvchi bayonotlar”dan foydalangan va shu orqali foydalanuvchilarni ehtimoliy tahdidlardan xabardor bo‘lishini cheklagan...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-233

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
X |Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

12 Nov, 14:37


"UNICON-SOFT” va "IT PARK" vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda, "Local2 Global" dasturi doirasida "Unicon Soft" kompaniyasining global bozorda o'z ishtirokini kengaytirish va xorijiy hamkorlarni jalb qilishga oid mavzular muhokama qilindi.

✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

UNICON SOFT

31 Oct, 10:17


Black Basta deb nomlanuvchi xakerlik guruhi o‘zini Microsoft Teams orqali qo‘llab-quvvatlash xizmati sifatida ko‘rsatib kiberhujumlar amalga oshirmoqda. 2022 yil aprel oyidan beri faoliyat yuritayotgan guruh allaqachon butun dunyo bo‘ylab o‘ndan ortiq kompaniyaning tizimiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Maʼlumotlar sizdirilishi bilan bog‘liq bir qator ishlarda javobgar hisoblanayotgan Conti‘ning bo‘linishi natijasida paydo bo‘lgan Black Basta aʼzolari tarmoqlarga “kirish”da tizimdagi zaifliklar, zararli botnetlar bilan hamkorlik va ijtimoiy muhandislik kabi turli usullardan foydalanmoqda.
Joriy yil bahorida Rapid7 va ReliaQuest Black Basta‘ning yangi ijtimoiy muhandislik kampaniyasi haqida ogohlantirdi. Bu kampaniya doirasida bir qator tashkilotlarning masʼul xodimlari elektron pochtasiga minglab xatlar yuborilgan. Bunday xabarlar zararli bo‘lmasa-da, elektron pochtani tekshirish vazifasini bajargan.
Shundan so‘ng jinoyatchilar spam muammolarini hal qilishda yordam berish bahonasida xodimga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini kompaniya qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimi sifatida tanitgan. Keyin aldov yo‘li bilan jabrlanuvchini AnyDesk yoki Windows Quick Assist kabi ish stoliga masofadan kirish dasturini o‘rnatishga ko‘ndirgan. Ha, juda sodda usul. Ish stoliga masofadan ruxsat berishda, hatto eng yaqin insonga bo‘lsa ham, ming marotaba o‘ylab ko‘rish kerak...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-219

UNICON SOFT

31 Oct, 04:01


Sunʼiy intellekt xat yozishda yordam beradi

Google kompaniyasi Gmail pochta xizmatining veb-versiyasida “Menga yozishga yordam ber” funksiyasini kengaytirmoqda. Ushbu vosita foydalanuvchilarga Gemini neyron tarmog‘i orqali xatlarni yaratish imkonini beradi. Mazkur funksiya, mobil qurilmalardagi kabi, xat yozish oynasi ochilganda paydo bo‘ladi.
Hozirgi bosqichda “Menga yozishga yordam ber” funksiyasi Google One AI Premium obunasi va Workspace‘da Gemini‘ga kirish huquqiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lib, xabar qoralamalarini yaratishdan tashqari, ushbu vosita u yoki bu xabarni qanday yaxshiroq yozish, xabar matnini qanday qisqartirish va boshqa maslahatlarni berishi mumkin...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-217

UNICON SOFT

30 Oct, 04:01


Facebook AQSH qirg‘oqlarini “birlashtirmoqchi”

Meta kompaniyasi AQSHning ikki sohilini suv osti optik tolali kabel bilan bog‘lash loyihasini amalga oshirmoqda. Qiymati 2 milliard dollarni tashkil etuvchi loyiha doirasida Atlantika, Hind va Tinch okeanlari tubida 40 000 km kabel yotqizish rejalashtirilgan, deyiladi Subseacables blogida qoldirilgan xabarda.
Blog mualliflari ishlar ikki yo‘nalishda amalga oshirilishini taxmin qilmoqda. Birinchi kabel AQSHning sharqiy sohilidan Janubiy Afrikada bir to‘xtash bilan Hindistonga, keyin esa Avstraliyaning Darvin shahrida to‘xtab, AQSHning g‘arbiy sohiliga o‘tishi mumkin...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-216

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

29 Oct, 07:17


Google SI-qidiruvidan endi O‘zbekistonda ham foydalanish mumkin

Google 100 dan ortiq mamlakatda SI-qidiruvi ishga tushirganini maʼlum qildi. Sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan xulosalar (AI Overviews) Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika, Nigeriya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati Google rasmiy veb-saytida joylashtirilgan.

The Verge xabar berishicha, SI-sharhlar barcha qo‘llab-quvvatlanadigan tillarda, jumladan ingliz, hind, indonez, yapon, portugal va ispan tillarida ko‘rsatiladi. Bu esa, AQSH kabi mamlakatlardagi foydalanuvchilar, masalan, ispan tilida qidiruv o‘tkazib, aynan shu tilda maʼlumotlarni umumlashtirish natijalarini olishlari mumkinligini anglatadi.
Bundan tashqari, sunʼiy intellekt maʼlumotlarida iqtibos keltirilgan manbalarga havolalar yana-da ko‘zga tashlanadigan qilib joylashtirildi. Bu foydalanuvchilarga qo‘shimcha maʼlumot olish uchun asl manbaga o‘tishni osonlashtirish, shuningdek, veb-saytlarni trafikdan mahrum qilmaslik maqsadida amalga oshirildi...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-215

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-site

UNICON SOFT

27 Oct, 04:02


Navbatdagi “ixtilof”: Sun’iy intellekt odamlarni “ishdan bo‘shatyapti”

Krakovdagi Off Radio internet-radiostansiyasi ko‘plab jurnalistlarni tashvishiga sabab bo‘layotgan yangilikni eʼlon qildi. Endi ushbu jamoat radiostansiyasi to‘liq sunʼiy intellekt tomonidan boshqariladi. Jonli boshlovchilar o‘rnini sunʼiy intellekt yaratgan uchta personaj egalladi. Xabar qilinishicha, bunday o‘zgarish natijasida o‘ndan ortiq kishi ishsiz qolgan.
Endi batafsil. Internetda efirga uzatiladigan Off Radio Kraków kanali 22 oktyabrdan boshlab sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan qahramonlar tomonidan boshqarilmoqda: 20 yoshli Emi (Emiliya ismining qisqartmasi), 22 yoshli Kuba (Yoqub) va 23 yoshli Aleks. Ularning har biri o‘z biografiyasi va xarakteriga ega. Emi jurnalistika fakultetida tahsil olmoqda, Kuba ovoz texnikasini o‘rganmoqda, Aleks esa diplomli psixolog. Bular yangi jurnalistlar emas, balki sunʼiy intellekt yaratgan personajlardir. Ushbu SI boshlovchilari ilgari o‘nga yaqin xodimdan iborat jamoa tomonidan tayyorlangan dasturlarni olib borishadi.
“OFF Radio Kraków kanalining yangi versiyasi – bu sunʼiy intellekt rivojlanishining madaniyat, ommaviy axborot vositalari, jurnalistika va jamiyatga qanday taʼsir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlash va bu savolga javob topishga qaratilgan tadqiqot va media-tajriba”, – deyiladi radiostansiya saytida.
Yangilik media muhitida kuchli aks-sado berdi va ochiq xat yozilishiga sabab bo‘ldi. Unda aytilishicha, “radiostansiyaning yangi formulasi tufayli sentyabr oyi boshida o‘nga yaqin odam – Krakov madaniyatining tajribali jurnalistlari, ijodkorlari va musiqachilari ishsiz qolgan. Ularning baʼzilari OFF Radio Kraków‘ning “oyoqqa turishi”da bevosita ishtirok etgan bo‘lib, bugun oddiy tinglovchiga aylanmoqda”. 23 oktyabr holatiga xatni “tajriba obyekti” bo‘lishni istamagan 15 mingdan ortiq kishi imzolagan...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-214
📱 Tomosha qilish👉 https://youtu.be/15OrjCbL700

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

UNICON SOFT

26 Oct, 08:59


Nvidia ikkinchi marta qimmat kompaniya maqomiga erishdi

Joriy yilning iyun oyida Nvidia qisqa muddatga bo‘lsa ham kapitallashuvi bo‘yicha dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniyaga aylangan edi, ammo keyinchalik Microsoft va Apple uni ortda qoldirdi. Apple hozirga qadar rasman bu maqomni saqlab kelmoqda. Biroq, kechagi savdo sessiyasi davomida Nvidia kapitallashuvi bir lahzada 3,53 trillion dollarga yetib, Apple‘ning 3,52 trillion dollarlik ko‘rsatkichidan o‘zib ketdi.

To‘g‘ri, keyin vaziyat o‘zgardi, savdo sessiyasi yakuniga kelib, Nvidia aksiyalari kursining o‘sish surʼati pasaydi. Ular savdoni oldingi sessiyaga nisbatan 0,8 foizga o‘sgan holda, yaʼni 141,54 dollar darajasida yakunladi. Shu sababli, hozirda kompaniyaning kapitallashuvi 3,47 trillion dollardan oshmayapti, Apple esa 3,52 trillion dollar ko‘rsatkichini saqlab turibdi. Microsoft aksiyalari ham xuddi shunday o‘sishni qayd etdi va kompaniyaning kapitallashuvi 3,18 trillion dollarni tashkil etmoqda
...

🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-213

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

UNICON SOFT

26 Oct, 04:31


Apple xakerlarga 1 million dollargacha haq to‘lashga tayyor, agar …

🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-212

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

UNICON SOFT

25 Oct, 16:13


🔰 Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligida  “Edo.ijro.uz” tizimining  o‘rni va ahamiyati mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda "UNICON-SOFT" MChJ vakillari ishtirokchilarga tizimning ishlash jarayoni va qulayliklari haqida to‘liq maʼlumotlar berdilar.


✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

UNICON SOFT

23 Oct, 12:35


Xabaringiz bor, bugungi kunda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi PQ–162-son qaroriga asosan ijro intizomini tashkil etish bo‘yicha “Edo.ijro.uz” tizimida ish yuritish va ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha joylarda muntazam tarzda semenarlar o‘tkazib kelinmoqda . Bugun “Uzbekistan airways” AJ da ham  “Edo.ijro.uz” tizimining  o‘rni va ahamiyati mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda "UNICON-SOFT" MChJ vakillari ishtirokchilarga tizimning ishlash jarayoni va qulayliklari haqida to‘liq maʼlumotlar berdilar.


✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

UNICON SOFT

23 Oct, 06:59


Sunʼiy intellekt asosida video yaratuvchi navbatdagi servis ishga tushirilmoqda. Mochi 1

Sunʼiy intellektdan foydalangan holda generativ videotexnologiyalarga ixtisoslashgan Genmo kompaniyasi Mochi 1 modelining tadqiqot versiyasini eʼlon qildi. Bu matn asosida yuqori sifatli videolarni yaratish uchun mo‘ljallangan ochiq dasturiy yechimdir. Kompaniyaning taʼkidlashicha, Mochi 1 o‘z samaradorligi bo‘yicha Runway‘ning Gen-3 Alpha, Luma AI‘ning Dream Machine, Kuaishou‘s Kling va boshqa yetakchi modellar bilan raqobatlasha oladi.
Mochi 1 – video yaratish uchun o‘z turida birinchi ochiq kodli modeldir. Apache 2.0 litsenziyasi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi ushbu servis video yaratishda kuchli imkoniyatlardan bepul foydalanishni taklif etadi. Hailuo Unlimited kabi Mochi 1 raqobatchilari oyiga 94,99 dollardan pullik tariflarni taklif qilsa, yangi model bepul muqobilni taqdim etmoqda

@uniconsoft
🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-209

UNICON SOFT

23 Oct, 03:59


Eng yirik kompyuter ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblangan Dell kompaniyasini bilasizmi?

Dell asoschisi Maykl Sol Dell (Michael Saul Dell) 2020 yillarga kelib ham kompaniyaning asosiy egasi, direktorlar kengashi raisi va bosh direktori lavozimlarini egallab kelmoqda.

Faoliyatining ilk davrlarida, aniqrog‘i birinchi yigirma yil davomida kompaniya butun eʼtiborini shaxsiy kompyuterlar va noutbuklarni ishlab chiqarish hamda sotishga qaratgan, 90-yillardan boshlab esa serverlar sohasiga kirib kela boshladi.

1992 yilga kelib 500 ta eng yirik kompaniyalar ro‘yxatiga kirdi. 2013 yilda Maykl Dell kompaniyaning barcha aksiyalarini sotib olib, uni xususiy mulkka aylantirdi. 2015 yilda maʼlumotlarni saqlash tizimlarini ishlab chiqaruvchi EMC korporatsiyasining qo‘shib olinishi bilan ikkita yirik yo‘nalish shakllandi: server tizimlari (Dell EMC, keyinchalik Infrastructure Solutions) va shaxsiy tizimlar (Client Solutions). Bular Dell Technologies nomi ostida birlashtirildi hamda uning aksiyalari 2018 yilda Nyu-York fond birjasiga chiqarildi.

🌐 Davomi yanada qiziq👉 https://us.uz/uz/news/post-208

UNICON SOFT

22 Oct, 06:22


Sunʼiy intellekt xavfsiz bo‘la oladimi? Mutaxassislar yuzaga kelayotgan tahdidlar va sunʼiy intellekt xavfsizligini muhokama qilmoqda

Xalqaro kiberxavfsizlik ekspertlari sunʼiy intellekt keltirib chiqaradigan xavfsizlik muammolarini hal etish uchun global hamkorlik va faol strategiyalarga chaqirmoqda.
Sunʼiy intellektni (SI) qo‘llash jadal surʼatlar bilan rivojlanar ekan, ko‘plab tashkilotlar o‘z vazifalarini avtomatlashtirish, ish jarayonlarini takomillashtirish hamda unumdorlik va samaradorlikning yangi darajalariga erishish uchun undan foydalanmoqda.
Unutmaslik kerakki, texnologiyalar misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni taqdim etish bilan bir qatorda, murakkab xavfsizlik xatarlarini ham keltirib chiqaradi. Gallyutsinatsiyalar va noxolisliklardan tortib “prompt inyeksiyalari” (prompt injections), “maʼlumotlarni zaharlash” (data poisoning) va axboriy hujumlargacha bo‘lgan muammolar tufayli sunʼiy intellektdan foydalanish xavfsizlikka yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Bu yondashuv anʼanaviy IT-xavfsizlik amaliyotlaridan tashqariga chiqib, xalqaro hamkorlikni talab etadi
...

🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-207

UNICON SOFT

21 Oct, 11:23


☄️Bugun davlat organlarida elektron hujjat aylanishi qanday holatda, texnik jihatdan muammolar qolmaganmi?
EHA tizimlariga qanday xizmat ko‘rsatiladi? Idoralar buning uchun maxsus shtat birligi ajratganmi yoki maxsus kompaniyalar yollayaptimi?
Davlat organi xodimlarini tizim bilan ishlashga o‘rgatish jarayoni qanday kechyapti? Masalan, yangi ishga olingan xodim qanday qilib tizimda ishlab ketadi?
Tizimga xizmat ko‘rsatishda kadrlar masalasida taqchillik yo‘qmi?
Tizim bilan ishlashda qaysi davlat organlari ilg‘or?

Yuqoridagi va boshqa savollar bo‘yicha “UNICON-SOFT” MCHJ Toshkent shahar filiali direktori Muzaffar Rahimberdiyev bilan suhbatlashdik

🌐 Xabarni to‘liq o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-205
📱 Suhbatni tomosha qilish👉 https://youtu.be/U8W4ZvdVWqg

UNICON SOFT

21 Oct, 05:53


🇺🇿Til – davlat timsoli, mulki, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixidir.

Aziz yurtdoshlar!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi barchangizga muborak bo‘lsin! “Unicon-Soft” jamoasi Sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizga fayzu baraka, baxtu saodat tilaydi. O‘zbek tili — ona tilimizning nufuzi, obro‘-eʼtibori yanada ziyoda bo‘lib boraversin!

🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!🇺🇿

✍️"UNICON SOFT" MChJ  Аxborot xizmati
🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web site

UNICON SOFT

20 Oct, 12:25


Windows uchun ChatGPT ilovasi chiqarildi

OpenAI kompaniyasi Windows uchun ChatGPT ilovasini sinovdan o‘tkazishni boshladi, ammo hozircha undan faqat pulli obuna egalari foydalana oladi. Mijozning dastlabki versiyasini Microsoft Store do‘konidan yuklab olish mumkin.
Ushbu ilova MacOS versiyasi singari maxsus oynada sunʼiy intellektli chat-botga savollar berish imkonini beradi – uni boshqa dasturlar bilan bir vaqtda ochiq holda saqlash mumkin. Ilovani tezkor ishga tushirish Alt + Space tugmalar birikmasi yordamida amalga oshiriladi. U ChatGPT‘ga fotosuratlar va boshqa fayllarni yuklash imkonini beradi, shuningdek, “tafakkur qila oladigan” OpenAI o1 modeliga kirish imkoniyati bor. Baʼzi funksiyalar, jumladan, kengaytirilgan ovozli rejim hali mavjud emas...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-204

UNICON SOFT

19 Oct, 04:01


Ilon Mask gigabit tezlikdagi sunʼiy yo‘ldosh internetini taqdim etmoqchi

Buning uchun orbitani 30 mingta Starlink qurilmasi bilan to‘ldirish kerak bo‘ladi.
SpaceX‘ga qarashli Starlink sunʼiy yo‘ldosh provayderi foydalanuvchilarga gigabitli ulanish tezligini taʼminlashga qaror qildi, ammo buning uchun unga radiospektrning kengroq diapazonini egallashi va Yer orbitasida 30 mingta qurilmadan iborat sunʼiy yo‘ldoshlar guruhini shakllantirish talab etiladi – kompaniya shu haqida AQSH Federal aloqa komissiyasi (FCC)ga tegishli ariza topshirdi


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-201

UNICON SOFT

18 Oct, 11:49


Oy va Marsda mobil aloqa ishga tushirilishi mumkin

Yevropa bu ishga jiddiy kirishyapti.
Shu kunlarda Italiyaning Milan shahrida “Moonlight” nomli umumevropa dasturi rasman ishga tushirilgani haqida eʼlon qilindi. Dasturdan maqsad Oy, keyinchalik esa Marsda mobil aloqa va navigatsiya tarmog‘ini tashkil etishdir. “Biz hali nimaga rozi bo‘lganimizni yaxshi anglamayapmiz”, - deydi dastur ishtirokchilaridan biri. Ammo nuroniylar aytganidek – “ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir” – loyiha doirasida birinchi sunʼiy yo‘ldosh 2026 yilda uchiriladi va 2028 yildan xizmat ko‘rsatish boshlanadi.
“Oy nuri” (yoki “Oy shuʼlasi”, inglizchada “Moonlight” shu maʼnolarni beradi) dasturining rasmiy tashabbuskori Yevropa kosmik agentligi (YESA) hisoblanadi. Dastur bo‘yicha Oy atrofidagi orbitada beshta retranslyator sunʼiy yo‘ldoshlar guruhini yaratish ko‘zda tutilgan. Sunʼiy yo‘ldoshlar Oyda aloqa va navigatsiya xizmatlarini (LCNS) joriy etish uchun uchiriladi. Xizmatlar davlat va xususiy kompaniyalarga ko‘rsatiladi. Kelgusi 20 yil ichida kamida 400 ta Oy missiyasi amalga oshirilishi kutilmoqda, ularning har biri Oy atrofidagi orbita va Yerdagi stansiyalar bilan aloqani talab qiladi. Missiyalarga Oy yuzasida aniq qo‘nishni amalga oshirish va Oy bo‘ylab harakatlanish uchun navigatsiya kerak bo‘ladi.
“ESA kelajakda Oy bilan bog‘liq tijoriy bozorni, shuningdek, Oy missiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun hal qiluvchi qadam qo‘ymoqda” - deydi ESA bosh direktori Yozef Ashbaxer (Josef Aschbacher) Milandagi Moonlight shartnomasini imzolash marosimida. Ko‘plab kompaniya va davlat tuzilmalariga o‘z vazifalarini ado etishda aloqa haqida bosh qotirishga hojat qolmaydi...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-200

UNICON SOFT

18 Oct, 06:50


☄️“15 mln kuzatuvchisi bor YouTube kanali egasining telefonini buzib, kanal ma’murligini qo‘lga kiritishdi – shartli ravishda, albatta”
Yuqoridagi ma’lumotlar Dr. Algorithm Telegram kanalida e’lon qilingach turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Asosiy ofisi Londonda joylashgan Moneff kompaniyasi IT-menejeri Saidolim Jo‘rayev yozyapti:
“Apple asoschilari avval telefon tizimini buzishgani (hack) qilishganini bilarmidingiz?
• Rim Papasiga tekinga telefon qilib, ertalab uyg‘otishganinichi?
• Dubay shayxining qizi Shayx Latifani telefon orqali ummon markazidan topishgani, GPS‘siz;
• SMS orqali keladigan bir martalik kalit so‘z – OTP (One Time Password)larni ham bilish mumkinligi;
• OTP orqali Telegram‘ga kirishga 15 soniya yetarli ekani;
• Python‘da yozilgan kod orqali sizga kelayotgan qo‘ng‘iroqlarni boshqa “qabul qilishi” mumkinligi;
• GPS‘siz qachon va qayerga borganingizni bilish qiyin emamligi;
Xullas, 15 million obunachisi bor YouTube kanalini buzib kirishdi – xavfsizlik tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda ...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-199
📱 Suhbatni tomosha qilish👉 https://youtu.be/F5lt7riGD3c

UNICON SOFT

17 Oct, 10:20


Facebook va Instagram o‘smirlardagi “qaramlik”ka javob beradi

Meta kompaniyasi Florida shtati va AQSHning 33 nafar bosh prokurorining jamoaviy daʼvolariga javob berishiga to‘g‘ri keladi. Kompaniya Facebook va Instagram‘da o‘smirlarda qaramlikni keltirib chiqaradigan xususiyatlarni ataylab ishlab chiqqanlikda ayblanmoqda. Tabiiy, Meta ayblovlarni rad etishga harakat qildi, ammo muvaffaqiyatsiz – Kaliforniya federal sudi kompaniya iltimosini rad etdi.
O‘tgan yili taqdim etilgan daʼvo arizalarida aytilishicha Meta voyaga yetmaganlarning “ruhiy va jismoniy salomatligiga zarar yetkazishiga” olib keladigan funksiyalarni joriy etishda ayblangan. Oklendlik AQSH okrug sudyasi Ivonne Gonzales Rojers (Yvonne Gonzalez Rogers) Meta kompaniyasining daʼvo arizasini rad etish haqidagi iltimosnomasini qondirmadi. Endi ayblovchilar qo‘shimcha dalillar to‘plashni davom ettirishi, keyin esa sud muhokamasiga o‘tishlari mumkin...


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-198

UNICON SOFT

17 Oct, 04:02


“Navbatdagi qadam”: to‘rt oyoqli “Asalxo‘r” roboti suv ostida yurishni o‘rgandi

Polshaning MAB Robotics kompaniyasi Honey Badger (inglizchada – asalxo‘r) robotining yangi qobiliyatini namoyish etdi – to‘rt oyoqli mashina hovuz tubida yugurishni “o‘rgandi”.
Suvda oyoq bilan harakatlanish, masalan, parraklar bilan solishtiradigan bo‘lsak, unchalik samarali hisoblanmaydi, lekin ushbu tajribadan ko‘zlangan asosiy maqsad robotning harakatchanligi va ishonchliligini ko‘rsatish. Ishlab chiquvchilarning fikricha, dastlab quruqlikdagi operatsiyalarda ishlash uchun mo‘ljallangan “Asalxo‘r” falokat joylarida jabrlanganlarni qidirish va qutqarish ishlarida foydali bo‘ladi


🌐 Davomini o‘qish👉 https://us.uz/uz/news/post-197