Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi! @tsuos_yu Channel on Telegram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

@tsuos_yu


🏢 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining rasmiy kanali

📱Instagram: https://www.instagram.com/sharqshunos_yoshlar_ittifoqi

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi! (Uzbek)

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi kanali Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining rasmiy kanalidir. Bu kanalda sharqshunoslik sohasida yangiliklar, maqolalar va bilimdonliklar paydo boʻladi. Siz ham bu kanalga a'zo bo'lib, eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling! Kanalda bir necha foydali ma'lumotlar va savollar ham mavjud. Ko'proq ma'lumot uchun kanalga o'ting: https://www.instagram.com/sharqshunos_yoshlar_ittifoqi

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

15 Feb, 09:48


🔹0️⃣0️⃣0️⃣ #yoshlarga_imkoniyat

🔺Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilangan asosiy vazifalar.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

15 Feb, 09:18


🔹📺 #qalqon

🔺“Qalqon” jamoatchilik guruhlari talabalari o’rtasida boʻlib oʻtgan musobaqadan tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

15 Feb, 09:13


🔹🏆🏆🏆 #qalqon

🔺Joriy yilning 14-fevral kuni Chirchiq shahridagi harbiy poligonda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Yangi O’zbekiston universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlaridagi “Qalqon” jamoatchilik guruhlari talabalari o’rtasida musobaqa bo’lib o’tdi.

Musobaqada universitetimiz jamoasi AKM qurolini sochib-yig’ish boʻyicha faxrli 3-o’rinni egallashdi.

➡️Shuningdek, musobaqa davomida talabalarimiz harbiy qurol-yaroqlar va harbiy texnikalar bilan foydalanish to’g’risida malumotga ega bo’ldilar.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

14 Feb, 18:03


🔹🏆🏆🏆 #zakovat

🔺Joriy yilning 14-fevral kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida buyuk ajdodlarimiz ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini o‘rganish maqsadida buyuk mutaffakkirlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi faxrli 3-o'rinni egallashdi.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

12 Feb, 16:24


#TDSHU_OAVda

😄TDSHUda oʻtkazilgan "V Sharqshunos talabalar festivali", "Yilning eng faol talabasi-2024" Respublika koʻrik-tanlovlari goʻliblarini taqdirlash marosimi “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturi nigohida.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

11 Feb, 12:47


🔹#Zakovat

🔺Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan, shuningdek, mashhur ijodkor Muhammad Rizo Ogahiy hayoti va ijodiga oid savollarni oʻz ichiga olgan “Ulugʻlar izidan” shiori ostida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

📺 Ushbu intellektual oʻyindan tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

11 Feb, 12:26


😄Buyuk mutafakkirlar merosiga bag‘ishlangan intellektual bellashuv

🇺🇿Batafsil
🇷🇺Подробнее
🇬🇧Read more

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

09 Feb, 08:51


🔹2️⃣2️⃣2️⃣ #Alisher_Navoiy_584

🟢Ayni damda 9-fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida o’tkazilayotgan tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati, professor-o’qituvchilar va bir guruh faol talaba-yoshlar ishtirokida Ogahiy sahnida tadbirlar turkumi bo’lib o’tmoqda.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

07 Feb, 14:11


🔺Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari O‘zMU Harbiy tayyorgarlik o’quv markazi hamda Maxsus tayyorgarlik sikli faoliyati bilan tanishishdi.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

06 Feb, 10:45


#Диққат  #Яхши_хабар

❗️Tалабалар контрактининг 35 фоизи тўлаб берилади!

Қуйидаги талабалар учун контрактинг 35% қисмини Ўзбекистон ёшлар иттифоқи қоплаб беради:
▫️Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари сафида муддатли ҳарбий хизматни ўтаганлар
▫️Ҳарбий қисмлар қўмондонлигининг тавсияномасига эга бўлганлар
▫️Тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилинган талабалар

Аризалар 15 февралга қадар университет ёшлар етакчиси томонидан қабул қилинади!

👉 https://t.me/+4dzCB39t2RgyYjQy

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

06 Feb, 06:56


🔹Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti talabalari o'rtasida shaxmat sport turidan musobaqa bo'lib o'tadi.

🎤 Ro'yatdan o'tish va batafsil ma'lumot olish uchun ushbu guruhimizga a'zo bo'ling: @tsximi_shaxmat_shashka

📆 O'tkazilish vaqti: 6-fevral (payshanba) kuni soat 14:00 da;
📍 Manzil: TSXIMI binosi 9-qavat

Bizning sahifalarimiz:
💬Telegram | 📹Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

06 Feb, 06:06


🔹📢🎉🎓 #taqdirlash_marosimi

🇺🇿 Joriy yilning 5-fevral sanasida TDSHU yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Kengashi tashabbusi, universitet rahbariyati qoʻllab-quvvatlovi natijasida 2024-yilning noyabr-dekabr oylarida o'tkazilgan "V Sharqshunos talabalar festivali", "Yilning eng faol talabasi-2024" Respublika koʻrik-tanlovi hamda universitetda ma’naviy va ma’rifiy ishlar yoʻnalishida oʻtkazilgan tanlov va musobaqalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

#poytaxt #yoshlar #Sharqshunos_yoshlari #festival

✍️ Bizni kuzatishda davom eting!
😀 Telegram | 🔹 Instagram | 🔹 Facebook

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

16 Jan, 12:17


😄🇺🇿Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida
“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida badiiy - ma’rifiy, bayram tadbiri va harbiy qurol - aslahalar koʻrgazmasi bo'lib oʻtdi!

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

14 Jan, 06:27


Bag‘ring alvon bo‘ldi, ko‘ksing-chi oppoq,
Noming dildan o‘chmas bir sha’n bo‘libdi.
Sharaf qoning bilan poklangan tuproq,
Bugun shunday ulug‘ Vatan bo‘libdi!


Vatan tinchligi yo‘lida jon fido qilgan va bugun har bir sohada fidoyilik bilan xizmat qilayotgan har bir yurt o‘g‘lonidan minnatdormiz! Daxlsiz chegaralar, osuda zamin va tinchlik uchun tashakkur!

Oyina.uz Vatan himoyasi yoʻlida qahramonlarcha halok boʻlgan millatning mard yigitlarini yodga oladi!

Full HD: https://youtu.be/WX1tdIIHLbI

Rasmiy
sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

31 Dec, 21:00


#Yangi_yil2025 #Rektor_tabrik

😄🌲TDSHU rektorining universitet jamoasi va talabalarga yo'llagan yangi yil bayram tabrigi.

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

25 Dec, 07:41


🟦🟦🟦 #kokrak_nishoni

🇺🇿 Suyarov Komiljon Sattarovich - "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni sovrindori.

🗣 Ma'lumot uchun, Komiljon Suyarov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qarori bilan Sport yo‘nalishi bo'yicha "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

🇺🇿 Suyarov Komiljon Sattarovich hozirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidagi boshlang'ich tashkiloti yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yoshlarga oid davlat siyosatini ilgari surishda hamda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishda jonbozlik ko'rsatib kelmoqda.

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

25 Dec, 06:28


🟦🟦🟦🟦 #kokrak_nishoni

🇺🇿 "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni topshirildi.

🇺🇿 Joriy yilning 24-dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan Yoshlar Ijod saroyida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat organlari va jamoat tashkilotlari vakillari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yetakchilari va faollari, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sovrindorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🇺🇿 Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qarori bilan 110 nafar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirilgan ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, san’at, jurnalistika, sport, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar qatorida 3 nafar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar hududiy Kengashida faoliyat olib borayotgan faol yetakchilar va xodimlar ham borligi bizni quvontiradi.

#poytaxt #kokrak_nishoni #taqdirlash_marosimi

✍️ Bizni kuzatishda davom eting!
😀 Telegram | 🔹 Instagram |🔹Facebook

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

24 Dec, 17:07


#Etirof #YoshlarForumi2024

🗣 "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni muborak boʻlsin!

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qarori bilan ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, san’at, jurnalistika, sport, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

🇺🇿 Quvonarlisi shundaki, ushbu koʻkrak nishoni bilan universitetimiz yoshlar yetakchisi Suyarov Komiljon Sattarovich ham taqdirlandi.

➡️Jamoamiz nomidan Komiljon Suyarovni mazkur mukofot bilan qutlab, uning kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

24 Dec, 15:12


⚡️⚡️⚡️

💥 XUSHXABAR 💥

TDSHU Yoshlar Ittifoqi BT Yoshlar yetakchisi SUYAROV KOMILJON SATTORIVICH "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi💥💥💥

Komiljon Sattorovichni ushbu yutuq bilan TDSHU jamoasi nomidan muborakbod etamiz‼️


➡️@sharq_xabar

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

24 Dec, 15:11


#Etirof #YoshlarForumi2024

🗣 "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar

🙋 Joriy yilda 250 nafardan ortiq yoshlarimiz ushbu ko‘krak nishoni uchun nomzodlik qilgan bo‘lib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qarori bilan ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, san’at, jurnalistika, sport, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan 110 nafar yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

🇺🇿 Ma'lumot uchun "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bugungi kunga qadar 1073 nafar yoshlarga topshirilgan. Bu yilgi sovrindorlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

➡️ yoshlarittifoqi.uz/uz/news/uzbekistan-belgisi-2024

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

21 Dec, 18:13


21-dekabr kuni an'anaviy tarzda tashkil etiladigan uchrashuv - Tashqi ishlar vaziri va iqtidorli yoshlar o'rtasidagi ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Unda joriy yilda yoshlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tizimli ishlar va kelgusi yilgi rejalar haqida so'z bordi.

Bugungi tahlikali zamon tashabbuskor, mustaqil va yangicha fikrlovchi, kreativ, keng dunyo qarashli kadrlar zaxiralarini shakllantirishni taqazo etadi.

Shu munosabat bilan O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida amaliyot o'tagan talabalar va yosh diplomat kadrlarning ochiq, konstruktiv, interaktiv fikr hamda takliflari inobatga olinib, 2025-yilgi rejalar shakllantirildi.

Facebook |YouTube | Instagram | X

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

21 Dec, 16:17


🔺"Yoshlar forumi - 2024" doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot "Yoshlar yetakchilari forumi" bo‘lib o‘tdi.

Ushbu forum haqida universitetimiz yoshlar yetakchisi Komiljon Suyarov "Oʻzbekiston 24" telekanaliga intervyu berdi.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

21 Dec, 11:00


⚡️ "Yoshlar forumi - 2024" doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot "Yoshlar yetakchilari forumi" bo‘lib o‘tdi.

Ushbu forumda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar ittifoqi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

07 Dec, 09:58


Intellektual olimpiadaning hududiy saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar

5️⃣0️⃣ Intellektual olimpiadaning respublika bosqichi mazkur 50 ta OTM jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tadi

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

06 Dec, 15:20


Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi! pinned «»

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

04 Dec, 19:18


📹"V Sharqshunos talabalar festivali" doirasida boʻlib oʻtgan "Kitobxon bilan birgalikda" loyihasidan tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz!

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

21 Nov, 13:39


📹"Kitobxon bilan birgalikda" loyihasining ikkinchi bosqichidan tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz!

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

21 Nov, 13:39


🔺Joriy yilning 20-noyabr kuni TDSHU Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan tashkil etilgan "Kitobxonlik" klubi tashabbusi bilan kitobxon talabalarni bir davrada jamlagan holda "Kitobxon bilan birgalikda" loyihasining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔶Ushbu bosqichda mutolaa uchun jahon adabiyoti namunasi bo’lgan Paulo Koeloning mashhur "Alkimyogar" asari tanlandi.

Tanlov natijalari boʻyicha yuqori ball toʻplagan jamoalar 3-bosqichga yo‘l olishdi.

🖐Loyiha yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini kengaytirish, ularning adabiyotga boʻlgan qiziqishni oshirish va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

20 Nov, 16:34


Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi! pinned «»

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

20 Nov, 13:37


Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi! pinned «»

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

19 Nov, 14:00


Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi! pinned «»

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

17 Nov, 07:50


17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni! Talabalik - inson hayotidagi eng ajoyib palla!

Jamoat transportidagi tonggi sayohatlar, ma'ruzalardagi shirin uyqu, sessiya oldi hayajonlari. Bularning barchasi yoshlikning, talabalikning eng qizg'in, unutilmas oltin lahzalari.

👨‍🎓👩‍🎓 Aziz talabalar, Sizlarni 17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni bilan muborakbod etamiz! Har biringiz mamlakat uchun kerakli, xalqimizning kelajagini yaratuvchi inson ekanligingizni unutmang!

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

17 Nov, 07:50


Aziz sharqshunos talabalarim!

Sizlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! Talabalik yillari inson hayotidagi eng sermazmun, yorqin va esda qolarli davr hisoblanadi. Bu davrda siz nafaqat bilim olasiz, balki kelajak maqsadlari uchun mustahkam poydevor yaratasiz.

Universitetimiz, sharqshunoslik ilmining yetuk maskani sifatida, minglab bilimli, tashabbuskor va mahoratli mutaxassislarni voyaga yetkazdi.

Sizlarning xalqaro tanlovlardagi muvaffaqiyatlaringiz, ijtimoiy hayotdagi faolligingiz va erishayotgan yutuqlaringiz meni doimo quvontiradi. Kelajakda o‘z bilimingiz va mehnatingiz bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘sha olishingizga chin dildan ishonaman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘liq, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, o‘qishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Har doim orzularingiz sari dadil qadam tashlab, ulkan marralarni egallang! Zero, yurtimizning ertangi kuni siz kabi bilimli, zukko va fidoyi yoshlar qo‘lida.

Hurmat bilan,
TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva


TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

16 Nov, 16:23


📹"V Sharqshunos talabalar festivali"dagi "Kelajak oʻyinlari" doirasida boʻlib oʻtgan "Cybersport" musobaqasidan tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz!

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

16 Nov, 07:56


Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi! pinned «»

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

15 Nov, 15:24


📸"Kahoot" enerjayzer o'yinidan fotolavhalar...

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

15 Nov, 15:24


📹"V Sharqshunos talabalar festivali" doirasida rus tilida boʻlib oʻtgan "Kahoot" enerjayzer oʻyinidan tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz!

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

01 Nov, 09:58


📢🎉🎓 #shaxmat #shashka

🔺Hurmatli, sharqshunos talaba-yoshlar, Siz kutgan an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan "V Sharqshunos talabalar festivali"ga start berildi.

👍 Festival doirasidagi dastlabki loyiha sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha bahslariga start beramiz.

G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar festival yakunida universitet rahbariyati tomonidan munosib tarzda taqdirlanadi.

🏆 Shaxmat:
🟡1 - o‘rin 500 ming so‘m;
🟡2 - o‘rin 400 ming so‘m;
🟡3 - o‘rin 300 ming so‘m

🏆 Shashka:
🟡1 - o‘rin 500 ming so‘m;
🟡2 - o‘rin 400 ming so‘m;
🟡3 - o‘rin 300 ming so‘m

📆 Roʻyxatdan oʻtish muddati 5-noyabr, soat 18:00gacha

🔝 Musobaqa bahslariga 6-noyabr, 15:00 da start beriladi.
🔝 Manzil: Universitet fayesi

🔝 Murojaat uchun: @mr_xusanov

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

30 Oct, 14:13


#festival
#chorlov

🔻"V Sharqshunos talabalar festivali"ning kuzgi mavsumiga start berilmoqda...

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

30 Oct, 11:39


🎗Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti BT Kengashi tashabbusi hamda universitet rahbariyati qoʻllab-quvvatlovi bilan "V Sharqshunos talabalar festivali"ning kuzgi mavsumiga start berilmoqda...

🔺Festival joriy yilning noyabr-yanvar oylarida bo‘lib o‘tadi.

🌎Festivalda Sizni nimalar kutmoqda?

"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida "Rektor kubogi" uchun futbol musobaqasi;
"Kahoot" enerjayzer o‘yini;
"Zakovat" intellektual o‘yini
"Munozara" intellektual o‘yini
"Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida" nomli loyihalar tanlovi;
"Jaholatga qarshi ma’rifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?", "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" kabi mavzularda insholar, she’rlar va rasmlar tanlovi;
"Kitob mening do‘stim" loyihasi;
"Sport o‘yinlari" – shaxmat-shashka;
"Kelajak o‘yinlari" doirasida "Cybersport" musobaqasi;
"Kvest" intellektual o‘yini;
"MUN" - Birlashgan millatlar tashkiloti modeli;
"TEDx" loyihasi;
"Talaba - yugur" loyihasi;
"Sharqshunos poliglot" tanlovi;
"Puzzle" intellektual o‘yini;
"Bowling" musobaqasi;
"Kubik-Rubik" musobaqasi;
"Talant shou" tanlovi

📣 Barcha universitetimiz talabalarini festival davomida faollikka chorlab qolamiz!
🤩 Sizni unutilmas lahzalar va esda qolarli sovgʻalar kutmoqda!
Sizlar uchun eng yaxshilarini taqdim etamiz!

📲 Yuqoridagi har bir loyiha boʻyicha batafsil maʼlumotlarni tez orada kanallarimizda joylaymiz.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

29 Oct, 13:13


⚡️⚡️⚡️
DIQQAT, TANLOV‼️

Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligi munosabati bilan

“Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovi o'tkazilmoqda.

📆 Maqolalar hamda muallifning obyektivka-ma’lumotnomasi 2024-yilning 3-noyabrga qadar @YulduzR telegram manzili orqali qabul qilinadi.

👉 Maqola shartlari bilan tanishish https://docs.google.com/document/d/1kZBVrxFqlERWRft5gM6HaU5AscIxDStp/edit?usp=sharing&ouid=116788957585467021717&rtpof=true&sd=true

🏆Universitet bosqichidan o‘tgan talabalar Respublika bosqichiga tavsiya etiladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan g‘olib deb topilgan ilmiy ishlar pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Kanalimizni kuzatishda davom eting!!!

👉 @tdshuiqtidor

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

28 Oct, 15:06


😄 Qadrli sharqshunoslar sizlarni, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda “Asialux travel” milliy turoperatori bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Ichki turizm salohiyatini rivojlantirish” mavzusidagi davra suhbatiga taklif qilamiz.

🔥Ushbu davra suhbatida 200 ga yaqin turfirmalar, turoperatorlar va turagentlar ishtirok etishi kutilmoqda!

O‘tkazilish vaqti va joyi:

30-oktabr, 9:00;
📍Universitet madaniyat saroyi

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

27 Oct, 12:27


#Saylov2024

Сайлов жараёнлари давом этмоқда (+видео)


Пойтахт сайлов участкаларида ёшлар фаоллик кўрсатмоқда.

🎥 https://youtu.be/a3lt1rHVM3s

Батафсил: https://uza.uz/posts/650555

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

27 Oct, 12:27


#NoComment

Poytaxt yoshlari o‘zlari munosib bilgan nomzodlarga ovoz bermoqda!

#saylov24 #kelajakuchun #ovozberdim

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

27 Oct, 12:27


Axborot 24 | Saylov-2024: ovoz berish jarayonlari
#27oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

27 Oct, 08:46


Yana bir saylov uchastkasidan fotoreportaj

👉 https://xs.uz/uz/120366

Rasmiy sahifalarimiz👇

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

27 Oct, 07:04


✔️ #saylov_2024

👍 TDSHU yoshlar ittifoqi jamoasi a’zolari saylov jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

📹Jarayondan tayyorlangan videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram

Sharqshunoslik | Yoshlar ittifoqi!

27 Oct, 07:00


✔️ #saylov_2024

👍 TDSHU yoshlar ittifoqi jamoasi a’zolari saylov jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.

💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
Telegram 📷Instagram