Toshkent viloyati sport boshqarmasi @toshvil_sport Channel on Telegram

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

@toshvil_sport


Toshkent viloyati sport boshqarmasi
Facebook: https://bit.ly/3okUvkj
Instagram:
Youtube: https://bit.ly/3A8wsb0
Telefon: +998 (55) 9010102
E-mail: [email protected]
e-xat: [email protected]
Murojaat @tvsportmurojaatbot

Toshkent viloyati sport boshqarmasi (Uzbek)

Siz sportga qiziqishingizni o'rganmoqchimisiz? Yoki sportning yangi yangi xabarlari va tadbirlari bilan tanishib bo'lishni xohlayapsizmi? Agar javobingiz 'ha' bo'lsa, Toshkent viloyati sport boshqarmasi kanalimiz siz uchun! Bu kanalda siz Toshkent viloyati sport boshqarmasining so'nggi yangiliklari, tadbirlari, va sportning eng so'nggi xabarlari bilan tanishishingiz mumkin. Toshvil sport kanalimizda sport olami bo'ylab eng so'nggi vaqtda yangilanadigan ma'lumotlar sizni kutmoqda. Kanalimiz orqali sport bilan doimiy aloqada bo'lishingiz, sportning eng so'nggi yangiliklariga tez bir xil kiritishingiz mumkin. Bo'limda sport bilan shug'ullanish va uni sevimli qilish bo'yicha maslahatlar, tavsiyalar ham mavjud. Agar siz ham sportga qiziqgan bo'lsangiz, Toshkent viloyati sport boshqarmasi kanalimizga obuna bo'ling va sportga oid yangiliklardan xabardor bo'ling!

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

29 Jan, 07:15


Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Odamlarning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish, ularning inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotir.

Bugun Toshkent viloyati Sport boshqarmasi masʼullari tomonidan aholi murojaatlarini eshitish, ularning muammoli masalalariga amaliy yechim topish maqsadida Yangiyoʻl tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 70 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Tadbirda viloyat sport boshqarmasi boshlig'i oʻrinbosari tomonidan 15 ta muammoli murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

29 Jan, 06:06


Viloyatda nogironligi bo'lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo'yicha samarali ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu ishlar Oqqorg'on tumani 78-sonli maxsus maktab Intirnatida ham tashkil etilib, malakali mutaxassislar tomonidan mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

29 Jan, 05:58


CHIRCHIQDA ADAPTIV SPORT BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

Ayni paytda Toshkent viloyatida viloyat sport boshqarmasi tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan va sportga layoqatli shaxslar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishiga va shu orqali o‘z salomatligini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Chirchiq shahar sport maktabining tajribali murabbiylari N.Rapikova hamda R.Lutfullinalar tomonidan Chirchiq shahridagi 23-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab tarbiyalanuvchilarining 20 nafariga adaptiv sport haqida batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, murabbiylar tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar uchun harakatli mashg‘ulotlar va maxsus musobaqalar tashkil etildi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

29 Jan, 05:51


Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Adaptiv sportni rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida tuman sport maktabi murabbiylari tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslar bilan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

22 Jan, 12:29


CHIRCHIQDA XOTIN-XOTIN QIZLAR O‘RTASIDA SPORT BЕLLASHUVLARI TASHKIL ETILDI

Jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va rivojlantirish ustuvor vazifalardan sanaladi.


Toshkent viloyati sport boshqarmasi va Chirchiq shahar sport maktabining tegishlicha buyrug‘iga asosan bugun Chirchiq shahar sport maktabi tashabbusi bilan xotin-qizlar o‘rtasida shaxmat-shashka stol tennisi, voleybol, para stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Chirchiq shahar "Iftixor" MFY hududidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalida shaxmat-shashka, stol tennisi va voleybol bellashuvlari o‘tkazilgan bo‘lsa, Chirchiqdagi "V.Haydarov" MFY hududida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida imkoniyati cheklangan ayollar o‘rtasida para stol tennisi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in tarzda o‘tgan bellashuvlarda g‘olib va sovrindorlar Toshkent viloyati sport boshqarmasi tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

22 Jan, 12:25


Toshkent viloyati Chirchiq shahrida sportning yengil atletika turi bo‘yicha U 18 erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi hamda O‘zbekiston chempionati bo`lib o`tmoqda.

Mazkur musobaqa 24-yanvar kuniga qadar davom etadi.

https://t.me/toshvil_sport

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

07 Jan, 12:17


#Bu_qiziq

Yozgi Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan ilk o'zbek sportchisi kim ekanligini bilasizmi?!

Muhammadqodir Abdullayev 2000-yilda Sidney Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan va shu tariqa yozgi Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan ilk o'zbek sportchisi sifatida tarixda qoldi.

Ma'lumot uchun: Muhammadqodir Sidney Olimpiadasida -63,5 kg vazn toifasida medal uchun kurash olib bordi. Dastlabki bosqichda Migel Kottoni taslim etgan. Nimchorak finalda Belarus vakili Sergey Bukovskiyni, yarim finalda jazoirlik Muhammad Allaluni taslim etib, finalga chiqqan. Abdullaev final bosqichida esa AQSH vakili Rikardo Uilyamsni 27:20 hisobida mag'lub etib, oltin medalga ega chiqqandi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

07 Jan, 10:57


“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

07 Jan, 09:14


Xarbin-2025 IX qishki Osiyo o'yinlarining startiga roppa-rosa 1 oy qoldi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

07 Jan, 08:49


Toshkent viloyati Sport boshqarmasi binosida viloyatdagi barcha sport taʼlim muassasalarining kadrlar boʻyicha inspektorlariga Mehnat qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar, huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha seminar tashkil etildi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

07 Jan, 04:56


#Bu_qiziq

Bir kunda 20-30 daqiqa kardio mashqlarini bajarsangiz organizmingizda qanday o'zgarishlar bo'ladi?!

Kardio mashqlari-trenajor zalida (yugurish yo'lakchasida, velosipedda) ko'chada piyoda yurgan holda yoki uy sharoitida bajariladigan mashqlar hisoblanadi.

Har kuni 20-30 daqiqa davomida ko'chada piyoda yurish, trenajorda yugurish yoki bir xil tezlikda yurish, velosiped haydash hamda uy sharoitida yengil mashqlarni bajarish kun bo'yi tetik va yaxshi kayfiyatda yurish uchun yetarli.

Shuningdek, yurak faoliyatini va qon aylanishini yaxshilaydi, chidamlilikni oshirgan holda ortiqcha vazndan xalos etadi. Darhaqiqat, jismoniy mashqlar nafaqat vaznni nazorat qilishda yordam beradi, balki teri holatini yaxshilaydi va kasallanish ehtimolini kamaytiradi!

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

06 Jan, 13:11


#sayyorqabul

Toshkent viloyati Yangiyo`l shahrida 11-yanvar soat 11:00da aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan sport maktabi raxbarining sayyor qabul rejalashtirgan.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

06 Jan, 10:16


Bir necha kun avval Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o`quvchilari o`rtasida sportning shaxmat turi bo`yicha 7 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan o`gil-qizlar o`rtasida Toshkent viloyati chempionati musobaqasi start olgani xaqida xabar bergan edik.

Kecha ya`ni 5-yanvar kuni ushbu musobaqa o`z nihoyasiga yetib, har bir yosh toifasidagi o`yinchilar g`oliblikka erishdi. Endi g`oliblar Andijon shahrida start oladigan respublika bosqichida ishtirok etishadi.

https://t.me/toshvil_sport

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

08 Dec, 15:17


World Ability Sport-2024 yoshlar o'yinlarida tengsiz bo'lgan para atletlarimiz tantanali kutib olindi

Xabar berganimizdek, 1-7 dekabr kunlari Tailandning Nakxon Ratchasima shahrida World Abilitysport-2024 yoshlar o‘yinlari o‘tkaziladi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 72 ta medal qo‘lga kiritgan holda, 18 ta mamlakat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan yosh paralimpiyachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi.

Toshkent xalqaro aeroportida o'tkazilgan tantanali kutib olish marosimida Adaptiv sport turlari assosiatsiyasi va Milliy paralimpiya qo'mitasi mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sportchilarning oila a'zolari ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirok etganlar para sportchilarimizni nufuzli musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilashdi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

08 Dec, 15:15


Quyi Chirchiq tumani 1-2-son sport maktablari hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yiligi munosabati bilan "Kostitutsiya — baxtimiz" shiori ostida sportning kurash turi bo'yicha yoshlar o'rtasida tuman chempionati o'tkazildi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

08 Dec, 03:53


Joriy yilning 6-7-dekabr kunlari Angren shahrida sportning Taekvondo WT turi bo'yicha Sport maktablari va Yakkakurash sport turiga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari o'rtasida Sport boshqarmasi sovrini uchun "Toshkent viloyati" chempionati bo'lib o'tdi.

Unda viloyatdagi shahar-tumanlarining terma jamoalari g'oliblik uchun kuch sinashishdi.

Ushbu musobaqada 20 ta vazn toifasi bo'yicha gʻoliblikni qo'lga kiritgan sportchilar 19-21-dekabr kunlari Jizzax shahrida bo'lib o'tadigan Respublika chempionatiga yo'llanma olishdi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

08 Dec, 03:02


KONSTITUTSIYA KUNI MUNOSABATI BILAN TOSHKENT VILOYATI SPORT BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING BAYRAM TABRIGI

Aziz vatandoshlar!

Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi ulug‘ tarixiy sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunining
32 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Prezidentimiz taʼkidlaganidek, Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi.

Siz azizlarni yana bir bor qutlagan holda sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i
Rustam Bobokulov.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

08 Dec, 02:59


8-DEKABR – O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN!

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

07 Dec, 05:38


World Ability Sport-2024. Umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldik!

Bugun Tailandning Nakxon Ratchasima shahri mezbonlik qilgan World Ability Sport-2024 yoshlar o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida 8 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Batafsil:

Para yengil atletika
🥇Oltin medal
Bunyod Xolmurodov
Barotjon Baxtiyorov
🥈Kumush medal
Odilbek Nasriddinov
Abdurashid Komilov
🥉Bronza medal
Abdurahmon Bahodirov

Para pauerlifting
Oltin medal (3)
Jamoaviy dastur

Musobaqa yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston delegatsiyasi 55 ta oltin, 9 ta kumush va 8 ta bronza. jami 72 ta medal qo‘lga kiritib, 18 ta mamlakatdan kelgan 500 nafarga yaqin atlet qatnashgan World Ability Sport-2024 yoshlar o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi oilasi nomidan yuqori natijalarga erishgan yosh para atletlarimizni muborakbod etamiz va kelajakdagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

07 Dec, 05:30


Toshkent viloyati Boʻka tumanida 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tashkil topgan kuni munosabati bilan, aholining turli yosh toifalari oʻrtasida sportning kurash, stol tennisi, shaxmat, voleybol, stritbol hamda armwrestling turlari boʻyicha "Raxbar kubogi" musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu musobaqa Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshligʻi tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va sportni yanada ommalashtirishga qaratilgan.

Musobaqada 200 ga yaqin ishtirokchilar qatnashib, gʻoliblar Sport boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

07 Dec, 05:15


Nurafshon shahrida "5000 qadam" sport tadbirlari o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag'ishlab Nurafshon shahar "Nurafshon Arena" oʻyingohida "5000 qadam" sport tadbiri tashkil etildi.

Sport tadbiriga shahardagi tibbiyot vakillarining keng qatlami jalb etildi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

07 Dec, 03:10


Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

06 Dec, 19:22


Stol tennisi boʻyicha “OʻZBEKISTON KUBOGI” gʻoliblari aniqlandi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida stol tennisi boʻyicha Buxoroda oʻtkazilgan U-19 “OʻZBEKISTON KUBOGI” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 200 nafardan ortiq professional yosh sportchilar oʻzaro kuch sinashdi.

5 kun davom etgan musobaqaning har bir bahslarda tajribali yoshlar yaqqol ajralib turdi.

Natijalar:
Oʻgʻil bolalar oʻrtasida
🥇— Toshkent viloyati
🥈— Toshkent shahri
🥉— Namangan viloyati
🥉— Fargʻona viloyati

Qiz bolalar oʻrtasida
🥇— Toshkent viloyati
🥈— Andijon viloyati
🥉— Toshkent shahri
🥉— Samarqand viloyati

Gʻolib va sovrindorlarga Buxoro viloyati hokimligi, soliq boshqarmasi, sport boshqarmasi stol tennisi federatsiyasining diplom va medallari hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

06 Dec, 15:18


Zangiot tumani 1-son sport maktabida sportning dzyudo turi boʻyicha tuman ochiq turniri boʻib otdi.

Ushbu musobaqada 100 nafarga yaqin sportchi yoshlar g’oliblik uchun bahs olib borishdi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

06 Dec, 05:01


TOSHKENT VILOYATIDA 2024 YIL DAVOMIDA OMMAVIY SPORTDAGI KO‘RSATKICHLAR

2022 yil 11 apreldagi PQ-201-sonli qarorlari bilan hududlarda 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiyadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida viloyatdagi 1025 ta mahallalarga malakali trenerlar biriktirildi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etish uchun "5tashabbus.uz" platformasi orqali jami 445 576 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan. 

Bu viloyatdagi jami 16-30 yoshlar soniga nisbatan 70.9 % ni tashkil etadi. Ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarning 348 037 nafari (78,1 %) sport musobaqalariga jalb qilingan.

Shuningdek, umumta’lim maktabi o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqalarga 24 657 nafar o‘qituvchilar qamrab olindi.

Parasport turlari bo‘yicha 415 nafar (164 nafar qizlar) yoshlar tumani bosqichida, 71 nafar yoshlar viloyat bosqichida ishtirok etishgan.

Bundan tashqari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarga 462 633 nafar, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarga 22 686 nafar, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarga 54 813 nafar, korxona va tashkilotlarda faoliyat yurituvchi xodimlarning 18 870 nafari, jami 931 696 nafar yoshlar qamrab olindi.

Respublika final bosqichida viloyat yoshlari tomomnidan 
9 ta 1-o‘rin, 6 ta 2-o‘rin va 9 ta 3-o‘rinlar egallandi.
Joriy yilda viloyatda “Besh tashabbus olimpiyadasi” sport musobaqalarining shashka va stritbol turlari bo‘yicha Respublika final bosqichlari o‘tkazidik.

Joriy yilda aholini ommaviy sportga jalb qilish holati 24 foizdan 33,7 foizga oshirildi.

Ma’lumot uchun: Joriy yilda 7451 ta sport musobaqalari o‘tkazilib, 1 mlndan ortiq aholi jalb qilindi. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 9,3 foizga, yoki bo‘lmasa 278 ming nafarga ko‘proq aholi ommaviy sport musobaqalariga jalb qilinishiga erishilgan.

Joriy yilda viloyatda 20 ta universal va 22 ta stritbol-vorkout maydonchalari qurildi.

O‘tgan yillardan shu kunga qadar qurilgan sport maydonchalari soni 135 taga yetkazildi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

06 Dec, 02:17


Bugun Bahrayn poytaxtida kattalar o'rtasida sportning ogʻir atletika turi boʻyicha Jahon chempionati start oladi.

Musobaqaning ilk kunida ayollar o'rtasida -45 kg hamda erkaklar o'rtasida -55 kg vazn toifalarida bellashuvlar o'tkaziladi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

06 Dec, 01:37


Ma’lumki, joriy yil davomida Sport vaziri Adkham Ikramov hamda vazir o‘rinbosarlarining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan birgalikda hududlarga tashrifi chog'ida Face-ID tizimidan foydalanish holati doimiy ravishda o‘rganib borildi.

Bugun Sport vaziri Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi sport muassasalarida bo‘lib o‘tayotgan sport mashg‘ulotlari bilan tanishdi. “Navbohor” mahallasidagi 17-sonli umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Jumladan, mashg‘ulot vaqtida sportchilarning davomatini yuritish jarayonini raqamlashtirish maqsadida amaliyotga joriy etilgan Face-ID tizimi orqali yo‘qlama qilish uchun o‘rtacha 4-5 daqiqa vaqt sarflanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu qulay tizimdan foydalanish jarayoni sportchilarning shaxsini biometrik skanerlash orqali amalga oshiriladi hamda tizimda shaffoflik va haqqoniylikni ta’minlashda xizmat qiladi.

Shundan so‘ng, Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga tashrif davomida markazda tashkil qilingan yangi kutubxona, tibbiyot bo‘limi hamda sport inshootlarini ko'zdan kechirib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

05 Dec, 16:15


🔈 АОКА – ахборот хизматлари фаолиятини такомиллаштиришда очиқ мулоқот органи

Бугун Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида Ўзбекистон Республикаси Спорт вазирлиги тизим ташкилотлари ахборот хизматлари ходимлари учун ўқув тренинглари ўтказилди.

Тренинг давомида АОКА мутасадди ходимлари ҳамда малакали медиа эксперт томонидан соҳадаги муҳим мавзулар юзасидан маъруза ва тақдимотлар бўлиб ўтди.

Жумладан, Янги медиа таълим маркази ННТ директори, филология фанлари доктори, халқаро тренер Б.Алимов семинар иштирокчиларига "Ташкилот имижини оширишнинг замонавий усуллари" мавзусида тушунча берди.

Хусусан, маърузасида ахборот хизматларининг ўз фаолиятлари давомида сунъий интеллект имкониятларидан тор доирада эмас, балки жамиятнинг ахборотга тобора ошиб бораётган талаб ва эҳтиёжларини инобатга олган ҳолда кенгроқ фойдаланиш, визуал ахборотларни кўпайтириш зарурати ҳақида тўхталди.

Шунингдек, айнан сунъий интеллект ёрдамида яратилаётган дезинформациялар оқимини, унинг имкониятларини ишга солиб фактчекинг қилишни ҳам ўрганиш замон талаби эканлиги таъкидланди.

АОКА масъул ходими Маъмуржон Парпиев тренинг машғулотида ахборот хизматларининг қонунчиликка риоя этган ҳолда иш юритишлари, қайси норматив ҳужжатлар асосида ҳуқуқларини ҳимоя қилишлари ва қонунбузилишларни олдини олишлари лозимлиги юзасидан батафсил маълумот берди.

Агентлик масъул ходими Нурали Орипов семинар қатнашчиларига матбуот котиби қандай хусусиятларга эга бўлиши кераклиги ҳақида маъруза қилди.

Хусусан, самарали коммуникация стратегияларини тузиши, катта ахборот оқимлари билан ишлай олиши ва бошқа муҳим салоҳиятга эга бўлиши, шунингдек, эътибор қаратиши лозим бўлган жиҳатларни тушунтирди.

Ўқув тренингида ахборот хизмати мутахассислари ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олишди.

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

05 Dec, 16:14


Surxandaryo viloyatining Termiz shahrida ayollar kurashi bo’yicha U15 O’zbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Unda respublikmizning barcha viloyatlaridan kelgan ayol sportchilar ishtirok etdi.

Ushbu musobaqada Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahri sportchilari Nurmatova Solixa 33 kg., Abdullaeva Guzal 50 kg., Yangiyo’l tuman 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchisi Valijonova Zebo 42 kg. vazn toifalarida ishtirok etib 1-oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

05 Dec, 14:20


Farg'ona viloyatida U15 yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida suv polosi bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada Toshkent viloyati jamoasi munosib ishtirok etib faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

03 Dec, 11:27


Toshkent viloyatidagi sport maktablari va ularning infratuzilmasi oʻrganilmoqda

Otabek Umarov boshchiligidagi MOQ mutasaddaliri reja asosida joylardagi oʻrganish ishlarini olib borishmoqda. Bugun kun davomida mutasaddilar Toshkent viloyatidagi bir qator sport obyektlari va taʼlim muassasalarini koʻzdan kechirishadi. Dastlab sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi, viloyat sport boshqarmasi hamda Nurafshon shahar sport maktabi eʼtibor markazida boʻldi.

MOQ rahbariyati bu maskanlardagi ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Tashkilot masʼullari yaratilgan sharoitlar, mashgʻulotlar jadvali, yoshlarni sportga yanada keng jalb etish boʻyicha ishlab chiqilgan dastur va hozirgi shugʻullanuvchilar haqida umumiy maʼlumot berishdi. Rasmiylar bu borada oʻz fikrlarini bildirishar ekan, Toshkent viloyati mamlakatimiz sportida muhim oʻrin tutishini, undagi imkoniyatdan toʻliq foydalangan holda professional sportda yanada ulkan yutuqlarga erishish mumkinligini bildirishdi.

Oʻrganish ishlari davomida qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, yoshlarning qulay sharoitlarda shugʻullanishlari uchun imkoniyat yaratish boʻyicha tavsiyalar berildi. Rejaga koʻra, masʼullar kun davomida Tuyaboʻgʻiz suv omboriga tashrif buyurib, Oʻzbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining yaqin 4 yillik rejasi bilan tanishishadi.

Изучены условия и инфраструктура спортивных школ в Ташкентской области

Руководство НОК Узбекистана во главе с Отабеком Умаровым согласно плану продолжают проведение исследований на местах. Сегодня официальные лица в течение дня посетили ряд спортивных объектов и образовательных учреждений в Ташкентской области. Изначально руководители были в специализированной спортивной школе по игровым видам спорта и лёгкой атлетике Ташкентской области, областном управлении спорта и спортивной школе города Нурафшон.

Руководители подробно ознакомились с деятельностью этих учреждений. Ответственные лица предоставили общую информацию о созданных условиях, графиках тренировок, разработанной программе для более широкого вовлечения молодежи в спорт и занимающихся учеников. Выражая свое мнение, руководители отметили, что Ташкентская область занимает важное место в спорте нашей страны и полностью использовав эти возможности, можно добиться больших достижений в профессиональном спорте.

В ходе исследования были даны рекомендации по подготовке к зимнему сезону, принятия необходимых мер для того, чтобы молодежь занималась в комфортных условиях. По плану, в течение дня официальные лица также посетят Туябугузское водохранилище и ознакомятся с планом Федерации Rowing&Canoe Узбекистана на ближайшие 4 года.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

03 Dec, 09:56


Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov tegishli mas’ullar ishtirokida Toshkent shahri Yashnobod tumanida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Oʻrganish mobaynida shaharcha hududida bunyod etilayotgan har bir inshootdan samarali foydalanish, qurilish jarayonini sifatli tarzda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

03 Dec, 06:36


O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar ketma-ket uch kun dam oladi.

Qo‘shimcha dam olish kunlari 2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilangan.

Unga ko‘ra, 2024 yilning 8-dekabr yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 9 dekabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Shunday qilib:
7 dekabr, shanba — besh kunlik haftada ishlaydiganlar uchun dam olish kuni;
8 dekabr, yakshanba — Konstitutsiya kuni;
9 dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

03 Dec, 03:02


3-dekabr - Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish kuni!

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992 yillar xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘n yilligi deb belgilangan
.

Mazkur o‘n yillik yakunida 1992-yilning 14-oktabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3-dekabr xalqaro "Nogironligi bo‘lgan shaxslar" kuni deb e'lon qilingan.

Har yili dekabr oyining ushbu sanasi dunyo mamlakatlari qatori yurtimizda ham 1 millionga yaqin nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizning manfaatlarini himoya qilish maqsadida keng nishonlanib keladi.

Safimizdagi imkoniyati cheklangan insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni teng huquqliligini taʼminlash, qadr-qimmatini himoya qilish har birimizning vazifamiz hisoblanadi!

Toshkent viloyati Sport  boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

03 Dec, 01:32


🧠1-dekabrdan boshlab ijtimoiy sohada qanday o'zgarishlar bo'ladi?

💵 Ijtimoiy to‘lovlar – «Ijtimoiy karta» orqali amalga oshiriladi

Yangi tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar, shu jumladan protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalarini xarid qilish «Ijtimoiy karta» axborot tizimidan foydalangan holda ijtimoiy karta orqali amalga oshiriladi.

🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bilan bepul shug‘ullanish tizimi yo'lga qo'yiladi

2024-yil 15-dekabrdan boshlab sport bilan shug‘ullanishni istagan nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatiga ko‘ra, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida bepul sport bilan shug‘ullanish uchun yo‘llanma berilishi belgilandi.

👨‍🦯 Ko‘chalar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtiriladi

Ko‘chalar (ro‘yxat bo‘yicha) shaharsozlik normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishiga moslashtiriladi.

🖋 Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi

«Mahalla yettiligi» tomonidan kambag‘al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag‘allikka tushish sabablarini o‘rganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi.

📝 @generalissimo_marshal

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

02 Dec, 11:19


Oqqo’rg’on tuman sport maktabi hamda Toshkent viloyati Taekwon-do ITF federatsiyasi bilan hamkorlikda 8-dekabr – “O’zbekiston Respublikasi konsitutsiyasi kuni” munosabati bilan sportning Taekwon-do ITF turi bo`yicha sportchilarning maxorat darajasini oshirish maqsadida imtixonidan o’tkazildi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

03 Nov, 02:02


7 dan 70 gacha – harakatda barakat!

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

02 Nov, 16:24


Toshkent viloyatining Taekwondochilari chempionat oldidan mashgʻulotda.

Joriy yilning 12-17-noyabr kunlari sportning Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.

Bugun viloyat terma jamoasi bosh murabbiysi Abror Karimov boshchiligidagi Toshkent viloyati yoshlar terma jamoasi musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida Angren shahridagi Dukent sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshladi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

02 Nov, 12:02


CHIRCHIQ SHAHRIDA QILICHBOZLIK BO‘YICHA SPORT MAKTABI OCHIQ ChЕMPIONATI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 31-oktyabr kunidan 1-noyabr kuniga qadar Chirchiq shahrida qilichbozlikning sport turining rapira yo‘nalishi bo‘yicha Sport maktabi ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ochiq chempionatda Bekobod shahar sport maktabi, Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Chirchiq Sport maktabidan 50 nafarga yaqin yosh qilichbozlar o‘zaro kuch sinashdi.

Yakkalik bahslarda o‘g‘il bolalardan Nikita Fidosha (Chirchiq sport maktabi), qizlardan Dilafro‘z Ruzimatova (CHOPSTTM) barcha raqiblarini yengib, g‘olib bo‘lishdi.

Jamoaviy bahslarda ham o‘g‘il bolalar va qizlardan iborat Chirchiq shahri sportchilarining qo‘li baland keldi.

Ular birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinlar bekbodlik yoshlarga nasib etdi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

02 Nov, 11:58


Bugun, 2-noyabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida sportning belbog‘li kurash turi boʻyicha umumta'lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida Toshkent viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada 8 ta tuman-shahar jamoalarida 120 nafar polvonlar g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.

Musobaqa g‘oliblariga Toshkent viloyati sport boshqarmasi tomonidan medal, diplom va qimatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

28 Oct, 12:55


Diqqat e’lon.

Toshkent viloyati Sport boshqarmasi tomonidan viloyatimizda faoliyat yuritayotgan tashkilot va idoralar ishchi xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turi boʻyicha an’anaviy “Toshkent viloyati hokimi kubogi” sport musobaqasi o‘tkaziladi.

Hozirda musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilarning “Hududiy terma jamoalari”ni shakllantirish ishlari davom etmoqda.

Ertaga ya'ni, 29-oktabr kuni soat 15:00da Toshkent viloyati Sport boshqarmasi binosida ushbu musobaqaga qur'a tashlash marosimi boʻlib oʻtadi.

Musobaqalarda ishtirok etish istagida boʻlgan nomzodlar quyidagi raqamga murojaat qilishi mumkin: +998933775811

Aziz sportsevar hamyurtlar!
Fursatni boy bermang! Oʻz tashkilotingiz sharafini himoya qiling va g‘olib bo‘ling!

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

28 Oct, 12:28


Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportning dzyudo turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Toshkent viloyati chempionati oʻtkazildi.

Musobaqada 200 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi.

https://t.me/toshvil_sport

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

28 Oct, 12:08


Joriy yilning 25-28-oktabr kunlari Toshkent viloyatida joylashgan Tuyabo'g'iz suv omborida sportning akademik eshkak eshish turi bo‘yicha U-15 yoshlilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o'tkazildi.

Ushbu musobaqada yurtimizning turli hududlaridan jami 300 nafarga yaqin eshkakchilar g'oliblik uchun o'zaro baxs olib bordi.

Bolib otgan musobaqalarda Toshkent viloyati Terma jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

28 Oct, 07:11


Zangiota tumani 1-son sport maktabida sportning suzish turi bo`yicha U 13-15 o'smirlar o'rtasida "Tuman ochiq chempionati" o'tkazildi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

28 Oct, 05:41


Chinoz tumanida sportning basketbol turidan U13 yosh toifasida tuman "Ochiq chenpionati" oʻtkazildi.

Mazkur musobaqada Chorvador, Birlik, Rasulobod, Bog‘bon mahallasidan 100 nafarga yaqin sportchilardan tashkil topgan 10 ta jamoаlar kuch sinashdi.

Musobaqa natijalariga ko’ra:

1-o’rin 2-maktab yoshlari
2-o’rin 15-maktab yoshlari
3-o’rin 46-maktab yoshlari egalladi.

https://t.me/toshvil_sport

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

26 Oct, 11:28


Saylov barchamizning siyosiy huquqimiz. Undan unumli foydalanib, saylovda faol ishtirok etaylik!

Yunusova Nodira - Badiiy gimnastika sport turi bo’yicha Yangiyo’l shahar sport maktabi murabbiyi

https://t.me/toshvil_sport

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

26 Oct, 11:25


#_Yashil_makon

Quyi Chirchiq tuman 1-son Sport maktabida sportchilar hamda sport faxriylari ishtirok ida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida maktab hududiga 25 ta mevali va 30 ta manzarali daraxt ko'chatlari oʻtqazishdi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

26 Oct, 09:51


Toshkent viloyati Parkent tumanida aholining ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilgan.

Sport vazirligi tomonidan Parkent tumani Sport maktabi tarbiyalanuvchilariga sport formalari taqdim etildi.

Ushbu sport kiyimlarini Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshligʻi Rustam Boboqulov sportsevar yoshlarga shaxsan oʻzi tantanali tarzda topshirdi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

23 Oct, 15:09


Yurtboshimiz tomonidan sportga qaratilayotgan e'tibor o'z samarasini bermoqda.

Toshkent viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tahsil olayotgan sportchi-o‘quvchilarga Sport vazirligi tomonidan yuborilgan maxsus sport formalari tarqatildi.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

23 Oct, 14:57


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e'tibor o'z samarasini bermoqda. Aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzi keng targ'ib qilinib, sport bilan shug'ullanuvchilar soni tobora ortib bormoqda.

Ushbu yo'nalishdagi ishlarning izchil davomi sifatida yurtimizdagi 15 ta olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida tahsil olayotgan sportchi-o‘quvchilarga Sport vazirligi tomonidan yuborilgan 7000 ta maxsus sport formalari tarqatildi.

Bu esa kelajagimiz bo'lgan yoshlarni yanada ruhlantirib, ularni yangi g'alabalar sari chorlamoqda.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

23 Oct, 11:00


Olmaliq shaharda kichik o’smirlar o’rtasida sportning boks turi bo`yicha Toshkent viloyati kubogi musobaqalari o’tkazildi.

Ushbu nufuzli musobaqada 22 ta shahar tumanlardan 350 nafarga yaqin sportchilar 15 vazn toifasida g’oliblik uchun kurash olib bordi.

6-kun davom etgan ushbu musobaqada g’olib bo`lgan sportchilar 5-12-noyabr kuni Sirdaryo viloyatida o’tkaziladigan Respublika kubogi musobaqasida ishtirok etadi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

23 Oct, 10:32


Bo‘ka tumanida sportning Usmonov Kombat sistems turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida Toshkent viloyati chempionati o‘tkazildi.

Toshkent viloyati sport boshqarmasi

23 Oct, 10:28


Sog‘lom hayot sari 5000 qadam

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni faol hayot tarziga chorlash maqsadida Quyi Chirchiq tumanida sport sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.

Anashunday tadbirlaridan yana biri, Paxtazor mahallasida "Sog‘lom hayot sari 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni o`tkazildi.

Erta tongda start olgan marafonda 1-2-son Sport maktabi sportchilari faol ishtirok etdi.