Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali @xorazm_boshlangich_talim Channel on Telegram

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

@xorazm_boshlangich_talim


Boshlang'ich ta'lim - yurt va kelajak poydevori.

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali (Uzbek)

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali o'z ismi bilan ta'minlaydi - bu, O'zbekistonda o'qitish sohasida xizmat ko'rsatuvchi Telegram kanalidir. Kanalning asosiy maqsadi boshlang'ich ta'lim jarayonida metodik yordam berish va yangi texnologiyalar tajribalarini ulashishdir. Bu yerda o'quvchilarning o'zlashtirish jarayonida o'rtacha sistemasini o'zlashtirishiguruxlanadi. Kanal, xorazm viloyati o'qituvchilari va o'quv markazlarini o'z ichiga olgan holda yangi ta'limning metodikasini tashkil etadi, bu esa eng yangi texnologiyalarni o'rganishga imkoniyat yaratadi. Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali o'quv markazlariga boshlang'ich ta'limning yangi metodikasini oshirib keladi va yangi texnologiyalardan foydalanishlariga imkoniyat beradi. Bu kanal orqali o'qituvchilar va o'quvchilar yanada mutaxassis bo'lishlari va o'quv texnologiyalarini buzilishlari mumkin. Kanalga a'zo bo'lib, yangi metodikalar va yaxshi amaliyotlardan foydalanishingiz mumkin.

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

29 Jan, 03:40


Urganch shahar 18-umumta'lim maktabining 2-H sinf õquvchilari Salomatlik yo'nalishlari dasturi boʻyicha "Sogʻlom turmush tarafdorimiz'" mavzusida foto lavhalar. .
Sinf rahbari:Abdullayeva Saida

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

29 Jan, 03:01


Urganch shahar 19-son umumiy oʻrta ta'lim maktabining 4-"E" sinf oʻquvchilarining STO' darsidan videolavha.
Sinf rahbari: Feruza Ozodbayevna

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

28 Jan, 14:18


"Yashirin o'quvchi" usuli

Bu usul dars davomida o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini oshirish va intizomni mustahkamlashga qaratilgan qiziqarli usul hisoblanadi.

Boshlanishi: Yashirin o‘quvchini tanlash

Dars boshlanishidan oldin sinfdagi bir o‘quvchini o'qituvchi sifati da maxfiy ravishda tanlaysiz. Bu o‘quvchining kimligini faqat siz bilasiz.

Tanlangan o‘quvchi dars davomida o‘zini yaxshi tutishi, faol bo‘lishi, dars qoidalariga rioya qilishi kerak bo‘ladi.

E’lon qilish: Hammaga qoidalarni tushuntirish

Dars boshida barcha o‘quvchilarga "Bugun bir yashirin o‘quvchi tanladim. U o‘zini dars davomida yaxshi tutsa va barcha qoidalarga amal qilsa, dars oxirida mukofot oladi," deb e’lon qilasiz.

Lekin tanlangan o‘quvchining ismini aytmaysiz, bu hammaga sir bo‘lib qoladi.

Kuzatish: O‘quvchilarni baholash

Dars davomida o‘quvchilarning faoliyati va intizomini kuzatasiz. Yashirin o‘quvchini tanlab, uning o‘zini qanday tutayotganini baholaysiz. Agar tanlangan o‘quvchi o‘zini yaxshi tutmasa, unga mukofot bermaslik haqida qaror qilishingiz mumkin. (Bu holda buni odob bilan tushuntirish kerak.)

Yakun: Natijani e’lon qilish

Dars oxirida "Bugungi yashirin o‘quvchi falonchi edi!" deb tanlagan o‘quvchingizning ismini e’lon qilasiz.

Agar o‘quvchi qoidalarga rioya qilgan bo‘lsa, unga kichik sovg‘a yoki rag‘batlantirish (ball, yulduzcha, qarsaklar, maxsus maqtab yozilgan sticker) berasiz.

Qoidalar:

Yashirin o‘quvchini tanlash har safar adolatli va barcha o‘quvchilar ishtirok etadigan tarzda bo‘lishi kerak.

Mukofot kichik, lekin motivatsion bo‘lishi kerak (masalan, shirinlik, rag‘bat yozuvi yoki maxsus ruxsatnoma).

O‘quvchilarni tanlashda bir necha marta bitta o‘quvchini qayta-qayta tanlamaslik muhim.

Bu usul bolalarning intizomini saqlash va darsga faol qatnashishlarini oshirishda samarali yordam beradi.

O‘quvchi qoidalarga rioya qilmasa

Agar tanlangan o‘quvchi qoidalarga rioya qilmagan bo‘lsa, o‘quvchilarga bu haqida yumshoq qilib aytasiz. Masalan: "Bugungi yashirin o‘quvchi intizom qoidalariga to‘liq rioya qilmadi, keyingi safar yaxshiroq harakat qilamiz!"

✍️ Muallif: Gulnoz Xodjayeva

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/trm_metodika

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

28 Jan, 11:57


“Коинотта барча ва ҳамма нарса кўзга кўринмас иплар билан бир-бирига боғлиқ.
Асло...асло, бировни дилини оғритма, айниқса сендан зайифроқ, кучсиз бўлган инсонни ҳеч қачон “оҳ”ини олма. Унутмагин-ки, дунёнинг нариги бурчагидаги биргина одамнинг ғами, бутун инсониятни бахтсиз қилиши мумкин.
Биргина инсоннинг саодати эса, барчани юзида кулгу ҳосил қилиши мумкин.”
🌿
Шамс Табризий

🕌АССАЛОМУ АЛАЙКУМ

Бугун кулиб турган юзларни, яқинларингизни ҚАДРЛАНГ ва улардан меҳр муҳаббатингизни аяманг! Кунингиз хайрли ўтсин!

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

28 Jan, 11:57


❗️Эндиликда сертификати йўқ чет тили ўқитувчиси ишдан бўшатиладими?

Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 19 майдаги "Хорижий тилларни ўрганишни оммалаштиришни самарали ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги қарорига мувофиқ, 2025/2026-ўқув йилига қадар умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасаларида фаолият юритаётган барча хорижий тиллар ўқитувчилари камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификатга эга бўлиши лозим.

Демак 2025/2026-ўқув йилига қадар мактабларнинг чет тили ўқитувчилари ўз фанлари бўйича камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификат олишлари талаб этилади.

Шунга кўра, агар чет тили ўқитувчилари 2025/2026-ўқув йили бошлангунича чет тили сертификатини олмаса, улар билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин.

Бунда иш берувчи улар билан тузилган меҳнат шартномасини Меҳнат кодексининг 161-моддаси иккинчи қисми билан (ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли эгаллаб турган лавозимига ёки бажараётган ишига мувофиқ эмаслиги) бекор қилиши мумкин бўлади.

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin!
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling! 👇

Telegram | Instagram | Facebook | Yotube

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

28 Jan, 09:41


Hurmatli yurtdoshlar!

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining Telegram kanaliga a'zo bo‘ldingizmi? Agar hali bo‘lmagan bo‘lsangiz, yangiliklar, tadbirlar va voqealardan doimo xabardor bo‘lish uchun kanalimizga obuna bo‘ling!

Shuningdek, markazimizda qayta tayyorlov kurslari mavjud bo‘lib, siz ta’lim sifatini oshirish va kasbiy malakangizni yangilash uchun ulardan foydalanishingiz mumkin. Kurslarimiz sizni o‘qituvchilik sohasida yangi yondashuvlar bilan tanishtirib, malakangizni yanada mustahkamlash imkoniyatini taqdim etadi.

💼QAYTA TAYYORLOV
👉 Bizga online murojat uchun telegram kanali

👉 Kanalga obuna bo‘ling, yangiliklar bilan birga bo‘ling va qayta tayyorlov kurslarimizga murojaat qiling!

Sizni kanalimizda kutib qolamiz!
👇

📱Telegram 📱Youtube

📱Facebook 📱INSTAGRAM

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

27 Jan, 15:44


"Kayfiyat" mashqini bajardik

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

23 Jan, 04:52


Xorazm viloyati Xiva shahridagi 13-son maktabning yetakchi oʻqituvchisi Matrasulova Goʻzaloy tomonidan     2025 yil  23-yanvar kuni    "Kasbiy rivojlanish soati "  doirasida aniq fan oʻqituvchilari uchun trening oʻtkazildi.
Treningda 3 nafar aniq fan oʻqituvchilaridan 1 nafari ishtirok etdi.
1.Quryozova Sadoqat
Babajonov Kuvandiq malaka oshirishda
Atojonov Shaxzod kasallik varaqasida

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

23 Jan, 03:24


Eshitib mazza qildim eshitib ko'ringlar😍😍😍😍

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

22 Jan, 07:38


Qaysi biri yo'q? Metodi

Doskaga bir fanga, bir nechta mavzuga oid ma'lumotlar:
— rasmlar
— atamalar
— lug'atlar
— formulalar
— kimyoviy elementlar
— jihozlar
faningizga moslab sharoitdan kelib chiqib joylashtiriladi yoki yoziladi.

🎲 O'quvchilar avval kuzatib, so'ng ko'zlarini yumishadi. Bu orada doskadan bitta yoki bir necha ma'lumot olib tashlanadi. O'quvchi esa qaysi ma'lumot yo'qligini topishi kerak.

Guruhda yoki yakka tartibda o'tkazsa bo'ladi.

🧠 Bu metod o'quvchilarning xotirasini mustahkamlaydi, fanga bo'lgan qiziqishini ortirish barobarida, mavzularga qiziqishini oshiradi.

Eng so'nggi ta'limiy metodlar joylanadigan kanaldasiz:
t.me/SAMARALI_METODLARR

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

22 Jan, 07:38


🚦⚡️Svetafor metodi

🚥Yaxshilab o‘qib chiqing. Bunga deyarli hech qancha material ketmaydi. Faqat rangli qog‘ozlar kerak bo‘ladi.

🚥Men savollarni rangli kartochkalarga yozmasdan og‘zaki savol berdim. Endi hamma sinfda foydalansam ham bo‘ladi-da shu kartochkalardan.

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning👇🏻
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
t.me/SAMARALI_METODLARR

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

22 Jan, 07:38


"Boshlovchi" metod

Bu metodni o‘tilgan mavzuni takrorlash uchun foydalansangiz bo'ladi

👬 O‘quvchilar uyda mavzu bo‘yicha 5 tadan savol tuzib kelishlari kerak bo‘ladi.

Kichkina 6 ta qog‘ozchalardan bittasiga "boshlovchi" qolgan beshtasiga "ishtirokchi" deb yozib qo‘yasiz.

6⃣ ta o‘quvchi doskaga chiqadi va qog‘ozchalardan birini tanlaydi.

Kimga "Boshlovchi" vazifasi to‘g‘ri kelsa, xuddi boshlovchilardek "ishtirokchilar"ga o‘z savollarini beradi.

To‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar baholanadi.

🧍‍♀Har bir o‘quvchi darsda faol ishtirok etishi uchun ajoyib uslub. Bolalar savol tuzib kelish bilan birgalikda mavzuni ham puxta o‘rganishadi.
t.me/SAMARALI_METODLARR

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

22 Jan, 07:37


" O'xshaydi" metodi.

Bu metodni o'zingiz xohlagan sinf o'quvchilariga , xohlagan fanda qo’llash mumkin.
Refleksiya jarayonida qo'llasangiz yana ham zo'r natija beradi.
O'quvchilar siz olayotgan bilimingizni nimaga o'xshatasiz?
Rasmini chizing🖌🖌🖌🖌
3 daqiqa vaqt.
Hamma chizib bo'lgach birma- bir o'quvchilar chizgan rasmlarini og'zaki ta'riflab beradi.
Bu usul orqali bolalar o'z bilimlarini tahlil qiladilar, shu bilan birgalikda nutqi rivojlanadi.
Metodning muallifi shaxsan o'zim bo'laman.Dars jarayonida to'satdan kelgan g'oyam asosida qo'llab yuborganman.Natija esa juda- juda zo'r bo'ldi.
O'quvchilar men kutmagan rasmlarni chizib, men hayolimga keltirmagan ta'riflarni berishgan.
Metod sizga yoqdimi???
Albatta izohda fikrlaringizni yozib qoldiring😊

t.me/SAMARALI_METODLARR

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

22 Jan, 02:23


Mashaqqatli mehnatimiz ortidan bolajonlar kòzida quvonchni kòrishni òzi bir olam zavq beradi😘😘😘😘🥰🥰🥰🥰🥰🥰

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

22 Jan, 02:23


Xorazm viloyati Xonqa tumani 41-AFCHÒSM umumiy òrta ta'lim maktabining 3-"A" sinfida òqish savodxonligi fanidan "Daraxtlar-tabiat mòjizasi" mavzusidagi ochiq dars jarayonidan lavhalar.
Fan òqituvchisi: M.Qurbanova

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

21 Jan, 14:19


PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablar tanlab olindi

PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.

📍 2025-yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O`zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqot jarayonlari 2025-yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi.

👉 Ma’lumot uchun: 2022-yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar o‘quvchi qatnashgan.

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

21 Jan, 13:08


#Ajdodlar_vasiyati
#3-qism

Urganch shahar 19-son umumiy oʻrta ta'lim maktabining 4-"E" sinf oʻquvchilari sun'iy intellekt yordamida tarixiy, vatanparvar shaxs Najmiddin Kubro bobomiz haqida yaratilgan videolavhani tomosha qildilar.
Sinf rahbari: Feruza Ozodbayevna

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

21 Jan, 13:08


#Ajdodlar_vasiyati
#4-qism

Urganch shahar 19-son umumiy oʻrta ta'lim maktabining 4-"E" sinf oʻquvchilari bukilmas irodasi, so'nmas jasorati, yuksak zakovati bilan taqdirning barcha sinovlaridan o'tgan ajdodimiz - Xorazmshoh Anushteginiylar sulolasi vakili, Misr sultoni Sayfiddin Qudduz haqida sun'iy intellekt yordamida yaratilgan videolavhani tomosha qildilar.
Sinf rahbari: Feruza Ozodbayevna

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

06 Jan, 05:40


2025-yilda onlayn malaka oshirish kurslari tashkil etiladimi? Agar tashkil etilsa, kimlar o'qishi mumkin?

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024 yildagi 867-son qarori (Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida) bilan tasdiqlangan Nizomning 27-bandiga muvofiq:

✔️ Uch yoshga to'lmagan yosh bolasi bo'lgan ayollar, pensiya yoshidagi hamda nogironligi bo'lgan pedagog va mutaxassis xodimlar maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari pedagog kengashlarining qarori hamda o'z arizasiga muvofiq elektron platforma orqali mustaqil malaka oshirishi mumkin.

Bunda:
1️⃣ kasbiy rivojlantirish ta'lim tashkiloti maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari pedagog kengashlarining qarori hamda pedagog va mutaxassis xodimlarning arizasi asosida tinglovchining mustaqil malaka oshirishi bo'yicha tegishli buyruqni rasmiylashtiradi;

2️⃣ mustaqil malaka oshirishi belgilangan tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasi Kasbiy rivojlantirish ta'lim tashkilotida tuzilgan komissiya tomonidan bevosita tashkil etiladi.

3️⃣ mustaqil ta'lim shaklidagi malaka oshirish kursi dasturini to'liq o'zlashtirgan va yakuniy attestatsiyada ijobiy baholangan tinglovchilarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

👇 Kanalga obuna bo'lishni unutmang!
••┄┄┄❅┄┄┄••
🪀 Malaka oshirish|CPD_official

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

05 Jan, 14:18


ДИҚҚАТ!!!

Ҳурматли туман (шаҳар) ММТБ масъуллари,

Сизларга 2025 йил январ ойининг режаси юборилмоқда.
Фақат сариқ рангда ажратиб кўрсатилган курсларнинг рўйҳатга олиш ва ўқув машғулотлари 2025 йил 6 январдан ВПММнинг Хива шаҳридаги биноси (олдинги Хива педагогика коллежи)да бўлади.

Тумани масъуллари ушбу йўналиш бўйича юборадиган ходимларингизни огоҳлантиринг.
Фақат 2-тоифали ва мутахассис ўқитувчиларни юборинглар.

Январ ойи буюртмасини 3 январгача юборинглар.

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

05 Jan, 06:06


Kerak bo'lib qolar☝️☝️

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

05 Jan, 04:39


FANLARDAN 3-CHORAK EMAKTAB.UZ TIZIMIGA YUKLASH UCHUN RUS VA O'ZBEK MAKTABLARGA 2024-2025 O'QUV YILI ISH REJALARI

🔘O'zingizga kerakli bo'lgan reja ustiga bosing va yuklab oling. Boshqalarga ham ulashishni unutmang.

📚 O'qish savod. 1-4-sinf
📚 Adabiyot 5-11-sinf
📚 Biologiya 7-sinf
📚 Biologiya 8-11-sinf
📚 Fizika 7-11-sinf
📚 Geografiya 7-11-sinf
📚 Huquq 8-11-sinf
📚 IBA 8-11-sinf
📚 Informatika 1-11-sinf
📚 Ingliz tili 1-11-sinf
📚 Jismon. tarbiya 1-11-sinf
📚 Kimyo 7-11-sinf
📚 Matematika 1-7-sinf
📚 Algebra+Geomet. 8-11-sinf
📚 Musiqa 1-7-sinf
📚 Ona tili 1-11-sinf
📚 O'zbek tili 2-11-sinf
📚 Rus tili 2-11-sinf
📚 Sinf soati 1-11-sinf
📚 Tabiiy fan 1-4-sinf
📚 Tarbiya 1-11-sinf
📚 Tarix(O'zb+Jahon) 5-11-sinf
📚 Tasviriy san'at 1-9-sinf
📚 Chizmachilik 8-9- sinf
📚 Texnologiya(1-2-umum.)
📚 CHQBT 10-11-sinf

❗️O'QITUVCHILARGA JO'NATISHNI UNUTMANG

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

05 Jan, 04:39


☀️❄️ Aссалому алайкум. Якшанба тонги муборак бўлсин.

Асл саодат нафас олиб турган ҳар онимизга шукр қила олишдир...
Шукр ва зикрга бой кун бўлсин!

Дам олиш кунингиз мазмунли ўтсин!

🌲🎄🎄🌲🎄🌲🌲🎄🎄

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

30 Dec, 07:28


Qo‘shko‘pir tumani 2-son maktabda 1-"F" sinf o'quvchilari ishtirokida "Kelajak buyuklari" shiori ostida "Savodxonlik" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ona Vatan, fanlar,kasblar va ustozlar haqida kuy va qo‘shiqlar yangradi.
Sinf rahbari G.Allaberganova

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

30 Dec, 00:53


Xiva tumani 26 - maktab 3 " A " sinfida Yangi yil shukuhi 🥰🥰🥰🥰🥰🥰🥰

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

30 Dec, 00:50


🏢 Gurlan tumanidagi 32- umumiy o‘rta ta'lim maktabining 1-"A" sinfida "Savodxonlik bayrami" tadbiri o‘tkazildi
Sinf rahbari: Yaxshimuratova Raʼno
🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

27 Dec, 17:52


Xonqa tumani 41-sonli AFCHO'SM maktabining 3-"a" sinfida Yangi yil shukuhi😊😊😊😊

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

27 Dec, 17:52


Bolajonlarim uchun sovg'a tayyorlab charchamiman🥰🥰🥰

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

27 Dec, 10:29


38-son AFCHO'IM ning 2-A sinf o'quvchilarining Yangi yil shukuhi.
Sinf rahbari:
G.Jobborova☃️☃️🎄🌲

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

27 Dec, 02:00


Assalomu alaykum💐☃️☃️

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

27 Dec, 02:00


Sog'lik-salomatlikda, tinchlik- totuvlikda yana bir marraga yetib keldik.
Alhamdulilah 🙏


2-chorakni so'ngi kuni. Azizlar kunni yaxshi kayfiyatda o'tqizishingizni tilab qolaman🥰

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

08 Dec, 06:08


Yangibozor tumanidagi 24- son maktabning 2-A sinfida Konstitutsiya kuniga atab diktantlar tanlovi oʻtkazildi. Diktant yozishda chiroyli husnixat bilan yozgan oʻquvchilar baholandi.

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

08 Dec, 04:49


Urganch tumanidagi 41-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Boshlangʻich taʼlim" metodbirlashma aʼzolari ishtirokida oʻtkazilgan seminardan lavhalar

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

08 Dec, 04:49


Urganch tumani 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-"B" sinf o'quvchilari ishtirokida "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

08 Dec, 04:49


Urganch tumanidagi 40-sonli maktabning 3-sinf o'quvchilari sinf soati darsida "Yo'l qoidasi umr foydasi"mavzusida ochiq dars o'tkazdi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi: Nurmetova Yulduz.

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

08 Dec, 04:47


Yangibozor tumani 24-sonli maktabning 3-B sinf o'quvchilari 8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan "Konstitutsiya baxtimiz qomusi"mavzusida tayyorlagan tadbirdan lavhalar.Sinf rahbari:N.Matnazarova

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

07 Dec, 19:30


Darsni qizitish uchun o‘yin: "Warm up" metodi

Oʻquvchilarni bir fandan chiqib boshqa bir fanga kirganda, yoki "koʻcha", "uy" rejimidan "dars" rejimiga oʻtib olishlari va moslashishlari, diqqatlarini ayni shu fanga qaratishlari uchun qulay metod.

“Warm up” metodi avvalgi darslarni takrorlash va muhim tushunchalarni mustahkamlash, oʻquvchilarning darsdagi sinovlar yoki loyihalarni boshlash oldidan shaxsiy tashvishlari va stresslarini unutishga yordam beradi.

Batafsil: https://bit.ly/4gk58cK

✍️ Muallif: Gulnoz Xodjayeva

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/trm_metodika

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

07 Dec, 19:29


Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti bilan hamkorlikda oʻquvchilarda funksional savodxonlikni rivojlantirish boʻyicha oʻqituvchilar mahoratini rivojlantirishni metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida "PISA va TIMSS tadqiqotlariga tayyorgarlik: Matematik savodxonligini rivojlantirish bo'yicha topshiriqlar to‘plami" nashr etildi.

Ushbu to'plamning 1-mashg‘ulot topshiriqlari e'tiboringizga havola etilmoqda.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/trm_metodika

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

07 Dec, 04:12


Yangibozor tumani
24- son maktabning 4-"A" sinfida oʻqish fanidan "Oʻzbekiston madhiyasi "mavzusida oʻtkazilgan namunaviy darsidan lavhalar.
Sinf rahbari:Sabirova Charos

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

04 Dec, 15:00


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrugʻi ijrosi yuzasidan dekabr oyining 1-haftasi "Konstitutsiya"haftaligi doirasida Xiva tuman 42-son umumiy oʻrta ta'lim maktabining 4-"A" sinf oʻquvchilarining "Konstitutsiya olamiga sayohat" mavzusida bo'lib o'tgan tadbirdan lavhalar.
Sinf rahbari: Ro'zmetova Jonibika

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

04 Dec, 13:53


Aziz hamkasblar! Sizlarga Salomatlik yo'nalishlari dasturining navbatdagi darslar uchun yangi o'quv qo'llanmalarini yuboryabman. Sizga muvaffaqiyatlar tilayman va hamkorlik uchun yana bir katta rahmat!

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

04 Dec, 13:53


Досылаю русскую версию презентации

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

20 Nov, 11:03


Shu mavzularni oʻting,tarbiya,oʻqish savodxonligi, tabiiy fanlarga kiritishingiz mumkin,yarim soat oʻtishingiz mumkin

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

20 Nov, 11:01


Farĝona viloyati Farĝona shahri
1- umumiy oʻrta ta'lim maktabi "Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Dilfuza Oxunovaning 2- "A" sinfida o'tkazilgan"Salomatlik yunalishi loyihasi" dasturi bo'yicha " Biz qanday òsamiz va rivojlanamiz"mavzusida dars jarayonlaridan fotolavha .

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

20 Nov, 11:01


Hurmatli ustozlar bizlarga ham shunday ishlar kerak Salomatlik dasturlari boʻyicha

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

20 Nov, 10:45


📚 UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

👉Bugun 2024-yil 20-noyabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida Xalqaro ta’lim tashkiloti mutaxassislari bilan hamkorlikda ZOOM platformasi orqali Tabiiy fanlar bo'yicha (kimyo, biologiya, fizika va geografiya) master-trenerlari, mentor o‘qituvchilari hamda viloyat koordinatorlari ishtirokida seminar-trening jarayonlari davom etmoqda.
❇️Ushbu seminar-treningda Xorazm viloyat pedagogik mahorat markazining 4 nafar tabiiy fanlar master- trenerlar va 22 nafar mentor oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.


📸Markaz axborot xizmati
👇Bizni kuzatishda davom eting
|📹Youtube|🪙 Web sayt|
📸INSTAGRAM |📲Telegram|
💻Facebook

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

20 Nov, 10:45


Президентимиз сўзининг давомида бугун нафақат Ўзбекистон, балки дунёдаги кўплаб мамлакатлар иқлим ўзгаришларининг салбий оқибатларини яққол ҳис қилаётганини қайд этди.

Ҳаво ва сувнинг ифлосланиши, тупроқ эррозияси, чўлланиш, қазилма ёқилғиларни беҳисоб ишлатиш глобал исишга, табиий офатларнинг кўпайишига олиб келмоқда, атроф-муҳит ва аҳоли соғлиғига зарар етказмоқда.

Бунга жавобан мамлакатимизда уч йил аввал “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси бошланди. Қўшни мамлакатлар билан биргаликда Минтақавий иқлим стратегиясини амалга оширишга киришилди. Пойтахтимизда Марказий Осиё атроф-муҳит ва иқлим ўзгаришларини ўрганиш университети ташкил этилди.

Шунингдек, Ўзбекистон Бирлашган Миллатлар Ташкилоти томонидан бу борада қабул қилинган иккита муҳим резолюциянинг ташаббускори бўлди. Айни вақтда “яшил” энергетика иқтисодиётимиз драйверларидан бирига айланмоқда.

Эл-юртимизнинг фикр-мулоҳазалари, хоҳиш-истакларини атрофлича ўрганиб, билдирилган тавсиялардан келиб чиққан ҳолда, бу борадаги ишларни янги, янада юксак босқичга кўтариш мақсадида Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

Йиғилганлар ушбу ташаббусни тўлиқ қўллаб-қувватладилар.

Facebook|Instagram|X

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

29 Oct, 14:43


Dam olish daqiqasi uchun ajoyib belashuv🙌

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

29 Oct, 14:32


#qiziqarli

Foiz chiqarishning oson usuli.

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin!
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling! 👇

Telegram | Instagram | Facebook | Yotube

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

29 Oct, 14:32


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 2-3-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin!
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling! 👇

Telegram | Instagram | Facebook | Yotube

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

29 Oct, 14:24


Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 2-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr, dushanba kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.

II chorak darslari 11-noyabr, dushanba kunidan boshlanadi.

Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin!
Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling! 👇

Telegram | Instagram | Facebook | Yotube

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

29 Oct, 12:19


Bugun bularga bir metodni qo'lladim.Ko'pchiligi daftarga yozganda engashib,burni daftarga tegguday qilib yozadilar.Ko'z bilan daftar orasidagi masofa 30 cm bo'lishi kerak.Shuning uchun bularni boshiga daftar qo'yib chiqdim.Biram yaxshi o'tirishdi.😉
Sinf rahbari:G.Jobborova

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

27 Oct, 06:32


https://t.me/+4amR2HatWPE1ZjEy

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 15:52


SAYLOVDA QANDAY OVOZ BERILADI?

👇Bizdan uzoqlashmang, bizni kuzatishda davom eting.

|📹Youtube|🪙 Web sayt|
📸INSTAGRAM |📲Telegram|💻Fecebook

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 15:25


Aziz ustoz har bir darsingizga juda -juda yaxshi tayyorgarlik bilan oʻtishingizga ishonamiz,sizni mehnatlaringiz biz uchun qadrli,dam olish kuningiz hayrli va barokotli boʻlsin 🥰🥰

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 15:22


Urganch tumani 44-son umumiy o'rta ta'lim maktabining 4-"A" sinf matematika darsidan video lavha

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 14:21


9️⃣ “KIM CHAQQON” enerjayzeri

2-3 daqiqa ichida o’quvchilarni faollashtirishga

O’quvchilarni kayfiyatini ko’tarishda

Jismonan, ruhan faollashishlarida

Sinfda do’stona muhitni paydo qilishda

Darsga qiziqtirib yangi mavzuni o’zlashtirishga tayyorlab beradigan metod

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 14:21


5️⃣ KEYS metodi

19-asr ishlab chiqilgan bo’lishiga qaramasdan butun dunyo ta’lim jarayonida qo’llanib kelinayotgan metod

Ijodiy, tanqidiy fikrlarni rivojlantirishda

O’quvchilarni kerakli shaxs, kadr bo’lib yetishishlarida eng kerakli bo’lgan metod

Har bir mavzuni hayotiy voqeliklar bilan bog’lab o’zlashtirishga yordam beradi

Xohlagan faningiz bo’lsin o’quvchilarni olgan bilimlarini tajriba, hayotiy jarayonlar bilan bog’lashda qo’llasangiz bo’ladi

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 14:21


6️⃣ 10 TA DALIL metodi

Fikrni asoslash, o’z fikrini berayotganda dalillar asosida gapirish talab etilayotgan asrda aynana mana shu metod har birimizga juda zarur. Bu metod o’quvchilarda darslarni faktlar, dalillar asosida o’zlashtirishida qo’l keladi

Mavzuni chuqur anglashi uchun

Darsni faktlar bilan o’zlashtirishda

Xotirani, eslab qolishni yaxshilashda qo’l keladi

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 14:21


8️⃣ “3 BOSQICHLI GURUH ISHI” metodi

Nazariy ma’lumotlarni yaxshi, tez o’zlashtirishida o’quvchilarga qo’l keladi

Nazariy bilimlarni har bir jihatiga e’tibor bergan holda tez o’zlashtirishida

Har bir mavzu yuzasidan savol tuza olish ko’nikmasini shakllantirishda


Bu metod mening mualliflik metodim. Turli fanlarda qo’llaganimizda o’quvchilarda nazariy bilimlarni tezda o’zlashtirganlari kuzatilgan

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 14:21


7️⃣ BUZUQ TELEFON metodi

Kommunikatsiya qoidalarini, o’ziga xosliklarini o’zlarida ko’rsata olishda, har bir olgan axborotlarini simtez qila olishlarida yordam beradi

Axboroq qabul qilish uchun kerakli ko’nikmalarni shakllantirishda

Xotirani charxlashda juda ham qo’l keladi

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 14:19


1️⃣ “Aytishlaricha…” metodi

O’quvchilar bilan tanishishda, sinfda guruhbozliklar bo’lganda bartaraf etishda, o’quvchilar o’zlarini tahlil qilishida qo’l keladi bu metod.

Yangi sinf olganda

Sinfda do’stona munosabat o’rnatishda

Tadbirlar tashkil qilishda

Ota-onalar bilan majlislar o’tkazishda qo’llasangiz bo’ladi

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 14:19


3️⃣ ILTIMOS BUNDAY QILING❗️ enerjayzeri

Bu metod 2 daqiqagina vaqtni oladi lekin o’quvchilarni

Darsga diqqatini jalb qilish

Bir faoliyatdan boshqa faoliyatga o’tish uchun o’quvchilarni tayyorlash

Yangi mavzuni o’zlashtirishga ruhan, aqlan va jismonan tayyorlashda

Mulozamat qilish, odob-ahloq masalasida ko’nikmalarni rivojlantirishda qo’l keladi

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 14:19


4️⃣ O’RGIMCHAK TO’RI metodi

Ko’pchilik ustozlar talab va taklif qilgan metod. Bu metod 1 ta ip orqal o’tkaziladi

O’quvchilarni qiynayotgan, fanda yechilishi qiyin bo’layotgan masalalarni 1 darsni o’zida 1 nechta yechimlarini topish ko’nikmasini bolalarda shakllantirishda

O’quvchilarda muammoli vaziyatlarni bir necha tomondan ko’ra olish qobilyatini rivojlantiradi

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 14:19


2️⃣ SWOT tahlil metodi

Nafaqat pedagogikada balki marketing, biznes, tadbirkorli umuman barcha sohalarda qo’llanib kelinayotgan metod

O’quvchilarda tahlil qilish ko’nikmasini yaxshilaydi

Kritik tanqidiy ko’nikmalarni rivojlantirishda

Ta’limda talab etilayotgan ko’nikmalarni o’rganishda qo’l keladi

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 14:19


15 ta interaktiv metod

Sevimli ustoz bo’lishingiz uchun siz o’rganishingiz va bilishingiz kerak bo’lgan 15 ta metod “SAMARALI INTERAKTIV METODLAR 3.0” kursimda jamladim

Bu kursimda o’qish uchun sizda shunaqa xohishlar bo’lishi kerak👇

O’quvchilar bilan yaxshi aloqa o’rnatish

Shovqinli, darsga qiziqmaydigan sinfni eng ilg’or sinfga aylanyirish

Metodlarni har xil usullar bilan qo’llashni o’rganish

Faoliyatingizdagi muammolarga yechim olishni
istasangiz bu kursimda o’qishingiz kerak

“Samarali interaktiv metodlar 3.0” kursimga yozilmoqchi bo’lganlar uchun kutilmagan yangiligim bor

Yangiligim kimlarga qiziq, izohda “+” qoldiring 😍

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

26 Oct, 10:21


https://t.me/+4amR2HatWPE1ZjEy

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

24 Oct, 14:36


https://www.instagram.com/reel/DBSySlMtGAQ/?igsh=ejhkaXN3NWRkeTA3

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

24 Oct, 02:50


Urganch tumani 44-umumiy o'rta ta'lim maktabining 4-"A" sinfida bugungi ona tili darsidan video ro'lik.
Bugungi mavzu: So'z turkumlari
Metod: "Teskor kapto'kcha"
Bu meto'dimizda o'qituvchi kapto'kchani hohlagan o'quvchisiga yuboradi va son, sifat, ot, fe'l, ravish, olmosh deydi. O'quvchi esa shu so'z turkumiga oid so'z aytishi kerak.
Aytolmagan o'quvchi o'rnidan turadi va unga kapto'kcha yuborilmaydi.
Fan o'qituvchisi. Baxtiyorova Zilola

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

23 Oct, 08:57


❗️❗️❗️ DIQQAT 17-ONLAYN OLIMPIADA

📆 23.10.2024 kuni 18:00 dan 24.10.2024 kuni 16:00 gacha www.alitest.uz web sayti orqali Matematika fanidan onlayn olimpiada o'tkazilmoqda!

1-4 sinf o'quvchilari uchun alohida test!

⚙️ Testlar har bir sinf uchun 10 ta savol bo'lib ishlash uchun 25 daqiqa vaqt beriladi!
❗️Testda bepul qatnashish shartlari bilan tanishib chiqing‼️
1️⃣. Ushbu olimpiada xabarini 5 ta do'stingizga yuborishingiz kerak!
2️⃣. Guruxga 20 ta kontakt qo'shishingiz kerak!
3️⃣.
@alitestuz kanaliga obuna bo'lishingiz kerak!

💿 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo'riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

⬇️Bizning ijtimoiy tarmoqlar:

Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

23 Oct, 05:51


🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Bugun bizda 👇👇👇
"Yaxshi dam-oʻqishga hamdam" loyihasi
🏆 "Dam olish daqiqasi
Ishtirok etdi: 2 "A"-sinf oʻquvchilari
🏆Bolajonlar juda xursand boʻldilar
💁‍♀ Marhamat 👇👇👇
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Sinf rahbari: QURYOZOVA SANOBAR KARIMOVNA
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

23 Oct, 05:51


🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Bugun bizda 👇👇👇
👨‍👩‍👧‍👧 "Biz juda faolmiz" loyihasi

👉 Fani: Tabiiy fan
🧑‍🔧 Mavzu:Men olamni tinglayman

Mustahkamlash mashqi:
🎶 "Men yaxshi tinglayman" oʻyini

📣Ishtirok etdi: 2 "A"-sinf oʻquvchilari
🏆Bolajonlar juda xursand boʻldilar
🌷 Marhamat 👇👇👇
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Sinf rahbari: QURYOZOVA SANOBAR KARIMOVNA
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

23 Oct, 05:51


🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Bugun bizda 👇👇👇
👨‍👩‍👧‍👧 "Biz juda ahil jamoamiz" loyihasi
👉 Fani:Ona tili
🧑‍🔧 Mavzu: Undosh tovushlar va harflar
Mustahkamlash: "Zinama zina" oʻyini
⛹‍♀ Ishtirok etdi: 2 "A"-sinf oʻquvchilari
🏆Bolajonlar juda xursand boʻldilar
🌷 Marhamat 👇👇👇
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Sinf rahbari: QURYOZOVA SANOBAR KARIMOVNA
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

22 Oct, 11:55


❗️❗️❗️ DIQQAT 16-ONLAYN OLIMPIADA

📆 22.10.2024 kuni 18:00 dan 23.10.2024 kuni 16:00 gacha www.alitest.uz web sayti orqali Matematika fanidan onlayn olimpiada o'tkazilmoqda!

1-4 sinf o'quvchilari uchun alohida test!

⚙️ Testlar har bir sinf uchun 10 ta savol bo'lib ishlash uchun 25 daqiqa vaqt beriladi!
❗️Testda bepul qatnashish shartlari bilan tanishib chiqing‼️
1️⃣. Ushbu olimpiada xabarini 5 ta do'stingizga yuborishingiz kerak!
2️⃣. Guruxga 20 ta kontakt qo'shishingiz kerak!
3️⃣.
@alitestuz kanaliga obuna bo'lishingiz kerak!

💿 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo'riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

⬇️Bizning ijtimoiy tarmoqlar:

Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

22 Oct, 10:10


#устама
#надбавка

Ўқитувчиларга Директор жамғармасидан устама тўлаш тартиби: муҳим 5 саволга жавоб

➡️
https://idum.uz/uz/archives/22394

—————————

Порядок выплаты надбавки учителям из Директорского фонда: ответы на 5 важных вопросов

➡️ https://idum.uz/ru/archives/22394


📱 @oylikbot_uz
👉 Ойлик маошни ҳисоблаш

Xorazm viloyati Boshlang'ich ta'limi metodik xizmat kanali

22 Oct, 09:00


🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 19-maktabning 3 "A"-sinfida "21-oktabr-Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni"ga bagʻishlab "Ona tilim-jonu dilim" nomli tadbir kechasi oʻtkazildi. Oʻquvchilar oʻzbek tilimiz haqida sheʼr va qoʻshiqlar aytib, raqslar sahnalashtirdilar. Sanaga bagʻishlab "Kimning xati chiroyli?!" diktantlar tanlovi oʻtkazildi.Oʻquvchilar oʻzlarining chiroyli husnixatlari va imlo xatosiz yozishlari bilan eʼtirofga sazovor boʻldilar. Davlat tilimiz haqida maqollar aytdilar. Bunda oʻquvchilar ijro etgan "Ona tilim", "Oʻzbegim", "Oʻzbek tilim" kabi qoʻshiqlar barchaga manzur boʻldi. Bolajonlarga yulduzcha va ofarin ragʻbatlari berildi. Bolajonlar ona tilimiz haqida koʻp maʼlumotlarga ega boʻldilar. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷
Sinf rahbari: QURYOZOVA SANOBAR KARIMOVNA
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌹🌹

2,703

subscribers

10,600

photos

2,718

videos