Judo Uz @judouz Channel on Telegram

Judo Uz

@judouz


O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!



Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Judo Uz (Russian)

Канал Judo Uz - официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Здесь вы найдете все самые свежие новости, объявления и важные информации. Если вы увлечены дзюдо, хотите быть в курсе всех событий и узнавать первыми о последних событиях в мире дзюдо, то этот канал для вас! Присоединяйтесь к нам, чтобы быть в центре событий и не упустить ни одной важной детали. Наш канал @judouz всегда будет держать вас в курсе всех событий и новостей мира дзюдо в Узбекистане. Будьте в курсе и не упустите ни одной важной информации! ➖➖➖➖➖

Judo Uz

20 Feb, 13:48


🇺🇿🥋Dzyudochi qizlarimizdan yangi chellenj. Siz belbog’ingizni necha soniyada bog’laysiz?

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

19 Feb, 08:12


🇺🇿🇺🇿Prezident topshiriqlarining ijrosi muhokama markazida

Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, MOQ raisi Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov raisligida oʻtgan yigʻilishda Adham Ikramov hamda Otabek Umarov boshchiligidagi Sport vazirligi va MOQ mas’ullari ishtirok etdi va unda olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari boʻyicha fikr almashildi.

Rasmiylar davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirishda oʻzaro hamjihatlikda ishlash, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish, kadrlarning malakasini oshirish, seleksiya yoʻnalishiga alohida eʼtibor qaratish lozimligini bildirishdi.

Shuningdek, har bir terma jamoaning yangi Olimpiya sikli uchun ishlab chiqqan rejalarini yanada takomillashtirish, hududlardagi sport infratuzilmasini yaxshilash bu boradagi muhim qadamlardan ekani taʼkidlandi.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

19 Feb, 04:15


🇺🇿🥋🔥Barcha dzyudo muxlislarini 28-fevral - 2-mart kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasi mezbonlik qiladigan Tashkent Grand Slam turniriga taklif etamiz. Siz uch kun davomida dunyo dzyudo yulduzlari ishtirokidagi betakror bellashuvlarga guvoh bo'lasiz...

👏Albatta keling! Dzyudochilarimizni birgalikda qo'llab-quvvatlaymiz...

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

18 Feb, 07:37


🇺🇿🥋O`zbekiston ayollar terma jamoasi reja asosida 28-fevral - 2-mart kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasi mezbonlik qiladigan Tashkent Grand Slam turniriga tayyorgarlik mashg`ulotlarini davom ettirmoqda...

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

17 Feb, 14:42


📹🇺🇿🥋O'zbek dzyudosiga oid haftalik yangiliklar dayjesti - "JUDO NEWS"!

Baku Grand Slam yakunlari

Tashkent Grand Slam turniriga tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda

Buxoro viloyati dzyudosi e'tirof etildi

Guliston shahrida o'smirlar o'rtasida "Sirdaryo Open" musobaqasi o'tkazildi

Namanganda yangi qoidalar bo'yicha amaliy seminar tashkil etildi

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

17 Feb, 06:33


🇦🇿🛫🇺🇿Baku Grand Slam yakunlandi, navbat Tashkent Grand Slam turniriga!

🇦🇿Uch kun davomida Ozarbayjon poytaxti Boku shahri “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirga mezbonlik qildi.

Mukofot jamgʻarmasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi musobaqada sayyoramizning 4 qitʼasi 36 davlatidan jami 258 (166 erkak, 92 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib bordi.

Yaponiya uchun atalgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham oʻz omadlarini sinab koʻrishdi. Turnirda asosan yosh, xalqaro tajribasi kam boʻlgan dzyudochilarimiz ishtirok etishdi. Medal qoʻlga kiritilmagan boʻlsa-da, lekin yoshlar oʻzlari uchun tajriba olishdi. Bronza medali uchun kurashgan Azizbek Ortiqov yakunda beshinchi oʻrinni egalladi. Soʻgʻdiyona Rafkatova, Marjona Nurulloyeva, Azizbek Avazmurodov va Rustam Shorahmatov 7-oʻrinni band etdi.

Medallar jamgʻarmasi boʻyicha dzyudo vatani vakillari mutlaq yetakchi boʻlishdi. Boku “Katta Dubulgʻa” turniri xuddi Yaponiya chempionatiga oʻxshab ketdi. Kunchiqar yurt dzyudochilari 10 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi. Kuchli uchlikka Germaniya va Ozarbayjon terma jamoalari yakun yasab berdi. Jami 22 ta davlat delegatsiyalari oʻz uylariga musobaqaning kamida bitta bronza medali bilan qaytishdi.

Baku Grand Slam yakuniga yetdi, endi navbat Tashkent Grand Slam turniriga! 28-fevral - 2-mart kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasi “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. Oʻzbekiston terma jamoasi mezbon sifatida har bir vazn toifasida 4 nafardan dzyudochi bilan qatnashish imkoniyatiga ega. Hozirgacha 3 qitʼaning 25 davlatidan jami 266 (130 erkak, 136 ayol) nafar dzyudochi Toshkentga kelishini tasdiqlagan. Hali bu son ortib boradi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

16 Feb, 09:49


🇺🇿🥋👏Baku Grand Slam. Azizbek Avazmurodov (-90 kg) ilk davrada belgiyalik Yarne Dyuk, ikkinchi bosqichda vengriyalik Peter Safranini mag`lubiyatga uchratib, 1/4 finalga yo`l oldi...

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

16 Feb, 06:16


📺📹“SPORT” telekanali informatsion dasturi ijodkorlari Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniriga tayyorgarlik ko`rayotgan terma jamoamizning mashg`ulotidan reportaj tayyorlashdi.

🤲E'tibor uchun tashakkur!!!

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

16 Feb, 02:01


🇺🇿🥋🤲Baku Grand Slam. Bugun musobaqaning so`nggi kuni 8 nafar og`ir vaznli dzyudochimizga muxlislik qilamiz

🇦🇿Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o`tkazilayotgan “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir yakiniga yetadi.

So`nggi kungi bellashuvlarda terma jamoamizning 8 nafar dzyudochisi medallar hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan ballar uchun tatamiga chiqadi.

🇺🇿🥋Dzyudochilarimizning ilk davradagi bellashuvlari:

-90 kg: Azizbek Avazmurodov - Yarne Dyuk (Belgiya)

-90 kg: Shahzodxoʻja Sharipov - Artur Kaneves (Finlyandiya)

-100 kg: Rustam Shorahmatov - Yestay Yermuhan (Qozogʻiston)

-100 kg: Rufat Xudakov - Muhammad-Ali Matayev (IJF)

+100 kg: Islombek Ravshanqulov - Kanta Nakano (Yaponiya)

+100 kg: Bahrom Rajabov - Saba Inaneshvili (Gruziya)

🇺🇿QIZLAR

+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva - Helena Vukovich (Xorvatiya)

+78 kg: Mohlaroyim Toʻxtamisheva - Ruri Takahashi (Yaponiya)

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

15 Feb, 08:37


🇺🇿🥋Baku Grand Slam. Marjona Nurulloyeva (-63 kg) Koreya Respublikasi vakilasi Seulmi Heoni taslim etib, 1/4 finalga yo`l oldi. Afsuski, Shirinjon Yoʻldosheva (-70 kg), Obidxon Nomonov (-73 kg) va Nodirbek Mavlonberdiyev (-81 kg) raqiblariga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi...

Оbuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

15 Feb, 08:20


🎁🎂“O‘zbekiston sport faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi Ilhom Adizovni tabriklaymiz!

🇺🇿🥋Bugun O‘zbekiston sport faxriylari kengashi a`zosi, yurtimiz sporti, xususan dzyudosini rivojlantirish yo‘lida xizmat qilib kelayotgan fidoyilarimizdan Ilhom aka Adizov ham o`z tavallud kunlarini nishonlayaptilar.

Bugungi kun qahramoni O‘zbekiston sport faxriylari kengashi qarori bilan “O‘zbekiston sport faxriysi” ko‘krak nishoniga munosib ko`rilganlar. Hozirda ham hakamlik, ham murabbiylik faoliyatini davom ettirib, yosh avlodga ko`p yillik boy tajribalarini ulashib kelyaptilar.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tajribali referimiz, ko‘plab shogirdlarning ustozi Ilhom Adizovni bugungi tavallud ayyom bilan muborakbod etadi. Ustozga uzoq umr, sihat-salomatlik, farzandlar, nabiralar rohatini ko`rib yurishlarini tilaymiz.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

15 Feb, 08:02


🇺🇿🥋👏Baku Grand Slam. Arslonbek Tojiyev (-81 kg) ilk davrada braziliyalik Luan Almeydadan ustun keldi...

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

15 Feb, 05:50


🎁🎂Aziz Tashmatov yana bir yoshga ulg`aydi!

🇺🇿🥋Bizda yana bir xursandchilik kun. Bugun dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi a’zosi, iste’dodli murabbiy Aziz Tashmatov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bugungi kun qahramoni terma jamoamiz bilan birga Ozarbayjonda bo`lib turibdi va umid qilamizki, bugun Baku Grand Slam turnirida tatamiga chiquvchi dzyudochilarimiz Aziz Tashmatovga o`zlarining chiroyli g`alabalarini sovg`a qilishadi.

O’zbekiston dzyudo federatsiyasi bugun yana bir yoshga ulg`aygan Aziz Tashmatovni unutilmas kun bilan muborakbod etadi. Unga uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik tilaymiz.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

15 Feb, 05:11


🇺🇿🥋🤲Baku Grand Slam. Bugun ikkinchi kungi bahslarda 6 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz

🇦🇿Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.

Bugun ikkinchi kungi bellashuvlarda terma jamoamizning 6 nafar dzyudochisi medallar hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan ochkolar uchun tatamiga chiqadi. Kechagi kun doirasida eng yaxshi natijamiz 5-oʻrin boʻldi. Musobaqada asosan yosh dzyudochilarimiz ishtirok etyapti va bu ular uchun katta xalqaro tajriba maktabini o`tayapti.

🇺🇿Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari:

-63 kg: Marjona Nurulloyeva - Seulmi Heo (Koreya Respublikasi)

-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva - Aoife Kulan (Avstraliya)

-73 kg: Obidxon Nomonov - Denis Viyeru (Moldova)

-73 kg: Inoyat Telmanov - Manuel Parlati (Italiya)

-81 kg: Nodirbek Mavlonberdiyev - Fransua Gutyer (Kanada)

-81 kg: Arslonbek Tojiyev - Luan Almeyda (Braziliya)

Maʼlumot uchun, musobaqaning ikkinchi kungi saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Оbuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

15 Feb, 03:01


🎁💐🎂Nelli Kiyamovani tabriklaymiz!

🇺🇿🥋Bugun dzyudo bo‘yicha ayollar terma jamoasi murabbiyi, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni sohibasi Nelli Kiyamova o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Tajribali va shu bilan birga shogirdlariga talabchan mutaxassis bir necha yildan beri O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiylar shtabida samarali faoliyat yurityapti. Bugungi qahramonimiz o‘z vaqtida ikki yil davomida Eron ayollar terma jamoasiga ham murabbiylik qilgan.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar, dzyudochilar, hakamlar nomidan bugun tavallud kunini nishonlayotgan Nelli Esxakovnani muborakbod etamiz. Ularga oilaviy baxt va sihat-salomatlik tilaymiz.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Оbuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

14 Feb, 15:17


🇺🇿🥋O`tgan yili kattalar o`rtasida O`zbekiston chempioni bo`lgan Azizbek Ortiqov (-66 kg) Baku Grand Slam turniridagi ishtirokini kuchli beshlikda yakunladi. U jahon reytingi uchun 360 ochko ishlab oldi. Yettinchi pog`onadan joy olgan So`g`diyona Rafkatova 260 ballga ega bo`ldi...

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

14 Feb, 14:33


🇯🇵🥋🥇Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni yaponiyalik Abe Uta qaytishini chempionlik bilan nishonladi...

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

14 Feb, 12:31


🇺🇿🥋Baku Grand Slam. Azizbek Ortiqov (-66 kg) kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqadi. Uning raqibi ozarbayjonlik Elshan Asadov bo`ladi. Ortiqov o`tish bahsida italiyalik Valerio Assoglidan ustun keldi. Mezbon dzyudochi esa 1/2 finalda yaponiyalik Takeshi Takeokaga yutqazdi...

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

14 Feb, 10:55


🇯🇵🥋Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Abe Uta 7 soniyada final masalasini hal qildi...

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

14 Feb, 10:52


🇺🇿🥋Baku Grand Slam. Azizbek Ortiqov (-66 kg) bronza medali yo`lidagi o`tish bahsida italiyalik Valerio Assogliga qarshi tatamiga chiqadi...

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

08 Feb, 08:04


🇺🇿🥋Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Xabaringiz bor, 28-fevral - 2-mart kunlari poytaxtimiz “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi.

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasi mezbonligida oʻtadigan ushbu musobaqaga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida oʻtkazilgan ishchi guruh yigʻilishida Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniriga olib borilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Federatsiya bosh kotibi Aziz Sobirov, rais oʻrinbosari Zafar Qahramonov, rais maslahatchisi Kseniya Gulyamova boshchiligida oʻtgan yigʻilishda har bir yoʻnalish boʻyicha belgilangan masʼullarning tayyorgarlik yuzasidan hisobotlari tinglandi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Yigʻilishda ishtirok etgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) yetakchi mutaxassisi Abdullo Murodov IJF mutasaddilari, delegatsiya rahbarlari, sportchilar, murabbiylar, hakamlar, umuman musobaqa mehmonlarini kutib olish, mehmonxonalarga joylashirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish lozimligini aytdi. Shuningdek, akkreditatsiya jarayoni, turnirni yoritish maqsadida turli davlatlardan keladigan ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaratiladigan sharoitlarni yana bir karra koʻzdan kechirib qoʻyish, dzyudochilar mashgʻulot oʻtkazadigan zallarni shay holatga keltirish lozimligini urgʻuladi.

✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

07 Feb, 13:50


📹📸🎙Ommaviy axborot vositalari xodimlari diqqatiga!

🇺🇿🥋Toshkent shahri mezbonligida o‘tadigan “Katta Dubulg’a” turniri startiga oz fursat qolmoqda.

Xabaringiz bor, 28 fevral - 2 mart kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod" sport majmuasida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg’a” turkumiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Sir emas, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning talablari ancha jiddiy hisoblanadi. Toshkentga dunyoning 60 ga yaqin davlatidan dzyudochilarning kelishi kutilmoqda. Tabiiyki, nufuzli musobaqani yoritish istagidagi ommaviy axborot vositalari yetarlicha bo’ladi.

Shundan kelib chiqib ma’lum qilamizki, ayni paytda Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan akreditatsiya jarayoni davom etmoqda. Musobaqani yoritish istagida bo‘lgan har bir xodim quyidagi havola orqali onlayn tarzda akreditatsiyadan o‘tishi mumkin.

https://my.ijf.org/media/events

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

06 Feb, 10:10


🇺🇿🥋Azizjon Kamilov ishtirokida rejalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi taqvimidan oʻrin olgan Parij “Katta Dubulgʻa” turniri bilan 2025-yilgi dzyudo mavsumiga start berildi.

Xabaringiz bor, soʻnggi Olimpiada manzilida o`tgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasining uch dzyudochisi ham ishtirok etdi va ulardan ikki nafari yakunda gʻolib hamda sovrindorlar safidan joy oldi. Ikkinchi kungi final bahslari boshlanishidan oldin esa bir nechta nominatsiya boʻyicha 2024-yilgi eng yaxshilar eʼlon qilindi va taqdirlandi.

Biz uchun ahamiyatlisi, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova “Yil voqeyligi”, uning ustozi Marko Spittka “Yilning eng yaxshi ayollar terma jamoasi murabbiyi” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

Oldinda milliy, yoshlar va oʻsmirlar terma jamoalarimizni nufuzli musobaqalar kutmoqda. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida oʻtgan yigʻilishda shu va boshqa masalalar koʻrib chiqildi. Federatsiya raisi Azizjon Kamilov birinchi navbatda xodimlar bilan suhbatlashib, har bir mutaxassis oʻz yoʻnalishida foydali ish koefitsentini oshirishi, oʻz vazifasiga sidqidildan yondashishi kerakligini urgʻuladi.

Keyin esa murabbiylar bilan oldinda turgan musobaqalarga koʻrilayotgan tayyorgarlik mavzusi muhokama qilindi. Kelasi hafta Boku, 28-fevral - 2-mart kunlari esa Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirlari dzyudochilarimiz qatnashadigan eng yaqin turgan musobaqalar hisoblanadi. Har ikki turnirda ham terma jamoamiz katta tarkib bilan medallar uchun kurash olib boradi. Ayniqsa, poytaxtimiz mezbonligida oʻtadigan turnirda har bir vazn toifasida toʻrt nafardan dzyudochi bilan qatnashishimiz bu terma jamoamizning kengaytirilgan tarkibidan oʻrin olgan sportchilarga qoʻshiimcha imkoniyat ekanligi, bundan maksimal darajada foydalanish kerakligi aytildi.

Yigʻilish davomida murabbiylar terma jamoamiz aʼzolarining tayyorgarliklari, bugungi kundagi holatlari, imkoniyatlari haqida axborot berishdi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

06 Feb, 02:01


🎁🎂Tavallud kun muborak, Javlon Hasanov!

🇺🇿🥋Terma jamoamizning jonkuyar, qo‘li yengil massajchisi Javlon Hasanov bugun yana bir yoshga ulg’aydi.

Terma jamoa dzyudochilarining erishayotgan, erishajak muvaffaqiyatlarida murabbiylardan tashqari, bevosita shifokor va massajchilarning ham roli, hissasi katta bo‘ladi. Ular sportchilarni musobaqaga tayyorlashda, tiklanish jarayonida katta hajmdagi ishni amalga oshirishadi. O‘z ishining ustasi, tajribali Javlon Hasanov Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit`a chempionatlari, xalqaro musobaqalaru o`quv-mashg`ulot yig`inlarida hamisha terma jamoamiz bilan birgalar.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar, dzyudochilar nomidan Javlon Hasanovni bugungi shukrona kuni bilan muborakbod etamiz. Hech qachon kasal bo‘lmang, Javlon aka deb niyat qilamiz.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

05 Feb, 10:43


📺📹“SPORT” telekanali informatsion dasturi ijodkorlari ham Parij “Katta Dubulgʻa” turniridagi ishtirokimiz hamda Diyora Keldiyorova va Marko Spittkani taqdirlash marosimi haqida lavha tayyorlashdi.

🤲E'tibor uchun tashakkur!!!

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

04 Feb, 14:53


📺📹“O`ZBEKISTON 24” telekanali informatsion dasturi ijodkorlari dzyudochilarimizning Parij “Katta Dubulgʻa” turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki hamda Diyora Keldiyorova va Marko Spittkani taqdirlash marosimi haqida lavha tayyorlashdi.

🤲E'tibor uchun tashakkur!!!

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

04 Feb, 13:35


🇺🇿🥋Murabbiylarimiz IJF akademiyasi dasturi boʻyicha oʻqitiladi

Maʼlumki, terma jamoalarimizning murabbiylar shtabi sportchilik faoliyatini yaqindagina yakunlagan dzyudochilar evaziga boyigandi.

Ular orasida Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Diyorbek Oʻrazboyev, Parij-2024 Olimpiadasidan keyin sportchilik faoliyatini yakunlagan Gulnoza Matniyazova singari isteʼdodlarimiz bor. Ularning har ikkisi ham bugungi kunda terma jamoalarimizda murabbiylik faoliyatini olib borishyapti.

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi murabbiylarimizning salohiyati, malakasi va xalqaro tajribasini oshirish boʻyicha oʻz islohotlarini davom ettiradi. Terma jamoa murabbiylari IJF akademiyasi dasturi boʻyicha oʻqitiladi.

Shuningdek, bugungi murabbiylar shtabi yigʻilishida yaqinda Denov va Urganchda oʻtkazilgan yoshlar terma jamoamizning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari ham muhokama qilindi. Kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

04 Feb, 07:17


📺📹“SPORT” telekanalining informatsion dasturi ijodkorlari dzyudochilarimizning Parij “Katta Dubulgʻa” turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki haqida lavha tayyorlashdi.

🤲E'tibor uchun tashakkur!!!

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

03 Feb, 16:18


📹🇺🇿🥋"JUDO NEWS"ning navbatdagi soni sizga muntazir! O'zbekiston dzyudosiga oid haftalik yangiliklar dayjesti...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

03 Feb, 13:41


🇺🇿🥋Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Andijon viloyati boʻlimiga yangi rahbar saylandi

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Andijon viloyati boʻlimining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

ZOOM platformasida oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Bosh kotibi Aziz Sobirov, federatsiya raisi maslahatchisi Kseniya Gulyamova, federatsiya mutasaddilari hamda Andijon dzyudosi faollari ishtirok etdi. Dastavval, Andijon viloyati dzyudosining bugungi kuni, kamchiliklari, yechimini kutayotgan muammolari, istiqbolli rejalari xususida fikr almashildi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Andijon viloyatida dzyudo bilan shugʻullanayotganlarning umumiy soni 748 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 81 nafari qiz bolalar. Jami 45 nafar (31 nafari oliy maʼlumotli) murabbiy yoshlarga dzyudo sir-asrorlarini oʻrgatyapti. Andijonlik hakamlar soni 3 nafar.

Ochigʻini aytish kerak, soʻnggi yillarda Andijon viloyati dzyudosida keskin pasayish kuzatilmoqda. Fikrimizni natijalar ham tasdiqlaydi. Uzoqqa bormaylik, oʻtgan yilning 8-10-noyabr kunlari Fargʻona shahri mezbonligida oʻtgan kichik oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston birinchiligida andijonliklar 1 tagina bronza medalini qoʻlga kiritib, 1 ta beshinchi va 5 ta yettinchi oʻrindan joy olishdi. Aynan noyabr oyida Jizzaxda oʻtgan kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida Andijon viloyati terma jamoasi dzyudochilari bironta ham oʻrinni egallay olmay, 14 mintaqa ishtirokchilari orasida soʻnggi pogʻonani band etishdi. Dekabr oyida Termiz shahri mezbonlik qilgan yoshlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida ham xuddi shu holat takrorlandi.

Umumiy olganda, 2024-yilda turli yosh toifasidagi Oʻzbekiston chempionati hamda Kubogi bahslarida Andijon viloyati dzyudochilari 3 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza, jami 11 ta medal qoʻlga kiritishdi. Xalqaro musobaqalarda esa sovrinli oʻrinlarsiz qolishdi.

Bunday holatda vaziyatni ijobiy tomonga oʻzgartirish uchun talabchan, dzyudoni yaxshi koʻradigan rahbarga ehtiyoj sezilayotgandi. Tavsiya etilganlar orasida Humoyunbek Alijonovning nomzodi maʼqullandi. U Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Andijon viloyat boʻlimiga rais etib saylandi. Yigʻilish ishtirokchilari, xususan ijroiya qoʻmitasi aʼzolari Humoyunbek Alijonov nomzodini bir ovozdan maʼqullashdi.

Soʻz olganlar Andijon viloyati dzyudosini yangi bosqichga koʻtarish uchun saʼy-harakatlar boshlangani, birinchi navbatda moddiy-texnik bazani yaxshilash, dzyudochilarga yaxshi sharoitlarni yaratish, viloyatda seleksiya jarayonini kuchaytirish, ichki musobaqalarni koʻproq oʻtkazish masalalariga eʼtibor qaratilishini taʼkidlashdi.

Yigʻilish soʻnggida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Bosh kotibi Aziz Sobirov masʼuliyatli vazifaga kirishayotgan Humoyunbek Alijonovga omad tiladi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

27 Jan, 10:12


🇺🇿🥋Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida hakamlarimiz imtihondan oʻtishdi...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

27 Jan, 10:12


🇺🇿🥋Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida hakamlarimiz imtihondan oʻtishdi...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

23 Jan, 08:13


⭐️ Your TOP 3 finalists, chosen by YOUR votes! 🗳️

Coaching Achievement of the Year

The winner will be announced in the Judo Awards ceremony at the Paris Grand Slam 🇫🇷

Stay tuned! 🏆

Follow @ijudo

Judo Uz

22 Jan, 09:58


📹"XORAZM 24" telekanali ijodkorlari yangi mavsum musobaqalariga Urganchda tayyorgarlik ko'rayotgan qizlar terma jamoamizning mashg'ulotidan reportaj tayyorlashdi. Unda terma jamoamiz murabbiy va dzyudochilari hamda qo`shni Qozog`iston jamoasi murabbiyi mashg'ulotlar haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashgan...

🤲E`tibor uchun tashakkur!!!

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

22 Jan, 08:48


🇺🇿🥋Yoshlarimiz mamlakatimizning eng janubiy hududida mashgʻulot oʻtkazishyapti

Shu kunlarda Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining oʻquv-mashgʻulot yigʻini tashkil etilgan.

Kamol Murodov murabbiyligidagi yoshlarimiz kuniga ikki mahaldan oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarda ishtirok etishmoqda. Murodovga murabbiylardan Eldor Bektemirov, Diyorbek Oʻrazboyev va Zafar Nafasovlar koʻmak berishyapti.

Fevral oyining birinchi sanasiga qadar davom etadigan mashgʻulotlar yoshlar oʻrtasidagi Osiyo kuboklariga tayyorgarlik bosqich vazifasini oʻtab beradi. Ana shunday qitʼa kuboklaridan biri 30-aprel - 1-may kunlari poytaxtimizda tashkil etiladi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

21 Jan, 10:12


📹"SPORT" telekanalining "NIGOH" tahliliy dasturi ijodkorlari yangi mavsum musobaqalariga poytaxtda tayyorgarlikni davom ettirayotgan terma jamoamizning mashg'uloti haqida maxsus ko`rsatuv tayyorlashdi. Unda terma jamoamiz dzyudochilari, shuningdek, qo`shni Qozog`iston jamoasi murabbiyi o'z fikri bilan o'rtoqlashgan...

🤲E`tibor uchun tashakkur!!!

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

21 Jan, 08:59


🇺🇿🤝🇰🇿Yoshlarimiz Urganchdagi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etyapti

Shu kunlarda Xorazm viloyatining Urganch shahrida mamlakatimiz qizlar (yoshlar) terma jamoasi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda.

“Yoshlik” sport majmuasida tashkil etilayotgan mashgʻulotlarda Qozogʻiston yoshlar terma jamoasi ham qatnashyapti. Tajribali dzyudochimiz, Parij-2024 Olimpiadasidan keyin sportchilik faoliyatini yakunlagan Gulnoza Matniyazova murabbiylikda oʻzini sinab koʻrmoqda.

Har ikki mamlakat dzyudochilari uchun foydali boʻlayotgan ushbu mashgʻluotlarda asosiy eʼtibor jismoniy hamda funksional tayyorgarlikni oshirish, oʻzaro tajriba almashishga qaratilyapti.

Obuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

21 Jan, 02:53


🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi 33 yoshda!

Bugun 2025 yil 21 yanvar. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil etilganiga 33 yil to‘ldi. 1993 yilning sentyabr oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 101-Sessiyasida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi XOQ tomonidan rasman tan olingan va xalqaro maydonda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Shu kundan e’tiboran, O‘zbekiston muntazam ravishda yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashib kelmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, olimpizmning pok va ezgu g‘oyalarini ilgari surish yo‘lida keng ko‘lamda ish olib bormoqda. Bundan tashqari, xalqaro aloqalarni mustahkamlab, nufuzli sport tashkilotlari bilan keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bugungi sana bilan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining katta va ahil oilasi, sport jamoatchiligini muborakbod etadi.

Obuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

20 Jan, 14:52


📹"PORTAL 24" sayti ijodkorlari dunyoning eng yaxshi ayol dzyudochisi bo'lishga da'vogar bo'lib turgan Diyora Keldiyorova haqida lavha tayyorlashdi...

🤲E`tibor uchun tashakkur!!!

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

20 Jan, 12:58


🇺🇿🥋Prezident Qarori asosida tashkil etilgan klublarni yanada rivojlantirish muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida dzyudo klublarining faoliyatini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida koʻrsatilgan.

Shu maqsadda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Federatsiya bosh kotibi Aziz Sobirov boshchilik qilgan ushbu tadbirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan dzyudo maktablari qoshida tashkil etilgan klublarning ijrochi direktorlari ishtirok etdi.

Ular bilan Prezident qarori ijrosi, seleksiya ishlariga yanada eʼtibor qaratish, 3-5-mart kunlari klublar oʻrtasida oʻtkaziladigan mamlakat birinchiligiga tayyorgarlik koʻrish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

20 Jan, 09:31


⭐️ Your TOP 3 finalists, chosen by YOUR votes! 🗳️

Moment of the Year

The winner will be announced in the Judo Awards ceremony at the Paris Grand Slam 🇫🇷

Stay tuned! 🏆

Follow @ijudo

Judo Uz

19 Jan, 09:44


🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoamiz dzyudochilarning mag‘shulotini kuzatdi...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

19 Jan, 06:36


🎁🎂Vyacheslav Pereteyko 44 yoshda!

🇺🇿🥋Bugun xalqaro toifadagi IJF referisi, o‘zbek dzyudosi rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan hakamimiz Vyacheslav Pereteyko o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Vyacheslav Pereteyko - 1981 yil 19 yanvar kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Sportchilik faoliyati davomida asosan -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sport sharafini himoya qilgan. Afina-2004 Olimpiadasi ishtirokchisi, Osiyo chempionatlarining kumush va bronza, Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindori. Tokio Paralimpiya o‘yinlari hamda o'tgan yili Parij Olimpiadasida hakamlik qilgan.

🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Vyacheslav Pereteykoni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, xalqaro referilik faoliyatida omad tilaydi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

18 Jan, 10:29


🇺🇿🥋Azizjon Kamilov terma jamoa mashg‘ulotini kuzatdi

Shu kunlarda O‘zbekiston terma jamoasining kengaytirilgan tarkibidan o‘rin olgan dzyudochilar Toshkentda tashkil etilgan mashg‘ulotda ishtirok etmoqda.

Ushbu yig‘inda qo‘shni Qozog‘iston va Tojikistondan kelgan dzyudochilar ham shug‘ullanishyapti. Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining navbatdagi kuni O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov dzyudochilarning mag‘shulotlarini bevosita zalda kuzatdi.

Federatsiya rahbari bugungi kunda Qozog‘istonda murabbiylik qilayotgan hamyurtimiz, tajribali ustoz, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Andrey Shturbabin bilan suhbatlashdi, fikr almashdi. O‘z vaqtida terma jamoamizda bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Shturbabin Rishod Sobirovning shaxsiy murabbiyi sifatida ham tanilgan.

Azizjon Kamilov mashg‘ulot yakunlaganidan so‘ng terma jamoamiz a’zolari bilan ham suhbatlashib, ularning oldinda turgan Parij, Boku va Toshkent "Katta Dubulg‘a" turnirlariga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

18 Jan, 08:18


🇺🇿🥋Parij "Katta Dubulg‘a" turniri uchun tarkibimiz tasdiqlandi

🇫🇷1-2 fevral kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi 2025 yilning ilk musobaqasi o‘tkaziladi.

Ayni paytga qadar mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi ushbu turnirda qatnashish istagini dunyoning 4 qit’asi 49 davlatidan jami 279 (148 erkak, 131 ayol) nafar dzyudochi bildirgan. Ular orasida terma jamoamizning 3 nafar dzyudochisi ham bor.

Murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, so‘nggi Olimpiada manzili tatamilarida Bahrom Boturov (-60 kg), Shahram Ahadov (-73 kg) va O‘tkirbek To‘raboyev (+100 kg) medallar uchun bahs olib boradi. Qolgan dzyudochilarimiz Boku va Toshkent "Katta Dubulg‘a" turnirlariga tayyorgarlikni davom ettirishadi.

Darvoqe, aynan Parij "Katta Dubulg‘a" turniri doirasida bir nechta nominatsiya bo‘yicha 2024 yilgi mavsumning eng yaxshilari e’lon qilinadi. IJF tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu so‘rovnomaning beshta nominatsiyasida biznikilar ham bor.

🇺🇿Parij "Katta Dubulg‘a" turniriga boradigan tarkib:

-60 kg: Bahrom Boturov
-73 kg: Shahram Ahadov
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev

Murabbiy - Iskandar Rasulov
Shifokor - Sanjar Usmanaliyev

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

17 Jan, 10:29


📹"SPORT" telekanalining informatsion dasturi ijodkorlari poytaxtimizda uch davlat terma jamoalari ishtirokida davom etayotgan xalqaro o`quv-mashg`ulot yig`inidan reporatj tayyorlashdi. Unda Azizbek Ortiqov, Muhriddin Tilovov, O‘tkirbek To‘raboyev va Farangiz Hojiyeva o'z fikrlari bilan o'rtoqlashgan...

🤲E`tibor uchun tashakkur!!!

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

17 Jan, 09:46


🇺🇿🤝🇰🇿🇹🇯Toshkentda davom etayotgan xalqaro mashg‘ulot yig`inining bugungi kunidan fotoreportaj

🇺🇿🥋Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi qoshidagi dzyudo zalida O`zbekiston, Qozog`iston va Tojikiston terma jamoalariga nomzod dzyudochilar birgalikda mashg‘ulot o‘tkazishyapti.

Ushbu xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bu uch davlat terma jamoalari uchun oldinda turgan musobaqalarga tayyorgarlik bosqich vazifasini o‘tab beryapti.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

09 Jan, 12:24


🥋2025-yilgi IJF taqvimi tasdiqlandi!

Birinchi IJF musobaqasi 1-2 fevral kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida tashkil etiladi. Shundan so‘ng Baku Grand Slam (14-16 fevral), keyin esa Tashkent Grand Slam (28 fevral - 2 mart) turnirlari bor. Mavsum Tokyo Grand Slam musobaqasi bilan yakuniga yetadi...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

09 Jan, 05:40


🇺🇿🇦🇹🥋O‘zbekiston terma jamoasi 2025 yilgi xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Avstriyaning Mitterzil shahrida tashkil etilgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. 17 yanvarga qadar davom etadigan mashg`ulotlarda dunyoning 60 dan ziyod davlatidan kelgan dzyudochilar qatnashyapti...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

08 Jan, 10:27


⭐️ Ippon of the Year Nominees:

Uta Abe 🇯🇵
Tamerlan Bashaev 🥋
Turan Bayramov 🇦🇿
Katharina Haecker 🇦🇺
Mukhammad Jumaev 🇺🇿
Klen Kristofer Kaljulaid 🇪🇪
Matvey Kanikovskiy 🥋
David Karapetyan 🥋
Galymzhan Krikbay 🇰🇿
Daria Kurbonmamadova 🥋
Mireia Lapuerta Comas 🇪🇸
Manuel Lombardo 🇮🇹
Enej Marinic 🇸🇮
Kanta Nakano 🇯🇵
Dominic Ressel 🇩🇪
Teddy Riner 🇫🇷
Dilbara Salkarbek Kizi 🇷🇸
Patricia Sampaio 🇵🇹
Zelim Tckaev 🇦🇿
Natsumi Tsunoda 🇯🇵

🗳️ Vote now at judotv.com/awards

Follow @ijudo

Judo Uz

08 Jan, 09:15


👍🥇 Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova ham mashgʻulotlarni boshladi...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

08 Jan, 09:04


🇺🇿🤝🇨🇿Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To‘raboyev Avstriyadagi yig`in doirasida ikki karra Olimpiya o`yinlari chempioni, ikki karra jahon, uch karra Yevropa chmepioni Lukash Krpalek bilan birga mashg`ulot o`tkazdi...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

08 Jan, 08:53


🇺🇿🇦🇹🥋Terma jamoamizning 2025 yil hisobidan ilk xalqaro o`quv-mashg`ulot yig‘ini boshlandi

O‘zbekiston terma jamoasi 2025 yilgi xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Avstriyaning Mitterzil shahriga yo‘l olgandi.

Ushbu xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 17 yanvarga qadar davom etadi. Unda dunyoning 60 dan ziyod davlatidan kelgan dzyudochilar mashg`ulot o`tkazishyapti. O‘tgan yili ham terma jamoamiz aynan Mitterzil shahrida yig‘in o‘tkazgan edi.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

07 Jan, 12:20


🇺🇿🥋Tashkent Grand Slam 2025 turniriga tayyorgarlik muhokama qilindi

Xabaringiz bor, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning bu yilgi mavsum taqvimidan o‘rin olgan hisob bo‘yicha uchinchi musobaqasiga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.

Aniqrog‘i, 28 fevral - 2 mart kunlari oralig‘ida Toshkent “Katta Dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tadi. Uch kun davomida dunyoning 5 qit’asidan keladigan dzyudo yulduzlari musobaqa medallari uchun tatamiga chiqadilar. Nufuzli turnir “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkaziladi.

Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida musobaqa ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Tashkent Grand Slam 2025 turniriga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda IJF yetakchi mutaxassisi Abdulla Murodov ham ishtirok etdi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi Aziz Sobirov, federatsiya raisi maslahatchisi Kseniya Gulyamova va boshqa mas’ullar tayyorgarlik yuzasidan axborot berishdi. Dzyudochilar, referilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, muxlislar uchun yaratiladigan sharoitlarga e’tibor qaratish zarurligi aytildi. Yurtimizga kelayotgan har bir mehmonni kutib olish, mehmonxonalarga joylashtirish, transport bilan ta`minlash kabi masalalar muhokamasi bugungi yig`ilish kun tartibida bo`ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Tashkent Grand Slam turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida Fransiya va Yaponiyadan keyin 3-o‘rinni egallagan edi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

06 Jan, 14:06


🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Ijroqo‘mi qarori bilan tashkil etilgan Tartib-intizom komissiyasining barcha qoidalari...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

06 Jan, 13:59


🇺🇿🥋Tartib-intizom komissiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining Ijroqo‘m qarori bilan Tartib-intizom komissiyasi tashkil etildi.

Ushbu kommisiyaga dzyudochilar, murabbiylar va mansabdor shaxslar tomonidan odob-axloq va intizom me’yorlarini buzish holatlarini ko‘rib chiqish vakolati berilgan. Komissiya, shuningdek, Federatsiya obro‘siga ta’sir qiladigan xatti-harakatlarni o‘rganib chiqadi va tegishli jazo choralarini, jumladan, ogohlantirish, diskvalifikatsiya va jarimalarni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

06 Jan, 07:29


🇺🇿🛫🇦🇹Terma jamoamiz 2025 yilning ilk xalqaro yig‘ini uchun Avstriyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston terma jamoasi 2025 yilgi xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Avstriyaning Mitterzil shahriga yo‘l oldi.

Ushbu xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 7-17 yanvar kunlari oralig‘ida tashkil etiladi. Unda dunyoning 60 dan ziyod davlatidan keladigan 1000 na yaqin dzyudochilar jam bo‘ladi. O‘tgan yili ham terma jamoamiz Mitterzil shahrida yig‘in o‘tkazgan edi.

🇺🇿🥋Mitterzilga yo‘l olgan tarkibimiz:

-60 kg: Bahrom Boturov, Murodil Murodillayev

-66 kg: Abdurahim Nutfullayev, Zamohshari Bekmurodov

-73 kg: Shahram Ahadov, Obidxon Nomonov

-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov, Azizbek Avazmurodov

-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev

+100 kg: Alisher Yusupov

🇺🇿Qizlar

-48 kg: Halimajon Qurbonova

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova, Shukurjon Aminova

-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva

+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

06 Jan, 05:55


🇺🇿🥋Federatsiya rahbariyati yangi mavsum oldidan terma jamoamiz bilan uchrashdi...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

06 Jan, 05:55


🇺🇿🥋Federatsiya rahbariyati yangi mavsum oldidan terma jamoamiz bilan uchrashdi

Yangi yil bayrami sabab yuzaga kelgan tanaffus yakunlanib, dzyudochilarimiz yana mashg‘ulotlarga qaytishdi.

Kecha kechki mashg‘ulotlardan so‘ng O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda 2025 yilgi mavsum rejalari muhokama qilindi. Federatsiya raisi o‘rinbosari Zafar Qahramonov, Bosh kotib Aziz Sobirov dzyudochilarimizga yangi mavsum taqvimidan o‘rin olgan xalqaro musobaqalarda g‘alaba va omad yor bo‘lishini tiladi.

Reja bo‘yicha terma jamoamiz Avstriyaning Mitterzil shahrida o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Birinchi IJF musobaqasi 1-2 fevral kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida tashkil etiladi. "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada terma jamoamiz ham qatnashadi. Shundan so‘ng Baku Grand Slam (14-16 fevral), keyin esa Tashkent Grand Slam (28 fevral - 2 mart) turnirlari bor.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

04 Jan, 07:03


🇺🇿🥋Oʻzbekistonlik nomzodlarga ovoz bering!

🏆IJF JUDO Awards 2024 - yakuniga yetib borayotgan yilning bir nechta nominatsiya boʻyicha eng yaxshilarini aniqlash uchun soʻrovnoma o'tkazmoqda.

🇺🇿Biz uchun ahamiyatlisi, IJF tomonidan 5 ta nominatsiyaga oʻzbekistonliklar ham daʼvogar sifatida qoʻyilgan:

1. Dzyudo bolalar uchun: Judogirls.uz loyihasi

2. Yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi: Diyora Keldiyorova

3. Yilning eng muvaffaqiyatli murabbiylik faoliyati: Marko Spittka

4. Yil voqeligi: Diyora Keldiyorovaning Abe Utani magʻlub etishi

5. Yil ipponi: Muhammad Jumayevning Dushanbe Grand Slam turniridagi ipponi

🤝PS. Qadrli yurtdoshlar, sizlardan quyida taqdim etilgan havola orqali kirib, dzyudochi va murabbiylarimizga ovoz berishingizni soʻraymiz. Har bir qoʻllab-quvvatlov nominatsiyaga daʼvogar sifatida taqdim etilgan hamyurtlarimizni gʻoliblik sari yaqinlashtiradi

👇👇👇
https://judotv.com/awards

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

04 Jan, 06:01


Olimpiadalarda oʻzbek polvonlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar

Olimpiya oʻyinlarida atletlarimiz shohsupaga koʻtarilish uchun dunyoning koʻplab nomdor sportchilarini magʻlubiyatga uchratishgan. Bugun bir qiziq fakt bilan boʻlishmoqchimiz. Bu Olimpiadalarda medallarga asosiy daʼvogar sanalgan, biroq har gal oʻzbek oʻgʻlonlariga magʻlub boʻlgan taniqli nom haqida boʻladi.

Nikoloz Sherazadishvili dzyudo olamida katta shuhratga ega sportchi hisoblanadi. Ispaniyalik ikki karra jahon chempioni har bir musobaqada medallarga asosiy daʼvogarlardan sanalsada, lekin hech bir Olimpiadada uning omadi kelmaydi. Tokioda ham, Parijda ham uni medallardan mosuvo boʻlishiga oʻzbek polvonlari sababchi.

🏆 Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari. -90 kg vazn toifasida chorak finalda imkoniyatni boy bergan Davlat Bobonov va Niko bronza medali uchun oʻtish bosqichida oʻzaro toʻqnash kelishdi. Ungacha Sherazadishvili uch bor Bobonovdan ustun kelgani uchun koʻpchilik oʻsha qarama qarshilikda ispaniyalik sportchining imkoniyatlarini yuqori baholadi. Biroq yakun umuman boshqacha boʻldi. Davlat bir necha hafta oldin jahon chempionati finalidagi va undan avvalgi magʻlubiyatlari uchun munosib revansh oldi hamda uzoq kutilgan Olimpiada medali sari muhim qadam tashladi. Shu bilan Sherazadishvili -90 kg vazn toifasida qaytib koʻrinish bermadi.

👍 Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari. Qahramonimiz bu gal -100 kg vazn toifasida Olimpiada medali uchun jiddiy bel bogʻlab keldi. Biroq yana chorak finalda yengildi. Bronza medali uchun oʻtish bosqichi esa yaponiyalik amaldagi Olimpiada chempioni Aaron Volfni magʻlubiyatga uchratgach, unda shohsupaga koʻtarilish uchun umid paydo boʻldi. Biroq bu umidni endi Muzaffarbek Toʻraboyev soʻndirdi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan Toʻraboyev bronza medali uchun bellashuvda Sherazadishvilidan ustun kelib, taniqli ispan polvoni bu gal ham medalsiz qolishiga sababchi boʻldi.

Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin. Keyinchalik bu kabi qiziqarli holatlar haqida yana toʻxtalib oʻtamiz.

Испанский дзюдоист 2 раза остался без Олимпийской медали из-за узбекских единоборцев

Узбекские атлеты, чтобы подняться на пьедестал почёта Олимпийских игр, одолевают многих именитых спортсменов со всего мира. Сегодня мы хотим поделиться с вами с одним из интересных фактов. Речь пойдёт о фаворите каждых состязаний, который считался главным претендентом на Олимпийские медали, но каждый раз уступал узбекским единоборцам.

И этот именитый испанский спортсмен - Николоз Шеразадишвили, который является одним из ярких звёзд в мире дзюдо. Хотя будучи двукратным чемпионом мира он считается одним из главных претендентов на медали в каждых соревнованиях, ему не везёт ни на одной Олимпиаде. И в Токио, и в Париже его с медального пути сбили отечественные дзюдоисты.

🏆 Летние Олимпийские игры Токио-2020. Давлат Бобонов и Николоз, уступившие в четвертьфиналах в весовой категории до 90 кг, столкнулись друг с другом на утешительном этапе. Поскольку до этого Шеразадишвили трижды превосходил Бобонова, многие высоко оценивали возможности испанского единоборца и в данном противостоянии. Однако исход встречи был совсем другим. Давлат взял достойный реванш за финал чемпионата мира и предыдущие поражения, тем самым сделал важный шаг к долгожданной Олимпийской медали. Затем Шеразадишвили не вернулся в весовую категорию до 90 кг.

👍 Летние Олимпийские игры Париж-2024. На этот раз испанец пришёл на французские Игры с серьёзными намерениями, чтобы вернуться на свою Родину с Олимпийской медалью в весовой категории до 100 кг. Однако опять потерпел поражение и снова в четвертьфинале. В утешительном этапе к бронзовой награде, когда испанец победил действующего Олимпийского чемпиона японца Аарона Вольфа, вселил надежду подняться на пьедестал почёта. Но вскоре эту надежду погас Музаффарбек Турабоев. В борьбе за бронзовую медаль удача была на стороне узбекского дзюдоиста, а именитый испанский единоборец и на этот раз остался без Олимпийской награды.

Таких примеров можно приводить множество. Но об этом мы расскажем в наших следующих материалах.

Judo Uz

04 Jan, 03:06


🎁🎂💐Halimajon Qurbonovani tabriklaymiz!

🇺🇿🥋Bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Halimajon Qurbonova o‘z tavallud kunini nishonlamoqda.

Halimajon Qurbonova Xorazm dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi. U bir necha bor O`zbekiston chempioni, Osiyo chempioni, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olib va sovrindori, Harbiylar o`rtasida 42-Jahon chempionati kumush medali egasi, Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi.

🤲O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi oilasi nomidan bugun shukrona kunini nishonlayotgan Halimajon Qurbonovani tavallud ayyom bilan muborakbod etamiz. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz. 2025 yilgi mavsum barcha dzyudochilarimiz qatori Halimajon uchun ham g`alabalarga boy bo'lsin!

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

03 Jan, 06:55


📺Xorazm viloyat televideniyasi informatsion dasturi ijodkorlari viloyat dzyudosining 2024 yilgi mavsum yakunlariga bag`ishlangan tantanali tadbiridan lavha tayyorlashdi...

🤲E`tibor uchun tashakkur!!!

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

03 Jan, 04:05


🇧🇭Osiyo Olimpiya kengashi hamda Bahrayn Olimpiya qo‘mitasi III yoshlar Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan sanalar va uning dasturidan o‘rin oladigan sport turlarini tasdiqladi.

📆Unga ko‘ra, musobaqa kelasi yilning 22-31-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Dasturdan quyidagi sport turlari o‘rin oldi:

Yengil atletika
Badminton
Basketbol 3x3
Ot sporti
Kibersport
Futzal
Golf
Gandbol
Dzyudo
Jiu-jitsu
Aralash jang san’ati turlari
Veloshosse
Suzish
Stol tennisi
Taekvondo WT
Triatlon
Sport kurashlari
Og‘ir atletika
Kabaddi
Voleybol
Tekbol

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

02 Jan, 13:17


⭐️ Coaching Achievement of the Year Nominees:

Luka KURALT 🇸🇮
Baptiste LEROY 🇫🇷
Vladimir PRERADOVIC 🇭🇷
Marko SPITTKA 🇺🇿
Richard TRAUTMANN 🇦🇿
Antoine VALOIS-FORTIER 🇨🇦

🗳️ Vote now at judotv.com/awards

Follow @ijudo

Judo Uz

01 Jan, 10:25


🇺🇿🥋Tarix sahifalariga muhrlangan 2024 yil o'zbek dzyudosi uchun qanday keldi? Yillik dayjestimizda shu haqda so'z boradi...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

31 Dec, 18:54


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Judo Uz

31 Dec, 17:33


🇺🇿🥋🎄Parij-2024 Olimpiadasining bronza medali sohibi, ikki karra jahon chempionati sovrindori Alisher Yusupov ham hamyurtlarimizni kirib kelayotgan 2025 yil bilan muborakbod etadi...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

31 Dec, 16:49


🇺🇿🥋🎄Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori, jahon va Osiyo chempioni Muzaffarbek To'raboyev hamyurtlarimizni ostonada turgan 2025 yil bilan muborakbod etadi...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

31 Dec, 09:24


👏Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi e’tibori

🇺🇿🥋Yakuniga bir necha soat qolgan 2024 yilda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan turli yosh toifasida ko‘plab ichki va xalqaro musobaqalar tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan yil davomida o‘tkazilgan musobaqalar e’tirofi o‘laroq O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligidagi bir necha mutasaddilarimizga tashakkurnoma topshirildi.

"Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da sport musobaqalarini tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun taqdirlanadi" deyiladi ushbu tashakkurnomada.

Vazir nomidan maxsus tashakkurnomalarni O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari Atabek Ismailov topshirdi.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

31 Dec, 07:12


Дўстлар, кириб келаётган байрам билан самимий табрикларимни қабул қилинг. Янги 2025-йил ҳар бир оилага тотувлик ва фаровонлик келтирсин. Орзуларингиз рўёбга чиқсин, умидларингиз оқлансин. Азизларим, сизларга бахт ва фаровонлик тилайман!

————

Друзья, примите искренние поздравления с наступающим праздником. Пусть Новый 2025 год принесёт каждой семье гармонию и процветание. Да сбудутся ваши мечты и оправдаются надежды. Счастья и благополучия вам, дорогие мои!

Judo Uz

28 Dec, 06:06


🎁🎂Muhammad Yusuf Haydarovni tabriklaymiz!

Bugun iste’dodli murabbiylarimizdan biri Muhammad Yusuf Haydarov o‘z tavallud kunini nishonlayapti.

Muhammad Yusuf Haydarov bir necha yil Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi 2-BO‘SM murabbiyi sifatida faoliyat yuritdi. Ayni paytda Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzyudo bo`limi bosh murabbiyi lavozimida ishlayapti. Shuningdek, O‘zbekiston kadetlar terma jamoasida Tohir Fayziyevga yordam berib keladi. Uning shogirdlari xalqaro musobaqalarda aytishga arzigulik muvaffaqiyatlarga erishgan.

🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Muhammad Yusuf Haydarovni bugungi shukrona kuni bilan muborakbod etadi. Unga sihat-salomatlik, uzoq umr, murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

27 Dec, 12:52


⭐️ Judo for Children Nominees:

* Adaptive Judo for Children 🇦🇿
* Creation of 300 dojos for children in unprivileged neighbourhoods 🇫🇷
* JPN Olympic Champions vs Judo Kids at the Tokyo Grand Slam 2024 🇯🇵
* Judogirls.uz 🇺🇿
* Judo in Schools - Promoting Gender Equality Through Sport 🇸🇹
* Mala Sola Juda 🇸🇮

🗳️ Vote now at judotv.com/awards

Follow @ijudo

Judo Uz

27 Dec, 06:16


🎁🎂Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni Zamohshari Bekmurodovni tabriklaymiz!

🇺🇿🥋Bugun Buxoro dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni Zamohshari Bekmurodov o‘z tavallud kunini nishonlayapti.

Bekmurodov bu yil sentyabr oyida Koreya Respublikasining Mungyong shahrida o‘tgan Osiyo chempionatida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi. Shu yil Tojikistonning Dushanbe shahri mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida kuchli beshtalikdan joy oldi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bugun yana bir yoshga ulg‘aygan Zamohshari Bekmurodovni tavallud kuni bilan muborakbod etadi. Unga kattalar o‘rtasidagi bo‘lajak musobaqalarda ham shohsupaning eng yuqori pog‘onalari nasib etishini tilaymiz.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

26 Dec, 13:18


🇺🇿🥋Yangi qoidalar bo‘yicha terma jamoa a’zolari uchun seminar o‘tkazildi

Xabaringiz bor, yaqinda Turkiyaning Istanbul shahrida hakamlar uchun xalqaro texnik seminar o‘tkazilgandi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) tomonidan tashkil etilgan ikki kunlik seminarda qoidalarga kiritilgan o‘zgarishlar referilarga yetkazilgan edi. Unda Olimpiya toifasidagi referilarimiz Ramziddin Saidov, Vyacheslav Pereteyko, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hay’ati raisi Bahodir Uzakberganov, murabbiylar Tohir Fayziyev, Iskandar Rasulov, Aziz Toshmatov va Rahim Subhonov ham ishtirok etgandi.

Ostonada turgan 2025 yilgi mavsumdan e’tiboran o‘tkaziladigan kattalar va yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda ushbu yangi qoidalar kuchga kiradi. Shu maqsadda Istanbuldagi xalqaro seminarda qatnashib qaytgan referi hamda murabbiylarimiz terma jamoamiz dzyudochilari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulot tashkil etishdi. Seminarda yangi qoidalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

26 Dec, 09:38


🇺🇿🥋Oʻzbekistonlik nomzodlarga ovoz berish jarayoni davom etmoqda!

🏆IJF JUDO Awards 2024 - yakuniga yetib borayotgan yilning bir nechta nominatsiya boʻyicha eng yaxshilarini aniqlash uchun soʻrovnoma o'tkazmoqda.

🇺🇿Biz uchun ahamiyatlisi, IJF tomonidan 5 ta nominatsiyaga oʻzbekistonliklar ham daʼvogar sifatida qoʻyilgan:

1. Dzyudo bolalar uchun: Judogirls.uz loyihasi

2. Yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi: Diyora Keldiyorova

3. Yilning eng muvaffaqiyatli murabbiylik faoliyati: Marko Spittka

4. Yil voqeligi: Diyora Keldiyoraning Abe Utani magʻlub etishi

5. Yil ipponi: Muhammad Jumayevning Dushanbe Grand Slam turniridagi ipponi

🤝PS. Qadrli yurtdoshlar, sizlardan quyida taqdim etilgan havola orqali kirib, dzyudochi va murabbiylarimizga ovoz berishingizni soʻraymiz. Har bir qoʻllab-quvvatlov nominatsiyaga daʼvogar sifatida taqdim etilgan hamyurtlarimizni gʻoliblik sari yaqinlashtiradi

👇👇👇
https://judotv.com/awards

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

25 Dec, 10:33


🇺🇿🇺🇿🥋Sport vazirligi hamda MOQ mutasaddilari Namanganga safar doirasida yosh dzyudochilar bilan ham uchrashishdi

O`zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo`mitasi mutasaddilarining Respublikamiz hududlari boʻylab olib borayotgan oʻrganish ishlari davom etadi.

Ishchi guruh Namangan viloyatining sport sohasidagi infratuzilmasi va yoshlarga bu borada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Safar davomida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov rasmiylarga hamrohlik qildi.

Davlatobod tumani dastlabki manzilga aylandi. U yerdagi sport maktabi va yangi barpo etilgan sendvich panelli dzyudo zali mutasaddilar eʼtiborida boʻldi. Namangan dzyudo maktabi milliy terma jamoaga jahon chempionati sovrindori Obidxon Noʻmonovni yetishtirib bergan. Shu sababli viloyat yoshlari orasida dzyudoga qiziqish va ushbu sport bilan shugʻullanuvchilar soni sezilarli darajada oshdi. Suhbatda Noʻmonov singari iqtidorli sportchilarni saralash, ular bilan ishlash borasida fikr almashildi.

Obuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

07 Dec, 08:49


🇺🇿🥋Tokio-2020 hamda Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari sovrindorlari, jahon chempionlari Davlat Bobonov va Muzaffarbek Toʻraboyev samarqandlik yosh dzyudochilar uchun master klass, yaʼni mahorat sabog`i oʻtkazishdi...

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

07 Dec, 08:46


🇺🇿🥋Olimpiada sovrindorlaridan samarqandlik yosh dzyudochilar uchun “master klass”!

Dzyudo bilan shugʻullanayotgan samarqandlik bolalar uchun unutilmas tadbir tashkil etildi.

Tokio-2020 hamda Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari sovrindorlari, jahon chempionlari Davlat Bobonov va Muzaffarbek Toʻraboyev samarqandlik yosh dzyudochilar uchun master klass, yaʼni mahorat sabog`i oʻtkazishdi.

Sportimiz yulduzlari bilan oʻtkazilgan mashgʻulot bolalarning bir umr yodida qoladigan boʻldi. Albatta, ular oʻzlari havas qilgan dzyudochilar bilan yelkama-yelka turib shugʻullanishdi. Katta yoʻl boshida turgan yosh dzyudochilarimiz uchun bu haqiqiy bayram boʻldi.

Tadbir soʻnggida ikki avlod vakillari esdalik uchun suratga tushishdi. Fotosessiya oldidan esa dzyudochilarga sovgʻalar ulashildi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

06 Dec, 14:37


Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Judo Uz

06 Dec, 10:36


🇺🇿🥋Muzaffarbek Toʻraboyev ishtirok etadigan +100 kg vazn toifasida kimlar medallar yo`lida bahs olib boradi?

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

05 Dec, 12:25


🎁🎂Abdukarim Tangriyevni tabriklaymiz!

🇺🇿🥋Bugun tajribali murabbiy, faoliyati davomida turli yoshdagi terma jamoalarga yuzlab shogirdlarni tarbiyalab bergan mutaxassis Abdukarim Tangriyev o‘z tavallud kunini nishonlayapti.

O`zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Abdukarim aka taniqli dzyudochimiz, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Abdulla Tangriyevning ham amakisi, ham murabbiylaridan biri hisoblanadi. Tabiiyki, polvonlar oilasi, sulolasidan. Abdukarim Tangriyev bugungi kunda ham jo‘shqin murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bugun shukrona kunini nishonlayotgan Abdukarim Tangriyevni muborakbod etib, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik, farzandlar, nabiralar rohatini ko‘rib yurishlarini tilaydi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`lng👉
Telegram

Judo Uz

05 Dec, 11:44


🇺🇿🥋Olimpiadani jarohat sabab bir qoʻlda oʻtkazgan sportchi Sharofiddin Boltaboyev bilan ekcklyuziv intervyu

Negativchini iziga tushib, uni qidirib topdim;

Parijga borish uchun meni vaznimda boshqa odam yoʻq edi;

Gʻolib boʻlsangiz hamma yoningizda boʻladi, magʻlubiyatda esa hech kim qolmaydi;

Bobonovga qarata aytilayotgan negativlarga chidab turolmayman.

📹Batafsil “Portal24”ning You Tube sahifasida koʻrishingiz mumkin!

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

05 Dec, 03:58


👩‍⚕️🎁💐Shifokorimiz Stromm Nellini tabriklaymiz!

🇺🇿🥋Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tibbiy bo`limi xodimasi, terma jamoamizning qo‘li yengil, xushmuomala shifokori Stromm Nelli xonimning tavallud kuni.

Oq libosli farishtamiz haqida juda uzoq iliq fikr bildirish mumkin. U o‘z ishining professionali, dzyudochilarimizga malham, oilasining ajoyib bekasi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, dzyudochilar, hakamlar, bir so‘z bilan aytganda katta dzyudo oilasi nomidan bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan shifokorimiz Stromm Nellini chin qalbdan muborakbod etamiz. Unga baxt-saodat, sihat-salomatlik tilaymiz.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

04 Dec, 11:42


🇯🇵🥋Dzyudo vatani 2024-yilgi soʻnggi IJF musobaqasiga mezbonlik qiladi

7-8-dekabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtadi.

Yilning soʻnggi IJF musobaqasida qatnashish istagini sayyoramizning 5 qitʼasi 46 davlatidan jami 283 (156 erkak, 127 ayol) nafar dzyudochi bildirgan. Eng katta tarkib shubhasiz mezbonlarda. Yaponiya terma jamoasi sharafini 56 nafar (har bir vaznda 4 nafardan) dzyudochi himoya qiladi.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

03 Dec, 02:37


🇺🇿🇺🇿MOQ rahbariyati Federatsiyamizning istiqbolli rejalari bilan tanishdi

Federatsiya va assotsiatsiyalarning yangi Olimpiya davriga tayyorgarlik rejalari taqdimoti davom etadi. Milliy olimpiya qo`mitasininig navbatdagi manzil O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bo‘ldi.

Mutasaddilar dastavval dzyudo sportining istiqbolli rejalari bilan tanishishdi. Taqdimotni O`zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov o‘tkazdi. Bunda ushbu sport turining ommaviyligini oshirishdan tortib, asosiy jamoaga nomzod dzyudochilarni saralab olish metodikasi, poytaxtimizda muntazam “Katta Dubulg‘a” kabi nufuzli musobaqalarni o‘tkazish, terma jamoalarga yanada ko‘proq xorijlik kuchli mutaxassislarni jalb qilish kabi mavzular batafsil ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, har bir vazn toifasida ichki raqobatni yanada kuchaytirish, bir xil saviyaga ega tarkiblarni shakllantirish kabi takliflar ilgari surildi.

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

02 Dec, 06:12


🇺🇿🥋Tashkent Grand Slam 2025 arenasi koʻzdan kechirildi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning 2025-yilgi mavsum taqvim rejasidan oʻrin olgan hisob boʻyicha uchinchi musobaqasiga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.

Aniqrogʻi, 28-fevral - 2-mart kunlari Toshkent shahrida “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtadi. Uch kun davom etadigan nufuzli musobaqa “Yunusobod” sport majmuasida tashkil etiladi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) yetakchi mutaxassisi Abdulla Murodov Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi Aziz Sobirov, federatsiya raisi maslahatchisi Kseniya Gulyamova va boshqa masʼullar boshchiligida “Yunusobod” sport majmuasini koʻzdan kechirishdi. Abdulla Murodov dzyudochilar, referilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, muxlislar uchun yaratiladigan sharoitlar yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.

Eslatib oʻtamiz, bu yilgi Tashkent Grand Slam turniri 1-3-mart kunlari oʻtkazilgan va unda dunyoning 68 davlatidan jami 495 nafar dzyudochi medallar hamda Olimpiada yoʻlidagi reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishgandi. Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida Fransiya va Yaponiyadan keyin 3-oʻrinni egallagan edi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

22 Nov, 12:07


🇺🇿🥋O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi raisi o`rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Jizzax viloyati Sport boshqarmasi boshlig'i, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi Jizzax viloyati bo'limi raisi Jaloliddin O'ktamov bilan birgalikda murosasiz bahslarni kuzatib boryapti...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

22 Nov, 11:03


🇺🇿🥋Oʻzbekiston chempionatining ikkinchi kun saralash belllashuvlaridan suratlar...

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

22 Nov, 10:59


🇺🇿🥋Oʻzbekiston chempionatining ikkinchi kun saralash belllashuvlari foto muxbirimiz Sherzod Ochilov nigohida..

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

20 Nov, 15:14


🇺🇿🥋Kattalar o`rtasidagi O`zbekiston chempionatiga qur`a tashlandi

21-24-noyabr kunlari yurtimizning eng kuchli dzyudochilari Jizzax shahrida jam boʻlishadi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 300 nafardan ziyod sportchi kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida kuch sinashadi.

Bugun musibaqaga qur`a tashlash marosimi o`tkazilib, dzyudochilar ilk raqiblarini bilib olishdi. Ertadan boshlanadigan bellashuvlar “Jizzax Kibersport arenasi”da oʻtkaziladi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

20 Nov, 15:10


Bugun Sport vazirligi rahbariyati va tarkibiy tuzilmalar xodimlari ishtirokida navbatdagi xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida barcha sohalar bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, sport sohasida ham aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Jumladan, har bir tuman va shahar kesimida 2024-yil yakunlarini sarhisob qilish va kelgusi 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar to‘laqonli aks ettirilgan dasturlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz tomonidan 2025-yil yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan tizimda “Yashil makon” umummilliy dasturini amalga oshirish va energiya tejamkorligi bo‘yicha choralarni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan qishki Osiyo o‘yinlari, 2026-yilda Milan shahrida o‘tkaziladigan qishki Olimpiada o‘yinlari va Toshkentda o‘tkaziladigan Butunjahon Shaxmat olimpiadasi hamda 2028-yilda Los Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga aniq reja va strategiyalar bilan munosib ishtirok etish kabi bir qator masalalar yuzasidan tarkibiy tuzilmalarning mas’ul xodimlariga aniq topshiriqlar berildi.

Sohada mavjud resurslardan samarali foydalanish va natijadorlikni oshirish uchun yangi-yangi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Judo Uz

19 Nov, 16:12


🇺🇿🥋Jizzax shahri mezbonligida o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati ishtirokchilari uchun eslatma!!!

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

19 Nov, 04:39


🎁🎂Sharofiddin Boltaboyev yana bir yoshga ulg`aydi!

Bugun qoraqalpoq zaminidan yetishib chiqqan dzyudochimiz, terma jamoa a’zosi Sharofiddin Boltaboyev o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Sharofiddin Boltaboyev 1995 yil 19 noyabr kuni dunyoga kelgan. Osiyo chempionatlari sovrindori, Toshkent Gran-prisi g‘olibi, Parij "Katta Dubulg‘a" turniri kumush medali sohibi va yana boshqa ko‘plab nufuzli musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar safidan joy olgan. Tokio va Parij Olimpiadalari ishtirokchisi bugun 29 yoshga to‘ldi.

🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Sharofiddin Boltaboyevni bugungi shukrona kuni bilan muborakbod etadi. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

18 Nov, 06:41


🇺🇿Bayrog`imiz hamisha sarbaland bo`lsin!

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

18 Nov, 04:02


Ватанимизнинг рамзи унинг ютуқлари шарафига бутун дунёда ифтихор билан ҳилпирасин. Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинган кун муборак бўлсин!

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Пусть гордо реет символ нашей Родины по всему миру во славу её достижений. С Днём принятия Государственного флага Республики Узбекистан!

Judo Uz

18 Nov, 02:43


🇺🇿O‘zbekiston bayrog‘i 33 yoshda!

🇺🇿Bugun davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi.

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasida «O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. Ushbu qonuniy asosga binoan 1991 yil 18 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz bayrog‘i ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosi qoshida tenglar ichra teng bo‘lib hilpiradi.

Mana 33 yildirki, xalqaro sport maydonlarida g‘alabamiz sharafiga yurt bayrog‘i eng yuksakda hilpirab, qalblarimizni cheksiz g‘urur-iftixorga to‘ldirmoqda. Ko‘kda hilpiragan bayroq esa muzaffariyat belgisidir!

🇺🇿Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Obuna bo`ling👉
Telegram

Judo Uz

17 Nov, 05:16


🇺🇿🥋🤝😁Alfraganus universiteti bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi!

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

17 Nov, 05:16


🇺🇿🥋🤝😁Alfraganus universiteti bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi!

Obuna bo`ling👉 Telegram

Judo Uz

06 Nov, 08:36


🇺🇸🥋Las-Vegas faxriylar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

05 Nov, 10:40


🇺🇿🥋Qashqadaryolik dzyudochilar Qirg`iz Respublikasidagi musobaqada shohsupaga ko`tarilishdi

🇰🇬Xabar berganimizdek, 1-3-noyabr kunlari Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir oʻtkazildi.

Ushbu musobaqada Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzyudo boʻlimi oʻquvchilari ham ishtirok etishdi. Ular 1 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi.

🇺🇿Shohsupaga ko`tarilgan dzyudochilarimiz:

🥇-55 kg: Behroʻz Xolliyev
🥈-60 kg: Ramziddin Norboboyev
🥈-66 kg: Joʻrabek Yaxshiyev
🥈-73 kg: Komiljon Aliqulov
🥉-66 kg: Soyibbek Joʻrayev

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

05 Nov, 06:46


🇺🇿🤝🇰🇿Qarshida qoʻshma mashgʻulot davom etmoqda

Qarshi shahrida qoʻshni Qozogʻistonning Chimkent shahridan kelgan sportchilar hamda qashqadaryolik dzyudochilarning qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini tashkil etilmoqda.

Ikki mamlakat dzyudochilarining hamkorligi, doʻstlik rishtalari nafaqat kattalar, balki yosh dzyudochilar oʻrtasida ham yanada mustahkamlanib boryapti. Bir hafta davom etgan mashgʻulotlar fikrimizga isbot bo`ladi...

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

05 Nov, 03:42


🇺🇿🥋Qashqadaryolik yosh dzyudochilar Tojikistondan shoda medallar bilan qaytishdi

🇹🇯1-3 noyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida dzyudo bo’yicha 2007-2009, 2010-2011 yillarda tug’ilgan o’smirlar va kichik o’smirlar o’rtasida “Ustapiriyon Open” xalqaro musobaqasi bo’lib o’tdi.

Maskur turnirda Qarshi shahar OMSTBDIMI dzyudochilari ham munosib ishtirok etib, g’olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.

🇺🇿🥋Shohsupaga ko`tarilgan dzyudochilarimiz:

🥇 Muslimbek Muhammadiyev
🥉 Mirakbar Abdujabborov
🥉 Sardorbek Qahhorov
🥉 Anzurbek Abduahadov
🥉 Ulug’bek Eshdavlatov

✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

04 Nov, 13:26


🇺🇿🥋🥇🥈Fotima va Zuhra Qirgʻiz Respublikasidan oltin hamda kumush medal bilan qaytishdi

🇰🇬Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi “Sulaymon too” musobaqasida egizak dzyudochilarimiz ham shohsupaga koʻtarilishdi.

Respublika olimpiya va paralimpiya zaxiralari tayyorlash markazi dzyudo boʻlimi tarbiyalanuvchilari hisoblangan Fotima va Zuhra Berkinbayevalar xalqaro turnirning oltin hamda kumush medallariga sazovor boʻlishdi.

Egizak dzyudochi qizlarni musobaqaga Anisa Kagarmanova tayyorlagan. Zuhra -52 kg vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, musobaqa chempioniga aylandi. Fotima esa -57 kg vaznda kumush medalga ega chiqdi.

✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

04 Nov, 13:13


🇺🇿🥋🏆Oʻshdagi xalqaro turnirda “Samuray” klubi dzyudochilari ham muvaffaqiyatli qatnashishdi

🇰🇬Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi xalqaro turnirda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan “Samuray” klubi yoz dzyudochilari ham muvaffaqiyatli tarzda qatnashishdi.

Yosh “samuraylar” “Sulaymon too” musobaqasida 4 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza, jami 8 ta medal qoʻlga kiritishdi.

🇺🇿🥋“Samuray” klubi gʻolib va sovrindorlari:

🥇Oltin medal

-46 kg: Maqsad Mavlonberdiyev
-48 kg: Jasmina Tojaliyeva
-57 kg: Anjelika Moʻminova
-81 kg: Vitaliy Li

🥈Kumush medal

-55 kg: Abduvali Turgʻunov

🥉Bronza medal

-55 kg: Mirafzal Mirxoliqov
-60 kg: Rauan Saparov
-63 kg: Nasiba Rustamova

✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

28 Oct, 18:38


🇺🇿🥋28-oktyabr "Xalqaro dzyudo kuni"ning yorqin lahzalari...

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

28 Oct, 17:47


🇺🇿🥋Jizzax viloyatida ham Xalqaro dzyudo kuni nishonlandi

Butun dunyoda 28-oktabr "Xalqaro dzyudo kuni" sifatida keng nishonlandi. Shu munosabat bilan jizzaxlik dzyudochilar ham ushbu bayramni tantana qilishdi.

Tadbir davomida viloyatning turli yoshdagi dzyudochilari o‘rtasida musobaqa tashkil etilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi...

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

28 Oct, 17:41


🇺🇿🥋Buxoroda Xalqaro dzyudo kuniga bag'ishlab o'tkazilgan bayram tadbiriga viloyat hokimi Botir Zaripovning shaxsan o'zi kelgani u kishining dzyudoga befarq emasligidan dalolat...

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

28 Oct, 17:29


🇺🇿🥋Xalqaro dzyudo kuni muborak!

Maʼlumki, har yili 28-oktyabr kuni butun kurrai zaminimizda Xalqaro dzyudo kuni keng nishonlanadi.

Dzyudo asoschisi Dzigoro Kano aynan shu sanada dunyoga kelgan. Har yili shu sana munosabati bilan Xalqaro dzyudo federatsiyasiga a’zo 5 qit’aning 200 ga yaqin mamlakati, shu jumladan O‘zbekistonda ham o‘ziga xos dzyudo bayrami keng tantana qilinadi.

Biroz avval O'zbekiston dzyudo federatsiyasining Buxoro viloyati bo'limi dzyudo tomonidan katta bayram tadbiri o'tkazildi. Unda sport faxriylari, dzyudochilar, ularning murabbiylari ishtirok etishdi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov yil davomida yaxshi natija ko‘rsatgan dzyudochilar, murabbiylar hamda sport faxriylarini munosib taqdirladi. Ularni bugungi dzyudo bayrami bilan qutladi.

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

27 Oct, 09:39


🇺🇿Diyora Keldiyorova barcha yurtdoshlarimizni saylovda faol qatnashishga chorlamoqda!

Оbuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

27 Oct, 07:04


🇺🇿🥇Olimpiya o’yinlari chempioni Diyora Keldiyorova poytaxtimizning Yakkasaroy tumani, “Damariq”MFYda joylashgan 547-saylov uchastkasida o`zi munosib ko`rgan nomzodga ovoz berdi...

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

27 Oct, 06:40


🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, bugungi Parlament saylovida ovoz berdi...

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

26 Oct, 06:42


🇺🇿🥋Ishchi guruh Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziluvchi Fargʻonadagi arenada boʻldi

Shu kunlarda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi qoshidagi maxsus ishchi guruh Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi.

Xabaringiz bor, 8-10-noyabr kunlari Fargʻona shahri oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi. Federatsiyaning viloyatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Baxtiyor Yoʻldoshev hamda masʼul xodim Akmal Ismoilov mamlakat birinchiligi oʻtkaziluvchi “Samo” sport majmuasi bilan yaqindan tanishishdi. Ularga Federatsiyaning Fargʻona viloyati boʻlimi xodimlari hamrohlik qilishyapti.

Masʼullar oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatini yuqori saviyada oʻtkazish, ishtirokchilarni kutib olish, joylashtirish kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Оbuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

25 Oct, 15:08


🇺🇿🥋🥇🥈🥉Nukus shahrida dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasida Qoraqalpog`iston Respublikasi chempionati bo`lib o`tdi. Jami 14 vazn toifasida tashkil etilgan ushbu musobaqa O‘zbekiston chempionatiga saralash bosqich vazifasini o`tab berdi. Yakunda g'olib va sovrindorlar taqdirlandi...

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

25 Oct, 13:41


🇺🇿🥋🥇Termiz shahrida mamlakat birinchiligiga saralash bosqich vazifasini o`tab bergan Surxondaryo viloyati chempionati yakunlandi. G`olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida xalqaro toifadagi referi, tajribali murabbiy Rustem Ametov hamda Surxondaryo viloyati terma jamoasi murabbiyi Sharofiddin Lutfullayev ishtirok etdi...

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

25 Oct, 13:25


🇺🇿🥋Bugun Navoiy viloyatida ham kattalar o`rtasidagi O`zbekiston chempionatiga saralash bahslari o`tkazishdi. Biroz avval yakuniga yetgan viloyat chempionatida jami 14 ta vazn toifasi bellashuvlar tashkil etilib, g`olib va sovrindorlar aniqlandi...

Оbuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

25 Oct, 13:04


🇺🇿🥋Kattalar o`rtasidagi bo`lajak O`zbekiston chempionatiga saralash bahslari Namanganda ham murosasiz kurashlar ostida o`tkazildi...

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

22 Oct, 10:42


📹"SPORT" telekanalining "NIGOH" tahliliy dasturi ijodkorlari poytaxtimiz mezbonligida bo'lib o'tgan Harbiylar o`rtasidagi 42-Jahon chempionati yakunlari haqida ko`rsatuv tayyorlashdi...

🤲E`tibor uchun tashakkur!!!

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

21 Oct, 12:42


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Judo Uz

21 Oct, 07:11


📹"YOSHLAR" telekanalining informatsion dasturi ijodkorlari poytaxtimizda bo'lib o'tgan Harbiylar o`rtasidagi 42-Jahon chempionati yakunlari haqida lavha tayyorlashdi...

🤲E`tibor uchun tashakkur!!!

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

21 Oct, 05:45


🇺🇿🥋Urganch Dzyudo sport mahorat maktabida til bayrami nishonlandi

Urganch Dzyudo sport mahorat maktabida 21-oktabr - O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bagishlab "Ona tilim - sarchashmangdan sarxush dilim" deb nomlangan adabiy kecha o`tkazildi.

Unda maktabning 9 "A" sinf sportchi-o`quvchilari tomonidan ona tilimizga bag`ishlangan sheʼrlar, jozibali raqslar, sahna ko`rinishlari taqdim etildi. Bu kabi tadbirlarni o`tkazish yoshlarimizni ona tilimiz hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Yoshlarimizning bo`sh vaqtlaridan unumli foydalangan holda sportdan tashqari vaqtda bilimlarini oshirishga yordam beradi.

Оbuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

21 Oct, 01:41


🇺🇿🇺🇿21-oktabr - Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

🇺🇿Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga bugun roppa-rosa 35 yil toʻldi.

1989-yil 21-oktabrda Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi Oʻzbekiston uchun Mustaqillik sari qoʻyilgan dastlabki qadam boʻlgandi. Aynan shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi.

Til insonlarning nafaqat oʻzaro aloqa vositasi, balki maʼnaviyati, maʼrifati hamdir. Oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz, mustaqil davlatimiz timsolidir.

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi yurtdoshlarimizni oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻlishi munosabati bilan muborakbod etadi.

✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Оbuna bo'ling👉
Telegram

Judo Uz

20 Oct, 13:08


📹"SEVIMLI" telekanalining "ZAMON" informatsion dasturi ijodkorlari poytaxtimizda bo'lib o'tgan Harbiylar o`rtasidagi 42-Jahon chempionatining so'nggi kuni haqida lavha tayyorlashdi...

🤲E`tibor uchun tashakkur!!!

Оbuna bo'ling👉 Telegram

Judo Uz

20 Oct, 07:53


🇺🇿📚✏️Urganch dzyudo sport mahorati maktabi sportchi o`quvchilariga ingliz tili fanidan o`tilayotgan "Project" darsidan lavha...

Obuna boʻling👉 Telegram

Judo Uz

20 Oct, 06:31


🇺🇿🥋📹Tarixda ilk bor poytaxtimiz mezbonligida o'tkazilgan Harbiylar o‘rtasidagi 42-Jahon chempionatining chiroyli, fayzli, tomoshabop o`tishiga uch kun davomida "Yunusobod" sport majmuasini to`ldirib o`tirgan muxlislar ham katta ulush qo`shishdi...

Obuna boʻling👉
Telegram

Judo Uz

20 Oct, 06:05


🇺🇿🥋Nukusda Oʻzbekiston chempionati uchun saralash musobaqasi oʻtkazildi

Nukus shahrida dzyudo boʻyicha 2009-2010-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Qoraqalpog`iston Respublikasi chempionati oʻtkazildi.

Ushbu musobaqa 8-10-noyabr kunlari Fargʻona shahrida tashkil etiladigan shu yosh toifasidagi Oʻzbekiston chempionatiga saralash vazifasini oʻtab berdi.

Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonida medal va diplom bilan taqdirlanish barobarida mamlakat birinchiligida Qoraqalpog`iston sharafini himoya qilish huquqini ham qoʻlga kiritishdi.

Obuna boʻling👉 Telegram