SHIFOKOR RETSEPTI @shifokor_retsepti Channel on Telegram

SHIFOKOR RETSEPTI

@shifokor_retsepti


“Эрталаб турганингда уммат ғамида, сенга юклатилган шарафли касб(тиб) муоммоси ҳақида уйғонмайдиган бўлсанг. Бир умр уйғонмай ўтавер! Энг ёмони “менга нима дейишлик”, бефарқ бўлиш. Тирик мурдани ўликдан фарқи йўқ!”

SHIFOKOR RETSEPTI (Uzbek)

SHIFOKOR RETSEPTI Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda davlatimizning eng mashhur shifokorlarining, tibbiyotchilarining va kasallarining o'zlarining tajribalarini, so'nggi usullarini va fikrlarini topishingiz mumkin. Agar sizga tibbiyot va sog'liqni saqlash bo'yicha yangiliklar, qiziqarli maqolalar va savollar bo'lsa, Shifokor Retsepti kanali siz uchun. Kanalda sizning tibbiyot so'ralaringizga javob topishingiz, yangi narsalar o'rganishingiz va o'z sog'liqingizni saqlashda yordam olishingiz mumkin. Shifokor Retsepti bilan birga, sog'likda yangilanishlar va muntazamlikni o'rgangan bo'lishingiz mumkin! Iltimos, kanalga obuna bo'ling va tibbiyot so'ralaringizga javob toping! Sizni Shifokor Retsepti kanalimizda ko'rishni kutib qolamiz!

SHIFOKOR RETSEPTI

07 Nov, 05:35


#UASH

⚡️Magniy B 6 :

▶️DORI SHAKLI : tabletka

▶️TARKIBI :
->>Faol moddalar: magniy laktat digidrati – 470 mg, piridoksin gidroxloridi – 5 mg
->>Yordamchi moddalar: saxaroza, ogʻir kaolin, akatsiya yelimi, karboksipolimetilen 934, talk (magniy gidroksilikati), magniy stearati, karnaub mumi (kukun), titan dioksidi.
Tabletkadagi magniy (Mg2+) ning umumiy miqdori 48 mg (1,97 mmol) ni tashkil qiladi.

▶️TA'SIRIGA KO'RA :
->>Vitamin mineralli majmua

▶️TA'SIR QILISHI:
Magniy asosan xujayra ichki kationi hisoblanadi. U neyronlarning qoʻzgʻaluvchanligini va qoʻzg'alishni nerv-mushak boʻylab oʻtkazilishini pasaytiradi, Koʻpchilik fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi. Magniy aʼzolar va toʻqimalarning muhim elementi hisoblanadi: suyak toʻqimasida odam organizmidagi magniyning umumiy miqdorini yarmi saqlanadi.

▶️QO'LLANILISHI :
 -- Asabiylik, taʼsirchanlik, kuchsiz xavotirlik, oʻtkinchi toliqish, uyquni biroz buzilishida .
– Meʼda-ichak spazmlari, yurakni tez-tez urishi (sogʻlom yurakda) shaklidagi bezovtalik koʻrinishlarida.
– Mushak tirishishlari, sanchilish hissi bo'lganda.
-- Epilepsiya xurujidan keyingi holatlarda qo'llash mumkin. 
-- Magniy organizmda yetishmovchiligida qo'llash mumkin.
-- Uyqusizlikda qabul qilish yaxshi samara beradi.

▶️QABUL QILISH DOZASI:
Kattalar kuniga 2 - 3 tabletka qabul qilishlari mumkin. Maksimal qabul qilish kunlik dozasi 6 - 8 tabletkagacha .
6 yoshdan kichkina bo'lgan bolalarga magniy preparatini qabul qilish mumkin emas.

▶️NOJO'YA TA'SIRI:
-- Teri reaksiyalari va biroz holsizlik.
-- Qon bosimini tushishi kuzatilishi mumkin.

QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR:

-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda.
-- Organizmda magniy moddasi oshib ketganda mumkin emas.
-- 6 yoshdan kichik bo'lgan bolalarga mumkin emas.
-- Kalsiy va fosfor preparatlari bilan bir vaqtda mumkin emas.
-- Emizish davrida mumkin emas.
-- Qon bosimi past holatlarda mumkin emas.
-- Diareya holatlarida mumkin emas.

Shuningdek, Magniy B 6 ni suyuq shakli ham bor.
Magniy B 6 ni homiladorlik davrida qabul qilish mumkin. Lekin emizish davrida qabul qilish buyurilmaydi. 
Magniy B6 ni kalsiy va fosfor preparati bilan bir vaqtda qabul qilish kerakmas , sababi magniyni ichaklardan so'rilishini kamaytiradi.
Magniy B 6 va magniy tarkibli preparatlar qon bosimini tushiradi. Shu sabab qon bosimi past bo'lganda mumkin emas. 
Magniy B 6 preparatini qabul qilish davomiyligi 1 oy. Undan keyin orada ancha tanaffus qilib qo'llagan ma'qul. Sababi organizmda magniy ko'payib ketishi ham yaxshi emas .
Muskullar titrashi ham magniy yetishmovchiligi sabab kuzatilishi mumkin.
Mg yetishmovchiligi kaliy miqdorini pasayishiga olib keladi, bu o‘z navbatida yurak ishiga ta’sir qiladi va yurak ritmi kamayadi.
Mg yetishmovchiligi ta’sirida odamda kayfiyat tushib ketadi, depressiya ko‘proq moyillik paydo bo‘ladi.
Magniy B 6 va magniy tarkibli preparatlarni spazmolitik vosita sifatida homiladorlikda buyurish mumkin.
Magniy organizmda kamaysa bosh og'rig'i, uyqusizlik, ishtaha pasayishi , tomir tortishishi , qabziyat va qorin dam bo'lishi kabi holatlar kuzatiladi.
Magniy B 6 ni va magniy tarkibli preparatlar ichni surish xususiyatiga ega. Shu sabab qorin dam bo'lganda va qabziyatda qabul qilish mumkin. Lekin diareyada qabul qilish buyurilmaydi. 
Magniy preparatlari yana yurak qon tomir tizimiga yaxshi ta'sir qiladi. Tomirlarda qon ivib , tromb hosil bo'lishini oldini oladi ma'lum miqdorda. 

👉 @shifokor_retsepti

SHIFOKOR RETSEPTI

14 Oct, 18:25


Тоифа буйича таёрлов курсларига уланиш учун админларга ёзинг!(таёрлов пуллик)

Мурожаат
@dr_iqro ёки @matluba4045

Админларга ёзиб маълумот олишингиз мумкин!

SHIFOKOR RETSEPTI

13 Oct, 04:31


Акушер дояларни тоифа имтихонга таёрлаймиз 👇

🔴 Қисқа лўнда жавоблар
🟠 Малакали устоз дарслари
🟡 Кундузи тест кечки пайт оғзаки имтихон учун таёрлов
🟢 Тоифа саволларига аудио кўринишда жавоблар

Таёрлов курсига уланиш учун @dr_iqro ёки @matluba4045 гача ёзинг!

Курс давомийлиги 31-декабрьгача

Фақат 15 октбярьгача 150 минг сўм емас балки 120 минг сўмдан курсга уланишингиз мумкин!

Малол келмаса барчага тарқатиб қўйинг!

👩‍🚀 https://t.me/toifa_javoblari

SHIFOKOR RETSEPTI

11 Oct, 16:53


Хамшираларни олий тоифа буйича қичқа муддатда тоифа имтихонига таёрлаймиз. Гуруҳда индивидуал шуғулланилади! Хар куни 4-5 соат дарс бўлиб ўтади! Мурожаат учун @dr_iqro ёки @matluba4045 га ёзинг! Админларга "тезкор гуруҳ" деб ёзинг!

Малакали устоз томонидан дарс берилади. Таёрлов пуллик Агар биринчи дарс сизга ёқмаса тўловингиз қайтарилади! Шу хабарни малол келмаса барчага тарқатиб қўйинглар!

SHIFOKOR RETSEPTI

09 Oct, 02:48


Тиббиёт муассасалари ҳодимлари учун тестлар ташаладиган гуруҳга уланиб олинг 👇👇👇

https://t.me/tibbiyot_testlari

SHIFOKOR RETSEPTI

03 Oct, 19:56


Ko'zni svarka olganda qanday dorilardan foydalansak bo'ladi ??

👁Tetrasiklin 1 % li mazi kechasi ko'zga qo'yib yotamiz .

👁Oftagel 0,25 %  dori vositasidan foydalanamiz .

👁Korneregel 5 % dori vositasidan foydalanamiz .


🔷Gohida 0,5 % li novokain tomizishadi , ko'pchilik. Novokainni birinchi kuni 3 mahal tomizishimiz mumkin. Lekin 2 chi  kuni va boshqa kunlari novokainni ko'zni svarka olganda  tomizishni tavsiya qilmaymiz

@shifokor_retsepti

SHIFOKOR RETSEPTI

03 Aug, 05:11


Болаларнинг тишлар чиқаётганда қўлланиладиган воситалар:

• Калгел
• Холисал
• Дентокинд
• Бейби доктор
• Лидент бэби
• Дантинорм

SHIFOKOR RETSEPTI

03 Aug, 05:10


Ошқозон оғриғида қўлланиладиган воситалар

•Дротаверин
•Но-шпа
•Дюспаталин
•Галидор
•Итомед
•Тримедат
•Бускопан

SHIFOKOR RETSEPTI

17 Jul, 18:44


◽️ Флуказанол

🍄 Замбуруғларга қарши восита. Синовдан ўтган ва тасири тасдиқланган.

〽️ Kўрсатмалар:

• кандидоз;
• генитал кандидоз;
• хар хил қичишишлар;
• оёқ терлаши;
• микозлар;

♻️ Антибиотиклар билан хам берилади. Сабаби антибиотиклар асорати сифатида замбуруғлар ривожланиб кетиши мумкин.

SHIFOKOR RETSEPTI

17 Jul, 18:43


🌱 ЛАКТОФИЛЬТРУМ 🌱

👩‍⚕️ Фармакотерапевтик гуруҳи: энтеросорбент восита.

📝 Қўлланилиши:
Ичак микрофлорасини бузилиши;
антибиотикотерапия натижасидаги; таъсирланган ичак синдромини, гепатитлар ва жигар циррозини, аллергик касалликларни (атопик дерматит, эшакеми) мажмуавий даволаш учун қўлланади.

📖 Қўллаш усули ва дозалари:
Катталар ва 12 ёшгача 2-3 таб×3 махал
8-12 ёшгача 1-2 таб×3 махал;
3-7 ёшгача 1 таб×3 махал;
1-3 ёшгача 1/2 таб×3 махал;
Даволаш курси шртача 2-3 хафта.

⛔️ Қўллаш мумкин бўлмаган ҳолатлар: ичак тутилиши, меъда-ичакдан қон кетишлари, галактоземия. Препартни меъда ва ўн икки бармоқ ичак яра касаллигини зўрайишида, ичак атониясида ишлатиш мақсадга
мувофиқ эмас.

SHIFOKOR RETSEPTI

14 Jul, 15:00


Товон ёрилишига самарали малхам

Биринчи ўринда оёқларингизни яхшилаб ювинг.

Малхам тайёрлаш: бунинг учун битта идишга глицерин ва периксдан ўзини қопқоғида 3 тадан солинг. Бинтдан озгина ўрам олиб тайёрланган эритмага шимдириб оёқнинг ёрилган жойларига қўйинг. Устидан биринчи пакет ва пайпоқ кийинг. Боғлам камида 3 соат туриши керак. Натижасини 3-4 кунда кўрасиз.

👉 @shifokor_retsepti

SHIFOKOR RETSEPTI

14 Jul, 02:45


Жигарни хар хил зарарли моддалардан тозалашда ёрдам берувчи дори воситалари

•Антраль
•Гептрал
•Карсил
•Овесол
•Берлитион
•Фосфоглив
•Эссенциале
•Бонжигар

Шифокор маслахати ва назорати остида қабул қилинг!

@shifokor_retsepti

SHIFOKOR RETSEPTI

12 Jul, 19:42


Хомиладорликдаги варикозни қандай даволаш мумкин?
Гинеколоклар томонидан кўп тавсия қилинадиган самарали восита.

💊 ФЛЕБОДИА 600 💊

📋Қўлланилиши:
оёқларнинг лимфа-веноз етишмовчилиги аломатларини (оёқларда оғирлик ва чарчоқни хис қилиш, оғриқ) бартараф қилиш учун;
микроциркуляциянинг бузилишида қўшимча даволаниш;
ўткир геморройни симптоматик даволашда қўлланади.

📝Қўллаш усули ва дозалари:
Варикозда 1 таб эрталаб нонуштагача.
Геморройда 2-3 таб суткада овқат пайтида 7 кун.

@shifokor_retsepti

SHIFOKOR RETSEPTI

17 Jun, 02:26


Channel name was changed to «Shifokor retsepti»

SHIFOKOR RETSEPTI

26 Mar, 23:42


HECH KIM SIZGA ISHONMASA HAM, SIZ OʻZINGIZGA ISHONING...

Assalomu aleykum qadri baland qadrli obunachilar. Barchangizga bugungi tong xayrli va fayzli boʻlsin!!!

Tutgan roʻzangiz qilgan ibodatingiz ijobat boʻlib ALLOHIM barchangizni oʻz jannati bilan MUKOFOTLASIN!!!

💊🩺 @doktor_blogi🩺💊

SHIFOKOR RETSEPTI

19 Mar, 00:48


Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi:

I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l);
II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l);
III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l);
IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l);
V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l). 

Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14 kunigacha yo'qolib ketishi lozim.

💊🩺 @DOKTOR_BLOGI 🩺💊

SHIFOKOR RETSEPTI

18 Mar, 00:16


Arterial qon gazlar tahlili uchun qon olish texnikasi.

💊🩺 @DOKTOR_BLOGI 🩺💊

SHIFOKOR RETSEPTI

16 Mar, 00:29


Gipertenziya va gipertoniya

📝Gipertenziya (giper... va lot. tensio — kuchayish) — qon tomirlari, organizm kovak aʼzolari, boʻshliqlari va toʻqimalarda gidrostatik bosimning ortishini anglatuvchi umumiy tushuncha.

📝Gipertoniya – odamlarda koʻp uchraydigan (75% gacha) arterial qon bosimining oshishi.

💊🩺 @DOKTOR_BLOGI 🩺💊

SHIFOKOR RETSEPTI

12 Mar, 04:11


💧Odam organizmi 70% suvdan iborat.

👩‍💼ayolning tanasida u 50-55% ni tashkil qiladi.

🤵‍♂erkakda tana vaznining 60-65% ni egallaydi.

👶 chaqaloqlarda esa bu ko'rsatkich 65-75% ni tashkil qiladi.

💧Tanamizdagi suyuqlik turli xil shakllarga ega.Masalan: Qon, likvor suyuqligi, limfa, interstitsial suyuqlik, shilliq va ha kazo.

💊🩺 @DOKTOR_BLOGI 🩺💊

SHIFOKOR RETSEPTI

11 Mar, 00:13


Ro'za tutishning inson organizmiga bo'lgan foydasi...

💊🩺 @DOKTOR_BLOGI 🩺💊

SHIFOKOR RETSEPTI

09 Mar, 12:36


Uyda stomatitni qanday davolash mumkin?

https://t.me/toifa_javoblari

Stomatit - og'iz bo'shlig'ining yallig'lanishi bo'lib, ichki organlarning shikastlanishi, infektsiyalari va kasalliklari tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Stomatitni uy sharoitida davolash.

1 choy qoshiq vodorod periksni 1 stakan suvga aralashtirib, og‘zingizni chaying.

Har ovqatdan keyin og'zingizni 1 osh qoshiq asal va 1 osh qoshiq limon sharbati bilan 1 stakan qaynatilgan qaynoq suv bilan chaying.

1 osh qoshiq dengiz tuzini 1 stakan suvda eritib, ovqatdan so‘ng bir vaqtda qo‘llang.

💊 🩺 @DOKTOR_BLOGI 🩺💊
💊🩺 @SHIFOKOR_RETSEPTI 🩺💊

1,090

subscribers

101

photos

24

videos