Termiz tumani hokimligi @termiztumanhokimligi Channel on Telegram

Termiz tumani hokimligi

@termiztumanhokimligi


Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot

Termiz tumani hokimligi (Uzbek)

Termiz tumani hokimligi rasmiy axborot kanali sizga yagona ma'lumotlar beradi. Bu kanal Termiz tumani hokimligi tomonidan olib boriladigan yangiliklar va ishtirok etiladigan tadbirlar haqida ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Termiz tumani hokimligi kanali orqali siz hozirgi vaqtda Termiz tumani bilan bog'liq yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Agar siz Termiz tumani hokimligining faoliyatiga qiziqqan bo'lsangiz, ularning rasmiy veb saytiga, Facebook va Twitter sahifalariga ham tashrif buyurishingiz mumkin. Telegram kanaliga obuna bo'lib, eng so'nggi yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'lib qolishingiz mumkin. Murojaat uchun ham kanalda ma'lumotlar berilgan, shuningdek @termizt_hokimga_Murojaat_bot orqali ham savollaringizga javob olishingiz mumkin. Termiz tumani hokimligi kanali sizni Termiz tumani hokimligi faoliyati bilan yaqinroq tanishtiradi va ularning faoliyatiga qiziqishni oshiradi. Obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Termiz tumani hokimligi

11 Feb, 17:26


📹 Hududlarda qishloq xo‘jaligi loyihalari va texnikalarni mavsumga tayyorlash ishlari bilan tanishildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

11 Feb, 15:02


Qahramon mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, muammolarini hal etish hamda takliflarini tinglash maqsadida sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda. Shu maqsadda, Termiz tumani Shuhrat Nazarovning navbatdagi sayyor qabuli Qahramon mahallasida tashkil etildi.

Qabulda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi. Unda yigirmaga yaqin murojaat qabul qilinib, ularning asosiy qismini kommunal xizmatlar, ijtimoiy yordam, bandlik va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Ijrosi ma’lum vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar mutasaddilarga aniq muddatlar belgilagan holda yo‘naltirildi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish va infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida bu kabi sayyor qabullar muntazam ravishda tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

11 Feb, 14:11


Termizdagi Xalqaro transport-logistika xabiga BMTning yangi maqomi berildi

Bugun Termizda joylashgan Xalqaro transport-logistika xabiga BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Global ta’minot tarmog‘i maqomini berishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, BMT vakolatxonasi, Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining hududiy ofisi va uning Afg‘oniston bo‘limi mutasaddilari, Surxondaryo viloyati hokimligi, Chegara qo‘shinlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Marosimda so‘z olganlar Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda BMT va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning Afg‘oniston hamda boshqa mamlakatlarga gumanitar yordamini markazlashgan, tizimli, maqsadli yetkazilishini ta’minlash uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi.

Xabdan gumanitar yordam ko‘rsatish uchun foydalanayotgan manfaatdor xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlat vakillariga barcha sharoit yaratilgan. Uning BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Global ta’minot tarmog‘iga kiritilishi bu boradagi ishlarni yanada samarali yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/686991

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

11 Feb, 13:43


📢 G'oyasi bor lekin, loyihaga aylantira olmayotgan iqtidorli talaba-yoshlar va tadbirkorlar diqqatiga

"INNOX" biznes inkubator va akseleratsiya dasturi yoshlar uchun o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va ulkan yutuqlarga erishish yo‘lida noyob platforma bo‘lib, kelajakda ularning muvaffaqiyatli innovatorlarga aylanishiga ko‘mak beradi.

🏢 Termiz yoshlar texnoparki davlat muassasida "INNOX" biznes inkubator va akseleratsiya dasturi doirasida yoshlarga innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalarni yaratishda keng imkoniyatlar taqdim etiladi.

🧑🏼‍💻Qabul jarayoni 25-fevralgacha davom etadi

💻Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.

📲Murojaat uchun telefon:
+99890 521 0011.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

11 Feb, 11:33


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugungi hududlarga tashrifini Termiz tumanidan boshlab, o‘tgan hafta o‘tkazilgan onlayn formatdagi tadbirkorlar qabulida murojaat qilgan tadbirkorning muammolarini joyida o‘rgandi. Mutasaddilarga tadbirkorga ko‘mak ko‘rsatish vazifalari topshirildi.

Shuningdek, tumanning "Surxon Xalqobod" hududida "Ravno grow" MCHJ tomonidan 165 gektar maydonda qiymati 32 mlrd so‘m bo‘lgan sanoatlashgan bog‘ tashkil etish loyihasi bilan tanishildi. Viloyat rahbariga bog‘ uchun xorijdan keltirilgan ko‘chatlar hamda amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Shundan so‘ng, Termiz, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarida 2025-yil g‘alla o‘rim-yig‘imi hamda bahorgi dala ishlari mavsumiga kombayn va texnikalarni tayyorlash ishlari bilan tanishildi. Xususan, Qumqo‘rg‘onda Xitoydan yangi keltirilgan texnikalar ko‘zdan kechirildi. Texnikalarning afzalligi va samaradorligi yuzasidan xitoylik mutaxassislar ma’lumot berdi. Qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va tumanlar mas’ullari ishtirokida seminar o‘tkazilib, texnikalarni mavsumga puxta tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida "Amu-Surxon" irrigatsiya tarmoqlari havza boshqarmasiga qarashli nasos stansiyalarining mavjud holati va ish jarayonlari bilan tanishdi hamda muammolarini o‘rgandi. Dasturga asosan nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish tadbirlarini boshlash vazifasi topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

27 Jan, 13:57


O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi Termiz tumanida amalga oshirilayotgan ekologiya va innovatsion loyihalar bilan tanishdi

Bugun, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Xamzayev Termiz tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tumanda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, innovatsion loyihalar va kelgusi rejalar o‘rganildi.

Tashrif doirasida tuman hokimligida mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, bu boradagi kelgusi rejalar va chora-tadbirlar belgilab olindi. Ekologik partiya raisiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ra’no Astanakulova hamrohlik qildi.

Dastur doirasida "Olis osmon" MCHJ ishlab chiqarish korxonasi hududida quyosh panellari o‘rnatish loyihasi o‘rganildi hamda "Namuna Elegant agro" MCHJda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va issiqxonachilik faoliyati bilan tanishildi. Bunda tomorqadan samarali foydalanish orqali aholi bandligini ta’minlash tashabbuslari o‘rganildi.

Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, "Yangi O‘zbekiston" bog‘i hududida daraxt va buta ko‘chatlari ekish, "yashil" maydonlar yaratish ishlarining holati tahlil qilindi. Abdushukur Xamzayev mas’ullarga ekologiyani muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi.

Tashrif yakunida "Orol" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida nuroniylar va mahalliy faollar bilan muloqot qilindi, shuningdek, mahallalarda tomorqalardan foydalanish va issiqxonachilik tajribalari o‘rganildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

26 Jan, 11:31


Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ekologik toza hayot qurish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida har yili "Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur loyiha doirasida viloyatimizda ham qator amaliy ishlar, turli bog‘lar, "yashil" belbog‘lar yaratilmoqda.

Bugun mazkur tashabbus doirasida Angor tumanida joylashgan "Farovon sifat Surxon" MCHJ tomonidan yaratilayotgan 3 gektarlik bog‘iga daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va mutasaddilar, shuningdek, onlayn formatda shahar va tumanlardagi 337 ta "zapravka"lar masʼullari hamda 724 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari ishtirok etdi.

Viloyat rahbari mazkur tashabbus uchun tadbirkorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, yaratilgan bog‘ kelgusida ularning o‘zlariga qolishini, bu ezgu ish bilan ekologiya musaffoligini asrashga bebaho hissa qo‘shayotganliklarini ta’kidladi.

Shuningdek, viloyatdagi har bir mahallaning "Mahalla byudjeti"da shakllangan mablag‘lari hisobidan kam ta’minlangan oila xonadonlarida ko‘chat ekish tadbirlariga ham start berildi. Bu ishlarni namunali tashkil etish maqsadida kelgusi haftada ushbu formatdagi keng ko‘lamli tadbir qayta o‘tkazilishi belgilandi. Viloyat rahbari hududdagi xonadonlarning birida yoshlar bilan mevali daraxt ko‘chatlari ekdi.

Shundan so‘ng, avtomobil yo‘llari bo‘yiga ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish va parvarishlash ishlari bilan tanishdi. Mutasaddilar bilan Sherobod tumanida joylashgan Iso at-Termiziy majmuasidan M39 xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘ylab, Sherobod, Muzrabot, Angor va Termiz tumanlari hamda Termiz shahrigacha bo‘lgan yo‘lbo‘yi hududlarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tashkil etilgan "yashil" belbog‘lar parvarishi, dalalarda qishloq xo‘jaligi ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Eslatib o‘tamiz, kuni-kecha viloyat rahbari Termiz shahridan Uzun tumanigacha poyezdda borib, temir yo‘l atrofida joylashgan mahallalar, qishloq xo‘jaligi maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

22 Jan, 12:59


Termiz tumanida turar joylar qurilishi va oilaviy bolalar uyi faoliyati bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati prokurori Baxtiyar Babadjanov bugun Termiz tumaniga tashrif buyurib, "Yangiobod" mahallasida umumiy 55,5 gektar maydonda barpo etilayotgan, jumladan, 28,5 gektarlik "Yangi O‘zbekiston" massivi va 27 gektarlik "Yangi O‘zbekiston" bog‘i qurilishi bilan tanishdi. Massivda 6 ming 280 xonadonga mo‘ljallangan 74 ta ko‘p qavatli uy-joy, ijtimoiy soha va tadbirkorlik obyektlari, shuningdek, yirik bog‘ va amfiteatr barpo etilmoqda.

Tuman mutasaddilari va qurilish sohasi mas’ullari loyihaning borishi, hududda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan axborot berdi. Viloyat prokurori qurilish ishlari sifatini doimiy nazorat qilish, shaharsozlik normalari asosida amalga oshirish, birinchi navbatda sifatga e’tibor qaratish vazifalarini topshirdi.

Shundan so‘ng, tumanning "Sharof Rashidov" mahallasida joylashgan 1-sonli oilaviy bolalar uyi faoliyati bilan tanishildi. Mazkur xonadonda 6 nafar bolalar oila tarbiyasiga olingan bo‘lib, ularning yashashi va oila tarbiyasida voyaga yetishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Viloyat prokurori bolalar bilan suhbatlashib, ularga sovg‘alar topshirdi. Shuningdek, mutasaddilarga oilaviy bolalar uyi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda zarur ko‘maklar ko‘rsatish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

21 Jan, 15:26


Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, Termiz shahrining "Tuproqqo‘rg‘on" va "O‘zbekiston" mahallalarida infratuzilma holati, obodonlashtirish ishlari hamda avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi.

Shahar rahbarlari hamda mahallalar "yettiligi" amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash uchun rejalashtirilgan loyihalarni taqdimot qildi.

Mutasaddilarga yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash, piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda noqonuniy qurilishlar, infrastrukturaga ziyon yetkazgan qazish ishlarini bartaraf etish hamda ushbu holatlarni sodir yetganlarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng, Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlarga asosan tadbirkorlar bilan muloqot qilish va muammolarini o‘rganish maqsadida Termiz tumanida joylashgan "Termez National Carpets" MCHJning gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurildi. Tadbirkorlar bilan faoliyatidagi mavjud muammolar tinglandi hamda mutasaddilarga ularni hal etish, korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

19 Jan, 14:21


#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi

❗️Mudofaa vazirligi ogohlikka chaqiradi

🔴 https://youtu.be/LM2l1NaKN_I

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

18 Jan, 12:26


Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi bolalar bilan ishlash bo‘limi Termiz tumani inspektor-psixologlari tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Jumladan, navbatdagi tadbir Termiz tumani 31-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga "Sovuq qurol va sovuq qurol sifatida foydalanish"ning salbiy oqibatlari, qonunchilikda belgilangan huquqiy javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bunday vositalardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan jinoyatlar va ularning jamiyatga ta’siri haqida batafsil ma’lumot yetkazildi.

O‘quvchilar bilan ochiq muloqotda ularga huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan savol-javoblar o‘tkazildi. Mazkur targ‘ibot ishlari yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

18 Jan, 08:10


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati is gazining zarari haqida navbatdagi videorolikni tayyorladi. Is gazi to‘g‘risida iloji boricha ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling. Tavsiyalar ushbu videorolikda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

17 Jan, 06:52


📢 Startup Garage endi Termizda!

🗓 Ertaga, 18-yanvar kuni soat 10:00da Startup Garage'ning Surxondaryo viloyati Termiz filialining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Marosim dasturidan:
🔘Startup Garage tomonidan startaplarga yaratiladigan imkoniyatlar va ko'rsatiladigan xizmatlar taqdimoti;
🔘AloqaVentures vakillari tomonidan investitsiya jalb qilish imkoniyatlari va hamkorlik shartlari bo'yicha ma'lumotlar;
🔘Muvaffaqiyatga erishgan startap asoschilarining tajriba almashinuvi;
🔘Startup Garage rezidenti bo'lishni istagan startaplar uchun pitch sessiyasi;
🔘Soha mutaxassislari, startaplar, tadbirkorlar va mehmonlar bilan networking o‘rin olgan.

🔗Tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: http://startupgarage.uz/surxondaryo

🔗Startap loyihangiz bilan qatnashmoqchimisiz ariza topshiring: https://startupgarage.uz/apply

📍Manzil: Surxondaryo IT Park filiali, Termiz shahri, Al-Hakim at-Termiziy koʻchasi, 28V.

📍Geolokatsiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

17 Jan, 05:45


Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatini ko‘rsatishda muhim

O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan davlat fuqarolik xizmatchilarini xabardor qilib borish maqsadida har hafta juma kunlari siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Bugungi o‘quv soatida ham Termiz tumani hokimligi apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy hamda “Mahalladan gapiramiz”, “Mutolaa vaqti” ruknlaridan iborat videolavhani tomosha qilishdi.

Mazkur o‘quv soati Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, to‘liq shaklda ilm.argos.uz platformasi hamda You tube`dagi ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

16 Jan, 13:22


“Tashabbusli budjet” jarayonida ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Qarorga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” doirasida ijtimoiy loyihalarga ko‘proq e’tibor qaratish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni moliyalashtirish maqsadida:

1️⃣ moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining “Tashabbusli budjet” jarayonlaridagi ishtiroki cheklanishi;

2️⃣ “Tashabbusli budjet” doirasida barcha turdagi avtomobillar, rahbar xodimlar uchun mebel jihozlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari va boshqalar)ni xarid qilish taqiqlanishi belgilandi.

Qarorning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

16 Jan, 12:34


Prezidentimiz investitsiya va bozorlarni egallash uchun jahonda qattiq kurash ketayotganini qayd etdi.

Loyihalar uchun chetdan mablag‘ olib kelish qanchalik qiyin bo‘layotganini, uni samarali ishlatish kerakligini barcha rahbarlar tushunishi shart.

Belgilab berilgan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniq mexanizmini belgilab, eng quyi bo‘g‘ingacha tushirish topshirildi.

Vazirlar, tarmoq rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga tumanlarga tushib, o‘z ishini joyida tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish davomida vazirlik va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

16 Jan, 12:08


Investitsiyalarni o‘zlashtirishda haligacha byurokratiya ko‘pligi tanqid qilindi. 

Shu munosabat bilan Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha alohida Favqulodda shtab tashkil qilinishi belgilandi. Shtab har bir loyihani ichiga kirib, aniq ishlarni amalga oshiradi, har hafta loyihama-loyiha muhokama o‘tkazadi.


Endi faqat eksportga ishlaydigan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi belgilandi. Ushbu zonalarda xorijiy brendlar bilan yuqori qiymatli, tashqi bozorlarda talabi bor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xorijiy tajribada ham bu o‘zini oqlagani ta’kidlandi.

Bunday zonaning birinchisi Namanganda tashkil qilinib, to‘qimachilikka ixtisoslashadi.

Iqtisodiy kompleks rahbarlariga erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tizimni qayta ko‘rib chiqib, ularni eksportga ixtisoslashtirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

16 Jan, 11:28


Viloyat hokimlariga har oy tadbirkorlar bilan yarmarka o‘tkazib, o‘zida yangi-yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Hozir amalga oshirilayotgan 75 milliard dollarlik yirik investitsiya loyihalarining 28 milliard dollarini mahalliy mahsulotlar orqali qoplash mumkinligi hisob-kitob qilingan.

Mutasaddilarga tarmoqlar va viloyat hokimlari bilan birgalikda tuman va korxonalar kesimida 2025-yilda yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

16 Jan, 10:57


Prezident 2025-yildagi asosiy vazifalarga to‘xtaldi.

O‘tgan yil yakunida hokimlarning hududiy rejalari belgilab olindi. Har bir tuman kesimida bajarilishi lozim bo‘lgan indikatorlar to‘plami ishlab chiqildi.

Jumladan, bu yil 27 ta tuman hokimi investitsiyani 200 million dollardan oshirish rejasini olgan.

Lekin 10 ta tuman hokimining rejasi 40 million dollarga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. Bular Mirishkor, Ko‘kdala, Boyovut, Bandixon, Uzun, Sherobod, Bekobod, Toshkent, Rishton, Gurlan tumanlari.

Mutasaddilarga ushbu tumanlarga yangi loyihalar paketini shakllantirib, kamida 100 million dollarlik rejani tasdiqlash topshirildi.


Har bir dollar investitsiyaning samaradorligini oshirish hudud va tarmoqlar rahbarlarining asosiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

So‘nggi yetti yilda kiritilgan 120 milliard dollar investitsiya hisobiga 6 mingdan ortiq korxona ishga tushdi. Tahlillar ko‘rsatishicha, jalb qilingan har 1 ming dollar investitsiya yiliga o‘rtacha 530 dollar qo‘shilgan qiymat yaratmoqda.

Tog‘-kon sanoatida bu ko‘rsatkich 700 dollarga yetgani sababli sohaga Germaniya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlardan investorlar kirib kelishni boshladi.

230 ta tadbirkorning bojxona omborlarida uzoq muddatdan buyon saqlanayotgan 120 million dollarlik uskunalar egalariga yetkazildi. Lekin yana 105 ta tadbirkorning 110 million dollarlik uskunalari omborlarda turibdi.

Mutasaddilarga ushbu uskunalarni egalariga yetkazish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash topshirildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

16 Jan, 10:38


Ayrim tuman hokimlari investitsiya va eksport masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygani qayd etildi.

16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.

Hududida ivestitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Endilikda investitsiya bo‘yicha yangi nazorat tizimi bo‘lishi belgilandi.

Bunda Bosh vazir bu yilgi 42 milliard dollar xorijiy investitsiya bo‘yicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari haftada ikki kun investitsiya bilan shug‘ullanadi.

Mutasaddilar tinmay hududlarga borishi, tadbirkorlar bilan uchrashishi, masalasini joyida hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

16 Jan, 10:14


Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Unda investitsiya masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Ochiqlik va kuchli investitsiya siyosati natijasida iqtisodiyotimiz barqaror o‘sib kelayotgani ta’kidlandi.

Xususan, 2024-yilda yalpi ichki mahsulot 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetdi, xorijiy investitsiya 1,6 barobar o‘sib, 34,9 milliard dollarni tashkil qildi, qiymati 10 milliard dollarlik 242 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushdi, eksport ilk bor 27 milliard dollarga chiqdi.

O‘tgan yili 50 ta tumanga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kirib keldi (2023-yilda bunday tumanlar 11 ta edi).

Tog‘-kon, neftgaz, kimyo, qishloq xo‘jaligida reja 2 karra ortig‘i bilan bajarildi.


Shu bilan birga, yetarli sharoit bo‘la turib, investitsiya rejasi to‘qimachilikda 17 million dollarga kam bajarilgani, investitsiya "O‘ztransgaz" va "O‘zmetkombinat"da 2 barobar, "O‘zsuvta’minot"da 20 foizga pasaygani ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu tashkilotlar rahbarlari shu yil birinchi chorakda o‘zgarish qilmasa, ularning faoliyatiga baho berilishi haqida qattiq ogohlantirildi.

Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Davlat aktivlari, Farmatsevtika va O‘rmon xo‘jaligi agentliklarida grant olib kelish rejasi 25 foizga ham bajarilmagani, Qurilish, Transport, Madaniyat vazirliklari, Turizm qo‘mitasi olib kelgan granti esa 10 million dollardan past bo‘lgani tanqid qilindi.

Umuman, Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Transport, Sport, Oliy ta’lim, Madaniyat, Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Raqamli texnologiyalar, Qurilish vazirliklarining investitsiya va grant olib kelishi bor imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Salohiyati yuqori bo‘lgan Fransiya, Yaponiya, Italiya, Vengriya, Malayziya, Ispaniyadan o‘tgan yili 100 million dollar ham investitsiya kelmagani qayd etildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

16 Jan, 05:11


#халқаро_муносабатлар

⚡️БАА компанияси билан чиқиндидан электр энергияси олиш бўйича шартнома имзоланди

Айни пайтда Бирлашган Араб Амирликларида бўлиб ўтаётган "Абу-Даби барқарор ривожланиш ҳафталиги" халқаро саммити доирасида Ўзбекистон ва БАА ўртасида чет эл инвестициялари ҳисобига чиқиндиларни термик қайта ишлаш орқали электр энергияси ишлаб чиқариш лойиҳаларини амалга ошириш бўйича шартномага имзо чекилди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

16 Jan, 05:07


Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi surxondaryolik tadbirkorlarga 6 yilda 1,2 trln so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatdi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ 2018-2024-yillarda Surxondaryo viloyatida tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi haqida axborot berdi. Xususan, ushbu davr davomida 2 627 nafar tadbirkor bilan hamkorlik natijasida 25 022 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Kompaniya bu boradagi ishlarni davom ettirayotgan bo‘lib, tadbirkorlarga quyidagi moliyaviy yordamlarni taklif etadi:

kredit, lizing, bank kafolati, akkredivlar uchun garov yetmaganda 5 mlrd so‘mgacha kafillik;
ulushdorlik asosida 5 mlrd so‘mgacha kapitalga ulush kiritish;
salohiyatli loyihalarni moliyalashtirish uchun 20 mlrd so‘mgacha moliyaviy qarz;
bino va uskunalar olib berishi uchun 20 mlrd so‘mgacha xizmatlar ipotekasi;
kredit foizining bir qismini qoplash uchun 5,4 foizgacha kompensatsiya;
kredit va lizing ajratish uchun 5 mlrd so‘mgacha resurs;
ajratilgan mikrokreditlarning 100 mln so‘mgacha qismini qayta moliyalashtirish.

Bog‘lanish uchun barcha ma’lumotlar yuqoridagi suratda keltirilgan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

16 Jan, 04:12


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikda yangi davrni boshlab berdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

11 Jan, 12:27


Maxsus reportaj | Vazifa va ijro: Aholini uy-joy bilan ta'minlash chora-tadbirlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

11 Jan, 10:24


📹 "Jasorat maktabi"ni yakunlagan 75 nafar yoshlar uchun uch kun davomida 10 dan ortiq tanlov va musobaqalarni o‘z ichiga olgan "Fidoyi yoshlar" loyihasi tashkil etildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

11 Jan, 10:16


Термизда ҳарбий бўлинмаларнинг намойишкорона пиёда юриши бўлиб ўтди

Термиз шаҳрида Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганлигининг 33 йиллиги ҳамда 14 январь – Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан ҳарбийлар ва куч тузилмалари ходимларининг намойишкорона пиёда юришлари ҳамда маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

10 Jan, 15:18


🗞 “Даврий нашрлар — муҳим манба”.

📖 “Шарқ юлдузи” журналида эълон қилинган мақолада Сурхондарё вилоятида босма даврий нашрларнинг вужудга келиши, хусусан, вилоят журналистикасининг тамал тошини қўйган “Сурхон тонги” газетаси тарихи, ривожланиш босқичлари ёритилган.

💬 Мақолани, албатта, ўқиб чиқинг. У ҳамма учун бирдек қизиқарли ва фойдалидир. Мутолаа севимли машғулотингизга айлансин!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

10 Jan, 12:37


Maxsus reportaj | Aholi bandligi ta`minlanmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

10 Jan, 12:14


Сайхунобод тумани Фавқулодда вазиятлар бўлимининг тезкор бўлинмаси бошлиғи ишга киритиб қўйиш учун 7 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан ўтказилган тезкор тадбирда Сирдарё вилояти Сайхунобод тумани Фавқулодда вазиятлар бўлимининг тезкор бўлинмаси бошлиғи ўзининг мансабдор танишлари орқали, Гулистон шаҳрида яшовчи, 1995 й.т. фуқарони шаҳар фавқулодда вазиятлар бўлимига ишга киритиб қўйиш эвазига 7 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди.

Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

10 Jan, 11:50


Axborot 24 | Ziyoratgohda ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

10 Jan, 08:04


Самарқанд вилояти ИИБ катта тезкор ходими 10 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан ўтказилган тезкор тадбирда Самарқанд вилояти Ички ишлар бошқармасининг Жиноят қидирув хизмати Жиноят қидирув бошқармаси катта тезкор ходимининг ноқонуний хатти-ҳаракатига чек қўйилди.

Яъни тезкор ходим ўзининг мансабдор танишлари орқали, Самарқанд шаҳар Ички ишлар органлари фаолиятини мувофиқлаштириш бошқармаси ҳузуридаги Тергов бўлими иш юритувида бўлган Жиноят Кодексининг 273-моддаси 3-қисми билан қўзғатилган жиноят ишида айбланувчилар сифатида ўтаётган 1994 й.т. шахсга тегишли қисмини Жиноят-просессуал кодексининг 83-моддасига асосан тугатиш ҳамда 2003 й.т. фуқарога нисбатан эса “уй қамоғи” эҳтиёт чорасини қўллаган ҳолда, уни озодликда қолдириш эвазига 10 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланиб, ҳолат просессуал тартибда расмийлаштирилди.

Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 25, 168-моддаси 3-қисми “а” банди ва 28, 211-моддаси 2-қисми “б” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

10 Jan, 06:14


Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatini ko‘rsatishda muhim

O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan davlat fuqarolik xizmatchilarini xabardor qilib borish maqsadida har hafta juma kunlari siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Bugungi o‘quv soatida ham Termiz tumani hokimligi apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy hamda “Mahalladan gapiramiz”, “Mutolaa vaqti” ruknlaridan iborat videolavhani tomosha qilishdi.

Mazkur o‘quv soati Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, to‘liq shaklda ilm.argos.uz platformasi hamda You tube`dagi ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

09 Jan, 11:19


Armiya – hayot maktabi: Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Termiz tumanida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Armiya – hayot maktabi" shiori ostida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bolalar musiqa va san’at maktabi konsertlar zalida tashkil etilgan tadbirda yosh avlod qalbida harbiy-vatanparvarlik va insoniylik tuyg‘ularini shakllantirish, xalq va armiya yakdilligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tinch, osuda va farovon hayotimizni ta'minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va mamlakat mudofaa tizimidagi yangiliklar bilan tanishdilar. Mazkur uchrashuv yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirish va ularni yurt ravnaqi yo‘lida faol bo‘lishga undash maqsadida o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

09 Jan, 10:08


Abdullayev Mirzoxid Anvar o‘g‘li – Termiz tumani hokimligi qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari majmuasi energiya menejeri lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi bo‘lib, ushbu lavozimga tayinlandi.

M.Abdullayev bunga qadar “Estateavtobrook Service” mas’uliyati cheklangan jamiyati iqtisodchisi vazifada faoliyati yuritib kelayotgan edi.

#Tanlov #Tayinlov #Meritokratiya

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

09 Jan, 07:20


Issiqxona mahsulotlari va dorivor o’simliklar yig’imi davom etmoqda

Termiz tumani "Namuna" mahallasida aholining tomorqadan foydalanish samaradorligi xususida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

06 Jan, 15:02


Raddiya: Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar mahalliy byudjet loyihalari ochiq e’lon qilingan

Bugun "bakiroo" telegram kanali orqali Toshkent shahri va viloyatlarda mahalliy byudjetlar ochiqligi ta’minlanmaganligi va 2025-yil uchun tasdiqlangan byudjet loyihalari yopiq holatda qabul qilinganligi haqidagi material e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi talablariga asosan 2025-yil uchun Surxondaryo viloyati, Termiz shahri va tumanlar mahalliy byudjetlari to‘g‘risidagi loyihalar belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "regulation.gov.uz" normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlarining Surxondaryo viloyati, Termiz shahri va tumanlarning 2025 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risidagi tegishli qarorlari "e-qaror" yagona elektron tizimida ochiq holatda e’lon qilingan.

Mazkur qarorlarni "e-qaror" yagona elektron tizimida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
Surxondaryo viloyati;
Termiz shahri;
Oltinsoy tumani;
Boysun tumani;
Muzrabot tumani;
Denov tumani;
Jarqo‘rg‘on tumani;
Qumqo‘rg‘on tumani;
Qiziriq tumani;
Sariosiyo tumani;
Termiz tumani;
Uzun tumani;
Sho‘rchi tumani;
Sherobod tumani;
Angor tumani;
Bandixon tumani.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

06 Jan, 08:34


💬 “Сурхондарё вилояти ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси: кеча ва бугун”.

🗞 Мақолада Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигининг Сурхондарё вилояти ҳудудий бошқармаси тарихи, ривожланиш босқичлари ҳамда бугунги кундаги фаолияти ҳақида сўз боради.

📰 Мақолани, албатта, ўқиб чиқинг. У ҳамма учун бирдек қизиқарли ва фойдалидир. Мутолаа севимли машғулотингизга айлансин!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

06 Jan, 06:58


Ойига йигирма миллион сўм даромад (+видео)

Истеъдод, хоҳиш ва интилиш. Ушбу жиҳатларни ўзида мужассам эта олган ҳар қайси ёш, нафақат илмда, заковатда, балки ўз иқтидори орқали бошқа соҳаларда ҳам ютуқларга эришиши муқаррар.

🎥 https://youtu.be/3mS4L9Szbs0

➡️ Батафсил

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

06 Jan, 04:41


Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Bank xizmatlari mahallaga yanada yaqin bo‘ladi. Davlat budjetining ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari Prezident huzurida muhokama qilindi.

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўакыяларына шолыў: Банк хызметлери маҳаллеге және де жақын болады. Мәмлекет бюджетиниң орынланыўын тәмийинлеў ис-иләжлары Президент кабыллаўында додаланды.

Обзор важнейших событий за неделю: Банковские услуги станут еще ближе к жителям махалли. Меры по исполнению Государственного бюджета обсуждены при Президенте.

Weekly review of the most important events: Banking services will become even closer to the mahalla residents. Measures on implementing the State Budget were discussed under the President.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

06 Jan, 02:36


Hayot suvga bog‘liq, suvni tejash esa o‘zimizga bog‘liq!

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

05 Jan, 15:45


🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤😇😇😇

Yangi loyihalar, ko’ngilochar dasturlar uchun boshlovchi, muxbirlik hamda operatorlik yo’nalishlarida kelajagingizni barpo etishni istaysizmi?

Mahoratli jurnalistlar tomonidan
😇🥰😇🥰🥰 dars olishingiz mumkin. Saralanganlar 🥰 oy mobaynida ish o’rganib, eng iqtidorli 😇 nafar yoshlar telekanalda qonuniy shartnoma asosida ishga qabul qilinadi.

😀🥰🥰😣🥰🥰🥰🥰🥰 kuni bo’lib o’tadigan kastingda sizni kutamiz.

Murojaat uchun telefon:
☎️+998 99-377-60-62 ✔️

Manzil: 📍🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤” binosi

Termiz tumani hokimligi

05 Jan, 07:06


✳️ Banklar tomonidan "yashil" iste’mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o‘rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

✔️ BHMning 500 baravarigacha bo‘lgan "yashil" iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko‘p bo‘lmagan qismi uchun 3-yil kompensatsiya beriladi.

Ya’ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 13,5 foiz, agar kredit foizi 18 foiz bo‘lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

📝 Mazkur kompensatsiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, "yashil" kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o‘zlari yuboradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

04 Jan, 06:06


📣 “Мен Ғолиб” мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди

✔️ Yugur.uz платформасида “Мен Ғолиб” ҳарбий-ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди.

✔️ “Мен Ғолиб” югуриш мусобақасининг ўзи 12 январь куни “Янги Ўзбекистон” боғида бўлиб ўтади, у ерда мамлакат қуролли кучларининг мингдан ортиқ вакиллари, куч тузилмалари ходимлари, профессионал спортчилар ва ҳаваскор югурувчилар тўпланишади.

✔️ Тадбир Ўзбекистон енгил атлетика федерацияси, Миллий гвардия, Мудофаа вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Давлат божхона қўмитаси ҳамда Тошкент шаҳар ҳокимлиги кўмагида ўтказилмоқда. Бош ҳамкор сифатида “Ўзбекнефтгаз” акциядорлик жамияти иштирок этмоқда.

✔️ Ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақаси 3 км ва 10 км масофада ўтказилади.

✔️ Иштирокчилар учун слотларни 8 январгача Yugur.uz платформасидаги ҳавола орқали сотиб олиш мумкин.

✔️ Югуриш ишқибозлари якка тартибда, идоравий тузилмалар учун жамоавий мусобақалар ташкил этилади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

04 Jan, 02:50


📢 Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari tufayli 6 ta mahallada elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

⚙️ Elektr energiyasi yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash maqsadida bugun, 4-yanvar kuni soat 9:00dan 17:00gacha Termiz tumani elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan 35/10 kV'li "Tutzor" podstansiyasida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

📍Shu munosabat bilan ushbu vaqt oralig‘ida Termiz tumanining Bunyodkor, Namuna, Mustaqillik, "Muhiddin Eshtemirov", Qo‘ng‘irot va Uchqizil mahallalarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘lishi maʼlum qilinadi.

🙏 Termiz tumani elektr taʼminoti korxonasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Termiz tumani hokimligi navbatchilik shtabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

03 Jan, 13:17


📹 Al-Hakim at-Termiziy majmuasida yo‘l va yo‘laklar hamda yozgi ayvonchalar rekonstruksiya qilinib, tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

03 Jan, 12:39


Qiymati 6,7 million dollarga teng bo'lgan loyiha yo'lga qo'yiladi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

03 Jan, 07:35


#Yilyakunlari

Surxondaryo viloyatida 966 ta umumta’lim maktabi bo‘lib, shundan 829 tasi "yashil", 136 tasi "sariq" va 1 tasi "qizil" toifaga kiritilgan. 2023-yilda "qizil" toifadagi maktablar soni 14 ta, "sariq" toifadagilar 243 tani tashkil etgan.

Yakunlangan yilda Angor, Bandixon, Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi "Barkamol avlod" bolalar maktablariga xususiy sektorni jalb qilgan holda zamonaviy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Batafsil infografikada tanishingiz mumkin.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

31 Dec, 19:06


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

31 Dec, 15:14


Bemorlar holidan xabar olindi va bayram sovg‘alari yetkazib berildi

Bugun Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov markaziy shifoxonada davolanayotgan bemorlar va bolajonlar holidan xabar oldi. Tuman rahbari bemorlar bilan suhbatlashib, Yangi yil bayrami bilan ularni tabrikladi hamda sovg‘alar topshirdi.

Bemorlar va ularning yaqinlariga sog‘lik, tezroq sog‘ayib ketishlarini tilagan tuman hokimi bayram kuni bemorlarga xizmat ko‘rsatayotgan shifokorlarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

30 Dec, 07:21


🌙 ЎЗБЕКИСТОН МУСУЛМОНЛАРИ ИДОРАСИ УЛАМОЛАР КЕНГАШИ МУРОЖААТИ

🗣Муҳтарам юртдошлар!

Аллоҳга шукрки, гўзал диёримизда ҳар тонгни тинчлик, хотиржамлик билан қарши олмоқдамиз. Ушбу улуғ неъмат сабабли, ҳар соҳада ютуқлар, юксалишлар бўлмоқда, неъматлар кундан-кун зиёда бўлиб бормоқда. Бу юртда инсон азиз, унинг қадри юксак экани, ўзининг ҳаётий ифодасини топиб бормоқда. Айниқса, ижтимоий ҳимояга муҳтожлар, ногиронлиги бўлган инсонлар, камбағал оилаларга доимий ғамхўрлик кўрсатиб келинмоқда.

Сиз азиз юртдошларимизга мурожаат қилар эканмиз, шуни алоҳида таъкидлашни хоҳлардикки, ижтимоий ҳимоя масаласида Президентимизга камарбаста бўлиш барчамиз интилаётган фаровон келажак, фарзандларимиз бахту саодатини таъминлашнинг энг муҳим шартидир.

Ислом динида муҳтожларга ёрдам бериш, жисмоний имконияти чекланган инсонларга меҳр-мурувват кўрсатиш, мискин ва бечоралар ҳолидан хабар олиш энг савобли амаллардан ҳисобланади.

БАТАФСИЛ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

28 Dec, 12:51


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri "Manguzar" mahallasida joylashgan viloyat Hunarmandchilik markazi faoliyati bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda ishsiz xotin-qizlarni hunarga o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini kengaytirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Shundan so‘ng, shaharning "Guliston" mahallasida joylashgan mol bozorida "Zoom" platformasi orqali vohamizning barcha hududlaridagi bir kunlik mol bozorlarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, Qiziriq va Bandixon tumanlarida savdo komplekslari, bozor va savdo nuqtalari tashkil etish taqdimotlari ham ko‘rib chiqildi.

Keyingi manzilda "Sarvarbek Moxina" oilaviy korxonasining issiqxonada qulupnay yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Mazkur korxona tajribasini ommalashtirgan holda, "Bir kontur – bir mahsulot" tamoyili asosida 10 gektar maydonda tashkil etiladigan kooperatsiya loyihasi ko‘rib chiqildi. Doimiy 30 ta, mavsumiy 60 ta ish o‘rni yaratiladigan ushbu loyihani puxta amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Hududlarga tashrifini Termiz tumanida davom ettirgan viloyat rahbari "At-Termiziy" mahallasida 14 gektar maydonni kooperatsiya asosida yoshlarga bo‘lib berish tadbirida ishtirok etdi hamda "Yangi hayot" mahallasida joylashgan bo‘sh bino negizida "Gm avto zapchast service" xususiy korxonasi tomonidan plyonka va issiqxona materiallari tayyorlash sexi hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Tashrif so‘ngida tuman markazidagi "Uchqizil" mahallasining aholi gavjum nuqtasida turli xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan majmua qurilishiga start berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

28 Dec, 12:11


Davlat xizmatchilari faoliyati e’tirof etildi

Bugun Termiz tumani hokimligi katta majlislar zalida Yangi yil bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda tuman hokimi Shuhrat Nazarov ishtirok etib, tumanimiz ahli va yig‘ilganlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan tabriklab, yakunlanayotgan yilda tumanda amalga oshirilgan haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish yo‘lida samarali faoliyat yuritgan, o‘z mehnati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan bir guruh davlat xizmatlariga tuman hokimligining bayram sovg‘alari topshirildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

28 Dec, 08:31


#ижтимоий_хизмат
#камбагалликдан_фаровонлик_сари

«Камбағалликдан фаровонлик сари» дастури доирасида ижтимоий ҳимоя ягона реестрида турган ишсиз фуқаролар ва ногиронлиги бор камбағал оила аъзолари бандлигини таъминлаш учун касб-ҳунарга ўқитиб, томорқадан унумли фойдаланишига, доимий даромад топишига зарур ёрдам кўрсатилмоқда.

Бунга Сурхондарё вилояти Музработ туманидаги Орият маҳалласида яшайдиган ногиронлиги бор Фотима Рашидова ва оиласига қаратилган эътибор яққол мисол бўлади.

Давлат дастурига мувофиқ ҳомийлар бириктирилиб, уй-жойи таъмирланди. Ҳовлида тикувчилик билан шуғулланиш учун бино барпо этилиб, замонавий тикувчилик машинкалари билан таъминланди. Қолаверса, ҳудудий кўп тармоқли поликлиникага йўлланма берилиб, физиотерапия машғулотлари орқали соғлигини тиклаши учун имконият яратилди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

28 Dec, 05:38


Termiz tumanida Yangi yil bayrami tadbirlari davom etmoqda

Kuni-kecha tuman hokimligi binosi oldida joylashgan tadbirlar maydonida bayram tadbirlarining navbatdagisi o‘tkazildi. Unda Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov tuman ahlini va tadbir ishtirokchilarini hamda bayramning haqiqiy egalari bo‘lgan bolajonlarni kirib kelayotgan 2025-yil, Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng, 200 dan ortiq yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan oilalar farzandlariga tuman hokimligining bayram sovg‘alari tantanali topshirishdi.

Tuman madaniyat bo‘limi va Bolalar musiqa va san’at maktabi san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan “Yangi yil ertagi” bayramona konsert dasturi bolajonlarimiz va yig‘ilganlarga bayram quvonchini ulashdi.

Tuman bo‘ylab bayram tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

27 Dec, 17:43


Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan vohamizda aholini ijtimoiy muhofaza qilish, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlash, davolanishi uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, "yashil" mahallalar tashkil etish, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi bilan jurnalist va blogerlar orqali jamoatchilikni tanishtirish maqsadida Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlariga press-tur tashkil etildi.

Media tadbir ishtirokchilari dastlab Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan Muruvvat uyi faoliyati, u yerda bolalarni parvarishlash ishlarining borishi hamda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek, tuman hokimligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etildi. Bolalarga Yangi yil bayrami quvonchini ulashish maqsadida sovg‘alar topshirildi.

Shundan so‘ng, press-tur ishtirokchilari Jarqo‘rg‘on tumani "Qorayontoq" mahallasini "yashil" mahallaga aylantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida "Yagona ijtimoiy reestr"dagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish borasidagi amaliy tadbirlar natijalari bilan tanishishdi.

Media tadbirdan jurnalist va blogerlar orqali ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish borasida mutasaddilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilikka yetkazish maqsad qilingan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Termiz tumani hokimligi

27 Dec, 14:05


Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Termiz tumani hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq 3-sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyani kengash raisi Shuhrat Nazarov boshqarib bordi.

Kun tartibida deputatlar 18 ta masalasini ko‘rib chiqdilar. Xususan, sektor rahbarlarining faoliyati, 2025-yilgi mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlari, kelgusi yil uchun soliq stavkalarini belgilash hamda boshqa masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, tegishli muhokamalar o‘tkazildi.

Deputatlar kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazib, mas’ullardan tegishli javoblarni oldi hamda har bir masala yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qildi.

Sessiya ishi Termiz tumani hokimligi Axborot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

08 Dec, 05:04


🇺🇿 Bugun Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganiga o‘ttiz ikki yil toʻldi

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.

Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi.

Tariximizda ilk bora Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat sifatida belgilandi. Yaʼni, insonga eʼtibor hamda gʻamxoʻrlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlandi.

🎉 Barchani Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

07 Dec, 06:40


Surxondaryo viloyatining tashrif qog‘ozlaridan biri hisoblangan, Islom olami dunyosida dunyoga mashhur Al-Hakim at-Termiziy majmuasi hududini rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida ishlar olib borilayotganligi haqida xabar bergan edik.

Bugun majmuadagi ishlar yakunlanib, hudud muhtasham ko‘rinishga keltirildi. Majmuadagi yo‘laklar, o‘rindiqlar, yoritish chiroqlari, unga olib boruvchi avtomobil yo‘llari to‘liq yangilanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi hamda kushxona qurildi. Hududdagi "yashil" maydonlarning yangidan barpo etilishi majmua chiroyini yanada ochdi. Shuningdek, marosimlar o‘tkazish joyini rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda.

Majmuaning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, viloyat va tuman sektor rahbarlari, faollar, diniy soha vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Termiz tumani hokimligi

07 Dec, 05:13


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Termiz tumani hokimligi

06 Dec, 14:33


Termiz tumanida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” keng nishonlandi

Agrar soha zahmatkashlari kasb bayrami munosabati bilan Termiz tumanidagi “Surxon” tantanalar saroyida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ilg‘or fermer va dehqonlar, mexanizatorlar, suvchilar, tajribali tomorqa yer egalari, sohaga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va qayta ishlash korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov qishloq xo‘jaligi xodimlarini “Hosil bayrami” bilan samimiy tabriklab, joriy yilda ham fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati sabab hosillarimiz mo‘l-ko‘l bo‘lganligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shilganligini ta’kidladi.

Tadbirda bir guruh ilg‘or fermerlar, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari va dehqonlarimizning samarali mehnati, erishgan yutuqlari, soha rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etilib, taqdirlanishdi.

To‘kin va fayzli dasturxon atrofida davom etgan konsert dasturida madaniyat bo‘limi san’atkorlari ijro etgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

30 Nov, 11:47


Termiz tumanida favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlar bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Bugun Termiz tumanida joylashgan Al-Hakim at-Termiziy majmuasida "Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimiga (FVDqT) kiruvchi idora va tashkilotlarning hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning dastlabki qismida ishtirokchilarga mas’ullar tomonidan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar sodir bo‘lganda ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur bilim hamda tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda hamkor tashkilotlarning tezkor harakatlari, obyektni himoya qilish bo‘yicha ko‘riladigan choralar va amalga oshiriladigan tadbirlar amaliyotda sinovdan o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashqi favqulodda vaziyatlarda idora va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xodimlarning tayyorgarlik darajasini oshirish va muvofiqlashtirilgan harakatlar orqali xavf-xatarlarga tezkor javob berishni ta’minlashga qaratildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

30 Nov, 10:39


Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Termiz tumani hududida Ichki ishlar xodimlari hamda Milliy gvardiya inspektor-psixologlari tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tungi reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlar davomida huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan joylar, umumiy ovqatlanish maskanlari, tungi klublar, ko‘ngilochar muassasalar hamda ko‘chalarda nazorat o‘rnatilib, voyaga yetmaganlarning kechki va tungi vaqtlarda nazoratsiz qolishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmoqda.

Reydlar davomida ota-onalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, farzandlarining xavfsizligini ta’minlash mas’uliyati tushuntirilmoqda. Shuningdek, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik sodir etishining oqibatlari va huquqiy mas’uliyat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tadbirlar yosh avlodning sog‘lom tarbiya olishini ta’minlash, ularni turli xavf-xatarlardan himoya qilish hamda jamiyatda tartib va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Foto: Mobil tasvirlar

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

29 Nov, 14:19


Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov tumandagi "Yangiyer" mahallasida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Unda hudud aholisi bilan bevosita muloqot qilinib, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish choralari ko‘rildi.

Aholi vakillari, xususan, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash, bandlik masalalari va boshqa dolzarb masalalarni ko‘tarishdi. Tuman rahbari har bir masala yuzasidan mas’ullarga aniq muddat va vazifalar belgilab, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat olib borilishini ta’kidladi.

Sayyor qabul davomida bir qator muammolar joyida hal etildi. Ayrim masalalar esa o‘rganilib, tegishli qarorlar qabul qilish uchun belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

29 Nov, 05:26


Тошкентда радикаллашувга қарши курашда маҳаллий ҳамжамиятларнинг иштироки муҳокама қилинди

Жорий йилнинг 27 ноябрь куни Тошкент шаҳрида "Аҳолининг радикаллашувига қарши курашишда маҳаллий ҳамжамиятларнинг иштироки" мавзусида халқаро конференция бўлиб ўтди.

Тадбир Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Стратегик ва минтақалараро тадқиқотлар институти томонидан БМТнинг Терроризмга қарши курашиш бошқармаси, БМТнинг Марказий Осиё учун превентив дипломатия бўйича минтақавий маркази ва ЕХҲТ билан ҳамкорликда ташкил этилди.

Ўзбекистонда маҳалла институти жамиятда ижтимоий уйғунликни сақлаш, репатриантларнинг психологик мослашуви, таълим олиши ва ишга жойлашишига амалий ёрдам беришда муҳим ўрин тутишига эътибор қаратилди. Ушбу модель халқаро экспертлар томонидан жаҳон миқёсида мослаштирилиши мумкин бўлган илғор амалиёт сифатида эътироф этилган.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

29 Nov, 05:15


Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatini ko‘rsatishda muhim

O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan davlat fuqarolik xizmatchilarini xabardor qilib borish maqsadida har hafta juma kunlari siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Bugungi o‘quv soatida ham Termiz tumani hokimligi apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy hamda “Mahalladan gapiramiz”, “Mutolaa vaqti” ruknlaridan iborat videolavhani tomosha qilishdi.

Mazkur o‘quv soati Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, to‘liq shaklda ilm.argos.uz platformasi hamda You tube`dagi ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

29 Nov, 04:39


Surxondaryoda 9 oy davomida asosiy kapitalga qariyb 14 mlrd so‘m investitsiya o‘zlashtirildi

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga jami 13 928,7 mlrd so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,1 foizga o‘sishga erishildi. Bu o‘sish viloyat iqtisodiyotining rivojlanishi va investitsiya muhitining yaxshilanishini ko‘rsatadi.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 82,4 foizi yoki 11 480,4 mlrd so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 17,6 foiz yoki 2 448,3 mlrd so‘m moliyalashtirildi. Bu esa, iqtisodiy subyektlarning investitsiyalarga bo‘lgan qiziqishini va ishtirokini aks ettiradi.

Shuningdek, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 2 115,6 mlrd so‘m, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 11 813,1 mlrd so‘m o‘zlashtirildi. Bu ko‘rsatkichlar viloyatning investitsiya strategiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Termiz tumani hokimligi

22 Nov, 16:05


Surxondaryoda tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar natijasida bu vohada ham keng imkoniyatlar ochilmoqda. Kelgusi yilda Surxondaryoga 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 425 ming aholini band qilish va eksportni 320 million dollarga yetkazish reja qilingan.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha rejalarni taqdimot qildi.

Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/7724

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Termiz tumani hokimligi

22 Nov, 15:16


Yangi O‘zbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘ymoqda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

22 Nov, 14:01


🔉 Soliq to‘lovchilar diqqatiga!

Soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga maqsadida 1-noyabrdan 29 noyabrgacha "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazilmoqda.

Fuqarolarimizdan Soliq xizmati organlari xodimlarining korrupsion xatti-harakatlari yoki tamagirlik holatlariga duch kelganda quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishlari so‘raladi:

😊 Elektron pochta: [email protected]

🤖 Telegram bot: @dsq_antikorrupsiya_bot

📞 Ishonch telefonlari:
+99871 244 98 98

🌐 Qisqa raqami: 1198

📞 Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining ishonch telefoni:
+99876 223 03 49

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

22 Nov, 07:25


Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Termiz tumani hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq 2-sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyani kengash raisi Shuhrat Nazarov boshqarib bordi.

Kun tartibida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabr KQ-836–IV-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 31-oktabrdagi KQ-846–IV-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Muhokamalardan so‘ng deputatlar tomonidan quyidagilar tasdiqlandi:
5 ta doimiy komissiyaning tarkibi, raislari va a’zolari;
Xalq deputatlari tuman Kengashida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma.

Shuningdek, 5 ta doimiy komissiya raisi etib saylangan deputatlar tanishtirildi. Sessiyada tuman Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan fikrlar bildirib, tegishli chora-tadbirlar belgialb olindi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

22 Nov, 06:56


Saxovatpesha tadbirkor tomonidan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 20 nafar farzandlariga sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

22 Nov, 06:29


#infografika

Prezidentimizning xalqchil tashabbus va g‘oyalari;

Hukumat oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar;

"O‘zbekiston–2030" Strategiyasi asosida ishlab chiqilgan, Oliy majlisda taqdim etilgan Vazirlar Mahkamasining 5 yillik Harakat dasturi 10 ta ustuvor yo‘nalishni qamrab olgan.

Shuningdek ushbu yo‘nalishlar doirasida iqtisodiy-ijtimoiy tarmoqlar kesimida 400 ta chora-tadbir aniq belgilab olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

22 Nov, 05:59


Киберфирибгарлардан қандай ҳимояланиш керак?

Кўп ҳолларда фуқаролар онлайн тўловлардан фойдаланиш қоидаларидан бехабарлиги, ижтимоий тармоқларда ботлар ва каналлардан фойдаланишда виртуал билимларнинг етарли эмаслиги сабаб фирибгарларнинг тузоғига тушиб қолади.

Батафсил KUNuz...

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

21 Nov, 15:22


"Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik" tadbirlari doirasida tungi reydlar o‘tkazilmoqda

Termiz tumanida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida keng qamrovli "Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik" profilaktik tadbirlari davom etmoqda. Mazkur tadbirlar fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, huquq-tartibot muammolarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.

Bugun ushbu tadbirlar doirasida navbatdagi tungi reydlarga start berildi. Unda tuman hokimi Shuhrat Nazarov ishtirok etib, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, yoshlar yetakchilari hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlarga muhim vazifalarni belgilab berdi.

Tungi reydlar davomida:
hududda jamoat tartibining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
jinoyat sodir etilish ehtimoli bo‘lgan joylarni nazorat qilish;
kafe, bar, savdo do‘konlari va boshqa jamoat joylarida qonun-qoidalarga rioya etilishini o‘rganish;
joylarda begona shaxslarning noqonuniy harakatlarining oldini olish choralari ko‘rilmoqda.


Bunday reydlar va profilaktik tadbirlar orqali tumanda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikni keskin kamaytirish maqsad qilingan.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

21 Nov, 14:51


2-Sektor: Yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinmoqda

Termiz tumani prokuraturasi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi va ta’lim muassasalari hamkorligida 2-sektor hududidagi yoshlar uchun sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbir 23-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga e’tibor qaratildi.

Musobaqalarda futbol, stol tennisi, yengil atletika, shaxmat, shashka kabi qator sport turlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Har bir yo‘nalishda yoshlar o‘zlarining mahorat va salohiyatini namoyish etib, faol ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida g‘oliblarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi tashabbuslar nafaqat yoshlarning sportga qiziqishini oshiradi, balki ular orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratib, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

21 Nov, 12:46


❗️Prezident Farmoni bilan vazirlar tayinlandi:

Laziz
Kudratov – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar,  sanoat  va  savdo  vaziri;

Botir Zaxidov – O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni  qisqartirish  va  bandlik  vaziri;

Ibroxim Abdurahmonov – O‘zbekiston Respublikasi qishloq  xo‘jaligi  vaziri;

Shavkat Xamrayev – O‘zbekiston Respublikasi suv  xo‘jaligi  vaziri;

Sherzod Xidoyatov – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi  vaziri;

Ilxam Maxkamov – O‘zbekiston Respublikasi transport  vaziri;

Jo‘rabek Mirzamahmudov – O‘zbekiston Respublikasi  energetika  vaziri;

Bobir Islamov – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon  sanoati  va  geologiya  vaziri;

Sherzod Shermatov – O‘zbekiston Respublikasi raqamli  texnologiyalar  vaziri;

Aziz Abduxakimov – O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;

Asilbek Xudayarov – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni  saqlash  vaziri;

Xilola Umarova – O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;

Kongratbay Sharipov – O‘zbekiston Respublikasi oliy  ta’lim,  fan  va  innovatsiyalar  vaziri;

Adxam Ikramov – O‘zbekiston Respublikasi sport  vaziri;

Ozodbek Nazarbekov – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat  vaziri;

Akbar Tashkulov – O‘zbekiston Respublikasi adliya  vaziri;

Baxtiyor Saidov – O‘zbekiston Respublikasi tashqi  ishlar  vaziri;

Abdulla Kuldashev – O‘zbekiston Respublikasi favqulodda  vaziyatlar  vaziri;

Po‘lat Bobojonov – O‘zbekiston Respublikasi ichki  ishlar  vaziri;

Baxodir Kurbanov – O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari etib tayinlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

21 Nov, 12:29


Deputatlar Hukumat a’zolarini ma’qulladilar:

Ochilboy Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;

Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;

Zulayho Mahkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

14 Nov, 13:09


Termiz tumani prokurori Akmal Xalikov tashabbusi bilan 2-sektor hududidagi otaliqqa olingan yoshlar uchun maxsus madaniy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir tumandagi madaniyat markazida o‘tkazilib, yoshlar uchun esda qolarli va mazmunli voqea bo‘ldi.

Tadbir davomida san'atkorlar tomonidan sahnada jonli chiqishlar namoyish etildi. Madaniyat xodimlari va san'at ustalari o‘zlarining turli xil chiqishlari bilan yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi, ularni maqsadlariga intilishga ilhomlantirdi.

Bunday faoliyatlar yoshlarning bir-biri bilan yanada yaqinroq tanishishiga, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi. Ushbu madaniy tadbirda tuman prokuraturasi, yoshlar va madaniyat bo‘limlari mutasaddilari ham ishtirok etib, yoshlarni qo‘llab-quvvatladi va ularning kelajagiga katta umid bildirdi. Tadbir yakunida yoshlar tashabbus uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdilar.

Bu kabi tadbirlar nafaqat yoshlarning ma’naviy rivojlanishi uchun, balki ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish va ularga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

14 Nov, 11:20


Surxondaryoda joriy mavsumda 6 mln daraxt ko‘chatlari ekiladi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod va Termiz tumanlarida bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish uchun tayyorlanayotgan maydonlarni ko‘zdan kechirdi.

Xususan, Sherobod tumanida M39 avtomagistral yo‘lining ikki yonidagi bo‘sh maydonlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida tuproq to‘ldirish ishlari bilan tanishildi. Hududga tanlab olingan adirlikning tuproqlari maxsus mashinalarda tashib kelinmoqda. Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlanayotgan maydon bo‘ylab, yashil belbog‘ yaratiladi.

Shundan so‘ng, Termiz tumani “Yangiobod” mahallasi hududidan tanlab olingan 100 gektar maydonni ko‘chat ekishga tayyorlash ishlari bilan tanishildi. Viloyat rahbari ishlarni sifatli olib borish, maydonning tuproq unumdorligini oshirish, sug‘orish tizimlari bilan ta’minlash yuzasidan vazifalarni belgilab berdi. Ushbu hududda bog‘ning yaratilishi kelgusida yashil belbog‘ vazifasini o‘taydi hamda "Afg‘on shamoli" keltirib chiqaradigan changlarning salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Al-Hakim at-Termiziy majmuasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham tanishilib, yo‘laklarni yangilash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga yangi vazifalar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Termiz tumani hokimligi

14 Nov, 10:31


🏆Termiz tumani polvonlari chempionlikni qo‘lga kiritdi

Kecha Toshkent shahridagi Taekvondo assotsiatsiyasi Universal sport saroyida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida kurash bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi. Unda vohamiz terma jamoasi tarkibida Termiz tumani vakillari ham munosib ishtirok etib, o‘z vazn toifalarida chempionlikka erishdi.

Jumladan,
🥇Xurshida Abduvoxidova 57 kg vazn toifasida;
🥇Abdullo Amirov 81 kg vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada Surxondaryo viloyati terma jamoasi 6 ta oltin va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, kubok sohibi bo‘ldi.

👏Tumanimizning yosh, iqtidorli kurashchilarin erishilgan natija bilan qutlaymiz!

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

14 Nov, 09:43


🖥🖥🖥
Maxsus reportaj | Tomorqa - daromad manbai


Termiz tumani aholisining tomorqadan samarali foydalishdagi boy tajribasi haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

14 Nov, 07:29


Hurmatli fuqarolar!

Joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar yurtimizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkaziladi. Ushbu oylik davomida yong‘in xavfsizligi qoidalarini yanada kengroq tushuntirish va aholimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli keng ko'lamli tadbirlar tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan Siz aziz fuqarolarimizni ushbu oylikda faol ishtirok etishga, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish va yaqinlaringizni ogohlantirishga chaqiramiz.

Yodda tuting, xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda!

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling, yaqinlaringizni ham ogohlikka chorlang!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

01 Nov, 11:11


✔️ Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashiga saylov natijalari ma’lum qilindi

Joriy yil 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra tuman hududida tashkil etilgan 32 ta saylov uchastkalari orqali 49 ming 785 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lib, bu saylovchilar umumiy sonining 85,6 foizini tashkil etdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 1 nafar, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 2 nafar, tuman Kengashiga 20 nafar, jami 23 nafar deputat saylandi.

Jumladan, xalq deputatlari Termiz tumani Kengashiga:
🔵 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 5 nafar;
⚪️ O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 4 nafar;
🔴 O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 4 nafar;
🟢 O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 4 nafar;
🟣 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 3 nafar deputat saylandi.

Saylangan 20 nafar deputatning 8 nafari (40 foizi) ni xotin-qizlar tashkil etadi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

01 Nov, 06:05


⛽️ Diqqat e’lon: Ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Termiz tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chirildi

⛽️ Hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish tarmoqlarini mavsumga tayyorlash maqsadida AGRSlarda o‘rnatilgan diafragma qurilmalarini almashtirish ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 1-noyabr kuni tumanda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to’xtatildi:

🟠Termiz tumanida soat 11:00 dan 16:00 gacha.

❗️Qurilmalarni almashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi.

🙏Gaz ta’minoti filiali yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi hamda gaz jihozlaridan foydalanish qoidalariga amal qilish lozimligini eslatib o'tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

01 Nov, 05:57


Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatini ko‘rsatishda muhim

O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan davlat fuqarolik xizmatchilarini xabardor qilib borish maqsadida har hafta juma kunlari siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Bugungi o‘quv soatida ham Termiz tumani hokimligi apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy hamda “Mahalladan gapiramiz”, “Mutolaa vaqti” ruknlaridan iborat videolavhani tomosha qilishdi.

Mazkur o‘quv soati Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi tomonidan tashkil etilayotgan bo‘lib, to‘liq shaklda ilm.argos.uz platformasi hamda You tube`dagi ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

31 Oct, 15:14


Fakt 24 | Bulg‘or qalampiridan mavsumda 100 million so‘mgacha daromad

Termiz tumani "Muhiddin Eshtemirov" mahallasida yashovchi oila 15 sotix tomorqasidagi issiqxonada bulg'or qalampiri yetishtirib, mavsumda 100 mln so'mgacha daromad topmoqda.

(Texnik xato tufayli Termiz shahri yozilgan)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

31 Oct, 13:30


Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov eksport hajmlarini ko'paytirish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshiruvchi investitsiya loyihalari bilan tanishish maqsadida hududlarga tashrifini Termiz tumanidan boshladi.

Dastlab, tumanning “Qahramon” mahallasida “Gold agro fresh” MChJning 100 gektar maydonda joylashgan issiqxonalar kompleksida eksportbop mahsulotlar yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Qiymati 118,4 mlrd so‘mni tashkil etuvchi loyihada 500 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, yiliga 7 ming tonna eksportbop sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Viloyat rahbari nafaqat eksport, balki aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlovchi bu kabi yirik loyihalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash lozimligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, “Soliobod” mahallasi hududida "SHAXRUZ BUILDINGS" MChJ tomonidan amalga oshirilgan parrandachilik kompleksi faoliyati bilan tanishildi. Ayni vaqt 48 ming bosh parranda parvarishlanayotgan loyihaning qiymati 44 mlrd so‘m bo‘lib, 30 ta ish o‘rni yaratilgan. Ish o‘rinlarining 14 tasida yoshlar band qilingan.

Viloyat rahbari tuman iqtisodiy salohiyatini to‘liq ishga solish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, ish o‘rinlari sonini oshirish hamda eksport hajmini ko‘paytirish lozimligini ta’kidlab, tanishuvlar davomida mutasaddilarga tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash hamda korxonalar faoliyatini rivojlantirish borasida vazifalarni belgilab berdi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

31 Oct, 12:33


🇺🇿 Ўзбекистон COP29да иштирок этади: самарали ҳамкорлик ва янги имкониятлар

Ўзбекистонда 2024 йилнинг 11–22 ноябрь кунлари Озарбайжон пойтахти Боку шаҳрида бўлиб ўтадиган Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Иқлим ўзгариши бўйича доиравий конвенцияси (BMT UNFCCC) иштирокчилари конференциясининг 29-сессиясига (COP29) қизғин тайёргарлик кўрилмоқда. Бу ҳақда Экология вазирлиги хабар берди.

COP29 доирасида Ўзбекистон ҳукумати томонидан ўзбек маданияти, тарихи ва ноёб муҳити асосидаги анъанавий тамойиллар ва технологияларни акс эттирувчи Миллий павильон очилади. Анъанавий ўзбек хонадони – «ҳовли» намунаси бўлган павильон йиллар давомида ҳар бир ўзбек хонадони маскани бўлиб келган ҳовли муҳитини ўз ичига олади.

Бу ерда табиат уйнинг бир қисмига айланади: узум билан қопланган яшил майдонлар соя ва қулайлик яратади, анъанавий материаллар ва қадимий қурилиш усуллари эса экологик тоза ва барқарорликни ўзида мужассам этади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

31 Oct, 11:29


Kuzning har bir kuni imkoniyat, bu imkoniyatdan unumli foydalanib daromadni ko‘paytiring!

Termiz tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati a’zolarining fermerlarga murojaati

Hurmatli fermerlar!
Tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, fermer va dehqonlarimiz 2900 gektardan ortiq maydonda chigit qadab, mashaqqatli mehnatlar evaziga mo‘l hosil yetishtirdi.

Barchamiz yaxshi tushunamizki, shu kunlarda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishlari, bahorni seryog‘in va salqinligi, kuzda havo haroratini keskin tushib ketishi kabi ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, qishloq xo‘jaligi ekinlari, xususan paxtadan mo‘l hosil yetishtirish – chinakam jasorat va matonat namunasidir.

Murojaatning to'liq matni: https://tertu.uz/blog/1926

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

31 Oct, 11:14


📹 Termiz va Muzrabot tumanlarida korxonalar faoliyati bilan tanishildi hamda eksport masalalari muhokama qilindi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

31 Oct, 06:36


Termiz tumanida Zulfiya xonim izdoshlari saralandi

"Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti O'zbekistonda yosh iqtidorli qizlarning iste'dodini rag'batlantirish va ularning mahoratini yuksaltirish uchun beriladigan nufuzli mukofotlardan biridir. Bu mukofot O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludiga bag‘ishlab tashkil etilgan va san’at, ilm-fan, sport, jurnalistika va boshqa sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishgan qizlarga topshiriladi.

Kuni-kecha Termiz tumanida o‘tkazilgan "Zulfiya" mukofotiga talabgorlarni saralash bosqichi yosh qizlarning iqtidorlarini namoyish qilish va ularning o‘z sohasidagi yutuqlarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan. Bu bosqichda qizlar o‘zlarining turli sohalardagi bilim va mahoratlarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tanlovning maqsadi yosh avlodni madaniyat, sport va ilm-fan sohalarida rivojlantirish va ularga yangi imkoniyatlar yaratishdir.

Ishtirokchilar ijodiy yutuqlari, ilmiy faoliyati, sportdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faollik va yetakchilik qobiliyatlariga ko‘ra hakamlar tomonidan baholab borildi.

Tuman bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan qizlar viloyat saralash bosqichiga yo‘llanma olishdi. Viloyat bosqichida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan ishtirokchilar respublika bosqichiga o'tadi va ulardan eng iqtidorli qizlar "Zulfiya" davlat mukofotiga loyiq deb topiladi. Mazkur mukofot g'oliblari davlat tomonidan taqdirlanib, o‘qish va kasbiy faoliyatda yanada yuqori marralarni zabt etishlari uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Ushbu tanlov yosh avlodni maqsadga yo‘naltirish, ularga madaniyat, sport va ilm-fan sohasida yuqori marralarga erishishda kuchli rag'batdir.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

23 Oct, 05:35


📍 "Saylov uchastkasi manzilini aniqlash" xizmatidan foydalanish tartibi

Mazkur xizmatdan foydalangan holda o‘z saylov uchastkangizni aniqlang va o‘z fuqarolik huquqlaringizdan foydalangan holda joriy yil 27-oktabr kuni o‘tkaziladigan saylovda faol ishtirok eting.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

23 Oct, 05:18


#Saylov_2024

Befarq bo‘lmang! Yurtning kelajagi, istiboli uchun! Ovoz bering!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

23 Oct, 04:16


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 3 kun qoldi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

22 Oct, 14:51


Namunaliklar muammolariga yechim izlandi

Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov “Namuna” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning masalalarini tinglash va muammolarni joyida hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi. Ushbu tadbir aholini qiynab kelayotgan turli ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va hal qilishga qaratilgan.

Sayyor qabulda Namuna mahallasi aholisi infratuzilma muammolari (yo‘l va suv ta’minoti), uy-joy va kommunal xizmatlar, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy yordam, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi masalalarda murojaat qilishdi.

Hokim har bir fuqaroning muammosini diqqat bilan tinglab, joyida tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berdi. Ayrim muammolar joyida hal qilindi, boshqalar esa kelgusida yechim topishi uchun nazoratga olindi.

Shuningdek, tadbir davomida mahallaning rivoji, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ham kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Bunday sayyor qabullar aholi va mahalliy hokimiyat o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatishga xizmat qilib, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal qilishga yordam beradi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

22 Oct, 13:59


Aholi salomatligini asrashda tibbiy ko‘riklar muhimdir

Bugun Termiz tumani Yangiyer mahallasida tashkil etilgan bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tadbiri aholining salomatligini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, tadbir doirasida bir qator tibbiy xizmatlar, xususan, kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika va davolash bo‘yicha keng qamrovli choralar amalga oshirildi.

Tibbiy ko‘rikda asosiy e'tibor yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, saraton va boshqa surunkali kasalliklarning oldini olish va ularni dastlabki bosqichda aniqlashga qaratildi.

Maxsus tahlillar va diagnostika usullari yordamida aholining sog‘lig‘i sinchkovlik bilan tekshirildi. Ko‘rik davomida turli tibbiyot sohalari bo‘yicha malakali shifokorlar (terapevtlar, kardiologlar, endokrinologlar, ginekologlar va boshqalar) aholiga individual maslahatlar berdi.

Bunday tibbiy ko'riklar aholining tibbiy xizmatlardan keng foydalanishiga yordam beradi va kasalliklarni vaqtida aniqlab, davolash imkoniyatini oshiradi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

22 Oct, 05:56


Joriy yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkaziladi

Taniqli san'atkorlar, madaniyat sohasi vakillari barchani saylovda faol ishtirok etishga chorlamoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

21 Oct, 04:34


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 5 kun qoldi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

21 Oct, 04:18


21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

🎩 1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga asosan, o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan. Mazkur qonun 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.

👨 Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 50 mln nafardan ko‘proq odam o‘zbek tilida so‘zlashadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

20 Oct, 10:33


Бир ҳафтадан кейин — сайлов!

27 октябрь куни бўлиб ўтадиган сайловлар ҳар доимгидан кўра муҳим ва катта янгиликларга бой бўлиши кутиляпти. Бу йил сайлов жараёни илғор технологиялар асосида ташкил этилиши эса жуда зўр янгилик. Чунки замонавий воситалардан фойдаланиш сайлов жараёнининг янада шаффоф ва осон кечишини таъминлайди.

Айниқса, бу йилги сайловларда аралаш тизимнинг жорий этилиши муҳим ўзгаришлардан биридир. Бу тизим фуқароларга ҳам номзодлар, ҳам сиёсий партиялар учун овоз бериш имконини беради, бу эса кенгроқ танлов қилиш имкониятини тақдим этади.

Бу ўзгаришлар нафақат сайлов жараёнини замонавийлаштириш, балки халқнинг сиёсий жараёнлардаги иштирокини янада кучайтиришга қаратилган. Сиз ҳам ўзингизга берилган имкониятдан фойдаланиб, 27 октябрь куни ўтадиган сайловларда фаол иштирок этинг ва келажакда мамлакатимизда амалга ошириладиган ўзгаришларга таъсир кўрсатинг!

Сизнинг овозингиз муҳим!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

19 Oct, 14:02


🖼 Termizda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi

Raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi bilan hamkorlikda joriy yil 24-25-oktabr kunlari hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi.

🧑‍💻 Sanoat yarmarkasida respublikamiz hududlari va vohamiz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishishingiz hamda yangi hamkorlar bilan manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin.

Yarmarkada tashkil etiladigan yo‘nalishlar:
qishloq xo‘jaligi;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash;
kimyo sanoati;
charm-poyabzal va to‘qimachilik;
qurilish materiallari;
oziq-ovqat sanoati.

🟠 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Airitom Free Zone”

📍 Lokatsiya

Qo‘shimchalar ma’lumot uchun telefon:
☎️ +9976-228-01-90 (2026).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

19 Oct, 10:54


Жорий йилнинг 17-18 октябр кунлари Термиз шаҳрида “Имом Термизий илмий меросининг ислом цивилизациясида тутган ўрни” мавзуисида ўтказилган халқаро илмий-амалий анжуман ҳақида

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Termiz tumani hokimligi

19 Oct, 10:04


Termiz tumani hokimligi binosida o‘tkazilgan tadbirda Probatsiya guruhi ro‘yxatida turgan yoshlar bilan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda ichki ishlar organlari vakillari, jumladan, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Qahramon Qosimov hamda Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Zoxid Samadovlar ishtirok etishdi.

Yoshlarga qayta jinoyat sodir etmaslik bo‘yicha keng qamrovli tushuntirishlar berildi. Xususan, ular qanday majburiyatlarga ega ekanliklari va qaysi huquqlari cheklanganligi haqida batafsil tushuntirildi. Ushbu jarayonda qonunlarga amal qilishning muhimligi qayd etildi, chunki Probatsiya ro‘yxatida bo‘lgan shaxslar o‘zlarining muayyan cheklovlari bilan yashashlari lozim.

Tadbirda, shuningdek, avtotransport boshqaruvi huquqi cheklangan yoshlarga alohida e’tibor qaratilib, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, transport vositasini noqonuniy boshqarishning salbiy oqibatlari haqida ham gapirib o‘tildi. Maqsad – yoshlarga qonuniy chegaralarni oshirish va ularni jamiyatga to‘g‘ri yo‘naltirish orqali kelajakdagi jinoyatlarning oldini olishdir.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter

Termiz tumani hokimligi

19 Oct, 09:14


Iqtidoringni namoyish et va “iPhone 16” yutib ol!

“Saylov – 2024” jarayonlarini targ‘ib etuvchi 1.30 daqiqalik videorolik tayyorlang.

Videoda #DEBATXOLL heshtegidan foydalaning va @debatxoll rasmiy sahifasini belgilab, o‘z Instagram sahifangizga joylashtiring.

Sovg‘alar:

1-o‘rin: “iPhone 16”
2-o‘rin: Noutbuk
3-o‘rin: Zamonaviy planshet

Videoroliklar mazmun va kreativ yondashuvlar asosida baholanadi.

Videolaringizni 25-oktyabrgacha joylashtirishingiz mumkin. Sovg‘alaringizni esa 27-oktyabr kuni olib ketishingiz mumkin!

EN/RU

Obuna bo‘ling / Подписывайтесь / Subscribe

Termiz tumani hokimligi

18 Oct, 11:33


21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

Sana munosabati bilan Termiz tumani hokimligi xodimlari “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” shiori ostidagi chellenjda ishtirok etishdi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter