🎓"SALIMOV AKADEMIYASI" @tayyorlov_kursi Channel on Telegram

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

@tayyorlov_kursi


Salimov Akademiyasi - abituriyentlar tayyorlov markazi!

• Ijtimoiy fanlar
• Aniq fanlar
• Tabiiy fanlar
• IT

📍Manzil: Buxoro vil. G'ijduvon shahri.
📞 Telefon: +99891825 8555

🎓 SALIMOV AKADEMIYASI (Uzbek)

🎓 SALIMOV AKADEMIYASI telegram kanalimiz o'quvchilarga eng yaxshi tayyorlov kurslarini taklif etadi! Bu kanal orqali siz tanlagan kurslardan birini tanlashda yordam olishingiz mumkin. SALIMOV AKADEMIYASI kurslari o'qituvchilarning professional bilimlariga asoslanadi va o'quvchilarga yuqori darajada ta'lim berishni muddatlar. Tayyorlov kurslari qulay va o'rganishga yordam berishni maqsad qilgan bo'lib, qadrlangan o'qituvchilar tomonidan olib boriladi. Manba: SALIMOV AKADEMIYASI telegram kanalidan foydalanib, o'z dunyoqarashingizni rivojlantiring!

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

18 Feb, 03:43


#zakovat #final #unutilmas onlar

Zakovatimiz final bosqichi yakunlandi!

Bugun biz aql-idrok, yaratuvchanlik va bilimning haqiqiy namunasini ko‘rdik. Final ishtirokchilari bizni hayratda qoldirib, o‘zlarining ajoyib fikrlari va qat’iyati bilan musobaqamizni yanada rang-barang qildi.

Hamma qatnashchilarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz – sizning ishtirokingiz va mehnatingiz bizni kelajakdagi musobaqalarda yana ko‘proq yutuqlarga erishishimizga ilhomlantirdi.

Kelajakda yana uchrashishguncha, bilim va ijod yo‘lida davom eting!

Finalda ustoz Hamdamov Ilxom boshchiligidagi Akatsuki jamoasi g’olib bo’ldi

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

17 Feb, 06:13


Termodinamikaning 1-chi qonuni energetik qonun, ya'ni energiyaning saqlanish qonuni hisoblanadi. Unga ko'ra, xususan, agar jismning ichki energiyasi doimiy bo'lib, issiqlik almashinuv sodir bo'lmasa mexanizm ish bajara olmaydi. issiqlikni ishga yoki ishni issiqlikka aylantirib bo'lmaydi. Hech narsadan ish hosil qiluvchi qurilma - 1-tur abadiy dvigatelni 1-qonun rad etadi. Bu qonunning o'rnatilishi nemis olimlari Yu.Mayer va G.Gelmgols hamda ingliz olimi J.Joul nomlari bilan bog'liq. Termodinamikaning 2-qonuni g'oyasi fransuz injeneri S.Karno nomi bilan bog'liq. U birinchi bo'lib, issiqlik miqdori qizigan jismdan sovuqroq jismga uzatilganda foydali ish olish mumkinligini ko'rsatib berdi.
Ingliz fizigi Tomson 2-qonunni shunday ta'rifladi: "Tabiatda birdan-bir natijasi issiqlik rezervuarining sovishi hisobiga olingan mexanik ishdan iborat jarayon mavjud emas". Bu ta'rif issiqlik va ishning bir-biriga aylanishi teng qiymatli emasligini ko'rsatadi. Issiqlikni to'liq holda ishga aylantira oladigan qurilmaga 2-tur abadiy dvigatel deyiladi. 2-qonun bu tur abadiy dvigatel mavjud bo'lolmasligini ko'rsatadi. U.Tomsondan mustaqil ravishda nemis fizigi R.Klauzius 2-qonunni shunday ta'rifladi: "Issiqlik miqdori sovuqroq jismda issiqroq jismga o'z-o'zidan o'tmaydi". Bu ta'rif real jarayonlarning bir tomonlama ekanligini ko'rsatadi. Masalan, gazlar idishda o'z-o'zidan aralashishi mumkin, lekin o'z-o'zicha fraksiyalarga ajralmaydi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Klauzius o'z-o'zicha sodir bo'luvchi jarayonlar yo'nalishi haqidagi masalani yangi funksiya - entropiya tushunchasini kiritish bilan hal qildi. Izolyatsiyalangan sistemalarda jarayonlar o'z-o'zicha entropiyaning ortishi yo'nalishida bo'ladi. Issiqlik muvozanatida entropiya maksimal qiymatga erishadi.
Entropiyaning qiymatini hisoblash nemis fizigi V.Nernst nomi bilan bo'gliq. U absoluyt temperatura nolga intilganda har qanday o'zgarish bilan bog'liq bo'lgan entropiya o'zgarishi ham nolga intilishini aniqladi. Bu esa termodinamikaning 3-qonuni hisoblanadi.
Ichki energiya, entropiya va boshqa funksiyalar kiritilganda termodinamika ularning tabiati bilan qiziqmaydi hamda ularni modda tuzilishi bila bog'lamaydi. Unda asosiy qonunlar insoniyatning ko'p asrlik tajribasi umumlashmasidan iborat postulatlar tarzida kiritiladi. Shu sababli ular har qanday jarayon va har qanday moddalar: qattiq suyuq, gazsimon, plazma , yarimo'tkazgich, dielektriklar uchun o'rinli hisoblanadi.

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

12 Feb, 05:14


#blok test 09.02.25

Test jarayoniga guvoh bo‘lish, bizning faoliyatimizni kuzatish va kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun ilhom olish imkoniyatidan foydalaning!

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

10 Feb, 05:43


G'iyosiddin Abulfath Umar ibn Xayyom (1048 - 1131) Nishopur shahrida, badavlat hunarmand oilasida tug'ilib voyaga yetdi. Uning laqabi Xayyom bo'lib, "chodir tikuvchi" degan ma'noni bildiradi. Umar Xayyom o'z she'rlarini fors tilida, nasriy asarlarini esa arab tilida bitgan. Xayyom o'zining ruboiylari bilan nom qozongan. Uning taxminan 400 ta ruboiysi bo'lib, shulardan 293 tasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanadi.
Umar Xayyom ensiklopedik olim edi. Uning 600 yildan keyin aniqlangan matematik ilmiy ishlanmalari mavjud. Undan tashqari, ayrim ishlarida Quyosh va Oy tutilishlarini, shuningdek meteorologik holatlarni oldindan prognoz qilish metodlari mavjud.
Quyida forschadan Jamol Kamol tarjima qilgan Umar Xayyom ruboiylaridan namunalar keltirilgan.
***
Bor edi kulol do'koni, kirdim bir gal, Dastgoh boshida ko'zagar ishlardi jadal.
Ko'rdimki, gado ilkiyu shoh kallasidan
Ul ko'zaga bejirim bo'yin, dasta yasar..
***
Yoshu-qari jahonga yuz tutgaylar,
Bu nuqtani to ko'ngilga jo tutgaylar. Hech kimga qolmagay mulki jahon, Keldik,ketamiz, boz kelib-ketgaylar..
***
Bilgaymisan, ayo, saharlarda xo'roz, Faryod etarda senga ne so'ylar roz? Ul derki, ayon bo'ldi sahar ko'zgusida
Tun o'tdi umrdan, bexabarsan boz...

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

10 Feb, 04:46


Tabiat hodisalarini o'rganib, ularni tavsiflash, voqeani baholash uchun sanoq sistemasi zarur. Sanoq sistemasidagi koordinatalar uzunlik etaloni, soat yoki sekundomer esa vaqt etaloni hisoblanadi.
Sanoq sistemalari orasida inersial sistemalar mavjud. Bu sistemalarda tashqi kuch ta'sir qilmaydigan jismlar o'zgarmas tezlikda harakat qiladi. Agar bir inersial sistema topilsa, unga nisbatan tekis va to'g'ri chiziqli harakatdagi boshqa sistema ham inersial bo'lishi aniq. Bunday sistemalarni istangan miqdorda aniqlash mumkin.
Ammo, inersial sistema tushunchasiga chuqurroq yondashilsa, anchayin ko'p savollar kelib chiqadi. Masalan bu sistema ta'rifi mantiqan ochiqdan-ochiq qoniqarli emas. Haqiqatan ham, ta'rifda aytilganidek, jismga kuchlar ta'sir etmayotganda u tekis va to'g'ri chiziqli harakatlansa, unga kuchlar ta'sir etmayotganligini qanday yoki qayerdan bilish mumkin? Bu yerda biz mantiqda ma'lum bo'lgan "chalkash davra" holatiga duch kelishimiz aniq. Mantiq yoki faktlarga qo'l siltab, intuitsiya yordamiga murojaat qilinadi: tinch turgan jismga ta'sir etuvchi kuchlar yig'indisi baribir nol-ku!
Boshqa yo'l shundaki, inersial sistema etalonini tanlashda uni mantiqan ta'riflashdan voz kechiladi. Lekin bu holda nisbatan aniqroq tajribalar sistemaning noinersialligini bildirib qo'yishi mumkin. Masalan, Galiley Yerni inersial sistema deb hisoblagan bo'lsa ham, keyinchalik Fuko tajribasi uning noinersialligini ko'rsatdi.
Nyuton qandaydir absolyut sanoq sistemasi mavjud bo'lishi kerak, deb faraz qilgan. Undan tashqari, shu sistema "efir" bilan - go'yo butun fazoni to'ldirgan haqiqiy substansiya bilan bog'langan edi. A.Eynshteyn ishlaridan keyin absolyut sanoq sistemasini mavjud emasligi aniq bo'ldi. Sistema etaloni sifatida "qo'zg'almas yulduzlar" bilan bog'liq sistema tanlandi. Lekin keyin yulduzlarning bir-biriga nisbatan siljishi aniqlandi.
Sanoq sistemasi etaloni haqida gapirganda, u bilan bog'liq haqiqiy fizik ob'yektlarni ko'rsatish zarur. Hozirda inersial sistema etaloni sifatida relikt nurlanish izotrop bo'lgan sanoq sistemasi qabul qilingan.

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

09 Feb, 11:52


Yana bir B2 natija.
Congratulations SABINA
4 oylik natija.

https://t.me/Excellent_LS

Tel.902994750

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

03 Feb, 11:47


TURK TILI dan
4 oylik NATIJA BOOM 💥💥💥💥

Salimov akademiyasi TURKUAZ o'quv markazi yana bir ajoyib natijalari bilan sizni tanishtiradi.

Milliy sertifikat uchun 21 oʻquvchi roʻyxatdan oʻtdi va bulardan
14 nafari B2 sertifikati 7 nafari B1 sertifikatini qoʻlga kiritdi.

TURKUAZ - turk tilida erkin soʻzlashing!


https://t.me/SalimovAkademiyasiTurkuaz

Murojaat uchun :
91 247 74 45
90 340 50 90

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

01 Feb, 06:53


SALIMOV ACADEMY - WHERE YOUR DREAMS COME TRUE
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

30 Jan, 09:13


#UstozQaytdi #IlmYo‘lida #ShogirdlarFaxrida

Xush kelibsiz, Ustoz! Sizdan yana saboq olish baxtiga muyassar bo‘lish biz uchun katta sharaf!

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

29 Jan, 14:14


TURK TILI
4 oylik NATIJA BOOM 💥💥💥💥

Salimov akademiyasi TURKUAZ o'quv markazi

https://t.me/SalimovAkademiyasiTurkuaz

Murojaat uchun :
91 247 74 45
90 340 50 90

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

26 Jan, 13:27


Modda - tinchlikdagi massaga ega zarralar majmuidir. Modda ma'lum shakllarga ega, aniq xossalarga ega, muayyan qonunlarga bo'ysunadigan materiyadir. Modda Yer sharoitida qattiq , suyuqlik , gaz va plazma holatida, Koinotda esa o'ta zich holatda (masalan, neytron yulduzlarda) bo'ladi. Modda materiya miqdorini ifodalovchi fizik kattalik sifatidagi massa ham bo'lolmaydi. Buning hech qanday ilmiy asosi yo'q. Modda miqdori va massa materiyaning turli xususiyatlarini ifoda etadi, demakki, ular aynan tushunchalar emas.Masalan , massa jismning inertsion va gravitatsion xususiyatlarini ifodalovchi kattalikdir. Modda miqdori esa jismdagi zarralar sonini ifodalovchi kattalikdir. Harakat tezligi o'zgarsa, zarralar soni o'zgarmasa-da, massa o'zgarishi kuzatiladi.
Kvant mexanika va kvant elektrodinamikaning rivojlanishi materiyaning modda ko'rinishidan boshqa shaklda - maydon (to'lqin) ko'rinishda ham mavjudligini aniqladi. Materiyaning modda va maydon shakllari o'zaro farqlanadi. Moddiy jismlar fazoda aniq hajm va shaklga ega bo'lib, diskret zarralar to'plamidan iborat. Ularning fazodagi vaziyati chekli sondagi erkinlik darajalari bilan aniqlanadi. Maydon esa fazoda uzluksiz bo'lib, muayyan taqsimotga ega bo'ladi. Maydon vakuumda aniq bir tezlikda tarqalib, cheksiz ko'p sondagi erkinlik darajalariga ega bo'ladi. Koinotdagi makroskopik hodisalarda modda va maydon o'rtasidagi tafovut aniq bilinsa-da, mikroskopik jarayonlarda farqlanish sezilmaydi. Materiyaning modda shakli uzluklilik (diskretlikdagi zarralar) xarakterida, maydon shakli esa uzluksizlik (fazoni muayyan taqsimotda to'la qamrash) xarakterida bo'lib, o'zaro mustahkam bog'lanishda bo'ladi.

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

26 Jan, 09:44


📣 Zakovatning navbatdagi bosqichi yakunlandi! 🎉

Bugungi bosqich hayajonli bahslarga boy bo‘ldi! 4 ta jamoa o‘z mahoratini ko‘rsatib, teng ball to‘plashdi va shu tariqa final bosqichiga yo‘l olishdi. 💪🔥

Endi esa final o‘yinlari yanada qiziqarli va keskin bo‘lishi aniq! Finalchilarni tabriklaymiz va ularga muvaffaqiyat tilaymiz! 🏆

Salimov akdemiyasi siz izlagan makon

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

24 Jan, 16:30


Congratulations 👏👏👏

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

22 Jan, 16:16


Assalomu aleykum yaxshimisiz ustoz raxmat kattakon bergan bilimlariz uchun❤️❤️❤️ bu sizni yutugiz

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

29 Nov, 09:08


Сизларга баҳоси қиммат бир ҳақиқатни айтиб қўяй: "Агар болангизга тарбияни беш ёшида бермасангиз, ўн беш ёшида беролмайсиз. Бундан кейин назоратини қила олмайсиз. Ҳали кичик экан, ғофил бўлманг. Фурсатни қўлдан берманг".

Шайх Муҳаммад Ротиб Ноблусий

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

28 Nov, 14:02


Salimov akademiyasi o’quv markazi ona tiliniyam yondirishni boshladi. Hatto A+ lar ham bor… to be continue

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

21 Nov, 09:11


Oriental LC o’quv markazida MOCK testlarga START berildi savollar haqiqiy imtihonda tushgan va tushish ehtimoli bor savollardan tuziladi

Mock testlarning afzalliklari:
Haqiqiy CEFR formatidagi materiallar;

Listeningda har bir kandidat uchun IELTS imtihonida ishlatiladigan naushniklar;

Writing testlari IELTSdan yuqori natijali professional ustozlar tomonidan tekshiriladi (Writing 8 ball)

Natijalar uch kun ichida e’lon qilinadi va siz uchala skill bo’yicha o’rtacha balingizni bilib olasiz!

Narxi: 20000 so’m

MOCK test sanasi: 24-Noyabr 14:00 da

So’nggi registratsiya 23-noyabr soat 20:00 gacha.


Ro’yxatdan o’tish uchun biz bilan bog’laning:
906369854
912451118

@Shukurullo_Rahmatov

Faqat 30 ta joy bor ulgurib qolamiz

Manzil: G’ijduvon XBK old tomonidagi ko’p qavatli bino

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

17 Nov, 13:41


Хурматли ота-оналар, миллатни қутқарувчиси бўлиши мумкин бўлган фарзандингиздан, 100-200 мингни аяманг. Тўйига, уйига пул йиғманг. Ўқитинг, ўзи қилади ҳаммасини!

Хурматли ёшлар, ўқинг. Келажакда қандай касб эгаси бўлманг, ўқинг. Ҳунарманд бўлсангиз ҳам ўқинг. Спортчи бўлсангиз ҳам ўқинг. Ҳеч ким бўлмасангиз ҳам ўқинг. Ишонинг, китоб ўқиган одамни ҳаёти бошқалардан мазмунли бўлади. "Китобни ушласам, уйқум келаверади-да😀, ота-онамни шароити яхшимас-да, фалон эди-пўкин эди" деган бахоналар ўтмайди. Китобларни ўқиб додлатиб юборинг. Сизни кўрган китоблар ҳам "Ҳозир ўқиб ташлайди" деб дағ-дағ титраб турсин)) Унутманг, биз "Ўқи" деб буюртирилган миллатмиз!

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

17 Nov, 03:55


Assalomu alaykum. Hurmatli yurtimiz kelajagi bo'lgan talabalar. Sizlarni bugungi bayram bilan tabriklayman. Ilmlaringiz ziyoda bo'lsin. Yaxshi kasb egasi bo'lib, millatu mamlakatga foydasi tegadigan inson bo'linglar. Dangasalikdan, behuda vaqt o'tkazishdan, Pabjidan, 1XBetdan, kvartirani suv bostirishdan, ikki baho olishdan o'zi asrasin.
Unutmang, siz kelagakda buyuk, kerakli odam bo'lasiz. Biz sizni kutayapmiz.
Xudo omad bersin.
Hurmat bilan Z.N.Hamdamov

@Abu_Abdullaaziz

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

17 Nov, 03:54


Aziz talabalar, sizlarni bugungi ajoyib bayram – Talabalar kuni bilan chin dildan tabriklayman! Bilim olish yo'lida qilayotgan mehnatingiz, o'rganishga bo'lgan ishtiyoqingiz har bir kuningizga yuksak maqsadlar olib kelsin. Har biringizning orzularingiz ro'yobga chiqishini, kelajakda o'z sohangizda muvaffaqiyatlarga erishishingizni tilayman. Sizga omad, kuch-quvvat va doimiy ilhom yor bo'lsin! Yangi cho'qqilarni zabt etish yo'lida muvaffaqiyat tilayman!

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

25 Oct, 04:59


Bu o‘quvchimiz - Xolmurodova Umida Ergash qizi. 2008-yilda tug‘ilgan. Tumandagi 57-maktabda o‘qiydi. Shu bilan birgalikda ko‘p tarmoqli "Salimov akademiyasi" o‘quv markazida ham fizika va matematika yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqda.
Mazkur o‘quvchimiz o‘zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi natijasida nafaqat asosiy fanlardan yuqori ballarini saqlab qoldi, balki ingliz tili bo‘yicha IELTS sertifikatini ham qo‘lga kiritdi.
O‘quvchimizning keyingi o‘quv tayyorgarlik ishlariga ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

12 Oct, 10:15


#results #B2 #alhamdulillah #2024 19/September/2024

Candidate name: Asadbek
Age: 16
Attempt: 1st
Prep time w/ us: about 8 months

@orientallc

Make dreams come true

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

12 Oct, 10:15


#results #B2 #alhamdulillah #2024 19/September/2024

Candidate name: Sobirjon
Age: 16
Attempt: 1st
Reading C1
Listening C1
Prep time w/ us: about 8 months

@orientallc

Make dreams come true

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

12 Oct, 10:15


#results #B2 #alhamdulillah #2024 19/September/2024

Candidate name: Maftuna
Age: 15
Attempt: 1st

@orientallc

Make dreams come true

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

12 Oct, 10:15


#results #B2 #alhamdulillah #2024 19/September/2024

Candidate name: Shaxrizoda
Age: 15
Attempt: 1st
Prep time w/ us: about 2 months

@orientallc

Make dreams come true

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

12 Oct, 10:15


#results #B2 #alhamdulillah #2024 19/September/2024

Candidate name: Gulsevar
Age: 15
Attempt: 1st

Prep time w/ us: Sabr

@orientallc

Make dreams come true

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

12 Oct, 10:15


#results #B2 #alhamdulillah #2024 19/September/2024

Candidate name: Mirjahon
Age: 16
Attempt: 1st

@orientallc

Make dreams come true

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

12 Oct, 10:15


#results #B2 #alhamdulillah #2024 19/September/2024

Candidate name: Shahruz
Age: 15
Attempt: 1st
Prep time w/ us: about 6 months

@orientallc

Make dreams come true

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

12 Oct, 10:15


#results #B2 #alhamdulillah #2024 19/September/2024

Candidate name: Asilbek
Age: 16
Attempt: 1st
Prep time w/ us: about 8 months

@orientallc

Make dreams come true

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

10 Oct, 12:45


Assalomu alaykum.
Hammaga XAYRLI KUN TILAYMAN!
Ertaga maktabda ZAKOVAT INTELEKTUAL o'yinining birinchi bosqichiga start beriladi.
Siz ham bu o'yinda qiziqarli savol yo'llab ishtirok etishingiz mumkin!
Savolingizni lichkamga yozib qo'sangiz XURSAND BO'LAMAN!
Chiroyli savollar uchun oldindan KATTA RAHMAT!!!

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

10 Oct, 12:45


Savol namunasi:
Hamshiralar - 92
Ayollar- 99
Qariyalar - 02
Yoshlar - 08
....... 22
Diqqat savol? 22 raqamidan oldingi so'zlarni yozib bering.
Savol muallifi: H. Salimov
Savol javobi : ....

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

05 Oct, 10:58


FAKE‼️

DIQQAT!
HURMATLI TARBIYACHILAR USTOZ SALIMOVNI NOMLARIDAN SOXTA TELEGRAM AKKAUNTI OCHIB OTA-ONALARDAN PUL SOʼRASHYAPTI. ISHONMANGLAR VA HECH KIMGA PUL KOʼCHIRIB BERMANGLAR! PROFILGA USTOZNI RASMLARINI HAM QOʼYISHGAN, ILTIMOS ALDANIB QOLMANG!

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

04 Oct, 11:43


💥 FAQAT BIR KUN 💥

SALIMOV AKADEMIYASI TIBBIYOT OʻQUV MARKAZI.

🫡 SALIMOV AKADEMIYASI Tibbiyot oʻquv markazi bo'lajak shifokorlar uchun qulay imkoniyat yaratadi.

☝️ Endi sizda SALIMOV AKADEMIYASI Tibbiyot oʻquv markazida o'qish imkoniyati mavjud.

🎯 Markaz haqida 👇👇👇
🔰 Biologiya haftada 6 ta dars
🔰 Kimyo haftada 5 ta dars
🔰 Majburiy fanlar
🔰 Uch mahal issiq ovqat
🔰 Uzoqdan kelgan o'quvchilar uchun yotoqxona ham mavjud
🔰 Sharqona tarbiya
🔰 Sifatli ta'lim
🔰 Temir intizom va qattiqqo'llik

O'quvchilar imtihon asosida qabul qilinadi.
👉👉👉 QABUL IMTIHONI FAQAT BIR kuni 6-oktabr kuni
soat 8:00 da bo'ladi
.

☝️#Eslatma: Markazda faqat tibbiyot yo'nalishida o'qish mumkin.
⛳️ Manzil: G'ijduvon tuman 2-kollej
⛳️ Mo'ljal: G'ijduvon IIB ro'parasida
☎️ Tel:+998914496867

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

04 Oct, 04:20


Qadimgi Xitoy faylasufi Syun Szi miloddan avvalgi taxminan 313 - 235 yillarda Chjao hoqonligida tug‘ilib, yashab o‘tgan. (Tug‘ilgan va vafot etgan sanalari aniq emas)
Syun Szi aytadi: "Ibtido intihoning o‘zidir. Ayni paytda intiho ibtidodir. Bu holat na boshlanishi va na oxiri mavjud bo‘lmagan aylanaga o‘xshaydi. Agar u buzilsa, Koinotda muvozanat buziladi".
..Eynshteyn Koinot chegarasi haqida shunday degan: "Hech qanday moddiy jism yoki elektromagnit signal yo‘qki, u juda katta aylanadagi qarama-qarshi nuqtadan uzoqlasha olsin. Dunyodagi massalarning tortishish kuchi yorug‘lik kvantini ham, ulkan tezlikdagi har qanday jismni ham va hatto butun boshli Galaktikani ham dastlab qo‘zg‘algan nuqtasiga qaytaradi". Eynshteyn nazariyasi bo‘yicha olam chegaralangan.
..Syun Szi va Albert Eynshteyn zamondosh bo‘lishmagan. Ularning yashab o‘tgan vaqtlari oralig‘i asrlarni tashkil etadi. Lekin, ikki mutafakkirga tegishli yuqoridagi fikrlarda hamohanglik borligini payqash mumkin.
..Olamda materiya ikki xil formada bo‘ladi: modda( barcha massiv jismlar) va maydon ( barcha turdagi elektromagnit nurlanishlar) ko‘rinishida. Koinot hodisalarida materiyaning ishtiroki o‘ziga xos bo‘ladi. Yorug‘lik tezligiga yaqin tezlikdagi jism dastlabki nuqtasidan uzoqlashgan sari tezligi kamaya boradi va uning uchun vaqt o‘tishi sekinlashadi. Foton yoki kvant esa tezligini o‘zgartirmaydi, lekin energiyasini chastotani kamaytirish, to‘lqin uzunligini orttirishga sarflaydi. Chastotaning kamayishi davrning ortishiga ekvivalent. Xuddi shu holat ham vaqt sekinlashganligini aks ettiradi. Aslini olganda, ikkala o‘zgarishning mohiyati bir. Bu yerda gap materiya formasining ikki xilligidadir.

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

01 Oct, 11:04


Değerli öğretmenler bayramınız kutlu olsun !

https://t.me/SalimovAkademiyasiTurkuaz

🎓"SALIMOV AKADEMIYASI"

01 Oct, 04:45


🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷🇹🇷
Salimov akademiyasi
TURKUAZ o'quv markazida ilk MOCK test

A va B guruh o'quvchilarimiz
1️⃣ oy davomida o'zlashtirgan bilimlarini sinovdan o'tkazish va mustahkamlash maqsadiga sinovdan o'tkazilyapti.