Tᴀsᴋinᴀᴛ @taskinzor Channel on Telegram

Tᴀsᴋinᴀᴛ

@taskinzor


Taklif va aloqa ucgun: @Taskinzor_bot

Tᴀsᴋinᴀᴛ (Uzbek)

Sizning ehtiyotingiz boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar va maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin boʻlgan Telegram kanalimizga xush kelibsiz! 'Tᴀsᴋinᴀᴛ' kanali orqali siz, eng soʻnggi takliflar va aloqalar bilan tanishing va oʻz maqbul meningizga mos boʻlgan maʼlumotlardan foydalana olasiz. 'Tᴀsᴋinᴀᴛ' kanali, @taskinzor foydalanuvchilariga aloqa uchun eng yaxshi resurslarni taklif qiladi. Agar sizga yangi narsalar bilan tanishishga qiziqqansiz yoki oʻz aloqalaringizni rivojlantirmoqchi boʻlsangiz, bizning kanalimiz siz uchun! Biz bilan birgalikda yangi tartiblar va imkoniyatlardan foydalaning! @Taskinzor_bot orqali kanalga bogʻlaning va eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻling. Sizning ehtiyotingiz boʻyicha eng yaxshi maʼlumotlar sizga yetkaziladi. Sizning xabarlaringiz va takliflaringiz doimiy qabul qilinadi. Bizning kanalimiz sizning ehtiyotlaringizga javob beradi va sizga zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etadi. Sizni 'Tᴀsᴋinᴀᴛ' kanaliga a'zo boʻlishni kutib qolamiz!

Tᴀsᴋinᴀᴛ

06 Jan, 06:33


Biz dunyo uchun yaratilmadik,
Dunyo biz uchun yaratildi!

Tᴀsᴋinᴀᴛ

05 Jan, 06:21


Senga qanday gapirishni o‘rgatgan onangga tilingni o‘tkirligini ishlatma.

Tᴀsᴋinᴀᴛ

04 Jan, 04:16


Goʻzal kunlar senga kelmaydi, sen ularga borishing kerak !

Tᴀsᴋinᴀᴛ

03 Jan, 06:45


Oʻziga hamd !
Uddaladik 😄

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Jan, 15:50


Mehrimizni qadri oshdimi
Yo qalbimiz qahri toshdimi...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Jan, 13:36


гоҳо ғам андуҳдан сочлар оқарди
базан ташвишлар деб кексайди жасад
аммо севги доим, доим ёшарди
кӯнгил гӯдак қолди абадул, абад.

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Jan, 14:22


Iya meni kanalimdagilar ham tirik ekanku😅

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Jan, 14:21


Suhbat ketadimi

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Jan, 14:06


- Boʻlajak yoringni tasvirlab ber...
- Oʻta vafodor boʻladi...
- Seni sevgani uchunmi..?
- Allohdan qoʻrqqani uchun...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Jan, 14:02


Agar men jimib ketsam bilingki yo oʻta baxtliman yo oʻta baxtsiz...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Jan, 14:02


Baxtli vaqtim post yozishdan koʻra har lahzamdan zavqlanishni afzal koʻraman

Tᴀsᴋinᴀᴛ

31 Dec, 14:40


Sovg'a ulashish uchun yangi yilni kutish shart emas , shuning uchun menga har kuni sovg'a ulashishingiz mumkin 😊

Tᴀsᴋinᴀᴛ

29 Dec, 12:21


"Mendan yaxshisiga loyiqsan" deya ko'rma, men uchun eng yaxshisi bo'lishga harakat qil)

Tᴀsᴋinᴀᴛ

28 Dec, 00:44


🌚

Tᴀsᴋinᴀᴛ

26 Dec, 07:47


O'zing bilmagan yo'ldan yurma !

Tᴀsᴋinᴀᴛ

23 Dec, 12:08


Sen xafa qilgan qalbni Alloh sevadigan bo‘lsachi?!
Bilmaysan...
Bilganingda edi,
Yuraging yorilar edi va bunga jur’at qilolmagan bo‘lar eding...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Dec, 20:31


Мўралайди эшиклар маюс,
Кўз юммайди кўзгулар нечун.
Ухласайдим...
Ухлай олсайдим,
Сен бор тушлар кўрмоқлик учун!

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Dec, 14:53


Сабр ҳақида шайх Шаъровийнинг айтган сўзидан кўра гўзалроқ сўзни асло кўрмадим: “Агар Аллоҳ таоло сени муродингни амалга ошишини, уни рўёбга чиқишини истаётган экан, кўз очиб юмгунчалик фурсатга ҳам сабр қилишдан малолланма. Албатта, умидла тўккан кўзёшларинг, хўрсиниб, уҳ тортишларинг Ундан махфий қолмайди. Ҳолингни ва зотингни салоҳиятли экани (агар сабрсизлик қилар экансан) сени ташвишингни аритиб, мушкулингни ҳал қилолмайди. Лекин У сўровчиларни илинжла сўрашини яхши кўради. Ахир У эмасми: “Албатта, Мен бугун сабр қилганлари учун уларни мукофотладим. Албатта, улар - ўзлари ютуққа эришувчилардир” деган! (Мўминун сураси, 111-оят).

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Dec, 14:52


Omonmisizlar xalq😅

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Dec, 15:19


Koʻproq talabalar haqida post yozadigan kanal topib oldim. Ilm talab qiluvchi barcha talabalarni taklif qilaman!

Manzil: Ibnu Obid

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Dec, 10:04


Nafs har qanday bir hol yoki bir narsa bo‘lsin, o‘zi uchun izn bеrilsin yoki bеrilmasin, dunyoda qo‘lga kiritgan har narsaga sеvinur. Mana shu sеvinch tomirlarda kеzuvchi va tanaga yoyiluvchibir zahardir.

"Nafs tarbiyasi" kitobidan

Tᴀsᴋinᴀᴛ

19 Dec, 14:38


Oxirgi payt shunaqa orqavarotdan kuzatadiganlar ham ko'payib ketdi 😐

Tᴀsᴋinᴀᴛ

19 Dec, 08:45


Ahh, Do'stlar , menga omad tilab duoda bo'linglar 😇

Tᴀsᴋinᴀᴛ

18 Dec, 16:58


Kitob va premium yutib olmoqchi bo'lsangiz yaxshi imkoniyat

Tᴀsᴋinᴀᴛ

18 Dec, 08:38


—Bir sharti bor
—Qanday?
—Uyingizga yolg'iz bormayman
Biz ikki kishimiz
—Farzandingiz bormi?
— Menda U bor

Ko'zlarini qarela 🥹
Tanishila bu Lili — mening mittivoyim 🥰

Endi men ham yolg'iz emasman 😇

Tᴀsᴋinᴀᴛ

16 Dec, 19:02


https://t.me/+-ZfMQjsIXxZhYTIy

Shaxsiy blogim !

Tᴀsᴋinᴀᴛ

16 Dec, 17:17


Shkalat trenddan keyin meniyam ustoz bolgim kelib qoldi
Shifokorlik atmen
Ustoz bolaman😅

Tᴀsᴋinᴀᴛ

16 Dec, 14:00


Meni men istagan suhbatig'a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas...

Navoiy

Tᴀsᴋinᴀᴛ

16 Dec, 10:20


Bunga nima deysiz?

Tᴀsᴋinᴀᴛ

16 Dec, 09:11


Men esli qiz bo'lib qor o'ynashga chiqmasam ham tomog'im og'rib , kuni bilan tashqarida qor o'ynasa ham otdek yurganlarga qarab kulib qo'ydim😊

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Dec, 18:13


Tilim shirin-u
Qo'lim shirinmasligini to'ldirib ketar-a 😅

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Dec, 17:52


Eng ko'p tushunilmaslikdan charchayman...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Dec, 17:51


Odam avval o'zini o'zi yaxshilab topib olmaguncha, boshqalarni topa olmaydi, his qila olmaydi, tushunmaydi ham..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Dec, 09:13


—Qahvami, choymi?
—Bo'lsa bir qultum halovat..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Dec, 07:59


Ўткинчиман, шодлан, куюнма,
Ҳаётингдан кетаман бир кун.
Лекин, ҳатто ўлсам суюнма,
Минг йилдан сўнг қайтишим мумкин.

Тиниб ёғар ёмғирлар каби,
Баҳорлардек қадрини билмас.
Туннинг Ойи, Куннинг офтоби.
Мен қайтаман бир куни, хуллас.

Унутилди, дея қувониб,
Осмонларга отма дўппингни.
Мен қайтаман қолсам соғиниб,
Оллоҳимнинг истаган куни.

Ё мойчечак, ё захча бўлиб,
Ёки тунлар шамол шовқини.
Ё ҳаводек кўксинга тўлиб,
Мен қайтаман, билиб қўй шуни.

Муҳаббатга айланиб қайта,
Юрагинга оламан кириб.
Ёр ҳижрони қийнаган пайти.
Билгинки мен келдим тирилиб!

Тупроқ бўлгум, Ҳаққа ёлвориб,
Мени босиб юрмоғинг учун.
Юз йилдан сўнг ахири бориб,
Қучоғимга кирасан бир кун!

Малика Тавфиқ

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Dec, 19:16


—Tug'ilgan kuningga nima xohlaysan?
—Eski o'zimni..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Dec, 19:15


Меҳрга зор этиб қўйса меҳрибонлар,
Қадримизни қаҳад қилса қадрдонлар,
Ёш ўрнида икки кўздан оқса қонлар,
Кимга борай йиғлагани биродарлар?

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Dec, 19:11


Tuningiz hayrli va osuda o'tsin insonjonlar 🩷

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Dec, 15:45


Lirik chekinish

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Dec, 14:51


Koʻp narsani boshidan kechirgan odam hech qachon birovni baxtsizligi va ojizligini ustidan kulmaydi,chunki u qalb azobining narxini biladi..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Dec, 10:31


Gapni qarang😅

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Dec, 10:26


Thanks giving day ni shundoq o'tkazvoribman
Shu munosabat bilan hammangizga rahmat aytmoqchiman, kech bo'lsada,
Boringizga shukur 🫶

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Dec, 01:29


Ko'p taqvodan so'zlaydigan ammo kam amal qiladigan ummat bo'ldik...

Abdulloh Termiziy

Tᴀsᴋinᴀᴛ

30 Nov, 19:06


Qish biram ajoyib fasl-da!
Chunki unda men tugilganman😌

Tᴀsᴋinᴀᴛ

30 Nov, 19:02


Qish ekan ❄️

Tᴀsᴋinᴀᴛ

30 Nov, 19:01


Tashqarida biri rosa eshikni taqillatyapti😅

Tᴀsᴋinᴀᴛ

30 Nov, 18:51


Black Friday uchun ba'zi keraksiz narsalarimni sotuvga qo'yvorsammikin, masalan, yurak, vijdon...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

30 Nov, 16:40


Назарга илмайсиз,
Майлига,
Назардан қўймасин Художон!

Tᴀsᴋinᴀᴛ

30 Nov, 15:04


Birovda bo’lmagan qalbing bor sening,
Antiqalikdek bir “aybing” bor sening,
Hamma bir xil bo’lib ketgan dunyoda,
Noyoblik deb atalmish “darding” bor sening.

Chopildi 😁

Tᴀsᴋinᴀᴛ

30 Nov, 13:13


Joningni olovlar yoqib ketmasmi?

Tᴀsᴋinᴀᴛ

30 Nov, 09:44


Qalb ko‘krakdagi qozonga o‘xshaydi.

Shu qozonda qaynagan narsani suzib oladigan cho‘mich tildir. Birovning kimligini bilmoqchi bo‘lsang, uning so‘ziga e’tibor ber. Chunki til senga qalbdagi shirin, nordon, xushta’m va achchiq narsalarni ko‘rsatadi.

Yahyo ibn Muoz rahimahulloh

Tᴀsᴋinᴀᴛ

29 Nov, 18:20


#tezaytish

Bu rayon yarim rayon etib korila

Tᴀsᴋinᴀᴛ

28 Nov, 17:59


Айтгандай,
сен
неча кунлик тушсан?
Ҳар хил хаёлга борма.
Умрим неча кун? —
билмоқчиман,
холос.

Усмон Азим

Tᴀsᴋinᴀᴛ

28 Nov, 16:43


Bu postdan keyin
-Bu admin hamma narsani bir soat izlarkan deb o'ylamela, men tug'ilganimdan beri izlayotganlarim ham bor😅

Tᴀsᴋinᴀᴛ

28 Nov, 16:27


Bir soat izlagan zakolkam yengimda turibdi ekan 😂
Dars qilaman deb kozoynagimni bir soat izlab, topolmaganimdan yuzimni yuvishga kirsam taqib olgan ekanman

Qariyapman🥲

Tᴀsᴋinᴀᴛ

28 Nov, 15:26


Aqlvatsiya

Qachonki o'zingizni dunyoning eng ahmoq insonidek his qilsangiz, yer sizdanda ahmoqrog'ini ya'ni meni ko'tarib yurgani hayolizga kelsin 😇

Tᴀsᴋinᴀᴛ

28 Nov, 14:29


Vaqt davolamaydi, konikishga o'rgatadi xolos )

Tᴀsᴋinᴀᴛ

28 Nov, 13:20


E'tibor
Katta narsa
Hamma narsa

Tᴀsᴋinᴀᴛ

28 Nov, 11:35


#tabassum

Shogird ustozidan so'radi:
"Ustoz, qanday qilib, bir odamga uning dilini og'ritib qo'ymagan holda ahmoq ekanini aytish mumkin?"

Ustoz bir muddat o'ylanib turib shunday javob berdi:
-Bunday deb aytasan, bo'tam:

-"Taqsir, umr bo'yi hikmat sizni quvalab yurdi. Lekin, xarchand urinmasin, siz undan o'zib ketdingiz".

Tᴀsᴋinᴀᴛ

27 Nov, 17:25


Hammasi juda oson bo'lishi ham mumkinmas..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

27 Nov, 09:15


Allah qadrimizni biladiganlar bilan siylasin..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

27 Nov, 04:54


Halovatdan bo'lak istagimiz yo'q )

Tᴀsᴋinᴀᴛ

26 Nov, 13:45


Do'konda non olmoqchiman , unisini qarayapman, bunisini qarayapman( nonlar paketlangan, ushlab tashlaganim yoq) orqamda biri qarab turibdi. Non taxlangan javon ancha keng , yani men unga halal berganim yo'q shundayam "non kerakmi, ovolin " desam, "nonni shuncha tanlagan ..." deb qo'liga ilinganini olib ketdi..
Inson o'zi uchun tanlaganida hech qachon bee'tibor va shoshqaloq bo'lmasligi kerak. Boshqalar uchun tanlaganida esa 10 karra e'tiborli bolish shart!
Nafaqat buyumda

Tᴀsᴋinᴀᴛ

26 Nov, 12:44


#eslatma

Payg‘ambarimiz ﷺ ayollariga nisbatan qanday edilar?
- Muloyim, lekin ojiz emas, qat’iyatli, lekin qo‘pol emasdilar..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

26 Nov, 07:58


Agar muvaffaqiyat kafolatlangan bo'lganida nimaga erishishni istardingiz?

Tᴀsᴋinᴀᴛ

25 Nov, 17:02


Fitna soladigan haqiqatdan xotirjamlik beradigan yolg'on afzal

Sa'diy Sheroziy

Tᴀsᴋinᴀᴛ

25 Nov, 16:22


Yuzimda paydo bo'ladi tabassum..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

25 Nov, 14:13


Исминг олов,
Ёниб, куйдириб,
Лабларимда кезади дайди.
Қани эди дунёда ҳеч ким,
Шу исмла аталмасайди!

Tᴀsᴋinᴀᴛ

24 Nov, 18:27


‎Ayol — QAHVA kabidir:‎
- Pishgunicha achchiq bo‘ladi, pishgandan so‘ng huzur beradi... ‎

‎Ayol — BOLA kabidir:‎
- Boshida gapirishini juda xohlaysan, keyin qachon jim bo‘lishini kutib yashaysan... ‎

‎Ayol — DENGIZ kabidir:‎
- Qachon sokin bo‘lishini va qachon to‘fon ko‘tarilishini bilmaysan... ‎

‎Ayol — TOPISHMOQ kabidir:‎
- Javobini topguningcha jig‘ibiyron bo‘lasan, topganingda esa juda oson ekanini bilib kulib qo‘yasan... ‎

‎Ayol — KOKA-KOLA kabidir:‎
- Zarari borligini bilasanu lekin tark etolmaysan... ‎

‎Ayol — TERMOS kabidir:‎
- Har qanday eski muammoni qaynoq holda tutib tura oladi... ‎

‎Ayol — GUL kabidir:‎
- E’tibor berganing sari go‘zallashadi... ‎

Tᴀsᴋinᴀᴛ

24 Nov, 18:07


Оқ парилар учди чарх уриб,
Оппоқ қушлар қанотин уриб.
Оппоқ бахтлар тиладим сенга,
Осмончалик йироқдан туриб!

Tᴀsᴋinᴀᴛ

24 Nov, 16:48


Vaqt o'tgani sari choy sovib, achchiqlashadi
Ko'ngil ham choy kabidek
Farqi esa achchiq va sovuq choy rohat berishi mumkin, sovugan qalb esa yo'q

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 20:41


.

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 20:38


Balki har kuni ozim emas sen pishirgan ovqatlarni yegim kelyotgandir😁

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 20:38


Opa o'ltiribdiku😅

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 20:09


Keyingi safar soat 1da kimdr uygoq bolsa oymomoga bervoraman💪

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 20:00


O'zi 1da uxlaydigan meni budilnigim🥲

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 19:52


Oshqozonim uyqudan turdi🥲

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 19:23


Ramazonga ham 100kun qolibdi-a?
Yetkazsin!

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 16:58


Siz bu link orqali Masjid al-Nabaviyga virtual sayohat qila olasiz
Filtr orqali ketma ket tanlab bemalol 360 gradusda aylanib ko'rsangiz bo'ladi . Aylantirishda esa barmogiz bilan tepaga-pasga, ongga-chapga surasiz

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 16:43


Sizni sayrga taklif qilsam bo'ladimi
Ishoning
Achinmaysiz

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 16:28


Hayotingizning hatto bir daqiqasida yashab ko'rmagan insonlarning gaplariga diqqat qilib hayotingizni rasvo qilmang

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 13:30


Yana qayta kelsam dunyoga...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 05:46


Toshdan qattiq ham ipakdan mayin ham...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Nov, 03:35


Taslim boʻlma
Qanchalik yaqin qolganingni sezmayapsan..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Nov, 17:39


@Taskinzor_bot
Kimdir tanqid qilmoqchi boʻlsa marhamat

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Nov, 17:31


Ha azizlar!
Biz sizlarga oʻz peshonani yarqiratish va shoʻrlatish xizmatlarimizni taklif qilamiz
Sifat kafolatlangan, xizmatlar esa litsenziyalangan 😂

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Nov, 17:24


#hazil_version

—Kelajakda oilangizda tuz sotib olishga ehtiyoj boʻlmasligini xohlaysizmi?
—Qanday?
—Men bilan turmush qursangiz tuzni faqat peshonangizdan olamiz)

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Nov, 17:16


—Peshonangizni yarqiratib beraymi?
—Qanday qilib?
—Yozilgani men boʻlib)

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Nov, 12:17


har narsani hammaga
tushuntirolmasligingni
oʻrganguningga qadar:
koʻp gapirasan,
koʻp tanishasan,
koʻp xato qilasan.

ammo keyin
shunchaki
uzoooqdan
tomosha qilib
oʻtasan.

Kafka

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Nov, 09:19


1haftalik postlarni kecha yozib qoʻyibmanu
Endi bir haftaga hayr😅

Tᴀsᴋinᴀᴛ

19 Nov, 19:11


Qornim ochdi
Asab bormi yeyishga)

Tᴀsᴋinᴀᴛ

17 Nov, 16:23


Rahmat kattakon
Sizlar bilan suhbatlashib ancha yengil tortdim🫶

Tᴀsᴋinᴀᴛ

17 Nov, 16:02


Negadir ko'nglim g'ash, o'zimdan-o'zim siqilyapman

Nima qilsam bo'ladi?
@Taskinzor_bot yozila...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

17 Nov, 05:10


To'ppa-tog'ri😊

Tᴀsᴋinᴀᴛ

16 Nov, 19:08


Bugungi ro'ltonxo'rlar kuni bilan men va boshqalarni tabriklayman🥳

Tᴀsᴋinᴀᴛ

16 Nov, 18:53


Slagayam stikerla bn javob yozadimi😅

Tᴀsᴋinᴀᴛ

16 Nov, 12:07


Биламан, сен борсан,
Ҳар бир хазоннинг
Майин шивирида, ғамгин нозида.
Сени чақираман манзилсиз шамол
Ва озод ёмғирнинг хуш овозида.

Баҳорнинг сарғайган ёди ичидан
Ниманидир излаб чарчамас қуёш.
Мен эса бир тола нур чақмоғида
Нодон юрагимни фош қиламан, фош.

Сен борсан,
Қуриган нозбўй шохчасин
Ҳидлаётган туннинг димоғида жим.
Тупроқ нафасида, осмон оҳида
Жонимни пайпаслаб қўяётган ким?

Чертаман умиднинг даричасини
Кўнглимнинг хиноли бармоғи билан
Дунё суратини безагим келар.
Дилни ёшартирган ишқ доғи билан.

Сен борсан, боғлардай хаёл сурасан,
Мушкингдан энтикиб кетади ҳаво.
Кўзимни негадир ачиштиради
Кузнинг томоғига тиқилган видо.

Сен борсан…

Tᴀsᴋinᴀᴛ

16 Nov, 09:15


Hayotimda nima bo'lishidan qat'i nazar haftada bir kunni faqat o'zim qilishni xohlagan ishlarga sarflashga va'da berdim. Bularni orasida tabiat qo'ynida kamida 1soat yolg'iz sayr qilish doim bo'ladi, nasib...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

16 Nov, 08:07


Qochib-qochib borgan yerim mozor bo'lar...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

15 Nov, 17:34


Ertaga bugunni topib bolarmu?

Tᴀsᴋinᴀᴛ

15 Nov, 08:39


O'zimning bunchalar go'zal ekanligimni bilmas edim😇

Tᴀsᴋinᴀᴛ

15 Nov, 08:19


Сен ҳам кимдир кўраётган тушдирсан балки

Tᴀsᴋinᴀᴛ

15 Nov, 05:14


Jumaning hayri va barokati barchamizga bo'lsin💓

Tᴀsᴋinᴀᴛ

14 Nov, 20:38


Havosiz yashash mumkin
Muhabbatsiz yashab bo'larmu?💔

Tᴀsᴋinᴀᴛ

14 Nov, 20:33


Aytgancha
Futbol nima bo'ldi
Ko'rolmadim😄

Tᴀsᴋinᴀᴛ

14 Nov, 20:23


Xato qilish insondan,
Uni oqlash esa shaytondandir.!

©...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

13 Nov, 20:35


Севсанг, суйсанг эди менчалик, мендек,
Жонимни садқалар этмас эдимми.
Сенингли кунларнинг оромбаҳшида,
Ишққа қасидалар битмасмидимми?!

Кўнглимнинг алвон ранг гиламларини,
Тупроқдек тепкилаб юрмасмидингми.
Бошимдан баландроқ, осмондан баланд,
Худога яқинроқ турмасмидингми?!

Севсанг, суйсанг эди девоналардек,
Тегрангда чарх уриб толиқмасмидим.
Сен дучор бўлмасанг қисматгинамда,
Ҳудонинг қаҳрига йўлиқмасмидим!

Йўллар тўла тиғлар, тиканлар, тошлар,
Юрсанг, юрагимдан юр демасмидим.
Кунларинг оз бўлса, кунларим ол деб
Дунё тургунгача тур демасмидим!

Севсанг, оҳ, севолсанг чиндан,рост ила,
Дуолар бошида бўлмасмидинг айт.
Ол, дея жонимни тутқизмасмидим,
Жонинга ҳаридор келар бўлган пайт!

Малика Тавфиқ

Tᴀsᴋinᴀᴛ

13 Nov, 17:39


Balki to'g'ri maslahat bergandir🤔

Tᴀsᴋinᴀᴛ

13 Nov, 17:36


Oz qoldi...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

13 Nov, 13:56


Birinchi qor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

12 Nov, 15:32


Кечириб бўлганман сени қачонлар,
Яхши кўрганлардан ранжирлар билсанг.
Келмасанг кўнаман юракни ютиб,
Юракка ютилиб кетаман келсанг.

Кўз ёшим уммоннинг дуридек териб,
Зохир туйғуларим устидан кулсанг.
Келмасанг жонимни Жабборга бериб,
Жонимни қайтариб оламан келсанг.

Кимга ҳос, кимларга беҳос бу туйғу,
Кўнглимни озгина назарга илсанг.
Келмасанг ҳеч нарса ўзгармайдию,
Дарёлар ортига оқади келсанг.

Менинг борлигим ҳам сенга муаммо,
Мени ҳаммасига айибдор қилсанг.
Келмасанг кўнишга кўнаман, аммо,
Бошимга балолар келади келсанг.

Келмасанг дунёси дунёдир холос,
Кетишни унутиб кел, агар келсанг....

Tᴀsᴋinᴀᴛ

12 Nov, 11:46


Men U ni topdim😇

Tᴀsᴋinᴀᴛ

12 Nov, 10:54


.

Tᴀsᴋinᴀᴛ

12 Nov, 09:33


Ushalmadi deb siqilgan duongga, kun kelib ushalmagani uchun shukur qilasan

Tᴀsᴋinᴀᴛ

12 Nov, 07:49


Variant bo'lmang, maqsad bo'ling !

Tᴀsᴋinᴀᴛ

11 Nov, 18:54


Boshqaruvdan boshqariluvgacha

O'zini o'zi va atrofidagilarga bee'tibor emas deb hisoblaydigan har kim ko'rishi shart

Tᴀsᴋinᴀᴛ

11 Nov, 10:03


Aslida bu maslahat hech kimga notanish emas,
Kecha menga eslatilgani bois sizlarga ham eslatib qo'yishni joiz topdim.

Tᴀsᴋinᴀᴛ

11 Nov, 09:54


#Qizlarga

Eng tekin va eng qimmat maslahat - yigit zotini o'zingizga umuman yaqinlashtirmang

©...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

11 Nov, 07:23


Har qo'lingni siqqan bilan do'st, har konglingni siqqan bilan dushman bolma.

Mavlono Jaloliddin Rumiy

Tᴀsᴋinᴀᴛ

10 Nov, 06:30


Rahmat 🥳

Tᴀsᴋinᴀᴛ

09 Nov, 19:24


Shu tilovat qalbimga o'zgacha taskin beradi

Tᴀsᴋinᴀᴛ

09 Nov, 19:17


Сиз билан учрашиб қолармиз бир кун,
Кузги ҳиёбоннинг йўлакларида,
Балки ёз осмонин ёритган чоғи,
Менинг юрагимнинг бўлакларидан.

Сиз билан учрашиб қолармиз бир кун,
Сиз у ён кетарсиз, мен бошқа ёққа,
Демассиз сиз бугун айтолмагандек,
"Тўхта, мухаббатим! Кетма! Қаёққа?"

Сиз билан учрашиб қолармиз бир кун,
Жим ўтиб кетармиз бегоналардек.
Сиз мени, мен сизни ахтариб юрган,
Икки кўзи ожиз девоналардек.

Сиз билан учрашиб қолармиз бир кун,
Таниб, таниёлмай турармиз ҳайрон.
Иккимиз бир манзил сари кетамиз,
Сиз бошқа томонга, мен бошқа томон.

Tᴀsᴋinᴀᴛ

08 Nov, 17:35


Балки автобусда кетиб боряпсан,
Балки метродадир…
Тағин билмадим.
Топганинг дард бўлди,
Дардларинг сафсан,
Қўнғироқ ҳам қилмадим.

Тошкент кўчаларин эркалар ёмғир,
Ресторан.
Жаз тинглаб, ўқийман китоб.
Балки айни чоғда аҳволинг оғир
Ётгандирсан ижара уйингда бетоб.

Балки орзуйингдек
Балзак яшаган
Шаҳарларда кезиб юрибсан танҳо.
Балки ҳамроҳингдир ҳазон тўшалган
Ўрдадаги биз севган анҳор.

Эсингдами?
Моцартни севардим,
…билганинг Шопен.
Асабим бузишга устайдинг.
Шаҳар айланардик
Дўконлар «опен».

Бахтли бўлишимизни истардинг.
Серсавол қиз эдинг серсавол,
– Нега кўп чекасиз?
– Қошингиз қалин…
Ҳаммаси тугаган,
Ҳаммаси завол…
У кунлар қайтмайди минг ёлвор, ялин.

Тошкент – катта шаҳар,
Бардошдай катта,
Бахтингни топасан…
Азизам… Тушун.
Кечир, ўша оқшом
Сен ёмғирдан қочиб келган бекатда
Автобус кутиб турганим учун.

Жонтемир

Tᴀsᴋinᴀᴛ

07 Nov, 16:50


Balki siz unutarsiz lekin Alloh hech qachon unutmaydi🩵

Tᴀsᴋinᴀᴛ

07 Nov, 15:14


—Oq otdagi shahzodasini kutyapti deb eshitdim..
—Shunaqa
—Tasavvur qiling, men sizni olib ketgani keldim
—Tasavvur qildim, lekin shahzoda qani?

Hazil😂

Tᴀsᴋinᴀᴛ

07 Nov, 14:40


Алпиниб-талпиниб қошинга келдим,
Ҳаёллар эгаси қошинг қароси.
Ё ўлган эдимми,
Қайта тирилдим.
Оғриб кетганидан кўнгил яроси.
Нигоҳинг, айт ахир, ўқми, қуролми,
Вужудим таслимми, асирми айтгин.
Зиндонинг ишқми ё, ёки фироқми,
Енгилдим, бир нигоҳ ташлаган пайтинг.
Шафқат эт!
Кишанлар юракка ботди,
Занжирлар зилидан босолмам қадам.
Сенга ўз кўзларим сиримни сотди,
Ўрнимга сўзлади сўзларимни ҳам!
Яна нигоҳингда яшайин бир оз,
Сўнгра жаллодларинг менга қурсин дор,
Сенсиз яшагандан, яшамаслик соз,
Қўлингда ўлмоқдан ўзга бахт бекор!

Tᴀsᴋinᴀᴛ

06 Nov, 19:43


Befarqman negadir...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

06 Nov, 19:08


Сендан кечолмаган кўнглимни кечир,
Инобатга олмас бирон сўзимни,
Нодон битта сени деяверади,
Айт, қандай жозалай ўзим ўзимни.

Айт, менга,устоз бўл, ишқ илмин ўргат,
Осон унутмоқлик сабоғини бер.
Сендан қайга кетай, гар йироқ осмон,
Шунчалар ҳам қаттиқ бўладими ер.

Сендан кечолмаган кўнглимни кечир,
Иҳтиёр қўлимдан кетган,на чора.
Ўз ёғига ўзи қоврилавериб,
Илвиллаб турибди ўша бечора.

Кечир сени деган кўнгилгинамни,
Истасанг ол уни кучукларга от.
Тала тўп қилишсин қутурган итлар,
Тилкалаб бўлмаган бўлса бу ҳаёт...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Nov, 19:22


Men sizni bezovta qilmasman ortiq,
Bildim, bo‘g‘zingizga keldi malolim.
Ammo men netayki ishqsiz dunyoda,
Mudom bo‘yningizda qolmish zavolim.

Yodingizga yodim maloli kelmish,
Ko‘zingiz zerikkan mendan bilaman.
Go‘zal tuyg‘ularim xo‘rlangan joyda,
Men nima qilaman?

Yig‘lab chorlamasman ilojin topsam,
Endi ko‘zingizda otmas tonglarim.
Nurdan tuproqqacha sirli dunyoda,
Men Sizni angladim?

Nur izlab kelgandim dunyoingizga,
Zulmatlar darchasin yopolmadim hech.
Ayriliq ranglari to‘lgan dunyoda,
Men yashil rangimni topolmadim hech.

Xayr, men o‘ziga begona odam,
Sizga ham qadrdon bo‘lmog‘im qiyin.
Mabodo sog‘inib qolsangiz agar,
Qo‘ng‘iroq qilarman...
Ming yildan keyin.

Guljamol Asqarova

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Nov, 17:42


...Hali ulguramiz yonib-kuyishga ,
Bedorlik baxtini ko'ramiz baham!
Haddim yo'q Xudodan ortiq suyishga,
Haqqim yo'q ortiqroq
suydirishga ham!

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Nov, 17:36


ёлғизлик биз дуч келадиган энг ёмон нарса эмас. Ўзингизни йўқотиб, бошқа ҳеч қачон топилмаслигингиз ёмонроқ.

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

02 Nov, 09:13


Умримиз фоний дунёда дардларимиз боқий деб ўйлайсизми?

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

01 Nov, 17:57


Табассумлар соҳта, майлию,
Соҳта йиғлар эди кўзлари
...

Меҳр кутма мендан азизим,
Гўзал, нафис туйғулар кутма.
Бир ишқ дея кетган тўкилиб,
Оёқларда  янчилган тутман.

Умид қилма мендан мухаббат,
Тавба қилиб бўлганман ундан.
Нафрат қолган, биргина нафрат,
Севдим деган у қаро кундан.

Ишонганим панд берган мудом,
Елкам тўла пичоқ излари.
Табассумлар соҳта, майлию,
Соҳта йиғлар эди кўзлари.

Қасамлари сувдек ютилган,
Номардларни суйиб яшадим.
Ширин сўзга текин сотилган,
Лақма,нодон,гўлга ўхшадим.

Аллох турди фақат ёнимда,
Бир угина кечиргучи Зот.
Ишон, мени сира аямай,
Савалаган бу золим  ҳаёт.

Кечир мени...
Борим шу...
Афсус...
Маст одамдек яшайман мудраб.
Ёмони кўп бадбахт дунёда,
Бўм-бўш танни юрибман судраб

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

31 Oct, 11:14


Orzular orzuligicha qolib ketishi mumkin lekin duolar duoligacha qolib ketmaydi...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

30 Oct, 19:20


Umidingni uzma! Tushkunlikka tushma! Nusrat eshigi albatta ochiladi. Faqat sen eshikni qoqishni bil! Qachon ochiladi? Bilmayman, lekin sen eshik oldida turishni bil...!

©Jaloliddin Rumiy

Tᴀsᴋinᴀᴛ

29 Oct, 13:59


Қанча ҳаракат қилманг, инсонлар сизни ҳохлаганлари қадар тушунадилар.

Tᴀsᴋinᴀᴛ

27 Oct, 18:41


Hayrli tun, yaxshi dam ol, Allohga omonatsan,
Qadrli o'zim!

Tᴀsᴋinᴀᴛ

27 Oct, 12:29


Qalb eshigi ichkaridan ochiladi..!
Qalbga kirish bir ne'mat,
U yerda qolish esa san'at.

Tᴀsᴋinᴀᴛ

27 Oct, 05:48


Bir qalbga kirmagan,
Jannatga qanday kirsin?!

Mavlono Jaloliddin  Rumiy

Tᴀsᴋinᴀᴛ

26 Oct, 18:02


Uxlashingdan oldin bilib qo'yishingni istadim...
—Sen menda yo'q narsalarning eng go'zalisan

Tᴀsᴋinᴀᴛ

26 Oct, 15:43


Yurak gullar kabidir, uni kuch bilan ochib bo'lmaydi, u o'zi ochilmog'i darkor.

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

25 Oct, 15:42


G‘am-anduh bir insonning qalbiga soya sola boshlasa, yo Robbisini sog‘ingan bo‘ladi, yo Robbisi uni.

Shams Tabriziy

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

25 Oct, 08:37


Suhbat chog’i esingdan chiqarma:

“Ha, Alloh ikkovingizni gaplashuvingizni eshitmoqda”

📖(Mujodala surasi 1-oyat)

Tᴀsᴋinᴀᴛ

24 Oct, 18:11


baxtga osonlik bilan yetib bo'lmaydi, oxirgacha kurasha olganglar albatta maqsadiga yetishadi
Maqsad xoh dunyo bo'lsin-u , xoh ko'ngil..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

24 Oct, 17:11


Balki quyosh kular ertaga...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

24 Oct, 16:54


Bu yerda qolganlarning barchasi bilan dardimiz bir xildek
Shunday emasmi?

Tᴀsᴋinᴀᴛ

24 Oct, 15:29


Ishonmang bu qadar mening umrimga
Shu kunim mazmunli etolsangiz bas
Ertangi kunlarga atalgan mehriz
Balki bu kundan soʻng menga kerakmas..!

Tᴀsᴋinᴀᴛ

24 Oct, 14:51


Senga yozdim.
Sening koʻksingda,
Ulgʻayibdi ulkan jarohat.
Bu kesilgur barmoqlarim-a,
Ayblarini his qilmas faqat.

Senga yozdim.
Meni izlading...
Titib bir-bir nafratlaringni,
Sahifalar sathida yana,
Oʻgʻirladim hasratlaringni.

Senga yozdim.
Yoziqlarimni,
Afsunida yigʻlar muhabbat.
Bu ayrolik mangu qoʻshigʻi,
Yuragimda titrar ming da'vat.

Senga yozdim.
Toki jimliklar,
Soʻng yaproqdan olaversin qasd.
Sen figʻoni olamga koʻchgan,
Sogʻinchlarni tan olmaysan rost.

Senga yozdim.
Qator va qator,
Koʻzlaringni oʻpdi tun chogʻi
Joʻnatilmas qancha xatlar bor.
Joʻnatganim baxtiyorrogʻi.

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

24 Oct, 06:33


Сен кирган тушимга ўлсам суяниб...

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

23 Oct, 16:46


Hozir yuvib chiqdim ko’nglimni,
Endi esa ketyapman.
Bo’pti!
Ha, aytganday, tushimga kirsang,
Oyog’ingni artib kir, xo’pmi?

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

22 Oct, 15:41


# e'lon

Yuragimni bir mushukka almashaman

Murojaat uchun:
@Taskinzor_bot

Tᴀsᴋinᴀᴛ

22 Oct, 15:28


Sadoqatli do'st bo'lar o'lim..

Tᴀsᴋinᴀᴛ

22 Oct, 09:19


#Tavsiya

Menga "Yunus Emro" serialini ko'ring deya tashlab berishgandi
Haqiqatdan sarflagan vaqtingiz uchun arziydi.

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Oct, 19:51


Sog'indim
Sog'inish mumkin ekanda
Hech qachon ko'rmagan odamingni ham...

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Oct, 19:16


Tuni bilan ruhimni tikdim,
Ming yerida ming bir yamoqcha.
“Bo’laqol!” deb qistaydi uyqu,
Ko’zlarimni quluflamoqchi

@Taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

21 Oct, 18:46


Hayot yakuni yo'q qo'rqinchli tushdek
Kimlardir o'zi uyg'onadi
Kimlarnidir uyg'otish kerak

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Oct, 15:35


Har safar yonimda sanoqli yaqinlar qolar...

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Oct, 15:15


Nega men deya tunlaring bedor?
Bir kunda bir marta eslamaymanku.

@taskinzor

Tᴀsᴋinᴀᴛ

20 Oct, 13:17


Go'yo yaqinlarimiz o'lmaydigandek tutamiz o'zimizni...

@Taskinzor