TAFU hayoti @tafu_hayoti Channel on Telegram

TAFU hayoti

@tafu_hayoti


Toshkent amaliy fanlar universitetining talabalar hayoti va ma'naviy tadbirlari yoritib boriladigan kanal

TAFU hayoti (Uzbek)

TAFU hayoti Telegram kanali Toshkent amaliy fanlar universitetining talabalar hayoti va ma'naviy tadbirlari yoritib boriladigan axborot manzili. Kanalning maqsadi Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalariga, o'quvchilarga va professor-o'qituvchilarga mo'ljallangan eng so'nggi yangiliklar, ma'ruzalar, tadbirlar va sport tadbirlari haqida ma'lumotlar taqdim etishdir. Bu orqali talabalar o'zlarining universitet hayoti va faoliyatlariga oid eng muhim ma'lumotlarga ega bo'lishlari mumkin. TAFU hayoti kanalida o'quv jarayoniga oid eng so'nggi yangiliklar, amaliy fanlar bilan bog'liq ma'ruzalar va kurs ishi muhokamalari o'tkaziladi. Shuningdek, kanal sport tadbirlari, jamoatchilik faoliyatlariga oid ma'lumotlar va universitetning ma'naviy tadbirlari yoritiladi. Toshkent amaliy fanlar universitetining talabalar hayoti va ma'naviy tadbirlari yoritib boriladigan TAFU hayoti Telegram kanaliga obuna bo'lib, universitet hayotingizga oid eng so'nggi va ma'qulli ma'lumotlarga ega bo'ling!

TAFU hayoti

13 Feb, 05:42


#Buyuk_shox_va_shoir

Zaxiriddin Muhammad Bobur o‘zbek tarixining zabardast vakili.
Bobur hukmdorlik majburiyatlaridan ortib yirik asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan buyuk davlat arbobi.

Taxt uchun qondosh aka-ukalarning dushman bo‘lib kurashishi, atrofdagi insonlarning xiyonati, vatanini birlashtirolmaganidan so‘ng tortgan azoblari va umrining so‘nggigacha Vatanni qanchalik sog'inganini uning g‘azallari, ruboiylarida keng yoritilgani barchaga ma'lum.

Joriy yilning 12-fevral sanasida Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metdoikasi kafedrasi professor o'qituvchilari Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlangan ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda akademik Abdulla A'zam, Hindistonlik va yurtimizdagi bir qancha boburshunos olimlar, san'atkorlar, talabalar ishtirok etishdi. Bobur ijodining bugungi kundagi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati to'g'risidagi ma'ruzalar tinglandi.

TAFU hayoti

12 Feb, 12:05


Joriy yilning 12 fevral kuni universitetning “Chet tillar-2” kafedrasi tomonidan “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” fakulteti bilan hamkorligida talaba-yoshlar ishtirokida o‘zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma'rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning  584 yillik hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining yetuk namoyandasi podishoh va shoir – Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yillik tavalludlariga bag‘ishlangan “TEMUR TIG‘I YETMAGAN JOYNI QALAM BILAN OLDI ALISHER” nomli badiiy-ma’naviy tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar ijrosida bobokalonlarimiz g‘azallaridan namunalar o‘qilib ruhlariga  hurmat bajo keltirildi. Sho‘x-shodon raqslar, kuy va qo’shiqlar hamda viktorina savol-javoblari tadbirga o‘zgacha zavq baxsh etdi. Tadbir soʻngida talabalar faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

TAFU hayoti

22 Jan, 11:33


21.01.2025 sanasida Toshkent Amaliy fanlar universiteti psixologi B.Atadjanova 2-bosqich MT 23-01-guruh talaba qizlari bilan "Shaxsiy hayot va ruhiy salomatlik" mavzusida suhbat o'tkazdi. Suhbat davomida talabalar o'rtasida o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish, muvaffaqiyatga olib boruvchi yo'llar hamda jamoani jipslashtirish, odob-axloq, kiyinish madaniyati, tozalik, gigiena qoidalariga rioya qilish borasida kerakli ma'lumotlar va tavsiyalar berildi.Shuningdek talabalar bir-birlarini hurmat qilish, qo'llab-quvvatlash guruhda sog'lom muhitni shakllantirishning ahamiyatlari to'g'risida so'z yuritildi. Talaba qizlar o'zlari uchun kerakli boʻlgan ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

TAFU hayoti

22 Jan, 11:28


DIQQAT! DIQQAT!

Millatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan jadidlar harakatining ma’rifatparvarlik faoliyati, ularning fidoyiligi va mustaqillik uchun olib borgan kurashini yoritish maqsadida 20-yanvar kuni o'tkazilgan "Jadidlar jasorati- millatimiz faxri" hamda "Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari" mavzularidagi insholar tanlovida g'oliblar aniqlandi!

O'zbek tili va adabiyoti kafedrasining professor-o'qituvchilari tomonidan saralangan natijalarga ko'ra,
Insholar tanlovida quyidagi talabalar g'olib deb topildi.

1-o‘rin - O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Muhammadiyeva Ra’no.

2-o‘rin - Iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi Norqobilova Madina,
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Davurboyeva Dilnoza.

3-o‘rin - Tarix va filologiya fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari Aktamova Munisa,
Mahmudova Kumush,
Abdurayimova Charos.

Eslatib o'tamiz 1-o'rin sohibi hududiy bosqichda ishtirokini davom ettiradi. .

TAFU hayoti

17 Jan, 10:37


Hurmatli talabalar!
Millatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan jadidlar harakatining ma’rifatparvarlik faoliyati, ularning fidoyiligi va mustaqillik uchun olib borgan kurashini yoritish maqsadida Sizlarni "Jadidlar jasorati- millatimiz faxri" hamda "Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari" mavzularida insholar tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Tanlov shartlari:
1. Insho o‘zbek va qoraqalpoq tillarida (12 varaqli daftarda yoziladi)
2. Tanlovda yuqorida keltirilgan mavzulardan biri Hakamlar hay'ati oldida turgan konvertdan tanlab olinadi va shu mavzu bo'yicha yoziladi.
3. G'oliblar Hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanib ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilinadi.

📍Tanlov 2025-yil 20-yanvar kuni 14:00 da A bino 102 -xonada o'tkaziladi.


Jadidlar jasorati haqida o‘ylab, ular qoldirgan bebaho merosni o‘z qalbingiz orqali his qilish va ijodda aks ettirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

TAFU hayoti

16 Jan, 10:55


Pedagogika fakultetida “Yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir tadbir bo’lib o’tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistranti podpolkovnik Obidjon Yoʻldoshev va F.Vapayev, Sergeli tumani IIO FMB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik B.Sultonov, Toshkent amaliy fanlar universiteti Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha prorektor Q. Shonazarov, Pedagogika fakulteti dekani A.Xidirov qatnashdi. Yig'ilganlarga “Yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida ma'lumotlar berildi.

TAFU hayoti

16 Jan, 10:16


Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Yangi  Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida Iqtisodiyot fakulteti, "Chet tillar 2" kafedrasi ustozlari tomonidan Axborot texnologiyalari fakultetining barcha bosqichdagi talaba-yigitlari o'rtasida sportning "STOL TENNIS" bo'yicha yakkalik tartibdagi musobaqa tashkil etildi. Bahslar qizg'in qarama-qarshiliklar bilan o'tdi va yakunda Kompyuter injiniringi va axborot xavfsizligi yo'nalishi 3-bosqich talabasi Madaminov Jamshid faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Ushbu musoboqaning davomi Iqtisodiyot fakulteti talabalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Keyingi musoboqalarni universitetimizning barcha fakultetlari o'rtasida tashkil qilishni niyat qildik.

Iqtisodiyot fakulteti
Chet illar 2 kafedrasi ustozlari

TAFU hayoti

13 Jan, 17:38


Toshkent amaliy fanlar universiteti Tarix va filologiya fakultetida joriy yilning 13-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda Yoshlar masalalari, ma-naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Qahramon Shonazarov, fakultet professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiysini kuylash bilan boshlandi. Tadbirni Yoshlar masalalari, ma-naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Q.Shonazarov ochib berdi va barchani bayram bilan tabrikladi. Tadbirga ,Qurolli kuchlar havo yo'llari mayyori Egamberdiyev Farhod,52-720-taminot qo'shinlari zaxiradagi mayyor Sharopov Anvarjonlar mexmon bo'lishti. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

TAFU hayoti

13 Jan, 12:02


Toshkent amaliy fanlar universiteti uchun yana bir yutuq!
"MDH miqyosida yilning eng yaxshi o‘qituvchisi"!

IT bo'yicha rektor maslahatchisi, “Kompyuter injiniringi” kafedrasi t.f.f.d., dotsent Xo‘jakulov Toshtemir Abdixafizovich 2025-yil 10-yanvar kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan “MDH miqyosida yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” nominatsiyasi bo'yicha g'olib topilib esdalik nishoni hamda guvohnoma va sertifikat bilan taqdirlandilar!
Ustozning ilmiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari bilan universitet rahbariyati nomidan tabriklaymiz va  kelgusi tadqiqot ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

TAFU hayoti

26 Dec, 15:14


Toshkent amaliy fanlar universiteti va AMITY universiteti hamkorlikda Erasmus+ loyihasi doirasida yigʻilish tashkil etildi. Yigʻilish davomida ikkala universitetdan professor oʻqituvchilar ishtirok etib, loyiha doirasida fikr almashdilar. Toshkent amaliy fanlar universiteti ilmiy tadqiqot, innovatsiya va xalqaro hamkorlik boʻlimi rahbari Elyor Saidov boshchiligida, T.Xoʻjaqulov, K.Sabirov, N.Yuldasheva va U.Saparovalar ishtirok etishdi.

TAFU hayoti

26 Dec, 15:14


Ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi Joriy yilning 25-dekabr kuni Toshkent amaliy fanlar universiteti, “Iqtisodiyot” fakultetida “Oʻzbekiston iqtisodiyotini innovatsion asosda
shakllantirish va startap loyihalarning moliyalashtirish
mexanizmi” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokida
respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi. “Iqtisodiyot” fakulteti kafedralari tomonidan tashkil etilgan mazkur anjuman respublikamizning nufuzli Davlat oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorligida tashkillashtirildi. Anjumanni Toshkent amaliy fanlar universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Murodjon Vapayev ochib berdi. Anjumanda shuningdek horijiy davlat universitetlari professor oʻqituvchilari onlayn tarzda oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Qizgʻin munozaralarga boy boʻlgan mazkur anjuman mamlakatimiz iqtisodiyotini innovatsion asosda shakllantirish yoʻlida ishtirokchilarning umumiy maqsadlarini birlashtirdi, istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

TAFU hayoti

21 Nov, 11:13


⚽️ Respublika kasaba uyushmalari “Mini futbol” musobaqasi birinchiligida Toshkent Amaliy fanlar universiteti jamoasi ishtirok etib, bir nechta jamoalar ustidan g'alaba qozonib, yarm final bosqichiga yo‘llanma oldi. Universitetimiz nomidan keyingi o‘yinlariga omad tilab qolamiz.

TAFU hayoti

21 Nov, 07:32


Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasida dars mashg`ulotlarini samarali tashkil etish va ta'lim sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu sabab, joriy o`quv yilida Maktabgacha ta'lim yo`nlaishi uchun ochilgan Laboratoriya xonasida Amaliy va Seminar hamda Mahorat darslari boshlandi. Kafedra yosh o`qituvchilari uchun Mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsi Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi huzuridagi MTTDQTMOI katta o`qituvchisi A.A.Egamberdiyeva tomonidan Maktabgacha ta'limda STEAM texnologiyalari fanidan "Bolalarning tadqiqiy tajriba malakalarini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish" mavzusida 3-bosqich Maktabgacha ta'lim yo`nalishida olib borildi. Bu mavzuda Maktabgacha ta'lim tashkilotlari markazlari faoliyatida STEAM texnologiyalarini qo`llash va fanlararo integratsiyasi bo`yicha bo`lib o`tdi. Mahorat darsi juda qiziqarli va interfaol metodlar asosida bo`lib, kafedra o`qituvchilari va talabalarda katta taassurot qoldirdi.

TAFU hayoti

21 Nov, 07:30


#Ochiq_dars
Joriy yilning 19- noyabr sanasida Tarix va filologiya fakulteti "Chet tillar 1" kafedrasi katta o‘qituvchisi Sobirova Nigina Aliyevna tomonidan Xorijiy til (Ingliz tili) fanidan BT-23-02 guruh talabalarimiz ishtirokida, darslarda olgan amaliy bilimlarini yanada o’zlashtirish maqsadida “Sport” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.
Dars jarayoni ko‘rgazmali va amaliy mashg‘ulot tarzida o‘tkazildi.
Chet tillar 1 kafedrasi katta o‘qituvchisi Achilova Ra’no hamda tashqi eksport O'zbekiston Davlat
Jahon Tillari Universiteti 1-ingliz tili metodika kafedrasi katta o‘qituvchisi Raupova Muxayyo tomonidan jarayon kuzatib borildi. Dars jarayonlarida mavzuga moslab kreativ yondashuvlar asosida turli metodlardan foydalangan holda, aqliy hujum metodi, BBB, Klaster, Venn diagrammasi, "Nima uchun" va Baliq skeleti kabi metod va texnikalar foydalanib mahorat darsi tashkil qilindi.

TAFU hayoti

20 Nov, 10:00


Talaba yoshlarnning ijara xonadonlarida yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish, qishki mavsumda is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish, yongʻin xavfsizlik choralarini koʻrish boʻyicha tushunchalar berish maqsadida “Tarix va filologiya” fakulteti   tyutorlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.  Fakultet tyutori Aripova Maftuna tomonidan Chilonzor tumani “Do'mbirobod MFY” Gavhar ko'chasi 16-uy 9- xonodonda ijarada istiqomat qiluvchi FFI 24-05-guruh talabalari Ismoilova Fayoza va Bobomirzayeva Farangizlarning ijara xonadoni koʻzdan kechirildi, sharoitlari oʻrganildi, kerakli tavsiyalar berildi.

TAFU hayoti

20 Nov, 09:22


#Respublika_tanlovi
#Kitob_mening_doʻstim

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 30-sentabrdagi "Kitob mening doʻstim" respublika koʻrik tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisidagi 361-sonli buyrugʻi asosida, joriy yilning 20-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida tanlovining hududiy saralash bosqichi oʻtkazildi

Ushbu tanlovda Toshkent shahridagi 11 ta oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻzaro bellashdilar.

Qiziqarli va murosasiz oʻtgan ushbu tanlovda Tarix va filologiya fakulteti Oʻzbek tili va adabiyot yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Toʻychiyeva Gulsanam munosib ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egalladi.

Talabamizni erishgan yutuqlari bilan universitet rahbariyati nomidan tabriklaymiz va oʻqish va ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

TAFU hayoti

08 Nov, 16:51


#jarayon_faoliyat

Toshkent amaliy fanlar universiteti talabalari nafaqat talabalik hayotida balki respublikamizda olib borilayotgan islohotlar va siyosiy jarayonlarga ham befarq emas.

Xususan iqtisodiyot sirtqi ta'lim yo'nalishi 3-bosqich, 09-guruh talabasi Vaisov Mash'al Islomovich ana shunday talabalardan.

Hurmatli talabamiz Ma'shal Vaisov bu yilgi deputatlik saylov jarayonlarida "Reja, harakat, natija" shiori ostida o'z nomzodini qo'ydi va deputat bo'lib saylandi.

- Deputatlik faoliyatim davomida tumanimizni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish, 19-son maktabga qo'shimcha bino qurish hamda Munis-Xorazmiy mahallasida qo'shimcha maktabgacha ta'lim muassasasi barpo etishni rejalashtirdik. Bundan tashqari ziyolilar mahallasidagi ichki ta'mir talab yo'llarini ta'mirlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ya'ni temir daftar, ayollar va yoshlar daftaridagi fuqarolar manfaatlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashni oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz deydi, - Marshal Vaisov Islomovich.

#maqsad_vazifa

TAFU hayoti

08 Nov, 16:51


#muvaffaqiyat

⚡️ Joriy yilning 05-noyabr kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tgan "Yurt iftixori" Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) miqiyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovining 12-turida TAFU sirtqi maktabgacha ta'lim yo'nalishi 04-bosqich, 01-guruh talabasi Kamolova Madina Jahon qizi o'zining ilmiy maqolasi bilan qatnashib ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

#ilm_izlanish

TAFU hayoti

08 Nov, 07:14


#Mahorat_darsi

Toshkent amlaiy fanlar universiteti Pedagogika fakulteti. Boshlangʻich taʼlim nazariyasi va metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi Saparova Umida Baxromovna tomonidan talabalarga
Texnalogiya taʼlimi va uni oʻqitish metodikasi fanidan
Texnalogiya taʼlimi va matematika darsi integratsiya qilgan holda "Oʻnlik sanoq sistemasida raqamlashga doir koʻrgazmalar yasash" mavzusi doirasida mahoratli dars o'tildi.

Dars asosan STEAM texnalogiyasini amaliyotga joriy etish maqsadida olib borildi.

Darsda Tabiiy fan, Texnalogiya, mexanika, tasviriy sanʼat va matematika fanlari uygʻunlashtirilgan holda tashkil etildi.

TAFU hayoti

07 Nov, 05:18


#KUTIB_OLING_NAVBATDAGI_SHOU!

🏢 Toshkent amaliy fanlar universitetida navbatdagi UzQuiz loyihasi.

Aql charxi va bilim manbayi bo'lgan UZQUIZ intellektual va koʻngilochar o‘yinimizga qo‘shiling!

📅 Sana: 21-noyabr (payshanba)
Vaqti: 14:00
📍 Manzil: Gavhar ko'chasi 1-uy (A bino)

🎤 Barchangizni ajoyib shou kutmoqda!

👥 Jamoalar: 6 kishidan iborat. Bellashuvda Toshkent amaliy fanlar universitetining barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin.

🔗 Roʻyxatdan o'tish: Jamoa sardorlari o'z jamoangizni tuzib, @Bobur_Nomurodov telegram manziliga yuborishingiz so'raladi.

📣 Jamoa aʼzolari sonini aniq koʻrsating.

Oʻyin qoidalari: https://telegra.ph/UZQUIZ-%D1%9Ejin-shartlari-07-16

🚨 Muhim: Roʻyxatdan o'tish 19.11.2024 soat 12:00 da yakunlanadi! Imkoniyatingizni qoʻldan boy bermang!

Ushbu intellektual bellashuvlar oʻzingizni koʻrsatish va unitilmas taassurotlarga ega boʻlish uchun ajoyib imkoniyatdir! Yorqin xotira boʻlib qoluvchi aql sarguzashtlariga tayyorlaning!

TAFU hayoti

06 Nov, 18:07


Joriy yil 6-noyabr sanasida Toshkent Amaliy fanlar universiteti psixologi B.Atadjanova tomonidan, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.M.Galdiyeva hamda pedagogika va psixologiya yo‘nalishi tyutori Sh.Irdjigitovalar ishtirokida 3-kurs 10-guruh talabalari bilan “O‘zingni angla” nomli psixologik seminar trening oʻtkazildi.
Treningdan asosiy maqsad Talabalarni qiziqishi, xotira va sezgisi, tafakkur onggi va o‘zini jamoada tutishi, guruhdagi jipislikni oshirishdan iborat.

TAFU hayoti

06 Nov, 17:48


6 noyabr kuni Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasining professori, Turon FA akademigi Xasan Nasirovich Musayevning 80 yoshga to'lishi munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda universitet rektori, t.f.d.,professor Abdusalom Vaxitovich Umarov, rektor maslahatchisi Artukbek Adilovich Yusupov, Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Qahramon Rabbimovich Shonazarov, fakultet dekani Abror Mominovich Xidirovlar ishtirok etishdi. Fakulteti dekani Abror Xidirov tadbirni ochib, kafedra mudiri Yusupova Xabiba Iriskulovnaga professorning hayoti va faoliyati bilan tanishtirish uchun so'z berdi. Shundan so'ng universitet rektori Abdusalom Vaxitovich prof X.Musayevni universitetimiz jamoasi nomidan tabrikladi. Tadbirda X.Musayevning hamkasbi O'zMU qoshidagi Biofizika, bioximiya va fiziologiya instituti direktori muovini, prof. Asrorov Muzaffar Asrorov va prof. Qobul Nosirovlar o'z tilaklarini bildirishdilar.Tadbir juda ko'tarinki kayfiyatda va shukuhli o'tdi.

TAFU hayoti

25 Oct, 14:19


Maxsus reportaj | Qadring baland bo'lsin, ona tilim!
#24oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

TAFU hayoti

25 Oct, 14:19


OAVda_biz

TAFU hayoti

25 Oct, 14:06


🇺🇿 Toshkent amaliy fanlar universitetida O'zbek tili bayrami nishonlandi!

"Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim”
mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda talabalarning she'riy chiqishlari, kuy qo'shiqlar hamda sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

🇺🇿 Ona tilimizning so‘nmas ziyosi ong-u tafakkurimiz, qalblarimizni hamisha yoritib tursin!

Telegram | Instagram | Veb-sayt

TAFU hayoti

25 Oct, 11:26


O‘zbekiston Konstitutsiyasining 128-moddasiga va Saylov kodeksining 14, 36-moddalariga muvofiq, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi 2024 yil 27 oktyabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Toshkent amaliy fanlar universiteti Pedagogika fakultetimizdan 172 nafar talaba o‘z saylash huquqlaridan Sergeli tumanidagi №825 saylov uchastkasida foydalanishadi. Bugun ushbu saylov uchastkasi rahbari bilan yana bir bor uchrashdik.

TAFU hayoti

25 Oct, 11:24


Joriy yilning 25-oktyabr kuni Toshkent amaliy fanlar universitertida Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va giyohvandlikni oldini olish bo’yicha profilaktik tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Q.Shonazarov ochib berdi hamda 25-oktyabr "Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" sifatida keng nishonlanib kelinyotganligi, shunday kunda ham universitetimizga mehmon sifatida tashrif buyurgan, Ichki ishlar akademiyasi magistranti, podpolkovnik Yo'ldoshov Obidjon Zokirovichni tanishtirib ushbu kun bilan universitet rahbariyati nomidan qutlab o'tdi.

Hamda bu soha vakillari xalqimiz va talaba yoshlarni osoyishtaligini, tinchligini taʼminlash boʻyicha oʻz xizmat burchini vijdonan bajaryotganligini ta'kidlab o'tdi.

Ichki ishlar akademiyasi magistranti, podpolkovnik Yo'ldoshov Obidjon Zokirovich so'zga chiqib, barcha talablarni ogohlikka chaqirdi va har doim talabalarni tinchligi uchun tayyor ekanligini aytib o'tdi.

TAFU hayoti

25 Oct, 10:30


E‘TIROF.

Barchamizga maʼlumki, mamlakatimizda 25-oktyabr Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi.

Toshkent amaliy fanlar universiteti talaba yoshlarini tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida oʻz xizmat vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan IIB profilaktika inspektorlarini xam xizmatlari beqiyos.

Sana munosabati bilan “Iqtisodiyot” fakulteti talaba yoshlarini osoyishtaligi, tinchligini taʼminlash boʻyicha oʻz xizmat burchini vijdonan bajarib kelayotgan IIB xodimi katta leytenant Ulugʻbek Salayev ham fakultet rahbariyati hamda fakultetda faoliyat olib borayotgan kafedra rahbarlari tomonidan eʼtirof etildi.

Bayram munosabati bilan tashakkurnoma va sovgʻalar topshirildi, kelgusi xizmatlarida muvoffaqiyat tilab qutlandi. Fakultet jamoasi Ulugʻbekka ulugʻ niyatlari ijobat boʻlsin deya tilak bildirdik. Bayramingiz muborak boʻlsin aziz IIB xodimlari!