Suhrob Abduaxatov @suhrobabduaxatov Channel on Telegram

Suhrob Abduaxatov

@suhrobabduaxatov


💼 Fulfil MCHJ va rizqim.uz loyihalarini boshqaraman

https://www.instagram.com/suhrobabduaxatov/

📞 @Abdivaliyevich

Suhrob Abduaxatov (English)

Are you a fan of breathtaking photography and stunning landscapes? Look no further than the Suhrob Abduaxatov Telegram channel! This channel, managed by the talented photographer Suhrob Abduaxatov, is a visual masterpiece that will take you on a journey around the world without ever leaving your seat. Suhrob's keen eye for detail and mastery of light and composition result in truly mesmerizing images that will leave you in awe. From majestic mountains to serene lakes, bustling cityscapes to quiet villages, Suhrob captures the essence of every place he visits with unparalleled skill. Join the Suhrob Abduaxatov channel today to experience the beauty of our world through the lens of a true artist. Don't miss out on the opportunity to be inspired and amazed by Suhrob's incredible work! Subscribe now and embark on a visual adventure like no other.

Suhrob Abduaxatov

08 Feb, 09:47


Qora oqqushlar haqida. Biz e'tibor bermayotgan Imkoniyatlar!

Nassim Nikolas Talebni aytishicha insonlar "Oqqushlar"ni faqat oq bo'lishi haqida ishonishgan va "Qora oqqushlar" bo'lishi mumkinligi haqida o'ylab ham ko'rishmagan ya'ni tasavvuriga sig'dira olishmagan.

Inson miyyasi ko'proq faktlarga ishonadi va faktlarga ko'ra o'ylaydi.

Bu esa ko'pincha biz atrofimizdagi imkoniyatlarni ko'ra olmay qolishimizga olib keladi.

Men aynan 2021-yilda o'ylab ko'rgan bittagina g'oyam(Telegram kanal) deyarli meni fokusimni olmasdan turib menga bir necha yuz million daromad olib kelgan.

Agar shu g'oyani o'ylab shu g'oyani sinab ko'rmaganimda bu natija bo'lmas edi.

O'ylashimcha menda bunga o'xshash bir necha 10 lab o'tkazib yuborilgan yoki e'tibor berilmagan g'oyalar bo'lgan.

Bularga e'tibor bermaganimga sabab faqat "Oqqush" oq bo'ladi deb o'ylashimda ya'ni nostandart qarab ko'rmaganimda bo'lishi mumkin.

Shu holatga keling boshqa tarafdan qarab ko'ramiz.

Katta kompaniyalarga nisbatan kichik kompaniyalar juda tez o'sa olish imkoniyatiga ega.

Nega?

Chunki kichik kompaniyalar "Tez moshlashuvchan" bo'lishadi va shu sababli ham ular juda ko'p yangi va kutilmagan g'oyalarni, gipotezalarni test qilib ko'rish imkoniga ega bo'ladi.

Kim ko'p gipotezalar haqida o'ylasa va "Qora oqqushlarni" topishga harakat qilsa shular ko'p yutib ketadi.

Ko'p katta kompaniyalar esa faqat standartlar bo'yicha o'ylashadi va yechim qilishadi, shu sababli ham ba'zi katta kompaniyalarda "Gipotezalarni test qilish" bo'limi bo'ladi.

P. S: Siz ham "Qora oqqushlar" haqida o'ylab ko'ring!

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

06 Feb, 11:37


Nega "zapusk" mutaxassislari boshqa mutaxassisliklardan ko'ra ko'proq va tezroq pul topyapti?

Biz hozir bitta "zapusk" misolida ko'rib chiqyapmiz bu kabi boshqa misollar ham bor!

Boshladik!

Chunki "zapusk" mutaxassislari o'zlarida bir nechta eng muhim bo'lgan bilim va ko'nikmalarni birlashtirgan

1. Internet Marketing
2. Sotuv
3. Boshqaruv
4. Kuchli "soft skil's"
5. Kopirayting

Bu kabi bilim ko'nikmalarni biladigan va bularni bir joyda jamlay oladigan insonlar tez va katta natijalar ko'rsata olishadi.

Bunga sabab aynan bu joyda raqobat kichik, bu kabi 4-5 ta bilim ko'nikmalarni bir vaqtda yaxshi biladigan insonlar juda kam.

Bilganlarda ham qaysidiri yetmayapti, yetganlari esa yaxshi natija qilyapti.

Naval Ravikant aytishicha bu 4-5 ta bilim ko'nikmalarni jamlanishi "Specific Knowledge" deyiladi.

Va "Specific Knowledge" bor insonlar o'rtacha 10.000 tadan bitta odamda to'g'ri keladi!

Shu sababli do'stim 2-3 yil umringizni "Specific Knowledge" o'rganishga qarating! Shunda sizga yetib bo'lmay qoladi!

P. S: O'zbekistondagi asosiy "zapusk" mutaxassislari bilan yig'ilib gaplashib xulosa qildikku shu mutaxassislar biznesdagi boshqa yo'nalishlarga kirib sababini qilsa ham yaxshigina natijalar qila olishadi.

Chunki hozircha O'zbekistonda bu kabi bir o'zida 4-5 kuchli bilim, tajriba, ko'nikmani birlashtirganlar nisbatan kam!

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

05 Feb, 08:19


Ko’pchilik Majburiyat deb yozyapti va ularni fikriga qo’shilaman.

Shu sababli bugun yangi majburiyat olamiz.

Ya’ni menga yangi “chellenge”lar qilish yoqadi.

Agar bajara olmasam evaziga kanal va instagram obunachilarimdan biriga yaxshi sovg’a beraman.

Sovg’a nima bo’lishi haqida o’ylayapman.

Aniqlashtirib yozaman

Sovg’ani taxmin qilib variantlarni yozingizlarchi? 👇

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

05 Feb, 07:48


Iroda yoki Majburiyat qaysi biri insonda yaxshi ishlaydi siz nima deb o’ylaysiz?

Izohda yozing👇

Suhrob Abduaxatov

05 Feb, 07:35


5/150

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

03 Feb, 19:34


Live stream finished (1 hour)

Suhrob Abduaxatov

03 Feb, 18:50


Chat bo’yicha kimda savol bo’lsa shu yerda yozing

Suhrob Abduaxatov

03 Feb, 18:18


Live stream started

Suhrob Abduaxatov

03 Feb, 18:17


Unda boshlaymiz!

Suhrob Abduaxatov

03 Feb, 18:16


5 kishi “+” bossa 15 daqiqa ovozli chat qilamiz hozir

Ovozli chatga kirmoqchi bo’lganda izohda “+” qoldiring

Suhrob Abduaxatov

03 Feb, 18:13


Ba’zida kuchli yozmoqchi bo’lgan xulosa fikrlar keladi.

O’tirib yaxshilab yozaman keyinroq deb ba’zida qolib ketadi yozolmayman.

Shu fikrlar kelganda ovozli xabar qilib qo’yganim yaxshimikan nima deysiz?

Suhrob Abduaxatov

03 Feb, 17:32


Savoli yo'qlar uchun podcastdan parcha!

Yaqinda podcast olgandik.

Jamoa qanday yig'ilgan nega jamoa yaxshi kabi savollarga javob berdim

P. S: Tepadagi postda esa savol javob qilyapmiz, savoli borlar savolingizni yozishingiz mumkin savolingiz bo'lmasa videoni ko'ring😄

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

03 Feb, 17:07


👋Kuningiz yaxshi o'tdimi?

Kimda savollar bor, bo'lsa yozing gaplashamiz?

Suhrob Abduaxatov

02 Feb, 03:59


"Boshqaruvchi (bosh menejer)" qo'lidagi eng kuchsiz xodimi bilan baholanadi!

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

02 Feb, 02:38


S yoki A leveldagi ishlarni o’rganing!

Shundagina qolgan pastdagi har qanday ishlarni tezda va kuchli o’rgana olishingiz mumkin.

Bunga misol tariqasida:

Hozirda yoshi 20-25 yosh oralig’idagi atrofimdagi tez va yaxshigina natija (biznes) qilayotganlarni deyarli barchasi S yoki A leveldan chiqishgan.

Ba’zi biri
- Yaxshi matematik
- Dasturchi
- Fizik
- Kimyogar va boshqalar

Bundan tushunishingiz mumkinki yaqin tanishingiz yoki jiyaningiz nimani o’rganay deb so’rasa siz tavsiya qiling S yoki A levelni.

Bulardan birida kuchli mutaxassis bo’lsa qolgan ko’nikma va ishlarni o’rganish nisbatan qiyin bo’lmaydi.

P. S: “Boshqaruv” darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

30 Jan, 06:54


Bizni jamoaga qo'shilmoqchi bo'lganlar diqqatiga!

Bizda sotuv menejerlik lavozimida yangi vakantsiyalar ochilmoqda!

Tajribangiz bo'lishi shart emas offlayn toshkent shahrida ishlay olishingiz kerak. To'liq stavkada!

O'qishingiz sirtqi yoki kechki bo'lsa ham ma'qul.

O'sishga va rivojlanishga tayyor bo'lsangiz biz sizni kutamiz.

Ofisimiz, Yunusobod Toshkent shahri (Metro yaqinida)

Afzalliklarimiz: Ahil jamoa, o'rganish uchun imkoniyat, o'sish uchun katta hajmda ishlash imkoni, kitob va kurslarda "dostup", vaqti-vaqti bilan sayohatlar va treninglar bo'lib turadi.

Mendan savol so'rash va 1x1 treninglar olish imkoni bor.

Topshirib ko'rish uchun jamoamiz HR mutaxassisi @Naima_Mirobidova ga yozing!

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

29 Jan, 10:57


Abdulloh ibn Muborak Hazrat aytadilarki.

“Agar ota-onang sen bilan gaplashayotgan vaqtda murosa qilayotgan bo’lsa shuni gapirsam bolam noto’g’ri tushunib meni koyimasmikan deb sen bilan qo’rqib gaplashayotgan bo’lsa bilgingki sen ota-onangga oq bo’lyapsan” - deydi

Manba: Muhammadali Eshonqulov

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

26 Jan, 10:31


Nuqta qo'yilishi kerak joyda vergul qo'ymang.

Vergul qo'ysangiz faqat jamoangiz va o'zingiz qiynalasiz.

Deylik qadriyatni buzgan ogohlantirishga qaramay yana buzayotgan jamoa a'zolari bor.

Bo'shataman deganingizda, bo'shatmang deb oldingizga kirsa siz vergul qo'ymang.

Abdulloh Shamsutdinov (Rahimov School asoschilaridan biri)

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

26 Jan, 10:12


Zo’r rahbar charchamasligini sababi - zo’r rahbar doim ochiq o’ynaydi.

Kimnidir xafa qilib qo’yaman, nima bo’larkin deb o’ziga hamma yukni olib o’zini o’zi qiynamaydi.

Kelishuvga asosan ochiq o’ynaydi va ochiq so’rab oladi

Abdulloh Shamsutdinov (Rahimov School asoschilaridan biri)

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

26 Jan, 05:56


Kitob tavsiya!

Rahimov school asoschilaridan biri - Abdulloh Shamsutdinov'dan.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 13:11


Eng ko’p energiyani ishdagi og’ir suhbatlar olib qo’yadi.

Shu sababli barcha deep workimni ertalab qilaman.

“Abet”dan keyin suhbatlat o’tkazaman.

Og’ir suhbatlarni esa kechga yaqin qo’yaman.

Aziz aka Rahimov

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 13:09


Havo yaxshi bo’lganda ishga velosapedda kelaman.

Bu menga energiya beradi.

Aziz Rahimov

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 13:05


Boshqaruvchi ya’ni bosh menejer

Eng ko’p 2 ta narsaga e’tibor berishi kerak

1. Jamoasi bilan juda ko’p gaplashishi kerak
2. O’tirib ko’p o’ylashi kerak

©️Aziz aka Rahimov darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 12:45


"Ish ko'p, oila balansini qanday ushlash kerak?"

Oilada eng katta parchalanishlar odatda moliya yetmasligidan kelib chiqadi

Oila boshlig’i sifatida sizning eng katta 1-vazifangiz oilangizni yaxshi ta’minlab qo’yish

1. Yaxshi uy
2. Yaxshi taomlanish imkoni
3. Oilani bilim olishiga imkon qilib berish

Shu uchun bosib ishlash boshida yosh payti normal.

Lekin ikkinchi tomoni bor farzandingiz bo’lsa uni tarbiyasichi desangiz?

Farzand tarbiyasida eng muhimi 3ta qism bor

1. Otani farzandi bilan o’ynashi birga vaqt o’tkazishi

2. Otani farzand qanday o’zini tutishi va qarorlarini ko’rishi (Jamoasiga qanday qaror beryapti, telefonda qanday gaplashyapti, qolganlarga nima deyapti?) buni bola kuzatish kerak.

Shu uchun 1.5 yoshdan keyin farzandingizni ba’zida ishga o’zingiz bilan qo’shib olib boring

3. Otani qanchalik bilim, ilm tomondan fikrlash tomondan rivojlanganligi juda muhim shu uchun rivojlanishda qattiq davom eting.

©️Aziz aka Rahimov darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 12:31


Pastdan tepaga, tepadan pastga qoidasi.

Pastga ham qolib ketmaslik kerak.

Eng tepaga ham chiqib ketmaslik kerak.

Yosh 20 yoshli bolalar kelib men jamiyatni o'zgartirmoqchiman deb aytadi, men ularga birinchi o'zingizni to'g'rilab oling deb aytaman.

Tepaga ham chiqib ketmaslik kerak, eng pastdan to'g'rilab harakat qilishimiz kerak.

©️Aziz aka Rahimov darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 12:29


Warren Buffett aytishicha

Ko'pchilik ko'p ishlab tinmasligiga sabab ular hasad uchun nega menda bu yo'q deb tinmasdan harakat qilishadi.

Bu tinmasdan harakat qilish odatda hasad uchun bo'ladi (Nega unda bor, menga yo'q kabi)

©️Aziz aka Rahimov darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 12:26


Yosh ba'zi shogirdlarim 20-25 yosh shogirdlarim status uchun moshina olishga eng oxirgi rusumdagilarni minishga bellashyapti.

Men esa ularni oldiga borsam ko'pincha yayov boraman.

Ko'pincha eng yaxshi moshina olishga harakat qilayotgan odamlarni hammasi status uchun qiladi.

Status uchun harakat qilishni oxiri yo'q.

©️Aziz aka Rahimov darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 12:25


Ehtiyoj turlari

Gigenik ehtiyojlar bor - toza yashash uchun kerak ehtiyojlar

Asosiy ehtiyojlarga O'zbekistonda 5000$ maksimum oylik daromad yetishi mumkin.

Qolgan 2 ta ehtiyojlar esa faqat status uchun qilinadi👇
Limbet ehtiyojlar
Veblen ehityojlar

Bu Limbet va Veblen ehtiyojlar hammasi status uchun qilinadi, status uchun qilingan har bir narsani oxiri yo'q.

Kim nima moshina mindi?
Kim kim bilan o'tiribti?
Kimni yaxtasi bor?
Bezos 1 mlrd$ ga yaxta oldi buni hech qachon oxiri yo'q.

©️Aziz aka Rahimov darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 12:21


“Istalgan narsaga erishish uchun arzish kerak” - Aristotel

Katta network va tanish bilish orttirish uchun hech qachon o’zim birinchi kontakt boshlamaganman dedi Aziz Rahimov.

O’zimni sohamda foydali ishlar qilib yaxshi natijalar qilishga harakat qilganman

©️Aziz aka Rahimov darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 12:19


Oyiga 3000$ topsangiz dunyo ahlosini 7%ga kirasiz

O’zbekistondagi aholini 1% ham 3000$ topmasligi mumkin

©️Aziz aka Rahimov darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 12:17


Yozish, o’ylash, kitob o’qish bular qiyin ko’nikmalar.

Bu ko’nikmalarni hech qachon tashlab qo’ymaslik kerak.

©️Aziz aka Rahimov darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

25 Jan, 12:09


Qiziqish bilan qobiliyat turganda doim qobiliyatingiz bor narsani tanlash kerak.

Qiziqgan narsangizda doim ham natija qilolmaysiz.

Shu uchun qobiliyatni tanlash kerak

Qobiliyatingiz borligini qayerdan bilsa bo'ladi?

Javob: Qilib ko'rasiz.

Qilsangiz sizda tez o’xshashni boshlaydi, ba'zi boshqalarga nisbatan 10x tezroq ham o'xshashi mumkin.

Shunga qarab sizda qobiliyatingiz borligini bilib olasiz.

P. S: Qobiliyat sohada bo’lmaydi ko’nikmada bo’ladi (Sizni qaysidir ko’nikmalarda qobiliyatingiz bo’ladi)

©️Aziz aka Rahimov darsidan insayt

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

22 Jan, 19:08


Hozir ich-ichimdan xursand bo’lib ketdim

Sababi…

O’ylab qarasam Allohga shukr anchagina jamoa yig’ilib qolibmiz

Har qanday vaziyatda doimo loyiha uchun jon kuydiradigan o’z ustida ishlaydigan jamoa bo’layotganimizdan xursand bo’lib ketdim.

Ko’z tegmasin.

Aytishadi-ku agar jamoa bo’lsa har qanday natijalarga yetish imkoni ochiladi.

Aytgancha, bizni Fulfil group jamoasiga qo’shilmoqchi bo’lganlar uchun vakansiya ochilyapti.

Sotuv bo’limida ishlash imkoniyati.

Agar qo’shilmoqchi bo’lsangiz yopiq guruhga qo’shiling

Link: https://t.me/+BzX7eogAkIgxNTJi

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

19 Jan, 06:48


Iqtibosdan nima tushundingiz?

Izohda fikringizni yozing 👇

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

17 Jan, 06:22


Agar siz o’zingizni sohangizda top 3 ta kitobni o’qib chiqgan bo’lsangiz sohangizdagi top 5% mutaxassislar qatoriga kirishingiz mumkin.

Endi keling sizni rollarga bo’lib chiqamiz.
1. Sotuvchi
2. Lider
3. Ota
4. O’gil
5. Boshqaruvchi
6. Marketolog
7. Boshqaruvchi
8. Va hakazolar

Deylik rolingiz 20 ta chiqdi, va siz har bir rol uchun 3 tadan top kitob o’qisangiz bu 60 ta kitob degani, siz shu 60 ta kitobni o’qib tugata olsangiz siz tanib bo’lmaydigan darajada o’sib ketasiz!

Aziz Rahimov

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

16 Jan, 15:34


5 yil oldin "Nvidia" kompaniyasidan aksiya sotib olsangiz nima bo'lardi?

Keling sizni 20.000$ yig'gan pulingiz bor deb o'ylaylik va shu pulga Nvidiadan aksiyalarini sotib olsak nima bo'lardi.

O'sha vaqtda taxminan 20.000$ ga Nvidia kompaniyasining 3210 ta aksiyasini sotib olishingiz mumkin edi.

Hozirga kelib roppa-rosa 5 yil o'tib siz bu aksiyalarni 3210 * 137.46 = 441.246$ ga sotishingiz mumkin edi.

Eng qizig'i bu emas, eng qizig'i ko'pincha tarix takrorlanadi. Sizda hali ham imkoniyat bor!

Halol va mumkin bo'lgan investitsiyalarga qiziqishni boshladim.

Buni siz bilan ham bo'lishay dedim, 500-1000$ investitsiya qilib ham yaxshi natijalarga erishishingiz mumkindir agar ilmini olsangiz.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

15 Jan, 11:52


Qanday qilib juda katta natijaga qisqa muddatda erishsa bo'ladi?

ChatGpt aytishiga qaraganda ortiqcha vazni bor va kurs yoki dietalar orqali qisqa muddatda ozganlarning 90% yana qayta semiradi.

Tushunyapsizmi? Qisqa muddatda erishilgan natijalar joyiga qaytish xususiyatiga ega.

Omadi kelib qaysidir omillar orqali bir marta 5000$ oylik daromad topgan odam, keyingi oyda 5000$ daromad topish ehtimoli juda kam.

Istisno holat: Mobodo u "Qisqa muddatda 5000$ daromad topish ertaklari" kursini ochvormasa.

Chunki 500$ daromad qilish bilimi va shaxsiyatiga ega inson 1 marta 5000$ topdi degani u doim 5000$ topadi degani emas.

Keling endi, qolgan eng muhim qismlarni ko'rib chiqamiz👇

Hozirda ko'pchilikda kutuvlar shunchalik balandlashyapti-ki buni oqibatida juda tez natija xohlashyapti.

Biror kasb yoki loyihani bajarib ko'rib o'xshamaganidan "выгорание"ga tushib qolayotganlar yetarlicha.

Oxirgi kuzatuvlarimda "выгорание"ga tushib qolgan kamida 5 kishini ko'rdim va ular bilan suhbatlashdim.

Suhbatdan xulosam: Tez kutuv, atrofdagilar, ijtimoiy tarmoq!

"Tez va katta kutuv qo'yish" nimalarga olib keladi?

Har bir biz kutgan natijaga erishmaganimizda energiyamiz va o'zimizga bo'lgan ishonchimiz tushib ketadi.

Aslida biz har bir urinishlarimizda katta tajriba yig'ib biz xohlayotgan natijani to'plab borayotgan bo'lamiz.

Lekin natijamiz uzoq muddatda ko'rinadi.

Xuddi tosh ko'tarishga o'xshab 10 kg tosh ko'tara oladigan inson hech qachon 1 oyda 100kg ko'tara olmaydi.

U sekin sekin tosh vaznini ko'paytirib boradi 10, 12, 14kg va hakazo.

10kg dan 14kg tosh ko'tarish darajasiga chiqgan inson aslida o'syapti chunki unda 4kg+ natija bor.

To'xtamasdan davom etsa u qachondir aniq 100 kg ko'taradigan bo'ladi.

Lekin hozirda ko'pchilik 35kg tosh ko'tarish darajasiga yetib borib menda natija bo'lmadi 100kg ko'tara olmayapman deb umuman qilayotgan ishini tashlab ketyapti.

Bunga sabab tepada aytganimdek tez xohlash, katta kutuv, atrofdagilar va ijtimoiy tarmoqlar deb o'ylayman.

Isboti tariqasida.

Ma'lumotlarga qaraganda "Z" avlod juda tez qariyapti.

Chunki bu "Z" avlod o'zlari uchun ko'p bosim va qisqa fursatda katta natijalar qilishni xohlab "kichik" yelkasiga katta "yuk"larni olishni boshlagan.

Ularda "yoshlik"dan asar ham qolmayapti ekan.

Umumiy Xulosam

Do'stim, siz uchun muhim gapim.

Qilayotgan ishingizda natija ko'rinmayaptimi, qiyinmi shunchaki to'xtamasdan davom eting.

Natijasi ko'rinmasada to'xtamasdan 2-3 yil o'z ustingizda ishlasangiz sizda hammasi boshqacha bo'ladi.

Misol:
- OZON marketplace 20 yil zarariga ishlagan
- Asaxiy Books loyihasi haligacha zarariga ishlayapti ekan.

P. S: Yuqoridagi sarlavhaga javob: Tez kutmang, hech qachon tez bo'lmaydi va bo'lmagan ham.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

13 Jan, 17:04


Katta odamlar ham "5" baho olishga qiziqadi.

O'rganish, tushunish, his qilish uchun emas baho uchun o'qish ko'pchiligimizga singib ketgan.

Bir joyda kuzatdim, kuchli mutaxassis va tadbirkorlar yig'ilgandik.

Bizni guruhlarga bo'lishdi va har bir guruhga vazifalar berishdi.

Har bir guruhga 15 daqiqadan vaqt berildi.

Vaqt ketdi va 15 daqiqa o'tib vaqt tugadi.

O'zimizni guruhdagi 2 ta ishtirokchiga e'tibor berdim. Vaqt tugasa ham to'xtashmasdan yozishdi va muhokama qilishdi.

Aslida olganda vaqt tugadimi bo'ldi yozish ham muhokama qilish ham mumkin emas edi.

Shunda tushundimki, ular "5" olishni xohlashyotgandi.

P. S: Hech qaysi ishni "5" baho olish uchun qilmang. Vaqt tugadi, tugadi eng muhimi qoidalar bilan o'ynang.

Ko'pchilik "5" baho sindiromiga chalinganlarga misol - IELTS 7 olib lekin ingliz tilisini hech qayerda, hattoki kitob o'qishda ham ishlatmayotgan juda ko'pchilikni bilaman.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

11 Jan, 06:13


Bizni “biz” qilgan qaysidir etapga yetib kelishimizga sabab bo’lgan ishlarni to’xtatganimizda biz orqaga qaytishni va tushib ketishni boshlaymiz.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

08 Jan, 07:42


Rossiya Forbesiga kirgan

Yillik aylanmasi 300 mln$ ga yaqinlashgan biznes egalari

Sherzod va Barno Tursunovlar tomonidan olib boriladigan “razbor”ga keldim.

Bu “razbor”da Karra o’sish produkti taqdimoti bo’lyapti.

Men eng tepadagi stullardan biriga o’tirib Barno Tursunova 3000$ lik mahsulotni “massiviy” qanday sotishini kuzatib o’tiribman

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

03 Jan, 21:54


Kam daromad topyapsizmi? Demak siz katta ehtimol “ochmas”siz.

Bizga qanoat qilish va “och” bo’lmaslik o’rgatilgan.

Aslida sababini yaxshilab qilsak, bundanda yaxshiroq rizqqa, natijaga erisha olishimizni ko’pchiligimiz bilamiz.

Nega unda shunday qilmaymiz?

Deylik keling ko’rib chiqamiz

Siz 5 mln daromad topyapsiz va o’z ustingizda ishlasangiz yoki yangi sohaga o’tsangiz 20 mln topishingizni bilasiz.

Lekin shunday qilmaysiz.

Sababi sizga 20 mln kerak emas, 20 mlnga arzigulik “och” emassiz.

Siz katta natijalar qilishni ko’p pul topishni ongli ravishda xohlaysiz.

Lekin ongsiz ravishda aslida xohlamaysiz, va ongsiz ravishda qaror qilasiz.

Chunki sizga hozirgi 5 mln qulay qiynalmaysiz va mazza qilib shu pulni topasiz.

Qachonki siz 20 mln topishga “och” bo’lishni boshlaysiz o’shanda siz katta ehtimol harakatni boshlaysiz.

Ungacha bir necha xil “bahonalar” bilan o’zingizni ovutasiz.

Deylik
- Men o’syapman.
- Men risk qilishdan qo’rqaman va boshqalar.

Ochig’i men ko’rgan ko’p kuchli mutaxassislar keyingi etapga chiqa olmasliklarini sababi ular “och” emas.

Men ko’rgan boshqa yo’sh o’rtacha mutaxassislar esa “och” bo’lgani sababi katta natijalar qila olishyapti.

To’g’ri tushing xohlash bilan menga shu kerak deyishni katta farqi bor.

Bu muammolarni to’g’rilash uchun sizda ustoz yoki yo’l ko’rsatuvchi majburlovchi odamlar bo’lishi kerak

P. S: Kech bo’lganda keb qoldi, siz nima deysiz fikrlarimga qo’shilasizmi yozing 👇

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

02 Jan, 06:34


Nega ko’pchilik katta natijalar xohlaydi lekin bu natijalarga erisha olmaydi?

Chunki bu natijalarga erishishga energiyasi yetarli bo’lmaydi.

Energiya bu eng katta resurs.

Men ko’rgan katta biznesmenlarda juda katta energiya bor ular shu sababli katta natijalar qila olishadi.

Demak bizni vazifamiz
1. Energiyamizni tejashni
2. Energiya olishni o’rganishimiz kerak

Energiyani qanday tejash mumkin?

Keling undan oldin bizni energiyamizni nimalar olib qo'yishini ko’rib chiqamiz.

Ulardan biri bizga “butunlik” yetmaydi.

Integrity - Butunlik

Yani biz kichik vadalarimizni vaqtida bajarmaymiz.
- Biror joyga kechikib boramiz
- Olgan loyihalarimizni vaqtida topshirmaymiz
- Qarz olib vaqtida bermaymiz va bu haqida ogohlantirib ham qo'ymaymiz

Bularni har biri yig'ilib bizni katta energiyamizni oladi.

Yana nimalar bizni energiyamizni oladi
- Ortiqcha yangiliklarni kuzatish
- Dunyo va siyosatda bo'layotgan va biz hech narsani o'zgartira olmaydigan vaziyatlarga jon kuydirishimiz
- Atrofdagi hodisa, voqea, insonlardan tez xafa bo'lishimiz

- Ortiqcha video o'yinlar
- Maqsadsiz ijtimoiy tarmoqlarda o'tirish
- To'xtamasdan "divanda" yotib reels ko'rish va boshqalar

Shu yuqoridagilarni qilmasligimizni o'zi energiyamiz tejalishiga olib keladi.

Energiyani qayerdan olamiz?

Bu holat to'g'risi hammada har xil hamma o'zi uchun energiya olish manbalarini topishi kerak.

Menda
- Yaqinlarim
- Ustozlarim
- Dars o'tish, o'rgatish yordam berish
- Cofe
- Musiqa
- "Moshina" haydash
- Kuchli insonlar orasida bo'lish (Biznes dars, Clublar) energiya beradi.

P. S: Katta natija xohlaysizmi unda energiya ustida ishlang!

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

31 Dec, 15:53


2024-yil sarhisobi🔥

2024-yil men uchun katta tajribalar yili bo’ldi.

2024-yilda jamoamiz bilan naqd 21 marta zapusk o’tkazdik.

Bir nechta minglab o’quvchilar onlayn maktablarimizga qo’shilishdi.

O’zimiz uchun rekord natijalar qayt etdik.

9-10 kishilik jamoadan 35+ lik jamoa a’zolariga chiqdik (Ulardan 15 ga yaqini offlayn, qolgani onlayn ishlashadi)

Jamoamiz bilan 2 ta kichkina xonadan iborat “podval” dan o’zimiz istagan katta ofisga ko’chdik.

Aprel oyida farzandli bo’ldim Alhamdulillah, ma’suliyat yanada ortdi.

Orada chet elga sayohat qildik, biz uchun qiziqarli sayohat bo’ldi.

O’zim uchun 50+ davlatlarga sayohat qilishni niyat qilganman Alloh nasib qilsa.

Eng muhimlaridan biri bir nechta yangi ustozlar topdim. Alloh meni ustozlar bilan siylagan.

Bir nechta kurslarni o’qib tugatdim va bilim olishimga bir necha ming dollarlar sarfladim.

Shunchalik birikadigan va birlashadigan jamoa bo’lib shakllanishni boshladik.

2024-yilda qancha x o’sganimiz va qancha daromad qilganimiz haqida yozishni xohlamadim.

2025-yil uchun katta reja va o’sish uchun planlar qilyapmiz, 2024-yil bu boshlanish edi.

P. S: Men tushundimki men ishimni judayam yaxshi ko’raman va siz ham ishingizni yaxshi ko’rsangiz yaxshi natijalarni Alloh sizga beradi.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

29 Dec, 18:42


Yanvarda ishlar va kurslar ko’p.

Yanvar oyi men va jamoamiz uchun juda aktiv o’tish ehtimoli bor nasib etsa.

Chunki biz bir nechta kurslarda o’qiyapmiz va bularni qo’llashimiz kerak.

1. HR (Dildora Tursunova) - kursida jamoadoshimiz aktiv o’qiyaptilar.

“Fulfil group”da HR bo’yicha yaxshi o’zgarishlar bo’lishi kerak

Dildora Tursunova - Uzinfocom strategik direktori

2. Samarali Boshqaruv (Abdulloh Shamsutdinov, Aziz Rahimov) - mentorligiga yozildim.

O’zimam dars boshlanishini kutyapman.

Abdulloh Shamsutdinov, Aziz Rahimov - Rahimov School asoschilari va 150 ta xodimni boshqarishadi.

3. “Marketing va Zapusk” - Individual mentorlikga yozilganman.

To’g’risi mentorlik zo’r ketyapti.

Meni eng ko’p tergaydigan va ayamaydigan ustozim.

Darslarni yarmi tugadi va yana yarmi bor.

Kurs ustozi - O’zini ismini sir tutilishlarini ko’proq xohlaydi, natijasi bittada 400.000$ va bu raqamlarni qilganiga ancha bo’lgan.

Ochig’i individual kursga yetmaskan. Juda zo’r.

4. “Biznes razbor” Tursunovlar - Bizni 8-yanvar sanasida 8 soatlik dars kutyapti nasib qilsa

Sherzod aka va Barno opa Tursunovlar “razbor”larda “miyyam”ni portlatvoryapti.

Sherzod Tursunov - yillik aylanma 300 mln$ ga yaqin va Rossiya Forbesiga kirgan biznesmen.

Yanvar uchun o’rganadigan narsalarimiz juda muhim.

Tezroq Yanvar oyi kelishini kutyapman😀.

Alloh yetkizayotganiga shukr, ko’z tegmasin.

P. S: O’zingiz uchun pul sarflamas ekansiz sizni pullaringiz ko’paymaydi

🔥 Aytgancha shu tepada aytgan 4 ta kurs, darslarga qancha to’layapman.

Birinchi taxmin qilib to’g’ri va aniq topganga 200.000 so’m tashlab beraman

Javobni shu post izohida qoldiring (Bilgan tanishlarim hisobga kirmaydi)👇

Vaqt ketdi: 48 soat

29.12.2024 - Qashqadaryo, Yakkabog’ tumani.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

28 Dec, 11:55


O'zbekistonda yangi bozorni sezishni boshladim.

Bu gipoteza.

Onlayn ta'lim platformalar bozori 2024-yilda yaxshi o'sishni boshladi degan ma'lumotlar qo'limga tushib qoldi.

Biz zapuskchilar esa EdTech proyektlar bozori o'sishini va tezroq buni sinab ko'rishni kutyapmiz.

Ya'ni 2024-yilda O'zbekiston edtech bozori ochildi degan fikrlar bo'lyapti.

Yanada bu ma'lumotlarni aynan edtech proyektlar qilib yurganlar bilan aniqlashtiraman.

Va katta ehtimol Yanvar, Fevral oylarida g'oyalarni "test" qilib ko'ramiz.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

27 Dec, 19:41


Bugun 26 yillik biznesda tajribasi bor inson bilan tanishib gaplashdik.

Ular onlayn maktablar borasida zo’r g’oya berib qoldi.

Hozir shu g’oya hayolimdan ketmayapti

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

27 Dec, 14:10


Instagram illyuziyasi. Qarzga olinayotgan chiroyli hayot!

Bir sohadosh uzoq tanishim qopqora Mersedes sotvoldi.

Keyin esa to’xtatmasdan Instagramida Mersedesi bilan video va kreativlar qo'yishni boshladi.

Barakasini bersin, lekin....

Keyin bilsam Mersedesni bo'lib to'lashga olgan ekan.

Oylik to'lovi 3000$, bu to’lovlarni kursini sotuvi orqali yopyapti.

Agar siz bo'lib to'lashga moshina olgan bo'lsangiz-u…

Mana men qila oldim deb chiroyli hayot ko'rsatayotgan bo'lsangiz qattiq adashasiz bu yaxshi tanlovmas.

To'g'risini aytsam bunaqa misollar judayam ko'p.

Buni ko'rgan 500$ - 1000$ atrofida daromad qilib yurgan odamlar o'zini baxtsiz his qilishni boshladi.

Chunki qarasa hayolida hech ishni eplolmayapti.

Atrofidagi boshqa 20 yoshli “bolakay”lar bir kun chet elda, bir kun moshinasida sayr qilib yuribti.

Eng achinarlisi bo'lib to'lashga moshina olib buni ko'rsatib kurs sotayotganlari ko'rib judayam boshqacha bo'ldim.

Ogoh bo'ling!!!
Kurs tanlayotganingizda uni moshinasiga yoki ofisiga qarab baho bermang.

“Keys”lari haqida gaplashing.

Eng muhimi bu “keys”larda nima vazifani bajargan surishtiring.

Faqat jarayonlarni kuzatib turib syomkada chiroq ushlab turgan inson professional "videograf"likni o'rgataman deyotgan bo'lishi mumkin.

P. S: Oxirgi vaqtlar soxta chiroyli hayot va kurs uchun bo'lib to'lashga olinayotgan moshinalarni ko'rib bu kabi vaziyatlarga negativ fikr bildirayotgan bo'lishim mumkin

Lekin sizlarni ogohlantirmasam bo'lmasdi.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

26 Dec, 18:09


🔥Rostan ham juda ham yuqori energiyaga ega sanatkor.

Ba'zida energiya olish uchun eshitaman!

P. S: Chunki energiya eng katta resurs.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

22 Dec, 13:25


Hech qachon faqat pul uchun ishlamang!

Meni jamoadoshlarimizga har doim aytadigan gapim shu.

Chunki har bir jamoadoshimizda o'z maqsadlari bo'lishini xohlayman va ular bu maqsadlar uchun kurashishi kerak.

Har bir jamoamizda ishlayotgan insonni keyingi etapga chiqishini xohlaymiz va bu uchun nima yordam ko'mak kerak bo'lsa ko'maklashamiz.

Deylik bundan 1.5 yil oldin amaliyotchi bo'lib kelgan jamoadoshimiz hozir oyiga 15 - 30+ mln so'mgacha oylik daromad qilyapti.

Buni sababi boshida maqsadi pul bo'lmagan o'sish uchun kelgan shu uchun hozir yaxshi nuqtada.

Boshqa bir jamoadoshimizga o'zimni "Zapusk" darslarimni bepulga berganman.

Yana biriga tanishimni Marketing kurslarini berganmiz.

Onlayn ishlaydigan storiesmaker lavozimiga kelgan jamoadoshimiz esa hozir loyihalarimizda asosiy progrevchi lavozimiga ko'tarilgan.

Ayni kunlarda HR bilim va kursini bir jamoadoshimizga bermoqchiman.

Agar siz xuddi shunday keyingi etapga chiqishni istasangiz va maqsadlaringiz uchun kurashishga tayyor bo'lsangiz bizda ish o'rinlari ochilyapti!

Jamoaga qo'shilish uchun suhbatdan o'tishingiz kerak, suhbatni katta ehtimol o'zim olib boraman

Suhbatga yozilish uchun: @Abdivaliyevich menga o'zingiz haqingizda ma'lumot qoldiring!

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

21 Dec, 18:38


Bizning jamoaga qo'shiling! 2025-yilda kamida 2x o'sishga erishish imkoniyatiga ega bo'ling!

Tushunganingizdek bizda yangi vakantsiyalar ochilyapti. Bunga sabab biz 2025-yil uchun bir necha barobarga o'sishga tayyorlanyapmiz.

Bizda
- Sotuv menejerlari (Tajribangiz bo'lmasa-yu maqsadlaringiz bo'lsa sizga to'g'ri keladi)
- Sotuv bo'limi rahbari
- Proyekt menejer
- Marketolog
- HR kabi lavozimlarda bo'sh vakantsiyalar ochilyapti.

Bilaman aynan bu lavozimlarni asosiy qismi top menejer yoki katta ma'suliyat ololadiganlar uchun.

Har doim katta ma'suliyatlar kichik ma'suliyat olishdan boshlanadi.

Agar bizning jamoada o'sib o'rganib yuqori lavozimlarga chiqishni istasangiz sizni jamoaga olishga tayyormiz chunki aynan sotuv bo'limimizda tajribasiz jamoadoshlarni ishga olamiz va o'zimiz o'qitib o'rgatib o'stiramiz.

Aytgancha suhbatlar va ish boshlashdagi barcha treninglarni o'zim o'taman. Va doimo yelkama-yelka birga ishlaymiz.

Bu lavozimlarni qaysi biriga to'g'ri kelishingiz haqida @Abdivaliyevich menga yozsangiz gaplashamiz.

Ish turi: Offlayn, Toshkent shahri Yunusobod (10:00 - 19:00 gacha)

🔴Agar shu vaqtgacha ish bo'yicha menga yozgan bo'lsangiz va xabarlasha olmagan bo'lsam qayta yozing!

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

20 Dec, 10:32


Ustozim qiyin yo'ldan yuring dedi...

Ustozim bilan meeting qildim, qurayotgan "zapusk" agentligimiz haqida gaplashdik.

Shu vaqtda ularga bir savol berdim.

Oxirgi vaqtlar mendan bilganlarimni kurs qilib o'rgatishimni so'rashyapti. "Zapusk"ni o'rgatadigan kurs qilishimga qanday qaraysiz dedim.

Ustozim, Suhrob hozircha kurs qilishingizni tavsiya bermayman deb qoldi.

Chunki sizga o'xshagan 1-2 so'm pul topishni boshlagan qo'ldan ozgina ish kelayotganlarni ko'pi kurs qilishni boshlagan.

Shu kurs qilayotganligi sababli shu vaqtgacha yetib kelgan nuqtasidan keyingi bir necha karra o'sishlarga chiqa olishmaydi.

Chunki ularni ko'p fokusi kursini yaxshiroq o'tishga va o'quvchilariga e'tibor berishga ketib qoladi.

Aslida boshida ularni maqsadi boshqa bo'lgan ya'ni "agentlik" qurish yoki biznes qurish.

Hozir esa endi qo'lidan ish kelayotganlar
- "Zapusk"ni
- Marketingni
- Agentlik qurishni o'rgatishga o'tib ketib qolyapti.

Buni sababi chunki agentlik qurish uni stabil olib ketish va karrasiga o'stirish qiyin, lekin kurs o'tish oson.

Hamma yurgan oson yo'ldan emas, ular yurmayotgan qiyin yo'ldan yuring shunda 1 - 2 yildan keyin sizda hammasi boshqacha bo'ladi dedi.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

19 Dec, 20:59


Soat 01:45 tinmay qor yog’yapti, telefonim jiringladi…

Ko’tardim Uzum Tezkordanman eshikni ochasizmi aka “zakaz” olib kelgandim dedi.

Eshikni ochdim 20 yoshlardagi bola ustilari ho’l bo’lib ketgan.

Shapkasida ko’p qor bor, katta ehtimol buyurtmani piyoda yoki velosipedda olib kelgan.

Unga yaxshilab e’tibor berib qaradim.

O’zimizni jaydari qishloqni sodda bolasiligi ko’rinib turibti.

Buyurtmani olib qoldim.

To’g’risi bu sovuqda hech kimni ko’chada yurib jismoniy mehnat qilishini xohlamayman.

Ko’pam sodda bo’lmang sal ishni ko’zini biladigan bo’ling.

Mehnatga yarasha haq to’lanadigan yaxshi o’ssa bo’ladigan ishlarni izlang.

Katta ehtimol bu Uzum tezkordagi bola pul kerakligidan ishlayotgandir.

Lekin siz bu xabarimni o’qiyotgan bo’lsangiz do’stim ko’zingizni kattaroq oching.

Rivojlanish o’sish yaxshi soha egasi bo’lish uchun 1-2 yil tinmay mehnat qiling.

Keyin ko’rasiz uncha bunchasidan o’tib ketasiz.

Chunki hozir ko’p odamlar
- Instagramga o’tirib qolgan
- Foydasiz do’stlar va “krug”larga ko’p vaqt yo’qotyapti
- Telefon va kompyuter o’yinlariga qaram
- Munosabatlarga berilib ketgan

O’ziz o’ylab ko’ring 1 - 2 yil siz tinimsiz o’z ustingizda ishlasangiz nimalar qila olasiz.

Xulosa…
To’g’ri tushining hech qachon qulay vaqt kelmaydi.

Bugun boshlang, bugun maqsad qiling. O’zingizni ilm uchun qattiq qiynang.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

19 Dec, 14:01


Sherikchilikda baraka bor.

Deyarli hozir barcha proyektlarda sherikchilikda ishlaymiz.

Deylik 10 yillik tajribaga ega mutaxassis bilan sherikchilik qilamiz.

Ustoz kursga va kurs sifatli bo'lishiga, kursni sotib olganlar yaxshi ta'lim olib rozi bo'lib ketishiga javob beradi.

Biz esa kursni marketingidan tortib sotuvigacha bo'lgan barcha jarayonlarni nazorat qilamiz.

Sherik sifatida meni fokusim marketing, media, jamoa boshqaruvi va sotuvda bo'ladi.

Sherigimniki esa produktda, kuchli webinar o'tkazishda bo'ladi.

Qayerda e'tibor bo'lsa o'sha joy o'sadi.

Shu sababli ham sherikchilik qilganimizda biz va jamoamiz sababini qilamiz shunda katta sotuvlar bo'ladi.

Eng qizig'i kichik sotuvlarda pullarni bo'lishish sheriklar uchun muammo bo'lmaydi.

Hammasi odatda katta sotuvlar qilishni boshlaganda yuz beradi.

Qaysidir tomon hammasini men qilyapman deb o'ylaydi va sherikchilik shartlarini buzishga harakat qiladi.

Aslida u bilmaydi shuncha insonni rizqi va sherikchilikda baraka borligi sababli katta sotuvlar bo'lyapti.

Oxiri kelishuv buzilgandan keyin sherikchilikni buzgan tomon, o'zlari loyihani tashkil qilib ko'rishadi.

Ko'p holatlarda sherikchilikda bo'lgandagi kabi katta natijalarni takrorlash juda qiyin bo'ladi.

Bizda ham shunaqalari bo'lgan bir proyektda eng katta "pik"ga chiqishni boshlaganimizda sherigimiz hamkorlikni to'xtatgan.

Shu proyektni to'xtatganimizdan buyon sobiq sherigimiz to'xtamay harakat qilayapti.

Lekin o'shanda birgalikda qilgan natijamizni o'rtacha to'rtdan birini qila olayapti.

To'g'ri tushuning sherikchilikda baraka bor, ishlab turgan narsalarni buzmang ishlamay qoladi.

Kelishuvlarizga ko'proq sodiq turing yanada natijangiz ko'payadi.

Eng muhimi rizqni bo'lishishga qo'rqmang.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

18 Dec, 09:39


Bu postni o'qishingiz shart va sizning ham fikringiz juda muhim!!!

Atrofimdagi "Self made person" bo'lishga harakat qilayotganlardagi kuzatuvlarim natijasi.

1-holat:
Hozirda yaxshi daromad topyapti deylik oyiga 5000$-10000$, bu tanishimni kuzatganimda u to'xtamasdan daromadining bir qismiga kiyimlar sotib olyapti.

Chuqurroq analiz qilsam, yoshligida yaxshi kiyimlar sotib olishga imkoniyati bo'lmagan.

2-holat:
Boshqa bir tanishimni kuzatganimda u doim e'tibor markazida bo'lishni istaydi yoki o'zini isbotlashga harakat qiladi, ba'zida e'tibordan chetda qolsa xafa bo'lish ehtimoli yuqori.

Yoshlik yillarini analiz qilganimda yoshligida unga juda ko'p e'tibor berilgan va erkaroq o'sgan.

Buni oqibatida uni o'sishiga to'siqlardan biri uni o'zi bo'lib turadi.

3-holat: Men
Menda bir kichik muammo bor bu "moshina"larga haddan ortiq qiziqish men moshina minishga qiziqmayman men moshinalarni sotib olishga qiziqaman.

Qo'limga katta pul tushishi bilan moshinalar ko'rishni boshlayman.

Shu sababli ham birinchi qo'limda yaxshi pul bo'lgandayoq moshinaga to'lov qivorganman.

Menda hozir moshina bor lekin men bizni oilada bir nechta eng yaxshi moshinalar bo'lishini xohlayapman.

Shu sababli ham emotsional xaridlar qilib qo’ymasligim uchun qo'limda katta pullar turmaydi)

Meni fikrimcha bunga sabab yoshligimizda moshinamiz bo'lishini xohlaganman.

Esimda bir qarindoshimizni moshinasi biznikida turardi, biz aka-ukalar juda yosh bo'lganmiz va minib ko'rishni xohlardik lekin hech moshinasiga mindirmasdi...

Xulosa:
Ulg'ayganimizdagi holatimiz bizni psixologik o'tmishimizga va vaziyatlarimizga bog'liq bo'lish ehtimoli katta.

Bu psixologik vaziyatlardan qolgan asoratlar biz uchun katta kuch ham bo'lishi mumkin yoki bizga kamchilik sifatida ham ishlash mumkin.

Shu sababli biz boshqalarni emas o'zimizni chuqur o'rganishga harakat qilishimiz kerak.

O'z kuchlarimizdan to'g'ri foydalanishni bilishimiz kerak.

P. S: Sizni fikringiz muhim siz fikrlarimga qo'shilasizmi?

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

12 Dec, 19:11


Menga doim qiziq yani chellenge'lar boshlash va amalga oshirib ko'rish.

Bundan maqsad odatda haqiqatdan ham intizom, sabr har doim ishlash ishlamasligini tekshirish.

Avvalambor Allohni fazli va ota-onam, yaqinlarim duolari bilan shu vaqtgacha.

1. Matemikani qattiq intizom bilan o'rganib ko'rdim, o'rganganimda tushunganman.

Boshqalar 3 yilda erishadigan natijaga 1 yilda erishsa bo'ladi.

Farqi ular 3-4 soat kuniga dars qilsa men 10-12 soat qilishim kerak bo'lgan.

2. Kamida 3 yil+ (2020-2023 yillar) parhez qildim gazli ichimliklar, fast food va bir qancha narsalar yeyish cheklovida bo'ldim.

To'g'risi qiynalmadim inson ko'nikadi va o'zi uchun bergan va'dalarda sodiq bo'lishni o'rganadi.

3. 2021-yillarda Youtubeda o'rtacha 4 soatlik praktikumlardan 60+ ni hammasini ko'rib tahlil qilib chiqdim.

Bu menga bir qancha soft va hard ko'nikmalar berdi.

4. Shu vaqtgacha Fulfil education, @rizqimuz, Instant group, Fulfil group kabi loyihalar tashkil qilib ko'rdik bir qanchasi o'xshadi ba'zilari o'xshamadi.

5. Aktiv zapusklar bilan shug'ullanayotganimizga 1 yil-u 3 oycha vaqt bo'ldi lekin adashmasam bu vaqtda 20+ ta atrofida zapusklar qilib ko'rdik.

Tushunganim intizom, sabr va to'xtamasdan bitta narsani ustida ishlash orqali yaxshi natijalar kelishini ko'rdim.

Albatta Allohni fazli bilan intizom, sabr va qanoat yana bir bor ishlashini sinamoqchiman.

Bugundan boshlab
- Gazli ichimliklar, Fast Food, Pitsa
- Hattoki Ramyon yeyishni ham to'xtatyapman bu aslida alohida mavzu….

(chunki ramyonlarni juda yaxshi ko'raman) ammo muammosiz to'xtata olaman deb o'ylayman.

Hammasini, 2025-yil oxirigacha to'xtatdim.

Natijasi haqida ora-orada hisobot berib turaman.

Odatda bergan vadalarim ustida maksimal turaman.

Agar mobodo qachondir adashib bilib-bilmay buzib qo’ysam 👇.

O’shanda blogda “karta” deb yozaman va lichkamga birinchi kartasini tashlagan odamga 300.000 so’m jarima to’layman😀.

Kim bu chellenge’imga qo’shiladi talabgirlar bormi birga qilamiz agar)

P. S: Yaqinda aktiv sport bo’yicha ham chellenge qilishni o’ylayapman nasib qilsa blogda e’lon qilaman.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

12 Dec, 17:15


Bugun ko'proq postlar chiqishi mumkin

Chunki ilhom kelyapti

Kutayotganlar bormi?

Kimga qiziq 👇

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

12 Dec, 12:17


🚀Aktiv "zapusk"lar bilan shug'ullanadigan jamoa rahbarlari gaplashganda.

Aktiv "zapusk"lar deganda har oy zapusklar qilish tushuniladi.

To'g'risi har bir loyiha katta risk va katta energiya oladi va jamoa oldida bizda katta ma'suliyat turadi.

Shu sababli ham to'xtamasdan asosan o'sish yangi natijalarga chiqish uchun harakatlar bo'ladi.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

10 Dec, 19:55


"Don't sink - think" (Cho'kma, o'yla)

Eng qiyin tashlab ketaman degan vaqtlarda chidab bera olish va shuni yengib o'ta olish bu juda katta narsa.

Chunki bu eng qiyin vaziyatlarni yengib o'tib oxirigacha boradiganlar 100 dan yagona bo'lishi mumkin.

Zafar Hoshimov

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

10 Dec, 19:47


Zafar Hoshimov aytishicha...

1993-1994-yillarda o'zi yig'gan bor puli 15000$ ga yaqin pulni tadbirkorlikni o'rganishga sarflagan.

15000$ ni uy qurishga sarflash haqida ham o'ylab ko'rgan lekin bu pulni oxir oqibat o'qish uchun sarflashga qaror qilgan.

Ya'ni Buyuk Britaniyada o'qib tajriba oshirib qaytgan.

Hozirda O'zbekistondagi eng muvaffaqiyatli tadbirkorlardan biri.

Taxminan jamoasida 12000 ta odam ishlaydi.

P. S: Biz esa topayotgan daromadimizni deyarli 5% ni ham ta'limga yangi bilimlarni o'rganishga sarflamasligimiz mumkin

Chunki biz o'ylashimizcha doim muammolarimiz va hal qilishimiz kerak bo'lgan ishlar bor.

Shu sababli doim rivojlanish uchun kurslarga pul sarflashni kechiktiruvramiz.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

01 Dec, 20:25


🇶🇦Ilk sayohatingiz uchun Qatar juda yaxshi variant

Chunki

1. Xarajat
Siz Qatarga sayohat tur paketini 400$ atrofida topa olasiz.

Biz 530$ ga yaxshi havo yo'llari va 5 yulduzli mehmonxonada yashash, nonushta, sug'urta barchasi ichida oldik.

1 hafta davomida qolgan turli joylarni sayohat qilish, har kuni ovqatlanish, taksida yurish kabi xarajatlarga taxminan 300-400$ atrofida xarajat ketadi.

Ya'ni siz bemolol 700-800$ bilan Qatarga sayohat qilib kela olasiz

2. Xavfsizlik
To'g'risi o'zimni hayron qoldirgani Doha menga shunchalik xavfsiz shahar tuyildiki, bizni birorta joyda tekshirishmadi.

Deyarli politsiya xodimlarini ko'rmadik, hattoki shahar markazida moshinalar bir biriga signal chalganini eshitmaysiz.

Siz ko'chada aylanib yurganingizda istalgan odamdan yordam ololasiz ya’ni ular yordam berishga maslahat berishga va siz bilan gaplashishga juda ochiq.

Kechqurun 01:00-02:00'da ham qo'rqmasdan ko'chada yura olasiz.

Ilk sayohat uchun xavfsiz shahar bo’lishi juda muhim.

3. Masjidlar
Dohada Masjidlar judayam ko'p va har bir Masjidda deyarli ayollar uchun alohida erkaklar uchun alohida Namoz o'qish imkoniyatlari bor.

Siz aylanib yurgan joyda Masjid bo'lmasa, atrofdagi shopping mall, sohil, plyaj, kemalar turadigan joylarda ham namozxonalar bor ekan, qoyil.

4. Servis
Mehmonxonada servis zo'r aytilgan narsani olib keladi va qo'lidan kelgancha yordam beradi.

Cafe, Restoronlarda ham servis juda yaxshi.

Ishqilib bizni Qatarda birorta odam aldashga urinmadi.

Chunki mahalliy aholini ko'zi judayam to'q, judayam boy.

Ular turistlarni aldab pulini olishga 5$ lik mahsulotni 50$ ga “tiqvorishga” harakat qilmaydi.

Aldash tugul mahalliy aholini uchratishingizni o’zi qiyin😂.

Migrantlar esa boshqalarni alday olmasligini sababi Qatar, Dohaga ishga kelish nisbatan qiyin.

Visa kerak va Qatardagi ishxonani suhbatlaridan o'tib bora oladi va borganda ham sinov muddati bilan ishlaydi.

Agar yaxshi taassurot qoldira olmasa boshqa joyga ishga kirish deyarli juda qiyin.

Chunki uni ish varaqasida oldin ishlagan joyidan xulosa bo'larkan tushunishimizcha.

Shu sababli migrantlar turistlarni aldash haqida o'ylab ham ko'rmaydi, chunki aldasa katta ehtimol bilan shu bilan qaytib ish topolmaydi.

Bu 1-qism, eng qiziqlari oldinda yana 50 ta 🔥olov bo'lsa ikkinchi qismni yozaman

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

30 Nov, 15:35


Men O’zbekistonga keldim

Qatar, Dohadan bir qancha taassurot va xulosalar bilan qaytdim

- Sayohatga qancha xarajat ketishi
- Sayohatdagi manzillar, shahar
- Qatar, Doha odamlari ularning daromadi
- Chet eldan borib ishlayotganlar qanday ishlarda va qancha daromad topishi
- Barchasi haqida yozmoqchiman.

Sizga qiziq bo’lsa 🔥 bosing, 50 ta olov bo’lsa bu haqida batafsil post yozmoqchiman.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

29 Nov, 08:24


Nega ko’pchilik bitta nuqtadan o’smay qoladi?

Sababi - Nimaga o’zi shu nuqtadan boshqa nuqtaga o’sishi kerakligini bilmaydi.

Chunki hozir Toshkentda yashayotgan 1 kishi uchun 400$ - 2000$ pul bir oy uchun yetarli.

O’sishni ikkita yo’li bor

1. Majburlik
Eng tez va kuchli o’sish bu majburlik vaqtimizda bo’ladi

Ya’ni siz nega 1000$ emas 3000$ daromad topishga majbur ekanligingizni his qilishingiz kerak.

2. Xohish
1. Isbotlab qo’yish
2. Ota-onamizni faxrlanishi
3. Yaxshi hayotni xohlashimiz.

Aynan shu majburiyat yoki xohlash ko’pchilikda yo’q.

To’g’risini aytaman, aslida O’zbekistonda yaxshi natija ko’rsatish qiyin emas faqat buni ko’pchilik xohlashmayapti ular uchun o’rtacha hayot normal.

Demak o’smay qolishimizni asosiy sababi biz o’zimizni tushunmasligimizda va maqsadlarimizni aniq bilmasligimizda.

Shuni tushuning
Biz harakatlarimiz va sababini qilganimizga ko’ra natija olamiz boshqa hech narsa emas

Sizga
1. Isbotlash
2. Yaxshi daromad
3. Yaxshi hayot kerak bo’lsa harakat qiling

Ishoning umr-vaqt juda qisqa, ulgurmay qolasiz.

P. S: Qatar, Dohadan hammaga Salom.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

27 Nov, 13:31


Qatar, Dohadan hammaga Salom!

Kimda qanday savollar bor izohlarda yozing gaplashamiz?

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

22 Nov, 15:49


🔥Meni hayolimga zo'r g'oya keldi

Men esa hayolimga kelgan g'oyalarni odatda tezda amalga oshiraman, bunisini ham bugunoq boshlamoqchiman.

Men zapuskni boshlagan va onlayn kurslar bilan shug'ullanayotganlar uchun yopiq hamjamiyat tashkil qilmoqchiman

🔴Hamjamiyat nomi: "Result Group"

Bu hamjamiyatda siz
- "Zapusk" lar bo'yicha istalgan savollaringiz berishingiz mumkin
- Yangiliklar va mendagi bilimlarni olib turishingiz mumkin bo'ladi

Faqat bu hamjamiyat zapuskni boshlayotganlar yoki zapusk qilayotganlar uchun.

Qo'shilish mutloq BEPUL

Qo'shilish uchun @Abdivaliyevich menga "Result Group" so'zini yozib qoldiring.

O'ziga yarasha filtrlari bor, filtrdan o'tsangiz guruhga qo'shib qo'yaman qani ketdik

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

22 Nov, 13:18


🔴Ketishga tayyorlanyapmiz.

Asosiy webinarlarni tugatib oldik.

Bugun ham 20:30'da webinarimiz bor.

Men webinarni o'tkazib ertasi kuni ertalab nasib qilsa uchib ketaman.

Sayohatga ketishdan oldin katta masshtabda ishladik

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

17 Nov, 21:49


02:27 ba'zida nima qilayotganimni tushunmay qolaman.

Qaysi manoda, men shunchalik ko'p ishlayotgan bo'lamanki buni faqat atrofimdagi eng yaqinlarim seza oladi.

O'zim ham qachon sekinlashishim kerakligini sezmayman)

Shunaqa tezlikga chiqishim mumkinki men har hafta 1 martadan zapusk qilayotgan bo'lishim mumkin.

Bu vaqtda shunchalik ishlar va jarayon ko'p bo'ladi men esa bu jarayonlarni nazorat qilish boshqarish bilan shug'ullanyotgan bo'laman.

Bunga erishish uchun nimalar qilish kerak?

- Deyarli oylab do'stlar bilan uchrashmaslik
- Oilaga kam vaqt ajratish
- Kam uxlash
- 54 ta telegramga kelgan haligacha ochilmagan shaxsiy xabarlar
- Har bir hayolda qadamda ish haqida o'ylash
- Hattoki ota-onang mehmonga kelganda 18:00 dan 00:00 gacha ham ishda bo'lish kerak.

Keyin ba'zida o'tirib shuni tushunasanki, hayotingni bir qismi ish emas, ishing hayotingni asosiy qismiga aylanib bo'lgan bo'ladi.

Lekin chetdan boshqalarga juda chiroyli ko'rinasan
- Yoshsan qo'lingda ba'zilardan ko'proq imkoniyat bordek
- Omadli
- Har kuni moshinasida mazza qilib restoronlarda biznes uchrashuvlar qilib yuribti
- Puldan muammosi yo'q deb o'ylashadi

Aslida topayotgan narsalaring orqasida yo'qotayotgan narsalaring ham yetarlicha bo'ladi.

Buni esa ko'pchilik tushunmaydi, tushunmasligini sababi - deyarli ular kuzatayotgan instagram, telegramdagi odamlarni hammasi faqat muvaffaqiyatlar haqida gapiradi.

Buni ko'rganlar esa muvaffaqiyatga shunchalik yengil erisharkanman deb o'ylashadi, aslida hech qachon unaqa bo'lmaydi.

P. S: Aytgancha, o'zim ham nimaga shunchalik ko'p ishlashimni javobini topolmayapman topsam yozaman

P. S. S: Haftasiga 1 marta emas, haftasiga 2 marta ham zapusk o'tkazish darajasiga chiqish mumkin deb o'ylayapman...

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

16 Nov, 11:31


Hammaga Salom 👋

Bizda ish aktiv ketyapti.

Lekin bugun sizlar bilan gaplashmoqchiman.

Kimda qanday savollar bor, izohlarda yozing👇

Suhrob Abduaxatov

14 Nov, 12:16


Bugun bizda bayram.

Chunki bugun Nasib qilsa 20:30’da Rus tili proyektimiz uchun webinar bo’ladi

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

13 Nov, 09:50


Bagjan Oktyabr - “Soul Therapy”

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

08 Nov, 20:03


Aytgancha nasib qilsa noyabr oxirida chet elga sayohatga ketyapman

Instagramimda shu bo'yicha stories joyladim.

Kim birinchi qayerga ketayotganimni stories izohida tahmin qilib to'g'ri topsa o'shani kartasiga 100 ming tashlab beraman

Siz ham tahmin qilib ko'ring, javob yozishdan oldin birinchi meni instagram sahifamga obuna bo'lib olish esingizdan chiqmasin.

Instagramimga ulanish: Instagram.com/suhrobabduaxatov

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

08 Nov, 16:58


3 - 4 oylab kino ko'rmasdim

2021-2022-yillarda eslayman 3-4 oylab kino ko'rmasdim, menimcha kino ko'rishga vaqt qizg'onardim.

O'sha yillari biznes bo'yicha bir necha o'nlab kitoblarni va Mfaktordagi barcha praktikum videolarni ko'rib tugatganman, har bir praktikum videosi o'rtacha 4 soatni tashkil qiladi.

Shu aynan kitoblar va praktikumlar biznes tushunchamni, fikrlashimni, shaxsiyatimni yaxshigina o'stira olgan.

Meni fikrimcha o'sha kitoblar va praktikumlar menga 100x lab natijasini berdi.

Shu vaqtgacha ko'p atrofimdagi o'smoqchi bo'lganlarga Mfaktor praktikumlarini barchasini ko'rib chiqishini tavsiya qildim, lekin hali orasidan birortasi tugata olgani yo'q. Eng qizig'i bularni hammasi - FREE.

Oldin ham ko'p narsani intizom hal qilgan, hozir ham intizom hal qilyapti.

Hozir ham bir vaqtni o'zida 2 ta qiymati 5000$ kursda o'qiyapman (bittasi 3000$, bittasi 2000$) bilaman bu o'zini kamida 10x oqlaydi.

Hozir ham rivojlanishdan to'xtab qolishim mumkin emas, chunki loyihalarimiz o'sishi menga bog'liq.

Shunchalik sizda hammasi idealmi? deyishingiz mumkin.
Hammasi zo'r emas, muammolar yetarlicha
- Nosog'lom ovqatlanishni boshlaganman
- Sportga chiqishni to'xtatib qo'ydim
- Cofe normadan ko'p ichaman

Lekin o'zim xohlagan vaqtda bularni ham intizom bilan to'xtata olishimga ishonaman.

Post nima haqidaligini tushundizmi? fikrlaringiz qanday, izohda yozing👇

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

08 Nov, 14:55


"Zapuskda" nima gaplar?

14-15-16-noyabrda Rus tili yo'nalishida webinarimiz bor.

Hozircha 4 kunda kanalga 21.000 ta trafik olib kirdik.

Webinargacha bizda yana 6 kun vaqt bor.

Nima deb o'ylaysiz? Webinargacha qancha trafik olib kiramiz kanalga.

Fikrlaringizni yozing, ketdik👇

Suhrob Abduaxatov

08 Nov, 14:25


Bugun menda "idea"lar kuni shekilli.

Telegram kanalimga post yozishga har xil mavzularda idealar hayolimga kelyapti.

Yozaymi, yozmaymi deb turibman

Lekin ish ham juda ko'p chunki bizda oyni o'rtasida 2 ta zapusk bor

Siz nima deysiz? 😃

Suhrob Abduaxatov

08 Nov, 13:40


Ustozimga chet elga chiqib kelmaymizmi deb taklif berdim.

Ulardan kuchli javob oldim😂.

Haqiqatdan turli yo'nalishda kuchli ustozlarim bor bu ham katta ne'mat deb o'ylayman.

Screenshotda ko'rsatilgan ustozim yaqinda meni 300 mln so'mga yaqin xarajatdan saqlab qoldi.

Menda hozir Cobalt moshinasi bor, lekin men yozda yana bitta krossover moshina sotib olmoqchi bo'ldim.

Shunda ular menga bu xarajatni qilma Cobalt yaxshi moshina to'xta, pulingni imkon qadar jamoaga investitsiya qil dedi.

Ularni fikrini qabul qildim va boshqa moshina sotib olmadim.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

08 Nov, 09:44


Deylik, oila qurmoqchisiz, sizga mos qizni topolmayapsiz.

Bundan siqilyapsiz ko'nglingizga boshqa narsa sig'mayapti.

Ishoning yana 1 yildan keyinam balki sizga mos qiz chiqmas, shunda 1 yil siqilib o'tiraverasizmi?

Gap bu yoqda siqilishda emas, gap ko'p insonlar bitta muammo chiqganda boshqa atrofidagi hech narsani ko'ra olmay qolishida.

Ishda ham shunaqa o'smoqchimisiz, siz bir vaqtni o'zida bir nechta muammolar ustida ishlay olishingiz kerak.

Ko'pchilik esa bitta muammo bo'lsa shuni atrofida o'ralashib shu qobiqdan chiqib ketolmaydi, bu hayotda ham ishda ham o'sish, rivojlanishga katta salbiy tasir ko'rsatadi.

Har doim siz jarayonni tepadan ko'rib tura olsangiz shundagina siz buni nazorat qila olasiz.

Bir vaqtni o'zida bir nechta muammolarni yechishni o'rganish uchun tavsiyam
- Matematika
- Shaxmat shularni o'rganib ko'ring.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

07 Nov, 14:13


Qiyin odamlardan qoching, qiyin odam bo'lmang.

Chunki katta energiyasiz, katta natijalarga erishib bo'lmaydi.

Qiyin odamlar esa kichkina narsalar uchun ko'p energiyangizni olib qo'yadi.

Qiyin odam o'zi nima degani?
- Kichkina narsalarni muammo qiladigan
- Injiq, Erkatoy
- Kutuvlari juda baland
- Sizni o'zgartirmoqchi bo'ladigan
- Juda ko'p ortiqcha e'tibor kutadigan odamlar

1. Munosabatlar
Ko'p bollarda ko'raman eng yosh (18-25) davri katta natijalar erishishga emas do'stlar yoki qandaydir qizlarga vaqt ajratishga ketib qoladi.

Aslida kuchli ayollar, kuchli erkaklarni tanlaydi siz yoshlikdan qiz tanlashga emas kuchli bo'lishga harakat qiling
- Shaxsiyat
- Bilim
- Pul jixatdan

2. Sherikchilik
Munosabatlar kabi sherikchilik ham xuddi shunday

Siz ishlab ko'rmasdan biznes sherigingiz qanchalik qulay yoki qiyin odamligini bilmaysiz, ishlab ko'rsangiz buni yaqqol sezasiz, shu sababli ham har doim har bir loyihani olganda sinov muddati bilan olish kerak.

Sherigingiz katta energiyangizni olib tashlasa, qiyin odam bo'lsa va o'sishingiz halaqit bersa demak sinov muddatida shunda sizda to'xtatish imkoniyati bo'ladi.

Lekin ba'zilar yillar davomida shu insonlarga o'ralashib yuruvradi.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

07 Nov, 13:51


Kimda qanday savollar bor, istalgan savolingizni berishingiz mumkin?

Izohda yozing👇

Javob beraman.

Suhrob Abduaxatov

06 Nov, 20:07


Eng ko’p pul qayerda?

Meni fikrimcha eng ko’p pul - bugunda emas ertada.

1. Proyektlar
Men va jamoam olgan asosiy zapuskdagi muvaffaqiyatli loyihalar odatda 6 oy - 1 yil o’tib eng katta natijalarni qiladi.

Boshida kam pul topsa ham ba’zida o’zini oqlamasa ham to’xtamasdan davom etuviramiz.

Shunaqa qilib bir loyihada hattoki atigi 1 oy+ vaqtda 1 mlrd+ tushumga erishganmiz.

2. Kasb
Jamoamizdagi bir jamoadoshimiz bundan 2 yil oldin bizga qo’shilgan.

Esimda boshida 3 oy amaliyotchi sifatida oyiga 600.000 so’m oylikga ishlagan.

Hozirga kelib esa o’rtacha oylik daromadi 20 - 30 mlnni tashkil qilyapti.

Va hozir amaliyotchi emas bir bo’limimizda Rahbar.

Nima demoqchiman, eng katta natijalar bugunimizda emas ertamizda.

Ko’pchilik bugunni o’ylab qaror qabul qiladi.
- Eng katta proyektni xohlaydi
- Bugun 600.000 so’mga ishlashni emas, biror o’smaydigan joyda 7-8 mln so’m daromadga ishlashni tanlaydi.

Shu sababli ham o’solmaydi.

Endi sizga savolim bor, siz hozir bugun uchun harakat qilyapsizmi yoki erta uchunmi?

Yozing, gaplashamiz👇

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

05 Nov, 14:41


Bizning "Fulfil group" jamoamizda Sotuv menejeri bo'lmoqchi bo'lganlar uchun Sotuv treninglari boshlanyapti.

Trening mutloqo BEPUL va 10 kun+ davom etadi, hattoki biz sizga bu 10 kun+ davomida amaliyot puli ham to'laymiz.

Faqat sharti, ishlashga vaqtingiz bo'lishi kerak va Toshkent shahri, Yunusoboddagi ofisimizga kela olishingiz kerak.

O'zini topmoqchi bo'lgan va ish izlayotganlar uchun yaxshi taklif.

Haqiqiy Ambitsiyali, o'sayotgan jamoaga qo'shilishingiz mumkin.

Kimga jamoaga qo'shilish qiziq bo'lsa shaxsan menga @Abdivaliyevich ga yozing, gaplashamiz.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

04 Nov, 13:30


Mutlaqo imkonsizdek ko’ringan orzuni 230 ming so’m bilan amalga oshirganim haqida

Hammasi karantin davrida boshlandi. Onlayn o‘qitish ommalashayotgan bir vaqtda sifatli o‘quv materiallarini topish qiyin edi. O‘sha vaqtlarda menga onlayn o‘quv platformasini yaratish g‘oyasi keldi. Bu oddiy platforma emas, balki IT yo‘nalishidagi eng yaxshi mutaxassislarni yig‘ib, ularga o‘quvchilarni topib beradigan loyiha bo‘lishini rejalashtirgan edim

G‘oyamni bir do‘stim bilan birgalikda amalga oshirish uchun unga qo’ng’iroq qilib loyiha haqida aytdim, lekin u bu loyihani amalga oshirib bo’lmas ishdek qaradi va sherik bo’lishni rad etdi

«Fulfil» ni paydo bo’lishi
Lekin, men bu loyihani amalga oshirishimga ishonardim. Dastlab, telegramda kanal ochdim va TATU rasmiy telegram kanaliga bepulga reklama berdim, bu orqali 1000 yaqin odam kanalimga qo’shilishdi. Men esa obunachilarimni yanada ko’paytirishim kerak edi.

Bilasiz, reklamalar pullik. Ammo karantin sababli menda mablag’ yo’q edi. Keyin Ayamdan pul so’radim. Ayam kartada oxirgi 230 ming so‘m qolganini, kerak bo’lsa olib ishlatishim mumkinligini aytdilar. Shu kichik mablag‘ bilan kanalni rivojlantirishni boshladim.

O'shanda, IT biznesida tanilgan Abdusattor Abdurahimovning telegram kanali bor edi men ularga murojaat qilib, reklama narxini so’radim. Ular reklamani 1 mln so’m dedilar. Afsuski, menda esa 230 ming so’mdan boshqa pul yo’q edi va ularga g’oyamni, vaziyatimni tushuntirdim. U kishi sharoitimni tushundilar, meni qo‘llab-quvvatlab 230 ming so’mga reklama joylashtirishga rozi bo’ldilar.

Bilasizmi, Abdusattor aka nafaqat to’lovda qo’llab-quvvatladilar, balki o’zlari reklama matnini yozib berib, rasmlarini ham internetdan topib tayyorlab berdilar.

Bu samimiy yordam edi! O‘sha reklama orqali bir necha soat ichida kanalimga 5000 ta obunachi yig‘ildi.

Bu yutuq Azizbek Biyimbetov kabi IT sohasidagi kuchli mutaxassislarning e’tiborini tortdi va ular bilan hamkorlik qilish imkoniyatini berdi. Ular menga ishonishdi va Fulfill Education loyihasi ana shu birinchi 5 ming obunachidan boshlanib, bugungi kungacha yetib keldi.

Men bu loyiham orqali birinchi daromadimni 2020-yil 9-sentabr kuni oldim. O‘shandan beri bilaman: biz o‘zimiz uchun yaratgan chegaralar faqat miyamizda.

Orzularingizni amalga oshirishdan cho‘chimang — siz ham o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarishingiz mumkin.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

03 Nov, 12:58


Mana shu 3 ta qadriyat uchun bir umr kurashishga ham tayyorman!

1. Halollik, to’g’ri so’zlik!
Bu ikkisi ichki qadriyatlarimni eng cho’qqisida turadi. Misol uchun, men 5 yildan beri Toshkentda ijarada yashayman, ammo bundan 1/2 yil oldin menda poytaxtni o’zidan ipotekaga uy olish imkoniyati bo’lgan. Lekin foiz stavkalari sabab men uy olishdan ko’ra, uy uchun pul yig’ib olgunimga qadar ijarada turishni afzal ko’rganman

Bunga yana bir misol, zapusk vebinarlaridan so’ng odamlar kursda o’qishni qattiq istashganlari uchun “Uzum nasiya” kabi platformalar orqali bo’lib to’lov qilib berishimizni so’rashadi. Agarda shunday qilsak, daromadimiz bir necha barobarga o’sib ketishini bilsam ham, bu tizimni yo’lga qo’ymayman! Halollikda halovat bor

2. Va’damni ustidan chiqish!
Odatda meni bir kamchiligim - bu deadline’ga rioya qila olmasligim. Bu kamchiligimni yopish uchun men “burchakka tiqish” texnikasini ishlataman. Ya’ni, kuchli taraflarim bilan kuchsiz taraflarimni yopaman. Misol uchun, biron bir ishni ma’lum bir vaqtgacha bajarib berishim kerak bo’lsa, o’sha insonga va’da beraman. Bu bilan “Va’da berdimmi bajarishim” kerak degan ichki qadriyatim asosida o’zimni burchakka tiqqan bo’laman va albatta bajaraman!

3. Reputatsiyam!
Reputatsiya — insonni ijtimoiy mavqeiga, imkoniyatlariga va ishonchlilik darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli ham har bir inson uchun repuatatsiya muhim deb hisoblayman

Qadriyatlarimiz bizni ichki armaturamiz! Ular qanchalik tetik, mustahkam bo’lsa, bizni hayot tarzimiz ham shunchalik go’zal bo’ladi

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

02 Nov, 11:48


Men bilan bitta jamoada yelkama-yelka ishlashni xohlaganlar uchun imkoniyat!

Bizda Sotuv menejerlik lavozimiga vakantsiya ochildi.

Ish haqida:
- Daromad: 4 - 14 mln so‘m (faoliyatingizga qarab)
- Ish vaqti: 10:00 - 19:00 (moslashuvchan)
- Ofis: Yunusobod metro yaqinida
- Bonus: Kitoblar, sohaga oid darsliklar, Treninglar, Teambuilding, lavozim ko'tarilib borishi.

Vazifalar:
- Kunlik issiq mijozlarga bog‘lanish, ularning ehtiyojlarini aniqlash.
- Mijozlardan oldindan to‘lov olish va ularga xizmatni taklif qilish.

Qo'shimcha imkoniyatlar:

- Sinov muddati (2 haftagacha), xarajatlar qoplanadi.
- Sinov davrida treninglar va tajriba olish imkoniyati.
- Sohaga oid kitoblar kurs uchun dostup

Murojaat qilish :
Link: https://forms.gle/Dof42fft3BY3k6im6

Suhrob Abduaxatov

02 Nov, 11:15


Muhim. 5-noyabr kechki payti videochat o'tkazmoqchiman.

Faqat bitta sharti bor, o'tkazishim uchun sizlardan faollik talab qilinadi.

Videochatda aynan
- Shaxsiy rivojlanish
- Marketing
- Sotuv
- Boshqaruv
- Zapusk bo'yicha qanday savollar bo'lsa barchasiga javob berib o'taman.

Videochat o'tkazaymi kimga qiziq, qiziq bo'lsa izohda "8" raqamini qoldiring.

100 ga yaqin insonlar qiziqish bildirsa nasib qilsa videochat o'tkazaman.

Suhrob Abduaxatov

02 Nov, 07:34


Latte omili menda teskari ishlaydi!

Deyarli hech bir kunim yo’q-ki, ertalabdan borib kofe ichmagan. Mening har kunim “Caffelitto”ga borib, kofe harid qilishdan boshlanadi! Bu kofelar kuniga 2-3 martaga ham aylanib ketadi. Chunki, kofeni juda ham yaxshi ko’raman!

Kunni o’zing sevgan ish bilan boshlay olish ham bir ne’mat aslida! Shunaqa ne’matlar bilan siylaganiga shukrlar aytaman

“Latte omili” ga keladigan bo’lsak, bu omil asosan oylikdan-oylikkacha yashaydigan insonlar uchun juda qo’l keladi.

Men qaysidir kitobni o’qisam, yoki yana qandaydir kurslarga qatnashsam ular bergan bilim, tavsiyalarni to’g’ridan-to’g’ri hayotimda qo’llab ketmayman. O’z ichki qadriyatlarim asosida filtrlab olaman.

Agarda men kunimni o’zim istagandek kofe ichish bilan boshlamasam, “Latte omili” menda teskari ishlab ketishi mumkin

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

01 Nov, 15:13


“Introvertdan yaxshi sotuvchi chiqmaydi!”…

Juda ko’pchilik sotuvda introvertlarga uncha-muncha ishonmaydi. Ularni muloqotda no’noq deb bilishib, introvertlarga sotuv ishlarini kamdan-kam hollarda ishonib topshirishadi

Men shuncha ekspertlar bilan ishlasam ham, kasbim taqozosi bilan tez-tez yangi insonlar bilan muloqotda bo’lsamda, o’zimni intorvert hisoblayman

Misol uchun, qandaydir tadbirlar, treninglarga borganimda coffee break vaqtida deyarli hech kim bilan muloqotda bo’lmayman, aksincha odamlarni, atrofni shunchaki kuzataman, tahlil qilaman

Hattoki, komandam bo’lishiga qaramay, yolg’iz ishlayman. Kamdan-kam hollarda ofisga boraman va shuni jamoam uchun ham, o’zim uchun ham eng to’g’ri yo’l deb hisoblayman.

Yopiq insonman, ammo shunga qaramay odamlar bilan tez chiqishib ketaman. Bir so’z bilan aytganda ekstrovertlikni o’zida shakllantirgan introvertman.

Hozir tahlil qilib qarasam, jamoamdagi eng yaxshi sotuvchilar ham asosan introvertlar ekan

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

31 Oct, 19:29


Sizga cheksiz pul olib keladigan 4 ta yo'nalish

1. Kopirayting (Eng kuchlilaridan biri)

2. Sotuv

3. HR

4. Targeting.

Bularni orasidan men uchun eng kuchli deb hisoblaydigan yo'nalishim HR, sababi qiziqmi?

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

31 Oct, 15:55


Yaqin orada blogimga 1000 ga yaqin obunachi qo'shildi

Keling, yaqindan tanishib olamiz!

Men Suhrob Abduaxatov
Qashqadaryolikman.

18 yoshimda Toshkentga talaba bo’lib kelib, hozirda “Fulfil” onlayn maktabi va @rizqimuz asoschisi va boshqaruvchisi bo’lib faoliyat yuritib kelyapman. (Online maktabim faoliyati bilan ham tanishtiraman, hozircha o’zim bilan tanishib turing😉 )

Hayotimni muhim xronologiyasi:
2019-Yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga o’qishga kirganman

2020-yil ayni karantin, hamma vahimada bo’lgan vaqtlarda men online maktabimga asos solgandim

2022-yildan ofis olib, jamoa yig’ishni boshladim

2023-yilni o’rtalarida tahminan $8000 qarzga kirganman. (Hammasi shundan boshlangan)

2023-yil avgust oylaridan beri zapusk bilan faol tarzda shug’ullanib kelyapman. Shu kungacha 17 ta zapuskni amalga oshirdik.

2024-yilni iyul-avgust oylarida zapuskda bittada 1 mlrd so’mlik  sotuvni amalga oshirdik

Ish o’z yo’ligaku-yu, 2024-yil otalik maqomi bilan siylandim. Hozirda 7 oylik o’g’ilning otasiman Allohga shukr.

Buncha ma’lumotlardan keyin meni yaqindan biladiganlar ham men bilan qayta tanishgandek bo’lishganiga shubham yo’q ))

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

28 Oct, 17:40


Buni hammasi baxt...

Chunki ularning ko'zlarida baxt ko'rinib turibti.

26-oktyabrda Fulfil'ning inhouse(ofis)'da ishlaydigan barcha jamoa a'zolari o'tirdik.

Rasmda Javlon va Sardor yo'q.

- Muz uchgani bordik
- Barchamiz o'tirib osh yedik
- Hattoki o'g'il bollar 3 soat CS:1.6 o'ynadik.

To'g'risini aytsam bu rasmni ko'rib shunchalik xursand bo'lyapmanki tasavvur qilish qiyin, nega deysizmi?

- Kengayyotganimiz uchun ofisni o'zida 16 kishi ishlayapmiz
- Onlayn bilan hisoblasa 40+, tasavvur qiling 40+ insonlarni uyiga rizq kirishiga sababchi bo'lish bu katta baxt
- Oddiy chekka bir qishloqdan kelgan Toshkentda boshida oyiga 400 ming so'm pulga yashagan qishloq yigitini qo'lidan nimadir kelishini his qilish bu baxt.

Eng muhimi barchasi Allohni fazli va ota-onalarimiz duolari hamda jamoamizning qattiq harakati bilan deb o'ylayman, barcha jamoadoshlarga rahmat.

Biz hali yo'lni boshidamiz, bu boshlanishi.

Aytgancha siz ham baxtli jamoaga qo'shilmoqchi bo'lsangiz sizda imkoniyat bo'lishi mumkin, agar zapusk bo'yicha prodyuser bo'lsangiz o'zingiz haqingizda izohda ma'lumot qoldiring, ko'rib chiqaman.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

28 Oct, 16:53


Proyekt topishda qiynalayotganlar bormi?

Siz
- Zapusklar
- Marketing, SMM, sotuv xizmatlaringizni sotmoqchi bo'lib proyektlar topishga va ularda LTV ni oshirishga qiynalayotgan bo'lsangiz sizga bir nechta qattiq ishlaydigan yechimlarim bor.

Proyekt topish bo'yicha eksperiment qilib ko'rdim oktyabr oyini o'zida
- Telegram shaxsiydan 8 ta menga ishlash taklifi tushdi
- Instagram directdan 3-4 ta
- Target orqali bir kunda 19 ta odamdan ishlashi taklifi keldi

Agar proyekt olish va ularda LTV ni oshirish qiziq bo'lsa izohlarda "Qiziq" deb yozing va qaysi sohada ekanligingizni aynan bu borasida qanday muammolarga uchrayotganingizni yozib qoldiring.

Ko'pchilik qiziqish bildirsa bu haqida batafsil yoritib bermoqchiman)

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

24 Oct, 12:34


Bilasizmi, sizni nechpulga sotib olsa bo’ladi?

Keling yanada aniqlashtiraman sizni vadangiz nech pul turadi?

Masalan: Telefoningizni sotmoqchisiz va sotish uchun e’lon berdiz.

Sotib olmoqchi bo’lgan inson siz bilan savdolashdi va kelishdi.

Biroz o’tib boshqa bir inson aloqaga chiqib sizga 25$ ko’proq narx taklif qildi.

Siz rozi bo’ldiz va birinchi vadalashib qo’ygan insonizga men sotolmaydigan bo’ldim dediz yoki boshqa bir bahona bilan aldadiz.

Shu joyda sizni vadangiz atigi 25$ turadi, sizni 25$ ga sotib olishdi.

Qachon siz katta hurmat qozonasiz qachonki vadangizda tursangiz va sizni sotib olish mumkin bo’lmasa.

Eshitishimcha katta biznesmenlar va yuqori o’sayotgan odamlar bilan kichik tadbirkorlar orasidagi asosiy farq zarariga bo’lsa ham vadasida, gapida tura olishida ekan.

Siz nima deb o’ylaysiz fikrlaringizni izohlarda yozing, choylashamiz😊

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

23 Oct, 18:03


Kim videotahlilni ko'rib chiqdi?

Nima fikr, insaytlaringiz va savollaringiz bo'lsa izohlarda yozing

Gaplashamiz 👇

Suhrob Abduaxatov

23 Oct, 17:40


1 mlrd+ lik "zapusk" tahlili haqida prodyuser tanishlar ko'rib fikr bildirishni boshladi.

Siz hali ham videotahlilni ko'rishga ulgurmadiz, BEPUL'ga eng muhim bilimlarni ko'rsatdim.

Tezda ko'rib oling, videoni dostupini yopishim ham mumkin.

Videoni hoziroq ko'rish: 👉 https://linktw.in/UhHeaP

Suhrob Abduaxatov

23 Oct, 12:12


🚀1 mlrd+ lik zapusk videotahlili tayyor! Hoziroq ko'rishni boshlang!

140+ kishi izohlarda video tahlilni olish uchun qiziqish bildirdi shu sababli kanalda hammaga ulashishga qaror qildim.

To'g'risi ko'pchilik ochiqlamaydigan tajriba va bilimlarni ochiqlashga harakat qildim, ko'ring va fikrlaringizni youtube komentariyasida qoldiring.

Hammasi sizlar uchun qo'llab-quvvatlang agar sizlarga ma'qul kelsa yanada yangi videolar, jonli efirlar tashkil qilishni boshlayman.

Videoni hoziroq ko'rish: 👉 https://linktw.in/UhHeaP

Suhrob Abduaxatov

22 Oct, 15:44


1 mlrd+ lik qilgan "zapusk"imizni barcha qadamlarini videotahlil ko'rinishiga keltirdim

Bu video 1 oydan oshiqroq vaqt davomida qanday qilib 1 mlrd+ so'mga onlayn kurslar sotganimiz haqida.

Video davomiyligi 1 soat-u 24 daqiqa bo'ldi.

Siz bu videodarsdan
- Marketing strategiyalari
- To'g'ri Custdev o'tkazish
- To'g'ri progrev qilish mohiyati
- Webinar uchun kuchli prezentatsiya yaratish
- Sotuv jamoasini boshqarish va sotish
barchasini o'rganasiz.

Kimlarga shu videoni BEPULga beray?

Kim BEPUL'ga olishni xohlasa shu xabar izohida "+" qoldiring.

👇Qani ketdik

Suhrob Abduaxatov

19 Oct, 21:06


Siz ham jangga kirishdan oldin kemangizni yoqib yuboring

Eshitishimcha, janglarda muvaffaqiyat qozonishning eng yaxshi yo'li - urushga kirishdan oldin suzib kelgan kemalarni yoqib yuborish bo'lgan ekan.

Ya'ni yoki jangda yutadi yoki hamma o'ladi, orqaga yo'l yo'q.

Menimcha, hozir ham shu narsa amalda. Ko’pchilik yangi soha, kasb o'rganganda qo'shimcha qilib o'rganishni boshlaydi.

“O'xshamay qolsa” deb bir nechta variantlarni o'ylab qo'yadi.

Shu sababli ham o'rganayotgan sohasini kuchli o'rganmaydi yoki o'rganolmaydi, chunki yo'qotadigan juda katta narsasi yo'q.

Men o’ylaymanki, natija bu voz kechishlar orqali bo'ladi.

Men so'ngi 1 yilda yaxshi natijalarga erishishimga asosiy sabab bu - o'zim 3 yil yuritgan, men uchun juda qadrli bo'lgan, lekin biznes modeli o'layotgan loyihamni yopib yangi loyihaga qo'l urganim bo'lgan.

Men shu yangi loyihada katta natijaga erishishim kerak edi yoki hammasi tugardi.

Qo'shimcha pul kelib tursin buniyam yuritaman, uniyam qilaman yana nimadir qilaman degan planlarim bo'lmagan.

Men ko’p ko’rayotganim ba'zi endi boshlagan mutaxassislar bir vaqtni o'zida 3-4 ta loyihalarda ishlashni xohlashadi.

Hammasini olib ketish haqida o'ylashadi, chunki ularni hayolida bittasi o'xshamasa boshqasi o'xshaydi.

Aslida loyihalari ko'pligi sababli fokusi yetmasdan o'z reputatsiyasi tushib qolishi haqida o'ylab ham ko'rmaydi.

Sizga maslahatim bitta joyda yoki bitta yo'nalishdagi sohada o'sing, har tomonga sakramang. Shundan boshqa yo'lingiz bo'lmasin.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

10 Oct, 15:52


Bir umrlik motivatsiya

Bu voqea bo'lib o'tganiga 10 yilcha bo'ldi.

Qishloqda turamiz Dadam va Ayam maktabda ishlaydi.

Bilasizmi yo'qmi bilmadim o'qituvchilikdan orttirib pul yig'ish juda qiyin.

Uyimizda deyarli ortiqcha pul turmagan, bizni o'qishimiz, yaxshi kiyinishimiz va yaxshi ovqatlanishimizga pul yetgan, bo'ldi.

To'satdan Akam kasal bo'lib qoldi tashxis "гайморит" xavfli emas lekin kichkina operatsiya qilib olib tashlash kerak.

Operatsiya qilishga, davolatishga pul yo'q oylik hali beri tushmaydi.

O'sha kuni kelishilgan holda operatsiyaga pul to'plash uchun yagona sigirimiz sotildi.

Arzimagan 1.5 mln so'mga sigirimizni kechqurun bozorchilar kelib olib ketishdi.

Ayam judayam ich-ichidan sigirimiz sotilayotganiga achinganini his qilganman, chunki bu Ayam uchun judayam qadrli bo'lgan.

Shu pul bilan akamni davolatdik, ko'ryapsizmi biz uchun ota-onamiz umri davomida borini berishgan.

Shu kabi voqealardan va xulosalardan keyin.

Men qanday qilib har kuni energiyaga to'la bo'lmasligim mumkin, qanday qilib men to'xtab qolishim kerak?

O'z ustimda ishlashda to'xtamayman, zero uyimizdan 1 dona cho'p ham majburlikdan sotilmasligi kerak.

Aniq bilaman sizdayam xuddi shunday "Bir umrlik motivatsiya"lar bor siz buni balki ko'rmayapsiz yoki ko'rishni xohlamayapsiz.

Sizni ham to'xtashga, harakat qilmaslikga haqqingiz yo'q faqat o'ziz bilan o'ziz qolib tahlil qilib ko'rishingiz kerak xolos.

P. S: O'z ustida ishlamayotgan, maqsadi yo'q o'sishni xohlamayotgan odamlarni shunchaki tushunmayman.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

10 Oct, 11:55


🔴Muhim eslatma

Shu hafta nasib qilsa "Zapusklarda daromad qilish" bo'yicha BEPUL konsultatsiya qilaman

Menimcha telegram kanalimdan 2-3 kishiga BEPUL konsultatsiya qilishga vaqtim yetadi.

Format: Onlayn Zoom yoki Toshkent shahrida bo'lsangiz offlayn.

Sharti: Siz zapusklar sohasida bo'lishingiz kerak

Murojaat uchun: @Abdivaliyevich !

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

09 Oct, 21:23


Alisher Isaevning “Full Contact” loyihasiga qo’shildim.

Haqiqatdan ham biznesni ichida yurganlar uchun juda foydali
- Keys
- Insayt
- Bilim
- Kitob tahlillari berib borilyapti

Loyiha mohiyati: Alisher Isaevni kunlik olgan bilim va xulosalarini loyihada berib borish ekan.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

08 Oct, 08:55


[Bu xabar hayotingizni o'zgartirishi mumkin] Ramkaga tiqishga harakat qilish! Baxtsizlikga qadam.

Yaqinda ko'p odamlarga e'tibor berdim, asosiy qismi hayotidan yoki o'zidan mamnun emas.

Bunga nima sabab ekanligini o'rganishga harakat qildim.

Shunda tushundm-ki, ularni o'ziga va boshqalarga nisbatan kutuvlar juda baland.

Hattoki o'zini va boshqalarni ham ramkaga solishga harakat qilishadi.

Ya'ni u mendan
- Xabar olib turishi kerak
- Vaqtida kelishi kerak
- Menga e'tibor berishi kerak
Ketdi, bu holat tugamaydi....

Eng yomoni atrofidagi yaqinlari, do'stlarini idealga o'zgartirishga harakat qilishadi.

Shu sababli o'zi ham yaqinlari ham baxtli bo'lmaydi.

Hech kimni ramkaga solishga harakat qilmang, hattoki o'zingizni ham.

Hech kim ideal bo'lolmaydi, boricha qabul qiling buni yo'li esa undan hech narsa kutmaslik.

O'zi aslida ham hech kim sizga nimadir qilib berishga yoki mehr-muruvvat ko'rsatishga majbur emas.

U mehrni ko'rsatishni xohlasa ko'rsatadi xohlamasa yo'q, bu esa juda normal.

Ya'ni sizni vazifangiz kutuvlarni judayam minimalga tushirish. Buni qilolmas ekansiz, meni fikrimcha baxtsizlikga qarab ketuvrasiz.

To'xtang!!! Endi esa sizga yana bir muhim "etapni" aytib o'taman 👇

Avvalo, o'zingizni qabul qilishni boshlang va o'zingizdan ideal yasashni to'xtating.

Qachonki siz o'zingizni boringizcha qabul qilishni boshlasangiz boshqalar sizni qabul qilishni boshlaydi.

Siz kamchiliklaringiz bilan sizsiz, shuni unutmang!

P. S: Erkin qush bo'lganimizdagina biz parvoz etolamiz, qafasda bo'lsak biz ucha olish qobiliyatimizni ham yo'qotamiz.

Shuning uchun o'zimizni yoki boshqalarni qafasga tiqishga harakat qilmaylik, do'stlar.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

05 Oct, 13:18


Asosiy bilimlar va fikrlarimni instagram storieslarimda qo'yib boryapman

Faol kuzatish uchun obuna bo'lib oling

Qo'shilish: Instagram.com/suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

01 Oct, 11:03


Bu kabi xabarlar meni xursand qiladi

Bugun 1-oktabr ustozlar kuni shunday bo’lsada men ozgina bilim bergan shogirdlarim meni tabriklashmoqda.

Men ham barcha ustozlarimni 1-oktabr ustozlar kuni bilan tabriklayman.

Kim menga ozgina bo’lsada bilim yoki o’z tajribasini ulashgan bo’lsa barchalari menga ustoz hisoblanadi.

Menimcha to’g’ri va kuchli ustozlarga yo’liqish ham ne’mat, meni esa Alloh kuchli ustozlar bilan siylagan har birlarini qattiq hurmat qilaman.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

30 Sep, 19:29


Bir xil holat ikki xil natija!

1-holat:
- Zapusklar bo'yicha bir proyektni hamkorimiz bilan to'xtatdik lekin yozilgan video darslar kelishuvi o'rtada kelishilgan edi, ya'ni video darslarda ikkalamizni ham haqdorligimiz bor.

Shunda shu proyektda hamkorim so'rab qoldi, "Suhrob video darslarni instagramdan so'rashadi yoki tanish bilishlar so'raydi, shunga sotmoqchiman lekin gap-gap kelishuv bu kelishuv tushgan puldan o'zim sotsam ham ulushingizni o'tkazib turuvraman dedi"

Bilmadim ichimdan boshqacha xursand bo'ldim u odam menga bermoqchi bo'lgan ulushidan emas bu ulush menga qiziq ham emas, shunchalik kelishuvga sodiq qolishiga va oxirigacha borishiga xursand bo'ldim.

Meni javobim: "Darslarni siz sotuvring hamma ulushni o'zingizga olib qoluvring, men ulushumga roziman"

U insonga nisbatan yanada hurmatim oshdi

2-holat:
- Yana bir proyektimizni to'xtatdik bu holatda ham darslarni bir-birimizga sababchi bo'lib yozganmiz, va darslarda ikkalamizni ham ulushimiz bor.

Bu proyektdagi hamkorim o'zim darslar haqida so'ramagunimcha videodarslar haqida gapirmadi.

Keyin o'zim so'radim videodarslarni nima qilamiz? Hamkorimni javobi: "Darslarni o'zim sotaman, siz bu darslardan shuncha foyda olib bo'lgansiz-ku?"

Men davom ettirib ko'rdim, darslarda axir meni ham haqqim bor, buchi?

Hamkorim: "Men sotay, hozir qayta dars yozsam sizgayam mengayam foyda yoq-ku?"

To'xtatmasdan qayta-qayta so'rayverdi, men ishlatay deb lekin bir og'iz darslarda sizni haqqingiz bor qanday kelishsak rozi bo'lasiz deb so'ramadi.

Men oxiri mayli ishlatuvring deb javob berdim.

Lekin shu vaziyatdagi haqdorlik mavzusida hamkorimni munosabatini ko'rib unga nisbatan qarashlarim o'zgardi.

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

28 Sep, 18:11


Ko'p joylarda ishlab chiqqanlar

Ishga topshirgan kandidatlarni ko‘rib chiqyapman, bittasiga ko‘z tashladim: 20 yosh va 9ta joyda ishlab ko‘rgan ekan. Hayron qoldim, 25 yoshgacha 2 joyda ishlagan ekanman.

Uni ustiga, ba’zi kandidatlar bu bilan faxrlanib aytib berishyapti, "Aka, 18 yosh bo‘lishimga qaramay 7ta joyda ishlaganman" dedi bittasi. Ko‘p joydan ishlab chiqish - bu afzallik emas, balkim katta kamchilik.

Bunday jihat chidamsiz va bitta joydan ikkinchi joyga sakrab yuradigan xodimni ifodalaydi. Ish beruvchilar esa bitta vakansiyani yopib, unga qaytmaslikni xohlaydi.

Barcha yoshlarga bitta joyda qotib, u yerda yillar davomida o‘sishni tavsiya qilaman. Katta natijaga erishishni yagona yo‘li - bitta nuqtani topib olib, u yerga to‘xtamasdan urish.

Lekin har 2-3 oyda ishni almashtiradiganlarga bunday go‘zal sabr berilmagan.

@aqlli_ikkichi

Suhrob Abduaxatov

25 Sep, 21:06


Qanday qilib davlat imtihonida 27 daqiqada 100% lik natija ko'rsatganman?

Eslayman kuniga 13-14 soatgacha faqat Matematikadan misol, masalalar ishlash bilan shug'ullanardim.

O'shanda agar bir kunda 10 soat dars qilsam o'zimni koyirdim, Suhrob senda ko'proq dars qilish imkoni bor edi nega o'rtoqlaring oldiga yoki mehmonga bording deb.

Bitta yaqin og'aynim(o'rtog'im) menikiga birga matematika ishlaylik deb mehmonga kelgan shunda u bilan 3-4 soat birgalikda misol ishlab o'z potensialimga nisbatan adashmasam 3 barobarlar kamroq dars tayyorlaganman.

Shundan keyin uni yuziga qarab men 3x kamroq misol ishladim menikiga kelmasang, meni chalg'ityapsan deb aytganman.

Chunki men musobaqada qatnashardim, menda har oy, har hafta, har kuni "chellenge" edi.

Faqat bu musobaqa o'zim bilan o'zim o'rtamda bo'lardi, o'sishda eng muhimlaridan biri ham shu.

Ya'ni bir oy oldingi o'zingiz bilan bir oy keyingi o'zingizni solishtirishingiz mumkin, boshqalarni emas.

Menimcha shu sababli juda tez o'sganman va deyarli 1 yilda o'qishga kirish uchun qancha misol bo'lsa hammasini ishlab chiqganman.

Aytgancha, davlat imtihoniga kirganimda Matematika blogimga 90 daqiqa vaqt berilgan men esa bu blogni 27 daqiqada ishlaganman.

Natija 100% chiqgan, ya'ni birorta ham xato qilmaganman.

Nega 27 daqiqada 100% lik natijaga erisholganman tahlilimga ko'ra sabablari?
1. Men faqat o'zim bilan o'zim kurashganman, boshqalar bilan emas.
2. O'zim yoqtirgan juda ko'p narsalardan voz kecha olganman
3. Menda urinishlar soni ko'p bo'lgan balki 10.000 tadan - 50.000 tagacha misollar ishlaganman.
4. Men matematikani shunchaki yaxshi ko'rmaganman men matematika bilan yashaganman.

P. S: Hozir ko'pchilikdagi muammo shu, agar siz sohangiz bilan yashamayotgan bo'lsangiz o'sish haqida o'ylamang

@suhrobabduaxatov

Suhrob Abduaxatov

22 Sep, 07:33


Kichkina e'lon

Nasib qilsa oktyabrni o'rtalarida "Zapusk bo'yicha mentorship" qilmoqchiman

Qiziqganlar bo'lsa oldindan maxsus taklif bilan ro'yxatdan o'tib qo'yishi mumkin.

Murojaat uchun: @Abdivaliyevich

Hali hech qayerga e'lon chiqarmasimdan 2 ta joy bron bo'lib bo'lgan.

@suhrobabduaxatov