#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
Maʼnodoshlar — "M"
(Mening tilim)
1. Mahbus, bandi, tutqun, asir, ariston
2. Mahalliy, yerlik
3. Manglay, peshona
4. Mansabdor, amaldor, korchalon
5. Manzil, adres
6. Maosh, oylik, moyana
7. Maqsad, niyat, muddao, murod
8. Mard, tanti, himmatli, er, erkak
9. Marta, karra, bor, gal, navbat, dafʼa, qayta, topqir, qur, yoʻl, qatla, qat, safar
10. Maslahat, kengash, mashvarat, majlis
11. Maslahatchi, maslahatgoʻy, kengashchi, nasihatgoʻy
12. Maslahatli, kengashli
13. Maslahatlashmoq, maslahat qilmoq, kengashmoq, aqllashmoq, mashvarat qilmoq
14. Masxara, mazax
15. Masxaralamoq, masxara qilmoq, mazaxlamoq, mazax qilmoq, mayna qilmoq, kalaka qilmoq, ustidan kulmoq
16. Mazali, lazzatli, laziz, xushtaʼm, shirin, totli, taʼmli, xushxoʻr
17. Magʻrurlanmoq, gʻururlanmoq, kibrlanmoq, havolanmoq
18. Mashgʻul, band, ovora, andarmon
19. Maʼlum boʻlmoq, bilinmoq, aniqlanmoq, ayon boʻlmoq
20. Maʼlum, ayon, oshkor (oshkora), aniq
21. Maʼno, mazmun
22. Mehmon, qoʻnoq
23. Merosxoʻr, voris
24. Mozor, qabriston, goʻriston, mozoriston
25. Mubolagʻa, lof, mahovat
26. Muharrir, redaktor
27. Muhim, ahamiyatli, asosiy
28. Muhtoj, zor, ehtiyojmand
29. Mujimoq, gʻajimoq, kemirmoq
30. Mumsik, ziqna, xasis, qattiq
31. Munosabat, aloqa, ora, robita
32. Musibat, gʻam, kulfat, tashvish, savdo
33. Musobaqa, bellashuv, kurash
34. Musobaqalashmoq, bellashmoq, kuch sinashmoq, musobaqa oʻynamoq
35. Mustahkam, mahkam, puxta, pishiq-puxta, sifatli, qattiq
36. Muvofiq, binoan, boʻyicha, koʻra, asosan
37. Muzlamoq, toʻngmoq, yaxlamoq
38. Moʻljallamoq, moʻljal qilmoq, koʻzlamoq, chogʻlamoq, azmoyish qilmoq, chamalamoq, choʻtlamoq, taxmin qilmoq
39. Moʻlchilik, moʻl-koʻlchilik, serobchilik, kengchilik, toʻkinchilik, maʼmurchilik