Sirdaryo tumani prokurori 2-sektor rahbari Salohiddin Nishonov hamda tegishli masʼullar ishtirokida xorijda mehnat migranti bo‘lib ishlayotgan, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan sirdaryolik yoshlar bilan navbatdagi onlayn muloqot tashkil etildi.
Rasmiyatchilikdan holi, samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqotda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ish bilan taʼminlash bilan bog‘liq ko‘plab savollarga batafsil javob berildi.
Shuningdek Sirdaryo tumanida aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkil qilinayotgan yangi ish o‘rinlari hamda tumanda ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.
📲 @Sirdaryotumanpress