Kodekslar va Qonunlar @sattorovfl Channel on Telegram

Kodekslar va Qonunlar

@sattorovfl


Kanalimizda milliy qonunchiligimiz haqida va boshqa huquqiy muhim eng yangi manbalarga ega bo'lasiz. @SattorovFL. Huquqiy savollaringiz boʻlsa bizga murojaat qiling👉 @kumakuz1bot

Kodekslar va Qonunlar (Uzbek)

Kodekslar va Qonunlar kanali, @sattorovfl foydalanuvchisi tomonidan yaratilgan va milliy qonunchiligimiz haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'lish uchun xizmat qiladi. Kanalda eng yangi huquqiy manbalarga ega bo'lib, huquqiy savollaringiz bo'lsa murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Sizga huquqiy ma'lumotlar, qonunlar va kodekslar haqida eng so'nggi yangiliklarni o'z ichiga olgan bu kanal, professional yondashuvning eng yaxshi manbalaridan biri hisoblanadi. Agar sizning huquqiy savollaringiz bo'lsa, shuncha qonunlar va kodekslar bo'yicha muhim ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Siz ham Kodekslar va Qonunlar kanaliga a'zo bo'lib, huquqiy bilimlaringizni yanada oshiring. Barcha savollaringizni @kumakuz1bot orqali ham yuborishingiz mumkin.

Kodekslar va Qonunlar

14 Jan, 06:40


O‘zbekiston Respublikasining qonuni

UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

14 Jan, 06:32


O‘zbekiston Respublikasining qonuni

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI REZERVIDAGI XIZMAT TO‘G‘RISIDA

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

14 Jan, 04:31


O‘zbekiston Respublikasining qonuni

VATAN HIMOYAChILARI KUNINI BELGILASh TO‘G‘RISIDA

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

14 Jan, 03:34


#MJK

46¹-modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish

Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

13 Jan, 18:55


JAMOAT BIRLASHMALARINI TASHKIL QILISH VA FAOLIYAT YURITISH PRINSIPLARI

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

13 Jan, 07:13


❗️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida:

2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etilmoqda.

♦️ Ushbu lavozim maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda tashkil etiladi.

🔴Maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari taʼlim sifatini taʼminlash, pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, taʼlim va tarbiya jarayonlariga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish vazifalarini bajarishi koʻzda tutilgan.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Jan, 11:55


Tez orada oʻqituvchilar uchun 70 foiz tasdiqlanadi

⭐️2 yilga amal qiladi

⭐️Spetsifikatsiya esa yanvar oyi oxiri yoki 10-fevralgacha e'lon qilinadi

⭐️ Barcha toifalar emas, faqat oliy toifali o'qituvchilarga berilishi kutilmoqda.

⭐️Oldin oliy toifa bo'lganlar ham, umrbod toifa olganlar ham qayta topshirib 86dan yuqori olsa beriladi

⭐️2025-yilda ,albatta, joriy etiladi.

⭐️Psixologlar toifasi bo'yicha ham imtihon tashkil etiladi

⭐️Toifa testlari aprel-may oylarida bo'lib o'tadi.

⭐️Test formati o'tgan safargidek bo'ladi
35 /5/10

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Jan, 04:58


Иккинчи ва кейинги иш йиллари учун ҳар йилги меҳнат таътилини бериш тартиби


🟥Иккинчи ва кейинги иш йиллари учун ҳар йилги меҳнат таътили иш берувчи ва ходим учун мажбурий бўлган таътиллар жадвали билан белгиланадиган ҳар йилги меҳнат таътилларини бериш навбатига мувофиқ берилади.

Таътиллар жадвали календарь йил бошлангунига қадар иш берувчи томонидан касаба уюшмаси қўмитаси билан келишувга кўра тасдиқланади.

Ходим ҳар йилги меҳнат таътили бериладиган вақт тўғрисида таътил бошланишидан камида ўн беш кун олдин хабардор қилиниши керак.

Ходимнинг хоҳишига кўра ҳар йилги меҳнат таътили унга қулай бўлган вақтда қуйидагиларга берилиши керак:

🤱🏿аёлларга - ҳомиладорлик ва туғиш таътилидан олдин ёки ундан кейин;

болани парваришлаш таътилидан фойдаланаётган ходимга ушбу таътилдан олдин ёки кейин;

🧑🏿‍🍼ўн тўрт ёшга тўлмаган бир ёки ундан ортиқ нафар болани (ўн олти ёшга тўлмаган ногиронлиги бўлган болани) тарбиялаётган шахсларга (ёлғиз ота-онага, шу жумладан бева аёлларга, бева эркакларга, никоҳдан ажралганларга, муддатли ҳарбий хизматдаги ҳарбий хизматчиларнинг хотинларига, ота-онанинг ўрнини босувчи шахсларга);

I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларга;

🧑🏿‍✈️1941 - 1945 йиллардаги уруш қатнашчиларига ва имтиёзлари бўйича уларга тенглаштирилган шахсларга;

👷🏿ўн саккиз ёшдан кичик бўлган шахсларга;

📑ишдан ажралмаган ҳолда таълим ташкилотларида ўқиётганларга, агар улар ўзининг ҳар йилги меҳнат таътилини имтиҳонлар, синовлар (зачётлар) топшириш, битирув малакавий ишларини, магистрлик диссертацияларини, курс, лаборатория ишларини ва бошқа ўқув ишларини бажариш вақтига тўғрилаб олишни хоҳласа;

📋"Ўзбекистон Республикаси фахрий донори" кўкрак нишони билан тақдирланган шахсларга;

📃жамоа келишувларида, шунингдек жамоа шартномасида ёхуд бошқа ички ҳужжатларда белгиланган ҳолларда бошқа ходимларга.

Ишлайдиган эркакларга ҳар йилги меҳнат таътили уларнинг хоҳишига кўра хотинининг ҳомиладорлик ва туғиш таътили даврида берилади.

Жадвалда белгиланган ҳар йилги меҳнат таътилини бериш вақти ходим ва иш берувчи ўртасидаги келишувга биноан ўзгартирилиши мумкин.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

11 Jan, 15:56


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi.

📂Muqaddima

📝BIRINCHI BO'LIM .ASOSIY PRINSIPLAR .
📌1-bob. Davlat suvereniteti (1-6-moddalar)
📌2-bob. XaIq hokimyatchiligi (7-14-moddalar)
📌3-bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi (15-16-moddalar).
📌4-bob. Tashqi siyosat (17-18-moddalar)


📝IKKINCHI BO'LIM . INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI.
📌5-bob. Umumiy qoidalar (19-21-moddalar).
📌6-bob. Fuqarolik (22-24-moddalar)
📌7-bob Shaxsiy huquq va erkinliklar (25-35-moddalar).
📌8-bob. Siyosiy huquqlar (36-40-moddalar)
📌9-bob. Iqtisodiy , ijtimoiy , madaniy va ekologik huquqlar (41-53-moddalar).
📌10-bob. Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari (54-58-moddalar).
📌11-bob. Fuqarolarning burchlari (59-64-moddalar).


📝UCHINCHI BO'LIM. JAMIYAT VA SHAXS
📌12-bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari (65-68-moddalar).
📌13-bob. Fuqarolik jamiyati institutlari (69-75-moddalar)
📌14-bob. Oila, bolalar va yoshlar (76-80-moddalar).
📌15-bob. Ommaviy axborot vositalari (81-82-moddalar)



📝TO'RTINCHI BO'LIM. MA'MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI
📌16-bob. Ozbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi (83-84-moddalar).
📌17-bob. Qoragalpogiston Respublikasi (85-90-moddalar)


📝BESHINCHI BO'LIM . DAVLAT HOKIMYATINING TASHKIL ETILISHI .
📌18-bob. O'zbekiston Respublikasi Olly Majlisi (91-104-moddalar).
📌19-bob. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti (105-113-moddalar).
📌20-bob. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (114-119-moddalar)
📌21-bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari (120-127-moddalar).
📌22-bob. Saylov tizimi (128-129-moddalar).
📌23-bob. Sud hokimyati (130-140-moddalar).
📌24-bob. Advokatura (141-142-moddalar).
📌25-bob. Prokuratura (143-146-moddalar).
📌26-bob. Moliya, pul va bank tizimi (147-151-moddalar)
📌27-bob. Mudofaa va xavfsizlik (152-153-moddalar)


📝OLTINCHI BO'LIM . KONSTITUTSIYANI O'ZGARTIRISH TARTIBI (154-155-moddalar).

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

11 Jan, 05:36


#Soʻragandingiz

O‘zbekiston hududida:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 155 ming so‘m;

bazaviy hisoblash miqdori – 375 ming so‘m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 ming so‘m;

yoshga doir eng kam pensiya – 834 ming so‘m;

nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 ming so‘m;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 ming so‘m;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 ming so‘mdan) 920 ming so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 ming so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 ming so‘m;

ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 ming so‘m.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

11 Jan, 05:34


Ўқитувчиларга «Malibu», «Tracker», «Onix», «Equinox», «Captiva 5T» автомобилларини 5 йилга бўлиб тўлашга берилади.

Бу ҳақида Бош вазир А.Арипов томонидан Мактабгача ва мактаб таълими вазири Х.Умарованинг хатига қўйилган ФИШКАда топшириқ берилган.

Автомобиллар «Муаллим эъзозда» акцияси доирасида тижорат банклари орқали бошланғич бадали 30 фоиздан ошмаган ҳолда имтиёзли равишда 60 ойлик (5 йил) муддатли тўлов асосида берилади.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

10 Jan, 06:29


Oʼquvchi daftar tutmagani uchun oʼqituvchi emas, ota-ona javobgarlikka tortiladi.

Birinchidan, Taʼlim toʼgʼrisidagi qonun 51-moddasida voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining bir qator majburiyatlari qayd etilgan boʼlib, unga koʼra yuqoridagi shaxslar:

oʼz bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, maʼnaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi;
oʼz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Аynan mana shu majburiyatlar oʼquvchining qonuniy vakillarining oʼquvchining huquqqa hilof harakatlari uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga olishini anglatadi.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrugʼiga asosan tasdiqlangan oʼqituvchilarning lavozim majburiyatlarida oʼqituvchining oʼquvchilarga daftar tuttirish majburiyati qayd etilmagan.

Bunday holatda ota-onaga Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qoʼllaniladi.

Yaʼni Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʼlsa:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

09 Jan, 13:38


#Mehnat_kodeksi
151-modda. Xodimni ishdan chetlashtirish hollari

Ishdan chetlashtirish xodimni mehnat majburiyatlarini, qoida tariqasida, ish haqi saqlanmagan holda bajarishga vaqtincha yo‘l qo‘ymaslikdir.

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart:

🏢qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra;

🍷Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo‘lganida;

mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmaganda;

majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganda;

xodim tomonidan mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarish uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi ko‘rsatmalar aniqlanganda;

tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra to‘rt oygacha muddatga vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan xodimni o‘tkazish rad etilganda yoxud ish beruvchida ish mavjud emasligi munosabati bilan bunday xodimga tegishli ishni taklif etish mumkin bo‘lmaganda;

xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart bo‘lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

09 Jan, 13:33


O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi eng yangi holatda taqdim etilmoqda.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

09 Jan, 04:53


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo‘yicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

07 Jan, 12:34


O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT RAMZLARI HAQIDAGI AYRIM QONUN HUJJATLARIGA VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 18-noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda ma’qullangan

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

07 Jan, 08:31


Nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish turlari

Nogironlarga quyidagi turlardagi ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi:

♦️pul to‘lovlari (pensiyalar, nafaqalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar);

♦️texnika vositalari yoki boshqa vositalar, shu jumladan avtomobillar, o‘rindiqli aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus harfli matbaa nashrlari, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar bilan ta’minlash;

♦️tibbiy, kasbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va maishiy xizmatlar ko‘rsatish;

♦️transport xizmatlari ko‘rsatish;

♦️dori vositalari bilan ta’minlash.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

07 Jan, 08:10


O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 29-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2012-yil 23-martda ma’qullangan

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

06 Jan, 04:24


Ички ишлар вазирлиги хабари:
Ҳурматли фуқаролар, сизларга маълумот учун:

Хавфсизлик ҳақида огоҳлантириш:

Маълум бир шахслар гуруҳи хонадонма-хонадон юриб, ўзларини ички ишлар ходимлари деб таништирмоқда. Уларнинг қўлида Ички ишлар вазирлигининг рамзлари туширилган ҳужжат ва бланкалар бор. Улар “аҳолини рўйхатга олиш” олдидан барча фуқароларнинг шахсий гувоҳномалари бор-йўқлигини текшириш ва биометрик маълумотларни олиш кераклигини айтишмоқда.

Улар ташқи кўринишдан ишончли, замонавий кийинишган ва ҳатто ички ишлар формасини кийган бўлиши мумкин. Улар сизнинг фотосуратингиз ёки бармоқ изларингизни “лойиҳалар доирасида” олиш ниятида эканликларини билдиришади. Уларнинг қўлида ноутбук, биометрик қурилма ва аҳоли рўйхати мавжуд. Улар бу рўйхатни кўрсатиб, сиздан маълумот тақдим қилишни сўрашади.

Эслатиб ўтамиз, ҳукумат томонидан ҳеч қандай шундай ташаббус мавжуд эмас! Биометрик маълумотларни асло берманг! Эшикни очманг! Хонадонга киргизманг! Улар фирибгарлик ва ўғирликлар содир этишлари мумкин!

Расмий ҳукумат муассасаларидаги расмий жараёнларсиз ҳеч қандай маълумот тақдим қилманг. Огоҳ бўлинг!

Ушбу хабарни ўз жамоангиздаги барчага улашинг. Иложи борича оилангиз ва дўстларингизга ҳам етказинг!

Kodekslar va Qonunlar

08 Dec, 08:54


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI

Muqaddima, 6 boʻlim, 27 bob, 155 moddadan iborat.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

07 Dec, 12:47


Nogironligi bo'lgan shaxslarga qonunchilikda berilgan ayrim imtiyozlar:

🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga DXM va (yoki) YIDXP orqali xizmat ko‘rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.

🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

🔹 Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga hamda I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan.

🔹 Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari beriladi.

🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog‘lomlashtirish huquqiga ega.

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

🔹 Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

🔹Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi.

🔹Nogironligi bo‘lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (18 mln 750 ming so‘mgacha) subsidiya ajratiladi.

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi.

🔹Budjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug‘ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo‘lgan bolalar to‘lovdan ozod etiladi.

🔹Bolalikdan nogiron bo‘lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (3 mln 465 ming so‘m) miqdoridagi mablag‘lari daromad solig‘iga tortilmaydi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

07 Dec, 11:18


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

05 Dec, 08:53


Talabalar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

03 Dec, 23:31


Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risida
NIZOM

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

03 Dec, 23:28


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Qarori

Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

03 Dec, 06:07


#Oila_kodeksi

57-modda. Qarindoshlik

Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi.

Bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan — ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan — uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo.

Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga o‘xshashlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlar hisoblanadi va hokazo.

To‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir.

Ikki shaxs o‘rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o‘zini hisobga qo‘shmay turib, undan kelib chiqqan avlodlar soni hisobga olinadi.

Hisob ajdodlar tomon to‘g‘ri shajara bo‘yicha ular uchun umumiy bo‘lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa, avlodlar tomon — ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.

Tug‘ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan qarindoshlikning — uchinchi, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa — to‘rtinchi darajasida turadilar.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

02 Dec, 04:40


O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

#Hozirgi

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

01 Dec, 12:12


#Oila_kodeksi

2-modda. Oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning teng huquqliligi

Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

01 Dec, 10:57


Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

01 Dec, 08:54


Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari

Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli davlat organining, tashkilotning rahbari tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo‘lib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

30 Nov, 14:09


#Ta_limda_oylik

Maktab direktori:
4 mln 696 ming 805 so'm (400 o'quvchigacha);
5 mln 015 ming 054 so'm (401-880 o'quvchigacha);
5 mln 317 ming 901 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
5 mln 625 ming 394 so'm (1600dan ortiq).

Direktor o'rinbosarlari: (MMIBDO, O'TIBDO)
4 mln 386 ming 677 so'm (400 o'quvchigacha);
4 mln 696 ming 805 so'm (401-880 o'quvchigacha);
5 mln 015 ming 054 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
5 mln 317 ming 901 so'm (1600dan ortiq).

Direktorning xoʻjalik ishlari bo'yicha o'rinbosari:
1 mln 779 ming 871 so'm (400 o'quvchigacha);
2 mln 030 ming 275 so'm (401-880 o'quvchigacha);
2 mln 111 ming 025 so'm (881-1600 o'quvchigacha);
2 mln 286 ming 447 so'm (1600dan ortiq).

CHQBT rahbari:
Mutaxassis 3 mln 390 ming 824 so'm;
Ikkinchi toifali 3 mln 796 ming 213 so'm;
Birinchi toifali - 4 mln 230 ming 138 so'm;
Oliy toifali 4 mln 674 ming 594 so'm.

Psixologlar:
Oliy ma'lumotli psixolog - 3 mln 051 ming 742 so'm;
Ikkinchi toifali psixolog - 3 mln 268 ming 047 so'm;
Birinchi toifali psixolog - 3 mln 489 ming 865 so'm;
Oliy toifali psixolog - 3 mln 702 ming 280 so'm.

O'qituvchilar:
O'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchi - 3 mln 169 ming 623 so'm;
Oliy ma'lumotli o'qituvchi - 3 mln 390 ming 824 so'm;
Ikkinchi toifali o'qituvchi - 3 mln 796 ming 213 so'm;
Birinchi toifali o'qituvchi - 4 mln 230 ming 138 so'm;
Oliy toifali o'qituvchi - 4 mln 674 ming 594 so'm.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

30 Nov, 12:55


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari munosabati bilan ular
xavfsizligining kafolatlari


Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a’zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a’zolarini ular o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda o‘z fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan ta’qib etish man etiladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

29 Nov, 02:04


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASI TO‘G‘RISIDA

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

28 Nov, 14:48


Murojaatlarni berish muddatlari

Murojaatlarni berish muddatlari, qoida tariqasida, belgilanmaydi.

Ayrim hollarda, agar davlat
organining, tashkilotning yoki ular mansabdor shaxslarining murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha
imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zaruratiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.

Bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni ko‘rib chiquvchi davlat organi, tashkilot yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tiklanadi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

28 Nov, 08:24


#Murojaat_turlari

ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;

shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish
to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;

elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga
joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno;

takroriy murojaat — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan, uning avvalgi murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda
norozilik bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib qonunchilikda belgilangan ko‘rib chiqish muddati tugagan bo‘lsa, ilgarigi murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi to‘g‘risida xabar qilinayotgan murojaat;

anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;

murojaatning dublikati — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining ko‘chirma
nusxasi;

ommaviy qabul — davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati;

videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida
audio- va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi;

davlat ishtirokidagi tashkilot — ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti yoxud to‘liq yoki qisman davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

26 Nov, 20:33


O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida

(yangi tahriri)
@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

26 Nov, 20:26


Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida o‘z fuqarolari uchun belgilangan siyosiy huquqlari berilgan.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

26 Nov, 11:30


O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

26 Nov, 11:23


O‘zbekiston Respublikasining qonuni

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI TO‘G‘RISIDA

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

26 Nov, 03:30


#MK

121-modda. Qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishini cheklash

O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi. Ushbu qoidadan istisnolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

26 Nov, 03:28


Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezideti, Otabek Umarov 1-vitse prezident!

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

25 Nov, 16:04


@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

25 Nov, 15:27


Inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarining alohida guruhini iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar tashkil etadi. Ularga quyidagilar kiradi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

25 Nov, 04:00


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSI

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

24 Nov, 16:15


ОМАДСИЗ

Мен бутун танамда кучли огрик; билан уйгондим. Кузимни очганимда каравотим ёнида ҳамшира турарди.

— Мистер Фужима, — деди у, — омадингиз бор экан, сиз икки кун аввал Хиросимага ташланган
атом бомбасидан омон қолдингиз. Энди госпиталдасиз, хавотирланишингизга асос йук.

Мен зурга савол бердим:

— Қаердаман?
— Нагасакида, — деди ҳамшира.

©Алан Майер
@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

23 Nov, 09:49


Oʻzbekiston Respublikasining Kodekslari roʻyxati.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

22 Nov, 06:52


Har yilga qoʻyilgan nomlar

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024 yil - Yoshlar va biznesni qoʻllab quvvatlash yili

2025-yilAtrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

19 Nov, 20:03


#Siz_uchun

AMIR TEMUR – MARKAZLASHGAN
DAVLAT ASOSCHISI

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

19 Nov, 08:37


Amir Temur haqida maʼlumotlar
#Qoʻllanma
@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

19 Nov, 05:52


Vatandosh — O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan yoki ilgari uning hududida yashagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan shaxs va uning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan keyingi qarindoshlari, basharti, agar ularning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan bo‘lsa hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lsa.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

19 Nov, 05:04


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI SANITARIYAEPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QO‘MITASINING
QARORI

DORIXONALARNING JOYLASHUVI VA JIHOZLANISHIGA DOIR SANITARIYA QOIDALARI,
NORMALARI VA GIGIYENA NORMATIVLARINI (0071-24-SON SANQVAN) TASDIQLASH
TO‘G‘RISIDA

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

18 Nov, 07:29


Konstitutsiya 5-modda.
#Bayroq
O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.

Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

17 Nov, 16:10


Ҳозирги кунда педагог ходимлар қанча миқдорда ойлик маош оладилар?

Мактаб директори:
— 4 млн 696 минг 805 сўм (400 ўқувчигача);
— 5 млн 015 минг 054 сўм (401-880 ўқувчигача);
— 5 млн 317 минг 901 сўм (881-1600 ўқувчигача);
— 5 млн 625 минг 394 сўм (1600 дан ортиқ).

Директор ўринбосарлари: (ММИБДЎ, ЎТИБДЎ)
— 4 млн 386 минг 677 сўм (400 ўқувчигача);
— 4 млн 696 минг 805 сўм (401-880 ўқувчигача);
— 5 млн 015 минг 054 сўм (881-1600 ўқувчигача);
— 5 млн 317 минг 901 сўм (1600 дан ортиқ).

Директорнинг хўжалик ишлари бўйича ўринбосари:
— 1 млн 779 минг 871 сўм (400 ўқувчигача);
— 2 млн 030 минг 275 сўм (401-880 ўқувчигача);
— 2 млн 111 минг 025 сўм (881-1600 ўқувчигача);
— 2 млн 286 минг 447 сўм (1600 дан ортиқ).

ЧҚБТ раҳбари:
— Мутахассис - 3 млн 390 минг 824 сўм;
— Иккинчи тоифали - 3 млн 796 минг 213 сўм;
— Биринчи тоифали - 4 млн 230 минг 138 сўм;
— Олий тоифали - 4 млн 674 минг 594 сўм.

Психологлар:
— Олий маълумотли психолог - 3 млн 051 минг 742 сўм;
— Иккинчи тоифали психолог - 3 млн 268 минг 047 сўм;
— Биринчи тоифали психолог - 3 млн 489 минг 865 сўм;
— Олий тоифали психолог - 3 млн 702 минг 280 сўм.

Ўқитувчилар:
— Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи - 3 млн 169 минг 623 сўм;
— Олий маълумотли ўқитувчи - 3 млн 390 минг 824 сўм;
— Иккинчи тоифали ўқитувчи - 3 млн 796 минг 213 сўм;
— Биринчи тоифали ўқитувчи - 4 млн 230 минг 138 сўм;
— Олий тоифали ўқитувчи - 4 млн 674 минг 594 сўм.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

15 Nov, 17:20


VOYAGA YETMAGANLARNING HUQUQLARI VA BURCHLARI

14 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning (kichik yoshdagi bolalarning) yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning qonuniy vakillari – ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari yashaydigan joy voyaga yetmaganlar yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning yashash joyi hisoblanadi.

Fuqarolarning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga to‘lgach, to‘la hajmda vujudga keladi.

18 yoshga to‘lmasdan nikoh buzilsa ham muomala layoqati to‘la saqlanib qoladi.

Lekin nikoh haqiqiy emas deb topilganda, sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.

18 yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka
oluvchilari yoki homiylarining yozma roziliklari bilan tuzganlaridagina haqiqiy deb hisoblanadi.

14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka
oluvchilari yoki homiylarining yozma roziliklarisiz quyidagilarni mustaqil amalga oshirishga haqli:


– o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;

– fan, adabiyot yoki san‘at asarining, ixtironing yohud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan (boshqa natijasi) mualliflik huquqini amalga oshirish

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

14 Nov, 07:07


#Fuqarolik_kodeksi

409-modda. Tovarning sotuvchi javobgar bo‘ladigan kamchiliklari

Agar sotib oluvchi tovardagi kamchiliklar tovar sotib oluvchiga topshirilgunga qadar paydo bo‘lganligini yoki shu paytgacha vujudga kelgan sabablar tufayli paydo bo‘lganligini isbot qilib bersa, sotuvchi tovarning kamchiliklari uchun javobgar bo‘ladi.

Agar sotuvchi sifatiga o‘zi kafolat bergan tovardagi kamchiliklar uni sotib oluvchiga topshirgandan so‘ng sotib oluvchi tovardan foydalanish yoki uni saqlash qoidalarini buzganligi yoki uchinchi shaxslar harakati tufayli yoki oldini olib bo‘lmaydigan kuch ta’sirida paydo bo‘lganini isbotlay olmasa, sotuvchi bu tovarning kamchiliklari uchun javobgar bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

14 Nov, 04:31


Правитель должен украшать себя справедливостью, и люди должны уважать этого правителя.

Абдулла Мукни

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Nov, 14:53


1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida loyiha ma’qullandi va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Mustaqil O‘zbe­kistonning Konstitutsiyasi shu tarzda
amalga kiritildi. 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, umumxalq bayrami deb
e’lon qilindi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob
va 128 moddadan iborat bo‘lgan.

Bugungi kunda Konstitutsiyamiz muqaddama , 6 boʻlim, 27 bob, 155 moddadan iborat.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Nov, 14:22


Konstitutsiya butun huquqiy tizimning asosi bo‘lib xizmat qiladi, negaki huquqning rivojlanishi konstitutsiyadan boshlanadi, aynan uning o‘zi boshqa barcha qonunlar va normativhuquqiy hujjatlarga hayot baxsh etadi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Nov, 10:27


Konstitutsiya haqida....

Konstitutsiya” lotincha constitutio
so‘zidan olingan bo‘lib, tuzilish, tuzuk, belgilash, tartib o‘rnatish degan ma’nolarni anglatadi.

“Konstitutsiya” atamasi ilk bor Qadimgi Rim davlati qonunchiligida ishlatilgan. Konstitutsiya davlatning eng asosiy qonunlari jam bo‘lgan muhim hujjat hisoblanadi.

Dunyo tarixidagi dastlabki konstitutsiya 1787-yilgi AQSH Konstitutsiyasidir.

Dastavval AQSH Konstitutsiyasida hokimiyatlar bo‘linishi: qonunchilik, ijro, sud hokimiyatini tashkil etish prinsiplari va tartibi, federatsiya subyektlari huquqlari belgilangan edi.

Keyinchalik inson va fuqaro huquqlariga oid qo‘shimchalar kiritildi.

Shundan so‘ng Polsha va Fransiyada ham konstitutsiyalar qabul qilindi.

Bugungi kunda jahondagi 200 dan ortiq davlatlarda o‘z konstitutsiyasi amal qiladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Nov, 10:15


O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 22-noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda ma’qullangan

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Nov, 08:32


#Qiziq
#muhim

Huquqning mohiyati haqidagi nazariyalar

Tabiiy huquq nazariyasi (Lоkk, Russо, Mоntеskе, Rаdishchеv) (XVII-XVIII asrlar)

Dаvlаt tomonidan yaratiladigan pozitiv (ijobiy) huquq bilan birgа, undаn ham yuqоridа turadigan insonga u tugʻilishidаn xos boʻlgаn, undаn ajralmas tаbiiy huquq hаm bоr dеb hisoblaydilar. (yashаsh huquqi, mеhnаt qilish huquqi, bоshpоnа huquqi, erkin xаrаkаtlаnish huquqi va bоshqаlаr)

Rеаlistik huquq mаktаbi (R.Iеring). Huquq bu davlat tomonidan himоya qilinadigan manfaat boʻlib, u davlat hokimiyatisiz hech narsa emas. Huquq-himoyalangan davlat manfaatidir.

Psixologik huquq maktabi (Pеtrаjiskiy, Rоss, Rеysnеr, Mеrill) Kishilarning ruhiyati jamiyat, axloq, huquq va davlatning rivojlanishini belgilab beradigan omildir. Bu nazariya vakillarining fikricha, haqiqiy huquq kishilarning oʻz huquq vа majburiyatlari toʻgʻrisidаgi ruhiy kеchinmаlаridir.

Huquqni tushunishga tarixiy yondashuv (G.Gugо, K.Sаvini, F.Puxtа XVII asr oxiri XIX asr boshlari) Qonunshunos, huquq normasini oʻzining irodasi bilan oʻrnаtа olmaydi, balki u shakllangan normani rasmiylashtirib qoʻyadi xolos. Bu nazariya vakillarining fikricha, huquq tarixiy jarayon davomida xuddi til yoki muayyan millat kabi birovning koʻrsаtmаsi yoki davlatning аrаlаshuvisiz asta-sekin tarkib topadi va rivojlanadi.

Huquqni tushunishda normativlik nazariyasi (G.Kеlzеn, R.Shtаmmlеr, Nоvgоrоdsеv XX asr) Bu nazariya vakillari huquqning butun tizimi, zinapoya tuzilishiga ega boʻlib, bu zinapoyaning boshida asosiy (suveren) huquq normasi turadi va quyi pоgʻоnаsidаgi normalar yuqoridagi suvеrеn normadan kelib chiqadi deb hisоblаydilаr.

Mаtеriаlistik (sinfiy) huquq nazariyasi (K.Mаrks, F.Engеls, V.Lеnin XIX-XX asr) Bu nazariya vakillarining fikricha, huquq bu hukmron sinflarning qonun dаrаjаsigа koʻtаrilgаn erki boʻlib, uning mazmuni jamiyat hayotining iqtisodiy sharoitlari bilan belgilanadi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Nov, 08:29


HUQUQ TUSHUNCHASI, MOHIYATI, BELGILARI, TAMOYILLARI

 Huquq tushunchasi (yuridik maʼnoda) - bu davlat tomonidan oʻrnatiladigan yoki maʼqullanadigan, oʻzida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, bajarilishi umummajburiy boʻlgan yurish - turish qoidalari yigʻindisi.

Huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi maxsus tizimini xarakterlovchi muhim xususiyatlarni quyidagilar tashkil etadi.

Normativlik, huquqning intellektual-erkiy xarakterdaligi, davlatning majburlov kuchi bilan taʼminlanishi, rasmiy aniqlik, tizimga egaligi va b.

Huquq murakkab tizimiy tashkiliylikdan iborat boʻlib, uni tushunishning uchta elementga boʻlinishi katta ahamiyat kasb etadi, yaʼni huquqni Tabiiy, pozitiv (ijobiy) va subyektiv huquqlarga boʻlinishidir.

a) tabiiy huquq - bu inson va jamiyatning tabiati bilan bogʻliq huquq va erkinliklarning yigʻindisi.
Tabiiy huquqning muhim qismidan biri bu inson huquqidir;
b) pozitiv huquq – bu davlat tomonidan qabul qilingan normalarda, qonunchilikda va boshqa manbalarda oʻz ifodasini topgan huquqdir;
v) subyektiv huquq – bu pozitiv huquq normalariga asosan yuzaga keladigan, uning egasi manfaatlari va talablarini qanoatlantira oladigan individual imkoniyatlar.

Huquqning mohiyati deganda uning mazmuni va maqsadi tushuniladi.
Huquqning mohiyatiga nisbatan fanda turli xil nazariyalar va huquq maktablari mavjud (normativ, sotsiologik, falsafiy yondashuvlar).

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Nov, 08:25


IJTIMOIY MUNOSABATLAR TUSHUNCHASI

Ijtimoiy munosabatlar kishilarning oʻzaro mavhum aloqalari emas. U moddiy va maʼnaviy madaniyatda oʻz ifodasini topgan kishilarning bir-biriga taʼsiri, muloqoti, qiziqish va ehtiyojlarining uygʻunlashuvi, fikr va eʼtiqodlarining qiyoslashuvi, faoliyat va tajriba almashuvi natijasidir

Ijtimoiy munosabatlar 
deganda jamiyatda kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan ongli, maqsadga yoʻnaltirilgan aloqalar tushuniladi.

Jamiyat aʼzolari oʻrtasidagi munosabatlar nafaqat huquq normalari bilan balki boshqa ijtimoiy normalar bilan ham tartibga solinadi.

IJTIMOIY NORMALAR TUSHUNCHASI VA TIZIMI,

Normalar – jamiyatning tarixan rivojlanishi va amal qilishi jarayonida paydo boʻladigan, kishilarning erki va ongi bilan bogʻliq boʻlgan umum koʻrinishdagi va yetarlicha keng tarqalgan etalon koʻrinishidagi xulq qoidalarini hamda ularning oʻzaro munosabat va harakatlarini tartibga solib turuvchi “qurol”dir.

Ijtimoiy normalar-kishilar hamda ularning jamoalari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalaridir.

Ijtimoiy normalarning tizimi

1) axloq normalari;
2) siyosiy normalar;
3) diniy normalar;
4) korporativ normalar;
5) odat normalari;
6) anʼana normalari;
7) huquq normalari va b.  

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Nov, 07:58


Ma'lumot
#qonun

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ikki yoki undan ortiq davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kirgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida o‘sha davlatning fuqarolari hisoblanadi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

03 Nov, 06:49


O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 18-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda ma’qullangan

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

03 Nov, 04:24


Quyidagi jinoyatlar uchun
14 yoshdan JINOIY JAVOBGARLIK belgilangan:

(ayrim holatlarda, istisno holatlarda, og'irlashtiruvchi holatlarda) 22 holat.

1. Qasddan odam o'ldirish.  (97-modda )
2. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o'ldirish. (98-modda)
3. Qasddan badanga og'ir shikast yetkazish. (104-modda)
4. Qasddan badanga o'rtacha o'g'ir shikast yetkazish. (105-modda)
5. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish. (106-modda)
6. Nomusga tegish. (118-modda)
7. Jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda qondirish. (119-modda)

8. Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik (126¹-moddaning 4-5-6-7-qismlari)
9. Odam o'g'irlash. (137-modda)
10. Bosqinchilik. (164-modda)
11. Tovlamachilik. (165-modda)
12. Talonchilik. (166-modda)
13. O'g'rilik. (169-modda)
14. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish. (173-moddaning II va III qismlari)
15. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalaridan ishini izdan chiqaruvchi harakatlar sodir etganda. (220-modda)
16. Qamoqdan yoki qo'riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish. (222-modda)

17. O'q otar qurolni, o'q-dorilarni, o'qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof sotish. (247-modda)
18. Radiaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash. (252-modda)
19. Temir yo'l, dengiz, daryo, havo transport vositasi yoki aloqa yo'llarini yaroqsiz holatga keltirish. (263-modda)
20. Transport vositasini olib qochish. (267-modda)
21. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash. (271-modda)
22. Bezorilik. (277-modda. II va III qism)



Tashakkur 👉🏿©Izzatulla_Abdullayevich

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

03 Nov, 04:08


2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish
KONSEPSIYASI

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

02 Nov, 22:26


Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning umumiy davom etish vaqti kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda to‘rt soatdan oshmasligi kerak.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

02 Nov, 21:20


Surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlangan, so‘roq qilish uchun chaqirilgan, qamoqqa olingan yoki majburiy keltirilgandan keyin darhol yoki yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay, so‘roq qilinishi kerak.

Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida ko‘rsatuv berish huquqi sudya tomonidan ta’minlanishi shart.

Agar sudlanuvchi biror sud harakati o‘tkazilayotgan paytda ko‘rsatuv berish to‘g‘risida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq ko‘rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi.


@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

02 Nov, 19:27


Ishdan ozod qilingan vaqt uchun o‘quvchilarga ish joyida oladigan
o‘rtacha oylik ish haqining kamida ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorda
haq to‘lanadi.

O‘quvchilar uchun ish haqi saqlangan holda kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlarini topshirish paytida yigirma ish kunidan kam bo‘lmagan ta’til beriladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

02 Nov, 19:22


Agar umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan bolalar haftasiga olti kun ishlasalar, ularga o‘quv yili davomida kamida o‘ttiz olti ish kuni miqdorida ta’til berilishi kerak bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

02 Nov, 18:50


Ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi ham mumkin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.

Voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek, shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Xuddi shu tariqa, voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari (kiyim-kechak, turli ish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.


@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

02 Nov, 18:37


Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor
bo‘lish huquqiga ega emas.

Shuningdek, ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga
egalik qilish huquqiga ega emas.

Voyaga yetmagan bola o‘z ota-onasidan yoki boshqa insonlardan qonun doirasida ta’minot olishga haqli. Bunda bolaga tegishli har qanday mablag‘, xoh u pensiya bo‘lsin, xoh boshqa turdagi nafaqa bo‘lsin, uning ota yoki onasi tomonidan uning ta’minoti, ta’lim-tarbiya olishi uchungina sarflanishi kerak bo‘ladi.


@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

02 Nov, 18:27


Oilada voyaga yetmagan bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqlidir.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

02 Nov, 11:28


Ассалому алайкум.
Бугун 30-35 йил ичида болаларга берилган тарбия қандай натижалар берганлигини кўриб турибмиз. Мен умуман ўқитувчини айбламайман. Нимага илгариги замонларда ўқитувчи шогирдини ёки устоз ўқувчисини дўппослаган ҳолати ҳақида маълумотлар тарихий асарларда учрамайди? Садриддин Айнийнинг “Эски мактаб” асари коммунист-большевикларнинг буюртмаси асосида тўқиб ёзилган уйдирма асар.
Чунки, бундай бўлмаган. Битта синф ёки гуруҳда 5 тадан 15 тагача ўқувчи бўлган холос. Шунингдек, ҳамма болани мактабга қамаб, ўқийсан, деб мажбурланмаган. Иқтидори борларини ўқитилган, қолганлари ҳунар эгаллаган.
Бугунчи, 30-35 тагача болани хонага қамаб, 40 минут ичида фан мавзусини боланинг “миясига қуясан”, деб ўқитувчини мажбурлаяпмиз. Янги институтлар очавермасдан, янги мактаблар очиш керак, улар сонини кўпайтириш керак. Битта синфда бола сонининг 15 тадан ортиб кетиши, бу оммавий саводсизлик, дегани.
Илгари болалар ота-боболар тарбиясини олган бўлса, бугун “интернет тарбияси”ни оляпти. Аксар оталар Россия, Қозоғистон, Корея ва бошқа жойларда рўзғор ташвиши билан юрибди. Хорижда топган пули (инвестициясиси)ни боласининг таълими учун эмас, тўйлар, машиналар, участкалар учун сарфлаяпти.
Ўзи 2-3 та боласини эплаб тарбиялай олмайди-ю, яна 30 та болани эплаб бошқармаяпти, деб ўқитувчидан шикоят қиладими?
Ўқитувчи шу касб учун шартнома асосида давлатга пул тўлаб, 4-6 йил олийгоҳда ўқиди. Унинг ҳам оиласи бор. Бошқа ишга кета олмайди. Унақа маош берадиган ишнинг ўзи йўқ.
Бизга мазкур видеода ўқитувчи болани дўппослаётганлигини кўрсатишди. Аммо, хонага киргунга қадар ўқувчи залда нима гапларни гапирган ва қандай ҳатти-ҳаракатларни амалга оширган эди, кўрсатилмади. Хулоса учун шошилмайлик.
Яқинда бир мактабда институтни “Имтиёзли” дипломга битирган инглиз тили ўқитувчисини устидан синфдаги 5-6 та бола масҳара қилиб, дарс ўтишга қўйишмади. Ваҳоланки, у ўша мактабга 2 марта америкалик мутахассисларни олиб келиб, “мастер класс” ўтиб берган, тадбирлар ўтказган, ҳар бир дарс учун турли кўргазмали қуролларни сотиб оладиган иқтидорли ўқитувчи эди. Дарсда безори ўқувчилар оёғини туфлиси билан олдиндаги парта устига чиқариб олиб, писта чақиб ўтирган, нон еб, баклашкада минерал сувлар ичиб, қулоғига қулоқчинни ўрнатиб олиб, ҳоҳолаб кулишиб ўтираверган. Устига устак ўқитувчи хомиладор бўлгани учун, улар еяётган овқатларнинг ҳиди унга салбий таъсир қилиб, кўнглини айнита бошлаган. Шунда ўқитувчи болалардан тартибга риоя қилишни талаб қилган. Аммо улар баттар авжига чиқиб, ўчакишган. Шунда, бирини телефонини олиб қўймоқчи бўлганида, 8 синф ўқувчиси-ўғил бола, уни юзига мушт билан тушириб, кўзойнагини синдириб юборган. Яхшиям кўзойнак синиқлари ўқитувчининг кўзига кириб кетмаган. Шунда ўқитувчи: “Ҳе, ифлос”, деган.
Эртасига ўқувчининг ота онаси чақиртирилган. Аммо, дадаси Кореяда 5-6 йилдан бери ишлаётгани, 1-2 йилда бир маротаба келиб, яна қайтиб кетаётганлиги сабабли, онаси келган. Онаси ўқитувчини “боламни ҳақорат қилди”, деб судга бераман, деб ғавғо кўтарган.
Шу ўринда кимда ким мени гапимга эътироз билдирса, четдан туриб маҳмадоначилик қилмасин. Мард бўлса, ўша синфда, ўша мактабда, ўша муҳитда ўзи дарс бериш учун бориб ишга жойлашсин.
5-10 кунга эмас, балки, бир умрга ишлашга борсин. Болани урмасдан, сўкмасдан, одоб-ахлоқ номаларидан чиқмасдан, “маданиятли ва маълумотли” зиёлига хос бўлиб ўша безори болаларни тарбиялаб кўрсин.
Агар шу муҳитда бир умрга ишлаб, болаларни урмасдан, сўкмасдан дарс бериш мумкинлигини исботлай олса, ана ўшанда мен унга тан бераман.
Аммо ундай қила олмайди, гапирган одам аввал пичоқни ўзига уриб, ўша ўқитувчининг ўрнига ўзини қўйиб кўрсин.
Ҳадиси шарифда “Қиёматга яқин болаларни тарбиялаш кўппакларни тарбиялашдан ҳам қийинлашиб кетади”, дейилган. Бу аксиома эканлигига иймон келтириб турибмиз холос. Туну-кун телевизор тагида сериал кўришдан бўшамайдиган, кўчама-кўча, бозорма-бозор юриб, бўш вақтини бошқалар қадамини ўлчаш билан ўтказадиган оналар тарбиялаган болаларни ўқитиш муаллим учун жазо холос.
ушбу постни улашишда   кўмаклашинг ҳурматли ҳaмкacблар.

Kodekslar va Qonunlar

01 Nov, 20:03


Fuqarolik huquq va burchlari qanday asoslarga ko’ra vujudga keladi?

Ma’lumki, FK ning 8-moddasiga muvofiq fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.

📝Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:

1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo’lmasa-da, lekin unga zid bo’lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;

2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hujjatlaridan;

3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;

4) qonun yo’l qo’yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;

5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;

6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;

7) asossiz boyib ketish natijasida;

8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;

9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog’laydigan hodisalar natijasida.

Davlat ro’yxatidan o’tkazilishi shart bo’lgan mol-mulkka bo’lgan huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, unga bo’lgan tegishli huquqlar ro’yxatdan o’tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

31 Oct, 16:38


Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rishda qatnashadigan sud majlisi ishtirokchilari tarkibi qonunda qat’iy belgilangan bo‘lib, jinoyat ishini mazmunan ko‘rishda qatnashadigan sud majlisi ishtirokchilari tarkibidan birmuncha farq qiladi.

Qonunga ko‘ra, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

Bunday iltimosnomani sud majlisida ko‘rishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining qonuniy vakili va surishtiruvchi, tergovchi ishtirok etishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda sud majlisiga surishtiruvchi, tergovchi taklif qilinishi mumkin.

Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma prokuror, ayblanuvchi va himoyachi ishtirokida ko‘riladi. Bunday iltimosnomani sud majlisida ko‘rishda surishtiruvchi, tergovchi ham ishtirok etishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda sud majlisiga surishtiruvchi, tergovchi taklif qilinishi mumkin.

JPK 20, 51-moddalarida nazarda tutilgan hollarda sud majlisida tarjimon va himoyachining ishtiroki ta’minlanishi shart. Iltimosnomani ko‘rishda boshqa shaxslarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

31 Oct, 16:27


O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 4,1 kg dan og‘ir bo‘lmasligi, shuningdek ular aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga jalb etilmasligi lozim.

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ish vaqtining uchdan bir qismi yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, qo‘lda yuk ko‘tarish va tashish normalarining chegarasi: o‘g‘il bolalar uchun — 6,5 kg, qiz bolalar uchun — 3,5 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim.

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ish vaqti faqat yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlardan iborat bo‘lganda, ular uchun yuk ko‘tarish va tashish normasining chegarasi 2 kg dan og‘ir bo‘lmasligi lozim.

O‘n olti yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga aravacha va vagonetka yordamida yuk tashishlariga ruxsat etilmaydi.

Asos: https://lex.uz/docs/-1479061

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

31 Oct, 10:43


Advokatlik haqida

Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqini bеruvchi litsеnziyani bеlgilangan tartibda olgan O‘zbеkiston Rеspublikasining fuqarosi O‘zbеkiston Rеspublikasida advokat bo‘lishi mumkin.

Bеlgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati chеklangan dеb topilgan, shuningdеk sudlanganlik
holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Advokat hakamlik sudlarida ham faoliyat yuritadi.

Advokatlik faoliyatini litsеnziyalash tartibi O‘zbеkiston Rеspublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan bеlgilanadi.

Qonunga ko‘ra advokatlar quyidagi turdagi yuridik xizmatlarni ko‘rsatadilar:

– yuridik masalalar bo‘yicha maslahat berish va tushuntirish, qonunlar bo‘yicha og‘zaki va yozma ma’lumotlar berish;

– fuqarolik hamda ma’muriy huquqbuzarlik ishlari bo‘yicha sud va davlat organlarida vakillik vazifasini bajarish;

– dastlabki tergov va sudda jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachi, jabrlanuv chilar, fuqarolik ishlari bo‘yicha davogar va javobgarlarning vakillari
sifatida qatnashish. Yana bir qator harakatlarni olib borishi mumkin.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

31 Oct, 10:28


Notarial idoralari vazifalari quyidagilar hisoblanadi

bitimlarni va vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
• er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi va
mеrosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma bеradi;
mеros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
• hujjat nusxa va ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi;
hujjatning to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
• hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
ko‘chmas mulk sotib olinganligi haqida guvohnoma bеradi;
• fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; fuqaroning muayyan
joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; fuqaroning fotosuratda aks
ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; hujjatlar taqdim etilgan
vaqtni tasdiqlaydi;
pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni dеpozitga qabul qilib oladi;
• hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
pul to‘lash uchun chеklarni taqdim etadi va chеklar bo‘yicha pul
to‘lanmaganligini tasdiqlaydi.


@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

30 Oct, 15:09


⚡️Oʻzbekistonda 2025-yili MMTV byudjetdan eng ko‘p mablagʻ olishi maʼlum qilindi

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi — 59,5 trln soʻm (46 trln 647 mlrd 414,5 mln*);

2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6,6 trln soʻm (6 trln 130 mlrd 330 mln soʻm);

3. Sogʻliqni saqlash vazirligi — 5,1 trln soʻm (4 trln 587 mlrd 244,7 mln soʻm);

4. Madaniyat vazirligi — 1 trln 172 mlrd soʻm (1 trln 100 mlrd 445,3 mln soʻm);

5. Sport vazirligi — 1 trln 135 mlrd soʻm (1 trln 768 mlrd 859,2 mln soʻm);

6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — 1 trln 992 mlrd (1 trln 795 mlrd 563,6 mln soʻm);

7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi — 1 trln 794 mlrd soʻm (1 trln 711 mlrd 199,8 mln soʻm);

8. Suv xoʻjaligi vazirligi — 10,4 trln soʻm (10 trln 440 mlrd 149 mln soʻm);

9. Energetika vazirligi — 123 mlrd soʻm (242,6 mlrd soʻm);

10. Transport vazirligi — 6,7 trln soʻm (6 trln 185 mlrd 909,4 mln soʻm);

11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi — 927 mlrd soʻm (816 mlrd 763 mln soʻm);

12. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi — 1 trln soʻm (939 mlrd 085,7 mln soʻm);

13. Raqobat qoʻmitasi — 12,6 mlrd (11 mlrd 552,3 mln soʻm);

14. Davaktiv — 12,1 mlrd soʻm (11 mlrd 360,3 mln soʻm);

15. Bandlik vazirligi — 733,2 mlrd soʻm(1 trln 121 mlrd 965,5 mln soʻm);

16. Statistika agentligi — 238,8 mlrd soʻm (257 mlrd 170,6 mln soʻm);

17. Tashqi ishlar vazirligi — 1 trln soʻm (874 mlrd 564,9 mln soʻm);u

18. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 1 trln 116 mlrd soʻm (1 trln 068 mlrd 205,5 mln);

19. Raqamli texnologiyalar vazirligi — 532,4 mlrd soʻm (313 mlrd 926,7 mln);

20. Adliya vazirligi — 322,5 mlrd soʻm (239 mlrd 289,8 mln

21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 95,9 trln soʻm (91 trln 928 mlrd 187 mln); 

22. Soliq qoʻmitasi — 169,4 mlrd soʻm (158 mlrd 416,7 mln soʻm);

23. Vazirlar Mahkamasi — 2 trln 184 mlrd (2 trln 27 mlrd 346,8 mln soʻm);

24. Prezident Adminstratsiyasi — 1 trln 673 mlrd (1 trln 599 mlrd 699,2 mln soʻm);

25. Senat — 127,3 mlrd soʻm (108 mlrd 465,2 mln);

26. Qonunchilik palatasi — 178,9 mlrd soʻm (1 trln 958 mlrd 940,2 mln (fond alohida);

27. Ombudsman — 18,6 mlrd soʻm (17 mlrd 938,3 mln);

28. Bosh prokuratura — 2 trln 732 mlrd soʻm (2 trln 112 mlrd 243,3 mln soʻm);

29. Oliy sud — 1 trln 804 mlrd soʻm (1 trln 703 mlrd 218,8 mln);

30. Konstitutsiyaviy sud — 12,9 mlrd soʻm (10 mlrd 683,4 mln);

31. Sudyalar Oliy kengashi — 53,7 mlrd soʻm (46 mlrd 768 mln);

32. Markaziy saylov komissiyasi— 29,4 mlrd soʻm (18 mlrd 298,9 mln);

33. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi — 75,4 mlrd soʻm (67 mlrd 762 mln soʻm);

34. Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz — 16,1 mlrd soʻm (14 mlrd 726 mln soʻm);

35. Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi — 350 mlrd soʻm (150 mlrd);

36. Fanlar akademiyasi — 446,8 mlrd soʻm (429 mlrd 943,7 mln);

37. Badiiy akademiya — 160,4 mlrd soʻm (140 mlrd 325,3 mln);

38. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi — 33,2 mlrd soʻm (30 mlrd 720,9 mln);

39. Hisob palatasi — 116 mlrd soʻm (106 mlrd);

40. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi — 685,5 mlrd soʻm (635 mlrd 623,9 mln);

41. Strategik islohotlar agentligi — 20,3 mlrd soʻm (38 mlrd 757,3 mln);

42. Din ishlari boʻyicha qoʻmita — 163,7 mlrd soʻm (42 mlrd 163,1 mln);

43. Madaniy meros agentligi — 177,3 mlrd soʻm (213 mlrd 588,3 mln);

44. Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 21 trln 139 mlrd soʻm (20 trln 274 mlrd 660,8 mln soʻm);

45. Oliy Majlis huzuridagi fond — 1 trln 277 mlrd soʻm;

46. Yoshlar ishlari agentligi — 456 mlrd soʻm;

47. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi — 105,7 mlrd soʻm;

48. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi — 95,7 mlrd soʻm;

49. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — 28,5 mlrd soʻm;

50. Atom energetikasi agentligi — 43,6 mlrd soʻm;

51. Energoregulyator — 3,1 mlrd soʻm;

52. Energoinspeksiya — 28,1 mlrd soʻm;

53. Agroinspeksiya — 9,3 mlrd soʻm;

54. Boshqa tashkilotlar — 49 trln 989 mlrd soʻm (44 trln 574 mlrd 256,5 mln soʻm).

💰Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat

Kodekslar va Qonunlar

29 Oct, 14:12


Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi

▪️ falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga — 3 oygacha;

▪️fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun — 6 oygacha.

❗️Ijodiy ta’tillar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

21 Oct, 14:03


#Mamuriy_kodeks

53-modda. Sanitariya qonunchiligini buzish

Sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

54-modda. Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish

Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

21 Oct, 03:28


1989-yil 21- oktabr ona tilimiz mustaqil boʻlgan kun. Bugungi kun katta bayram aslida. Chunki tili mustaqil boʻlmagan davlat oʻzini mustaqil man deb jar solishi befoyda. Toʻgʻrisi shaxsan men ona tilimni inglizlar tilidan qizgʻonaman, rashk qilaman. Sababini siz ham yaxshi bilasiz. Ona tilimga e'tibor yanada kuchayishini hamda jahonda oʻz boʻyini koʻrsata oladigan til boʻlishini tilab qolaman.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

20 Oct, 10:21


O'qituvchilar oylik maoshlari bugungi kunda qanchani tashkil etmoqda.

O'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchi - 3 mln 169 ming 623 so'm;

Oliy ma'lumotli o'qituvchi - 3 mln 390 ming 824 so'm;

Ikkinchi toifali o'qituvchi - 3 mln 796 ming 213 so'm;

Birinchi toifali o'qituvchi - 4 mln 230 ming 138 so'm;

Oliy toifali o'qituvchi - 4 mln 674 ming 594 so'm.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

20 Oct, 05:03


#Mamuriy_kodeks

VI bob. AHOLI SOG‘LIG‘INI SAQLASH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK

52-modda. Yengil tan jarohati yetkazish

Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan bo‘lsa, basharti ushbu Kodeksning 59²-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

20 Oct, 02:56


#Mamuriy_kodeks

51⁷-modda. Saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko‘rish va saylov yoki referendum o‘tkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish

Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan axborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko‘rish va saylov yoki referendum o‘tkazish jarayonida qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

51⁸-modda. Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish

Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

51⁹-modda. Jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish

Jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

51¹⁰-modda. Saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish tartibini buzish

Saylov komissiyasi yoki referendum o‘tkazuvchi komissiya a’zosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

51¹¹-modda. Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish

Saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari to‘g‘risidagi oraliq yoki yakuniy hisobotni siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

18 Oct, 13:29


#Mamuriy_kodeks

51⁴-modda. Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish

Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

51⁵-modda. Saylovoldi tashviqotini, referendumga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini buzish

Saylovoldi tashviqotini, referendumga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaxs tomonidan buzish, —

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

51⁶-modda. Nomzodlar, siyosiy partiyalar to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish

Saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya to‘g‘risida ataylab yolg‘on ma’lumotlarni e’lon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

18 Oct, 13:25


V¹ bob. SAYLOV VA REFERENDUMNI TASHKIL ETISH HAMDA O‘TKAZISH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK

51²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga to‘siqlarni yuzaga keltirish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


51³-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, xuddi shuningdek ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishni g‘ayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

18 Oct, 05:22


#Mamuriy_kodeks

51-modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash

Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

51¹-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan moneliksiz foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek mehmonxonalarning mulkdorlari tomonidan umumiy xonalar fondining kamida bitta xonasini o‘rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlash bo‘yicha talablarni bajarmaganlik, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

17 Oct, 11:35


#Mamuriy_kodeks

50¹-modda. Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Mansabdor shaxs tomonidan xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘z faoliyati haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etmaslik, xuddi shuningdek ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish yoki ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini buzish, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

17 Oct, 06:45


#Mamuriy_kodeks

50-modda. Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) mavjud bo‘lgani holda asossiz ravishda rad etish, shuningdek ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish o‘rinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

15 Oct, 11:10


#Mamuriy_kodeks

49³-modda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

49⁴-modda. Xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish

Xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

15 Oct, 09:00


#Mamuriy_kodeks

49¹-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish

Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

49²-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

15 Oct, 07:15


#Mamuriy_kodeks

49-modda. Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bundan bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish mustasno, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

15 Oct, 02:00


#Mamuriy_kodeks

48-modda. Vasiylik huquqini suiiste’mol qilish

Vasiylikka olinganning zarariga g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab vasiylikdan yoki homiylikdan foydalanish yoki uni nazoratsiz va zarur moddiy yordamsiz qoldirish —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

14 Oct, 17:24


Тоифа тестлари
29 октябрь куни бошланади.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

14 Oct, 06:48


#Mamuriy_kodeks

47⁸-modda. Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish

Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantirish, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

14 Oct, 06:46


#Mamuriy_kodeks

47⁷-modda. Ota-onaning o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi

Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda yoxud ular o‘z ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Oct, 06:42


#Mamuriy_kodeks

47⁶-modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilganligi haqidagi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan o‘ttiz kunlik muddat belgilagan holda sud mazkur ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning zimmasiga bolani chet davlat hududidan O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish majburiyatini yuklatadi. Otaning, onaning yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning yoxud hamrohlik qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra mazkur muddat yana o‘ttiz kunga uzaytirilishi mumkin.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

12 Oct, 06:39


#Mamuriy_kodeks

47⁵-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash

Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, —

o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy jazolarning mazkur turlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

@SattorovFL

Kodekslar va Qonunlar

11 Oct, 16:12


#Mamuriy_kodeks

47⁴-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash

Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik, —

o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy jazolarning mazkur turlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

@SattorovFL