Jizzax viloyati sporti @jizzaxsporti Channel on Telegram

Jizzax viloyati sporti

@jizzaxsporti


Jizzax viloyati sport boshqarmasining rasmiy telegram kanali.

Admin: @komilov1025, @Norqoziyev92

☎️ +99872 226-34-35

📧 [email protected], [email protected]

🏢 Jizzax shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi, 64

Jizzax viloyati sporti (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizga Jizzax viloyati sporti telegram kanalini taklif qilamiz. Bu kanal Jizzax viloyati sport boshqarmasining rasmiy telegram kanalidir. Kanalda sport sohasidagi yangiliklar, tadbirlar va tajribalar haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin. Kanal administratorlari @komilov1025 va @Narquziyev bo'lib, ular bilan bog'lanish uchun 👉 +99872 226-34-35 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Agar savollar yoki takliflar bo'lsa, iltimos, [email protected] yoki [email protected] pochtalari orqali ularga xabar yuboring. Bizni manzilimiz: Jizzax shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi, 64. Siz ham sport sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling va faol hissa qo'shing! Sog'inch sifatida, darhol kanalga a'zo bo'ling! 🏅🏋️‍♂️🏀⚽️🏌️‍♀️

Jizzax viloyati sporti

19 Feb, 11:40


Joriy yilning 12-16-fevral kunlari Toshkent shaxrida joylashgan universal sport majmuasida bo‘lib o‘tgan sportning qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Jizzax viloyati Baxmal tuman sport maktabidan 6 nafar spotchi o‘quvchilar ishtirok etib shulardan ikki nafari yani Xudoyberdiyev Shaxriyor va Xayitov Ozodbeklar faxrli I-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

19 Feb, 07:41


#EʼLON
#Oʼquv_kursga_⚽️

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ommaviy va professionlar futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qaori ijrosini ta'minlash, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining bitiruvchilarini qo'llab-quvvatlash loyihasini amalga oshirish maqsadida.
⚽️ Jizzax viloyati futbol akademiyasi U-18 bitiruvchi guruhi va futbol yo'nalishida ishlovchi yoshlarga futbol akademiya tahlilchi-murabbiyi Ergashev Doston Baxtiyor o'g'li joriy yilning mart oyidan boshlab, o'quv-kursiga taklif qiladi.

☎️ Murojat uchun telefon:+998915987141

📮Manzil: Jizzax shahri, Jizzaxlik MFY, X.Nosirov ko'chasi 5-uy (Jizzax viloyat futbol akademiyasi)

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

19 Feb, 06:09


Миллий либос – ҳар бир миллатнинг юзи! 🇺🇿
Ҳар бир халқнинг миллий либоси уларнинг ўзига хослиги ва қадриятларини ифодалайди.

Jizzax viloyati sporti

19 Feb, 06:09


Миллий либосдаги рамзлар маъносини биласизми? 🇺🇿
Ҳар бир нақш, ҳар бир ранг ва безакларда аждодларимизнинг чуқур маънолари мужассам.

Jizzax viloyati sporti

19 Feb, 06:09


Миллий либос – ҳар бир байрамнинг безаги!🇺🇿
Тўйлар, миллий байрамлар ва тантаналарда миллий либос кийиш – анъаналаримизга садоқатдир.

Jizzax viloyati sporti

19 Feb, 06:09


Миллий либос – миллий ифтихор! 🇺🇿
Миллий кийимларимиз аждодларимизнинг маданияти, анъаналари ва ҳаёт тарзи акс этган бебаҳо бойликдир. Уларни кийиб юриш – миллий ифтихор рамзи!

#миллий_либослар_миллий_қадриятлар_безаги

Jizzax viloyati sporti

19 Feb, 05:29


Jizzax viloyati Yangiobod tuman Taekvondochi yoshlar BAAning Fujayra shahrida Taekvondo WT sport turi boʻyicha G2 tasnifidagi "Fujayra Open-2025" musobaqasida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

Yangiobod tuman sport maktabi spotchi o‘quvchilari
Fayzullayev Feruzbek hamda
Isroilov Amirbeklar 2-o’rinni egallab kumush medalni,
Zikirov Otabek 3-o’rinni egallab bronza medalni qo'lga kiritdilar.
❇️ Shuningdek, Toshkent shahrida sportning Boks turi bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionati musobaqasida Yangiobod tumanidagi 5- maktab o'quvchisi
Ulug'bekova Malika faxrli 3-o'rinni egalladi va kichik o'smir qizlar milliy terma jamoasi a'zolari safidan joy olib, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.
⚡️ Bugun tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev ushbu sportchi yoshlar hamda ularning murabbiylari bilan uchrashib, tashakkurnoma va esdalik sovg'alarini topshirdi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

08 Feb, 11:54


#Futbol

"Futbolimiz kelajagi sening qo'lingda!"

📅 2025-yil 8-fevral kuni Jizzax viloyati Arnasoy tuman 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabinig 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
⚽️ Ushbu sport tadbiri o‘quvchilarning futbolga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoaviylikni shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

⚽️ Musobaqada 5-sinfning 4 ta jamoasi ishtirok etdi:

🏆 Qiziqarli va shiddatli bahslar natijasida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇 1-o‘rin – 5-"D" sinf jamoasi
🥈 2-o‘rin – 5-"E" sinf jamoasi
🥉 3-o‘rin – 5-"A" sinf jamoasi
🏅 4-o‘rin – 5-"B" sinf jamoasi

🏅 Sovrindor jamoalar maktab ma’muriyati tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.

⚽️ Maktab sporti – kelajak yulduzlari maydoni!

Futbol – jamoaviylik, chidamlilik va iroda timsoli!

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

08 Feb, 11:52


Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov Xitoyning Xarbin shahrida o‘tkazilayotgan IX qishki Osiyo o‘yinlari doirasida CNSG kompaniyasi boshqaruvi raisi Wang Ning va ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida Toshkent shahrida bunyod etilayotgan Olimpiya shaharchasini eksplutatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Joriy yilning 1 mart sanasiga qadar Olimpiya shaharchasi bino va inshootlarini o‘rganish ishlarini tashkil etish maqsadida kompaniya vakillari O‘zbekistonga taklif etildi.

Shuningdek, Sport vaziri qurilish ishlari yakunlangunga qadar eksplutatsiya qilish tartiblari hamda kelgusida Olimpiya shaharchasini o‘z-o‘zini moliyalashtirish tizimiga o‘tishini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi va yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi muhimligini ta’kidladi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Jizzax viloyati sporti

08 Feb, 04:08


🏆 Jahon kubogida sportchilarimizning yorqin ishtiroki!

📅 2025-yil 30-yanvar–7-fevral kunlari Toshkent shahrida armrestling sport turi bo‘yicha U-13, U-15, U-16, U-18, U-19, U-23 hamda kattalar o‘rtasida Jahon kubogi musobaqasi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
❇️ Ushbu nufuzli musobaqada Jizzax viloyati Arnasoy tuman sport maktabidan 4 nafar sportchimiz qatnashdi va munosib natijalarni qo‘lga kiritdi!
❇️ U-19–U-23 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida:
❇️ Abduraimova Kamola – 50 kg vaznda chap va o‘ng qo‘lda 2-o‘rin sohibi!
❇️ Musobaqa yakunida barcha sportchilar Jahon Armrestling Federatsiyasi va Sport vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda medallar bilan taqdirlandi.

❇️ Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

22 Jan, 06:46


⚡️Joriy yilning 19-26 yanvar kunlari Jizzax shahridagi "Kibersport arenasi"da sportning qilichbozlik turining "Shpaga" yo‘nalishining jamoaviy, kichik o'smirlar (U-13 o'g'il bolalar va qizlar) o'rtasida O'zbekiston chtmpionati 3-kun davom etmoqda.
❇️ 2-kun yakuniy natijalarga ko‘ra.

O‘g‘il bolalar
🥇 Andijon viloyati
🥈 Buxoro viloyati
🥉 Navoiy viloyati
🥉 Farg‘ona viloyati

Qizlar
🥇 Qoraqalpog‘iston res
🥈 Navoiy viloyati
🥉 Buxoro viloyati
🥉
Andijon viloyati jamoalari o‘rinlarni egallashdi.

Medallarni qo‘lga kiritishdi va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

22 Jan, 06:07


Joriy yilning 21-yanvar kuni Jizzax viloyat Gimnastika sport turiga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori. Vohid Xamroqulov boshchiligidagi ishchi guruh G‘allaorol tuman hududidagi umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari faoliyatini  o‘rgandi.
❇️ O‘rganish davomida Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini  kasbiy faoliyatini rivojlantirish, ularning dars o‘tishlariga yaratilgan shart-sharoitlar va kamchiliklar bilan tanishdilar.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

22 Jan, 05:10


🎉 MOQ 33 yoshda!

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi oʻz faoliyatini boshlaganiga roppa-rosa 33-yil toʻldi. Oʻzbekiston MOQ 1992-yil 21-yanvar kuni tashkil etildi. 1993-yil Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 101-Sessiyasida rasman tan olingach, mamlakatimiz 8 ta yozgi va 8 ta qishki Olimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etdi. Qoʻmitamiz ortda qolgan davr mobaynida diyorimizda olimpizmning pok va ezgu qadriyatlarini, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish yoʻlida faoliyat olib bormoqda.

Hurmatli Vatandoshlar, mamlakatimizdagi olimpiya harakati ishtirokchilari, sportchi va murabbiylar, Sizlarni bugungi sana munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz
!

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

21 Jan, 20:09


#БРИФИНГ

Жорий йилда  оммавий спорт мусобақаларида аҳоли қамровини 527 минг нафарга етказиш режалаштирилган

Бу ҳақда брифингда Жиззах вилояти Спорт бошқармаси Ахборот хизмати раҳбари Хусан Комилов маълум қилди.

❇️ 2024 йил давомида “Беш ташаббус олимпиадаси” доирасидаги оммавий спорт мусобақаларида спорт турлари қамрови 2023 йилдаги 11 тадан 13 тага ногиронлиги бўлган шахслар ўртасида 4 тадан 7 тага етказилди.

❇️ Аҳолининг кенг қатламлари, айниқса ёшларни оммавий спорт тадбирларига жалб қилиш орқали 427 минг нафардан ортиқ ёшлар қамраб олинди.

❇️ Спорт вазирлиги томонидан аҳолининг барча қатламларини спортга қизиқтириш мақсадида 11 та ёш тоифаси бўйича аҳолининг жисмоний тайёргарлигини баҳолаш тизими жорий этилди.

❇️ Бунинг учун алоҳида электрон платформа ишга туширилиб, жами 101 минг 200 нафар аҳолидан ихтиёрий ва махсус талаблар бўйича спорт синовлари қабул қилинди.

Jizzax viloyati sporti

21 Jan, 20:09


#БРИФИНГ

❇️ Спорт синовларининг махсус талабларини муваффақиятли топширган жами 724 нафар фуқаролар “Жисмоний тайёргарлик даражаси” кўкрак нишонлари ҳамда спорт синовларининг ихтиёрий талабларини муваффақиятли топширган 271 нафар фуқаролар спорт формалари билан тақдирланди.

❇️ Шунингдек, вилоятдаги 19 та спорт таълим муассасаларида адаптив спорт турлари бўйича 81та спорт гуруҳларида 295 нафар жисмоний имконияти чекланган ва ногиронлиги бўлган шахсларнинг спорт билан мунтазам шуғулланишлари учун шароит яратилди.

❇️ Олимпия спорт турлари бўйича жами 16 та спорт тадбирлари, шундан 16 та Ўзбекистон чемпионати ва кубоклари бўлиб ўтди.

❇️ Олипия ва паралимпия ўйинларида 1 та кумуш медали.

❇️ Йил давомида олимпия дастурига киритилган 14 та спорт тури бўйича ўтказилган Жаҳон чемпионатларида жами 2 та, шундан, 1 та кумуш ва 1 та бронза медаллари қўлга киритилди.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

19 Jan, 04:17


Президент Абдуқодир Ҳусанов ҳақида илиқ фикрлар эшитди

Абдуқодир Ҳусанов билан боғлиқ эксклюзив

Унинг “Манчестер сити” клубига ўтишига Абу Даби валиаҳд шаҳзодаси Шайх Холид ибн Муҳаммад Ол Наҳаён ва Ўзбекистон раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг муносабати.

Telegram | Instagram | YouTube | Web sayt

Jizzax viloyati sporti

08 Jan, 08:09


Jizzax shahrida joylashgan "Yangi O‘zbekiston" massivida Kurash mahorat maktabida qurilish jarayonlari davom etmoqda.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

08 Jan, 07:37


Jizzax viloyati sport obʼektlarida  qish mavsumi davomida isitish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash
maqsadida Sport boshqarmasi boshlig'i J.O'ktamov Arnasoy, Do'stlik tuman sport maktablaridagi qozonxonalar holati bilan tanishildi.
❇️ O'rganish davomida
aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda barataraf etish bo'yicha tegishli mas'ullarga 
vazifalar berildi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

07 Jan, 11:28


🥲 «Жисмоний тайёргарлик даражаси» спорт синовлари 2024 йилдаги қамров

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

07 Jan, 10:25


#Vatanparvarlik_oyligi

Joriy yilning 6-yanvar kuni Jizzax garnizonidagi harbiy qismda okrug maʼsul ofitserlari, faxriylar kengashi, Oʻzbekiston yoshlari ittifoqi viloyat kengashi hamda milliy sportimiz bo‘lgan O‘zbek jang Sanʼati murabbiy va  sportchi yoshlar ishtirokida Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga ona Vatanni sevish va uni ardoqlash muqaddas burch ekanini chuqur singdirish hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan  Osiyo va jahon chempionlari bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri"shiori ostida uchrashuv o'tkazildi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

31 Dec, 18:59


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Jizzax viloyati sporti

31 Dec, 13:45


ASSALOMU ALAYKUM BARCHANI KIRIB KELAYOTGAN YANGI 2025-YIL BILAN TABRIKLAYMAN. BARCHAGA OMAD VA BAXT OLIB KELSIN!

Jizzax viloyati sporti

31 Dec, 04:28


Жиззах вилоят Ғаллаорол туманида Кураш байрами.

🤼‍♀️Спорт мусобақалари орқали ўқувчиларнинг иродаси ўз кучи ва имкониятига бўлган ишончини мардлик ва ватанпарварлик ҳамда юртга садоқат туйғуларини камол топтириш мақсадида Ғаллаорол тумани 1-сон Спорт мактабида спортнинг Кураш тури бўйича "Прокурор кубоги" мусобақаси бўлиб ўтди.
🫥Мусобақада Самарқанд вилояти Жомбой тумани, Қашқадарё вилояти Нишон тумани, Сирдарё вилояти Мирзаобод тумани, Фориш тумани, Зафаробод тумани, Дўстлик тумани, Зарбдор тумани, Жиззах Олимпия ва Паралимпия спорт турларига тайёрлаш маркази ҳамда Ғаллаорол тумани ўсмирлари ғолиблик учун беллашдилар.
➡️Мусобақада жами 200 нафар яқин спортчилар иштирок этишди.
Умумжамоа ҳисобида:
🥇Ғаллаорол тумани 1-ўрин
🥈Дўстлик тумани 2-ўрин
🥉Сирдарё вилоятиМирзаобод тумани ҳамда Зафаробод тумани жамоалари 3-ўринларни эгаллашди.
🟡Ғолиб бўлган спортчиларга диплом, медал ва қиммабаҳо совғалар билан тақдирландилар.


Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

29 Dec, 10:20


Sport vaziri Adkham Ikramov Shaxmat akademiyasi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi

Taqdimot davomida Shaxmat akademiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida Sport vaziri tomonidan Shaxmat akademiyasini rivojlantirish va yosh shaxmatchilarimizning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Jizzax viloyati sporti

29 Dec, 10:18


Hurmatli kanalimiz obunachilari!

Ortda qolayotgan 2024 yilda mamlakatimiz sport sohasida ulkan yutuqlar qoʻlga kiritildi.

Sportchilarimiz Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida, nufuzli xalqaro musobaqalarda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Ushbu yangiliklarni xalqimizga oʻz vaqtida yetkazib, ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilib kelayotgan Sport vazirligi Axborot xizmati faoliyatiga quyidagi havola orqali xolis baho bering.

Sizning ovozingiz biz uchun muhim !!!

Jizzax viloyati sporti

27 Dec, 13:55


Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan xabar olindi.

Jizzax viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i J. O‘ktamov boshchiligida Yangi yil bayram 🎄munosabati  bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi va sovg‘alar topshirildi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

27 Dec, 06:56


Jizzax viloyati sporti pinned «Спорт вазирлик матбуот котибини қўллаб қувватланг https://t.me/uzdiplomat/9731»

Jizzax viloyati sporti

27 Dec, 06:06


Спорт вазирлик матбуот котибини қўллаб қувватланг
https://t.me/uzdiplomat/9731

Jizzax viloyati sporti

27 Dec, 06:05


https://t.me/uzdiplomat/9731

Jizzax viloyati sporti

27 Dec, 04:36


⚽️ Жиззах футбол академиясида захира номзод футболчилар сараланди.

Жиззах футбол академиясида жорий йилнинг 25- декабр куни 2013-2014 йилда тугулган номзод футболчилар куриги бўлиб ўтди.
❇️ Йил мобайнида сараланган иктидорли болаларни орасида энг иктидорли 20 нафар номзод футболчилар академиянинг тажрибали тренерлари, академия спорт директори ҳамда селекционер тренер томонидан саралаб олинди ва захира руйхати шакиллантирилди.
❇️ Саралаш, танлаб олиш ишлари давом эътмоқда.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

30 Nov, 17:01


Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida Iste’dodli yoshlar maydoni!

🏆 O‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning "FUTBOL" turidan tuman bosqichi Mirzacho‘l tuman sport maktabi futbol maydonida bo‘lib o‘tdi.

📃 Yakuniy natijalarga ko'ra g'oliblar viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar. 

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

30 Nov, 16:56


Jizzax shahrida “Istedodli yoshlar maydoni” musobaqalarining shahar bosqichi g’oliblari taqdirlandi.

📑Taqdirlash tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbirda Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov va sektor rahbarlari ishtirok etib, g’oliblarga esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlarni topshirdilar.

🔍Mazkur tadbir yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va ularga o‘z salohiyatlarini namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etilgan. G’oliblar o‘zlari ishtirok etgan yo‘nalishlarda yetakchilik qilganlari uchun alohida e’tirof etildi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

30 Nov, 09:55


🔰 Jizzax viloyati Yangiobod tumani Sport maktabi markaziy o'yingohida Jizzax tajribasi "Iste’dodli yoshlar maydoni" loyihasi asosida tashkil etilayotgan tanlov va musobaqalar doirasida mahalla yoshlari o'rtasida "Yosh futbolchilar" sport musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqada Yangiobod tuman prokurori Sh. Salimov, Sport maktabi direktori A.O'rinboyev va Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i A.Turdiqulovlar ishtirok etishib, sektor bosqichi g'oliblariga tuman bosqichida omad tilashdi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra.

🥇-o'rinni Sovot mahallasi;
🥈-o'rinni Do'stlik mahallasi;
🥉-o'rinni Xo'jamushkent mahallasi
yoshlari egallashdi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

28 Nov, 10:43


Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida sayyor qabul oʻtkazildi.

Bugun Jizzax viloyati sport boshqarmasi boshlig'i Jaloliddin O'ktamov. G‘allaorol tuman sport maktabining muammo va takliflarini oʻrganish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.

🗓 Sayyor qabul davomida bildirilgan taklif va muammolarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.  
Bir qator muommolar o'z joyida bartaraf etildi.

kanaliga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

28 Nov, 07:38


Jizzax viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i J.O‘ktamov boshchiligida G‘allaorol tuman sport maktabida barpo etilayotgan sport majmuasi ko‘zdan kechirildi hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib chiqildi.
Shundan so‘ng Yangi O‘zbekiston massivida joylashgan Kurash mahorat maktabida qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishib o‘z ko‘rsatmalari va takliflari bildirildi.
📌 Rejalashtirildi ! Paxtakor, Do‘stlik hamda Mirzacho‘l tuman sport maktablarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishlar davom etishi ta'kidlandi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

28 Nov, 06:09


Diyor yangiliklari

Zominda kattalar o'rtasida kurash bo'yicha Xalqaro ochiq turnir tashkil etildi

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

28 Nov, 06:09


Diyor yangiliklari

viloyat huquq-tartibot organlari xodimlari sportning mini futbol turi bo'yicha bellashishdi

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

22 Nov, 15:29


Sport 24
#22nov #uzbekiston24

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

22 Nov, 13:28


🇺🇿🥋O‘zbekiston milliy olimpiya qomitasi raisi o`rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Jizzax viloyati Sport boshqarmasi boshlig'i, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi Jizzax viloyati bo'limi raisi Jaloliddin O'ktamov bilan birgalikda murosasiz bahslarni kuzatib bormoqda...

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

22 Nov, 13:26


Qozogʻiston poytaxti – Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “Qoʻl jangi boʻyicha Jahon Kubogi” uchun musobaqasida Oʻzbekiston “Qoʻl jangi” terma jamoasi sportchilari faxrli 1-oʻrinni egallashdi. Nufuzli ikkinchi oʻrinni Qozogʻiston jamoasi, uchinchi oʻrin esa Belarus Respublikasi sportchilariga nasib qildi.
Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qoʻl jangi federatsiyasi rahbariyati hamda barcha sportchilari nomidan gʻalabani qoʻlga kiritgan terma jamoamiz hamda ularning murabbiylarini samimiy muborakbod etamiz. Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham gʻalaba va omad doim yor boʻlishini tilab qolamiz.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

22 Nov, 12:05


Diyor yangiliklari

Jizzaxda dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bahslari start oldi

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

22 Nov, 11:19


Jizzax viloyati Paxtakor tumanida ”Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida idora va tashkilotlar xodimlari o’rtasida sportning "Mini-futbol" turidan musobaqaning tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:

1-o'rin Paxtakor tuman Yoshlar ishlari agentligi jamoasi
2-o'rin Paxtakor tuman Xalq banki jamoasi
3-o'rin Paxtakor tuman Hokimligi jamoasi

🏆G'olib va sovrundorlarga ma'sullar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

20 Nov, 14:04


#ELON

Jizzax shahrida sportning DZYUDO turi bo‘yicha "O‘zbekiston chempionati" bo‘lib o‘tadi.

Barcha ishqibozlarni taklif qilamiz!

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

20 Nov, 08:07


🔰Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Оила ва хотин-қизларни тизимли қўллаб-қувватлашга доир ишларни янада жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” 2022 йил 7 мартдаги ПФ-87-сон Фармони ижросини таъминлаш, шунингдек хотин-қизлар ўртасида спортнинг шахмат, шашка, стол теннис ва волейбол турларининг оммавийлигини ошириш, хотин-қизлар орасида иқтидорли спортчиларни саралаб олиш тизимини такомиллаштириш мақсадида тумандаги 1-умумтаълим мактаби спорт залида туман маҳаллаларидаги хотин-қизлар ўртасида мусобақалар ўтказилди.

Мусобақаларда Спортнинг Волейбол тури бўйича
1- ўрин Мирзадала МФЙ,
2-ўрин Пахтазор МФЙ,
3-ўрин Дўстлик МФЙ хотин-қизлари жамоаси ғолибликни эгаллаган бўлса, яккалик баҳсларда ҳам ғолиблар аниқланиб, туман ҳокимининг диплом ва фахрий ёрлиқлари, эсдалик совғалари, пул мукофотлари билан рағбатлантирилди.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

16 Nov, 11:33


Jizzax viloyati Forish tumanida 1-sektor hududida joylashgan mahallalarda istiqomat qiluvchi 16-30 yoshgacha bo'lgan  yoshlar o'rtasida, Jizzax tajribasi asosida "Iste'dodli yoshlar maydoni" loyihasi doirasida Futbol sport musobaqasi o'tkazildi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

16 Nov, 09:26


#ELON

Jizzax shahrida sportning DZYUDO turi bo‘yicha "O‘zbekiston chempionati" bo‘lib o‘tadi.

Barcha ishqibozlarni taklif qilamiz!

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

15 Nov, 16:09


Jizzax viloyati Zarbdor tumanida Maktabgacha va maktab vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari o‘g‘il va qiz o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiyadasi" doirasida "Quvnoq startlar" viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:

1-o'rin Zarbdor tumani
2-o'rin Do‘stlik tumani
3-o'rin SH. Rashidov tumani.

🏆G'olib va sovrundorlarga ma'sullar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

15 Nov, 09:55


#Долзарб⚡️

🚨🚓 🚑 🚒 🚨

ЙҲҚнинг 26-бандига асосан:

Ҳайдовчилар тезкор ва махсус хизматларнинг кўк ёки қизил ёхуд кўк ва қизил рангли ялт-ялт этувчи маёқчалар ва махсус товушли ишораси ёқилган ҳолда яқинлашаётган транспорт воситаларига, шунингдек, уларнинг кузатувидаги, яқинни ёритувчи фара чироқлари ёқилган транспорт воситаларига йўл беришлари шарт.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

15 Nov, 05:50


Jizzax viloyati Yangiobod tumanida "Iste’dodli yoshlar maydoni" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

❇️ Jizzax tajribasi asosida "Iste’dodli yoshlar maydoni" loyihasi doirasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalar kalendar rejasiga muvofiq Yangiobod tumanida sportning "Shaxmat" turi bo`yicha sektor bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

02 Nov, 07:05


Diyor yangiliklari

Jizzaxda "Fijital festivali" tashkil etildi

Manba: Jizzax MTRK

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

02 Nov, 06:59


JIZZAX VILOYATI G‘ALLAOROL TUMANIDA "BARCHA REKORDLAR BIZNIKI" SPORT TADBIRLARI.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5282-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 2-noyabr kuni G‘allaorol tumani aholi va korxona, tashkilotlar ishchi xodimlari o‘rtasida “Barcha rekordlar bizniki” shiori ostida piyoda yurish marafoni, badantarbiya mashqlari, workout hamda Skandinavcha yurish bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
  Bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad keksa yoshdagi hamda yoshlarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga keng jalb etish va ularni jismoniy chiniqtirishdan iborat.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

30 Oct, 13:49


Ахborot 24 | Kamondan otish bo’yicha musobaqa
#30oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Jizzax viloyati sporti

30 Oct, 07:36


Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida tibbiyot birlashmasi hodimlari o‘rtasida ertalabki badantarbiya bo‘lib o‘tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Sog'lom turmish tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'irisida"gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taminlash maqsadida Do'stlik tumani tibbiyot birlashmasi davolanuvchilari o'rtasida ertalabki badantarbiya bo‘lib o‘tdi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

30 Oct, 07:29


ЭЪЛОН!!!

Жиззах вилояти Пахтакор спорт спорт мактабига қарашли
25 х 11 “Ёпиқ сузиш ҳавзаси” Давлат–хусусий шериклик шартлари асосида иш таклиф қилади.

“Ёпиқ сузиш ҳавзаси” да барча қулайликлар мавжуд бўлиб, 1 та сузиш ҳавзасидан иборат. Унда ёш болалар учун ва катталар учун сузиш ҳавзаси мавжуд. Ёпиқ сузиш ҳавзасида кутиш зали, душ, кийиниш хоналари, рўйхатга олиш жойлари мавжуд.

Батафсил маълумот олиш учун 99-062-36-75 рақами орқали боғланишингиз мумкин.

Jizzax viloyati sporti

30 Oct, 07:24


Bugun Jizzax viloyatida velosportning BMX-reysing (velo-motokross) yo'nalishi bo'yicha kattalar, yoshlar, o'smirlar hamda kichik o'smirlar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqasining ilk kun doirasida barcha yosh toifalarida "Klassik" poygalariga start berildi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

30 Oct, 06:09


E’LON!!!

Jizzax viloyati Zomin tumani sport maktabiga qarashli 25x11 o‘lchamli “Yopiq suzish havzasi” Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijaraga beriladi.

“Yopiq suzish havzasi”da barcha qulayliklar mavjud bo‘lib, 1 ta suzish havzasidan iborat. Unda yosh bolalar uchun va kattalar uchun suzish havzasi mavjud. Yopiq suzish havzasida kutish zali, yuvinish xonalari, kiyinish xonalari, ro‘yxatga olish joylari mavjud.

Batafsil ma’lumot olish uchun 93-854-70-96 raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Jizzax viloyati sporti

26 Oct, 12:24


Diyor yangiliklari

Qo'l to'pi bo'yicha O'zbekiston mahallalar uyushmasi kubogining viloyat bosqichi


Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

26 Oct, 12:24


Diyor yangiliklari

Yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi


Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

26 Oct, 12:07


🇺🇿🥋Jizzax viloyatida sportning dzyudo turi bo‘yicha kuchlilar saralandi.

⚡️Bugun kattalar o‘rtasidagi bolajak O‘zbekiston chempionati mezbonlari ham saralash bahslarini o‘tkazishdi.
Biroz avval yakuniga yetgan Jizzax viloyati chempionatida 100 nafarga yaqin dzyudochi jami 14 ta vazn toifasida tatamiga chiqdi.
Erkaklar va ayollar o’rtasidagi Jizzax viloyati chempionati g‘olib va sovrindorlari medal va diplom bilan birga 21-24-noyabr kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanmani qolga kiritishdi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

26 Oct, 12:05


Jizzax viloyatida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida "Bosh prokuror kubogi" bo‘lib o‘tdi

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

26 Oct, 11:34


⚡️Bugun Jizzax Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport zalida 🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning Stritbol turi bo‘yicha Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🟡 Musobaqada 22-30 yoshdagi 13 ta tuman-shaharlarda g‘olib bo‘lgan yoshlar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra
Qizlar
🥇 G‘allaorol tumani Nurafshon MFY
🥈 Arnasoy tumani Do‘stlik MFY
🥉Sh.Rashidov tumani Qo‘shko‘prik MFY

O‘g‘il bolalar
🥇 Paxtakor tumani Oq buloq MFY
🥈 G‘allaorol tumani Do‘stlik MFY
🥉 Do‘stlik tumani Chinobod MFY

🏆 G‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Kanalimizga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

19 Oct, 10:08


⚡️ Jizzax shahrida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha 16-21 yosh toifasida o‘tkazilgan musobaqaning viloyat bosqichi yakunlandi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra;

16-21 yosh (Qizlar)
🥇-o‘rin Sh.Rashidov tumani (Fayziobod mahallasi)
🥈-o‘rin G‘allaorol tumani  (Guliston mahallasi
🥉-o‘rin Mirzacho‘l tumani (G‘alaba mahallasi)

16-21 yosh (o‘g‘il bolalar)
🥇-o‘rin Zarbdor tumani (Navoiy mahallasi)
🥈-o‘rin Paxtakor tumani (Olmazor mahallasi)
🥉-o‘rin Mirzacho‘l tumani (Toshkent mahallasi)

🟡 G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

kanaliga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

18 Oct, 19:17


🇺🇿🥋Harbiylar o‘rtasida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionatining jamoaviy bahslarida medallar uchun bellashuvlarda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JAHON CHEMPIONI! Finalda Fransiya terma jamoasi 3:1 hisobida mag'lub etildi.
Ushbu chempionatda Jizzaxlik vakilamiz Isakova Sevinch jaxon chempioni bo‘lib o‘z xisobiga yana bir oltin medalni qo‘lga kiritib hissasini qo‘shdi.
Kelgusi ishlarida omadlar tilab qolamiz.

kanaliga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti

Jizzax viloyati sporti

18 Oct, 16:39


⚡️Jizzax viloyati Arnasoy tumanida sportning Regbi turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Arnasoy tuman sport maktabining sport maydonida Regbi-7 bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Respublika kalendar rejasiga muvofiq Jizzax viloyati kubogi o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada viloyatimizning 8 ta jamoalari ishtirok etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra
🥇 I-o‘rin Arnasoy sport maktabi
🥈 II-o‘rin Jizzax viloyati ISM yoshlari
🥉 III-o‘rin G‘allaorol tuman yoshlari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
🏆 G‘olib va sovrindor jamoalarga kubok, medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

🗒 Eslatib o‘tamiz, Regbi -7 turi bo‘yicha g‘olub jamoa yaniy Arnasoy tuman sport maktabi jamoasi Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

kanaliga a'zo bo'lish: ⬇️⬇️⬇️

https://t.me/Jizzaxsporti