Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ @sariosiyohokimligi Channel on Telegram

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

@sariosiyohokimligi


Sariosiyo tumani hokimligining rasmiy kanali

Web site: http://sariosiyo.uz/

Elektron pochta: [email protected]

Ishonch telefoni: +998 (76) 487-64-44, 1088

Yuridik manzili: Sariosiyo tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasi 1-uy.

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️ (Uzbek)

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati is the official Telegram channel of the Sariosiyo district administration. This channel provides residents with important information, updates, and announcements related to the Sariosiyo district. Users can stay informed about local government news, events, and services through this channel. Additionally, the channel shares contact information for the district administration, including their website, email address, and phone numbers. By following the Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati channel, community members can easily access relevant resources and stay connected with their local government. Stay updated and engaged with the latest news and developments in the Sariosiyo district by joining this informative Telegram channel today!

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Feb, 12:44


Sariosiyo tumani, Afrosiyob mahallasining infratuzilmasini yaxshilash va asfalt qoplamasi yotqizish ishlari davom etmoqda

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Feb, 12:43


Sariosiyo tumani, Afrosiyob mahallasining infratuzilmasini yaxshilash va asfalt qoplamasi yotqizish davom etmoqda

Xususan, Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari bilan birgalikda tumanning Afrosiyob mahallasining infratuzilmasini rivojlantirish, hududda olib borilayotgan asfalt qoplamasi yotqizish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, mas’ullarga amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kerakli ko‘rsatma va tegishli topshiriqlar belgilab berildi.

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Feb, 10:10


#jarayon

Sariosiyo tumani, Bog‘iston mahallasida aholi tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Feb, 08:35


🟢 Hurmatli fuqarolar!

💪Yashash xonadoningizni xavfsizligidan xavotirdamisiz?

Unda 📞1131 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va xonadoningiz xavfsizligini zamonaviy texnik vositalar hamda "aqlli uy" loyihasi orqali nazorat qiling.

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Feb, 08:13


#Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Surxondaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

🔹 Oltinsoy tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 20-hudud 1-uchastka Do‘g‘oba MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▫️2-hudud 2-uchastka Oqarbuloq MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▫️ 21-hudud 2-uchastka Xidirsho MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Angor tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi: Veterinariya bo'lim boshlig'i;

▫️ Moliya-iqtisod xo'jalik faoliyati veterinariya bosh hisobchisi;

🔹Denov tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 27-hudud 2-uchastka Namuna MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Sariosiyo tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 4-hudud 2-uchastka Konchilar MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Jarqo'rg'on tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: 4-hudud 2-uchastka Kamar MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Termiz shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi: boʼlim boshlig‘i;

🔹 Sariosiyo tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi: Niholzor mahallasi xotin-qizlar faoli;

❗️Arizalar 22.02.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

🔹 Agentlikning Surxondaryo viloyati filiali — 76-223-51-42

🔹 Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

🔹 Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

07 Feb, 13:49


📍 Surxondaryo viloyatidan 41 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!

🔹 Angor tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Bandixon tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Boysun tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Muzrabot tumanidan 5 ta (ko'rish)
🔹 Denov tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Jarqo‘rg‘on tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Qiziriq tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Sariosiyo tumanidan 6 ta (ko'rish)
🔹 Termiz tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Uzun tumanidan 1 ta (ko'rish)
🔹 Sherobod tumanidan 5 ta (ko'rish)
🔹Termiz shahridan 9 ta (ko'rish)

✈️ Mazkur obyektlarni muddatli to'lov asosida bo'lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

☎️ 99 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

✈️ Xabardor boʼlish uchun

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

07 Feb, 13:17


Sariosiyo tumani og‘ir toifaga kiruvchi Bo‘yrapusht mahallasida mahalla yettiligi tomonidan aholiga qulayliklar yaratish, kambag‘allikdan chiqarish tomorqa yer maydonlaridan unumli foydalanish, har bir xonadon hovlilarini obodonlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash hamda “yashil makon” loyihasi doirasida mevali daraxtlarni ekish yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borilmoqda.

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

07 Feb, 13:05


Maxsus-taktik o‘quv mashqi davom etmoqda

Sariosiyo tumani FVB xodimlari hamda hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda “Sariosiyo tumani, Alisher Navoiy mahallasidan oqib o‘tuvchi To‘palang daryosining 2000 metr chap qirg‘og‘ini mustahkamlash bo‘yicha FVDqT xizmatlari hamda mutasaddi tashkilotlar kuch va vositalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi davom etmoqda.

O‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqida, 21 nafar xodim, 4 ta ekskavator, 1 ta liebher, 11 ta samosval texnikalari jalb etildi.

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

07 Feb, 13:04


Sariosiyo yoshlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Sariosiyo tuman 4-sektor rahbari J.Hakimov, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyat bo‘yicha boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo‘limi inspektor-psixologlari hamkorligida Sariosiyo tuman Aeroport mahallasida joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining, mazmun-mohiyati o‘quvchi yoshlarga tushuntirildi, shuningdek, qarorda belgilangan vazifalar atroflicha muhokama qilinib, maktab o‘quvchilari bilan profilaktik tadbirlar olib borildi.

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

26 Jan, 14:20


Axborot 24 | Surxondaryoda «Zarchob 2A» kichik GES ishga tushurildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

25 Jan, 14:37


Tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi

Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislar zalida tumani hokimi Abduqodir Donayev, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurasulov, tuman tijorat bank rahbarlari, tuman Savdo sanoat palatasi mas’ullari tomonidan tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

Tadbirkorlar qabulida 21 nafar tadbirkorlarning olingan kredit muddatini uzaytirish, soliq, subsidiya, suv ta’minoti, kadastr va yer maydoni bilan bog‘liq turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida murojaatlarning 4 tasi ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish hamda muddat talab qiladigan 17 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati


Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi
Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

25 Jan, 13:49


Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida yangi loyiha – “AYOQSHlari bog‘i” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalari tashabbusi bilan hududlarda yashil maydonlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Shunga ko‘ra, bugun Sariosiyo tumani M 41 magistral yo‘l bo‘yidagi ochiq maydonlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tomonidan mevali-manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

25 Jan, 13:00


Sariosiyo tuman hokimligi katta majlislari zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev tuman sektor rahbarlari, aloqador tashkilot rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

Mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining mazmun, mohiyatini yig‘ilish ishtirokchilariga o‘qib eshittirilib, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilishligini, har bir davlat xizmatchisi ushbu qarorning ijrosini ta’minlashi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Unda, har bir mahalla uchun 2025-yilning 1-choragi uchun alohida mahallaning kriminogen vaziyatidan kelib chiqish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi raisi T.Tilavov sudyasi B.Narmuradov, adliya bo‘limi boshlig‘i B.Boborajab qaror ijrosi hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan masalalarni hal qilish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirishdi.

Yig‘ilishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, shu bilan birgalikda kelgusida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati


Kanalga ulanish: t.me/sariosiyohokimligi
Sariosiyo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Jan, 06:34


⚠️ Diqqat, firibgarlik

⛔️ Kartangizda pul bo‘lmasa ham kartangiz ma’lumotlari va bir martalik SMS-kodni begona shaxslarga aytmang!

💻 Firibgarlar sizning nomingizga kredit rasmiylashtirishga urinishadi.

📹 Buni qanday uddalashmoqda? Batafsil ushbu videoda.

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Jan, 06:28


🔥Tabiiy gazdan behuda foydalanmang!

Xonani gaz plitasi orqali isitish samarasiz va shu bilan birga juda xavfli!

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Jan, 06:25


#kun_qahramonlari

⚡️Sariosiyo tuman Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan noqulay ob-havo sharoitida hududlarda yuzaga kelayotgan nosozliklar, avariyali holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda.

📍Xususan, tumaning Marjona mahallasi hududidagi 35/10 kV li “Toqchiyon” podstansiyasidan chiquvchi 4-fiderda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Jan, 06:24


#kun_qahramonlari

🔍Sariosiyo tuman Yo‘llardan foydalanish Davlat muassasasi tomonidan M 41 xalqaro va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida xavfsizligi ta’minlash maqsadida qishgi qarov ishlari bajarilmoqda.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

12 Jan, 05:13


11-yanvar "Xalqaro qo’riqxonalar va milliy bog’lar kuni" munosabati bilan oliy ta'lim muassasalarida ekotarg'ibot tadbirlari tashkil etildi

Sariosiyo tumanidagi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida "Yuqori To'palang" milliy tabiat bog'i xodimlari tomonidan ochiq dars o'tkazildi.

Ochiq dars davomida talabalarga Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tushunchasi, milliy tabiat bog'lari, qo'riqxonalarni tashkil etishning maqsad mohiyati, "Yuqori To'palang" milliy tabiat bog'ining flora va fauna olami haqida ma'lumotlar berildi.

Dars davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishlicha javoblar olishdi.‌‌

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Jan, 12:37


🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri”

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Jan, 12:36


📹 Termiz shahrida O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy marsh o‘tkazildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Jan, 12:25


TAYINLOV

Safarov Jonibek Ismatovich
- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirining tegishli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Safarov 1982-yilda Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurtini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - havo desanti taktik qo'mondonligi.

Mehnat faoliyati davomida, Markaziy Harbiy okrug boshqaruv apparati qo‘mondonlik punktida tezkor navbatchi yordamchisi lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Samarqand viloyati, Paxtachi tumani Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Jan, 10:20


📹 "Jasorat maktabi"ni yakunlagan 75 nafar yoshlar uchun uch kun davomida 10 dan ortiq tanlov va musobaqalarni o‘z ichiga olgan "Fidoyi yoshlar" loyihasi tashkil etildi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Jan, 10:16


Термизда ҳарбий бўлинмаларнинг намойишкорона пиёда юриши бўлиб ўтди

Термиз шаҳрида Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганлигининг 33 йиллиги ҳамда 14 январь – Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан ҳарбийлар ва куч тузилмалари ходимларининг намойишкорона пиёда юришлари ҳамда маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Jan, 05:04


🛡 Sariosiyo tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

📍 Sariosiyo tuman madaniyat markazida Xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazining Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali direktori O.Haydarov, viloyat hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar majmuasi kotibiyat mudiri R.Choriyev, Yoshlar ishlari agentligi Sariosiyo tuman bo‘limi boshlig'i F.G'oyibov hamkorligida tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadidaJaholatga qarshi ma’rifatshiori ostida ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🗣Tadbirda, tuman Obodonlashtirish boshqarmasining rahbar va barcha ishchi xodimlari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

📌Unda, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi.

✈️ Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar, noqonuniy diniy ta’lim va ularni oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi hamda "Tinchlik qadri" video roligi va Muftiy hazratlarining “Dinda haddan oshmaslik” mavzusidagi ma’ruzalari qo'yib berildi.

🙋 Ushbu uchrashuv faol savol-javob shaklida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

❗️ Targ‘ibot tadbiri joylarda davom etadi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

04 Jan, 16:46


#infografika

🚫 Korrupsiya – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan javobgarlikka tortiladigan ijtimoiy xavfli jinoyatdir.

Shuning uchun ham uning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz bo‘laylik!

📎 Yuqoridagi infografikalarda korrupsiya, uning oqibatlari hamda qarshi kurash usullari haqida batafsil izohlangan.

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

04 Jan, 09:58


Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayevning navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi

Bugun, tumani hokimligi kichik majlislar zalida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda davomida, turli masalalarda murojaat qilib kelgan 17 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi hamda fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

04 Jan, 08:19


Axborot 24 | Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Jarqo‘rg‘on va Angor tumanlarida qurilayotgan «Yangi O‘zbekiston» massivlari

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

04 Jan, 07:47


📍 Sariosiyo tumanida qurilayotgan “Yangi O’zbekiston” massividan lavha.

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

04 Jan, 07:41


📢 Diqqat e’lon: To‘rtta hududda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

"Milliy elektr tarmoqlari" Surxondaryo filiali tasarrufidagi “Gulcha-220” podstansiyasidagi quvvati 63 000 kVA bo‘lgan AT-1 da yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida bugun, 4-yanvar kuni soat 12:00 dan 15:00 gacha Uzun, Sariosiyo, Oltinsoy va Denov tumanlaridagi ayrim mahallalarda elektr energiyasi taʼminotida vaqtincha uzilishlar bo‘lishi ma’lum qilinadi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun "Milliy elektr tarmoqlari" Surxondaryo filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi hamda ta’mirlash ishlari yakunlangach ta’minot qayta tiklanishini ma’lum qiladi.

Surxondaryo viloyati hokimligi navbatchilik shtabi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

04 Jan, 06:06


📣 “Мен Ғолиб” мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди

✔️ Yugur.uz платформасида “Мен Ғолиб” ҳарбий-ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди.

✔️ “Мен Ғолиб” югуриш мусобақасининг ўзи 12 январь куни “Янги Ўзбекистон” боғида бўлиб ўтади, у ерда мамлакат қуролли кучларининг мингдан ортиқ вакиллари, куч тузилмалари ходимлари, профессионал спортчилар ва ҳаваскор югурувчилар тўпланишади.

✔️ Тадбир Ўзбекистон енгил атлетика федерацияси, Миллий гвардия, Мудофаа вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Давлат божхона қўмитаси ҳамда Тошкент шаҳар ҳокимлиги кўмагида ўтказилмоқда. Бош ҳамкор сифатида “Ўзбекнефтгаз” акциядорлик жамияти иштирок этмоқда.

✔️ Ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақаси 3 км ва 10 км масофада ўтказилади.

✔️ Иштирокчилар учун слотларни 8 январгача Yugur.uz платформасидаги ҳавола орқали сотиб олиш мумкин.

✔️ Югуриш ишқибозлари якка тартибда, идоравий тузилмалар учун жамоавий мусобақалар ташкил этилади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

04 Jan, 05:56


📍Surxondaryo viloyatida "O'zagrokimyohimoya" AJ va "O'zagroservis" AJning 1200 dan ortiq mol-mulklari sotuvda

"O'zagrokimyohimoya" AJ mulklari

🔹 15 ta ko'chmas mulklar (ko'rish)
🔹 29 ta avtotransport vositalari (ko'rish)
🔹 754 ta asbob-uskunalar (ko'rish)
🔹 270 ta qishloq xo'jalik texnikalari (ko'rish)

"O'zagroservis" AJ mulklari
🔹"O'zagroservis" AJ avtomototransport vositalari 3 ta (ko'rish)
🔹"O'zagroservis" AJ boshqa mol-muklari
57 ta (ko'rish)
🔹"O'zagroservis" AJ Qishloq xo'jalik texnikalari 36 ta (ko'rish)
🔹"O'zagroservis" AJ ko'chmas mulklari 20 ta (ko'rish)

✈️Barchasini ko'rish

☎️ (99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

04 Jan, 03:16


🔥 Arzimas bo‘lib ko‘ringan odatlar katta isrofgarchilikka sabab bo‘lishini unutmang

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

04 Jan, 03:13


❗️ Bugun, 4 yanvar — barcha uchun ish kuni

Prezident qaroriga ko‘ra, bugun, shanba kuni (4 yanvar) haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ham ish kuni hisoblanadi. Chunki ular ayni shu kun hisobidan 2 yanvar kuni qo‘shimcha dam olishdi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

04 Jan, 02:57


#kun_tavsiyasi

🔹Yutuqqa erishgan paytda jim turishing – ishonch.

🔹G‘azab paytida jim turishing – quvvat.

🔹Ish paytida jim turishing – ijod.

🔹Nasihat paytida jim turishing – odob.

🔹Mahzunlik, musibat paytida jim turishing - sabr.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

28 Dec, 06:45


📍 Sariosiyo tumanidagi Sangardak sharsharasi manzaralari

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

28 Dec, 06:04


Qor ko‘chkisi: ehtiyot choralari hamda ko‘chki vaqtida to‘g‘ri harakat qilish qoidalari.

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

28 Dec, 03:57


📹 Surxondaryo viloyati hokimi uchta tumanda umumiy maydoni 950 gektar bo‘lgan turistik markazlar qurilishiga start berdi

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

28 Dec, 03:56


Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16-dekabr kuni imzolangan "Surxondaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan turizm maskanlari barpo etilishi belgilangan.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda turizm obyektlari qurilishiga start berish tadbirlarida ishtirok etdi. Dastlab, Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa qadimgi shahar qoldiqlari madaniy meros obyektini asrash maqsadida atrofini o‘rash, tashrif buyuruvchilar uchun sharoit yaratish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlandi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Surxondaryoning tashrif qog‘ozlaridan biri bo‘lmish "Sangardak" turizm qishlog‘i hududida umumiy maydoni 615 gektar bo‘lgan "Sangardak" turistik markazi qurilishiga qurilishiga tamal toshini qo‘yib berdi. Shuningdek, shu yerning o‘zida "Zoom" platformasi orqali Boysun tumani hududida umumiy maydoni 220,5 gektar bo‘lgan "Omonxona" hamda Jarqo‘rg‘on tumani "Oqtepa" suv omborining qirg‘oq bo‘yi hududidagi 110 gektar maydonda "Obihayot" turistik markazlari qurilishiga ham start berildi.

Tashrifi so‘ngida Sariosiyo tumanida joylashgan O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari chegarasidagi bojxona posti atrofini obodonlashtirish, mavjud avtoturargohni zarur sharoitlar bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

03 Dec, 13:49


📌Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1 129 ta "Yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari"ni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!

🔹 Oltinsoy tumanidan 58 ta (ko'rish)
🔹 Angor tumanidan 79 ta (ko'rish)
🔹 Bandixon tumanidan 90 ta (ko'rish)
🔹 Muzrabot tumanidan 100 ta (ko'rish)
🔹 Denov tumanidan 22 ta (ko'rish)
🔹 Jarqo'rg'on tumanidan 7 ta (ko'rish)
🔹 Qumqo'rg'on tumanidan 64 ta (ko'rish)
🔹 Qiziriq tumanidan 135 ta (ko'rish)
🔹 Sariosiyo tumanidan 74 ta (ko'rish)
🔹 Termiz tumanidan 129 ta (ko'rish)
🔹 Uzun tumanidan 36 ta (ko'rish)
🔹 Sherobod tumanidan 97 ta (ko'rish)
🔹 Sho'rchi tumanidan 238 ta (ko'rish)

📎 Eslatma: Mazkur yerlar maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.

☎️ (99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

03 Dec, 13:38


#yashil_makon_2024

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tog‘ iqlimiga mos ko‘chatlar ekilmoqda

🗺 “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i Zevar bo‘limi xo‘jalik zonasining 2,0 gektar yer maydonida qayrag‘och, achchiq bodom, yong‘oq kabi 1200 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, shuningdek, 15,0 gektar siyrak o‘rmon yerlariga do‘lana, achchiq bodom, qayrag‘och, totum urug‘lari ekildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

03 Dec, 13:13


3-dekabr - Xalqaro imkoniyati cheklangan shaxslar kuni munosabati bilan Sariosiyo tumani "Farhod" Muruvvat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida Sariosiyo va Uzun tumani hokimliklari tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova hamda Sariosiyo tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar, maskandagi insonlarga ular yolg‘iz emasliklarini, davlatimizning kuchli ijtimoiy himoyasida ekanliklarini yana bir bor eslatib, Prezidentimiz tomonidan xalqimizga, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.

Bayramga tayyorlangan madaniy-ma’rifiy konsert dasturidan so‘ng xotin-qizlar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

03 Dec, 13:02


“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 112 nafar mahalla yoshlar yetakchilari o‘zaro bellashib 4 ta yo‘nalish bo‘yicha Sariosiyo tumani yoshlar yetakchilari quyidagi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

1) “Kasb-hunarlar tanlovini yuqori saviyada tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin Mirzomurodov Xasan Tilakmurod o‘g‘li (Sariosiyo tumani);
2-o‘rin Bakirov O‘tkirjon Axmad o‘g‘li (Denov tumani);
3-o‘rin Jalilov Jumanazar Ro‘ziboyevich (Boysun tumani).

2) “Yoshlar balansi tizimi bilan samarali ish tashkil etgan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin Jumayev Nurali Ismoil o‘g‘li (Boysun tumani);
2-o‘rin Nasrullayev Sherzod Amrullo o‘g‘li (Sariosiyo tumani);
3-o‘rin Rustamova Ozodaxon Nabijon qizi (Denov tumani).

3) “Alohida e’tiborga muhtoj yoshlar bilan samarali ishlagan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin Boyqobilov Nurbek Samat o‘g‘li (Boysun tumani);
2-o‘rin Tursunboyeva Muruvvatxon Abdilkasimovna (Termiz shahar);
3-o‘rin Xusainov Saidkamoliddin Arslon o‘g‘li (Sariosiyo tumani).

3) “Yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirishda va bandliklari ta’minlashda samarali ko‘maklashgan eng namunali mahalla yetakchisi” yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin Pardayev Musurmon Normo‘min o‘g‘li (Termiz shahar);
2-o‘rin Abdizoirov Akmal Abdimo‘minovich (Muzrabot tumani);
3-o‘rin Saliyev Biloliddin Sulaymonzoda (Sariosiyo tumani).

💐 Yetakchilarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklab, navbatdagi musobaqalarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

30 Nov, 18:12


❄️ Ob-havoning sovishi tufayli kommunal sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Sariosiyo tumani hokimligida uzluksiz navbatchilik shtabi tashkil etilgan.

📣 Hurmatli fuqarolar, o‘z murojaatlaringizni mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab a’zolariga yetkazishingiz mumkin.

✔️ Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

🔍 Sariosiyo tumani hokimligi shtabi:
☎️ +99876 487-63-26

🔹Murojaat uchun telefonlar:

🔍Sariosiyo tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari:
📞 +99890 522-60-06

🔍Sariosiyo tuman FVB yong'in qutqaruv qismi navbatchilik raqami:
☎️ +99876 487-7911

🔍"Hududgaz Surxondaryo" Sariosiyo tumangaz ta’minoti filiali navbatchilik raqami:
☎️ 104;
📞+99899 048 61-04

🔍Sariosiyo tuman Elektr tarmoqlari korxonasi navbatchilik raqami:
☎️+99876 487-43-09
📞+99899 337-89-11

🔍"Suv oqova" MChJ Sariosiyo tuman bo'limi navbatchilik raqami:
📞+99897 692-00-90

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

30 Nov, 17:28


“Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘ida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga o’yinqaroq ayiqlar muhrlandi.

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

30 Nov, 17:27


Sariosiyo tumani Gulobod mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrdagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-14-sonli qarori ijrosi shuningdek, 69-son Oilaviy poliklinikaga qarashli 68-sonli umumta’lim maktabi o 'qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida 1-dekabr - “Butun jahon OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab, “Sog‘lom hayot sari birgalikda!” shiori ostida amaliy va targ‘ibot ishlar olib borildi.

Shuningdek, kelgusida bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish, tumanimizda OITS kasalligiga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka o‘z vaqtida yetkazish, eng avvalo, xalqimiz orasida bu kasallikning oldini olish bo‘yicha aholini ogohlikka chorlash borasida birdamlik bilan targ‘ibot tadbirlarini olib borishga kelishib olindi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

30 Nov, 17:26


Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo tumanidagi Maxpesh qishlog‘ida maktab va DMTT qurilishi lozimligi, shuningdek, simyog‘ochlarning ham yangilanishi kerakligi” sarlavhasi ostida qilingan videomurojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda, Sariosiyo tumani Maland mahallasida joylashgan 78-sonli umumta’lim maktabi 2014-yilda Davlat dasturi asosida yangidan qurilganligi, maktab binosi 160 o‘rinli bo‘lib, ayni paytda 177 nafar o‘quvchilar 2 navbatda ta’lim olishayotganliklari, o‘quvchilarning joylashish koeffitsienti 1,2 ga teng. maktabdan uzoqligi 3 km. bo‘lgan masofadan 45 nafar o‘quvchilar qatnab o‘qishi aniqlandi.

Xususan, tojik tilida olib ta’lim boriladigan 1-5-sinflar (o‘quvchilar soni 75 nafar) uchun darsliklar yetib kelmaganligi, ushbu darsliklarni Respublikadan yetkazib berilishi bilan o‘quvchilariga berilishi, shuningdek, yuqori sinflarda (o‘quvchilar soni 102 nafar) ham 622 dona darsliklarni ham ta’minlash chorasi ko‘riladi.

Maktabda o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 2030-yilga qadar Davlat dasturi asosida sport zal qurilishi rejalashtirilgan hamda mahallada oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish bo‘yicha taklif kiritilgan bo‘lib, birlamchi hujjatlar tayyorlangan. 2025-yilning 1-choragi davomida ishga tushish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilishi haqida tushuntiriladi.

Bundan tashqari, Sariosiyo tumani, Maland mahallasi aholisi hozirgi kunda eski elektr ustunlar foydalanib, elektr ta’minoti bilan ta’minlab kelinayotganligi, shuningdek yangi transformator va elektr ustunlarni o‘rnatish uchun katta mablag‘ talab etiladi. Ushbu transformator, simyog‘ochlarni hamda simlarni almashtirish ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-may kunidagi “2022-2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 245-sonli qarori doirasida belgilangan Davlat dasturi asosida bosqichma-bosqich qurish choralari ko‘rilishi to‘g‘risida ma’lum qilinadi.

2025-2026 yillarda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida, murojaatda ko'rsatilgan takliflar yuzasidan, tumanning Sangardak, Xonjiza, Chosh, Maland, Xufar, Dashnobod hududlarida yetishtirilayotgan mevalarni qayta ishlash orqali, tabiiy sharbat ishlab chiqarish loyihasini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

30 Nov, 12:35


“Elektr tarmoqlari" korxonasi tuman bo'limining faoliyati, mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xususan, tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan qish mavsumining boshlanganligi, aholidan kelib tushadigan murojaatlarni hal etish maqsadida, bo'limda ishlarni tizimli tashkil etish, navbatchilik qismlari uchun zarur sharoitlar yaratish, elektr energiyasi iste’molining uzluksizligini ta’minlash hamda energiya resurslari bilan ta’minlash sharoitlarini yaxshilash bo'yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

30 Nov, 12:31


Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tomonidan tumanning Afrosiyob mahallasida joylashgan “Sariosiyo tumangaz” gaz ta’minoti bo'limining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yashil makon umummilliy loyihasida ko‘chat ekish ishlari hamda obodonlashtirish ishlarining borishi o‘rganildi.

Jumladan:

kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida, tungi smenalarda maxsus avtotransport va himoya vositalari bilan ta’minlanganligi hamda zaruriy zaxiralar yaratilganligi ko‘zdan kechirildi.

shuningdek, hududni obodonlashtirish va yo‘lbo‘yi yashil maydonlarni parvarishlash, mavsumga mos daraxt, buta va gul ko‘chatlari ekish ishlari yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Nov, 15:14


Sariosiyo tumanida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Gʻ.Xoʻjamqulov hamda profilaktik inspektorlari ishtirokida oʻtkazilgan muhokama yigʻilishida “Xavfsiz hudud - dolzarb 50 kunlik” profilaktik tadbiri doirasida huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari yuzasidan profilaktika inspektorlarining hisoboti tinglandi.

Shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2024-yil 14-noyabr kunidagi “Ichki ishlar xodimlari o‘rtasida, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash maqsadida profilaktik tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 109-sonli farmoyishi shaxsiy tarkibga yetkazilib rioya etilishi tushuntirildi.

Yigʻilishda, profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqilib, tumanni jinoyatlardan xoli hududga aylantirish, kriminogen vaziyatni jilovlash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Nov, 15:01


1-sektor hududidagi 7-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumga tayyorgarligi holati o‘rganildi

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tumanning Ehtirom mahallasi hududiga tashrif buyurib, 7-sonli umumta’lim maktabning kuz-qish mavsumiga shayligi hamda yashil makon umummilliy loyihasi doirasida hududda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar hamda maktabda o‘quvchi-yoshlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Nov, 13:44


Rossiya Federatsiyasida konchilik yo‘nalishi bo‘yicha ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov bo‘lib o‘tdi

Sariosiyo  tuman Madaniyat markazida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Rossiya Federatsiyasida konchilik yo‘nalishi bo‘yicha ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda konchilik yo‘nalishi bo‘yicha ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.

Shuningdek, tanlovda korxona vakili fuqarolarga ish sharoitlari, oylik maoshi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchilar tomonidan tanlab olindi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Nov, 04:13


Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

Kasaba uyushmasi – fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir.

2020-yil 23-noyabr kuni imzolangan Qonunga ko‘ra, 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilangan.

O‘z safida millionlab a’zolarni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda yaqindan yordam berib kelayotgan kasaba uyushmalari xodimlari va a’zolarini bugungi sana bilan muborakbod etamiz!

Ma’lumot uchun, bu kabi bayramlar Avstriya, AQSh, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveytsariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston singari MDH davlatlarida nishonlanib kelinadi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Nov, 03:09


O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon Respublikasida bo‘ladi.

Ikki muqaddas masjid xodimi - Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlatimiz rahbari 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

12-13-noyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga ko‘ra BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.

O‘zbekiston Prezidentining mazkur sammitlarda nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Nov, 03:07


#kun_tavsiyasi

🔹Qattiq mehnat evaziga eng katta mukofot – inson uni evaziga nima olishida emas, balki uni qilgandan soʻng kimga aylanishidadir...

©️Jon Raskin

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Nov, 03:01


Konstitutsiyani o‘rganamiz!

XVIII bob. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

93-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

2) O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

3) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;

4) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;

5) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

6) O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;

7) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

8) bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;

9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

10) O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;

11) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;

12) O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;

13) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;

14) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;

15) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;

16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilini va uning o‘rinbosarini saylash;

17) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;

18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

19) O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish;

20) parlament tekshiruvini o‘tkazish;

21) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatida ko‘rib chiqiladi.

🇺🇿 Bizni kuzatishda davom eting.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

11 Nov, 03:00


Bugun, Dushanba 11-noyabr
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani


📆 11-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
8:02 GMT+05:00 holatiga


☁️ 7°...16°, Bulutli havo

Hozir:  9°, ↗️ 2.0 m/s

Tong: ☁️
Kun: ☁️ 16°
Oqshom: ☁️
Namlik: 83 %
Shamol: G'arbiy, 2 m/s
Bosim: 1029.1 mb.

Quyosh chiqishi: 07:05 🌑
Quyosh botishi: 17:18 🌑

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

09 Nov, 12:20


Tog'li hiududda joylashgan ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo‘limi Sariosiyo tuman inspektor-psixologi tomonidan tumaning Xondjiza mahallasida joylashgan 76-77 sonli umumta’lim maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari kuzdan kechirildi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

02 Nov, 07:19


Sina qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Kuni-kecha Surxondaryo viloyati hokimligi va Turizm qo‘mitasi hamkorligida Denov tumani Sina qishlog‘ida milliy taomlar sayli o‘tkazildi. Unda Termiz shahri va tumanlar o‘z hududlariga xos tansiq taomlar ko‘rgazmasi bilan qatnashdi. Milliy uslubda bezatilgan pavilonlarda mohir pazandalarning turli taomlar tayyorlash bilan bog‘liq uslub, udum va an’analari keng namoyish etildi.

Sayil doirasida viloyat hokimligi, Turizm hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari tomonidan jurnalist va blogerlar uchun press-tur uyushtirildi. Tadbir ishtirokchilari tog‘lar qo‘ynidagi Sina, Ushor, Sunbula kabi qishloqlar aholisining hayoti bilan tanishdi. Sirli baliq ko‘li, maftunkor “Sunbulai zor” tabiat mo‘jizasi, Qiz qo‘rg‘on arxeologik yodgorligi, Xo‘jai Hisor ziyoratgohi kabi sayyohlik maskanlari, oilaviy mehmon uylari, hududning milliy hunarmandchiligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan sayyohlar, vohamiz va yurtimizning boshqa hududlaridan kelgan tomoshabinlarga non, patir va somsaning 20 dan ziyod turi hamda tandir kabob, go‘jali osh va boshqa taomlarni tayyorlash sirlari namoyish etildi. Mehmonlar taomlar mazasini tatib ko‘rib, ularga munosib baho berdi. Shuningdek, milliy o‘yinlar, sport musobaqalari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Sayil yakunida “Eng yaxshi milliy taom”, “Eng yaxshi oshpaz” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilarning diplom, maxsus statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, Turizm qo‘mitasi tomonidan Sina qishlog‘iga turizm qishlog‘i maqomini berilganligi haqidagi sertifikat tantanali topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Boysun tumanida "Olma sayli" festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

02 Nov, 05:33


“Ikkita ustunimiz bor: iqtisod bilan ma’naviyat” – Prezident

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

02 Nov, 05:28


✈️sitish moslamalaridan toʻgʻri foydalaning – o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrang!

📎Hurmatli fuqarolar isitish moslamalaridan foydalanishda lavhada keltirilgan tavsiyalarga amal qiling.

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

01 Nov, 15:56


📱 "Olma sayli” festivaliga marhamat!

📣 Joriy yil 2-noyabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida “Olma sayli” festivali o‘tkaziladi.

Ayni damda “Olma sayli” festivaliga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

01 Nov, 14:35


“Nuroniylar oʻgiti- tarbiya ustuni"

“Nuroniy” jamgʻarmasi Sariosiyo tuman boʻlimi raisi S.Qosimov va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman boʻlinmasi hamkorligida tumanning 30-sonli umumta’lim maktabida “Nuroniylar tarbiyaviy soati” oʻtkazildi.

“Nuroniy” jamgʻarmasi Sariosiyo tuman boʻlimi raisi S.Qosimov mazkur tarbiyaviy soat darsida, “Ikki til va bir kasb” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi hamda oʻquvchilarni ilmga va kasbga qiziqtirish, yoshlarda vatanga boʻlgan muhabbat hissini shakllantirish maqsadida maruza qildilar.

Ushbu ta’lim muassasasida “Ikki til va bir kasb” tamoyili asosida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan ingliz va rus tili darslarida ishtirok etib, dars jarayonlarini ham kuzatdilar.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

28 Oct, 12:51


🚴‍♂️ Para velosport | Shosse yo‘nalishida yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

📌Bugun, Chirchiq shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi, unda mamlakatimizning 100 nafardan ortiq eng sara para velosportchilari 10 km. masofaga o‘tkazilgan poygalarda o‘z kuchlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi hamda eng kuchlilar aniqlandi.

✈️ Shuningdek, Sariosiyo tumani sport maktabida faoliyat olib borayotgan para velosport murabbiysi A.Narzullayev qo‘l ostida shug‘ullanib kelayotgan tumanning Sharq yulduzi mahallasida yashovchi fuqaro Qahhorov Amriddin kattalar o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

💐 Sportchimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklab, navbatdagi musobaqalarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

28 Oct, 06:08


Surxondaryo tajribasi: Ta’lim maskanlaridagi bo‘sh maydonlarda issiqxonalar va parrandachilik faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan ta’lim maskanlaridagi bo‘sh maydonlardan samarali foydalanish, muassasalarga qo‘shimcha daromad keltirish, shu bilan birga o‘quvchilarga ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlik sirlarini o‘rgatish maqsadida issiqxonalar va parrandachilik faoliyatlari tashkil etilmoqda.

Hozirga qadar ushbu tajriba 223 ta maktab va 97 ta bog‘chada yo‘lga qo‘yildi. Issiqxonalarda asosan, bodring, pomidor, limon, baqlajon, gul ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ekinlar parvarishi texnik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, parrandachilik loyihalari ham amalga oshirilayotgan bo‘lib, tuxum va go‘sht yo‘nalishlarida tovuq boqish yo‘lga qo‘yilgan.

Issiqxonalar va parrandachilikning yo‘lga qo‘yilishi ta’lim muassasalariga qo‘shimcha daromad manbai bo‘lish bilan birga o‘quvchilar uchun tabiiy fanlardan olgan bilimlarini amaliy tarzda mustahkamlashda ham xizmat qilmoqda.

Yil yakuniga qadar bo‘sh yer maydoni mavjud bo‘lgan qolgan ta’lim maskanlarida ham ushbu tajribani joriy etish rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

28 Oct, 03:17


#kun_tavsiyasi

🔹Kunning birinchi qismida eng murakkab va qiyin ishlarni bajarib oling.

🔹Hayolingizga biror fikr, g‘oya keldimi? O‘sha zahoti yozib qo‘ying.

🔹Kech qolyapsizmi? Bu haqida ogohlantirib qo‘ying. Bu qiyin emas

🔹Boshqalarning orzulari ustidan kulmang. O‘z orzularingiz bilan band bo‘ling.

🔹Hech qachon o‘z muammolaringizdan nolimang. Bu boshqalarni qiziqtirmaydi.

🔹Mish-mishlarga aralashmang va e’tibor qilmang. Ularda hech bir yaxshilik yoki foyda yo‘q.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

28 Oct, 03:16


Konstitutsiyani o‘rganamiz!

TO‘RTINCHI BO‘LIM. MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI


XVI bob. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi

83-modda.

O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat.

🇺🇿 Bizni kuzatishda davom eting.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

28 Oct, 03:14


Bugun, Dushanba 28-oktabr
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani


📆 28-oktabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
8:02 GMT+05:00 holatiga


☁️ 9°...15°, Bulutli havo

Hozir:  11°, ↗️ 2.0 m/s

Tong: 🌧
Kun: ☁️ 15°
Oqshom: ☁️12°
Namlik: 97%
Shamol: G'arbiy, 6 m/s
Bosim: 1026.4 mb.

Quyosh chiqishi: 06:50
Quyosh botishi: 17:32

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

27 Oct, 15:29


🗳 Сурхондарё вилоятидаги сайлов участкаларида овоз бериш якунланиб, овозларни санаб чиқиш жараёнлари давом этмоқда.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

22 Oct, 05:42


📊 Surxondaryo viloyatining yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) qanchaga o‘sdi?

📈2024-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining YAHM hajmi 6,2 foizga o‘sdi va 38 732,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

22 Oct, 05:42


Maktab o‘quvchilariga ikkita xorijiy til va bitta kasb o‘rgatilmoqda

Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 20-yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bergan topshiriqlariga asosan “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limi raisi S.Qosimov va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi hamkorlikda tumanning 54-umumta’lim maktabida “Ikki til va bir kasb” tamoyili bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar faoliyati bilan tanishildi.

O‘quvchilarning kasb yo‘nalishi hamda ingliz va rus tillari bo‘yicha bilim salohiyatlari sinovdan o‘tkazildi. Bu yoshlarning bilimga bo‘lgan shijoati va intilishini ko‘rib ko‘zingiz quvonadi. Har bir yoshga ustozlari tomonidan o‘rgatilayotgan kasb-hunar kelajakda bu yoshlarga o‘z yo‘lini va o‘z kasbini egallashda yordam beradi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

22 Oct, 05:27


🎤 Aziz va muhtarama opa-singillar “Yil ayoli” milliy tanloviga marhamat!

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun “Yil ayoli” milliy tanlovini e’lon qiladi!

📝 Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

🔊 Tanlov joriy yilning 29-oktabr kuni Sariosiyo tumani Madaniyat markazida soat 10:00 da bo'lib o'tadi.

Tanlovga 35 yoshdan yuqori bo‘lgan, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan hamda yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari mumkin.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

22 Oct, 04:39


#saylov_2024

✔️ Har bir ovoz muhim!

Saylovda ishtirok eting!


|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

22 Oct, 04:26


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 4 kun qoldi

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

22 Oct, 04:24


#iqtibos

🔹Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur.
🔹Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur.

✍️Abdulla Avloniy

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

22 Oct, 04:23


Konstitutsiyani o‘rganamiz!

XIV bob. Oila, bolalar va yoshlar

78-modda.

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.

Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

🇺🇿 Bizni kuzatishda davom eting.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

22 Oct, 04:21


Bugun, Seshanba 22-oktabr
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani


📆 22-oktabr kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
8:02 GMT+05:00 holatiga


🌤 16°...29°, Bulutli havo

Hozir:  23°, ↗️ 2.0 m/s

Tong: 🌤 16°
Kun: 🌤 29°
Oqshom: 🌤 15°
Namlik: 31%
Shamol: G'arbiy, 6 m/s
Bosim: 1010.8 mb.

Quyosh chiqishi: 06:44
Quyosh botishi: 17:40

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Oct, 17:13


Prezident: Ona tilimizga e’tibor ko‘rsatish – milliy mustaqilligimizga, Vatanimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish demakdir

|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Oct, 17:06


🎤 Aziz va muhtarama opa-singillar!

Mamlakatimizdagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti ta‘sis etilgan.

📌Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni saralashning tuman bosqichi joriy yilning 30-oktabr kuni Sariosiyo tumani Madaniyat markazida soat 10:00 da o‘tkaziladi.

📝 Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash, kreativ va rivojlangan tashabbuslarni ilgari suruvchi, tanlagan yo‘nalishida chuqur bilimlarga ega, el-yurt manfaatini ustuvor qo‘ya oladigan, bilim va salohiyatini mamlakat rivojiga safarbar etadigan o‘zining vatanparvarligi, ma’naviy yetukligi, ibratli xulq-odobi, noyob iste’dodi, yetakchiligi bilan ajralib turadigan xotin-qizlar orasidan tanlab olinadi.

Barcha ishtirokchilar va nomzodlarni tadbirga chorlab qolamiz!

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

21 Oct, 15:23


✈️G‘olib sportchilar munosib kutib olindi

🔹Xabaringiz bor, Joriy yilning 7-16 oktabr kunlari Buxoro shahri sportning Penchak Silat turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

▫️Mazkur, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan Sariosiyo tuman sport maktabi hamda tumandagi “Ziynat” sport maktabi sportchi yoshlari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan.

📌Bugun, Sariosiyo tuman sport maktabi hamda tumandagi “Ziynat” sport maktabi sportchi yoshlarining erishilgan yuqori natijalari bois, g‘olib sportchilar tantanali kutib olindi.

👏 Sovrindorlarimizni ushbu yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklab, kelgusida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Oct, 14:10


🖼 Termizda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi

Raqobatbardosh, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, sanoat salohiyatini yanada oshirish, mahalliylashtirishni kengaytirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi bilan hamkorlikda joriy yil 24-25-oktabr kunlari hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi.

🧑‍💻 Sanoat yarmarkasida respublikamiz hududlari va vohamiz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishishingiz hamda yangi hamkorlar bilan manfaatli shartnomalar tuzishingiz mumkin.

Yarmarkada tashkil etiladigan yo‘nalishlar:
qishloq xo‘jaligi;
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash;
kimyo sanoati;
charm-poyabzal va to‘qimachilik;
qurilish materiallari;
oziq-ovqat sanoati.

🟠 Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, “Airitom Free Zone”

📍 Lokatsiya

Qo‘shimchalar ma’lumot uchun telefon:
☎️ +9976-228-01-90 (2026).

Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X

Sariosiyo tumani hokimligi Axborot xizmati ️

19 Oct, 13:55


Subhidam mahallasida tuman hokimi aholi va yoshlar bilan uchrashdi

Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, mahallama-mahalla yurish orqali odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Subhidam mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Subhidam mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.

Qabul davomida, fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.

Sariosiyo tumani hokimligi
Axborot xizmati

Kanalga ulanish
: t.me/sariosiyohokimligi
|Telegram|Web-site|Facebook|YouTube|Instagram|X