Qumqo'rg'on tumani hokimligi @qum_axborot Channel on Telegram

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

@qum_axborot


Qumqo'rg'on tumani hokimligi (Uzbek)

Qumqo'rg'on tumani hokimligi Telegram kanali - bu qumqo'rg'on tumani hokimi va uning jamoatiga ma'lumotlar almashish uchun yaratilgan rasmiy kanal. Bu kanal orqali qumqo'rg'on tumani hududidagi yangiliklar, loyihalar, va faoliyatlar haqida eng so'nggi ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Kanalda hokimlikning faoliyatini o'rganish, ijro etilayotgan loyihalar haqida ma'lumot olish, va qumqo'rg'on tumani jamoatiga oid yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. "qum_axborot" kanaliga obuna bo'lib, qumqo'rg'on tumani hokimligi va jamoati bilan yaqinroqroq aloqada bo'ling!

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

21 Feb, 15:15


Milliy libos qadriyatlarimiz ifodasi

Qumqo‘rg‘on tuman 11-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari “Milliy liboslar kuni”da faol ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram| YouTube| Web-site| Facebook| X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

21 Feb, 14:56


Bugun Qumqo'rg'on tumani hokimligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli farmoyishiga muvofiq konferensiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Konferensiyada "Normurod Baymatov" fermer xo'jaligi raisi Baymatov Allamurod Saparovich yig'ilishni ochib berdi.

Tadbirda, beshta asosiy masala ko'rib chiqildi. Ularning eng muhimlaridan biri Qumqo'rg'on tumanida "Fermer dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining "Fermerlar kengashi" sifatida qayta tashkil etilishi hamda unga yangi rahbar saylash bo'ldi.

Yangi tashkil etilgan "Fermerlar kengashi" rahbari lavozimiga bir necha yildan beri o'zining tajribasi va fidoyiligi bilan bu sohani boshqarib kelayotgan Xoshimov O'tkir Murodullayevich nomzodini ilgari surdi.

Konferensiya qatnashchilari mazkur nomzodni bir ovozdan maqullab, Xoshimov O'tkir Murodullayevich "Fermerlar kengashi"ning yangi raisi etib tayinlandi.

Telegram | Instagram |YouTube | Web-site|Facebook| X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

21 Feb, 14:14


Davlat xafsizligi xizmati chegara Qo’shinlari safida 2024-yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan 7 nafar Qumqo’rg’on tumanining mard yoshlarining namunali xizmati uchun DXX qo’mondonining minnatdorchilik xati ularning ota-onalariga tumani hokimining chegara masalalari bo'yicha yordamchisi A.Ismoilov hamda mayor S.Yangibayevlar tomonidan tantanali topshirildi.

Telegram | Instagram |YouTube | Web-site| Facebook | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

21 Feb, 12:45


Quturish kasalligi tarqalishining oldini olish mavzusida seminar va maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Qumqo’rg’on tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman IIB, veterinariya bo‘limi va SEO va JSM vakillari ishtirokida "Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olishda favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Surxondaryo viloyati FVB bo’lim boshlig’I J.Vappayev, viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi bo’lim boshlig’I X.Xurramov, IIB va SEO va JSM vakillari tomonidan mavzu va ishlarni tashkil etish yuzasidan ma’ruza qilindi.

Shundan so‘ng mahallalarga borilib FVDTning tegishli xizmatlari rahbarlari va mutaxassislarining "Quturish" kasalligining oldini olish, unga qarshi kurashishning usullarini qo‘llash va qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish hamda saqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish va "Quturish" kasalligi bilan bog‘lik favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda tegishli xizmatlar mas’ullarini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Telegram | Instagram| YouTube| Web-site| Facebook| X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

21 Feb, 12:45


Quturish kasalligi tarqalishining oldini olish mavzusida seminar va maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Telegram | Instagram| YouTube| Web-site| Facebook| X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

16 Feb, 06:08


📣 Hurmatli surxondaryoliklar!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining telegram messenjerdagi rasmiy kanaliga aʼzo boʻling.

Unda vohamiz hayotiga oid eng soʻnggi xabar va yangiliklar, viloyatdagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining faoliyatiga oid materiallar eʼlon qilib boriladi.

🌏 Boshqarmaning rasmiy telegram kanaliga quyidagi havola orqali aʼzo boʻlishingiz mumkin: 👇

https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

15 Feb, 15:55


📹 Qumqo‘rg‘onda yangi tashabbus va loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali aholi farovoligi ta’minlanmoqda

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

15 Feb, 13:01


Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif davomida "Shavkat imkon" xususiy korxonasining mebel mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishildi. Qiymati 6,5 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 35 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Shundan so‘ng, "Surxon sohili" mahallasida umumiy maydoni 6,32 gektar bo‘lgan "Navro‘z" istirohat bog‘ini rivojlantirish loyihasi taqdimot qilindi. Qiymati 1 mlrd 980 mln so‘m bo‘lgan loyiha bog‘ni obodonlashtirish, zamonaviy attraksionlar, yo‘lak, o‘rindiqlar va tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Shu yerning o‘zida tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan boshqa loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

Keyingi manzilda "Asr Med" MCHJning xususiy klinikasi ochilishi o‘tkazildi. Klinikada 18 turdagi tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan va 30 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Tadbirkor loyihani kengaytish tashabbusi bilan ham tanishtirdi. Viloyat rahbari o‘zining zarur tavsiyalarini berib, mutasaddilarga loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarda ko‘mak ko‘rsatish vazifasini topshirdi.

Tashrif so‘ngida Termiz shahri va tumanlarda amalga oshiriladigan drayver loyihalar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, namunali loyihalarni ishlab chiqish va boshqa masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

15 Feb, 11:46


Prezidentimizning Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid qaroriga asosan vohamiz hududlaridagi 22 ta bir kunlik bozorlarni rekonstruksiya qilish, sotuvchi va xaridorlar uchun sharoitlar yaratish orqali tadbirkorlik muhitini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifining navbatdagi manzilida rekonstruksiya qilingan "Paxtaobod" savdo majmuasi bilan tanishdi. Bozorda quyosh panellari o‘rnatish, yo‘l va yo‘laklar hamda rastalarni ta’mirlash ishlari bajrilgan. Mutasaddilarga savdo kompleksining har kuni ishlashini ta’minlash, quyosh panellari o‘rnatishni kengaytirish, atrofidagi bo‘sh maydonlarda loyihalarni yo‘lga qo‘yish va infrastrukturani yaxshilash orqali ish o‘rinlarini ko‘paytirish vazifasi topshirildi.

Shundan so‘ng, besh yildan buyon faoliyat yuritmayotgan, hududi qarovsiz qolgan buyum bozori o‘rnida tadbirkor tashabbusi bilan zamonaviy loyiha asosida "Qumqo‘rg‘on markaziy dehqon oziq-ovqat bozori" majmuasini qurish ishlariga start berildi. Loyiha doirasida bozorni kengaytirish, zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash hamda ish o‘rinlari sonini oshirish rejalashtirilgan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

15 Feb, 11:06


Davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholining tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini yuksaltirish, bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish dasturi amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyatimizdagi 724 ta mahallada kam daromadli oilalar xonadonlarida 75 mingdan ortiq xurmo, limon va anjir ko‘chatlari ekish, infratuzilmani yaxshilash ishlari bajarilmoqda.

Viloyat hokimi o‘tgan hafta Qumqo‘rg‘on tumani "Arslonboyli" mahallasida bo‘lib, bu boradagi ishlar bilan tanishgandi hamda yangi vazifalarni belgilab bergan edi. Hozirga qadar mahallada ko‘cha chiroqlari o‘rnatilib, xonadonlarda 500 ta bodom, 2 000 ta xurmo va 500 dan ortiq manzarali ko‘chatlar ekilgan. Bo‘sh turgan tomorqalarni shudgorlash, ekin ekish hamda oqova suv bilan ta’minlash tadbirlari davom etmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu mahallaga qayta tashrif buyurib, topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Mahallada kooperatsiya tashkil etish orqali bo‘sh turgan tomorqalarga eksportbop ekinlar ko‘chatlari yetkazib berish, parvarishini o‘rgatish hamda pishib yetilgan mahsulotni sotib olib, eksportga yo‘naltirish vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng, "Jaloyir" mahallasida yashovchi Zokir Boyqobilov xonadonida issiqxonachilik, karam va ko‘chat yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Issiqxonada kartoshka yetishtirilayotgan bo‘lib, mart oyining birinchi o‘n kunlida pishib yetilishi qayd etildi. Viloyat rahbari ushbu tajribani mahallalarda ommalashtirish, aholini yerdan unumli foydalanishga o‘rgatish lozimligini ta’kidladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

09 Feb, 06:11


📜 9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Mir Alisher Navoiy - o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va buyuk mutaffakiri bo‘lib, uning nomi dunyoning eng mashhur shoirlari, davlat va jamoat arboblari qatorida tilga olinadi. Buyuk olim, g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy barcha davrlarda turk dunyosi tomonidan “shams ul-millat” ya’ni “millat quyoshi” deb e’zozlangan.

Butun umrini turkiy til mavqeini yuksaltirish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosib va haqlidir.

Bugun yurtimiz bo‘ylab buyuk bobokalonimiz tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda.

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

08 Feb, 16:31


📣 Хайрли ишга бош қўшинг, азизлар!

Қабристон обод бўлса – ўтганларнинг руҳи шод, тирикларнинг эзгу амалларида унум ва барака бўлади. Шу сабабдан, эртага – 9 февраль куни вилоятимиздаги мавжуд 734 та қабристонда ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари амалга оширилади.

Баҳорни, Наврўзни соғинган Сиз азиз воҳадошларимизни ушбу хайрли тадбирларда фаол иштирок этиб, қабристонлар тозалиги, саранжом-саришталигига ўз ҳиссангизни қўшишга, ўтганларнинг зиммамиздаги ҳақларини ихлос билан адо этишга чорлаймиз.

Эзгу амалларимиз атрофга ўзгача файз, гўзаллик, қалбларга сурур ва ифтихор бахш этсин!

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

08 Feb, 15:55


🟢Ҳурматли фуқаролар!

Яшаш хонадонингизни хавфсизлигидан хавотирдамисиз?

Унда 📞1131 рақамига қўнғироқ қилинг ва хонадонингиз хавфсизлигини замонавий техник воситалар ҳамда "ақлли уй" лойиҳаси орқали назорат қилинг.


Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

08 Feb, 13:30


#Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Qumqo‘rg‘on tumani Yangi shahar mahallasi hududidagi 33-sonli maktab faollar zalida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda tuman IIB mas’ul hodimi, Milliy gvardiya inspektor-psixologi, Mahalladagi yoshlar yetakchisi maktab rahbariyati hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv ochiq muloqat tarzida o‘tkazilib, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qiziqtirgan savollariga javob berish hamda takliflarini tinglashga alohida e’tibor qaratildi.

Unda turli huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va salbiy illatlarga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda huquq-tartibot organlari bilan samarali muloqot o‘rnatishiga xizmat qiladi.


Telegram | Instagram| YouTube| Web-site| Facebook| X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

08 Feb, 10:51


Qumqo‘rg‘on tumani Navbahor mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 "Bishkek-Dushanbe- Termiz" yo'li yoqasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida xurmo ko‘chatlari ekish davom etmoqda

Telegram | Instagram| YouTube| Web-site| Facebook| X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

08 Feb, 10:50


Qumqo‘rg‘on tumani Navbahor mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 "Bishkek-Dushanbe- Termiz" yo'li yoqasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida xurmo ko‘chatlari ekilmoqda

Telegram | Instagram| YouTube| Web-site| Facebook| X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

07 Feb, 12:40


Milliy liboslar – qadriyat va meros timsoli! 

📍 Qumqoʻrgʻon tumani Hunarmadlar mahallasi 49-maktabida "Milliy liboslar kuni" o‘tkazildi.

Atlas va adras liboslar, zarbof to‘nlar, milliy bosh kiyimlar maktab muhitiga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Chunki milliy libos – bu nafaqat kiyim, balki xalqimiz tarixi va qadriyatlarining yorqin timsolidir!

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

07 Feb, 12:08


Milliy liboslar – qadriyat va meros timsoli! 

📍 Qumqoʻrgʻon tumani Doʻstlik mahallasi 3-maktabida "Milliy liboslar kuni" o‘tkazildi.

Atlas va adras liboslar, zarbof to‘nlar, milliy bosh kiyimlar maktab muhitiga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Chunki milliy libos – bu nafaqat kiyim, balki xalqimiz tarixi va qadriyatlarining yorqin timsolidir!

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

07 Feb, 10:31


Chaqiruv yoshidagi yoshlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-yanvardagi "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida" qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo'rg'on tumani Mudofaa ishlari bo‘limida 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, jismonan sog‘lom ma’nan yetuk bo‘lgan yoshlarni muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelishlari uchun chaqiramiz.

Muddatli harbiy xizmatga ketishda barcha ko‘riklardan o‘tish, analiz tekshiruvlarini topshirish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

🔹Chaqiriluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida quyidagi qo‘shinlarga yuboriladi:

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari;
Ichki Ishlar vazirligining Qorovul qo‘shinlari;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘shinlari;
Mudofaa vazirligining Maxsus operatsiya kuchlari qo‘shinlari;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Muhandislik qo‘shinlari;
Mudofaa vazirligining toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari, artilleriya, tank, quruqlikdagi va boshqa qo‘shinlar;
Mudofaa vazirligining havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari qo‘shinlari.

Hurmatli chaqiruv yoshidagi yoshlar!

Tuman Mudofaa ishlari bo‘limiga hujjatlaringiz bilan muddatli harbiy xizmatga ketish uchun kelishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish va harbiy xizmatni o‘tash burchini bajarish har bir O‘zbekiston respublikasi fuqarosining burchidir!

📞 Murojaat uchun telefonlar:
+998953801313

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

07 Feb, 08:32


Сўнгги саккиз йилда 125 та янги олий таълим муассасаси ташкил этилди. Шундан 23 таси хорижий университет филиаллари.

Лекин, ўтган йили олий таълимда экспорт атиги 26 миллион долларни ташкил қилгани имкониятларга мутлақо мос эмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Олий таълим вазирлигига “Топ-1000”таликка кирган 2 та олийгоҳ билан чекланиб қолмасдан, яқин йилларда уларни 10 тага етказиш чораларини кўриш топширилди.

Ўтган йили 15 та маданият маркази хусусий секторга берилди. Тадбиркорлар 86 миллиард cўм инвестиция киритиб, 1,5 мингдан зиёд маданий тадбир ташкил қилди.

Вазирлик тизимидаги яна 120 та маданият ва санъат маркази бўш турибди. Шу муносабат билан маданият вазирига марказларни илғор хорижий тажриба асосида хусусий секторга беришни ташкиллаштириш топширилди.

Йиғилишда ҳудуд раҳбарлари ва вазирларнинг ҳисоботи тингланди, тадбиркорларнинг намунали тажрибаси кўриб чиқилди.

Facebook|Instagram|X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

07 Feb, 08:32


Ўтган йили туризм хизматлари экспорти 3,5 миллиард доллар бўлди. Лекин, бу имкониятларимизга мос эмаслиги қайд этилди.

Масалан, Малайзия ва Индонезияда 7 миллионга яқин Нақшбандия тариқати издошлари бор. Улар Умрага боришдан олдин зиёратгоҳларимизга саёҳат қилишни истайди. Бу сайёҳларни Куала-Лумпур ёки Жакартадан Самарқанд ва Бухорога камида 2 кунга олиб келиб, кейин ўзимизни самолётда Умрага юбориш учун барча шароитлар мавжуд.

Мутасаддиларга Малайзия ва Индонезия зиёратчилари учун “Умра плюс” турпакетини йўлга қўйиш топширилди.

Шаҳрисабзда “Оқсарой”, Хивада “Ичан қалъа”, Бухорода “Лаби ҳовуз”, Тошкентда “Янги Ўзбекистон” майдонлари бўлса-да, уларда концерт, кўргазма, форумлар ўтказиш бўйича режа қилинмагани кўрсатиб ўтилди. Ўзимиздаги 6 та туристик марказда халқаро даражадаги санъаткорларнинг концертлари ташкил қилинса, меҳмонхона, ресторан, кафе, савдо ва хизмат кўрсатиш объектлари сайёҳлар билан тўлиши таъкидланди.

Шу муносабат билан мутасаддиларга камида 1 миллион туристни олиб келадиган концерт, бизнес форуми ва кўргазмалар ўтказиш дастурини ишлаб чиқиш топширилди.

Шунингдек, тўлиқ ўрганилмаган тарихий объектлар жуда кўплигини инобатга олиб олимлар билан биргаликда жозибадор тарихий объектларни аниқлаш ва реставрация қилиш бўйича уч йиллик дастур ишлаб чиқиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

07 Feb, 08:32


Ижтимоий соҳа ташкилотлари ҳам экспорт фаолиятида фаолроқ иштирок этиши зарурлиги таъкидланди.

Ўтган йили “Тиббий хизматлар меҳмондўстлиги” дастури бошланди. Жарроҳлик, дерматология, эндокринология марказлари чет эллик фуқароларга хизмат кўрсатишдан 1 миллион долларгача маблағ тушираётган бўлса, 18 та илмий марказда хизматлар экспорти 300 минг долларга етмаяпти.

Шу муносабат билан 24 та ихтисослашган марказнинг тиббий хизматлар экспортини 30 миллион долларга етказиш, Осиё тараққиёт банки билан 5 та ихтисослашган марказни хусусий бошқарувга берилишини тезлаштириш муҳимлиги қайд этилди.

Қўшни давлатлар билан чегарадаги постларга яқин ҳудудда жойлашган 60 та шифохонада ўтган йили 300 мингдан зиёд одамга тиббий хизмат кўрсатилган. Масалан, биргина “Айритом” халқаро савдо зонасида очилган хусусий клиника ўтган йилни ўзида 15 минг чет эллик фуқарога тиббий хизмат кўрсатди.

Лекин 3 та давлат билан чегарадош, 7 та божхона пости бўлган Тошкент вилоятидаги чегара олди ҳудудида бирорта клиника йўқ. Наманганда ҳам шу аҳвол.

Шу боис, вилоят ҳокимларига қўшни давлатлар билан чегара олди ҳудудларида 21 та кўп тармоқли клиника ташкил қилишни бошлаш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

07 Feb, 06:10


"Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi apparati xodimlari ishtirok etdi.

Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti bilan tanishildi. Mutolaa vaqti, huquqiy savodxonlik, hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ma'naviy-ma'rifiy videolavhalar namoyish etildi.

Ushbu online siyosiy-ma’rifat soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You Tube orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

07 Feb, 06:07


Joriy yilda xizmatlar sohasida 2,5 million odamni daromadli qilish rejalashtirilgan

Hamma vazir va hokimlar yangi-yangi xizmat turlarini ko‘paytirish bo‘yicha har kuni izlanishda bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu yilda xizmatlar hajmini 15 foizga oshirib, 82 milliard dollarga, eksportini esa 8,5 milliard dollarga olib chiqish, sohada 2,5 million odamni daromadli qilish bo‘yicha katta marra olingan.
〰️〰️〰️

Banklarning developerlardan mulklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish va tadbirkorlarga qulay shartlarda ijara yoki lizingga berish taklifi ma’qullandi.

Bu orqali 50 ming kv metrli noturar joylar muomalaga kirishi, budjetga 70 mlrd so‘m tushum va 100-150 ming ish o‘rni yaratilishi, eng muhimi, lizing shartlari ijaraga nisbatan 15-20 foiz arzonligi qayd etildi.

Mutasaddilarga developerlar bilan ishlab, noturar joylarni o‘ziga biriktirilgan sohalarda lizingga berish bo‘yicha 4 trln so‘mlik loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.

Telegram | Instagram| YouTube| Web-site| Facebook| X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

23 Jan, 16:51


"OILA-MUQADDAS QOʻRGʻON"!

Qumqoʻrgʻon tuman prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarlik sodir etgan, nizoli masalalari mavjud boʻlgan oilalar oʻrtasida manzilli profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida, nosogʻlom oilalardagi muhitni, ayniqsa, qaynona-kelin, er-xotin, farzand va ota-ona munosabatlarini tartibga solish orqali suitsid holatlarini oldini olish choralarini koʻrish, oilalardagi sogʻlom muhitni mustahkamlash, oilaviy kelishmovchiliklar hamda ajrimlarning oldini olish muhokama markazida boʻldi.

Tadbir yakunida nizoli oila hisobida boʻlgan 3 ta oilaning oldindan davom etib kelayotgan nizosi bartaraf etilib yarashtirildi.

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

23 Jan, 16:22


Qumqo’rg’on tumanida 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman hokimi Anvar Normamatov boshchiligida sektor rahbarlari hamda "Mahalla yettiligi" ishtirok etdi.

Tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Muxiddin Amonto‘rayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarorining ijrosi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni hal etish choralari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

23 Jan, 11:30


Давлатимиз раҳбари умуман барча ҳудудларда янги қурилаётган кўп қаватли уйларни босқичма-босқич “яшил энергия” уйларига айлантириш муҳимлигини таъкидлади.

Буни рағбатлантириш мақсадида қуриладиган уй-жойни энергия билан таъминлаш учун қуёш электр станциялари билан шартнома тузган девелоперларга бундай уйлар учун фойда солиғи олинмайди, кредит ставкаси 2 фоиз арзон қилиб берилади.

Натижада девелопернинг харажати камаяди, ундан уй олган одамларга эса электр арзонроқ бўлади.

Бундай “яшил уйлар” қурадиган девелоперларга халқаро линиялардан маблағ жалб қилиш имкониятлари кескин ошади.

Facebook|Instagram|X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

23 Jan, 11:20


Охирги уч йилда жисмоний шахслар кўп қаватли уй қуриш учун аукциондан 47 гектар ер сотиб олган, лекин аксариятида қурилиш бошланмаган.

Қурилишга салоҳиятли девелоперларни жалб қилиш мақсадида бундан буён кўп қаватли уй қуриш учун ерлар аукционда фақат ҚҚС тўловчи юридик шахсларга сотилиши белгиланди.

Ҳозирда 14 минг 775 та кўп қаватли уйларга туташ ер мулкдорга бириктирилмагани учун бошқарув-сервис компанияси хизмат кўрсатиши керак бўлган ҳудудлар чегараси аниқ эмас.

Мутасаддиларга бу уйларга туташ ерлар чегарасини белгилаш ва эгасига бириктириш топширилди.

Девелоперлар уйни топширишдан олдин сервис компаниялари билан шартнома тузишини, уларни ўқитишни ташкил этишини, қурилиш харажатларининг 2 фоизини уй атрофида яшил ҳудуд яратишга йўналтиришини қонун билан мустаҳкамлаш зарурлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

23 Jan, 11:11


Йиғилишда фойдаланишга топширилган уйлар бўйича ҳам эътирозлар кўплиги кўрсатиб ўтилди.

Охирги икки йилда уй-жой қурилиши бўйича 5,5 мингдан зиёд қоидабузарлик аниқланган. Хусусан, 88 та ҳолатда пудратчилар лойиҳага зид равишда уйларга ортиқча 1-2 қават қўшиб қурган. Ёки фойдаланишга қабул қилинган 74 та кўп қаватли уйларда қурилиш сифати бўйича жиддий камчиликлар аниқланган.

Шу маънода, пудратчиларнинг қурилиш маданиятини тубдан ошириш зарурлиги қайд этилди.

Ҳозир пудратчилар қурилишни бошлаш учун ҳужжатларни камида 5 босқичда келишиши керак. Бунга 2 ойгача вақт кетаяпти. Бу жараёнлар соддалаштирилиши эълон қилинди.

Қурувчилар “Шаффоф қурилиш” платформаси орқали тайёр лойиҳани идоралар билан онлайн келишади. Улар камчилик кўрсатса, бартараф қилади.

Қурилиш лойиҳага мос бажарилишини Давлат архитектура-қурилиши назорати инспекцияси текширади ва битганидан кейин хулоса беради. Объектни фойдаланишга топширишда фақат 2 та идора – ДАҚН ва ёнғин хавфсизлигидан хулоса олинади. Зарур бўлса, бошқа соҳадаги мутахассисларни инспекциянинг ўзи жалб қилади.

Facebook|Instagram|X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

23 Jan, 11:11


Мамлакатимизда аҳолига расмий иш жойи бўлмаса ҳам, даромадини декларация асосида ҳисобга олиб, ипотека кредити олиши учун имконият яратилган.

Лекин ҳозирда хорижга ишлашга кетганларга “Ўзбекистонда расмий даромади йўқ”, деган важ билан кредит ва субсидия берилмаяпти.

Мутасаддиларга хорижда меҳнат қилаётган ва олти ой ичида мунтазам пул ўтказиб келаётган фуқароларимиз даромадини ҳисобга оладиган тизим яратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

23 Jan, 10:51


Ўтказилган мулоқотларда девелоперларнинг кўпчилиги ер олиш, кредит, қурилишга рухсат, инфратузилма, фойдаланишга топшириш, уйларни сотиш билан боғлиқ масалаларни кўтарган.

Мисол учун, ўтган йили 5 минг хонадонли 150 та кўп қаватли уй айланма маблағ етмагани учун битмай қолган. Бу борада банкларнинг хориждан жалб қилинган маблағдан 310 миллион долларни қурувчиларга айланма учун бериш таклифи маъқулланди.

18 минг хонадон газда индивидуал иситиладиган қилиб қурилгани учун фойдаланишга қабул қилинмай турибди. Мутасаддиларга ишчи гуруҳи тузиб, ҳар бир ҳолатни ўрганиб, масаланинг ечими бўйича Ҳукуматга таклиф киритиш топширилди.

Бу йил 135 минг хонадонли кўп қаватли уйларни марказлашган ҳолда иситиладиган, овқат пишириш эса электр плитаси орқали бўладиган қилиб қуриш зарурлиги қайд этилди.

Марказий ва ички кўчаларни ёритишда исрофгарчиликни қисқартириш бўйича дастур ишлаб чиқиш топширилди.

Ҳудудларда лифтларни қабул қилиш 2-3 ойга чўзилаётгани сабабли ҳар бир вилоятда камида 2 тадан бригада ташкил қилиш, 20 нафардан аҳолини лифтларга хизмат кўрсатиш ва таъмирлашга ўқитиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

22 Jan, 12:49


Jaholatga qarshi ma’rifat

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish bo’yicha tashkilot xodimlariga tuman mas’ullari tomonidan tushunchalar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

22 Jan, 02:58


🎄 Assalomu alaykum! Chorshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

😊 Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli hamda quvonch va shodliklarga boy o‘tsin!

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

21 Jan, 10:49


“Konstruktor lego” to‘garagining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulot o‘tkazildi. To‘garak aʼzolari mazkur mashg‘ulot davomida Erkin mavzuda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Mashg‘ulot davomida to‘garak aʼzolari tomonidan tayyorlangan video lavhalar namoyish etildi.

O‘quvchi-yoshlarga bilim berish va ularning qiziqishlarini rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati doirasida mavjud to‘garaklar, ulardagi shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida iqtidorli o‘quvchi-yoshlar va ota-onalarga batafsil maʼlumot berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

21 Jan, 10:38


Qumqo‘rg‘on tumanida “mahallalar yettiligi”, tashkilot va korxona rahbarlari hamda xodimlari ishtirokida mahallalar hududini toza-ozoda, saranjom-sarishta qilish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook | X

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

09 Jan, 12:02


🧑‍💻 “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi bilan IT mutaxassisi bo'ling!

IT sohasida yosh iqtidorli mutaxassislarni tayyorlash faoliyatini olib boruvchi “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi navbatdagi saralash Intensiviga arizalarni qabul qilishni davom ettirmoqda.

📆 Arizalar qabuli 22-yanvar kuniga qadar davom etadi.

❗️Saralash Intensivi - bu 26 kun davomida IT olamiga sayohat qilish imkoniyatidir. Uning doirasida ishtirokchilar berilgan topshiriqlarni bajaradilar, kod yozishni o‘rganadilar va jamoaviy loyihalarni amalga oshiradilar.

☝️ Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan eng yaxshi ishtirokchilar Asosiy ta’limga qabul qilinadi. Bu yerda ular dasturlash tillarini o‘rganishlari, majburiy amaliyot o‘tashlari va mamlakatning eng yirik IT kompaniyalarida ish topishlari mumkin.

Batafsil ilova qilingan tasvirlarda tanishishingiz mumkin.

🔗 Ariza qoldirish uchun havola

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

09 Jan, 11:52


"Yashil makon" umummilliy loyihasi jadal suratlarda davom etmoqda

Qumqo’rg’on tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tuman tashkilotlari, mahallalar, aholi yashash xonadonlari, hiyobonlar, markaziy ko‘chalar, M-41 "Beshkek-Dushanbe-Termiz" avtomobil yo‘li yoqasida obodonlashtirish, tozalik, ko‘kalamzorlashtirish hamda ko’chat ekish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Telegram|Instagram |YouTube |Web-site|Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

09 Jan, 11:47


Sayyor qabul muammolar yechimi!

Qumqoʻrgʻon tumani 2-sektor hududiga qarashli Arslonboyli mahallasida tuman prokuraturasi hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla aholisi va yoshlar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida jami 13 nafar fuqarolar tomonidan asosan moddiy yordam, imtiyozli kredit olish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi va murojaatlarning 5 tasi joyida xal etildi.

Sektor rahbari tomonidan qolgan 8 ta  murojaatlarining ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Telegram|Instagram |YouTube |Web-site|Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

04 Jan, 06:06


📣 “Мен Ғолиб” мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди

✔️ Yugur.uz платформасида “Мен Ғолиб” ҳарбий-ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди.

✔️ “Мен Ғолиб” югуриш мусобақасининг ўзи 12 январь куни “Янги Ўзбекистон” боғида бўлиб ўтади, у ерда мамлакат қуролли кучларининг мингдан ортиқ вакиллари, куч тузилмалари ходимлари, профессионал спортчилар ва ҳаваскор югурувчилар тўпланишади.

✔️ Тадбир Ўзбекистон енгил атлетика федерацияси, Миллий гвардия, Мудофаа вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Давлат божхона қўмитаси ҳамда Тошкент шаҳар ҳокимлиги кўмагида ўтказилмоқда. Бош ҳамкор сифатида “Ўзбекнефтгаз” акциядорлик жамияти иштирок этмоқда.

✔️ Ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақаси 3 км ва 10 км масофада ўтказилади.

✔️ Иштирокчилар учун слотларни 8 январгача Yugur.uz платформасидаги ҳавола орқали сотиб олиш мумкин.

✔️ Югуриш ишқибозлари якка тартибда, идоравий тузилмалар учун жамоавий мусобақалар ташкил этилади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

04 Jan, 02:53


🎄 Assalomu alaykum! Shanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

😊 Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli hamda quvonch va shodliklarga boy o‘tsin!

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

03 Jan, 09:09


Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyatidan lavha.

Telegram|Instagram |YouTube |Web-site|Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

03 Jan, 09:06


Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida press-tur tashkil etildi.

Telegram|Instagram |YouTube |Web-site|Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

03 Jan, 09:04


"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlardan lavha

Telegram|Instagram |YouTube |Web-site|Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

03 Jan, 07:38


#Yilyakunlari

Surxondaryo viloyatida 966 ta umumta’lim maktabi bo‘lib, shundan 829 tasi "yashil", 136 tasi "sariq" va 1 tasi "qizil" toifaga kiritilgan. 2023-yilda "qizil" toifadagi maktablar soni 14 ta, "sariq" toifadagilar 243 tani tashkil etgan.

Yakunlangan yilda Angor, Bandixon, Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi "Barkamol avlod" bolalar maktablariga xususiy sektorni jalb qilgan holda zamonaviy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Batafsil infografikada tanishingiz mumkin.

Telegram|Instagram |YouTube |Web-site|Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

03 Jan, 02:59


🎄 Assalomu alaykum! Juma tongi muborak boʻlsin, azizlar!

😊 Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli hamda quvonch va shodliklarga boy o‘tsin!

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

31 Dec, 18:59


Шавкат Мирзиёевнинг Янги йил табриги

➡️ @sdvuz

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

31 Dec, 16:11


Qumqoʻrgʻon tumani hokimi Anvar Normamatovning "Yangi yil" munosabati bilan bayram tabrigi

Assalomu alaykum, qadrli tumandoshlar!
Muhtaram do‘stlar!

Mana bir necha soatlardan so‘ng hayajonli daqiqalar O‘zbekistonimiz xalqi va barcha tumandoshlarimiz bilan yangi 2025-yilni kutib olamiz!     

Siz azizlarni, mo‘tabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, a’zmu shijoatli yoshlarimizni yangi orzular, yangi rejalar, quvonchu shodliklar ulashib kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman!    

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman. Yangi yilda barcha xayrli ishlaringizda omad yor bo‘lsin! 2024-yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali yil boʻldi.

Aziz va qadrdon tumandoshlar!
Yangi 2025-yilda xalqimizning barcha orzu-niyatlari ushalsin. Kelajagimiz vorislari sanalmish farzandlarimiz, nabiralarimizning baxtu kamolini ko‘raylik! Qalbingizga quvonch, dasturxoningizga qut-baraka, oilangizdan shodu-xurramlik arimasin!

Go‘zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, olijanob, bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

2025-yilning qadami qutlug‘ kelsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

31 Dec, 14:14


Yangi yil tuhfasi

Qumqo’rg’on tumanida Yangi yil bayram tadbirlari ko’tarinki kayfiyat bilan o’tishida tunu kun xizmatda bo’lgan ichki ishlar xodimlari, Milliy gvardiya xodimlari, Favqulodda vaziyatlar xodimlarini tuman hokimi Anvar Normamatov bayram bilan tabriklab, yangi yil sovg’alarini topshirdi.

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

31 Dec, 06:38


Hurmatli Qumqo'rg'onliklar!

Qadirli tumanimiz mehmonlari!! Sizlarni joriy yilning 31-dekabr kuni soat 20:00 da tumanimizdagi "Yoshlar" istirohat bogʻida joylashgan Bosh archada tuman hokimi Anvar Normamatov Yangi yil munosabati bilan bayram tabrigi yoʻllaydi hamda bayram konsert dasturiga barchangizni taklif etamiz.

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

31 Dec, 02:37


🎄 Assalomu alaykum, xayrli tong azizlar! Bugun o‘tayotgan yilning so‘nggi kuni!

😊 Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli hamda quvonch va shodliklarga boy o‘tsin!

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

30 Dec, 11:24


Yangi yil tuhfasi

Qumqo’rg’on tumani hokimi Anvar Normamatov tuman Tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo’lgan bemor bolajonlar holidan xabar olishdi va tezroq tuzalib ketishlari uchun shifo tilab, Yangi yil bayrami sovg’alarini topshirdi.

Telegram|Instagram |YouTube |Web-site|Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

30 Dec, 11:23


Aholiga sifatli elektr yetqazib berish maqsadida, tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida Surxon sohili mahallasida joylashgan Toʻgʻon podstansiya 35/6 kv meʼyoridan ortiq ishlayotganligi sababli joyiga borib o‘rganildi.

Telegram|Instagram |YouTube |Web-site|Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

21 Nov, 14:26


Maxsus reportaj | «Tashabbusli budjet»: ijtimoiy muammolar yechim topmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

21 Nov, 14:04


Qumqo‘rg‘on tumanidagi 25-sonli umumta’lim maktabida Milliy gvardiya tuman Qo‘riqlash bo‘limi, Milliy gvardiya inspektor-psixologlari hamda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, maxsus jihozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

21 Nov, 03:19


☀️ Assalomu alaykum! Payshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

🍁
Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

20 Nov, 14:03


Tuman markazidagi ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari.

Tuman hokimi “Neftchilar” maxallasidagi yo‘llarni,tegishli tashkilot binolarini obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.Ichki ko‘chalarni chiqindilardan tozalash va ko‘chatlar ekish jarayonlarini o’rgandi.

Mahalla va jamoat joylarida tozalash ishlari amalga oshirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratilmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

20 Nov, 14:02


Tuman hokimi Anvar Normamatov “Neftchilar” mahallasida o’z tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Suhbat jarayonida ularning faoliyatini kengaytirish borasidagi muammolari tinglandi.

Kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga kerakli topshiriqlar berildi.


Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

14 Nov, 17:12


ОНАНГ БЎЛАРКАН...

Толеъ кулаверса ишинг юришиб,
Атрофингга дўст-у ошно тўларкан.
Дард чексанг юраги зир-зир увишиб,
Дармон излагувчи онанг бўларкан.

Адашиб қилсанг бир хато ё гуноҳ,
Омад ҳам олисга кетаркан ногоҳ.
“Боламни Ўзинг авф этгин Ё Аллоҳ”,
Дея бўзлагувчи онанг бўларкан.

Вақт вафо қилмайди, омонат кунлар,
Ҳасратлар этганда бағрингни хунлар.
Жойнамоз устида чўк тушиб тунлар,
Сен деб тизлагувчи онанг бўларкан.

Кафтимда ўстирган гул-у, лолам деб,
Кўзимда қалқиган қувонч жолам деб.
“Ўзим ўргилайин сиздан болам” деб,
Суйиб сизлагувчи онанг бўларкан.

Ғурурдан гоҳ бошинг осмонга тегиб,
Юрсанг қайтарар жим кибрингни эгиб.
Қалбингга иймоннинг уруғин экиб,
Ҳаққа юзлагувчи онанг бўларкан.

Сўзлар:- болам дунё тургунча турсин,
Жами яхшилиг-у хайрни кўрсин.
Ҳасратин менга бер, қувониб юрсин,
Дея сўзлагувчи онанг бўларкан.

Кулсанг қувонади, йиқилсанг суяр,
Кўнглингни сендан-да яхшироқ туяр.
Зарра ғам чексанг минг баробар куяр,
Бахтинг кўзлагувчи онанг бўларкан.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

14 Nov, 14:44


Topshiriqlar ijrosi amalda

Bugun Qumqo'rg'on tuman IIB boshlig'i M.Amanturayev boshchiligida Xalq deputatlari ,tuman kengashi deputatlari, tegishli tashkilot xodimlari ishtirokida 3-sektor xududi "Yangishahar" mahallasida joylashgan 33-son umumta'lim maktabi va 4-sonli MTT binolariga borilib kuz-qish mavsumiga tayyorlik xolati hamda ko'mir zaxiralarning mavjud ahvoli o'rganildi.

Aniqlangan kamchilliklar yuzasidan zudlik bilan bartaraf etish bo’yicha tegishli mutasadilarga topshiriqlar berildi.

Amaliy tadbirlarimiz davom etadi.....

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

14 Nov, 13:43


KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.

Bugun Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari R.A.Namazov hamda Qumqo‘rg‘on tuman hokimi Anvar Normamatovlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig’ilishda, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish maqsadida birinchi navbatda, shtablar ishi favqulodda rejim tartibiga o‘tkazildi. Joriy yilning noyabr oyi "Energetika xavfsizlik oyi" deb e’lon qilindi. Kuz-qish mavsumida aholi xonadonlariga elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda suyultirilgan gazni uzluksiz, betalofat va muddatida yetkazib berish, elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish, ijtimoiy soha obyektlarini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash yuzasidan bir qancha topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

14 Nov, 03:28


☀️ Assalomu alaykum! Payshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

🍁
Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

13 Nov, 14:35


Qumqo'rg'on tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga murojaati

Batafsil 📌 https://telegra.ph

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

13 Nov, 14:17


NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO’LIB O’TDI

Qumqo’rg’on tumani 1-sektor hududidagi Xo’jamulki mahallasida tuman hokim o’rinbosari N.Allanazarov hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla aholisi va yoshlar ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan ichki yo’llarni tamirlash, tibbiyotga oid murojaatlar, elektr, bolalar nafaqasini olish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Shuningdek mahalladagi yoshlar murojaatlari ham tinglandi.

Sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlarining ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

05 Nov, 11:44


📊Surxondaryo viloyatining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

📈2024-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 15 662,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,9 % ga o‘sdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

05 Nov, 11:19


Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Fayz agro 555" fermer xo‘jaligi dalasida 2025-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda Xitoydan olib kelingan zamonaviy chigit ekish seyalkasi bilan tanishish maqsadida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2291

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

05 Nov, 05:05


#Инфографика

Давлат тиббий суғуртаси: кафолатланган пакет доирасида бепул тиббий хизмат кўрсатади

⬆️ Кафолатланган бепул тиббий хизматларни олиш тартиби батафсил инфографикада

🌐
https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

05 Nov, 03:16


☀️ Assalomu alaykum! Seshanba tongi muborak boʻlsin, azizlar!

🍁
Bugungi kuningiz omadli va muvaffaqiyatli o‘tsin!

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

04 Nov, 12:41


Qumqo'rg'on tumanidagi To'g'on mahallasidagi 250 xonadonda yashovchi 1000 nafar aholi nihoyat 33 yildan beri kutilayotgan toza ichimlik suviga ega bo'ldi. Prezident tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan dastur doirasida mahallaning suv ta'minoti muammosi hal etildi. Tashabbusli byudjet loyihasiga ko'ra, 1 mlrd 261 mln so'm mablag' ajratildi va keng ko'lamli qurilish ishlari bajarildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

04 Nov, 11:01


Деновда ҳарбий хизматчилар учун китоб савдо-ярмаркаси ташкил этилди

Сурхондарё вилояти Ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси, Жануби-ғарбий махсус ҳарбий округ Жанубий оператив қўмондонлиги ҳамда Денов тумани ҳокимлиги ҳамкорлигида Хайробод гарнизонида жойлашган ҳарбий қисмда “Ҳар бир аскарга битта китоб” шиори остида китоб савдо-ярмаркаси ўтказилди.

Китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғибот қилиш мақсадида ташкил этилган тадбирда ҳарбий ҳизматчилар янги нашрдан чиққан миллий ва жаҳон мумтоз адабиёти намуналари, замондош ижодкорлар асарлари, илмий-оммабоп, болалар китоблари билан танишиш ва харид қилиш имконига эга бўлишди.

Ярмарка доирасида ҳарбийлар қизиққан китоблар ҳақида суҳбатлар ташкил этилди.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

04 Nov, 09:49


#Билиб_олинг

Давлат тиббий суғуртаси: у нима, қандай қулайликлари бор ва ундан қандай фойдаланиш мумкин?

🎥 Батафсил видеороликда


🌐
https://t.me/AOKA_Surxondaryo

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

01 Nov, 15:34


Qumqo’rg’on tumani hokimi Anvar Normamatov rahbarligida kunlik berilgan topshiriqlarning hal etilishi yuzasidan “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilishda kunlik ko’rsatkichlar tahlili, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar hamda mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining borishi muhokama qilindi.

Shundan so‘ng ko‘tarilgan masalalar bo’yicha korxona va tashkilot rahbarlariga berilgan topshiriqlarning o’z vaqtida bajarilishi yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

01 Nov, 12:52


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 345-sonli buyrug‘i bilan otaliqqa olingan Qumqo‘rg‘on tumanidagi 38-maktabda “Ajdodlarning Buyuk merosi” nomli tadbir o‘tkazildi.

Shu bilan birgalikda maktab o‘quvchilari o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o‘qituvchisi, viloyat IIB va tuman IIB ma’sul xodimlari hamda maktab direktori, o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni olgan o‘quvchilar tuman IIB boshlig‘ining faxriy yorlig‘i va estalik sovg‘olari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Web-site | Facebook

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

01 Nov, 11:32


👉 So‘rovnoma

🟡 Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️ Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim. 

🧑‍💻 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

💬💬💬💬💬💬

👉 Опрос

🟡 Ваше мнение может облегчить пользование госуслугами.

📱  Сегодня, благодаря цифровизации, более 670 государственных услуг предоставляются населению онлайн.

❗️Однако, вместе с тем, необходимо проделать большую работу в плане сокращения бюрократических барьеров и обеспечения открытости государственных органов. Участие каждого гражданина в этом процессе очень важно.

🧑‍💻В целях достижения поставленных задач мы приглашаем Вас принять участие в нашем небольшом опросе.

Qumqo'rg'on tumani hokimligi

31 Oct, 13:28


“Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 26-avgustdagi 04-29-2272-sonli xatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 15-16-fevral kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida “Jadidlar izidan” tanlovini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etildi.

Ishtirokchilar mazkur bosqichda 2 ta shart (test va savol-javob) asosida bellashdi.

Har ikki yo‘nalish bo‘yicha tuman bosqichlarida g‘olib deb topilgan o‘quvchilar tanlovning viloyat bosqichiga yo’llanma olishdi.