Sanjar Xo‘ja @sanjar_xoja Channel on Telegram

Sanjar Xo‘ja

@sanjar_xoja


HAYOT - MUSOBAQA MAYDONI EMAS...


Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Sanjar Xo‘ja (Uzbek)

Sanjar Xo'ja Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda hayot, musiqa, va maqolalar bilan xush kelibsiz. Sanjar Xo'ja kanali orqali siz, hayotingizni yaxshi o'rganib, musiqa tomoshasi qilishingiz mumkin. Agar sizning hayotingizda o'zgarish qilishga va yangiliklar o'rganishga qiziqsiz bo'lsangiz, Sanjar Xo'ja kanali siz uchun! Sanjar Xo'ja kanalida sizning uchun sharhlar, maqolalar, va ko'p yaxshi narsalar bor. Siz ham bu kanalga azo bo'ling va hayotingizni yangilang!

Sanjar Xo‘ja

24 Jan, 17:21


"Parlamentda 5ta partiya bor. Ulardan qaysi partiya rahbarini bilasiz? Yoki qaysi deputatni taniysiz?"

Bu savolga ilk javob "Alisher Qodirov" bo‘ladi. U esa tez-tez kalla qo‘yadi. Nega?!

O‘zbekiston siyosiy maydonida bir dona taniqli va hurmatga sazovor odam bo‘lishi kerak. U ham bo‘lsa Prezident. Boshqalar esa siyosiy faoliyatini davomi uchun kalla qo‘yishadi. Bo‘lmasa dumi tugiladi.

Bizda siyosiy iroda pastdan tepaga, ya'ni xalqdan hukumatga emas, tepada pastgadir. Kim deputat bo‘lishini, kim quduqqa tushgan toshdek yo‘q bo‘lishini "tepa" hal qiladi.

Shuning uchun ba'zi deputat va partiya rahbarlari xalq nafratini olishga harakat qiladi. Shu orqali "tepa"ga o‘z sadoqatini isbotlaydi. Shunday qilib xalq to‘lagan soliqdan oylik olib, xalq puliga olingan mashinada kayf qilib yuraveradi. Xalqqa nafratini sochib, xalq nafratini olib...

Qizig‘i, O‘zbekiston Rossiya bilan harbiy stratetegik kelishuv qilgan vaqtda kalla qo‘yildi. Bu Prezidentga bo‘ladigan nafrat uchun o‘zini qalqondek tutishdek!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

22 Jan, 15:16


"Futbolchi Abduqodir Xusanov kuniga 130 million soʻm topadi" degan gaplarni oʻqiyapman.

Kuniga bundan koʻproq topadigan oʻzimizni amaldorlar bor. Futbolchidan farqi, xalqning haqqini oʻmarish, qaroqchidek talash evaziga topadi.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

20 Jan, 13:30


Turkiyadagi kamchiliklar haqida.

Uyimizni tashqi qismida mashina turargohi bor. Tuproq ustiga shag‘al to‘kilgandi. Qo‘shnilar bilan hokimiyat saytiga murojaat qildik. 2 kundan keyin kelib hokimiyat bruschatka qildi. Tekinga. Chunki barcha xarajatlar soliqlardan qoplanadi.

Bizga o‘xshab, open byudjet o‘ynatib, yoki tadbirkorlar bo‘yniga qo‘ysa bo‘ladi-ku, to‘g‘rimi?

Ikkinchi misol, yaqin atrofdan metroga olib boradigan avtobus o‘tmas edi. Qo‘shnilar imzo yig‘ib, onlayn hokimiyatga murojaat qilindi. Bir oy ichida yangi yo‘nalishdagi avtobus yo‘lga qo‘yildi.

Bizni amaldorlarga o‘xshab, avtobus yo‘q bo‘lsa taksida borsin, desa bo‘lardi-ku!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

19 Jan, 17:16


"Turkiyadagi kamchiliklarni ham ayting" deyishadi. Marhamat, muhim kamchilik:

Turkiyaliklar hisobidagi pulni xakerlar o‘marsa, butun zararni bank qoplab beradi. Mijozning pulini himoya qilolmagani uchun. Bu 5464-sonli qonunda qat'iy belgilangan.

Ha, mana bizdan o‘rnak olib, xalqni o‘zini ayblab qo‘yib kuydirsa (kiydirsa) bo‘ladi-ku, to‘g‘rimi?

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

18 Jan, 13:23


Yuqoridagi rasmlarda nimani nazarda tutilganini tushunmay tanishlarimni boshi qotdi. Shunga izohlab qoʻyaman:

1-rasm, "Kofe bor".
2-rasm, "Benzin yoʻq".
3-rasm, "Kirish".

"Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida..."

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

18 Jan, 13:18


Уффф, КRИШ эмас, КRИW! 😉

Ислоҳотлар ва таълим тизимимизга шубҳа қилсанг, бизнинг саводимизга боқ!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

18 Jan, 11:42


Вензин юўқ эмас, Вен3ин ю6қ бўлади! 😉

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

17 Jan, 19:48


Мана чаласаводлик.
Софе эмас Соғе бўлади! 😉

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

13 Jan, 10:49


"Qur'on" qiyomatgacha o‘zgarmaydi. Unga nisbatan musulmonlarning munosabati o‘zgarishi mumkin.

Masalan, ilk nozil bo‘layotganda musulmonlar "men haqimda nozil bo‘lyapti" deb o‘ylashgan. Hozir esa mukofot oyatlari bizga, jazo oyatlari falonchiga. Jannat oyatlari menga, Jahannam oyatlari pistonchiga, deb qaraladi.

Bu qarash hayotda ham ta'sirini ko‘rsatadi. Amerikadagi balo har birimizga ogohlantirishdir balki. Biz Allohning imtiyozli, jazodan va balodan sug‘urtalangan qullari emasmiz.

Amerika davlati Isroilga yordam beryapti. G‘azoda bo‘layotgan zulmga sheriklik qilyapti. Alloh zulmning har qanday ko‘rinishini harom qilgan. Zulm faqat G‘azoda emas, Xitoy davlati uyg‘ur musulmonlarga zulm qilyapti. Rossiya gaz va boshqa masalalarda bizga zulm qilyapti. Gaz masalasida gapirgan G‘ayrat Do‘stov 8 kun nohaq qamoqda qoldi. Bu ham bir zulm.

Amerikadagi yong‘indan biz qanday dars olamiz? Xulosamiz qanday? Shunga diqqat qilaylik.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

11 Jan, 15:22


G‘alabaga ming kishi otalikni da'vo qiladi. Mag‘lubiyat esa doim yetim qoladi.

Futbolchi Abduqodir Xusanov mashhurligiga O‘zbekistondagi vazirlik va tashkilotlar ega chiqishga urinyapti. Bizni hissamiz bor deb.

Millionlab hamyurtlarimiz dunyoning har yerida ishlashiga esa ularni o‘zi aybdor qilinadi. "Najot ilmda, mana o‘qimaslikni oqibati" deb. Holbuki, O‘zbekistonni o‘zida minglab oliy ma'lumotlilar ishsizlikdan taksi qilib yuradi...

Shunaqa vaqt "xitriy" yigitni gapi bilan o‘zimni ovutaman: "Nima, faqat O‘zbekistondami kamchiliklar?"

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

11 Jan, 10:23


Abduqodir Xusanov mavzusi shov-shuv bo‘lyapti.

Shu o‘rinda bir narsaga diqqat qilaylik. Bu yigit boshida O‘zbekistonda qadr ko‘rmadi. Chunki futbol bizda boshqa tizimlar kabi tanish - bilish, pul va kuchga bog‘lanib qolgan.

Keyin xorijga bordi va qadr topdi. Hozir esa bir jamoadan boshqa jamoaga 40 million yevroga sotildi. Bizni iste'dodli futbolchimizdan Yevropa foyda qilyapti.

Bu birgina misol. Yillar davomida ko‘p aqlli odamlarimiz o‘z yurtida qadr ko‘rmagach, Amerika, Kanada va Yevropaga joylashdi. Bizni iste'dodli va aqlli insonlarimizdan milliard - milliard dollar foyda qilyapti.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

07 Jan, 08:28


2025-yilning ilk kuni burilish bilan boshlandi. Bu burilish jarayoniga sabab - "Yirtiq poyabzal" voqeasi.

To‘g‘ri, bu burilish ta'siri tezda bilinmaydi. Ammo jarayon boshlandi. Bu jarayon tabiiy ravishda rivojlanadi. Har qancha chalg‘itishga urinishlar endi befoyda. Odamlarning bir qismi biroz chalg‘iydi, ammo boshlangan jarayon to‘xtamaydi. Hatto Sherali Jo‘rayevning bolalari meros talashib mushtlashsa ham befoyda. Asal bilan Luiza soch yulishsa ham befoyda...

"Yirtiq poyabzal" voqeasi xronologiyasi:

22-dekabr, kechki vaqt. Butun O‘zbekistondagi yuz minglab odamlardek G‘ayrat Do‘stov mashinaga yoqilg‘i quyish uchun navbatda turdi.

23-dekabr. Tonggacha soatlab navbat kutgan G‘ayrat Do‘stov yoqilg‘i ololmadi. Shunda konstitutsiyada belgilangan huquqidan foydalanib o‘z fikrini aytdi. Uning gaplari videoga olindi.

23-25-dekabr. G‘ayrat Do‘stovning videosi chaqmoq tezligida ijtimoiy tarmoqda tarqadi. Har insonning ichidagi dardini G‘ayrat Do‘stov tiliga chiqargani uchun katta shov-shuv bo‘ldi. Millionlab insonlar uning videosini koʻrdi.

25-dekabr. Tepadagilar bu video tarqalishidan sarosimaga tushdi. Bir kishining g‘ashi keldi. Va o‘sha bir kishi G‘ayrat Do‘stovni qamashga buyruq berdi. (Bir necha manbaadan olingan ma'lumot bo‘yicha u bir kishi Saida Mirziyoyeva. Ha, Prezident qizi, Prezident yordamchisi va yaqin kelajakda O‘zbekiston Prezidenti bo‘lishga tayyorlanayotgan shaxs)

26-dekabr. G‘ayrat Do‘stov qo‘lga olindi. Tepadan kelgan buyruq asosida sudya ayol Durdona Dadaxonova hukm o‘qidi.

31-dekabr, kechki vaqt. G‘ayrat Do‘stov qamalgani haqida xabar tarqaldi.

1-yanvarning ilk daqiqalari. Yuz minglab odamlar, ularning ko‘pi bayram dasturxonida o‘tirgan bo‘lsa ham befarq bo‘lmadi. Ijtimoiy tarmoqda G‘ayrat Do‘stovni qo‘llash va ozodlik talabi boshlandi. Himoyasi va qo‘llovi uchun pul yig‘ish tashkil qilindi.

1-yanvar, kechki vaqt. Xalq ommaviy ravishda G‘ayrat Do‘stovni qo‘llashiga qarshi yollanma trollar va bloggerlar ishga tushdi. Do‘stov sha'niga haqoratlar yozishdi. Lekin xalq ularning patini yuldi. Shundan keyin butun yozganlarini o‘chirishdi.

2-yanvar. Xalq G‘ayrat Do‘stovni qo‘llashda davom etdi. Yollanma blogerlar, trollar va ba'zi kanallar qarshi hujumni boshqa bosqichiga o‘tdi. Videolar orqali oilaviy, shaxsiy hayoti bilan bog‘liq mag‘zavalar ag‘dardi. Bu teskari reaksiya berdi. Xalq, bo‘lib ham o‘sha blogger va trollarning davomiy kuzatuvchilari "shapaloq" bilan siyladi.

3-yanvar. G‘ayrat Do‘stovning qayta sudi bo‘ldi. Vaziyatni Shavkat Mirziyoyev kuzatayotgandi. Qayta-qayta xatolar sabab vaziyat chigallashdi. Endi sudni xato qilmaydigan, battar alanga oldirmaydigan ishonchli odamga topshirish kerak edi. Shuning uchun kuyovlardan biri sudyalik qildi. Ha, "arzidimi" degan sudya Shavkat Mirziyoyev jiyanining eri edi. G‘ayrat Do‘stov ozod qilindi.

4-yanvar. Yollanma bloggerlar va trollar tish kavlagichdek foydalanib otilganidan darg‘azab edi. G‘ayrat Do‘stovni sha'niga yomon gaplar aytishda davom etishdi. Uning qo‘lloviga yig‘ilgan pullarni yeyilib ketgani haqida fitna yoyishdi.

6-yanvar. Qo‘llagan, sudiga ham borgan, qo‘llov uchun pul yig‘ishni tashkil qilganlar xalqning omonatini Gʻayrat Doʻstovga topshirdi. Havola:
https://youtu.be/vuAutiDUB2A

Hozircha shu. "Yirtiq poyabzal" voqeasi hali ko‘p eslanadi!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

06 Jan, 09:34


Bu video olingan xona maktab binosini ichida. Bu odam yo direktor, yo o‘rinbosar, yoki o‘qituvchi. Agar ta'lim bunday nusxalar qo‘lida bo‘lsa, u ta'lim aslo najot emas!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

06 Jan, 08:00


2020-yil pandemiyada Ispaniyalik shifokorlar aytgandi:
- Futbolchilarga millionlab dollar sarflanardi. Tibbiyotga esa e'tibor berilmasdi. Marhamat, futbolchilar shu vaziyatda nima yordam beradi?

Yana shunday jarayon va davr boshlanayotganga o‘xshaydi. Alloh asrasin!

Izoh: Xitoy orqali yana virus tarqalyapti...

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

05 Jan, 18:15


Siz uchun film tavsiyasi!

• Oligarxlarning tizimga ta'siri;
• Puldorlar manfaatiga qonunlar chiqaruvchi deputat va senatorlar;
• Ularga qarshi o‘z irodasini ko‘rsatadigan faol xalq;
• Tepadagilarni "tupik"ka tiqqan fidokor ayol...

"Miss Sloane" filmi.
O‘zbekcha, ruscha yoki inglizcha. Qay biri qulay bo‘lsa, barcha tillarda bor bu film.

O‘zbekcha tarjima uchun havola:
https://uzmovi.tv/tarjima-kinolarri/2981-xatarli-oyin-sloun-xonimning-havfi-oyini.html

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

04 Jan, 16:02


Hayolimda bir savol aylanyapti. Kecha sudya "arzidimi" deb so‘radi.

Arzidimi...

Tepadagilar oddiy bir damaschi yigitga qarshi
- Gala-gala bloggerlarni
- Poda-poda trollarni
- Pachka-pachka kanallarni...
tish kavlagichdek ishlatib, kuzatuvchilari oldiga otdi. Ular kimning "laycha"si ekani fosh bo‘ldi. Egalariga xizmat uchun juda arzon qurbon qilindi.

Arzidimi?

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

04 Jan, 13:16


9 oydan beri yutubga video qo‘ymayapman. Bu vaqt davomida 20ga yaqin uzun videolar tayyorladim. Yaqinda e'lon qilaman, inshaAlloh.

Bu ulardan birining qisqa parchasi.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

03 Jan, 16:26


Dardini aytgani uchun qamalgan yigit ozod qilindi!

Hammangizni tabriklayman!
Ozod qilinishiga sabab aynan sizsiz!


Siz qo‘rqmadingiz, siz qo‘lladingiz. Siz maqola yozdingiz, siz video tarqatdingiz. Siz izoh va layk bilan faol bo‘ldingiz! Siz fidokorlik qilib pul bilan qo‘lladingiz. Duoda ham bo‘ldingiz.

Sizning faolligingiz tomchidan dengizga, shamoldan to‘lqinga aylandi! Tepadagilar shundan qo‘rqdi. Siz befarq emasligingiz, bir tan-u bir jon bo‘lganingiz uchun ozod qilindi!

Adolat bo‘lsa edi, Energetika vaziri, Ichki Ishlar Vaziri va hukm qilgan sudya ishdan olinardi. U yigitga 9 kunlik asossiz qamoq uchun tovon puli to‘lanardi.

Adolat uchun emas, sizning faolligingiz uchun ozod qilindi!

Sizni tabriklayman!
Rahmat sizga!


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

02 Jan, 11:28


Ba'zi bloggerlarga "fasss" deyildi. Ular qamalgan yigitni gapi qolib, shaxsiy hayotiga yopishishyapti. Ikkinchi xotini bormish, mish-mish...

Agar bu uslubda davom etilsa, yana amaldorlar battar sharmanda bo‘ladi. Chunki, qo‘shiqchi Larisa Moskaleva kimni ikkinchi xotini edi? Qizini otasi kim? Aktrisa Zarina kimni ikkinchi xotini edi? O‘g‘lini otasi kim?

Yana qancha-qancha ma'lumotlar. Va buni xalqimiz orasida ko‘pchilik yaxshi biladi!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

02 Jan, 09:11


O‘z dardini aytgan odamni qamadi. Keyin xalq qo‘llashini, o‘zlari sharmanda bo‘lishini hayoliga keltirishmadi.

Ya'ni bir ish qilsa, ertasiga qanday natija bo‘lishini o‘ylamaydiganlar "Porloq kelajak" va'da qilishiga hayron qolaman.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

02 Jan, 06:50


Xizmatkor va xoʻjayin oyoq kiyimi...

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

01 Jan, 11:20


Bir yigit ichki dardini aytdi. Uning gaplari boshqalarning ham dardi edi. Shuning uchun, har yerda videosi tarqaldi.

Bu yigit boshqalarga o‘rnak bo‘lmasin, deb uzr so‘ratmoqchi bo‘lindi. Yigit uzr so‘ramadi, tik turdi. Boshqalarga dars bo‘lishi uchun endi qamatildi.

Bu holat menga bir voqeani eslatdi.
Buxoro amiri Muzaffarxon Qo‘qon xonlini bosib olmoqchi bo‘ladi. Bundan xabar topgan Qo‘qon xoni Saidxon Buxoro amiriga xat yozadi.

Mazmuni shunday:
"Qo‘qon xonligi zaif. Uni boshqarayotgan kamina esa yosh yigitman. Agarda urush qilib bizni yengsangiz, o‘smirni yengish sizga obro‘ bermaydi. Aksincha, agar biz g‘alaba qilsak, qat-qat sharmanda bo‘lasiz".

O‘z dardini, xalq dardini aytgan yigitni qamash orqali amaldorlar xalq qalbiga qo‘rquv solmadi. Obro‘ ham topmadi. O‘zi qat-qat sharmanda bo‘ldi. La'nat va qarg‘ish oldi.

Xalq yana u yigitni qo‘llashda davom etadi, qo‘llayapti ham.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

01 Jan, 06:40


Bundan to‘rt ming yil oldin...

Muso alayhissalom Misr davlat rahbari, podshohning yoniga bordi. U Fir'avnni bir xalqqa nisbatan zulm, nohaqlik va zo‘ravonlik qilishdan tiyilishga chaqirdi.

Bir podshohning qarshisida haq va huquq himoyachisi, erkinlik kurashchisi turgandi.

Misr podshohi Muso alayhissalomni yerga urmoqchi bo‘ladi, mot qilmoqchi bo‘ldi. Muloqotda podshohni o‘zi "tupik"ka kiraverdi.

Keyinchi?

"Shu'aro" surasi, 29-oyat:
"Fir'avn: «Agar mendan boshqani iloh qilib olsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman», dedi."

O‘z haqqini talab qilganni qamaydigan tizim - Fir'avncha tizim deyiladi. To‘rt ming yildan beri o‘zgarmagan.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

31 Dec, 06:40


Eslatma!

- Boshqa tillarni o‘rganishni;
- Sport bilan shug‘ullanishni;
- Yomon odatlarni tashlashni... va yana qandaydir rejalarni yangi yildan boshlayman deganlar uchun bugun so‘nggi kun!)

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

29 Dec, 15:09


Yangi yilga o‘tishni bayram qilish yoki qilmaslik har kimning xohishi. Vijdon va e'tiqod erkinligi.

Davlat tashkilotlari xalq puliga qorbobo va qorqizlarni ommalashtirishi, bu endi siyosat.

So‘nggi yuz yilgacha musulmonlar bayram kunlari bozorlarda, markaziy joylarda takbir aytib yurishgan.

Ramazon va Qurbon bayramida imomlar va diniy ulamolar uzun soqollari bilan bozorlarda takbir aytib yurishsa nima bo‘ladi? Xuddi hozir qorbobolar to‘planib yurgandek.

Axir azon ovozini eshitganda yig‘laydigan Prezidentimiz bor-ku!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

28 Dec, 11:40


Lev Tolstoy qalinligi bir qarich boʻlgan kitoblar yozgan. Hamma asarlari jamlansa, 100 ga yaqin kitob bo‘ladi.

Va... Lev Tolstoy aytgan-ki:

"Eh, dangasalik. Sen bo‘lmaganda qanday yaxshi odam bo‘lardim!"

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

25 Dec, 12:21


Qorboboning tarixi xristianlarning avliyosi Nikolayga borib taqaladi. U 1800 yil oldin yashagan. Qorbobo bolalarni xursand qilishi, sovg‘a berishi avliyo Nikolayning sunnatidir.

Markaziy ko‘chalarni avliyo Nikolayga taqlid qiluvchi soqolli, qizil to‘nli odamlar to‘ldirib yuribdi. Muhammad sallollohu alayhi vasallamga taqlid qilib soqol qo‘yganlar o‘zi qurdirgan masjidda bosimga uchrayapti.

Ya'ni, davlat siyosati soqolga emas, Islom diniga qarshi!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

25 Dec, 08:56


Shu yigit dilidagi dardini aytdi. Videosi tarqadi. Videoga yozilgan izohlarni o‘qidim. Shunday izohlar ko‘p edi:
"Senariy bo‘yicha ketyapti, yaxshi rol o‘ynabdi, zo‘r uyushtirishibdi..."

Bu kabi yozganlarda kibr bor. Kibr shunday narsa-ki, odam o‘z kamchiligini ko‘rmaydi. O‘zi aytishga qo‘rqqan gaplarni bu yigit aytsa, sirli ma'nolar orqali o‘zini ovutishga urinadi.

"Bu yigit jonidan o‘tib ketganidan gapirdi, mardlik qildi", deb borini tan olish nega qiyin? Chunki o‘zini ojizligini, qo‘rqoqligi ham tan olgan bo‘ladi. Unda qanday mahallada kar-kar qilib yuradi.

Shuning uchun voqeaga boshqacha baho beradi: "Aniq DXXni odami, aniq o‘yin, aniq kelishuv, aniq proekt..."

- Nega 8 soat navbatda turyapsan? Bu yigit teshik poyabzalini ko‘rsatdi, sen teshik ishtoningni ko‘rsatib video qilmaysanmi? Shunda amaldorlarni patagiga qurt tushib, harakat qiladi?
- A yo‘g‘e, u o‘zlarini odami. Davlat proekti. Yozib berishdi, u o‘qidi. Unaqa o‘yinlarga aqling yetmas ekan...
- Mayli, unda battar bo‘l!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

21 Dec, 13:29


Sionistlar G‘azoda o‘ldirayotgan odamlarning 70 foizi ayollar va bolalar. Ayollar va bolalar o‘lsin, G‘azo naslsiz, kelajaksiz qolsin, deb harakat qilyapti...

Bizdachi?

Erkaklar ko‘chada tirikchilik g‘amida yuribdi. Soatlab "zapravka"da navbatda turibdi. Ularning ayoli va bolalarini TV zaharlayapti. "Kuyov qaynona bilan yotdi", "Qaynota kelinni zo‘rladi" kabi seriallar bilan.

Yuqoridagi holatlar o‘rtasida ikki farq bor. Birinchi farq, sionistlar g‘azoliklarni jismonan yo‘q qilyapti. Bizni TVlar esa ruhan va ma'nan o‘ldiryapti.

Ikkinchi farq, sionistlar qurollarga o‘zini pulini ishlatyapti. Qatliom qilinayotgan g‘azoliklar pulini emas. Bizni TVlar esa xalqimiz, ya'ni sizning pulingizga oilangiz, qo‘shningiz, yaqiningizni "o‘ldiryapti". Soliqlar, jarimalar va bojlar orqali yig‘ilgan puldan.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

20 Dec, 14:02


Farg‘onadagi portlash aybdori...

Kimdir "uy va bolalar bog‘chasini oldida "zapravka"ga ruxsat berganlar aybdor" deyapti.

Kimdir "oldin "zapravka" qurildi, keyin uy qurildi. Uy qurdirganlar aybdor" deyapti.

Kimdir haddidan oshib, ""zapravka"ni oldidan uy sotib olganlarni o‘zi aybdor" deyapti.

Bu voqeada aybni bir kishiga to‘nkab, asl haqiqatdan qochmaslik kerak. Xo‘sh, Farg‘onadagi portlashda kim aybdor?

* "Qonun ustuvorligini ta'minlayman" deb, 8 yillik va'dasini bajarmayotgan Prezident aybdor.

* O‘zini uyini mukammal qurib, shaharsozlikka tupurib qo‘ygan amaldorlar aybdor.

* Portlashdan keyin ham haligacha miq etmayotgan qo‘g‘irchoq deputat va senatorlar aybdor.

* Amaldorlarni nazorat qiluvchi, davlatni va xalqni himoya qiluvchi IIV, DXX va Prokurorlar aybdor.

* O‘z vazifasini bajarmayotgan jurnalistlar aybdor.

* Saylovda qatnashishga targ‘ib qilib, hisob so‘rashda shukurga chaqiradigan taniqli kim bo‘lsa, hammasi aybdor.

* Hukumatni qing‘irliklarini bilib, unga qarshi mustaqil mediyani yo‘lga qo‘ymagan, rivojiga hissa qo‘shmagan puldorlar aybdor.

* Mansabni, boylikni va pulni muqaddasdek singdirgandan ota-onalar aybdor.

* Yetimlar zo‘rlansa ham, bolalar zaharlansa ham, uch kunda unutib, "meni chaqmagan ilon ming yil yashasa ham mayli" deydigan biz aybdor.

Har bir jinoyat jamiyatga, odamlarga, ya'ni sizga berilgan bir savoldir. Nega bunday bo‘ldi?

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

19 Dec, 10:39


Bo‘lgan voqea. Amerikaga borgan tanishim aytadi:

"O‘zbekistonliklar uyida mehmon bo‘ldim. Mehmonga qo‘shnilar ham keldi. Hammasi o‘zbekistonlik. Hammasi ko‘p yildan beri Amerikada yashaydi. Hammasi Amerika vatandoshligini olgan. Uzoq yildan beri O‘zbekistonga bormaydi.

Kulishib, chaqchaqlashib, xonani to‘ldirib gaplashdik. Suhbat qizib, mavzu O‘zbekiston siyosatga burilganda "...qizi bunday qildi, kuyovi unday qildi" deb negadir hammasi pichirlay boshladi.

Kim eshitmasin deb pichirlashganiga hayronman. Hammasi uzoq yildan beri O‘zbekistonga bormagan. Hammasi Amerika vatandoshi ".

Sababini aniqlashni o‘zi aslida ilmiy tadqiqot mavzusi!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

18 Dec, 16:05


Toʻliq video:

https://m.youtube.com/watch?v=Z5shsc_SyMc&t=2257s

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

07 Dec, 18:37


Bir savol qiynayapti.

Kimdir ochiq va oshkora yomonlik qiladi. U haqida gapirilsa, "g‘iybat qilma" deb nuqta qo‘yiladi. Oyat va hadislar keltiriladi.

Ochiq va oshkora yomonliklar ichida yashagan odam o‘lsa, ba'zilar yomonligini eslaydi. Shunda eslaganlarni darrov "o‘lganni orqasidan gapirma" deb ovozini yopishadi. Turli oyat va hadislar keltiriladi.

Xo‘p, odamlarimiz oyat va hadisga mahkam ekan. Taqvodor ekan, bu yaxshi, albatta. Meni qiynagan savol shu:

Ko‘p odamlar taqvodor bo‘lsa, unda foizga kredit olishni, pora olish-berishni, xalq mulkini o‘marishni kim qilyapti?!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

06 Dec, 13:33


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

06 Dec, 11:18


Bir yil oldingi video.

Toʻligʻi:
https://m.youtube.com/watch?v=8dzDe8Wf0p0

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

04 Dec, 11:47


Toshkentda 3 tonna rus salati tayyorlanarkan. Shu orqali rekord yangilashmoqchi...

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

04 Dec, 07:01


Koʻp odamlar hayotda uch asosiy maqsadi uchun yashaydi:

- Mashina olish,
- Uy qurish,
- To‘y qilish

O‘zi va oilasi bir umr shunga harakat qiladi. Unga erishgach, mashinasini va uyini hayotining markazi qo‘yadi. Qalbining to‘riga turadi. Shunday qilib temir mashina va g‘isht-betonli uy muqaddaslashadi. Ulardan mahrum bo‘lish xuddi dindan chiqishdek tusga kiradi. Shunday qilib har qanday nohaqlikka ko‘nadi. Uyi va mashinasiga zarar kelmasa bo‘ldi.

Shunday qilib mol-mulk muqaddaslashadi. Islomni ilk davridagi musulmonlar munofiq bo‘lib qolishdan qo‘rqqan. Hozir esa mol-mulkdan mahrum bo‘lish qo‘rquvi balanroq.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

03 Dec, 17:15


DXX va IIV tizimi xodimlarini ishdan olish va qamash davom etyapti. Shu oʻrinda bir narsani eslataman.

Islom Karimov vafot etgach, Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘ldi. Taxt o‘yini shunday, yutgan qahramon bo‘ladi. Yutqazganga "eshak o‘g‘risi" tamg‘asi uriladi. Shuning uchun o‘tmishdagi butun ishlarning aybdori "G‘ulomovchilar" deb xalq ishontirildi. Eski kunlar qaytmaydi, deb hamma quvondi. Yangi O‘zbekiston davri boshlandi.

Oradan vaqt o‘tdi. Yana dindorlarga bosim boshlandi. Blogerlar qamaldi. Siyosiy o‘yin sababli DXX raisi Ixtiyor Abdullayev qamaldi. Hamma balolarning aybdori u deb ishontirildi.

Yana oradan vaqt o‘tdi. Dindorlarga emas, har kimga bosim kuchaydi. Blogerlar qamalishi ko‘paydi. Endi hammasiga aybdor Umarovchilar degan propoganda ketyapti.

Bu kuchlar to‘qnashuvi. Yutgan taraf uloqni mahkam ushlagach, yana bosimlar avvalgidek, yoki qattiqroq davom etadi. Chunki boshqaruv tizimi va zehniyat ayni.

Mayli, kayfiyatni tushirmay, amakini gapi bilan ovunamiz: "yaxshi bo‘lib qolar"!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

30 Nov, 11:32


Qahvaxonadaman. Ikki metr narida o‘tirgan odam qo‘lida telefon. Boshini egib, instagramda ketma-ket videolar ko‘ryapti. Telefon ovozi baland, "upds-upds", "ting‘ir-ting‘ir" va romantik musiqa butun qahvaxonani egallagan. 10 daqiqadan beri ahvol shu.

U odam 70 yoshdan oshgan amaki...
Telefon qariyalarni buzyapti!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

30 Nov, 10:32


Turkiyaning Konya viloyatidaman. Hozirgina qiziq voqeaga duch keldim.

Shaharning markaziy ko‘chasida Isroilga qarshi yurish bo‘lyapti. Namoyish ishtirokchilarining deyarli hammasi bolalar. "Bolalar qotili Isroil" va "Zolimlar uchun yashasin Jahannam" degan shiorni baralla aytyapti. Videoning oxiriga e'tibor bersangiz, ularning ortidan politsiya mashinasi yuribdi. Odamlar orasida ham politsiya birga ketyapti. Qamash uchun emas, himoya qilish uchun.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

29 Nov, 04:56


Pichirlab qo‘yishadi:
"Shavkat akani xotini bank ochgan. Bankni o‘zini ismi bilan nomlagan. "Ziroatbank"..!

Indamayman, shunchaki jilmayaman. "Ziraatbank" aslida Turkiya banki ekani, O‘zbekistondagi uning sho‘'basi ekanini aytgim kelmaydi.

Jiddiy qiyofada pichirlab gapiradigan mavzusidan mahrum qilmay! 😉

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

26 Nov, 14:50


Bir vaqtlar Anvar Sanaev eng mashhur qo‘shiqchi edi. Stadionlarni to‘ldirib konsert berardi. Birdan yo‘qoldi. Taqiqqa uchragan ekan.

Oradan yillar o‘tib taqiqqa uchrash sababini "IntervyuTV" bilan suhbatda aytgan. Aytilgan sabab shu:

Diniy ayblov bilan bir odam qamoqqa olingan. Uni uyi tintuv qilinganda rasmlar orasida bir rasm bor edi. To‘yda Anvar Sanaev bilan tushgan rasmi. Shundan keyin qo‘shiqchiga taqiq qo‘yilgan.

Agar yana shu zehniyat ishlab ketsa bormi... Kecha "qiyomatli aka"si bilan tushgan rasmini maqtanganlar tezda rasmlarni o‘chiradi. Balki o‘chirishni boshlashgandir!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

25 Nov, 17:07


Turkiyaliklar yozda dala hovliga boradi. Yoz bo‘yi "dacha"da yashaydi. Yashash vaqti insoniylik ehtiyoj, hojatxona kerak. Yerga chuqur qazilgan hojatxonadan foydalanadi. Yozgi ta'til tugagach shaharga qaytadi.

Yo‘lga chiqishdan oldin bir ish qilinadi:

Hojatxona chuqurini tepasiga molning jigari osiladi. Molning jigari qurtlaydi. Qurtlar jigarni yeb, birma-bir hojatxonani chuquriga tushadi. Keyin chuqurdagi axlatlarni yeydi. Axlat tugagach bir-birini yeydi. Shunday qilib keyingi yozgacha chuqurni ichi top toza bo‘ladi.

Bo‘layotgan voqealar shuni eslatdi...

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

24 Nov, 15:25


@sajar_xoja

Sanjar Xo‘ja

24 Nov, 06:56


So‘nggi vaqtlarda tez jahlim chiqayotgandi. Uyquga to‘ymayotgandim. Hech narsa qilgim kelmaydigan dangasalik hissi ko‘p bo‘lardi.

To‘rt kundan beri yaxshiman. Oz uyqu yetarli, qancha yursam ham charchamaydigan va hotirjam bo‘lib qoldim. Sababi 4 kun oldin kameraga soatlab ichimdagi gaplarni to‘kkanim uchun deb o‘ylayapman.

Menga endi yana ham yaxshiroq tushunarli bo‘ldi hamyurtlarimizning holati. Nohaqlikni ko‘rish, uchrash va unga qarshi chorasizlik umr egovi.

Faqat buni ko‘pchilik idrokida emas. Chunki o‘ylashga fursati bo‘lmaydi. Tirikchilik va ro‘zg‘orni yetishtirish kerak. Ovunchog‘i esa kulguli videolar...

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

21 Nov, 12:52


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

20 Nov, 12:35


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

17 Nov, 13:27


Hozir shunday murojaatlar yana ko‘paygan. Murojaatchilarga gapim, "obunachisi ko‘p bo‘lgan avtobloger, vaynerchi va qo‘shiqchilar yoritsin".

Ortiqxo‘jaev, blogerlardan ko‘ra Munisani obunachisi ko‘proq, blogerlar oʻzini bosib olsin degandi. Qancha odam Ortiqxoʻjayev gapini olqishladi. Mana, gʻij-gʻij muammo bor. Munisa xalq dardini yoritadimi? Yoki faqat pulidan boshqa hech vaqosi yoʻq boylarni koʻz-koʻz qiladigab blogerlar yoritadimi?

Xalqni "pandavaqi", "itni keyingi oyogʻi" degan blogerlarchi?

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

17 Nov, 09:33


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

17 Nov, 08:00


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

15 Nov, 12:34


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

10 Nov, 12:03


"Odamlarning haqiqiy yuzini bolalarga qilgan muomalasidan orqali koʻradiz". Nelson Mandela

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

09 Nov, 09:15


2 yil oldingi video.

Havola:
https://m.youtube.com/watch?v=FG_JCdsZ_Yo&t=4s

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

08 Nov, 13:54


Qahva haqida!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

07 Nov, 08:55


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

06 Nov, 08:46


"Gapirish zarurat, tinglash esa sanʼatdir". Gyote

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

01 Nov, 13:02


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

30 Oct, 08:46


Instagramdan tushunganim shu boʻldi:

Oldin Gulnorani qoʻshigʻini mashinada baland qoʻyib yurish obroʻ deb bilinardi. Hozir kuyov bilan tushgan rasmni odamlarga koʻrsatish obroʻ ekan...

Oʻzini hurmat qilmagan odam boshqalarning soyasi bilan kuchli koʻrinishga harakat qiladi.

"Mansabdorlar soyasini oʻz soyasi deb oʻylaydigan masxarabozlarga achinaman".
Uilyam aka Shekspir

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

27 Oct, 07:00


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

26 Oct, 14:16


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

26 Oct, 13:46


Allamjonov bilan bolalikni eslab "tas-tas" o‘ynashibdi. Allamjonov "jigarimga tekkizalmadi" deb yuribdi. Odamlar esa negadir xursand. Hech kim hamdardlik bildirmayapti.

Hamdardlik bildirilmagani hamma yomon ko‘rganidan emas. Shunchaki, mansabi yo‘qligidan.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

25 Oct, 13:04


4 yil oldingi video

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

25 Oct, 09:02


Rossiyalik qiz shunday yozadi:

"Dugonam Nargizani cherkovga olib bordim. Unga yoqdi. Shunday qilib, tez-tez bordik. Aytishicha, hayoti bo‘yicha masjidga uch marta borgan ekan. Cherkovga borish soni masjidga nisbatan ko‘p ekan. Bir nasroniy qiz sifatida bundan quvondim".

Anaqa... Juma muborak!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

25 Oct, 07:04


Ertadan keyin saylov...

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

24 Oct, 08:18


Markaziy Osiyo 150 yil oldin ruslarga qaram boʻldi. Buxoro Amirligi va Xiva xonligi qaram edi. Keyin ular tugatildi. Oʻzbekiston davlati tashkil topishi bizning tariximiz. Savodsiz Oxunboboyev birinchi davlat rahbari boʻlishi ham tariximiz.

Hozirgi Oʻzbekistonning poydevori 100 yil oldin qoʻyildi. Orada mustaqillik eʼlon qilindi. Mustaqil boʻlish ham tariximiz.

100 yillik tariximizda nimalar boʻlgani eslanmaydi. Oʻzbekiston SSR davri, mustaqil Oʻzbekiston davri haqida atroflicha gap yoʻq. Hozir faqat Yangi Oʻzbekiston.

Kimdir aytishi mumkin, oʻtmish davrni eslasak SSSR targʻiboti boʻlishi mumkin, deb. Axir 9-may tadbirlari Mustaqillik bayramidek tantana qilinyaptiku!

Savol, nega Oʻzbekiston davlatchiligining 100 yilligi eslanmayapti? 100 yildan beri koʻp siyosat oʻzgarmagani uchunmi?

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

23 Oct, 14:33


@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

22 Oct, 14:28


Saylov haqida 1/4

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

21 Oct, 07:41


"Tilni buzib gapirish millatni mensimaslikdir". Ozod Sharafiddinov

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

16 Oct, 15:48


E'tiborsiz boʻlib yashashim yomon-da. Qancha muhim voqealar bo‘ladi, ahamiyat bermayman. Bunda eng avval o‘zimni ayblayman.

Masalan, Munisa UZIga bordimi, tug‘ilajak chaqaloqni jinsi ma'lum bo‘ldimi, bilmayman. Johillik qursin)

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

14 Oct, 15:16


"Suvga qaltiroq shahar".
117-raqamli video.

Toʻligʻi:
https://m.youtube.com/watch?v=Z5shsc_SyMc&t=2245s

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

10 Oct, 11:51


Туркияда фақат сариқ рангли таксида киракашлик қилиши мумкин. Тўхтатсангиз, манзилга олиб бориш мажбурияти бор. Шунинг учун таксига минсам, эшикни очиб ўтираман. Кейин манзилни айтаман.

Кеча бир такси тўхтатдим. Ўтириш учун орқа эшикни очмоқчи эдим, қулф. Ҳайдовчи қаерга боришимни сўради. Мен айтдим. "Яқин масофага бормайман", деди. "Олиб бориш вазифанг. Бўлмаса устингдан шикоят қиламан" дедим. "Бемалол" деб кетди. Такси рақамини ёзиб олдим.

Бир дақиқага бормай бошқасига ўтирдим. Истанбул ҳокимиятига телефон қилдим. Бир таксичини устидан бошқа таксичини ёнида шикоят қилиш ноқулай эди.

Ҳайдовчига воқеани айтдим. У сўради:
- Шикоят қилдингми?
-  Тушгач шикоят қиламан. Олдингизда ҳамкасбингиз устидан арз қилиш ноқулай.
- Йўқ, шикоят қил. Таксичи масофага қарамай олиб бориши шарт. Кўпчилик шикоят қилмайди. Кейин шунақа мижоз танлайдиганлар қутуради. Натижада таксичилар номига доғ тушади.

Таксида кетаётиб ҳокимиятга шикоят қилдим. Унга жарима белгилангани ҳақида маълумот электрон почтамга келди.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

08 Oct, 07:01


Vaqt mashinasi fantastika deb bilamiz. Aslida u real hayotda bor.

Masalan, chekka qishloqdan viloyat markaziga mashinada borsangiz, 1930-yildan 1960-yilga o‘tgan bo‘lasiz.

Viloyat markazidan Toshkent markaziga borsangiz, 1960-yildan 1980-yilga o‘tgan bo‘lasiz.

Toshkentdan samalyotga o‘tirib, Janubiy Koreyaga uchsangiz 2024-yilga borgan bo‘lasiz.

Masalanda! 😉

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

07 Oct, 14:57


Falastindagi urushning keskinroq bosqichi boshlanganiga 1 yil boʻldi.

Toʻliq video:
https://m.youtube.com/watch?v=BDZA1mtQyaY&t=6s

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

05 Oct, 14:50


Toʻliq video:
https://m.youtube.com/watch?v=aSyyZUw5Y6o&t=22s

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

04 Oct, 13:58


Darsda o‘qituvchi so‘rabdi:
- Kelajakda nima ish qilasiz?
O‘quvchilar javob beribdi:
- Hokim bo‘laman!
- Vazir bo‘laman!
- Lider bo‘laman!
- Amaldorni kuyovi bo‘laman...

Shunda bir o‘quvchi debdi:
- Hamma yumshoq joyda o‘tirishni xohlayapti. Kimdir ish qilish kerak-ku. Men oddiy ishchi bo‘laman.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

30 Sep, 18:27


Алламжонов нега ишдан олинди?
Менимча, икки асосий сабаби бор.

1) Алламжонов йиллар давомида ҳукумат ва ғарбдаги халқаро ташкилотлар ўртасида кўприк бўлди. Нутқи, ўзини тутиши ва тил билиши унга қўл келди. Саида Мирзиёева унинг ёнида учрашувларга қатнашди. Йиллар давомида Саида Мирзиёева халқаро майдонда ўзини танитишга ҳаракат қилди. Энди ўзи ғарб билан мулоқотда ҳукуматни тамсил қиладиган кишига айланди. Парламент сайловидан кейин қанотини кенг ёзиб парвоз қилади. Бу бўйича Алламжоновнинг кераги қолмади.

2) Алламжонов Ўзбекистон медия майдонида кучга эга. Телеканали бор, блоггерлар армияси бор, ёлланма журналистлари бор. Қўлида минглаб маълумотлар ва компроматлар бор.

Аслида бундай кучга эга одамлар кўп. Фирдавс Абдухолиқов ва Жаҳонгир Ортиқхўжаевда ҳам шундай медиявий куч бор. Фақат бошқарув элитаси айнан Алламжоновни хиёнатда гумон қилди.

Қандай дейсизми?
"Озодлик" эълон қилган бир нечта суриштирув видеоларин бор. "Озодлик"ка бундай маълумотларни етказишда асосий гумондор - Алламжонов.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

30 Sep, 14:39


Komil Allamjonov ishdan olindi.

Avval turli xabar yurgandi. Keyin birdan paydo bo‘lib, tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Yolg‘on xabarlar tarqayotgani haqida aytdi.

Keyin yana quduqqa tushgan toshdek yo‘q bo‘ldi. To odamlar unutguncha. Keyin esa ishdan olindi.

"Boshqa ishga o‘tish sababli" deb aytilyapti. Prezident Adminstratsiyasi sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ham boshqa ishga o‘tkazilgandi. Kasaba uyushmasi degan, nomi bor-u, o‘zi ko‘rinmaydigan tashkilotga o‘rinbosar qilib.

Aslida, Allamjonov bo‘yicha rejalardan xabarim bor. Faqat u emas, boshqa ko‘p sarguzashtlar endi boshlanadi.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

30 Sep, 09:25


Diogen, faylasuf.
2400 yil oldin yashagan.

Kunlarning birida odamlarga jiddiy mavzuda nutq qildi. Odamlar eshitmayotganini ko‘rgach, hushtak chalib qushdek sayradi. Hamma unga qarab, qiziqish bilan kuzatishni boshladi.

Shunda Diogen dedi:
- Mana, o‘zingiz ko‘rdingiz. Odamlar jiddiy mavzudan ko‘ra ko‘proq maynavozchilikka diqqatini qaratadi.

Bu holat 2400 yil oldin bo‘lgan. Diogen ilm, fan va madaniyat rivojlangan jamiyatda yashagan. O‘sha jamiyatda ham odamlar o‘yin - kulguni yoqtirgan. Har voqeadan bir bahona topib, "Mana millatni ahvoli" deb o‘z xalqini yerga uradiganlar uchun yozdim. Ibrat bo‘lsin!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

25 Sep, 11:13


"Ayollarga erkakning boyligi qiziq. Mashinasi, puli va uyiga qarab muomala qiladi".

Bu gapni eshitsam kulgim keladi. Boylarni ko‘rganda egilib, bukilib, xushmuomala bo‘ladigan yuzlab erkaklarni ko‘rganman!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

24 Sep, 07:09


Facebookda bir yigit yozgan gaplar...

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

20 Sep, 16:53


Qiziqqan va so‘raganlarga ma'lumot:

"O‘zbekiston tavalludi" kitobi sotuvda qolmagan ekan. Qahva ham tugadi. Mushuk ham ketdi...

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

19 Sep, 16:34


Ikki yil oldingi video.

Toʻligʻi:
https://m.youtube.com/watch?v=dv_nwLTvP3o&t=8s

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

19 Sep, 10:26


Xodimlar boshqaruvida yuz xil usul bor. Lekin zo‘ravonlik usulidan foydalangan rahbarlarni ko‘rsam;

O‘quvchilarga ta'lim berishda yuz xil usul bor. Lekin zo‘ravonlik usulidan foydalangan o‘qituvchilarni ko‘rsam...

Shu kadr ko‘z oldimga keladi!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

19 Sep, 10:12


Latifa

Bir odam qo‘shnisidan qarzdor ekan. Qarzni qaytarish muddati keldi. Lekin haligi odamda pul yo‘q. Qo‘shnisi qarzni so‘rab chiqibdi:

"Ertaga muhim to‘lovim bor. Ertaga shu qarzni qaytaring. Bo‘lmasa noqulay vaziyatda qolaman"

Haligi odamni boshi qotdi. Nima qilishni bilmay qoldi. Kech tushsa ham ko‘ziga uyqu kelmadi. Bezovta bo‘lib yurganini ko‘rgan xotini nima bo‘lganini so‘radi. Xotiniga dardini aytdi. Shunda xotini telefonni olib qo‘shniga telefon qilib dedi:

"Falonchi aka, erimni hozir umuman sharoiti yo‘q. Urasizmi, tepasizmi, ertaga qarzni hal qilib berolmaydi. Shunga ertaga erimdan pul kutmang".

Keyin xotin eriga qarab dedi:
"Mana bo‘ldi, siz uxlayvering. Endi qo‘shni bezovta bo‘lib, uyqusi qochib yurib chiqadi".

Bu latifani nega aytdim?

Besh oydan beri video qilmayapman. Juda ko‘p gaplar ichimdan o‘taverib, o‘ylayverib, oxiri bosh og‘rig‘i bezovta qiladigan bo‘ldi.

Shunga tez kunda inshaAlloh yana videolarni e'lon qilaman. Uyog‘iga sizning boshingiz og‘risin! 😉

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

19 Sep, 08:18


Markaziy Osiyoga kelgan bosqinchilar tariximizni o‘zgartirdi. O‘z aslimizdan mahrum qilish uchun. Shu bilan birga ba'zi terminlar kiritdi. U terminlarning ma'nosi mavhum.

Masalan, "eskilik sarqiti" termini tamg‘aga aylandi. Natijada xalq milliy va diniy qadriyatlardan uzoqlashdi. Stalin davrida "xalq dushmani" termini bilan xalq parchalandi.

Hozir ham shu kabi mavhum terminlar bor. Masalan, "negativ". Ma'nosini bilmay tushunmay, o‘ziga xush kelmagan vaziyatda ishlatiladigan soʻzga aylandi. Bu ketishda yaqinda shunday bo‘ladi:

- Dadasi, bo‘yningizdagi pomada qayerdan keldi?
- Ey, negativlik qilma, xotin.

- O‘g‘lim, namuncha ko‘p telefonda vaqt o‘tkazasan?
- Negativlik qilmang ona.

- To‘yni kamchiqim o‘tkazaylik. Isrof emasmi?
- Eee, negativlik qilma bolam...

@sanjar_xoja