Samarqand viloyati transport boshqarmasi @samtrans Channel on Telegram

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

@samtrans


Samarqand viloyati transport boshqarmasining sahifasi

Мурожаат учун: https://t.me/Transportga_murojaat_Samarqand

https://www.instagram.com/samarqand_transportboshqarmasi/

https://www.facebook.com/profile.php?id=61562159850795

Samarqand viloyati transport boshqarmasi (Uzbek)

Samarqand viloyati transport boshqarmasi - bu Samarqand viloyati transport sohasidagi so'nggi yangiliklar va ma'lumotlar kanali. Kanal orqali siz transport sohasidagi rivojlanishlarni eng so'nggi va to'liq ravishda kuzatib borishingiz mumkin. SamTrans kanalida Samarqand viloyati transport boshqarmasining so'nggi faoliyatlariga dair ma'lumotlar, yo'riqnoma va yangiliklar, jamoatga ta'sir qilish uchun loyihalar va boshqalar kabi bir nechta foydali ma'lumotlar mavjud. Agar siz transport sohasidagi o'zgarishlardan va rivojlanishlardan xabardor bo'lishni istasangiz, Samarqand viloyati transport boshqarmasi - SamTrans kanaliga obuna bo'ling va so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling! Kanal bilan bog'lanish: [SamTrans - Samarqand viloyati transport boshqarmasi](https://t.me/Transportga_murojaat_Samarqand) Boshqarmaga murojaat uchun: [Murojaat uchun](https://t.me/Transportga_murojaat_Samarqand) Ijtimoiy tarmoqlar: [Instagram sahifasi](https://www.instagram.com/samarqand_transportboshqarmasi/) [Facebook sahifasi](https://www.facebook.com/profile.php?id=61562159850795)

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

31 Jan, 05:32


‼️“Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi soni taqdim etildi. Unda viloyat transport boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etishdi.

Davlat xizmatchilari uchun mo‘ljallangan siyosiy-ma’rifiy soatida bugungi kunning muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Jumladan:

O‘zbekiston va jahon yangiliklari;
“M-dayjest”da ma’naviy hayot yangiliklari;
“Robot” - mulohaza uchun mavzu;
“Tafakkur” jurnalida chop etilgan dolzarb mavzudagi maqolalar sharhi;
“Mahalladan gapiramiz” ruknida O‘zbekiston mahallalari hayotidagi eng muhim yangiliklar;
Mutolaa vaqti rukni: Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” asari tinglovchilar e’tiboriga havola etildi.
Shuningdek, “Msayohat” ruknida Buxorodagi “Ark” qal’asi haqida ma’lumot berildi.


jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo‘ling:
Veb-sayt | telegram | facebook | instagram|you tube

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

30 Jan, 15:05


#live
#hozir
#jonli_efir
#ochiq_muloqot

Viloyat transport boshqarmasi mas'ullari ishtirokida

Batafsil:  https://fb.watch/xrjutp_BXU/

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

30 Jan, 15:04


#jonli_efir
#ochiq_muloqot

Ayni paytda Samarqand teleradiokompaniyasida viloyat transport boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida jonli efirda “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda transport sohasida amalga oshirilgan hamda jamoat transportini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berilmoqda

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

30 Jan, 12:05


https://telegra.ph/Muammo-xolis-yoritildimi-01-30

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

30 Jan, 03:02


Samarqand viloyati IIB JXX YHXB va Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan Samarqand shahar koʻchalari boʻylab reyd tadbirlari olib borildi.

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo‘ling:

Veb-sayt | telegram | facebook | instagram|you tube

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

30 Jan, 02:01


Mutolaa...

📎 Millionlab kitobxonga ega bo‘lishga umid qilmagan yozuvchi biron satr ham yozmasligi lozim.

✍🏻 Gyote

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

29 Jan, 12:38


Tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchilarga pullik xizmat ko‘rsatish qonunga xilof!

Yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan talablar ijrosi hamda sohada qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida qo‘shma reyd tadbirlari olib borildi.

Unda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi hamda viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan aholiga pullik transport xizmatini ko‘rsatuvchi transport vositalarining me’yoriy hujjatlari ko‘zdan kechirildi.

Qo‘shma reyd davomida tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchilarga pullik transport xizmati ko‘rsatish holatlari aniqlanib, ularga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo‘ling:
Veb-sayt | telegram | facebook | instagram|you tube

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

25 Jan, 07:46


Diqqat, e’lon!

Hurmatli yo‘lovchilar!

Shahar avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi elektrobuslarda fuqarolarning buyumlari qolib ketgan. Rasmda ko‘rinib turgan buyumlar kimga tegishli bo‘lsa, asosli hujjatlar bilan Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 23-uyda joylashgan “Samarqandyo‘lovchitrans” DKdan olib ketishlari mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
| telegram | facebook | instagram|you tube

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

25 Jan, 03:01


Tramvay harakati to‘xtatildi

Samarqand shahri, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishmasidan Ali Qushchi ko‘chasi tutashmasiga qadar ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 2025-yil 25-yanvar kunidan ishlar yakuniga qadar 🚊1-sonli “Temiryo‘l vokzali-Sartepa maskani” yo‘nalishidagi tramvaylar harakati to‘xtatiladi.

🚌Tramvay harakati to‘xtatilgan vaqtda parallel yoʻnalishlardagi avtobuslar xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
| telegram | facebook | instagram|you tube

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

25 Jan, 02:03


Mutolaa...

📎 Qashshoq bo‘lsam ham kitob xarid qilaman. Bundan ortib qolgan pulga esa yegulik yoki kiyim kechak sotib olaman.

✍🏻 Erazm Roterdamus

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo‘ling:

telegram | facebook | instagram|you tube

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

24 Jan, 12:29


ATTO kartasining hisobini qanday to'ldirish mumkin? 💳

Mavjud variantlardan qulay usulni tanlang:

1️⃣ “ATTO” mobil ilovasi orqali.
2️⃣ To'lov ilovalari yordamida (Click, Payme va boshqalar).
3️⃣ Infokiosklarda (Paynet, MultiPay va boshqalar).
4️⃣ Metropoliten kassalarida.
5️⃣ UzPost pochta bo'limlarida.

Doimo qatnovlarga tayyor bo'lish uchun transport kartangiz hisobini tez va qulay tarzda to'ldiring! 🚍

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo‘ling:
telegram | facebook | instagram|you tube

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

24 Jan, 11:20


#Live

🔰 Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi transport sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, yo‘lovchilar uchun muntazam yo‘nalishlarda maqbul narxlarda tashish jarayonlarini olib borish, avtomobil yo‘larini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’minlash jarayonlaridagi o‘zboshimchiliklarni oldini olish, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarida xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🔰 По мнению депутатов, принятие законопроекта послужит повышению качества услуг в сфере транспорта, осуществлению процессов перевозки пассажиров на регулярных маршрутах по доступным ценам, не допущения самовольности в процессе строительства, реконструкции и содержания автомобильных дорог, а также обеспечению безопасности при пассажирских и грузовых перевозках.

Законопроект принят в первом чтении.

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

24 Jan, 11:09


#Live

🔹 Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga temir yo‘l transporti va metropolitenda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi qoidalarini buzish, haydovchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi nosoz qurilmadan (taxografdan) foydalanish, haydovchining mehnat va dam olish rejimini buzish uchun javobgarlik belgilanmoqda.

🔹 Shu bilan birga, avtomobil transportida yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnomasiz yo‘lovchi tashish, belgilangan yo‘l haqi tariflarini oshirish, muntazam yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, belgilangan harakat hamda yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari, shuningdek, umumiy haqiqiy vazni, o‘qqa tushuvchi og‘irligi belgilangan normalardan oshirgan holda yo‘lga va ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqish uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda.
_______________________

🔹 Законопроектом предусмотрена ответственность Кодексом об административной ответственности за нарушение правил безопасности грузовых и пассажирских перевозок на железнодорожном транспорте и в метрополитене, использование неисправного устройства (тахографа), а также нарушение режима труда и отдыха водителей.

🔹 При этом предусматривается ответственность за осуществление перевозок автомобильным транспортом по регулярным маршрутам без бланков разрешений на право проезда, превышение установленных ставок тарифа, не соблюдение утвержденного графика движения на регулярных маршрутах, выезд на дорогу на транспортных средствах, габаритные параметры которых с грузом или без груза, а также общая фактическая масса, осевые нагрузки превышают установленные нормы, без наличия соответствующего разрешения, а равно с отклонением от маршрута движения, указанного в разрешении.

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

24 Jan, 11:09


#Live

🔹 Majlisda transport sohasida davlat nazoratini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoda.
_______________________

🔹 На заседании концептуально в первом чтении рассматривается законопроект, направленный на совершенствование системы организации транспортного обслуживания.

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

24 Jan, 10:50


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ипотека дастури доирасида 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун режалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

24 Jan, 03:20


Mutolaa...

📎 O‘zini qidirayotgan ko‘pgina shaxs bu qidirishdan charchaydi. Aytilgani kabi yashash, ya’ni birovning fikriga ko‘ra yashash har doim osonroqdir.

✍🏻 Jon Milton

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

23 Jan, 07:07


Shahar 🚌avtobus yo‘nalishlari uchun navbatdagi ochiq elektron tender!

Hurmatli tadbirkorlar! Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari ochiq elektron tenderga qo‘yildi.

Yo‘lovchi tashish sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan barcha yuridik shaxslarni tenderda qatnashish uchun taklif etamiz.
Sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida tender ochiq elektron tarzda
2025-yil 24-fevral kuni o‘tkaziladi.
Unda qatnashish uchun
https://e-tender.uztrans.uz/ elektron manzili orqali 2025-yil 23-fevral kuni soat 17.00ga qadar yo‘nalishlarga taklif bildirilishi lozim.

Marhamat, tenderda qatnashing va sohada tadbirkorlik qilish orqali daromad ko‘ring.
Tenderga qo‘yilgan lotlar: (fotoga qarang)


Batafsil: https://samarqand.mintrans.uz/news/299

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo‘ling:
telegram | facebook | instagram|you tube

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

23 Jan, 04:01


Samarqand viloyati IIB JXX YHXB TNB va Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda Pastdarg’om tumani koʻchalarida noqonuniy yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi haydovchilarga nisbatan reyd tadbirlari olib borildi.

Batafsil videolavhada tanishing.

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo‘ling:

Veb-sayt | telegram | facebook | instagram|you tube

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

23 Jan, 02:04


Mutolaa...

📎 Faxrlanish haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud (nopokliklardan) tozalanishdir.

✍🏻 Abu Rayhon Beruniy

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

22 Jan, 14:02


#Munosabat

Joriy yilning 21-yanvar sanasida ijtimoiy tarmoqlardagi “Samarqand_LIVE” kanalida jamoat transportini yo‘lga qo‘yish borasida murojaat e’lon qilindi.

Murojaatchi nazarda tutgan 55"B"-sonli “Siyob bozori-Davlatobod mahallasi” avtobus yo‘nalishida “Navobod trans” MCHJga tegishli transport vositalari aholiga 2023-yilga qadar xizmat ko‘rsatib kelgan. Biroq, mazkur yo‘nalishdagi avtomobil yo‘lida haddan ziyod sun’iy notekisliklar o‘rnatilganligi sababli avtobuslar ta’mirtalab va yaroqsiz holatga kelib qolgan. Buning natijasida tashuvchi-tadbirkor tomonidan harakat to‘xtatilgan.

Yo‘nalish 2023-2024-yillar davomida 3 marta Samarqand viloyati transport boshqarmasi tomonidan ochiq elektron tenderga chiqarilgan. Biroq, yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi talabgor bo‘lmaganligi sababli vaqtincha to‘xtab qolgan.

Batasil oqish

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo‘ling:
Veb-sayt | telegram | facebook | instagram|you tube

Samarqand viloyati transport boshqarmasi

22 Jan, 11:50


Tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchilarga pullik xizmat ko‘rsatish qonunga xilof!

Yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan talablar ijrosi hamda sohada qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida Pastdarg‘om tumanida qo‘shma reyd tadbirlari olib borildi.

Unda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi hamda viloyat IIB JXX YHXB TNB xodimlari tomonidan aholiga pullik transport xizmatini ko‘rsatuvchi transport vositalarining me’yoriy hujjatlari ko‘zdan kechirildi.

Qo‘shma reyd davomida tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchilarga pullik transport xizmati ko‘rsatish holatlari aniqlanib, ularga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

jtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo‘ling:
Veb-sayt | telegram | facebook | instagram|you tube

1,154

subscribers

10,619

photos

1,433

videos