Illustros | Dizayn maktabi @illustros Channel on Telegram

Illustros | Dizayn maktabi

@illustros


Logo va Branding, Adobe illustrator darsliklari, dizayn terminlari haqida bilim beruvchi kanal.

Kanal muallifi: @Madina_Mavlonova
Darsliklar: youtube.com/MadinaMavlonova

Illustros | Dizayn maktabi (Uzbek)

Illustros | Dizayn maktabi kanalida Adobe Illustrator va dizayn asoslariga oid foydali ma'lumotlar va qo'llanmalar jamlangan. Kanal muallifi @Madina_Mavlonova bo'lib, uning shaxsiy maqolalariga @MadinaMavlonovaBlogi dan ham murojaat qilish mumkin. Bundan tashqari, Madina Mavlonova YouTube kanalida ham foydali video darslar paydo qilmoqda. Illustros | Dizayn maktabi kanali sizga dizayn sohasida ko'proq bilim va ko'nikmalar olish imkoniyatini taqdim etadi. Agar siz Adobe Illustrator va dizaynning qiziqishlariga ega bo'lsangiz, bu kanal siz uchun mo'ljallangan.

Illustros | Dizayn maktabi

11 Feb, 15:49


Agar Coca-Colaning barcha zavodlari yonib ketsa nima qoladi? Albatta brend qoladi, brend esa zavod bilan birga yonib ketmaydi, chunki brend zavodda emas insonlarning ongida joylashgan. Shunday ekan zavodlar yonib ketsa ham cola yo’q bo’lmaydi, brend qolgani uchun qayta zavodlar qurilib sotuv davom etadi. Buni siri nimada? Buni siri cola faqat mahsulotni ishlab chiqarish bilangina emas, balki brendni insonlarni ongiga joylashtirishga katta e’tibor beradi.

Shunday ekan brend ishlab chiqarganimizda uni insonlarning ongiga joylashtirishimiz kerak. Xo’sh, insonlarning ongiga qanday joylashtirish mumkin?

Illustros | Dizayn maktabi

23 Jan, 07:03


Concept logo bu hayolan o’ylab topilgan simvol va u hech qanday real biznesning muammosini hal qilmaydi. Concept logotiplar shunchaki WOW effekt uchun chiziladi, ya’ni auditoriyani chiroyli belgi bilan hayron qoldirish maqsadida. Concept logotipni chizish juda oson, chunki mijoz tomonidan brif berilmaydi, dizayner brif ustida ishlamaydi, mijozning xohishlarini va biznesni inobatda olib chizmaydi.

Xullas concept logolar bu maqtanadigan ish emas va shu ishlarni tajribali dizaynerlar qilib yurganiga hayron qolaman. Dizaynerlarga bir iltimosim bor, iltimos concept ishlarni chizib tagidan motivatsion gaplarni yozib auditoriyani notoʻgʻri yoʻldan yetaklamanglar. Bu ish endi portfolio yig’ayotgan yosh dizaynerlarga yarashadi, o’zini professional dizayner sifatida taqdim etayotganlarga emas.

Illustros | Dizayn maktabi

19 Jan, 15:29


Nega Apple logosidagi olma tishlangan? Ingliz tilida "byte" so‘zi talaffuz qilinganda “bite” so‘zi kabi eshitilib "tishlash" deb tarjima qilinadi. “Byte” so‘zi esa kompyuter tizimlarida ma’lumotlar hajmini o‘lchashning asosiy birligi hisoblanadi. Apple kompaniyasi texnika ishlab chiqargani uchun tishlangan olma aynan texnologiyaga ishora qilgan.

Boshqa tomondan esa Apple logosidagi tishlangan olma logotipga individuallik berib turmoqda.

@illustros

Illustros | Dizayn maktabi

03 Jan, 14:34


Oʻzim avval ishlagan Fido studio vakansiya e’lon qilibti. Rivojlanish bor joy, shu uchun sizlar bilan boʻlishmoqchiman.

1. Tajribasi kamida 1 yillik SMM Manager kerak.
2. Tajribasi kamida 1 yillik SMM Designer kerak.

Aloqa uchun: @xjamshid

Illustros | Dizayn maktabi

01 Jan, 09:22


Bilasizlar bir nechta kanallarim bor va ularni kontent bo’yicha bo’lib chiqib 2025-yildan tartibli yuritmoqchiman.

@illustros - darsliklar, yangi terminlar, logo, branding, kurs, dizaynga oid yangiliklar kanali

@MadinaMavlonovaBlog - dizayner kundaligi, og’riqlari, kar’era, mijozlarlar bilan ishlash, shunchaki insonning blog kanali

Shuningdek instagram sahifalarimga follow qilishni unutmang:
instagram.com/madina_mavlonova_ - portfolio sahifam, bu yerda faqat qilgan ishlarim va sohaviy yangiliklar bilan ulashaman

instagram.com/madinamavlonovablog - oddiy hayotimdan kontent

Illustros | Dizayn maktabi

27 Dec, 07:27


Logotip tarixi eramizdan oldingi davrga borib taqaladi. O’sha paytlarda ilk logotip ko’rinishi shtamp (kleymo) ko’rinishida bo’lgan. Insonlar o’zlari ishlab chiqargan idish va boshqa tovarlarga shtamp urishgan, bu orqali mahsulot aynan ularga tegishli ekanini bildirishgan.

Qadimgi Yunoniston va Rimda belgilar kulolchilik, metallar va hatto qullarga nisbatan qo'llanilgan. Bunday belgilar buyumning kelib chiqishi, sifati yoki ma'lum bir usta yoki egasiga tegishli ekanligini tasdiqlagan.

@illustros

Illustros | Dizayn maktabi

25 Dec, 17:32


Nima deb o’ylaysiz logotipning tarixi qachondan boshlangan? Logotiplar chizilishiga nima turtki bo’lgan?

Illustros | Dizayn maktabi

03 Nov, 10:48


Xuddi shunday aydentika qilishni o’rganmoqchi bo’lsangiz «Brend dizayn» kursimning keyingi patokiga yoziling. Dars 12-noyabrdan boshlanadi. Batafsil ma’lumot uchun: @Madina_Mavlonova

Illustros | Dizayn maktabi

02 Nov, 17:06


Buxoro viloyati uchun qilingan concept aydentika.

Ushbu dizaynni «Brend dizayn» kursimda o’quvchi Kadirova Guli bajardi. To’liq prezentatsiya behance platformasiga joylangan. Behance profillari: behance.net/gulikadirova

Illustros | Dizayn maktabi

21 Oct, 17:09


Adobe illustrator va Adobe photoshop dasturlaridagi soʻngi yangiliklardan xulosa shuki, sun’iy intellekt hard skills tomonlama dizaynerga katta yordam qiladi. Photoshopdagi yangilanishni koʻrib manipulation dizaynlarni endi har qanday dizayn sohasiga endi kirib kelganlar ham qila olishiga amin boʻldim.

Instrumentlar oʻz ishini qilishadi, lekin eng muhimi bu gʻoya! Gʻoyani siz oʻylab toping, uni amalga tezroq oshirishga esa sun’iy intellekt yordam bersin. Shuningdek yana oʻsha gap, Soft skills ustida koʻproq ishlang, hozirda sohaviy oʻsish uchun eng muhimi aynan shu koʻnikmalar.

@illustros

Illustros | Dizayn maktabi

18 Oct, 07:43


Shunchaki olov! Adobe illustrator'ning yangi imkoniyatlari bilan tanishing!

Endi banner yoki poster tayyorlab uni sun’iy intellekt imkoniyatlari yordamida boshqa oʻlchamlarga moslashtirish mumkin. Bu imkoniyat dizaynerning ishini ancha tezlashtirib beradi. Hozircha a’lo darajada bu ishni qilyapti demayman, lekin vaqt oʻtib yuqori natijalar berishiga ishonaman.

@illustros

Illustros | Dizayn maktabi

17 Sep, 17:13


Yangilik esa shu edi. “IT Ladies Uzbekistan” jurnalining yuzi boʻldim.

Tadbirdan video: https://www.instagram.com/reel/DABqf8RKfH-/?igsh=MTRzcHN1dW44YXZmcg==

Illustros | Dizayn maktabi

17 Sep, 16:56


Afsuski, javobni hech kim topmadi…

Illustros | Dizayn maktabi

17 Sep, 11:23


Bugun yana bir yangilik bor. Javobni instagramga joylagan storiesga yuboring.

Illustros | Dizayn maktabi

14 Sep, 07:46


Shunaqa sovrinlarni yutib olishni istasangiz kanalimni mute rejimdan chiqarib pin qilib qo’yishni maslahat beraman. Kutilmaganda savol berib qolishim mumkin.

Illustros | Dizayn maktabi

14 Sep, 07:41


Yurist akamizni fikrlari bo’yicha qonun ishga tushgandan keyin, ya’ni o’yin e’lon qilingandan keyin javobni topgan odam sovrin egasi hisoblanadi. Lekin juda sahiy insonligim uchun birinchi va ikkinchi o’rin berishga qaror qildim.

100% lik grant sohibi: Yo’lchiboyev Muzaffar
50% lik grant sohibi: Akbarov Abubakrsiddiq
Bu ikki kishi «Brend dizayn» kursimning yaqinda start oluvchi patokida o’qiydilar.

Illustros | Dizayn maktabi

13 Sep, 18:30


Bu masala jiddiylashdi. Ushbu masalani yechish uchun yurist bilan maslahatlashyapman🗿

Illustros | Dizayn maktabi

13 Sep, 18:16


May oyida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda «Qizlar akademiyasi» nomli katta loyiha ustida ishladik. Ushbu loyiha xotin-qizlarni qo’llab quvvatlab, bepul sifatli onlayn kurslarni taqdim etadi.

Ushbu loyihaga meni mentor sifatida taklif qilishganiga Yoshlar ishlar agentligiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu loyiha orqali jamiyatimizdagi xotin-qizlar zamonaviy kasblarni o’rganishlariga o’z hissamni qo’sha oldim.

Darslar navbat bilan «Qizlar akademiyasi» youtube kanaliga yuklanib boriladi. Ruxsat berishsa o’zimning kanalimga ham yuklab boraman.

Ushbu mini kursda «Logo dizayn» yo’nalishi uchun kerak bo’ladigan dastur va undagi uskunalar o’rgatiladi.

@illustros

Illustros | Dizayn maktabi

13 Sep, 17:57


Qanaqa yangilik ekanligini topgan birinchi odamga Brend dizayn kursimga 100% lik chegirma qilib beraman

Illustros | Dizayn maktabi

13 Sep, 17:52


Yangilik bor…

Illustros | Dizayn maktabi

09 Sep, 11:59


O’zbekiston bo’ylab har xil hududda Grafik dizayn kursi narxlari qanchadan bo’lyapti? O’quv markaz nomini yozmasdan hudud va siz eshitgan narxni aytib ketsangiz.

Illustros | Dizayn maktabi

07 Sep, 18:33


Hashar Design Community tomonidan tashkillashtirilgan tadbirning 6-sonida 2ta tajribali dizaynerlar Jahongir Gulomov bilan "Frilans yoki ofisda ishlash" afzallik va minus tomonlari haqida ochiq suhbat olib borildi.

Videoni youtube kanalimga joyladim.

@illustros - dizayn maktabi

Illustros | Dizayn maktabi

04 Sep, 16:12


Qadrli illustros aholisi! Meni yo’qotib qo’ygan bo’lsalaringiz kerak, roppa-rosa 1 oy oldin kanalimga yozgan ekanman. Ba’zilar qaytishimni kuta olmay kanaldan chiqib ham ketishibti. Lekin hozirgi postni o’qiyotgan har biringizdan minnatdorman, chunki kanalimga haqiqiy sodiqlik (лояльность) saqlab kelyapsizlar va bundan minnatdorman.

Tan olaman, blog yurituvchi dizaynerlar ichida eng kam post chiqaradigan o’zim bo’lsam kerak. Sababi oxirgi paytlar prioritetda blog yuritish emas, ko’proq o’quvchilarim, proyektlarim, shaxsiy rivojlanish, turli tadbirlar va shunchalik dam olish bo’ldi.

Bundan keyin kanalda aktivlikni oshirishni rejalashtiryapman, keyingi postlarda @illutros kanalining maqsadi va qanday postlar ko’proq qo’yilishi haqida ma’lumot berib boraman. Birdan kutilmagan yangiliklar haqida post chiqib qolishi ham mumkin, shunday ekan kanalimni «mute» rejimga solib qo’ymang, birdan kutilmagan yangiliklar tashlab qolishim ham mumkin. Xullas I’M BACK.

P.S. Kanal aktivroq bo’lishiga sizlarning ham hissalaringiz katta, sizlardan kutiladigan izohlar va reaksiyalar. Bu motivatsiya uchunda)

Illustros | Dizayn maktabi

04 Aug, 15:10


Ushbu suhbatni kela olmagan kanalim obunachilari ham ko’rsinlar deb atay videografni taklif qilib jarayonni kameraga oldirgan edim. Bugun videosi tayyor bo’ldi.

Reaksiyalar bilan qo’llab yuborsangizlar YouTube kanalimga yuklayman.

Illustros | Dizayn maktabi

24 Jul, 07:45


Yakshanba kuni barchangizni kutaman, sizlarni ajoyib suhbat kutmoqda. Savollaringizni tayyorlab keling

Illustros | Dizayn maktabi

24 Jul, 07:44


Tezkor xabarlar!

Dizaynerlar, tayyorlaning! Bizning hasharimiz yaqinlashmoqda 🚀
Uchrashuvda sizni quyidagilar kutmoqda:

🎨 Master-klass: Logolaringizga jon kiriting!

Eski logolaringizga yangi hayot bag‘ishlash uchun qimmatli maslahatlar va texnikalarni o'rganing. Professionallar sirlarini oshkor etadi!

💬 Ochiq munozara: Frilansmi yoki ofismi?

Ikki tajribali dizayner frilans va ofis ishining afzalliklari va kamchiliklarini muhokama qiladi. Nima yaxshiroq - frilans erkinligi yoki ofis barqarorligi?
Suhbatga qo'shiling, savollar bering va o'z fikrlaringizni bildiring!

🗓 28-iyul, yakshanba.
🕓 16:00
📍 C-Space Yunusobod
🆓 Kirish: BEPUL
🗣 Oflayn

Ro'yxatdan o'tish:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSerYzoIWlVeO60rLwDRhkFStpKBY_HDsYhxGTyuOgc5O4HkgQ/viewform

Illustros | Dizayn maktabi

02 Jul, 15:54


#videodars

Rezyume qanday to’ldiriladi? Asosiy xatolar.

Videodarsni ko’rish uchun shu yerga bosing!

@illustros - dizayn maktabi