โ14- yanvar Vatan himoyachilari kuniga tabrik she'r
Bir kecha qoโqqisdan uygโonib ketdim,
Soatga qarasam, ikkimi yo uch.
(Ehtimol sovuqdan) junjukdi etim,
Tashqariga tortdi allaqanday kuch.
Qandaydir sharpani ilgโab oโzicha,
Goโyo ogoh etib bizlarni xavfdan,
โHavf, havfโ, deya bor ovozicha
Kuchuk hurar edi qoโshni tarafda.
Koโngil-da, atrofni koโzdan kechirdim,
Shukrki, hammayoq tinch va osuda.
Tunchiroq nurida koโrib, entikdim,
Farzandlarim yotar qator uyquda.
Hovlida oโynoqlab, kuylaydi shamol,
Bir-birin raqsga tortar xazonlar.
Daraxtlar jimgina surmoqda xayol,
Boshini tebratar gulu rayhonlar.
Tinchlik, hotirjamlik โ ezgu tushuncha,
Shaksiz, yaratganning inoyati โ bu.
Va ayni paytda qanchadan qancha,
Bedor nigohlarning sharofati โ bu.
Kunni kun, tunni tun, demay, sarhadda,
Bedor, sergak turgan, ey askar ukam,
Sizlar bor, yashaymiz tinch, farogโatda,
Yaxshiyam sizlar bor โ bizlarga ne gโam.
Tinchlik qadrin bildim ota boโlgach men,
Shular bor, koโnaman hayot gโamiga.
Bola kulgusiga, aytgil, nima teng,
Dunyoni alishmam tabassumiga.
Senga koโngildagi borini aytay,
Sabru sabot tilay ayni choqda man.
Yaxshi niyat bilan sizlarga atay,
Uchta oโrinbosar oโstirmoqdaman.
Mudomki turibsiz koโkrakni kerib,
Yoโl yoโq havotirga, yoโl yoโq qaygโuga.
Endi dilbandlarim yoniga kirib,
Uyquga ketaman, shirin uyquga.
Siz "ILK QADAM TV" Telegram kanalidasiz.๐
MTT Ilg'or tarbiyachilar guruhga obuna bo'ling.๐
@MTT_ILGOR_TARBIYACHILARI
Siz bizdan uzoqlashmang.๐
ILK QADAM GURUHI.๐
@ILK_QADAM_UZ
#ILK_QADAM_TV
#TARQATAMIZ
Bizning "ILK QADAM TV" Telegram kanalimizga obuna bo'ling.๐๐
๐ก https://Telegram.me/ILK_QADAM_TV