🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁 @retseptlar_pishiriqlar_taomlar Channel on Telegram

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

@retseptlar_pishiriqlar_taomlar


KANAL SOTILADI
O'zbekistondagi eng mashxur foodblogerlarning retseptlari jamlangan kanal. Ishonchli uy sharoitida tayyorlanadigan va bittada o'xshab chiqadigan retseptlar😍
Chat guruhi @chatkulinariya
MUROJAT BO'YICHA: 👇
➡️ @malak_retsept

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁 (Uzbek)

KANAL SOTILADI❌nO'zbekistondagi eng mashhur foodblogerlarning retseptlari jamlangan kanal. Ishonchli uy sharoitida tayyorlanadigan va bittada o'xshab chiqadigan retseptlar😍nnBu kanalda video retseptlar yordamida taomlar, pishiriqlar va ichimliklar haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Chat guruhi @chatkulinariya bilan aloqada bo'lib, yangi retseptlar haqida muzokaralar olib borishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lib, o'z taomlarining tayyorlanish jarayonida yangiliklarga ega bo'ling. Ishonchli uy sharoitida, ko'proq narsaga erishish uchun bu kanal siz uchun to'g'ri manzil!

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

25 Jan, 09:29


"Mishutka" shirinligi.🥧

Kerakli masalliqlar:
Tuxum-7 ta
Margarin -500 gr
Un-600-800 gr
Razrexlitel-1 pachka
Smetana-2 osh qoshiq
Shakar- 450 gr
Yong'oq tozalangan-200 gr
Quyiltirilgan sut-300 ml
Sariyoģ-100 gr

Tayyorlanishi:

Xona xaroratida erigan margarinni un bilan kroshka qilib olamiz.
Razrexlitel solib aralashtirib olib, ustiga smetana, shakar va tuxumni oqini sarig'idan ajratib, sarig'ini solib yumshoqinna xamir qoramiz.
Xamirimizni teng 3 ga bo'lib.
Muzlatish uchun muz xonaga yuboramiz 2-3 soatga.
Muzlagan xamirimizni olib pergament
solingan list ustiga qirg'ichdan chiqarib olamiz.
3 ta bir xil qilib chiqarib olamiz.
Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtirib olamiz , va 350 gr shakar solib yana ko'pirtirishda davom etamiz.
Va ko'rjlarimiz ustiga konditer qopchasiga solib gul shaklida chiqarib olamiz. Ustiga xoxishga ko'ra yong'oqni to'g'rab yoyib chiqamiz.
Duxovkaga 160 gradusda 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishguncha krem tayyorlab olamiz.
Krem uchun sariyoģni mikser qilib olib quyiltirilgan sut solib bitta aralashtirib olamiz.
Pishib chiqqan ko'rjlarimizni ustiga kremimizni xar bir qavatiga quyib terib olamiz.
Xoxishga ko'ra bezatamiz.
Yoqimli ishtaxa 😋

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

25 Jan, 04:21


Kerakli masalliqlar

3 ta tuxum
66 gr shakar
71 gr un
6 gr razrexlitel
22 gr margarin,yoki sariyogʻ
15 gr kakao


Tayyorlanishi:

Idishga tuxum,shakar solib mikser qilamiz ,un,kakao, razrexlitelni elakdan otkazib, kettidan margarin solib, aralashtiramiz.170 gradusda pishirib olamiz.

Krem uchun:

200 gr tvarojniy sir
100 gr shakar upasi
400 gr qaymoq


Idishga qaymoq, tvorojniy sir, shakar upasini solib mikser qilib olamiz.

Propitka uchun:

Kofe
Suv

Ganaj uchun:

1ta molochniy shokolad
100 gr qaymoq

Choper yordamida biskivitimizni maydalab olamiz.Biskivitimizni idishga solib propitka qilib , kettidan krem siqib tekislab olamiz,ustidan ganaj quyib xoxishga kora bezatamiz.

Tayyor boʻldi .

Yoqimli ishtaxa 😋

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

24 Jan, 06:40


Kerakli masalliqlar:
250 gr qatiq
100 gr qaymoq
750 gr un
1 choy qoshiq razrexlitel
3 ta tuxum sarig'i
375 gr saryog' 82%
Nachinkasi uchun:
3 ta tuxum oqi
100 gr shakar
50 gr yong'oq
100 gr olcha
100 gr varyonniy sgushonka
Tayyorlanishi:
Qatiq hamda qaymoqni aralashtirib smetana tayyorlab olamiz.
Ustidan tuxum sarig'i va razrexlitel solib aralashtirib olamiz.
Hona haroratidegi saryog' va unni aralashtirib urpog'lap olamiz.
Ustidan aralashtirib olgan suyuq massamizni solib hamir goramiz. Hamirni ortiqcha tindirishga hojat yo'q, zuvalachalarni yasab olamiz.
Tuxum oqini ko'pirtirib oz-ozdan shakar solib bize tayyorlab olamiz.
Zuvalachalarimizni yoyib orasiga varyonniy moloko, boshqasiga bize siqip chiqaramiz. Hohishga ko'ra yong'oq va olcha solib videoda ko'rsatilgandek tugib olamiz.
Yasab olgan shirinliklarimizni 180* 20-25 daqiqaga duxovkaga yuboramiz.
Retsept tayyor

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

24 Jan, 03:35


🔺Kerakli masalliqlar:

1 ta tuxum
125 gr shakar
125 gr oʻsimlik yogʻi
210 gr sut
250 gr un
1 choy qoshiq razrezlitel
2 osh qoshiq kakao
100 gr shokolad pastasi

🔺tayyorlanishi:

Tovaga tuxum, sut, oʻsimlik yogʻi, shakar, kakao, un va razrexlitelni solib aralashtirib olamiz. Qopqpgʻini yopip past olovda 30 daqiqa pishirib olamiz. Ustiga shokolad pastasini surtip hohishga koʻra bezatib olamiz. Mazzali va osson tayyor boʻladigan pirog retsepti tayyor

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

23 Jan, 10:48


Сиз кандай усулда тайёрлайсиз? Ёзиб
колдиринг, хаммамиз учун фойдали буларди.
300 гр гуруч аланга
3 литр сут
100 гр сарег
Туз, шакар
Гуручни ярим соат иссик сувда увитиб, сут куйиб 1-1,5 соат паст оловда милтиллатиб кайнатиб оламиз. Туз, шакар, сарёг табга кура албатта.

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

23 Jan, 06:06


Аник бунака мазали нонушта емаганман деворасила😍

250 гр катик
180 гр ун
0.5 чой кошик ичимлик сода
рангли балгарский
туз
усимлик ёги

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

22 Jan, 16:58


🔺Kerakli masalliqlar:

200 gr eriydigan sir
200 gr kolbasa
1 bogʻ kok piyoz
3 ta lavash hamiri
5 ta tuxum


🔺Tayyorlanishi:

Sir va kolbasani qirgʻichdan chiqarip,toʻgʻralgan kok piyoz va 2 ta tuxum solib aralashtiramiz. Lavash hamiri kesib orasiga nachinkamizni joylab videoda koʻrsatilgandek tahlab olamiz. Alohida idishda tuxum chaqip aralashtirip yostiqchalarimizni belap oʻrta olovda ikala tarafini qizartirip qovurip olamiz.

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

19 Jan, 05:43


🔺Kerakli masalliqlar:

1 ta kabachki
1 ta bodring
2 ta tuxum
200 gr gazli suv
100-150 gr un
200 gr tvarojniy sir


🔺Tayyorlanishi:

Kabachkilarimizga vilka yordamida iz tushirib parrak qilip kesib olamiz.
Un va gazli suvni aralashtirib klyar tayyorlab olamiz. Parrak togʻralgan kabachkini avval tuxumga keyin klyarga botirib oʻrtacha qizigam olovda qizartirib qovurib olamiz.
Sovugandan keyin ortasiga tvarojniy sir joylap orab olamiz. Bodringni yupqa parrak qilip zubachiska bilan kabachki ustidan joylab chiqamiz.
Mazzali va chiroyli zakuska retsepti tayyor

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

18 Jan, 11:48


Mazali pechenka.

Kerakli masalliqlar:

• muza tayyor hamiri
• 50 gr shakar
• 50 gr mak
• 1 ta tuhum sarig’i

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

18 Jan, 08:06


🔺Kerakli masalliqlar:

•250 gr sut
•300 gr un
•1 osh qoshiq droja
•1,5 osh qoshiq shakar
•Tabga koʻra tuz
•200 gr sir
•100 gr kunjut
•300 gr tovuq filesi
•2 osh qoshiq soya
•Tabga koʻra tuz, murch
•1 ta bodring
•1 ta pomidor
•1 bogʻ salat bargi

🔺Tayyorlanishi:

Iliq sutga shakar, droja tuz solib aralashtirib un solib hamir qoramiz. Hamirimizni ustini yopib oshirishga olib qoʻyamiz. Oshgan hamirimizni zuvalalarga boʻlib, yoyib olamiz. Avval sutga keyin kunjutga botirib, videoda koʻrsatilgandek teng ikkiga boʻlib, oʻrtacha qizigan yogʻda ikki tarafini qoʻvurib olamiz.
Alohida tovaga yogʻ solib toʻgʻralgan tovuq goʻshtini solib qovuramiz. Tuz, murch va soya solib aralashtirib ustini yopib 15,20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Ustidan parrak qilib toʻgʻralgan sirni qoʻyib siri eriguncha qopqogʻini yopip qoʻyamiz.
Ishib chiqqan nonchalarimizni oʻrtasidan kesib orasiga salat bargi,parrak qilib toʻgʻralgan pomidor, bodring va qovurib olgan sirli tovuq goʻshtimizni solib dasturxonimizga tortamiz.
Retsept yoqsa duo qilishni unutmang.❤️

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

16 Jan, 11:49


🫐Kerakli masalliqlar:
400 gr qaymoq
300 gr tvarojniy sir
100 gr shakar upasi
100 gr sut
50 gr kakos qirindisi
20 ta savoyardi pechenyesi
Bezagi uchun qulupnoy🍓

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

16 Jan, 10:35


❇️kerakli masalliqlar:

Pita hamiri
200 gr sir
200 gr kolbasa
Ketchup

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

15 Jan, 09:42


Бурама пицца .

500 гр ёг сурилган тайёр хамир
200 гр сир мацарела
3-4 дона сасиска
1 кошик тамат
1 чой кошик шакар
1 та тухум сариги

Хамирни иккига булиб юпка ёйиб оламиз. Томатга сув ва шакар солиб аралаштириб битта хамирга суриб оламиз.
Сир хамда сасикани киргичдан чикариб сепиб устидан 2 чи хамирни ёямиз. Лента куринишида кесиб, бураб тухум саригини суриб, табга кура кунжут сепамиз.

180 градусда 10-15 дакика давомида пишириб оламиз.

Жуда мазали булади. Ёкимли иштаха 🤤!

Кайси нонуштамни постда куришни хохлайсиз, коментария колдиринг.

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

14 Jan, 14:57


Kerakli masalliqlar:
Hamir uchun:
250 gr sut
1 osh qoshiq droja
1 osh qoshiq shakar
100 gr margarin
yumshoq hamir bo'lgunicha un
Nachinkasi uchun:
1 ta piyoz
300 gr tovuq filesi
300 gr shampinyon
200 gr slivka
200 gr sir

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

14 Jan, 08:48


🔺Kerakli masalliqlar:

4 ta kartoshka
4 ta lavlagi
6 ta qaynatilgan tuxum
1 banka kanserva juxori
100 gr mayonez
200 gr kolbasa

🔺Tayyorlanishi:

Kartoshkani qirgʻichfan chiqarip muzdek suvga solib kraxmalidan halos qilib olamiz. Salfeta yordamida qurutib qizigan yogʻda qizartirib qovurib olamiz. Qaynagan tuxum oqini somoncha shaklda toʻgʻrab olamiz kanserva juxori, pishgan lavlagini qirgichdan chiqarib salatimizga solamiz, qovurib olgan kartoshka tuxum sarigʻi va mayonezni solib aralashtirib olamiz. Oxirida kolbasani togʻrab solamiz. Mazzali va toyimli salatimiz tayyor. Chiroyli did bilan dasturxonga tortamiz.

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

14 Jan, 04:31


🥨Tvarogli bulochka



🥨Kerakli masalliqlar
• shakar - 140 gr
• tuhum - 1 ta 🥚
• tvorog - 250 gr🍚
• saryogʻ -150 gr🧈
• tvarojniy sir - 100 gr
• droja - 1 choy qoshiq 🥄
• razrihlitel - 1 choy qoshiq 🥄
• un - 300-350 Gr



🥨Tayyorlanishi
Idishga shakar, tuhum, tvarog, saryogʻ, tvarojniy sir, razrihlitel, droja, un solib yumshoq xamir qorib olamiz , tindirish uchun 20 daqiqaga qoldiramiz .
Tingan hamirimizni videoda koʻrsatilganidek qilib tugib 180° da 25-30 daqiqada pishirib olamiz.


Yoqimli ishtaxa 🩷

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

13 Jan, 16:35


Kerakli masalliqlar:

Yarimta baton non
6 ta cherry pomidor
100 gr tvarojniy sir
30 gr saryog'
2 ta maydalangan chesnok
Olivkovoe maslo
Kashnich
Tabga koʻra tuz,oregano

Tayyorlanishi:

Pomidorni ortasidan bolib,idishga solib,ustidan maydalangan chesnok, olivkovoe maslo,tuz,oregano solib aralashtirib 200° duxovkaga qoʻyamiz 10 minutga.Baton noni ortasigan bolamiz.Skavarodkaga saryogʻ solib nonimizni qizartirib olamiz.Noni ustiga tvarojniy sir surib,massamizni qoʻyib,ustidan kashnich sepamiz.

Tayyor boʻldi

Yoʻqimli ishtaha😋

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

13 Jan, 12:43


Kerakli masalliqlar:
200 gr margarin
1 ta tuxum
50 gr o'simlik yog'i
90 gr shakar upasi
400 grun
1 choy qoshia razrexlitel
100 gr kunjut ❤️

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

13 Jan, 10:31


Kerakli masalliqlar:

80 ml sut
70 ml suv
95 gr un
85 gr margarin
3 ta tuxum
1 osh qoshiq shakar

Tayyorlanishi:

Tovoga suv,sut,shakar,margarin,un solib hamir koʻrinishiga keltirib olamiz, sovuganidan soʻng 3 ta tuxumni bitta,bittadan solib aralashtirib olamiz.Massamizni teng ikkiga boʻlib, 22 sm qolibda 180 gradusda 30 daqiqa pishirib olamiz.Va so'vutib olamiz

Krem uchun:
150 gr shakar upasi
220 gr tvarojniy sir
600 gr qaymoq

Tayyorlanishi:

Idishga qaymoq, tvorojniy sir, shakar upasini soʻlib, mikser qilib olamiz.
Korjni orasiga krem surib olamiz.Ustidan shakar upasini sepib, dasturxonga tortamiz.

Tayyor boʻldi.

Yoqimli ishtaha.😋

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

13 Jan, 07:04


Kerakli masalliqlar:

Yarimta baton non
6 ta cherry pomidor
100 gr tvarojniy sir
30 gr saryog'
2 ta maydalangan chesnok
Olivkovoe maslo
Kashnich
Tabga koʻra tuz,oregano

Tayyorlanishi:

Pomidorni ortasidan bolib,idishga solib,ustidan maydalangan chesnok, olivkovoe maslo,tuz,oregano solib aralashtirib 200° duxovkaga qoʻyamiz 10 minutga.Baton noni ortasigan bolamiz.Skavarodkaga saryogʻ solib nonimizni qizartirib olamiz.Noni ustiga tvarojniy sir surib,massamizni qoʻyib,ustidan kashnich sepamiz.

Tayyor boʻldi

Yoʻqimli ishtaha😋

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

12 Jan, 15:31


Kerakli masalliqlar 💞
•picheniy- 250 gr
•saryogʻ-150 gr
•malako-100 gr
•tvarojniy sir-200gr
•qaymoq-400gr
•banan 2-3 dona



Tayyorlanishi 💞
Pechenielarni mayda kroshka holatga keltirib, saryogʻ biln aralashtirib, qolipiga chetlarini chiqazib tekislab chiqamiz. Va marazilkaga 35-40 daqiqaga yuboramiz .

Idishga tvarojniy sir, qaymoq qoʻshib mikser yordamida aralashtirib olamiz.

Koʻrjimiz tayyor boʻlgach yegʻishni boshlaymiz, varyonni makoni tekislab surib olamiz bananlarni terib chiqamiz, tayyorlab qoʻygan kremni solib tekkislab olamiz, biroz qotishi uchun marazilkaga 20-25 daqiqaga joʻnatamiz, tabga koʻra bezatamiz, shirinligimiz tayyor.


Yoqimli ishtaha 😊

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

11 Dec, 07:53


🚀 Mustaqil ish va slaydlaringizni 2 daqiqada tayyorlang!

Sizni Telegram botimiz kutmoqda! 🎯


📚 Referat, slayd, mustaqil ish – hammasi bir joyda va tezda! 💻
🔹 Oson ishlash – istalgan ishni sifatli va o‘z vaqtida bajarish!
🔹 Maxsus yordam – har bir ishingiz uchun qo‘llanma va tavsiyalar. 🔍

💥 Pul ishlashni boshlang:
Har bir taklif qilgan do‘stingiz uchun 1000 sum oling! Taklif qilishdan to‘xtamang! 💸

🎁 Qo‘shimcha bonuslar ham bor! Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🎉

BOT 👉 @Edu_Slide_Bot

O’zimizni proekt foydasi tegsa xursand bo’lamiz!

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

12 Oct, 13:34


300 gr sut
1 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq droja
1 ta tuxum
40 gr saryogʻ
1 osh qoshiq olma sirkasi
Un

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

11 Oct, 11:30


🔺Kerakli masalliqlar:

•250 gr sut
•300 gr un
•1 osh qoshiq droja
•1,5 osh qoshiq shakar
•Tabga koʻra tuz
•200 gr sir
•100 gr kunjut
•300 gr tovuq filesi
•2 osh qoshiq soya
•Tabga koʻra tuz, murch
•1 ta bodring
•1 ta pomidor
•1 bogʻ salat bargi

🔺Tayyorlanishi:

Iliq sutga shakar, droja tuz solib aralashtirib un solib hamir qoramiz. Hamirimizni ustini yopib oshirishga olib qoʻyamiz. Oshgan hamirimizni zuvalalarga boʻlib, yoyib olamiz. Avval sutga keyin kunjutga botirib, videoda koʻrsatilgandek teng ikkiga boʻlib, oʻrtacha qizigan yogʻda ikki tarafini qoʻvurib olamiz.
Alohida tovaga yogʻ solib toʻgʻralgan tovuq goʻshtini solib qovuramiz. Tuz, murch va soya solib aralashtirib ustini yopib 15,20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Ustidan parrak qilib toʻgʻralgan sirni qoʻyib siri eriguncha qopqogʻini yopip qoʻyamiz.
Ishib chiqqan nonchalarimizni oʻrtasidan kesib orasiga salat bargi,parrak qilib toʻgʻralgan pomidor, bodring va qovurib olgan sirli tovuq goʻshtimizni solib dasturxonimizga tortamiz.

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

11 Oct, 06:57


Kerakli massaliqlar:

300 ml sut
300 ml suv
1 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq tuz
1 osh qoshiq droja
300 gr taplyonka
1 ta tuxum
2 ta tuxum sarig'i
200 gr durda

Tayyorlanishi:
Ishimizni idishga sut, suv, tuz, shakar, droja, tuxum sarig'i, eritilgan taplenka solib qattiq xamir qoramiz.Muzlatgichga 1 soatga qoyamiz.Manda 4 patir bo'ldi.Xamirni yoyib, durdani suramiz va videoda korsatilgandek kesib shakil berib o'lamiz. Ustiga tuxumni surib, sedana sepib 165 gradusda yahshilab singitib pishirib olamiz.

Retsept yo'qsa duo qilishni unutmang!

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

11 Oct, 02:54


❇️Kerakli masalliqlar:

1 ta gul karam
3 ta tuxum
2 osh qoshiq smetana
1 osh qoshiq un
Tuz, oregano
2 ta pomidor
100 gr sir
Aviko tayyor kartoshkalari
Qovurish uchun oʻsimlik yogʻi

❇️Tayyorlanishi:

Gulkaramni kesib olamiz.
Tuxumga smetana,un, tuz va oregano solib aralashtirib klyar tayyorlab olamiz.
Kesib olgan gulkaramni klarga botirib, oʻrtacha qizigan yogʻda ikki tarafini qizartirib qovurib olamiz.
Duxovka listiga joylab 180* ga 15 daqiqaga yuboramiz.
Chalaroq pishgan gulkaram ustidan parrak qilib toʻgʻralgan pomidor va sirni joylab, ustidan oregano sepip olamiz.
Aviko tayyor kartoshkalarini oʻsimlik yogʻi bilan aralashtirib, listga joylab olamiz.
Yana duxovkaga 15 daqiqaga duxovkaga yuboramiz.
Tayyor boʻldi. Yoqimli ishtaha❤️

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

10 Oct, 14:46


Goʻshtli pirog:

Kerakli masalliqlar :
•un 2-3 piyola
• razrexlitel-1 choy qoshiq 🥄
• tuz-1 choy qoshiq 🥄
• smetana-200gr
• tuhum-1 ta
• margarin-200gr

Nachinkasiga :
• goʻsht- 300 gr
• piyoz-3 ta
• kartoshka-2 ta


Tayyorlanishi :
Idishga un,tuz, razrixlitel solib aralashtiramiz ,oʻrtasini ochib tuhum, smetana,margarin solib hamir qoramiz 25-30 daqiqa tindirib olamiz.

Nachinkasi uchun gusht,kartoshka,piyozni toʻrtburchak shaklda toʻgʻrab(tabga koʻra )tuz,muruch solamiz


Hamirni 2 ga boʻlib,yoyib olamiz nachinkani solamiz hamir videoda koʻrsatilganidek qilib tugib chiqamiz,ustiga tuxum sarigʻini surib kunjut sepib chiqamiz , duhofkada
180° da 30-40 daqiqa pishirib olamiz .

Yoqimli ishtaxa 🥰

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

10 Oct, 02:53


🍯Asalli tort

Kerakli mahsulotlar
• asal - 220 gr🍯
• saryogʻ - 150 Gr 🧈
• soda - 1 choy qoshiq 🥄
• razrihlitel - 1 choy qoshiq 🥄
• tuhum - 6 ta 🥚
• shakar - 100 gr
• un - 300 gr
• qaymoq - 600 gr
• tvarojniy sir - 200 gr
• saxrniy pudra - 150 Gr
• hohishiga koʻra meva 🍋‍🟩🍌🍓



🍯Tayyorlanishi;
Idishga asal, saryogʻ solib aralashtiramiz, soda solib, biroz rang kirguncha aralashtiramiz, videoda koʻrsatilganidek holatga kelganda soʻvishi uchun olib qoʻyamiz, boshqa idishda tuhum bilan shakarni mikser yordamida koʻpirtirib olamiz , tayyor sovigan qiyomni tuhumli massasiga solib un , razrihlitel qoʻshib mikserda aralashtiramiz. Qolibga solib 180° da 30-35 daqiqada pishirib olamiz.

🍯Idishga qaymoq, tvarojniy sir, saxrniy pudra solib mikserda aralashtiramiz.
Videoda koʻrsatilganidek kesib, Kremga solib aralashtiramiz.
Qolibimizni strichlab videoda koʻrsatilganidek qilib solib chiqamiz, ustki qismini tekkislab strich bilan yopib 1-2 soatga muzlatgichga qoʻyamiz

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

09 Oct, 14:58


Видео кўриндими? 👍🏻❤️🤩 босинг

3 тагина маҳсулотда 2 та товуқ рулет

Товуқли рулет
Керакли масаллиқлар
500 гр товуқ филе
6 та товуқ бёдра
1 ч қ кашнич майдаси
1.5 ч қ туз
200 гр товуқ бульон
1 ч қ паприка

Тайёрланиши
Товуқ филени тўғраб майдалаб оламиз бёдрани сал йирикроқ тўғраб туз кашнич майдаси ва бульон қўшиб аралаштириб устини ёпиб 1 кунга музлаткичка қўямиз
Стреч пакет ёйиб товуқни қўйиб шакл бериб яхшилаб ўраб икки четини тугиб қайнаётган сувга солибь1 соат қайнатамиз сўнг муздек сувга солиб совутиб устига паприка сурамиз
Тайёр😋

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

08 Oct, 11:51


Пахлава🤤

5 та тухум сариги
200 гр шакар
200 гр сметана
250 гр маргарин
600-700 гр ун
1 чой кошик разрыхлитель

Начинка:

800 гр ёнгок
5 та тухум оки
200 гр шакар

180 градусда пишириб олинг

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

08 Oct, 10:37


Видео кўриндими? 👍❤️ босиб қўйинг

🍪 Ёнгокли печенье

✍🏻 Керакли масалликлар:

🥚1та тухум

🥡 100 гр шакар

🍶 100 мл каймок

🧈 150 гр сарёг

🥡0.5 ч.к разлехлител

🥡0.5 ч.к ванилин

🥡300-350 гр ун

Начинкаси учун:

🌰100 гр майдаланган ёнгок

🥡80 гр шакар

🥡0.5 ч.к карица

Тайерланиши:

Тухум ва шакарни яхшилаб аралаштирамиз сўнг қаймоқ ва хона ҳароратидаги сарёгни солиб бир хил масса бўлгунча аралаштириб юмшоқ хамир килинади 15-20 минутга тиндиришга койилади.
Майдаланган ёнгок, шакар ва карицани аралаштирилади.
Тинган хамиримизни ўртача 15 та бўлакга болиб видеода кўрсатилгандек қилиб начинкаси билан рулет шаклида қилиб ясаб олинади 180°да 20-25 минутга қўйилади


https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

08 Oct, 03:37


Видео кўриндими? 👍🏻❤️👏🏻 босинг

Нўхат шўрва

1 - пиёла нўхати иллиқ сувга битта чайиб ташлаб
1 - қошиқ шакар
1 - кошиқ туз солиб ивитиб кўямиз кечқурун
8-10 соатга
Қўй гўшти Мол гўшти суяклар солиб сувга соламиз ва нўхатни хам соламиз қайнаб чиқанадан сўнг 2-3 маротаба кўпикларини олиб ташлаймиз яхшиллаб қайнаб пишгандан сўнг кейин сабзавотларини хаммасини соламиз та’бга кўра туз соламиз шу тариқа 6 саотча қайнатамиз иссиққина маззали қувват таом


https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

07 Oct, 13:15


Churros

200 gr suv
100 gr saryog
160 gr un
1 chimdim tuz
3 ta tuxum
Qovurish uchun oʻsimlik yogʻi
Shakar va tabga koʻra shokolad pastasi.

Qarsildog zavarnoy xamirli churros shirinligi tayyor.

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

01 Oct, 07:25


Видеони кўришингиз билан босиб қўйинг❤️👍😋👏

Пончик
Керакли масаллиқлар
300 гр илиқ сут
2 та тухум
200 гр шакар
1 ош қ дрожа
100 гр милтер маргарини
500-600 гр ун
Ёғ
Безатиш учун қуюлтирилган сут

Тайёрланиши:
Ҳамма масаллиқларни кетма кет солинади ва юмшоқ қўлга ёпишмайдиган ҳамир қориб оширилади
Ошган ҳамирни ёйиб 4-5 см шакл берилади ва яна 15-20 дақиқа оширилади
Ёғни қиздириб ўртадан пастроқ оловда ҳар икки тарафини пиширилади
Пишган пончикларни ҳохишга қараб безатилади

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

18 Sep, 05:28


Уй шароитида кишга бонкада корейсча салат епиш рецептини ўрганамиз

Бизнинг расмий чат гурухимиз👇
@CHATKULINARIYA

Дўстларингизга ҳам улашинг!
каналга обуна бўлинг!👇

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

18 Jul, 08:55


Видеони кўрган бўлсангиз ❤️👍🏻 босишни унутманг

🍎Олмали пирог😋

Керакли масаллиқлар:
250 гр сарёғ ёки маргарин
550 гр ун
25 гр разрыхритель
150 гр сметана
3 та тухум сариғи

Начинка учун
300 гр шакар
4-5 та олма
0,5 та лимон
0,5 чой қошиқ коритца
60 гр сарёғ

Тайёрланиши
Сарёғ ун разрыхритель
Ванилинни урвоқ қилинади ва тухум сариғи ва сметана қўшиб ҳамир қориб ҳамирни 2 га бўлибь20 дақиқа тиндирилади
Товага сарёғ солиб қизигач олма ва қолган масаллиқарни солиб суви тортилгунча қовурилади
Тинган ҳамирни катта қисмини қолипга жойлаб начинка қўйиб қолган ҳамирни ёйиб шакл бериб устига қўйилади тухум сариғи суриб 180 гр да 40/45 дақиқа пиширилади.
Ёқимли иштаҳа😋👍🏻

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

18 Jul, 04:08


Муравейник 🤤 Ха бу уша Чорвокли йигит муравейниклари.

Керакли масалликлар:

200 гр шакал
3 та тухум
5 ош кошик сут
100 гр маргарин
1 чой кошик ичимлик содаси
800-900 гр ун

Крем:

100 гр сарёг
370 гр варенной молоко (1 та банка)
4 кошик асал.

180 градусда пишириб оламиз, караб туринг тез тайёр булади, рецепт ёкса дуо килишни унутманг.

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

13 Jul, 07:44


🏠Uy yumushlaridan ortib Hamir🫓 yoyib somsa tayyorlashga vaqtingiz yo'qmi ?
YULDUZ TASTY tayyor somsa hamirlari sizga ham vaqtingizni ham naqdingizni💰 tejashga yordam beradi
Toshkent Shahar🏙 bo'ylab uyingizgacha bepul yetkazib beramiz🚛
batafsil sahifalarimizga obuna bo'ling👇

******************************
У вас нет времени после работы по дому раскатать тесто и приготовить сомсу?
Готовое тесто🫓 для сомсы «YULDUZ TASTY» поможет вам сэкономить и время, и деньги💰.
Доставим бесплатно🚛 к Вам домой по всему городу Ташкенту.
подписывайтесь на наши подробные страницы👇

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

19 May, 04:58


Baton.

Retseptdagi oʻlchov 1 ta baton uchun.

280 - 300 gr un
30 gr shakar
1.ch.q tuz
10 gr droje
200 ml sut
2.osh. q o’simlik yog’i


Tayyorlanishi:
Un ,shakar,droje va tuz solib aralashtirib olamiz.
Sutni ilitib solib xamir qoramiz.
Xamirni oshirib olamiz.
Oshgan xamirimizni olib yoyib ,o’rab olamiz.
Rulet shaklida yarmigacha ,yarmini videoda ko’rsatilgandek kesib chiqamiz.
Ustini yopib bir oz oshirib olamiz.
Oshgach tuxum surib duxovkaga 200 gradusda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha 😋


https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

17 May, 04:06


Tovuq goʻshtidan rulet.🤤

Kerakli masalliqlar:

1 kg tovuq filesi
20 gr jelatin
Paprika
Bazelik
Murch
Chesnok
Tuz

Tayyorlanishi:

Tovuq filesini kubik qilib toʻgʻrab olamiz. Tuz,murch,paprika,bazelik,chesnok ,jelatin solib aralashtiramiz.
Videoʻda ko’rsatigandek,ikkiga bo’lib vstrechga o’rab olamiz.
Qaynab turgan qozonga solib 1 sogot pishirib olamiz.

Tayyor boʻldi.Yoqimli ishtaha 🤤

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

14 May, 08:29


Eng zoʻr chizkeyk retsepti


200 gr pechenye
100 gr saryogʻ

800 gr tvarojniy sir labne
200 gr qaymoq
shakar
3 ta tuxum
2 qoshik joʻxori kraxmali

100 gr malina
0,5 osh qoshiq kraxmal
100 gr suv

Tayyorlanishi:

Pechenyeni maydalap erigan saryogʻ bilan aralashtiramiz.
Qolipga solib tekislab muzlatgichga yuboramiz.
Ungacha boshqa idishda tvarojniy sir bilan shakarni venchik yordamida aralashtirib olamiz.
Ustidan bittadan tuxum va kraxmal solib aralashtirib olamiz.

Qotgan pechenye ustiga massamizni solib tekislab olamiz.
Qolip chetlarini falga bilan oʻrab 180 gradusga 45 daqiqaga yuboramiz.

Biroz sovigan chizkeykimizni 4.5 soatga sovutgichka yuboramiz.

Suflesi uchun

Idishga malina , kraxmal bilan suvni aralashtirib solamiz.Biroz qaynab quyulgach tegini oʻchirami. Soʻvigach chizkeyk ustidan quyib tekislab olamiz. 30 daqiqaga sovutgichga yuboramiz.

Tayyor boʻlgan chizkeykimizni kesib darsturxonga tortamiz.

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar

🍰ВИДЕО РЕЦЕПТ🧁

13 May, 13:39


Видеони кўрган бўлсангиз ❤️👍🏻 босишни унутманг

🍎Олмали пирог😋

Керакли масаллиқлар:
250 гр сарёғ ёки маргарин
550 гр ун
25 гр разрыхритель
150 гр сметана
3 та тухум сариғи

Начинка учун
300 гр шакар
4-5 та олма
0,5 та лимон
0,5 чой қошиқ коритца
60 гр сарёғ

Тайёрланиши
Сарёғ ун разрыхритель
Ванилинни урвоқ қилинади ва тухум сариғи ва сметана қўшиб ҳамир қориб ҳамирни 2 га бўлибь20 дақиқа тиндирилади
Товага сарёғ солиб қизигач олма ва қолган масаллиқарни солиб суви тортилгунча қовурилади
Тинган ҳамирни катта қисмини қолипга жойлаб начинка қўйиб қолган ҳамирни ёйиб шакл бериб устига қўйилади тухум сариғи суриб 180 гр да 40/45 дақиқа пиширилади.
Ёқимли иштаҳа😋👍🏻

https://t.me/retseptlar_pishiriqlar_taomlar