Eslatib o‘tamiz, 01/2025 katalogi yakunlariga ko‘ra mukofot olish uchun 17-katalog bo‘yicha mukofot uchun elektron hisob-faktura (ESF) chiqarishingiz kerak.
Muhim! Agar 17-katalog bo‘yicha olingan mukofot uchun elektron hisob-faktura 2025-yil 30-yanvar kuni soat 18:00 ga qadar chiqarilmasa, 2025-yil 5-fevraldagi to‘lovlar amalga oshirilmaydi.
Shuningdek, qo‘shimcha to‘lovlar ko‘zda tutilmaganini e’tiboringizga havola etamiz. Imtiyozli holatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha alohida so‘rovlar qabul qilinmaydi.
2025-yil 5-fevral kuni mukofot olmaydiganlar 02-katalog yakunlariga ko‘ra 2025-yil 26-fevral kuni ESFni o‘z vaqtida chiqarish sharti bilan to‘lovlarni olishlari mumkin bo‘ladi.