Qamashilik👍 @qamashidan Channel on Telegram

Qamashilik👍

@qamashidan


Assalomu alaykum obunachilar. Qamashi tuman yoshlar ishlari bo'limining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!

Admin: @AxmedovSHA

t.me/qamashidan

Qamashilik👍 (Uzbek)

Qamashilik kanali - bu Qamashi tuman yoshlar ishlari agentligining telegram kanali. Kanalga obunachilar Assalomu alaykum deyishadi! Kanalda tuman yoshlarining yangiliklari, ish bo'shliqlari va boshqa foydali ma'lumotlar paydo bo'ladi. Admin AxmedovSHA. Siz ham qo'shiling va yaxshi munozaralar qiling! Boshqa foydali kanallar: t.me/qamashidan

Qamashilik👍

19 Feb, 15:40


⚡️18 yoshlik Parviz SAT imtihonidan 100% natija, 1600 ball oldi

Parviz ota-onasing mehri, qo'llab-quvvatlashi va yordami bilan katta natijalarga erishdi. Endi uni katta marralar oldinda kutmoqda.

Parviz kelgusidagi o'qish va rejalaringizda omad tilayman!

Qamashilik

Qamashilik👍

19 Feb, 12:24


Энди, томорқасини қаровсиз қолдирган хонадон эгалари уч карра юқори солиқ тўлайди

Аҳоли томорқаси ва ижарага берилган ер майдонларидан самарали фойдаланиш бўйича ҳоким ёрдамчиси томонидан ҳар чоракда ўрганиш олиб борилади.

Ўрганиш давомида хонадондаги томорқа ва ижара ерларида экин экилмаган ва қаровсиз қолдирилган бўлса қуйидаги чоралар қўлланилади.

1. Имтиёзли кредитлар ажратилмайди.
2. Ижтимоий ҳимоя ягона реестрига киритилган фуқаролар учун ёрдамлар (моддий ёрдам ёки бола пули каби) тўхтатилади.
3. Ер солиғи уч карра юқори миқдорда ҳисобланади.

Qamashilik

Qamashilik👍

17 Feb, 19:10


🎉 Shohjahon Axmedov – Respublika Reytingida 1-O‘rinda!

Qamashi tumani Yoshlar ishlari bo'limining bosh mutaxassis Shohjaxon Axmedov “IBRAT Farzandlari” platformasining “Super Start” darslarida ingliz tilini o‘rganib, darslarni yakunladi va respublika reytingida 1-o‘rinni egalladi!

Bu ilm olishga intilgan har bir yosh uchun katta motivatsiya! Siz ham “Super Start” kursi orqali ingliz tilini 0 dan boshlab, tez va samarali o‘rganish imkoniyatiga egasiz.

Hoziroq ilovani yuklab oling:👉 IOS - Android

Qamashilik

Qamashilik👍

16 Feb, 19:22


👆👆👆👆👆👆👆

❗️ Ish haqi, pensiya va nafaqalarning oshishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi!

📲Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz.

⚡️ Ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadi.

🔖 Ishonchli manbalarga tayaning va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmang!

#rasmiy_munosabat

Qamashilik👍

16 Feb, 18:33


Yoshlar uchun katta imkoniyat!

Agar sizda zo‘r g‘oya yoki biznes loyihangiz bo‘lsa, endi uni hayotga tadbiq etish vaqti keldi!

Qamashi tumani Yoshlar ishlari bo‘limi sizga 100 million so‘mdan 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit olish imkoniyatini taqdim etadi!

Bu tanlov siz uchun:
Yangi biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz;
Innovatsion g‘oyalaringiz bo‘lsa;
Startapingizni rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz;
Jamoangiz bilan ajoyib loyihani amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz
.

Shartlar juda oddiy:
1️⃣ O‘z g‘oya va loyihangizni taqdim eting
2️⃣ Uning istiqboli va natijalari yuzasidan himoya qiling
3️⃣ Eng yaxshi loyihalar 7 yilgacha qulay shartlarda kredit bilan ta’minlanadi!


Agar sizda katta maqsadlar va yorqin g‘oyalar bo‘lsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Murojaat uchun @botirali1616 ga murojaat qiling!

Kelajagingizni bugun yarating! 🚀

Qamashilik

Qamashilik👍

10 Feb, 10:29


🗣Qadrli yoshlar!!!

Sizlar orzu qilib kutgan kunlar ham yaqinlashmoqda...

📆Joriy yilning 15-fevral, shanba kuni mahalla yoshlari o'rtasida bo'lib o'tadigan "Besh tashabbus olimpiadasi" loyihalarida ishtirok etishingiz uchun 5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro'yxatdan o'tish jarayoni boshlanishini ma'lum qilamiz.

🔑Ha aytgancha aynan shu kuni 5 tashabbus olimpiadasi 2025 yil mavsumining tantanali ochilish marosimi ham bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


👦👩Barchangizni 5 tashabbus olimpiadasi 2025 yilgi mavsumida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Qamashilik

Qamashilik👍

08 Feb, 08:55


⚡️Ibrat Academy”dan navbatdagi katta yangilikni kutib oling!

👍Endi “Super Start” bilan ingliz tilini 0 dan o‘rganish har doimgidan osonroq va tezroq bo‘ldi. Sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan darslar kreativ amaliyotga boyligi bilan boshqa uslublardan mutlaqo farq qiladi. Ishingiz tufayli endi vaqt hamda amaliyot yetishmasligi muammo emas. “Super Start” aynan Siz uchun ishlab chiqilgan.

🔹Asosiy grammatika va so‘z boyligini mustahkamlang;
🔹Interaktiv darslar va mashqlar orqali o‘rganing;
🔹Dastlabki kunlardanoq natija

Hoziroq “Ibrat Academy” ilovasidan “Super Start” darslarini boshlang!

Google play | App store

Qamashilik

Qamashilik👍

06 Feb, 19:26


Бугун 7 февраль - Доим кечикадиганлар куни

Учрашувларга, ишга, мактабга ёки бошқа жойларга доим кечикадиган дўстларингиз бўлса, уларни табриклашни унутманг!

Qamashilik

Qamashilik👍

01 Feb, 17:24


Туман ҳокимининг ёшлар билан учрашуви янги ғоялар ва келажак режаларга бой бўлди

Бугун Бердоли маҳалласидаги 98-мактаб биносида Қамаши тумани ҳокими Хуршид Усмонов, туман сектор раҳбарлари билан ёшлар ўртасидаги учрашув бўлиб ўтди. Учрашувда вилоят ҳокимининг биринчи ўринбосари Улуғбек Узоқов қатнашди.

Ушбу тадбир ёшларнинг бадиий чиқишлари намойиши билан бошланди. Рассомчилик, ҳайкалтарошлик кўргазмалари, ёш ижодкорларнинг мусиқий чиқишлари томоша қилинди.

Туманимиз ёшлар ҳаётига оид видеоролик билан учрашув давом этиб, ёшларнинг таклиф ва мурожаатлари тинглади. Хусусан, ёшлар томонидан тадбиркорликка кўмак, бандлик, спорт ва санъат тўгараклари фаолиятига оид таклифлар билдирилди. Таклифлар маъқулланиб, кўмак кўрсатиш чоралари белгиланди. Шунингдек, 2 нафар ёшларга бандлигини таъминлаш мақсадида субсидия тарзида тикув машиналари берилди. Турли мусобақаларда ғолиб бўлган ёшларга эсдалик совғалари тақдим этилди.

Учрашувда тумандаги хусусий ўқув-марказлари директорлари ҳам иштирок этиб, доимо билимга чанқоқ бўлишга чақирди.

Туман ҳокими мулоқот якунида ёшларнинг билим олишда тезроқ бўлиши, маррани баландроқ олиши ва доимо кучли бўлиш кераклигини таъкидлади.

#ҲокимваЁшлар #ТезроқБаландроқКучлироқ

Qamashi24.uz |Facebook | Telegram |Instagram

Qamashilik👍

21 Jan, 16:22


Yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida Qamashi tumanida SHTAB faoliyati yo'lga qo'yildi

2025-yilda yoshlar siyosati sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash maqsadida yoshlarning onlayn murojaatlarini qabul qilish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Endilikda ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborilgan murojaatlarga malakali mutaxassislar tomonidan tezkor va sifatli javob beriladi.

Muammo va takliflarni qabul qilish va ularni o‘z vaqtida hal qilish maqsadida quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
Ishonch telefoni:
📞+998 (88) 674-16-16
📞+998 (93) 070-17-11

Ushbu o'rganishlar davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar tahlil qilinib, ularni kelgusida amalga oshirish uchun tegishli rejalar tuziladi. Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni maqsadiga erishishiga yordam berish bizning asosiy vazifamizdir!
🔍Quyidagi havolani bosing va Qamashi tumani Yoshlar ishlari bo'limining telegram kanaliga qo'shiling

👇👇👇
https://t.me/qamashidan

Qamashilik

Qamashilik👍

21 Jan, 07:04


#LIVE

Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qamashi tumanida tashkil qilinayotgan "Yoshlar bog'i"da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Qamashilik

Qamashilik👍

19 Jan, 13:59


Hurmatli hamkasblar va yoshlarga xizmat qilishdek sharafli kasbni tanlagan aziz yetakchilar!

O‘tgan uch yil davomida sizlar bilan yelkama-yelka ishlash, yoshlarga xizmat qilish va ularning hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilish yo‘lida birgalikda faoliyat yuritganimdan behad mamnunman. Ushbu davr mobaynida nafaqat kasbiy mahorat, balki insoniy qadriyatlar, mehr va birdamlikning naqadar muhimligini chuqur his qildim. Sizlarning har biringizning fidoyiligingiz, yangicha tashabbuslar bilan yoshlarga imkoniyatlar yaratishga bo‘lgan intilishingiz tahsinga loyiqdir.

Bugun, siz azizlar, yoshlar bilan ishlash tizimining haqiqiy tayanchi va umidi ekaningizni yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman. Yoshlar yetakchisi bo‘lish – bu faqat kasb emas, bu – mas’uliyat va yoshlarga yo‘ldosh bo‘lishdek ulug‘vor vazifadir.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yetakchilar! Kelgusidagi ishlaringizda doimo muvaffaqiyat, bardavom ijodiy g‘oyalar va ulkan zafarlar tilayman. Sizlarning har bir harakatingiz va mehnatingiz yoshlar kelajagini yuksaltirishga hissa qo‘shishda davom etadi! Yurtimizni yanada rivojlantirish yo‘lida bardam va bir jamoa bo‘lib harakat qilishda davom etamiz.

Hurmat bilan, yoshlarga do‘st va hamkor!


O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qamashi tumani Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i

B.Turdiyev!

Qamashilik👍

19 Jan, 13:35


Hurmatli mahalla yoshlar yetakchilari!

🇺🇿Sizlarni yoshlar bilan ishlash tizimining vertikal boshqaruvi, xususan, Prezident vakillari – yoshlar yetakchilari lavozimining joriy etilganiga uch yil to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugungi kunda sizlar, davlatimizning mahallalardagi ishonchli tayanchi sifatida yoshlar siyosatini hayotga samarali tatbiq etishda beqiyos rol o‘ynayapsiz. Yoshlarimizni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasida olib borayotgan ishlaringiz tahsinga loyiq.

🇺🇿Sizning har bir sa’y-harakatlaringiz – bu Prezidentimiz ishonchini oqlash, kelajagimizni mustahkamlash yo‘lidagi ulkan hissa hisoblanadi. Sizlarga mustahkam sog‘lik, yangi yutuqlar va g‘alabalar tilaymiz!

🤝Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev

Telegram Instagram Facebook YouTube

Qamashilik👍

14 Jan, 13:34


Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Қадрли Ватан ҳимоячилари!

Она юрт қалқонлари, тинчлик посбонлари шарафланадиган мана шу қувончли кунда сиз, азизларни шонли байрамингиз билан яна бир бор чин дилдан қутлайман.

Барчангизга муқаддас қасамёдингизга содиқ қолиб, хизмат бурчингизни юксак даражада адо этишда мустаҳкам соғлиқ, улкан муваффақиятлар, оилавий бахт, хонадонларингизга тинчлик, файзу барака тилайман.

Жонажон Ватанимиз ҳимояси йўлида ҳеч қачон толманг, ютуқ ва зафарлар доимо сизларга ёр бўлсин!

Шавкат Мирзиёев,
Ўзбекистон Республикаси Президенти,
Қуролли Кучлар Олий Бош Қўмондони

Qamashilik👍

13 Jan, 06:08


❗️Эртага, 14 январь — барча учун иш куни

14 январь – Ватан ҳимоячилари куни Ўзбекистонда кенг нишонланади, бироқ бу кун дам олиш куни ҳисобланмайди.

Qamashilik

Qamashilik👍

11 Jan, 08:13


IT sohasida bepul ta'lim olish imkoniyati

IT sohasini bepul o‘rganish imkoniyatini yaratish maqsadida, Toshkent va Samarqand shaharlarida O‘zbekistonda 17 yoshdan yuqori barcha fuqarolar uchun IT sohasida talab yuqori bo‘lgan kasblarni bepul egallash imkonini beradigan raqamli texnologiyalar maktabi – “School 21” tashkil etildi.

“School 21” da o‘qish davomida o‘quvchilar IT bozorida zamonaviy kasb egasi bo‘lish uchun eng zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Maktab kampuslari 24/7 rejimida ishlashga mo‘ljallangan.

Mazkur maktablarga joriy mavsumdagi qabul davri 2025-yil 22-yanvarga qadar davom etadi.

Ariza topshirish: https://21-school.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

Qamashi24.uz |Facebook | Telegram |Instagram

Qamashilik👍

10 Jan, 19:10


Bugun, 11-yanvar – Xalqaro "Rahmat aytish" kuni!

Ushbu sana munosabati bilan barcha do‘st-u birodarlar, yaqinlar va tanishlarga borligi uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang!

Rahmat aytish – qalblarni bog‘laydi va munosabatlarni mustahkamlaydi.

Qamashilik

Qamashilik👍

07 Jan, 12:07


“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

📨Ushbu postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashishingizni so'raymiz.

Telegram:
https://t.me/publish_uz
Murojaat:
https://t.me/publicationu

Qamashilik👍

06 Jan, 12:42


Ўзбекистон Президенти меҳнат таътилига чиқди

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2025 йил 6 январдан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди.

Qamashilik

Qamashilik👍

03 Jan, 14:41


«Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash» yili davlat dasturiga muvofiq yoshlarni qo‘llab quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

Qamashilik

Qamashilik👍

02 Jan, 17:37


❗️ЭСЛАТМА: эртага барча учун иш куни!

Янги йил байрами муносабати билан берилган дам олиш кунлари ўз ниҳоясига етди.

Эртага — 3 январь (жума) ҳамда эртадан кейин — 4 январь (шанба) кунлари барча ходимлар учун (беш кунликларга ҳам, олти кунликларга ҳам) ИШ КУНИ ҳисобланади
.

Qamashilik

Qamashilik👍

31 Dec, 19:09


2025-yil Muborak bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar!

Mana, umid va ezgu niyatlar ila qarshi olayotgan yangi 2025-yil eshik qoqmoqda. Bu yil har birimiz uchun unutilmas lahzalar, ulkan yutuqlar va yorqin voqealarga boy bo‘lishini chin dildan tilayman.

Yangi yil – bu yangi imkoniyatlar, yangi marralar sari intilish davri. 2025-yil har biringizga sog‘lik-salomatlik, baxt va farovonlik olib kelsin. Oilalaringizda tinchlik va osoyishtalik hukm surib, farzandlarimiz kulgusi har kuni qalbimizni quvontirsin. Ishlaringizda faqat omad va muvaffaqiyat sizni qo‘llab-quvvatlasin.

Kelgusi yilda xalqimiz farovonligi va yoshlarimizning yorqin kelajagi uchun olib borilayotgan ishlar yanada yuksalishiga guvoh bo‘lishimizga umid qilaman.

Har bir tongingiz quvonch va yangi maqsadlar bilan boshlansin, kunlaringiz mehr-oqibat, shukronalik va baxt bilan to‘lsin!

Eng samimiy va ezgu tilaklar ila,
Qamashi tumani Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i
B.Turdiyev


Qamashilik

Qamashilik👍

31 Dec, 19:09


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Qamashilik👍

31 Dec, 12:05


Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2024 йилдаги ташқи сиёсий тадбирларга, давлат ва жамият ҳаётига дахлдор воқеаларга бой бўлган серқирра фаолияти факт ва рақамларда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Qamashilik👍

29 Dec, 15:21


Qashqadaryoda Yoshlar siyosatida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi yuzasidan sektor rahbarlari va yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi

Ushrashuvda viloyatda 2024-yil mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi hamda yoshlar siyosatida keyingi yildagi ustuvor rejalari belgilab olindi.

Shuningdek, yil davomida samarali faoliyat olib borgan yoshlar yetakchilari, yoshlar bilan ishlashda namuna ko’rsatgan hamkor tashkilotlar hamda Yoshlar ishlari agentligi xodimlari viloyat hokimi tomonidan taqdirlandi.

Qamashilik

Qamashilik👍

29 Dec, 10:34


Qorboboning oy qizi

Qamashi tumani Yoshlar ishlari bo'limi tomonidan aholi xonadonlariga tashrif vaqti bolajonlar tomonidan aytilgan she'r

Qamashilik

Qamashilik👍

27 Dec, 12:22


“Яшил макон” лойиҳаси: Қамашида катта ҳашар

Qamashilik

Qamashilik👍

25 Dec, 18:42


Yangi yilim - yaxshi yilim!

Qamashi tumani 8-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan "Yangi yilim - yaxshi yilim" shiori ostida bayram dasturi bo'lib o'tdi

Qamashilik

Qamashilik👍

23 Dec, 18:54


Yil sarhisobi

Qamashi tumani Yoshlar ishlari bo'limining "Ulug'bek" mahallasidagi yoshlar yetakchisi Doston G'aniyev 2024-yil davomida faoliyat olib borgan ishlari qisqacha videorolikda

P/S: Tumandagi barcha yoshlar yetakchilari yil sarhisobi yuzasidan videoroliklar namoyish etishadi


Qamashilik

Qamashilik👍

20 Dec, 18:00


👍 Mahalla — xalqimiz hayotining ajralmas qismi

🔍Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mahallaning xalq va davlat o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lishi lozimligini ko'p ta'kidlaydilar.

🔍Shu maqsadda mahallalar Yangi O‘zbekistonga mos va xos bo‘lishi uchun xalqimizning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib mutlaqo zamonaviy tizim - “Yettilik” yaratildi.

🎥 Ushbu videolavha orqali "yettovlon" fidoyilarning faoliyati, vazifa-yu vakolatlarini sodda va xalqchil tilda tushuntirishga harakat qildik.

Qamashilik

Qamashilik👍

17 Dec, 19:32


Axborot 24 | Davlat boshqaruvi akademiyasida sektor rahbarlarining so‘nggi bosqichdagi o‘quv kurslari
#16dec #uzbekiston24

Qamashilik

Qamashilik👍

17 Dec, 19:09


Бугун 18 декабрь — Халқаро мусофир (мигрант)лар куни!

Топаётган ҳалол пулингизга барака берсин.

Qamashilik

Qamashilik👍

17 Dec, 06:22


🇷🇺Rossiyada ishlash istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

18 dekabr kuni soat 10:30 da boʻlib oʻtadigan Rossiya Federasiyasi Moskva viloyatidagi OOO«Ozon Komyuniti» tashkilotidagi boʻsh ish oʻrinlariga taklif etamiz:

  Ish turlari:
😎operator sklada (ombor operatori)

  Ish vaqtlari:
😎grafik asosida, 12 soat (den\noch);

Oylik ish haqi (💵 ):
😎  70 ming rubl;

  Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
😎💁‍♂️ 💁🏼‍♀️(erkak va ayol);

Ish beruvchi hisobidan:
😎 ✈️ Avia bilet (50% qaytarib oladi);
😎 🪪 Patent xujjatlari;
😎 🛏 Yotoq joy;
😎 📝 1 mahal ovqat;

#Tanlov ga fuqarolik va xorijga chiqish pasportlaringiz bilan kelishingiz soʻraladi.

#Tanlov boʻlib oʻtadigan manzil:
🏢Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, A.Navoiy koʻchasi,
70a-uy Ishgamarhamat Monomarkazi binosida (Moʻljal: Oydin bozor roʻparasi)da

🌆geolokatsiya

☎️Murojaat uchun:  55 403-12-82.

📝Kanalga obuna boʻlish
🐶@qashmigration

Qamashilik👍

16 Dec, 18:52


Meni o‘zgartirgan 10 kunlik harbiy xizmat

Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, Shodlik mahallasida yashovchi Ayozmurod Yo’lbarsov sodir etgan xatosi sababli IIB profilaktik hisobiga tushgan edi. U “Yoshlar forumi – 2024” doirasida o‘tkazilgan “Jasorat maktabi” loyihasida ishtirok etib, 10 kun davomida harbiy xizmatni o‘tadi.

✈️Mazkur loyiha davomida Ayozmurodning dunyoqarashi kengayib, xulq-atvori sezilarli darajada yaxshilandi. Ushbu o‘zgarishlar tufayli viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tavsiyasiga ko‘ra, u profilaktik hisobdan chiqarildi. Bugungi kunda u chorvachilik bilan shug‘ullanib, mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

🔍Bu haqida batafsil qahramonimiz Ayozmurod Yo’lbarsovdan tinglaymiz.

Qamashilik

Qamashilik👍

16 Dec, 18:38


Qamashi tumani aholisi uchun ajoyib yangilik!

Qamashi tumani IT-Markazi siz aziz tumanimiz aholisiga IT-Tadbirkorlik yo'nalishida har qanday soha vakillari hamda daromadlarini oshirib borishni xohlovchilar uchun 6 oylik o'quv kurslariga qabul e'lon qiladi.

Murojaat uchun telefon:
+998-99-665-51-61

Mo'ljal: Yuksalish savdo markazi

Qamashilik

Qamashilik👍

16 Dec, 04:14


Қамаши тумани ҳокими Тошкент шаҳридаги STARS университетида бўлди

Хуршид Усмонов университет таъсисчиси таълим соҳасидаги йирик инвестор, озарбайжонлик Баҳрам Гурбанов билан учрашди. Университет фаолияти билан яқиндан танишди.

Шунингдек, учрашув давомида Майданак баланд тоғ лойиҳасига инвестиция киритиш юзасидан мулоқот ўтказилди. Инвестор Майданакда STARS университетининг аэрокосмик факультетини ташкил қилиш ва йирик космик туристик марказ барпо қилиш ташаббусини билдирмоқда.

Qamashilik

Qamashilik👍

08 Dec, 07:09


8 декабрь - Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун!

Авваломбор, туманимиз аҳлини улуғ байрам Бош қомусимиз қабул қилинган сана муносабати билан самимий муборакбод этаман.

Конституция – халқимизнинг иродаси, руҳияти ва маданияти акс этган, шунингдек, халқимиз тафаккури ва ижодининг маҳсули бўлган Асосий Қонундир.

Конституциямиз шу заминда яшаётган ҳар бир инсоннинг бахтли ҳаёт кечириши учун қулай шароит яратиш ғоясини ўзида мужассам этиб, шу мақсадларга эришишда мустаҳкам ҳуқуқий асос бўлиб хизмат қилади. Унинг ҳар моддасида инсон манфаатлари мужассамдир.

Қадрли туманимиз аҳли!

Конституциямизнинг 32 йиллиги муборак бўлсин. Сизларга фаровонлик, омад, соғлик ва бахт доимий хамроҳ бўлишини тилайман.

Хуршид Усмонов, Қамаши тумани ҳокими

Qamashilik

Qamashilik👍

07 Dec, 19:33


🇺🇿 8 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун!

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 32 йиллиги билан барча юртдошларимизни муборакбод этамиз!

Qamashilik

Qamashilik👍

07 Dec, 18:49


⚡️Bugun Prezidentimiz yoshlar uchun mana bunday yangilikni e'lon qildilar:

Maʼlumki, rivojlangan davlatlarda talabalar uchun “Work and Travel” kabi koʻplab dasturlar bor. Jumladan, Oʻzbekistonlik yoshlar taʼtil vaqtida chet elga borib, ham bilim olayapti, ham daromad topayapti.

Bu dasturlardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida, kelgusi yildan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan talabalarning yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratish tizimi yoʻlga qo'yiladi.

Manba: https://president.uz/uz/lists/view/7754

Qamashilik👍

06 Dec, 17:54


Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги

Qamashilik

Qamashilik👍

06 Dec, 13:27


Yosh kitobxonlarimizni navbatdagi bosqich kutmoqda!

📚 “Yoshlar forumi-2024” doirasida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman, shahar bosqichi o‘tkaziladi. Mazkur bosqich 10-12-dekabr kunlari tezkor savol-javob sharti asosida zoom platformasi orqali onlayn tartibda tashkil etiladi.

Tanlovning o‘tkazilish manzili va mas’ullari haqidagi ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

📚 Qoraqalpog’iston Respublikasi; 10-dekabr
📚 Andijon viloyati; 11-dekabr
📚 Buxoro viloyati; 11-dekabr

📚 Jizzax viloyati; 10-dekabr
📚 Qashqadaryo viloyati; 12-dekabr
📚 Navoiy viloyati; 12-dekabr

📚 Namangan viloyati; 12-dekabr
📚 Samarqand viloyati; 11-dekabr
📚 Sirdaryo viloyati; 12-dekabr

📚 Surxondaryo viloyati; 10-dekabr
📚 Toshkent viloyati; 12-dekabr
📚 Farg‘ona viloyati; 10-dekabr

📚 Xorazm viloyati; 11-dekabr
📚 Toshkent shahri. 11-dekabr

📚 Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havolada.

#yoshkitobxon2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Qamashilik👍

05 Dec, 18:59


Qamashi tumanida Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Qamashilik

Qamashilik👍

05 Dec, 03:09


Ахborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, investitsiyalarni ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
#4dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Qamashilik👍

04 Dec, 06:47


❗️Мактаб ўқувчилари қишки таътилда кетма-кет 14 кун дам олади

Мактабларда қишки таътил 28 декабрдан бошланиб, 2025 йил 10 январгача (14 календар кун) давом этади. III чорак дарслари 11 январдан бошланади.

Бу Вазирлар Маҳкамасининг қарори билан тасдиқланган низомда белгиланган.

Низомга кўра, агар таътилнинг охирги куни байрамга (ишланмайдиган кунларга) тўғри келса, дарслар кейинги кундан бошланади.

Qamashilik

Qamashilik👍

04 Dec, 06:26


Хушхабар!!!

2024 йил 15 ноябрда Президентимиз 392 саонли қарорни тасдиқладилар.

Қарорга кўра 2025-2026 ўқув йилидн бошлаб "Беш ташаббус олимпиадаси" доирасида умумтаълим мактаб ўқувчилари ўртасида қуйидаги мини-футбол, волейбол, енгил атлетика, шахмат, шашка, стол тенниси, стритбол ва воркаут спорт турлари бўйича уч босқичда:

биринчи босқичдасинфлараро мактаб босқичи мусобақалари;

иккинчи босқичда мактаблараро туман (шаҳар) мусобақалари;

учинчи босқичда туман (шаҳар) мусобақаларида ғолиб бўлган мактаб жамоалари ўртасида ҳудудий мусобақалар бўлиб ўтади.

Барча ўқувчиларимизни ҳозирданоқ мазкур спорт турларига тайёргарлик кўришга чақирамиз.

Qamashilik

Qamashilik👍

03 Dec, 07:14


“Jasorat maktabi” loyihasi ishtirokchilari Muborak tumanidagi harbiy qismda

Eslatib oʻtamiz, ushbu loyihada Qamashi tumanidan 30 nafar yoshlar ishtirok etishmoqda

Qamashilik

Qamashilik👍

02 Dec, 10:18


“Jasorat maktabi” loyihasiga start berildi

Qashqadaryoda huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlar o’rtasida vatanparvarlik ruhini shakllantirish, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Jasorat maktabi” loyihasi o’tkazilmoqda.

Qamashilik

Qamashilik👍

30 Nov, 19:06


#Қиш_келди

Қиш фасли муборак! 🌧❄️☃️

Бугундан қиш келди, барчамизга хайрли ва барокатли бўлсин


Qamashilik

Qamashilik👍

21 Nov, 17:08


❗️ DIQQAT TANLOV !

Qamashi tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qamashi tuman bo‘linmasi, Qamashi tuman Yoshlar ishlari boʻlimi, Qamashi tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "YANGI OʻZBEKISTON KONSTITUTSIYASI BILIMDONI" tanlovini eʼlon qiladi.

  ❗️Ushbu tanlovda yoshi, kasbi, ijtimoiy kelib chiqishi va millatidan qatʼiy nazar barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

  🖋Tanlov bitta shart bo‘yicha, ya'ni yangilangan Konstitutsiyaga oid tuzilgan test savollari asosida o‘tkaziladi.

🏆 Tanlov ishtirokchilaridan eng koʻp test savollariga javob topganlar:
- 1ta  🥇- oʻrin
- 2ta  🥈- oʻrin,
- 3ta  🥉- oʻrin sohiblari, tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom, esdalik sovgʻalari va kitoblar toʻplami bilan taqdirlanаdilar.

Tanlov 2024-yil 5-dekabr kuni soat 10:00 da Maʼnaviyat maskani binosida oʻtkaziladi.

Murojaat uchun:
☎️+99890-444-68-64

@OdiljonXujanov

Qamashilik

Qamashilik👍

21 Nov, 11:30


Oʻzbekiston Respublikasida yil nomlari

🔸1991-yil — Alisher Navoiy yili.
🔸1992-yil — Hamshiralar yili.
🔸1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
🔸1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
🔸1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
🔸1996-yil — Amir Temur yili.
🔸1997-yil — Inson manfaatlari yili.
🔸1998-yil — Oila yili.
🔸1999-yil — Ayollar yili.
🔸2000-yil — Sogʻlom avlod yili.
🔸2001-yil — Ona va bola yili.
🔸2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
🔸2003-yil — Obod mahalla yili.
🔸2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
🔸2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
🔸2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili.
🔸2007-yil — Ijtimoiy himoya yili.
🔸2008-yil — Yoshlar yili.
🔸2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
🔸2010-yil — Barkamol avlod yili.
🔸2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
🔸2012-yil — Mustahkam oila yili.
🔸2013-yil — Obod turmush yili.
🔸2014-yil — Sogʻlom bola yili.
🔸2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
🔸2016-yil — Sogʻlom ona va bola yili.
🔸2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
🔸2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili.
🔸2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
🔸2020-yil — Ilma-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
🔸2021-yil — Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
🔸2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
🔸2023-yil — Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili.
🔸2024-yil — Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili.
🔸2025-yil — Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

Qamashilik

Qamashilik👍

20 Nov, 14:26


⚡️Президент Шавкат Мирзиёев янги сайланган депутат, сенатор ва хорижлик дипломатлар билан суратга тушди.

Qamashilik

Qamashilik👍

20 Nov, 09:09


⚡️Президентимиз 2025 йилни “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди

Эл-юртимизнинг фикр-мулоҳазалари, хоҳиш-истакларини атрофлича ўрганиб, билдирилган тавсиялардан келиб чиққан ҳолда, бу борадаги ишларни янги, янада юксак босқичга кўтариш мақсадида Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

Йиғилганлар ушбу ташаббусни тўлиқ қўллаб-қувватладилар.

Ҳукумат йил номида белгиланган энг муҳим вазифалар бўйича давлат дастурини ишлаб чиқиши белгиланди.

Qamashilik

Qamashilik👍

17 Nov, 19:59


1991 йил 18 ноябрь — Ўзбекистон Республикасининг “Давлат байроғи тўғрисида”ги қонуни қабул қилинган кун.

Доим юқорида мағрур, кўксимизни фаҳр ва ифтиҳорга тўлдириб ҳилпирайвер она Байроғим. 33 ёшинг муборак.

Qamashilik

Qamashilik👍

16 Nov, 08:58


Qamashi tumanida yosh kitobxonlar bellashdi

Qamashi tumani Yoshlar ishlari boʻlimi hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan 5 tashabbus olimpiadasi doirasida "Yosh kitobxon" tanlovining SEKTORlar bosqichi boʻlib oʻtdi

Tanlov yakunida yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan yoshlarga tuman bosqichi yoʻllanmasi berildi


📸D.Gʻaniyev

Qamashilik

Qamashilik👍

12 Nov, 09:46


Qamashiliklar uchun ajoyib yangilik!

🇰🇷 2018
-yildan buyon minglab yurtdoshlarimizga EPS -TOPIK va TOPIK imtixonlaridan muvaffaqiyatli o’tib Koreya davlatiga ketishiga yordam bergan ATKO endi Qamashida!

❗️Bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermang! Hoziroq O’z joyingizni band qiling!

☎️ Murojaat uchun:
+99877-336-11-01

Qamashilik👍

05 Nov, 17:37


Bolasi zebraga minaman deb toʻpolon qilgan ekan, dadasi buning yoʻlini topibdi😂

Qamashilik

Qamashilik👍

05 Nov, 12:08


Қамаши тумани ички ишлар бўлими ходимлари тақдирланди

Бугун туманимизда 25 октябрь — Ўзбекистон ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан тадбир ташкил этилиб, Қамаши туманида меҳнат фаолиятини олиб бораётган ички ишлар ходимларига совғалар улашилди.

Туман ҳокимлиги мажлислар залида бўлиб ўтган тадбирда туман ҳокими Хуршид Усмонов, туман прокурори Бахриддин Баҳодиров, туман ИИБ бошлиғи Нодирбек Раҳимов иштирок этиб, соҳа ходимларини самимий муборакбод этди.


Qamashilik

Qamashilik👍

04 Nov, 11:49


Фирибгарлар янги даражага чиқишди. Энди улар овоз бериб юбориш илтимос қилинган ҳавола юборишмоқда

Танишимга ёрдам бераман деган содда одамлар ҳаволани босиб, барча шахсий маълумотларига кириш имкониятини бериб қўйишмоқда. Натижада фирибгарлар уларнинг ҳисобларидаги барча пулларни ечиб олишмоқда.

Сизга ҳам шундай хабар келса, ҳавола устига боса кўрманг


Qamashilik

Qamashilik👍

04 Nov, 08:43


4 ноябрдан 8 ноябргача Ўзбекистонда қандай об-ҳаво кузатилади?

Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида ноябрь ойининг боши учун деярли илиқ об-ҳаво сақланиб туради. Ҳаво ҳарорати 20-25 даража илиқ атрофида бўлади. Фақат республика шимолида ҳаво ҳарорати 8-13 даража илиққача пасаяди.

Qamashilik

Qamashilik👍

03 Nov, 12:59


#Taziya

Qamashi tumani Yoshlar ishlari bo’limining Paxtaobod mahallasidagi yoshlar yetakchisi Abdugʻafforov Suhrobjonning padari buzrukvorlari Tangriyev Abdurayim Abdugʻafforovichning vafoti munosabati bilan Suhrobjon ukamizga Yoshlar ishlari Qamashi tumani boʻlimi hamda mahallalardagi barcha yoshlar yetakchilari hamdardlik bildiradi.

Yaqinlariga Yaratganni Oʻzi sabr bersin.
Alloh rahmatiga olsin.


Qamashilik

Qamashilik👍

03 Nov, 09:19


#Bolaligim_podsholigim

Videoni koʻrib, yoshlik davrlariga qaytganlar bormi😊?

Qamashilik

Qamashilik👍

03 Nov, 09:12


Oʻgʻil farzand otasidan eshitishi kerak boʻlgan soʻzlar ...

Qamashilik

Qamashilik👍

03 Nov, 09:07


☎️ Ўзбекистонда мавжуд барча вазирликларнинг ишонч рақамлари:

▪️Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги +99871 202-09-09
▪️Экология вазирлиги +99871 207-11-07
▪️Бандлик вазирлиги +99871 203-01-41
▪️Ички ишлар вазирлиги 1102
▪️Қурилиш вазирлиги 1298
▪️Сув хўжалиги вазирлиги +99871 202-47-00
▪️Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги +99871 239-24-52
▪️Ташқи ишлар вазирлиги +99871 233-28-28
▪️Қишлоқ хўжалиги вазирлиги 1243
▪️Фавқулодда вазиятлар вазирлиги 1101
▪️Соғлиқни сақлаш вазирлиги 1003
▪️Энергетика вазирлиги +99871 231-81-18
▪️Мудофаа вазирлиги +99871 269-81-72
▪️Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги 1006
▪️Иқтисодиёт ва молия вазирлиги 01115
▪️Транспорт вазирлиги 1167
▪️Адлия вазирлиги 1008
▪️Рақамли технологиялар вазирлиги 1199
▪️Маданият вазирлиги +99855 502-33-75
▪️Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги +99871 256-52-90
▪️Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги +99871 238-50-05

Ўзингизга сақлаб қўйинг

Qamashilik

Qamashilik👍

31 Oct, 20:41


Bugun 1-noyabr Qashqadaryo viloyati tashkil topgan kun

Bayraming muborak boʻlsin Qashqadaryo👍👍


Qamashilik

Qamashilik👍

31 Oct, 15:44


Zulfiya nomidagi Respublika Davlat mukofotining Qamashi tuman bosqichi tanlovi bo‘lib o‘tdi

Qamashilik

Qamashilik👍

31 Oct, 04:54


"Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti uchun tanlov o'tkaziladi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli sohalarda o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatayotgan xotin-qizlarni munosib rag‘batlantirish borasida ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari yoʻnalishida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan xotin-qizlar o'rtasida "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti uchun tanlov o'tkazib kelinmoqda.

Ushbu tanlovning Qamashi tumani bosqichi bugun 2024-yilning 31-oktabr kuni soat 09:00 da tuman Maʼnaviyat va maʼrifat maskanida boʻlib oʻtadi.

Hujjatlar 30-oktabrga qadar qabul qilinadi. Hujjatlarni mahallalardagi xotin-qizlar faollariga topshirish mumkin.

Murojaat uchun tel: +998 97 462 75 75

Qamashilik

Qamashilik👍

30 Oct, 11:24


Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning xorijdagi vatandosh yoshlar bilan III mavsum navbatdagi onlayn uchrashuvi bo’lib o’tadi.

🟢 Mazkur muloqotni tashkil etishdan asosiy maqsad, nufuzli xorijiy universitetlarda o’qish hamda ishlash istagi bilan chet elda bo’lib turgan qashqadaryolik yoshlar bilan viloyat rivoji haqida davra suhbatini tashkil etish va xorijiy tajribalarga asoslangan takliflarni eshitish hamda ularning muammolarini hal etishdir. 

🟢Onlayn muloqot joriy yilning 2-noyabr (shanba) kuni, O‘zbekiston vaqti bilan soat 16:00da bo‘lib o‘tadi. 

Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun arizalar quyidagi @MustafayevSuhrob havolaga yuboriladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

Qamashilik👍

30 Oct, 10:49


Qamashida «YOSH KITOBXON» tanlovining mahalla bosqichi boʻlib oʻtdi

Mahalla bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar tanlovning sektor bosqichiga yo'l oldi.

📸D.Gʻaniyev


Qamashilik

Qamashilik👍

30 Oct, 09:13


Qamashida «YOSH KITOBXON» tanlovining mahalla bosqichi boʻlib oʻtdi

Bugun Qamashi tumanidagi barcha mahalla bo'ylab "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Yosh kitobxon" tanlovining mahallalar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mahalla bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar tanlovning sektor bosqichiga yo'l oldi.


📸 Yoshlar yetakchilari

Qamashilik

Qamashilik👍

29 Oct, 05:22


🌳"Yashil makon" loyihasining amalga oshishida faol bo'laylik

O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi murojaati

Ota-bobolarimizdan meros anʼana – oilada yangi farzand dunyoga kelganida unga atab, albatta, daraxt ekishni qayta tiklab, hayotimiz qoidasiga aylantirsak, ayni muddao bo‘ladi.

Nikohdan o‘tayotgan yoshlarimiz mana shunday baxtli onlardan esdalik sifatida, yaxshi niyat bilan yerga nihol eksalar anʼanalarimiz yana bir go‘zal odat bilan boyigan bo‘lar edi. Kelin-kuyovlarimiz ekkan nihollarning ildizi yerga chuqur o‘rnashib, ulg‘ayib, ulkan daraxtga aylanib, meva berganidek, yoshlarimizning oilasi ham albatta mustahkam, barakali, tinch-totuv bo‘ladi.

Batafsil: https://qamashi24.uz/yashil-makon-loyihasining-amalga-oshishida-faol-bolaylik/

Qamashi24.uz |Facebook | Telegram |Instagram

Qamashilik👍

28 Oct, 06:40


30-oktabr kuni yoshlarning eng sevimli tanlovlaridan biri "yosh kitobxon" tanlovi barcha mahallalarda start oladi.

- Kitobxonlar tayyormisizlar?

- Mahallalardagi yoshlar yetakchilari tayyormisizlar?

Hurmatli tumanimiz kitobxon yoshlari, ushbu tanlvda ishtirok etish uchun mahallangiz yoshlar yetakchisiga uchrashishingizni so`raymiz

Qamashilik

Qamashilik👍

27 Oct, 15:02


Соат 20:00 да республика ҳудудида ташкил этилган сайлов участкаларида овоз бериш жараёнлари якунланди.

🗳Айни дақиқаларда овозларни санаб чиқиш жараёнлари бошланди.

Qamashilik

Qamashilik👍

27 Oct, 14:12


Xorijdagi Qamashilik yoshlar saylov jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda

Qamashilik

Qamashilik👍

24 Oct, 18:53


25 октябрь - Ички ишлар органлари ходимлари куни!

Халқимизнинг тинч ва фаровон ҳаёт кечиришини таъминлашда, жиноятчилик ва бошқа ҳуқуқбузарликларга қарши курашишда, жамоат тартибини сақлашда Ички ишлар ходимларини хизматлари алоҳидадир!

Касб байрамингиз муборак бўлсин азиз посбонлар!

Qamashilik

Qamashilik👍

24 Oct, 12:40


“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlab “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” tanlovi g'oliblari taqdirlandi

📸N.Anvarov


Qamashilik

Qamashilik👍

24 Oct, 06:16


Qamashilik koʻp karra Oʻzbekiston va Xalqaro musobaqalar gʻolibi Oʻgʻiloy Jumanova 27-oktabr kuni Qonunchilik palatasi va hududiy Kengashlar deputatligiga boʻlib oʻtadigan saylovda barchani faollikka chorlamoqda

Qamashilik

Qamashilik👍

23 Oct, 12:23


Президент Шавкат Мирзиёев БРИКС мамлакатлари саммитида иштирок этиш учун Қозон шаҳрига етиб борди.

Qamashilik

Qamashilik👍

22 Oct, 06:27


#LIVE
#Yosh_saylovchi

Qamashi tumanida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda 27-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan saylov jarayonlarida yoshlar faolligini oshirish maqsadida “Yosh saylovchi” forumi boʻlib oʻtmoqda.

Forum doirasida zakovat, shaxmat-shashka, armrestling, yosh rassom, voleybol, mini futbol Mutolaa, Uzchess, UstozAi loyihalari taqdimoti boʻlib oʻtmoqda.

Qamashilik