PESHKU YOSHLARI @peshkuyoshlar Channel on Telegram

PESHKU YOSHLARI

@peshkuyoshlar


Yoshlar siyosatiga oid yangiliklar, dolzarb muammolar yuzasidan fikrlar hamda qiziqarli faktlar t.me/peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI (Uzbek)

PESHKU YOSHLARI telegram kanalining o'ziga xos nomi, 'yoshlar siyosati' deb aytilgan kanalda yoshlar uchun mo'ljallangan yangiliklar, dolzarb muammolar yuzasidan fikrlar va qiziqarli faktlar mavjud. Bu kanalda, yoshlar siyosatiga oid eng so'nggi yangiliklar kuzatilishi, ularga maslahatlar berilishi va tajribalar o'qilishi mumkin. PESHKU YOSHLARI kanali orqali, yoshlar o'z fikrlarini ifodalay oladilar va siyosatga oid muhim muzokaralar bilan tanishishlari mumkin. Agar siz ham yoshlarning siyosatga oid yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'ling va so'nggi maqolalardan va fikrlardan xabardor bo'ling. Telegram kanaliga t.me/peshkuyoshlar manzilidan kirishingiz mumkin.

PESHKU YOSHLARI

11 Feb, 15:21


Ўзбекистон ампутантлар жамоаси гуруҳдаги барча ўйинларни ютиб, Осиё чемпионати финалига чиқди

Гуруҳдаги барча ўйинда йирик ғалабага эришилди. Ироққа қарши бугунги баҳсда Абдужамил Шукуров ва Қудрат Худойқулов (2 та) гол уришди.

@@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

11 Feb, 11:18


📚 11-fevral — xalqaro Ilm-fandagi xotin-qizlar kuni

Bilimga chanqoq qizlar, bayramingiz bilan!

Siz qaysi olimalarni bilasiz? Balki oʻzingiz olimadirsiz? Izohlarda yozing.

🤩 Qizlar akademiyasi ilovasini yuklab oling:
Google Play | App Store

PESHKU YOSHLARI

11 Feb, 09:19


#Jarayon
#Peshku_tumani
#Ilmli_ayol_jamiyat_kuzgusi
🔰Joriy yilning 11-fevral kuni tumandagi "Sadr" MFY hududida joylashgan 41-IDUM da 11-fеvгаl "Ilm-fаn sohasidagi ауоllar  va  qizlаr хаlqаrо kuni" gа bag‘ishlab "IImli ауоl -jаmiуаt ko‘zgusi"  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🔰Davra suhbatida "Bog‘imuso" MFY otinoysi M.Turdiyeva o‘zbek ayolining o‘ziga xos fazilatlari, oilada qiz bolaning tarbiyasi, uning odob-axloqi, matonati, mehnatsevarligi va sabrliligi haqida o‘quvchilarga o‘z fikr-mulohazasini bildirib o‘tdi.

PESHKU YOSHLARI

10 Feb, 14:37


🗣Qadrli yoshlar!!!

Sizlar orzu qilib kutgan kunlar ham yaqinlashmoqda...

📆Joriy yilning 15-fevral, shanba kuni mahalla yoshlari o'rtasida bo'lib o'tadigan "Besh tashabbus olimpiadasi" loyihalarida ishtirok etishingiz uchun 5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro'yxatdan o'tish jarayoni boshlanishini ma'lum qilamiz.

🔑Ha aytgancha aynan shu kuni 5 tashabbus olimpiadasi 2025 yil mavsumining tantanali ochilish marosimi ham bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

👦👩Barchangizni 5 tashabbus olimpiadasi 2025 yilgi mavsumida faol ishtirok etishga chorlaymiz

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

09 Feb, 14:24


‼️ ДХХ одам савдоси ва гиёҳвандликка қарши тадбирда 5 кишини ушлади

Шунингдек, 18 та ноқонуний ўқотар қурол ва 126 дона совуқ қурол аниқланди, 53 нафар қидирувдаги шахс ушланди.

Сауналар, СПА салонлар, массажхоналар, караоке барлар, меҳмонхоналар, хостеллар, тунги клублар ва бошқа жамоат жойларида ўтказилган тадбирларда 93 та жиноят ишлари доирасида 94 нафар шахс жиноий жавобгарликка тортилган.

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

09 Feb, 08:45


Ҳаётни бизга керакли бўлган беш қоидаси:

1) Одамларга ўзингизни ҳаддан ортиқ яқин олманг. Шунда биласиз уларни сизга мухтожлиги борми ёки йўқ. Ҳурматингизни билинг..

2) Қурук гапга асло ишонманг. Ҳозирги даврда қуруқ сўзни баҳоси арзон.

3) Сиз уларга керак бўлган ва сиз билан фахрланувчи инсонларни қадрланг. Сиз унга керак эмас инсонларни ортидан қувламанг.

4) Одамларни ўзини оқлаш учун топган сўзларига ишонманг. Агар хоҳиш бўлса ҳар қандай ҳолатда имкон топиб, бажаради.

5) Сиз одамларни ўз дунёқарашингиз билан баҳоламанг. Сиз кимлар учундир нималаргадур тайёрдирсиз аммо, у инсон сиз учун ҳеч нарса қилишга тайёр бўмаслиги мумкин ёки бунинг акси.

PESHKU YOSHLARI

09 Feb, 04:27


🖋Bugun 9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi va insoniyat ma’naviyatining buyuk timsoli Alisher Navoiyning 584 yilligi

📰Navoiy bobomizning “Tilga eʼtibor – elga eʼtibor”, — degan o‘gitlari bugungi kun yoshlarini ona tilini qadrlash va ulug‘lashga daʼvat etadi. O‘z davrida turkiy tilning buyukligini isbotlab, uni ilm va adabiyot tiliga aylanish yo‘lini ochib bergan. Bugun biz ham tilimizni rivojlantirish va ilm-maʼrifat bilan yuksaltirishni o‘z oldimizga muhim maqsad qilib qo‘ymoqdamiz.

🇺🇿Yangi O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlar Navoiy merosini faqat kitob sahifalarida emas, balki o‘z hayotlarida ham yashatib, uning ma’naviy boyligidan bahramand bo‘lishlari lozim.

#AlisherNavoiy584

Bizning sahifalarimiz:
@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

09 Feb, 04:10


Таниқли актёр Ҳусан Мусабоев вафот этди

Ҳусан Мусабоев — таниқли ўзбек актёри ва театр арбоби. У ўзининг комедик роллари билан томошабинлар орасида катта шуҳрат қозонган. Шунингдек, у "Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист" унвонига сазовор бўлган. Мусабоевнинг ижоди ўзбек театр ва кино санъатида муҳим ўрин тутади.

Марҳумнинг яқинларига ҳамдардлик билдирамиз

👉 @Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

09 Feb, 04:09


Har qanday maqsadga erishish uchun uchta asosiy unsur kerak:

HARAKAT

QATʼIYAT

SABR-TOQAT


Har bir qadamni sabr bilan bajaring, har bir daqiqadan unumli foydalaning va har bir harakatni puxta rejalashtiring. Shunda yutuqlar sizning izingizdan ergashadi.

PESHKU YOSHLARI

08 Feb, 18:12


#diqqat
#tarqating

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi ilmiy daraja va unvonga ega pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga taklif etadi

Chuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga, pedagog kadrlar uchun qo‘yilgan malaka talablariga (oxirgi 3 yilda pedagogik malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan, xorijiy til bo‘yicha pedagoglar uchun amaldagi C1 darajasidagi sertifikatga) ega ilmiy daraja yoki unvoni bo‘lgan pedagog kadrlarni quyidagi fanlardan dars berish uchun tanlov asosida ishga taklif etadi:
xorijiy tillar (ingliz, nemis, ispan, dariy, turk, urdu, fors, hind, rus, yapon, koreys);
xalqaro huquq;
ma’muriy huquq;
fuqarolik huquqi;
iqtisodiyot nazariyasi;
sotsiologiya;
falsafa (mantiq);
psixologiya;
jismoniy tayyorgarlik.

Akademiyada ishlashni xohlovchi va talablarga javob beradigan pedagog kadrlar 2025-yil 15-yanvardan – 15-fevral kuniga qadar DXX akademiyasiga (Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3-uy) murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: +99871 252-92-93.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Akademiya boshlig‘i nomiga ariza (telefon aloqasini ko‘rsatgan holda);

2. So‘rovnoma (ma’lumotnoma, nomzodning yaqin qarindoshlari xususida ma’lumotlar aks ettirilgan tarjimai hol);

3. O‘zbekiston Respublikasi pasporti yoki ID-karta nusxasi;

4. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi, ilmiy daraja va ilmiy unvon haqidagi diplomlar nusxalari;

5. Malaka oshirish to‘g‘risida guvohnoma nusxasi (xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikat);

6. Mehnat daftarchasidan yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma.


Batafsil: gov.uz/oz/edu/news/view/35475

https://t.me/peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

08 Feb, 18:01


Farzand siz uchun kim?

Izoh qoldiring

PESHKU YOSHLARI

07 Feb, 14:07


6-MTT tarbiyalanuvchisi
Farhodova Fotima Muhammadali qizi

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

07 Feb, 13:58


Joriy yilning 7-fevral kuni Peshku tuman Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida she'riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Navoiyga ehtirom" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.Tadbirda o'quvchilar buyuk shoirning g'azal,ruboiy va hikmatli so'zlaridan namunalar aytishdi ,sahna ko'rinishlarini namoyish qilishdi, dilbar qo'shiq va raqslar ijro etishdi.
Tadbir yuqori saviyada tashkil qilindi va o'quvchilarning Navoiy ijodiyotiga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

PESHKU YOSHLARI

03 Feb, 11:45


KIM TOPDI JAVOBINI?

PESHKU YOSHLARI

03 Feb, 11:44


🇺🇿 Yil boshidan volontyorlik rejalarini tuzamiz

🇺🇿 O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida yurtimiz volontyorlari uchun ilk marta katta 250 kishilik oromgoh tashkil qilinmoqda.

🥰Kimlar uchun?
Volontyorlik guruhi, maktabi, markazi, universiteti, klubi koordinatorlari uchun hamda “Yil volontyori-2024” unvonini olganlar

🥰Qachon?
7-13 fevral, 2025-yil

🥰Qayerda?
Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Yoshlar oromgohi

🥰Nimalar qoplanadi?
Yo'l xarajatlari;
Turar joy;
Ovqatlanish

🥰Nima talab etiladi?
16 yoshdan oshgan boʻlishingiz;
Yil davomida hududda faollik;
Oromgohda to'liq qatnashish;
O'zbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida erkin muloqot qilish (qo’shimcha tillarni erkin biliganlarga ustunlik beriladi)


*Saralashdan o’tganlar bilan tashkilotchilar arizada kiritiladigan raqamlar orqali aloqaga chiqishadi.

🇺🇿 Ro'yxatdan o'tish

Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 3-fevral, 23:59, 2025-yil


🔻Eslatib o’tamiz volontyor.uz saytidan ro’yxatdan o’tgan bo’lishingiz kerak

👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿
Volontyorlar uchun saralangan
yangiliklar ⬇️


Telegram |Instagram |Facebook |Web

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 16:45


Kimda tògʻri chiqdi

Kimda toʻgʻri chiqgan bòlsa 👍
Kimda òxshamagan boʻlsa😳

Shundan bilib olamiz👆👆👆

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 16:41


Ko'k

Ushbu rangdagi shaxsiyatga ega bo'lgan odamlar romantiklar va idealistlardir. Ular dunyoda sodir bo'layotgan shafqatsizliklarni ko'ra olmaydi va yuraklarida yaxshilik uchun umidni doim saqlaydilar.
Ular juda mehribon, samimiy va g'amxo'r. Ushbu rangdagi shaxsiyatga ega bo'lgan odamlar iloji boricha ko'proq yaxshi ishlar qilishga harakat qiladilar.
Ular juda sezgir, ammo buni hech kimga ko'rsatmaydilar. Shuningdek, ular juda xotirjam va suv yaqinida bo'lishni yaxshi ko'radilar, chunki suv ularni tinchlantiradi. Ular ózlarida tabiat  bilan mustahkam bog'liqlil his qiladilar shu sabab ochiq havoda vaqt o'tkazishni yaxshi ko'radilar.

💙

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 16:38


Yashil

Yashil rang shaxsiyatga ega bo'lgan odamlar hamma narsaga aqliy yondashishni yaxshi ko'radilar. Asosan, ular atrof-muhitni, boshqalarni qiziqtiruvchi insonlardir. Ularga doim yangi narsalarni o'rganish va tadqiq qilish yoqadi, shuning uchun ular ko'p vaqtini uydan tashqarida o'tkazadilar. Ular aqlli va ular uchun fikrlashga asos beradigan mazmundor suhbatlar va suhbatdoshlarni juda yaxshi ko'radilar. Ular faqat ularni haqiqiy va halol qadrlaydigan odamlar bilan do'stlik qiladilar. Hammani ham ózlariga yaqin tutavermaydilar. Ózlarini barchadan ajralib turuvchi, ózgacha inson sifatida baholaydilar.

💚

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 16:37


Binafsha

Binafsha rang shaxsiyatiga ega bo'lgan odamlar juda sezgir va hissiyotli bo'lib, ko'p vaqtni yolg'iz o'tkazishni yaxshi ko'radilar. Ular ijodkorlar, orzu qiluvchilar va rassomlar bo'lib, dunyoni o'zlariga xos tarzda idrok etadilar.
Boshqalar bilan suhbatlashayotganda, ular tez-tez o'zlariga beriladilar, lekin bu ularga hech narsa qiziq emasligi sababli emas. Shunchaki ularning miyasi juda tez ishlaydi va ular doim ko'p g'oyalarga ega. Ular ko'p vaqtni yolg'iz o'tkazishni yaxshi ko'radilar. Ular tinch, muloyim va do'stona odamlardir. Ushbu rang shaxsiyatga ega bo'lgan odamlar sizni soatlab tinglashlari mumkin va agar sizga yordam kerak bo'lsa, ular o'z yordamlarini taklif qilishadi.

💜

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 16:36


To'q sariq

To'q sariq rang shaxsiyatga ega bo'lgan odamlar quvnoq va bolalarcha beg'ubor xarakterga egalar. Ular doimo energiya bilan to'lib-toshgan va shuning uchun salomatligini saqlab qolish uchun faol hayot tarzini afzal ko'radilar. Ular berishni yaxshi ko'radilar va har doim o'zlaridan oldin boshqalar haqida qayg'uradilar. Agar sizga kerak bo'lsa, ular sizga o'zlarining oxirgi ko'ylagini berishadi. Shuningdek, ular juda iliq va ochiq odamlardir. Ular gapirishni ham , tinglashni ham biladilar. To'q sariq rang shaxsiyatiga ega bo'lgan odamlar, bundan tashqari, diqqat markazida bo'lishni yaxshi ko'radilar. Ularni sahnada chiqish bilan bog'liq ishlar o'ziga jalb qiladi.

🧡

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 16:35


Sariq

Agar sizning shaxsingizning rangi sariq bo'lsa, unda siz quvnoq va optimistik odamsiz. Hech narsa sizni tóxtatolmaydi. Agar siz yiqilib tushsangiz, darhol yuqoriga ko'tarilib, shiddat bilan davom etasiz. Siz boshqalarning salbiyligiga e'tibor bermaysiz, chunki siz o'zingizga ishonsangiz va mehr bersangiz, taqdir sizga kulib boqishini bilasiz. Siz atrofingizdagilarga chin dildan g'amxo'rlik qilasiz va har doim yordamingizni taklif qilishga harakat qilasiz. Ba'zan sizning dunyoga bo'lgan nuqtayi nazaringiz idealistik bo'lishi mumkin, ammo baribir óz shaxsiy fikrlaringiz asosida yashashni bilasiz.
Siz mas'uliyatni o'z zimmangizga olishdan qo'rqmaysiz va boshqalarning ishonchini qozonish siz uchun muammo emas.

💛

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 16:32


Test javoblari:

Qizil

Agar shaxsiyatingizning rangi qizil bo‘lsa, demak siz juda ehtirosli va tez jahli chiqadigan insonsiz, yetakchilik qilishni yoqtirasiz. O‘zingizga ishonchingiz baland va hayotdan nimani xohlayotganingizni aniq bilasiz. Maqsadlaringizga erishish yo‘lida hech narsaga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ymaysiz.

Ehtimol, sizda ko‘p do‘stlar bor, lekin faqat bir nechta yaqin insonlar sizning haqiqiy ichki dunyoyingizni bilishadi. Siz do‘stlaringiz va oilangizga sodiqsiz va ular uchun hamma narsaga tayyorsiz.
Xarakteringiz juda jo‘shqin.
Qizil rangli shaxsiyatga ega insonlarda kuchli iroda bo‘ladi. Ular hech qachon taslim bo‘lmaydi.

❤️

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 16:22


Ranglar testi

Sevimli rangingiz xarakteringiz haqida nima deyishi mumkin, ranglar siz haqingizda ko‘p narsani aytib berishini bilarmidingiz?

Ranglar bizni hamma joyda qurshab olgan va ular qarorlarimiz hamda hayotga bo‘lgan qarashlarimizga ta’sir qiladi.

1. Qizil
2. Sariq (quyoshrang)
3.To‘q sariq (оранжевый)
4. Binafsharang (Fiolet)
5. Yashil
6. Ko‘k

Shu ranglardan qaysi biri sizga kóproq yoqadi, óylab kórib javobingizni kommentariyda yozib qoldiring. Reaksiyagʻarga qarab javoblarini ham joylaymiz Inshaallah!

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 16:09


📌OGOH BÒLING OTA-ONALAR

Hammaga kòrishni tavsiya qilaman

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 15:08


📌KIM TOPDI JAVOBINI

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 15:07


https://www.instagram.com/reel/DFZ6y8gMhky/?igsh=MWNubTB5NzVid2ZjYQ==

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 12:01


Tavallud kun!🎉

Bugun Peshku tumani Turkiston mahalla yoshlar yetakchisi Mirjalol Sobirov o'zlarining muborak tavallud kunlarini nishonlashmoqda.

📆Bugungi shukrona kunlari bilan chin dildan samimiy tabriklab, o'zlariga hamda oilalariga tinchlik xotirjamlik, fayzu baraka, sihat salomatlik, baxt va omad hamisha hamroh bo'lishini tilab qolamiz!
Cheksiz hurmat bilan Peshku tuman Yoshlar ishlari bòlimi hamda Yoshlar yetakchilari.

🎉Tavallud ayyomingiz qutlug' bo'lsin!🎁

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

02 Feb, 07:40


“Банкир”да сиз учун январь ойида чиққан фойдали маълумотлар ва таҳлилий постлар:

⏺️2025 йил омонат очиш учун қулай вақтми?

⏺️Қайси иловалар орқали комиссиясиз пул ўтказса бўлади?

⏺️Банкларда бўш иш ўринлари

⏺️2024 йилда инфляция 9,8 фоиз бўлди

⏺️Олтин 2025 йилда эмас, 2026 йилда 3 000 долларга чиқади — Goldman Sachs

⏺️Энди битта одам максимум 20 та картага эгалик қила олади

⏺️Халқаро захиралар 2024 йилда кескин кўпайди

⏺️Кўпроқ пенсия олиш учун нима қилиш керак?

⏺️Сунъий интеллект банк тизимига қандай таъсир қилади?

⏺️Қайси банклардан 1 млрд сўмдан кўпроқ ипотека олиш мумкин?

⏺️HUMO хусусийлаштирилди. Paynet уни сотиб олди

⏺️100 граммли олтин қуймалар пайдо бўлди

⏺️Банклар 2024 йилда қанча фойда кўрди?

⏺️Маҳалла банкирлари нима иш қилади?

⏺️Марказий банк “рассрочка” бозорини назорат қилмоқчи

⏺️Уй-жой бозорида 2025 йил қандай ўзгаришлар бўлади?

⏺️Расмий даромади йўқлар учун ипотека кредитлари

⏺️Омонатлар кафолати учун 200 млн сўмлик чегара қонунан кучга кирмоқда

⏺️2024 йилда ўртача ойлик иш ҳақи қанча бўлди?

⏺️Қандай қилиб Хитойнинг арзон стартапи АҚШга 1 трлн доллар зарар етказди?

⏺️Binance расман Ўзбекистонда ишга тушди

⏺️100 млн сўмгача: Расмий даромади йўқлар учун микроқарзлар

PESHKU YOSHLARI

01 Feb, 12:57


#Vatanparvarlik_oyligi

O'quvchilarni harbiy-amaliy sport musobaqalariga keng jalb etish orqali ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o'zaro madaniy-sport aloqalarini yo'lga qo'yish hamda yoshlarni sport o'yinlariga ommaviy tarzda jalb qilish, sog'lom turmush tarziga rioya qiladigan, dastlabki harbiy va psixologik tayyorgarlikka ega buyuk ajdodlarimiz kabi mard, halol, jismonan baquvvat, bilimli, keng dunyoqarashli, vatanparvarlik, mas'uliyatli, qiyin va ekstremal vaziyatlarda to'g'ri harakatlanish ko'nikmalarini egallagan barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida joriy yilning 1- fevral kunida Peshku tumani Mudofaa ishlari bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi hamda Mudofaaga ko‘maklashuvchi vatanparvar tashkiloti tuman bo‘limi bilan hamkorligida tumandagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 10-11-sinfida tahsil olayotgan ʼʼVatan tayanchiʼʼ harakati azolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ʼʼVatanparvarlarʼʼ harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🏆Yakuniy natijalarga ko'ra:

🥇31-IDUM ,,Jaloliddin Manguberdi izdoshlari'' jamoasi
🥈5-umumta'lim maktabining ,,Shunqorlar'' jamoasi
🥉21-umumta'lim maktabining ,,Qalqon'' jamoasi
egallab esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

👉Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting
@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

22 Jan, 16:31


Xalqaro tanlov g’oliblariga avtomobil sovg’a qilindi

Abu-Dabi shahrida “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasi bo‘yicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori bo‘lgan Prezident maktabi ikki nafar o‘quvchisining ota-onasi va ustoziga Prezident nomidan BYD avtomobili sovg’a qilindi.

Mukofotni topshirish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etdi.


👉 @peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

22 Jan, 16:31


#tavallud_kun

Bugun koʻplab yoshlarning sevimli ustozi, sergʻayrat inson, samimiy va mulohazali rahbar Xoldarova Indira Abdukarimovnaning tavallud topgan kunlari.

Barcha yoshlar tashkilotidagi hamkasblar nomidan bugungi ayyom bilan qutlaymiz!!!

PESHKU YOSHLARI

19 Jan, 17:13


"Ўзим гўшт емасам хам, оч қолсам хам фарзандимни ўқитаман!"

Бизни фақатгина илм қутқаради!

Ота-оналарга юбориб қўямиз


👉 @Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

19 Jan, 16:51


Hurmatli mahalla yoshlar yetakchilari!

🇺🇿Sizlarni yoshlar bilan ishlash tizimining vertikal boshqaruvi, xususan, Prezident vakillari – yoshlar yetakchilari lavozimining joriy etilganiga uch yil to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugungi kunda sizlar, davlatimizning mahallalardagi ishonchli tayanchi sifatida yoshlar siyosatini hayotga samarali tatbiq etishda beqiyos rol o‘ynayapsiz. Yoshlarimizni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasida olib borayotgan ishlaringiz tahsinga loyiq.

🇺🇿Sizning har bir sa’y-harakatlaringiz – bu Prezidentimiz ishonchini oqlash, kelajagimizni mustahkamlash yo‘lidagi ulkan hissa hisoblanadi. Sizlarga mustahkam sog‘lik, yangi yutuqlar va g‘alabalar tilaymiz!

🤝Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

19 Jan, 16:50


Assalomu alaykum hurmatli yoshlar yetakchilari!.2022-yi 19-yanvar kuni mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyatini tashkil qilish bo'yicha PQ-92-sonli qaror imzolanganligi va shu hujjat asosida Sizlarning faoliyatlaringiz bugungi kunda yurtimiz bo'ylab va o'z mahallangizda yoshlar siyosatini amalga oshirayotganligingiz munosabati bilan barchangizni muborakbod etaman!!!.

PESHKU YOSHLARI

16 Jan, 10:06


#UMID_NIHOLLARI

🏢Peshku tuman
ixtisoslashtirilgan maktabida "Vatanparvarlik oyligi" doirasida
''Umid nihollari" sport musobaqalarining 9-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida sektor bosqichi, Volleybol musoboqasi bo‘lib o‘tdi.

❇️ Maqsad: O‘quvchilarni sportga qiziqtirish, iqtidorli yoshlarni saralash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli  oʻtkazish ko‘zda tutilgan.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

O‘g‘il bolalar o‘rtasida

🥇 Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi
🥈 31-maktab jamoasi
🥉 3-maktab kamoasi

Qizlar o‘rtasida

🥇 32-maktab jamoasi
🥈 Peshku tuman ixtisoslashtirilgan jamoasi

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

14 Jan, 15:37


Vatan himoyachilari-bu nafaqat chegaralarda, balki hayotning turli sohalarida ham yurt tichligini saqlab kelayotgan insonlardir


,, Vatanparvarlik oyligi'' doirasida 14-yanvar ,,Vatan himoyachilari kuni'' hamda Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33-yilligi   munosabati bilan ,, Vatan himoyasi-muqaddas burch'' shiori ostida O'zbek , Qal'a,  Bobohoji, Qoraqalpoq, Quchoq, Navoiy, Xorkash, Talisobun va Do'stlik mahalla yoshlari o'rtasida  Futbol musobaqasi tashkil etildi.


🏆Yakuniy natijalarga ko'ra

🥇-o'rin O'zbek mahalla yoshlari
🥈-o'rin Qal'a mahalla yoshlari
🥉-o'rin Qoraqalpoq mahalla yoshlari

⚽️Ushbu sport musobaqalari orqali ham yoshlarning bo'sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda.

👉Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

08 Jan, 03:26


Bugun, 8-yanvar — O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!

Yurtimizda qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi bu tizimning barcha jonkuyar va fidoyi xodimlarini bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz! Qonun ustuvorligini ta'minlash, yoshlarimizning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishda hamisha jonkuyarlik bilan xizmat qilib, mashaqqatli kasbingizda doim kuch-quvvat tilaymiz!

https://t.me/Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

07 Jan, 16:50


“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Nizomni ko‘rish

Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#MardOʻgʻlon #MardlikVaJasorat

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

PESHKU YOSHLARI

06 Jan, 16:47


Сайёрамиздаги энг тезкор жонзот бу лочин хисобланади. У ўз ўлжасига 322 км/соат тезликда ташланади...

PESHKU YOSHLARI

06 Jan, 16:47


Дунёдаги биринчи одеколон вабонинг олдини олиш воситаси сифатида кашф қилинган экан...

Буни билармидингиз?

PESHKU YOSHLARI

06 Jan, 16:46


Бу оддий бармоқ машқларни фарзандларингиз билан бажариб кўринг☺️.

Хотирани яхшилайди.
Диққатни жамлайди.
Зехнни жамлайди.
Интеллектуал ривожлантиради.

PESHKU YOSHLARI

06 Jan, 16:46


Oʻzbekistonlik 10 yoshli qiz Koreyada oʻtkazilgan notiqlik tanlovida gʻalaba qozondi

U oʻzi yozgan hikoyani ikki tilda – oʻzbek va koreys tillarida soʻzlab bergan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26242

PESHKU YOSHLARI

06 Jan, 16:45


Olim oʻgʻil tarbiyalamoqchimisiz, unda...

– Bolani hurmat qiling, kamsitmang, masxara qilmang, behuda tanbeh bermang.

– Uni toʻliq ismi bilan chaqiring, laqab qoʻymang.

– Masʼuliyatli vazifalarni ishonib topshiring. U bilan maslahatlashing, fikrinini hurmat qiling.

– Olimlardek kiyintiring, olimlardek muomala qiling.

– Olim boʻlishini eslatib turing, ilmli insonlar davrasiga qoʻshing, haqqiga duoda boʻling.

PESHKU YOSHLARI

06 Jan, 16:44


❗️Эндиликда давлат ОТМлари магистратурасига қўшимча қабул асосида ўқишга кирган талабаларга таълим кредити берилмайди

Бу – 2025 йилги давлат бюджети тўғрисидаги қонун ижросини таъминлашга оид президент қарорида кўзда тутилган.

Унга кўра, таълим ташкилотида таҳсил олиш мақсадида табақалаштирилган тўлов-контрактни ва табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорига тенг бўлган бир марталик бошқа тўловларни ҳамда давлат олий таълим муассасалари магистратурасига қўшимча қабул параметрлари асосида ўқишга қабул қилинган абитуриент ва талабаларнинг тўлов-контракт тўловларини амалга ошириш учун таълим кредити ажратилишига йўл қўйилмайди.

Telegram | Instagram | Facebook

PESHKU YOSHLARI

06 Jan, 16:44


Битта ўртача катталикдаги олма сизни бир финжон қахвачалик энергия билан таъминлаши мумкин, бу тахминан 95 килокалорияга тенгдир...

PESHKU YOSHLARI

06 Jan, 16:32


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 6-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi

PESHKU YOSHLARI

06 Jan, 08:16


#Диққат #Pacман

⚡️🇰🇬 Қирғизистонда ҳам метапневмовирус аниқланди

Касалликка чалинишнинг иккита ҳолати қайд этилган. Мамлакатда ўткир респиратор вирусли инфекциялар устунлик қилмоқда.

❗️Одамлар гавжум жойларга борманг, имкон бўлса маска тақиб юринг ва қўл ва оғиз, бурунларингизни тез-тез чайиб ювиб юринг.👇

PESHKU YOSHLARI

06 Jan, 08:15


❗️Metan narxi 5500 so‘mga ko‘tariladi. Svet ichimlik suvi propan narxi ham oshadi

2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi narxi 24 foiz, gaz 36 foiz, propan 25 foiz, metan 39 foizga oshirilishi belgilangan. Jumladan, elektr va gaz narxlari o‘sishining o‘zi inflyatsiya darajasini 1,8 foizgacha ko‘tarib yuborishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 2025-yilda elektr energiyasi narxlari 24 foiz, tabiiy gaz 36 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, metan 39 foizga o‘sishi belgilangan. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 31-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan jurnalistlar bilan muloqotda ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Kanaliga obuna bo‘ling!
https://t.me/peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

04 Jan, 06:25


🗣Diqqat Tanlov🗣

BUXORO viloyatida "Kitobxon bolalar viktorinasi" start olmoqda.🤩

🛎🛎🛎Bunga ko'ra 4 - 11-sinf òquvchilari ròyxatda berilgan 3 ta asarni òqishlari talab qilinadi.

📌Tanlovda jamoa tarzida, ya'ni 5 nafardan bòlib qatnashiladi.

📍1-shart asarlar yuzasidan berilgan savollarga belgilangan vaqt ichida javob berishdan iborat. Eng yuqori natijani qayt etgan 6 ta jamoa 2-shartda qatnasha oladi.
📍2-shart esa jamoadan 1 nafar ishtirokchi chiqib qoĝoz tortish usulida tanlangan asarni sharhlab berishi sòraladi.

📚📚📚Yuqori natijani qayt etgan 3 ta jamoa diplom va esdalik sovĝalari bilan tadqirlanadi.🤓

Estalib òtamiz: Tanlovda faqat Buxoro viloyatining maktab òquvchilari va sardorlari qatnasha oladi. (qatnashuvchilar yoshlar yetakchisiga murojaat qiling)💥💥💥

6-yanvar kuni soat 10:00 da Buxoro viloyati yoshlar markazida sizni kutib qolamiz🔥🔥🔥

BUXORO SARDORLARI sizni YANGI YIL bilan qutlab qoladi🎄🎄🎄

https://t.me/bolalartashkiloti_buxoro

PESHKU YOSHLARI

02 Jan, 16:51


#diqqat
#tarqating

Davlatimiz Tinchlikini taminlaydigan harbiylar uchun maxsus video.

https://t.me/peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

01 Jan, 07:31


🗣Diqqat Tanlov🗣

BUXORO viloyatida "Kitobxon bolalar viktorinasi" start olmoqda.🤩

🛎🛎🛎Bunga ko'ra 4 - 11-sinf òquvchilari ròyxatda berilgan 3 ta asarni òqishlari talab qilinadi.

📌Tanlovda jamoa tarzida, ya'ni 5 nafardan bòlib qatnashiladi.

📍1-shart asarlar yuzasidan berilgan savollarga belgilangan vaqt ichida javob berishdan iborat. Eng yuqori natijani qayt etgan 6 ta jamoa 2-shartda qatnasha oladi.
📍2-shart esa jamoadan 1 nafar ishtirokchi chiqib qoĝoz tortish usulida tanlangan asarni sharhlab berishi sòraladi.

📚📚📚Yuqori natijani qayt etgan 3 ta jamoa diplom va esdalik sovĝalari bilan tadqirlanadi.🤓

Estalib òtamiz: Tanlovda faqat Buxoro viloyatining maktab òquvchilari va sardorlari qatnasha oladi. (qatnashuvchilar yoshlar yetakchisiga murojaat qiling)💥💥💥

6-yanvar kuni soat 10:00 da Buxoro viloyati yoshlar markazida sizni kutib qolamiz🔥🔥🔥

BUXORO SARDORLARI sizni YANGI YIL bilan qutlab qoladi🎄🎄🎄

https://t.me/bolalartashkiloti_buxoro

PESHKU YOSHLARI

31 Dec, 19:46


🎆 КИРИБ КЕЛГАН “ЯНГИ 2025 ЙИЛ" БИЛАН!!!

Барча Ёшларимизни, қадрли каналимиз обуначиларини, кириб келган "Янги — 2025 йил" билан самимий табриклаймиз.

Кириб келган "Янги 2025 йил" барчамизга муборак бўлсин! 2025 йил сизга ва яқинларингизга мустаҳкам соғлик, омад ва зафарлар олиб келсин, хонадонингиздан қувонч, барака ва осойишталик аримасин!


каналга обуна бўлинг 👇👇👇

https://t.me/peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

31 Dec, 09:00


Aziz hamyurtlar, shijoatli va salohiyatli yoshlar!

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi sizni va yaqinlaringizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan samimiy qutlaydi.

🌟 Yangi yilda yangi marralarni zabt etib, yurtimiz rivojiga hissa qo'shishingizga tilakdoshmiz.

Tuganmas shijoat, baxt va omad, mustahkam sog’lik hamrohingiz bo‘lsin.

🎉 2025-yilda siz yoshlarga bildirilgan ishonchni oqlash, ulkan muvaffaqiyatlarga erishish barchangizga nasib etsin!

Yangi yilingiz muborak bo'lsin!

Bizning sahifalarimiz:
🕊@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

29 Dec, 12:34


🗣Buxoro shahridagi  Yoshlar markazida 2024-yilgi Yoshlar siyosati faoliyati sarhisob qilindi.

Buxoro shahridagi Yoshlar markazida viloyat hokimi boshchiligida 2024-yilda Yoshlar siyosati borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida o‘tgan yil davomida erishilgan yutuqlar va amalga oshirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda yilning eng yaxshi yoshlar yetakchilari, ularning ota-onalari hamda yoshlar siyosatiga mas’ul tashkilot rahbarlari alohida e’tirof etilib, ularga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taqdirlangan barcha yetakchilarni tabriklaymiz va keyingi faoliyatlarida omad tilaymiz!

🔵Bizning sahifalarimiz:
@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

29 Dec, 06:40


#Тезкор

Андижонда 5 киши спиртлик ичимликдан заҳарланиб вафот этди

22—26-декабр кунлари вилоятида 22 нафар киши коняк истеъмол қилгани оқибатида шифохонага ўткир заҳарланиш ташхиси билан ётқизилган.(C) Дарё

Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз, янги йилни эсон-омон кутиб олинглар

Бизда кузатиб боринг👇🏻      
@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

28 Dec, 15:48


БАЙРАМ КУНЛАРИ СВЕТ ЎЧМАЙДИ. ЯНГИ РАИС БАРЧАГА ТОПШИРИҚ БЕРДИ

“Ҳудудий электр тармоқлари” АЖ бошқаруви раиси Асроржон Асқаров янги йил ва байрам кунлари – 2024 йил 30 декабрдан 2025 йил 3 январгача истеъмолчиларни барқарор электр энергияси билан таъминлашга бағишланган электр тармоқлари штабининг йиғилишини ўтказди.

Агар сизнинг уйингизда байрам кунлари свет ўчиб қолса, зудлик билан 1154 қисқа рақамига ёки “Телеграм”даги @het_admin администраторга мурожаат қилишингиз мумкин.

PESHKU YOSHLARI

28 Dec, 04:55


Tavallud kun!🎉

Bugun Peshku tumani Qoraqalpoq mahalla yoshlar yetakchisi Rustam Mardonov o'zlarining muborak tavallud kunlarini nishonlashmoqda.

📆Bugungi shukrona kunlari bilan chin dildan samimiy tabriklab, o'zlariga hamda oilalariga tinchlik xotirjamlik, fayzu baraka, sihat salomatlik, baxt va omad hamisha hamroh bo'lishini tilab qolamiz!
Cheksiz hurmat bilan Peshku tuman Yoshlar ishlari bòlimi hamda Yoshlar yetakchilari.

🎉Tavallud ayyomingiz qutlug' bo'lsin!🎁

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

28 Dec, 03:11


❄️⛄️Ассалому алайкум ва
роҳматуллоҳи ва барокатуҳ

☃️❄️ХАЙРЛИ ТОНГ❄️☃️

🌥Ушбу тонг нафасидан баҳра
олаётган, барча- барчангизга
бошлаётган кун ва бугунги
эзгу-ишларингизга хайру -барака 
тилаймиз.

❄️Яхши инсонларни беғубор тонг
нашидаси билан сийлаган ,
Аллоҳга минг бора шукрона
айтамиз.

⛄️ Ризқингиз кенг, ҳар бир босган
қадамингиз тавфиқ,
тавбаларингиз қабул,
дуоларингиз ижобат бўлсин!🤲🤲




https://t.me/peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

27 Dec, 15:27


#Yangi_yil_2025


Yangi yil bayram kayfiyatini ulashish maqsadida qorbobo va qorqizlar bilan birgalikda olis qishloq kòchalarida ham kirib bordik.


Barchaga yangi yil muborak bo‘lsin!

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

27 Dec, 15:23


#Vatanparvarlik_oyligi

⚡️Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Buxoro garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari, 28803 harbiy qism targʻibot guruhi tomonidan Peshku tuman yoshlari uchun ,, Vatanparvarlik oyligi" doirasida "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxridir!"shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati o‘zaro ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yangi O'zbekistonning yangi armiyasini bugungi qiyofasi, unda xizmat qilishning o'ziga xosligi, harbiy xizmatchilarga belgilangan imtiyozlar hamda yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshilayotgan islohotlar xususida to'xtalib o'tildi.Shuningdek, so‘z olganlar mamlakatimizda ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, Vatanga sodiq farzandlarni tarbiyalab, kamolga yetkazish yuzasidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar haqida atroflicha ma’lumot berdilar. Bugungi kunda milliy armiyamizda yaratilgan sharoitlar va Oliy harbiy bilim yurtlari haqida ma'lumotlar berildi.

Tadbir davomida harbiy orkestrlar chiqishlari ham boʻlib òtdi. Bu orqali Yoshlarga ham bayramona kayfiyat ulashildi.

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

26 Dec, 18:43


JARAYONLARDAN LAVHALAR

PESHKU YOSHLARI

08 Dec, 03:28


Bugungi bayram barchaga muborak bólsin!

PESHKU YOSHLARI

08 Dec, 03:20


Бугун соат 10:00 да Пешку тумани марказий ўйингоҳида Конститутциямизнинг 32 йиллиги ҳамда туманимизнинг "Ҳосил байрами" тадбири бўлиб ўтади. Байрам тадбирида хушовоз хонандалар Севинч Исмоилова ҳамда Осман Наврузов ўзининг дилтортар куй-қўшиқлари билан иштирок этадилар.

Бундан ташқари, байрам дастури давомида миллий кураш мусобақаси ўтказилади.

Шу муносабат билан барча туман аҳолисини ва курашчи полвонларни ушбу байрам дастурига таклиф этамиз!

♾️Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

PESHKU YOSHLARI

06 Dec, 16:54


Joriy yilning 6-dekabr sanasida tumandagi umumta'lim maktablarida Òzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan ma'naviy-marifiy tadbirlar tashkil etildi.

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

05 Dec, 16:40


Жорий йилнинг 8 декабрь куни соат 10:00 да Пешку тумани марказий ўйингоҳида Конститутциямизнинг 32 йиллиги ҳамда туманимизнинг "Ҳосил байрами" тадбири бўлиб ўтади. Байрам тадбирида хушовоз хонандалар Севинч Исмоилова ҳамда Осман Наврузов ўзининг дилтортар куй-қўшиқлари билан иштирок этадилар.

Бундан ташқари, байрам дастури давомида миллий кураш мусобақаси ўтказилади.

Шу муносабат билан барча туман аҳолисини ва курашчи полвонларни ушбу байрам дастурига таклиф этамиз!

♾️Peshku tumani yangiliklarini kuzatib boring

PESHKU YOSHLARI

05 Dec, 04:42


📌8-Ishtirokchi
Jo'raboyeva Marjona 11-maktab 3-sinf òquvchisi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  “Bu mening Konstitutsiyam” mavzusida aytgan she'ri

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

04 Dec, 04:29


📌7-Ishtirokchi
A'zamova Shahnoza 11-maktab 3-sinf òquvchisi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  “Bu mening Konstitutsiyam” mavzusida aytgan she'ri

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

03 Dec, 09:31


Жорий йилнинг 8 декабрь куни соат 10:00 да Пешку тумани марказий ўйингоҳида Конститутциямизнинг 32 йиллиги ҳамда туманимизнинг "Ҳосил байрами" тадбири бўлиб ўтади. Байрам тадбирида хушовоз хонандалар Севинч Исмоилова ҳамда Осман Наврузов ўзининг дилтортар куй-қўшиқлари билан иштирок этадилар.

Бундан ташқари, байрам дастури давомида миллий кураш мусобақаси ўтказилади.

Шу муносабат билан барча туман аҳолисини ва курашчи полвонларни ушбу байрам дастурига таклиф этамиз!

PESHKU YOSHLARI

03 Dec, 08:38


📌6-Ishtirokchi
Boboqulova Maftuna 11-maktab 9-sinf òquvchisi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  “Bu mening Konstitutsiyam” mavzusida aytgan she'ri

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

02 Dec, 16:41


‼️DIQQAT TANLOV

🇺🇿 Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 19-noyabr kunidan 8-dekabr kunigacha Peshku yoshlari o‘rtasida “Bu mening Konstitutsiyam” mavzusi asosida eng yaxshi rasmlar tanlovi, eng yaxshi she'r (jonli aytish)ga start berildi.

🌌 Tanlovda yuborilgan eng yaxshi she'r va rasmlar Yoshlar ishlari Peshku tuman bo‘limi tomonidan taqdim etiladigan esdalik sovg‘a va diplomlar bilan taqdirlanishadi.

Sifatli rasm va she'rlarni 👉@Muxlis_7755 ga yuborishingiz mumkin. Faqat eng sara rasm va she'rlar👉 https://t.me/Peshkuyoshlar kanalida e’lon qilib boriladi  hamda  tanlovda g‘olib deb topiladi.

❗️Shartlari oddiy eng ko‘p 👍 to‘plagan yurtdoshlarimiz g‘olib deb topiladi. Barcha ishtirok etaman degan yoshlarga omad!

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

01 Dec, 09:59


📌5-Ishtirokchi
Husenova Elnura 11-maktab 3-sinf òquvchisi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  “Bu mening Konstitutsiyam” mavzusida aytgan she'ri

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

01 Dec, 05:21


❗️Ўзбекистонликлар Конституция кунида кетма-кет 3 кун дам олади...

8 декабр бу йил якшанба кунига тўғри келади, шунинг учун қўшимча дам олиш куни 9 декабр душанба куни бўлади.

Шунга кўра, “беш кунлик ҳафта”да ишлаётган ўзбекистонликлар кетма-кет 3 кун, “олти кунлик ҳафта”да эса 2 кун дам олади.

Хабарни улашиб қўямиз!
👇

Батафсил 👉 @Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

01 Dec, 04:05


Декабрь ойида туғилган инсонлар ҳақида.

Улар тинчлик-осойишталикни ёқтирадиган ва дўстлари орасида ўз ўрнига эга инсонлар экан.

Декабрь ойида туғилган дўстларга видеони юборамиз:)

Канал👉 @Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

01 Dec, 04:04


1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni

🩺 1988-yildan boshlab, 1-dekabr Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu kunning asosiy maqsadi:
• Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqida jamoatchilikni ogoh qilish;
• Xabardorlik va profilaktika choralari bo‘yicha bilimlarni oshirish;
• Ushbu kasallikka chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy ko‘mak berishni targ‘ib qilish.

🩸Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaylik va birgalikda bu dardga qarshi kurashaylik!

#OITSgaQarshiKurash

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

01 Dec, 04:01


#Қиш_келди #Хайрл_кун
Қиш фасли муборак! 🌧❄️☃️

Бугундан қиш келди, барчамизга хайрли ва барокатли бўлсин
🤲

Якшанба кунингиз омадли ва барокатли ўтсин!

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

30 Nov, 14:47


📌4-Ishtirokchi
Nazirov Nazarbek 11-maktab 3-sinf òquvchisi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  “Bu mening Konstitutsiyam” mavzusida chizgan rasmi

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

30 Nov, 14:46


📌3-Ishtirokchi
Shodiyev Amirxon 11-maktab 3-sinf òquvchisi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  “Bu mening Konstitutsiyam” mavzusida chizgan rasmi

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

30 Nov, 14:43


📌2-Ishtirokchi
Botirova Mohiniso 11-maktab

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Bu mening Konstitutsiyam” mavzusida chizgan rasmi

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

30 Nov, 14:31


5 tashabbus olimpiadasi
Ichki ishlar kubogi
Voleybol musobaqasi

Peshku tumani Shavgon mahallasi yoshlari

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

30 Nov, 14:25


"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" ning erkaklar o'rtasidagi "A" liga respublika final bosqichi.

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

21 Nov, 11:21


⚡️Peshku tumanida "Bolalar harakati" sardorlar saylovining tuman bosqichi o'tkazildi

Mamlakatimizda taʼlim muassasalaridagi bolalar harakati sardorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda bolalar bilan ishlash samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qo‘shma qaror imzolangan.

Shuningdek, ushbu qo‘shma qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan "Bolalar harakati" sardorlar saylovi bugun Peshku tumani 1-IDUMda o'tkazildi.

Bunda yoshlarni vatanparvarlik, liderlik, tashabbuskorlik mahoratini rivojlantirish va ulardagi isteʼdodlarini yuzaga chiqarish maqsadida tumandagi barcha umumtaʼlim muassasalaridan kelgan sardorlar o'z dasturlari bilan ishtirok etishdi.

Saylov yakuniga ko‘ra, yosh sardorlar ichida eng iqtidorli 7 nafar yoshlar munosib ko‘rilib, tuman sardorlari etib saylandi. Shuningdek, tadbir so‘ngida, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar Yoshlar ishlari tuman bo'limi tomonidan esdalik sovg'alari va ishonch yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting
@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

21 Nov, 03:49


#долзарб

❗️Телеграмдаги фирибгарлар яна бир қадам олдинга юриш қилди

Энди бепулга Премиум (галочка)ни текинга совға қиламиз деб сизнинг яқинларингиз хатто ака-укангиз номидан хабар юборяпти

Қопқонга тушсангиз тамом, карталарингиздаги пуллар ечилади, аккоунтингиз кетади

Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз
👇

Батафсил 👉@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

21 Nov, 02:51


⚡️Расман: IELTS эндиликда БЕПУЛ ўқитилади

3.1 миллиард сўмлик Грант эълон қилинди.

Квота миқдори: 1000 та

🇺🇿 Республика миқёсида 1000 нафар ёшларни мутлақо БЕПУЛ ўқитиш режалаштирилган.

👉 Батафсил маълумот

— Ҳужжатлар 30 ноябрга қадар онлайн шаклда ягона интернет портали орқали қабул қилинади.

Видеони кимга юборишни ўзингиз биласиз!

Канал 👉 @Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

21 Nov, 02:45


🌤 ХАЙРЛИ ТОНГ!

Ассалому алайкум!
Пайшанба тонги муборак бўлсин


Бугунги бошланаётган янги кунингиз файзли бўлсин! Сиз ва яқинларингизни яхши кайфият тарк этмасин!

❤️❤️❤️❤️

PESHKU YOSHLARI

20 Nov, 09:15


❗️ Президент 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

Йиғилганлар ушбу ташаббусни тўлиқ қўллаб-қувватладилар.

https://t.me/Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

20 Nov, 07:33


Бугунги кун (20.11.2024 й) ҳолатига лавозимидан озод этилган вазирлар рўйхати!

1. Транспорт вазири Махкамов Илҳом Рустамович лавозимидан озод этилди.
2. Адлия вазири Ташкулов Акбар Джурабаевич лавозимидан озод этилди.
3. Рақамли технологиялар вазири — Бош ахборот директори Шерматов Шерзод Хотамович лавозимидан озод этилди.
4. Сув хўжалиги вазири Хамраев Шавкат Рахимович лавозимидан озод этилди.
5. Инвестициялар, саноат ва савдо вазири Кудратов Лазиз Шавкатович лавозимидан озод этилди.
6. Иқтисодиёт ва молия вазири Қўчқоров Жамшид Анварович лавозимидан озод этилди.
7. Тоғ-кон саноати ва геология вазири Исламов Бобир Фархадович лавозимидан озод этилди.
8. Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазири вазифасини бажарувчи Хидоятов Шерзод Саиджанович лавозимидан озод этилди.
9. Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири Зоҳидов Ботир Эркинович лавозимидан озод этилди.
10. Олий таълим, фан ва инновациялар вазири Шарипов Конгратбай Авезимбетович лавозимидан озод этилди.
11. Мактабгача ва мактаб таълими вазири Умарова Хилола Уктамовна лавозимидан озод этилди.
12. Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири — Бош экологик инспектор Абдухакимов Азиз Абдукахарович лавозимидан озод этилди.
13. Спорт вазири Икрамов Адхам Илхамович лавозимидан озод этилди.
14. Қишлоқ хўжалиги вазири Абдурахмонов Иброхим Юлчиевич лавозимидан озод этилди.
15. Маданият вазири Назарбеков Озодбек Ахмадович лавозимидан озод этилди.
16. Мудофаа вазири Курбанов Баходир Низомович лавозимидан озод этилди.
17. Энергетика вазири Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович лавозимидан озод этилди.
18. Соғлиқни сақлаш вазири вазифасини бажарувчи Худаяров Асилбек Анварович лавозимидан озод этилди.
19. Ташқи ишлар вазири Саидов Бахтиёр Одилович лавозимидан озод этилди.
20. Ички ишлар вазири Бобожонов Пўлат Раззақович лавозимидан озод этилди.
21. Фавқулодда вазиятлар вазири Қўлдошев Абдулла Ҳамидуллаевич лавозимидан озод этилди.

https://t.me/mahalla_raislari

PESHKU YOSHLARI

20 Nov, 02:37


🇺🇿 Navbat tuman-shahar sardorlar sayloviga!

📅 Joriy yilning 18-23-noyabr kunlari “Bolalar harakati” sardorlar saylovining tuman-shahar bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu saylovlarning o‘tkazilish manzili va mas’ullari haqidagi ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

➡️ Buxoro viloyati;


@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

20 Nov, 02:36


❗️Доллар илк марта 12 900 сўмдан ошди

Бугун ”Инфинбанк” доллар курсини 12 905 сўмдан сотди. Шу тариқа курс биринчи марта 12 900 сўмдан ошди.

Расмий курс ҳам 12 844 сўм қилиб белгиланди ва янги рекорд қайд этилди. Йил бошидан бери сўм долларга нисбатан 4 фоизга қадрсизланди.

Маълумот учун, 2025 йил учун Бюджетномада доллар курси ўртача 13 250 сўмдан ҳисобланган.

PESHKU YOSHLARI

20 Nov, 02:36


Президент Олий Мажлис Сенати раиси лавозимига сенатор Танзила Нарбаева номзодини тақдим этди.

Шунингдек, Сенат раисининг биринчи ўринбосари лавозимига сенатор Содиқ Сафоев, Сенат раисининг ўринбосари лавозимига сенатор Аманбай Оринбаев номзодлари тавсия этилди.

PESHKU YOSHLARI

20 Nov, 02:34


❤️❤️❤️❤️
Assalom aleykum Murodbaxsh Chorshanba tongi muborak bo‘lsin!

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

19 Nov, 14:02


#Тезкор #Ғалаба

ЖЧ-2026 саралаш босқичида Ўзбекистон ғалаба қозонди!!

🇰🇵  КХДР 0 – 1 Ўзбекистон 🇺🇿

⚽️ А.Файзуллаев 44 дақиқа

Футболачиларимиздан иродали ғалаба! Лаосда кечган муросасиз ўйинда йигитларимиз 1:0 ҳисобида ғалаба қозониб, қимматли 3 очкога эга бўлишди.

Яқинларга юбориб, ғалаба билан табрикланг.

Канал👉
@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

19 Nov, 09:14


‼️DIQQAT TANLOV

🇺🇿 Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan joriy yilning 19-noyabr kunidan 8-dekabr kunigacha Peshku yoshlari o‘rtasida “Bu mening Konstitutsiyam” mavzusi asosida eng yaxshi rasmlar tanlovi, eng yaxshi she'r (jonli aytish)ga start berildi.

🌌 Tanlovda yuborilgan eng yaxshi she'r va rasmlar Yoshlar ishlari Peshku tuman bo‘limi tomonidan taqdim etiladigan esdalik sovg‘a va diplomlar bilan taqdirlanishadi.

Sifatli rasm va she'rlarni 👉@Muxlis_7755 ga yuborishingiz mumkin. Faqat eng sara rasm va she'rlar👉 https://t.me/Peshkuyoshlar kanalida e’lon qilib boriladi  hamda  tanlovda g‘olib deb topiladi.

❗️Shartlari oddiy eng ko‘p 👍 to‘plagan yurtdoshlarimiz g‘olib deb topiladi. Barcha ishtirok etaman degan yoshlarga omad!

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

19 Nov, 08:43


"Bundan keyin ham siyosat shunday bo‘ladi. Yoshlarni, ayollarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz!" — Shavkat Mirziyoyev

\

PESHKU YOSHLARI

28 Oct, 04:44


📌📌 🏆🏆🏆

👍 "Eng namunali mahalla" tanlovi g'olibiga aylaning!

🏆 1-o'rin uchun "Prezident sovg'asi" ELEKTROMOBIL!

#Mahallalaruyushmasi #eng_namunali_mahalla

PESHKU YOSHLARI

28 Oct, 02:11


💲28-oktyabrdan amalda bo‘ladigan kurs

🇺🇸 dollar 12 808,39 soʻm (-7,72)
🇪🇺 yevro 13 862,52 soʻm (+26,25)
🇷🇺 rubl 132,63 soʻm (-0,23)

PESHKU YOSHLARI

27 Oct, 12:13


✔️Men saylovda ovoz berdim sizchi?

Saylov - muhum ahamiyatga ega bo'lgan siyosiy jarayondir.

🏨Peshku tuman yoshlar ishlari bo'limi axborot xizmati
@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

26 Oct, 17:24


#Тезкор #ЁМОН_ХАБАР

⚡️Москвадаги меҳнат муҳожирлари учун патентлар 2025-йилда 20 фоизга ошади

❗️Москва шаҳар мери Сергей Собянин 2025-йилда Москвада мигрантлар учун патентлар 8,9 минг рублни ташкил қилади, бу ҳозирги нархдан деярли 1,5 минг рублга юқори бўлишини маълум қилди...
(Қарийб 1000$ шунчаки патент олиш учун)

Россияга бориб ишлайдиган яқинларга юбориб хабардор қилиб қўйинглар...

PESHKU YOSHLARI

26 Oct, 17:03


1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ertaga saylovda qanday ovoz beriladi?

PESHKU YOSHLARI

26 Oct, 11:40


Иброҳим Адҳам бир кишининг боғини қўриқлар эди. Мулк эгаси бир куни:
Анорнинг жуда ширинини келтир,– деди.
(Келтиргач) бу ширини эмас, яна бошқа тотлироғи бор, деди. Иброҳим бир неча бор  қатнади. Ниҳоят, мулк эгаси:
Буларнинг қайси бири ширин эканини нима учун билмайсан?!– деган эди,  Иброҳим Адҳам:
- Мен бу ердаги нарсаларнинг қайси бири ширини экан, деб текширгани эмас, боғни қўриқлагани келганман, -  деди.

✍️ Одилхон қори Юнусхон ўғли

☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!

PESHKU YOSHLARI

26 Oct, 11:39


🍀Бева, камбағал бир аёл уйида сарёғ тайёрлаб бир дўкончига олиб бориб сотар эди. Баққол аёл олиб келган сарёғни ҳеч тортиб кўрмас эди. Бир куни негадир унинг кўнглига бир шубҳа тушди. Навбатдаги олиб келинган сарёғни тортиб текшириб кўрди. Бир килоли сарёғ 900 грамм чиқди. Сотувчи жуда хафа бўлди.
Эртаси куни келган аёлга шундай деди:
- Энди мен сендан сарёғ олмайман.
Аёл деди:
- Нега энди? Бир хатолик ўтдими мендан?
- Сен бир кило деб берадиган сарёғинг роппа роса 900 грам экан. Айб эмасми?
Шунда аёл деди:
- Тақсир, менинг уйимда тарозу йўқ. Мен сиздан олган бир кило шакарни тош ўрнида ишлатаман...
Сотувчи нима дейишни билмай дудуқлана бошлади...

❗️Кимгадир қилинган ноҳақлик ҳеч қачон жавобсиз қолмас экан...

☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!

PESHKU YOSHLARI

26 Oct, 11:35


Бу ажойиб топишмоқни ку́пчилик жавобини топиша олмаяпти, жавобини билишгач эса хайратланишмоқда!😱

Савол: У нима???🤔

PESHKU YOSHLARI

26 Oct, 05:07


Mahalla yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadsi" doirasida noyabr oyida bo'lib o'tadigan sport musobaqalari kalendar rejasi bilan tanishing.

🇺🇿 “Tezroq, balandroq-birgalikda

PESHKU YOSHLARI

26 Oct, 04:23


#ТЕЗКОР #ҚИШ_КЕЛМОҚДА

28-29 октябр кунлари Ўзбекистонда -7 даражагача совуқ бўлиши кутилмоқда🥶
(Узгидромет)

29 октябрь тонгги муддатларда Қорақалпоғистоннинг Устюрт платосида ҳаво ҳарорати -7 даражагача совиши мумкин экан.

Ўзгидрометга кўра, навбатдаги совуқ антициклон чеккаси 28 октябрдан бизнинг минтақага кириб келиб, 29 октябрь тонгги муддатларда республика шимоли, маркази ва Тошкент ҳамда кўплаб вилоятларда ҳароратнинг -2 даражагача совиб кетишига олиб келар экан.

🥶Совуқ ҳавога тайёрмисиз?

Яқинларга юбориб, огоҳлантириб қўйинглар.

PESHKU YOSHLARI

26 Oct, 04:23


Мантиқ сизни А дан Б га олиб боради. Тасаввур эса ҳамма жойга олиб боради.

©️Алберт Эйнштейн

PESHKU YOSHLARI

25 Oct, 03:28


‼️25-oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Ishonchli posbonlarimiz bor ekan, yurtimiz tinch, xalqimiz xotirjam yashaydi

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

25 Oct, 02:34


XALQ TINCHLIGI MUQADDAS

Bemalol ishla xalqim, bemalol uxla,
Sening ko'p azamat qo'riqchilaring bor.
Tinchlikni buzg'uvchi, shu yerda to'xta,
Ular sergak doim, dunyo senga tor.

Mudom xizmatga shay bahodir o'g'lon,
Nafaqat o'g'lonlar, safda qizlar bor.
Jinoyatchilar qo'rqar, ranglari somon,
Xalq tinchligi muqaddas, ularda shior.

Og'ir xizmatingda bosh bo'lsin omon,
Yordamga shoshasan falokat kelsa.
Qutqarasan xalqingni ayamasdan jon,
Niyating, sen uchun xalq duoda bo'lsa.

Sergaksan, uxlamay asra sharaf-shon,
Jinoyatchini ushla, joyin ko'rsatib qo'y.
Xalqim hurmatidasan, sen bunga ishon,
Xalq tinchligi muqaddas, bu sendagi o'y.

@Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

25 Oct, 02:33


BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Yoshlar ishlari Peshku tuman bólimi soha xodimlari samimiy muborakbod etadi.

Vatanimiz tinchligi hamda xalqimiz farovonligi yo'lida xizmat qilishdan also charchamanglar!

https://t.me/Peshkuyoshlar

PESHKU YOSHLARI

25 Oct, 02:28


JUMA MUBORAK!

PESHKU YOSHLARI

25 Oct, 02:28


JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BÓLSIN!

PESHKU YOSHLARI

24 Oct, 07:12


❗️Face-ID орқали ҳужжатларсиз давлат хизматларидан фойдаланинг

🏢 Адлия вазирлиги барча Давлат хизматлари марказларида юз қиёфаси орқали шахсни автоматик аниқлаш тизимини йўлга қўйди.

🔍 Бунда, ҳужжат кўрсатишга ҳожат йўқ. Барча керакли маълумотлар автоматик тарзда аниқланади.

Тезкор ва қулай, Давлат хизматларидан фойдаланиш янада енгил ва тезкор бўлади.

PESHKU YOSHLARI

24 Oct, 06:24


Peshku tumani 17 -umuniy oʻrta taʼlim maktabida maktabning 3-4-sinf oʻquvchilari ishtirokida "Zakovatchi bolajon" intellektual oʻyini tashkil etildi. Intelektual oʻyinda jami 9 ta savol maktabning MMIBDOʻ F.Nurulloyeva tomonidan oʻqib eshittirildi. Jami berilgan 9 ta savoldan 8 tasiga maktabning 3-"A" sinf oʻquvchilari toʻgʻri javob berib faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrinni maktabning 4 -"B" sinf oʻquvchilari qoʻlga kiritdi va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.