Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti @ttysi_uz Channel on Telegram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

@ttysi_uz


Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Telegram kanali

Oliygoh hayotiga oid eng so‘nggi yangilik va foto-videoreportajlar shu yerda e’lon qilinadi.

Axborot xizmati bilan aloqa: @imissyouwhenthelightgoout

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (Uzbek)

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Telegram kanali Oliygoh hayotiga oid eng so‘nggi yangilik va foto-videoreportajlar shu yerda e’lon qilinadi. Agar siz to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida so'nggi yangiliklarni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti kanali siz uchun eng yaxshi manzil. Bu kanalda, oliygoh hayotiga oid eng so‘nggi xabarlar, fotografiya va video reportajlar bilan tanishishingiz mumkin. Agar sizning savolingiz yoki taklifingiz bo‘lsa, Telegram kanalimizdagi axborot xizmati orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin: @imissyouwhenthelightgoout.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

21 Nov, 09:22


#No_comment
#Xitoy

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

21 Nov, 08:50


Jamoamizning barcha o‘qituvchilari va xodimlari Sizni institutimiz jamoatchilik kengashining raisi, texnika fanlari doktori, professor, tajribali, jonkuyar, mehnatsevar, hozir-javob, fidoyi ustoz sifatida yaxshi biladilar. 50 yillik ilmiy, nazariy va pedagogik faoliyatingizda to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, fidokorona mehnat qilib kelyapsiz.

💐“Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedrasining professori sifatida yangi darsliklar, zamonaviy o‘qitish uslublarini yaratib, o‘quv jarayoniga joriy etayotganligingiz nafaqat fakultetimiz, balki institutimiz jamoasining barchasiga juda yaxshi ma’lum.

💐Siz uyingizda sevimli oila boshlig‘i, mehribon ota, g‘amxo‘r bobojon, barcha qavm-qarindoshlarning tayanch ustuni, jonkuyar ustoz va do‘stlarning ishonchli maslakdoshisiz !

 

QADRLI SAYPILA LOLASHBOEVICH!

💐Sizga muborak 70 yillik yubileyingiz - tavallud topgan kuningiz qutlug‘ bo‘lsin! Barcha orzu-niyatlar va istaklaringiz ro‘yobga chiqaversin! Sizga sihat-salomatlik, a’lo kayfiyat, ijodiy va mehnat faoliyatingizda, oilaviy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Farzandlar, nabiralar, avaralaringizni rohatini uzoq yillar ko‘rib yurishingizni tilaymiz !

To‘qimachilik muhandisligi fakulteti jamoasi nomidan Dekan S.PATXULLAYEV!

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

21 Nov, 08:50


#tavallud

HURMATLI SAYPILA LOLASHBOEVICH!

💐 Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari nomidan Sizni muborak 70 yillik yubileyingiz  - tavallud topgan kuningiz  bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz va qizg‘in muborakbod etamiz.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

21 Nov, 06:31


Talabajonlar, xorijda tahsil olayotgan kursdoshingiz - Surxonbek Xo’jamurodov sizga salom yo’lladi.
Uning yana bir aytar so’zi bor, eshiting!

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

21 Nov, 06:10


Ayni vaqtda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining qo‘shma Dasturi asosida “Respublikada terrorizm, diniy ekstremizm, shuningdek giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan choralar” mavzusida respublika o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur o‘quv seminarda 24 ta Oliy ta’lim muassasalarning tyutorlari va “Qalqon” jamoatchilik tashkilotlari a’zolari ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

12 Nov, 16:23


Ijara manzillariga tashrif davom etmoqda

12-noyabr kuni kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning ijara xonadonlari, yashash sharoitlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.

Unda asosiy e’tibor is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq holatlar, xonadonlarning qishki mavsumga tayyorgarlik darajasi, gaz va issiq suvdan to‘g‘ri foydalanib, xavfsizlikka rioya qilish, kelgusida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni oldini olish masalalariga qaratildi.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

12 Nov, 15:31


12- noyabr kuni AUTEX to‘qimachilik universitetlari assotsiatsiyasi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida olib borilgan samarali muzokaralar natijasida institutimiz ushbu tashkilotning 48-a’zosiga aylandi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, assotsiatsiyaga 1994-yilda asos solingan. AUTEXning notijorat assotsiatsiya sifatidagi vazifasi yuqori darajadagi to‘qimachilik ta’limi va tadqiqotlari sohasida hamkorlikka ko‘maklashishdan iborat. Tabiiyki, bu hamkorlik institutimiz akademik ufqlarini yanada kengaytiradi.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

12 Nov, 13:09


12-noyabr kuni Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida  talabalar hamda Mustafoyev Akbar Mustafo o‘g‘li  ishtirokida "Biznes marafon" motivatsion trening tashkil qilindi.

Unda “Nigora oshxonasi” asoschisi Begmatov Mustafo va Begmatov Nargiza - bosh hisobchi," Best wishes" xususiy korxonasi asoschisi, TDIU “Audit” kafedrasi o‘qituvchisi bilan uchrashuvchisi qatnashdi. 

Uchrashuv mobaynida biznesda muvaffaqiyatga erishish, hayotiy tajribalar borasida o‘rtoqlashildi.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

12 Nov, 09:10


#Iqtidorli_talaba

Tanishing, yana bir iqtidorli talabamiz - Suhrob Sadullayev.
Suhrob iqtisod yo’nalishi bo’yicha bir qancha ilmiy maqolalar yozgan. Ular e’tirof etilgan jurnallarda bosilgan.
Hozirgi kunda u institut Yoshlar Ittifoqi BT’ga yetakchilik qilmoqda.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

10 Nov, 06:43


9-noyabr kuni Nukus shahrida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida faol qatnashdi. Ushbu loyiha mamlakat boʻylab atrof-muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida boshlangan boʻlib, har yili 200 million daraxt va buta ko‘chatlarini ekishni oʻz ichiga oladi. Loyiha orqali shahar va qishloqlarda yashil hududlarni 30 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

09 Nov, 08:57


#No_comment

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

09 Nov, 07:37


“11-noyabr Kasaba uyushmasi kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi” shiori ostida institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlaridan musobaqalar uyushtirildi. Ularning natijalariga ko’ra:

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

07 Nov, 18:48


Muallif: Xanifa Bogibekova, M7-24 guruh talabasi

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

07 Nov, 16:40


Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan vaqtincha ishsiz qizlar uchun zamonaviy kasblar boʻyicha mahorat darsi tashkil etiladi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz zamonaviy kasbga oʻqitilib, ularning bandligini ta’minlash va daromad topishlariga imkoniyat yaratish maqsadida mega loyiha amalga oshirilmoqda.

Poytaxt hokimligi mazkur xayrli loyiha doirasida vaqtincha ishsiz qizlar uchun 8-noyabr kuni soat 10:00 da “Zakovat arena” binosida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darsi tashkil etmoqda.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, “Zakovat arena” binosi. Moʻljal: “Beruniy” metro bekati.

PS: Ushbu tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, o‘quv jarayonlaridan tashqari bo‘sh vaqtda qatnashish mumkin.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

07 Nov, 15:23


#No_comment

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

07 Nov, 13:27


Hurmatli institutimiz jamoasi, 8-noyabr sanasida "11-noyabr-Kasaba uyushmasi kuni" umumxalq bayrami munosabati bilan institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida "Jismoniy tarbiya va sport salomatlik garovi" shiori ostida minifutbol, voleybol va stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

07 Nov, 06:24


TTYSI HUZURIDAGI UZ-KOR O‘QUV-AMALIY TO‘QIMACHILIK TEXNOPARKI hamda KOREYANING KATRI TEST VA TADQIQOTLAR INSTITUTI BILAN HAMKORLIK DOIRASI KENGAYMOQDA

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

06 Nov, 17:52


Hurmatli talabalar, Xasan Mamasaidov siz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan katta taassurot olibdi. Uning barchangizga atagan so‘zlari ham bor.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

06 Nov, 14:45


6-noyabr oralig‘ida Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida birdaniga 3ta yirik ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi:

Heimtextil Uzbekistan — uyingiz uchun barcha tekstil mahsulotlari. Jahon darajasidagi 250dan oshiq eksponentlar tomonidan taqdim qilingan gazlama va dekorning so‘nggi kolleksiyalar.
Texworld Tashkent — gazlama va materiallar ishlab chiqarishdagi so‘nggi trendlarga oid klassik va zamonaviy texnologiyalar!
Apparel Sourcing Tashkent — erkaklar, ayollar va bolalar tayyor kiyim-kechak va aksessuarlarini yetkazib beruvchi korxonalar.

10dan oshiq davlatlardan ishtirokchi korxonalar 250dan oshiq eksponentlarni taqdim etishdi.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

06 Nov, 11:42


6-noyabr kuni Office Market, Dekos, MFaktor va boshqa loyihalarga asos solgan taniqli tadbirkor – Xasan Mamasaidov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda taniqli tadbirkor “Biznesni rivojlantirishning muvaffaqiyat va magʻlubiyat omillari" mavzusida ma’ruza qildi.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

02 Nov, 07:11


Teshik quloq eshitadi, deganlaridek kaminaga barchasi ayon bo‘ldi: aytishlaricha Baxtiyor aka avvallari Iqtisodiyot Universitetida fakultet dekani bo‘lgan. Iqtisodiy bilim olgan va aynan shu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy ish himoya qilgan. Egallab turgan lavozimini tark etib bizning institutga kelayotganida uning talabalari ko‘z yoshi qilib, ish joyi almashishiga qarshi turishgan ekan. Shunda o‘zim uchun birlamchi xulosalarni qilib olgan edim: ha, demak pragmatik va dangal odam! Haqiqatdan ham shunday bo‘lib chiqdi. Baxtiyor akaga o‘xshagan odamlarga “Ishning ko‘zini biladigan” iborasini ko‘p mengzashadi…

Sakkiz oy – oz fursat. Bir yerda agar parvardigor umr bersa sakson yil ham ishlash mumkin. Lekin shu davr mobaynida hech narsaga erishmasdan, boqimandalikning etagidan tutish ham mumkin, shunday emasmi? Hurmatli talaba, aziz ustoz-murabbiy, institutimizga bir boqing! Sakkiz oy ichra o‘zgargan qiyofani ko‘ryapsizmi? Institutning hatto hidi o‘zgargan, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilgan, rangi tovlanadigan bo‘lgan…

Baxtiyor akaning yoniga tez-tez kirib turishimga to‘g‘ri keladi. Bilasiz, ijodkor odamlar kalavaning uchini uzoq-uzoqlardan olib kelishadi – hech qachon qisqa gapirishmaydi. Ammo o‘sha ixchamgina va shinam xonada qisqa gapirib ulkan rejalar qilamiz. Baxtiyor aka hamisha maqsadga o‘tishimni, aniq sonlar va muddatlar haqida so‘zlashimni talab qiladilar. Bilasizmi, bunga birovni o‘rgatib bo‘lmaydi, birovdan bu xislatlarni o‘g‘irlab bo‘lmaydi yoki nasiyaga olib turolmaydi hech kim. Tabiat ish bilarmonlarni chertib-chertib yerga tushirsa kerak, nazarimda…

Oldinga qo‘yilgan maqsadlar ko‘p. Ularning har biri xususida real tasavvurlar va rejalar mavjud. Buning uchun Baxtiyor Vasiyevichga har birimiz yaqindan ko‘mak berishimiz, maslakdoshlik va yelkadoshlik qilishimiz lozim.

Hurmatli institutimiz oilasi aʼzolari, aziz talabalar, bugun – 2 noyabr institutimiz yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Baxtiyor Vasiyevich Nasimovning tavallud kunlari.

Ularga barchangizning nomingizdan uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik, oilada totuvlik va kasbiy barqarorlik tilab qolaman.

Baxtiyor Vasiyevich, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

02 Nov, 07:11


Navro‘z pallasida sodir bo‘lgan yangilikni yaxshilikka deyishadi. Bu gapda hikmat bordek… Kechagidek esimda, kasb taqozosi bilan institutimizda o‘tkazilgan Navro‘z bayrami tantanasida mehmon sifatida emas, balki bevosita ishtirokchi sifatida qatnashgan edim. O‘shanda institutimizga kelgan yangi birinchi prorektor hammasiga o‘zi bosh-qosh bo‘lgandi. Puxta tayyorgarlik, dasturning vaqt nutqai nazaridan izchilligiyu tashrif buyurgan mehmonlarga ko‘rsatilgan ehtiromni ko‘rib Baxtiyor Vasiyevich oldin qayerda ishlagani va aynan qaysi yo‘nalishda tahsil olganiga katta qiziqish bildirgan edim.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

01 Nov, 14:28


Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi bevosita atrof-muhit va xalqimiz eko-do‘stonalik anʼanalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sabab so‘nggi yillarda eko-madaniyatning oshirilishi hamda atrof-muhitga bo‘lgan eʼtiborni yaxshilash maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 
Xususan, ikki yil avval Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib aynan bizning yurtimizda GREEN UNIVERSITYga asos solindi. 
Bugun -1 noyabr kuni ayni universitetga prezidentimiz ham tashrif buyurdilar. 
Uchrashuvda institutimiz 1-prorektori Baxtiyor Nasimov ham qatnashdi. 
Uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan seminarda Orol masalasi, Iqlim o‘zgarishi va boshqa ekologik muammolar va ularning yechimini topishga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi. 

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

01 Nov, 13:29


31 oktyabr kuni “Milliy Qadriyatlar sayli” bo‘lib o‘tdi. 
Unda institutimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi. Xususan, milliy urf odatlarni o‘z ishlarida aks ettirish, milliy liboslarimiz va ularning jozibasini targ‘ib etish borasida peshqadamlik qilayotgan institutimiz dizaynerlari liboslari namoyishi ham bo‘lib o‘tdi. 
Sayl Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati doirasida o‘tkazildi. 

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

01 Nov, 11:11


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligining yuqish yo‘llari, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasini oldini olishga qaratilgan “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbirini o‘tkazish belgilangan.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

20 Oct, 10:46


Tanlov muhandislik yo’nalishidagi dolzarb sohalarga e’tibor jalb qilish hamda ularning rivojiga hissa qo’shish uchun tashkil etilgan.
Tanlov nizomi asosida olingan videolar (telefon/kamera) bizga yuborishingiz mumkin. Tanlovda g’olib bo’lganlarga:
1-o’rin uchun 5.000.000;
2-o’rin uchun 3.000.000;
3-o’rin uchun 2.000.000 so’m pul mukofoti va’da qilingan.
Shoshiling, videolar qabuli 1-noyabrgacha davom etadi.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

19 Oct, 17:08


Muallif: Eshmirzayev Diyorbek, 1-24 guruh talabasi

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

19 Oct, 17:06


Muallif: O’ljayeva Dildorabonu,
25b-24 guruh talabasi

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

19 Oct, 09:19


O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – 8 million so‘m;
2-o‘rin – 6 million so‘m;
3-o‘rin – 5 million so‘m;
4-o‘rin – 3 million so‘m;
5-o‘rin – 2 million so‘m.

Shuningdek, hududiy bosqich g‘oliblari ham o‘zi tahsil oladigan oliy talim muassasasi tomonidan mos ravishda 1-o‘rin bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari, 2-o‘rin 3 barobari va 3-o‘rin 2 barobari miqdorida pul yutuqlariga ega bo‘ladi.
Tanlov nizomi bilan tanishish

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

18 Oct, 14:12


Muallif: Otaxonov Obidxon Davlat o‘g‘li,
M1-24-guruh magistranti


Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

18 Oct, 14:12


Muallif: Otaxonov Obidxon Davlat o‘g‘li,
M1-24-guruh magistranti


Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

18 Oct, 13:26


#jarayon
Muhandislik maktabi

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

18 Oct, 12:47


Xalqimizning farovon buguni va istiqbolli ertasi bevosita iqtisodiy taraqqiyotga bog‘liq. Institutimizda ushbu yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga ham bu borada jahon bozorining so‘nggi trend va tendensiyalari asosida taʼlim beriladi. Ammo ularni mustahkamlash va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish akademik faoliyatdagi keyin masaladir.

Ayni shu sabab, “IQTISODIYOT VA MENEJMENT” kafedrasi tashabbusi bilan “YOSh IQTISODCHI VA MENEJER” to‘garagi tashkil etildI.

Bugun – 18 oktyabr kuni to‘garak aʼzolarining birinchi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Jarayondagi interfaollik kelgusidagi mashg‘ulotlarni ham xuddi shunday ko‘tarinki ruhda o‘tishiga zamin yaratadi.  

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

18 Oct, 12:31


#jarayon
Muhandislik maktabi

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

18 Oct, 11:17


17 oktyabr kuni otm matbuot kotiblari uchun tashkil etilgan malaka oshirish treninglarining oxirgi kuni bo‘lib o‘tdi.

Treningda bu gal spikerlar sifatida taniqli jurnalistlar va teleboshlovchilar tanlandi. Ular bilan kotiblar oliy taʼlimga qanday qilib ko‘proq abituriyentlar oqimini jalb qilish, ijtimoiy tarmoqlarda targeting hamda marketing istiqbollari xususida gaplashishdi.

Treningning yalpi qismida targeting bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borildi va matbuot kotiblarga kursdan o‘tganlik xususida sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Instagram

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

18 Oct, 11:11


Iqtisodning deyarli barcha sektorlari rivojida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarning tutgan o‘rni juda muhim. Nou-xau texnologiyalardan esa muhandislar ko‘magisiz foydalanish imkonsizdir. Ayni sabab tufayli davlatimiz rahbari tashabbusi bilan soha yo‘nalishlarida taʼlim berayotgan oliygohlarga qaratilgan eʼtibor katta.

Institutimiz xuddi shu bilim yurtlari qatoridan joy olgan va hozirda oldinga qo‘yilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish ishlari jadal ketmoqda.

Xususan, 18 oktyabr kuni institutimiz vakolatli vakillari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ga tashrif buyurishdi.

Tashrif muhandislik sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari dasturi asosida, muhandislik maktablari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi.

Telegram | Instagram