Pulli Gap @pulli_gap Channel on Telegram

Pulli Gap

@pulli_gap


Pulli Gap (Uzbek)

Pulli Gap kanalida iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi haqida ma'lumotlar paydo bo'ladi. Kanal Agrobank tomonidan olib boriladi va moliyaviy savodxonlik sohasida tubdan tajribali bo'lganlar uchun foydali ma'lumotlar taqdim etadi.

Kanal foydalanuvchilariga moliyaviy savodxonlik sohasida yangiliklardan xabardor bo'lishadi va ulgurji ma'lumotlar bilan boy bosaq. Agar siz ham iqtisodiyot va biznes olamidagi vaqtida eng so'nggi o'zgarishlardan habardor bo'lishni istasangiz, Pulli Gap kanaliga obuna bo'lishingiz mumkin.

Kanalni kuzatish uchun Instagram sahifamizga o'ting: https://www.instagram.com/pulligap

Agar savollar bo'lsa, biz bilan @pulligap_bot orqali bog'lanishingiz mumkin. Sizga foydali ma'lumotlar va yordam bermoqchi bo'lganimizni eslatib, Pulli Gap kanaliga obuna bo'ling! http://myurls.co/pulligap

Pulli Gap

04 Nov, 15:01


Yosh oilalarga uyining ijarasi uchun davlatdan moddiy yordam ajratilishini bilarmidingiz?

Bu uchun nima qilish kerakliginichi?

Keling, bugun shu masalani ko‘rib chiqamiz)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

31 Oct, 14:30


Moliyaviy xavfsizlik: Pullarni firibgarlardan qanday himoya qilish mumkin?

Firibgarlikning turlari ko‘payayotgan bir paytda moliyaviy xavfsizlikka ko‘proq e’tibor berishingiz kerak.

O‘z mablag‘laringiz va shaxsiy ma’lumotlaringizni firibgarlardan himoya qilish nafaqat mahorat, balki rivojlantirish kerak bo‘lgan odatga ham aylanishi zarur.

Bugun aynan shu maqsadda bir nechta oddiy, ammo samarali tavsiyalarni berib o‘tmoqchimiz:

👍 Qiyin va takrorlanmaydigan parollarni ishlating

Oddiy kombinatsiyalardan qoching va har bir akkaunt uchun turli parollar ishlating.

👍 Ikki bosqichli tasdiqlash

Akkountlaringizni 2 bosqichli tasdiqlashdan o‘tkazing, bu qo‘shimcha xavfsizlikni taqdim etadi.

👍 Karta maʼlumotlarini oshkor etmang

Hech qachon kartangizning raqami, CVV va amal qilish muddatini boshqalarga aytmang.

👍 Tranzaksiyalarni tekshiring va ogohlantirishlarni yoqing

Operatsiyalarni muntazam ko‘rib chiqing va SMS-ogohlantirishlarni yoqing.

👍 Shubhali havolalardan ehtiyot bo‘ling

Nomaʼlum havolalarga kirmang va notanish yuboruvchilardan kelgan fayllarni ochmang.

👍 Ommaviy Wi-Fidan foydalanmang

Moliyaviy operatsiyalar uchun mobil internet yoki VPNdan foydalaning.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

28 Oct, 16:16


Moliyaviy mustaqillikka erishish odatda juda qiyin va uzoq yo‘ldek ko‘rinadi.

Lekin pullaringizni to‘g‘ri boshqarish orqali bu tasavvur qilganingizdan osonroq.

Aytaylik, kutilmaganda muammoli vaziyatga tushib qoldingiz. Ammo qo‘lingizda qancha pul borligi, uni qayerga va qanday sarflaganingizni bilmaysiz, hisob-kitob qilmagansiz. 

Ana shunda pulni rejalashtirib ishlatish, ya’ni shaxsiy byudjetni boshqarishning ahamiyatini tushunasiz.

Keling, bunda biz ham sizga yordam beramiz – shaxsiy byudjetingizni boshqarishdagi uchta foydali odatni ko‘rib chiqamiz.

👍 Xarajatlarni yozib borish

Har doim barcha xarajatlaringizni yozib boring. Bu sizga pulingiz qayerga ketayotganini tushunishga yordam beradi va kerak bo‘lmagan xarajatlaringizni aniqlaydi.

Maslahat: Xarajatlarni hisoblash uchun ilovalar yoki oddiy Excel jadvalidan foydalanishingiz mumkin.

👍 Byudjet tuzish

Oylik byudjet ishlab chiqing. Unda barcha daromadlaringiz va xarajatlaringizni kiritishingiz kerak. Bu ham pulni nazorat qilish va ortiqcha xarajatlardan qochishga yordam beradi.

Maslahat: Byudjetni qat’iy (masalan, ijaralar, kommunal to‘lovlar) va o‘zgaruvchan (ovqat, kiyim-kechak) xarajatlarga ajratish, moliyani yaxshiroq boshqarishga yordam beradi.

👍 Zaxira yaratish

Har oy ma’lum miqdorda pulni zaxira uchun ajrating, bu sizga kutilmagan xarajatlar uchun moliyaviy tayanch bo‘ladi.

Maslahat: O‘z daromadingizning kamida 10 foizini zaxira fondiga ajratishga harakat qiling. Bu sizni favqulodda vaziyatlarda qarzlardan qochishga yordam beradi.

💵 Bu odatlar sizga shaxsiy byudjetingizni samarali boshqarishga va moliyaviy barqarorlikka erishishga yordam beradi.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

25 Oct, 12:31


Toshkentda Qashqadaryodan 2,4 barobar ko‘p — hududlarda o‘rtacha ish haqi qanday?

O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar—sentabr oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5,2 mln so‘mni tashkil etibdi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga tegishli bo‘lgan — 8,7 mln so‘m.

Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi esa Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan — 3,6 mln so‘m.

👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham yuboring.

Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi!)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

23 Oct, 14:30


Va’da qilganimizdek, Freeze xizmatini qanday qilib onlayn yoqish va o‘zingizni firibgarlardan himoya qilish bo‘yicha videomiz tayyor bo‘ldi.

Video-qo‘llanmamizni tomosha qiling va uni do‘stlaringizga ham ulashing.

Bu bizni yanada ruhlantiradi!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

18 Oct, 14:30


Agar rasmiy daromadga ega bo‘lsangiz, hayotingizda bir marta bo‘lsa ham sizdan kafil bo‘lishni so‘rashgan bo’lsa kerak.

Odatda kredit olinayotganda garov, sug‘urta yoki kafillik talab qilinadi. Kafil topish ko‘pincha garov va sug‘urtadan ko‘ra qulayroq tuyuladi.

👍 Kafil kim?

Kafil – bu boshqa shaxsning majburiyatlarini bajarishi uchun javobgarlikni zimmasiga olgan odam.

Qarz oluvchi to‘lovni amalga oshirmasa yoki kechiktirsa, bank qarzni kafildan talab qiladi.

Banklar ko‘pincha kafillik shartnomasi tuzilgach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kafilning bank kartasidan kreditni undirib olishadi.

👍 O‘ylab ko‘rganmisiz?

Kafillik nafaqat yaqinlar bilan bog‘liq ishonch masalasi, balki moliyaviy xavf hamdir.

Ba'zida tanishlaringizning va’dalariga ishonib kafil bo‘lasiz, ammo vaziyat o‘zgarib qolishi mumkin.

Kafil bo‘lishdan oldin har doim yaxshilab o‘ylang – qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajarishga qodirmi?

👍 Kafillikni bekor qilish mumkinmi?

Ayrimlar, kafil sifatida shartnoma tuzganidan keyin keyinroq undan voz kechaman deb o‘ylaydi.

Ammo bunday qilib bo‘lmaydi. Shu sababdan ham kafil bo‘lishdan avval yaxshilab o‘ylang, siz kafil bo‘layotgan odam qanchalik ishonchli?

👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

10 Oct, 15:10


Oxirgi vaqtlarda onlayn firibgarliklarning turi ko‘payib bormoqda. Birgina misol:

Odamlarning nomiga o‘z ishtirokisiz kredit rasmiylashtirilgani haqida SMS xabarlar kelayotganini eshityapmiz.

Bu esa firibgarlarning urinishlaridan biri bo‘lishi mumkin.

Agar shunday bo‘lsa, ulardan qanday himoyalanish kerak?

👍 Yechim

Bu uchun Freeze xizmati joriy qilingan. Ushbu xizmatni yoqsangiz, sizning kredit tarixingiz haqida hech kim ma’lumot ololmaydi.

Demak, hech qaysi bank yoki mikrokredit tashkiloti sizning nomingizga kredit ham ajrata olmaydi.

Ha, aytgancha, xizmatdan foydalanish davrida kredit olishni rejalashtirsangiz, xizmatni o‘chirib, keyin kredit uchun ariza berishingiz mumkin.

Hozirda xizmatdan foydalanish bepul.

2025-yil 1-yanvardan esa xizmat pullik asosida bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 0,03 barobari miqdoridagi haq evaziga amalga oshiriladi.

Xizmatni my.gov.uz orqali yoqishingiz mumkin.

👍 Bu borada to‘liq video-qo‘llanma tayyorlashimizni istaysizmi?

Unday bo‘lsa ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing)

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

08 Oct, 07:18


Onlayn kredit olishda yangi tizim

Firibgarlik holatlari sonining ko‘payayotgani uchun Markaziy bank onlayn kredit berish bo‘yicha vaqtinchalik yangi tartib joriy qilmoqda.

Tartib 2024-yilning 1-noyabridan 2025-yilning 1-apreligacha amalda bo’ladi.

Bu qadam firibgarlarning odamlar nomiga noqonuniy kredit rasmiylashtirishini oldini olishga qaratilgan.

Chunki, birgina 2024-yilda bu yo‘nalishdagi zarar 15 milliard so‘mga yetdi va xavfsizlikni kuchaytirish zaruriyati paydo bo‘ldi.

👍 U qanday bo’ladi?

Yangi tartibga ko‘ra, odamlar endi onlayn kredit olish uchun bankning mobil ilovasida ariza topshirishda biometrik identifikatsiyadan o‘tishi talab etiladi.

Bu kreditni aynan fuqaroning o‘zi olganini tasdiqlash imkonini beradi.

Kredit arizasi yuborilgandan keyin, fuqaroning kredit tarixi ikki bosqichda tekshiriladi: birinchi bosqich ariza qabul qilingandan keyin, ikkinchisi esa kredit mablag‘lari ajratilishidan oldin amalga oshiriladi.

Salbiy kredit tarixiga ega shaxslar uchun kredit ajratilish rad etilishi yoki unga berilayotgan summa qisqartirilishi mumkin.

👍 Yana bir muhim jihat

Agar fuqaro mobil ilovadan yangi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, unga 48 soat ichida P2P o‘tkazmalar, hisoblar va elektron hamyonlarga pul o‘tkazish, xorijga pul o‘tkazmalari kabi operatsiyalarga cheklovlar o‘rnatiladi.

Bu muddat ichida fuqaro kreditni firibgarlarning ta’sirisiz olganini tasdiqlashi kerak.

Agar fuqaro 48 soat ichida tasdiq bermasa yoki kredit firibgarlar ta’siri ostida olingani aniqlansa, kredit bekor qilinadi va mablag‘lar bank hisobiga qaytariladi.

Shu bilan birga, fuqaro kreditni olishda uni sarflash yoki tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga hech qanday cheklovlar o‘rnatilmaydi.

Bu qadam kredit tashkilotlari va fuqaro o‘rtasida ishonchni mustahkamlash, firibgarlar tomonidan noqonuniy kredit olish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

04 Oct, 14:20


Ko‘pchilik kredit olish jarayonida aynan nimalarni hisobga olish kerakligini yoddan chiqaradi.

Shu sababli, bugun biz sizga ular haqida ma’lumot beramiz.

👍 Kredit olishda uchta jihatga e’tibor qaratish kerak:

Foizi; 

Muddati; 

Boshlang‘ich to‘lovi.

Bu nima uchun muhim?

Masalan, muddati uzoqroq kredit sizga oylik to‘lovlar bo‘yicha arzonroqqa tushishi mumkin.

Lekin umumiy summada foizlar uchun ko‘proq to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. 

Boshlang‘ich to‘lovni ko‘proq to‘lasangiz kreditning umumiy narxi pastroq bo‘ladi.

📲Yodda tuting

Banklardan kredit olish doimo ishonchli hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali taklif qilinayotgan muddatli to‘lovlarning foizi odatda yuqoriroq bo‘ladi. 

Moliyaviy savodxonligi kamroq odamlar esa aldanib qolishi ham mumkin.

Bilasiz, bugungi kunda O‘zbekistondagi banklar ko‘plab turdagi kreditlarni taklif qilmoqda. 

Ularning eng manfaatlilarini esa bizning kanalimizda kuzatib borishingiz mumkin)

👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

27 Sep, 14:50


Endi ijarada yashovchi talabalar ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun arizalarni onlayn jo‘natishlari mumkin.

Qanday deysizmi? Bu haqda bugungi video qo’llanmamiz orqali bilib oling)

👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

23 Sep, 08:50


Bugundan ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlandi.

👍 Subsidiya — bu davlat tomonidan beriladigan yordam

Ipoteka krediti orqali uy sotib olishda boshlang‘ich to’lov yoki foizlarning bir qismini qoplab berish uchun ajratiladi. Yakunda bu pullarni davlatga qaytarib berish shart emas.
 
Masalan, siz yillik 17,5 foizga ipoteka krediti olgan bo‘lsangiz, dastlabki besh yil mobaynida foiz to‘lovlarining 12 foiz qismini o‘z hisobingizdan, 5,5 foiz qismini davlat subsidiyalari yordamida to‘lashingiz mumkin bo‘ladi.
 
Lekin, 2025-yil va undan keyingi yillarda Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismigina subsidiya bilan to‘lanar ekan.
 
Shuningdek, yangi uylarni sotib olishda ipoteka kreditlarining boshlang’ich to’lovini bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — qat’iy 30 million so‘m miqdorida.
  
👍 Kimlarga beriladi?

Qonunchilikka ko‘ra, subsidiyalar uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlariga asosan 30 va undan yuqori ball to‘plaganlarga ajratiladi.
 
Misol uchun, kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy faol yoshlar, chekka hududlarda ishlash uchun boshqa hududdan kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlarining arizalari yuqoriroq baholanadi.
 
Ha, yana bir ma’lumot, subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborsangiz bo’ladi.

Arizalar 19 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Ariza beruvchilar soni ko‘p bo‘lganda, kim avvalroq ariza bergan bo‘lsa, shunga birinchi subsidiya ajratiladi.

Komissiya quyidagi hollarda arizani rad etishi mumkin:

👍 ilgari uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olgan oila aʼzolarining takroriy arizasi;
👍 taqdim etilgan maʼlumotlarning talab qilinadigan ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi;
👍 joriy yilda hududga ajratilgan subsidiyalar soni tugab qolganida;
👍 oʻrtacha oylik daromad miqdorining komissiya talablariga mos kelmasligi;

Subsidiya berish tartibi haqida to‘liq ma’lumot olish uchun videomizni tomosha qiling.

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

21 Sep, 15:15


Endilikda ta’lim kreditiga ham online ariza topshirish mumkin.

Qanday deysizmi? Bugun aynan shu mavzuni birga ko‘rib chiqamiz)

Ha, aytgancha shu yerda bir savol tug‘iladi. O‘zi banklar bu turdagi kreditni ajratishni boshladimi?

Albatta. Quyidagi banklar allaqachon ta’lim kreditlari ajratilmoqda.

● Xalq banki
● Agrobank
● O’zsanoatqurilishbank
● O‘zmilliybank
● Hamkorbank
● MKBank
● BRB

👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

16 Sep, 14:30


Yangi haydovchilik guvohnomalarini ham online olish mumkinligi haqida yozgan edik.

Bugun esa buni qanday amalga oshirish haqidagi video-qo‘llanmamiz tayyor!

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

13 Sep, 15:05


Rasmiy daromadingiz yo‘qligi uchun banklardan kredit ololmayapsizmi?

Endi buning yechimi mavjud)

Biz siz uchun o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun mikroqarzlar ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

🏦 Aloqa bank

Miqdori – 100 mln so‘m;
Foiz stavkasi – 28 foiz;
Muddati – 5 yilgacha;
Batafsil

🏦 Asia alliance bank

Miqdori – 100 mln so‘mgacha;
Foiz stavkasi – 27,99 foizdan;
Muddati – 60 oygacha;
Batafsil

🏦 Biznesni rivojlantirish banki

Miqdori – 10 mln so‘mgacha;
Foiz stavkasi – 26 foizdan;
Muddati – 36 oygacha;
Batafsil

🏦 InfinBank

Miqdori – 100 mln so‘mgacha;
Foiz stavkasi – 26,99 foizdan;
Muddati – 36 oygacha;
Batafsil

🏦Ipak yo‘li bank

Miqdori – 100 mln so‘mgacha;
Foiz stavkasi – 24,9 foizdan;
Muddati – 60 oygacha;
Batafsil

🏦MKbank

Miqdori – 100 mln so‘mgacha;
Foiz stavkasi – 28 foizdan;
Muddati – 36 oygacha;
Batafsil

🏦 Trastbank

Miqdori – 150 mln so‘mgacha;
Foiz stavkasi – 28-30 foiz;
Muddati – 36 oygacha;
Batafsil

🏦 TBC Bank

Miqdori – 100 mln so‘mgacha;
Foiz stavkasi – 28-49 foiz;
Muddati – 36 oygacha;
Batafsil

Mikroqarz aslida nima ekani va uni qanday olish mumkinligi haqida videomizdan ma’lumot oling!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

06 Sep, 14:55


Banklardan sizga kredit berishda qarz yuki ko‘rsatkichingizni ham hisobga olishidan xabaringiz bormi?

Ha, aynan shu sabab ham arizangiz rad etilishi mumkin.

Qanday deysizmi? Keling, buni birga o‘rganamiz!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

04 Sep, 15:15


Hayot kutilmagan voqealarga to‘la. Masalan, favqulodda pul kerak bo‘lib qolishi, yaqinlarimizdan esa qarz olomasligimiz mumkin bo‘ladi.

Kredit kartalar esa bunday muammolarni hal qilishda juda foydali bo‘lishi mumkin.

Kredit karta — bu sizga bank tomonidan berilgan, belgilangan limit doirasida, istalgan maqsadlar uchun pul ishlatish imkonini beruvchi maxsus karta.

👍 Foydali jihatlari

Kredit karta sizga nafaqat qulaylik yaratadi, balki muhim moliyaviy imkoniyatlarni ham taqdim etadi.

Masalan, u orqali xaridlarni amalga oshirishingiz yoki naqd pul yechib ishlatishingiz mumkin.

Oylik to‘lovlarini moliyaviy holatingizga qarab moslashtirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, muntazam to‘lovlar kredit tarixingizni yaxshilashga yordam beradi.

👍 Ammo, e’tiborli bo‘lish zarur

Agar oylik to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmasangiz, qo‘shimcha foizlar to‘lashingiz mumkin.

Yana bir jihati kredit kartalardagi mablag’ni boshqa kartangizga o’tkazib olishingiz mumkin emas.

👍 Ularni qayerdan olsam bo‘ladi?

Hozirda Agrobank qulay shartlarda kredit kartalarini taklif etmoqda.

Bunda 100 mln so‘mgacha bo‘lgan kredit limitidan foydalanishingiz mumkin.

Kreditning muddati 4 yilni, foiz stavkasi 30 foizni tashkil etadi.

Yanada to’liq ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

28 Aug, 15:10


Universitetlarda darslar boshlanishiga ham bir-necha kun qoldi.

Agar kontraktga kirgan bo’lsangiz, havotir olmang. Sizga ta’lim kreditlari yordamga keladi.

Faqat bu yildan ularni ajratish tartibi biroz o‘zgargan. Keling, ularni ko’rib chiqamiz.

Endi u faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalargagina beriladi. 

Demak, siz sirtqi, masofaviy yoki kechki ta’limda o‘qiyotgan bo‘lsangiz, ta’lim krediti ololmaysiz.

Shuningdek, uning miqdorida ham o‘zgarishlar bo‘lar ekan. 

👍 Bu nima degani?

● Kredit birinchi kurs talabalari va PTT o‘quvchilari uchun — to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

● Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun esa baholarga qarab;

Masalan, agar talabaning o‘zlashtirishi o‘rtacha 3 dan past olsa, umumiy summaning ko‘pi bilan 80 foizi miqdoridagina beriladi.

Lekin, ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalar bundan farzandlari mustasno.

Bunda ta’lim krediti talabalari uchun — talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kontrakt.edu.uz va HEMIS axborot tizimida mavjud bo‘lganda beriladi.

PTT o‘quvchilari uchun esa — o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar prof.edu.uz’da bo‘lganda ajratiladi.

👍 Yana bir yangilik

2024–2025 o‘quv yili boshlangungacha ta’lim krediti olish uchun arizalarni talim-krediti.mf.uz va my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

26 Aug, 14:55


👍 Aksiya, obligatsiya, dividend..

Sizga ham ular aslida nimaligi, bir-biridan qanday farq qilishi qiziqmi?

Keling, bugun shu mavzuni birgalikda o‘rganamiz)

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

17 Aug, 15:20


So‘nggi vaqtlarda faktoring atamasi tez-tez quloqqa chalinmoqda.

👍 Xo‘sh, o‘zi aslida faktoring nima? Keling, bugun shu mavzuni o‘rganamiz.

Tasavvur qiling, nazariy tomondan kompaniyangizda pul bor – katta tovar partiyasini sotdingiz, lekin amaliy jihatdan ular hisobingizda emas – xaridor hali to‘lovni amalga oshirmagan. 

Shartnomaga ko‘ra, xaridor to‘lovni bir qancha vaqtdan so‘ng amalga oshirishi kerak. Masalan, 60 kun.

Lekin sizga yangi buyurtmalar qabul qilish, biznesingizni davom ettirish, ijara haqi va boshqa xarajatlar uchun pul kerak. 

Mana shunday vaziyatlarda kassa uzilishlari yuzaga kelib, u biznesingiz uchun noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

👍 Nima qilish mumkin?

Bunday holatlar uchun faktoring kabi qulay moliyaviy xizmat yordamga keladi. 

Faktoring kompaniyasi xaridor o‘rniga biznesingizga pul ajratadi, keyinchalik esa sizning o‘rningizga xaridoringizdan pul oladi.

Bunda uchala tomon ham yutadi: xaridor buyurtmasini qabul qildi, siz to‘lovingizni oldingiz, faktoring kompaniyasi esa vositachilik uchun ulushini oldi.

Demak, faktoring tadbirkorlarga hisob-fakturalarni darhol naqd pulga aylantirish imkonini beruvchi moliyaviy xizmat ekan.

👍 Bizda faktoring kompaniyalari bormi?

Prezidentning “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 

Hujjat bilan “Faktoring tashkiloti” instituti joriy etilmoqda. Tashkilot nobank kredit tashkiloti sifatida Markaziy bank reyestriga kiritiladi.

Endi tadbirkorlar ham faktoring kompaniyalarini ochishi, dollarda faktoring operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

11 Aug, 15:01


🎂Bugun “Pulli Gap” loyihasini ishga tushirganimizga roppa-rosa 1 yil bo‘ldi!

O‘tgan davr mobaynida 100 ga yaqin videodarslar, 150 ga yaqin foydali materiallar shuningdek mutaxassislar bilan intervyularni sizga ulashdik.

Ammo bu faqat boshlanishi! Shu paytgacha bo‘lgan ishonchingiz va faollingiz uchun rahmat))

👍 Sirli sovg‘alar!

Tez orada bir yilligimiz munosabati bilan katta tanlov tashkillashtiramiz. Unda sizni qimmatbaho sovg‘alar kutib turibdi.

Shunday ekan, bizni kuzatishda va qo‘llab-quvvatlashda davom eting.

👍 Birgalikda moliyaviy barqaror kelajak quramiz!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

08 Aug, 15:05


Ishdan bo‘shatilish nafaqasi ham borligini bilarmidingiz?

Ha, ha to‘g‘ri. Ishdan bo‘shatilganingiz uchun nafaqa olishingiz kerak.

Qanday deysizmi? Keling, bu mavzuni ko‘rib chiqamiz!)

👍 Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Pulli Gap

13 Apr, 11:02


@pulli_gap

Pulli Gap

20 Jan, 09:19


https://t.me/+-uQ3Jda-sEY3NTQ6

Pulli Gap

28 Aug, 14:00


Channel created