Qarz va Kreditlardan Qutilish Amaliyoti
1. Qarzingizni Aniqlang va Hislaringizni Yozing:
•O'zingizdagi barcha qarz va kreditlarni, ularning miqdori va kelib chiqishini yozib chiqing.
•Har bir qarz sizda qanday his-tuyg'ular uyg'otishini aniqlang (tashvish, qo‘rquv, umidsizlik).
2. Salbiy Fikrlarni Ijobiy Affermatsiyalar Bilan Almashtiring:
Masalan, “Men hech qachon qarzlardan qutula olmayman” degan fikrni “Men qarzlarimni boshqaraman va kamaytira olaman” deb o'zgartiring.
•O'zingizga doimiy ravishda ijobiy so'zlar va ishonch beruvchi affermatsiyalarni takrorlang.
3. Amaliy Reja Tuzing:
◦ Har oy qancha qarzni to‘lash rejangizni yozing, xarajatlaringizni kamaytirish va qo‘shimcha daromad manbalarini izlash strategiyasini belgilab oling.
◦ Yozma reja asosida har hafta o‘zgarishlaringizni kuzatib boring va o'zingizni rag‘batlantiring.
📌Agar ichki qo‘rquvlaringizni aniqlab, ularni bartaraf eta olmasangiz – byudjetni tuzish, xarajatlarni kamaytirish yoki qo‘shimcha daromad manbalarini izlash – yetarli natija bermaydi.
Qarzlar – bu nafaqat moliyaviy yuk, balki yuragingizdagi dard, orzularingizni so‘ndiradigan, kelajak sari erkin harakat qilishingizga to‘sqinlik qiladigan ichki og‘riqdir.
Qarzlaringizni yoki kreditingizni o’ylaganda nimlarni his qilasiz? Birga tahlil qilamiz. Izohlarda yozing👇
@psixolog_zamiraxolbayeva