Prezident maktabi | Buxoro shahri @pmbuxoro Channel on Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

@pmbuxoro


Buxoro shahridagi Prezident maktabining rasmiy Telegram sahifasi
Murojaat uchun:@nigina_bobonazarovna
http://t.me/BuxPmBot
👉http://facebook.com/bukharapresidentalschool
👉http://instagram.com/buxoroprezidentmaktabi?utm_medium=copy_link
👉http://youtube.com

Prezident maktabi | Buxoro shahri (Uzbek)

Buxoro shahridagi Prezident maktabi Telegram sahifasi - bu rasmiy kanalda Buxoro shahridagi Prezident maktabining yangiliklarini topishingiz mumkin. Kanalda o'quv jarayoniga doir ma'lumotlar, tadbirlar va boshqalar haqida xabarlar paydo bo'ladi. Murojaat uchun @nigina_bobonazarovna ga murojaat qilishingiz mumkin. Kanalda aynan shu o'quv yili bo'yicha yangiliklar, tadbir va ko'rsatmalar haqida ma'lumotlar paydo bo'ladi. Prezident maktabi faoliyatining to'g'risida eng so'nggi va eng qiziqarli yangiliklar uchun kanalga a'zo bo'ling! Sizga qanday yordam berishimiz mumkin? Prezident maktabi Telegram sahifasiga qanday ulangan? Siz bu kanalga qanday qo'shilishingiz mumkin? Bu va boshqa savollaringizga javoblar kanalda topishingiz mumkin. Buxoro shahridagi Prezident maktabi - eng yangi va eng maqbul yangiliklar uchun eng yaxshi manzil!

Prezident maktabi | Buxoro shahri

22 Feb, 12:59


Xotin-qizlar turniri Buxoro viloyati hududiy saralash bosqichi 1-tur natijalari

Telegram | Facebook | Instagram |TikTok

Prezident maktabi | Buxoro shahri

22 Feb, 12:59


Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy saralash bosqichi 2-turidan keyingi natijalar.

Telegram | Facebook | Instagram |TikTok

Prezident maktabi | Buxoro shahri

22 Feb, 11:20


📌BIZDAN NAVBATDAGI MUVAFFAQIYATNI KUTIB OLING!

Prezident maktabi | Buxoro shahri

22 Feb, 11:18


🌱Buxoro shahridagi Prezident maktabi "Eko school " faollari Respublika miqyosida o'tkazilayotgan " Siz ekologiya qonunlarini bilasizmi?" ko'rik- tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1- o'rinni egallashdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

06 Feb, 07:00


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat
masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESCO)ning Ta’limda-AKT sohasi bo‘yicha eksperti Ms.Wendy Gortonning O‘zbekistonga tashrifi davomida Buxoro shahridagi Prezident maktabida ham bo'ldi hamda science, ingliz tili, informatika, biznes kabi darslarda tahlilda bo'ldi. Maktabdagi o‘qituvchilari bilan uchrashishib darslar davomida qanday platforma va saytlardan foydalanish samarali ekanligi to'g'risida fikr almashdilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

06 Feb, 06:44


#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiy tavalludining 584 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan rasmlar tanlovi o'tkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

05 Feb, 12:48


This week the 7 green students delighted us with their creative and unique English dialogues, inspired by their current 'Crime' topic. They revealed their excellent acting skills too! Well done students!!!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

04 Feb, 08:58


#viloyat_seminari
❇️ANIQ VA TABIIY FAN O‘QITUVCHILARI UCHUN SEMINAR TASHKIL ETILDI

🔹Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishning zamonaviy metodlari” mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

04 Feb, 08:35


🔹Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishning zamonaviy metodlari” mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminardan videolavha.

Prezident maktabi | Buxoro shahri

22 Jan, 14:57


#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

Buxoro shahridagi Prezident maktabi tajribasini umumta’lim maktablari pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirish orqali kirib borishini ta’minlash maqsadida bugun viloyatimizdagi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlariga (pedagogik mahorat markazi navbatdagi kurs tinglovchilari) mahorat darsi tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Jan, 18:57


Buxoro Prezident maktabida yanvar  ‘’Axborot texnologiyalari ‘’ oyligi doirasida , yoshlarda yot ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida ’’Jaholatga qarshi marifat” va “Kiberxavfsizlik”mavzularida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida Buxoro ichki ishlar boshqarmasi, Jinoyat qidiruv bo’limi  tezkor vakili Yarashov Lochin Otabekovich ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuv o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Jan, 13:35


🚇Ertaga navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi

Respublikamizning barcha hududlarida 22-yanvar, chorshanba kuni joriy yilning birinchi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tadi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/33624

🚇Завтра состоится акция «День без автомобиля»

В среду, 22 января во всех регионах республики пройдет первый в этом году «День без автомобиля».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/33624

🚇"Day without a car" action will be held tomorrow

On Wednesday, January 22, the first "Day without a car" of the year will take place across all regions of the country.
https://gov.uz/en/eco/news/view/33624

📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube |
📗 WhatsApp

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Jan, 06:34


Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabiga O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining maslahatchisi Ulug’bek Toshkenboyev tashrif buyurdi va maktab o’quvchilarining xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi .Tashrif jarayonida “Cerebry platformasidagi” yutuqlar, taklif va mulohazalar o’rganildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

10 Jan, 09:05


#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

🌱Buxoro shahridagi Prezident maktabi 2024 yilning oktabr oyida “Xalqaro Yashil bayroq” mukofotiga ega bo’lgan edi.
🌱”Oila va Tabiat” respublika gazetasining 2025 yildagi 1-sonida shu jarayonga bag’ishlangan
“Ona tabiatga mehr berayotgan mitti qalblar” mavzusida maktab faollarining maqolasi nashr ettirildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

10 Jan, 08:56


🔰 Bugun, 10-yanvar shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim, akademik va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavallud topgan kun.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida atoqli adib Oybek tavalludining 120 yilligi munosabati bilan ochiq darslar o'tkazilib , radioeshittirish tayyorlandi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

10 Jan, 04:51


Buxoro shahridagi Prezident maktabida 14- yanvar vatan himoyachilar kuni munosabati bilan navbatdagi ma’naviyat soati “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” mavzusida o’tkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

09 Jan, 15:27


YANA BIR MUHIM E'LON

"Eco Schools Uzbekistan" loyihasiga yangi a'zo bo'lgan 140 ta maktablar diqqatiga ❗️

📍"Eco Schools Uzbekistan" loyihasi bilan bir qatorda, "Yosh fermer" loyihasi ham amalga oshirilib kelinmoqda. "Yosh fermer" loyihasi doirasida maktablarga issiqxonalar qurib berilishi rejalashtirilgan. O'tgan o'quv yili "Eco Schools Uzbekistan" loyihasiga 117 ta maktab a'zo bo'lgan bo'lsa, ulardan 89 tasi issiqxona ega.

‼️Agar sizlar ham maktabingizga issiqxona qurib berilishini istasangiz, ushbu xabarga qo'shib jo'natilgan ARIZA shablonini to'ldirib topshirishingiz zarur.

ARIZANI qabul qilish uchun muddat: 20-yanvar 18:00

Prezident maktabi | Buxoro shahri

09 Jan, 06:35


🗣 Though slightly delayed, we're excited to introduce our Student Union Team! 📌

Prezident maktabi | Buxoro shahri

05 Jan, 06:37


#biz_haqimizda
#qisqacha

🤩 AGENTLIK TIZIMIDA HOZIRGI KUNDA:
14 ta Prezident maktabi;
9 ta ijod maktabi;
2 ta sport maktabi;
185 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari;
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
Fan olimpiadalari markazi;
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti;
"Renessans" sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyat yuritmoqda.

🗣Mazkur ta’lim muassasalarida 70 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olib, ularga 8 mingdan ortiq o‘qituvchi ta’lim berib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi | Buxoro shahri

04 Jan, 11:46


🏕 Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi ilk kuni qanday o'tdi

🔥 IT oromgohimizning ilk kunidan o'quvchilar online va offline darslar boshlandi va o'quvchilarimiz Robototexnika, kibersport, dasturlash, 3D modeling, SMM, DevOps kabi o'nlab dars jarayonlarida faol qatnashishdi

🖥 Jarayonni batafsil video orqali tomosha qilishingiz mumkin

‼️ Eslatib o'tamiz "Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025" Qishki mavsumi 3-7 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.

🖥 IT oromgohimiz online va offline formatlarda o'z faoliyatini olib bormoqda

😉 Ayni damda IT oromgohimizda online va offline darslar bo'lib o'tmoqda jarayonlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tomosha qilib boring

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Prezident maktabi | Buxoro shahri

04 Jan, 09:27


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori.

Ushbu qaror bilan ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash kerakligi belgilab qo’yilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi | Buxoro shahri

04 Jan, 09:27


#seminar_trening

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablar pedagog xodimlari uchun oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish, yangi baholash mezonlari tartibiga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan olib borilib, metodik tavsiyalar berildi hamda taqdimotlar oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi | Buxoro shahri

31 Dec, 16:25


#Tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!


Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!

Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.

Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.

Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori

Prezident maktabi | Buxoro shahri

31 Dec, 11:37


Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Prezident maktabi | Buxoro shahri

31 Dec, 04:45


#Tabrik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etadi!

Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi | Buxoro shahri

29 Dec, 14:29


Acknowledging the Team Behind the Success! 🙌

A huge round of applause for the organizers, chairs, co-chairs, and volunteers, who were also recognized with certificates for their dedication and contributions to making this MUN event a grand success.

It was an incredible two days of exchanging knowledge, building connections, and growing together. Events like these remind us of the power of collaboration and learning.

We can’t wait to see you all again at future events! Stay tuned! 💬

Prezident maktabi | Buxoro shahri

29 Dec, 14:28


🌍 Day 2 of MUN at Bukhara Presidential School: A Successful Conclusion! 🎉

The second and final day of our Model United Nations wrapped up with great energy and excitement. Delegates received well-deserved recognition, with awards for Best Delegate, Honorable Mention, Best Speaker, and Best Position Paper being presented. Each delegate also took home a Certificate of Participation as a token of their hard work and commitment.

Congratulations to all the delegates for their outstanding performance! 🌟

Prezident maktabi | Buxoro shahri

28 Dec, 11:11


#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#MUN
#Coffee_break

Prezident maktabi | Buxoro shahri

28 Dec, 08:03


#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#MUN

Buxoro shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan xalqaro MUN ( Model United Nations) konferensiyasiga Respublikamizning turli hududlari va qo’shni davlatlardan ishtirokchilar tashrif buyurishdi. Delegatlar quyidagi guruhlarda munozaralar olib borishmoqda:
1.Bosh Assambleya;
2.Millatlar xavfsizligi;
3.Iqtisodiy va ijtimoiy kengash;
4.Inson huquqlari;
5.Birlashgan millatlar atrof- muhit dasturi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

28 Dec, 03:54


🌟 Meet Our BPSMUN Core Team! 🌟

Say hello to the team behind BPSMUN 2024! These passionate individuals are excited to welcome you to an inspiring and dynamic conference experience.

Stay tuned as we reveal more about the event! 🌍💬

🔗 Follow us on Instagram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

28 Dec, 03:29


📌Buxoro shahridagi Prezident maktabida MUN (Model United Nations) konferensiyasi boshlanish arafasida.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

27 Dec, 07:55


#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o'quvchisi  IELTS imtihonidan 8 ballni qo'lga kiritdi:

G’aniyeva Munisa

💫 Oʻquvchimizga kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

25 Dec, 15:09


#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#trening_pd

Buxoro shahridagi Prezident maktabi pedagogik jamoasida yangi yil bayrami shukuhini ulashish maqsadida "Yaxshi kayfiyat" trening mashg'ulotlari olib borildi.
Trening jarayonida bajarilgan har bir mashq ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bag'ishladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

08 Dec, 06:48


#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

Kuni kecha Lower Secondary 5-7-sinf o'quvchilari eng yaxsh loyiha ishlari uchun va yarim yillik davomida darslarda faol ishtirok etganliklari uchun matematika fani ustozlari Axtamova Ra'no va Mary Jane Reyes tomonidan taqdirlandilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

08 Dec, 04:05


#Tabrik

8-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi | Buxoro shahri

08 Dec, 04:05


“Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi”.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi

#konstitutsiyamiz_32yoshda

@hilola_umarova

Prezident maktabi | Buxoro shahri

07 Dec, 11:55


📣 Students of the Presidential School in Bukhara visited the Asian International University!

📎On the 29th of October, the Academic Director of the Presidential School in Bukhara, Frank Ford, and 24 students visited the 5th campus of the Asian International University, which is adapted for medical specialties!

💡During this visit, they got acquainted with the advanced educational process, modern material and technical base and capabilities of the university!

Frank Ford noted that Asian International University is one of the most convenient and worthy places to take a step into the future!

🌐 www.oxu.uz

Prezident maktabi | Buxoro shahri

07 Dec, 10:24


#eco_seminar

Buxoro shahridagi Prezident maktabi Eco-faollari tomonidan Buxoro shahridagi 25-maktab hamda Kogon tumanidagi 12- umumta’lim maktablarida 5-dekabr “Xalqaro tuproq kuni “ga bag’ishlangan ekologik seminar tashkil etildi.

📌Ushbu seminar davomida o'quvchilarning ekologik bilimlari, qiziqishlari asosida maktablarda tashkil etilgan issiqxonalardan foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish va "Yosh Fermer" loyihasi asosida maktabda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikrlar almashildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Nov, 15:23


#radioviktorina_kitobxonlik

📻 Buxoro shahridagi Prezident maktabida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Giyazova Shahnoza Kamolovna tomonidan "Bu kitobni har bir inson oʻqishi kerak" shiori ostida Ch.Aytmatovning "Birinchi muallim" asari asosida maktab radiosi orqali viktorina oʻtkazildi.

💫 Natijalar quyidagicha:

1-oʻrin 8-"Blue" sinf oʻquvchisi
Tojiyeva Nilufar
2-oʻrin 8-"Green" sinf oʻquvchisi
Sattorov Adham
3-oʻrin 6-"Green" sinf oʻquvchisi
Jumayev Javohir

Maʼlumki, oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikning targʻib qilinishi ularning maʼnaviy olamini boyitish, tafakkurini rivojlantirishdagi oʻrni beqiyos. Ayniqsa, Ch.Aytmatovning "Birinchi muallim" asarida insonda kuchli matonatning shakllanishi, ilmning inson hayotidagi oʻrni, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, fidoiylik kabi fazilatlarning ulugʻlanishi kabi ezgu gʻoyalar ilgari surilgan. Shunday ekan, ushbu kitobni har bir avlod oʻqishi kerak.

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Nov, 15:22


Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.

Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Nov, 13:08


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Кабинета Министров Республики Узбекистан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Nov, 11:27


Buxoro shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o’quvchilari
Buxoro shahridagi universitetlar o’rtasida o’tkazilgan volleybol sport turida sharafli birinchi o’rinni egallashdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

18 Nov, 10:53


Buxoro shahridagi Prezident maktabida ‘Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bayroq ostida birlashaylik” mavzusidagi videoroliklar tanloviga start berilgan edi.

9-green sinf o’quvchisi Jahongir Karimovning ushbu tanlov uchun tayyorlagan videoroligi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

18 Nov, 10:24


Buxoro shahridagi Prezident maktabida ‘Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan o`qituvchi va o`quvchilar tomonidan CHALLANGE tayyorlandi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

18 Nov, 08:45


Buxoro shahridagi Prezident maktabida ‘Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bayroq ostida birlashaylik” mavzusidagi videoroliklar tanloviga start berilgan edi.

8-green sinf o’quvchisi Amirbek Jonpo'lotovning ushbu tanlov uchun tayyorlagan videoroligi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

18 Nov, 08:35


#millat_bayrogʻi

Buxoro shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Sevara Ibragimova tomonidan yurtimiz bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan yoʻllangan bayram tabrigi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

18 Nov, 04:51


Aziz yurtdoshlar,
Qadrli hamkasblar!


Bugun yana bir muhim sana — 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun yurtimiz miqyosida keng nishonlanmoqda.

Albatta, bayroq qadim-qadimdan xalqlarning mustaqilligi va ozodligi, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Shu maʼnoda vatanimiz bayrogʻining oʻrni va qadri har birimiz uchun muqaddas va ulugʻdir.

Men ishonamanki, bugungi yosh avlod vakillari mamlakatimiz bayrogʻining yurtimiz suvereniteti va jahondagi mustaqil davlatlar orasidagi munosib oʻrnini belgilashdagi ahamiyatini yurakdan his qilishadi va faxrlanishadi.

Barchamizga bugungi milliy iftixor bayrami muborak boʻlsin.

Mustaqil Oʻzbekistonning davlat bayrogʻi doimo baland hilpirayversin.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Prezident maktabi | Buxoro shahri

18 Nov, 04:09


#millat_bayrogʻi

Buxoro shahridagi Prezident maktabida ertalabgi nutq yurtimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligini munosib nishonlash bilan boshlandi.

📌Tadbirlarimiz kun davomida davom etadi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

18 Nov, 04:02


#millat_bayrogʻi

Buxoro shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Shohjahon Murodov tomonidan yurtimiz bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan yoʻllangan bayram tabrigi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

18 Nov, 03:45


#millat_bayrog’i

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsoli, Vatanimizning beqiyos ramzidir. Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor.

Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga bitmas-tuganmas iftixor bagʻishlaydi.

Davlatimiz ramzi qabul qilingan sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi | Buxoro shahri

15 Nov, 11:18


📜 Buxoro shahridagi Prezident maktabida "Husnixat qiroli va qirolichasi" tanlovi hamda kitobxonlik musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

15 Nov, 10:55


Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida ‘Ozbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33- yilligi munosabati bilan “Bir bayroq ostida birlashaylik”mavzusida ma’naviyat soati tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

14 Nov, 05:51


#Presidential_school_in_Bukhara
#eco_school_Uzbekistan
#young_climate_champions

Bugun Buxoro Shahridagi Prezident maktabida “Junior Eco-club” uchun “Eco schools Uzbekistan” va “Young Climate champions” loyihalari haqida yaqindan tanishtirilda hamda o’quvchilar o’rtasida ko’ngil ochar o’yinlar tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

14 Nov, 05:23


#jarayon

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida science fanidan tashkil etilgan treningdan videolavha.

Prezident maktabi | Buxoro shahri

13 Nov, 09:01


#sayyor_qabul
#Qashqadaryo

🤩 QASHQADARYODA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Qarshi shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Prezident maktabi | Buxoro shahri

02 Nov, 05:21


Kuni kecha matematika fani o'qituvchisi Axtamova Ra'no Rustamovna 7-sinf o'quvchilari bilan "Areas of compound shapes" mavzusida "Stairs" usulida estafeta darsini tashkil qildi.

Darsda o'quvchilar murakkab shakllar yuzalarini hisoblashga doir masalalar yechib,bilimlarini mustahkamladilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

02 Nov, 04:47


Matematika fani o'qituvchisi Axtamova Ra'no Rustamovna 5-sinf o'quvchilari bilan "Areas of 2D shapes" mavzusida integratsiyalashgan estafeta darsini tashkil qildi.

Darsda o'quvchilar turli shakllar yuzalarini hisoblashga doir masalalar yechish bilan birga,chaqqonlik va epchillikda ham kuch sinashdilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

01 Nov, 05:42


#math_lesson

The Grade 6 students of Bukhara PM played detectives yesterday as they solved the “Murder Mystery Activity -Area and Circumference of a Circle” during their Math class with their teachers, Ms Mary Jane Reyes and Ms Zulfina Nazirova.

📌This immersive approach not only makes learning enjoyable but also reinforces the practical application of math in real-life scenarios.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

29 Oct, 09:49


Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Bu jarayonda 150 mingdan ortiq hamkasblarimiz ishtirok etadi.

Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qizish uyg‘otgan.

O‘tgan malaka sinovlarida yetarli natijaga ko‘rsata olmagan pedagoglarimiz yana o‘z ustilarida ishlab, bu galgi test savollariga puxta tayyorgarlik ko‘rganlariga ishonaman. Chunki kerakli toifaga ega bo‘lish uchun bilim va mahoratdan boshqa yo‘l yo‘qligini hamma ko‘rdi, bildi.

9-25-oktabr kunlari pedagoglarimiz test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishdilar. Bu ham ularning yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga yordam beradi albatta.

Aziz hamkasblar, 16-noyabrga qadar o‘tkazilishi belgilangan malaka sinovlarida barchangiz muvaffaqiyatli ishtirok etasiz degan umiddaman.

@hilola_umarova

Prezident maktabi | Buxoro shahri

29 Oct, 03:00


⚡️Video contest overview⚡️
📸Announcement date:28.10.2024
🎞Submission deadline:10.11.2024
🔹Eligibility criteria:open to only students who are 5th,6th and 7th grade

🎗Price🎗
It is surprise

💫Event Objectives💫

🔹Foster collaboration among students
🔹 Increase interest in ecological topics and challenges

✔️Judging Criteria🟣

🔥Creativity
🖇Relevance to theme
📌 Technical quality

Send it to @ramazonova_rukhsora and @nigina_bobonazarovna

Prezident maktabi | Buxoro shahri

28 Oct, 10:33


Today our 7 Green students revealed that they are also poets in the making! Having studied examples of acrostic poetry, they presented their own poems about the Five Senses, using beautiful imagery and creative ideas. Well done 7 Green!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

28 Oct, 04:03


#xushxabar

⚡️Xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan “Xalqaro STEAM Ozarbayjon" festivalida Buxoro shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Suxrob Shavkatov, Umidjon Iskandarov, Jahongir Jo’rayev ishtirok etishdi.

🏆Mazkur festival yakunlariga koʻra:

🥈Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi FlyTech yoʻnalishida kumush medalini qoʻlga kiritdi.

📌Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabi ertalabgi nutq ushbu o’quvchilarni taqdirlovi bilan boshlandi.

🎓Oʻquvchilarimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz!

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

26 Oct, 18:34


BPS MUN Conference Announcement

We are thrilled to announce that Bukhara Presidential School will be hosting its very own Model United Nations (MUN) Conference! This prestigious event will take place at our school and promises to provide an incredible platform for students to engage in diplomatic discussions, debate pressing global issues, and develop their leadership, negotiation, and public speaking skills.

🗓 Date: 28-29-December

🇺🇿 Venue: Bukhara Presidential School

💵 Participation fee: Free of charge (with coffee breaks and lunch provided)

#️⃣Application form
Registration deadline: 8-December

Participants will represent different countries, debate in committees, and work together to propose solutions to real-world challenges. We invite students to join as delegates, chairs, and volunteers, and be a part of this enriching experience. Whether you are a seasoned MUNer or new to the world of diplomacy, this is your opportunity to step into the shoes of world leaders and make your voice heard!

Don't miss out on this opportunity to debate, collaborate, and grow!
Stay tuned for more updates.

Contact: @Mirondasegunda
Further info: @bpsmun
Volunteer registration: @maryamm_desu

Prezident maktabi | Buxoro shahri

26 Oct, 13:12


Kuni kecha Buxoro shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o’quvchilari Tarbiya darsida “Mening hududimdagi tabiat - mening himoyamda” mavzusida o’z loyiha ishlarini taqdim etishdi. O’quvchilar o’z hududlaridagi tabiiy boyliklar va ularni asrab-avaylashning ahamiyati haqida turli loyihalar orqali ma’lumot berishdi. Tabiatni asrash va muhofaza qilishga bag’ishlangan ushbu tadbirda o’quvchilar o’z ijodiy ishlari orqali atrof-muhitga bo’lgan e’tiborlarini namoyish etishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

25 Oct, 12:50


#xushxabar

🤩 Xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan “Xalqaro STEAM Ozarbayjon" festivalida Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining 10 nafar o‘quvchisi ishtirok etmoqda.

🏆 Mazkur festival yakunlariga koʻra:

🥇Nukus shahridagi Prezident maktabining jamoasi Lego yoʻnalishida oltin medalni;

🥈Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi FlyTech yoʻnalishida kumush medalni;

🥉Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Green initiatives yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Oct, 14:50


📢 Exciting News from Bukhara Presidential School!
We’re thrilled to announce the launch of the Junior Eco Club! ❤️

Our mission is to nurture young environmental leaders through exciting projects, hands-on activities, and creative campaigns. Together, we’ll explore new ways to make our school and community greener, inspiring sustainable habits that will shape a better tomorrow. 🌥

This is just the beginning—our young changemakers are ready to take bold steps toward a cleaner, healthier future.

Stay tuned for updates, and let’s build a sustainable world, one step at a time! 🌷



📢 Buxoro Prezident Maktabidan ajoyib yangilik!
Biz Yosh Eko Jamiyat klubi ochilganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz! ❤️

Maqsadimiz — yosh ekologik liderlarni tarbiyalash! Qiziqarli loyihalar, amaliy mashg‘ulotlar va ijodiy tashabbuslar orqali maktabimiz va jamiyatimizni yashil va barqaror qilishning yangi yo‘llarini izlaymiz. 🌥

Bu endi boshlanishi — yosh eko-faollarimiz toza va sog‘lom kelajak sari dadil qadam tashlashga tayyor!

Yangiliklarimizni kuzatib boring va birgalikda barqaror kelajakni bunyod qilamiz! 🌷👇

Telegram📱 | Instagram📱 | Facebook📱 | LinkedIn📱

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Oct, 09:29


Buxoro shahridagi Prezident maktabida O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining 35 yilligi munosabati bilan qator tadbirlar o'tkazilmoqda . Jumladan, tilimiz va adabiyotimiz taraqqiyotiga o'zining munosib hissasini qo'shgan buyuk olim, atoqli jadid Abdurauf Fitrat bugun alohida xotirlandi.
O'quvchilar Buxoro shahridagi Fitrat bog'ida bo'lib, shoir haykali poyiga gullar qo'yishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Oct, 07:12


#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolariga koʼkrak nishoni topshirildi

#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Oct, 05:26


#art_lesson
Buxoro shahridagi Prezident maktabida 21- oktyabr- O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan ijodkor o'quvchilar o'rtasida ,,Til va madaniyat " mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook / Instagram |Youtube |Telegram

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Oct, 04:00


📚Buxoro shahridagi Prezident maktabida oʻzbek tilida yaratilgan eng sara asarlardan biri T.Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" qissasi asosida 6-sinflar oʻrtasida kitobxonlik bellashuvi oʻtkazildi.

🥋 Oʻquvchilar guruhlarga boʻlindi va quyidagi shartlar asosida bellashdilar:
1.Aql charxi
2.Filword
3.Aktyorlik mahorati

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Oct, 03:40


#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

Muhtaram Vatandoshlar!

Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.

Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.

Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi | Buxoro shahri

21 Oct, 02:55


Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Prezident maktabi | Buxoro shahri

20 Oct, 13:23


Prezident maktabida harbiy-vatanparvarlik tadbiri oʼtkazildi.

📌Ushbu
tadbirdan videolavha.