MA'MUN UNIVERSITET | RASMIY KANAL @mamununiversitetrasmiy Channel on Telegram

MA'MUN UNIVERSITET | RASMIY KANAL

@mamununiversitetrasmiy


🏛Ma'mun-universiteti nodavlat oliy ta'lim muassasi
📍Manzil: Xiva shahri,Bolxovuz ko'chasi 2-uy
📍Urganch shahri, Islom Karimov

☎️88 506 90 90
☎️77 255 90 90

https://t.me/mamun_university_bot

MA'MUN UNIVERSITET | RASMIY KANAL (Uzbek)

Ma'mun Universiteti rasmiy kanali - bu Ma'mun-universiteti nodavlat oliy ta'lim muassasasining rasmiy Telegram kanalidir. Kanalda universitetning manzili, ularning ishlab chiqarishlar, o'quv jarayonlari va boshqa yangiliklari bilan tanishishingiz mumkin. Xiva shahri va Urganch shahri manzillarida joylashgan universitet orqali o'quvchilar uchun ma'lumotlar va ko'rsatmalar taqdim etiladi. Kanalda universitet bilan bog'liq barcha savollar uchun aloqa raqamlari mavjud. Agar siz Ma'mun Universiteti haqida ko'proq ma'lumot olishni xohlaysiz, shuningdek ularning taklif etgan bot orqali yordam olishingiz mumkin. Kanalga a'zo bo'ling va universitet hayotida yuksak malakaga ega bo'lishingiz uchun eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

MA'MUN UNIVERSITET | RASMIY KANAL

23 Nov, 14:00


🗣Bugun 23-noyabr kuni Ma'mun universiteti "Til va adabiyot"kafedrasi katta o'qituvchisi Ablayeva Nadira Kadamjonovna " Современные образовательные технологии и методы, формы обучения, мотивируют познавательную активность студентов" mavzusida ilmiy-metodik seminar o'tkazdi.

🗣Seminarda kafedra professor-o'qituvchilarni yangi pedagogik texnologiyalar, metodlar bilan tanishtirdi. Dialoglar, o'yinlar, amaliy mashg'ulotlarga boy dars seminar ishtirokchilariga juda ma'qul bo'ldi.

©Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH |VK

MA'MUN UNIVERSITET | RASMIY KANAL

23 Nov, 13:53


🗣Joriy yilning 23-noyabr kuni Filologiya fakulteti 1-kurs talabalari ota-onalari yig'ilishi munosabati bilan ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.

🗣Yig'ilishda o‘quv ishlari bo’yicha prorektor dots. E.Xudaynazarov, fakultet dekani dots. M.Yakubov, o'quv ishlari boʻyicha dekan muovini M.Matchanov, yoshlar masalalari, ma'naviyat va ma'rifat ishlari boʻyicha dekan muovini I.Rejapov ota-onalarni universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o'quv jarayoni, to'garaklar faoliyati bilan batafsil tanishtirdilar.

🟢Ota-onalar guruh rahbarlari bilan uchrashib universitet binolari va unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Uchrashuv ota-onalarga universitet haqida ko'plab ma'lumotlarni bilib olish imkoniyatini yaratdi va farzandlarining o'quv jarayonlaridan xursand ota-onalar o'z minnatdorchiligini bildirdilar.

©Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH |VK

MA'MUN UNIVERSITET | RASMIY KANAL

23 Nov, 09:21


🗣2024-yil 23-noyabr sanasida Ma'mun universiteti Professor-o'qituvchilar karyerasi bo'limi tomonidan "Kasbiy karyerani rivojlantirish va o'z ustida ishlash texnikalari" mavzusidagi seminar-trening tashkil qilindi.

🗣Unda universitet kafedralaridan professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbirda turli shartlardan iborat kichik musobaqa va mutaxasisslar tomonidan xalqaro faoliyatga doir maruzalar tashkil qilindi.

©Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH |VK

MA'MUN UNIVERSITET | RASMIY KANAL

23 Nov, 07:18


🗣IQTISODIYOT VA GUMANITAR FANLAR FAKULTETI VA "BUXGALTERIYA HISOBI VA BIZNES BOSHQARUVU" KAFEDRASI TAHSABBUSI BILAN "YANGI O‘ZBEKISTONNING BIR QISMI BO‘L!" MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI.

🗣Iqtisodiyot va gumanitar fanlar fakultetida 22-noyabr kuni Xorazm Viloyati Statistika boshqarmasi hodimlari bilan birgalikda "Aholini ro‘yhatga olish" mavzusidagi tadbir o‘tkazildi.

🗣Tadbirni kirish so‘zi bilan "Buxgalteriya hisobi va biznes boshqaruvu" kafedrasi v.b.dotsenti I.A.Matkarimova ochib berdi. Tadbirda Xorazm Viloyati Statistika boshqarmasining "Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi" boshlig’i Bekchanov Jamolbek Baxramovich hamda "Sanoat va energetika statistikasi" bo'limi boshlig’I Tadjimuratov Umrbek Olgashbayevich ishtirok etdilar.

🟢Mehmonlarimiz Xorazm viloyati Statistika boshqarmasi hodimlari tomonidan Mustaqillik davrida ilk bor o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish tadbirini dolzarb muammolari va ularning yechimlari, Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etishligi, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam berganligi bo`yicha ma`lumot berdilar.

🟢Bulardan tashqari "Buxgalteriya hisobi va biznes boshqaruvu" kafedrasi mudiri dotsent S.O.Cho‘ponov , v.b.dotsent I.A.Matkarimova hamda "Umumkasbiy fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi Annazarova Barno Rustamovna so‘zga chiqishib ushbu dolzarb masalalarni hal etish va xalqaro talablardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi” tasdiqlanganligi, Konsepsiyaning kuchga kirishi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi qonunchilikning mustahkamlanib borishi uchun turtku bo‘lganligi, xususan, (2020- yilning 16- martida O‘RQ-611-son) “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni amaliyotga joriy etilganligi, qonun bilan umumiy qoidalar, aholini ro‘yxatga olish sohasini tartibga solish va 2024 yil 23 oktyabr kuni O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishning navbatdagi sanasi e’lon qilinganligi , normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida aholini ro‘yxatga olishni 2026-yil 15-iyuldan 21-avgustgacha o‘tkazish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi e’lon qilinganligi haqida gapirib o‘tishdi, talabalar bilan shu haqida muhokamalar boʻlib oʻtdi. Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirib, mehmonlariimizga savollar bilan yuzlandilar va tegishli javoblarni oldilar.

©Ma'mun universiteti Matbuot xizmati

WEB SAYT | INSTAGRAM | FACEBOOK | YOUTUBE | ENGLISH |VK