FUTGOL @futgol_uz Channel on Telegram

FUTGOL

@futgol_uz


Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

FUTGOL (Uzbek)

FUTGOL kanali, futbol sovg'alarini, yangiliklarini va o'yinlarni faol o'rganish uchun o'z mavzusida samarali ma'lumotlar taqdim etadi. Bu kanal @futgol_uz nomidagi foydalanuvchi tomonidan boshlangan va futbol hayranlari uchun ajoyib manzil sifatida taniladi. Kanalda eng so'nggi futbol yangiliklari, klublar haqida ma'lumotlar, futbol o'yinlarining tahlillari va aniq statistik ma'lumotlar mavjud. FUTGOL kanali, futbolning eng yangi va samarali ma'lumotlarini o'rganish uchun eng yaxshi manzil sifatida maslahat beradi. Agar sizcha futbol sevgan bo'lsangiz, @futgol_uz kanaliga obuna bo'lishni unutmang! Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas.

FUTGOL

09 Feb, 22:18


🌲Archa bayram endi boshlanyapti

@futgol_uz

FUTGOL

09 Feb, 21:39


Keldi, urdi, ketdi

Fermin Lopes “Sevilya”ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida maydonga tushdi va darhol gol urdi, keyin esa qizil kartochka olib maydondan chiqib ketdi.

@futgol_uz

FUTGOL

09 Feb, 20:59


🇪🇸“Barselona” joriy mavsumda 36 ta o‘yinda 110 ta gol uribdi, taqqoslash uchun jamoa butun o‘tgan mavsumda shuncha gol urgan ekan.

Flik effekti bormi, bor!

@futgol_uz

FUTGOL

09 Feb, 18:18


Slot shundan kelib chiqib ham “Plimut”ga qarshi asosiy tarkibni tashlagani yo‘q. Ha, bugungi tarkib bilan yutib, keyingi bosqichga chiqsa, zaxiradagilarga bitta “molodes” deyilardi — bo‘ldi. Lekin ular uddalay olmadi. Slotga bu kubok kerak bo‘lganda va buni juda xohlaganda asosiy tarkibni tushirgan va bu o‘yinni qiyinchiliksiz yutgan bo‘lardi.

@futgol_uz

FUTGOL

09 Feb, 18:15


🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿“Liverpul”ning Angliya Kubogini tark etgani — ha, sensatsiya. Lekin bu faqat jamoa foydasigagina ishlashi mumkin. Mavsum endi qizg‘in pallaga kirayotgan palla. Barcha frontda birdek kurashib bo‘lmasligi — hozirgidek tig‘iz taqvimda deyarli ilojsiz. Ha, avvallari buning iloji bor edi. Chunki o‘yinlar hozirgidan kamroq edi. Va albatta jarohatlar ham. Hozir bitta o‘yin ko‘pligi ham jarohatlar ehtimolini, ularning sonini oshirayotganini ko‘rib-bilib turibmiz. Shunday ekan, ertaroq bosqichda bir kubokni tark etish katta fojia emas. Har holda Slot jamoasi APLda peshqadam, YCHLda ham barchasi ko‘ngildagidek, Liga Kubogida esa final kutib turibdi.

@futgol_uz

FUTGOL

09 Feb, 16:25


Aslida himoyachi bo‘lmagan Lukas Vaskes ham jarohat olib, 2-3 haftaga safdan chiqibdi. Mushaklarini jarohatlab olgan.

Shunday qilib, “Real”ning asosiy himoyachilaridan faqat Ferlan Mendigina safda. Aslida fransiyalik futbolchi ham formada emas.

Jarohatdagilarni qarang: Militao, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Lukas Vaskes.

Oldinda esa bizni o‘ta qiziq bahs kutyapti: butun jamoa bilan muammolar girdobidagi “Man.Siti” va himoyasidagi vayronagarchiliklarga to‘la “Real Madrid”.

@futgol_uz

FUTGOL

08 Feb, 18:44


Madridda bugun “oto‘yin” bo‘ladi

O‘tkazvorish bo‘lmasin.

@futgol_uz

FUTGOL

08 Feb, 14:24


🇺🇿Bir oʻzbek oʻgʻlonini taqdirning siylagani shunchalik boʻlar-a

📹EmiratesFACup

@futgol_uz

FUTGOL

08 Feb, 14:19


Fakt: Husanov maydonga tushgan oʻyinlarda “Man.Siti” faqat gʻalaba qozonmoqda 😎

@futgol_uz

FUTGOL

04 Feb, 13:50


Alaba yana jarohat oldi, oldinroq Ryudiger ham safdan chiqqandi

Madridning yangi himoya chizigʻi bilan tanishing.

@futgol_uz

FUTGOL

02 Feb, 18:25


Game, set, match!

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿“Arsenal” bugun “Siti” nechta gol ursa ham 5 ta gol uradigandek o‘ynadi. Buzib, tahlab, yo‘q qilib tashladi. Shunchalik tartibli va ortiqcha ehtiroslarsiz so‘nggi yillardagi asosiy raqibini yer bilan bitta qildi.

“Shaharliklar” muammosi faqat himoyada deb o‘ylaydiganlar shu o‘yinni qaytadan ko‘rsin. Pepning jamoasini bu qadar ojiz holda ko‘rmagandik.

@futgol_uz

FUTGOL

02 Feb, 18:21


Nima deymiz, bu sharmandagarchilikda seni tushirmagan Pepga katta rahmat!

@futgol_uz

FUTGOL

02 Feb, 18:04


Bunaqa holatda Husanov tushmagani ham yaxshi-ye

@futgol_uz

FUTGOL

02 Feb, 16:42


Husanovda ayb yoʻqligini tushungandirsizlar😎

Bu jamoa shunaqa boshida xato qilishni “kasb” qilib oldi shekilli.

@futgol_uz

FUTGOL

01 Feb, 18:00


🇫🇷Dembele quturib ketyapti-ku

“PSJ” safidagi so‘nggi 2 ta o‘yinda 6 ta gol urdi. Dahshatmi, albatta. YCHLda “Shtutgart” qurbonga aylangandi, bu safar Liga 1 da Chempionlar Ligasidagi bo‘lajak raqibi “Brest” ham 3 ta golni qo‘ltiqlab oldi.

Usmon bu mavsum 26 ta o‘yinda 19 ta gol urib, 6 ta golli pas berdi. Yomon emas-a?

@futgol_uz

FUTGOL

31 Jan, 11:33


1/16 final qur’asi

Dastlabki o‘tish o‘yinlari 11—12-fevral, javob uchrashuvlari esa 18—19-fevral kunlari o‘tkaziladi. Bu juftliklarda g‘oliblar aniqlangandan keyin 1/8 final uchun yana bir qur’a o‘tkaziladi.

@futgol_uz

FUTGOL

31 Jan, 11:27


Yanami?😂

@futgol_uz

FUTGOL

31 Jan, 09:52


😂

@futgol_uz

FUTGOL

31 Jan, 09:02


Sahari togʻadan yana bir jinnisi😄

@futgol_uz

FUTGOL

31 Jan, 06:36


Klublarimiz g‘orga o‘xshaydi, istagan odam kelib ketaveradi. To‘xta, sen kimsan deb so‘raydigan odam ham yo‘q. To‘g‘ri-da, g‘orda odam bo‘lmaydi-ku

@futgol_uz

FUTGOL

31 Jan, 06:35


"Andijon"da nima gaplar?

Keldi: Valijon Rahimov, Miomir Jyurikovich, Luka Uskokovich, Abubakir Ashurov, Oleg Zoteyev, Usmonali Ismonaliyev, Iskandar Shaykulov, Mirzaad Mehanovich, Doniyor Abdumannopov, Islam Mashukov.

Ketdi: Igor Litovka, Maksim Sarraf, Marlen Chobanov, Vladimir Bubanya, Ildar Mamatkazin, Lyubisha Petsel, Ilhom Alijonov, Farhod Bekmurodov, Levan Arveladze, Vagiz Galiulin, Abinur Nurimbet, Luka Zgurskiy.

FUTGOL

31 Jan, 05:52


Farhod Bekmurodov kim deganlar uni 2024-yil martidagi “tomosha”sidan bexabar odamlardir. Axir bu voqeadan keyin uni butun dunyo tanigan)

@futgol_uz

FUTGOL

31 Jan, 05:50


Фарҳод Бекмуродов январ ойининг ўзида «Локомотив» ва «Қизилқум» билан шартнома имзолади

«Андижон» билан хайрлашган Фарҳод Бекмуродов 4 январ куни Самвел Бабаян мураббийлигидаги «Локомотив» билан шартнома имзолаган бўлса, клуб Суперлига эмас, Про лигада ўйнаши аниқ бўлгач, яримҳимоячи бугун «Қизилқум»га ўтди.

👉 http://tribuna.uz/12616

Tribuna.uz расмий канали

FUTGOL

31 Jan, 05:20


#Хайрия_акцияси.

Бу хайрияни қайта қайта чиқараяпман. Чунки бечора укамизнинг мендан бошқа илинжи йўқ. Уни шахсан танийман.

Тўнғич фарзанди тузалиши учун ўзини ўтга чўққа уриб юрибди. Оилада бир ўзи ишлайди. Ҳали яна 3 нафар кичик фарзандлари бор. Бири эмизикли. Топган маоши рўзғор тебратишга учма уч етар, лекин фарзандининг қимматбаҳо даволаниш курсини ўташга етмайди.

Улар ҳозир яна Тошкентда, даволанишяпти. Илтимос, қўллаб юборинглар. Қурбларинг етгунча... Ҳаммаларингда дуо қилиб турибди, бояқиш.

Укамиз Самарқанддаги давлат идораларидан бирида боғбон бўлиб ишлайди. 7 ёшли тўнғич қизи Зулфия Раҳматуллаева Зулфия ёзда ўз уйида ўйнаб юриб, йиқилиб, бошидан қаттиқ жароҳат олган, унинг бошида гематома ҳосил бўлган ва сув йиғилган ва мураккаб операциядан муваффақиятли ўтган.

Энди қизалоқ отаси ҳамроҳлигида Республика ихтисослаштирилган нейрохирургия илмий-амалий тиббиёт марказида режа бўйича навбатдаги даволаниш ва тикланиш босқичини ўтаяпти.

Қизалоқ анча тузалиб қолган. Зулфиянинг даволаниши ва дори-дармонлари, отаси билан Тошкентда яшаши учун унга яна ҳамюртларимизнинг ёрдами керак бўляпти.

Келинглар, яна бир марта қўллаб юборайлиа баҳоли қудрат. Хайриянгизни Зулфиянинг отаси Достон Ширинбоев номидаги карталарга ўтказиб беришингиз мумкин.

HUMO: 9860060623354333
VISA: 4008470041255356

FUTGOL

30 Jan, 10:26


R9

Shunday dahoning o‘yinini jonli ko‘rganlar — biz baxtlimiz.

@futgol_uz

FUTGOL

29 Jan, 18:53


Avvallari bo‘rondan oldin sukunat bo‘lardi, hozir esa yong‘in

“Man.Siti” stadionida joylashgan klub atributlarini sotadigan kiosklardan biri yonyapti ekan. Bugun 01:00 da 18 ta o‘yin boshlanadi, ulardan biri Pep jamoasi “Bryugge”ni yutishi kerak, shunda YCHLda kurashni davom ettiradi.

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 19:31


Abduqodir Husanov kelib “Man.Siti” futbolchilarini uyg‘otib yubordi. “Qaranglar, himoyada shunaqa xatolar qilyapsizlar” deb ko‘rsatib ham berdi. Ana shundan keyin jamoadoshlarining ko‘zi ochilib ketdi-da🤣

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 19:28


Bitta faktda: Husanov debyut qilgan o‘yinda “Man.Siti” kimsan “Chelsi”ni 3:1 ga yutdi

Qolgan istalgan narsa keyingi planda.

Olg‘a, Abduqodir!

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 19:20


Husanov uchun umrimizda muxlislik qilmagan jamoani hozir jon-jahdimiz bilan qo‘llab-quvvatlayapmiz.

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 19:19


3:1 — Jamoamizga g‘alaba muborak

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 18:58


2:1. Jamoamiz hisobda oldinda🇳🇴

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 18:31


Abudoqdir, bos uka!

Bilaman, buni o‘qimaysan. Umuman, tarmoqlarni o‘qimasang ham mayli. Seni o‘zbek futbolchilari uchun “planka”ni baland ko‘tarib tashlaganing aytilyapti. Men uchun esa unday emas, sen o‘zing yosh futbolchilarimiz uchun “planka”san. Endi ular senga qarab o‘lchovni olishadi.

Xato qilmagan kim bor? Manaman degan Messi, Ronaldu ham xato qiladi. Heyterlaring albatta bir kun muxlisingga aylanadi.

Oldi-orqaga qaramay, bos, Abduqodir!

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 18:15


1:1 Jamomiz hisobni tenglashtirdi 😅

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 17:34


Ehh…

Juda katta bosim edi. Afsus.

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 16:45


Oxirigacha shunday sovuqqon va xotirjam bo‘lib qol, Abduqodir!

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 16:43


Abduqodirni kimlar bilan bir safda ekanligini ko‘rishning o‘ziyoq dahshat

Endi uning kimlarga qarshi 1-o‘yinini o‘tkazishini qarang-da.

Bu tun uzoq bo‘ladi.

@futgol_uz

FUTGOL

25 Jan, 16:32


Bu tush emas

@futgol_uz

FUTGOL

24 Jan, 13:59


Pep Gvardiola biroz oldin tugagan “Chelsi”ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida jamoaning yangi o‘yinchilarining bari — Husanov, Reys va Marmush ham qaydnomadan joy olishini aytdi

Ingliz nashrlari esa allaqachon Husanovning asosiy tarkibda maydonda tushishini taxmin qilyapti.

@futgol_uz

FUTGOL

22 Jan, 15:35


Jinnimassiz bizni ham jinni qilmang, shuncha jinni boʻlganlarimiz yetar)

Qaror qabul qilindi, Temur Kapadzega omad tilaymiz. Hammasi yaxshilikka boʻlsin.

@futgol_uz

FUTGOL

22 Jan, 08:32


Aytishlaricha, Temur Kapadze varianti allaqachon hal qilib bo‘lingan masala emish

@futgol_uz

FUTGOL

22 Jan, 07:24


Jahon chempionatiga chiqish — orzu. Bu orzu ushalishiga har qachongidan ham juda yaqinmiz. Lekin bir narsa aniq: mundialga chiqqan bilan o‘zbek futboli 50 karra oldinlab, cho‘qqilarga chiqib qolmaydi. Faqat ko‘pyillik orzu ushaladi. Bunga futbolchilar ham, muxlislar ham loyiq. Biroq shu muvaffaqiyat orqali tizim yo‘lga qo‘yilib, bir maromda ishlashi ta’minlansa nur ustiga nur. Shunda kim futbolimiz boshiga keladi, kim esa yo‘q, hech kimning ishi ham bo‘lmaydi. Xuddi Yaponiyadagi kabi.

@futgol_uz

FUTGOL

22 Jan, 07:20


Tizim emas, shaxslarga bog‘langan o‘zbek futboli uchun hozir va kamida eng yaqin kelajakda ham o‘z so‘zi va qat’iyatiga ega xorijlik murabbiy milliy jamoa rulida bo‘lishi kerak deb hisoblayman.

O‘zbek futbolidagi eng yomon 3 ta illatdan biri: tanish-bilishchilik. Hech yo‘g‘i bosh jamoada bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

@futgol_uz

FUTGOL

22 Jan, 07:11


Katanes rasman ketibdi. Shartnoma ikki tomonlama kelishuv asosida bekor qilingan. Srechkoga rahmat aytamiz va albatta sog‘liq tilaymiz.

@futgol_uz

FUTGOL

22 Jan, 05:55


🇫🇷vs🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿

Bugun jamoamizning o‘yini bor. Shuni ko‘rvoramiz, o‘rtoqlar.

O‘tkazvorish bo‘lmasin-a)

@futgol_uz

FUTGOL

22 Jan, 05:54


Kanalda faqat ko‘rgan o‘yinlarim haqida yoki o‘yin vaqtida postlar yozaman. Ko‘rolmaganlarim haqida hech narsa yozolmayman) Shunga ja so‘kib tashlamanglar)

@futgol_uz

FUTGOL

22 Jan, 05:51


Burungilarning o‘tgan narsaga, ketgan omadga achinma degan gapi bor. Lekin kecha “Benfika”—“Barselona” o‘yinini ko‘ra olmaganimga achindim😭

@futgol_uz

FUTGOL

21 Jan, 13:00


Foden: Va nihoyat bizda ham haqiqiy himoyachi bor, endi o‘ynamasak bo‘lmas-a

deb turgan joyi ichida)

Xursandligini qarang buni😅

@futgol_uz

FUTGOL

21 Jan, 08:44


Sahari haqiqiy “jinni” — Peres oxirida Xelayfini nima qilayotgani ko‘ring-da😂

@futgol_uz

FUTGOL

20 Jan, 18:12


“Man.Siti”ning Instagram va boshqa barcha tarmoqlari endi bizniki😄

Olgʻa, qadrdonlar!

@futgol_uz

FUTGOL

20 Jan, 18:05


🔥Rasman: Abduqodir Husanov - "Manchester Siti" futbolchisi.

@KhusanovTeam

FUTGOL

20 Jan, 06:37


Mana bu ro‘yxatdagilarning bir nechtasi Katanes davrida ilk marta milliy jamoa yig‘iniga chaqirildi, ayrimlari (Hojimirzayev, O‘rozov kabilar umuman ilk marta, masalan)

Aytgancha, Doniyor Abdumannopov o‘rnini Ruslanbek Jiyanov egallagan.

@futgol_uz

FUTGOL

20 Jan, 06:27


Katta futbolda terma jamoa murabbiylari futbolchilarga klublaridagi o‘yinlari, natijalaridan tashqari terma jamoa yig‘inlaridagi harakatlariga qarab, ularga maydonda imkon beradi. Bolalar futbolida ham shunday. Murabbiy ko‘ziga mashg‘ulotlarda yaxshi ko‘ringan bolalarni o‘yinga tashlaydi. Bolalar futbolida bu aslida yanayam murakkabroq, boisi murabbiy bitta, bolalar esa ko‘p. Shunday ekan, qaysidir yaxshi bolaning e’tibordan chetda qolib ketishi ko‘proq kuzatiladi.

Terma jamoada esa murabbiyning yordamchilari bor. Umid qilamiz, BAAdagi yig‘inimiz shunchaki havoga uchib ketmaydi.

@futgol_uz

FUTGOL

19 Jan, 18:31


Jamoamizga g‘alaba muborak!

@futgol_uz

FUTGOL

19 Jan, 17:16


“Atletiko” va “Barsa” bu turda qoqildi, “Real” esa foydalanib qoldi

La Liga bu mavsum har qachongidan ko‘ra intrigali o‘tyapti.

@futgol_uz

FUTGOL

19 Jan, 17:06


VAR “Real”dan ko‘pchilik kutadigan hisob qayd etishini xohlamayapti)

@futgol_uz

FUTGOL

19 Jan, 17:03


Dani Sebalyos ehtimol “Real” safidagi eng yaxshi o‘yinini o‘tkazdi. Aslida Madrid muxlislari avval boshidan undan shunday o‘yin kutishardi

@futgol_uz

FUTGOL

19 Jan, 16:04


🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿“Manchester Yunayted” muxlisi bo‘lish odamdan kuchli sabr va matonat talab qiladi

Bu gap hali juda ko‘p amalda bo‘ladi shekilli.

@futgol_uz

FUTGOL

19 Jan, 15:54


Yo‘q, “Las-Palmas” “Xetafe” bo‘lolmadi😁

1-daqiqada gol urib, arining uyni qo‘zg‘ab qo‘yishdi.

@futgol_uz

FUTGOL

19 Jan, 15:19


“Real”: Nima biz “Barsa”dan kammizmi?

“Las-Palmas” 30-soniyadayoq “Real” darvozasiga megatezkor gol urdi🤓

@futgol_uz

FUTGOL

18 Jan, 22:08


“Barsa” 1-golni ham urdi, o‘yinni boshqardi, lekin asosiysi — g‘alaba golini urolmadi. “Xetafe” o‘ta tartibli va butun jamoa bo‘lib himoyalandi.

Qizig‘i, “Barsa” ketma-ket 4-marta “Xetafe” maydonida La Liga doirasida g‘alaba qozona olmadi. Bundan oldingi 3 ta bahs 0:0 bo‘lgan.

@futgol_uz

FUTGOL

18 Jan, 22:01


“Barsa” faqat kuboklarda 5 talab gol urib yutadigan jamoami? Flik jamoasi 16-o‘rindagi “Xetafe”ni yuta olmadi.

@futgol_uz

FUTGOL

18 Jan, 22:00


Iya, “Barsa”🫢

@futgol_uz

FUTGOL

18 Jan, 19:32


🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿“Arsenal”dek o‘z oyog‘iga o‘zi bolta uradigan jamoa APLda boshqa topilmasa kerak. Jamoa nega 21 yildan beri chempion bo‘lmayapti degan savolga javob topish uchun birinchi gapni qaytadan o‘qing.

@futgol_uz

FUTGOL

18 Jan, 17:05


🇺🇾Darvin Nunyes “Liverpul”ni bir haftada ikki marta ochko yo‘qotishdan saqlab qoldi. Slot jamoasi g‘alaba uchun maksimumni ishga solgani baribir 90-daqiqadan keyin bo‘lsa ham mevasini berdi.

@futgol_uz

FUTGOL

18 Jan, 16:40


Futbolda doim oxirigacha o‘ynash kerak

Agar mana shu videodagi musiqa va biroz rang bezaklarini olib tashlasak, Superligamizning translyatsiyasidagi asl basharamiz bilinib qoladi😂

@futgol_uz

FUTGOL

18 Jan, 16:19


Jastin Kluyvertni baribir ko‘pchilik otasi sabab yaxshi taniydi. Bolakay katta futbolga ham otasi kabi “Ayaks” orqali kirib kelgan. Amsterdam klubining asosiy tarkibidagi 2 yillik faoliyatdan so‘ng “Roma”ga o‘tdi va shundan so‘ng afsuski unda darbadarlik yo‘li boshlandi. Rimdagi omadsiz o‘yinlaridan so‘ng “Leypsig”, “Nitssa”, “Valensiya”da ijarada bo‘ldi. 2023-yilda Jastin ehtimol faoliyatidagi eng to‘g‘ri qarorni qabul qildi. Futbolchi “Bornmut” a’zosiga aylandi.

Hozir jamoasining asosiy qurollaridan biri. Bugun esa “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda het-trikka erishdi. Jastin joriy mavsum APLda 10 ta gol urdi, 3 ta assistni amalga oshirdi.

Kichik Kluyvert otasi izini o‘yini bilan bosishga harakat qilyapti. Sekin-asta bu o‘xshashni boshlagani esa ajoyib baribir.

@futgol_uz

FUTGOL

17 Jan, 02:30


Karlo Anchelotti: 5:2 ni unutish uchun nima qilish kerak?

Futbolchilar: 5:2 ga yutish kerak

@futgol_uz

FUTGOL

17 Jan, 02:29


https://youtu.be/BvHXvIQ6JHc

FUTGOL

16 Jan, 19:00


🇪🇸“Real” 1,5 soatdan keyin “El-Klasiko”dagi mag‘lubiyat tasodif ekanligini “Selta”ga qarshi kubok o‘yini orqali isbotlashga harakat qiladi. Karlo ota ancha o‘zgarishlar qilibdi. Chuameni o‘zining asl pozitsiyasi — tayanch yarimhimoyaga qaytgan. Asensio Ryudigerga himoyada yordam beradi. Fran esa Mendining o‘rnini egallagan. Sebalyos va Brahim ham asosiyda. Valverde, Bellinghem, Rodrigo zaxirada.

Aytgancha, 🇪🇸“Barsa” “El-Klasiko”dagi g‘alaba tasodif emasligini “Betis”ga qarshi (5:1) o‘yin bilan isbotlab qo‘ydi.

@futgol_uz

FUTGOL

16 Jan, 18:47


Qahramon

Kim uchundir hali ham Boburning oyisi — qahramon. Lekin mening 7,5 yashar o‘g‘limning qahramoni allaqachon aniq bu — Abduqodir. Mening bu yoshda qahramonim tugul, hatto uyimizda rangli televizorimiz ham bo‘lmagan.

O‘g‘lim bilan milliy jamoamiz o‘yinlariga tushamiz. U Abduqodir maydonga tushmagan o‘yinlarda jamoamiz gol o‘tkazgan vaqtimiz “agar Husanov bo‘lganda o‘tkazmasdik-a, ada” deydi. Ha, Abduqodir hozir 7 yoshdan 70 yoshgacha o‘zbekning qahramoni!

Kimga qanday bilmadim, lekin bundan faxrlanaman.

@futgol_uz

FUTGOL

16 Jan, 18:37


Hammaga insof bersin!

Bir narsa fakt: Abdudoqdir Husanov o‘zbekistonlik futbolchilar uchun yangi sahifa ochdi. Uning har qadamini yoritsa arziydi

@futgol_uz

FUTGOL

16 Jan, 18:32


@Khusanovteam Manchesterga uchib ketdi.

FUTGOL

13 Jan, 04:14


“Qani beshni olinglar😂

Bugun O‘zbekistondagi barcha kinoteatr, ishxona va ta’lim dargohlarida shu filmni tomosha qiling.

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 21:26


Fede Valverdega haykal qo‘yish kerak. Oxirgi marta qachon maydonga tushmaganligini o‘zi ham bilmasa kerak

Bugun Jud va uning charchab qolganini Karlo ota ham ko‘rdi deb umid qilaman.

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 21:23


2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣ shunday boshlandi

Memlarga rozi bo‘lasizlar)

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 21:22


Lamin Yamalning umuman jarohat olmasdan Messi va Ronaldu kabi 15-20 yilni ko‘rdim demay, barqaror o‘tkazishini xohlardim. Bu bir istak xolos. Chunki ikkovlon futbolda daho “planka”sini shunchalik ko‘tarib yubordiki, uni kimdir zabt etishi mo‘jizadek tuyula boshlagandi. Lekin Yamalning 16-17 yoshda qilayotgan ishlari odamga umid beradi.

Aytgancha, “Barsa” muxlisi emasman.

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 21:18


Shunchaki fakt: “Real” Chuameni (himoyachi emas) markaziy himoyada o‘ynagan vaqtda “Barsa” 5 ta gol urdi, Raul Asensio maydonga tushgandan keyin esa gol o‘tkazmadi.

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 21:13


“Barselona” oktabrdagi “El-Klasiko”da qanday o‘ynagan bo‘lsa, bu safar ham o‘z uslubidan chekinmay o‘ynadi. “Real” o‘sha bahsdagidan faqat bitta masalada to‘g‘ri xulosa chiqargani ko‘rindi. U ham bo‘lsa, Mbappening ha deganda ofsaydda qolib ketmagani. Qolgan barcha xato takrorlandi. O‘yinni Anchelotti yutqazdi, Flik yutdi. “Barsa” nemis murabbiy qo‘l ostida ilk sovrinni qo‘lga kiritdi.

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 21:08


Beshni oling!

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 21:06


Bugun “Barsa”chilar kuni!

Tabriklaymiz!

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 20:29


“El-Klasiko”lardagi men jonli ko‘rgan eng yirik hisob 2009-yilda qayd etilgan. “Barsa” safarda “Real” 6:2 ga yutgandi.

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 20:27


5:2. Rodrigo jarima zarbasini mixlab qo‘ydi

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 20:24


Shesni qizil oldi

Shunchaki eslatib o‘taman, hisob 5:1.

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 20:16


“Barsa” foydalanishni va eski hisoblarni qayd etishni boshladi

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 20:00


Hazil o‘z yo‘liga, birinchi bo‘limdagi bunday yirik hisobni ikkala jamoa ham kutmagani aniq. Ikkinchi bo‘lim ssenariysi bundan ham kutilmagan bo‘lishi kerak)

Madrid ikkinchi bo‘limda qisqartirish, tenglashtirishga harakat qiladi. “Barsa” esa shunchaki imkoniyatlaridan foydalanib, qarshi hujum bilan hisobni yanada yiriklashtirib yuborishi mumkin.

Uxlamanglar, konsert endi boshlandi!

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 19:57


Eh, “Barsa” intrigani o‘ldirib qo‘yding-ku

Katalonlar o‘zbeklar ertaga ishga borishini yaxshi biladi, shekilli. Uxlanglar deyapti-ku)

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 19:56


Balde gol urdi — o‘yin tugadimi shunda😁?

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 19:48


Yamal Kamavingani yosh bola qilib tashladi

Anchelotti bitta xatoni ikki marta qilishga yaqin.

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 19:43


Kamavinganing birgina ahmoqona xatosi Madridni kichik shok holatiga tushirdi — ikkinchi bo‘limni ko‘rmaslik xato bo‘ladi

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 19:41


Birinchi bo‘limdagi tezkor 1 ta golga 3 ta bilan kim javob bera oladi va yana shu bo‘limning o‘zida?

🇪🇸

@futgol_uz

FUTGOL

12 Jan, 19:36


Vauu! Emotsiya kerakmidi? Olinglar, etaklaringga siqqanicha!

@futgol_uz

FUTGOL

01 Jan, 10:05


“Arsenal” bugun “Brentford” maydoniga safar qiladi, yutsa 2-o‘ringa chiqadi, bo‘lmasa “Nottinghem” ertagi davom etishi mumkin

@futgol_uz

FUTGOL

01 Jan, 10:04


APL top uchligi “qizillar”ga tegishli. “Nottinghem Forest”ning 2-o‘rinda turganligi esa hayratlanarli

@futgol_uz

FUTGOL

31 Dec, 19:28


2025-yil hammangizga yaxshiliklar olib kelsin!

@futgol_uz

FUTGOL

29 Dec, 19:14


So‘nggi 4 oylikning eng kuchli jamoasi — “Liverpul”

Bo‘lganda ham, bu butkul boshqa “Liverpul”. Slotning “Liverpul”i. Yilni o‘ta go‘zal g‘alaba bilan yakunlashdi.

Saloh uchun esa APL juda ham oson ligaga aylandi. 17 ta gol, bonusiga 13 ta assist.

@futgol_uz

FUTGOL

29 Dec, 16:26


Nihoyat: Pep va “Siti” g‘alaba qozondi

Pep jamoasi yutganda nihoyat so‘zini ishlataman deb o‘ylamasdim. Shunday kunlarni ham ko‘rdik.

@futgol_uz

FUTGOL

26 Dec, 07:07


Rafinya esa “Yunayted”ga o‘tmay, ehtimol, hayotidagi eng to‘g‘ri tanlovlardan birini qilgan. Omad hamisha kelavermaydi axir…

@futgol_uz

FUTGOL

26 Dec, 06:38


Buyuk xato

The Athletic(ishonchli nashr)ning yozishicha, “Manchester Yunayted” 2022-yilda Rafinyani sotib olish imkoniga ega bo‘lgan. Biroq yakunda uning o‘rniga Antoni variantida to‘xtalgan va buning uchun 100 mln yevro sarflashgan.

Rafinya esa “Barsa”ga o‘tgan. Uning Kataloniya klubidagi statistikasi hozirda 112 ta o‘yindan so‘ng 37 ta gol va 35 ta assistni tashkil qilmoqda. Antonining “Yunayted”dagi statistikasi ham “ajoyib”: 92 ta to‘liq bo‘lmagan o‘yinlar, 12 ta gol va 5 ta assist.

To‘g‘risi, Antonining 10+ gol urganini ko‘rib hayratda qoldim😂)

@futgol_uz

FUTGOL

25 Dec, 04:51


2018-yil, 15-mart. “Flamengo” Libertadores kubogining guruh bosqichi 2-turida “Emelek”ka 65-daqiqadagi urilgan gol evaziga yutqazmoqda.

67-daqiqada Everton Ribeyro o‘rniga 20-raqamda 17 yoshli yigitcha maydonga tushdi. U 78 va 85-daqiqalarda dubl qayd etib, g‘alabani “Flamengo” tomonga og‘dirdi.

2017-yil 23-mayida esa uning yaqin kelajakda “Real” safida paydo bo‘lishi ma’lum qilindi.

U Vinisius Junior edi.

@futgol_uz

FUTGOL

22 Dec, 18:26


9 ta salyut otishdi o‘ziyam)

@futgol_uz

FUTGOL

22 Dec, 18:15


“Tottenhem” stadionida archa bayram bo‘lyapti

@futgol_uz

FUTGOL

22 Dec, 17:14


“Real” bir-biridan chiroyli gollar urib, “Sevilya”ni yutdi. “Barsa”ning kechagi alamli mag‘lubiyati sabab La Liga turnir jadvalining yuqoridagi ikki o‘rnida endi Madrid jamoalari. Birida 41, birida esa 40 ochko.

2025-yilda kurash qizg‘in kechadi.

@futgol_uz

FUTGOL

22 Dec, 16:13


“Sporting”dan ketgani uchun afsuslanayotganlarning eng tepasida turgan odam shu bo‘ladi)

@futgol_uz

FUTGOL

22 Dec, 16:11


“Man.Yunayted”da katta nom, ulkan tarix va millionlab muxlislari bor. Lekin futboldagi asosiy narsa — o‘yin yo‘q.

Muxlislariga doimiy aytadiganimiz — sabr. Qo‘limizdan kelgani shu). Qahramon Aslanovdan esa hech kimning kallasiga kelmaydigan go‘zal post kutib qolamiz)

@futgol_uz

FUTGOL

21 Dec, 19:34


Patrik Shik va Florian Virts bugun shunday avjiga chiqdi

Xabi Alonsoning “Bayer”i bir mavsumlik jamoa emasligini isbotlash yo‘lida “Frayburg”ni bugun nokautga uchratdi. Hisob 5 ga 1. Leverkuzenliklar hujumchisi Patrik Shik naq 4 ta gol urdi, shundan 3 tasini esa Florian Virtsning uzatmasidan. Virtsning o‘zi esa 1 ta gol urdi, shuningdek, penaltini ko‘kka sovurdi.

“Bayer” bu g‘alabadan so‘ng “Bavariya” bilan oradagi farqni yana 4 ochkogacha qisqartirib oldi.

@futgol_uz

FUTGOL

21 Dec, 19:02


1 soatdan keyin La Liganing markaziy o‘yini boshlanishini yaxshi bilasiz. Shu o‘rinda bir shaxsiy mulohaza: Diego Simeone 2011-yildan beri “Atletiko M”ni boshqarib keladi. 13 yil deganda argentinalik mutaxassis va nihoyat qariyb teng kuchli ikki tarkibga ega bo‘ldi. Suratdagi asosiy tarkib va zaxiradagilarga boqing. Nima demoqchiligimni yaxshiroq tushunasiz.

Simeonening “Atletiko”si “Real” va “Barsa”ni Ispaniyada dog‘da qoldirishning uddasidan chiqqanini yaxshi bilasiz. Biroq klublar futbolidagi asosiy sovrin — YCHLning shalpangquloq kubogi ha deganda tutqich bermayotganini ham haqiqat. “El Cholo” bu yo‘lda nihoyat o‘zi xohlagandek ikki teng kuchli tarkibni yig‘a oldi. Agar hammasi yaxshi ketsa, asosiy sovrin ham ko‘p kuttirmasa kerak…

Bugungi o‘yin ham yonishi kerak. Har holda turnir jadvali shunday demoqda axir…

@futgol_uz

FUTGOL

21 Dec, 15:03


🇳🇴Erling Holand APLda 2 oyda atigi 3 ta gol uribdi

Yomon statistika…

@futgol_uz

FUTGOL

21 Dec, 14:49


Atigi 2 oy oldin ham sovrinlarga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lgan jamoaning bunday holga tushib qolganini ko‘rish achinarli. Lekin bu ham futbolning bir qismi. Pep ehtimol “Man.Siti”dan zerikmagandir, lekin ikkinchi taraf (balki, futbolchilar yoki rahbariyat) aksini ko‘rsatayotgandek. Endi buning qisqa muddatli inqiroz emasligi aniq. Katta jamoalar esa odatda bunday inqirozlardan chiqish uchun dastlabki va eng asosiy chora sifatida bosh murabbiyni almashtirishni tanlaydi.

@futgol_uz

FUTGOL

18 Dec, 19:12


Yana bir fakt: Luka Modrich 26 yoshida ham “Tottenhem”da edi va bitta ham kuboki bo‘lmagan. Hozir 39 yoshda va endi 28 ta kubok egasi

Oyning 15 qorong‘i, 15 yorug‘ deb shunga aytishsa kerak-a

@futgol_uz

FUTGOL

18 Dec, 19:10


Bir vaqtning o‘zida ham muxlis muhabbati, ham g‘azabiga ega chiqadigan 🇧🇷Vinisius Junior “Real”ning finallardagi eng asosiy qurollaridan biri. U Madrid safida 12 ta final o‘yinida 14 ta golda qatnashgan — 8 ta gol, 6 ta assist.

Biroz dod-voyini aytmasa, tilla bola. Nima ham deymiz bir kam dunyo-da)

@futgol_uz

FUTGOL

18 Dec, 19:07


Modrich “Real” tarixidagi eng sovrindor futbolchi maqomini mustahkamladi, endi undan turli-tuman kuboklardan 28 tasi bor. Jarohatda bo‘lsa-da, Karvaxal ham bu sonni 27 taga yetkazib oldi

Lukada ham Karvaxalda ham kuboklarni 30 lik dovondan o‘tkazish uchun yaxshi imkoniyat bor, buning uchun mavsumning ikkinchi yarmini o‘zlari xohlagan tempda o‘tkazishda kifoya.

@futgol_uz

FUTGOL

18 Dec, 19:01


Papa Karlo bugungi kubok orqali “Real” tarixidagi eng sovrindor murabbiyga aylandi-qoldi

Bu rekordni yangilashga eng yaqini Anchelottining o‘zi va Zidan. Zizu qachondir yana qaytadi degan his bor baribir menda)

@futgol_uz

FUTGOL

28 Nov, 07:02


Mbappe “Liverpul”ga qarshi o‘yinda nima bilan yodda qoldi degan savolga javob

@futgol_uz

FUTGOL

28 Nov, 06:11


Anxel di Mariya “Benfika” safida so‘nggi 3 ta o‘yinda nimalar qildi?

•“Portu”ga 2 ta gol urdi;

• “Eshtrela”ga 3 ta gol urdi, 1 ta assist berdi;

• “Monako” bilan o‘yinda 2 ta assist.

Kechagi o‘yindagi assistlari orqali Anxel vatandoshi Leo Messini YCHLdagi assistlar bo‘yicha quvib o‘tdi — 41 ga 40. Oldinda 42 ta assist bergan, Ronaldu turibdi.

Di Mariya bu ishlarni o‘zining 36 yoshida qilayotgani hayratlanarlimi? Menimcha, yo‘q.

@futgol_uz

FUTGOL

27 Nov, 21:57


Florentino Peres bugungi o‘yindan so‘ng Mbappeni Parijga haydab yuboryapti)

@futgol_uz

FUTGOL

27 Nov, 21:56


“Liverpul” bugun har qanaqasiga kuchli edi. Madrid 1-bo‘limda Kurtua sabab bosimni qaytardi, hisob ochilishiga yo‘l qo‘ymadi. Ammo ikkinchisida kuchi yetmadi. Ha, Mbappe gol urganda hammasi o‘zgarishi mumkin edi. Biroq unday bo‘lmadi. Hatto Saloh penaltidan urolmagan bo‘lsa-da, maydondagi kuchli jamoa baribir 2-golni urib keta oldi. “Qirollik klubi” va uning muxlislari ham bugun Vinisiusning jamoada asosiy yulduz ekanligini yana bir bor his qildi.

@futgol_uz

FUTGOL

27 Nov, 18:43


Bu esa Arne Slotning “Real”ga qarshi tashlagan asosiy tarkibi. “Sauthempton”ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaganlardan Dominik Soboslai va Kodi Gakpo o‘rnini Luis Dias hamda Aleks Makkalister egallagan. Umuman olganda, “Liverpul”ning joriy mavsumdagi jangovar tarkibi.

Yaxshi jang, maroqli tomosha ko‘ramiz degan umiddaman.

@futgol_uz

FUTGOL

27 Nov, 18:38


“Real”ning “Liverpul”ga qarshi tarkibini ko‘rib turibsiz. Anchelotti asosiy tarkibda 3 ta o‘zgarish qilgan. “Leganes”ga qarshi o‘yinni asosiyda boshlagan Fran Garsiya va Dani Sebalyos zaxirada qoldirilgan. Vinisius esa jarohati sabab umuman tarkibda emas. Ularning o‘rni Ferlan Mendi, Luka Modrich va Brahim Dias bilan to‘ldirilgan.

Aytgancha, “Real”ga kelganiga 1 yildan oshgan Arda Guler ilk bor Madrid safida YCHLda asosiy tarkibda o‘yinni boshlayapti. Shuningdek, Raul Asensio “qirollik klubi” safida YCHLdagi debyutini nishonlaydi.

@futgol_uz

FUTGOL

27 Nov, 05:08


6 ta o‘yin — 0 g‘alaba

Gvardiola juda aqlli murabbiy baribir. Muxlislar yuzimni yulgandan ko‘ra, o‘zim yulganim yaxshi, unchalik og‘rimaydi degan-da.

@futgol_uz

FUTGOL

25 Nov, 11:21


Yamal va boshqalarda endi Vinisiusni quvib o‘tish imkoniyati bor. Afsuski, braziliyalik yulduz 3-4 haftaga jarohat sabab safdan chiqdi

@futgol_uz

FUTGOL

25 Nov, 11:01


Yevropaning top-7 ligalarida eng ko‘p muvaffaqiyatli dribling qilayotgan futbolchilari

Vini 109 marta raqiblarni “jinni” qilishning uddasidan chiqib, ro‘yxatning 1-pog‘onasida ekan. Yamal esa kuchli to‘rtlikda.

Top-15 talikda Ispaniya La Ligasidan 8 nafar futbolchi bor ekan.

@futgol_uz

FUTGOL

25 Nov, 09:22


Har bir futbol klubi muxlislari shunday baxtni kutib yashaydi

@futgol_uz

FUTGOL

25 Nov, 09:09


😁

Amorimning debyutiga sobiq kouchning munosabati)

@futgol_uz

FUTGOL

25 Nov, 08:38


Dardi bor bolalar)

Ko‘rganingiz aniq, lekin ulashib qo‘yadigan ijod bu

@futgol_uz

FUTGOL

24 Nov, 18:33


Ruben Amorim qayerga kelayotganini yaxshi bilardi. U bunga bugun amin bo‘ldi xolos😉

@futgol_uz

FUTGOL

23 Nov, 19:45


“Man.Siti” Rodrining jarohatidan keyin 6 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 5 tasida yutqazdi, 1 tasida esa durang

@futgol_uz

FUTGOL

23 Nov, 18:54


“Man.Siti” ko‘z o‘ngimizda ketma-ket 5-o‘yinda nokautga uchratilyapti

@futgol_uz

FUTGOL

23 Nov, 16:29


🤣😂

@futgol_uz

FUTGOL

22 Nov, 05:40


Ayni bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi degan yunon faylasufi Geraklit. Lekin biz bitta xatoni ikki marta qilishni yaxshi ko‘ramiz. “Paxtakor” 2010-yillardagi “Bunyodkor” xatosini takrorlaydimi? Buni albatta vaqt ko‘rsatadi.

@futgol_uz

FUTGOL

22 Nov, 05:37


Agar Yoaxim Lyov “Paxtakor”ga olib kelinsa, bu pullarning havoga sovirilishdan boshqa narsa bo‘lmaydi.

@futgol_uz

FUTGOL

19 Nov, 14:32


Ҳа, тактика-пактика йўқлигини кўрдик.

FUTGOL

19 Nov, 14:00


O‘tkir Yusupov nomli g‘alaba. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yinimizga esa ikki baho

@futgol_uz

FUTGOL

19 Nov, 12:48


Abbosning golida golida ishtirok etganlar: Mozgovoy qanotdan uzatma berdi, Abduxoliqov pas uzatdi, Jalol o‘tkazvordi, Abbos urdi.

@futgol_uz

FUTGOL

19 Nov, 10:34


Srechko Katanes zaxiradagi o‘yinchilarimiz bilan tanishib olibdi) Ularning ko‘pi bugun asosiyda

Olg‘a, O‘zbekiston!

@futgol_uz

FUTGOL

19 Nov, 05:48


Maydonda qilayotgan ishlari “kotta bollar”niki, undan tashqarida esa 😂

@futgol_uz

FUTGOL

19 Nov, 04:26


Bugun konsert, 2-qism. 17:00 da boshlanadi. Boshqacha bo‘ladi deb va’da qilishyapti)

Ketib qolish yo‘q.

@futgol_uz

FUTGOL

15 Nov, 05:08


Hazil:

Katanes milliy jamoa zaxirasidan nega foydalanmaydi? Chunki u zaxiradagilarni yaxshi tanimaydi😁

@futgol_uz

FUTGOL

15 Nov, 04:09


Bir narsani baribir tushunmayapman, Abdulla Abdullayevga joy topilgan jamoada qanday qilib Akmal Mozgovoyga joy topilmasligi mumkin. Shukurov chiqib ketgandan keyin Hamrobekov yolg‘izlanib, charchab qolgan vaqtda nahotki buni tushunish qiyin bo‘lsa. Hammasi o‘z qo‘limizda bo‘lib turgan pallada yana har doimgidek o‘zimiz barchasini murakkablashtiramiz.

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 18:25


“Otib tasha, hayvonlar!”

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 18:25


“Bugundan futbol tamom”

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 17:59


ABBOS FAYZULLAYEV

2:2

Yirtvordi. Ikkinchisi ham bosh bilan!

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 17:55


Abbosinyo

Oʻyindagi eng boʻyi past futbolchi gol urdi. Oʻzbeklarga umidni qaytargan gol

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 17:10


Bitta Eldorning yoʻqligi jamoaning butun oʻyini tizimini buzib yuborishi bu juda yomon. Qatar esa ikki oʻyinchi bilan bizni yutyapti

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 17:00


Iya, Qatarda oʻyinni jonli koʻrayotganlar ham bor-a. Sizlarga ikki karra sabr😎

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 16:58


Afifdan pas, Almuoz Alidan yana gol

Shu oʻyinni choyxonada koʻrmoqchi boʻlibman-a

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 16:42


Afsus, Almuoz Ali Qatarni hisobda oldinga olib chiqdi, Akrom Afif himoyamizni bitta pas bilan tekislab tashladi

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 16:41


Yoʻgʻ-e, “Real”ning ahvoliga tushmaylik-e. Otabek ham bir qoʻrqitdi

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 16:39


Eldor shunchaki gol uradigan hujumchi emas. U birinchi toʻpni qabul qilishda, toʻpni ushlash va toʻpsiz harakat qilishda ham hozirgi jamoada oʻrni juda katta. Ta’bir joiz boʻlsa, uning oʻrnini bosa oladigan hujumchi hozircha bizda yoʻq

@futgol_uz

FUTGOL

14 Nov, 16:36


Afsus, asosiy hujumchidan ayrildik

@futgol_uz

FUTGOL

08 Nov, 18:28


Bu yerda eng alam qiladigani baribir Karvaxalga bo‘lishi kerak. Mavsumni super o‘tkazib, hamma sovrinlarni yutsa-da, jurnalistlarning simpatiyasi sabab u atigi 550 ball bilan 4-o‘rinda. Ehtimol, Karvaxal shu natijani 2006-yilda qayd etganida xuddi Kannavaro kabi “Oltin to‘p” cho‘ntatiga solib olgan bo‘lardi.

@futgol_uz

FUTGOL

07 Nov, 06:21


“Real” yoki “Man.Siti”ning ketma-ket mag‘lubiyatlari aslida kutilmagan holat emas. Bu tabiiy jarayon. Hatto top jamoalar o‘yinida ham qachondir albatta pasayish yuz berishiga yana bir dalil-isbot xolos. Sport raqobatga asoslanadi. Shuning uchun doim zo‘rdan zo‘r chiqadi. Bir vaqtlar Pepning tiki-takasi sabab “Barsa” bir qarashda yengilmas jamoaga aylangandek edi. Ammo Joze Mourinyo bitta avtobus bilan o‘sha jamoani to‘xtatishning uddasidan chiqqandi. “Real” ketma-ket YCHLni yutdi, oldiga tushadigan jamoa topilmadi. Lekin doimiy tarzda buni amalga oshirishning imkoni yo‘q. Masalan, siz-u biz har kuni bir xil kayfiyatda bo‘lmagandek, o‘yinchilar ham, butun boshli jamoa ham qaysidir sabablar bilan maydonda o‘z o‘yinini ko‘rsata olmasligi mumkin.

“Barsa”ning Messidan keyin qayta qurilishi ham oson bo‘lgani yo‘q. Turli tajribalar qilindi, yakunda zarur komponentlar yig‘ildi. Flik esa bor mahsulotlardan tansiq taom tayyorladi. Hozir zavqlanish navbati Kataloniya klubi muxlislarida.

@futgol_uz

FUTGOL

07 Nov, 06:06


🇪🇸“Barsa” ketma-ket 7 ta o‘yinni yutibdi, to‘plar nisbati 28:5. Levandovski 16 ta o‘yinda 19 ta gol urgan, Rafiniya mavsumda 12 ta go va 9 ta assist qayd etyapti.

Oyning o‘n beshi qorong‘i, o‘n beshi yorug‘ deb shunga aytishadi.

@futgol_uz

FUTGOL

06 Nov, 13:10


Pepning “Man.Siti”si esa 2018-yildan beri ilk bor ketma-ket 3 ta o‘yinda yutqazdi

@futgol_uz

FUTGOL

06 Nov, 13:09


Afsuski, endi qosh ko‘tarilishi teskarisiga ishlashni boshladi

@futgol_uz

FUTGOL

06 Nov, 12:33


🇫🇷Agent 008

Kilian Mbappe “Barsa”ga qarshi o‘yinda 8 marta ofsaydga tushgan bo‘lsa, “Milan”ga qarshi bahsda 8 ta zarba berib, bitta ham gol ura olmadi.

@futgol_uz

FUTGOL

06 Nov, 12:30


Mikel Arteta “Arsenal”ni qachon chempion qilishi haqidagi suratlar paydo bo‘lmoqda😉

@futgol_uz

FUTGOL

06 Nov, 05:08


Noyabrdagi FIFA kunlari uchun Srechko Katanes tomonidan tanlanganlar ro‘yxati

O‘zbekiston 14-noyarbda Qatar, 19-noyabrda esa KXDR bilan o‘ynaydi.

Katanes bu safar jamoa bilan birga bo‘ladi deyishmoqda. Omad!

@futgol_uz

FUTGOL

05 Nov, 11:11


Super Mario qaytdi😉

Balotelli Turkiyadagi sayohatini yakunlab “Jenoa” a’zosiga aylanganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Mario kecha genuyaliklar safida “Parma”ga qarshi o‘yinning 86-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib debyut qildi va buni 6 daqiqadan so‘ng an’anasiga sodiq qolgan holda sariq kartochka bilan nishonladi.

Bu dunyoda hamma narsa o‘zgarishi mumkin. Lekin Balotellining xarakteri o‘zgaramasa kerak.

@futgol_uz

FUTGOL

05 Nov, 06:49


Otaxon, bolangiz ichmagan paytida yaxshi fikrlar ekan)

@futgol_uz

FUTGOL

04 Nov, 11:01


Flik effekti

🇪🇸“Barselona” raqiblari bu mavsum barcha turnirlar doirasida 99 marta ofsaydga tushibdi (undan eng ko‘pi qaysi klubga tegishli ekanligini ham bilasiz). Bu degan raqiblar har o‘yinda o‘rtacha 6,6 marta ofsaydda qolib ketyapti.

Bu top-5 ligalardagi eng yaxshi natija bo‘lib turibdi.

@futgol_uz

FUTGOL

02 Nov, 17:26


Afsus, Abduqodir Husanov “PSJ”ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida Hakimiga ishlatgan qo‘polligi uchun VAR orqali maydondan chetlatildi

Muxlislikni va do‘ppini chetga surib aytadigan bo‘lsa, Husanov chindan ham o‘ta qo‘pol o‘ynadi. Bugun uning kuni emas ekan.

📷FEP

@futgol_uz

FUTGOL

02 Nov, 17:19


🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 “Arsenal”: biz chempion bo‘lishni xohlamaymiz

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿“Man.Siti”: bizga ham chempionlik kerak emas.

🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿“Liverpul”:😎

@futgol_uz

FUTGOL

01 Nov, 13:01


🔵“Nasaf” — chempion!

Munosib jamoaning munosib muxlislariga uzoq yillik orzu ro‘yobi muborak!

Mozgovoy esa chempionlik golini buzib-yirtib, mixlab tashladi.

@futgol_uz

FUTGOL

31 Oct, 12:29


😂

@futgol_uz

FUTGOL

31 Oct, 06:54


“Otaxon, biz o‘g‘lingizni topdik” deydi-ku😊)

Superligamizda doim shunday “cho‘ntak legionerlar” bo‘lgan. Klublar xususiylashmas ekan, afsuski, bundan keyin ham bo‘ladi.

Shunday legionerlarni topib olib kelayotganlarning kallalariga esa qoyillarimiz.

@futgol_uz

FUTGOL

31 Oct, 06:52


Бу ёзда Россиядан олиб келинган ҳужумчи Константин Базелюкнинг Тошкентнинг "Локомотив" клубидаги статистикаси.

Гол ура олмагани ҳам майли, у майдонга тушмаган иккита ўйинда "Локо" ютган. Майдонга 1 дақиқага бўлса ҳам тушса "Локо" юта олмаган экан.

FUTGOL

29 Oct, 12:30


Abbos Fayzullayev — Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi. Yaxshi xabar. Lekin biz Abbosinyoga tezroq “SSKA”dan ketishini tilaymiz va albatta kuchliroq ligaga

@futgol_uz

FUTGOL

29 Oct, 07:21


Eng adolatli ro‘yxat aslida shu, o‘rtoqlar!

Tarqalish hammang!

@futgol_uz

FUTGOL

29 Oct, 04:33


Rodri va Karvaxal hozir qo‘ltiqtayoqda, Vinisius esa xursand bo‘lishi kerak o‘z oyoqlarida ekanligiga, futbolchi uchun bundan ortiqroq baxt yo‘q)

@futgol_uz

FUTGOL

29 Oct, 04:29


“Oltin to‘p” — overrated

Umuman, har bir sohada yil yakunida eng yaxshilarni taqdirlash yaxshi. Chunki ishchi-xodim qilgan harakatlari uchun rag‘bat olsa, keyin ham samarali mehnat qilishda davom etishi mumkin. Aksincha, rag‘bat keyinchalik xodimning sustlashib ketishiga ham sabab bo‘lish ehtimoli yo‘q emas. Endi “Oltin to‘p” haqida. Ha, bu ham bir rag‘batning bir turi. Faqat haddan tashqari ortiqcha baho berib yuborilgan sovrin. Istalgan futbolchi jamoasiz — hech kim. Nuqta.

Ammo Messi va Ronaldu bu sovrinni bir darajaga olib chiqib qo‘ydi: undan keyin oladiganlar garchi munosib bo‘lsa-da, “iya, shu olyaptimi” degan darajaga keldik. Vaholanki, bu ikkisigacha Nedved, Kannavaro kabi futbolchilar ham “Oltin to‘p” olgandi. Lekin o‘shanda hech kim, hech narsa demagan deyarli.

Rodri munosibmidi — ha. Karvaxal munosibmidi — ha, Vinisius munosibmidi — ikki karra ha. Ularning uchalasi ham o‘zlari uchun ideal mavsum o‘tkazdi. Hozir ularning bir-biridan munosibroq ekanligini aytib, tortishish, so‘kishishdan foyda yo‘q. “Oltin to‘p” haddan ortiq baho berilgan sovrin ekanligini anglasangiz, xuddi Inyesta, Xavi, Riberi, Kroosdek oson yashashni boshlaysiz.

@futgol_uz

FUTGOL

28 Oct, 13:27


“Man.Yunayted” bosh murabbiyligiga nomzodlar qatorida Garet Sautgeyt, Grem Potter, Zinedin Zidan nomlari tilga olinyapti. Qizig‘i, ishonchliroq manbalar allaqachon Xavi varianti Yunayted rahbariyati xayoliga ham kelmaganini aytmoqda. Vaqt ko‘rsatatdi, albatta.

Lekin mabodo Garet Sautgeyt “qizil iblislar” boshqaruviga kelib qolsa, 38 yil ichida ro‘y bermagan hodisa sodir bo‘ladi. Ya’ni “Man.Yunayted”ni yana ingliz murabbiyi boshqaradi. Ron Atkinson 1981—1986-yillarda klub bosh murabbiyi bo‘lgan. Shundan keyin Aleks Fergyuson ergasi boshlangan. Keyin esa murabbiylar qo‘nimsizligi.

“Yunayted”chilar 40 ga chidadilaring, 41 ga ham chidaysizlar endi)

@futgol_uz

FUTGOL

28 Oct, 12:16


Ten Hagning quvilishiga Ronaldu bratning reaksiyasi shunaqa bo‘libdi

@futgol_uz

FUTGOL

28 Oct, 11:58


Bunaqasi ham bor ekan. Endi ko‘rdim😂

@futgol_uz

FUTGOL

28 Oct, 11:55


“Oltin to‘p”ni soyada qoldirgan xabar: Erik ten Hag “Man.Yunayted”dan quvildi

Romano jigar buni tasdiqlab turibdi. Ten Hag dodaning o‘rinlarini vaqtincha o‘tmishning eng yaxshi hujumchilaridan bo‘lgan Rud van Nistelroy egallab turadi.

Antoniga nima bo‘ladi endi?

@futgol_uz

FUTGOL

28 Oct, 05:10


Murod Rizayev qaysi klubga muxlisligini yashirmaydigan kam sonli sharhlovchilardan biri) Bugun akaning kuni tug‘gan) Kirib kelishini qaranglar😉

@futgol_uz

FUTGOL

27 Oct, 18:58


Milanda “nima, biz boshqalardan kammizmi?” degan A Seriyaning reklama kampaniyasi o‘tkazildi

Unda tomonlar yaratib berilgan sharoitlardan unumli foydalanib, 4:4 hisobidagi do‘stona durangga imzo chekishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelajakda ham shunday o‘yinlarni tashkil etishga kelishib olishdi.

@futgol_uz

FUTGOL

27 Oct, 18:37


Milanda bolta-chopqi bo‘lyapti ekan-ku

Londondagi uchrashuvni tugatib, qarashim bilan Kenan Yildiz gol urib turibdi. “Inter” 4:3 ga “Yuventus”ni yutyapti.

Ko‘ringlar.

@futgol_uz

FUTGOL

27 Oct, 18:35


“Man.Siti” yutgan o‘yin

“Arsenal” va “Liverpul” hisobda quvlashmachoq o‘ynadi va yakunda 2:2. Biroq London klubi uchun bu durang qimmatroqqa tushdi, Gabriel va Timber jarohat olib maydonni erta tark etdi. “Liverpul” esa APL peshqadamligini “Man.Siti”ga topshirdi.

@futgol_uz

FUTGOL

27 Oct, 16:50


“Arsenal” va “Liverpul”: to‘g‘ri aytyapsan😊

@futgol_uz

FUTGOL

27 Oct, 16:36


🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿APL nega dunyoning eng yaxshi futbol ligasi? Chunki istalgan o‘yinni ko‘rib kayf qilish mumkin. Bunaqasi boshqa ligada yo‘q.

Shaxsiy fikr, so‘kib tashlamanglar)

@futgol_uz

FUTGOL

27 Oct, 16:29


🇩🇪“Bavariya” hafta o‘rtasidagi tarsakidan so‘ng bor alamini “Boxum”dan oldi. Javobsiz 5 ta gol. Hujumning maydonga tushgan barcha vakillari gol urdi: Olise, Musiala, Keyn, Sane va Koman.

Katta jamoalar har doim qayta olgan. Katta mag‘lubiyatlar katta jamoalar tizimidagi xatolarni ko‘rsatib beradi. “Bavariya” ham, “Real” ham bundan mustasno emas, hech kim omadsizliklardan himoyalanmagan. Flikning “Barsa”si esa ularga oyna tuta oldi. Aslida Madrid va Myunxen klubi muxlislari ham bu mag‘lubiyatlar uchun rahmat aytsa bo‘laveradi. Zero endi ikkala top klub ham qayerda va nimalarda xato qilayotganini yaxshi biladi.

@futgol_uz

FUTGOL

26 Oct, 21:36


Bir vaqtning oʻzida Messiga va Vinisiusga oʻziga xos salom

17 yoshli bolakay Madridga oʻziga xos “vizov” tashladi. Hozircha 1-jang katalonlar foydasiga, lekin yaqin kelajakda juda koʻp janglar kutib turibdi…

@futgol_uz

FUTGOL

26 Oct, 21:30


Urishib tashamanglar)

@futgol_uz

FUTGOL

26 Oct, 05:10


Bugun kimning kuni bo‘lar ekan-a?)

@futgol_uz

FUTGOL

26 Oct, 04:49


Shunaqa o‘rtoqlar hammada bormi?)

@futgol_uz

FUTGOL

25 Oct, 04:38


Antonining muxlislari: u payshanba kuni maydonga tushib, 3 ta gol uradi

Reallikda: Antoni 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 89-daqiqada almashtirildi.

@futgol_uz

FUTGOL

24 Oct, 12:44


🇧🇷Vinisius seshanba kuni 3 ta gol urdi

🇧🇷Rafiniya chorshanba kuni 3 ta gol urdi

Bugun payshanba va Antoni o‘ynaydigan kun)

@futgol_uz

FUTGOL

23 Oct, 19:47


45 daqiqa 4 ta gol - uraveringlar! Biz kayf qilyapmiz)

@futgol_uz

FUTGOL

23 Oct, 19:21


18 daqiqada 2 ta gol. Zoʻrmi? Zoʻr!

Lekin biz koʻprogʻini kutyapmiz!

@futgol_uz

FUTGOL

23 Oct, 19:04


El-Klasiko qanday boʻlishi mumkinligni tasavvur qilyapsizmi?

@futgol_uz

FUTGOL

23 Oct, 19:04


Ahmoqlik qilmanglar!

@futgol_uz

FUTGOL

23 Oct, 17:56


🇪🇸 vs 🇩🇪

Yangi murabbiylar, yangi qonlar, butkul yangi jamoaga aylangan ikki top klub. Ular o‘rtasidagi o‘yini o‘tkazvorish ikki karra ahmoqlik bo‘ladi.

Shunday ekan, ahmoqlik qilmang!

@futgol_uz

FUTGOL

23 Oct, 17:19


Hamid tag‘oning kechagi dramaga ataganlari ekan)

@futgol_uz

FUTGOL

23 Oct, 11:17


Tushingga Ryudiger kirsin deb qo‘rqitsa bo‘ladigan gif)

@futgol_uz

FUTGOL

23 Oct, 06:30


Ota

Ota uchun farzandining xursandchiligidan ortiqroq narsa bo‘lmasa kerak…

@futgol_uz

FUTGOL

22 Oct, 20:57


O‘shanchun ko‘ringlar degandim)

@futgol_uz

FUTGOL

22 Oct, 20:55


Mo bolaga “Oltin to‘p”ni bervoringlar

@futgol_uz

FUTGOL

22 Oct, 20:44


Ko‘rdilaringmi?)

@futgol_uz

FUTGOL

22 Oct, 20:23


Ko‘ringlar dedim-ku) 3 daqiqada 2 ta gol)

Oxirigacha ko‘ringlar)

@futgol_uz

FUTGOL

22 Oct, 19:57


“Chiqqanimizdan meni ko‘rib, Masha deb baqirdi” — Ronaldu Jalolni ko‘rib shunday debdi)

📹CA

@futgol_uz

FUTGOL

22 Oct, 19:54


“Santyago Bernabeu”dagi tomoshaning 2-bo‘limini o‘tkazvormanglar! Keyin afsuslanmaslik uchun ham)

@futgol_uz

FUTGOL

22 Oct, 19:49


Mbappening eski jamoasi ham, yangi jamoasi ham 1-taymdan so‘ng yutqazyapti)

Qizig‘i, Mbappeni katta futbolga bergan “Monako” bugun 5:1 ga yutdi.

@futgol_uz

FUTGOL

22 Oct, 08:57


Bugun ko‘ngillaring nimani tusasa, shunga yarasha o‘yinlar bor:

Masalan, Ronalduning “An-Nassr”i Tehronda Jaloliddin Masharipovning “Istiqlol”i mehmoni bo‘ladi (21:00 da).

Shu o‘yin birinchi taymi tugashi bilan esa sizda YCHL doirasida bir emas, ikki o‘yinni ko‘rish imkoni bor (21:45 da):

“Milan”—“Bryugge”
“Monako”—“Srvena Zvezda”

Gazakka bo‘lsa 22:45 dan Abbos Fayzullayevning “SSKA”si va Chechenistonning “Axmat”i o‘rtasidagi o‘yin bor.

00:00 da siz intiqib kutgan o‘yinlar. Men ham siz kabi “Real”—“Borussiya D” uchrashuvni ko‘raman. Kimdir ko‘raman desa, “PSJ”, “Arsenal”, “Yuventus”ning o‘yinlarini ham ko‘rishi mumkin. Bunga qarshiligimiz yo‘q😊

@futgol_uz

FUTGOL

21 Oct, 08:30


Kloppdan keyin “Liverpul”ni qayta qurish kutayotgani haqida juda ko‘p yozilgandi. Lekin hozircha Arne Slot nemis murabbiyining o‘rnini bildirayotgani yo‘q.

Slot “Liverpul” bilan barcha turnirlar doirasida 10 ta g‘alabasini 11 ta uchrashuvda qo‘lga kiritdi. Undan yaxshiroq natijani esa APL murabbiylari orasida faqat Pep Gvardiola uddalagan. “Man.Siti” bilan 10 ta o‘yin va 10 ta g‘alaba.

Biroq mavsum endi boshlaganini hali oldinda uzoq yo‘l turganini ham unutmaymiz. Zero o‘tgan mavsum “Tottenhem” yangi murabbiy qo‘l ostida zo‘r start olib, yakunda qoqilib tushgandi…

@futgol_uz

FUTGOL

21 Oct, 06:43


“El-Klasiko” haftasi

“El-Klasiko” bu yil boshqacha bo‘lishi kerak. Har holda men avvalgilaridan ko‘ra ko‘proq intriga kutyapman.

Raqamlarga qarang: La Liga 10-turidan so‘ng “Barsa” 27 ochko bilan peshqadam. “Real” esa 24 ochko bilan 2-o‘rinda. Katalonlar 1 ta o‘yinni yutqazgan, “Real”da mag‘lubiyat yo‘q, 3 ta durang. Flik jamoasi “Qirollik klubi”dan 12 ta ko‘proq gol urgan. Anchelotti shogirdlari esa 3 ta kam gol o‘tkazgan.

Ikkalasi ham hafta boshida nemis grandlariga qarshi o‘ynaydi. “Real” “Borussiya D”ni, “Barsa” esa “Bavariya”ni mehmon qiladi.

Flik “Barsa”da dahshatli trioni vujudga keltira oldi — Rafinya, Yamal va 36 yoshida ikkinchi yoshligini boshlagan Levandovski. Anchelotti esa Mbappe sabab ishlab turgan mexanizmni o‘zgartirishga majbur bo‘layotgani sir emas.

Ikkala jamoaning “El-Klasiko”da qanday holatda bo‘lishi qiziq. Asosiysi, jarohatlarsiz yetib borishsin.

@futgol_uz

FUTGOL

20 Oct, 19:59


🇪🇸Lamin Yamal o‘tgan mavsumda La Ligada 37 ta uchrashuvda qilgan natijasini joriy mavsum 10 ta o‘yindayoq takrorlab qo‘ydi

2023/24:
◎ O‘yinlar: 37
◎ Gol+pas: 10

2024/25:
◎ O‘yinlar: 10
◎ Gol+pas: 10

“Barsa” hozir “Sevilya”ni kaltaklayapti. Levangolskidan 2 ta gol, Yamal esa Pedrining goliga assistent bo‘ldi. Aytgancha, maydonda “Barsa”ning avvalgi “javohiri” Fati ham bor.

@futgol_uz

FUTGOL

17 Oct, 11:51


Ism-shariflarsiz o‘yinlarni sharhlay olasizmi?

Xayrulla aka: Albatta, qo‘shiqchilar so‘zlarsiz qo‘shiq aytayotganda nega endi biz ismlarsiz sharhlay olmas ekanmiz!?

@futgol_uz

FUTGOL

17 Oct, 11:50


Xayrulla va Davron akalarga ham qiyin, hozir umuman tanimaydigan blogerlaridan iborat jamoalar o‘yinini sharhlab o‘tiribdi)

@futgol_uz

FUTGOL

16 Oct, 08:36


🇩🇪Tuxelni Angliyada qilgan ishlaridan xabardorsiz, endi shu ishlarini mamlakat bosh jamoasi bilan amalga oshirishga harakat qiladi

@futgol_uz

FUTGOL

15 Oct, 16:04


Mundial yo‘lida oson o‘yinlar bo‘lmasligini tanamizda his qilishda davom etamiz. BAAdan har qanaqasiga ustun edik. Faqat to‘p o‘lgur ham “ha” deganda darvozaga kirishni xohlamadi. Bugun hech bir futbolchini ajratib ko‘rsatib bo‘lmaydi. Jamoa g‘alaba qozondi. O‘zbekiston yutdi. Eng asosiysi shu.

Rahmat, yigitlar!

@futgol_uz

FUTGOL

15 Oct, 16:01


Bo‘ldi-ye

@futgol_uz

FUTGOL

15 Oct, 05:27


Uzr, bugun betimni yuvmagandim)

@futgol_uz

FUTGOL

15 Oct, 05:22


O‘sha gap)

@futgol_uz

FUTGOL

10 Oct, 16:15


Ha, Abbos zo‘r o‘yinchi. Bunga gap bo‘lishi mumkin emas. Biroq birinchi bo‘limda “bahaybat eronliklar” uni butkul yopib tashlay oldi. Bu butun bo‘lim davomida bitta qanot deyarli yo‘q degani edi. Evaziga Eldor ko‘proq yugurishiga to‘g‘ri keldi. Jalol esa ko‘proq to‘psiz harakatlanishga majbur bo‘ldi.

@futgol_uz

FUTGOL

10 Oct, 16:11


Ha, Eron jiddiy raqib. Jismoniy tayyorgarligi yuqori darajada. Bir kishi kam bo‘lib qolsa-da, charchagani deyarli bilinmadi. Faqat biroz charchoq kuzatilganlari vaqtida zaxiraga olindi. Lekin bugun Eronni yutish mumkin edi. Qizil kartochkadan so‘ng to‘p nazoratini oldik, biroq nega ko‘proq bosim qilinmadi — shunisi biroz tushunarsiz bo‘ldi. Himoyamiz esa bugun ideal o‘yin ko‘rsatdi. Rustamni sariq kartochkasini hisobga olmasak.

@futgol_uz

FUTGOL

10 Oct, 16:07


Yutish uchun hamma narsa berildi bugun. Faqat o‘zimiz foydalana olmadik, xolos.

@futgol_uz

FUTGOL

10 Oct, 08:21


😁😁🤣

@futgol_uz

FUTGOL

10 Oct, 05:42


Bugun ko‘p narsa o‘zgarishi kerak, faqat o‘yindan keyin guruhdagi o‘rnimiz o‘zgarmasa bo‘ldi

Maydonda bo‘ladigan boshqa hammasiga roziman)

@futgol_uz

FUTGOL

09 Oct, 06:15


Ko‘z oldimizda butun bir davr tugadi…

@futgol_uz

FUTGOL

08 Oct, 14:00


Eronliklar keldi)

@futgol_uz

FUTGOL

07 Oct, 12:58


APL deyarli barcha klublari Erik ten Hag “Man.Yunayted” qolishini shunday xohlamoqda ekan

@futgol_uz