O'zMU | Rasmiy kanal @nuu_uz Channel on Telegram

O'zMU | Rasmiy kanal

@nuu_uz


O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.

O'zMU | Rasmiy kanal (Uzbek)

O'zMU | Rasmiy kanal bu O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali. Kanalda universitet haqida so'nggi yangiliklar, tadbirlar, va ma'lumotlar o'z joyini topadi.

O'zbekiston Milliy universiteti haqida ko'proq ma'lumot uchun rasmiy saytiga - nuu.uz saytiga murojaat qiling.

Universitetning ijtimoiy tarmoqlarini ham kuzating:
📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Agar siz O'zbekiston Milliy universiteti bilan bog'liq oxirgi yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, O'zMU | Rasmiy kanalaga obuna bo'ling! Kanal manzili: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.

O'zMU | Rasmiy kanal

19 Feb, 06:01


🔘DIQQAT! TANLOV!

Bakalavriat yoki magistratura talabasimisiz? Ijtimoiy himoya yo'nalishida ilmiy izlanish olib boryapsizmi? Tadqiqotingiz amaliyotda qo'llanib, e'tirof etilishi va munosib taqdirlanishini istaysizmi? Unda ushbu tanlov siz uchun!
 
🧮 2025-yil 15-maygacha

👥 Bakalavriat va magistratura bosqichining bitiruvchi talabalari 
 
🖋 TADQIQOT ISHI MAVZUSI
 
Ijtimoiy himoya  yo‘nalishida
 
❗️ Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🎖 Tanlovda ishtirok etish shartlari 👉 batafsil

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

O'zMU | Rasmiy kanal

18 Feb, 07:08


🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O‘zMU rektori Inom Madjidov Shvetsiya Orol dengizi jamiyati rahbari bilan muzokara o‘tkazdi


🇺🇿 Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov boshchiligidagi delegatsiya Shvetsiya mamlakatida bo‘lib turibdi. Safar davomida bir qancha hamkorlar bilan uchrashish, muzokara olib borish belgilangan.

17-fevral kuni rektor Inom Madjidov Shvetsiya Orol dengizi jamiyati Bo Libert bilan uchrashdi. Dastlab O‘zbekistonda atrof-muhit muhofazasi, Orol muammosini bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar, xususan, Mo‘ynoq tumani hamda Orol dengizining suvi qurigan hududlarida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan tajribalar xususida taqdimot qilindi.

Shvetsiya Orol dengizi jamiyati rahbari Bo Libert universitet bilan ekologiya va barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishida hamkorlik olib borish, talabalar uchun ingliz tilida har hafta onlayn mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti va Shvetsiya Orol dengizi jamiyati hamkorligida ekologiya va atrof-muhitni asrash yo‘nalishida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

O'zMU | Rasmiy kanal

18 Feb, 05:05


O‘zMU professori Qirg‘iz milliy universitetida

O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa kafedrasi professori Nigina Shermuhamedova Qirg‘izistonning Bishkek shahrida joylashgan Yusup Bolasog‘in nomidagi Qirgiz milliy universitetida bo‘ldi.

O‘zMU professori qirg‘izistonlik talabalarga “Barkamol shaxs tarbiyasida oliy ta’limning roli” mavzusida mahorat darsi o‘tib berdi. “Falsafa” yo‘nalishi talabalari ishtirok etgan mazkur dars muloqot tarzida davom etdi.

Shuningdek, N.Shermuhamedova Qirg‘iz milliy universitetida bo‘lib o‘tgan dissertatsiya ishi himoyalarida ham ishtirok etdi. Jumladan, ilmiy kengashda Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi, doktorant Chjao Yuyxayoning dissertatsiyasi himoyasida tashqi opponent sifatida qatnashdi.

Xitoylik doktorant Chju Szyanshening falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qilishga mo‘ljallangan bir martalik ilmiy kengashga rais etib tayinlandi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

O'zMU | Rasmiy kanal

17 Feb, 14:30


Sankt-Peterburg davlat universiteti vakillari uchrashuv o‘tkazdi

Bugun, Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali vakillari O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lib, talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur oliygohning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Artem Rubtsev so‘zga chiqib, bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayonlari, qabul shartlari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikka doir muhim takliflarni bildirdi.

Filial vakillari ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berib, ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va talabalarga qulay sharoit yaratish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalishdi.

Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

O'zMU | Rasmiy kanal

14 Feb, 06:34


🌍 Yangi tillar – yangi imkoniyatlar! 🚀

Til o‘rganish – bu kelajak uchun eng yaxshi sarmoya! Kelajagingiz o'zingizning qo‘lingizda!

💡Tajribali ustozlarimiz bu yo'lda sizga yordam berishga hamisha tayyor!

😎 Bizda quyidagi chet tillari kurslari uchun yangi guruhlar tashkil qilinmoqda:
🇬🇧 Ingliz tili - 400 000
🇷🇺 Rus tili - 375 000
🇹🇷 Turk tili - 500 000*
🇩🇪 Nemis tili - 500 000*

*Ushbu kurslar uchun kitob va qo'llanmalar markaz tomonidan taqdim etiladi🎁

🤝 Markazimizga tashrif buyuring, o'qituvchilarimiz darslarida qatnashib ko'ring hamda tanlov qiling!
✍️ Sinov darsida qatnashib ko'rish uchun hoziroq biz bilan bog'laning!

Murojaat uchun:
📩 @dream_language_admin
📲 +998991940606

Manzil: O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti binosi Ⓜ️ Beruniy metro
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

O'zMU | Rasmiy kanal

13 Feb, 18:04


#TTJda_Zakovat

📰 Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari

🇺🇿 Bugun, 13-fevral kuni O'zbekiston Milliy universitetining 5-sonli Talabalar turar joyida Ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” shiori ostida “Zakovat” intellektual  o'yini o‘tkazildi.

📕 Unda jami 6 ta jamoalar o'zaro bellashishdi, o‘yin natijalariga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egallab, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: "Yuristlar" ("Yurisprudensiya")
🥈2-o‘rin: "Shiddat"  ("Yurisprudensiya")  
🥉3-o‘rin: "Yuksalish"  ("Siyosatshunoslik")


 🏆 "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi talabalaridan iborat "Milliy mafkura", "Daholar", "Yosh ma'naviyatchilar" jamoalari a'zolari faol ishtiroki uchun universitet rahbariyatining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

O'zMU | Rasmiy kanal

13 Feb, 07:44


Rektor ijara xonadonlarida yashovchi talabalarga kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Olmazor tumanida joylashgan “Universitet” hamda “Mirzo Gʻolib” mahallalarida istiqomat qiladigan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.

Uchrashuv chog‘ida universitet rahbari talaba-qizlarga kitob sovg‘a qilishi haqida va’da qilgan edi.

Birinchi prorektor boshchiligidagi universitet mas’ullari kuni kecha ijara xonadonlariga borib, rektorning ilmiy-ommabop, badiiy-didaktik turdagi kitoblar jamlanmasini talaba-qizlarga sovg‘a qilishdi.

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

O'zMU | Rasmiy kanal

13 Feb, 07:19


Olima – ilmdagi fidoyilik va jonkuyarlik ramzi

11-fevral – Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universitetida kimyo fakulteti tomonidan “Olima – ilmdagi fidoyilik va jonkuyarlik ramzi (kimyogar olimalar misolida)” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Fanlar Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov ochib berdi. Tadbirga tashrif buyurgan olimalar ilm-fan sohasida erishilayotgan yutuqlar va kimyogar olimalarga berilayotgan imkoniyatlar haqida ma’ruza qilishdi.

Tadbirning badiiy qismida talaba-qizlar tomonidan ijodiy chqishlar namoyish etildi. Tadbir so‘ngida mehmonlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

O'zMU | Rasmiy kanal

06 Feb, 18:27


#Ijara_xonadon #Tashrif

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Olmazor tumanida joylashgan “Universitet” hamda “Mirzo Gʻolib” mahallalarida istiqomat qiladigan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

O'zMU | Rasmiy kanal

01 Feb, 04:38


#taqdirlash_marosimi

🗣Markaz tomonidan o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi!

🏛 Bugun Zakovat arenada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali taqdirlash marosimini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ochib berib, Vazirlik tizimidagi tanlov va bellashuvlarda ishtirok etib sovrindor bo‘lgan yoshlarni samimiy muborakbod etdi hamda ularning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.

🗣Taqdirlash marosimida Markaz tomonidan o‘tkazilgan “Islohotlar bilimdoni”, “Yilning eng faol talabasi”, “Yilning eng faol o‘quvchisi”, “Kitob mening do‘stim”, “Eng yaxshi dasturchi”, “Mening konstitutsiyam”, “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” va “Eng yaxshi videoroliklar” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlari Vazirlik diplom va sertifikatlari, qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

☑️Ta’kidlash joizki, o‘tgan 2024-yilda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan OTMlar talabalari hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida 20 dan ortiq tanlovlar o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tanlovlar talaba-yoshlarning o‘qish davomida egallagan bilimlarini yuksaltirish, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, zamonaviy kasblarni o‘rganish hamda kitob mutolaasiga qiziqishini yanada orttirishga xizmat qilmoqda.

➡️Barcha fotolavhalarni ko‘rish

Tadbir davomida taniqli san’atkorlar tomonidan kuylangan go‘zal taronalar barchaga yuqori kayfiyat ulashdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

O'zMU | Rasmiy kanal

26 Jan, 15:14


🤩 Fevral oyida o'zingiz uchun yangi til o'rganishni boshlang!

😎 Bizda quyidagi til kurslari uchun yangi guruhlar tashkil qilinmoqda:
🇬🇧 Ingliz tili - 400 000
🇷🇺 Rus tili - 375 000
🇹🇷 Turk tili - 500 000*
🇩🇪 Nemis tili - 500 000*

*Ushbu kurslar uchun kitob va qo'llanmalar markaz tomonidan taqdim etiladi🎁

❄️ Qishning bu go'zal kunlarida o'zingizga yangi bilimlar bag'ishlang! Hozir ro'yxatdan o'ting va birinchi sinov darsida qatnashing. 🎓

Murojaat uchun:
📩 @dream_language_admin
📲 +998991940606

Manzil: O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti binosi Ⓜ️ Beruniy metro
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

O'zMU | Rasmiy kanal

25 Jan, 06:34


⭕️ #LIVE

Ayni vaqtda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Studiya 24” dasturida O‘zbekiston Milliy universiteti mas’ullari bilan intervyu to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali uzatilmoqda.

Unda O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov, Umumiy fizika kafedrasi mudiri Dilfuza Begmatova, universitet professori Tal’at Oxunov ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi, shuningdek, O‘zbekiston Milliy universitetining ilm-fan va innovatsion tadqiqotlar sohasida erishayotgan salmoqli natijalari, xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlari xususida fikr-mulohazalar bildirilmoqda.

Tomosha qiling!

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

18 Jan, 11:36


#nocomment

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida "Rus tilidagi so‘z yasalishining dolzarb muammolari” mavzusida an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

18 Jan, 08:17


#O'zMU_Axborot_xizmati

🇺🇿 Bir asrdan oshiq tarix va tajribaga ega otaxon dargoh – O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ladigan muhim jarayonlar, aktual xabar va yangiliklar, muhim tashabbus va loyihalar haqida O‘zMUning rasmiy sahifalari orqali tezkor va ishonchli axborotga ega bo‘ling:

🌎Rasmiy sayt 👉 nuu.uz
🕊Telegram 👉 @nuu_uz
📱Instagram 👉 instagram.com/nuu.uz
📱Facebook 👉 facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📺YouTube 👉 youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan
___

O'zMU rektorining rasmiy sahifalari:

🕊Telegram 👉@inom_madjidov_uzmu_rektori
📱Instagram 👉 instagram.com/inom.madjidov?igsh=MWhwb2VybzFkMmw2Mw==
📱Facebook 👉 facebook.com/profile.php?id=100069800029962
___

🌀 O'zMU talabalarining rasmiy sahifasi:
🕊Telegram 👉 @talaba_nuuz

O'zMU | Rasmiy kanal

14 Jan, 05:24


#Ректор_табриги

Ассалому алайкум!
Қадрли отахон университетимиз жамоаси!
Ватан ҳимоясига дахлдор ҳамкасблар!
Билими, иқтидори, салоҳияти билан юрт равнақига ҳисса қўшадиган ўғлонларимиз!


Сизларни Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни билан самимий табриклайман.

Мамлакат тараққиёти, юрт тинчлиги, миллат келажагига дахлдорлик ҳисси билан яшаш, сарҳадларимиз мустаҳкамлиги, халқимизнинг осуда ва фаровон ҳаёти йўлида олиб борилаётган саъй-ҳаракатларга хайрихоҳ бўлиш, хизмат вазифамизни сидқидилдан, масъулият билан бажариш муқаддас бурчимиздир.

Талаба-ёшларимизни ҳарбий-ватанпарварлик, юксак маънавий-ахлоқий қадриятлар руҳида тарбиялашга муносиб ҳисса қўшиб келаётган барча профессор-ўқитувчиларимизга ҳам улкан муваффақият ва зафарлар тилайман.

Яна бир бор барчангизни мамлакатимиз ҳаётидаги муҳим сана билан табриклайман. Куч-ғайратингиз, шаъну шарафингиз янада зиёда бўлсин!

Ином Маджидов,
Ўзбекистон Миллий университети ректори


Расмий саҳифалар👇
Telegram | Facebook | Instagram

O'zMU | Rasmiy kanal

11 Jan, 09:12


#Qulaylik

Universitet saytida talabalar uchun yangi sahifa ishga tushdi


🇺🇿 Mazkur sahifa orqali talabalar yakuniy nazoratlarning yangicha tartibi, o'quv jarayonlari hamda boshqa tegishli masalalar yuzasidan xabar va yangiliklar bilan tanishib borishlari mumkin.

👉 Sahifaga kirish


На сайте университета запущена новая страница для студентов

🇺🇿 С помощью этой страницы студенты смогут ознакомиться с новостями и информацией о новом порядке проведения итоговых контрольных работ, учебных процессах и других соответствующих вопросах.

👉 Перейти на страницу

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

08 Jan, 07:03


#Premyera

Ijtimoiy tarmoqlar iskanjasidan qutilish, kitob mutolaasini ommalashtirishdek ezgu sa’y-harakatga undagan animatsion film e’tiboringizga havola etiladi.

Tomosha qiling 👉 https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

07 Jan, 12:19


🔥Yangi yilni yangi maqsadlar bilan boshlash vaqti keldi! 

Dream languageda quyidagi chet tillaridan barcha darajadagi o'quvchilar uchun yangi guruhlar tashkil qilinmoqda:

🇬🇧 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
🇩🇪 Nemis tili
🇹🇷 Turk tili

😎Darslar tajribali o'qituvchilar tomonida o'quvchilarga qulay vaqtlarda hamda hamyonbop narxlarda olib boriladi.

🎓Oylik to'lov narxlari talabalar uchun chegirmada!
📌Joylar soni cheklangan!
📞 Bepul sinov darsiga qatnashib ko'rish uchun hoziroq biz bilan bog'laning!

📮Murojaat uchun:
📧 @dream_language_admin
☎️ +998991940606

Manzil: O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti binosi

Ⓜ️ Beruniy metro


Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

06 Jan, 11:53


#yil_sarhisobi

Oliy ta'limdagi islohotlar, o‘zgarish va natijalar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida tahliliy ko‘rsatuv o‘zbek va rus tillarida efirga uzatildi.


⚡️Unda O‘zbekiston Milliy universitetida erishilgan istiqbolli natijalarga ham alohida urg‘u berildi.

⚡️Shuningdek, mazkur ko‘rsatuvlarda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalarining intervyulari ham o‘rin olgan.
___

На телеканале "Узбекистан 24" на узбекском и русском языках вышла в эфир аналитическая программа о реформах, изменениях и результатах в сфере высшего образования.

⚡️Особое внимание было уделено перспективным достижениям Национального университета Узбекистана.

⚡️В эти передачи также включены интервью руководства, профессорско-преподавательского состава и талантливых студентов НУУз.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

06 Jan, 07:41


#Rasman

⚡️ Talabalar uchun 7-yanvar (shu kuni ham) qishki ta’tilning so‘nggi kuni


O‘zbekiston Milliy universitetida 2025-yilning 8-yanvaridan 11-yanvarigacha barcha fanlardan konsultatsiya darslari bo‘lib o‘tadi.

Bakalavr (kunduzgi va kechki) hamda magistratura bosqichi talabalari uchun yakuniy nazoratlar 13-yanvardan 25-yanvarga qadar o‘tkaziladi.

Masofaviy ta’lim shaklida o‘quvchilar uchun yakuniy nazoratlar 6-18-yanvar kunlari oralig‘ida bo‘ladi.
_____

⚡️ Для студентов 7 января (включительно) — последний день зимних каникул

В Национальном университете Узбекистана с 8 по 11 января 2025 года пройдут консультационные занятия по всем предметам.

Итоговые контроли для студентов бакалавриата (очной и вечерней форм обучения) и магистратуры будут проводиться с 13 по 25 января.

Итоговые контроли для обучающихся в форме дистанционного образования пройдут в период с 6 по 18 января.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

30 Dec, 04:09


#sarhisob_O’zMU

🇺🇿 O’zbekiston Milliy universitetining 2024-yil sarhisobi bilan tanishing (video).

Matn 👉 https://nuu.uz/ozbekiston-milliy-universiteti-bir-yil-ichida/

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

27 Dec, 10:07


#Kengash_foto

O‘zbekiston Milliy universitetida navbatdagi universitet Kengashi bo‘lib o‘tdi


Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

08 Dec, 02:57


#Meningkonstitutsiyam

Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi

🇺🇿🇺🇿 Bosh qomusimiz — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yillik bayrami muborak bo'lsin!
___

Конституция — основа народного государства, устойчивого развития и благополучной жизни

🇺🇿🇺🇿 Поздравляем с 32-летием принятия нашего Основного закона — Конституции Республики Узбекистан!

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

06 Dec, 15:26


#Hamdardlik

O‘zMU professori Guli Mahmudova 61 yoshida vafot etdi

Guli Mahmudova 1961 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Falsafa fanlar doktori, professor 1980–1985 yillarda Toshkent davlat universiteti Falsafa-iqtisod fakulteti «Falsafa» bo‘limida tahsil olgan. 1985–2012 yillarda O‘zR FA «Falsafa va huquq» institutida, Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, dotsent lavozimlarida ishlagan.

2012–2020 yillarda O‘zMU qoshidagi Falsafiy tadqiqotlar o‘quv-ilmiy kompleksi rahbari, hozirda O‘zMU «Falsafa va mantiq» kafedrasi professori. 

Olima rahbarligida 5 nafar falsafa doktori (PhD) va 2 nafar falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini himoya qilgan. 

O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi professor Guli Mahmudovaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, shogirdlari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Batafsil: https://nuu.uz/ozmu-professor-guli-mahmudova-61-yoshida-vafot-etdi/

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

06 Dec, 14:40


Viktorina boshlanishiga 20 daqiqa qoldi!

Ishtirok eting!

O'zMU | Rasmiy kanal

06 Dec, 14:20


#Antikorrupsiya

O‘zbekiston Milliy universitetida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ochiq eshiklar kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

06 Dec, 10:54


#Konstitutsiya_32

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson farovonligini va jamiyat barqaror rivojlanishining huquqiy kafolati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

06 Dec, 10:12


#Xorijlik_talaba

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi nashrida “Xorijliklar” loyihasi doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti magistranti, xitoylik Vang Zilu bilan suhbat e’lon qilindi.

Batafsil 👉 https://uza.uz/uz/posts/hitoylik-talaba-ismini-yasmina-deb-ozgartirdi-video_664285

Video 👉 https://youtu.be/JoeZ3fB2XtY

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

05 Dec, 15:43


#Xizmat_safari

O‘zMU rahbariyati vakillari Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro forumda ishtirok etmoqda


Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori Ravshan Musurmanov hamda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Xabibulla Bakiyev Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida bo‘lib turishibdi.

Vakillarimiz ushbu xorijiy mamlakatda o‘tkazilayotgan “Ipak yo'lida joylashgan mamlakatlarda ishlab chiqarish, ta’lim, tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyasi va uning amaliyotga tadbiqi hamda ta’lim sohasida hamkorlik masalalari” mavzusidagi xalqaro forumda, shuningdek, Sian chet tillar universiteti mezbonlik qilayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.

Shu yilning 2-6-dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mazkur tadbirlar davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida takliflar o‘rtaga tashlandi. Markaziy Osiyoda xitoy tilini o‘qitish holati muhokama qilinib, soha rivoji uchun dolzarb muammolarga tavsiyaviy yechimlar berildi.

Batafsil 👉 https://nuu.uz/ozmu-rahbariyati-vakillari-xitoyda/

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

05 Dec, 10:20


#Konstitutsiya_32

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson farovonligini va jamiyat barqaror rivojlanishining huquqiy kafolati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

21 Nov, 15:03


#Xushxabar

🏆 Times Higher Education (THE) tomonidan e’lon qilingan “Interdisciplinary Science Ranking” (Fanlararo fan reytingi)da 🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti 251-300 o‘rinlarni qayd etdi. Markaziy Osiyo OTMlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

📺Bu haqida “O’zbekiston 24” telekanali so’z yuritadi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

21 Nov, 14:29


#Muvaffaqiyat

Universitet tyutori “Islohotlar bilimdoni" respublika tanlovida sovrindor bo’ldi

🇺🇿 O’zbekiston Milliy universiteti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti tyutori To'xtayev Ulug'bek Husniddin o'g'li “Islohotlar bilimdoni" keng tarmoqli ilmiy-ma’rifiy ko'rik tanlovining respublika bosqichida "Eng yaxshi tyutor" nominatsiyasi bo'yicha 3-o'rinni qo’lga kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

20 Nov, 11:41


#Bag'rikenglik_kuni

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan O‘zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi tomonidan “Bag‘rikenglik – tinchlik va hamjihatlik omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

20 Nov, 11:35


Bag‘rikenglik – tinchlik va hamjihatlik omili

🗣O‘zbekiston Milliy universitetida Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan O‘zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi tomonidan “Bag‘rikenglik – tinchlik va hamjihatlik omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🗣Unda yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi Rahbar Murtazayeva, shuningdek, Muxtor Auyezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professor-o‘qituvchilari, Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi markazi vakillari, talabalar ishtirok etdi.

🗣Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston Milliy universiteti iqtidorli talabalari tomonidan turli millatlar madaniyatiga mansub kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar ijro etildi.

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

16 Nov, 06:45


#InnoWeek_2024

O‘zMU iqtidorli talabalari InnoWeek’da faol ishtirok etmoqda

14-16-noyabr kunlari mamlakatimizda “Innoweek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti iqtidorli talabalari ham o‘z loyiha va g‘oyalari bilan ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonda fan, texnologiya va innovatsion siyosat hamda ilmiy-texnologik park amaliyotlari bo‘yicha UNCTAD milliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Gulchehra Bekimatova boshchiligida bir guruh talabalar mazkur seminarda qatnashishdi.

Fizika fakulteti 2-bosqich magistranti Muhammadali Niyozaliyev hamda Kimyo fakulteti 1-bosqich magistranti Zulfizar Toshpo‘latova o‘z loyihasi bilan "C.A.T. Science Accelerator 6.0" dasturi bitiruvchilari uchun tashkil etilgan "Demo day"da ishtirok etib, sovrindor bo‘lishdi.

Batafsil 👉 https://nuu.uz/ozmu-iqtidorli-talabalari-innoweekda

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

12 Nov, 03:53


#E'LON

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “ECAMPUZ - ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasi CAMP 3 treningiga qabul boshlanganini e’lon qiladi!

Oʻzbekistonning 5 ta oliy oʻquv yurti – Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro muhandislik-texnologiyalari instituti, Andijon davlat universiteti va Urganch davlat universitetidan eng iste’dodli 25 ta bakalavr (2, 3, 4-kurslar uchun), magistr va PhD talabasi (birinchi kurs uchun) tanlanadi.

CAMP 3 davri: 2025-yil 3-15-aprel kunlari
📅 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 20-dekabr, soat 12:00 (kunduzgi vaqt)
🔬 Treningda ko'rib chiqiladigan mavzular: FOOD ANALYTICS and DATA SCIENCE
☑️ O‘tkaziladigan joy: Urganch davlat universiteti

❗️Talablar: Ingliz tili (IELTS = 6 yoki ekvivalenti); oziq-ovqat fanlari yoki tegishli sohalarda bakalavriat, magistratura yoki doktorantura talabalari.

Bog'lanish uchun ma'lumot:

📧 Elektron pochta: [email protected]
🌐 Veb-sayt: https://ecamp.uz/

👉 Ariza to'ldirish uchun havola

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

11 Nov, 14:43


#Zakovat #Rektor_kubogi

O‘zMU talabalari o‘rtasida “Zakovat” bo‘yicha “Ulug‘bek merosi” rektor kubogi o‘tkazildi


🏆 Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘yicha “Ulug‘bek merosi” rektor kubogi bo‘lib o‘tdi.
Shiddatli 50 dan ziyod jamoalar o'zaro bellashgan o‘yin natijalariga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: “Inception” jamoasi (Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti) – 12 mln so‘m;
🥈2-o‘rin: “Oybek va uning jamoasi” (Tarix fakulteti) – 10 mln so‘m;
🥉3-o‘rin: “Tirik tarix” jamoasi (Tarix fakulteti) – 8 mln so‘m.

Shuningdek, musobaqa doirasida Mirzo Ulug‘bek me’rosi bo‘yicha yakkalik intellektual viktorina ham o‘tkazilib, unda quyidagi ishtirokchilar sovrinli o‘rinlarni egalladi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

🥇1-o‘rin: Sardor O‘rolboyev – 4 mln so‘m;
🥈2-o‘rin: Sardor Abdusodiqov – 3 mln so‘m;
🥉3-o‘rin: Fayyoza Keldiyorova – 2 mln so‘m;
🏅4-o‘rin: Behnur Do‘stmurodov – 1 mln so‘m.

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

09 Nov, 13:14


#YashilMakon

🌿 O‘zbekiston Milliy universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil kelajak” marafoni o‘tkazildi


Batafsil 👉 https://nuu.uz/ozmuda-yashil-makon-umummilliy-loyihasi

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

09 Nov, 12:59


#Musobaqa #Antikorrupsiya

“Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi


Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida 11 ta fakultet jamoalari o‘rtasida bilimlar bellashuvi tashkil etildi.

Bellashuv Nizom qoidalariga muvofiq asosan o‘tkazildi. Jamoalar dastlabki shartda test sinovidan o‘tishdi. Ikkinchi shart bo‘yicha 10 ta savolga yozma javob berishdi.

Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Ijtimoiy fanlar fakultetining “Yuristlar” jamoasi, 2-o‘rinni Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetining “Filologlar” jamoasi hamda 3-o‘rinni Fizika fakultetining “Stop korrupsiya” jamoasi egalladi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

09 Nov, 12:49


#yashil_kelajak

🌿O'zMU jamoasi Nukusdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etdi

🇺🇿 Bugun, 9-noyabr kuni Qoraqalpog'istonning Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Yashil makon" umumilliy loyihasi doirasida "Yashil kelajak" umumrespublika marafoni tashkil etildi.

🇺🇿 Unda barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari qatorida O'zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, professor-o'qituvchilari va talabalari ham ishtirok etib, ezgu tashabbusga hissa qo'shishdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

09 Nov, 12:30


#YashilMakon

O‘zMUda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi


🌿 O‘zbekiston Milliy universitetida mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirishga hissa qo‘shish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.

🌿 Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan aksiyada universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet talabalari, ishchi-xodimlar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

🌿 Aksiya doirasida universitet hududidagi yashil zonalarda 250 ta manzarali kashtan daraxt ko‘chatlari ekildi.

Batafsil 👉 https://nuu.uz/ozmuda-yashil-makon-umummilliy-loyihasi

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

O'zMU | Rasmiy kanal

25 Oct, 09:46


#BMT_moduli #Saylov_standartlari

O‘zbekiston Milliy universitetida “Siyosatshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Xalqaro saylov standartlari” mavzusidagi talabalarning imitatsiyalashgan “BMT-moduli” tashkil etildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

25 Oct, 09:44


O‘zMUda “Xalqaro saylov standartlari” mavzusidagi talabalarning imitatsiyalashgan “BMT-moduli” tashkil etildi

“Siyosatshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida tashkil etilgan mazkur tadbirda jahonning 50 ga yaqin mamlakatlaridagi saylov jarayonlari tizimi, saylovlarni tashkil etish tartibi va xalqaro saylov standartlari talabalar tomonidan atroflicha o‘rganilib, imitatsiyalashgan BMT sammiti doirasida rolli o‘yinlar asosida muhokama qilindi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarimiz ongida inson qadri, huquqi va erkinligini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, demokratiyaning muhim ko‘zgusi bo‘lgan saylov jarayonlari borasida bilim, ko‘nikma va tajribalarni mustahkamlashdir, deb ta’kidlaydi “Siyosatshunoslik” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori Kamoliddin Mirzaaxmedov.

👉 Batafsil

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

25 Oct, 03:13


O’zMU qoshidagi Harbiy tayyorgarlik o’quv markazi tashkil etilganining 5 yilligi munosabati bilan “Harbiy tayyorgarlik o’quv markazida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash: tarixi, istiqbollari, kelajagi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

19 Oct, 10:15


Tilimiz — millatimiz qiyofasi

O‘zbek filologiyasi fakultetida Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi tashabbusi bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlangan “Tilimiz — millatimiz qiyofasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatridan O‘zbekiston xalq artisti Zuhra Ashurova hamda aktyor Farrux Botirov mehmon bo‘lib, badiiy asarlardan monologlar ijro etishdi.

👉 Batafsil

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali

O'zMU | Rasmiy kanal

19 Oct, 09:45


Milliy tilimiz – yuksalish yo‘lida

21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Milliy tilimiz – yuksalish yo‘lida" mavzusida badiiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Ijtimoiy fanlar fakulteti "Etika va estetika" kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda ona tilimiz yuksalishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’lumot berib o‘tildi.

Kecha mehmoni, Mudofaa vazirligi qoshidagi "Turon" teatri aktyori Erkin Bozorov ijrosidagi ijodiy chiqishlar yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.

Shuningdek, talabalar tomonidan badiiy sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shilar tadbir qatnashchilari e’tiboriga havola etildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali