NamDu sirtqi 309 @namdu_sirtqi309 Channel on Telegram

NamDu sirtqi 309

@namdu_sirtqi309


Namangan davlat universiteti
Sirtqi (Maxsus sirtqi) bo’limi boshlig‘i
Soliyev Elmurod Aliyevich

NamDu sirtqi 309 (Uzbek)

NamDu sirtqi 309 kanalini tanishing! Bu kanal Namangan davlat universiteti Sirtqi (Maxsus sirtqi) bo’limi boshlig‘i Soliyev Elmurod Aliyevich tomonidan yaratilgan. Kanalda Sirtqi fani bilimlari haqida yangiliklar, maqolalar, va savollarga javoblar keltiriladi. Sirtqi so'zining ma'nosi 'tug'ti, horij'ga yo'q', 'ko'rmayotgan' degan ma'nolarga ega. Kanal a'zolari Sirtqi fanining noyobligi va ahamiyatini yaxshi tushunib, bilimlarini oshirishda yordam olishlari uchun bu kanalga obuna bo'lishadi. Sirtqi fani haqida ko'proq bilim olmoq isteyenlarga, yangiliklar bilish uchun va savollarni muhokama qilish uchun NamDu sirtqi 309 kanaliga obuna bo'ling va o'z bilimlaringizni yuksalting!

NamDu sirtqi 309

08 Sep, 05:21


⚡️ Super-kontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi!

Beshala yo‘nalishga ham kira olmagan abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali super-kontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishlari mumkin.

Hozirda, amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi.

Chunki hali beshala yo‘nalishga ham kira olmaganlar istalgan birini tanlab super-kontrakt qilishga rasman ruxsat berilgani yo‘q. Ammo shunaqa imkoniyat chiqib qolishi mumkin, kutilmoqda.

Agar siz birinchi yo‘nalishga emas, ikkinchi yoki undan keyingi biror yo‘nalishga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsangiz, unda ariza bermasdan kutib turishni maslahat beraman.

✔️ Shuningdek, birinchi yo‘nalishdan yiqilgan, lekin ikkinchi va undan keyingilardan birortasiga o‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishiga super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, unda hozir bunga imkoniyat yo‘q. kontrakt.edu.uz sayti orqali faqat o‘qishga kirgan universitetining oddiy kontraktini olishi mumkin. Bunday toifadagi abituriyentlar ham biroz kutib turishlari kerak. Hozirda shu masala ko‘rib chiqilmoqda. Balki tez unda o'qishga kirganlar uchun ham birinchi yo'nalishga super-kontraktda o'qishga ruxsat berilishi mumkin.

💰 Super-kontrakt narxlari (yo’nalishlar kesimida)

Namangan davlat universitetining rasmiy sahifalari:
🤩 Veb-sayt |🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 Youtube

NamDu sirtqi 309

01 Sep, 17:47


Бугунги кунда НамДУ сиртқи таълим йўналишларида 9337 талаба бўлиб, уларни барчаси https://t.me/NamDU_sirtqi1 телеграмм каналига аъзо бўлишлари шарт. Бунинг учун гуруҳ сардорлари маъсул ҳисобланади. Янги каналга ўқув жараёнига оид барча маълумотлар ташлаб борилади ҳамда барча талабаларни бир вақтда хабардор бўлиши таъминланади.

NamDu sirtqi 309

01 Sep, 03:18


Наманган давлат университети ректори Собитхон Турғуновнинг мамлакатимиз мустақиллигининг 32 йиллиги муносабати билан
БАЙРАМ ТАБРИГИ

Ассалому алайкум, азиз дўстлар, қадрли ҳамкасблар, талаба ўғил-қизларим!
Барчангизни энг улуғ, энг азиз айём - жонажон Ўзбекистонимиз мустақиллигининг 32 йиллиги билан табриклайман ва қалбимдаги энг самимий тилакларимни изҳор этаман!
Шубҳасиз, Ўзбекистоннинг давлат мустақиллиги халқимизнинг миллий манфаатларини, тинч ва осуда ҳаётини таъминлаш, мамлакатимизнинг халқаро миқёсдаги обрў-эътиборини юксалтиришнинг мустаҳкам пойдевори бўлиб келмоқда. 
Бу йил юртимизда истиқлол айёми “Янги ҳаёт учун, Янги Ўзбекистон учун!” деган бош ғоя остида нишонланмоқда ва бу сўзлар моҳияти ислоҳотлар самарасида ёрқин акс этмоқда. Ҳар бир оила ва хонадон, қишлоқ ва маҳалла, шаҳар ва туманлар тобора ободлик касб этиб боряпти.
Эътироф этиш жоизки, Президентимиз ташаббуси билан халқ манфаатини таъминлаш, инсон қадрини улуғлашга қаратилган ҳаракатларни давом эттириш мақсадида “Ўзбекистон – 2030” стратегияси ишлаб чиқилди. Бу муҳим ҳужжатда Ватанимиз мустақиллиги ва тинчлигини асраш, кучли иқтисодиётни шакллантириш, халқимиз ҳаётини обод ва фаровон қилиш, фарзандларимизни баркамол этиб тарбиялаш вазифалари белгилаб берилди.
Қолаверса, жорий йил "Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили" деб эълон қилинди ва Давлат дастури асосида белгиланган соҳаларни устувор даражада ривожлантириш ва ислоҳ этиш бўйича кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда.
Жумладан, университетимизда ҳам етук ва малакали мутахассисларни тайёрлаш учун барча имкониятлар ишга солинмоқда. Айни пайтда университетимиз ўнлаб нуфузли хорижий олий таълим муассасалари билан ҳамкорлик қилмоқда. Таълим йўналишлари, ўқитиш сифати ва илмий салоҳиятнинг тобора ортиб бораётгани ҳам эътиборга молик жиҳатлардир.
Бир сўз билан айтганда, халқимиз, жумладан, университетимиз жамоаси бу йилги мустақиллик байрамини улкан ютуқларга эришган ҳолда ёруғ юз билан қарши олмоқда.
Хабарингиз бор, куни кеча Президентимиз фармонига биноан бир гуруҳ юртдошларимиз юксак давлат мукофотлари билан тақдирланди. Улар қаторида Наманган давлат университетининг икки нафар талабаси - бокс бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоси Аълохон Абдуллаев ҳамда футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси аъзоси Умарали Раҳмоналиевлар "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотландилар. Бу бутун жамоамиз учун чинакам байрам туҳфаси бўлди.
Қадрли дўстлар!
Сиз, азизларни Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз икки йиллик байрами билан яна бир бор чин қалбимдан табриклайман.
Барча пок ниятларимиз ижобат бўлишини, Яратганнинг ўзи юртимизни, тинчлигимизни асрашини, халқимиз ўртасидаги бирдамлик, дўстлик ва аҳиллик туйғулари янада зиёда бўлишини сўраб қоламан.
Сизларга сиҳат-саломатлик, хонадонларингизга файзу барака ва фаровонлик тилайман. Мустақиллик қадри боқий, байрам шукуҳи файзли, истиқлолимиз абадий бўлсин!

NamDu sirtqi 309

29 Aug, 11:28


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI TA’LIM YO’NALISHLARINING O’QUV JARAYONI GRAFIGI TASDIQLANDI

Dars jarayonlari faqat "offline" tarzda o'tiladi.

Faylda kurslar kesimida dars mashg'ulotlari qaysi sanadan boshlanib, qaysi sanada tugashigacha batafsil ko'rsatib o'tilgan.

NamDu sirtqi 309

25 Aug, 18:25


#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro‘yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.

Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular:

1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3. Musiqa ta’limi
4. Jismoniy madaniyat
5. Texnologik ta’lim

Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taaluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar undan mustasno).

Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

NamDu sirtqi 309

25 Aug, 09:44


Qabul-2023 test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan Namangan davlat universitetining Sirtqi ta'lim shakli yo'nalishlari bo'yicha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar quyida ko'rsatilgan hujjatlarni Chust shahrida joylashgan sirtqi bo’lim binosiga olib kelib topshirishlari so`raladi.
Hujjatlar ro'yxati: 👇
1. Onlayn ariza
2. Diplom va diplom ilovasi yoki (attestat)
3. 2 dona pasport yoki ID kartasi nusxasi
4. 8 dona 3x4 hajmdagi fotosurat.
5. Abituriyent ruxsatnomasi
6. Titul varaqasi
7. Bog`lanadigan ipli papka (1 dona)
8. Agar talaba imtiyozli tartibda qabul qilingan bo‘lsa imtiyozini tasdiqlovchi hujjatining asl nusxasi (tavsiyanoma, sertifikat, diplom).
9. To`lov-kontrakt boyicha qabul qilingan talabalar uchun yuqoridagilarga qo`shimcha shartnoma va to`lov kvitanstiyasidan nusxa

📍Lokatsiya: https://goo.gl/maps/EvrrGEHUraWwf72S8
Izoh: shartnoma qog’ozlari Kontrakt.edu.uz sayti orqali olinadi.

NamDu sirtqi 309

25 Aug, 05:32


☝️☝️Xurmatli talaba endi siz, parolingiz esingizdan chiqib qolsa dekanatga murojaat qilishingiz shart emas....

Xemis tizimiga talabalarning parollarini tiklash funksionali qoʻshildi.

➡️ Parolni tiklash uchun PIN kod orqali talabaning xaqiqiyligi tekshiriladi va uning profilidagi elektron pochta manziliga va telefon raqamiga PIN koddan iborat xabar yuboriladi. SMS xabar pullik (40 soʻm), talabaning hisobidan olinadi.

Funksionaldan foydalanish uchun talabaning profiliga elektron pochta manzili yoki telefon raqami kiritilgan boʻlishi shart.

Ushbu faylda funksiyadan foydalanish yoʻriqnomasi keltirilgan.

▶️Barcha guruhlarga tarqating bizga qo'shiling.
👇👇👇👇👇
https://t.me/namdu_sirtq_hemis


Eslatma: ushbu qo'llanmani barcha OTM lar foydalanish mumkin. NamDU=> student.namdu.uz

NamDu sirtqi 309

25 Aug, 05:30


Kontrakt to‘lovlari uchun hisobvaraq.
Kontrakt to‘lov uchun shu tartibda shartnoma sanasi, raqami va talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq yozilishi va qavs ichida JSHSHIR yozish shart.
To‘lov-kontrakt bo‘yicha shartnoma olmagan talabalar kontrakt.edu.uz sayti orqali elektron ariza yuborishlari va shartnomani elektron yuklab olishlari mumkin.

NamDu sirtqi 309

24 Aug, 13:01


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIGA IKKINCHI OLIY TA’LIM OLISH UCHUN ARIZA TOPSHIRGANLAR DIQQATIGA!

👉 Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha), Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) (ruscha) va Filologiya va tillarni o’qitish: rus tili yo’nalishlariga kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2023-yil 30-avgust kuni test shaklida o’tkaziladi.

📍Manzil: Namangan viloyati, Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, Yoshlik ko'chasi 23-uy

🕰️ Test sinovlari 1-smena soat 6:30da, 2-smena 13:30 da boshlanadi. (Smenalar to’g’risidagi ma’lumotlar talabgorlarning shaxsiy telefon raqamlariga SMS shaklida yuboriladi)

👉 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili, Iqtisodiy xavfsizlik, Buxgalteriya xisobi va audit, Matematika, Oziq-ovqat texnologiyasi (mahg‘sulot turlari bo‘yicha), hamda Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo’nalishlarga kirish imtixonlari 2023-yil 30-avgust kuni soat 09:00 da Namangan davlat universitetda boshlanadi.

📍Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahri, Boburshox ko’chasi 161-uy.

Talabgorlar test sinovi va imtihonlariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kelishlari kerak.

👉
@namdu309

NamDu sirtqi 309

17 Jul, 04:54


#Биласизми

Талабалар ўқишини кўчириши учун аризалар 5 августга қадар қуйидаги платформалар орқали қабул қилинади:

▫️давлат олий таълим муассасалариаро – transfer.edu.uz орқали;
▫️хорижий ва нодавлат ОТМларидан – my.uzbmb.uz орқали.

🔰 Давлат олий таълим муассасасининг биридан иккинчисига ўқишни кўчиришга қуйидаги 2 ҳолатдагина рухсат берилади:

1️⃣ талаба оила қуриши муносабати билан турмуш ўртоғи доимий яшайдиган ҳудуддаги олий таълим муассасасига ўқишини кўчириш учун мурожаат қилганда;

2️⃣ давлат органларининг ходимлари иш жойи ўзгарган тақдирда унинг турмуш ўртоғи ёки вояга етмаган фарзанди ўқишини кўчириш учун мурожаат қилганда, тегишли вазирлик (идора) раҳбарининг тавсияси асосида.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

NamDu sirtqi 309

11 Jul, 10:36


2023/2024-o'quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga sirtqi ta'lim shakli bo'yicha qabul parametrlarining ta'lim yo'nalishlari va o'qitish tillari bo'yicha taqsimlanishi (NamDU)

Ariza topshirish 👉 my.edu.uz
Qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)

Jami: 400 ta;
O’zbek tili: 300 ta;
Rus tili: 100 ta.

👉 https://t.me/namdu309

NamDu sirtqi 309

10 Jul, 10:12


Иккинчи мутахассисликка ҳужжатлар қабули бошланди

Қабул my.edu.uz платформасида 10 июлдан 10 августгача давом этади.

👉 https://kun.uz/50321355

Kun.uz расмий канали

NamDu sirtqi 309

10 Jul, 10:11


Хурматли талабалар ўқишини кўчириш ва қайта тиклаш бўйича мурожаатларингизни НамДУ бўйича маъсул ходим +99895 050 74 14 (Қурбонов Махмуджон) рақамга йўналтиришингиз мумкин.

NamDu sirtqi 309

05 Jul, 03:24


Ҳурматли талабалар!!! Якуний давлат аттестатцияси имтиҳонларига тўлов контракт пулини ўз вақтида тўлай олмаган ва бугунги кунда тўловни амалга оширган битирувчилар учун имтиҳонлар 2023 йил 5 июль куни ташкил этилади!!!! Ўз вақтида етиб келишингиз ва иштирок этишингиз сўралади!!!

NamDu sirtqi 309

05 Jun, 06:02


❗️O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar borligi ma’lum qilindi

🗣O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi. Bu boradagi tartib o‘tgan yili qat’iylashtirilgan.

Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.

➡️O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

🔵talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🔵davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

☝️O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar «super-kontrakt» bilan qabul qilinishi mumkin.

✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!

NamDu sirtqi 309

02 Jun, 06:23


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO‘LIMIDA YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYALARI BOSHLANDI

🗓 Joriy yilning 1-iyun kunidan universitetning sirtqi taʼlim shakli bitiruvchi kurs talabalari uchun mutaxassislik fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlandi.

🏷 Yakuniy davlat attestasiyasi tasdiqlangan grafik asosida DAK a'zolari ishtirokida odilona va shaffof tarzda tashkil etilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz sirtqi ta'limi bitiruvchi kurs talabalari uchun yakuniy davlat attestasiyalari 3-iyun kuniga qadar davom ettadi.

NamDU Sirtqi bo‘limi matbuot xizmati

https://t.me/Namdu_Sirtqi309