Miraziz Mirsultonov @miraziz_mirsultonov Channel on Telegram

Miraziz Mirsultonov

@miraziz_mirsultonov


Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi

Miraziz Mirsultonov (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizning dasturchi saviyaga yana bir qadam yaklashtingiz! Miraziz Mirsultonov Telegram kanali bu yerda! Miraziz Mirsultonov – Uzbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi. Bu kanalda siz milliy himoya sohasida yangiliklar va maqolalar bilan tanishishingiz mumkin. Miraziz Mirsultonovning o‘zining keng tajribasi va bilimlari bilan, sizning bilim yo‘lida yordam bering! O‘zingizni himoya qiling, madaniy va milliy xavfsizligingizni ta’minlang! Miraziz Mirsultonov kanaliga obuna bo‘ling va milliy agentlikning so’nggi xabarlari bilan tanishing! Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi – Miraziz Mirsultonov Telegram kanali.

Miraziz Mirsultonov

22 Jan, 18:49


Xayot juda qiziq va mashaqatliy, Kezi kelganda umuman ayamaydi,
Nima bo'lgandayam,
Xayotda Yolg'on ishlatmang, vaqt har narsaga davo (New)

Miraziz Mirsultonov

21 Jan, 02:25


Расман

Miraziz Mirsultonov

20 Jan, 15:11


#Тайинлов

Тошкент вилоятида қатор тайинловлар амалга оширилди

Азаматов Шуҳрат Сапарбаeвич Тошкент вилояти ҳокимлиги молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича котибияти мудири;

Худойбердиев Фурқат Абдусаломович Ўзбекистон маҳаллалар уюшмаси Тошкент вилояти бошқармаси бошлиғи;

Абдиeв Бекзод Бахронович “Ўзсаноатқурилишбанк” Тошкент вилоят минтақавий филиали бошқарувчиси в.б.;

Отабоев Хожиакбар Эркабоeвич Тошкент вилояти Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш бошқармаси бошлиғи;

Сайидхожаeв Бунёд Сайдиганиeвич Тошкент вилояти ҳокимлиги Мастер-режаларни ишлаб чиқиш ва амалга ошириш бўйича Лойиҳа офиси раҳбари этиб тайинланди.

Yoshlar kundaligi

Miraziz Mirsultonov

20 Jan, 10:48


23-24 январь кунлари тунда шимолий ҳудудларда ҳаво ҳарорати -13 даражагача, тоғларда -15 даражагача, республиканинг бошқа ҳудудларида эса -7 даражагача совуқ бўлади — "Ўзгидромет".

Miraziz Mirsultonov

19 Jan, 05:00


Shavkat Mirziyoyev hamda Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon hamyurtimiz Abduqodir Husanovning “Manchester City” jamoasiga o‘tgani haqida suhbat qurishdi.

Davlatimiz rahbari Abduqodirning transferi haqida eshitgani va bundan juda xursand bo‘lganini ta’kidladi.

Miraziz Mirsultonov

18 Jan, 10:54


IJTIMOIY KARTA NIMA? 💳

Sulaymonov Farruh Saidovich - Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas'ul xodimi, ijtimoiy kartaning funksiyalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Videoni tomosha qiling va ko‘proq ma’lumot ega bo'ling!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

17 Jan, 10:31


Xabaringiz bor, "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi  Prezident qarori bilan O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etilgan

😮 Xo‘sh , adaptiv sport turlari o‘zi nima?

👨‍🦽 Adaptiv sport turlari - nogironligi bo‘lgan shaxslar shug‘ullanadigan sport turlarining jamlanmasidir.

🤝 O‘zbekiston Adaptiv sport turlari Assotsiatsiyasiga a’zo tashkilotlar:
- Paralimpiya harakati
- Surdolimpiya harakati
- Maxsus olimpiya harakati
- Ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi

😲 Adaptiv sport turlarining boshqa sport turlaridan farqi sport bilan shug‘ullanish istagidagi barcha nogironligi bo‘lgan shaxslarni qamrab olishidadir. Boshqa sport turlari, xususan Paralimpiya, Surdolimpiya, Maxsus olimpiya kabilarda aniq yosh, kasallik va boshqa chegaralar mavjud.

↗️ Adaptiv sport turlari ulardan farqli ravishda o‘zida barcha yoshdagi va qatlamdagi (jismoniy va ruhiy imkoniyati bor hamda sportga layoqatli bo‘lgan) nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish va shug‘ullanishini tashkil etadi.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

17 Jan, 04:52


IJTIMOIY KARTA: BARCHA SAVOLLARGA JAVOB BU YERDA! 💳

Hurmatli fuqarolar!

Ijtimoiy kartaga oid savollar va ma’lumotlar ko‘payib borayotganini inobatga olib, eng muhimlarini aniqlashtirib o‘tmoqchimiz:

🔔 Hozircha bu loyiha tajriba-sinov bosqichida.
Ijtimoiy karta faqat Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joriy etilgan.

Sizning e’tiboringiz uchun karta haqidagi eng dolzarb ma’lumotlar:
✔️ Ijtimoiy kartaning qanday imkoniyatlari bor?
✔️ Qaysi ijtimoiy to‘lovlar aynan shu karta orqali amalga oshiriladi?
✔️ Karta kimlarga bepul taqdim etiladi?
✔️ Kartani qanday va qayerdan olish mumkin?

Qiziqmi? Javoblar bizning saytimizda

👉 Batafsil o‘qing va yangiliklardan xabardor bo‘ling.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

17 Jan, 04:52


СОЦИАЛЬНАЯ КАРТА: ОТВЕЧАЕМ НА ВСЕ ВАШИ ВОПРОСЫ! 💳

Уважаемые граждане!

С учетом растущего интереса к социальной карте мы хотим поделиться с вами самой важной информацией:

🔹 Проект находится на этапе тестирования и на данный момент реализуется только в городе Ташкент и Янгиюльском районе Ташкентской области.

Вашему вниманию ответы на самые актуальные вопросы:
✔️ Какие возможности предоставляет социальная карта?
✔️ Какие социальные выплаты можно получать с помощью карты?
✔️ Кто может получить карту бесплатно?
✔️ Как и где можно оформить карту?

Интересно? Все ответы на нашем сайте!
👉 Узнайте подробности и будьте в курсе новостей.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

17 Jan, 01:25


Kitobda yozilgan Shibodon Qishlog'idamiz.

Miraziz Mirsultonov

16 Jan, 09:19


Guanchjo'ydan Xunan provinciyasi, Jishou shahri shibadonga yetib keldik.

Miraziz Mirsultonov

16 Jan, 05:24


2024 YILDA “CALL MARKAZ”GA 1 MILLIONDAN ORTIQ QO‘NG‘IROQ VA MUROJAATLAR QABUL QILINDI!

Ijtimoiy himoya milliy agentligining "1140" va (71) 202-06-00 ishonch telefoni orqali jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 153 536 ta qo‘ng‘iroq va murojaat kelib tushdi.

🌎 Hududlar bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar taqsimoti:

Andijon viloyati – 192 939
Namangan viloyati – 140 163 Jizzax viloyati – 131 443
Samarqand viloyati – 126 303
Farg‘ona viloyati – 81 803
Toshkent shahri – 93 907

🧠 Agar siz ijtimoiy xizmatlar haqida ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz Ijtimoiy himoya milliy agentligi Call markazi "1140" qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

03 Jan, 15:24


Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida
"INSON" ko‘rsatuvining 4-sonida hisobot dasturi

https://t.me/Gulnora_Otajonova_Nurafshon_TV

Miraziz Mirsultonov

01 Jan, 11:09


#SARHISOB

🧠 2024-yil O‘zbekistonning ijtimoiy himoya sohasida misli ko‘rilmagan yutuqlar va muhim tashabbuslarni amalga oshirish yili bo‘ldi. Mamlakatimizdagi davlat idoralari bilan boshlangan hamkorlik xalqaro maydonga quloch yozib, ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun qator uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazishga imkon berdi.

🖋 Muhtoj aholi qatlamlari uchun sifatli va zamonaviy ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish maqsadida yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. Ushbu huquqiy bazalar aholining barcha toifalari, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, bolalar va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etdi.

🤝 Ijtimoiy himoya sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish va amalda qo‘llash uchun xalqaro maydonda hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston delegatsiyasi dunyoning turli davlatlarida o‘tkazilgan forum va konferensiyalarda ishtirok etib, ilg‘or tajribalarni o‘rgandi. Shu bilan birga, respublikamizga xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilib, ijtimoiy himoya sohasidagi muhim loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

2024-yilning natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy himoya sohasidagi mehnatlar va sa’y-harakatlar nafaqat mamlakatimiz fuqarolari hayotiga, balki xalqaro maydondagi nufuzimizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

↗️ Fuqarolar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni yanada yaxshilash maqsadida kelgusi yillarda ham izchil ishlar olib boriladi. Xususan, yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etilishi, huquqiy bazani takomillashtirish orqali aholining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan innovatsion dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

31 Dec, 10:38


Дўстлар, кириб келаётган байрам билан самимий табрикларимни қабул қилинг. Янги 2025-йил ҳар бир оилага тотувлик ва фаровонлик келтирсин. Орзуларингиз рўёбга чиқсин, умидларингиз оқлансин. Азизларим, сизларга бахт ва фаровонлик тилайман!

————

Друзья, примите искренние поздравления с наступающим праздником. Пусть Новый 2025 год принесёт каждой семье гармонию и процветание. Да сбудутся ваши мечты и оправдаются надежды. Счастья и благополучия вам, дорогие мои!

Miraziz Mirsultonov

31 Dec, 10:30


Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2024 йилдаги ташқи сиёсий тадбирларга, давлат ва жамият ҳаётига дахлдор воқеаларга бой бўлган серқирра фаолияти факт ва рақамларда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Miraziz Mirsultonov

31 Dec, 06:01


Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz! Yangi yil - orzular ushaladigan, qalblar ezgu niyatlar bilan to‘lib-toshadigan, umid va quvonch bilan qarshi olinadigan eng quvonchli bayramlardan biridir.

2024-yilda Ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning farovon hayot kechirishlari uchun Prezidentimiz rahnamoliklarida ulkan islohotlar amalga oshirildi.

Oldinda bizni ulkan vazifalar kutmoqda. Kelgusida islohotlarni hayotga tatbiq etish orqali ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan farovon jamiyatni birgalikda barpo etishimizga ishonamiz.

Yangi 2025-yil hayotingizga tinchlik, baxt-saodat va sog‘liq olib kelsin. Xonadoningizni fayz-u baraka, qalblaringizni esa ezgulik va mehr-muhabbat bezasin.

Hurmat bilan,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi

📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

30 Dec, 14:41


🎥 O'zgarishlar va muvaffaqiyatlar yili: ishlarimiz natijalari

🎉 Aziz do'stlar, Yangi yil — bu yil yakunini sarhisob qilish va yangi rejalar tuzish vaqti. Bu yil biz uchun muhim muvaffaqiyatlar va yangi chaqiruvlar davri bo'ldi. Bizning mehnatimiz minglab insonlarning hayotini yaxshilashga hissa qo'shganidan faxrlanamiz.

Har kuni biz yordam va himoyaga muhtoj bo'lganlar uchun mehnat qilamiz. Bizning maqsadimiz — insonlar hayotini yanada yahshiroq, xavfsizroq va adolatliroq qilish. Bu yil shunga ishonch hosil qildikki, faqat birgalikda harakat qilibgina muammolarni yengib, katta marralarga erisha olamiz.

Har bir yutug'imiz — bu jamoaviy mehnatning natijasi. Bizga ishonch bildirib, qo'llab-quvvatlagan barcha hamkasblarimiz, hamkorlarimiz va sizga minnatdorchilik bildiramiz.

Oldinda hali ko'p ishlar turibdi, ammo biz birgalikda barcha qiyinchiliklarni yengamiz. 💪

🎄 Yangi yil sizga quvonch, iliqlik va kelajakka ishonch olib kelsin!

#YilNatijalari #IjtimoiyHimoya #YangiYil2025

Miraziz Mirsultonov

29 Dec, 09:24


#Qaror

❗️“Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo'yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risidagi” Hukumat qarori (893-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi, jumladan:

🔹O'zbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi to'g'risidagi nizom;
🔹Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi to'g'risidagi nizom;
🔹Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo'lgan bolalarni farzandlikka olish tartibi to'g'risidagi nizom;
🔹Bolalar uylariga to'g'risidagi nizom;
🔹Mehribonlik uylariga to'g'risidagi nizom;
🔹Kichik hajmli bolalar uylariga to'g'risidagi nizom.

Yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bo'lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik to'lovlar to'lash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta'minlash xarajatlari 2025 yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablag'lar hisobidan amalga oshiriladi.

🗓 2025 yil 1 fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bo'lgan bolalar masalalari bo'yicha vasiylik va homiylik bo'yicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.

Batafsil keyingi postlarimizda


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

03 Dec, 09:27


Toshkent viloyatida "Yurakdan yurakkacha" xayriya aksiyasi start oldi

🟢 Bugun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Yoshlar markazida 3-dekabr "Nogironligi bor shaxslar kuni" munosabati bilan "Yurakdan yurakkacha" xayriya aksiyasi boshlandi.

👮‍♂️ Unda viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari, boshqarma boshlig‘i Miraziz Mirsultonov, viloyat mas’ullari, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari, tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

👫 Ushbu aksiyada viloyatdagi maxsus internat maktablarida nogironligi bor bolajonlar tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etilgan.

Huddi shunday aksiyalar uch kun davomida Zangi ota va Shodmalik ota ziyoratgohlarida ham bo‘ladi. Bugun aksiyaga Nurafshon shahrida start berildi.

🧮 Ma’lumot o‘rnida, bugun viloyatimizda 74 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydi.

💚 Eslatib oʻtamiz, aksiya ertaga ham davom etadi. Keling, Siz ham xayriya tadbirimizda ishtirok eting!

📝 telegram            🎖 www.ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

02 Dec, 17:44


Эртадан, 3 декабрдан Тошкент-Хожикент-Тошкент йўналишида янги шаҳарлараро тезюрар электропоезд қатнови йўлга қўйилади.

Miraziz Mirsultonov

02 Dec, 15:50


Bekobod shahrida bayram tantanalari tashkil etildi

👫 Bugun, Toshkent viloyati Bekobod shahar 15-sonli ATEBBUI maktabida "Xalqaro nogironligi bor shaxslarni himoya qilish kuni" munosabati bilan bayram kechasi tashkil etildi.

💚 Bayramda maktab o‘quvchilari ishtirokida raqslar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Bolalar nigohidagi quvonch va mamnuniyat hissini uyg‘otgan ushbu hayrli amal uchun maktab ma’muriyati va ota-onalar o‘z tashakkurini bildiradi.

📝 telegram            🎖 www.ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

02 Dec, 15:50


👫 "Biz xech kimdan kam emasmiz!"

Bugun, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 78-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Xalqaro nogironligi bor shaxslarni himoya qilish kuni" munosabati bilan "Biz hech kimdan kam emasmiz!" nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

🧮 Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Quyi Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining "Vatan tayanchi" otryadi a’zolari ham qatnashdilar.

Tadbir bolajonlarning raqslari va she’rlari bilan fayzli o‘tdi.


📝 telegram            🎖 www.ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

02 Dec, 14:50


🥹 Boshqarma boshlig‘i Nurafshon shahrida ochiq muloqot o‘tkazdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov Nurafshon shahrida 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazdi.

☺️ Unda boshqarma xodimlari, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari hamda ijtimoiy xodimlar ishtirok etdi.

😮 Ochiq muloqotda puxta va aniq rejalar asosida ishlarni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Qolaversa, ijtimoiy himoyaga oid bir qancha takliflar muhokama qilindi.

📝 telegram            🎖 www.ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

23 Nov, 07:40


#Yashil_makon

Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Respublika miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berildi.

“Yashil” belbogʻ barpo etish loyihasi doirasida Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maxsus hozirlangan 109 gektar yer maydoniga ayni damda koʻchat ekishlari qizgʻin davom etmoqda. 90 ming tup nihol ekilishi moʻljallangan.

Jarayonda 3000 ga yaqin viloyat faollari. korxona-tashkilot vakillari, nuroniylar, yoshlar, sportchilar hamda keng jamoatchilik ishtirok etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Miraziz Mirsultonov

22 Nov, 14:46


🌍 Bugun Xalqaro Psixologlar Kuni!

Bugungi kunda psixologlar hayotimizning ajralmas qismidir. Ular bizga ruhiy sog‘liqni muhofaza qilish, qiyin vaziyatlarda yechim topish, va o‘zimizga ishonchni qayta tiklashda yordam beradi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi psixologlar faoliyatining ahamiyatini yuksak qadrlaydi. Agentlik tizimida bugungi kunda 300 nafardan ortiq psixologlar faoliyat yuritadi.

Agentlik doirasidagi dasturlar doimo psixologlar yordamini qamrab oladi. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar va bolalarga zo‘ravonlikdan himoya qilish yo‘nalishlarida psixologlarimiz eng katta madadkorlarimizdir.

Bugun biz ularga cheksiz rahmat aytamiz! Ularning mehnati millionlab insonlarning hayotini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Psixologlarimizga mehr, sabr va professionalliklari uchun tashakkur bildiramiz! 🎉
📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

21 Nov, 11:43


#imtiyoz

❗️Bilarmidingiz...

O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanish uchun BEPUL chiptalar kimlarga beriladi?

🧠 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga BIR yilda BIR marotaba temir yo‘l yoki shaharlararo avtobuslar uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratiladi.

🧮 Agar Siz, mazkur bepul biletlardan foydalanmoqchi bo'lsangiz, hududingizdagi “Inson” markazlari tomonidan mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlarga murojaat qilishingiz lozim bo‘ladi.

Shuningdek, reyestrga kiritilgan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga bevosita HAMROHLIK qiluvchi BIR nafar shaxsga BIR yilda BIR marotaba temir yo‘l yoki shaharlararo avtobuslar uchun bepul chiptalar, borish va qaytish uchun ajratiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

21 Nov, 07:21


#Intervyu #Interview #Интервью

Kengash aʼzolarini bosqichma-bosqich malakasi oshirib boriladi. Eng faol deputatlarning tajribalari ommalashtiriladi.

Zoir Mirzayev - Oliy Majlis Senati aʼzosi, Toshkent viloyati hokimi

_______

In the future, the qualifications of Council members will be gradually improved. The experiences of the most active deputies will be shared.

Zoir Mirzaev – Member of the Senate of the Oliy Majlis, Governor of Tashkent Region.
_______

В будущем квалификация членов Кенгаша будет поэтапно повышаться. Опыт наиболее активных депутатов планируется популязировать.

Зойир Мирзаев - член Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, хоким Ташкентской области.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Miraziz Mirsultonov

20 Nov, 06:18


Бу йил Сайхунобод, Уйчи, Зарбдор, Ғиждувон туманларида амалга оширилган ишларнинг ижобий натижалари асосида “Камбағалликдан фаровонлик сари” комплекс дастури қабул қилинган эди.

Эндиликда кўп қиррали ёндашувлар асосида камбағал оилаларнинг аъзоларига сифатли таълим бериш, уларни касбга ўқитиш, иш билан таъминлаш, соғлиғини яхшилаш, психологик ёрдам кўрсатиш бўйича индивидуал кўмак бериш пакетлари бўлиши белгиланди.

2025 йилда 1 миллион аҳолини камбағалликдан чиқариш Вазирлар Маҳкамаси иқтисодий комплексининг асосий вазифаси этиб белгиланади.

Шу мақсадда камбағал оилалар болалари мактабларда чет тили, касб-ҳунар ва IT бўйича бепул билим олиши учун 500 миллиард сўм ажратилади. Ижтимоий аҳволи оғир 1 мингта маҳаллада инфратузилмани яхшилаш дастури амалга оширилади. Бунга 2 триллион сўм йўналтирилади.

Камбағалликни қисқартириш ва аҳоли фаровонлигини оширишга жами 46,5 триллион сўм маблағ сарфланади.

Ҳукумат 2030 йилгача ишсизликни халқаро эътироф этилган даража – 5-6 фоиздан оширмаслик бўйича долзарб вазифаларни ҳам самарали ҳал этиши лозимлиги таъкидланди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Miraziz Mirsultonov

19 Nov, 08:24


Ногиронлиги бўлган шахсларнинг жамиятга мослашувини таъминлаш учун ижтимоий хизмат ва ёрдамлар кўлами кенгайтирилади.

Бугунги кунда имконияти чекланган болаларнинг аксарияти ижтимоий муҳитдан ажралган ҳолда таълим олмоқда. Уларнинг умумтаълим мактабларига қатнаши учун тўсиқсиз муҳит ва зарур шароит яратилади, махсус педагог ва психологлар жалб қилинади.

Жамиятимизда болаларга нисбатан тазйиқ ва зўравонлик ҳолатлари учрамоқда.

Президент маданиятимизга хос бўлмаган бундай иллатларга қарши муросасиз муносабатда бўлишимиз ва аёвсиз курашишимиз шартлигини таъкидлади. Бу масала шахсан Президент назоратида бўлади.

Шу боис, яқинда, боланинг ҳаёти, соғлиғи, шаъни ва қадр қимматига тажовуз қиладиган, жисмоний ва руҳий азоб етказиши мумкин бўлган барча ҳолатларда давлат томонидан тегишли ҳуқуқий ва ижтимоий чоралар кўрилиши қонун билан мустаҳкамлаб қўйилди.

Прокуратура органлари зўравонликдан жабрланувчиларнинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш бўйича таъсирчан чораларни янада кучайтириши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X

Miraziz Mirsultonov

19 Nov, 08:21


Мамлакатимизда камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш борасида катта дастурлар амалга оширилмоқда.

Тўрт йил аввал 23 фоиз аҳолимизнинг даромади камбағаллик чегарасига ҳам етмас эди. Ўтган даврда 3,5 миллион фуқаро учун даромад олиш имконияти яратилиб, камбағалликни 11 фоизга туширишга эришилди. Келгуси уч йилда уни 7 фоизга тушириш режа қилинган.

Камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш мақсадида келгуси йили бюджетдан 500 миллиард сўм йўналтирилади.

Шунингдек, янги йилдан 65 турдаги ижтимоий хизмат ва ёрдамлар, 50 га яқин имтиёзларни ўзида мужассам этадиган ягона “Ижтимоий карта” тизими йўлга қўйилади.

Даромади ва соғлиғини йўқотиб, оғир ижтимоий вазиятга тушиб қолган юртдошларимизни қўллаб-қувватлаш кўлами босқичма-босқич кенгайтирилади. Бунинг учун “Ижтимоий суғурта тўғрисида”ги қонун қабул қилинади.

Facebook|Instagram|X

Miraziz Mirsultonov

18 Nov, 17:45


#Tayinlov

Yomgʻurov Oybek Tursunboyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

O.Yomgʻurov 1984-yil Boʻka tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Toshkent Moliya inistitutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Olmaliq shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlim boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlagan.

Tayinlovga qadar, Olmaliq shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimida Hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, moliyalashtirish, monitoring qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

Telegram 🌐Website   Instagram 📱 Facebook

Miraziz Mirsultonov

18 Nov, 16:21


Rasmiy tayinlov

📖 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy Agentligi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga Abduganiyev Shaxboz Shavkat o‘g‘li tayinlandi.

📝 Sh.Abduganiyev 1992-yilda Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, 2017-yilda Muhammad Al-xorazmiy nomidagi Toshkent davlat Axborot texnologiyalari Universitetini tamomlagan.

📌 Sh.Abduganiyev tayinlovga qadar Respublika yoshlar ishlari Agentligi Yangiyoʼl tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

📲 Murojaat uchun link @abduganiyev92

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram |  Facebook | Youtube|Web-site

Miraziz Mirsultonov

18 Nov, 14:19


#Rasmiy

Ijtimoiy himoya tizimida erishilgan natijalar tanqidiy tahlil qilindi

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev raisligida viloyatimizda ijtimoiy himoya borasida qilinayotgan ishlar sarhisobiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda kambagʻallikka qarshi kurashish, kambagʻal oilalarni aniqlash va ularga xizmatlar koʻrsatish, kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha qilingan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Bu borada respublika ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganish yakunlari boʻyicha xulosa oʻqib eshittirildi.

Qayd etilganidek, joylarda kambagʻal oilalarni aniqlash, ularni reyestrga kiritib, faol ish olib borish boʻyicha amaldagi tartib ishga alohida masʼuliyat bilan yondashishni taqozo qiladi. Xususan, xatlov natijalariga koʻra, kambagʻal deb hisoblanayotgan oilalarni oʻrganib, elektron platformaga kiritish, oilaning shart-sharoitiga baho berishda tezkorlik yetishmayapti.

– Davlatimiz rahbarining bu boradagi yuksak insonparvarlik siyosatini tatbiq etishda bir daqiqa ham sustkashlikka yoʻl qoʻymaslik, yordamga muhtoj oilani tezlik bilan reyestrga kiritib, amaliy yordam berishni boshlash zarur. Bu masalada sustkashlikka yoʻl qoʻyganlarning sohada ishlashga haqi yoʻq, – dedi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev.

Yigʻilishda, shuningdek, faol hayotga qaytish istagida boʻlgan nogironligi boʻlgan fuqarolar bilan ishlash, ularning orzu-maqsadlaridan kelib chiqib, sharoit yaratish borasidagi ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi. Jumladan, 2025-yilda viloyatda ularning 530 nafari adaptiv sport turlariga jalb qilinadi, 765 nafari kasb-hunarga oʻqitiladi, mehnatga layoqatli 2 412 nafar fuqaro esa jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga moslashtirilgan ish bilan taʼminlanadi.

Majlisda kun tartibidagi masala yuzasidan masʼullarning axboroti eshitildi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yigʻilishda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Miraziz Mirsultonov

18 Nov, 13:37


#Shukuh #Glory #Почтение

MILLAT BAYROG'IGA EHTIROM KO'RSATILDI

👉 Batafsil
                                  
HONORS TO THE NATIONAL FLAG

👉 In detail
 
ОТДАНА ДАНЬ УВАЖЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНОМУ ФЛАГУ

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Miraziz Mirsultonov

01 Nov, 08:37


#Hokim_farmoyishi #Governor's_decree #Постановление_хокима

Oilaga tarbiyalashga berilgan bolalar uchun 1 milliarddan ortiq mablag' ajratildi

👉 Batafsil
_____

More than 1 billion sums are allocated for children placed in family care

👉 In detail
_____

На нужды приёмных детей выделены средства в размере более 1 млрд. сумов

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Miraziz Mirsultonov

01 Nov, 03:46


#againstviolence
#statistika

❗️ Bilarmidingiz? ....

Soʼnggi yillarda bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zoʼravonliklar soni oshib bormoqda...


💵 Bolalarga nisbatan jismoniy, psixologik va jinsiy zo‘ravonlikning oqibatlari tufayli kelib chiqadigan global iqtisodiy ta’sirlar va xarajatlar $7 trilliongacha bo‘lishi mumkin. Bu ulkan mablag‘ning ko‘p qismi zo‘ravonlikning oldini olishga sarflanishi mumkin bo‘lgan sarmoyadir.

🫰 Butun dunyo bo‘ylab, taxminan 15 million 15-19 yoshli o‘smir qizlar o‘z hayoti davomida majburiy jinsiy aloqa yoki boshqa majburiy jinsiy harakatlarni boshdan kechirgan. Zo‘ravonlikka duch kelgan o‘smir qizlarning faqat 1 foizi mutaxassislardan yordam so‘ragan.

⚠️ Butun dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning har to‘rtinchisi — 177 million oilada turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikka duch kelgan ona bilan yashaydi.

😯 Zo‘ravon jazo turlari orasida taxminan 60 foiz bola psixologik agressiyaga duch kelgan bo‘lsa, 29 foizi jismoniy jazoni boshdan kechirgan va 4.2 foizi og‘ir jismoniy jazoni ko‘rgan.

👫64 foiz o‘g‘il bolalar jismoniy jazoga duch kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qiz bolalar orasida 60 foizni tashkil qiladi.

❗️ Qishloq joylarida bolalar shaharlarga qaraganda ko‘proq zo‘ravon jazoga duch keladi, qishloqlarda bu ko‘rsatkich 65 foizni, shaharlarda esa taxminan 59 foizni tashkil qiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

31 Oct, 13:13


#2024_yil_1_noyabrdan

🖋 Qonunchilikka ko‘ra, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag‘al oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:

barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;

taʼlim olish va kasb-hunar o‘rganish;

kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;

ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;

yashash sharoitlarini yaxshilash;

davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;

davlat organlari xodimlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish.

📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

31 Oct, 11:33


#Saylov_natija

🟢 Joriy yilning 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining sayloviga Ijtimoiy himoya milliy agentligi 18 yoshdan oshgan, ovoz berish layoqatiga ega bo‘lgan 831 738 nafar nogironligi bor shaxslarning ro‘yxatini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etgan edi.

Natijaga ko‘ra ushbu siyosiy jarayonda jami 698 954 nafar nogironligi bor shaxslar ishtirok etdi.

Shundan:

🎅 Ovoz berishda ko‘makka muhtoj 90 016 nafar shaxslarning umumiy hisobda 84,04% ishtirok etib, ularning 39 545 saylov uchastkasidan, 50 474 nafari sayyor(uyidan) ovoz berdi;

🔮O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning jami 92,51 foizi ishtirok etib, ularning 10 170 nafari saylov uchastkalaridan ovoz bergan bo‘lsa, 5 842 nafari sayyor(uyidan) ovoz berdi.

🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nogironligi bor shaxslarning fuqarolik pozitsiyasini bajarishida ko‘maklashish maqsadida ijtimoiy xodimlar hamda volontyorlar biriktirildi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

31 Oct, 08:23


Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga 9 oy davomida 2301 nafar xotin-qizlar va ularning farzandlari qabul qilindi

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish, ularni chuqur reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirmoqda.

👩‍👩‍👧‍👦 2024 yilning dastlabki 9 oy davomida respublika bo‘ylab 2301 nafar shaxs, ulardan 1068 nafari ayollar va 1233 nafari voyaga yetmagan farzandlari vaqtincha boshpanalarga joylashtirilgan.

🖋 Ushbu markazlarda xotin-qizlar va ularning farzandlariga tibbiy, psixologik va huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.

💻 Kasb-hunar o‘rganishga qiziqishi bor ayollarning 147 nafari maxsus kurslarga yo'naltirildi, ularning 57 nafari ish bilan ta’minlandi.

🏃 Bu markazlar, ayollarga jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘mak bermoqda.

👮‍♂️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar Ishonch raqami "1146" ga, yagona dispetcherlik xizmati “112” hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

31 Oct, 08:17


#Rasmiy

Boymirzayev Suxrob Sanjarovich – Olmaliq shahar hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.

S.Boymirzayev 2002-yilda Olmaliq shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – tugallanmagan oliy. Hozirda Oriental universiteti (sirtqi) talabasi.

Tayinlovga qadar, Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati yetakchi mutaxassisi vazifasida faoliyat  yuritib kelayotgan edi.

Maʼlumot uchun, mazkur tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining xulosasiga muvofiq amalga oshirildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Miraziz Mirsultonov

30 Oct, 13:17


Diqqat! "Super dada va qizi" tanlov muddati 30 noyabrgacha uzaytirildi.

Endi ishtirok etish va ajoyib sovrinlarni yutib olish uchun yana ko‘proq vaqtga egasiz!

📌 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

O'z qizlari bilan faxrlanadigan va qizlarining orzulariga erishishda qanday yordam berishlari haqidagi ilhomlantiruvchi hikoyalarini baham ko'rishga tayyor bo'lgan barcha otalar.

📌 Qanday ishtirok etish mumkin?

1️⃣ Qizingiz bilan bo'lgan munosabatingiz haqida hikoya qiling: yutuqlar yoki kundalik tashvishlar. Qizingizni qanday qo'llab-quvvatlayotganingizni bizga ayting.
2️⃣ Qizingiz bilan surat yoki video qo'shing.
3️⃣ Postda @UNFPA.Uzbekistan va @ijtimoiyhimoya_agentligi ni belgilang.
4️⃣ Heshteglardan foydalaning:
#Qizimga #QizimningOrzulari
#ПапаДляДочери #БудущееДляДочери
#4mydaughter #MyDaughtersDreams

🏆 SOVG’ALAR g‘oliblarni kutmoqda! Hakamlar hay’ati tomonidan tanlangan eng yaxshi 3 hikoya planshet va GPS soat bilan taqdirlanadi, ularning mualliflari esa qizlarini yangi yutuqlarga ilhomlantiruvchi barcha otalarga o‘rnak bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!

Miraziz Mirsultonov

29 Oct, 05:50


🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligidan yana bir teleloyiha: "INSON"

Agentlik Axborot xizmati tomonidan "Nurafshon TV" telekanali rahbariyati bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi hamda yangi "Inson" loyihasiga start berildi.

Ushbu loyiha Agentlik tomonidan qilinayotgan tizimli ishlar, Inson qadri ulug‘lanayotgan yurtimizdagi ijtimoiy xizmatlar natijasi hamda "keys-menejment" usulida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlaydi.

☺️ Qolaversa, ushbu loyihada Ijtimoiy himoya milliy agentligi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi ko‘magi bilan hayoti farovonlashgan, jamiyatda o‘z o‘rnini topayotgan nogironligi bor shaxslarning hikoyalarini ko‘rishingiz mumkin.

🎬 "Inson" loyihasining ilk soni, bugun, 18:30da "Nurafshon TV" telekanalida efirga uzatiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝
facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

28 Oct, 08:59


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловининг дастлабки натижалари

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

Miraziz Mirsultonov

21 Oct, 10:40


#Таҳлилнома

Пискент туманидаги меҳнатсевар ва ирода билан тиришқоқлик қилувчи халқни кўриб, ҳар қандай инсонда ҳавас уйғониши табиий. Туман аҳолисининг аксарияти томорқачилик орқали ўз оиласини таъминлаб, маҳаллий бозорларни ўз маҳсулотлари билан тўлдириб келмоқдалар. Улар нафақат рўзғорини бут қилмоқда, балки тумандаги иқтисодий тараққиётга ҳам ҳисса қўшмоқдалар.

Айнан шу меҳнаткаш оилаларнинг фаолияти Давлатимиз раҳбари томонидан эътироф этилгани туман аҳолиси учун катта куч ва иштиёқ бағишлади. Бу илтифот улар учун янги имкониятлар эшигини очди, янги қадамлар ташлашга илҳомлантирди.

Шу билан бирга, томорқадан етарлича унумли фойдаланмаётган хонадонлар ҳам мавжуд. Биз келгусида улар билан алоҳида семинарлар ташкил қилиб, амалий тавсиялар ва тажрибалар улашишни мақсад қилганмиз. Ушбу саъй-ҳаракатлар натижасида, йил якунигача 330 та хонадон камбағалликдан чиқарилиши кутилмоқда.

Facebook

📹 Youtube

TelegramFacebook  🌐Instagram

Miraziz Mirsultonov

21 Oct, 06:46


🗓🗓🗓🗓🗓🗓

🔴 НОМЗОДИМИЗГА ОВОЗ БЕРИНГ!

✔️ Миразиз Бахром ўғли Мирсултонов 45-Тошкент сайлов округидан Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлигига номзод этиб кўрсатилган.

✔️ Номзодимиз 1990 йил Тошкент вилоятида туғилган.

🗓 М.Мирсултонов меҳнат фаолиятини 2014 йилда Тошкент давлат аграр университети ассистенти лавозимидан бошлаган. 2023–2024 йилларда Ўзбекистон Республикаси Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги ҳузуридаги Ёшлар ишлари агентлиги Тошкент вилояти бошқармаси бошлиғи лавозимларида фаолият олиб борган.

🟢 Миллати – ўзбек. Маълумоти – олий. 2014 йил Тошкент давлат аграр университетини тамомлаган. Ихтисослиги – қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини дастлабки қайта ишлаш технологияси. Оилали. Уч нафар фарзанди бор.

🤵 2024 йилдан Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлигининг Тошкент вилояти бошқармаси бошлиғи.

🌐 Adolat.uz |🔵 Facebook | 🚀Telegram |📷 Instagram |🐤 Twitter | 🎬 YouTube

Miraziz Mirsultonov

21 Oct, 06:07


27 октябрь. Сайловда иштирок этинг!

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

Miraziz Mirsultonov

19 Oct, 17:26


"Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Muhtoj shaxslarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari kengaytiriladi

Ushbu Qonun bilan:

😲 Agentlik tomonidan dafn etish uchun nafaqa berish;

😲 xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish;

😲 og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilinganda davlat bojini to‘lashdan ozod etishga doir o'zgarishlar kuchga kirdi;

🎅 Bundan tashqari, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi belgilandi.

👨‍🦯Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

🖋 Shu bilan birga, umrbod ta’minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi to‘g‘risidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi ma’lumotlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

17 Oct, 09:53


#OAV_biz_haqimizda

"O‘zbekiston24" telekanalida "Kambag‘allikdan farovonlik sari" davlat dasturi asosida Toshkent viloyatida olib borilayotgan ishlar yuzasidan maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi.

Ushbu ko‘rsatuvda dasturning mohiyati, har bir oila uchun ijtimoiy portretning shakllantirilishi va kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos tomonlari aks etdi.

📝 telegram            🎖 www.ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

17 Oct, 08:38


🌍 17 oktyabr - Kambag’allikka barham berish xalqaro kunini nishonlashda biz bilan birga bo'ling

Inklyuziv va farovon jamiyat yaratish bo‘yicha umumiy missiyamiz doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi BMTTD, Savdo-sanoat palatasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda bir qator tashabbuslarni amalga oshirish orqali “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturiga hissa qo‘shishdan mamnunmiz. 17-oktyabrdan boshlab tashabbuslar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

🟢Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
🟢Bepul Kompyuter savodxonligi va AT kurslari
🟢Bepul Elektron tijorat va onlayn bozor boʻyicha treninglar
🟢Tadbirkorlar uchun 5 kunlik Digital4Business o‘quv dasturi.
🟢Mahalliy hunarmandlar va tikuvchilar tomonidan o'tkaziladigan kasbiy o'quv mashg'ulotlari
🟢Fermerlar uchun yer yetishtirish va mahsulot marketingi bo‘yicha trening.

🟢Tadbirkorlik bo'yicha master-klass
🟢#MenUddaladim_senchi? PR kampaniyasi

💡Barqaror imkoniyatlar yaratish va oilalarni kambag’allikdan olib chiqish uchun birgalikda harakat qilayotganimizda bizga qo‘shiling! 💪

Ishtirok etish uchun hududingizdagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling.
____

🌍 Присоединяйтесь к нам, чтобы отметить Международный день борьбы за ликвидацию нищеты – 17 октября

В рамках нашей общей миссии по созданию более инклюзивного и процветающего общества Национальное агентство социальной защиты в партнерстве ПРООН в Узбекистане, ТПП и министерством занятности и сокращения бедности рады внести свой вклад в программу «От бедности к процветанию» путем реализации ряда инициатив. Начиная с 17 октября, инициативы будут включать:

🟢Ярмарка вакансий
🟢Бесплатные Курсы компьютерной грамотности и IТ
🟢Обучение электронной коммерции и работе на онлайн-рынке
🟢5-дневная программа обучения Digital4Business
🟢Профессиональное обучение местными ремесленниками и портными
🟢Обучение по обработке земли и маркетингу продукции для фермеров
🟢Мастер-класс по предпринимательству
🟢
#ЯCмог_аТы? PR-кампания

💡Присоединяйтесь к нам, и мы вместе будем работать над созданием устойчивых возможностей!

Для участия обратитесь в центры социальных услуг "Инсон" в регионах

#EndPovertyDay

📝 telegram 💻 instagram
📝
facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

17 Oct, 07:28


Анйи вақтда «Ўзбекистон24» телеканали орқали "Камбағалликдан фаровонлик сари" давлат дастури асосида Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги томонидан Тошкент вилоятида олиб борилаётган ишлар юзасидан махсус кўрсатув намойиш этилмоқда.

Бунда дастурнинг моҳияти, ҳар бир оила учун ижтимоий портретнинг шакллантирилиши ва комплекс ижтимоий хизмат кўрсатишнинг ўзига хос томонлари акс этади.

Томоша қилиш учун ҳавола: https://itv.uz/channels/player/12/8?from=%2Fchannels%2F8

Miraziz Mirsultonov

16 Oct, 08:24


#reabilitatsiya
#sizhimoyadasiz

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar qanday himoyalanmoqda?

🥹 Bugungi kunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ayollarga nisbatan kuzatilayotgan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, "Birlamchi ko‘mak xonalari"ni tashkil etish, jabrlangan ayollarga tibbiy, psixologik, yuridik hamda ijtimoiy xizmatlarni sifatli ko‘rsatish borasida tizimli ishlar tashkil qilingan.

☺️ Xususan, joriy yilning 1-oktyabr sanasidan Toshkent viloyatida "Birlamchi ko‘mak xonalari" ham o‘z ishini boshladi. Ta’kidlash kerakki, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda, jabrlangan ayollarga zudlik bilan ko‘mak berishda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari, mahalladagi ijtimoiy xodimlarning mehnati cheksiz.

Bugun, ijodiy jamoamiz bilan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Toshkent viloyati hududiy bo‘limida bo‘ldik hamda ushbu markaz xizmatlaridan foydalanayotgan ayollar bilan suhbatlashdik.

🎬 Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin.

❗️ Eslatma:

⚠️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar "Ishonch telefoni "1146" ga , “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga, yoki ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz

Miraziz Mirsultonov

16 Oct, 04:18


Президент ташрифи: Тошкент вилоятининг ноёб имкониятларини тўлиқ ишга солиш, ҳам иқтисодиётда, ҳам ижтимоий соҳада намунавий ҳудудга айлантириш йўлида

Визит Президента: полное использование уникальных возможностей Ташкентской области, превращение её в образцовый регион как в экономической, так и в социальной сферах

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X