2025-yil 1-martdan boshlab 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar, shu kunning o‘zida "avtomatik" tarzda, ya’ni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi.
Bunda, shaxsga oid ma’lumotlar (fuqaroning yoshi, jinsi), ish staji, ish haqi (to‘langan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush o‘rtog‘i va farzandlari) Adliya vazirligi, Bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasining elektron bazalaridan olinadi.
Natijada fuqarolarga pensiya tayinlash uchun qo‘shimcha hujjatlar yig‘ish hamda o‘zi istiqomat qiluvchi Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi hamda pensiya yoshiga yetgan fuqaroga, shu kunning o‘zida pensiya "avtomatik" tarzda tayinlangandan so‘ng, fuqaroning mobil aloqa vositasiga ma’lumot yuboriladi.
©Manba
👉 https://t.me/MilliySertifikat